Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.03.2020 18.04.2017 yildagi PQ-2897-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.03.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-sonli Farmonini ijro etish hamda qo‘mitaga yuklatilgan asosiy vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etishni ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tuzilmasida hududiy filiallar bilan birgalikda Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi tashkil etilsin, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasb-hunar kollejlari negizida, mashg‘ulotlardan bo‘sh paytlarda biznesni yuritish va biznes-rejalarni ishlab chiqish asoslari, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonunchilik, menejment, moliyaviy boshqaruv va boshqa zarur fanlarni o‘qitgan holda xususiylashtirilgan korxonalar negizida loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlar tomonidan investitsiya va ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq zarur ma’lumotlarni olishda ko‘maklashish, shuningdek, investitsiya jarayonini amalga oshirishning barcha bosqichlarida tadbirkorlarga hamrohlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarni tanlash va o‘qitishda, ularning kasbiy malakasini doimiy oshirib borishda tadbirkorlarga yordam ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘qishni tashkil qilish uchun oliy ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarini, vazirliklar va idoralar mutaxassislarini, respublikamizda ishlayotgan katta muvaffaqiyatlarga erishgan tadbirkorlar va xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaz faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari, xorijiy donorlar va chet mamlakatlardagi tadbirkorlarni o‘qitish markazlari bilan hamkorlik qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi markazi, Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Markaziy bank va tijorat banklari, Savdo-sanoat palatasi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazining o‘quv kurslarini o‘tkazishda faol ishtirok etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bir oy muddatda, markaz xarajatlari davlat budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanishini nazarda tutgan holda, Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5870-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “2017 — 2018-yillarda xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashishning “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi” 4-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 — 4-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning hududiy organlari qayta tashkil etilishi munosabati bilan tegishliligi bo‘yicha yig‘imlar va boshqa to‘lovlar undirilmagan holda quyidagilarni amalga oshirsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning hududiy organlariga o‘tayotgan avtotransport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida qayta ro‘yxatdan o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chmas mulk va boshqa mulklarga bo‘lgan huquqlarni tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga va uning hududiy organlariga qayta ro‘yxatdan o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik jamiyatlarining ta’sis hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan avval berilgan litsenziyalar, huquqni belgilovchi, ruxsat beruvchi hujjatlar hamda ular tomonidan avval qabul qilingan qarorlar o‘z kuchini saqlab qoladi va u qayta tashkil etilishi munosabati bilan bekor qilinmaydi yoki o‘zgartirilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan savdoga qo‘yilgan obyektlar bo‘yicha sotuvchi funksiyalari O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi, bunda O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qayta tashkil etilishi munosabati bilan savdolarning shartlari va turlari o‘zgarmay qoladi, obyektlar esa savdolardan olinmaydi, qayta baholanmaydi va savdolarga takroran qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-noyabrdagi PF-5870-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi haqidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi V. Golishev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 18-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2897-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 17-son, 289-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2019-y., 06/19/5870/4010-son)