30.06.2017 yildagi PQ-3107-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Neft-gaz tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda neft-gaz tarmogʻida respublika iqtisodiyoti tarmoqlarining va aholisining neft mahsulotlariga, tabiiy va suyultirilgan gazga, polimerlarga boʻlgan ehtiyojlarini uzluksiz qondirishni taʼminlashga doir bir qator chora-tadbirlar koʻrilganligi qayd etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida respublikaning istiqbolli investitsiya bloklarida geologik tadqiqot ishlarini olib borish, suyuq uglevodorodlar qazib olish jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish, yangi neft va gaz konlarini oʻzlashtirish boʻyicha ishlar olib borildi, uglevodorod xom ashyosini chuqur qayta ishlash asosida yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, tarmoqni uzoq muddatli va barqaror rivojlantirish, uglevodorod xom ashyosini chuqur qayta ishlashni davom ettirish, ishlab chiqarish va yuqori qoʻshimcha qiymat soligʻiga ega mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) eksporti hajmlarini oshirish boʻyicha qoʻyilgan vazifalar butun tarmoqning amaldagi tashkiliy tuzilmasini tubdan qayta koʻrib chiqishni hamda ilgʻor xalqaro tajriba asosida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etishni talab etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Barcha neft va gaz kompleksini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish, tarmoqning tashkiliy tuzilmasini maqbullashtirish, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish, ular tomonidan ishlab chiqarish va moliya resurslaridan foydalanish, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini doimiy oshirib borish va ularning tannarxini kamaytirish, raqobatni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishini taʼminlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1 — 4-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi PQ-4388-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 07/19/4388/3400-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzbekneftgaz” AJ va uning aksiyadorlik jamiyatlari tarkibiga kiradigan tashkilotlarni qayta tashkil etish yakunlari boʻyicha 12 ming shtat birligini qisqartirish nazarda tutilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasining boʻshayotgan xodimlarini ishga joylashtirishga koʻmaklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekneftgaz” AJ tashkilotlari qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi natijasida ushbu qarorga muvofiq, oʻtkazib berilayotgan mol-mulk qiymati “Oʻzbekneftgaz” AJ tarkibiga kiradigan qayta tashkil etiladigan yoki yangi tashkil etiladigan tashkilotlarda yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun olinadigan soliqni, qoʻshimcha qiymat soligʻini, yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqishda soliq solish bazasiga kiritilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekneftgaz” AJ mulkiga soliqni hisoblab chiqishda jamiyatning soliq solish bazasi gaz taqsimlash tarmoqlari va ular inshootlarining oʻrtacha yillik qoldiq qiymati miqdoriga kamaytiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-8-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi PQ-4388-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 07/19/4388/3400-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar bilan birgalikda:
 LexUZ sharhi
Norasmiy tarjima. 9-bandning birinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga tahririda. Rus tilidagi asosiy matnga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda yangilangan “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori” asosida neft va gaz tarmogʻi uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash boʻyicha oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi yoʻnalishlari, kasblari va mutaxassisliklari roʻyxatini, ularni tayyorlovchi muayyan oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlarini belgilasin, ular boʻyicha taʼlim standartlarini, oʻkuv rejalarini va dasturlarini ularga tarmoq tashkilotlarida albatta oʻqitishni, amaliyot va stajirovka oʻtkazishni kiritgan holda zamon talablari va xalqaro tajribani inobatga olib tanqidiy qayta koʻrib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har yili ixtisoslashgan oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga qabul kvotalarini tuzishda neft va gaz tarmogʻining malakali kadrlarga boʻlgan haqiqiy ehtiyojini hisobga olsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalari va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining oʻzlari tanlagan kasb va mutaxassislik boʻyicha “Oʻzbekneftgaz” AJ korxonalarida va tashkilotlarida ishga joylashtirilishi uchun, eng avvalo, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari rahbarlarining javobgarligini nazorat qilish va kuchaytirishning taʼsirchan mexanizmini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi ijro etuvchi apparatining tashkiliy tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2008-yil 1-iyuldagi PQ-906-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 17-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Oʻzbekneftgaz” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 30-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3107-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1 — 16-ilovalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi PQ-4388-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2019-y., 07/19/4388/3400-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi PQ-3107-son qaroriga
17-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 8-avgustdagi PQ-438-son qarorining 3-bandi va qarorning 1, 1a, 2, 3 va 4-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 21-avgustdagi PQ-446-son qarori:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 4-bandi va 1, 3 — 12-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.