17.01.2019 yildagi O‘RQ-517-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018-yil 8-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018-yil 13-dekabrda ma’qullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 261-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 124-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini amalga kiritish haqida”gi 262-I-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 125-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 729-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 20-modda) XIV bo‘limi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 14-sentabrda qabul qilingan “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-255-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 335-modda) 5-moddasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-411-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi 2016-yil, № 9, 276-modda) 8-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 17-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘RQ-517-son

O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Konsullik ustavi konsullik faoliyatini amalga oshirishning asosiy vazifalari va huquqiy asoslarini, konsullik mansabdor shaxslarining O‘zbekiston Respublikasining huquqlari va manfaatlarini, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda yuridik shaxslarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida himoya qilishga doir vazifalarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Konsullik faoliyatining asosiy vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik faoliyati O‘zbekiston Respublikasining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslari konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligida, O‘zbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalarda berilgan barcha huquqlardan to‘liq hajmda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan choralar ko‘rish maqsadida amalga oshiriladi.
(1-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik faoliyati O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik hamda do‘stona munosabatlarini rivojlantirishga, iqtisodiy, savdo, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalarni va boshqa aloqalarni kengaytirishga ko‘maklashish uchun yo‘naltirilgandir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Konsullik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asosi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalariga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, ushbu Konsullik ustaviga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq, konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligi hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
(2-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Konsullik munosabatlarini o‘rnatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan konsullik munosabatlarini o‘rnatish o‘zaro kelishuvga ko‘ra amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarni o‘rnatishga doir kelishuv, agar boshqacha qoida shartlashilmagan bo‘lsa, konsullik munosabatlarini o‘rnatishga bo‘lgan rozilikni bildiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Diplomatik munosabatlarning uzilishi konsullik munosabatlarining avtomatik uzilishini va O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasasi faoliyatining tugatilishini anglatmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Konsullik faoliyatini amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik faoliyati O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari (bundan buyon matnda konsullik muassasalari deb yuritiladi), shuningdek O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining konsullik bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o‘z vakolatlari doirasida konsullik faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Konsullik muassasasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Konsullik muassasasining maqomi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik muassasasi O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi joylashgan davlat hududida konsullik okrugi doirasida O‘zbekiston Respublikasi nomidan konsullik funksiyalarini bajaruvchi tashqi aloqalar bo‘yicha davlat organidir. Konsullik muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimiga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik muassasasi konsullik muassasasi joylashgan davlatdagi O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi boshlig‘iga bo‘ysunadi va uning umumiy rahbarligida faoliyat ko‘rsatadi. Konsullik muassasasi joylashgan davlatda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi mavjud bo‘lmagan taqdirda, konsullik muassasasi bevosita O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga bo‘ysunadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik muassasasi yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, o‘ziga biriktirilgan mol-mulkka, rekvizitlarga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga (muhrlarga), tegishli shtamplar va blankalarga, shuningdek banklarda hisobvaraqlarga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik xonalaridan, shu jumladan binolardan yoki binolarning qismlaridan hamda bunday binolarga yoki ularning qismlariga xizmat qiluvchi yer uchastkasidan, ularga bo‘lgan mulk huquqidan qat’i nazar, konsullik vazifalarining bajarilishiga muvofiq bo‘lmagan maqsadlarda foydalanilmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Konsullik muassasalarining darajalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik muassasalari quyidagi darajalarga bo‘linadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh konsullik muassasalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsullik muassasalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vitse-konsullik muassasalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsullik agentliklari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Konsullik muassasasini ochish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik muassasasi konsullik muassasasi joylashadigan davlat hududida shu davlatning roziligi bilan ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik muassasasining joylashish yeri, ushbu muassasaning darajasi va konsullik funksiyalarini bajarish uchun konsullik muassasasiga ajratiladigan konsullik okrugi konsullik muassasasi joylashadigan davlat bilan kelishuvga ko‘ra belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik muassasasining joylashgan yerini, ushbu muassasaning darajasini va konsullik okrugini keyinchalik o‘zgartirish faqat konsullik muassasasi joylashgan davlatning roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Konsullik muassasalarining imtiyozlari va immunitetlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik muassasalari konsullik muassasasi joylashgan davlatda xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari hamda normalariga, O‘zbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalarga hamda konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligiga muvofiq imtiyozlar va immunitetlardan foydalanadi.
(8-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Konsullik muassasalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlaridan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik muassasasi o‘zi egallab turgan binoga O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda qoida tariqasida, O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida va konsullik muassasasi joylashgan davlat tilida konsullik muassasasining nomi yozilgan peshlavha o‘rnatish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i doimiy ravishda konsullik muassasalarining binolarida yoki hududlarida va transport vositalarida, shuningdek konsullik muassasalari boshliqlarining xizmat xonalarida ko‘tariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri doimiy ravishda konsullik muassasasi binosining old tomoniga, shuningdek konsullik muassasalari boshliqlarining xizmat xonalariga joylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddada nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirishda xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalari, diplomatik protokol qoidalari, shuningdek konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligi hamda urf-odatlari inobatga olinishi kerak.
(9-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Konsullik arxivi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik muassasasining barcha hujjatlari, xat-xabarlari, kitoblari, audio- va videomateriallari, elektron axborot tashuvchilari, reyestrlari shifrlar va kodlar, muhrlar va shtamplar, kartotekalar hamda ularning but saqlanishi yoki asralishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan har qanday jihozlash ashyolari bilan birgalikda konsullik arxivi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxslari konsullik arxivining daxlsizligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Konsullikning mansabdor shaxslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Konsullikning mansabdor shaxsi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning funksiyalarini bajarishga vakolatli bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi konsullikning mansabdor shaxsi bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi lavozimiga nomzodlarga doir talablar qonunchilikda belgilanadi.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Konsullik muassasasining boshlig‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik muassasalarining boshliqlari quyidagi darajalarga bo‘linadi: bosh konsullar, konsullar, vitse-konsullar, konsullik agentlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik muassasasining boshlig‘i konsullik muassasasi ishiga bevosita rahbarlik qiladi, konsullik muassasasining zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi, konsullik muassasasi xodimlarining lavozim majburiyatlarini belgilaydi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik muassasasining boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadi va konsullik muassasasi joylashgan davlatning roziligi (ekzekvaturasi) olinganidan keyin o‘z funksiyalarini bajarishiga yo‘l qo‘yiladi. Uning tayinlanganligi to‘g‘risida konsullik muassasasi joylashgan davlatning hokimiyat organlari xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik muassasasining boshlig‘i lavozimga tayinlanayotganida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligidan konsullik patentini oladi, patentda uning konsullik okrugi ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik muassasasining boshlig‘i konsullik funksiyalarini shaxsan bajaradi yoki ularni bajarishni konsullikning boshqa mansabdor shaxsiga topshiradi. Agar konsullik muassasasining boshlig‘i biron-bir sababga ko‘ra o‘z vazifalarini bajara olmaydigan bo‘lsa yoki konsullik muassasasining boshlig‘i lavozimi vaqtincha bo‘sh turgan bo‘lsa, konsullik muassasasining boshlig‘i majburiyatlarini bajarish ushbu konsullik muassasasining yoki O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi joylashgan davlatdagi boshqa konsullik muassasasining boshqa mansabdor shaxsi zimmasiga yoxud shu davlatdagi O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasi diplomatik xodimlaridan birining zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Konsullik mansabdor shaxslarining imtiyozlari va immunitetlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxslari, shuningdek ularning akkreditatsiya qilingan oila a’zolari konsullik muassasasi joylashgan davlatda xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari hamda normalariga, O‘zbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalarga hamda konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligiga muvofiq imtiyozlar va immunitetlardan foydalanadi.
(13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxslari va ularning oila a’zolari konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunlari va qoidalariga rioya etishi, mahalliy urf-odatlarni hurmat qilishi hamda konsullik muassasasi joylashgan davlatning ichki ishlariga aralashish deb qaralishi mumkin bo‘lgan har qanday xatti-harakatlardan tiyilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Konsullikning funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Konsullikning mansabdor shaxslari tomonidan konsullik funksiyalarini bajarish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi ushbu Konsullik ustavida, O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida hamda O‘zbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan funksiyalarni bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi, agar O‘zbekiston Respublikasining hamda konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligiga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalarga zid bo‘lmasa, ushbu Konsullik ustavida nazarda tutilmagan boshqa funksiyalarni bajarishi mumkin.
(14-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi mavjud bo‘lmagan davlatlarda konsullikning mansabdor shaxsi zimmasiga konsullik muassasasi joylashgan davlatning roziligi bilan diplomatik funksiyalar ham yuklatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi tomonidan boshqa davlatning konsullik funksiyalarini bajarish faqat O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ko‘rsatmasiga binoan va konsullik muassasasi joylashgan davlatning roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi konsullik funksiyalarini uchinchi davlatda faqat O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining topshirig‘iga binoan, konsullik muassasasi joylashgan davlat va uchinchi davlat xabardor qilinganidan keyin, agar mazkur davlatlar bunga qarshi e’tiroz bildirmasa, bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi konsullik funksiyalarini bajarish chog‘ida o‘z konsullik okrugi doirasida konsullik muassasasining faoliyati bilan bog‘liq barcha masalalar yuzasidan konsullik muassasasi joylashgan davlatning hokimiyat organlariga murojaat etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda, konsullikning mansabdor shaxsi konsullik okrugini aylanib chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yoki qarorlari ustidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq konsullik muassasasining boshlig‘iga, O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi joylashgan davlatdagi diplomatik vakolatxonasi boshlig‘iga va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yoxud sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
(14-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Konsullikning fuqarolarga va yuridik shaxslarga taalluqli funksiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslariga O‘zbekiston Respublikasi hamda konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalarda, xalqaro urf-odatlarda, shuningdek konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligida berilgan barcha huquqlardan foydalanishi uchun, agar bunday huquqlar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid bo‘lmasa, choralar ko‘rishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning og‘zaki, yozma yoxud elektron shakldagi murojaatlarini qabul qiladi hamda ko‘rib chiqadi.
(15-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining buzilgan huquqlarini tiklash uchun choralar ko‘rishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining konsullik okrugi doirasida turgan vakillariga xizmat majburiyatlarini bajarishida ko‘maklashadi.
(15-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi O‘RQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi konsullik okrugida vaqtincha turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunlari va boshqa normativ hujjatlari to‘g‘risida, shuningdek mahalliy urf-odatlar to‘g‘risida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi konsullik okrugida turgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazishda ko‘maklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi konsullik muassasasi joylashgan davlatning muassasalarida, agar ushbu davlatda fuqaro yoki yuridik shaxsning vakili mavjud bo‘lmasa va u ish yuritishni o‘zga shaxsga topshirmagan bo‘lsa yoxud boshqa sabablarga ko‘ra o‘zining qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qodir bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslari nomidan ishonchnomasiz vakillik qilish huquqiga egadir. Ushbu vakillik O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yoki yuridik shaxslari o‘z vakillarini tayinlaguniga qadar yoxud o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilishni o‘z zimmasiga olguniga qadar davom etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini konsullik hisobiga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik muassasasi konsullik okrugi hududida vaqtincha turgan yoki doimiy yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari, qonuniy manfaatlari va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ularning hisobini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Konsullikning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi bilan bog‘liq funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxslari o‘z vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) xorijda doimiy yashayotgan shaxslardan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga doir arizalarni qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga doir arizalarni asoslash uchun taqdim etilgan faktlar va hujjatlarni tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) fuqarolik masalalariga doir arizalarni zarur hujjatlar bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) xorijda doimiy yashayotgan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) xorijda doimiy yashayotgan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganligini ro‘yxatdan o‘tkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) xorijda doimiy yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hisobini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxslari zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rab olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Konsullikning O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish, berish va almashtirish yuzasidan funksiyalari
(18-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi O‘RQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi konsullik okrugi hududida doimiy yashayotgan yoki xizmat safari, kontrakt bo‘yicha ish, o‘qish yoxud davolanish maqsadida vaqtinchalik turgan shaxsga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi bo‘lmagan shaxsining harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish, berish va almashtirish uchun hujjatlarni qabul qiladi.
(18-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi O‘RQ-759-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasi vakolatli organlarining chet elda doimiy yashashga doir ruxsatnomasini rasmiylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hujjatlarini qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining shaxsini tasdiqlovchi hujjat O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi tomonidan yo‘qotilgan taqdirda konsullikning funksiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining shaxsini tasdiqlovchi hujjatni yo‘qotsa va bu haqda konsullik muassasasiga murojaat qilsa, konsullikning mansabdor shaxsi arizachi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tekshirilganidan hamda uning O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansubligi tasdiqlanganidan keyin mazkur fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi va unga O‘zbekiston Respublikasiga kirish (qaytib kelish) huquqini beruvchi vaqtinchalik hujjatni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda rasmiylashtiradi hamda beradi.
(19-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi konsullik okrugi hududida yashash uchun mablag‘larsiz turgan taqdirda konsullikning funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar konsullik okrugi hududiga vaqtincha kirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yashash uchun mablag‘larsiz qolgan va bu haqda konsullik muassasasiga murojaat qilgan bo‘lsa, konsullikning mansabdor shaxsi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur fuqaroni yuborgan yoki taklif etgan shaxsning yoxud tashkilotning ushbu fuqaroning konsullik okrugi hududida bo‘lishi bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini qoplashga doir majburiyatlari mavjudligini aniqlaydi va ularning bajarilishiga ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur fuqaroning o‘z oila a’zolari, qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bilan aloqalar o‘rnatishiga ko‘maklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan chora-tadbirlar yetarli bo‘lmay qolsa, konsullikning mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishuvga ko‘ra mazkur fuqaroning O‘zbekiston Respublikasiga qaytib ketishini ta’minlash maqsadida shunday maqsadlar uchun maxsus ajratilgan mablag‘lar hisobiga va ularning doirasida moliyaviy yordam ko‘rsatishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy yordam ko‘rsatilgan taqdirda, konsullik muassasasi bilan fuqaro o‘rtasida notarial tasdiqlangan bitimga tenglashtiriladigan shartnoma tuzilib, unda konsullik muassasasidan moliyaviy yordam olgan shaxs olingan moliyaviy mablag‘larning o‘rnini o‘ttiz kunlik muddatda qoplash majburiyatini oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi, buning uchun ajratilgan mablag‘larning miqdori, shuningdek ularni qaytarish shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik muassasasi tomonidan ko‘rsatilgan moliyaviy yordam summasi belgilangan muddat ichida qaytarilmagan taqdirda, konsullikning mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ijro xati yuboradi, ijro xati bo‘yicha qarzdorlikni undirish qonunchilikda belgilangan tartibda so‘zsiz amalga oshiriladi.
(20-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy yordam ko‘rsatish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi konsullik okrugi hududiga qonunga xilof ravishda kirgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsullik muassasasi joylashgan davlat sudining (vakolatli organining) bajarilmagan shartnoma majburiyatlari mavjudligi yoki boshqa asoslar munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chiqib ketishini taqiqlash to‘g‘risidagi qarori mavjud bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qilinishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan holatlar yashirilgan yoki bila turib yolg‘on ma’lumotlar taqdim etilgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari olingan mablag‘larning o‘rnini qoplash bo‘yicha bajarilmagan majburiyatlar mavjud bo‘lgan taqdirda.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy yordam ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham rad etilishi mumkin.
(20-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi o‘z vakolatlari doirasida boshqa zarur yordam ko‘rsatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish va ko‘maklashish yuzasidan konsullikning funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi o‘z vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida turgan, odam savdosidan jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlanganlarning O‘zbekiston Respublikasiga qaytishiga ko‘maklashadi, ularda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda esa, ularning shaxsini va O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlash bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘radi hamda konsullik yig‘imlarini va boshqa yig‘imlarni undirmasdan ularga O‘zbekiston Respublikasiga qaytishi uchun hujjatlarni rasmiylashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda, konsullik muassasasi joylashgan davlatning tegishli vakolatli organlariga O‘zbekiston Respublikasining odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchiligi haqida ma’lumotlar taqdim etadi;
(21-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlanganlarga ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari haqida axborot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Vizalarni rasmiylashtirish va berish yuzasidan konsullikning funksiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirish yoki uning hududi orqali tranzit tarzida o‘tish uchun vizalarni O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda rasmiylashtiradi va beradi, bundan elektron vizalar mustasno.
(22-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Konsullikning O‘zbekiston Respublikasining ushlab turilgan, qamoqqa olingan, ma’muriy qamoqqa olingan va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan yoxud bedarak yo‘qolgan fuqarolariga taalluqli funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik muassasasi joylashgan davlat hududida turgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi ushlab turilganligi, qamoqqa olinganligi, ma’muriy qamoqqa olinganligi yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar olingan taqdirda, konsullikning mansabdor shaxsi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) konsullik muassasasi joylashgan davlatning vakolatli organlari orqali fuqaro (familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va joyi, yashash joyi, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansubligi) to‘g‘risida, shuningdek ish holatlari haqida axborot oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) mazkur fakt to‘g‘risida konsullik muassasasining boshlig‘ini, zarur hollarda esa O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi joylashgan davlatdagi diplomatik vakolatxonasini xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini tegishli yuridik yordam bilan ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bilan uchrashish uchun choralar ko‘radi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga yo‘llangan xat-xabarlar va posilkalarning topshirilishiga xalqaro huquq va konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligi yo‘l qo‘yadigan doiralarda ko‘maklashadi.
(23-modda birinchi qismining 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bilan shaxsan uchrashuv chog‘ida bunday fuqaroga nisbatan xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari va normalariga, O‘zbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalar qoidalariga hamda konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligiga rioya etilayotganligiga ishonch hosil qilishi kerak. Agar ushlab turilgan, qamoqqa olingan, ma’muriy qamoqqa olingan yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining huquqlari buzilayotgan bo‘lsa, konsullikning mansabdor shaxsi xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplari hamda normalariga, O‘zbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalarga muvofiq, o‘z vakolatlari doirasida huquqlarni tiklash yuzasidan konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligida yo‘l qo‘yiladigan choralarni ko‘radi.
(23-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi, zarur hollarda va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi qaysi davlatda jazoni o‘tayotgan yoki sud qarorining ijro etilishini kutayotgan bo‘lsa, o‘sha davlatning hokimiyat organlariga afv etish, muddatidan ilgari ozod qilish yoxud sud qarorini ijro etishni to‘xtatib turish haqidagi iltimosnoma bilan, agar O‘zbekiston Respublikasining mazkur davlat bilan xalqaro shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, murojaat etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi ushlab turilgan, qamoqqa olingan, ma’muriy qamoqqa olingan yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi nomidan har qanday choralar ko‘rishdan, agar mazkur fuqaro bunday choralar ko‘rilishiga qarshi e’tiroz bildirsa, tiyilib turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik muassasasining boshlig‘i yoki O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi joylashgan davlatdagi diplomatik vakolatxonasi boshlig‘i ushlab turilgan, qamoqqa olingan, ma’muriy qamoqqa olingan yoki ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga nisbatan ko‘rilgan choralar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasining bedarak yo‘qolgan, tegishli konsullik okrugi hududida turgan bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumotlar mavjud bo‘lgan fuqarolarini qidirishda yordam ko‘rsatilishini so‘rab konsullik muassasasi joylashgan davlatning vakolatli organlariga darhol murojaat etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Konsullikning O‘zbekiston Respublikasi tergov organlarining hamda sudlarining topshiriqlarini bajarishga taalluqli funksiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasi tergov organlarining hamda sudlarining O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari xususidagi topshiriqlarini O‘zbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalarga muvofiq yoki, agar bunday shartnomalar mavjud bo‘lmasa, konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligiga zid bo‘lmagan har qanday boshqacha tartibda bajaradi.
(24-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqlarini va O‘zbekiston Respublikasining referendumida ishtirok etish huquqini amalga oshirishda ularga ko‘maklashish yuzasidan konsullikning funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik muassasasi joylashgan davlatda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi mavjud bo‘lmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga saylov huquqlarini va O‘zbekiston Respublikasining referendumida ishtirok etish huquqini amalga oshirishda ularga ko‘maklashish bo‘yicha funksiyalar konsullik muassasasi tomonidan bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik muassasasidagi saylov uchastkasi (referendum uchastkasi) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tuziladi. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tuziladigan saylov uchastkasini (referendum uchastkasini) saylov okrugiga (okrugga) qayd etish to‘g‘risidagi masala O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik muassasasining boshlig‘i:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchastka saylov komissiyasi (uchastka komissiyasi) raisining vazifalarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov uchastkasi bo‘yicha saylovchilarning ro‘yxatini (referendum uchastkasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ro‘yxatini) tuzish uchun ma’lumotlarni taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylovchilarning ro‘yxati (ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxati) bilan tanishish joyi va vaqti haqida saylovchilarni (fuqarolarni) xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov uchastkasi (referendum uchastkasi) tuzilganligi to‘g‘risida konsullik muassasasi joylashgan davlatning hokimiyat organlarini rasman xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Konsullikning fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish yuzasidan funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik muassasalari quyidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tug‘ilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nikoh tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nikohni bekor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘lim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi chet elda doimiy yoki vaqtincha yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan, fuqarolik holatini O‘zbekiston Respublikasida qayd etgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan dalolatnomalar yozuvlariga o‘zgartishlar, tuzatishlar hamda qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi, dalolatnomalar yozuvlarini qayta tiklash haqidagi, shuningdek familiyasi, ismi va otasining ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi arizalarni tegishli hujjatlar bilan birga qabul qilib oladi hamda ushbu hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun vakolatli organlarga topshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsiga murojaat etgan shaxslardan biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan hollarda fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish masalalari, basharti fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish konsullik muassasasi faoliyat ko‘rsatayotgan davlatning qonun hujjatlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga zid bo‘lmasa, hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining oila to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(26-moddaning uchinchi va to‘rtinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Konsullikning notarial harakatlarni amalga oshirish yuzasidan funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning notarial harakatlarni amalga oshiruvchi mansabdor shaxsi notarial harakatlarni amalga oshirish siriga rioya etishi shart. Konsullikning notarial harakatlarni amalga oshirish sirining oshkor etilishida aybdor bo‘lgan mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi o‘z nomiga va o‘z nomidan, o‘zining xotini (eri) nomiga va uning nomidan, xotinining (erining) va o‘zining yaqin qarindoshlari nomiga va ularning nomidan notarial harakatlarni amalga oshirishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi notarial harakatlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga amal qiladi. Konsullikning mansabdor shaxsi quyidagi hollarda notarial harakatlarni amalga oshirishni rad etadi, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunday harakatni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga zid bo‘lsa;
(27-modda uchinchi qismining birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muomalaga layoqatsiz fuqaro yoki zarur vakolatlarga ega bo‘lmagan vakil notarial harakatni amalga oshirish to‘g‘risidagi iltimos bilan murojaat etgan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs nomidan amalga oshiriladigan bitim uning ustavida yoki nizomida ko‘rsatilgan maqsadlarga zid bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim O‘zbekiston Respublikasi qonunchilikning talablariga nomuvofiq bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notarial harakatni amalga oshirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik talablariga nomuvofiq bo‘lsa.
(27-modda uchinchi qismining beshinchi va oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar taqdim etilgan hujjatlardan ularning qalbakilashtirilganligi aniq ko‘rinib turgan bo‘lsa yoki bu haqda shubhalanish uchun yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, notarial harakatlarni amalga oshirish uchun taqdim etilgan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga nomuvofiq deb hisoblanadi.
(27-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarial harakatni amalga oshirish rad etilgan taqdirda, notarial harakatni amalga oshirish rad etilganligi to‘g‘risida konsullikning mansabdor shaxsi murojaat etilgan kundan e’tiboran uch kunlik muddatdan kechiktirmay qaror chiqaradi va uni notarial harakatni amalga oshirish uchun murojaat etgan shaxsga beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi quyidagi notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) bitimlarni (shartnomalar, vasiyatnomalar, ishonchnomalar va boshqalarni) tasdiqlash, bundan O‘zbekiston Respublikasida joylashgan ko‘chmas mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish va garovga qo‘yish to‘g‘risidagi shartnomalar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) fuqaroning tirik ekanligi faktini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) fuqaroning muayyan joyda ekanligi faktini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) fuqaroning fotosuratda aks ettirilgan shaxs ekanligini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) hujjatlar taqdim etilgan vaqtni tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) meros qilib qoldirilgan mol-mulkni qo‘riqlash choralarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risida guvohnomalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) hujjatlar ko‘chirma nusxalarining va hujjatlardan olingan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini shahodatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) hujjatlarning bir tildan boshqa tilga to‘g‘ri tarjima qilinganligini shahodatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) pul summalari va qimmatli qog‘ozlarni depozitga qabul qilib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) saqlash uchun hujjatlarni qabul qilib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) ijro xatlarini yozish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) dengiz protestlarini amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq boshqa notarial harakatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(27-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik muassasasida notarial ish yuritish O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida amalga oshiriladi. Zarur hollarda hujjatlar boshqa tillarda ham rasmiylashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Chet davlat hujjatlari va dalolatnomalarini konsullik tomonidan legallashtirish yuzasidan konsullikning funksiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet davlat hujjatlari va dalolatnomalarini konsullik tomonidan legallashtirish hujjatlardagi hamda dalolatnomalardagi imzolarning haqiqiyligini, hujjatni yoki dalolatnomani imzolagan shaxsning vakolatlarini, legallashtirishga taqdim etilgan hujjatga yoxud dalolatnomaga bosilgan muhr yoki shtampning haqiqiyligini hamda bu hujjatlar va dalolatnomalarning konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligiga muvofiqligini aniqlash va shahodatlashdan iboratdir. Konsullik tomonidan hujjatlar va dalolatnomalarning legallashtirilishi ularning xalqaro munosabatlardagi qonuniyligini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi muassasalari va tashkilotlari chet davlatning muassasalari hamda tashkilotlaridan jo‘natiladigan hujjatlar va dalolatnomalarni ular konsullik tomonidan legallashtirilgan taqdirdagina, agar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida yoki O‘zbekiston Respublikasi hamda muassasalari va tashkilotlaridan mazkur hujjatlar va dalolatnomalar jo‘natiladigan davlat ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi.
(28-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi konsullik okrugidagi hokimiyat organlari vakillari ishtirokida tuzilgan yoki ushbu hokimiyat organlaridan jo‘natiladigan hujjatlar va dalolatnomalarni legallashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi chet elning rasmiy hujjatini legallashtirishni amalga oshirishi uchun mazkur hujjatning O‘zbekiston Respublikasi davlat tilidagi yoki boshqa tillardagi notarial tartibda tasdiqlangan tarjimasini taqdim etishni talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagi hujjatlar va dalolatnomalar konsullik tomonidan legallashtirilmaydi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lgan hujjatlar va dalolatnomalar;
(28-modda beshinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z mazmuniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan hujjatlar va dalolatnomalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan hujjatlar va dalolatnomalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hujjatlar va dalolatnomalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar hujjatga yoki ushbu hujjatga biriktirilgan varaqqa apostil qo‘yilgan bo‘lsa, bu hujjatni legallashtirish talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi apostil qo‘yilgan hujjatlarni, agar apostil O‘zbekiston Respublikasi bilan munosabatlarda chet elning rasmiy hujjatlarini legallashtirishga doir talabni rad etadigan Konvensiya qo‘llaniladigan chet davlatning vakolatli organi tomonidan qo‘yilgan bo‘lsa, qabul qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Hujjatlarni talab qilib olish yuzasidan konsullikning funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning arizalari bo‘yicha konsullikning mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasining davlat organlaridan, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan muassasalar va tashkilotlardan fuqarolik holati dalolatnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi, ma’lumoti haqidagi, mehnat staji to‘g‘risidagi hamda arizachilarning huquqlari va manfaatlariga taalluqli boshqa hujjatlarni talab qilib oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning arizalari, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan muassasalar hamda tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali kelib tushadigan so‘rovlari bo‘yicha konsullik muassasasi joylashgan davlatning vakolatli organlaridan arizachilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga taalluqli hujjatlarni talab qilib oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Konsullikning O‘zbekiston Respublikasining farzandlikka olingan voyaga yetmagan fuqarolariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan fuqarolariga taalluqli funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik muassasalari O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashayotgan, ota-onasi homiyligidan mahrum bo‘lgan voyaga yetmaganlar, O‘zbekiston Respublikasining muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqarolari ustidan, shuningdek sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘z huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshirishga hamda o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lmagan voyaga yetgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilash choralarini ko‘radi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan voyaga yetmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini farzandlikka olishni xohlaydigan, konsullik okrugi hududida doimiy yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolarining yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning iltimosiga ko‘ra konsullikning mansabdor shaxsi ularni farzandlikka olishning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan sud tartibi to‘g‘risida xabardor qiladi.
(30-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining voyaga yetmagan fuqarosi konsullik okrugi hududida ota-onasi homiyligidan mahrum bo‘lib qolganligi to‘g‘risida o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan konsullikning mansabdor shaxsi bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini xabardor qiladi, O‘zbekiston Respublikasining bunday fuqarosi ustidan vasiylik yoki homiylik belgilanishiga ko‘maklashadi hamda uning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarini himoya qilish choralarini ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Konsullikning O‘zbekiston Respublikasi havo, dengiz va daryo kemalariga, shuningdek avtomobil va temir yo‘l transporti vositalarining harakatdagi tarkibiga taalluqli funksiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi konsullik muassasasi joylashgan davlatning aeroportlarida O‘zbekiston Respublikasi havo kemasining komandiri, ekipaji va yo‘lovchilariga konsullik muassasasi joylashgan davlatning qonunchiligiga hamda O‘zbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalarga muvofiq huquqlar hamda immunitetlar berilishini kuzatib boradi.
(31-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasi havo kemasining komandiri, ekipaji va yo‘lovchilariga konsullik muassasasi joylashgan davlatning hokimiyat organlari bilan munosabatlarda yordam ko‘rsatishi, shuningdek zarur bo‘lgan taqdirda havo kemasi, uning ekipaji va yo‘lovchilarini O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish yoki parvozni davom ettirish choralarini ko‘rishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
havo kemasining aeroportga uchib kelishiga, undan uchib ketishiga va havo kemasining aeroportda turishiga ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
havo kemasida yuz bergan hodisalarning holatlarini aniqlashtirish, havo kemasining komandiridan, ekipaji a’zolaridan va yo‘lovchilaridan so‘rab-surishtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
havo kemasi, undagi yuk va reys to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur bo‘lgan taqdirda havo kemasi ekipaji a’zolari va yo‘lovchilarining davolanishini hamda O‘zbekiston Respublikasiga jo‘natib yuborilishini ta’minlash choralarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, pochta va yuklarni O‘zbekiston Respublikasi aeroportlariga boradigan O‘zbekiston Respublikasi havo kemalarida jo‘natib yuborish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
havo kemalariga taalluqli bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida yoki qonunchiligida nazarda tutilgan deklaratsiyani yoxud boshqa hujjatni olish, tuzish, tasdiqlash.
(31-modda uchinchi qismining yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik okrugi doirasida havo kemasi falokatga uchragan, qo‘nishga majbur bo‘lgan yoki boshqa hodisa sodir bo‘lgan taqdirda konsullikning mansabdor shaxsi havo kemasining komandiriga, ekipajiga va yo‘lovchilariga zarur yordam ko‘rsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi falokatga uchragan yoki qo‘nishga majbur bo‘lgan havo kemasini, hodisa xususiyatidan dalolat beruvchi yuklar va ashyoviy dalillarni qo‘riqlash choralarini ko‘radi hamda uchish vaqtida yuz bergan hodisani tekshirishda O‘zbekiston Respublikasining mutaxassislariga yordam ko‘rsatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemasining bortida jinoyat sodir etilgan taqdirda konsullikning mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va qonunchiligidan kelib chiqadigan vazifalarni bajarishda havo kemasining komandiriga ko‘maklashadi.
(31-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar konsullikning mansabdor shaxsida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi havo kemasining muayyan aeroportga kirishi xatarli, nomaqbul bo‘lsa yoki mumkin bo‘lmasa, konsullikning mansabdor shaxsi havo kemasi komandirini bu haqda ogohlantirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi dengiz va daryo kemalariga, avtomobil va temir yo‘l transporti vositalarining harakatdagi tarkibiga taalluqli konsullik funksiyalarini bajarish chog‘ida ushbu moddaning birinchi — yettinchi qismlari qoidalariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dengiz yoki daryo kemasi chet elda olingan taqdirda konsullikning mansabdor shaxsi O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ostida suzib yurish huquqini beruvchi vaqtinchalik guvohnoma beradi. Mazkur vaqtinchalik guvohnoma berilgan paytdan e’tiboran to dengiz yoki daryo kemasi O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilguniga qadar, lekin berilgan paytdan e’tiboran ko‘pi bilan olti oy amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ostida suzib yurish huquqini beruvchi vaqtinchalik guvohnomani rasmiylashtirish uchun arizachi dengiz yoki daryo kemasini olish asoslariga bog‘liq holda hujjatlarni konsullikning mansabdor shaxsiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Konsullik okrugi hududida tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar, qurolli mojarolar, ommaviy tartibsizliklar vujudga kelganda va terrorchilik harakatlari sodir etilganda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash yuzasidan konsullikning funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar, qurolli mojarolar, ommaviy tartibsizliklar vujudga kelgan va terrorchilik harakatlari sodir etilgan zonalarda qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek bu zonalardagi vaziyatning rivoji haqida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini o‘z vaqtida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar, qurolli mojarolar, ommaviy tartibsizliklar vujudga kelganda yoki ularning vujudga kelish xavfi bo‘lganda, shuningdek terrorchilik harakatlari sodir etilganda yoki ularning sodir etilish xavfi bo‘lganda konsullik okrugi hududidagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi, zarur bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining yaqin xavfsiz zonaga evakuatsiya qilinishini tashkil etish yoki ularning O‘zbekiston Respublikasiga qaytarilishini ta’minlash, shuningdek halok bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining tanalarini O‘zbekiston Respublikasiga jo‘natish bo‘yicha choralar ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Konsullikning sanitar himoya sohasiga oid funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik okrugi doirasida karantinli yuqumli kasalliklar paydo bo‘lgan taqdirda konsullikning mansabdor shaxsi kasallik tarqalgan hududning nomini, kasallikka chalinganlar sonini va konsullik muassasasi joylashgan davlatning vakolatli organlari tomonidan amalga oshirilayotgan epidemiyaga qarshi tadbirlarni ko‘rsatgan holda bu haqda darhol O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda. Konsullikning fitosanitar himoya sohasiga oid funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik okrugi doirasida o‘simliklar zararkunandalari, o‘simliklar kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilar, karantin ahamiyatiga ega o‘simliklar-begona o‘tlar paydo bo‘lgan taqdirda konsullikning mansabdor shaxsi bu haqda darhol O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari yoki yuridik shaxslari murojaat etgan taqdirda konsullikning mansabdor shaxsi ularni konsullik muassasasi joylashgan davlatga kirish chog‘ida o‘simliklar, o‘simlik mahsulotlari va xom ashyosi uchun tegishli fitosanitariya sertifikatlarini, pestitsidlar va (yoki) agroximikatlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni ko‘rsatish zarurligi to‘g‘risida ogohlantiradi, shuningdek manfaatdor shaxslarni tegishli davlatga urug‘liklar, o‘simliklar, ko‘chatlar, yangi meva va sabzavotlarni olib kirish qoidalari to‘g‘risida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda. Konsullikning veterinar himoya sohasiga oid funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik okrugi doirasida hayvonlarning umumiy kasalliklari tarqalishi xavfi bo‘lgan yoki tarqalgan, shuningdek inson va hayvonlar uchun umumiy bo‘lgan kasalliklar tarqalishi xavfi bo‘lgan yoki tarqalgan hollarda konsullikning mansabdor shaxsi bu haqda darhol O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari yoki yuridik shaxslari murojaat etgan taqdirda konsullikning mansabdor shaxsi ularni konsullik muassasasi joylashgan davlatga kirish chog‘ida hayvonlar, chorva mahsulotlari va xom ashyosi uchun tegishli veterinariya sertifikatlarini ko‘rsatish zarurligi to‘g‘risida ogohlantiradi, shuningdek manfaatdor shaxslarni tegishli davlatga hayvonlarni olib kirish qoidalari to‘g‘risida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-modda. Konsullikning mansabdor shaxsi funksiyalarining tugatilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik mansabdor shaxsining funksiyalari quyidagi hollarda tugatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
u chaqirib olinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekzekvatura bekor qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsullik muassasasi yopilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsullik munosabatlari tugatilganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik mansabdor shaxsining funksiyalari O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq boshqa hollarda ham tugatilishi mumkin.
(36-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-modda. Konsullikning mansabdor shaxsi faoliyati samaradorligini baholash mezonlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullikning mansabdor shaxsi faoliyati samaradorligini baholash mezonlari qonunchilikda belgilanadi.
(37-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-modda. Ushbu Konsullik ustavi normalarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Konsullik ustavi normalarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-modda. Konsullik yig‘imlari va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘imlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik harakatlarini amalga oshirganlik uchun konsullik yig‘imlari, shuningdek ko‘rsatilgan harakatlar amalga oshirilganligi bilan bog‘liq haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘imlar undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik harakatlarini amalga oshirganlik uchun konsullik yig‘imlari va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan undiriladigan yig‘imlar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq foydalaniladi.
(39-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik yig‘imlarining tariflari O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Konsullik harakatlari amalga oshirilganligi bilan bog‘liq haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘imlarning miqdorlari O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi joylashgan davlatdagi konsullik muassasasi boshlig‘i yoki diplomatik vakolatxonasi boshlig‘i tomonidan ko‘rsatilgan yig‘imlar stavkalarini hisoblashning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yagona uslubiyoti asosida tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasasining boshlig‘i va diplomatik vakolatxonasining boshlig‘i konsullik yig‘imlarining va konsullik harakatlari amalga oshirilganligi bilan bog‘liq haqiqiy xarajatlar o‘rnini qoplash hisobidan yig‘imlarning stavkalarini pasaytirishga yoki ayrim shaxslarni bunday yig‘imlarni to‘lashdan ularning arizalariga ko‘ra, agar ushbu shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan sabablar aniqlansa va uzrli deb topilsa, ozod qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik yig‘imlari va konsullik harakatlari amalga oshirilganligi bilan bog‘liq haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘imlar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi va konsullik muassasasi joylashgan davlat ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan hollarda undirilmaydi.
(39-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. O‘zbekiston Respublikasining faxriy konsuli
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-modda. O‘zbekiston Respublikasi faxriy konsulining maqomi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi konsullik muassasasi joylashgan davlatning roziligi bilan ayrim konsullik funksiyalarini bajarishni O‘zbekiston Respublikasining faxriy konsuliga (bundan buyon matnda Faxriy konsul deb yuritiladi) topshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsullik muassasasi joylashgan davlatda munosib ijtimoiy mavqeni egallagan va zarur shaxsiy fazilatlarga ega, shuningdek zimmasiga yuklatilgan konsullik funksiyalarini lozim darajada bajarish imkoniyatiga ega shaxslardan bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ham, chet el fuqarosi ham Faxriy konsul bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faxriy konsul O‘zbekiston Respublikasining davlat xizmatida turmaydi va o‘z funksiyalarini bajarganlik uchun O‘zbekiston Respublikasidan biron-bir pul mukofoti olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faxriy konsul O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faxriy konsul o‘z funksiyalarini O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi yoki qaysi konsullik okrugi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, o‘sha konsullik muassasasi joylashgan davlatdagi konsullik muassasasi rahbarligi ostida bajaradi. O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi mavjud bo‘lmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bunday rahbarlikni Faxriy konsul turgan davlatga qo‘shni yoxud uning o‘zi turgan davlatga yaqin bo‘lgan davlatlardan birida joylashgan O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasiga yoxud konsullik muassasasiga topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faxriy konsul o‘zi turgan davlat bilan kelishuvga ko‘ra va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining roziligi bilan bir vaqtning o‘zida boshqa chet davlatning Faxriy konsuli majburiyatlarini bajarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-modda. Faxriy konsulning funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faxriy konsul quyidagi konsullik funksiyalarini bajarishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsullik okrugi hududida vaqtincha turgan yoki doimiy yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining hisobini yuritishni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsullik okrugi hududida bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini qidirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsullik okrugi hududida turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga ularning o‘z saylov huquqlarini va O‘zbekiston Respublikasining referendumlarida ishtirok etishga bo‘lgan huquqini amalga oshirishda konsullik muassasasi bilan kelishuvga ko‘ra ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsullik okrugi hududida doimiy yashayotgan, ustidan vasiylik va homiylik belgilanishi talab qilinadigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsullik okrugi hududida turgan O‘zbekiston Respublikasining havo, dengiz va daryo kemalariga, avtomobil hamda temir yo‘l transporti vositalarining harakatdagi tarkibiga, shuningdek ularning ekipajlari va yo‘lovchilariga zarur yordam ko‘rsatish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida va O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida Faxriy konsulning boshqa funksiyalari nazarda tutilishi mumkin.
(41-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2019-y., 03/19/517/2497-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)