Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING KONSULLIK USTAVINI AMALGA KIRITISH HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 17-yanvardagi OʻRQ-517-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Konsullik ustavi 1996-yil 1-oktabrdan eʼtiboran amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumatining qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasi Konsullik ustaviga muvofiqlashtirsin, respublika vazirliklari va idoralari oʻzlarining mazkur ustavga zid boʻlgan normativ hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlarini va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1996-yil 29-avgust,
262-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 125-modda)