Tur | Ta’rif | |
1. | D-1 | Diplomatik kirish vizasi (doimiy akkreditatsiya qilinganlar uchun) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy turgan xodimlari va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga (diplomatik pasportga ega bo‘lgan) akkreditatsiya muddatiga beriladi. |
2. | D-2 | Diplomatik kirish vizasi (vaqtincha turganlar uchun) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan xodimlari va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga (diplomatik pasportga ega bo‘lgan) 3 oygacha muddatga beriladi. |
3. | DT | Diplomatik kirish vizasi (diplomatik pasport egalari uchun turistik) O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kirayotgan xorijiy davlatlarning diplomatik xodimlari va xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining xodimlari va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga (diplomatik pasportga ega bo‘lgan) 1 oygacha muddatga beriladi. |
4. | S-1 | Xizmat kirish vizasi (doimiy akkreditatsiya qilinganlar uchun) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy turgan xodimlari va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga (diplomatik pasportga ega bo‘lmagan), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallarining O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy turgan xodimlariga va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga akkreditatsiya muddatiga beriladi. |
5. | S-2 | Xizmat kirish vizasi (vaqtincha) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan xodimlari va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga (diplomatik pasportga ega bo‘lmagan), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallarining O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan xodimlariga va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga 3 oy muddatgacha beriladi. |
6. | S-3 | Xizmat kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi davlat tashkilotlarining taklifi bo‘yicha ) O‘zbekiston Respublikasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, qonunchilikda nazarda tutilgan, shuningdek, Prezident va Hukumat tashabbusi bilan tashkil etilgan nodavlat notijorat birlashmalar taklifi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga xizmat safariga keluvchi xorijiy fuqarolarga 1 yil muddatgacha beriladi. |
7. | O | Rasmiy kirish vizasi (rasmiy va davlat tashriflari doirasida) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining taklifi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchi rasmiy delegatsiya a’zolariga rasmiy tadbirlar o‘tkazish muddatiga beriladi. |
8. | V-1 | Ishbilarmonlik kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasining profil muassasalari va idoralarida akkreditatsiya qilinganlar uchun) O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalari, shuningdek xorijiy banklar yoki boshqa moliyaviy tashkilotlar xodimlariga akkreditatsiya muddatiga beriladi. |
9. | V-2 | Ishbilarmonlik kirish vizasi (biznes viza) O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha turgan ishbilarmonlik doiralari vakillariga 1 yil muddatgacha beriladi. |
10. | T | Turistik kirish vizasi O‘zbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda tashrif buyurayotgan xorijiy fuqarolarga 1 oy muddatgacha beriladi. |
11. | TG | Guruhli turistik kirish vizasi O‘zbekiston Respublikasiga kamida 5 kishidan iborat bo‘lgan turistik guruh tarkibida turistik maqsadlarda tashrif buyurayotgan xorijiy fuqarolarga 1 oy muddatgacha beriladi. |
12. | PLG | Ziyorat kirish vizasi Turistik faoliyat subyektlari va O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining so‘rovnomalari bo‘yicha O‘zbekistonning madaniy-tarixiy va diniy-ma’naviy merosi, an’analarini o‘rganish uchun xorijiy fuqarolarga 2 oy muddatgacha beriladi. |
13. | E | Ishchi kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi litsenziyasi asosida) O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi tomonidan xorijiy fuqaroga berilgan mehnat faoliyati huquqi tasdiqlangan muddatga beriladi. |
14. | J-1 | Matbuot vakillari uchun kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida doimiy akkreditatsiya qilingan) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida doimiy akkreditatsiya qilingan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga akkreditatsiya muddatiga beriladi. |
15. | J-2 | Matbuot vakillari uchun kirish vizasi (“Dunyo” AAda vaqtincha akkreditatsiya qilinganlar) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida vaqtincha akkreditatsiya qilingan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillariga akkreditatsiya muddatiga beriladi. |
16. | PV-1 | Mehmon kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining taklifi bo‘yicha) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining taklifi bo‘yicha mehmon safarini amalga oshiruvchi xorijiy fuqarolarga 1 yilgacha muddatga beriladi. |
17. | PV-2 | Mehmon kirish vizasi (xorijiy fuqarolarning taklifi bo‘yicha) O‘zbekiston Respublikasida doimiy akkreditatsiya qilingan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan xorijiy fuqarolar taklifi bo‘yicha mehmon safarini amalga oshiruvchi xorijiy fuqarolarga 1 yilgacha muddatga beriladi. |
18. | VTD | Vatandoshlar uchun kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining taklifi bo‘yicha) O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilganlar va ularning oila a’zolari uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan va uning hududida doimiy yashovchi ularning qarindoshlari tomonidan taklifnoma mavjud bo‘lganda 2 yilgacha muddatga beriladi. |
19. | STD | Talabalar kirish vizasi (oliy ta’lim muassasalararo almashish asosida — vaqtincha ta’lim olish davriga) O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan oliy ta’lim muassasalarida qisqa muddatda (oliy ta’lim muassasalararo almashishga binoan yoki oliy ta’lim muassasalararo o‘zaro aloqalar doirasida vaqtincha asosda) ta’lim oluvchi xorijiy talabalarga 1 yilgacha muddatga beriladi, o‘z tasarrufida ta’lim muassasasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi. |
20. | A-1 | O‘quv kirish vizasi (doimiy asosda — ta’lim davriga) O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi xorijiy talabalarga 1 yilgacha muddatga beriladi, o‘z tasarrufida ta’lim muassasasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi. |
21. | A-2 | O‘qituvchilar kirish vizasi (O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy asosda ishga joylashishda) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimi o‘quv muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy o‘quv muassasalari filiallarining professor-o‘qituvchilar tarkibiga — xorijiy fuqarolarga 1 yilgacha muddatga beriladi. O‘z tasarrufida ta’lim muassasasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi. |
22. | A-3 | Akademik kirish vizasi (vaqtincha asosda) O‘zbekiston Respublikasida ilmiy-tadqiqot (dissertatsiyalar, ilmiy ishlar uchun materiallar to‘plash) va o‘qituvchilik faoliyatini (qisqa muddatli sayyor ma’ruzalar) yuritishni xohlaydigan xorijiy shaxslar uchun 3 oydan 2 yilgacha muddatga beriladi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari, vazirliklar yoki idoralar iltimosnomalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi. |
23. | MED | Tibbiy kirish vizasi Davolash-profilaktika muassasalari taklifi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga davolanish uchun keladigan xorijiy fuqarolar uchun 3 oygacha muddatga beriladi. |
24. | S-1 | Ekipaj uchun kirish vizasi Havo kemalari va temir yo‘l tarkiblari ekipajlarining xorijiy a’zolariga 1 yilgacha muddatga beriladi. |
25. | S-2 | Haydovchilar uchun kirish vizasi Yuk tashuvchi avtotransport vositalarining xorijiy haydovchilariga 1 yilgacha muddatga beriladi. |
26. | EXIT | Chiqish vizasi Xorijiy fuqarolar tomonidan kirish vizalarining muddati kechiktirilgan hollarda ularning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishi uchun 1 oygacha muddatga beriladi. |
27. | TRAN | Tranzit vizasi O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit bilan o‘tuvchi xorijiy fuqarolarga 3 kungacha muddatga beriladi. |
28. | INV | Ko‘p martalik investitsiya vizasi Xorijiy investitsiyalarni kiritish paytida O‘zbekiston Respublikasida belgilangan 8500-martali bazaviy to‘lov kattaligidan kam bo‘lmagan miqdorda xo‘jalik uyushmalarining aksiyalari va ulushlarini olish, shuningdek xorijiy investitsiyalar ishtirokida bo‘lgan korxonalarni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga investitsiya kiritayotgan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqmasdan uning muddatini uzaytirish imkoniyati bilan ushbu korxonalarning so‘rovnomalari bo‘yicha beriladi, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga rasmiylashtiriladi, 3 yilgacha amal qilish muddati bilan beriladi. |
29. | IT | Ko‘p martalik “IT-visa” axborot texnologiyalari sohasidagi xorijiy investorlar va mutaxassislarga, shuningdek, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlarining ta’sischilari (ishtirokchilari)ga Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasining tavsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqmasdan uning muddatini uzaytirish imkoniyati bilan 3 yilgacha amal qilish muddati bilan beriladi. |
15. Lyuksemburg Buyuk Gersogligi
38. Birlashgan Arab Amirliklari
55. Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi
57. Braziliya Federativ Respublikasi
58. Germaniya Federativ Respublikasi
63. Shveysariya Konfederatsiyasi
78. Trinidad va Tobago Respublikasi
82. Bagama Orollari Hamdo‘stligi