1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Fuqarolik muhofazasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 11-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 17-aprelda qabul qilingan “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-154-son Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari Axborotnomasi, 2008-yil, № 4, 190-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2019-yil, 2-son, 47-modda, 5-son, 267-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 17-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-633-son

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(yangi tahriri)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-moddaOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Asosiy tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.04.00 Voyaga etmaganlarning fuqarolik-huquqiy holati. 14 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. Emansipatsiya]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voyaga yetmagan shaxs savdosi — “odam savdosi” degan tushunchada koʻrsatilgan taʼsir oʻtkazish vositalaridan foydalanilgan-foydalanilmaganligidan qatʼi nazar, har qanday harakat yoki bitim boʻlib, ular vositasida voyaga yetmagan shaxs ota-onasi, boshqa qonuniy vakili yoki oʻzga shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda undan foydalanish maqsadida yoxud moddiy yoki boshqa naf olish maqsadida boshqa shaxsga haq evaziga beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelib chiqish mamlakati — hududidan odam savdosidan jabrlanganlarni olib chiqish amalga oshirilgan yoki fuqarolari odam savdosidan jabrlangan davlat;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.03 Fuqaroning shaʼni va obroʻsiga tajovuzlardan, uning shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish, turar joy daxlsizligi huquqi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majburlash — majburlanayotgan shaxsni uning irodasiga qarshi yoki irodasini chetlab oʻtib, biror-bir harakatni amalga oshirishga yoki biror-bir harakatni bajarishni majburlovchi shaxsning yoki boshqa shaxslarning foydasi uchun rad etishga undash maqsadidagi jismoniy, ruhiy, jinsiy va iqtisodiy zoʻravonlik yoki ularni qoʻllash tahdidi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosi — kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud majburlashning boshqa shakllaridan foydalanish, oʻgʻirlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiisteʼmol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun toʻlovlar yoki manfaatdor etish evaziga ogʻdirib olish yoʻli bilan odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish. Odamlardan foydalanish boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanishni yoki ulardan shahvoniy foydalanishning oʻzga shakllarini, majburiy mehnatni yoki xizmatlarni, qullikni yoxud qullikka oʻxshash odatlarni, erksizlik holatini yoxud inson aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini olishni anglatadi;
(3-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 23-iyundagi OʻRQ-780-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan shaxs — odam savdosidan, bunday harakatga rozilik berganligi-bermaganligidan va jinoyat protsessida ishtirok etganligi-etmaganligidan qatʼi nazar, jabrlangan jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish — jismoniy shaxslarga nisbatan amalga oshiriladigan, ularga nisbatan odam savdosi sifatida malakalanadigan xatti-harakatlar sodir etilganligi toʻgʻrisida yoki sodir etish niyati haqida maʼlumotlar olishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashish — odam savdosining oldini olishga, uni aniqlashga, unga chek qoʻyishga, uning oqibatlarini kamaytirishga, odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatishga doir faoliyat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs — dastlabki identifikatsiya qilish natijasida odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs sifatida tan olingan jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxs — mustaqil ravishda yoki bir guruh shaxslar tarkibida odam savdosi bilan bogʻliq har qanday harakatni sodir etuvchi jismoniy shaxs, shuningdek oʻz harakatlari bilan odam savdosiga koʻmaklashayotgan, xuddi shuningdek garchi oʻz mansab vakolatlariga koʻra toʻsqinlik qilishi va qarshi kurashishi shart boʻlsa-da, odam savdosiga toʻsqinlik qilmayotgan va qarshi kurashmayotgan mansabdor shaxs.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Odam savdosiga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosiga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonuniylik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxslar javobgarligining muqarrarligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlanganlarning kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy sheriklik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashishga, shu jumladan odam savdosiga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosining oldini olishga qaratilgan huquqiy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, profilaktika chora-tadbirlarini, axborotga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosini oʻz vaqtida aniqlash va unga chek qoʻyish, uning oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek odam savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxslar javobgarligining muqarrarligi prinsipini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan ijtimoiy himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari, konferensiyalar, seminar-treninglar va davra suhbatlari oʻtkazishga doir faoliyatni, shuningdek ushbu sohadagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari xodimlarini kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga doir faoliyatni rivojlantirish hamda ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Odam savdosiga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi organlar va tashkilotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha milliy komissiya
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha milliy komissiya (bundan buyon matnda Milliy komissiya deb yuritiladi) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kollegial organdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy komissiyaning qarorlari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan bajarilishi shart, nodavlat notijorat tashkilotlari uchun esa tavsiyaviy xususiyatga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy komissiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari boʻyicha kichik komissiyadan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalari boʻyicha kichik komissiyadan iborat.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy komissiyani shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-210-sonli “Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini keng joriy etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha hududiy komissiyalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha hududiy komissiya (bundan buyon matnda hududiy komissiya deb yuritiladi) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalarining, boshqa tashkilotlarning odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi hududiy kollegial organdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy komissiyalarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlardagi (shaharlardagi) faoliyatini tashkil etish tartibi Milliy komissiya qarori bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha milliy maʼruzachi
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha milliy maʼruzachi (bundan buyon matnda Milliy maʼruzachi deb yuritiladi) har yili odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha yuzaga kelayotgan vaziyat hamda koʻrilayotgan choralar haqida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot taqdim etadigan, shuningdek ular toʻgʻrisida jamoatchilikni va xalqaro hamjamiyatni xabardor etish maqsadida ommaviy axborot vositalari uchun brifinglar tashkil etadigan, Oʻzbekiston Respublikasining mazkur sohadagi milliy manfaatlarini xalqaro maydonda himoya qiladigan vakolatli shaxsdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy maʼruzachining vazifalarini Milliy komissiya raisi bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy maʼruzachi barcha axborot manbalaridan foydalanish, shuningdek odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi tegishli davlat organlaridan, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlaridan axborotni soʻrab olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻz vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlanganlarni dastlabki va yakuniy identifikatsiya qilishni amalga oshirish, shuningdek odam savdosidan jabrlanganlarni qayta yoʻnaltirish tartibini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga yordam koʻrsatish hamda ularni himoya qilish maqsadida odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan muassasalar faoliyatini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish tartibini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning odam savdosiga qarshi kurashishga doir hamkorligini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(9-moddaning ikkinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari;
5.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.01.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni qonunchilikka muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshirishi mumkin.
(10-moddaning ikkinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oʻz vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
(11-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni dastlabki identifikatsiya qilishni amalga oshiradi;

odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlarni fosh etish boʻyicha tezkor-qidiruv faoliyatini tashkil etadi hamda amalga oshiradi, jinoyat ishlari boʻyicha tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov oʻtkazilishini taʼminlaydi, shu jumladan zamonaviy texnologiyalar va axborot tizimlaridan foydalangan holda ushbu faoliyatni tashkil etadi hamda amalga oshiradi, tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxslar, uyushgan guruhlar va jinoiy uyushmalarning faoliyatiga chek qoʻyish yuzasidan xalqaro tashkilotlar hamda boshqa davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxslar, uyushgan guruhlar va jinoiy uyushmalar haqida tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga axborot taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalari ishtirokida aholi oʻrtasida odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha tushuntirish-profilaktika ishlari majmuini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(11-moddaning ikkinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.01.00.00 Prokuratura / 18.01.01.00 Umumiy qoidalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi oʻz vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;

odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;
(12-moddabirinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni dastlabki identifikatsiya qilishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(12-moddabirinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashish sohasida tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashish sohasida aholining huquqiy ongini, huquqiy madaniyatini yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan targʻibotda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlarning statistik hisobini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.11.00.00 Jinoyatchilikka va terrorizmga qarshi xalqaro kurash / 19.11.02.00 Jinoyat ishlari boʻyicha huquqiy yordam / 19.11.02.09 Terrorizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati oʻz vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;
(13-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni dastlabki identifikatsiya qilishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro terrorchilik tashkilotlari va uyushgan jinoiy guruhlarning odam savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxslar bilan aloqalarini aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro terrorchilik tashkilotlari va uyushgan jinoiy guruhlar tomonidan amalga oshiriladigan odam savdosi bilan bogʻliq jinoyat ishlari boʻyicha tergovga qadar tekshiruvni hamda dastlabki tergovni oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini odam savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxslar va odam savdosidan jabrlanganlar tomonidan kesib oʻtishga urinishlarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qoʻyish choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(13-moddaning ikkinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.02.00 Ishga joylash va aholi bandligi sohasidagi boshqaruv;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi oʻz vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;
(14-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni dastlabki identifikatsiya qilishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida zoʻravonlikka, majburiy mehnatga va kamsitishga, mehnat va boshqa huquqlari buzilishiga duchor etilgan, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, tirikchilik uchun mablagʻlarsiz qolgan fuqarolarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qiladi, shuningdek ularga moddiy yordam koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlanganlarni ishga joylashtirish choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ishga joylashtirishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi, shu jumladan xorijda amalga oshiruvchi yuridik shaxslar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(14-moddaningikkinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.07.00.00 Diplomatik va konsullik huquqi / 19.07.04.00 Diplomatik va boshqa vakolatxonalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari oʻz vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;
(15-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni dastlabki identifikatsiya qilishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasi boʻlgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir faoliyatni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarning Oʻzbekiston Respublikasiga qaytishiga koʻmaklashadi, ularda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda esa ularning shaxsini aniqlash choralarini koʻradi hamda ularga Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish huquqini beruvchi hujjatlarni konsullik yigʻimlarini va boshqa yigʻimlarni undirmasdan rasmiylashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda, konsullik muassasasi joylashgan davlatning tegishli vakolatli organlariga Oʻzbekiston Respublikasining odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchiligi haqida maʼlumotlar taqdim etadi;
(15-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari haqida axborot taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(15-moddaningikkinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi oʻz vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;
(16-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni dastlabki identifikatsiya qilishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(16-moddaning ikkinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshirayotgan davlat organlariga koʻmaklashish
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, shuningdek fuqarolar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashishda davlat organlariga koʻmaklashishi va zarur yordam koʻrsatishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashish sohasida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ishtirok etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritishi;
(17-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilishning har qanday bosqichida ishtirok etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlanganlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvi boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda, shu jumladan odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan muassasalarni tashkil etishda koʻmaklashishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda ishtirok etishi mumkin.
(17-modda birinchi qismining sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilariOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotlari odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish boʻyicha markazlarni qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etishi mumkin.
(17-moddaningikkinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 5-noyabrdagi 240-son “Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy axborot vositalari odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishga, shu jumladan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, odam savdosiga nisbatan jamiyatda murosasizlik munosabatini shakllantirishga qaratilgan tadbirlarni yoritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining odam savdosiga qarshi kurashish borasidagi koʻmagini qonunchilikka muvofiq qoʻllab-quvvatlaydi.
(17-moddaningtoʻrtinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Odam savdosi profilaktikasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Odam savdosining oldini olish
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosining oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning odam savdosidan jabrlanishining oldini olishga, ularning himoyasiz va xavf ostida qolishiga sabab boʻlgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi muammolarni aniqlash va ushbu muammolarning yechimlarini ishlab chiqish maqsadida mazkur sohadagi faoliyatning doimiy monitoringini amalga oshirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlanganlar tushib qolishi mumkin boʻlgan xavfli vaziyatlar haqida, davlat hamda odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan muassasalar tomonidan taqdim etiladigan himoya choralari toʻgʻrisida, odam savdosiga qarshi kurashish uchun davlat tomonidan koʻrilayotgan jinoiy va maʼmuriy taʼsir choralari haqida jamiyatning xabardorligini oshirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turistik faoliyatni, shuningdek aholini ish bilan taʼminlashga oid faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faoliyatiga doir talablarni belgilashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining davlat taʼlim muassasalarida va nodavlat taʼlim tashkilotlarida odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi taʼlim dasturlarini ishlab chiqishni va amalga oshirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari xodimlarini kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish choralarini koʻrishni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosining oldini olish qonunchilikka muvofiq boshqa chora-tadbirlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
(18-moddaning ikkinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Maʼlumotlarning yagona axborot bazasi
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosiga qarshi samarali kurashishni taʼminlash, odam savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxslarning jinoiy faoliyatini aniqlash va unga chek qoʻyish, odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish hamda tegishli axborotni tizimlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boshqa davlat organlari bilan birgalikda odam savdosi sohasidagi jinoyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona axborot bazasi (bundan buyon matnda maʼlumotlar bazasi deb yuritiladi) yaratilishini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumotlar bazasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlaridan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, nodavlat notijorat tashkilotlaridan va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tezkor-qidiruv tadbirlarini, tergovga qadar tekshiruvni, dastlabki tergovni va sud muhokamasini amalga oshirish natijasida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Interpolning Oʻzbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tezkor aloqa, ishonch telefonlari orqali va boshqa manbalardan olingan axborot kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumotlar bazasiga quyidagilar toʻgʻrisidagi axborot kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxslar haqidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlanganlar, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlar toʻgʻrisidagi axborot — ayollar va bolalar haqidagi axborot alohida ajratilgan holda, shuningdek ularga koʻrsatilgan yordam natijalari haqidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanish turlari, jinoyat sodir etish usullari toʻgʻrisidagi va boshqa axborot.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maʼlumotlar bazasiga kiritilgan axborot maxfiydir.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 708-son qarori bilan tasdiqlangan Odam savdosi sohasidagi jinoyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona axborot bazasini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish va ularni himoya qilish yuzasidan davlat organlarining hamkorligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish, aniqlash va ularga zarur yordam koʻrsatish hamda ularni himoya qilish, shuningdek ularning odam savdosiga qayta jalb etilishi xavfining oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki identifikatsiya qilish — odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari va ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakuniy identifikatsiya qilish — hududiy komissiyalar tomonidan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastlabki identifikatsiya qilish chogʻida shaxsni odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs deb tan olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish maqsadida maʼlumotlarni olishga, oʻrganishga va baholashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakuniy identifikatsiya qilishda shaxsni odam savdosidan jabrlangan deb tan olish yoki tan olishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-fevraldagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yoʻnaltirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxs odam savdosidan jabrlangan deb tan olingan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsga nisbatan jinoiy harakatlar sodir etilmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar olingan hollarda tugatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-fevraldagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yoʻnaltirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Shaxsni odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs deb tan olish
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsni odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs deb tan olish odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlariga murojaat qilingan paytdan eʼtiboran koʻpi bilan besh sutka muddatda (Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida turgan shaxslar toʻgʻrisidagi murojaatlar bundan mustasno), dastlabki identifikatsiya qilish natijalariga koʻra amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari dastlabki identifikatsiya qilish natijalariga koʻra, yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, shaxsni odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs deb tan oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxs odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs deb tan olingan taqdirda, dastlabki identifikatsiya qilishni amalga oshirgan organ mazkur shaxsni uning huquqlari bilan tanishtirishi va uning roziligi bilan tegishli hududiy komissiyaga yoki zarurat boʻlganda — odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan muassasaga yuborishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 24-noyabrdagi 12-son “Odam savdosiga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsning huquqlari
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtinchalik boshpana, tibbiy, psixologik, huquqiy yordam va boshqa zarur yordam olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarjimon xizmatlaridan bepul foydalanish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsga jismoniy va psixologik jihatdan tiklanish hamda unga nisbatan sodir etilgan jinoyat munosabati bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi uchun odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlariga murojaat qilingan kundan eʼtiboran hisoblanadigan oʻttiz sutkadan kam boʻlmagan muddat beriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 5-noyabrdagi 240-son “Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-fevraldagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yoʻnaltirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Shaxsni odam savdosidan jabrlangan deb tan olish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxsni odam savdosidan jabrlangan deb tan olish yakuniy identifikatsiya qilish natijalariga koʻra, shaxsni odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs deb tan olish toʻgʻrisidagi qaror kelib tushgan paytdan eʼtiboran hududiy komissiya tomonidan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 28-moddasida nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakuniy identifikatsiya qilish zarur holatlar oydinlashtirilganidan va aniqlashtirilganidan keyin kollegial tarzda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlangan deb tan olingan shaxs ijtimoiy reabilitatsiya va moslashuv huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni qayta yoʻnaltirish
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni qayta yoʻnaltirish davlat organlarining odam savdosidan jabrlanganlarni himoya qilishga doir hamkorligi tizimidan iboratdir. Odam savdosidan jabrlanganlarni qayta yoʻnaltirish davlat organlari tomonidan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari, odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan muassasalar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlanganlarni qayta yoʻnaltirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-fevraldagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yoʻnaltirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bobi (Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni qayta yoʻnaltirish).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Odam savdosidan jabrlanganlarni himoya qilish va ularga yordam koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan muassasalar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan muassasalar (bundan buyon matnda ixtisoslashtirilgan muassasalar deb yuritiladi) tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtisoslashtirilgan muassasalarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni qulay yashash sharoitlari va shaxsiy gigiyena vositalari bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlanganlarni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarni oziq-ovqat, dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga shoshilinch tibbiy, psixologik, ijtimoiy, huquqiy yordam va boshqa yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarning xavfsizligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarning qarindoshlari bilan aloqa oʻrnatishiga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari haqida axborot taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosidan jabrlanganlarning ijtimoiy reabilitatsiyasiga va moslashuviga koʻmaklashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtisoslashtirilgan muassasalar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-fevraldagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan Odam savdosidan jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvini amalga oshirish hamda ularga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Odam savdosidan jabrlanganlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvi
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlanganlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvi ularni normal hayot tarziga qaytarish maqsadida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlanganlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan muassasalarga joylashtirish davrida moddiy yordam koʻrsatishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vaqtinchalik uy-joy, oziq-ovqat, sanitariya-gigiyena vositalari bilan, zarur hollarda esa kiyim-bosh, poyabzal va boshqa eng zarur ashyolar bilan taʼminlashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishga joylashishda, taʼlim olishda, kasbiy jihatdan yoʻnaltirishda va kasbga tayyorlash hamda qayta tayyorlashda yordam koʻrsatishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy jihatdan qayta integratsiyaga, shu jumladan qarindoshlarini izlashida yordam koʻrsatishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy reabilitatsiya va moslashuv, shaxslarning odam savdosi bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlarga takroran jalb etilishining oldini olish uchun ishlab chiqilgan dasturlarni tashkil etishni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlanganlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvi hududiy komissiya tomonidan tasdiqlanadigan odam savdosidan jabrlanganlar bilan ishlashga doir yakka tartibdagi reja asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlanganlarning jinoyat protsessida ishtirok etishni rad qilishi ularni ijtimoiy reabilitatsiya va moslashuv paytiga qadar yordam olishga boʻlgan huquqdan mahrum etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.04.00.00 Budjet tizimining umumiy qoidalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlanganlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(26-moddaning beshinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlanganlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-fevraldagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yoʻnaltirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 5-noyabrdagi 240-son qarori bilan tasdiqlangan Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish boʻyicha respublika reabilitatsiya markazi toʻgʻrisidagi nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Odam savdosidan jabrlanganlarning xavfsizligi choralari va ularga taqdim etiladigan boshqa kafolatlar
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosida gumon qilinayotgan shaxslarni topish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish istagini bildirgan odam savdosidan jabrlangan shaxsga “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xavfsizlik choralari taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunga muvofiq odam savdosidan jabrlangan deb tan olingan chet el fuqarosiga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsga, uning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi holatlaridan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha boʻlish huquqi beriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi boʻyicha jabrlanuvchi yoki guvoh deb tan olingan boʻlsa yoxud tegishli organlarga odam savdosida gumon qilinayotgan shaxsni topishda yordam koʻrsatayotgan boʻlsa, odam savdosida aybdor boʻlgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi boʻyicha qaror chiqarilguniga qadar ushbu chet el fuqarosiga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsga nisbatan chiqarib yuborish chora-tadbirlari tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organ mansabdor shaxsining, tergovchining, prokurorning, sudyaning asoslantirilgan iltimosnomasiga koʻra qoʻllanilmaydi.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlanganlarni kelib chiqish mamlakatiga yoki oʻzlari doimiy yashaydigan davlatga qaytarish Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlanganlar majburlov yoki tahdid ostida sodir etilgan qilmishlari uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilikda belgilangan tartibda fuqaroviy, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.
(27-moddaning beshinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Odam savdosidan jabrlanganlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligi
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlanganlar, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlar toʻgʻrisidagi va ularga nisbatan sodir etilgan holatlar haqidagi axborot, shuningdek koʻrilayotgan xavfsizlik choralari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oshkor etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ommaviy axborot vositalari odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsning shaxsini toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita koʻrsatuvchi maʼlumotlarni ularning roziligisiz oshkor etishga, odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxsga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxsga nisbatan esa ota-onasining yoki ota-onasi oʻrnini bosuvchi shaxslarning yoxud vasiylik va homiylik organining roziligisiz oshkor etishga haqli emas.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-fevraldagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish va qayta yoʻnaltirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bobi (Odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslar toʻgʻrisidagi shaxsiy maʼlumotlarning nooshkoraligini taʼminlash tartibi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish bilan bogʻliq xarajatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.04.00.00 Budjet tizimining umumiy qoidalari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlanganlarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish, shu jumladan ularning taʼminoti, ularni kelib chiqish mamlakatiga yoki oʻzlari doimiy yashaydigan davlatga qaytarish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(29-moddaning birinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud tomonidan odam savdosida aybdor deb topilgan shaxslar odam savdosidan jabrlanganlarning taʼminoti va reabilitatsiyasi bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini toʻliq hajmda qoplaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Voyaga yetmaganlar savdosiga qarshi kurashishning oʻziga xos xususiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.04.00 Voyaga etmaganlarning fuqarolik-huquqiy holati. 14 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. Emansipatsiya]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Voyaga yetmaganlar savdosi profilaktikasining oʻziga xos xususiyatlari
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Voyaga yetmaganlar savdosi profilaktikasining oʻziga xos xususiyatlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarni tarbiyalash borasidagi oʻz majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlayotgan ota-onalarni yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarni aniqlashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻayriijtimoiy hayot tarzini kechirayotgan oilalarni va davlat himoyasiga muhtoj bolalarni ularga yordam koʻrsatish maqsadida aniqlashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar uylarining va tugʻuruq komplekslarining faoliyati monitoringini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Voyaga yetmaganlar savdosi profilaktikasi qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
(30-moddaning ikkinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxsni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxsni identifikatsiya qilishning oʻziga xos xususiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.04.00 Voyaga etmaganlarning fuqarolik-huquqiy holati. 14 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. Emansipatsiya;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxsni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxsni identifikatsiya qilish maxsus jihozlangan xonada, qayd etishning texnik vositalaridan foydalangan holda, qonuniy vakil va (yoki) homiylik hamda vasiylik organining vakili hozirligida, ruhshunos albatta ishtirok etgan holda, shuningdek voyaga yetmagan shaxsning jinsi, yoshi va boshqa oʻziga xos xususiyatlari inobatga olingan holda amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Voyaga yetmagan shaxsni odam savdosidan jabrlangan hamda odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs deb topish toʻgʻrisidagi qaror, uning roziligidan qatʼi nazar, qabul qilinadi, oʻn olti yoshga toʻlgan voyaga yetmagan shaxsga nisbatan esa uning ixtiyoriy roziligi bilan, qonuniy vakilning va (yoki) homiylik hamda vasiylik organi vakilining, tegishli ixtisoslashtirilgan muassasa vakillarining murojaati asosida qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.04.00 Voyaga etmaganlarning fuqarolik-huquqiy holati. 14 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. Emansipatsiya]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxsni, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxsni himoya qilish va unga yordam koʻrsatishning oʻziga xos xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.04.00 Voyaga etmaganlarning fuqarolik-huquqiy holati. 14 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan fuqarolarning muomala layoqati. Emansipatsiya;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxsga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida kafolatlangan hamda Oʻzbekiston Respublikasining bolalar huquqlarini va bu huquqlarni amalga oshirish kafolatlarini tartibga soluvchi xalqaro shartnomalari asosida huquq hamda erkinliklar taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxsning, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxsning yoshi nomaʼlum boʻlsa, biroq u oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan deb taxmin qilish uchun obyektiv asoslar mavjud boʻlsa, bunday shaxsning haqiqiy yoshi uzil-kesil aniqlanguniga qadar unga ushbu moddada va boshqa qonunchilik hujjatlarida odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxslarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxslarga yordam koʻrsatish uchun nazarda tutilgan yordam beriladi.
(32-moddaning birinchi va ikkinchi qismlariOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxs, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxs ixtisoslashtirilgan muassasalarga kattalardan ajratilgan holda joylashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtisoslashtirilgan muassasalarga joylashtirilgan odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxslarga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxslarga davlat taʼlim muassasalarida taʼlim olish, oilasi yoki qarindoshlari bilan aloqa bogʻlash imkoniyati taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxslar, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxslar qonuniy vakillarining homiyligisiz qolgan boʻlsa yoki ularning turgan yeri toʻgʻrisida xabardor qilinmagan boʻlsa, ota-onasini yoki ota-onasi oʻrnini bosuvchi shaxslarni yoxud boshqa qarindoshlarini qidirish choralari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.01.00.00 Davlatlararo aloqalarda umumiy masalalar / 19.01.08.00 Davlatlararo munosabatlarda boshqa masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(33-moddaning birinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro shartnomalarini, shu jumladan odam savdosidan jabrlanganlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvi masalalari boʻyicha xalqaro shartnomalarini ishlab chiqish hamda ularni tuzishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosining va u bilan bogʻliq jinoyatlarning oldini olish, aniqlash, ularga chek qoʻyish maqsadida chet davlatlarning ixtisoslashtirilgan vakolatli organlari bilan hamkorlik qilish, shu jumladan tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan tezkor xabardor qilishning, taʼsir choralari koʻrishning va nazorat qilishning axborot tizimlarini va vositalarini birgalikda yaratish hamda rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odam savdosiga qarshi kurashish sohasida tajriba almashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari chet davlatlarning vakolatli organlariga zarur axborot taqdim etish toʻgʻrisida soʻrovlar yuborish va ularning soʻrovlariga javob qaytarish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi organlar va tashkilotlar odam savdosining oldini olish, odam savdosidan jabrlanganlarni identifikatsiya qilish, ularni himoya qilish va ularga yordam koʻrsatish maqsadida odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro va chet el tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshirishi mumkin.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi xalqaro va chet el tashkilotlari bilan hamkorlik odam savdosiga qarshi kurashishga, shu jumladan odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish markazlarini tashkil etish vositasida qarshi kurashishga qaratilgan xalqaro texnik yordam koʻrsatish loyihalarini amalga oshirish shaklida hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda. Odam savdosiga qarshi kurashishga doir tadbirlarni moliyalashtirish va moddiy-texnik jihatdan taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.04.00.00 Budjet tizimining umumiy qoidalari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosiga qarshi kurashishga doir tadbirlarni moliyalashtirish va moddiy-texnik jihatdan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(34-moddaning birinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosidan jabrlanganlarni himoya qilishni taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarning oʻz zimmasiga yuklatilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.05.00.00 Shaxs xavfsizligi / 16.05.06.00 Odam savdosiga qarshi kurash. Shaxs xavfsizligining boshqa masalalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda. Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(35-moddaOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2020-y., 03/20/633/1187-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 24.06.2022-y., 03/22/780/0560-son)