Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.10.2024 13.08.2018 yildagi 653-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.10.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 709-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 19-iyuldagi PF-5484-son Farmonini va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 19-iyuldagi PQ-3870-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzatom” agentligi deb ataladi) oʻz faoliyatini boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tarkibiga kiradi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligining rahbarlik lavozimlariga va konsultantlar sifatida jalb etiladigan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarning ish haqi, unga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda belgilanadi va “Oʻzatom” agentligining Atom energetikasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligining xodimlari mehnatga haq toʻlash sharoitlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga 3-ilovada koʻrsatilgan vazirliklar va idoralarning markaziy apparatlari xodimlariga, ijtimoiy-maishiy va tibbiy xizmat koʻrsatish sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlariga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzatom” agentligi buyurtmanomalariga binoan, unga yuklangan vazifalarni amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari rasmiylashtirilishini konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlar undirilmasdan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzatom” agentligining buyurtmanomalariga binoan, unga yuklangan vazifalarni amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalarning berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi va uning uzaytirilishini davlat boji undirilmasdan taʼminlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Oʻzatom” agentligining buyurtmanomalariga binoan, unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun respublikaga jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalarning berilishini (muddati uzaytirilishini) taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi A.S.Sultanov va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori J.T.Mirzamahmudov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 13-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
653-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-avgustdagi 653-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizom
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda “Oʻzatom” agentligi deb ataladi) maqomi, funksiyalari, vazifalari, huquqlari, tashkiliy asoslari va majburiyatlarini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzatom” agentligi atom energetikasini rivojlantirish va undan foydalanish sohasida yagona davlat siyosati va strategik yoʻnalishlari amalga oshirilishi uchun masʼul davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzatom” agentligi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzatom” agentligining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslar, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzatom” agentligi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida gʻazna hisob raqamlariga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzatom” agentligining rasmiy nomi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq — Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi;
(6-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgani — “Oʻzatom” agentligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ingliz tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq — Agency for the Development of Nuclear Energy under the Ministry of energy of the Republic of Uzbekistan;
(6-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgani — Agency “Uzatom”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) rus tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq — Agentstvo po razvitiyu atomnoy energetiki pri Ministerstve energetiki Respubliki Uzbekistan;
(6-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqartirilgani — Agentstvo “Uzatom”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzatom” agentligining joylashgan joyi (pochta manzili):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri, Oybek koʻchasi, 26/1.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. “Oʻzatom” agentligining asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar “Oʻzatom” agentligining atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish sohasidagi asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlar ishlanmalarini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, investitsiyalarni, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni atom energetikasi sohasida loyihalarni amalga oshirish uchun jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat va ekologik xavfsizlikning xalqaro talablariga muvofiq boʻlgan zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarni joriy etgan holda atom energetikasi obyektlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish boʻyicha bitimlar va shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom ilm-fani va yadro texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni, fundamental tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlar loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadqiqiy va energetik atom reaktorlarini, yadro-fizika qurilmalarini, yadro materiallari va radiatsiya manbalarini saqlash, radioaktiv chiqindilarni koʻmish punktlari rivojlantirilishini va xavfsiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yadro avariyalarining va radiatsion avariya vaziyatlarining oldini olish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqqan holda respublikaning radiatsiya va yadro xavfsizligi obyektlari tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yadro materiallari va texnologiyalarining, radioaktiv materiallarning tarqatilmasligini, jismoniy himoya hamda yadro va radiatsiya xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tadbirlarning amalga oshirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarni, shu jumladan, yetakchi xorijiy institutlarda tayyorlash, qayta tayyorlash va kadrlar malakasini oshirish tizimini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro atom energetikasi agentligi, Atom energetikasi boʻyicha Yevropa hamjamiyati va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni va oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda atom energetikasi sohasidagi xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, kompaniyalar va banklar bilan atom energetikasi sohasiga xorijiy investitsiyalarni va ilgʻor texnologiyalarni jalb etish maqsadida hamkorlikni rivojlantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oʻzatom” agentligi atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish sohasida qoʻyilgan vazifalarni bajarish doirasida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energetikasidan foydalanish, shu jumladan, ilmiy-texnika va investitsiya siyosati sohasida davlat siyosatini shakllantirish, atom energetikasi, yadro ilm-fani va texnologiyalari obyektlarini rivojlantirish va xavfsiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energetikasidan va yadro texnologiyalaridan tinchlik maqsadlarida foydalanish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi va belgilangan tartibda kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radiatsiya, yadro, sanoat va ekologik xavfsizlikning xalqaro talablariga muvofiq boʻlgan zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarni joriy etgan holda atom energetikasi obyektlarini qurish va ulardan foydalanish boʻyicha qisqa muddatli va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu sohadagi oʻrta muddatli va uzoq muddatli dasturlar doirasida tinchlik maqsadlarida atom energetikasi obyektlarini qurish boʻyicha har yillik ishlar rejalarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va boshqa idoralar bilan birgalikda atom energetikasi sohasida ilgʻor texnologiyalarni joriy etish boʻyicha fundamental tadqiqotlar, ilmiy-qidiruv, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlar loyihalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda tarmoqni rivojlantirishning har yilgi, oʻrta muddatli va uzoq muddatli dasturlari doirasida atom energetikasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida mavzuli ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish, yadro va radiatsiya xavfsizligi, yadro materiallari va radioaktiv moddalar bilan ish olib borish sohasida oʻz vakolatlari doirasida norma va qoidalarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish sohasida kadrlar tayyorlashni, yetakchi xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona kadrlar siyosati amalga oshirilishini ishlab chiqadi va taʼminlaydi hamda “Oʻzatom” agentligi, idoraviy mansub muassasalari xodimlari mehnatiga ish haqi toʻlash va ularni ijtimoiy muhofaza qilish tizimini shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida zararli (radioaktiv va boshqa) sharoitlarda ishlarni olib borganlik uchun qoʻshimcha haq miqdorlarini belgilash boʻyicha takliflarni asoslaydi va ishlab chiqadi, tarmoqda mehnatni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. “Oʻzatom” agentligining huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Oʻzatom” agentligi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida, shu jumladan, boshqa davlat organlari bilan birgalikda, davlat organlari va tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish masalalarida davlat, xoʻjalik boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligi vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni davlat va xoʻjalik organlaridan, korxonalar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur statistik axborotlarni davlat statistika organlaridan tekin olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida bajariladigan davlat va tijorat loyihalari hamda dasturlarida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha kengashlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlari va mutaxassislarini jalb etgan holda belgilangan tartibda tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida kadrlar tayyorlash va xodimlar malakasini oshirish uchun idoraviy ilmiy va oʻquv markazlarini, xoʻjalik hisobidagi konsultatsiya va axborot markazlarini belgilangan tartibda tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasidagi joriy va strategik vazifalarni yoritish uchun noshirlik faoliyatini belgilangan tartibda amalga oshirish va matbuot organlarini taʼsis etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligi mol-mulkini oʻz tashkiliy tuzilmasi diorasida bepul foydalanish huquqi bilan bir boʻlinmadan boshqasiga belgilangan tartibda berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolarga xizmat koʻrsatish ishlarini bajarish, inventarlardan va xoʻjalik buyumlaridan, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter va tashkiliy texnikani saqlash va ulardan foydalanish, dasturiy taʼminot vositalarini xarid qilish boʻyicha ishlarni bajarish yuzasidan belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq “Oʻzatom” agentligining ijtimoiy infratuzilmasini tashkil etish va takomillashtirish, “Oʻzatom” agentligi xodimlari mehnatini ragʻbatlantirishning yagona tizimini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligi xodimlarini, ular tomonidan tegishli sohadagi ular faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha parametrlarining bajarilishini hisobga olgan holda moddiy ragʻbatlantirish tartibi, miqdori va shartlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligi vakolatiga taalluqli boʻlgan masalalar boʻyicha xorijiy mamlakatlarda, xalqaro va xorijiy tashkilotlarda, forumlar va maydonchalarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda ifodalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligi faoliyati sohasiga kiritilgan masalalarni ishlab chiqish uchun ilmiy va boshqa tashkilotlarni, olimlar va mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energetikasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish va atom energetikasini rivojlantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro shartnomalari loyihalarini kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligi va uning idoraviy mansub tashkilotlari va mutaxassislarini stajirovkalardan oʻtish, malaka oshirish, xalqaro konferensiyalarda, biznes-forumlarda va boshqa tadbirlarda qatnashish uchun xorijiy mamlakatlarga belgilangan tartibda yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energetikasi sohasidagi yetakchi xorijiy mutaxassislarni “Oʻzatom” agentligida va uning idoraviy mansub tashkilotlarida ishlash uchun shartnoma asosida, belgilangan tartibda jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot institutlari vakillari bilan belgilangan tartibda muzokaralar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zaruriyat boʻlganda, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun tegishli tarmoqlarda olimlar va mutaxassislardan vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish, ushbu ishlarga boshqa vazirliklar, idoralar va tashkilotlardan mutaxassislar va ekspertlarni shartnoma asosida jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy mansub tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomda belgilangan maqsadlarga erishishga yoʻnaltirilgan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Oʻzatom” agentligi quyidagilar uchun javob beradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada atom energetikasini rivojlantirish boʻyicha oldindan chora-tadbirlar koʻrilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energetikasi boʻyicha texnikaviy tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan tizimli nazoratning yuritilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi va kelgusida tizimli monitoring olib borilishini taʼminlagan holda uzoq muddatli, oʻrta muddatli va har yilgi rivojlanish dasturlari ishlab chiqilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energetikasi uchun yuqori malakali, oliy va oʻrta maʼlumotli, professional bilimga ega boʻlgan mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ushbu tarmoq xodimlari malakasini oshirish, shuningdek, ular mehnatini ragʻbatlantirish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligining faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlariga erishish sohasidagi ishlarning samarali tashkil etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti apparatiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar, shuningdek, “Oʻzatom” agentligi tomonidan qabul qilinadigan qarorlar loyihalarining sifati va yakuniy natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqni rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. “Oʻzatom” agentligi rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Quyidagilar “Oʻzatom” agentligi bosh direktorining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlari talablariga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligi faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlarida “Oʻzatom” agentligiga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlarning bajarilishi yuzasidan chuqur va tanqidiy tahlilni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti apparatining xizmatlari va Vazirlar Mahkamasining komplekslari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan “Oʻzatom” agentligi faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarni koʻrib chiqishda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining va uning oʻrinbosarlarining shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining topshiriqlarini ijro etish;
(12-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligi faoliyati ayrim uchastkalariga rahbarlik qilish yuzasidan “Oʻzatom” agentligi mansabdor shaxslarining vakolatlarini aniqlash va ularning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligi faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, “Oʻzatom” agentligi va mansabdor shaxslarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlarini bajarishni tashkil etish taʼsirchan tizimini yaratish va monitoringini yuritish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq “Oʻzatom” agentligi faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq “Oʻzatom” agentligining qonun loyihalari boʻyicha faoliyatini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasining Reglamenti deb ataladi) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi PQ-3161-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti apparatining Reglamenti (keyingi oʻrinlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati Reglamenti deb ataladi) talablariga qatʼiy muvofiq ravishda faoliyat koʻrsatish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish va ularning Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligiga taqdim etilgan takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini taʼminlash, ularni moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa xil ekspertizadan puxta oʻtkazilishini, shuningdek, ularning Vazirlar Mahkamasi Reglamentida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti apparatining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishilishini (vizalanishini) taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligi xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligiga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, “Oʻzatom” agentligi kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligi faoliyatiga ishlarni tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Mansabdor shaxslarning xorij mamlakatlariga xizmat safarlari samarasi uchun shaxsiy masʼuliyatlarini yanada oshirish va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlariga toʻliq muvofiq holda “Oʻzatom” agentligi rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlari xarajatlariga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligi xodimlari tomonidan “Oʻzatom” agentligi xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq “Oʻzatom” agentligi tizimida korrupsiya va boshqa qoida buzilishlarining oldini olish chora-tadbirlarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligi xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar qabul qilish va koʻrsatmalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlgan taqdirda “Oʻzatom” agentligining tashkiliy tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligining shtatlar roʻyxatini belgilangan tartibda tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligi xodimlarini koʻkrak nishonlari va faxriy yorliqlar bilan belgilangan tartibda mukofotlash toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish, “Oʻzatom” agentligining alohida namuna koʻrsatgan xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi faxriy unvonlari va davlat mukofotlari bilan taqdirlashga tavsiya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligi xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, shu jumladan, ularning bundan buyon egallab turgan lavozimida qolishining maqsadga muvofiqligi, ularning shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli masalalarni koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq “Oʻzatom” agentligining qonun loyihalari boʻyicha faoliyatini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligi mol-mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Quyidagilar “Oʻzatom” agentligi bosh direktori oʻrinbosarlarining va tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga “Oʻzatom” agentligi tarkibiy boʻlinmalari xodimlari tomonidan rioya etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlari va topshiriqlarining ijrosini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligi qarorlarining, bosh direktor buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini taʼminlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda koʻrsatilgan vazifa va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy boʻlinmalar faoliyati masalalari boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun “Oʻzatom” agentligi rahbariyatiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligi tarkibiy boʻlinmalariga kadrlarni tanlash va tayinlashda bosh direktorga takliflar taqdim etish, tarkibiy boʻlinmalarga ishga qabul qilinayotgan kadrlarning professionalligi, oʻz ishini bilishi, amaliy ish tajribasi, yuqori ishchanlik darajasi va maʼnaviy-axloqiy sifatlari kafolatlanganligini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, tarkibiy boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy boʻlinmalarda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, keyinchalik ularni koʻrib chiqish uchun “Oʻzatom” agentligi tarkibiy boʻlinmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqish va ularga viza qoʻyishni tashkil etish, ularni “Oʻzatom” agentligi rahbariyati tomonidan imzolash (viza qoʻyish), ularning Vazirlar Mahkamasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Reglamenti talablariga qatʼiy ravishda oʻz vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligiga taqdim etilgan takliflarni va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini oʻz vakolati doirasida toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish, ularni moliyaviy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa ekspertizalardan puxta oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Mansabdor shaxslarning xorij mamlakatlariga xizmat safarlari samarasi uchun shaxsiy masʼuliyatlarini yanada oshirish va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlariga toʻliq muvofiq holda xizmat safarlarini tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlari xarajatlariga ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligi tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining faoliyati samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, ularning shaxsiy hisobotlarini yigʻilishlarda eshitish, yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligi xodimlari tomonidan xodimlarning axloq-odob qoidalari talablariga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqni qoʻllash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq “Oʻzatom” agentligi tarkibiy boʻlinmalarida korrupsiya va boshqa qoida buzilishlarining oldini olish chora-tadbirlarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. “Oʻzatom” agentligi rahbarlarining majburiyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “Oʻzatom” agentligining bosh direktori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligiga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligining ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari boʻyicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. “Oʻzatom” agentligi bosh direktorining oʻrinbosarlari va tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning amalga oshirilishi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. “Oʻzatom” agentligi faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Agentlik rahbariyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. “Oʻzatom” agentligini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan bosh direktor boshqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh direktorning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosari boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligi bosh direktori oʻz maqomiga koʻra vazirga, bosh direktorning birinchi oʻrinbosari — vazirning birinchi oʻrinbosariga, bosh direktorning oʻrinbosari esa — vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligining bosh direktori va xodimlari mehnatiga haq toʻlash sharoitlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. “Oʻzatom” agentligi bosh direktori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligi yakka tartibdagi ijro organi hisoblanadi va uning joriy faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va “Oʻzatom” agentligiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligi xodimlarining lavozim majburiyatlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligi xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida “Oʻzatom” agentligi xodimlarining bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi, koʻrsatmalar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh direktor boʻlmagan davrda uning vakolatlarini vazifalar taqismotiga muvofiq direktor oʻrinbosarlari bajarishadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. “Oʻzatom” agentligining boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. “Oʻzatom” agentligi oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. “Oʻzatom” agentligi faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. “Oʻzatom” agentligi faoliyatining samaradorligi muntazam ravishda baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. “Oʻzatom” agentligi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri tasdiqlaydigan “Oʻzatom” agentligi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlari asosida amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. “Oʻzatom” agentligi faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlariga koʻra quyidagilar boʻyicha choralar koʻriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzatom” agentligi rahbarlari va xodimlariga nisbatan ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikning tegishli choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va “Oʻzatom” agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. “Oʻzatom” agentligi faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. “Oʻzatom” agentligi faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. “Oʻzatom” agentligi faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan va qonun hujjatlariga muvofiq jalb etilgan budjetdan tashqari mablagʻlardan, shuningdek, Atom energetikasini rivojlantirish jamgʻarmasidan (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish Moliya vazirligi bilan kelishiladigan xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. “Oʻzatom” agentligi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. “Oʻzatom” agentligi xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish toʻlovlaridan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. “Oʻzatom” agentligi xodimlariga quyidagilar uchun lavozim maoshiga koeffitsiyentlarda har oylik ustamalar toʻlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatning alohida sharoitlari uchun — 1,7 miqdorida, u qonun hujjatlarida belgilangan ragʻbatlantiruvchi qoʻshimcha haq va ustamalarni hisoblashda lavozim maoshi tarkibiga kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzoq muddat davomidagi uzluksiz ish staji uchun quyidagi miqdorlarda, ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda: 3 yildan 5 yilgacha — 0,05; 5 yildan 10 yilgacha — 0,1; 10 yildan 15 yilgacha — 0,15; 15 yildan 20 yilgacha — 0,2; 20 yildan ortiq — 0,25 miqdorida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan va “Oʻzatom” agentligining Atom energetikasini rivojlantirish jamgʻarmasidan teng ulushlarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. “Oʻzatom” agentligining hisobotdorligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. “Oʻzatom” agentligi bosh direktori “Oʻzatom” agentligi faoliyatining natijalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Energetika vazirligi oldida muntazam ravishda hisobot beradi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri “Oʻzatom” agentligiga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi boʻyicha doimiy faoliyat monitoringini amalga oshiradi, “Oʻzatom” agentligi faoliyati samaradorligiga obyektiv baho beradi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Faoliyat monitoringi va bahosi yakunlariga koʻra “Oʻzatom” agentligi mansabdor shaxslari va xodimlariga nisbatan yuklangan vazifalarni vijdonan va oʻz vaqtida bajarganlik uchun ragʻbatlantirish yoxud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan boʻshatishgacha boʻlgan javobgarlik choralari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. “Oʻzatom” agentligini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-avgustdagi 653-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 10-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatiga quyidagi mazmundagi 64-band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“64. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 180-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarida rasmiy delegatsiyalarga xizmat koʻrsatish zali toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Toshkent” aeroportining VIP zalida bepul xizmat koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan diplomatik missiyalarning mansabdor shaxslari va xodimlari toifalari roʻyxatiga (1-roʻyxat) quyidagi mazmundagi 6.4-kichik band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“6.4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori va uning oʻrinbosarlari”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarining rasmiy delegatsiyalariga xizmat koʻrsatish zalida bepul xizmat koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan diplomatik missiyalarning mansabdor shaxslari va xodimlari toifalari roʻyxatiga (1-roʻyxat) quyidagi mazmundagi 6.6-kichik band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“6.6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori va uning oʻrinbosarlari”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2018-y., 09/18/653/1703-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)