Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 1-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2012-yil 5-dekabrda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-sonli “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi 160-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2012-yil 25-dekabrdagi 250 (5670)-sonida eʼlon qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 24-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-342-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(yangi tahriri)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari normativ-huquqiy hujjatlar tushunchasini, turlarini, oʻzaro nisbatini aniqlashdan, normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash tartibiga va ularning mazmuniga qoʻyiladigan asosiy talablarni belgilashdan, shuningdek ularning ijrosi tashkil etilishini taʼminlashdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining turlari va oʻzaro nisbati, normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash tartibiga hamda ularning mazmuniga qoʻyiladigan asosiy talablar va ularning ijrosi tashkil etilishini taʼminlash Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Normativ-huquqiy hujjat tushunchasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjat ushbu Qonunga muvofiq qabul qilingan, umum majburiy davlat koʻrsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organlar yoki mansabdor shaxslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organlar yoki mansabdor shaxslar (bundan buyon matnda organlar deb yuritiladi) hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari va oʻzaro nisbati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari quyidagilardir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari;
(5-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlar qonun hujjatlaridir va ular Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari majmuini tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonunlardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonun osti hujjatlaridir.
(6-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustuvorligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustuvorligi soʻzsiz tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega va Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinadi hamda uning normalari va prinsiplariga zid kelishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 3-bobi (“Konstitutsiya va qonunning ustunligi”).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan yoki referendum oʻtkazish yoʻli bilan qabul qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari konstitutsiyaviy qonunlar tarzida qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kodekslar Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 7-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun farmonlar va qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) Qonunining 36-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar oʻz vakolati doirasida buyruqlar hamda qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyruqlar vazirlar tomonidan yoki idora nomidan qarorlar qabul qilish yakka tartibda amalga oshiriladigan idoralar rahbarlari tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarorlar davlat qoʻmitalari tomonidan yoki idora nomidan qarorlar qabul qilishni mazkur idoraning kollegial organi amalga oshiradigan idoralar tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari yoki idoralar bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qoʻshma qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning tarkibiy boʻlinmalari hamda hududiy organlari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari yoki idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan huquqiy vorislik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik, davlat qoʻmitasi yoki normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqi berilgan idora qayta tashkil etilgan taqdirda, huquqiy vorisga oʻz vakolati doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqi bilan birga ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish, ularning amal qilishini toʻxtatib turish va tugatish vakolatlari ham oʻtadi, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik, davlat qoʻmitasi yoki idora tugatilgan yoxud u tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish huquqini huquqiy vorisiga bermasdan qayta tashkil etilgan taqdirda, ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish, ularning amal qilishini toʻxtatib turish va tugatish vakolatlari yuqori turuvchi yoki boshqa vakolatli organga oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikning, davlat qoʻmitasining yoki idoraning nomi oʻzgartirilgan taqdirda, uning ilgarigi nomi koʻrsatilgan normativ-huquqiy hujjatlarning oʻzgartirilgan nomga oid qismiga oʻzgartirish yoki qoʻshimcha kiritilishi lozim. Bunday oʻzgartirishlar yoxud qoʻshimchalar kiritilguniga qadar ilgarigi nom koʻrsatilgan normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi nomi oʻzgartirilgan vazirlikka, davlat qoʻmitasiga yoki idoraga toʻliq hajmda tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik, davlat qoʻmitasi yoki idora maqomining oʻzgartirilishi ular tomonidan ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar amal qilishining tugatilishiga olib kelmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarini huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi nizomning 19-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolati doirasida qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati yuqori turuvchi organlarining qarorlari asosida va ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar bilan tasdiqlanadigan nizomlar, qoidalar, yoʻriqnomalar va boshqa hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlar bilan ushbu hujjatlarning tarkibiy qismi boʻlgan nizomlar, qoidalar, yoʻriqnomalar va boshqa hujjatlar tasdiqlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning oʻzaro nisbati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turli normativ-huquqiy hujjatlarning yuridik kuchi boʻyicha oʻzaro nisbati Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilgan organlarning vakolatiga va maqomiga, ushbu hujjatlarning turlariga, shuningdek normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan sanaga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjat oʻziga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlar oʻrtasida tafovut boʻlgan taqdirda yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjat qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Teng yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar oʻrtasida tafovut boʻlgan taqdirda keyinroq qabul qilingan hujjat qoidalari amal qiladi, ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hol bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlikning, davlat qoʻmitasining yoki idoraning ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solish uchun maxsus vakolati boʻlsa, ushbu organ qabul qilgan hujjat bir xil darajadagi boshqa vazirlik, davlat qoʻmitasi yoki idora tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni rejalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi (ishlab chiquvchi) organlar ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish yoki qonun hujjatlari normalarini takomillashtirish maqsadida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashning joriy (bir yilgacha boʻlgan muddatga) va istiqbolga (bir yildan ortiq muddatga) moʻljallangan rejalarini (dasturlarini) ishlab chiqishi hamda tasdiqlashi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni rejalashtirish tartibi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi (ishlab chiquvchi) organlar tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-avgustdagi 227-son qarori bilan tasdiqlangan “Qonunlar loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish boʻyicha dasturlarini tayyorlash va qabul qilish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringi tartibi toʻgʻrisida”gi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamenti”ning 2-bobi (“Organlarning qonun loyihalariga doir faoliyatini rejalashtirish”).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani tayyorlash toʻgʻrisidagi taklifni koʻrib chiqish va uni tayyorlash haqida qaror qabul qilishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha tayyorlashni tashkiliy-texnikaviy va moliyaviy jihatdan taʼminlashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur materiallar va axborot toʻplashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning konsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish xatini ishlab chiqishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani tuzishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqiy va boshqa zarur ekspertiza oʻtkazishni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash uchun loyihani ishlab chiqayotgan tashkilot (bundan buyon matnda ishlab chiquvchi deb yuritiladi) tomonidan ishchi guruh (komissiya) tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh (komissiya) tarkibiga ishlab chiquvchining tegishli boʻlinmalarining, tegishli tarmoqlar holati va rivojlanishi uchun masʼul boʻlgan vazirliklarning, davlat qoʻmitalarining yoki idoralarning, boshqa manfaatdor davlat organlarining, ilmiy va boshqa tashkilotlarning vakillari, shuningdek fuqarolar kiritilishi mumkin. Bunda nodavlat tashkilotlar vakillari, shuningdek fuqarolar oʻz roziligi bilan ishchi guruh (komissiya) tarkibiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh (komissiya) aʼzolari normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash uchun zarur boʻlgan tegishli bilim va tajribaga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiquvchi ishchi guruhning (komissiyaning) faoliyatini taʼminlash uchun davlat organlaridan va oʻzga tashkilotlardan normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallarni, statistika maʼlumotlarini va boshqa maʼlumotlarni olishga, loyiha yuzasidan ilmiy va boshqa tashkilotlarning, olimlar va mutaxassislarning maslahatlari hamda tavsiyalarini, shuningdek ekspertlar xulosalarini olishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organ, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashni davlat organlariga, ilmiy va boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga belgilangan tartibda oʻz vakolatlari doirasida topshirishga yoki ularga shartnoma asosida buyurtma berishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organ, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjatlarning muqobil loyihalarini tayyorlashni bir nechta davlat organiga, ilmiy va boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga oʻz vakolatlari doirasida topshirishga yoki ular bilan shartnomalar tuzishga, shuningdek eng yaxshi normativ-huquqiy hujjat loyihasi uchun tanlovlar oʻtkazishga haqlidir.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamenti”ning 3-bobi (“Qonun loyihalarini tayyorlash, kelishish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish”), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti”ning 5-bobi, “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi uslubiy koʻrsatmalarning (roʻyxat raqami 2352, 09.04.2012-y.) III-bobi (“Loyihalarni tayyorlashni tashkillashtirish”) va “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari”ning (roʻyxat raqami 2565, 28.02.2014-y.) 2-bobi (“Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash”).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash boʻyicha ishini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisida”gi nizomning 10-bandi 1) kichik bandining beshinchi xatboshisi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda qonun hujjatlarining holatini, qoʻllanilish amaliyotini, jamoatchilik fikrini va xalqaro tajribani oʻrganish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda ishlab chiquvchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarining holatini, loyihani tartibga solish predmeti boʻyicha qoʻllanilish amaliyotini oʻrganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solishga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan nuqsonlar va ziddiyatlarni, shuningdek huquqiy jihatdan tartibga solishga boʻlgan ijtimoiy ehtiyojni, qonun hujjatlarining samaradorligiga taʼsir etuvchi sabablar hamda sharoitlarni aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, shuningdek ayrim fuqarolarning takliflarini, ommaviy axborot vositalarining materiallarini, ilmiy va boshqa tashkilotlarning, olimlar va mutaxassislarning maslahatlari va tavsiyalarini, jamoatchilik fikrini aniqlashning boshqa vositalari maʼlumotlarini umumlashtiradi hamda ulardan foydalanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalarini hisobga oladi, shuningdek huquqiy jihatdan tartibga solish borasida boshqa davlatlar tajribasini oʻrganadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining loyihalari qonunda belgilangan tartibda umumxalq muhokamasiga qoʻyilishi mumkin. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatchilik yoki mutaxassislar muhokamasiga qoʻyiladi.
(20-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasi manfaatdor davlat organlari, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, oʻzga tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar ishtirokida oʻtkaziladi.
(20-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaxassislar muhokamasi tegishli ilmiy-tadqiqot muassasalarining, tarmoqlarning vakillari ishtirokida oʻtkaziladi.
(20-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjat loyihasining jamoatchilik yoki mutaxassislar muhokamasi ishtirokchilari ishlab chiquvchi tomonidan uning matni bilan oldindan tanishtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjat loyihasining muhokamasi jarayonida bayon etilgan takliflar va mulohazalar tavsiya xususiyatiga ega hamda ishlab chiquvchi tomonidan koʻrib chiqilishi kerak. Inobatga olinmagan takliflar va mulohazalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar bergan holda maʼlumotnoma tayyorlanadi. Muhokama materiallari normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organga koʻrib chiqish uchun normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish bilan bir vaqtda kiritiladi.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonunining 14, 15 va 16-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamenti”ning 4-bobi (“Qonun loyihalarining jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasi”).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiquvchining yoki normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organning qaroriga koʻra iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy, ekologik, korrupsiyaga qarshi ekspertizadan, shuningdek boshqa turdagi ekspertizalardan oʻtkazilishi mumkin.
(21-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: “Qonun hujjatlarining raqobatga taʼsirini baholash metodikasi” (19.04.2019-y., roʻyxat raqami 3155).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertlar sifatida normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda bevosita ishtirok etmagan tashkilotlar va (yoki) shaxslar jalb qilinadi. Ekspertiza oʻtkazish uchun olimlar va mutaxassislar, shu jumladan boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlardan olimlar va mutaxassislar jalb etilishi mumkin. Ekspertlar normativ-huquqiy hujjat loyihasiga baho berishda mustaqildirlar va ular ekspertiza oʻtkazishni topshirgan organning nuqtai nazari bilan bogʻliq boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspertlarning normativ-huquqiy hujjat loyihasi boʻyicha xulosalari tavsiya xususiyatiga ega va ishlab chiquvchi yoki normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organ tomonidan koʻrib chiqilishi kerak. Xulosaning inobatga olinmagan bandlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar bergan holda maʼlumotnoma tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Normativ-huquqiy hujjat loyihasining huquqiy ekspertizasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Huquqiy ekspertiza davomida normativ-huquqiy hujjat loyihasining Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, shuningdek havola qiluvchi normalar qoʻllanilishining asosliligi hamda maqsadga muvofiqligi tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasi ishlab chiquvchining yoki normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organning yuridik xizmati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq oʻtkazilishi mumkin. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasini boshqa turdagi ekspertizalar oʻtkazilganidan keyin amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati toʻgʻrisida nizom”ning 16-bandi 2) kichik bandi v) kichik bandi, “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi uslubiy koʻrsatmalarning (roʻyxat raqami 2352, 09.04.2012-y.) VII-bobi (“Ishlab chiquvchining yuridik xizmati tomonidan loyihani huquqiy ekspertizadan oʻtkazish”).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari loyihalarining huquqiy ekspertizasi tegishli adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(22-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi OʻRQ-512-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) adliya boʻlimlari normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasi davomida mazkur loyihalarning ularda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun asossiz xarajatlar qilishga olib keluvchi ortiqcha maʼmuriy cheklovlarni hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan qoidalar va normalar bor-yoʻqligini aniqlash nuqtai nazaridan tahlilini ham amalga oshiradi.
(22-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi OʻRQ-512-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish uslubiyoti” (roʻyxat raqami 2745, 25.12.2015-y.).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasi, “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi uslubiy koʻrsatmalar (roʻyxat raqami 2352, 09.04.2012-y.), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarini huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi nizom, “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari” (roʻyxat raqami 2565, 28.02.2014-y.) va “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2420, 01.02.2013-y.).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organga kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tayyorlangan normativ-huquqiy hujjat loyihasi normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy ekspertiza yakunlari boʻyicha xulosasi va tushuntirish xati bilan kiritilib, unda hujjatni qabul qilishning zarurligi asoslanadi, ishlab chiquvchilar koʻrsatiladi, normativ-huquqiy hujjat mazmunining qisqacha tavsifi beriladi, loyiha kelishilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning roʻyxati keltiriladi, normativ-huquqiy hujjat loyihasi boʻyicha kelishmovchiliklarning mazmuni hamda ular haqidagi asoslantirilgan fikr qisqacha bayon etiladi. Zarurat boʻlganda, normativ-huquqiy hujjat loyihasiga uni asoslash uchun moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblar, statistika maʼlumotlari va boshqa maʼlumotlar ilova qilinadi.
(23-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi OʻRQ-512-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiquvchi qonun loyihasini kiritayotganda xalqaro hujjatlarning va chet el mamlakatlari qonun hujjatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining tegishli qoidalarini, tegishli xalqaro tajribani Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida qoʻllash maqbulligi toʻgʻrisidagi asosli takliflarni ketma-ketlik tartibida koʻrsatgan holda tahliliy qiyosiy jadvallarni tayyorlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro hujjatlar va chet el mamlakatlari qonun hujjatlarining prinsiplari, qoidalari hamda taʼriflarining tayyorlangan batafsil tahlilini oʻz ichiga olgan qiyosiy jadvalsiz kiritilgan qonun loyihasi koʻrib chiqilmaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari huquqiy ekspertiza yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda koʻrib chiqiladi
(23-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi OʻRQ-512-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Senati Kengashining 2015-yil 15-sentabrdagi № 220-III/KQ-41-III-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida qonun loyihasi koʻrib chiqilayotganda qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti vakillarining ishtirok etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Qonun loyihasi tayyorlanayotganda xalqaro hujjatlar va xorijiy mamlakatlar qonun hujjatlari qoidalarining qiyosiy tahlilini oʻtkazish uslubiyotini tasdiqlash haqida”gi qoʻshma qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qonun loyihasi konsepsiyasiga, qonun loyihasiga ilova qilinadigan tushuntirish xati, tahliliy va axborot materiallariga qoʻyiladigan asosiy talablar” .
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Normativ-huquqiy hujjatlarga qoʻyiladigan asosiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatning matni loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etiladi. Normativ-huquqiy hujjatda foydalaniladigan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etadigan, ularning qonun hujjatlarida qabul qilingan maʼnosiga muvofiq yagona shaklda qoʻllaniladi. Eskirgan hamda koʻp maʼnoni anglatadigan soʻzlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatda uni amalga oshirishning huquqiy vositalari, shu jumladan moliyalashtirish manbalari, ragʻbatlantirish, mukofotlash va nazorat qilish chora-tadbirlari koʻrsatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, shuningdek mansabdor shaxslar hamda fuqarolarning majburiyatlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatda ushbu majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik choralari, agar bunday choralar qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan boʻlsa yoki alohida normativ-huquqiy hujjatda belgilanmasligi kerak boʻlsa, nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjat uning qabul qilinishi sabablari va maqsadlariga oid tushuntirishni qamrab olgan muqaddimaga ega boʻlishi mumkin. Huquqiy normalar muqaddimaga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida huquqiy normalar tartib raqamiga ega boʻlgan moddalar koʻrinishida bayon etiladi. Moddalar qismlarga ajratilishi mumkin. Moddalarning qismlari bandlar, kichik bandlar va xatboshilarni qamrab olishi mumkin. Boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda huquqiy normalar tartib raqamiga ega boʻlgan bandlar tarzida bayon etiladi. Bandlar kichik bandlar va xatboshilarga ajratilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hajm jihatidan yirik normativ-huquqiy hujjatlarning mazmunan yaqin boʻlgan moddalari (bandlari) paragraflar va boblarga birlashtiriladi. Zarur hollarda boblar boʻlimlarga va kichik boʻlimlarga birlashtirilishi mumkin. Boʻlimlar, kichik boʻlimlar, boblar va paragraflar sarlavhalarga ega boʻladi hamda raqamlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjatda yuridik, texnik va boshqa maxsus atamalar hamda tushunchalarning qisqacha taʼrifi beriladi, umum qabul qilingan qisqartmalar qoʻllaniladi va boshqa qisqartmalarga tushunchalar beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur holda normativ-huquqiy hujjatda yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatning ayrim qoidalari mazkur hujjatga havola qilingan holda aynan takrorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatda, qoida tariqasida, xuddi shunday yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning huquqiy normalari qayta aynan takrorlanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlarda havolalar huquqiy normalarning oʻzaro bogʻliqligini koʻrsatish yoki takrorlashlarga yoʻl qoʻymaslik zarurati boʻlgan hollarda qoʻllaniladi. Havolalar aniq boʻlishi va normativ-huquqiy hujjatni yoxud uning alohida qoidalarini koʻrsatishi kerak.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonunining 19—22-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi 237–II/150–II-sonli qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalarini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etilgan qonunlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalari”, “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi uslubiy koʻrsatmalarning (roʻyxat raqami 2352, 09.04.2012-y.) 18—54-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarini huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi nizomning 8-bandi, “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari”ning (roʻyxat raqami 2565, 28.02.2014-y.) 29—38-bandlari, “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaning (roʻyxat raqami 2420, 01.02.2013-y.) III bobi (”Loyihaning matniga va tuzilishiga qoʻyiladigan talablar”).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunda nazarda tutilgan hollarda normativ-huquqiy hujjatda uning (yoki uning qismlarining) kuchga kirish muddati koʻrsatilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 181-moddasi.
(24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-sonli Qonuniga asosan oʻn birinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritilayotgan qonun loyihalari matnlarida tegishli qonunlar qabul qilinganidan keyin ularning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini tashkil etish uchun masʼul boʻlgan aniq davlat organlari koʻrsatiladi.
(24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuniga asosan oʻn ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlar quyidagi rekvizitlarga ega boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatning turi va nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjat qabul qilingan joy, sana (Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari uchun maʼqullangan va imzolangan sana ham), raqami (vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari uchun ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana va roʻyxatga olish raqami ham);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli normativ-huquqiy hujjat matnini tasdiqlashga rasman vakolati boʻlgan shaxsning lavozimi, imzosi, ismining bosh harfi va familiyasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Normativ-huquqiy hujjatning rasmiy matnini tasdiqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatning rasmiy matni unga imzo qoʻyish yoʻli bilan, yaʼni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni — Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni va qarori — Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti;
(26-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari — normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ rahbari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari — tegishli hokim tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlari tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin emas va huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning mansabdor shaxslari davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlarni amalga kiritganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarini huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori, “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari” (roʻyxat raqami 2565, 28.02.2014-y.).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish, ularning kuchga kirishi va amal qilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilishga doir talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda eʼlon qilinishi kerak. Rasmiy eʼlon qilinmagan qonun asosida hech kim hukm qilinishi, jazoga tortilishi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjat bayon tarzida rasmiy eʼlon qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjat rasmiy eʼlon qilinganda uning barcha rekvizitlari koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlari matnlarining elektron shakllari ularni qabul qilgan organlarning rasmiy veb-saytlariga normativ-huquqiy hujjat rasmiy eʼlon qilinganidan keyin bir kun ichida joylashtirilishi shart. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlari matnlarining elektron shakllarini eʼlon qilish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(28-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlarni norasmiy nashrlarda eʼlon qilishga, shuningdek ularni qonun hujjatlarining elektron maʼlumot tizimlari orqali tarqatishga normativ-huquqiy hujjat rasmiy manbalarda eʼlon qilinganidan soʻng, ularning barcha rekvizitlarini, ular eʼlon qilingan rasmiy nashrlarni va ularning kuchga kirish sanasini koʻrsatish sharti bilan yoʻl qoʻyiladi. Bunda rasmiy nashrlarda eʼlon qilingan normativ-huquqiy hujjat matnining aniq takrorlanishi taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlarning eʼlon qilinishi ular qoʻllanilishining majburiy shartidir.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar eʼlon qilinadigan rasmiy manbalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi”, “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari eʼlon qilinadigan rasmiy manbalardir.
(29-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami”, “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari eʼlon qilinadigan rasmiy manbalardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, shuningdek vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning rasmiy nashrlari vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari eʼlon qilinadigan rasmiy manbalardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy nashrlari mazkur organlarning qarorlari eʼlon qilinadigan rasmiy manbalardir.
(29-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlar, agar hujjatlarning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, ular rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Normativ-huquqiy hujjatning orqaga qaytish kuchi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni u amalga kiritilishiga qadar yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qonunda toʻgʻridan toʻgʻri nazarda tutilgan hollardagina tatbiq etiladi. Agar Oʻzbekiston Respublikasining qonuni sodir etilgan paytda javobgarlikka sabab boʻlmagan yoki yengilroq javobgarlikka sabab boʻlgan xatti-harakatlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarning javobgarligini joriy etishni yoxud kuchaytirishni nazarda tutsa yoxud yuridik va jismoniy shaxslarga moddiy zarar yetkazsa, qonunga orqaga qaytish kuchini berish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Normativ-huquqiy hujjatning hudud boʻyicha amal qilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatning hudud boʻyicha amal qilishi normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organning yurisdiksiyasi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ uning hudud boʻyicha amal qilishi doirasini cheklab qoʻyishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Normativ-huquqiy hujjatning vaqt boʻyicha amal qilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjat, agar uning matnida boshqacha izoh berilmagan boʻlsa, muddatsiz amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatning amal qilish muddati butun hujjat uchun yoki uning qismlari uchun belgilanishi mumkin. Bunday holda normativ-huquqiy hujjat yoxud uning qismi qaysi muddatga yoki qanday hodisa yuz berguniga qadar oʻz kuchini saqlab qolishi koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ belgilangan muddat tugaguniga qadar yoki hodisa yuz berguniga qadar hujjatning yoki uning qismining amal qilishini yangi muddatga, boshqa hodisa yuz berguniga qadar uzaytirish toʻgʻrisida yoxud normativ-huquqiy hujjat qonun hujjatlariga, oʻtkazilayotgan islohotlarning ustuvor yoʻnalishlariga, jamiyatdagi barqaror huquqiy munosabatlarga muvofiq boʻlgan taqdirda hujjatga (uning qismiga) muddatsiz tus berish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda. Normativ-huquqiy hujjatning shaxslar doirasi boʻyicha amal qilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslariga, shuningdek oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirganda chet el yuridik shaxslariga, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda. Normativ-huquqiy hujjat amal qilishining toʻxtatib turilishi va tugatilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatning yoki uning qismining amal qilishi uni qabul qilgan organ yoxud uning yuqori turuvchi organi tomonidan muayyan muddatga yoki muayyan hodisa yuz berguniga qadar toʻxtatib turilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarini huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi nizomning 18-bandiga hamda “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari” (roʻyxat raqami 2565, 28.02.2014-y.) 121-bandiga muvofiq nizoli masalalar kelib chiqqanda, shuningdek idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qoʻllash bilan bogʻliq boʻlgan yangi holatlar aniqlanganda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi idoraviy normativ-huquqiy hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishini toʻxtatib turishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi quyidagi hollarda oʻzining amal qilishini tugatadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi moʻljallangan muddat tugaganda yoki hodisa yuz berganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi qonunda belgilangan tartibda Konstitutsiyaga xilof yoxud haqiqiy emas deb topilganda;
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, Hukumatning va mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi bekor qilinganda.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 26-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini belgilangan tartibda bekor qiladi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hokimlarning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Hukumat hujjatlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining davlat manfaatlariga zid keladigan hujjatlarini toʻxtatadi va bekor qiladi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Respublika davlat boshqaruv organlarining, shuningdek hokimlarning qabul qilgan hujjatlarini toʻxtatadi, bekor qiladi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) Qonunining 35-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga asoslangan holda Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlarini hamda Bosh vazir farmoyishlarini bekor qilishga haqlidir.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 42 va 43-moddalariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining hujjatlari amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlgan hollarda ularni bekor qilish huquqiga ega, shuningdek viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qonun hujjatlariga zid boʻlgan qarorlari va farmoyishlari ijrosini toʻxtatib qoʻyish hamda ularni bekor qilishga haqlidir.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasiga muvofiq Xalq deputatlari Kengashi hokimning va quyi Kengashning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga mos kelmaydigan qarorlarini bekor qiladi. Shuningdek, aytib oʻtilgan Qonunning 25-moddasiga asosan, hokim quyi turuvchi hokimlarning qarorlarini, basharti ular Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlariga, shuningdek yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashi va hokimning qarorlariga zid boʻlsa, bekor qiladi va xalq deputatlari Kengashiga quyi turuvchi xalq deputatlari Kengashlarining hujjatlarini bekor qilish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-modda. Yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga zarur oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritiladi va ilgari qabul qilingan barcha hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular yangi huquqiy normalarga zid boʻlsa yoxud yangi hujjat bilan toʻlaligicha qamrab olingan yoki amalda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, lekin rasman oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilmagan boʻlsa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Teng yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan teng yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar yoki ular qismlari roʻyxati normativ-huquqiy hujjatning oʻzida koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar kiritilishi yoki oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan teng yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning qismlari soni ancha koʻp boʻlgan taqdirda, mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar, shuningdek oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati alohida hujjat sifatida rasmiylashtiriladi. Bunday hujjat loyihasi ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlanadi va normativ-huquqiy hujjat loyihasi bilan bir vaqtda taqdim etiladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi 237–II/150–II-sonli qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalarini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etilgan qonunlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalari”ning 7-bobi (“Qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish”) va 8-bobi (“Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar roʻyxati”), “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi uslubiy koʻrsatmalarning (roʻyxat raqami 2352, 09.04.2012-y.), VI-bobi (“Qonunosti hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi loyihalarni tayyorlashning xususiyatlari”), “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari”ning (roʻyxat raqami 2565, 28.02.2014-y.) 109—119-bandlari, “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaning (roʻyxat raqami 2420, 01.02.2013-y.) V bobi (“Qarorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi loyihalarni tayyorlashning xususiyatlari”).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar matnlarini tarqatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlar matnlarini tarqatish normativ-huquqiy hujjat matni bilan moneliksiz tanishish imkoniyatini taʼminlaydigan har qanday shaklda amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlar matnlarini tarqatish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(37-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish va taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etuvchi va taʼminlovchi organlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ijrosini tashkil etadi hamda taʼminlaydi.
(38-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) Qonunining 3-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti”ning 2-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, ularning mansabdor shaxslari oʻz vakolatlariga kiritilgan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etadi hamda taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tegishli hududda tashkil etadi va taʼminlaydi.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 1-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish va taʼminlash borasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻz vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlar oʻz vaqtida ijro etilishiga qaratilgan zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va (yoki) qarorlar qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning ishini muvofiqlashtiradi hamda yoʻnaltiradi, ularning normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish borasidagi vakolatlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish uchun zimmasiga javobgarlik yuklatiladigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda mansabdor shaxslarni belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlar oʻz vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-modda. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish hamda taʼminlash borasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar oʻz vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlar oʻz vaqtida ijro etilishiga qaratilgan zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va (yoki) qarorlar qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijro etilishiga qaratilgan zarur normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining tarqatilishini taʼminlaydi, normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha boshqa tashkilotlar bilan birgalikda zarur tushuntirish ishlarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash uchun oʻz xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, tegishli tarmoqda qonun hujjatlarining qoʻllanilishi amaliyotini oʻrganadi va, zarurat boʻlganda, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjatlarning turkumlashtirilgan hisobini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish va taʼminlash borasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli hududda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlar oʻz vaqtida ijro etilishiga qaratilgan zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va (yoki) qarorlar qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining tarqatilishini taʼminlaydi, normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha boshqa tashkilotlar bilan birgalikda zarur tushuntirish ishlarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli davlat organlarining normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish boʻyicha ishlarini muvofiqlashtiradi va yoʻnaltiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlar ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, qonun hujjatlarining qoʻllanilishi amaliyotini oʻrganadi va, zarurat boʻlganda, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjatlarning turkumlashtirilgan hisobini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining monitoringi va nazorati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining monitoringi va nazorati davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(42-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
(42-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-noyabrdagi PQ-4505-son qarori bilan tasdiqlangan “Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining huquqiy monitoringini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy sharhlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy sharhlash normativ-huquqiy hujjatda noaniqliklar topilgan, u amaliyotda notoʻgʻri yoki ziddiyatli tarzda qoʻllanilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga rasmiy sharhni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun osti hujjatlari normalariga rasmiy sharhni ularni qabul qilgan organlar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy sharhlash jarayonida ularga normalarni aniqlashtirishga qaratilgan tuzatishlar, oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olish ushbu hujjatlarni markazlashtirilgan tarzda yigʻish, qayd etishni, ularning fondlarini yaratish va nazorat holatida saqlab turishni hamda bunday hujjatlar haqidagi markazlashtirilgan axborotlarni oʻz ichiga oladi. Qonun hujjatlarida normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olishga doir qoʻshimcha talablar belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olishni amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-sonli “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 52-son, 583-modda; 2014-y., 50-son, 588-modda; 2015-y., 32-son, 425-modda; 2016-y., 39-son, 457-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)