O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2018-yil 23-fevraldagi PQ-3560-son va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasiga qisman o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” 2018-yil 23-martdagi PQ-3622-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 29-may,
400-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 400-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
o‘zgartirish va qo‘shimchalar
o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish to‘g‘risida” 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 2-son, 10-modda):
a) 4-bandning birinchi xatboshiga “Kommunal soha” so‘zlaridan keyin “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish” so‘zlari qo‘shilsin;
b) 3-ilovaning 12 va 13-bandlarga, 14-bandning o‘n birinchi xatboshiga, 18-bandning uchinchi xatboshiga, 20-bandning ikkinchi xatboshiga, 22 va 32-bandlariga “Kommunal soha” so‘zlaridan keyin “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish” so‘zlari qo‘shilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-sentabrdagi 419-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT., 2004-y., 9-son, 91-modda) bilan tasdiqlangan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining Ustavi 10-bandining to‘qqizinchi xatboshidagi, 16-bandining oltinchi xatboshidagi “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 63-modda) 8-bandining birinchi xatboshidagi “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2008-yil 1-avgustdagi 165-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 41-modda) 7-bandining birinchi xatboshidagi “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi 292-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent shahrida shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq yer uchastkalari ajratish amaliyotini o‘rganish komissiyasi tomonidan Toshkent shahrida yer uchastkalari ajratish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish tartibi haqidagi nizomning 15-bandiga “Kommunal soha” so‘zlaridan keyin “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish” so‘zlari qo‘shilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2024-y., 09/24/214/0285-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
10. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 6-martdagi 57-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 10-11-son, 110-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Transport va transport kommunikatsiyalari masalalari bo‘yicha maxsus komissiya to‘g‘risidagi nizomning 19-bandiga “Kommunal soha” so‘zlaridan keyin “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish” so‘zlari qo‘shilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-fevraldagi 31-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 2-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Qurilishi va rekonstruksiya qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati darajasida tasdiqlanishi lozim bo‘lgan obyektlarning manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlash bo‘yicha hukumat komissiyasi to‘g‘risidagi nizomning 24-bandiga “Kommunal soha” so‘zlaridan keyin “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish” so‘zlari qo‘shilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi 295-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 41-42-son, 483-modda) bilan tasdiqlangan Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi to‘g‘risidagi nizomning 17-bandidagi “Ijro etuvchi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 10-son, 75-modda) bilan tasdiqlangan O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizom rus tilidagi matni 4-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “Ispolnitelnogo” so‘zi chiqarib tashlangan.
14. Vazirlar Mahkamasining “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining himoyaga muhtoj bolalarni ijtimoiy muhofaza qilishni muvofiqlashtirish, nazorat qilish va monitoringini olib borish bo‘yicha jamoatchilik kengashi hamda ilmiy-metodik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2014-yil 20-yanvardagi 11-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 4-son, 48-modda):
a) 1-ilovaning 15-bandidagi “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovaning yettinchi xatboshidagi “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-apreldagi 80-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 4-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Sug‘urta urug‘lik fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 17-bandidagi “qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va iste’mol tovarlari” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini takomillashtirish loyihalarini amalga oshirish uchun xalqaro moliyaviy iqtisodiy institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilayotgan qarz va kredit mablag‘larini jamlash, qaytarish va ularga xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 12-iyundagi 154-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 6-son, 60-modda):
a) 5-bandga “Kommunal soha” so‘zlaridan keyin “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish” so‘zlari qo‘shilsin;
b) ilovada:
17-bandga “Kommunal soha” so‘zlaridan keyin “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish” so‘zlari qo‘shilsin;
ilovaga ilovaning 12-bandiga “Kommunal soha” so‘zlaridan keyin “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish” so‘zlari qo‘shilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)
20. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-avgustdagi 241-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 33-son, 441-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish davlat komissiyasi to‘g‘risidagi nizomning 12-bandidagi “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin.
21. Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 20-avgustdagi 242-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 33-son, 442-modda) 2-ilovaning 15-bandidagi “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin.
22. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 11-son, 100-modda) bilan tasdiqlangan Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish, olib chiqishga sertifikat olish uchun ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-bandidagi “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 343-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/343/0520-son)
24. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida yo‘lovchi tashish transportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 11-martdagi 129-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 11-son, 160-modda) 4-ilovaning 14-bandiga “Kommunal soha” so‘zlaridan keyin “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish,” so‘zlari qo‘shilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 337-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 09/19/337/2997-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-maydagi 295-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2020-y., 09/20/295/0624-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
29. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi 264-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 5-son, 62-modda) bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasining mansabdor shaxslariga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 5-banddagi “Ijro etuvchi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 1-ilovaning 9-bandidagi “Ijro etuvchi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) 2-ilovaning I bo‘limi yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilaridagi “Ijro etuvchi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
g) 4-ilovaning 2-bandi beshinchi va oltinchi xatboshilaridagi “Ijro etuvchi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2024-y., 09/24/214/0285-son)
31. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 525-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 7-son, 151-modda) bilan tasdiqlangan Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi to‘g‘risidagi nizomning 21 va 32-bandlariga “Kommunal soha” so‘zlaridan keyin “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish,” so‘zlari qo‘shilsin.
32. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrining markaziy qismini obodonlashtirish va arxitekturaviy qiyofasini yanada yaxshilash hamda aholi va poytaxt mehmonlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 28-iyuldagi 559-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 31-son, 775-modda) ilovaning ikkinchi xatboshiga “Kommunal soha” so‘zlaridan keyin “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish,” so‘zlari qo‘shilsin.
33. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-avgustdagi 571-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 131-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi to‘g‘risida nizomning 20-bandiga “Kommunal soha” so‘zlaridan keyin “ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish,” so‘zlari qo‘shilsin.
34. Vazirlar Mahkamasining “O‘zagroeksportbank” aksiyadorlik tijorat bankining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash to‘g‘risida” 2017-yil 2-sentabrdagi 689-son qarorining 4-bandidagi “- “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son)
36. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirish va avtotransport vositalarini siqilgan tabiiy gazga bosqichli o‘tkazish, hamda ularda gazballon asbob-uskunalarini xavfsiz ishlatishni ta’minlash qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 11-oktabrdagi 815-son qaroriga 5-ilovaning 5-bandidagi “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ” so‘zlari chiqarib tashlansin.
37. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatida 2018 — 2020-yillarda qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishning manzilli dasturini amalga oshirish, shuningdek, Bekobod shahridagi madaniyat va istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish to‘g‘risida” 2017-yil 19-oktabrdagi 850-son qarorining 10-bandidagi departament nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti”.
38. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-f-farmoyishida:
a) “Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida alohida muhim yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish zali to‘g‘risidagi nizomga 1-ilovadagi Ro‘yxatning 4.2-bandidagi “Ijro etuvchi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida rasmiy delegatsiyalarga xizmat ko‘rsatish zali to‘g‘risidagi nizomga 1-ilovadagi Ro‘yxatning 4.2 va 4.4-bandidagi Ijro etuvchi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son; 22.04.2019-y., 09/19/337/2997-son; 20.05.2020-y., 09/20/295/0624-son, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/343/0520-son, 29.12.2021-y., 09/21/786/1216-son; 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son; 18.04.2024-y., 09/24/214/0285-son)