1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.02.00 Shaharsozlik va arxitektura sohasini boshqarish. Arxitektura va shaharsozlik faoliyati sohasini litsenziyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Ko‘kalamzorlashtirish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrining markaziy qismining me’moriy ko‘rinishini yaxshilash va obodonlashtirish, shuningdek, poytaxt aholisi va mehmonlari uchun munosib shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrining me’moriy qiyofasini yanada yaxshilash va markaziy qismini obodonlashtirish, uning xalqaro, xorijiy va mahalliy moliya tuzilmalari va investorlar uchun jozibadorligini oshirish, Toshkent shahrining turizm salohiyatidan samarali foydalanish, zamonaviy biznes, moliyaviy va turizm infratuzilmasining jadal rivojlanishini ta’minlash, shuningdek, poytaxt aholisi va mehmonlari uchun ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxatini kengaytirish va sifatini yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “ToshkentboshplanLITI” DUKning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida yangi zamonaviy majmua — A. Navoiy, Olmazor, I. Karimov va Furqat ko‘chalari bilan chegaradosh hududdagi “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi (keyingi o‘rinlarda — “Tashkent city” XIM);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Tashkent city” XIM hududida davlat unitar korxonasi shaklidagi obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi (keyingi o‘rinlarda Direksiya deb ataladi) tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Direksiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tashkent city” XIM hududida obyektlar qurilishi, shu jumladan hududni muhandislik kommunikatsiyalari bilan ta’minlash, ko‘chalar, kirish yo‘llari, avtoturargohlar qurish, favvoralar, sug‘orish va tashqi yoritish tizimlarini o‘rnatish, shuningdek, umumiy foydalaniladigan joylarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha buyurtmachi funksiyalarini bajarish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetakchi mahalliy va xorijiy loyiha tashkilotlarini jalb etgan holda “Tashkent city” XIMni batafsil rejalashtirish loyihasi ishlab chiqilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
salohiyatli, shu jumladan xorijiy investorlarni qurilishga jalb etish maqsadida mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda veb-saytlarda “Tashkent city” XIM qurilishi va faoliyati bo‘yicha taqdimot tadbirlari va keng reklama kampaniyasini o‘tkazish ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha investorlar bilan muzokaralar olib borish, salohiyatli investorlarni tanlash, ular bilan “Tashkent city” XIM hududida investitsiyalash to‘g‘risida bitimlar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tashkent city” XIM hududida investorlar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan doimiy monitoring olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tashkent city” XIM hududida obyektlar qurilishini loyihalashtirishda loyiha tashkilotlari tomonidan zamonaviy energiya tejaydigan texnologiyalar joriy etilishini, shuningdek, yuqori texnologiyali materiallar va buyumlardan samarali foydalanilishini ta’minlash ustidan nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tashkent city” XIM hududida umumiy foydalaniladigan joylar, muhandislik kommunikatsiyalaridan foydalanishni va ularga xizmat ko‘rsatishni, shu jumladan boshqaruv kompaniyasini tashkil etish va tadbirkorlik subyektlarini jalb etish yo‘li bilan tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Direksiyaga quyidagi huquqlar berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tashkent city” XIM hududida obyektlar qurish, investorlarga soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar berish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari loyihalarini tayyorlash va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tender savdolari o‘tkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida loyihalashtirish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish shartlarini, tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish usullarini mustaqil tanlash, ishlarni bajaruvchilarni, shuningdek loyiha tashkilotlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlar lozim darajada bajarilishini nazorat qilish, investorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda “Tashkent city” XIM hududida investitsiyalash to‘g‘risidagi bitimlarni muddatidan oldin bekor qilish to‘g‘risida belgilangan tartibda qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda va obyektlardan foydalanishda investorlar, ishlar va xizmatlarni bajaruvchilar, binolar, inshootlar va xonalarning mulkdorlari va foydalanuvchilari tomonidan belgilangan yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan texnik nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar joy va noturar joy binolarini buzish, hududlarni tozalash, yer qazish va boshqa ishlarni amalga oshirish uchun pudrat tashkilotlarini belgilangan tartibda jalb etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazining Ma’muriy kengashi (keyingi o‘rinlarda — Ma’muriy kengash) ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Ma’muriy kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tashkent city” XIM faoliyatini muvofiqlashtirish va davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tashkent city” XIM hududini investorlar tomonidan qurilish ishlarini olib borishga tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining harakatlarini tashkil etish va vakolatli tashkilotlarning muhandislik kommunikatsiyalarining tashqi tarmoqlarini o‘tkazish bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tashkent city” XIM hududida investorlar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning amalga oshirilishini tizimli asosda nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tashkent city” XIMning samarali faoliyat ko‘rsatishini tashkil etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish va uning faoliyatini nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tashkent city” XIM Ma’muriy kengashining ishchi organi funksiyasini bajarish Direksiya zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tashkent city” XIMning shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish homiylik xayriyalaridan tushadigan mablag‘lar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiyaning oilalarni ko‘chirish, turar joylarni, yashash uchun mo‘ljallanmagan binolar va inshootlarni buzish, hududlarni tozalash, yer qazish ishlarini amalga oshirish, maydon ichidagi muhandislik va transport kommunikatsiyalari tarmoqlarini qurish, umumiy foydalanishdagi hududlarni obodonlashtirish, reklama kampaniyalari va taqdimot tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha xarajatlari investorlardan ularga beriladigan yer uchastkalari o‘lchamlariga mutanosib ravishda tushadigan mablag‘lar, shuningdek, homiylik xayriyalari, kreditlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tashkent city” XIM hududida obyektlar qurilishi belgilangan tartibda investorlar mablag‘lari, shu jumladan xorijiy, xalqaro grantlar, texnik ko‘maklashish mablag‘lari, homiylik xayriyalari, kreditlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiyani saqlash Ma’muriy kengash tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasiga muvofiq investorlardan shartnoma asosida tushadigan mablag‘lar, investitsiya loyihalari tashabbuskorlariga ko‘rsatiladigan injiniring xizmatlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, “O‘zbektelekom” AK va Toshkent shahar hokimligi “Tashkent city” XIMni tashkil etish doirasida “Tashkent city” XIMning bosh rejasiga muvofiq muhandislik kommunikatsiyalarining uzluksiz ishlashini hisobga olgan holda o‘z mablag‘lari hisobiga muhandislik kommunikatsiyalari keltirish tarmoqlari qurilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Toshkent shahar hokimligi belgilangan tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda “ToshkentboshplanLITI” DUK bilan birgalikda — A. Navoiy, Olmazor, I. Karimov va Furqat ko‘chalari bilan chegaradosh hududda “Tashkent city” XIMni tashkil etish uchun yer uchastkalari chegaralarini belgilash, keyinchalik Direksiyaning iltimosnomasiga ko‘ra investorlarga taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daxldor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda — bir oy muddatda “Tashkent city” XIM hududida haqiqatda yashayotgan oilalar ro‘yxatini aniqlagan holda, 2017 myil 1-avgust holatiga ko‘ra buzilayotgan uy-joylar, noturar binolar va inshootlarni xatlovdan o‘tkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tashkent city” XIM hududida yashovchi jismoniy va yuridik shaxslarga kompensatsiya sifatida olib qo‘yilayotgan yer uchastkalarini yakka tartibdagi uy-joylar va noturar binolar qurish uchun berish uchun yer uchastkalari ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tashkent city” XIM hududida turar joylar, noturar binolar va inshootlarni buzish, tashqi muhandislik va transport kommunikatsiyalarini o‘tkazgan holda obyektlar qurish bilan bog‘liq tashkiliy va texnik masalalarni hal etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Direksiya Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda — “Tashkent city” XIM hududida obyektlar qurish uchun ularga yer uchastkalari ajratish bo‘yicha iltimosnoma kiritishni davom ettirish uchun eng yaxshi investitsiya takliflarini aniqlash va investorlarni tanlash bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda qurilishning qisqa va o‘rta muddatli istiqbollarini rejalashtirishni hamda obyektlarni maqbul joylashtirishni hisobga olgan holda “Tashkent city” XIMni batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov bir oy muddatda yetakchi xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rgangan holda Direksiyaning tuzilmasi va Ustavi ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B.I. Zakirov va Toshkent shahar hokimi R.D. Usmanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 28-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
559-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-iyuldagi 559-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi Ma’muriy kengashi — ishchi guruhi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
A.N. Aripov
—
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Ma’muriy kengash raisi
A.J. Ramatov
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Ma’muriy kengash raisining o‘rinbosari
R.D. Usmonov
—
Toshkent shahar hokimi
B.A. Xodjayev
—
Moliya vaziri
G.K. Saidova
—
Iqtisodiyot vaziri
M.M. Ikramov
—
Adliya vaziri
A.X. Kamilov
—
Tashqi ishlar vaziri
E.M. G‘aniyev
—
Tashqi savdo vaziri
A.A. Azizov
—
Ichki ishlar vaziri
B.I. Zakirov
—
Davarxitektqurilish raisi
A.X. Abdullayev
—
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi raisi
A.A. Axmedxadjayev
—
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi
R.A. G‘ulomov
—
Davlat raqobat qo‘mitasi raisi
A.Sh. Qurbonov
—
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi
B.R. Parpiyev
—
Davlat soliq qo‘mitasi raisi
M.V. Toxiriy
—
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi
M.B. Nurmuratov
—
Markaziy bank raisi
U.J. Sunnatov
—
Bosh prokuror o‘rinbosari
R.R. Sharipov
—
“ToshkentboshplanLITI” DUK direktori
B.U. Abdullayev
—
“O‘zshaharsozlikLITI” DUK direktori
Lavozimi bo‘yicha
—
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Tashkent city” XIM hududida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi” DUK direktori
I.R. Mahkamov
—
Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri, Ma’muriy kengash kotibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’muriy kengash a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ma’muriy kengash, zarurat bo‘lganda, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning rahbarlari va mutaxassislarini jalb etish huquqiga ega.