Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son Farmoni)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 23-noyabrdagi 939-son va “Nogironligi boʻlgan shaxslarning avtotransport vositalaridan foydalanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 7-martdagi 183-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 3-may,
321-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash shartlarini tartibga solish toʻgʻrisida” 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qaroriga 2-ilova I-bandining “g” kichik bandida:
“hamda hunar-texnika oʻquv yurtlarida” soʻzlari “kasb-hunar taʼlimi muassasalarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“maxsus hunar-texnika bilim yurtlari” soʻzlari “oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“militsiya” soʻzi “ichki ishlar organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishlari qoidalarining 4-bandiga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Turistlar hujjatlarini tekshirish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadigan soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-dekabrdagi 1035-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 09/19/1035/4226-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son)
7. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 22-noyabrdagi 506-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-yil, 11-son, 68-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmonlarida yongʻin xavfsizligi qoidalarining 20-bandidagi “militsiya” soʻzi “ichki ishlar organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida boʻlishining qoʻshimcha shartlari toʻgʻrisida” 2000-yil 12-yanvardagi 11-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 3-modda) 2-ilovaning 13.2-bandidagi “militsiyaga yoki DANga” soʻzlari “ichki ishlar organlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 22-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilova 6-bandining oltinchi xatboshidagi “militsiya” soʻzi “ichki ishlar organlari tayanch” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Chimyon-Chorvoq kurort-rekreatsiya zonasining tabiiy boyliklarini saqlab qolish hamda dam olish va sogʻlomlashtirish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2001-yil 6-sentabrdagi 362-son qarori 15-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “militsiya” soʻzi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
12. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilova 3-boʻlimining 3.23-bandi birinchi xatboshidagi “Militsiya boʻlinmalari kuchlari” soʻzlari “Ichki ishlar organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4630-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2020-y., 07/20/4630/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 09/10/1049/4245-son)
15. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 28-martdagi 89-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 3-son, 21-modda) bilan tasdiqlangan Yongʻin-texnik komissiyalarini tashkil etish va ularning faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 45-bandidagi “idoralari” soʻzi “organlari” soʻzi bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
17. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi 47-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolar yigʻinining “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandidagi “militsiya” soʻzi “ichki ishlar organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 09/22/172/0298-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 700-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2019-y., 09/19/700/3602-son)
21.Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 765-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 9-son, 217-modda) bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining xizmat uy-joylari fondini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi nizomning 26-bandi birinchi xatboshidagi “xizmatdan boʻshash paytida” soʻzlari bilan chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 337-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 09/19/337/2997-son)
23. Vazirlar Mahkamasining “Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular boʻlgan mahsulotlarning Oʻzbekiston Respublikasiga importini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 9-yanvardagi 17-son qaroriga 6-ilovaning ** havolasidagi “militsiyaning” soʻzi “ichki ishlar organlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXAT
ROʻYXAT
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqida” 1991-yil 25-oktabrdagi 270-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1991-y., 10-modda, 36-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 1992-yil 24-yanvardagi 32-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi IIV ichki qoʻshinlari tuzilmasida oʻquv polkini tashkil qilish toʻgʻrisida” 1992-yil 29-maydagi 255-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari lavozimini qisqartirish toʻgʻrisida” 1992-yil 28-oktabrdagi 498-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida xizmat oʻtash toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 8-yanvardagi 16-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqidagi nizomga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 1994-yil 14-dekabrdagi 602-son qarori.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarini mustahkamlash toʻgʻrisida” 1996-yil 4-noyabrdagi 378-son qarori.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarini mustahkamlash toʻgʻrisida” 1997-yil 27-maydagi 266-son qarori.
9. Vazirlar Mahkamasining “Alohida militsiya batalyonini chet el davlatlarining diplomatik vakolatxonalarini qoʻriqlashni taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining militsiya polkiga aylantirish toʻgʻrisida” 1998-yil 13-apreldagi 155-son qarori.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi davlat avtomobil nazorati xodimlarining masʼuliyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 14-noyabrdagi 474-son qarori.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 1-maydagi 150-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi, QT, 2002-y., 5-son, 23-modda) ilovaning 1-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy koʻnikma markazlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2002-yil 16-maydagi 162-son qarori.
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning moliyaviy javobgarligi erkinlashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ–59-son Qonuni) 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda) 1-ilovaning 1-bandi.
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 27-modda) ilovaning 1-bandi.
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 24-avgustdagi PF-4354-son farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qarori) 2011-yil 2-noyabrdagi 294-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 11-son, 85-modda) 1-ilovaning 1-bandi.
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 16-iyuldagi PF–4453-son Farmoni)” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 79-modda) 1-ilovaning 1-bandi.
17. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qarori)” 2013-yil 8-oktabrdagi 276-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 10-son, 72-modda) ilovaning 1-bandi.
18. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-son qarori)” 2014-yil 17-iyuldagi 196-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-yil, 7-son, 73-modda) ilovaning 1-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 09/18/321/1154-son; 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son, 22.04.2019-y., 09/19/337/2997-son, 21.08.2019-y., 09/19/700/3602-son, 26.12.2019-y., 09/19/1035/4226-son, 30.12.2019-y., 09/10/1049/4245-son; 07.03.2020-y., 07/20/4630/0266-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/738/1133-son; 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son, 13.04.2022-y., 09/22/172/0298-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)