07.03.2018 yildagi 183-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalaridan foydalanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalaridan foydalanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 23-fevraldagi 139-son qaroriga muvofiq avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish faoliyati bilan davlat ta’lim muassasalari, shuningdek, nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan boshqa yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi bo‘lgan shaxslarni avtotransport vositalarini boshqarishga o‘rgatish mazkur qarorning 1-bandida nazarda tutilgan avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironligi bo‘lgan shaxslarning foydalanishi uchun respublikada ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarni maxsus uskunalar bilan qayta jihozlash mazkur shaxslarning buyurtmalariga asosan “GM Uzbekistan” AJ rasmiy dilerlarining ixtisoslashtirilgan servis markazlari orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “O‘zavtosanoat” AJ 2019-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda nogironligi bo‘lgan shaxslarning buyurtmalari bo‘yicha respublikada ishlab chiqariladigan “Spark” va “Matiz” rusumli yengil avtomobillarni maxsus uskunalar bilan qayta jihozlash uchun “GM Uzbekistan” AJ rasmiy dilerlarining ixtisoslashtirilgan servis markazlarini zarur vositalar va uskunalar bilan ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ni maxsus uskunalar bilan qayta jihozlangan va avtomat uzatgichli yengil avtotransport vositalarini boshqarish uchun nogironligi bo‘lgan shaxslarga qo‘yiladigan tibbiy mezonlarini kiritgan holda qayta ko‘rib chiqsin hamda uning ijrosini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bozorlar, savdo majmualari va boshqa obyektlar hududlaridagi avtotransport vositalari to‘xtab turish joylarining kirish va chiqish qulay bo‘lgan qismidan belgilangan tartibda to‘xtab turish joyi umumiy maydonining kamida 5 foizi (kamida 2 ta joy) I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtab turishi uchun ajratilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylaridan uzoq va noqulay joyda joylashgan infratuzilma obyektlari atrofida I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga tegishli avtotransport vositalarining to‘xtab turishi uchun vaqtinchalik to‘xtab turish joylarini tashkil etsin va ushbu joylarga Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalariga 1-ilovaga muvofiq “5.15. “To‘xtab turish joyi” va “7.17. “Nogironlar” yo‘l belgilari o‘rnatilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Avtomobil va daryo transporti agentligi hamda “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalarini to‘xtab turish joylariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda amaliyotga joriy etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki, quyidagi shaxslardan avtotransport vositalarining to‘xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nogiron haydovchi boshqarayotgan avtomobil” taniqlik belgisi o‘rnatilgan avtotransport vositasini boshqarayotgan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar — nogironlikni tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnomasi bo‘lganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16 yoshgacha nogiron bolasi bo‘lgan ota-onalar (yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxslar) — 16 yoshgacha nogiron bola uchun tayinlangan tegishli pensiya guvohnomasi bo‘lganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda nogironligi bo‘lgan shaxslarning avtotransport vositalari to‘xtab turish joylaridan boshqa avtotransport vositalari haydovchilarining foydalanganligi uchun ularning javobgarligini o‘rnatish bo‘yicha qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligiga ushbu qarorning mazmuni va mohiyati to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov, ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi U.Z. Salimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 7-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
183-son