Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Shahrisabz shahrining tarixiy qismini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va saqlash departamentini tashkil etish toʻgʻrisida
Shahrisabz shahrining tarixiy qismida maydonlar, koʻchalar, parklar, favvoralar va boshqa tashqi obodonlashtirish obyektlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish hamda boshqarishni yanada takomillashtirish, shuningdek ignabargli va manzarali oʻsimliklar qimmatli turlarining saqlanishini taʼminlash, Shahrisabz shahrining tarixiy qismini namunali tarzda saqlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qashqadaryo viloyati hokimligining Shahrisabz tumani hokimligi huzurida Shahrisabz shahrining tarixiy qismini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va saqlash departamentini (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
shaharsozlik va sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq Shahrisabz shahrining tarixiy qismidagi maydonlar, koʻchalar, parklar, favvoralarning obodonlashtirish obyektlarini hamda boshqa tashqi obodonlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish ishlarini oʻz vaqtida va sifatli tashkil etish;
koʻkalamzorlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish, daraxtlarni, butalarni, gullarni parvarish qilish va koʻkalamzorlashtirilgan maydonchalarni taʼmirlash uchun zarur agrotexnika ishlarini amalga oshirish;
obodonlashtirish obyektlarini saqlash, ulardan foydalanish ishlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish, mukammal va joriy taʼmirlashga doir pudrat shartnomalari tuzish hamda sunʼiy sugʻorish tizimlari, nasos stansiyalari, quduqlar, yoʻl va yoʻlkalar qattiq qoplamalarining zarur sanitariya va texnik holatda boʻlishini taʼminlash;
arxitektura inshootlaridan foydalanish, ularni joriy va mukammal taʼmirlash, shuningdek tegishli sanitariya va texnik holatda saqlash;
ignabargli va manzarali oʻsimliklarning qimmatli turlarini saqlash, ulardan foydalanish hamda ularni saqlab qolish ishlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish, yashil maysalarni saqlash, ularning zararkunandalariga va kasalliklariga qarshi kurashishga doir kompleks agrotexnika tadbirlarini, xizmat koʻrsatiladigan hududni yanada koʻkalamzorlashtirish va obod qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarni joriy etgan holda tashqi yoritish tarmoqlarini, sunʼiy sugʻorish va favvoralar tizimlarini saqlash va ulardan foydalanish.
3. Quyidagilar:
Shahrisabz shahrining tarixiy qismini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va saqlash departamentining boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 12 nafar boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Shahrisabz shahrining tarixiy qismini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va saqlash departamenti toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
2016-yilda Shahrisabz shahrining tarixiy qismini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va saqlash departamentini taʼminlash uchun maxsus avtotransport vositalari va asbob-uskunalar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki, yangi tashkil etilayotgan Departamentni saqlash va foydalanish xarajatlarini moliyalashtirish quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:
har yili Qashqadaryo viloyatining viloyat budjeti parametrlarida obodonlashtirish uchun nazarda tutiladigan mablagʻlar doirasidagi, obodonlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanishga maqsadli yoʻnaltirilgan holda, mablagʻlar;
faoliyat yoʻnalishi boʻyicha tovarlar ishlab chiqarish va ularni sotishdan (ishlar, xizmatlarni amalga oshirishdan) olingan daromadlar;
davlat mulkini hamda attraksionlarni, savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va umumiy ovqatlanish obyektlarini va boshqa obyektlarni joylashtirish uchun tashkilotlarga yer uchastkalarini qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga berishdan olingan daromadlar;
xayriya ehsonlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Qashqadaryo viloyati hokimligi quyidagilarni taʼminlasin:
Shahrisabz shahrining tarixiy qismida joylashgan ignabargli va manzarali oʻsimliklar qimmatli turlarini, koʻchalarni yoritish obyektlarini, favvoralarni va boshqa obodonlashtirish obyektlarini xatlovdan oʻtkazish boʻyicha ishchi komissiya tarkibini tasdiqlash;
obodonlashtirish obyektlarini keyinchalik foydalanish uchun ishchi komissiya tomonidan belgilangan tartibda Departament ixtiyoriga berish;
Departamentni malakali muhandis-texnik va ishlab chiqarish xodimlari bilan taʼminlash;
Departamentni zarur maʼmuriy va ishlab chiqarish binolari bergan holda joylashtirish;
obodonlashtirish ishlarini shaharsozlik, sanitariya normalari va qoidalariga qatʼiy rioya etgan, shuningdek Shahrisabz shahri va uning tashqi qiyofasiga zamonaviy talablarni hisobga olgan holda tashkil etish va amalga oshirish;
Shahrisabz shahrining tarixiy qismini obodonlashtirish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlarga ajratiladigan budjet mablagʻlaridan samarali va maqsadli foydalanilishi yuzasidan amaliy monitoring olib borish.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Departament xodimlariga Vazirlar Mahkamasining “Obodonlashtirish xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 1-apreldagi 91-son qarori bilan tasdiqlangan Shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi tatbiq etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 25-mart,
87-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 25-martdagi 87-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Shahrisabz shahrining tarixiy qismini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va saqlash departamentining
TUZILMASI
Izoh: ishlab chiqarish xodimlari soni bajariladigan ishlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 25-martdagi 87-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Shahrisabz shahrining tarixiy qismini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va saqlash departamenti toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarini obodonlashtirishni yaxshilash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 22-yanvardagi PQ-1045-son qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son, “Obodonlashtirish xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 1-apreldagi 91-son va “Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida” 2014-yil 20-fevraldagi 31-son qarorlari asosida Shaxrisabz shahrining tarixiy qismini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va saqlash departamentining (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
2. Shahrisabz shahrining tarixiy qismi hududida obodonlashtirish obyektlarini (yoʻllar, yoʻlkalar, yashil maydonlar, irrigatsiya tarmoqlari, tashqi yoritish tizimi, yashil maysalar va dov-daraxtlarni sunʼiy sugʻorish tizimi, istirohat bogʻlari, favvoralar, arxitektura inshootlari va yodgorliklarni) saqlash va ulardan foydalanish Departament faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi.
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
4. Departament davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, oʻzining mustaqil balansiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, bankda hisob raqamiga ega.
5. Departamentning nomi:
davlat tilida:
lotin yozuvida: Shahrisabz shahrining tarixiy qismini obodonlashtirish, koʼkalamzorlashtirish va saqlash departamenti. Qisqacha nomi — Departament;
kirill yozuvida: Shahrisabz shahrining tarixiy qismini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va saqlash departamenti. Qisqacha nomi — Departament;
rus tilida: Departament po blagoustroystvu, ozeleneniyu i soderjaniyu istoricheskoy chasti goroda Shaxrisabza. Qisqacha nomi — Departament.
II. Departamentning muassisi va uning vakolatlari
6. Shahrisabz tumani hokimligi Departamentning muassisi funksiyalarini bajaradi, unga qonun hujjatlariga muvofiq quyidagi vakolatlar yuklanadi:
Departamentning mol-mulki bilan bogʻliq shartnomalar boʻyicha noqonuniy xatti-harakatlar toʻgʻrisida sudga daʼvo bilan murojaat qilish;
Departamentning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoki belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mol-mulkini olib qoʻyish;
Departamentga yetkazilgan zarar yuzasidan tashkilotlarga nisbatan daʼvo qoʻzgʻash;
Departamentning yillik ishlab chiqarish rejasini tasdiqlash va amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisidagi hisobotini eshitish;
Departamentga foydalanish uchun berilgan davlat mol-mulkining holatini nazorat qilish va uning oʻzgaga berilishiga yoʻl qoʻymaslik.
III. Departamentning mol-mulki
7. Departamentning mol-mulki:
tezkor boshqarish huquqi bilan muassis tomonidan Departamentga biriktirilgan mol-mulk;
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan manbalar hisobiga shakllantiriladi.
8. Departamentning mol-mulki qiymati uning balansida aks ettiriladi.
9. Departamentning mol-mulki boʻlinmaydi va Departament xodimlari oʻrtasida taqsimlanishi mumkin emas.
10. Departament oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli mol-mulk bilan javob beradi.
11. Departament muassisning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
IV. Departamentning vazifalari va funksiyalari
12. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
shaharsozlik va sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq Shahrisabz shahrining tarixiy qismidagi maydonlar, koʻchalar, parklar, favvoralarning obodonlashtirish obyektlarini hamda boshqa tashqi obodonlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish ishlarini oʻz vaqtida va sifatli tashkil etish;
koʻkalamzorlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish, daraxtlarni, butalarni, gullarni parvarish qilish va koʻkalamzorlashtirilgan maydonchalarni taʼmirlash uchun zarur agrotexnika ishlarini amalga oshirish;
obodonlashtirish obyektlarini saqlash, ulardan foydalanish ishlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish, mukammal va joriy taʼmirlashga doir pudrat shartnomalari tuzish hamda sunʼiy sugʻorish tizimlari, nasos stansiyalari, quduqlar, yoʻl va yoʻlkalar qattiq qoplamalarining zarur sanitariya va texnik holatda boʻlishini taʼminlash;
arxitektura inshootlaridan foydalanish, ularni joriy va mukammal taʼmirlash, shuningdek tegishli sanitariya va texnik holatda saqlash;
ignabargli va manzarali oʻsimliklarning qimmatli turlarini saqlash, ulardan foydalanish hamda ularni saqlab qolish ishlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish, yashil maysalarni saqlash, ularning zararkunandalariga va kasalliklariga qarshi kurashishga doir kompleks agrotexnika tadbirlarini, xizmat koʻrsatiladigan hududni yanada koʻkalamzorlashtirish va obod qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarni joriy etgan holda tashqi yoritish tarmoqlarini, sunʼiy sugʻorish va favvoralar tizimlarini saqlash va ulardan foydalanish.
13. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish doirasida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Shahrisabz shahrining tarixiy qismini obodonlashtirish boʻyicha tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida obodonlashtirish ishlarini olib borish;
mavsumiy talablarni hisobga olgan holda obodonlashtirish obyektlarini sanitariya jihatidan tozalash (supurish, sugʻorish, yuvish, changga qarshi kurashish, qorni kurash, sirpanchiqqa qarshi kurashish, irrigatsiya xoʻjaligi obyektlarini mexanik tozalash, qattiq qoplamani yuvish);
bayramlarga, madaniy va siyosiy tadbirlarga tayyorgarlik koʻrishda, xorijiy mehmonlar va delegatsiyalar kelishiga shaharning tarixiy maydonlarini bezash;
loyiha-smeta hujjatlariga va belgilangan tartibda tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarga muvofiq obodonlashtirish obyektlarini joriy va mukammal taʼmirlash yuzasidan pudrat shartnomalari tuzish;
obodonlashtirish obyektlarining muddatidan oldin eskirishi va yemirilishining oldini olish, ularni ish holatida saqlash boʻyicha profilaktika tadbirlarini tashkil etish;
obodonlashtirish obyektlarining fizik holatini har yili texnik baholashni tashkil etish;
xodimlarning mehnat unumdorligini oshirish maqsadida yangi zamonaviy texnologiyalarni, avtomatlashtirish va kichik mexanizatsiya vositalarini joriy etish tadbirlarini ishlab chiqish;
budjet mablagʻlarini sarflashning samaradorligi va ochiq-oshkoraligini taʼminlash, tovar-moddiy boyliklar, yonilgʻi-moylash materiallari, elektr energiyasi va pul mablagʻlaridan oqilona foydalanishni, ularning hisobga olinishini, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tashkil etish.
V. Departament faoliyatini tashkil etish
14. Departamentga Shahrisabz tumani hokimining qarori bilan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan boshliq rahbarlik qiladi.
15. Departament boshligʻi:
Departament faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlik qiladi;
Departament vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi va Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
oʻz oʻrinbosarlarining, boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini va Departament faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun ularning javobgarligi darajasini belgilaydi;
qonun hujjatlari, Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimlarining qarorlari va farmoyishlari asosida oʻz faoliyati doirasida Departament xodimlari bajarishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi, ularning bajarilishini taʼminlaydi va zarur tarzda nazorat qiladi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shtat jadvalini va xodimlar sonini, ularning ish haqi miqdorlarini tasdiqlaydi, zaruriyat boʻlganda, xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Departament tuzilmasiga, shuningdek Departamentning xarajatlari smetasiga oʻzgartirishlar kiritadi, keyinchalik ularni moliya organida roʻyxatdan oʻtkazadi;
Departament xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi, Departamentga xodimlarni ishga qabul qiladi va ular bilan mehnat shartnomasi tuzadi, mehnat shartnomalariga oʻzgartirishlar kiritadi va ularni bekor qiladi;
Departament nomidan ishonchnomasiz ish koʻradi va uning manfaatlarini himoya qiladi, oʻz vakolatlari doirasida shartnomalar tuzadi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Departamentga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi;
ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda Departament faoliyati toʻgʻrisida Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklariga hisobot beradi;
Shahrisabz shahrining tarixiy qismi obyektlarini (yoʻllar, yoʻlkalar, yashil maydonlar, irrigatsiya tarmoqlari, yashil maysalar va dov-daraxtlarni sunʼiy sugʻorish tizimini), obodonlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanishni yaxshilash boʻyicha loyihalarni Shahrisabz tumani hokimligiga taqdim etadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
16. Departament boshligʻi oʻz huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarini bajarishda tashkilotlarning manfaatlarini koʻzlab ish yuritadi hamda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarning oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash, mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan barcha talablarni qondirish, bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq ehtiyojlar uchun pul mablagʻlari oʻtkazish, oʻzining harakatlari (harakatsizligi) bilan Departamentga yetkazilgan zararlar uchun, shu jumladan Departamentga berilgan mol-mulk yoʻqolgan hollarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
VI. Departamentning moliya-xoʻjalik faoliyati
17. Departament oʻz faoliyatini Shahrisabz shahrining tarixiy qismini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini bajarish uchun tasdiqlangan budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiradi.
VII. Nazorat va hisobot
18. Departament hisobot davri tamom boʻlgandan keyin vakolatli organlarga qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy hisobotni va boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning belgilangan tartibda davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi.
19. Pul mablagʻlari, moddiy boyliklar, buxgalteriya hisob-kitoblari va kreditlarga tegishli barcha hujjatlar boshliq yoki uning oʻrinbosari va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi.
20. Departament faoliyatini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muassis va boshqa vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
VIII. Departamentni qayta tashkil etish va tugatish
21. Departamentni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 25-martdagi 87-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
2016-yilda Shahrisabz shahrining tarixiy qismini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va saqlash departamentini taʼminlash uchun maxsus avtotransport vositalari va asbob-uskunalar
ROʻYXATI
|
T/r |
Texnikaning nomi |
Talab etiladigan texnika soni |
Sotib olish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar |
|
1. |
Tirkamali traktor |
2 |
120,0 |
|
2. |
Tirkamali minitraktor |
2 |
55,0 |
|
3. |
Sugʻorish-yuvish mashinasi |
2 |
189,1 |
|
4. |
“Isuzu” teleskopik minora |
1 |
149,5 |
|
5. |
“Isuzu” samosvali |
2 |
173,0 |
|
6. |
Avtokran (22 metr) |
1 |
286,0 |
|
7. |
WAN damasi |
1 |
25,1 |
|
8. |
Kompressor |
1 |
22,0 |
|
9. |
Payvandlash agregati |
2 |
20,0 |
|
10. |
Karcher |
8 |
64,0 |
|
11. |
Maysa oʻrish mashinasi |
36 |
100,8 |
|
Hammasi |
58 |
1 204,5 |
Izoh: texnika qiymati texnika yetkazib beruvchilarning narxlari oʻzgarganda, shuningdek tender savdolari natijalari boʻyicha oʻzgarishi mumkin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 13-son, 117-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/267/0525-son)