22.01.2009 yildagi PQ-1045-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLI PUNKTLARINI OBODONLASHTIRISHNI YAXSHILASH YUZASIDAN QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika shahar va aholi punktlarining zamonaviy qiyofasini yanada shakllantirish, ularni obodonlashtirishni tubdan yaxshilash, obodonlashtirish boshqarmalarini zamonaviy maxsus transport va mexanizatsiya vositalari bilan jihozlash, shuningdek, band boʻlmagan aholini obodonlashtirish ishlariga jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ragʻbatlantirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining aholi punktlarini obodonlashtirish sohasidagi eng muhim vazifalari deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obodonlashtirish ishlari arxitektura-qurilish meʼyorlari va qoidalariga, shuningdek, shahar va aholi punktlarining tashqi qiyofasiga nisbatan qoʻyilgan zamonaviy talablarga qatʼiy muvofiq ravishda oʻtkazilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obodonlashtirish obyektlaridan sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq foydalanish hamda ularni saqlash ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obodonlashtirish sohasida qoʻshimcha ish oʻrinlarini hamda aholi bandligini oshirish, samarali ishlash uchun shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obodonlashtirish boshqarmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Obodonlashtirish boʻyicha xarajatlarni moliyalashning asosiy manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi boʻyicha prognoz tushumlarining 50 foizi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlar koʻrsatish huquqi uchun yigʻimning 100 foizi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi boʻyicha hamda transport vositalari uchun benzin, dizel yonilgʻisi va gazdan foydalanganlik uchun jismoniy shaxslardan olinadigan soliq boʻyicha prognozdan ortiqcha tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xayriya (homiylik) yordamlari va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalardan tushgan mablagʻlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, ularning tasarrufida qoladigan shaxsiy mablagʻlari hisobidan shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalariga aholi punktlarini obodonlashtirish maqsadlari yoʻlida xayriya (homiylik) yordami koʻrsatish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari 1-ilovaga* muvofiq eng kam normativ darajagacha miqdorda ishlab chiqarish xodimlari bilan toʻldirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2009 — 2011-yillarda obodonlashtirish boshqarmalarini zamonaviy maxsus transport vositalari bilan jihozlash dasturi 2 va 2a-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2 va 2a-ilovalari rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari obodonlashtirish boshqarmalarini zamonaviy maxsus transport vositalari bilan jihozlash dasturining tasdiqlangan parametrlari soʻzsiz bajarilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jumladan, 2009-yil 1-yanvar holatiga koʻra respublika budjetining boʻsh qoldiqlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda mahalliy budjetlarning daromad qismlarini ortigʻi bilan bajarish hisobidan 2009-yilda obodonlashtirishga sarflanadigan xarajatlarni 3-ilovaga* muvofiq oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yilgi va keyingi yillardagi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda obodonlashtirish boʻyicha xarajatlar mazkur qarorning 2-bandida nazarda tutilgan manbalar hisobidan moliyalashtirilishini inobatga olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2009-yilning 1-apreligacha boʻlgan muddatda shahar posyolkalari maqomini olgan aholi punktlarining koʻkalamzorlashtirish maydonlarini, koʻchalari va yoʻlkalari uzunligini, irrigatsiya tarmoqlari hamda boshqa tashqi obodonlashtirish obyektlarini inventarizatsiyadan oʻtkazsin va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ularga xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻladigan mablagʻlarning asoslangan hisob-kitobini taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2010-yilgi budjet parametrlarini shakllantirishda yangi shahar posyolkalari tashkil etilishini hisobga olgan holda obodonlashtirish obyektlaridan foydalanish va ularni saqlash uchun mablagʻlarni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda obodonlashtirish xodimlarini, ularni moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlarini va xizmat koʻrsatish hududi hamda bajariladigan ishlarning sifatiga qarab ish haqi miqdori belgilanishini hisobga olgan holda mehnatga haq toʻlashning tarmoq tarif setkasiga oʻtkazish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi “Oʻzkommunxizmat” agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Zamonaviy arxitektura-shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish qoidalarini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oʻzkommunxizmat” agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda shaharlar va tumanlarni obodonlashtirish sohasida, vaqt meʼyorlari, xizmat koʻrsatish hududlari va xodimlar soni normativlarini hisobga olgan holda normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahar hokimligi huzurida Mustaqillik maydonini koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamentini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 24-dekabrdagi 606-son qarorining 1-ilovasidagi “Jami xodimlar soni — 134 kishi” soʻzlari “Jami xodimlar soni — 274 kishi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan bir oy muddatda qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari bir hafta muddatda avval qabul qilingan meʼyoriy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 22-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1045-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 4-son, 22-modda; 2013-y., 52-son, 690-modda)