25.03.2016 yildagi 87-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shahrisabz shahrining tarixiy qismini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va saqlash departamentini tashkil etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shahrisabz shahrining tarixiy qismida maydonlar, ko‘chalar, parklar, favvoralar va boshqa tashqi obodonlashtirish obyektlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish hamda boshqarishni yanada takomillashtirish, shuningdek ignabargli va manzarali o‘simliklar qimmatli turlarining saqlanishini ta’minlash, Shahrisabz shahrining tarixiy qismini namunali tarzda saqlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qashqadaryo viloyati hokimligining Shahrisabz shahar hokimligi huzurida Shahrisabz shahar Obodonlashtirish boshqarmasini (keyingi o‘rinlarda — Boshqarma) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 267-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/267/0525-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Boshqarmaning qo‘shimcha vazifalari etib belgilansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 267-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/267/0525-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharsozlik va sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq Shahrisabz shahrining tarixiy qismidagi maydonlar, ko‘chalar, parklar, favvoralarning obodonlashtirish obyektlarini hamda boshqa tashqi obodonlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘kalamzorlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish, daraxtlarni, butalarni, gullarni parvarish qilish va ko‘kalamzorlashtirilgan maydonchalarni ta’mirlash uchun zarur agrotexnika ishlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obodonlashtirish obyektlarini saqlash, ulardan foydalanish ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish, mukammal va joriy ta’mirlashga doir pudrat shartnomalari tuzish hamda sun’iy sug‘orish tizimlari, nasos stansiyalari, quduqlar, yo‘l va yo‘lkalar qattiq qoplamalarining zarur sanitariya va texnik holatda bo‘lishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxitektura inshootlaridan foydalanish, ularni joriy va mukammal ta’mirlash, shuningdek tegishli sanitariya va texnik holatda saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ignabargli va manzarali o‘simliklarning qimmatli turlarini saqlash, ulardan foydalanish hamda ularni saqlab qolish ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish, yashil maysalarni saqlash, ularning zararkunandalariga va kasalliklariga qarshi kurashishga doir kompleks agrotexnika tadbirlarini, xizmat ko‘rsatiladigan hududni yanada ko‘kalamzorlashtirish va obod qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarni joriy etgan holda tashqi yoritish tarmoqlarini, sun’iy sug‘orish va favvoralar tizimlarini saqlash va ulardan foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 267-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/267/0525-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 267-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/267/0525-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yilda Shahrisabz shahrining tarixiy qismini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va saqlash departamentini ta’minlash uchun maxsus avtotransport vositalari va asbob-uskunalar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 267-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/267/0525-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 267-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/267/0525-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, Shahrisabz shahar Obodonlashtirish boshqarmasi o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 10-yanvardagi 4-son qarorida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiradi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 267-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/267/0525-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 25-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 267-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/267/0525-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 267-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/267/0525-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 25-martdagi 87-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yilda Shahrisabz shahrining tarixiy qismini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va saqlash departamentini ta’minlash uchun maxsus avtotransport vositalari va asbob-uskunalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Texnikaning nomi

Talab etiladigan texnika soni
(ta)

Sotib olish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar
(mln so‘m)

1.

Tirkamali traktor

2

120,0

2.

Tirkamali minitraktor

2

55,0

3.

Sug‘orish-yuvish mashinasi

2

189,1

4.

“Isuzu” teleskopik minora

1

149,5

5.

“Isuzu” samosvali

2

173,0

6.

Avtokran (22 metr)

1

286,0

7.

WAN damasi

1

25,1

8.

Kompressor

1

22,0

9.

Payvandlash agregati

2

20,0

10.

Karcher

8

64,0

11.

Maysa o‘rish mashinasi

36

100,8

Hammasi

58

1 204,5

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: texnika qiymati texnika yetkazib beruvchilarning narxlari o‘zgarganda, shuningdek tender savdolari natijalari bo‘yicha o‘zgarishi mumkin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 13-son, 117-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/267/0525-son)