O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“O‘ZKOMMUNXIZMAT” AGENTLIGI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI, QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShI, VILOYATLAR VA TOShKENT ShAHAR HOKIMLIKLARINING HUDUDIY KOMMUNAL-FOYDALANISh BIRLAShMASI TO‘G‘RISIDAGI NAMUNAVIY NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kommunal xizmatni boshqarish tizimini yanada isloh qilish to‘g‘risida” 2000-yil 19-dekabrdagi PF-2791-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xizmat ko‘rsatish tizimi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2000-yil 21-dekabrdagi 493-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
2. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zkommunxizmat” agentligi o‘z vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining huquqiy vorisi hisoblanadi.
3. Vazirlar Mahkamasining 3-ilovaga muvofiq qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 4-ilovaga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Kotibiyatiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2001-yil 13-fevral,
74-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-martdagi 110-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 10-son, 115-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika xalq xo‘jaligini va aholini gaz bilan ta’minlashni tashkil etishni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1993-yil 2-dekabrdagi 587-son qarorining 5, 9, 11-bandlaridagi “O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi”, “Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi”, “O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” so‘zlari O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi, O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi”, O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sanoat terakchiligini rivojlantirish va boshqa tez o‘suvchi yog‘ochbop daraxtzorlarni barpo etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1994-yil 8-fevraldagi 62-son qarorida:
1-banddagi “va O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-ilovadagi O‘zbekiston Respublikasi “Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga”, “Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” so‘zlari tegishli ravishda “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga”, “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-ilova quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldirilsin:
“Izoh: 2001—2003-yillarda terak ko‘chatlari o‘stirish bo‘yicha topshiriq quyidagi miqdorda taqsimlansin (mln ta):
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi – 2,4;
Andijon viloyati hokimligi – 2,4;
Buxoro viloyati hokimligi – 2,4;
Jizzax viloyati hokimligi – 1,5;
Qashqadaryo viloyati hokimligi – 3,0;
Navoiy viloyati hokimligi – 0,6;
Namangan viloyati hokimligi – 3,0;
Samarqand viloyati hokimligi – 2,4;
Sirdaryo viloyati hokimligi – 1,5;
Surxondaryo viloyati hokimligi – 0,9;
Toshkent viloyati hokimligi – 2,4;
Farg‘ona viloyati hokimligi – 3,0;
Xorazm viloyati hokimligi – 2,1;
Toshkent shahar hokimligi – 2,4.”
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy fondida va ijtimoiy-madaniy maqsadlardagi obyektlarda suv va gazni hisobga olish asboblarini o‘rnatish va ulardan foydalanish haqidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 1995-yil 26-maydagi 185-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy fondida va ijtimoiy-madaniy maqsadlardagi obyektlarda suv va gazni hisobga olish asboblarini o‘rnatish va ulardan foydalanish haqidagi Nizomning II qismi to‘rtinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligi, hududiy kommunal-foydalanish birlashmalari tarkibiga kiruvchi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 7-oktabrdagi 346-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 19-son, 147-modda)
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy-kommunal xizmatlarning o‘z xarajatlarini o‘zi qoplashiga bosqichma-bosqich o‘tish munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1996-yil 30-iyuldagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Aholiga sotiladigan kommunal xizmatlar tariflaridagi farqlarni budjetdan qoplash tartibining 14-bandidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kommunal xizmat-ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy kommunal-foydalanish birlashmalari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Keng ko‘lamli “Toza suv, sanitariya va aholi salomatligi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 15-oktabrdagi 444-son qarorining 5-bandidagi “Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 1998-yil 3-noyabrdagi 461-son qarorida:
O‘zbekiston Respublikasi aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Konsepsiyasining (1-ilova) IV bo‘limi o‘n ikkinchi xatboshidagi, VII bo‘limi sakkizinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzurida” so‘zlari “O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi huzurida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“O‘zbekiston Respublikasi aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari” nomli 2-ilovaning “Mas’ul ijro etuvchilar” bo‘limidagi “Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-sentabrdagi 405-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy fondini suv va gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash, ularni O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 1-iyundagi 280-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-yil, 6-son, 30-modda):
3-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-banddagi “Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz yetkazib berish va uning uchun hisob-kitob qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 21-sentabrdagi 439-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-yil, 9-son, 57-modda):
a) 1-bandda:
birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining” so‘zlari “O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining tabiiy gaz uzatuvchi xo‘jalik hisobidagi “Boshkommungaz” bosh boshqarmasining” va “xo‘jalik hisobidagi “Boshkommungaz” bosh boshqarmasining” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi “Boshkommungaz” korxonasining” va “Boshkommungaz” korxonasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “xo‘jalik hisobidagi “Boshkommungaz” bosh boshqarmasining gaz sotuvchi tashkilotlariga” so‘zlari “Boshkommungaz” korxonasining shu’ba korxonalariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshidagi “xo‘jalik hisobidagi “Boshkommungaz” bosh boshqarmasining gaz sotuvchi tashkilotlari” so‘zlari “Boshkommungaz” korxonasining shu’ba korxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) uchinchi banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy mulkdorlari shirkatining Namunaviy ustavini va uy-joylarni uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruviga berish va uy-joy fondini saqlash va tuzatish masalalarida davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 1999-yil 4-oktabrdagi 454-son qarorining 2-bandidagi “Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining uy-joy fondini davlat yo‘li bilan hisobga olish to‘g‘risida” 2000-yil 20-yanvardagi 18-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-yil, 1-son, 5-modda):
2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zgeodezkadastr” bosh boshqarmasi texnik inventarizatsiya kadastrlar hududiy byurolari faoliyatiga uslubiy rahbarlikni, shuningdek uy-joy fondi yig‘ma kadastrining yuritilishini ta’minlaydi”.
O‘zbekiston Respublikasida uy-joy fondini davlat yo‘li bilan hisobga olishning yagona tizimi to‘g‘risida Nizomning (1-ilova) 6-bandi 2-xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan” so‘zlari “O‘zgeodezkadastr” bosh boshqarmasi bilan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chimyon-Chorvoq zonasi tabiiy boyliklarini saqlash hamda hududini o‘zlashtirishga kompleks va izchillik bilan yondoshishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 10-martdagi 83-son qarorida:
3-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” so‘zlari “Toshkent viloyati hokimligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-bandning ikkinchi xatboshidagi “Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi hamda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
ushbu qarorga 1-ilova 3—5-bandlarining “Mas’ul ijro etuvchilar” ustunidagi “Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi” so‘zlari “Toshkent viloyati hokimligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ushbu qarorga 6-ilovadagi “Mixaylov V.K. Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining birinchi o‘rinbosari” so‘zlari “lavozimi bo‘yicha “O‘zkommunxizmat” agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari
RO‘YXATI
1. “KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining “Mamlakatda turar-joy-kommunal xo‘jaligi ishlarini yanada takomillashtirish tadbirlari to‘g‘risida” 1987-yil 8-apreldagi 427-son qarori yuzasidan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1987-yil 19-avgustdagi 339-son qarori (O‘zSSR QT, 1987-y., 8-son, 49-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston SSJ Uy-joy kommunal xo‘jaligi sistemasidagi korxonalar (birlashmalar) va tashkilotlarni to‘la xo‘jalik hisobi va o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlashga o‘tkazish to‘g‘risida” 1990-yil 9-avgustdagi 283-son qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy fondiga xizmat ko‘rsatish va uni saqlash uchun hisob-kitoblarning kontrakt (shartnoma) tizimiga o‘tish to‘g‘risida” 1993-yil 17-iyuldagi 363-son qarorining 1-4, 7-10-bandlari va qarorga ilova.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1993-yil 22-iyuldagi 371-son qarori.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 12-oktabrdagi 490-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 10-son, 36-modda).
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi faoliyatining ayrim masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 2-apreldagi 130-son qarori.
7. Vazirlar Mahkamasining “Uy-joy kommunal xizmatlarning o‘z xarajatlarini o‘zi qoplashiga bosqichma-bosqich o‘tish munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1996-yil 30-iyuldagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Kommunal xizmatlar uchun iqtisodiy asoslangan stavkalar va tariflarni hisoblash metodikasi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xo‘jalik hisobidagi texnik ro‘yxatga olish respublika kadastr byurosi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1998-yil 3-oktabrdagi 423-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998y., 10-son, 36-modda).
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 16-iyuldagi 345-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 38-modda) bilan tasdiqlangan Hukumatning ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 1-bandi.
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 3-4-son, 13-modda; 2002-y., 5-6-son, 42-modda; 19-son, 147-modda; 2003-y., 4-son, 42-modda; 19-son, 179-modda; 2004-y., 10-son, 115-modda; 2005-y., 19-20-son, 143-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)