Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
CHIMYON—CHORVOQ ZONASI TABIIY BOYLIKLARINI SAQLASH HAMDA HUDUDNI OʻZLASHTIRISHGA KOMPLEKS VA IZCHILLIK BILAN YONDASHISHNI TAʼMINLASH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Chimyon—Chorvoq zonasi tabiiy boyliklarini va ekologik tozaligini toʻliq saqlash, hududni oʻzlashtirishga kompleks va izchillik bilan yondoshishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-avgustdagi 366-f-son farmoyishi bilan tuzilgan Ishchi guruh, Toshkent viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Chimyon—Chorvoq mintaqasi hududini uning tabiiy-iqlim sharoitlariga koʻra muhofaza etiladigan tabiiy hudud — tabiiy kurort hududi va dam olish hududi tabiiy hudud sirasiga kiritish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 14-son, 103-modda)
2. Chimyon—Chorvoq hududini kompleks va izchillik bilan oʻzlashtirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga*muvofiq tasdiqlansin.
* 1-ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
2001—2003-yillar investitsiya dasturida 2-ilovaga* muvofiq Chirchiq shahridagi tozalash inshootlarni kengaytirishni, Chimyonsoy, Chorvoq—Baqachoʻl, Chorvoq—Gʻazalkent kanalizatsiya kollektorlarini rekonstruksiya qilishni, Baqachoʻl muhandislik inshootlari qurilishini, 2003—2005-yillar investitsiya dasturida esa — chiqarib yuboruvchi kanalizatsiya tarmoqlari qurilishini;
* 2-ilova berilmaydi.
2001—2003-yillar investitsiya dasturida 3-ilovaga* muvofiq xoʻjalik-ichimlik suv bilan taʼminlash magistral suv oqizish tarmogʻi, suv tozalash uzellari, nasos stansiyalari, Yangiqoʻrgʻon daryosidan suv olish va suv oqizish inshootlari qurilishini hamda mahalliy buloq suvlari manbalaridan suv olish inshootini, 2003—2005-yillar investitsiya dasturida esa — suvni, isteʼmolchilarga yetkazib berish tarmoqlarini rekonstruksiya qilishni nazarda tutsin.
* 3-ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-maydagi 365-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2018-y., 09/18/365/1235-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-maydagi 365-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2018-y., 09/18/365/1235-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-maydagi 365-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2018-y., 09/18/365/1235-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi, “Oʻzgidromet” markazi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, sanatoriylar, pansionatlar, dam olish uylari va zonalari, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari kempinglar va boshqa obyektlarni quruvchilar va ularning egalari bir oy muddatda barcha obyektlarni xatlovdan oʻtkazsinlar, Chimyon—Chorvoq zonasidagi obyektlar qurilishi yuzasidan mavjud loyiha-smeta hujjatlarini taftishdan oʻtkazsinlar va ularga tuzatishlar kiritsinlar hamda, 2000-yilning I choragida 5-ilovaga* muvofiq qurilishi tugallanmagan obyektlar qurilishini 2001—2005-yillarda tugallash yoki tiklash mumkin boʻlmagan taqdirda, ularni buzib tashlash toʻgʻrisida taklif kiritsinlar.
* 5-ilova berilmaydi.
(6-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi 183-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 15-son, 179-modda)
“Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”, zaruriyat boʻlganda, qurilishni amalga oshiruvchilarga obyektlar qurilishini tugallash uchun belgilangan tartibda kredit resurslari ajratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Toshkent viloyati hokimligi, “Davlatarxitektqurilish” qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Oʻzgidromet” markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi:
(7-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi 183-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 15-son, 179-modda)
Chimyon—Chorvoq hududida qurilish olib borish toʻgʻrisida ilgari qabul qilingan qarorlarni qaytadan koʻrib chiqsinlar. Zarur boʻlgan taqdirda tegishli obyektlar egalari bilan birgalikda ularni qayta joylashtirish masalasini ishlab chiqsinlar;
Chimyon—Chorvoq hududida va, ayniqsa, Chorvoq suv ombori sohillarida ekologik vaziyatga zarar yetkazuvchi va suvni ifloslantiruvchi, oʻzboshimchalik bilan qurilgan obyektlarni yoʻqotish masalasini qonunda belgilangan tartibda hal qilsinlar;
Chimyon—Chorvoq hududida ekologik vaziyatga zarar yetkazadigan har qanday sanoat, qishloq xoʻjaligi obyektlari va boshqa obyektlar qurilishini taqiqlasinlar.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish va tashkil etish boʻyicha 6-ilovaga* muvofiq tarkibda Respublika shtabi tuzilsin.
* 6-ilova berilmaydi.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 10-mart,
83-son