Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 01.06.1999 yildagi 280-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
UY-JOY FONDINI SUV VA GAZNI HISOBGA OLISh PRIBORLARI BILAN JIHOZLASh, ULARNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA IShLAB ChIQARIShNI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish konsepsiyasiga muvofiq, iste’mol qilinayotgan energiya manbalarini zarur darajada hisobga olish va tejashni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda 1999 — 2004-yillarda uy-joy fondini suv va gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash dasturi topshiriqlari bajarilishini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni bir oy muddatda ishlab chiqsinlar, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangidan qurilayotgan (rekonstruksiya qilinayotgan) uy-joylar suv va gazni hisobga oluvchi uy va kvartira priborlarisiz foydalanishga qabul qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobga olish priborlarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha mahalliy ishlab chiqaruvchilarga amaliy yordam ko‘rsatish, ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq paydo bo‘luvchi masalalarni tezkorlik bilan hal etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muqobil manbalarni jalb qilgan holda gaz va suvni hisobga olish priborlarini sotib olish va o‘rnatishni mablag‘ bilan ta’minlashni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy-kommunal xizmatlarining hisobga olish priborlari o‘z vaqtida o‘rnatilishi bo‘yicha o‘zini o‘zi boshqarish mahalliy organlari bilan mustahkam o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv va gazni hisobga olish priborlari o‘rnatilishi va ulardan foydalanish ustidan nazorat qilinishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobga olish priborlari asosan tanlov asosida sotib olinishi asos qilib olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, suv va gazni hisobga olish priborlari texnologik asbob-uskunalar jumlasiga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Respublikaning suv hisobga olish priborlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999 — 2004-yillarda O‘zbekiston Respublikasida suv hisobga olish priborlari ishlab chiqarish Dasturi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Suvjihozgaz” qo‘shma korxonasi va “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyatining ishlab turgan maydonlarda va asbob-uskunalar bilan gaz va suvni hisobga olish priborlari ishlab chiqarishni tashkil etish va kengaytirish, barcha butlovchi buyumlarni keyinchalik “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqargan holda kooperatsiya asosida korpus detallari, jihozlar va nostandart asbob-uskunalarni olingan foydadan o‘z mablag‘lari hisobiga tayyorlash haqidagi takliflari ma’qullansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi va Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga, “O‘zeltexsanoat”, “O‘zmashsanoat”, “O‘zkimyosanoat” uyushmalariga va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarga, suv va gazni hisobga olish priborlarini tayyorlashda qatnashuvchi korxonalarning buyurtmanomalari bo‘yicha detallar, jihozlar va nostandart asbob-uskunalar tayyorlashda kooperatsiya shartlarida qatnashish tavsiya qilinsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-martdagi 99-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 5-6-son, 45-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv va gazni hisobga olish priborlari ishlab chiqarishni mablag‘ bilan ta’minlash ishlab chiqaruvchilarning o‘z mablag‘lari, shuningdek jalb qilingan kredit resurslari hisobiga amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv hisobga olish priborlarini sotib olish va o‘rnatishni mablag‘ bilan ta’minlash:
(4-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-martdagi 99-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 5-6-son, 45-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kvartira va uylarda — kvartira va uy-joylar mulkdorlari hisobiga amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joylar va kvartiralarning muhandislik kommunikatsiyalari mukammal tuzatilganda, uylar qurilganda (rekonstruksiya qilinganda) — tuzatish yoki qurilishning smeta qiymati doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi suv va gazni hisobga olish priborlari, shuningdek ularga butlovchi buyumlar ishlab chiqarish bo‘yicha investitsiya loyihalari belgilangan tartibda respublika investitsiya dasturiga kiritilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining Yoqilg‘i-energetika resurslarini iqtisod qilish komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan texnik-iqtisodiy asoslar va mablag‘ bilan ta’minlash sxemalari taqdim etilganda suv va gazni hisobga olish priborlarini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun energiya bilan ta’minlash maxsus respublika schyotidan mablag‘ ajratish masalasini ko‘rib chiqish tavsiya qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligi bilan birgalikda suv va gazni hisobga olish priborlariga xizmat ko‘rsatilishini va ular tekshirilishini ta’minlasinlar.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “O‘zstandart” agentligi markazi suv va gazni hisobga olish priborlarini ishlab chiqaruvchi va sotuvchi korxonalarga ishlab chiqarishni metrologik jihatdan ta’minlash masalalarini hal qilishda yordam ko‘rsatsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 1-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
280-son
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1999-y., 6-son, 30-modda; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 3-4-son, 13-modda;2002-y., 5-6-son, 45-modda; 2003-y., 1-2-son, 9-modda; 2005-y., 19-20-son, 143-modda)