O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SANOAT TERAKChILIGINI RIVOJLANTIRISh VA BOShQA TEZ O‘SUVChI YoG‘OChBOP DARAXTZORLARNI BARPO ETIShGA OID ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Xalq xo‘jaligining va aholining yog‘och-taxtalarga bo‘lgan ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirish va respublikaning tabiiy-iqtisodiy imkoniyatlaridan foydalanishning samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Pespublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari sanoat terakchiligi bo‘yicha belgilangan topshiriqlarning bajarilishi va ularning respublikamiz korxonalari, tashkilotlari va aholisi tomonidan amalga oshirilishi uchun 1994 — 2003-yillarda terak va boshqa tez o‘suvchi yog‘ochbop daraxt ko‘chatlari yetishtirishni 1-ilovaga* muvofiq miqdorda ta’minlasinlar.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevral., 74-son — O‘R QHT, 2001-y., 3-4-son , 13-modda qarori tahririda)
2. 1994 — 2003-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, vazirliklar va idoralar bo‘yicha noqulay, unumi kam bo‘lgan sug‘oriladigan yerlarda sanoat uchun terakzorlar, qarag‘ayzorlar va yong‘oqzorlarni barpo etish bo‘yicha 2, 3 va 4-ilovalar*ga muvofiq topshiriq belgilansin.
* 1, 2, 3, 4-ilovalar berilmaydi.
Respublika vazirliklari va idoralari mavjud sug‘oriladigan yerlarda terak va boshqa tez o‘suvchi yog‘ochbop daraxt ko‘chatlari ekish imkonini qidirib topsinlar va eksinlar.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlarning hokimliklari belgilangan topshiriqlarni so‘zsiz bajarish yuzasidan tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar, bir oy muddatda daraxtzorlar barpo etuvchi va parvarish qiluvchi, ularni payhon bo‘lishdan, kasalliklar va zararkunandalardan saqlovchi ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar tashkil etsinlar hamda 1994-yilning bahoridan boshlab hamma joyda teraklar va boshqa tez o‘suvchi yog‘ochbop daraxtlarni ekishga kirishsinlar. Qilingan ishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga 1994-yilning may oyida axborot bersinlar.
Respublikamiz iqtisodiyoti uchun, sanoat uchun terakzorlar va boshqa tez o‘suvchi yotochbop daraxtzorlar barpo etishga oid chora-tadbirlarni amalga oshirishning, bu ishda hamma ishtirok etishining muhimligi to‘g‘risida aholi orasida tushuntirish ishlarini kuchaytirsinlar. Kanallar, sug‘orish inshootlari, kollektorlar va yo‘llar bo‘ylab terak ekish bo‘yicha imkoniyatlardan to‘laroq foydalansinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi bir oy muddatda daraxtzorlar va ko‘chatzorlar barpo etishga oid normativ-uslubiy hujjatlarni barcha manfaatdor tashkilotlarga yetkazsin, zarur bo‘lgan hollarda har bir, viloyatda ko‘chat o‘tkazish sxemalari va qator oralari, shu maqsadlar uchun ajratilgan yerlardan oqilona foydalanish bo‘yicha seminarlar o‘tkazsin.
Oldingi tahrirga qarang.
5.“O‘zqishloqxo‘jalikta’minottuzatish”, “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi va “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” respublika birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasining va sanoat uchun tez o‘suvchi yog‘ochbop daraxtzorlar barpo etish bilan shug‘ullanayotgan boshqa vazirliklar va idoralarning buyurtmalari bo‘yicha qo‘shimcha texnika, yonilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar, ximikatlar va boshqa moddiy resurslar ajratsinlar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 14-aprel 149-sonli qarori tahririda)
6. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va O‘zbekiston xo‘jaligi fanlari akademiyasi ko‘chat yetishtirish, seleksiya va teraklar hamda boshqa mahalliy va chetdan keltirilgan tez o‘suvchi yog‘ochbop daraxt turlarining yangi istiqbolli navlarini yaratish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
7. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi 1994-yildan boshlab har yili O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasiga sanoat terakzorlar va boshqa tez o‘suvchi yog‘ochbop daraxt ko‘chatzorlari barpo etishga, ularda zarur agrotexnika tadbirlari o‘tkazishga kerak bo‘lgan mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 14-aprel 149-sonli qarori tahririda)
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi va Davlat teleradio kompaniyasi kelajakda xalq xo‘jaligini va aholini zarur xomashyo bilan ta’minlovchi, shuningdek, atrof-muhitga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi yog‘ochbop sanoat daraxtzorlari yaratish bo‘yicha topshiriqlarning qanday bajarilayotganligini muntazam yoritib borsinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Dehqonchilik sanoati majmui bo‘limiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 8-fevral,
62-son