Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021 28.01.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2755
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining qarori, 28.01.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2755
Kuchga kirish sanasi
01.02.2016
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 28-yanvarda 2755-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi va “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-son “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 11-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
110-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi D. XIDOYATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 11-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
01/03-26/29-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 11-yanvardagi 110, 01/03-26/29-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi PF-4720-sonli “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 30-sentabrdagi PQ-2414-sonli “Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-oktabrdagi 305-sonli “Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazining samarali faoliyatini taʼminlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Korporativ boshqaruvchi malaka attestati (bundan buyon matnda malaka attestati deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi (bundan buyon matnda Oliy maktab deb yuritiladi) tomonidan korporativ boshqaruv sohasida malaka mavjudligini tasdiqlash uchun beriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2019-yil 11-martdagi 53, 01/10-10/52-sonli qarori (roʻyxat raqami 2755-1, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2019-y., 10/19/2755-1/2778-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat ulushi boʻyicha davlatning ishonchli vakillari va kuzatuv kengashi aʼzolari sifatida tayinlanadigan shaxslar malaka attestatini olishi shart, quyidagilar bundan mustasno:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) xodimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi tomonidan kuzatuv kengashi aʼzosi sifatida ilgari surilgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuzatuv kengashining davlat ulushi boʻyicha mustaqil aʼzosi sifatida ilgari surilgan, tegishli tarmoqda ish tajribasiga ega boʻlgan, shu jumladan xorijiy shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuzatuv kengashi tarkibiga kiritish uchun malaka attestatiga ega nomzodlar belgilangan muddatlarda taqdim etilmagan xoʻjalik jamiyatlarining aksiyadorlari (ishtirokchilari) hisoblangan mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlari — belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan nomzodlar tasdiqlangunga qadar muddatda. Bunda ushbu rahbarlar mazkur muddat mobaynida oʻzining oʻrniga yoki qoʻshimcha ravishda oʻzining xodimlarini kuzatuv kengashi tarkibiga nomzod sifatida tayinlash huquqiga ega.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2019-yil 11-martdagi 53, 01/10-10/52-sonli qarori (roʻyxat raqami 2755-1, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2019-y., 10/19/2755-1/2778-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Malaka attestatini olish uchun faqat Oliy maktabning korporativ boshqaruvchi maxsus dasturi boʻyicha oʻquv kurslarini tamomlaganlik toʻgʻrisidagi davlat sertifikatiga ega boʻlgan shaxslar daʼvogarlik qilish huquqiga ega. Bunda ariza ushbu oʻquv kurslari yakunlangan kundan boshlab bir yil mobaynida berilishi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2019-yil 11-martdagi 53, 01/10-10/52-sonli qarori (roʻyxat raqami 2755-1, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2019-y., 10/19/2755-1/2778-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob Malaka attestatini olishga daʼvogarlik qilayotgan shaxslar bilan suhbat oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Malaka attestatini berish suhbat natijalari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Malaka attestatini olishga daʼvogarlik qilayotgan shaxs (bundan buyon matnda arizachi deb yuritiladi) Oliy maktabga F.I.O., pasport va bogʻlanish maʼlumotlari, ish joyi koʻrsatilgan arizani taqdim etadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2019-yil 11-martdagi 53, 01/10-10/52-sonli qarori (roʻyxat raqami 2755-1, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2019-y., 10/19/2755-1/2778-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Arizachi bevosita, pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda ariza berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun arizachi javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oliy maktab ariza olgan kundan bir ish kuni mobaynida arizachini suhbatga kiritish haqida qaror qabul qiladi yoki mazkur Nizomning 3 va 18-bandlari talablariga rioya etilmagan taqdirda, asoslantirilgan rad javobini yuboradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2019-yil 11-martdagi 53, 01/10-10/52-sonli qarori (roʻyxat raqami 2755-1, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2019-y., 10/19/2755-1/2778-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Suhbat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Agentlik va Oliy maktabning masʼul xodimlaridan iborat tarkibdagi komissiya tomonidan oʻtkaziladi. Komissiya tarkibiga qoʻshimcha ravishda boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillari kiritilishi mumkin. Komissiyaning shaxsiy tarkibi Oliy maktab direktori qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya aʼzolarining soni 9 kishidan kam boʻlmasligi kerak. Komissiyaning raisi Oliy maktab direktori, uning yoʻqligida esa oʻrnini bosuvchi shaxs hisoblanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2019-yil 11-martdagi 53, 01/10-10/52-sonli qarori (roʻyxat raqami 2755-1, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2019-y., 10/19/2755-1/2778-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Komissiya majlislari arizalar mavjudligida har juma kuni oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oliy maktab komissiya majlisi oʻtkazilishidan kamida 2 kun oldin oʻtkazilish sanasi va joyi haqida oʻz veb-saytida maʼlumotni eʼlon qiladi va komissiya aʼzolarini xabardor qiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2019-yil 11-martdagi 53, 01/10-10/52-sonli qarori (roʻyxat raqami 2755-1, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2019-y., 10/19/2755-1/2778-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Komissiya yigʻilishlari aʼzolarining kamida 75 foizi ishtirok etganida vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Har bir arizachi bilan suhbat oʻtkazishning davomiyligi 15 daqiqadan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Suhbat davlat tilida oʻtkaziladi. Suhbat arizachining soʻroviga asosan Oliy maktabning imkoniyatlaridan kelib chiqib boshqa tillarda ham oʻtkazilishi mumkin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2019-yil 11-martdagi 53, 01/10-10/52-sonli qarori (roʻyxat raqami 2755-1, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2019-y., 10/19/2755-1/2778-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Komissiya qarorlari yigʻilishda ishtirok etayotgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi, ovozlar teng boʻlgan taqdirda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻtkazilgan suhbat natijalari boʻyicha komissiya tomonidan malaka attestatini berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladigan qaror qabul qilinadi. Bayonnoma komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va uning raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Suhbatdan oʻtmaganda yoki suhbatga kelmaganda komissiya tomonidan keyinchalik arizachini xabardor qilgan holda malaka attestatini berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Suhbatdan oʻtmagan yoki suhbatga kelmagan shaxs korporativ boshqaruvchi maxsus dasturi boʻyicha oʻquv kurslari tugagan kundan bir yil mobaynida umumiy tartibda 3-martadan koʻp boʻlmagan takroriy arizalar berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Suhbatdan oʻtgan shaxs komissiyaning malaka attestatini berish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingandan soʻng 3 oy muddatda Oliy maktabga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida qiymat toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjatining nusxasini taqdim etadi. Shundan soʻng Olyi maktab tomonidan 3 kun muddatda malaka attestati rasmiylashtiriladi va beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizachi tomonidan 3 oy muddatda Oliy maktabga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida qiymat toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjatining nusxasi taqdim etilmaganda komissiya qarorining ushbu arizachiga malaka attestatini berish boʻyicha qismi haqiqiy emas deb hisoblanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2019-yil 28-iyundagi 116-1, 04-25/01-17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2755-2, 12.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2019-y., 10/19/2755-2/3413-son — 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Malaka attestatining amal qilish muddati 5 yilni tashkil etadi va uzaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Malaka attestati blankasi qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Malaka attestati blankasi mazkur Nizomga ilovaga muvofiq shaklda tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob Malaka attestatini qayta rasmiylashtirish va uning dublikatini berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Malaka attestatini qayta rasmiylashtirish unda koʻrsatilgan pasport maʼlumotlarining oʻzgarishi munosabati bilan amalga oshiriladi. Buning uchun malaka attestatining egasi Oliy maktabga quyidagilarni taqdim etadi:
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2019-yil 11-martdagi 53, 01/10-10/52-sonli qarori (roʻyxat raqami 2755-1, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2019-y., 10/19/2755-1/2778-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka attestatini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta rasmiylashtirilishi lozim boʻlgan malaka attestatining asl nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasport maʼlumotlariga kiritilgan oʻzgarishlarni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka attestatini olishda toʻlanadigan qiymatning yarmi miqdori toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjatining nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Malaka attestatini qayta rasmiylashtirish mazkur Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 5 kun mobaynida avval berilgan malaka attestatining qolgan amal qilish muddatiga malaka attestatining yangi blankasini berish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avval berilgan malaka attestatining blankasi yoʻq qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Malaka attestatining dublikati yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan malaka attestatining oʻrniga beriladi. Buning uchun malaka attestatining egasi Oliy maktabga quyidagilarni taqdim etadi:
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2019-yil 11-martdagi 53, 01/10-10/52-sonli qarori (roʻyxat raqami 2755-1, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2019-y., 10/19/2755-1/2778-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka attestatining dublikatini berish toʻgʻrisidagi ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaroqsiz xolga kelgan malaka attestatining asl nusxasi (malaka attestati yaroqsiz holga kelganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka attestatini olishda toʻlanadigan qiymatning yarmi miqdori toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjatining nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Malaka attestatining dublikatini berish mazkur Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 5 kun mobaynida avval berilgan malaka attestatining qolgan amal qilish muddatiga yuqori oʻng burchagida “Dublikat” soʻzi koʻrsatilgan malaka attestatining yangi blankasini berish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaroqsiz xolga kelgan avval berilgan malaka attestatining blankasi yoʻq qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Oliy maktab malaka attestatiga ega boʻlgan shaxslar reyestrini yuritadi, unda quyidagilar koʻrsatiladi:
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2019-yil 11-martdagi 53, 01/10-10/52-sonli qarori (roʻyxat raqami 2755-1, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2019-y., 10/19/2755-1/2778-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka attestati berilgan sana va raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka attestatiga ega boʻlgan shaxslarning pasport, bogʻlanish maʼlumotlari va ish joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta rasmiylashtirilgan malaka attestatlari va ularning dublikatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 11-yanvar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korporativ boshqaruv ilmiy-taʼlim markazi direktori B. GANIXODJAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 11-yanvar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI NUZURIDAGI LOYINA BOSNQARUVI MILLIY AGENTLIGI QOSNIDAGI ABU RAYNON BERUNIY NOMIDAGI BIZNES VA BOSNQARUV RESPUBLIKA OLIY MAKTABI


REPUBLICAN GRADUATE SCNOOL OF BUSINESS AND MANAGEMENT NAMED AFTER ABU RAYNAN BERUNI UNDER TNE NATIONAL AGENCY OF PROJECT MANAGEMENT UNDER TNE PRESIDENT OF TNE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

‎Tartib raqami ________________ ‎‎______________________-son

‎‎KORPORATIV BOSNQARUVCNINING MALAKA ATTESTATI

‎‎___________________________________________________________________________________________

‎‎(malaka attestati berilgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎pasport maʼlumotlari: __________________________________________________________________________
‎‎20___ yil “_____” ____________dan 20___ yil “_____” ____________gacha amal qiladi.
‎‎____________________________________ ‎‎____________________________________

‎‎(F.I.O.)

‎‎(imzo)

M.Oʼ.‎
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2019-yil 11-martdagi 53, 01/10-10/52-sonli qarori (roʻyxat raqami 2755-1, 16.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2019-y., 10/19/2755-1/2778-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 4-son, 39-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2019-y., 10/19/2755-1/2778-son, 12.07.2019-y., 10/19/2755-2/3413-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)