Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021 16.03.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2755-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining qarori, 16.03.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2755-1
Kuchga kirish sanasi
18.03.2019
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 16-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2755-1]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi boʻyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi va “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3930-son “Korporativ, loyiha boshqaruvi va davlat xaridlari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3150-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi va 2019-yil 14-yanvardagi PQ-4112-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2016-yil 11-yanvardagi 110, 01/03-26/29-son (roʻyxat raqami 2755, 2016-yil 28-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 4-son, 39-modda) qarori bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzgartirishlarning 1-bandi yettinchi xatboshisi 2019-yil 1-iyuldan kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori D. LI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 11-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori N. JOʻRAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 11-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
01/10-10/52-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2019-yil 11-martdagi 53, 01/10-10/52-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korporativ boshqaruvchi malaka attestatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Korporativ boshqaruvchi malaka attestati (bundan buyon matnda malaka attestati deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi (bundan buyon matnda Oliy maktab deb yuritiladi) tomonidan korporativ boshqaruv sohasida malaka mavjudligini tasdiqlash uchun beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xoʻjalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat ulushi boʻyicha davlatning ishonchli vakillari va kuzatuv kengashi aʼzolari sifatida tayinlanadigan shaxslar malaka attestatini olishi shart, quyidagilar bundan mustasno:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) xodimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi tomonidan kuzatuv kengashi aʼzosi sifatida ilgari surilgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuzatuv kengashining davlat ulushi boʻyicha mustaqil aʼzosi sifatida ilgari surilgan, tegishli tarmoqda ish tajribasiga ega boʻlgan, shu jumladan xorijiy shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kuzatuv kengashi tarkibiga kiritish uchun malaka attestatiga ega nomzodlar belgilangan muddatlarda taqdim etilmagan xoʻjalik jamiyatlarining aksiyadorlari (ishtirokchilari) hisoblangan mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlari — belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan nomzodlar tasdiqlangunga qadar muddatda. Bunda ushbu rahbarlar mazkur muddat mobaynida oʻzining oʻrniga yoki qoʻshimcha ravishda oʻzining xodimlarini kuzatuv kengashi tarkibiga nomzod sifatida tayinlash huquqiga ega.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 3 va 14-bandlardagi “Markazning” degan soʻz “Oliy maktabning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 5, 22 va 24-bandlardagi “Markazga” degan soʻz “Oliy maktabga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 8, 11 va 26-bandlardagi “Markaz” degan soʻz “Oliy maktab” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“9. Suhbat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Agentlik va Oliy maktabning masʼul xodimlaridan iborat tarkibdagi komissiya tomonidan oʻtkaziladi. Komissiya tarkibiga qoʻshimcha ravishda boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillari kiritilishi mumkin. Komissiyaning shaxsiy tarkibi Oliy maktab direktori qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya aʼzolarining soni 9 kishidan kam boʻlmasligi kerak. Komissiyaning raisi Oliy maktab direktori, uning yoʻqligida esa oʻrnini bosuvchi shaxs hisoblanadi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“19. Suhbatdan oʻtgan shaxs komissiyaning malaka attestatini berish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingandan soʻng 3 oy muddatda Oliy maktabga eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida qiymat toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjatining nusxasini taqdim etadi. Shundan soʻng Olyi maktab tomonidan 3 kun muddatda malaka attestati rasmiylashtiriladi va beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizachi tomonidan 3 oy muddatda Oliy maktabga eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida qiymat toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjatining nusxasi taqdim etilmaganda komissiya qarorining ushbu arizachiga malaka attestatini berish boʻyicha qismi haqiqiy emas deb hisoblanadi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ilovadagi “KORPORATIV BOSNQARUV ILMIY-TAʼLIM MARKAZI” hamda “SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL CENTER FOR CORPORATE GOVERNANCE” degan soʻzlar tegishli ravishda “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI NUZURIDAGI LOYINA BOSNQARUVI MILLIY AGENTLIGI QOSNIDAGI ABU RAYNON BERUNIY NOMIDAGI BIZNES VA BOSNQARUV RESPUBLIKA OLIY MAKTABI” hamda “REPUBLICAN GRADUATE SCNOOL OF BUSINESS AND MANAGEMENT NAMED AFTER ABU RAYNAN BERUNI UNDER TNE NATIONAL AGENCY OF PROJECT MANAGEMENT UNDER TNE PRESIDENT OF TNE REPUBLIC OF UZBEKISTAN” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi direktori R. ABDURAUPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 5-mart
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2019-y., 10/19/2755-1/2778-son)