T/r | Chora-tadbirlarning nomlanishi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddatlari | Mas’ul ijrochilar |
I. XALQARO TAJRIBANI ChUQUR O‘RGANISh ASOSIDA KORPORATIV BOShQARUVNING ZAMONAVIY USLUBLARINI JORIY ETISh |
1. | Aksiyadorlik jamiyatlarida namunaviy tashkiliy tuzilmani ular faoliyatining tarmoq xususiyati va ko‘lamini hisobga olgan holda joriy eti�. | Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlari qarorlari | 2015 yil avgust | Davlat raqobat qo‘mitasi, xo‘jalik boshqaruvi organlari, aksiyadorlik jamiyatlari |
2. | Aksiyadorlik jamiyatlarini umum qabul qilingan xalqaro amaliyot standartlari va talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan tanqidiy tahlil qilish, hamda tashkiliy tuzilmani takomillashtirish, chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar bundan mustasno. | Komissiya qarori | 2015 yil iyul | Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi |
3. | “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblari klassifikatori”ga aksiyadorlik jamiyatlarining ma’qullangan namunaviy tuzilmasidan kelib chiqadigan o‘zgartirishlar kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2015 yil may | Mehnat vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi |
4. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi Korporativ boshqaruv Kodeksini ishlab chiqish: korporativ boshqaruvning ilg‘or uslublarini joriy etish bo‘yicha tavsiyalar, jumladan, uzoq muddatli istiqboldagi rivojlanish strategiyasi va vazifalari, ichki nazorat tizimlari va ijro organining aksiyadorlar hamda investorlar bilan samarali o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini belgilash; aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining ko‘lami, tarmoq xususiyatlari va yo‘nalishlarini inobatga olgan holda, namunaviy tashkiliy tuzilmani joriy qilish; aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining ochiqligini oshirish, ular tomonidan xalqaro standartlar asosida audit va moliyaviy hisobot axborotini nashr qilish. | Komissiya qarori | 2015 yil avgust | Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi |
5. | Belgilangan talablarga javob ber?aydigan aksiyadorlik jamiyatlarini tugatish yoki qayta tashkil etish �oralarini ko‘rish. | Ta’sischilar va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi davlat organlari qarorlari, sud qarorlari | 2015 yil III chorak | Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi |
6. | Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish. | Hukumat qarori loyihasi | 2015 yil iyun | Davlat raqobat qo‘mitasi, Moliya v�zirligi |
7. | Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini chuqur tahlil qilish va boshqaruv xodimlari faoliyatining samaradorligi natijalari bo‘yicha baholash. | Komissiya qarori | 2015 yil iyul | Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi, tijorat banklari |
8. | Raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish, ishlab chiqariladigan mahsulotni sotish uchun yangi bozorlarni izlash va olib chiqishning muhim tamoyillariga asoslangan aksiyadorlik jamiyatlarining moliya va iqtisodiy samaradorligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish. | Dasturlar ishlab chiqish | 2015 yil oktyabr | Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi, tijorat banklari |
9. | Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish bo‘yicha Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining texnik ko‘maklashish loyihasini amalga oshirish va ularga salohiyatli chet el investorlarini jalb qilish. | Texnik ko‘mak loyihasi | 2015-2016 yy. | Davlat raqobat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
10. | Aksiyadorlik va boshqa xo‘jalik jamiyatlari tomonidan ular haqidagi axborotni oshkor qilishning belgilangan tartibi buzilgan holda amalga oshirilgan bitimlar va boshqa harakatlarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida talabni joriy qilish. | Oliy xo‘jalik sudi plenumi qarori | 2015 yil IV chorak | Oliy xo‘jalik sudi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Adliya vazirligi |
11. | Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitalini ko‘paytirish faqatgina qo‘shimcha aksiyalarni chiqarish va joylashtirish orqali amalga oshiriladi. | Qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish | 2016 yil I chorak | Davlat raqobat qo‘mitasi, Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi |
12. | Respublikada korporativ hodisalarni muntazam yoritib boruvchi tele va radioko‘rsatuvlarni (“Korporativ yangiliklar”), shu jumladan Internet tarmoqlarida tashkil qilish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2015 yil IV chorakdan | O‘MTRK, Davlat raqobat qo‘mitasi, Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, “Toshkent” RFB |
13. | Har yili tashkil etiladigan “Eng yaxshi korporativ boshqaruv”, “Eng yaxshi investitsiya vositachisi” va “Eng yaxshi investitsiya konsultanti” tanlovini amaliyotga joriy qilish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2016 yildan boshlab | Davlat raqobat qo‘mitasi, Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, “Toshkent” RFB, Savdo-sanoat palatasi |
II. AKSIYADORLIK JAMIYATLARIGA ChET EL INVESTITSIYaLARINI JALB QILISh UChUN QULAY ShART-ShAROITLAR YaRATISh, AKSIYADORLIK JAMIYATLARI FAOLIYATINING OChIQLIGI VA ShAFFOFLIGINI OShIRISh, HISOBGA OLISh VA HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARINI JORIY ETISh |
14. | Quyidagi yo‘llar orqali Aksiyadorlik jamiyatlarida xalqaro tajriba asosida boshqaruvning zamonaviy tizimlarini joriy etish: biznes-jarayonlarni takomillashtirish, asosiy ishlab chiqarish, ma’muriy va operatsiya jarayonlarini optimallashtirish; xo‘jalik jamiyatlarida sifatni boshqarish tizimini, shu jumladan ISO joriy etishni kengaytirish; zamonaviy moliyaviy menejmentni joriy etish, moddiy, investitsiya va boshqa resurslarni boshqarish; tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori malakali xorijiy menejerlarni jalb qilish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2015 yil III chorak | Vazirlar Mahkamasi ATD, vazirlik va idoralar, “O‘zstandart” agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
15. | Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan yillik moliyaviy hisobotlarni e’lon qilish va ularni Xalqaro audit standartlari va Xalqaro moliyaviy hisobotlar standartlariga muvofiqligi yuzasidan tashqi auditdan o‘tkazishni joriy etish. | Kompleks chora-tadbirlar | grafik bo‘yicha | Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi, aksiyadorlik jamiyatlari |
16. | Ustav kapitallarida davlat ulushi bo‘lgan, strategik xorijiy investorlarga sotiladigan aksiyadorlik jamiyatlari ro‘yxatini belgilash. Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga strategik xorijiy investorlarni jalb qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. | Hukumat qarori Kompleks chora-tadbirlar | 2015 yil aprel 2015-2016 yy. | Davlat raqobat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, TIAISV, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi |
17. | Davlat ulushi bo‘lmagan aksiyadorlik jamiyatlariga strategik xorijiy investorlarni jalb qilishga ko‘maklashish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2015-2016 yy. | TIAISV, Davlat raqobat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi
|
18. | “Toshkent” RFB valyuta savdo maydonchasi faoliyatini kengaytirish va faollashtirish, bunda xorijiy investorlar ishtirokidagi operatsiyalarga soliq solish tizimini soddalashtirish. | Qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish | 2015 yil III chorak | Davlat raqobat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, DSQ, TIAISV, Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, “Toshkent” RFB |
19. | Chet el investorlariga sotiladigan aksiyalar paketi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xorijiy ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan ixtisoslashtirilgan internet-saytlarda joylashtirish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2015-2016 yy. | TIAISV, “O‘zinfoinvest” agentligi, Moliya vazirligi |
20. | Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan oddiy aksiyalar bo‘yicha hisoblangan dividendlarni olishga bo‘lgan teng huquqlariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi. | Qonunga o‘zgartirish kiritish | 2015 yil III chorak | Davlat raqobat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi |
21. | Respublikada korporativ boshqaruv tizimi va fond bozorini rivojlantirish masalalari bo‘yicha Qimmatli qog‘ozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti (IOSCO)bilan hamkorlikni rivojlantirish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2015 yil IV chorak | Davlat raqobat qo‘mitasi, Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, TIAISV |
22. | Ustav kapitalida 50 foizdan ko‘p davlat ulushi bo‘lgan sanoat sohasi va iqtisodiyotning real sektoribo‘lgan boshqa tarmoqlaridagi xo‘jalik jamiyatlariga ularning 10 foizdan kam bo‘lmagan sof foydasini istiq?olli tadqiqotlarga, bozor talabidan kelib chiqib yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish va marketingga yo‘naltirish to‘g‘risida tavsiyalar ishlab chiqish. | Metodik tavsiyalar | 2015 yil IV chorak | Davlat raqobat qo‘mitasi, Moliya vazirligi |
III. AKSIYADORLIK JAMIYATLARI FAOLIYATIDA DAVLAT ORGANLARI, AKSIYADORLAR VA MENEJMENT O‘RTASIDA VAZIFA VA VAKOLATLARNI ANIQ ChEGARALASh |
23. | Ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lishidan qat’iy nazar xo‘jalik birlashmalari, aksiyadorlik va boshqa xo‘jalik jamiyatlari nomlanishidagi “davlat” so‘zlarini chiqarib tashlash. | Ta’sis hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish | 2015 yil sentyabr | Adliya vazirligi, xo‘jalik boshqaruvi organlari |
24. | Aksiyadorlik jamiyatlarining ijro organlari rahbarlarini tanlov orqali saralash amaliyotini joriy etish, chet el menejerlarini tayinlash mumkinligini nazarda tutish. | Jamiyatlar ustavlariga o‘zgartirishlar kiritish | 2015 yil 1-iyul | Adliya vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, TIAISV |
25. | Soliqqa oid yoki davlat oldidagi boshqa qarzdorlik hisobiga aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat ulushini shakllantirish yoki oshirishga xususiy aksiyadorlarning kamida uchdan ikki qismining roziligi bo‘lmaganda taqiq qo‘yish. | Qonunchi�ikka o‘zgartirishlar kiritish | 2016 yil I chorak | Davlat raqobat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
26. | Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik yoki boshqa xo‘jalik subyektlariga nisbatan tijorat tashkilotlari tuzish talablarini takomillashtirish. | Hukumat qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish | 2016 yil I chorak | Davlat raqobat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi |
27. | Huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari va davlat hokimiyat organlari hamda ularning mansabdor shaxslariga: bitimlar bo‘yicha normativ hujjatlar qabul qilishga, aksiyadorlik jamiyatlariga buyruqlar va boshqa ko‘rsatmalar berishga, foydani bo‘lishishga, boshqaruvchi xodimlarni yollashga va xo‘jalik jamiyatlarining boshqaruv organlari vakolatiga tegishli boshqa masalalar bo‘yicha, qonunchilikda nazarda tutilgan alohida holatlar bundan mustasno; aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv organlari a’zolariga moliyaviy yo‘qotishlarga sabab bo‘lgan biznes-xatarlarni qabul qilish asosida o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari uchun javobgarlik choralari qo‘llashni taqiqlashni belgilash. | Qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish | doimiy | Adliya vazirligi, Boshprokuratura, Davlat raqobat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi |
28. | Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish xizmatlariga haq to‘lashning amaldagi tartibini takomillashtirish, bunda davlat aktivlarini boshqarishga to‘lanadigan haq miqdori biznes-reja parametrlarini bajarganligiga yanada bog‘liqligini nazarda tutish. | Normativ hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish | 2015 yil III chorak | Davlat raqobat qo‘mitasi, Moliya vazirligi |
29. | Jamiyatni boshqarishda aksiyadorlarning ishtirok etish huquqlari buzilganligi uchun davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslari va aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlariga ma’muriy javobgarlikni joriy etish. | Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksga o‘zgartirishlar kiritish | 2015 yil IV chorak | Adliya vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi |
30. | Energetika, neftgaz, kimyo, temir yo‘l, paxta tozalash, tegirmon, farmatsevtika sanoati, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, qattiq metallarni qayta ishlash korxonalari va kommunikatsiya texnologiyalari sohasida davlat ulushini xo‘jalik boshqaruvi organlarining ustav kapitaliga berish. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2015 yil III chorak | Davlat raqobat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
IV. AKSIYADORLIK JAMIYATLARINI STRATEGIK BOShQARISh VA FAOLIYATI USTIDAN NAZORATNI TA’MINLAShDA AKS�YaDORLAR, ShU JUMLADAN MINORITAR AKSIYADORLARNING ROLINI OShIRISh |
31. | Aksiyadorlarga, shu jumladan minoritar aksiyadorlarga ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida xo‘jalik sudiga shikoyat kiritishbilan davlat boji to‘lash, shu jumladan keyinchalik uni aybdor tomonidan undirishbilan dividendlarni to‘lash bo‘yicha kechiktirishlarni taqdim etish. | Qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish | 2015 yil III chorak | Adliya vazirligi, Oliy xo‘jalik sudi, Davlat raqobat qo‘mitasi |
32. | Paketlarni lotlarga bo‘lishni optimallashtirishni nazarda tutgan holda tashkil etilgan savdolarda aksiyalar paketini joylashtirish va muomalaga kiritish tartibini takomillashtirish. | Savdolar tashkilotchilarining qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish | 2015 yil III chorak | Davlat raqobat qo‘mitasi, Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, “Toshkent” RFB |
33. | Tashkil etilgan savdolarda jismoniy shaxslar o‘rtasida aksiyalarning oldi-sotdi kelishuvlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zaro hisob-kitobni nazarda tutgan holda hisob-kitob kliring xizmat ko‘rsatishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish. | Savdolar tashkilotchilarining qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish | 2015 yil IV chorak | Davlat raqobat qo‘mitasi, “Toshkent” RFB, Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi |
34. | Aksiyadorlarning biri 50 va undan ortiq foizda jamiyatning aksiyalarini sotib olganda boshqa aksiyadorlar unga bozor narxida o‘zlarining aksiyalarini belgilangan tartibda sotish huquqiga ega bo‘lish tartibini joriy etish. | Qonunchilikka o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish | 2016 yil II chorak | Davlat raqobat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi |
V. KORPORATIV BOShQARUV SOHASIDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISh |
35. | Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi veb-sayti negizida Korporativ axborot yagona portalini yaratish, bunda xalqaro normalarni hisobga olgan holda quyidagilarni joylashtirish: moliya hisoboti va auditorlik xulosalari; aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatidagi muhim faktlar to‘g‘risida ma’lumot; emissiyalar prospekti, joylashtiriladigan aksiyalar, aksiyadorlik kapitali miqdori va salohiyatli investorlar uchun boshqa ma’lumotlar; korporativ boshqaruv va qimmatli qog‘ozlar bozori masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy bazadagi o‘zgarishlar. | Korporativ axborotning yagona portalini yaratish | 2015 yil IV chorak | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Davlat raqobat qo‘mitasi |
36. | Xalqaro tajriba asosida aksiyadorlik jamiyatlarida investitsiya va ishlab chiqarish jarayonlarini, moddiy va moliyaviy resurslarni (ERP va boshqa dasturiy mahsulotlar) boshqarishning zamonaviy axborot tizimlarini joriy etish. | Loyihalarni amalga oshirish | grafiklar bo‘yicha | Vazirlar Mahkamasi ATD, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirlik va idoralar |
37. | Quyidagilarni nazarda tutgan holda davlat aktivlarini hisoblash tizimini takomillashtirish: interaktiv o‘zaro hamkorlik qilish imkonini yaratgan holda davlat aktivlarini boshqarishning elektron ma’lumotlar bazasini yaratish; xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonalarida davlat ulushining markazlashtirilgan hisobini yuritish; | Vazirlar Mahkamasi qarori dasturiy mahsulot ishlab chiqish | 2016 yil I chorak 2016yil III chorak
| Davlat raqobat qo‘mitasi,Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi |
davlat aktivlarining yagona ro‘yxatini investorlarga sotish uchun taklif qilinadigan obyektlar (ulushlar, aksiyalar, DUK) ko‘rsatilgan holda shakllantirish va Internet tarmog‘ida e’lon qilish. |
|
VI. QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORINI, AYNIQSA IKKILAMChI BOZORNI YANADA RIVOJLANTIRISh, UNING AXBOROT-TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLASh |
38. | Qimmatli qog‘ozlar bozorini modernizatsiya qilish bo‘yicha Koreya fond birjasi bilan hamkorlikni kengaytirish, bunda fond bozori uchun zamonaviy Yagona dasturiy-texnik kompleksini joriy etishni nazarda tutish. | Kompleksni joriy qilish | 2016 yil IV chorak | Davlat raqobat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank |
39. | Koreya fond birjasi tomonidan joriy etiladigan Yagona dasturiy-texnik kompleksi negizidagi qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi qoshida axborot-resurs markazini tashkil etish. | Axborot-resurs markazini tashkil etish | 2016 yil I chorak | Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi |
40. | Fond bozorida investitsiya xatarlarida tegishli cheklovlarni ko‘rib chiqqan holda qimmatli qog‘ozlar bozori likvidligini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarni o‘ziga oladigan market-meyker investitsion vositachilarni yaratish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2016 yil II chorak | Tijorat banklari va sug‘urta kompaniyalari, Davlat raqobat qo‘mitasi, Markaziy bank, Moliya vazirligi |
41. | Qimmatli qog‘ozlar savdolari tashkilotchilari ma’lumotlar bazalari va zaxira savdolarni axborot tahliliy kuzatib borishning texnologik jihatdan yangilab boriladigan axborot tizimini yaratish hamda respublika birja markazini modernizatsiya qilish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2016 yil III chorak | Davlat raqobat qo‘mitasi, “Toshkent” RFB, Toshkent shahar hokimligi, Moliya vazirligi |
42. | Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha komissiyalar xalqaro tashkiloti, xorijiy davlatlarning qimmatli qog‘ozlar bozori va fond birjalarini tartibga soluvchi vakillari, korporativ boshqaruv va moliya bozori sohasidagi tadqiqot markazlari bilan birgalikda xalqaro konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlar o‘tkazish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2016 yildan boshlab har yili | Davlat raqobat qo‘mitasi, Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi, Banklar Assotsiatsiyasi, Moliya vazirligi |
VII. KORPORATIV BOShQARUV SOHASIDA KADRLAR TAYYORLASh VA MALAKASINI OShIRISh |
43. | Davlatulushiga ega aksiyadorlik jamiyatlari, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari tarkibini bozor iqtisodiyoti va korporativ boshqaruvning asoslari, menejment va marketing, zamonaviy ishlab chiqarish prinsiplari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek, ular boshqarayotgan korxonalarning amaldagi holatini attestatsiyadan o‘tkazish. | Komissiya qarori | grafik bo‘yicha | Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi |
44. | Attestatsiyayakunlari bo‘yicha vakant lavozimlarga yangicha fikrlaydigan, belgilangan talablarga javob beradigan yuqori malakali rahbarlar, shuningdek, xo?ijiy menejerlarni jalb etish choralarini ko‘rish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2015 yil IV chorak | Vazirlar Mahkamasi ATD, vazirlik va idoralar, aksiyadorlik jamiyatlari |
45. | Germaniya hamda boshqa iqtisodiy rivojlangan davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalarini jalb etgan holda, tugatiladigan Oliy biznes maktabi negizida Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazini tashkil etish. | Vazirlar Mahkamasi qarori | 2015 yil 1-iyunga qadar | Davlat raqobat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |
46. | Korporativ boshqaruvchi malakasiga ega attestati mavjud shaxslardan davlatning ishonchli va davlat ulushi bo‘yicha xo‘jalik jamiyatlarining kuzatuv kengashi a’zolarini tayinlashni amaliyotga joriy etish. | Normativ-huquqiy hujjat | 2016 yil 1 yanvardan | Davlat raqobat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi |