19.06.2015 yildagi 282-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining da’vo muddatiga oid normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining da’vo muddatini qo‘llashga oid normalarini to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Fuqarolik qonun hujjatlarining da’vo muddatiga oid normalarini qo‘llashda iqtisodiy sudlar (bundan buyon matnda sudlar deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) va boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya qilishi lozim.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. FK 2-moddasining oltinchi qismiga ko‘ra bir tarafning ikkinchi tarafga ma’muriy bo‘ysunishiga asoslangan mulkiy munosabatlarga, shu jumladan soliq, moliyaviy va boshqa ma’muriy-huquqiy munosabatlarga nisbatan fuqarolik qonun hujjatlari qo‘llanilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Sudlar inobatga olishi lozimki, ushbu qoida da’vo muddatiga oid qonun hujjatlarini qo‘llashda ham tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. FKning 149-moddasiga ko‘ra da’vo muddati — shaxs o‘zining buzilgan huquqini da’vo qo‘zg‘atish yo‘li bilan himoya qilishi mumkin bo‘lgan muddatdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan talabnoma berish muddati da’vo muddati hisoblanmasligiga e’tibor berishi lozim. Talabnoma berish muddati bu nizoni sudgacha hal qilish tartibi hisoblanadi. Xususan, aksiyadorning o‘ziga tegishli aksiyalarni qaytarib sotib olish to‘g‘risidagi talabi bo‘yicha (“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 41-moddasi), temir yo‘lda yuk tashishda yuk tashuvchiga nisbatan bildiriladigan talablar bo‘yicha (O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l Ustavining 152-bandi), yo‘lovchilar va bagajni tashish bo‘yicha yuzaga keladigan nizolar (O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksining 124 va 125-moddalari, Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish qoidalarining 124, 125-bandlari) bo‘yicha talabnoma berish tartibi o‘rnatilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sudlar inobatga olishlari lozimki, FKning 150-moddasida ko‘rsatilgan uch yillik da’vo muddati, qonun hujjatlarida ushbu muddatga qaraganda qisqartirilgan yoki uzaytirilgan, shuningdek da’vo muddati joriy qilinmaydigan talablardan tashqari fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan barcha talablarga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ayrim turdagi talablar uchun qonun hujjatlarida umumiy da’vo muddatiga qaraganda qisqartirilgan yoki uzaytirilgan maxsus da’vo muddatlari belgilanishi mumkin. Xususan, yuk tashish shartnomasidan kelib chiqadigan (FKning 724-moddasi), mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi (“Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 41-moddasi), emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlarni haqiqiy emas deb topish, emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini, emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish jarayonida tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb topish (“Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 62-moddasi), temir yo‘l Ustavidan kelib chiqadigan da’volar bo‘yicha (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l Ustavining 155, 156-bandlari) maxsus da’vo muddatlari belgilangan. Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, FKning 152 — 162-moddalarining qoidalari maxsus da’vo muddatlariga ham joriy qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. FK 152-moddasining birinchi qismiga ko‘ra da’vo muddatlari va ularni hisoblash tartibi taraflarning kelishuvi bilan o‘zgartirilishi mumkin emas. Shu munosabat bilan sudlar inobatga olishi kerakki, ishni ko‘rish jarayonida da’vo muddatlari va ularni hisoblash tartibi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning kelishuvi bilan o‘zgartirilganligi aniqlansa, bunday kelishuv FKning 116-moddasiga asosan o‘z-o‘zidan haqiqiy emas hisoblanadi hamda sud tomonidan inobatga olinmaydi. Bu haqida sud hujjatining asoslantiruvchi qismida ko‘rsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Buzilgan huquqni himoya qilish talabi, da’vo muddatining o‘tganligidan qat’i nazar, sudda ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi (FKning 153-moddasi). Shuning uchun da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ishni sudda ko‘rish uchun tayyorlash paytida da’vo arizasida bildirilgan talab bo‘yicha da’vo muddati o‘tganligi aniqlansa, bu holat da’vo arizasini qabul qilishni rad etish yoki uni qaytarish uchun asos bo‘lmasligi inobatga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. FK 153-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra da’vo muddati sud tomonidan faqat nizodagi tarafning qaror chiqarilgunigacha bergan arizasiga muvofiq qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunda da’vo muddatini qo‘llash haqidagi ariza qanday shaklda berilishi ko‘rsatilmaganligi sababli, bunday ariza ham og‘zaki bildirilishi, ham yozma shaklda berilishi mumkinligini inobatga olish lozim. Arizaning og‘zaki bildirilganligi, albatta, muhokama qilinishi va bu haqida sud majlisi bayonnomasida ko‘rsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.1. Sudlarga tushuntirilsinki, da’vo arizasi yuzasidan berilgan fikr-mulohazada bildirilgan talab bo‘yicha da’vo muddati o‘tganligi bilan bir qatorda boshqa asoslar ham ko‘rsatilib, bildirilgan talabni qanoatlantirishni rad etish, da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirish yoki ish yuritishni tugatish masalasi qo‘yilgan bo‘lsa ham, uni da’vo muddatini qo‘llash haqidagi ariza sifatida qabul qilish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.2. Da’vo muddatini qo‘llash haqidagi arizani berishga javobgar haqli. Agar bunday ariza ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar tomonidan berilgan bo‘lsa, u inobatga olinmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastlabki da’vo talabiga nisbatan qarshi da’vo bildirilgan taqdirda, da’vo muddatini qo‘llash haqidagi ariza dastlabki da’vo bo‘yicha da’vogar hisoblangan shaxs tomonidan ham berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.3. Sudlar inobatga olishi lozimki, agar ishda bir nechta javobgar ishtirok etayotgan bo‘lib, ulardan qaysi biri da’vo muddatini qo‘llash haqida ariza bersa, da’vo muddati faqat o‘sha shaxsga nisbatan qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.4. Agar bitta da’vo arizasida bir nechta mustaqil talab bildirilgan bo‘lib, ularning ba’zilari bo‘yicha da’vo muddati o‘tgan, ba’zilari bo‘yicha o‘tmagan bo‘lsa, da’vo muddati o‘tmagan talablar bo‘yicha da’vo muddati o‘tganligini asos qilib, da’voni qanoatlantirishni rad etish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.5. Da’vo muddati o‘tganligi haqida nizodagi tarafning (javobgarning) arizasini ko‘rib chiqishda, birinchi instansiya sudi da’vo muddati o‘tmaganligi yoki talab bo‘yicha da’vo muddati qo‘llanilmasligini aniqlasa, yoxud da’vo muddati tiklanishi (da’vogarning arizasiga muvofiq yoxud o‘z tashabbusi bilan) lozim degan xulosaga kelsa, da’vo muddati o‘tganligi sababli da’voni rad qilish to‘g‘risidagi javobgarning arizasi qanoatlantirilmaganligi haqida ajrim chiqarib, nizo mazmunan ko‘rib chiqilishini e’lon qiladi. Bunday ajrim ustidan yakuniy sud hujjati bilan birga shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
(8.5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-noyabrdagi 33-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar da’vo muddati o‘tgan bo‘lib, uni tiklash haqidagi da’vogarning iltimosnomasi qanoatlantirilmasa, sud da’voni rad etish haqida hal qiluv qarori qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sudlarga tushuntirilsinki, da’vo muddatini qo‘llash haqidagi ariza faqatgina birinchi instansiya sudi tomonidan ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha sud hujjati qabul qilingunga qadar berilishi mumkin. Agar bunday ariza ishni apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudlarida ko‘rish jarayonida berilsa, u qanoatlantirilmaydi va bu haqida sud hujjatining asoslantiruvchi qismida ko‘rsatiladi, bundan ish apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyalari tomonidan ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rish holati mustasno.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birinchi instansiya sudi tomonidan qabul qilingan sud hujjati yuqori instansiya sudi tomonidan bekor qilinib, ish yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborilgan taqdirda, da’vo muddatini qo‘llash haqidagi ariza umumiy tartibda berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Da’vo muddatini qo‘llash to‘g‘risidagi nizodagi taraf bayon qilgan da’vo muddatining o‘tishi sudning da’voni rad etish haqida qaror chiqarishi uchun asos bo‘ladi (FK 153-moddasining uchinchi qismi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Da’vo muddati o‘tganligi sababli da’vo rad qilingan taqdirda, sud hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida nizodagi taraf da’vo muddatini qo‘llash haqida ariza berganligini bayon qilishi va ushbu muddat o‘tganligini asoslashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. FK 154-moddasining birinchi qismiga ko‘ra da’vo muddati shaxs o‘zining huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan o‘ta boshlaydi. Bu qoidadan istisnolar FK va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuning uchun bildirilgan talab bo‘yicha da’vo muddatini hisoblashda shaxs o‘zining huquqi buzilganligini qachon bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kunni aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan ijro muddatiga ega bo‘lgan yoki ijro etish muddati belgilanmagan yoxud talab qilish payti ijro etish muddati bilan belgilangan, shuningdek regress majburiyatlar bo‘yicha da’vo muddatining o‘ta boshlashi payti FK 154-moddasining ikkinchi — to‘rtinchi qismlarida belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11.1. Da’vo muddati uzilishini aniqlashda da’vo kim tomonidan, ya’ni huquqi buzilgan shaxsning o‘zi yoki uning manfaatida da’vo taqdim etgan shaxs (prokuror, davlat organi yoki boshqalar) tomonidan taqdim etilganligining ahamiyati yo‘q.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11.2. Majburiyatdagi shaxslarning o‘zgarishi (FKning 155-moddasi) da’vo muddati va uni hisoblash tartibining o‘zgarishiga olib kelmasligini sudlar inobatga olishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugatilayotgan yuridik shaxsning tugatish komissiyasi (tugatish boshqaruvchisi) tomonidan bildirilgan talablar bo‘yicha da’vo muddati, tugatish komissiyasi (tugatish boshqaruvchisi) tayinlangan kundan emas, balki tugatilayotgan yuridik shaxsning o‘z huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan o‘ta boshlaydi. Yangi tayinlangan (saylangan) yuridik shaxs rahbari tomonidan da’vo muddatini o‘ta boshlashi u tayinlangan (saylangan) kundan boshlab hisoblanishi lozimligi haqida vaj bildirilganda ham xuddi shu qoida tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sudlarga tushuntirilsinki, FK 156-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan da’vo muddati o‘tishining to‘xtatilishi uchun asos bo‘luvchi holatlar qat’iydir va uni kengaytirilgan tarzda talqin qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi, FK 158-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar taraflarning kelishuvida da’vo muddati o‘tishining to‘xtatilishi uchun boshqa holatlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, ularga mazkur qarorning 6-bandi qoidalari qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. FKning 157-moddasiga ko‘ra da’vo muddatining o‘tishi belgilangan tartibda da’vo qo‘zg‘atilishi bilan, shuningdek majbur shaxs qarzni tan olganligini ko‘rsatuvchi harakatlarni qilishi bilan uziladi. Uzilishdan keyin da’vo muddatining o‘tishi yangidan boshlanadi, uzilishgacha o‘tgan vaqt esa yangi muddatga qo‘shilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Da’vo muddati o‘tishining uzilishi muhim ahamiyatga ega ekanligini inobatga olib, sudlar majbur shaxsning da’voni tan olganligini ko‘rsatuvchi harakatlariga huquqiy baho berishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13.1. Sudlar da’vo muddatining o‘tishi belgilangan tartibda da’vo arizasi taqdim etilishi bilan uzilishini inobatga olishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13.2. Da’vo arizasi sudga taqdim etilgan yoki aloqa tashkilotiga topshirilgan, yoxud elektron shaklda yuborilgan kun da’vo arizasi taqdim etilgan kun hisoblanadi va shu kundan boshlab da’vo muddatining o‘tishi uziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13.3. Majbur shaxsning qarzni tan olganligini ko‘rsatuvchi harakatlari quyidagilar bo‘lishi mumkin: majburiyatning bir qismi bajarilganligi (qarzning bir qismi to‘langanligi); taqqoslash dalolatnomasi tuzilganligi; bankdagi hisob raqamga qo‘yilgan to‘lov talabnomasining akseptlanishi; qarz tan olinganligi aniq bayon etilgan xat-xabar yoki ma’lumotlarning berilganligi va h.k.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar qarz tan olinganligini ko‘rsatuvchi harakatlar majbur shaxsning vakolatli vakili tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi lozimligiga e’tibor qaratishlari lozim. Majbur shaxsning vakolatli vakili deganda, FKning 10-bobida belgilangan tartibda vakolati rasmiylashtirilgan shaxs tushuniladi. Agar bunday harakatlar vakolatsiz shaxs tomonidan amalga oshirilgan bo‘lsa, uning harakatlari qarzni tan olish deb baholanmasligi lozim. Sudlar inobatga olishlari kerakki, majbur shaxsning qarzni tan olganligini ko‘rsatuvchi harakatlar da’vo muddati davrida amalga oshirilgan bo‘lishi lozim. Agarda bunday harakatlar da’vo muddati o‘tgandan keyin amalga oshirilgan bo‘lib, nizoni ko‘rish paytida javobgar da’vo muddatini qo‘llashni so‘rasa, sud da’vo muddatini qo‘llaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Inobatga olish lozimki, sud tomonidan da’vo arizasini qabul qilish rad etilganda (IPKning 154-moddasi), da’vo arizasi qaytarilganda (IPKning 155-moddasi), sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish rad etilganda (IPKning 140-moddasi), sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza qaytarilganda (IPKning 141-moddasi), shuningdek sud buyrug‘ini berish rad etilganda (IPKning 144-moddasi) da’vo muddatining o‘tishi uzilmaydi. Da’vo arizasi (ariza) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etilganda va u sud tomonidan qabul qilingandagina da’vo muddatining o‘tishi uziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Da’vo arizasini qabul qilishni rad etish, da’vo arizasini qaytarish, sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etish, sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qaytarish, sud buyrug‘i berishni rad etish haqidagi ajrim yuqori instansiya sudi tomonidan bekor qilingan taqdirda, da’vo muddatining o‘tishi da’vo arizasi (ariza) dastlab berilgan kundan boshlab uzilgan hisoblanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. FK 158-moddasi birinchi qismining mazmuniga ko‘ra, IPKning 107-moddasiga asosan da’vo ko‘rmasdan qoldirilgan bo‘lsa, da’vo qo‘zg‘atilgunga qadar o‘ta boshlagan da’vo muddati umumiy tartibda davom etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FKda da’voni ko‘rmasdan qoldirish uchun asos bo‘lgan, ya’ni IPKning 107-moddasida ko‘rsatilgan birorta holatda, hatto da’vo IPK talablariga rioya etilgan holda berilgan bo‘lsa ham (IPK 107-moddasining 6 — 9-bandlari), da’vo muddatining uzilishi nazarda tutilmagan. Shu munosabat bilan sudlarga tushuntirilsinki, da’vo ko‘rmasdan qoldirilganda, FKning 157-moddasi qoidalari qo‘llanilmaydi, ya’ni ko‘rmasdan qoldirilgan da’vo arizasi bo‘yicha da’vo muddatining o‘tishi u berilgan paytdan uzilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Da’vo arizasini ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risidagi ajrim yuqori instansiya sudi tomonidan bekor qilingan taqdirda, da’vo muddatining o‘tishi da’vo arizasi sudga dastlab berilgan kundan boshlab uzilgan hisoblanadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15.1. FK 158-moddasining ikkinchi qismida jinoyat ishlari bo‘yicha sud tomonidan ko‘rilayotgan jinoyat ishi doirasida taqdim etilgan da’vo ko‘rmasdan qoldirilgan taqdirda, da’vo qo‘zg‘atilgunga qadar o‘ta boshlagan da’vo muddati da’vo ko‘rmasdan qoldirilgan hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar to‘xtatib turilishi, da’vo muddati to‘xtatib turilgan vaqt da’vo muddatiga qo‘shilmasligi nazarda tutilgan. Sudlarga tushuntirilsinki, bunday holatda da’vo muddati to‘xtatilgan kun, da’vo qo‘zg‘atilgan sana hisoblanadi. Bunda da’vo muddatining qolgan qismi olti oydan kam bo‘lsa, u olti oygacha uzaytiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. FK sud da’vo muddatining o‘tkazib yuborilganligi sababini uzrli deb topsa, buzilgan huquq himoya qilinishi kerakligini nazarda tutadi (FKning 159-moddasi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar inobatga olishi kerakki, FKda da’vo muddatining o‘tkazib yuborilganligi sababini uzrli deb topish va uni tiklash to‘g‘risida ariza berilishi shartligi nazarda tutilmagan. Shuning uchun, agar da’vo muddati o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa va javobgar tomonidan da’vo muddatini qo‘llash talab etilsa, sud da’vo muddatining o‘tkazib yuborilganligi sababini aniqlashi hamda ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarni da’vogardan talab qilib olishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Da’vogar tomonidan da’vo muddati o‘tkazib yuborilganligi sababini uzrli deb topish va uni tiklash to‘g‘risida ariza berilgan bo‘lsa hamda sud da’vo muddatining o‘tkazib yuborilganligi sababini uzrli deb topsa, o‘tkazib yuborilgan muddat tiklanishi va buzilgan huquq himoya qilinishi mumkin. Bunda javobgarning da’vo muddati o‘tganligi sababli da’voni rad etish to‘g‘risidagi arizasini qanoatlantirishni rad etish haqida ajrim chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FKda qaysi holatlar (sabablar) da’vo muddatining o‘tkazib yuborilganligini uzrli deb topish uchun asos bo‘lishi ko‘rsatilmagan. Shu munosabat bilan sudlar da’vo muddatini o‘tkazib yuborilishining sabablarini ushbu holatlarni tasdiqlash uchun taqdim etilgan dalillar bilan birga o‘rganishlari, ularni muhokama qilib, mazkur masala yuzasidan ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning fikrlarini eshitib, ularga huquqiy baho berishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar da’vo muddatining o‘tkazib yuborilganligini uzrli deb topish va ushbu muddatni tiklash to‘g‘risida ariza berilgan bo‘lsa, ushbu arizani ko‘rib chiqish natijasi hal qiluv qarorida ko‘rsatilishi kerak. Agar da’vo muddatining o‘tkazib yuborilganligini uzrli deb topish to‘g‘risida ariza berilmagan bo‘lsa, lekin sud da’vo muddati o‘tkazib yuborilishini uzrli deb topsa, bu haqida hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida bayon etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16.1. Da’vogar tomonidan o‘tkazib yuborilgan da’vo muddatini uzrli deb topish va uni tiklash haqida ariza faqatgina birinchi instansiya sudiga berilishi mumkin, ya’ni da’vo muddatining o‘tkazib yuborilganligi faqat birinchi instansiya sudi tomonidan uzrli deb topilishi mumkin. Bunday arizaning apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyasi sudida ko‘rilayotgan paytda berilishi o‘tkazib yuborilgan da’vo muddatini tiklash va buzilgan huquqni himoya qilinishi uchun asos bo‘la olmaydi, bundan ish apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyalari tomonidan ishni birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha ko‘rish holati mustasno.
(16.1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar da’vo muddati o‘tkazib yuborilishiga sabab bo‘lgan holat qancha muddat davom etganligini aniqlashlari lozim. Da’vo muddatining o‘tkazib yuborilgan muddati, uning o‘tkazib yuborilishiga sabab bo‘lgan holatning amal qilish muddatiga teng bo‘lsagina, ushbu muddat tiklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16.2. Da’vogar da’vo muddati o‘tganligini bilmagan holda da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan bo‘lsa va javobgar da’vo muddatini qo‘llashni so‘rasa, da’vogarning bu masala yuzasidan fikri eshitilishi kerak. Agar bunday holatda da’vogar da’vo muddati o‘tkazib yuborilishining sababini uzrli deb topish haqida ariza bersa, u muhokama qilinishi va huquqiy baho berilgan holda ushbu arizani qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish haqidagi masala hal qilinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Da’vo arizasiga da’vo muddatini tiklash haqida ariza ilova qilingan yoki da’vo arizasida da’vo muddatini tiklagan holda uni ish yuritishga qabul qilish so‘ralgan bo‘lsa, da’vo arizasi IPK talablari asosida berilgan taqdirda, u ish yuritishga qabul qilinishi kerak. Bunday holatda da’vo muddatini tiklash masalasi sud majlisida javobgar tomonidan da’vo muddatini qo‘llashni bayon qilgandagina hal qilinadi.
(16.2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16.3. Da’vo muddatini o‘tkazib yuborish sabablari da’vo muddatining oxirgi olti oyida, bu muddat olti oyga teng yoki olti oydan kam bo‘lsa, da’vo muddatida yuz bergan bo‘lsa, ular uzrli deb hisoblanishi mumkin. Xususan, da’vo muddati ikki oyga teng bo‘lgan talablar bo‘yicha da’vo muddatining o‘tkazib yuborilishining sababini uzrli deb topish uchun, bunday sabab aynan da’vo muddati, ya’ni ikki oy ichida sodir bo‘lgan bo‘lishi lozim. Bunday sabab ikki oylik muddat, ya’ni da’vo muddati o‘tganidan keyin yuz bergan bo‘lsa, uni uzrli deb topish va da’vo muddatini tiklashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. FKning 161-moddasi talablariga ko‘ra majbur shaxs o‘z majburiyatini da’vo muddati o‘tganidan keyin bajargan bo‘lsa, ijro etish paytida da’vo muddatining o‘tib ketganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lganligidan qat’iy nazar, bajargan narsasini qaytarishni talab qilishga haqli emas. Shuning uchun o‘z majburiyatini da’vo muddati o‘tganidan keyin ijro etgan shaxs ushbu harakat da’vo muddati o‘tganidan keyin amalga oshirilganligini asos qilib, bergan narsasini qaytarish haqidagi da’vo bilan murojaat qilsa, bunday da’voni qanoatlantirish rad etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17.1. Asosiy talab bo‘yicha da’vo muddati o‘tishi bilan qo‘shimcha talablar (neustoyka, garov, kafolat va shu kabilar) bo‘yicha da’vo muddati ham o‘tgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. FKning 163-moddasida da’vo muddati joriy qilinmaydigan talablar ro‘yxati keltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarga tushuntirilsinki, da’vo muddati joriy qilinmaydigan talablar bo‘yicha nizodagi taraf da’vo muddatini qo‘llashni bayon qilsa, ushbu arizani qanoatlantirish rad etilishi haqida sud hujjatining asoslantiruvchi qismida ko‘rsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FK 163-moddasining beshinchi xatboshisiga ko‘ra jinoyat tufayli yetkazilgan zararni to‘lash haqidagi talablarga da’vo muddati joriy qilinmaydi. Shuni inobatga olish lozimki, jinoyat tufayli yetkazilgan zarar qonuniy kuchga kirgan jinoyat ishlari bo‘yicha sudning hukmi, ajrimi, yoki tergov organining qarori bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18.1. Sudlar inobatga olishlari kerakki, mulkdor o‘z mol-mulkini boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish haqidagi talablarga (vindikatsion da’vo) nisbatan umumiy da’vo muddati qo‘llaniladi, FKning 231-moddasida qayd etilgan talablarga, ya’ni mulkdor o‘z huquqlarining har qanday buzilishini, garchi bu buzish egalik qilishdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmasa ham (negator da’vo), bartaraf etish haqidagi talablarga nisbatan esa da’vo muddati joriy qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18.2. FKning 163-moddasida qayd etilgan da’vo muddati joriy etilmaydigan talablar qat’iy emas. Qonunda belgilangan hollarda boshqa talablarga nisbatan ham da’vo muddatlari joriy qilinmasligi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Sudlarga tushuntirilsinki, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 35-moddasi talablaridan kelib chiqib, korxona, muassasa va tashkilotlarning qarzdorliklarini undirish haqidagi da’vo arizalari da’vo muddati o‘tganligi sababli rad etilganda, sud ushbu qarzdorliklarni o‘z vaqtida undirish chorasini ko‘rmasdan da’vo muddatini o‘tishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli javobgarlik masalasini hal etish uchun prokuratura organlariga xabar qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Sudlarga da’vo muddatlariga oid fuqarolik qonun hujjatlarining normalarini qo‘llash bilan bog‘liq nizolarni ko‘rib chiqish sud amaliyotini vaqti-vaqti bilan umumlashtirish va mavjud sud xatolarini, shuningdek bunday xatolarni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish uchun zarur choralar ko‘rib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy xo‘jalik sudi raisi K. KAMILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy xo‘jalik sudi Plenumining kotibi, sudya K. DAVLETOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 19-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
282-son