1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.09.00 Maʼlum bir mutaxassislik boʻyicha xodimlarga qoʻyiladigan talablar. Kvalifikatsiya tavsiflari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2013-yil 6-iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2013-yil 22-avgustda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-fevraldagi OʻRQ-819-sonli “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2023-yil 29-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi muvofiqlikni baholash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining muvofiqlikni baholash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Asosiy tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya — yuridik shaxslarning muayyan faoliyat sohasida muvofiqlikni baholashga doir ishlarni bajarishga vakolatli ekanligini Milliy akkreditatsiya organi tomonidan rasman tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya sohasi — muvofiqlikni baholash organining akkreditatsiya chogʻida Milliy akkreditatsiya organi tomonidan belgilanadigan faoliyati sohasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inspeksiya nazorati — mahsulotni, ishlab chiqarish jarayonlarini, xizmatlarni, menejment tizimlarini, muvofiqlikni baholash organlarini ularning muvofiqlikni baholash davrida belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladigan davriy qayta baholash tartib-taomili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inspeksiya organi — yukni ortishdan oldin va (yoki) yukni tushirish vaqtidagi inspeksiyani va inspeksiya nazoratini oʻtkazish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy akkreditatsiya tizimi — muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish qoidalari va tartib-taomilini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq davlat miqyosida faoliyat koʻrsatuvchi tizim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlikni baholash — mahsulot, ishlab chiqarish jarayonlari, xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlar, muvofiqlikni baholash organlarining normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash boʻyicha faoliyat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlikni baholash organlari — yuridik shaxs boʻlgan va muvofiqlikni baholashga doir ishlarni bajarish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan inspeksiya organlari, sinov va kalibrlash laboratoriyalari (markazlari), mahsulotni, xizmatlarni, menejment tizimlarini, xodimlarni sertifikatlashtirish organlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya — ishlab chiqaruvchi, sotuvchi yoki ijrochi mahsulotning normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlikni tasdiqlash — normativ-huquqiy hujjatlarning, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning talablari bajarilganligi isbotlangani haqida Milliy akkreditatsiya organi yoki muvofiqlikni baholash organlari tomonidan qabul qilingan qarorga asoslangan hujjatlashtirilgan (akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma, muvofiqlik sertifikati va muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiya tarzidagi) tasdiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlar — muvofiqlikni baholashga doir ishlarni amalga oshirish uchun tayyorgarlikka va malakaga ega boʻlgan mutaxassislar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Muvofiqlikni baholashning asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlikni baholashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson hayoti va sogʻligʻi, yuridik, jismoniy shaxslarning va davlatning mol-mulki xavfsizligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof-muhit muhofaza qilinishini, shuningdek tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot, ishlab chiqarish jarayonlari, xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlarning normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlikni baholash organlari akkreditatsiyaning belgilangan sohasida ishlarni bajarishga vakolatli ekanligini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki va tashqi bozorlarda mahsulot hamda xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdoda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdodagi texnik toʻsiqlarni bartaraf etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Muvofiqlikni baholashning asosiy prinsiplari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlikni baholashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlikni baholashning yagona qoidalari va tartib-taomillarini qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlikni baholash haqidagi axborotning ishonchliligi va ochiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organlarining xizmatlaridan foydalanishga toʻsiqlar qoʻyishga va ular oʻrtasidagi raqobatni cheklashga yoʻl qoʻymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat sirlarining, tijorat sirining va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirning saqlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya boʻyicha faoliyatni sertifikatlashtirishga, muvofiqlikni deklaratsiyalashga, yukni ortishdan oldin va (yoki) yukni tushirish vaqtidagi inspeksiyani amalga oshirishga, mahsulot sinoviga, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya xulosalarini berishga, ekologik ekspertiza oʻtkazishga doir faoliyat bilan qoʻshib olib borilishiga yoʻl qoʻymaslik.
(5-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Muvofiqlikni baholash obyektlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish jarayonlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
menejment tizimlari;
LexUZ sharhi
Qarang: “Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” (16.01.2016-y., roʻyxat raqami 2754).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya qilinishga talabgor boʻlgan yuridik shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor boʻlgan mutaxassislar;
LexUZ sharhi
Qarang: “Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor boʻlgan mutaxassislarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” (30.12.2015-y., roʻyxat raqami 2748).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlikni baholash organlari inspeksiya nazoratidan oʻtkazilishi chogʻida ushbu organlarning oʻzi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Muvofiqlikni baholashni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlikni baholash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlikni deklaratsiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inspeksiya nazorati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yukni ortishdan oldin va (yoki) yukni tushirish vaqtidagi inspeksiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya xulosalari yoki ekologik ekspertiza yoʻli bilan amalga oshiriladi.
(7-moddaning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Akkreditatsiyani amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya akkreditatsiya qilinishga talabgor boʻlgan yuridik shaxslarning vakolatli ekanligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya akkreditatsiya qilinishga talabgor boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlarning tahlili va ekspertizasini, olingan dalillarni tekshiruvlar oʻtkazish yoʻli bilan baholashni oʻz ichiga oladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Mazkur Qonunning 3-bobi (“Akkreditatsiya”).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Muvofiqlikni deklaratsiyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlikni deklaratsiyalash — mahsulotning normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini ishlab chiqaruvchi, sotuvchi yoki ijrochi tomonidan tasdiqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlikni deklaratsiyalashda muvofiqlikni tasdiqlash qoidalari, tartibi va usullari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tegishli normativ hujjatlarda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar muvofiqlikni deklaratsiyalashda muvofiqlikni tasdiqlash qoidalari, tartibi va usullarida mahsulot sinovini oʻtkazish zarur ekanligi belgilangan boʻlsa, bunday sinov akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyasi (markazi) tomonidan ishlab chiqaruvchi, sotuvchi yoki ijrochi bilan tuzilgan shartnoma asosida oʻtkaziladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 2-bandi va “Mahsulotning xavfsizlik talablariga muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1465, 06.04.2005-y.).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Inspeksiya nazoratini amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiya nazorati Milliy akkreditatsiya organi, muvofiqlik sertifikatini bergan sertifikatlashtirish organlari yoki inspeksiya organlari tomonidan amalga oshiriladi. Inspeksiya nazorati natijalariga koʻra muvofiqlik sertifikatini yoki akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani tasdiqlash, uning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoxud sertifikatni yoki guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 349-son qarori bilan tasdiqlangan “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom”ning 5-bobi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Sertifikatlashtirishni, yukni ortishdan oldin va (yoki) yukni tushirish vaqtidagi inspeksiyani, mahsulot sinovini, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya xulosalarini yoki ekologik ekspertizani amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikatlashtirish, yukni ortishdan oldin va (yoki) yukni tushirish vaqtidagi inspeksiya, mahsulot sinovi, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya xulosalari yoki ekologik ekspertiza qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Muvofiqlikni tasdiqlashni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot, xizmatlar, ishlab chiqarish jarayonlari, menejment tizimlari, xodimlarning normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash sertifikatlashtirish va muvofiqlikni deklaratsiyalash natijalariga koʻra amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirish va muvofiqlikni deklaratsiyalash majburiy yoxud ixtiyoriy tusda boʻlishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: (“Mahsulotlarni majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish”), “Mahsulotning xavfsizlik talablariga muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 1465, 06.04.2005-y.), Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-maydagi 435-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida mahsulotlarni ixtiyoriy ekologik markirovkalash tartibi toʻgʻrisida nizom”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlikni baholash organlarining muvofiqligini tasdiqlash ularni akkreditatsiya qilish natijalariga koʻra amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Muvofiqlikni baholash qoidalari va tartib-taomili
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlikni baholash qoidalari va tartib-taomili muvofiqlikni baholash sohasidagi tashkiliy hamda texnik talablarni, ishlarni bajarish va rasmiylashtirish tartibini, usullarini oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlikni baholashga doir ishlar xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlikni baholashga doir ishlarga sifat boʻyicha ekspert-auditorlar va (yoki) tegishli tarmoqlarning muvofiqlikni baholash sohasida ishlarni tashkil etishga, ushbu sohadagi jarayonga yoki faoliyatga taalluqli maxsus bilim va tajribaga ega boʻlgan texnik ekspertlar jalb qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Muvofiqlikni baholash natijalarini tan olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida oʻtkazilgan muvofiqlikni baholash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida tan olish Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hisobga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Muvofiqlikni baholash sohasini davlat tomonidan tartibga solish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Muvofiqlikni baholash sohasini davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshiruvchi organlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlikni baholash sohasini davlat tomonidan tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hamda boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(15-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining muvofiqlikni baholash sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

muvofiqlikni baholash sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining muvofiqlikni baholash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida muvofiqligi tasdiqlanishi shart boʻlgan muvofiqlikni baholash obyektlari roʻyxatini tasdiqlaydi;
LexUZ sharhi
Xususan, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-son qarori bilan tasdiqlangan “Majburiy tartibda sertifikatlanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va unga olib kiriladigan mahsulotlar turlari roʻyxati”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy akkreditatsiya organi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Qonunning 20-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi toʻgʻrisida nizom”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida oʻtkazilgan muvofiqlikni baholash natijalarining Oʻzbekiston Respublikasida tan olinishi tartibini tasdiqlaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining, boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining muvofiqlikni baholash sohasidagi vakolatlari
(17-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari oʻz vakolatlari doirasida:
(17-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlikni baholash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;

muvofiqlikni baholash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek normativ hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida muvofiqligi tasdiqlanishi shart boʻlgan muvofiqlikni baholash obyektlari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga doir takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida oʻtkazilgan muvofiqlikni baholash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida tan olish zarurligi toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlikni baholash sohasi uchun mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Muvofiqlikni baholash organlarining huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlikni baholash organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiyaning belgilangan sohasida sertifikatlashtirishni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlik sertifikatlari berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi bergan muvofiqlik sertifikatlarining yoki muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani roʻyxatdan oʻtkazishning amal qilishini belgilangan tartibda toʻxtatib turish yoxud muvofiqlik sertifikatlarini yoki muvofiqlik haqidagi deklaratsiyani roʻyxatdan oʻtkazishni bekor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiyaning belgilangan sohasida mahsulot sinovini oʻtkazish, oʻlchov va sinov vositalarini tekshirish yoki kalibrlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiyaning belgilangan sohasida mahsulot sinovlariga oid bayonnomalarni, oʻlchov va sinov vositalarini tekshirish yoki kalibrlash toʻgʻrisidagi bayonnomalarni berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor shaxsga sertifikatlashtirish, muvofiqlikni deklaratsiyalash, inspeksiya nazorati, yukni ortishdan oldin va (yoki) yukni tushirish vaqtidagi inspeksiya, mahsulot sinovlari, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya xulosalari yoki ekologik ekspertiza qoidalari va tartib-taomili toʻgʻrisida axborot taqdim etishi;
(19-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi bergan muvofiqlik sertifikatlarining, mahsulot sinovlariga oid bayonnomalarning, oʻlchov va sinov vositalarini tekshirish yoki kalibrlash toʻgʻrisidagi bayonnomalarning, shuningdek roʻyxatdan oʻtkazilgan muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarning hisobini yuritishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzi bergan muvofiqlik sertifikatlari va roʻyxatdan oʻtkazilgan muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar, ularga oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish, ularning amal qilishini toʻxtatib turish, shuningdek ularni bekor qilish toʻgʻrisida Milliy sertifikatlashtirish organini xabardor qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot sinovlari, oʻlchov va sinov vositalarini tekshirish yoki kalibrlashning belgilangan qoidalari hamda tartib-taomillariga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot sinovlari, oʻlchov va sinov vositalarini tekshirish yoki kalibrlash natijalarining toʻgʻriligini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya bilan bogʻliq xarajatlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Akkreditatsiya
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 349-son qarori bilan tasdiqlangan “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Milliy akkreditatsiya organi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy akkreditatsiya organi Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy akkreditatsiya organi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlikni baholash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy akkreditatsiya tizimi tashkil etilishini, faoliyat koʻrsatishi va rivojlanishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilishni amalga oshiradi va ularga akkreditatsiya toʻgʻrisida guvohnoma beradi;
(21-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya qilish soʻralgan sohadagi ishlarni bajarish uchun akkreditatsiya qilinishga talabgor boʻlgan yuridik shaxslarning vakolatli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya bilan bogʻliq xarajatlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sertifikatlashtirish organi sifatida akkreditatsiya qilinishga talabgor boʻlgan yuridik shaxslar muvofiqlikni baholash obyektlarining ishlab chiqaruvchilari, sotuvchilari, ijro qiluvchilari va isteʼmolchilariga nisbatan tashkiliy hamda moddiy jihatdan tobe boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlarida akkreditatsiyaning boshqa shartlari ham belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma muvofiqlikni baholash organi akkreditatsiyaning belgilangan sohasidagi ishlarni bajarishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi hujjatdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning shakli Milliy akkreditatsiya organi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma besh yil muddatga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomadan boshqa shaxsning foydalanishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Milliy akkreditatsiya tizimining belgisi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy akkreditatsiya tizimi milliy akkreditatsiya tizimi belgisiga ega boʻlib, ushbu belgi uni qoʻllovchi muvofiqlikni baholash organi Milliy akkreditatsiya organi tomonidan akkreditatsiya qilinganligini bildiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlikni baholash organi akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani olish bilan bir vaqtda mazkur guvohnomaning amal qilish muddatida milliy akkreditatsiya tizimi belgisini qoʻllash huquqiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy akkreditatsiya tizimi belgisining shakli va uni qoʻllash tartibi Milliy akkreditatsiya organi tomonidan belgilanadi. Mazkur belgini qoʻllash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pulli asosda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Akkreditatsiya sohasini oʻzgartirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya sohasini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror muvofiqlikni baholash organi akkreditatsiya sohasini kengaytirishni yoki qisqartirishni soʻrab ariza bergan taqdirda, Milliy akkreditatsiya organi tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlikni baholash organining akkreditatsiya sohasini kengaytirish u bilan kelishilgan muddatlarda akkreditatsiya qoidalari va tartib-taomillariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya sohasini qisqartirish boʻyicha qaror muvofiqlikni baholash organi qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etmagan taqdirda, Milliy akkreditatsiya organi tomonidan inspeksiya nazorati natijalariga koʻra qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya sohasini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror ustidan Milliy akkreditatsiya organi toʻgʻrisidagi nizomda belgilanadigan tartibda shikoyat qilinishi yoxud sudga shikoyat qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang:Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 50-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspeksiya nazorati davomida aniqlangan nomuvofiqliklar bartaraf etilmagan taqdirda, akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib turilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish Milliy akkreditatsiya organi yoki sud tomonidan amalga oshiriladi. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi Milliy akkreditatsiya organi tomonidan oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga, sud tomonidan esa, oʻn ish kunidan koʻp boʻlgan muddatga toʻxtatib turilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy akkreditatsiya organining akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish haqidagi qarori muvofiqlikni baholash organiga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmasdan yozma shaklda yetkaziladi. Sudning akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish haqidagi hal qiluv qarori muvofiqlikni baholash organiga va Milliy akkreditatsiya organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlikni baholash organi akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etgan taqdirda, akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish haqida qaror qabul qilgan Milliy akkreditatsiya organi yoki sud mazkur holatlar bartaraf etilganligi haqidagi tasdiqni olgan kundan eʼtiboran oʻn kun muddat ichida akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini qayta tiklash haqida qaror qabul qilishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang:Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 42-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 27-bobi (“Huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish”).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy akkreditatsiya organining akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish haqidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish sud tomonidan asossiz deb topilgan taqdirda, Milliy akkreditatsiya organi muvofiqlikni baholash organi oldida u koʻrgan zarar miqdorida javobgar boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 38 va 50-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi (“Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar”).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib turilganligi va qayta tiklanganligi haqidagi maʼlumotlar ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlikni baholash organi akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatishni soʻrab ariza bilan murojaat qilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs boʻlgan muvofiqlikni baholash organi tugatilganda — tugatilgan paytdan eʼtiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda — qayta tashkil etilgan paytdan eʼtiboran, bundan uning oʻzgartirilishi mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlikni baholash organi akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlarni Milliy akkreditatsiya organi yoki sud tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlikni baholash organi normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarni muntazam ravishda buzganda yoki bir marta qoʻpol tarzda buzganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy akkreditatsiya organining akkreditatsiya toʻgʻrisida guvohnoma berish haqidagi qarori noqonuniy ekanligi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati oʻtganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish Milliy akkreditatsiya organi tomonidan amalga oshiriladi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu modda birinchi qismining toʻrtinchi — oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollarda akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish sudning hal qiluv qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy akkreditatsiya organining akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish haqidagi qarori muvofiqlikni baholash organiga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmasdan yozma shaklda yetkaziladi. Sudning akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish haqidagi hal qiluv qarori muvofiqlikni baholash organiga va Milliy akkreditatsiya organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlikni baholash organi Milliy akkreditatsiya organining yoki sudning akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish haqidagi qarorini olgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma Milliy akkreditatsiya organiga qaytarilishi va yoʻq qilib yuborilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy akkreditatsiya organining akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish haqidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish sud tomonidan asossiz deb topilgan taqdirda, Milliy akkreditatsiya organi muvofiqlikni baholash organi oldida u koʻrgan zarar miqdorida javobgar boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 38 va 50-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobi (“Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar”).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganligi haqidagi maʼlumotlar ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi uni tugatish haqida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muvofiqlikni baholash organi akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani bekor qilish haqidagi ariza bilan murojaat qilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda bekor qilish sudning hal qiluv qaroriga koʻra, ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda bekor qilish esa, Milliy akkreditatsiya organining qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy akkreditatsiya organining akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani bekor qilish haqidagi qarori muvofiqlikni baholash organiga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmasdan yozma shaklda yetkaziladi. Sudning akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani bekor qilish haqidagi hal qiluv qarori muvofiqlikni baholash organiga va Milliy akkreditatsiya organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlikni baholash organi Milliy akkreditatsiya organining yoki sudning akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani bekor qilish haqidagi qarorini olgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma Milliy akkreditatsiya organiga qaytarilishi, Muvofiqlikni baholash organlarining davlat reyestridan chiqarilishi va yoʻq qilib yuborilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma bekor qilinganligi haqidagi maʼlumotlar ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani bekor qilish haqida sudning hal qiluv qarori qabul qilinganda akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma u berilgan sanadan eʼtiboran bekor qilingan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Muvofiqlikni baholashga doir ishlarni moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlikni baholashga doir ishlarni moliyalashtirish manfaatdor shaxslarning mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlikni baholash sohasida koʻrsatiladigan xizmatlar uchun tariflarni hisob-kitob qilish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlikni baholash organlari oʻz faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarni ifodalash va himoya qilish maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muvofiqlikni baholash organlarining birlashmalarini tuzishi mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 77-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlikni baholash sohasida yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2013-yil 5-oktabrdagi 196 (5870)-sonida eʼlon qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 4-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-354-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 41-son, 542-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2016-y., 52-son, 597-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)