24.04.2019 yildagi 348-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-son qarori ijrosini taʼminlash, tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish, mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzstandart” agentligi deb ataladi), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligining quyidagi tartibni joriy etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu tartibga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan mahsulotlarning muvofiqligini deklaratsiyalash yoʻli bilan tasdiqlash huquqi berilgan tadbirkorlik subyektlari kalendar yil yakunida ishlab chiqarilgan deklaratsiyalangan mahsulotlar realizatsiyasi boʻyicha muvofiqlik belgisidan foydalanganlik uchun bir martalik toʻlovni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlarining “Mahsulotlar va xizmatlar sifati sohasidagi xizmatlari uchun” mukofoti laureatlari boʻlgan mahalliy korxonalar nomzod mahsulot boʻyicha muvofiqlik sertifikati amal qilish muddatida muvofiq belgisidan foydalanganlik uchun bir martalik toʻlovdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari tugatilib, Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini taʼminlash departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) tashkil etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 3-oktabrdagi 342-son qarori bilan tashkil etilgan “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish maxsus jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda Maxsus jamgʻarma deb ataladi) qoʻshimcha xarajatlari moddalari nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament tugatilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar standartlashtirish va metrologiya boshqarmalarining 2018-yil 12-dekabrga qadar imzolangan shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” va “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonalari (keyingi oʻrinlarda — “OʻzMMI” va “Respublika SSM” davlat korxonalari) xizmat koʻrsatish sohalari kesimida tugatilayotgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va shaharlardagi sinov va sertifikatlashtirish markazlari davlat korxonalarining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha xuquqiy vorisi hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyuldagi 450-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2020-y., 09/20/450/1092-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugatilayotgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar standartlashtirish va metrologiya boshqarmalarining bino va inshootlari operativ boshqaruv huquqi bilan hamda boshqa mol-mulki va aktivlari Departamentga begʻaraz berilsin;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyuldagi 450-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2020-y., 09/20/450/1092-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugatilayotgan hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlarining bino va inshootlari operativ boshqaruv huquqi bilan “OʻzMMI” davlat korxonasiga hamda boshqa mol-mulklari va aktivlari sohalari boʻyicha “OʻzMMI” va “Respublika SSM” davlat korxonalariga begʻaraz berilsin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyuldagi 450-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.07.2020-y., 09/20/450/1092-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sinov laboratoriyalarini tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatish sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Insonlar hayoti, salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz boʻlgan mahsulotlarni olib kirish, ishlab chiqarish va sotish xavfi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatlashtirish organiga mahsuloti sertifikatlashtirilgan import qiluvchi va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan kelib tushayotgan muvofiq belgisidan foydalanganlik uchun bir martalik toʻlov soliq toʻlovlari toʻlangandan soʻng quyidagicha taqsimlanadi: 10 foizi — sertifikatlashtirish organining tasarrufida qoladi; 90 foizi — xar chorak yakuni bilan keyingi oyning 10-sanasiga qadar Maxsus jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi. Bunda muvofiq belgisidan foydalanganlik uchun bir martalik toʻlov oʻz vaqtida toʻgʻri taqsimlanishiga sertifikatlashtirish organlari rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi va har chorak yakuni bilan Agentlikka maʼlumot taqdim etadi. Ushbu tartibga amal qilmagan sertifikatlashtirish organlari Sertifikatlarni roʻyxatdan oʻtkazish dasturidan foydalanishi vaqtincha cheklanadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligi uchun moliyaviy va maʼmuriy jarimalarning 50 foizi Maxsus jamgʻarmaga oʻtkaziladi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzstandart” agentligi markaziy apparatiga jami sakkizta, jumladan, beshta shaxsiy biriktirilgan, ikkita navbatchi va bitta mikroavtobus avtotransport vositalari limiti ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departamentga jami uchta, jumladan, ikkita shaxsiy biriktirilgan, bitta navbatchi avtotransport vositalari limiti ajratiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasining yalpi foydasidan 20 foiz mablagʻlar har chorak yakuni bilan Maxsus jamgʻarmaga oʻtkaziladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro va xorijiy hukumat, xalqaro moliya tashkilotlari, moliya institutlari va boshqa donorlarning grantlari va kreditlari (qarzlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishga maqsadli yoʻnaltirgan holda, hududiy boʻlinmalar va tashkilotlarning hisobot davri yakunida sof foydasini teng ulushlarda taqsimlashdan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining xayriya mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositalarining turini tasdiqlashni rasmiylashtirish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlardan hamda shartnoma asosida amalga oshiriladigan, boshqa xizmatlardan olinadigan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus jamgʻarma mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 370-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Oʻzstandart” agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2019-yil 1-iyulga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mahalliy mahsulotlar sifatini yaxshilash va oshirish, ularni ishlab chiqaruvchilar va aholi oʻrtasida ommalashtirish ishlarini faollashtirishga qaratilgan “Oʻzbekistonning eng yaxshi tovari” tanlovini taʼsis etish yuzasidan takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2019-yil 1-sentabriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi savdo va investitsiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari tomonidan texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini isloh qilishda grantlar, qarzlar va boshqa moliya manbalarini aniq koʻrsatgan holda texnik koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dasturiy mahsulot ishlab chiqish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, kompyuterlar va boshqa tashkiliy texnikalarni xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni oʻygʻunlashtirish, shuningdek, har yili Maxsus jamgʻarma mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan eksportbop mahsulotlar uchun xalqaro, mintaqaviy, xorijiy mamlakatlarning milliy standartlarini xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalarini, oʻlchash qurilmalarini sotib olishni, mavjud sinov laboratoriyalarini modernizatsiya qilishni va yangilarini tashkil etishni, shuningdek, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini “Global G.A.P” va Organic standartlari boʻyicha sertifikatlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mobil laboratoriyalar uchun avtotransport vositalarini sotib olish dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) uch oy muddatda tadbirkorlik subyektlarini oʻlchash vositalarini kalibrlash boʻyicha faoliyatga keng jalb qilish yuzasidan taklif tayyorlagan holda, qiyoslanishi lozim boʻlgan oʻlchash vositalarining roʻyxatini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departamentga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan malakali mutaxassislar bilan Departamentni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugatilayotgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar standartlashtirish va metrologiya boshqarmalarining xodimlarini ish bilan taʼminlashga amaliy yordam koʻrsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzstandart” agentligining buyurtmanomalariga koʻra, “Oʻzstandart” agentligiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga davlat bojini undirmagan holda, koʻp martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, rasmiylashtirilishini, shuningdek, ularning yashash joyida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishi hamda muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Oʻzstandart” agentligi buyurtmanomalariga koʻra, xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalarni berishni (uzaytirishni) taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. “Oʻzstandart” agentligi vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoqilgʻi-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatiga va “Oʻzstandart” agentligi Bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 24-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
348-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-son qaroriga
3-ILOVA

Sinov laboratoriyalarini tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatish sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1 bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom sinov (oʻlchov) laboratoriyalarini (keyingi oʻrinlarda davlat-xususiy sheriklik deb ataladi) tashkil qilish va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish sohasida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllanilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik — sinov (oʻlchov) laboratoriyalarini tashkil qilish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish sohasida xususiy investitsiyalarni jalb qilish, resurslarni birlashtirish va tavakkalchiliklarni taqsimlash maqsadida davlat va xususiy sheriklarning belgilangan muddatga yuridik rasmiylashtirilgan hamkorligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim (keyingi oʻrinlarda bitim deb ataladi) — tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihasini ijro etishning boshqa shartlarini belgilab beradigan davlat va xususiy sheriklar oʻrtasida tuzilgan yozma shartnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim tomonlari (keyingi oʻrinlarda — tomonlar deb ataladi) — davlat sherigi va xususiy sherik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat sherigi — Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash agentligi va uning tasarrufidagi tashkilotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherik — bitim tuzilgan yuridik yoxud jismoniy shaxs (investor). Xususiy sherik sifatida ikki yoki undan ortiq yuridik yoki jismoniy shaxslarning boʻlishiga yoʻl qoʻyiladi. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xususiy sherik boʻla olmaydi, shuningdek, xususiy sheriklar tarafida ishtirok eta olmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim obyekti (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) — xavfsizlik, mahsulot va xizmatlar sifatini taʼminlash maqsadida foydalanilishi mumkin boʻlgan sinov (oʻlchov) laboratoriyalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik loyihasi — muhim davlat, ijtimoiy, iqtisodiy va ilmiy-texnik ahamiyatga ega boʻlgan mahsulot va xizmatlarning xavfsizligi va sifatini taʼminlash borasida investitsiya, innovatsiya, infrastruktura va boshqa tadbirlar majmuasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat-xususiy sheriklik quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat sirini tashkil qilgan va qonun tomonidan muhofaza etiladigan boshqa sirlarni tashkil qiluvchi maʼlumotlarni istisno qilgan holda, davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi axborotning ochiqligi va foydalanish mumkinligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kamsitishning yoʻqligi, bitim tomonlarining teng huquqliligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomonlarning bitim boʻyicha majburiyatlarni vijdonan bajarishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tavakkalchiliklar va majburiyatlarning bitim tomonlari oʻrtasida adolatli taqsimlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik tomonlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning shartnomaviy asosi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Normativ-huquqiy hujjatlar, tanlov hujjatlari, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim loyihalari va ularga kiritilgan oʻzgartirishlar, davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish shakllari, shuningdek, sinov (oʻlchov) laboratoriyalarini tashkil qilish va jalb qilish shartlari majburiy tarzda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) bilan kelishilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat-xususiy sheriklik quyidagi mezonlarga javob berishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzoq muddatli boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim obyektini loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilish, rivojlantirish, boshqarish, taʼminlashga tegishli boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherik tomonidan moliyalashtirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xususiy sheriklar oʻrtasida tavakkalchiliklar va javobgarlikning taqsimlanishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davlat-xususiy sheriklik davlat sherigining xususiy sherikka quyidagilarni taqdim etish shakllari orqali amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) xususiy sherik tomonidan quyidagilar boʻyicha investitsiya majburiyatlarini olgan holda binolarni taqdim etish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
laboratoriya xonalarini taʼmirlash (rekonstruksiya qilish), sinovlarni oʻtkazish uchun zarur sharoitlarni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy sinov va oʻlchov uskunalari bilan jihozlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
laboratoriyalarning toʻlaqonli faoliyat yuritishi bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
laboratoriya uskunalariga texnik va servis xizmati koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro standartlarga muvofiq mahsulotni sinovdan oʻtkazishning usullarini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro talablarga muvofiq holda laboratoriya xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
laboratoriyani xalqaro darajada akkreditatsiyadan oʻtkazish va sinovlarning (oʻlchovlarning) natijalarini xorijda tan olinishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xususiy sherik tomonidan quyidagi investitsiya majburiyatlari olingan holda yer uchastkalarini taqdim etish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi laboratoriya korpuslarini qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tutash hududni obodonlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 4 bandi a) kichik bandida koʻzda tutilgan majburiyatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Agentlik bilan kelishilgan boshqa shakllar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat sherigi tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasini taklif etish bitimni tuzish uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yuridik shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan belgilangan yer uchastkalarini koʻrib chiqish va taqdim etish tartibi xususiy sheriklarga mazkur Nizomda koʻzda tutilgan davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun moʻljallangan laboratoriya xonalarini taqdim etish tartibiga nisbatan joriy etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2 bob. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini taklif etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Davlat sherigi tadbirkorlik subyektlariga qulay sharoitlarni yaratish maqsadida va sanoat tarmoqlarining sinov imkoniyatlarini kengaytirishi uchun Agentlik bilan kelishgan holda tanlov eʼlon qilish orqali davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishni taklif qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat sherigi tanlov boshlanishidan oʻttiz kun oldin majburiy tartibda, oʻz rasmiy veb-sayti va ommaviy axborot vositalarida tanlov oʻtkazilishi haqidagi eʼlonni joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tanlov haqidagi eʼlon quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat sherigining nomi va yuridik manzili, uning bogʻlanish uchun telefoni va elektron pochta manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning nomi, joylashgan joyi, soni, tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish shakllaridan kelib chiqqan holda talab etiladigan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarning eng kichik hajmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlovni oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov takliflari qabul qilinadigan oxirgi muddat (kuni va soati koʻrsatilgan holda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xususiy sherik sifatida tanlovda ishtirok etish uchun yuridik yoki jismoniy shaxs (investor) davlat sherigiga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza beradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning roʻyxatdan oʻtgani haqida guvohnoma (tadbirkorlik subyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma bundan mustasno), jismoniy shaxsning manzili va shaxsiy maʼlumotlari;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherikning sof aktivlari toʻgʻrisidagi maʼlumot, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishning moliyaviy imkoniyatini tasdiqlovchi loyiha qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi oʻz mablagʻlari va boshqa tashkilotning kafilligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tashkil etilayotgan, tugatilayotgan va/yoki toʻlovga qobiliyatsizlik holatida boʻlgan, mol-mulki xatlovga olingan daʼvogarlarning tanlovda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(12-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizani mazkur Nizomda koʻzda tutilgan talablar buzilgan holda taqdim qilinganligi aniqlanganda, hujjat talabgorga bir kun mobaynida qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tanlov gʻolibi davlat sherigi tomonidan tuzilgan idoralararo tanlov komissiyasi tomonidan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tanlov taklifi davlat-sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun eng maqbul deb hisoblangan ishtirokchi tanlov gʻolibi deb tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, tanlov yakunlari boʻyicha takliflarining parametrlari tanlov shartlariga mos keladigan, biroq tanlov hujjatlariga muvofiq gʻolib tomonidan taklif etilgan parametrlar darajasidan pastroq boʻlgan zaxiradagi gʻolib aniqlab olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov gʻolibi davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni ushbu Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan muddatlarda imzolashni rad etsa yoki imzolashdan boʻyin tovlasa, zaxiradagi gʻolib bilan tegishli bitim tuzishga ruxsat beriladi. Tanlovning zaxiradagi gʻolibi bilan bitim tanlov gʻolibi bilan bitim tuzish tartibiga oʻxshash tartibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Davlat sherigi tanlov yakunlari boʻyicha qaror qabul qilingan kunda oʻz rasmiy veb-saytiga axborot joylashtirish orqali tanlov natijalari haqida tanlov ishtirokchilarini xabardor qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Tanlov ishtirokchisi qabul qilingan qarorga rozi boʻlmagan taqdirda, u qaror boʻyicha sudda shikoyat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3 bob. Bitimni tuzish, oʻzgartirish, toʻldirish, shuningdek, bekor qilish va tugatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Idoralararo tanlov komissiyasining ijobiy qarori asosida davlat sherigi va xususiy sherik qaror qabul qilingan kundan boshlab 10 kun ichida qonun hujjatlari va ushbu Nizom talablariga rioya qilgan holda bitim tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Bitimda uni amalga oshirish shakliga qarab, quyidagilar aks ettirilgan boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy investitsiyalar obyekti va hajmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimning amal qilish shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim obyektining foydalanishga topshirilish muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim tomonlarining huquqlari va majburiyatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, pudrat ishlari uchun shartnomalar tuzish muddatlari, loyihani moliyalashtirish manbalari, amalga oshirish jadvallari, loyiha bajarilishi yuzasidan texnik nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida axborot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik loyihasining bajarilishi boʻyicha monitoring oʻtkazish va uni amalga oshirish darajasini baholash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish jarayonida taqdim etiladigan obyektlarning sifatiga qoʻyiladigan talablar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherik tomonidan oʻz majburiyatlarini bajarish jarayoni toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etish tartibi va muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida bitim tuzish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni taqsimlash tartibi va shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat sherigi tomonidan xususiy sherikka davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun oʻtkazib beriladigan laboratoriya va uskunalarga egalik qilish va undan foydalanish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim obyektidan foydalanish, unga texnik xizmat koʻrsatish, uni loyihalashtirish, qurish, qayta qurish, taʼmirlash, modernizatsiyalash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimning amal qilish muddati tugagandan keyin bitimni ijro etish jarayonida yaratilgan obyektga va boshqa mulkka doir huquqlarni taqsimlash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitim shartlariga rioya qilmaganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimni bekor qilish tartibi, shuningdek, bitimni muddatidan oldin bekor qilish natijasida yetkazilgan zararlarning oʻrnini toʻldirish yoki qoplash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherik tomonidan majburiyatlar bajarilmasligi yoki tegishlicha bajarilmasligi uchun sanksiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolarni hal qilish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimda qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shartlar ham keltirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Bitimni imzolashga tayyorlash uchun davlat sherigi tanlov tugagan kundan boshlab uch ish kuni davomida xususiy sherikka bitim loyihasining matnini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Agar zarur boʻlsa, bitim qoidalarini davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida kelishib olish maqsadida muzokaralar oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Bitim davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida ikki nusxada, tomonlarning har biri uchun bittadan nusxada imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Bitim tomonlar tarafidan imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va bitim muddati tugashigacha yoki bekor qilinishigacha amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar quyidagi hollarda kiritilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomonlarning oʻzaro roziligi bilan;

davlat sherigining talabi boʻyicha — davlat sherigi va xususiy sherikning shartnoma asosidagi munosabatlariga doir standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi qonun hujjatlari oʻzgarishi munosabati bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning qarori boʻyicha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Bitim quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomonlarning oʻzaro roziligi bilan;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherikning toʻlovga qobiliyatsizlik holatida va/yoki tugatilgan taqdirda;
(24-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat sherigining talabi boʻyicha — xususiy sherik oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sherikning talabi boʻyicha — davlat sherigi oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda bitim sud orqali bekor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Bitim uning amal qilish muddati tugagandan keyin toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bitimning amal qilish muddati toʻxtatilishi tomonlarni uni buzganlik uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4 bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Agar zarur boʻlsa, tomonlarning oʻzaro roziligiga koʻra, davlat-xususiy sheriklik bitimiga qoʻshimcha kelishuvni talab qilgan loyihalarni qoʻshimcha moliyalashtirish qismiga doir oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sinov laboratoriyalarini tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatish sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sinov laboratoriyalarini tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatish sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzish uchun tanlov oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-son qaroriga
4-ILOVA

Insonlar hayoti, salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz boʻlgan mahsulotlarni olib kirish, ishlab chiqarish va sotish xavfi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizom

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom kamchiliklari boʻlgan tovarlar toʻgʻrisida umumiy foydalanish uchun axborot resurslariga joylashtiriladigan maʼlumotlar bazasini (keyingi oʻrinlarda Baza deb ataladi) yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududida insonlar hayoti, salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz boʻlgan mahsulotni olib kirish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xavfining monitoringini olib borish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monitoring — Oʻzbekiston Respublikasi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (keyingi oʻrinlarda “Oʻzstandart” agentligi deb ataladi) tomonidan vakolatli organlar, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, boshqa maxsus vakolat berilgan davlat boshqaruv organlarini ularning vakolatlari doirasida aniqlangan kamchiligi boʻlgan mahsulotlar toʻgʻrisida xabardor qilish maqsadida kamchiligi boʻlgan mahsulotlarning Bazasini yuritish yoʻli bilan amalga oshiriladigan faoliyat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kamchiligi boʻlgan mahsulotlar — qonun hujjatlarining, texnik reglamentlarning talablariga, standartlashtirishga doir normativ hujjatlarning, metrologiya, sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash qoidalarining majburiy talablariga nomuvofiq boʻlgan mahsulotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Insonlar hayoti, salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz boʻlgan mahsulotni olib kirish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xavfi monitoringi (bundan keyin Monitoring deb ataladi) ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Monitoring isteʼmolchilarni insofsiz ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilardan himoya qilish, ichki bozorni inson hayoti, salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz boʻlgan mahsulotlardan himoya qilish, mahalliy mahsulotning sifati va raqobatbardoshliligini oshirish, texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida qonun hujjatlarining buzilishini oldini olish va profilaktikasini amalga oshirish va tadbirkorlik subyektlariga texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya masalalarida har tomonlama yordam koʻrsatish maqsadida olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar inson hayoti, salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz boʻlgan mahsulotlarni aniqlash boʻyicha vakolatli organlar hisoblanadi: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat veterinariya qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalari, shuningdek, oʻz vakolatlari doirasida maxsus vakolat berilgan boshqa davlat organlari.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Monitoring vakolatli organlarning quyidagi faoliyatlari natijasida aniqlangan inson hayoti, salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz boʻlgan mahsulot haqida taqdim etilgan axborotini tahlil qilish va umumlashtirish yoʻli bilan yuritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat nazoratida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot (xizmatlar)ni sertifikatlashtirishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sertifikatlangan mahsulotlarning inspeksiya nazoratida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari, shikoyatlari va takliflari asosida mahsulotni baholashda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2 bob. Bazani yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Baza vakolatli organlar, jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, boshqa maxsus vakolat berilgan davlat boshqaruv organlari uchun ularning vakolatlari doirasida aniqlangan kamchiligi boʻlgan mahsulot toʻgʻrisida axborot manbai hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bazaning yuritilishi “Oʻzstandart” agentligi tomonidan amalga oshirilib, bu uning ishlashini, texnik kuzatuvini, axborot xavfsizligi va muntazam yangilanishini, ommaviy axborot resurslariga joylashtirilishini, shuningdek, sanksiyalanmagan kirishdan himoyasini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Kamchiligi boʻlgan mahsulotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Oʻzstandart” agentligiga vakolatli organlar tomonidan dasturiy-apparat taʼminotida nazarda tutilgan formatda yozma va elektron koʻrinishda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Kamchiligi boʻlgan mahsulotlar toʻgʻrisida taqdim etilgan axborotga ishlov beriladi va Bazaga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Oʻzstandart” agentligi har hafta kelib tushgan axborotni umumlashtiradi va kamchiligi boʻlgan mahsulotlar toʻgʻrisida yigʻma hisobot tuzib, vakolatli organlarga, Savdo-sanoat palatasiga va Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga, yirik savdo tarmoqlariga va obuna boʻlgan foydalanuvchilarga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Bazaga kiritish uchun taqdim etiladigan axborot majburiy ravishda quyidagilarga ega boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar nomi va uning tasviri (zarur boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar ishlab chiqaruvchisining (yetkazib beruvchisining) nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
potentsial xavf va/yoki aniqlangan nomuvofiqliklar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3 bob. Maʼlumotlarni bazadan chiqarib tashlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) yoki savdo obyekti “Oʻzstandart” agentligiga kamchiliklari boʻlgan mahsulotni Maʼlumotlar bazasidan chiqarib tashlash toʻgʻrisida, sifatsiz va xavfli mahsulotlarda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganligi haqida axborot koʻrsatilgan yozma murojaatnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Oʻzstandart” agentligi bir ish kuni mobaynida murojaatni oʻrganib chiqish uchun vakolatli organlarga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vakolatli organlar murojaatni oʻrganib chiqadi va uch kun muddatda “Oʻzstandart” agentligiga oʻtkazilgan oʻrganishlar haqida maʼlumot yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻrganish natijalari ijobiy boʻlgan taqdirda, “Oʻzstandart” agentligi ikki kun muddatda kamchiligi boʻlgan mahsulot toʻgʻrisidagi maʼlumotni Bazadan chiqarib tashlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4 bob. Monitoring olib borish ishlarini moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Monitoring olib borish, Bazani yaratish va texnik kuzatish ishlarini moliyalashtirish “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7 bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. “Oʻzstandart” agentligining kamchiligi boʻlgan mahsulotni Bazaga kiritish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Sud tomonidan kamchiligi boʻlgan mahsulotning Bazaga kiritilishi asossiz deb topilgan taqdirda, “Oʻzstandart” agentligi subyektlar oldida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mahsulotiga oid kamchilik aniqlangan subyekt uni bartaraf etish boʻyicha maslahat olish uchun “Oʻzstandart” agentligiga murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Insonlar hayoti, salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz boʻlgan mahsulotlarni olib kirish, ishlab chiqarish va sotish xavfi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Insonlar hayoti, salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz boʻlgan mahsulotlarni olib kirish, ishlab chiqarish va sotish xavfi monitoringini yuritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-son qaroriga
5-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida standartlar va oʻlchov vositalari ustidan davlat nazorati toʻgʻrisidagi Nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzstandart” agentligi Bosh direktori, uning birinchi oʻrinbosari va “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini taʼminlash departamenti boshligʻi bir vaqtning oʻzida mos ravishda Oʻzbekiston Respublikasining standartlar va oʻlchashlar birligini taʼminlash ustidan nazorat olib boruvchi bosh davlat inspektori va bosh davlat inspektorining oʻrinbosarlari hisoblanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻninchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda, oʻn birinchi — yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilardagi “Oʻzstandart” agentligi soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bandning “i” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasining standartlarni nazorat qilish boʻyicha bosh davlat inspektorlari, viloyatlar, shaharlarning standartlarni nazorat qilish boʻyicha bosh davlat inspektorlari, bulardan tashqari, “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini taʼminlash departamenti inspektorlari va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi inspektorlari quyidagi mutlaq huquqqa egadir:”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi — oʻn oltinchi xatboshilar tegishli ravishda, beshinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 10-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 3-oktabrdagi 342-son qarorining 13-bandida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 56-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi — oʻn beshinchi xatboshilar, mos ravishda, uchinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi xatboshiga “standartlashtirish, metrologiya sohalari” soʻzlaridan keyin “, akkreditatsiya” soʻzi qoʻshilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi oʻn beshinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“insonlar hayoti, salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz boʻlgan mahsulotlarni olib kirish, ishlab chiqarish va sotish xavfi monitoringini amalga oshirishga, shuningdek, ichki bozorda muomalada boʻlgan tovarlarni muvofiqligini baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzstandart” agentligi markaziy apparati va “Oʻzstandart” agentligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini taʼminlash departamentining xodimlarini, shuningdek, “Oʻzstandart” agentligi ekspert-tahlil guruhi faoliyatini amalga oshirishda moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish uchun vazirliklar, idoralar texnik qoʻmitalari va xoʻjalik subyektlari mutaxassislarini, yetakchi loyiha institutlarining, ilmiy va taʼlim muassasalarining mutaxassislarini jalb qilish, shuningdek, konsultant sifatida jalb etiladigan yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni xarajatlarini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksportbop mahsulotlar uchun respublikada xalqaro, davlatlararo, mintaqaviy standartlar va xorijiy mamlakatlar standartlarini sotib olish va qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklarning depozitlariga joylashtirishga shuningdek, “Oʻzstandart” agentligiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarga muvofiq amalga oshiriladigan, boshqa tadbirlarni moliyalashtirish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn oltinchi xatboshi yigirmanchi xatboshi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 63-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 16-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirishda takroriy sinovlar oʻtkazilishi taqiqlanadi va ularni berishda, idoraviy boʻysinishidan qatʼiy nazar, belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalar tomonidan amalga oshirilgan sinovlarning ijobiy natijalari asos boʻladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 34-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kod berish boʻyicha xizmatlar qiymati, shuningdek aʼzolik badallari miqdori GS1 Uzbekistan qatnashchilari tomonidan belgilanadi. Shtrixli kodning original maketlarini tayyorlash va berish shartnoma asosida amalga oshiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 14-oktabrdagi 292-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 10-son, 92-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “5 — 7 ilovalarga” soʻzlari “5 — 7 va 71 ilovalarga” soʻzlariga almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“IV sxema — Milliy oʻlchash etalonlari, milliy metrologiya institutlari tomonidan beriladigan kalibrlash va oʻlchash sertifikatlarining oʻzaro eʼtirof etilishi toʻgʻrisidagi kelishuv (CIPM MRA) doirasida”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar, tegishli ravishda, uchinchi — beshinchi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) III-bobga quyidagi mazmundagi 4-paragraf qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“§ 4. Metrologik nazorat natijalarini IV sxema boʻyicha eʼtirof etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Oʻz ehtiyojlari uchun texnologik jarayonlarda foydalaniladigan import boʻyicha olib kiriladigan oʻlchash vositalarini kalibrlash (qiyoslash) natijalarini eʼtirof etish CIPM MRA faoliyatida ishtirok etadigan milliy metrologiya institutlari/belgilangan institutlar (keyingi oʻrinlarda institutlar deb ataladi) tomonidan rasmiylashtirilgan amaldagi kalibrlash (qiyoslash) sertifikatlari taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Ariza beruvchi vakolatli organga oʻlchash vositalarini kalibrlash (qiyoslash) natijalarini eʼtirof etish yuzasidan ushbu Nizomga 81-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha buyurtmanoma taqdim etadi, unga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi kalibrlash (qiyoslash) sertifikatining asl nusxasi yoki institut tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida oʻlchash vositalarining metrologik nazoratini oʻtkazish imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda, ularning keyingi (davriy) metrologik nazoratini taʼminlash boʻyicha ariza beruvchining majburiyatining kafolat xati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Vakolatli organ buyurtmanomani koʻrib chiqadi va quyidagilarga taqdim etilgan hujjatlar tahlilini oʻtkazadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kalibrlash (qiyoslash) sertifikatida “CIPM MRA” logotipi mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kalibrlash (qiyoslash) sertifikatini bergan institutlarda kalibrlash (qiyoslash) sertifikatini qamrab oluvchi Xalqaro tarozi va oʻlchovlar byurosining asosiy solishtirishlar boʻyicha maʼlumotlar bazasida (KCDB) tasdiqlangan kalibrlash va oʻlchash imkoniyatlari (CMCs) mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Vakolatli organ 1 ish kuni mobaynida tahlil natijalariga koʻra, ushbu Nizomga 10-ilovaga muvofiq shakllar boʻyicha metrologik nazorat natijalarini eʼtirof etish toʻgʻrisida sertifikat beradi yoki eʼtirof etish rasman asoslangan holda rad etiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 48 va 49-bandlar, tegishli ravishda, 52 va 53 bandlar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ilovalarga quyidagi mazmundagi 71 ilova qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-son qaroriga
71-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV SXEMA
Milliy oʻlchash etalonlari, milliy metrologiya institutlari tomonidan beriladigan kalibrlash va oʻlchash sertifikatlarining oʻzaro eʼtirof etilishi toʻgʻrisidagi kelishuv (CIPM MRA) doirasida oʻlchash vositalarini metrologik tekshiruvdan oʻtkazish natijalarini eʼtirof etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) quyidagi mazmundagi 81 ilova qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-son qaroriga
81-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎Vakolatli organ rahbariga _____________________‎‎

Oʻlchash vositalarining metrologik attestatsiya (turini tasdiqlash) natijalarini eʼtirof etishga ‎‎
‎ARIZA

‎‎Ariza beruvchi ______________________________________________________
_____________ (ariza beruvchining nomi, manzili, telefoni, elektron pochtasi)
‎metrologik nazoratini eʼtirof etish toʻgʻrisida sertifikat berish uchun hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazishni iltimos qiladi.

___________________________________________________________________
‎‎‎(oʻchash vositalarining nomi va belgilanishi,
__________________________________________________________________ .
zavod raqami yoki boshqa identifikatsiyalovchi belgisi, ishlab chiqarilgan yili)‎‎

‎‎____________________________________
‎‎(ishlab chiqaruvchi tashkilotning nomi)‎‎‎

‎‎tomonidan tayyorlangan (ishlab chiqilgan),‎‎‎‎

____________________________________________
‎‎‎(metrologik nazorat natijalarini tasdiqlagan tashkilotning nomi)

‎‎tomonidan tasdiqlangan va
‎‎_________________ ‎raqami bilan _________ ‎‎ning Davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan.

(mamlakatning nomi)‎‎

‎‎Oʻlchash vositalari turi _____________________________________ga muvofiq

‎‎(normativ hujjatning belgilanishi)

‎‎Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: ______________________________

‎‎(hujjatlar roʻyxati)

‎‎Ariza beruvchining nomi, manzili va STIR ‎‎
‎____________________________________________
Ariza beruvchining telefoni/faksi ‎‎_______________________________________
‎‎Ijro etuvchi xodimning F.I.O., lavozimi va telefoni ‎‎
‎_______________________________________‎

_____________________________
‎(rahbar/vakolat bergan shaxs)

____________
‎(Imzo) ‎‎

_____________________
‎(F.I.O.)‎‎

‎‎20___ yil “____” _______________”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyotda qoʻllanadigan laboratoriya va diagnostika uskunalarining metrologik nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 15-fevraldagi 112-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 2-son, 36-modda) 4-bandining uchinchi xatboshida “Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot instituti” soʻzlari “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-son qaroriga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 2000-yil 17-yanvardagi 13-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 13-yanvardagi 14-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 5-modda) 16-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish ustidan davlat nazoratini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 15-yanvardagi 24-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., №1, 4-modda) 2-bobiga 5-ilovasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-avgustdagi 373-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 8-son, 77-modda) 2 va 3-bandlari, shuningdek 2 va 6-ilovalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2006-yil 22-maydagi 92-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 34-modda) 51-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda) 1-ilovaning 57-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Etil spirtining sifati ustidan nazoratni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 31-iyuldagi 159-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasining QXT, 2007-y., 31-32-son, 319-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyuldagi 108-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 27-modda) ilovaning 51-bandining “b)” kichik bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining “Sertifikatlashtirish tartibotlarini va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 28-apreldagi 122-son qarori 4 bandining “v)” va “g)” kichik bandlari, shuningdek, unga 9-ilovaning 6-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2012-yil 1-noyabrdagi 313-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 11-son, 79-modda) 1-ilovaning 69-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2014-yil 3-martdagi 45-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 16-modda) 1-ilovaning 20-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazirlar Mahkamasining “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 14-oktabrdagi 292-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 10-sonli, 92-modda) 3 ilova 3-bandining “b” kichik bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda) 1-ilovaning 74-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2016-yil 8-sentabrdagi 289-son qaroriga ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 9-son, 84-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 2-iyundagi 348-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 92-modda) 2-bandining “g)” kichik bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2018-yil 15-fevraldagi 121-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 2-son, 38-modda) 1-ilovaning 3-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2019-y., 09/19/348/3006-son; 23.07.2020-y., 09/20/450/1092-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 04.07.2024-y., 09/24/370/0468-son; 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 18.02.2026-y., 06/26/25/0150-son)