Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.02.2020 19.11.2010 yildagi 221-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.02.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav fondlarini shakllantirmagan korxonalarni tugatishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 21-fevraldagi 05-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy sudlar tomonidan moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav fondlarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarining toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Iqtisodiy sudlarning eʼtibori moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav fondlarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish bilan bogʻliq qonun hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi), “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 28-iyundagi “Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-2331-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-iyuldagi “Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi toʻgʻrisida”ga 327-sonli qarori va boshqa normativ-huquqiy hujjatlardan iboratligiga qaratilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Sudlar inobatga olishlari lozimki, yuridik shaxslarni tugatish asoslari FKning 53-moddasida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlib, mazkur Plenum qarorida esa faqatgina moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav fondlarini shakllantirmagan korxonalarni tugatishga oid huquqiy normalarni qoʻllash boʻyicha tushuntirishlar berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. FK 53-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-iyuldagi 327-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning (bundan buyon matnda Nizom deb yuritiladi) 1.3-bandiga muvofiq korxonalarni tugatish uchun korxona muassislari (ishtirokchilari)ning qarori (ixtiyoriy tugatish) yoki iqtisodiy sudning hal qiluv qarori asos hisoblanadi, yoxud oilaviy korxonada yagona ishtirokchi qolgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FK 53-moddasi ikkinchi qismining mazmuniga koʻra, Nizomda qayd etilgan qoidalar yakka tartibdagi tadbirkorlarga, shuningdek qonunda belgilangan muddat davomida moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan dehqon va fermer xoʻjaliklariga, nodavlat notijorat tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Iqtisodiy sudlarga tushuntirilsinki, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlanmaganligi, hisobotlar topshirilmaganligi, debitorlik-kreditorlik qarzlari, pul mablagʻlari, mol-mulki bor-yoʻqligi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarning mavjud yoki mavjud emasligidan qatʼi nazar, olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonasi esa — uch oy mobaynida) talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari boʻyicha pul operatsiyalarini oʻtkazish bilan bogʻliq moliya-xoʻjalik faoliyatning amalga oshirilmaganligi yoki qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzining ustav fondini shakllantirmaganligi korxonani tugatish uchun zaruriy shart hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.1. Moliya-xoʻjalik faoliyati deganda, korxonaning mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish hamda buxgalteriya-moliya, hisob-kitob va tovarga ilova hujjatlarini yuritish bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatish faoliyati tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.2. Qonunchilikda belgilangan muddat deganda, korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran ustav fondini taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirish uchun FK 53-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan bir yillik muddat tushuniladi, qonun hujjatlarida boshqacha muddat nazarda tutilgan hollar bundan mustasno:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Nizom 3.1-bandining ikkinchi xatboshisiga muvofiq moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻz ustav fondini shakllantirmagan korxonani tugatish toʻgʻrisidagi ariza bilan iqtisodiy sudga roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ murojaat qilishga haqli.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Iqtisodiy sudlarga tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-yanvardagi 70-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari yuridik shaxs hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) hokimligi huzuridagi moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav fondlarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish boʻyicha maxsus komissiya (bundan buyon matnda maxsus komissiya deb yuritiladi) hokimlikning doimiy ish olib boruvchi, jamoatchilik asosida faoliyat koʻrsatuvchi organi hisoblanadi va u yuridik shaxs maqomiga ega emas. Shu munosabat bilan, sudga korxonani tugatish toʻgʻrisidagi ariza bilan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi yoki maxsus komissiya murojaat qilsa, bunday arizani qabul qilish IPK 154-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda rad etiladi, agar ariza ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, ish yuritish IPK 110-moddasining 1-bandiga mos holda tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar korxonani tugatish toʻgʻrisidagi ariza bilan Davlat xizmatlari agentligining tegishli hududdagi boshqarmasi yoki uning nomidan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi ishonchnoma asosida murojaat qilsa, ariza ish yuritishga qabul qilinadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Iqtisodiy sudlar eʼtibor berishlari lozimki, IPK 151-moddasining birinchi, ikkinchi qismlarida (birinchi qismining 1-bandi bundan mustasno) nazardan tutilgan hujjatlardan tashqari, korxonani tugatish toʻgʻrisidagi arizaga, agar u:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilmaganligi munosabati bilan berilgan boʻlsa:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda tasdiqlangan taʼsis hujjatlari nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonasi esa — uch oy mobaynida) moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilmaganligi toʻgʻrisida bankning davlat soliq xizmati organiga taqdim etgan axboroti nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonaning mol-mulki boʻlmasa va (yoki) muassislari (ishtirokchilari) bedarak boʻlsa — davlat soliq xizmati organining roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga bunday korxonani tugatish toʻgʻrisidagi taqdimnomasi, moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan boshqa korxonalar boʻyicha esa — ularning faoliyatini bundan keyin davom ettirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organining maxsus komissiyaga yuborgan soʻrovnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus komissiyaning korxona faoliyatini bundan keyin davom ettirishning maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosasi (qarori);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan muassislarga (ishtirokchilarga) korxonani ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida yozma taklif yuborilganligini tasdiqlovchi dalil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassislarning (ishtirokchilarning) korxonani ixtiyoriy tugatishni amalga oshirishni rad etganligi (mavjud boʻlganda) yoxud muassislarni (ishtirokchilarni) aniqlash mumkin boʻlmaganligini tasdiqlovchi dalillar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ustav fondi shakllantirilmaganligi munosabati bilan berilgan boʻlsa:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda tasdiqlangan taʼsis hujjatlari nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisida guvohnoma nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan muddatda oʻz ustav fondini shakllantirmagan korxona faoliyatini bundan keyin davom ettirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning soʻrovnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus komissiyaning korxona faoliyatini bundan keyin davom ettirishning maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi xulosasi (qarori);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan muassislarga (ishtirokchilarga) korxonani ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida yozma taklif yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassislarning (ishtirokchilarning) korxonani ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida taklifni rad etganligi (mavjud boʻlganda) yoxud koʻrsatilgan shaxslarni aniqlash mumkin boʻlmaganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxona muassislari (ishtirokchilari) bedarak boʻlgan taqdirda qayd etilgan hujjatlardan tashqari arizaga roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan korxonani tugatish jarayoni boshlanganligi toʻgʻrisida matbuotda eʼlon berilganligini tasdiqlovchi dalillar, bundan tashqari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, uy-joy mulkdorlari shirkati, turar joy yoki noturar joy mulkdori vakillari tomonidan berilgan shaxsning roʻyxatga olingan manzilda hozir boʻlmasligi haqida maʼlumotnoma yoki dalolatnoma yoxud manzil maʼlumot byurosi tomonidan shaxsning roʻyxatdan chiqib, boshqa hududga ketganligi haqida berilgan maʼlumotnoma yoxud shaxsning vafot etganligi yoki ozodlikdan mahrum etish joylarida ekanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur band birinchi qismi a) kichik bandining yettinchi, sakkizinchi hamda b) kichik bandining oltinchi, yettinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hujjatlar, yaʼni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning muassislarga (ishtirokchilarga) korxonani ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida yozma taklif yuborganligini tasdiqlovchi dalillar va muassislarning (ishtirokchilarning) korxonani ixtiyoriy tugatishni amalga oshirishni rad etganligi (mavjud boʻlganda) yoxud muassislarni (ishtirokchilarni) aniqlash mumkin boʻlmaganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinmasa, ariza IPK 155-moddasi birinchi qismining 7-bandiga muvofiq qaytariladi, agar ariza ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, ariza IPK 107-moddasining 5-bandiga muvofiq koʻrmasdan qoldiriladi.
(7-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning birinchi qismi a) kichik bandining ikkinchi — oltinchi hamda b) kichik bandining ikkinchi — beshinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilinmasa, ariza IPK 155-moddasi birinchi qismining 1-bandiga muvofiq qaytariladi.
(7-bandning oʻn toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Nizomning 3.1-bandiga muvofiq, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻz ustav fondini shakllantirmagan korxona faoliyatini bundan keyin davom ettirishning maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida soliq organining taqdimnomasini yoki maxsus komissiyaning xulosasini olgan kundan boshlab bir hafta muddatda muassislarga (ishtirokchilarga) asoslarini koʻrsatgan holda yozma ravishda korxonani ixtiyoriy tugatishni taklif etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar korxona ikki hafta muddatda (aksiyadorlik jamiyati — bir oy muddatda) ixtiyoriy tugatishga kirishmagan yoxud korxona muassislari (ishtirokchilar) ixtiyoriy tugatishni amalga oshirishni rad etgan, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan shaxslarni aniqlash mumkin boʻlmagan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bir hafta muddatda iqtisodiy sudga korxonani tugatish toʻgʻrisidagi arizani belgilangan tartibda yuboradi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nizomning 5.2-bandiga koʻra, agar muassislari (ishtirokchilari) bedarak boʻlgan korxonani tugatish jarayonining boshlanishi toʻgʻrisida matbuotda eʼlon berilgan kundan boshlab uch oydan soʻng muassislar (ishtirokchilar) kelmasa yoki topilmasa, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bir hafta muddatda korxonani tugatish toʻgʻrisida iqtisodiy sudga ariza bilan murojaat qiladi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandning uchinchi xatboshisida belgilangan tartibga rioya qilinmaganda, ariza IPK 155-moddasi birinchi qismining 7-bandiga muvofiq qaytariladi, agar ushbu holat ishni koʻrish jarayonida aniqlansa, ariza IPK 107-moddasining 5-bandiga muvofiq koʻrmasdan qoldiriladi.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav fondlarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish toʻgʻrisidagi ishlar iqtisodiy sudlar tomonidan IPKda nazarda tutilgan qoidalar asosida, korxonalarni tugatish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan xususiyatlar hisobga olingan holda koʻriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 330-moddasining 4-bandiga muvofiq, qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) oʻz ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirmagan korxonalarni tugatishga doir ishlar boʻyicha arizachi va javobgar iqtisodiy sudlarda davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 28-iyundagi “Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav jamgʻarmalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-2331-sonli Farmonining 5-bandiga muvofiq mazkur toifadagi ishlar boʻyicha arizachi va javobgar sud chiqimlari, shu jumladan pochta xarajatlarini toʻlashdan ham ozod qilingan.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Iqtisodiy sudlarga tushuntirilsinki, ishni koʻrish jarayonida korxona faoliyati tiklanganligi holatining aniqlanishi arizadagi talabni qanoatlantirishni rad qilish uchun asos boʻlmaydi. Bunday holda, agar arizachi korxona faoliyatini davom ettirishiga eʼtirozi yoʻqligini bildirib, IPKning 157-moddasiga muvofiq arizadagi talabdan voz kechish haqida iqtisodiy sudga ariza taqdim qilsa, voz kechish qabul qilinishi va ish yuritish IPK 110-moddasining 6-bandiga muvofiq tugatilishi mumkin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Korxona olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonasi esa — uch oy mobaynida) moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmaganligi sababli uni tugatish haqidagi ariza ushbu muddat oʻtgunga qadar berilgan boʻlsa, undagi talabni qanoatlantirish rad etiladi. Agar koʻrsatilgan muddat oʻtgach ariza yangidan berilsa, bunday holda arizaning asosi oʻzgargan hisoblanib, u mazmunan koʻrilishi lozim va ish yuritish IPK 110-moddasining 2-bandiga asosan tugatilishi mumkin emas.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Eʼtiborga olish lozimki, ish boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar muassislar (ishtirokchilar) tomonidan korxonani ixtiyoriy tugatish haqida qaror qabul qilinib, korxona yagona davlat reyestridan chiqarilmagan boʻlsa, arizadagi talab rad qilinishi, agar yagona davlat reyestridan chiqarilgan boʻlsa, ish yuritish IPK 110-moddasining 4-bandiga asosan tugatilishi kerak.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Nizomning 3.2-bandiga muvofiq korxonani tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan iqtisodiy sud bu haqda korxonani davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organga, maxsus komissiyaga, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi davlat vakolatli organiga (agar korxona aksiyadorlik jamiyati boʻlsa) yozma ravishda xabar berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, ushbu organlarga hal qiluv qarori nusxalarining topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuborilganligi yoki tilxat olib topshirilganligi, ularning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa, axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilganligi ularning yozma ravishda xabardor qilinganligini bildiradi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Nizom 3.1-bandining uchinchi xatboshisiga muvofiq iqtisodiy sud tomonidan korxonani tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, tugatish jarayoni uning topshirigʻiga koʻra, maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarga tushuntirilsinki, iqtisodiy sudning korxonani tugatish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori, qarorining ijrosi yuzasidan ijro varaqasi berilmaydi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. FK 55-moddasining oʻn birinchi qismiga, Nizom 3.12-bandining ikkinchi xatboshisiga muvofiq, korxonaning tugatilishi haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritib qoʻyilganidan soʻng korxonani tugatish tamomlangan, faoliyati esa tugagan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Agar iqtisodiy sudning hal qiluv qarori bilan tugatilgan korxona yagona davlat reyestridan chiqarilgan boʻlsa, sudning hal qiluv qarori ustidan berilgan shikoyat (protest)ni qabul qilish IPK 154-moddasi birinchi qismining 1-bandiga muvofiq rad etiladi, agar shikoyat (protest) ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, u boʻyicha ish yuritish IPK 110-moddasining 4-bandiga muvofiq tugatiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Agar korxona tugatilgan va yagona davlat reyestridan chiqarilgan boʻlsa, oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan deb hisoblagan shaxslar (shu jumladan kreditorlar), roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning korxonani yagona davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisidagi qarori ustidan yuqori turuvchi organga shikoyat berishi yoki mazkur qarorni haqiqiy emas deb topish haqida tegishli sudga daʼvo arizasi berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Iqtisodiy sudlarning eʼtibori moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav fondlarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda tijorat banklari, davlat soliq xizmati organlari, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar, maxsus komissiyalar tomonidan tugatiladigan korxonalarni aniqlash va hisobga olish tartibi hamda muddatlariga rioya etilganligini tekshirish, qonun hujjatlarining talablari buzilgan har bir holat boʻyicha aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish masalasini qoʻyish, huquqbuzarliklarni keltirib chiqargan sabablar va sharoitlarni puxta oʻrganish, xususiy ajrimlar chiqarish yoʻli bilan ularni bartaraf etish choralarini koʻrish lozimligiga qaratilsin.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy xoʻjalik sudi Raisi D. MIRZAKARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy xoʻjalik sudi Plenumining kotibi, sudya S. NUMANOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 19-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
221-son