O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA O‘ZGARTISHLAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Budjetdan tashqari Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2010-yil 10-noyabrdagi PQ-1432-son qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 11-fevral,
PF-4275-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 11-fevraldagi PF-4275-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5306-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish Davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmoni 7-bandidagi “Maktab ta’limi jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to‘g‘risida” 2008-yil 2-dekabrdagi PF-4059-son Farmoni 3-bandi birinchi xatboshidagi “Respublika maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armasiga” so‘zlari “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “1991-yilgacha qurilgan ko‘p xonadonli turar joy binolarining umumfoydalanadigan joylari va muhandislik kommunikatsiyalari kapital ta’mirlanishini yakunlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 25-iyuldagi PQ-425-son qarori 6-bandi birinchi xatboshidagi “Maktab ta’limi jamg‘armasiga” so‘zlari “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik sohasining iqtisodiy nochor korxonalarini sotib olgan yoki ishonchli boshqaruvga qabul qilgan investorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 21-sentabrdagi PQ-474-son qarori 1-bandi ikkinchi xatboshidagi “Maktab ta’limi jamg‘armasiga” so‘zlari “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PF-5739-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 06/19/5739/3249-son)
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-son qarori 31-ilovasining 18-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarda umumiy o‘rta ta’limni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 28-fevraldagi PQ-803-son qarori 7-bandi birinchi xatboshidagi “Maktab ta’limi fondiga” so‘zlari “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 28-fevraldagi PQ-804-son qarori 12-bandi birinchi xatboshidagi “Maktab ta’limi fondiga” so‘zlari “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollar ko‘paytirishni rag‘batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2008-yil 21-apreldagi PQ-842-son qarori 8-bandi ikkinchi va beshinchi xatboshidagi “Maktab ta’limi jamg‘armasiga” so‘zlari “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Germaniya Federativ Respublikasining imtiyozli kreditidan foydalangan holda “Qurilish va uy-joy-kommunal xo‘jaligi sohasida kasb-hunar ta’limini rivojlantirishga ko‘maklashish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 30-apreldagi PQ-852-son qarori 7-bandi uchinchi xatboshidagi “Maktab ta’limi jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “XXR Eksimbanki ishtirokida “Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlari va suv yo‘lidagi aholi punktlarini suv bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 2-maydagi PQ-855-son qarorining 7-bandida “maktab ta’limi jamg‘armasiga” so‘zlari “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koreya Respublikasi Hukumatining Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish fondi (YEDSF) imtiyozli krediti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2008-yil 31-iyuldagi PQ-934-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshidagi “maktab ta’limi fondiga” so‘zlari “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son qarorida:
9-bandi birinchi xatboshidagi “Maktab ta’limi jamg‘armasiga” so‘zlari “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
29-ilovaning 5-bandidagi “Maktab ta’limi jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “XXR Eksimbanki ishtirokida “Toshkent shahrini tashqi elektr bilan ta’minlash obyektlarini qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 21-maydagi PQ-1115-son qarorining 8-bandi uchinchi xatboshidagi “Maktab ta’limi jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 3-avgustdagi PQ-1167-son qarori 8-bandidagi “Maktab ta’limi jamg‘armasiga” so‘zlari “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Farg‘ona va Zarafshon vodiylarida suv resurslarini boshqarish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 10-avgustdagi PQ-1172-son qarori 8-bandining birinchi xatboshidagi “Maktab ta’limi jamg‘armasiga” so‘zlari “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘mon Sultonligi bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 29-sentabrdagi PQ-1197-son qarori 4-bandi uchinchi xatboshidagi “Maktab ta’limi jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Islom taraqqiyot banki, Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida irrigatsiya-drenaj tarmoqlarini tiklash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 29-oktabrdagi PQ-1215-son qarori 10-bandidagi “Maktab ta’limi jamg‘armasiga” so‘zlari “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Buxoro va Samarqand shaharlarida tozalash inshootlari va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 29-oktabrdagi PQ-1216-son qarori 9-bandi birinchi xatboshidagi “Maktab ta’limi jamg‘armasiga” so‘zlari “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son qarori 31-ilovasining 23-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
26. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Barkamol avlod yili” davlat dasturi to‘g‘risida” 2010-yil 27-yanvardagi PQ-1271-son qarori ilovasi 31-bandining “Tadbirlar nomi” va “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
27. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent IEM” OAJda kogeneratsion gaz turbinasi texnologiyasini joriy etish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 4-fevraldagi PQ-1277-son qarori 6-bandi yettinchi xatboshidagi “Maktab ta’limi jamg‘armasiga” so‘zlari “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
28. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazining kardioxirurgiya bo‘limini jihozlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 24-martdagi PQ-1309-son qarori 9-bandining ikkinchi xatboshidagi “Maktab ta’limi jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
29. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Navoiy va Buxoro viloyatlari tuman markazlarini ulagan holda Damxo‘ja mintaqalararo vodoprovodini modernizatsiyalash. Termiz shahri kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 16-apreldagi PQ-1324-son qarori 11-bandi ikkinchi xatboshidagi “Maktab ta’limi jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
30. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish. 2-faza” loyihasini ko‘p transhli moliyalashtirish Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 3-maydagi PQ-1331-son qarori 9-bandining birinchi xatboshidagi “Maktab ta’limi jamg‘armasi” so‘zlari “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 9-son, 84-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2019-y., 06/19/5739/3249-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)