Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.09.2017 10.11.2010 yildagi PQ-1432-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.09.2017
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha budjetdan tashqari jamg‘armani tashkil etish to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-avgustdagi PQ-3242-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etib o‘tilsinki, Qadrlash tayyorlash milliy dasturini va maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish natijasida respublikada xalqaro standartlarga mos keladigan uzluksiz majburiy umumiy hamda o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining 12 yillik tizimi vujudga keltirildi. 1536 ta akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, amalda barcha umumta’lim maktablari, ta’lim muassasalari qoshidagi 1817 ta sport zallari namunaviy loyihalar asosida barpo etildi, mukammal rekonstruksiya qilindi hamda zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, mebel va o‘quv asbob-anjomlari bilan jihozlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ta’lim muassasalarining barpo etilgan moddiy-texnika bazasidan samarali foydalanish va muttasil yangilab borishni ta’minlash, ularni tizimli asosda eng zamonaviy kompyuter texnikasi, o‘quv-laboratoriya uskunalari, mebel va asbob-anjomlar bilan qayta jihozlashni, shuningdek ilg‘or ta’lim texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya tizimlarini o‘quv jarayoniga keng tatbiq etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011-yil 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasini tugatib, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha budjetdan tashqari jamg‘armani tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha budjetdan tashqari jamg‘armaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘armaga kelib tushayotgan mablag‘larni keyinchalik ulardan ta’lim muassasalari — umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini jihozlash (to‘liq jihozlash) maqsadida foydalanish uchun jamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, shu jumladan, zarur hollarda o‘quv korpuslarini o‘quv ustaxonalari va laboratoriyalar bilan kengaytirish, sport zallari va maydonchalarini hamda boshqa infratuzilma obyektlarini barpo etish bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, tasdiqlangan normativlardan kelib chiqib, ta’lim muassasalarini eng yangi o‘quv-laboratoriya va ishlab chiqarish uskunalari, kompyuter texnikasi hamda axborot-kommunikatsiya ta’lim texnologiyalarining boshqa elementlari bilan, shuningdek o‘quv mebeli va asbob-anjomlari bilan tizimli qayta jihozlash hamda to‘liq jihozlashni moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan manzilli dasturlarga muvofiq sog‘liqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha ishlarni moliyalashtirish;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-yanvardagi PF-4416-sonli Farmoniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 3-4-son, 26-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy talablar va belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda, sog‘liqni saqlash muassasalarini eng yangi laboratoriya, diagnostika va davolash uskunalari, kompyuter texnikasi hamda boshqa tibbiy apparatlar, maxsus mebel va anjomlar bilan jihozlashni hamda doimiy ravishda tizimli qayta jihozlashni moliyalashtirish.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-yanvardagi PF-4416-sonli Farmoniga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 3-4-son, 26-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qo‘yilsinki, tugatilayotgan budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasining barcha aktiv va passivlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha budjetdan tashqari jamg‘armaga topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-yanvardagi PF-4416-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 3-4-son, 26-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-yanvardagi PF-4416-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchnchi yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 3-4-son, 26-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy moliya boshqarmalarining tuzilmasida moliya organlari bo‘yicha belgilangan boshqaruv xodimlari soni doirasida 2 nafar xodimdan iborat Jamg‘arma mablag‘larini hisobga olish, ulardan foydalanishni tahlil va monitoring qilish shu’basi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparatining belgilangan xodimlar soni doirasida 3 nafar xodimdan iborat Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat shu’basi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining operatsion boshqarmasi tuzilmasida 2 nafar xodimdan iborat hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmalarining operatsion bo‘limlarida moliya organlari uchun belgilangan xodimlarning umumiy cheklangan soni doirasida 1 nafar xodimdan iborat shu’ba;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tuzilmalarida boshqaruv xodimlari soni markaziy apparatlarda 3 nafardan iborat bo‘lgan ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash (to‘liq jihozlash)ning manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish va monitoring qilish guruhlari hamda ularning hududiy boshqarmalarida mazkur tuzilmalarning belgilangan boshqaruv xodimlari soni doirasida 2 nafardan iborat tegishli shu’balar tashkil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining tuzilmasiga tuman (shahar) moliya bo‘limlaridagi tegishli lavozimlarni qisqartirish hisobiga ta’lim muassasalari binolarining texnik holati, infratuzilmasi va jihozlanishi masalalari bo‘yicha 1 nafardan mutaxassis (muhandis) lavozimini kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasining mablag‘laridan, ayniqsa, ta’lim va tibbiyot muassasalarini zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, shuningdek laboratoriya, diagnostika, davolash uskunalari hamda boshqa tibbiy apparatlar, maxsus mebel va anjomlar bilan to‘liq jihozlash bo‘yicha aniq maqsadni ko‘zlab va oqilona foydalanish ustidan tizimli asosda doimiy monitoring olib borsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ishtirokida hududlar bo‘yicha ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashga oid takliflarni shakllantiradilar hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini tasdiqlash uchun belgilangan muddatdan uch oy oldin mana shu takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligiga kiritadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga kelib tushadigan mablag‘lar doirasida Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda Budjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb- hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash Dasturining uzil-kesil parametrlarini shakllantiradilar hamda uni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining loyihasi kiritiladigan muddatlarda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadilar;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash Dasturi har yili tasdiqlanadigan Investitsiya dasturiga mustaqil bo‘lim sifatida kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda ikki hafta muddatda Jamg‘arma to‘g‘risidagi nizomni hamda Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning har yilgi Dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash Tartibini tayyorlasin hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi vazifasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmati zimmasiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’lim muassasalarini jihozlash (to‘liq jihozlash) bo‘yicha buyurtmachi vazifasi, berilgan vakolatlar doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, boshqa ommaviy axborot vositalari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlarni, ta’lim muassasalarining barpo etilgan moddiy-texnika bazasi negizida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan o‘quv jarayonida foydalanishning ijobiy tajribasini keng yoritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni, ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning har yilgi Dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash Tartibini, shuningdek, ta’lim standartlarining talablarini hisobga olgan holda, umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, mebel va anjomlar bilan jihozlashning yangilangan normativlarini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 10-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1432-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 44-45-son, 379-modda; 2012-y., 3-4-son, 26-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda)