OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZINING
QARORI
Oldingi tahrirga qarang.
Akademik litseylar va professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilarining bilim saviyasi, koʻnikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 18-oktabrdagi 405-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1812-2, 28.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2025-y., 10/25/1812-2/0987-son)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 19-mayda 1812-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 18-oktabrdagi 405-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1812-2, 28.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2025-y., 10/25/1812-2/0987-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Akademik litseylar va professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilarining bilim saviyasi, koʻnikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 18-oktabrdagi 405-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1812-2, 28.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2025-y., 10/25/1812-2/0987-son)
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2008-yil 30-aprel,
01-148Q/Q-son
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 30-aprel,
118-son
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori Z. SATTOROV
Toshkent sh.,
2008-yil 30-aprel,
16/QQ-son
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining 2008-yil 30-apreldagi 01-148Q/Q, 118, 16/QQ-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Oldingi tahrirga qarang.
Akademik litseylar va professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilarining bilim saviyasi, koʻnikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi toʻgʻrisida
NIZOM
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 18-oktabrdagi 405-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1812-2, 28.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2025-y., 10/25/1812-2/0987-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom akademik litseylar va professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilarining bilim saviyasi, koʻnikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimini tartibga soladi.
Ushbu Nizomning amal qilishi Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylar oʻquvchilarining bilim saviyasi, koʻnikma hamda malakalarini nazorat qilishning reyting tizimiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 18-oktabrdagi 405-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1812-2, 28.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2025-y., 10/25/1812-2/0987-son)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Akademik litseylar va professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilarining bilim saviyasi, koʻnikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi Davlat taʼlim standartlarining tarkibiy qismi boʻlib hisoblanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 18-oktabrdagi 405-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1812-2, 28.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2025-y., 10/25/1812-2/0987-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻquvchilarining bilim saviyasi, koʻnikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi barcha akademik litseylar va professional taʼlim tashkilotlarida joriy etiladi va mazkur Nizom asosida amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 18-oktabrdagi 405-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1812-2, 28.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2025-y., 10/25/1812-2/0987-son)
II. Reyting tizimining maqsad va vazifalari
3. Reyting tizimining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
a) akademik litseylar va professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilarida Davlat taʼlim standartlariga muvofiq tegishli bilim, koʻnikma va malakalari saviyasini shakllanganligi darajasini nazorat qilish;
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 18-oktabrdagi 405-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1812-2, 28.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2025-y., 10/25/1812-2/0987-son)
b) oʻquvchilar bilimi, koʻnikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari: Davlat taʼlim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, haqqoniylik, ishonchlilik va qulay shaklda baholashni taʼminlash;
v) oʻquvchilar bilimi, koʻnikma va malakalari darajalarini taqqoslash va taʼlim jarayonida oʻzaro musobaqa muhitini yaratish;
g) oʻquvchilarning fanlar boʻyicha kompleks hamda uzluksiz tayyorgarligini taʼminlash;
d) oʻquvchilarning har bir fan va amaliyot turlari boʻyicha oʻzlashtirish darajalarini aniqlash;
e) oʻquvchilarda bilim, koʻnikma va malakalari saviyasini shakllanish surʼatini muntazam ravishda tahlil qilib borish.
III. Reyting tizimining asosiy tamoyillari va nazorat turlari
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻquvchilarning bilim saviyasi va oʻzlashtirish darajasining Davlat taʼlim standartlariga muvofiqligini taʼminlash uchun quyidagi nazorat tartibotlarini oʻtkazish nazarda tutiladi:
joriy nazorat — oʻquvchining fan mavzulari boʻyicha oʻzlashtirish darajasini muntazam ravishda baholash orqali amalga oshiriladi. Bunda ushbu nazorat ogʻzaki soʻrovlar, seminarlar, diktant, bayon, insho va testlar shaklida oʻtkaziladi;
oraliq nazorat — semestr davomida fanning tegishli boʻlimi tugaganidan keyin oʻquvchining bilimi va amaliy koʻnikmalarini baholash orqali amalga oshiriladi. Bunda ushbu nazorat ogʻzaki, yozma ish (individual yoki jamoaviy ish, prezentatsiya, tahliliy maʼlumot tayyorlash, muammoli vaziyat (kazuslar) yoki test sinovlari shaklida oʻtkaziladi;
yakuniy nazorat — semestr yakunida oʻquvchining fan boʻyicha oʻzlashtirgan bilim va amaliy koʻnikmalarini baholash orqali amalga oshiriladi.
Fan tugallanishida yakuniy nazorat yozma yoki test usulida oʻtkaziladi. Boshqa hollarda yakuniy nazoratning oʻtkazilish tartibi, shakli taʼlim tashkilotining ilmiy-pedagogik kengashi tomonidan belgilanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 18-oktabrdagi 405-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 1812-2, 28.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2025-y., 10/25/1812-2/0987-son)
5. Reyting tizimini joriy qilishda quyidagi asosiy tamoyillar bajarilishi zarur:
a) har bir fan boʻyicha tegishli kafedralar tomonidan maʼqullangan variantlar asosida boshlangʻich nazorat oʻtkaziladi. Boshlangʻich nazorat reyting monitoringi va tahlil guruhi tomonidan oʻtkaziladi;
b) oʻquv dasturining mantiqan tugallangan boʻlimi boʻyicha oʻquvchi albatta baholanadi va natijasi oʻtish balidan (3 ball) past boʻlganda qayta nazorat belgilanadi. Ushbu boʻlimlarni tegishli kafedralar aniqlaydi;
v) yakuniy nazorat kafedralar tomonidan tuzilgan variantlar asosida reyting monitoringi va tahlili guruhi kuzatuvi ostida oʻtkaziladi.
6. Semestr mobaynida oʻquv yuklamasi 24 soatdan kam boʻlgan fanlardan oraliq nazorat oʻtkazilmaydi.
IV. Oʻquvchilarning bilim saviyasini baholash va yakuniy reyting koʻrsatkichlarini aniqlash
7. Oʻquvchilarning bilim saviyasi, koʻnikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida oʻquvchining har bir fan boʻyicha oʻzlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.
8. Har bir nazorat turi qanday shaklda oʻtkazilishidan qatʼi nazar, besh (5) ballik (“5”, “4”, “3”, “2”) usulda butun sonlar yordamida baholanadi.
9. Boshlangʻich nazoratning natijasi boshqa nazoratdan olingan ballarga qoʻshilmaydi. U oʻquvchining semestr davomida ushbu fan boʻyicha oʻzlashtirish surʼatini tahlil qilishda, oʻqituvchining oʻquvchilar bilan ishlash faoliyatining samarasi mezoni sifatida qoʻllaniladi.
10. Muayyan fan boʻyicha oʻquvchining semestr mobaynida toʻplashi mumkin boʻlgan umumiy bali (R semestr) maksimum “5” balni tashkil qilib, quyidagicha hisoblanadi:
| | | JN + ON + YAN | |
| | R semestr = | ————————— | , bunda: |
| | | 3 | |
JN — oʻquvchining semestr davomida joriy nazorat boʻyicha butun songa yaxlitlangan oʻrtacha bali,
ON — oʻquvchining semestr davomida oraliq nazoratlar boʻyicha butun songa yaxlitlangan oʻrtacha bali.
Agar fanning semestr boʻyicha yuklamasi 24 soatdan kam boʻlib, oralik nazorat oʻtkazilmagan taqdirda,
| | | JN + YAN | |
| | R semestr = | ————————— | boʻladi. |
| | | 2 | |
11. Muayyan fan yoki oʻquv amaliyot boʻyicha yillik umumiy ball sifatida semestrlarda toʻplangan umumiy ballarning oʻrtachasi olinadi
| | | R1-semestr + R2-semestr |
| | R yillik = | ———————————— . |
| | | 2 |
12. Har bir fan boʻyicha umumiy reyting ball R yillar boʻyicha toʻplangan umumiy reyting ballarining oʻrta qiymati kabi aniqlanadi (masalan, fan uch yil oʻqitilsa),
| | | R1 yil + R2 yil + R3 yil |
| | R = |
———————————— . |
| | | 3 |
13. Oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlari uchun ham maksimal semestr bali “5” ball boʻlib, reyting tizimida ularning oʻziga xos xususiyatlarini eʼtiborga olib loyihalashtiriladi.
V. Reyting monitoringi va tahlil guruhi
Oldingi tahrirga qarang.
14. Taʼlim tashkilotlarida reyting tizimini toʻlaqonli joriy etish, oʻqituvchilarga uslubiy yordam koʻrsatish, reyting natijalarini doimiy ravishda tahlil qilib borish maqsadida uslubchi, elektron hisoblash mashinasi operatori, kafedra mudirlari, psixolog va boshqa tajribali oʻqituvchilardan iborat reyting monitoringi va tahlil guruhi tuziladi. Unga direktorning oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari rahbarlik qiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
15. Reyting monitoringi va tahlil guruhi oʻz faoliyatini mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
VI. Yakuniy qoidalar
16. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi va Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bilan kelishilgan:
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Toshkent sh.,
2008-yil 25-aprel
Madaniyat va sport ishlari vaziri R. QURBONOV
Toshkent sh.,
2008-yil 25-aprel
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi T. QOʻZIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 25-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 20-21-son, 189-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2018-y., 10/18/1812-1/1810-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son; 28.10.2025-y., 10/25/1812-2/0987-son)