Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Umumiy oʻrta taʼlimga qoʻyilayotgan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda umumiy oʻrta taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, umumiy oʻrta taʼlimning oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi bilan uzviy aloqadorligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taʼlim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamenti zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 15-mart,
140-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta taʼlimni tashkil etish va umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining (keyingi oʻrinlarda — umumtaʼlim muassasasi) faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom talablari barcha umumtaʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Umumiy oʻrta taʼlimning muddati 11 yil boʻlib, uzluksiz taʼlim tizimining majburiy mustaqil turi hisoblanadi hamda “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
3. Umumtaʼlim muassasalari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, ushbu Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek oʻz ustavlariga amal qiladi.
4. Umumtaʼlim muassasasi yuridik shaxs hisoblanadi va oʻz ustaviga, mustaqil balansiga, shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga (davlat taʼlim muassasalari uchun), bank hisob raqamlariga, oʻz nomi koʻrsatilgan muhrga (davlat umumtaʼlim muassasalarining muhrida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushiriladi), shtampga va blankalarga ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining ustavi taʼlim tashkilotining muassislari tomonidan tasdiqlanadi va hududiy tegishli tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi tomonidan roʻyxatga olinadi.
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining namunaviy ustavi:
umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan;
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan ishlab chiqiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
6. Davlat umumtaʼlim muassasalarida umumiy oʻrta taʼlim olish bepul amalga oshiriladi.
7. Umumtaʼlim muassasasida taʼlim olish tilini tanlash Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Umumiy oʻrta taʼlimning maqsadi va vazifalari
8. Davlat taʼlim standartlariga muvofiq har bir shaxsning taʼlim va tarbiya olishdagi konstitutsiyaviy huquqini roʻyobga chiqarish umumiy oʻrta taʼlimning maqsadi hisoblanadi.
Umumiy oʻrta taʼlim oʻquvchilarga bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba koʻnikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yoʻnaltirishga va taʼlimning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi.
9. Umumiy oʻrta taʼlimning vazifalari quyidagilardan iborat:
oʻquvchilar tomonidan muntazam bilimlar olinishini taʼminlash, ularda bilim olish ehtiyojini rivojlantirish, bazaviy oʻquv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni shakllantirish;
oʻquvchilarda milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uygʻunlashtirish asosida yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, oʻz Vataniga va xalqiga sodiq fuqaroni shakllantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
taʼlimning uzluksizligini va izchilligini, umumtaʼlim muassasalari oʻquv dasturlarining oʻrta maxsus, boshlangʻich professional taʼlim muassasalari oʻquv dasturlari bilan uzviy bogʻliqligini taʼminlash;
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
taʼlim-tarbiya jarayoniga oʻqitishning zamonaviy va innovatsion pedagogik uslublarini hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali taʼlim sifatini oshirish;
oʻquvchilarning individual ijobiy xususiyatlarini aniqlash, qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish, ularning yuksak darajada taʼlim-tarbiya olishlari, ijodiy imkoniyatlarini shakllantirish va rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratib berish;
Oldingi tahrirga qarang.
professional tashxislash va kasb-hunarga yoʻnaltirish, shuningdek oʻquvchilarni yuqori malaka talab etmaydigan kasblarga tayyorlash.
(9-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
10. Umumtaʼlim muassasalari umumiy oʻrta taʼlimning maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun zarur tashkiliy, oʻquv-uslubiy, moddiy-texnik va psixologik-pedagogik shart-sharoitlarni yaratib beradi.
3-bob. Umumiy oʻrta taʼlimni tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
11. Umumiy oʻrta taʼlim boshlangʻich taʼlim (I — IV sinflar), tayanch oʻrta taʼlim (I — IX sinflar) va oʻrta taʼlim (X — XI sinflar) bosqichlaridan iborat boʻlib, kunduzgi taʼlim shaklida amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
12. Boshlangʻich taʼlim oʻquvchilarda oʻqish, yozish, sanash, oʻquv faoliyatining asosiy malaka va koʻnikmalari, ijodiy fikrlash xislatlari, oʻzini oʻzi nazorat qilish, nutq va xulq-atvor madaniyati, shaxsiy gigiyena va sogʻlom turmush tarzi asoslarini egallashni taʼminlashga yoʻnaltiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Umumiy oʻrta taʼlim muntazam va tizimli bilimlar olinishini, keng dunyoqarash hamda ijodiy mustaqil fikrlash shakllantirilishini, oʻquvchining barkamol shaxs sifatida kamol topishini, uning qiziqishlari va ijodiy qobiliyatlarining rivojlantirilishini taʼminlaydi.
Oʻrta taʼlim oʻquv dasturiga muvofiq oʻquvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va koʻnikmalar oʻzlashtirilishini, shuningdek taʼlimning keyingi turi tanlanishini hamda yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblar egallashini taʼminlaydi.
Umumiy oʻrta taʼlim umumtaʼlim muassasalarida uzluksiz tarzda, majburiy boʻlgan oʻn bir yil davomida amalga oshiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
14. Umumiy oʻrta taʼlim mazmuni oʻquv rejasi davlat va maktab komponentlardan iborat boʻladi.
Davlat komponentlari umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standarti bilan belgilanadi va oʻquvchilarning oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida bilimlar asoslarini yanada puxta oʻrganish va kasb-hunar egallashi uchun yetarli boʻlgan zaruriy darajani belgilaydi.
Maktab komponentlari oʻquvchining ehtiyojlari va qobiliyatlaridan, maktabning moddiy-texnik va kadrlar bilan taʼminlanganlik darajasidan kelib chiqib belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Umumtaʼlim muassasalarining quyidagi turlari tashkil etilishi mumkin:
boshlangʻich maktab (oʻqitish muddati 4 yil: I — IV sinflar);
umumiy oʻrta taʼlim maktabi (oʻqitish muddati 11 yil: I — XI sinflar);
ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab (oʻqitish muddati 7 yil: V — XI sinflar);
ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat (oʻqitish muddati 5 yil: VII — XI sinflar);
ijod maktabi (oʻqitish muddati 5 yil: VII — XI sinflar);
Prezident maktabi (oʻqitish muddati 7 yil V — XI sinflar);
olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati (oʻqitish muddati 7 yil: V — XI sinflar);
jismoniy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internat (oʻqitish muddati 11 yil: I — XI sinflar);
psixik (intellektual) rivojlanishida nuqson boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan (yordamchi) maktab, maktab-internat (oʻqitish muddati 9 yil: I — IX sinflar);
sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internat (oʻqitish muddati 11 yil: I — XI sinflar);
respublika ixtisoslashtirilgan oʻquv-taʼlim muassasasi (oʻqitish muddati zaruriyatga koʻra).
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
16. Davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalarga bevosita muassasaning oʻzida umumiy oʻrta taʼlim berish tashkil etiladi.
Davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda uzoq muddat davolanishga muhtoj bolalarga umumiy oʻrta taʼlim berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
17. Umumtaʼlim muassasalarida iqtidorli bolalarni izlash, tanlab olish va ularni ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalarida (sinflarida) oʻqitish boʻyicha aniq maqsadli ishlar amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab (maktab-internat), olimpiya va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab (maktab-internat), sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internat, alohida sharoitlarda taʼminlash, tarbiyalash va taʼlim berishga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etish tartibi va ular faoliyatining alohida xususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 410-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2018-y., 09/18/410/1304-son)
19. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan, alohida sharoitlarda yoxud uzoq muddat davolanishga muhtoj boʻlgan bolalarning taʼlim olishlari quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabda (maktab-internatda);
sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatda;
inklyuziv (uygʻunlashgan) sharoitda yashash joylaridagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida;
uyda yakka tartibda;
davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda.
20. Olis (togʻli, choʻlli) aholi punktlarida yashovchi maktab yoshidagi bolalarning umumiy oʻrta taʼlim olishlarini tashkil etish maqsadida tegishli tuman (shahar) hokimliklarining qarori asosida umumtaʼlim muassasalarining filiallari tashkil etiladi.
Umumtaʼlim muassasalarining filiallarida oʻquvchilar soni 100 nafargacha boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Boshqa umumtaʼlim muassasalariga yaqinligi hamda moddiy-texnik bazasining holatidan kelib chiqib, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — xalq taʼlimi boshqaruv organlari) hamda tuman (shahar) hokimliklari moliya boʻlimlarining takliflariga koʻra, tegishli tuman (shahar) hokimliklarining qarorlari asosida oʻquvchilarining soni 180 nafargacha boʻlgan umumtaʼlim muassasalari ham filiallarga aylantirilishi mumkin.
(20-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
21. Zaruriyatga koʻra, umumtaʼlim muassasalarida oʻquvchilarning yashashi va ovqatlanishi uchun lozim darajadagi shart-sharoitlar yaratiladi.
22. Oʻquvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning (keyingi oʻrinlarda — ota-onalar) ehtiyojidan kelib chiqib, bolalarning taʼlim-tarbiyasiga koʻmaklashish maqsadida umumtaʼlim muassasalarida kuni uzaytirilgan guruhlar tashkil etilishi mumkin.
Kuni uzaytirilgan guruhlarning faoliyat koʻrsatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
23. Yangi oʻquv yilida umumtaʼlim muassasasida tashkil etiladigan sinflar soni muassasaning xarajatlar smetasida nazarda tutilgan koʻrsatkichlarga toʻgʻri kelmagan hollarda, hududiy xalq taʼlimi boshqaruv organlari va tuman (shahar) hokimliklari moliya boʻlimlarining roziligi bilan qoʻshimcha sinflar tashkil etiladi.
4-bob. Oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmuni
24. Oʻquv yili umumtaʼlim muassasalarida 2-sentabrdan kelgusi yilning 25-mayiga qadar davom etadi va toʻrtta chorakka boʻlinadi.
25. Oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
oʻquv yilining davomiyligi — 34 hafta (1 sinflar uchun 33 hafta), Prezident maktablari va sport maktablari bundan mustasno;
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 797-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oʻquv haftasining davomiyligi — 6 kun (pedagogik kengashning qaroriga koʻra I — IV sinflar uchun 5 kun);
(25-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda — 5 kun;
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 797-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)
dars mashgʻulotining davomiyligi — 45 daqiqa;
dars mashgʻulotlari oraligʻidagi tanaffusning davomiyligi — 5 — 10 daqiqa (oʻquv kuni oʻrtasidagi tanaffusning davomiyligi — 15 — 30 daqiqa).
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda bayram (ishlanmaydigan) kuni deb belgilangan kunlarda dars mashgʻulotlari oʻtkazilmaydi.
(25-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga toʻgʻri kelib qolgan dars mashgʻulotlarining mavzulari oʻquv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashgʻulotlarida oʻtkaziladi.
26. Oʻquv yili davomidagi taʼtillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi:
kuzgi taʼtil — 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
qishki taʼtil — 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
bahorgi taʼtil — 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;
yozgi taʼtil — oxirgi bosqichli nazorat sinovi oʻtkazilgan kundan (bosqichli nazorat oʻtkazilmaydigan sinflar uchun oʻquv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1-sentabrgacha.
Taʼtilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga toʻgʻri kelib qolgan taqdirda, dars mashgʻulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.
I sinf oʻquvchilari uchun fevral oyi davomida qoʻshimcha bir haftalik taʼtil belgilanadi.
27. Umumtaʼlim muassasalarida yozgi taʼtil kunlari kunduzgi oromgohlar va maydonchalar tashkil etilishi mumkin.
28. Belgilangan meʼyorlar boʻyicha tegishli maydonga ega boʻlgan umumtaʼlim muassasasining sinflari toʻliqligi 35 nafardan ortib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Namunaviy loyihalar boʻyicha qurilmagan, moslashtirilgan binolarda joylashgan, oʻquvchilar soni yetarli boʻlmagan umumtaʼlim muassasalarida, olis (togʻli, choʻlli) aholi punktlarida joylashgan umumtaʼlim muassasalarida, shuningdek oʻzbek tilida oʻqitilmaydigan umumtaʼlim muassasalarida oʻquvchilar soni sinflarni toʻldirishning oʻziga xos shart-sharoitlaridan kelib chiqib, hududiy xalq taʼlimi boshqaruv organlari va tuman (shahar) hokimliklarining moliya boʻlimlari bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Umumtaʼlim muassasalarining (filiallarining) kam komplektli sinflarida boshlangʻich sinf oʻquvchilari quyidagi hollarda bitta sinfga birlashtirilishi mumkin:
(28-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
oʻquvchilar soni 8 nafargacha boʻlgan I — IV sinflar;
oʻquvchilar soni 12 nafargacha boʻlgan uchta boshlangʻich sinf;
oʻquvchilar soni 24 nafargacha boʻlgan ikkita boshlangʻich sinf (I va III, II va IV sinflar).
29. Malakali oʻqituvchilar yetarli boʻlgan quyidagi hollarda sinfdagi oʻquvchilarni ikki guruhga boʻlib oʻqitishga ruxsat etiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
oʻquvchilar soni 25 nafar va undan ziyod boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining I — XI sinflarida “Chet tili” fani, ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar, V — XI sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari”, VIII — XI sinflarda “Jismoniy tarbiya”, V — IX sinflarda “Texnologiya”, X-XI sinflarda “Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik” va “Kasbiy taʼlim” fanlari, taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining II — XI sinflarida “Oʻzbek tili” fani hamda taʼlim tili rus tili boʻlmagan umumtaʼlim muassasalarining II — XI sinflarida “Rus tili” fani.
(29-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi 78-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 09/25/78/0130-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
31. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiyaviy ishlar umumiy oʻrta taʼlimning tayanch oʻquv rejasi va umumiy oʻrta taʼlim dasturi asosida amalga oshiriladi.
32. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan davlat taʼlim standartlari asosida yangi oʻquv yili uchun oʻquv reja va unga tushuntirish xati ishlab chiqiladi hamda har yili 1-iyunga qadar umumtaʼlim muassasalariga yetkazish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalariga yuboriladi.
33. Oʻquvchilarning sifatli bilim olishini va ularni umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlariga mos holda oʻqitish natijalarini nazorat qilishni taʼminlash maqsadida umumtaʼlim muassasalarida quyidagi nazorat turlari olib boriladi:
joriy nazorat — oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini muntazam ravishda nazorat qilish uchun soʻrovlar, nazorat ishlari yoki testlar koʻrinishida oʻtkaziladi;
oraliq nazorat — chorak yakunida oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini baholash uchun oʻquv dasturining bir qismi tugaganda amalga oshiriladi va u yozma nazorat ishi yoki testlar koʻrinishida olib boriladi;
bosqichli nazorat — oʻquv yili tugaganda ogʻzaki, yozma imtihon hamda test sinovlari koʻrinishida amalga oshirilib, unga asosan oʻquvchining yakuniy bahosi, reytingi aniqlanadi va oʻquvchini keyingi sinfga oʻtkazishga qaror qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
yakuniy nazorat — tayanch oʻrta taʼlim va oʻrta taʼlim tugaganidan soʻng yakuniy davlat attestatsiyasi shaklida oʻtkaziladi;
(33-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
“Chet tili” fanidan oʻquvchilarning oʻzlashtirish darajasi xalqaro baholash tizimi asosida aniqlanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Umumtaʼlim muassasasi oʻquvchilarining bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan belgilanadi.
(33-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 821-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilarining bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy attestatsiyalarini oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
331. Umumtaʼlim muassasalarida oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini baholash boʻyicha bosqichma-bosqich mezonlarga asoslangan (formativ va summativ) baholash tizimi joriy etiladi.
Mezonlarga asoslangan (formativ va summativ) baholash tizimini joriy etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
(331-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-fevraldagi 130-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Umumtaʼlim muassasalarining V — XI sinflar oʻquvchilari tegishli fanlardan bosqichli nazoratlarni muvaffaqiyatli topshirganlaridan soʻng keyingi sinfga oʻtkaziladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
35. Tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi va umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashi qarori bilan oʻquvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratdan ozod etilishi mumkin.
Oʻquvchilarga sinfdan sinfga koʻchirish imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod boʻlish huquqini beruvchi kasalliklar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Oʻquvchilarning xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari hamda boshqa koʻrik-tanlovlardagi ishtiroki yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazorat muddatlariga toʻgʻri kelib qolgan taqdirda, ular tegishli yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratlardan ozod etiladi.
Ularning bilimlarini yakuniy baholash va reytingini aniqlash yillik baholar asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Umumtaʼlim muassasalari bitiruvchilariga quyidagi turdagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat (shahodatnoma)lar beriladi:
tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma — umumtaʼlim muassasasining IX sinfni tugatgan, taʼlim dasturlarini davlat taʼlim standartlari talablari darajasida oʻzlashtirgan va oʻquv fanlaridan yil yakuni boʻyicha ijobiy baholangan, yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi aʼlo darajali shahodatnoma — umumtaʼlim muassasasining IX sinfni tugatgan, taʼlim dasturlarini davlat taʼlim standartlari talablari darajasida oʻzlashtirgan, VII sinfdagi musiqa va tasviriy sanʼat fanlaridan, VIII — IX sinflardagi barcha fanlardan choraklik, yillik va yakuniy davlat attestatsiya baholari aʼlo boʻlgan bitiruvchilarga beriladi;
(36-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma — umumtaʼlim muassasasining XI sinfni tugatgan, taʼlim dasturlarini davlat taʼlim standartlari talablari darajasida oʻzlashtirgan va oʻquv fanlaridan yil yakuni boʻyicha ijobiy baholangan, yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi (kumush medal bilan) shahodatnoma — umumtaʼlim muassasasining XI sinfni tugatgan, taʼlim dasturlarini davlat taʼlim standartlari talablari darajasida oʻzlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan, IX sinfini bitirganlik toʻgʻrisidagi aʼlo darajali shahodatnomasi mavjud, X-XI sinflardagi barcha fanlardan yillik baholari aʼlo boʻlgan bitiruvchilarga beriladi;
(36-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi aʼlo darajali (oltin medal bilan) shahodatnoma — umumtaʼlim muassasasining XI sinfni tugatgan, taʼlim dasturlarini davlat taʼlim standartlari talablari darajasida oʻzlashtirgan, IX sinfini bitirganlik toʻgʻrisidagi aʼlo darajali shahodatnomasi mavjud, X-XI sinflardagi barcha fanlardan choraklik, yillik va yakuniy davlat attestatsiya baholari aʼlo boʻlgan XI sinf bitiruvchilariga beriladi.
(36-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi rasmiy davlat hujjatlari hamda oltin va kumush medallarning davlat namunasi va bitiruvchilarga berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
37. Davlat taʼlim standartlari doirasida umumiy oʻrta taʼlim dasturlarini mustaqil oʻzlashtirgan oʻquvchilarga eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasini topshirish huquqi beriladi. Yakuniy davlat attestatsiyasini eksternat tartibida muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilarga davlat namunasidagi shahodatnoma beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Eksternat tartibidagi taʼlim olishni tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
38. Umumtaʼlim muassasalaridagi oʻquv-tarbiya jarayoni bilan bogʻliq boshqa masalalar (dars jadvalini shakllantirish, haftalik oʻquv yuklama) umumiy oʻrta taʼlimning davlat standartiga asosan ishlab chiqilgan oʻquv rejaga muvofiq belgilanadi.
5-bob. Umumtaʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
39. Maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga qamrab olish tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida umumtaʼlim muassasasi tomonidan roʻyxatga olish orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan va haqiqatda yashovchi oila farzandlari inobatga olinadi.
(39-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat tasarrufidagi maktablarga navbatga qoʻyilmagan holda joylashtiriladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
Oldingi tahrirga qarang.
40. Umumtaʼlim muassasalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va hududiy xalq taʼlimi boshqaruv organlari maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga, oʻrta maxsus va boshlangʻich professional taʼlim muassasalariga toʻliq qamrab olish, oʻquvchilarning darslarga qatnashish holati yuzasidan monitoring olib borish va uning natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻradi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
41. Umumtaʼlim muassasasi rahbariyati mazkur muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni oʻz vaqtida umumtaʼlim muassasasiga oʻqishga jalb qilish uchun masʼul hisoblanadi.
Maktab yoshidagi bolalarni umumtaʼlim muassasasiga jalb etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
42. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining I sinfiga bolalar yetti yoshga toʻladigan yilda tibbiy xulosaga muvofiq qabul qilinadi.
Olti yoshdan yetti yoshgacha boʻlgan bolalarni boshlangʻich taʼlimga bir yillik majburiy tayyorlash Maktabgacha taʼlimi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(42-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Maktab yoshidagi bolalarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 27-apreldagi 204-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 09/26/204/0421-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2027/2028 oʻquv yilidan boshlab — boshlangʻich taʼlimga majburiy bir yillik tayyorlovdan oʻtganlik toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikat.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi 132-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2020-y., 09/20/132/0271-son)
44. Bolalar umumtaʼlim muassasasining I sinfiga tayyorgarlik darajasidan qatʼi nazar, tanlovsiz qabul qilinadi, musiqa va sanʼatga ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
45. Ixtisoslashtirilgan musiqa va sanʼat maktablariga hamda Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga oʻquvchilarni qabul qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 797-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)
46. Oʻqishga qabul qilinayotgan bolalarning ota-onalari umumtaʼlim muassasasi ustavi, ichki tartib-qoidalari va taʼlim-tarbiya jarayonini tartibga soluvchi boshqa hujjatlar bilan tanishtirilishi lozim.
Umumtaʼlim muassasasida hujjatlarni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
47. Umumtaʼlim muassasasi rahbariyati har yili iyun — avgust oylarida oʻqishga qabul qilish ishlarini tashkil etish uchun zarur choralarni koʻradi.
48. Xorijiy fuqarolarni umumtaʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
49. Ota-onalar farzandlarini oʻquv yili davomida yoki u tugaganidan keyin bir sinfdan boshqa sinfga yoki bir umumtaʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish huquqiga ega.
Oʻquvchilarni sinfdan sinfga, bir umumtaʼlim muassasasidan boshqasiga oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
6-bob. Oʻquvchilar sogʻligʻini muhofaza qilish
50. Oʻquvchilarga tibbiy xizmat koʻrsatish umumtaʼlim muassasalariga tibbiyot muassasalari tomonidan biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari maktab rahbariyati va pedagog xodimlar bilan bir qatorda davolash-profilaktika tadbirlarini tashkil etish, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya qilish, ovqatlanish rejimi va sifatiga, oʻquvchilarni tibbiy koʻrikni oʻtkazish va sogʻlomlashtirish uchun masʼuldirlar.
51. Umumtaʼlim muassasasi rahbariyati tomonidan tibbiyot xodimlarining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (maxsus joy, mebel va tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan dori-darmonlar) yaratib beriladi.
52. Umumtaʼlim muassasasi oʻquvchilarini har yilgi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
53. Umumtaʼlim muassasalarida taʼlim-tarbiya jarayonini psixologik jihatdan taʼminlash psixologlar tomonidan amalga oshiriladi.
54. Ogʻzaki nutq nuqsonlari va tovush talaffuzida kamchiliklari boʻlgan oʻquvchilarga korreksion-logopedik yordam berish maqsadida umumtaʼlim muassasasida oʻqituvchi-logopedlar (defektologlar) faoliyat yuritadigan logopediya shoxobchasi tashkil etilishi mumkin.
Logopediya shoxobchasining tashkil etilishi va faoliyat koʻrsatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
7-bob. Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
55. Tegishli maʼlumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega boʻlgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega.
Pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning umumtaʼlim muassasalarida bu faoliyat bilan shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
56. Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, kasb mahoratining raqobatbardosh darajada saqlab turilishi xalq taʼlimi boshqaruvi organlari tomonidan tashkil etiladi va nazorat qilinadi.
57. Umumtaʼlim muassasasi pedagogik jamoa aʼzolari oʻqitish yoʻnalishlari (tabiiy, aniq, gumanitar, ijtimoiy va boshqa fanlar) boʻyicha uslubiy birlashmalarga birlashadilar.
58. Umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilarining (oʻquv fanlari va soatlari boʻyicha) vazifasini vaqtincha bajarib turish tartibi hamda xodimlarining sinfdan tashqari faoliyatini tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
59. Umumtaʼlim muassasasi rahbariyati oʻqituvchilarning obroʻ-eʼtibori va ijtimoiy maqomini, ularning masʼuliyati va kasb mahoratini oshirish boʻyicha aniq yoʻnalishli ishlarni amalga oshiradi, ularning tizimli ravishda malaka oshirishlari va oʻz ustida ishlashlari, taʼlim jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek yangi oʻquv dasturlari joriy etilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
8-bob. Umumiy oʻrta taʼlimni boshqarish
60. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi umumiy oʻrta taʼlimni boshqarish boʻyicha maxsus vakolat berilgan organ hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, xalq taʼlimi boshqaruv organlari hamda boshqa tashkilotlar tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmasi boshliqlari va Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi boshligʻi, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi mudirlari bir vaqtning oʻzida tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlarining taʼlim va tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilari hisoblanadi.
(60-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
61. Vazirlik va idoralar tizimidagi umumtaʼlim muassasalari bevosita tegishli vazirlik va idoraga boʻysunadi.
62. Vazirlik va idoralar tizimidagi umumtaʼlim muassasalari ularni joylashtirish uchun tegishli bino, moddiy-texnik baza (mebel, oʻquv-laboratoriya jihozlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sport anjomlari va boshqalar) hamda malakali rahbar xodimlar va pedagoglar mavjud boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq tashkil etiladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimidagi umumtaʼlim muassasalari mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ehtiyojlariga muvofiqligi taʼminlangan holda, ularni joylashtirish uchun tegishli bino, moddiy-texnik baza (mebel, oʻquv-laboratoriya jihozlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sport anjomlari va boshqalar) hamda malakali rahbar xodimlar va pedagoglar mavjud boʻlganda, tegishlicha viloyat yoki tuman (shahar) hokimliklarining qaroriga muvofiq tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat taʼlim tashkilotlari muassis (taʼsischi) tomonidan tashkil etiladi va qonunchilikka muvofiq beriladigan litsenziya asosida faoliyat yuritadi.
(62-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
63. Umumtaʼlim muassasasiga bevosita rahbarlik tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari bilan kelishilgan holda hududiy xalq taʼlimi boshqarmalari tomonidan tayinlangan direktor tomonidan amalga oshiriladi.
(63-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Umumtaʼlim muassasasi direktori muassasaning tashkiliy-huquqiy, oʻquv-tarbiyaviy, maʼnaviy-maʼrifiy va moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining tashkil etilishiga bevosita masʼul hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Umumtaʼlim muassasasi direktori yil yakuni boʻyicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari va jamoatchilik vakillariga 3 yillik dasturning ijrosi yuzasidan hisobot beradi va hisobot natijasiga koʻra uning faoliyatiga xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan baho berib boriladi.
(63-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
64. Nodavlat taʼlim tashkilotlaridagi hamda idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, barcha davlat umumtaʼlim muassasalaridagi oʻquv-tarbiya jarayoniga uslubiy rahbarlik Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va xalq taʼlimi boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi taʼlim muassasalari bundan mustasno.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
65. Umumtaʼlim muassasalarida pedagogik kengashlar tuziladi. Umumtaʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish, taʼlim jarayoni ishtirokchilarining oʻzaro hamkorligini kuchaytirish maqsadida kuzatuv kengashlari tuzilishi mumkin. Pedagogik va kuzatuv kengashlarining faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tartibga solinadi.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
66. Pedagogik kengash umumtaʼlim muassasasida oʻquv-tarbiya jarayonining tashkil etilishida oliy boshqaruv organi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
67. Umumtaʼlim muassasasida qonunchilikka muvofiq oʻquvchilarning jamoat birlashmalari faoliyat koʻrsatadi.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
68. Umumtaʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish va akkreditatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
69. Umumtaʼlim muassasasining rahbar va pedagog xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
9-bob. Moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminoti
70. Davlat umumtaʼlim muassasasining faoliyatini moliyalashtirish belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan va tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
71. Davlat umumtaʼlim muassasasiga budjetdan tashqari qoʻshimcha mablagʻlarni jalb etish budjetdan moliyalashtirish kamaytirishga olib kelmasligi lozim.
72. Umumtaʼlim muassasasi oʻz ustavida belgilangan maqsadlarga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin.
73. Davlat umumtaʼlim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
umumtaʼlim muassasasining tadbirkorlik faoliyatidan, qonunchilikda taqiqlanmagan shartnoma asosida pulli xizmat koʻrsatish, bino va inshootlarni, jihoz va anjomlarni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
(73-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
jismoniy va yuridik shaxslarning qonun bilan taqiqlanmagan homiylik xayriyalari, mahalliy hamda xalqaro tashkilotlarning grantlari;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(73-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
74. Davlat umumtaʼlim muassasalari shtatidagi xodimlar soni umumtaʼlim muassasalarining namunaviy shtatlariga muvofiq belgilanadi.
Davlat umumtaʼlim muassasalarining namunaviy shtatlari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
75. Umumtaʼlim muassasasida oʻquvchilarga davlat taʼlim standartlari doirasida bepul umumiy oʻrta taʼlim berilishidan tashqari, qoʻshimcha (shu jumladan pulli) taʼlim xizmatlari koʻrsatilishi mumkin.
Ota-onalarning istaklariga koʻra, umumtaʼlim muassasalarida pulli xizmat asosida 5-6 yoshli bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga tayyorlov guruhlari ham tashkil etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
76. Qonunchilikda taqiqlanmagan faoliyatdan olingan daromad hisobiga sotib olingan mol-mulk umumtaʼlim muassasasining mol-mulki tarkibiga kiritiladi.
(76-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
77. Umumtaʼlim muassasasining mol-mulki va pul mablagʻlari sarflanishi uchun bevosita uning rahbari javobgar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
78. Umumtaʼlim muassasasi tomonidan qonunchilikka muvofiq moliyaviy va statistik hisobot yuritiladi.
(78-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
79. Umumtaʼlim muassasasi xodimlarini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish hamda ish haqiga ustamalar qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
(79-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
80. Umumtaʼlim muassasalarining moddiy-texnik taʼminoti va kadrlar bilan taʼminlanishi belgilangan normativlarga muvofiq ehtiyojlar asosida amalga oshiriladi.
10-bob. Yakuniy qoidalar
81. Umumtaʼlim muassasalari va xalq taʼlimi boshqaruv organlarining xalqaro hamkorligi xalqaro shartnomalar asosida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog xodimlarning malaka oshirishi hamda stajirovka oʻtashi shaklida amalga oshiriladi.
82. Umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilarning ota-onalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, boshqa taʼlim muassasalari va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan uzviy aloqada faoliyat koʻrsatadi.
83. Umumtaʼlim muassasalarida ularning ish faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan tashkilotlar, jumladan, siyosiy partiyalar va harakatlar tashkil etilishiga va faoliyat yuritishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
84. Umumtaʼlim muassasasini qayta tashkil etish yoki tugatish qonun talablariga muvofiq oʻquv yili yakunida muassis (taʼsischi) tomonidan amalga oshiriladi.
Tugatilgan umumtaʼlim muassasasi muassisi (taʼsischisi) oʻquvchilarni ota-onalarning roziligi bilan boshqa umumtaʼlim muassasalariga oʻtkazish masʼuliyatini oladi.
85. Umumtaʼlim muassasasi tugatilgan taqdirda uning pul mablagʻlari va mol-mulkidan, uning majburiyatlarini qoplash boʻyicha toʻlovlar chegirilgan holda, qonun hujjatlariga va umumtaʼlim muassasasi ustaviga muvofiq foydalaniladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida” 1995-yil 21-noyabrdagi 440-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 11-son, 44-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Kasb-hunar taʼlimi oʻquv yurtlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1996-yil 11-dekabrdagi 439-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 12-son, 36-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Umumtaʼlim maktablarining oʻquv binolaridan samarali foydalanishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1999-yil 19-iyuldagi 352-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimiga izchil oʻtishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2003-yil 29-oktabrdagi 473-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi, shuningdek qarorga 2-ilova.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Vazirlar Mahkamasining “Maktabdan tashqari taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 28-fevraldagi 50-son hamda “Xalq taʼlimi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2011-yil 1-martdagi 52-son qarorlari)” 2011-yil 20-iyundagi 183-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 6-son, 55-modda)ga ilovaning 1 va 4-bandlari.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 11-son, 167-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 09/18/134/0809-son, 05.06.2018-y., 09/18/410/1304-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son; 10.03.2020-y., 09/20/132/0271-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 12.02.2025-y., 09/25/78/0130-son; 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son; 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son; 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son; 28.04.2026-y., 09/26/204/0421-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son; 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)