12.12.2007 yildagi PQ-744-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING 2008-YILGI ASOSIY MAKROIQTISODIY KOʻRSATKICHLARI VA DAVLAT BUDJETI PARAMETRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida” 2007-yil 30-noyabrdagi 410-I-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yilda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yilgi Davlat budjeti asosiy parametrlari 2-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining, Respublika yoʻl jamgʻarmasining, Maktab taʼlimi jamgʻarmasining, Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasining 2008-yilgi asosiy parametrlari 3—6-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1—6-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2008-yilgi Davlat budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish respublika budjeti mablagʻlarining 2008-yil boshidagi qoldiqlari va boshqa qadrsizlanmaydigan manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2008-yil uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkalari 7-ilovaga** muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari 8-ilovaga** muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona soliq toʻlovi stavkalari 9, 9-1 va 9-2-ilovalarga** muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha yuridik va jismoniy shaxslarga belgilab qoʻyilgan soliq stavkalari 10-ilovaga** muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs boʻlmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar)ga belgilab qoʻyilgan soliq stavkalari 11-ilovaga** muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromad soligʻi stavkalari 10 foiz miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkalari 20 foiz miqdorida;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada ishlab chiqariladigan tovarlarga aksiz soligʻi roʻyxat boʻyicha 12-1-sonli ilovaga** muvofiq;
(3-bandning toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 23-maydagi PQ-876-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 22-23-son, 196-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 13-ilovaga** muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 14-ilovaga** muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayrim turdagi mahsulotlar boʻyicha ortiqcha foydadan soliq stavkalari 15-ilovaga** muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan mulk soligʻi stavkalari 16 va 17-ilovalarga** muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi stavkalari 18-ilovaga** muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona yer soligʻi stavkalari 19-ilovaga** muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari 20-ilovaga** muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar va yigʻimlar stavkalari 21 va 22-ilovalarga** muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan soliqqa tortish obyektlarining budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga va budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga bir foiz miqdorida majburiy ajratmalar stavkalari 23-ilovaga** muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mablagʻlarni budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va Kasaba uyushmalari Federatsiyasi oʻrtasida 24-ilovada** keltirilgan normativlarga muvofiq taqsimlagan holda yagona ijtimoiy toʻlov stavkasi 24 foiz miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy sugʻurta badallari stavkasi 2,5 foiz miqdorida tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** 7—24-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, yagona ijtimoiy toʻlovidan tushumlar Davlat budjeti, Respublika yoʻl jamgʻarmasi, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va Maktab taʼlimi jamgʻarmasi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan miqdorlarda taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 1-yanvardan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahri qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun qishloq xoʻjaligi yerlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda yagona yer soligʻini hisoblab chiqarish tatbiq etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 1-martgacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahri qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 1-maygacha qishloq xoʻjaligi shirkatlari qayta tashkil etilishi natijasida tuzilgan fermer xoʻjaliklarining qishloq xoʻjaligi yerlari baholanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda yagona yer soligʻini hisoblab chiqarish uchun qishloq xoʻjaligi yerlarining normativ qiymatini barcha qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga belgilangan tartibda yetkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarining barcha darajalardagi mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va masʼuliyatini oshirish, mahalliy budjetlarning Davlat budjetidagi ulushini koʻpaytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs boʻlmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada ishlab chiqariladigan pivo va oʻsimlik yogʻiga aksiz soligʻi boʻyicha tushumlari toʻliq miqdorda mahalliy budjetlar daromadlariga oʻtkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 2008-yil uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromad va xarajat hajmlari, respublika budjetidan dotatsiyalar va maqsadli subvensiyalarning cheklangan miqdorlari 25-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga umumdavlat soliqlari tushumlaridan ajratmalar normativlari 26-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 27-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 25—27-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli budjetlarga dotatsiyalar, maqsadli subvensiyalar va budjet ssudalari (daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarni qoplash uchun) ajratishda ularning miqdorlarini hududlar boʻyicha barcha soliqlar va toʻlovlarning toʻliq tushishidan, shuningdek Davlat budjetining birinchi navbatdagi xarajatlarini (hisoblab yozilgan ish haqi, stipendiyalar, nafaqalar va ularga tenglashtiriladigan toʻlovlarni) soʻzsiz moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va Andijon, Samarqand hamda Xorazm viloyatlari mahalliy budjetlariga beriladigan daromadlarning tasdiqlangan hajmlariga ushbu hududlarda shakllanadigan soliq tushumlarini hisobga olib, daromadlar va xarajatlar oʻrtasida vujudga keladigan kassa boʻyicha tafovutlarni oʻzaro hisob-kitob qilish orqali tartibga solgan holda aniqlashtirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 2008-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining zaxira jamgʻarmalari miqdorlari 28-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 28-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 2008-yil 1-yanvardan boshlab tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari boʻlgan jismoniy shaxslarga yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan bojxona toʻlovlari tartibi belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. 2008-yil 1-yanvardan boshlab nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari asosiy (ixtisoslik) faoliyat turi boʻyicha barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlardan (yagona ijtimoiy toʻlov bundan mustasno) mazkur mablagʻlardan moddiy-texnik bazani mustahkamlash, asbob-uskunalar va anjomlar, didaktik materiallar, bolalar oʻyinchoqlari va adabiyotlar sotib olish uchun maqsadli foydalanilgan holda uch yil muddatga ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Belgilansinki, 2008-yilda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan xorijiy kreditlar hajmi 2007-yildagi xorijiy kreditlar boʻyicha asosiy qarzni toʻlash hajmidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2008-yil 1-yanvardan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda Buxoro, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahrida 1 oʻquvchiga (tarbiyalanuvchiga) xarajatlarning bazaviy meʼyorlaridan kelib chiqqan holda maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari, umumtaʼlim maktablari va kasb-hunar kollejlarining budjetini rejalashtirish va xarajatlarini moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Samarqand, Sirdaryo, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahrida biriktirilgan 1 kishi hisobiga xarajatlar meʼyoridan kelib chiqqan holda shahar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari (ambulatoriya-poliklinika muassasalari) budjetini rejalashtirish va moliyalashtirishga oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi budjetni rejalashtirish va moliyalashtirishining yangi tartibiga oʻtkazilayotgan budjet muassasalarining har biriga moliyalashtirish meʼyorlari oʻz vaqtida yetkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. 2008-yil 1-yanvardan boshlab davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga toʻlovlar miqdori 29-ilovaga** muvofiq belgilansin.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 587-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminoti uchun toʻlanadigan tushumlar nazarda tutilgan boshqa budjet mablagʻlari bilan birga maqsadli tartibda tarbiyalanuvchilarni oziq-ovqat bilan taʼminlashni hamda muassasaning moddiy-texnik bazasini yaxshilashga, eng avvalo, sanitariya-gigiyena vositalari va yumshoq inventar xarid qilishga yoʻnaltirilishi belgilab qoʻyilsin.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun toʻlovdan ozod qilishni nazarda tutgan holda (tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 15 foizi doirasida) Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar taʼminotiga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida yangilangan nizomni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** 29-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda ishlab turgan maktabdan tashqari taʼlim muassasalarini xatlovdan oʻtkazsin va 2008-yilning 1-apreligacha tarmoqni va xodimlar sonini maqbullashtirish, ular negizida xarajatlarining 50 foizigacha miqdorda budjetdan moliyalashtirishni saqlab qolgan holda bolalar ijodiyoti markazlarini tashkil etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda 2008-yilning 1-iyuligacha xodimlarni budjet muassasalari ishining yakuniy natijalariga qoʻshgan shaxsiy ulushi bilan mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish miqdorlarining oʻzaro bogʻliqligini kuchaytirishni nazarda tutadigan oliy, oʻrta maxsus taʼlim va madaniyat sohalarida mehnatga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha takliflarni tayyorlasinlar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Kam taʼminlangan oilalarni davlat tomonidan aniq qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining budjet muassasalarida ishlayotgan onalarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 1-yanvardan boshlab bola ikki yoshga toʻlgunga qadar uning parvarishi boʻyicha ijtimoiy nafaqalarni fuqarolarning oʻzini-oʻzini boshqarish organlari orqali;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilning 1-sentabridan boshlab “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasini tayinlash va toʻlash tartibi joriy etilishi toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-avgustdagi PF-6277-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 06/21/6277/0788-son) — 2021-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi Davlat budjeti asosiy parametrlari va Oʻzbekiston Respublikasining maqsadli davlat jamgʻarmalarini aniqlashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin hamda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti daromadlari 5973,7 mlrd. soʻm, xarajatlari — 5840,5 mlrd. soʻm miqdorida, budjet profitsiti yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 0,5 foiz oshirilgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi daromadlari 1881,6 mlrd. soʻm, shu jumladan yagona ijtimoiy toʻlovdan, badallar va majburiy ajratmalardan tushumlar hisobidan — 1640,4 mlrd. soʻm, Davlat budjetidan dotatsiyalar — 96,0 mlrd. soʻm miqdorida, shuningdek xarajatlar — 1840,5 mlrd. soʻm miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi daromadlari 377,7 mlrd. soʻm va xarajatlari — 317,9 mlrd. soʻm miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining kassa aylanmasi naqd summasi normativlari 2008-yilning 1-yanvariga respublika budjeti mablagʻlari hisobiga 80 mlrd. soʻm miqdorida tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Moliya vazirligining Gʻaznachiligi budjet tashkilotlari va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda 2008-yilning yanvar oyida oʻtkazilgan operatsiyalarni 2007-yilgi Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirgan holda 2007-yilgi Davlat budjeti ijrosi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakuniy operatsiyalar oʻtkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi bajarilishini va 2008-yilgi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosini tahlil etish natijalari boʻyicha, zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjeti asosiy parametrlarini Davlat budjetining belgilangan taqchilligi doirasida aniqlashtirishga doir takliflar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. 2008-yilning 1-yanvaridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yilning 1-yanvaridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 31-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir hafta muddatda ilgari chiqarilgan normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 12-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-744-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-son qaroriga
30-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2008-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadigan qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat monopoliyasini kuchaytirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotishdan budjetga tushumni koʻpaytirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 21-maydagi 221-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer soligʻining muvaqqat bazaviy stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 26-dekabrdagi 539-son qarorining 1-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishini tartibga solish toʻgʻrisida” 2002-yil 6-maydagi 154-son qarorining 1 va 4-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 20-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 12-iyuldagi 248-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 40-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining respublika hududiga jismoniy shaxslar tomonidan tovarlar olib kelinishini tartibga solishga doir ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 27-sentabrdagi 335-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 9-son, 55-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga jismoniy shaxslar tomonidan isteʼmol tovarlari olib kelinishini yanada tartibga solish toʻgʻrisida” 2003-yil 19-iyundagi 279-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 47-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yilgi Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2003-yil 25-dekabrdagi 567-son qarori 9-bandining toʻrtinchi xatboshi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-son qaroriga
31-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2008-yil 1-yanvardan boshlab kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 16-maydagi PQ-350-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish prinsiplari toʻgʻrisidagi nizomning 12-bandiga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jamgʻarmaning eʼlon qilingan ustav kapitalini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, biroq u Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 11-maydagi PF-3751-son Farmonida belgilangan darajadan past boʻlmasligi kerak”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi—yettinchi xatboshi tegishli ravishda toʻrtinchi—sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PF-5097-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 636-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son qarorining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“6. Belgilab qoʻyilsinki, budjet tashkilotlarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalari, shuningdek buyurtmachilarning Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga kapital qurilishga oid shartnomalari majburiy tartibda Gʻaznachilikda roʻyxatga olinishi shart;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjetdan mablagʻ oluvchilarning budjet mablagʻlari hisobiga tuziladigan shartnomalarida, qoidaga koʻra, 15 foiz miqdorida oldindan haq toʻlash nazarda tutiladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarorining 4-bandiga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 51-modda) quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ushbu imtiyoz Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga, Respublika yoʻl jamgʻarmasiga va budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasiga ajratmalar toʻlashga ham joriy etilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Ish haqining oʻz vaqtida toʻlanishi uchun vazirliklar, idoralar va xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining javobgarligini oshirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1999-yil 17-noyabrdagi 504-son qarorining 5-bandiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ish haqiga kreditlar berilganda yagona ijtimoiy toʻlov hamda fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy sugʻurta badallari toʻlanishi nazarda tutilsin;”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi va uchinchi xatboshi tegishli ravishda uchinchi va toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining “Ish haqining oʻz vaqtida toʻlanishiga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 19-martdagi 88-son qarorining 1-bandiga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 3-son, 15-modda) “yagona ijtimoiy toʻlov hamda fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy sugʻurta badallari boʻyicha qarzdorlik mavjud boʻlmagan taqdirda” soʻzlari qoʻshilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlarining suv taʼminoti tizimini takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 26-martdagi 98-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-bandda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi xatboshiga “yetishmayotgan qismi esa — respublika budjeti mablagʻlari hisobiga” soʻzlari qoʻshilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2008-yildan boshlab har yili Davlat budjetini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan OTB krediti boʻyicha asosiy qarzni, foizlar va vositachilik haqi toʻlashga yetishmayotgan qismiga mablagʻlar nazarda tutiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 7-banddagi “2006-2007” raqamlari “2006 — 2009” raqamlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 9-bandning ikkinchi xatboshidagi “2008-yil 1-yanvargacha” soʻzlari “2010-yil 1-yanvargacha” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan 2023-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 15-noyabrdagi 393-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 69-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy nazorat-taftish boshqarmalari toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 7-bandga quyidagi tahrirdagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligi tomonidan aniqlangan, tashkilotlarning budjet mablagʻlaridan samarasiz foydalanishini, budjetdan mablagʻ oluvchilarning xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxini sunʼiy ravishda oshirib yuborishini, budjetdan mablagʻ oluvchilarning kreditorlik qarzlar summasini asossiz ravishda koʻpaytirganligini koʻrsatuvchi holatlar boʻyicha tekshirishlar oʻtkazish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 8-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“gʻaznachilik boʻlinmalari tomonidan aniqlangan, tashkilotlarning budjet mablagʻlaridan samarasiz foydalanishini, budjetdan mablagʻ oluvchilarning xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxini sunʼiy ravishda oshirib yuborishini, budjetdan mablagʻ oluvchilarning kreditorlik qarzlar summasini asossiz ravishda koʻpaytirganligini koʻrsatuvchi holatlar boʻyicha tekshirishlar oʻtkazish”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 41-bandidagi “yagona bojxona toʻlovi va belgilangan soliq” soʻzlari “bojxona toʻlovlari va qatʼiy soliq” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vazirlar Mahkamasining “Ichki bozorni yogʻoch-taxta materiallari bilan toʻldirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2003-yil 7-iyuldagi 305-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 58-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Yuridik va jismoniy shaxslar ilovaga muvofiq chetdan keltiriladigan yogʻoch-taxta materiallari va yogʻoch uchun import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Chetdan keltirishda yuridik va jismoniy shaxslar import bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod qilinadigan yogʻoch-taxta va arralangan materiallar, yogʻoch-taxta va yogʻochdan yasalgan buyumlarning ayrim turlari roʻyxati”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda xoʻjalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 83-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bandning uchinchi xatboshiga “(Davlat budjetining gʻazna ijrosi bilan qamrab olingan mintaqalarda — Gʻaznachilik va uning hududiy boʻlinmalari)” soʻzlari qoʻshilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshidagi “bankka” soʻzidan keyin “(hududiy gʻaznachilik hisob raqamlaridan foydalangan holda Davlat budjeti gʻazna ijrosi bilan qamrab olingan mintaqalardan tashqari)” soʻzlari qoʻshilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat ekologiya ekspertizasi xulosasining nusxasi (zarur boʻlganda)”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshiga “toʻlovlari” soʻzidan keyin “qurilishning prognoz qilinayotgan yili uchun” soʻzlari qoʻshilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi va toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“ajratilgan avansning mutanosib ravishda ushlab qolinishini hisobga olgan holda, bajarilgan ishlar qiymatining 95 foizi miqdorida har oyda joriy moliyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan kafolatli muddat oʻtgandan keyin amalga oshiriladigan obyekt qiymatining 5 foizini toʻlash”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi—yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchi xatboshiga “bank” soʻzidan keyin “(hududiy gʻaznachilik hisob raqamlaridan foydalangan holda Davlat budjeti gʻazna ijrosi bilan qamrab olingan mintaqalardan tashqari)” soʻzlari qoʻshilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat ekologiya ekspertizasi xulosasining nusxasi (zarur boʻlganda)”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishga doir Namunaviy pudrat shartnomasining XVII boʻlimiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Izoh: Hududiy (respublika) gʻaznachilik hisob raqamlaridan foydalangan holda Davlat budjetining gʻaznachilik ijrosi bilan qamrab olingan mintaqalar uchun buyurtmachining bank rekvizitlari oʻrniga uning gʻaznachilik rekvizitlari koʻrsatiladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 11-fevraldagi PF-4275-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2011-y., 9-son, 84-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-martdagi PF-4209-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 92-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52-son, 534-modda; 2008-y., 22-23-son, 196-modda; 2010-y., 13-son, 92-modda, 52-son, 513-modda; 2011-y., 9-son, 84-modda; 2012-y., 52-son, 587-modda; 2017-y., 28-son, 636-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son; 12.08.2021-y., 06/21/6277/0788-son; 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)