07.07.2003 yildagi 305-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ICHKI BOZORNI YOGʻOCH-TAXTA MATERIALLARI BILAN TOʻLDIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy qurilishini kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratish, aholi va respublika korxonalarining yogʻoch-taxta materiallariga va yogʻochga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash, ichki isteʼmol bozorini ular bilan toʻldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yuridik shaxslar ilovaga muvofiq chetdan keltiriladigan yogʻoch-taxta materiallari va yogʻoch uchun import bojxona boji toʻlashdan ozod qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 829-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/829/3832-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi respublikaga yogʻoch-taxta materiallari va yogʻoch olib kelishning belgilangan tartibiga yuridik shaxslar tomonidan qatʼiy rioya qilinishi, bojxona rasmiylashtiruvining va bojxona toʻlovlari undirishning toʻgʻri amalga oshirilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 384-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qaror talablariga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 7-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
305-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 7-iyuldagi 305-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chetdan keltirishda yuridik shaxslar import bojxona boji toʻlashdan ozod qilinadigan yogʻoch-taxta materiallari, yogʻoch-taxta va yogʻochdan yasalgan buyumlarning ayrim turlari
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 829-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/829/3832-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Tovarning nomi

TIF TNkodi‎

1. Ishlov berilmagan, shilingan yoki shilinmagan, xomaki bruslangan yoki bruslanmagan yogʻoch-taxta materiallari‎

4403‎

3. Uzunasiga arralangan yoki yorilgan, randalangan yoki poʻsti olingan, yoʻnilgan yoki yoʻnilmagan, silliqlangan yoki silliqlanmagan 6 millimetrdan ortiq yoʻgʻonlikdagi shipga biriktirilgan yoki biriktirilmagan yogʻoch-taxta materiallari‎

4407‎

4. Yelimlangan fanera uchun bir qatlamli fanera va bir qavatli yupqa fanera uchun listlar (yelimlangan yoki yelimlanmagan) hamda uzunasiga arralangan, qismlarga kesilgan yoki poʻsti olingan, randalangan yoki randalanmagan, silliqlangan yoki silliqlanmagan, 6 millimetrdan ortiq yoʻgʻonlikdagi shipga biriktirilgan yoki biriktirilmagan yogʻoch ‎

4408‎

7. Yogʻochdan tayyorlangan yogʻoch-tolali plitalar yoki qatron yoki organik moddalar qoʻshilgan yoki qoʻshilmagan yogʻochsimon boshqa materiallar‎

4411‎

8. Yelimlanadigan fanera, fanera holiga keltirilgan panellar va qatlamli yogʻochdan shunga oʻxshash materiallar‎

4412‎

9. Blok, plita, brus yoki bir qolipdagi (buyum) shakllardagi presslangan yogʻoch‎

4413‎

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-apreldagi 297-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2019-y., 09/19/297/2923-son — 2019-yil 1-maydan kuchga kiradi)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 13-son, 107-modda; 20-son, 189-modda; 2007-y., 52-son, 534-modda; 2008-y., 19-son, 161-modda; 2012-y., 38-son, 436-modda; 2013-y., 52-son, 690-modda; 2016-y., 25-son, 308-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/384/1266-son; 12.04.2019-y., 09/19/297/2923-son, 30.09.2019-y., 09/19/829/3832-son)