1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 24-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 18-dekabrda maʼqullangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.02.00 Qonunchilik tashabbusi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning maqsadi normativ-huquqiy hujjatlar tushunchasini, turlarini, ushbu hujjatlarning oʻzaro yuridik kuchi va nisbatini belgilashdan, shuningdek ularni rejalashtirish, tashabbus qilish, tayyorlash, ekspertizadan oʻtkazish, kelishish, qabul qilish, eʼlon qilish, ularning ijrosini tashkil etishni taʼminlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
LexUZ sharhi
Normativ-huquqiy hujjatlar - vakolatli davlat organining belgilangan tartibda qabul qilgan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan, umummajburiy tusdagi qoidalarni oʻrnatuvchi, oʻzgartiruvchi yoki bekor qiluvchi yuridik hujjati hisoblanadi. Normativ-huquqiy hujjat umummajburiy xulq-atvor qoidalarini oʻz ichiga oladi hamda oʻzining quyidagi uch xususiyati bilan ijtimoiy normalarning boshqa turlaridan ajralib turadi: a) ular vakolatli davlat organlari tomonidan yaratilib, barcha uchun umummajburiy qoidalarni oʻrnatadi, oʻzgartiradi (takomillashtiradi) yoki bekor qiladi; b) ularda huquqiy qoidaning mazmuni, yaʼni huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va burchlari bayon etiladi; v) normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlangan qoidalar bajarilmagan yoki buzilgan taqdirda muayyan huquqiy oqibatlar kelib chiqadi, qoida boʻyicha, davlatning majburlov kuchi ishga solinadi. Normativ-huquqiy hujjatlar, ularni chiqaradigan davlat organlari va mansabdor shaxslarning mavqeyiga, aktlarning yuridik kuchiga koʻra, quyidagi turkumlarga boʻlinadi: 1) qonunlar (Konstitutsiya, konstitutsiyaviy qonunlar va joriy qonunlar); 2) Prezident farmonlari, qaror va farmoyishlari; 3) hukumat qarori va farmoyishlari; 4) vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqaruv organlarining normativ hujjatlari; 5) mahalliy vakillik va ijroiya organlarining qarorlari va farmoyishlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi qonunchilik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.01.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining turlari va oʻzaro nisbati, normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash tartibiga hamda ularning mazmuniga qoʻyiladigan asosiy talablar va ijrosini tashkil etishni taʼminlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchiligi bilan ham belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududda qabul qilinadigan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlarning turlari va ushbu Qonundagi normativ-huquqiy hujjatlar bilan oʻzaro nisbati, ularni tayyorlash tartibiga hamda ularning mazmuniga nisbatan qoʻyiladigan asosiy talablar va ularning ijrosini tashkil etishni taʼminlashning oʻziga xos xususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan alohida belgilanadi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 13-iyuldagi OʻRQ-1158-sonli Qonuniga asosan uchinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 25-iyul)
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish, eʼlon qilish, roʻyxatdan oʻtkazish va saqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Normativ-huquqiy hujjat tushunchasi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjat qonunchilikka muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatdir.
LexUZ sharhi
Ushbu qonunda belgilangan shaklda qabul qilingan, umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida qonunchilik hujjatlari normalarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat normativ-huquqiy hujjat deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organlar yoki mansabdor shaxslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organlar yoki mansabdor shaxslardir (bundan buyon matnda normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organlar deb yuritiladi).
(4-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.07.00.00 Referendum. Saylov. Saylov tizimi / 01.07.01.00 Referendum]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda oʻtkaziladigan referendum yoʻli bilan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konstitutsiyaviylik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonuniylik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish hamda ularning ustuvorligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oshkoralik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiylik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning tizimliligi va kompleksliligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning barqarorligi.
LexUZ sharhi
Amaldagi qonunchilikning umumiy prinsiplaridan kelib chiqish — qonunning mazmunini belgilashda muhim mantiqiy usul hisoblanadi. Qonunlar konstitutsiyaga yoki konstitutsiyaviy qonunlarga zid kelmasligi lozim. Har bir normativ hujjat oʻzaro mantiqiy bogʻliqdir, bir-biriga mos keladi va toʻldirib turadi. Faqat shundan keyin normativ huquqiy hujjatlarning funksional-huquqiy tizimliligini taʼminlash mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik tizimi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari;
(6-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi OʻRQ-1166-sonli Qonuniga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1166/0842-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari;
(6-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar qonunchilik hujjatlari boʻlib, ular Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonun hujjatlaridir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonunosti hujjatlaridir.
(7-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustuvorligi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.01.00.00 Suverenitet. Konstitutsiya / 01.01.02.00 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining soʻzsiz ustuvorligi tan olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi. Alohida hududlarda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni bilan yagona huquqiy makon doirasida maxsus huquqiy rejim oʻrnatilishi mumkin.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 13-iyuldagi OʻRQ-1158-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2026-y., 03/26/1158/0727-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 25-iyul)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinadi hamda uning normalari va prinsiplariga zid boʻlishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 3-bobi (“Konstitutsiya va qonunning ustunligi”).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan yoki referendum oʻtkazish yoʻli bilan qabul qilinadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari konstitutsiyaviy qonunlar tarzida qabul qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari konstitutsiyaviy qonunlar tarzida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari huquqiy prinsiplar va normalarni mustahkamlovchi, birlashtiruvchi, tizimlashtiruvchi, shuningdek ijtimoiy munosabatlar eng muhim sohasining huquqiy jihatdan kompleks tartibga solinishini taʼminlovchi kodekslar tarzida qabul qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 7-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Qonunosti hujjatlarini tartibga solish doiralari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunosti hujjatlarida qonun hujjatlari darajasida tartibga solinishi lozim boʻlgan masalalar boʻyicha normalar belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun farmonlar va qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 110-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
121-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari asosida hamda ularning ijrosini, Administratsiyaning faoliyatini samarali tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan farmoyishlar qabul qiladi.
(121-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi OʻRQ-1166-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1166/0842-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 37-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Vazirliklar va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari
(14-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar va idoralar, agar ularga qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish yoki ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish boʻyicha vakolatlar berilgan boʻlsa, normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishi mumkin.
(14-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar va idoralar oʻz vakolatlari doirasida buyruqlar va qarorlar tarzidagi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyruqlar vazirlik va idora nomidan qaror qabul qilish yakka tartibda amalga oshiriladigan vazirlik yoki idoralar rahbarlari tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorlar idoralar nomidan qaror qabul qilish kollegial organlari tomonidan amalga oshiriladigan idoralar tomonidan qabul qilinadi.
(14-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari boshqa vazirliklar yoki idoralar bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin.
(14-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar va idoralar tomonidan qoʻshma qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishi mumkin.
(14-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar va idoralarning tarkibiy boʻlinmalari hamda hududiy organlari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli emas.
(14-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Vazirliklar yoki idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan huquqiy vorislik
(15-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish huquqi berilgan vazirlik yoki idora qayta tashkil etilgan taqdirda, huquqiy vorisga oʻz vakolatlari doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqi bilan birga ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartishlar, qoʻshimchalar kiritish, ularning amal qilishini toʻxtatib turish va tugatish vakolatlari ham oʻtadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(15-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik yoki idora tugatilgan yoxud u tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish huquqini huquqiy vorisiga bermasdan qayta tashkil etilgan taqdirda, ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartishlar, qoʻshimchalar kiritish, ularning amal qilishini toʻxtatib turish va tugatish vakolatlari yuqori turuvchi organga yoki boshqa vakolatli organga oʻtadi.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik yoki idora qayta nomlangan taqdirda, uning ilgarigi nomi koʻrsatilgan normativ-huquqiy hujjatlarning qayta nomlanishiga oid qismiga oʻzgartirish yoki qoʻshimcha kiritilishi lozim. Bunday oʻzgartirishlar yoxud qoʻshimchalar kiritilguniga qadar ilgarigi nomni oʻz ichiga olgan normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi qayta nomlangan vazirlikka yoki idoraga nisbatan toʻliq hajmda tatbiq etiladi.
(15-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik yoki idora maqomining oʻzgarishi ular tomonidan ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi tugatilishiga olib kelmaydi.
(15-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarini huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi nizomning 19-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari oʻz vakolatlari doirasida qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Viloyat, tuman va shahar hokimi oʻz vakolatlari doirasida qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari Oʻzbekiston RespublikasiningKonstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati yuqori turuvchi organlarining qarorlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
(16-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi OʻRQ-1166-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1166/0842-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar bilan tasdiqlanadigan nizomlar, qoidalar, yoʻriqnomalar va boshqa hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar bilan ushbu hujjatlarning tarkibiy qismi boʻlgan nizomlar, qoidalar, yoʻriqnomalar, reglamentlar, strategiyalar, konsepsiyalar, doktrinalar, dasturlar (“yoʻl xaritalari”) va boshqa hujjatlar tasdiqlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizom davlat organlari va tashkilotlarning, ular tarkibiy boʻlinmalarining maqomini, asosiy vazifalarini, funksiyalarini, huquq va majburiyatlarini, faoliyatini tashkil etish tartibini, shuningdek u yoki bu sohadagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoidalar biror-bir faoliyatni amalga oshirishga doir talablarni belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻriqnoma normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllashning aniqlashtiruvchi jihatlarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reglament davlat organlari va tashkilotlarning ish tartibini, shuningdek davlat organlari va tashkilotlar tomonidan maʼmuriy tartib-taomillarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Strategiya mamlakat yoki muhim tarmoqlarni oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirishning eng asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsepsiya u yoki bu sohadagi davlat siyosatining eng muhim ustuvorliklarini, maqsadlarini, asosiy yoʻnalishlarini, vazifalarini va amalga oshirilish mexanizmlarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Doktrina Oʻzbekiston Respublikasining u yoki bu sohadagi milliy manfaatlarini taʼminlash maqsadlari, vazifalari, prinsiplari va asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastur (“Yoʻl xaritasi”) u yoki bu sohadagi davlat siyosatining maqsadlariga erishilishini taʼminlaydigan tadbirlar (vazifalar, amalga oshirish muddatlari, moliyalashtirish manbalari va masʼul ijrochilar boʻyicha oʻzaro bogʻliq boʻlgan tadbirlar) va mexanizmlar tizimini belgilaydi.
LexUZ sharhi
Ushbu tashkilotlar oʻz funksiyalarini bajara borib, buyruqlar, nizomlar, qoidalar singari normativ-huquqiy hujjatlar turlari (umumiy majlis ishtirokchilari tomonidan tasdiqlanadigan yoxud qabul qilinadigan korxona, ochiq yoki yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari nizomi)ni ishlab chiqadilar, qabul qiladilar. Qonunosti hujjatlari tizimining oxirida turuvchi mazkur hujjatlar aniq bir tashkilot doirasida amal qilib, faqat uning aʼzolari uchungina majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning oʻzaro nisbati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turli normativ-huquqiy hujjatlarning yuridik kuchi boʻyicha oʻzaro nisbati Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilgan organlarning vakolatlariga va maqomiga, ushbu hujjatlarning turlariga, shuningdek normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan sanaga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjat oʻziga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar oʻrtasida tafovutlar boʻlgan taqdirda yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjat qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Teng yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar oʻrtasida tafovutlar boʻlgan taqdirda, keyinroq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat qoidalari amal qiladi, bundan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlikning yoki idoraning ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solish uchun maxsus vakolati boʻlsa, ushbu organ qabul qilgan hujjat bir xil maqomdagi boshqa vazirlik yoki idora tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻladi.
(18-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inson bilan davlat organlarining oʻzaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi OʻRQ-909-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini rejalashtirish, tashabbus qilish va tayyorlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni rejalashtirish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni rejalashtirish, qoida tariqasida, huquqiy jihatdan tartibga solish talab qilinadigan muammolarni aniqlash va tahlil qilish yakunlari boʻyicha tayyorlanadigan norma ijodkorligi ishining rejalari (dasturlari) doirasida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organlar ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish yoki qonunchilik normalarini takomillashtirish maqsadida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashning joriy (yarim yillik va yillik) hamda istiqbolga (bir yildan ortiq muddatga) moʻljallangan rejalarini (dasturlarini) ishlab chiqishi va tasdiqlashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash rejalarida (dasturlarida) quyidagilar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy munosabatlarning u yoki bu sohasini huquqiy jihatdan tartibga solish holatining tavsifi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqiy jihatdan tartibga solishni talab qiladigan muammolarning tavsifi, ularning kelib chiqish sabablari va sharoitlarining tahlili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqiy jihatdan tartibga solishni talab qiladigan muammolarning kelib chiqish sabablari va sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini qabul qilish zarurligining asosi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblar — moddiy xarajatlar talab qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlarning turlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash muddatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari va tashkilotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan taqdirda, kutilayotgan natijalar, shu jumladan tartibga solish taʼsirini baholash oʻtkazilgan hollarda uning natijalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashni rejalashtirish tartibi normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organ yoki normativ-huquqiy hujjatning loyihasini tayyorlashni amalga oshiruvchi tashkilot (bundan buyon matnda ishlab chiquvchi deb yuritiladi) tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamenti”ning 2-bobi (“Organlarning qonun loyihalariga doir faoliyatini rejalashtirish”).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash rejalari (dasturlari) majburiy tartibda normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega boʻlgan tegishli organlarning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashni tashabbus qilish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.02.00 Qonunchilik tashabbusi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini tayyorlashni tashabbus qilishga faqat, basharti davlat organlarida koʻtarilayotgan masalalarni yoki muammolarni qonunchilikda nazarda tutilgan mexanizmlar va maʼmuriy tartib-taomillar orqali hal etish vakolatlari mavjud boʻlmasa, yoʻl qoʻyiladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 18-avgustdagi PF-5505-son Farmoni 3-bandi ikkinchi xatboshisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy va yuridik shaxslar tegishli davlat organlariga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash toʻgʻrisida takliflar kiritishga haqli.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 40-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.02.00 Qonunchilik tashabbusi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash quyidagi bosqichlardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash toʻgʻrisidagi taklifni koʻrib chiqish va loyihani tayyorlash haqida qaror qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashni tashkiliy-texnikaviy va moliyaviy jihatdan taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallarni va axborotni toʻplash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazish;
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-martdagi PQ-5025-son qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
imtiyozlarni belgilashning hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan va davlat maqsadli jamgʻarmalaridan mablagʻlar ajratishning maqsadga muvofiqligini asoslash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishdan oldin uning tayyorlanishi haqidagi axborot normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtiriladi hamda jamoatchilik muhokamalari ishtirokchilaridan kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflar inobatga olingan holda normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.
(21-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 10-apreldagi OʻRQ-1054-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 03/25/1054/0329-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi davlat tilida tayyorlanadi. Zarur boʻlganda, u boshqa tilga tarjima qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlash hamda tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlarida boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, ikki oydan kam etib belgilanishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashni tashkil etish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash uchun ishlab chiquvchi tomonidan ishchi guruh (komissiya) tashkil etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi guruh (komissiya) tarkibiga ishlab chiquvchi boʻlinmalarining, tegishli tarmoqlar holati va rivojlanishi uchun javobgar boʻlgan vazirliklarning yoki idoralarning, boshqa manfaatdor davlat organlarining, ilmiy va boshqa tashkilotlarning vakillari, shuningdek fuqarolar kiritilishi mumkin. Bunda nodavlat tashkilotlar vakillari, shuningdek fuqarolar oʻz roziligi bilan ishchi guruh (komissiya) tarkibiga kiritiladi.
(22-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi guruh (komissiya) aʼzolari normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash uchun zarur boʻlgan bilim va tajribaga ega boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlab chiquvchi ishchi guruhning (komissiyaning) faoliyatini taʼminlash uchun davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallarni, statistika maʼlumotlarini hamda boshqa maʼlumotlarni olishga, normativ-huquqiy hujjatning loyihasi yuzasidan ilmiy va boshqa tashkilotlarning, olimlar va mutaxassislarning maslahatlari hamda tavsiyalarini, shuningdek ekspertlar xulosalarini olishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organ, zarur boʻlganda, normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashni davlat organlariga, ilmiy va boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga belgilangan tartibda, oʻz vakolatlari doirasida topshirishga yoki ularga shartnoma asosida buyurtma berishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organ, zarur boʻlganda, normativ-huquqiy hujjatlarning muqobil loyihalarini tayyorlashni bir nechta davlat organiga, ilmiy va boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga belgilangan tartibda, oʻz vakolatlari doirasida topshirishga yoki ularga shartnoma asosida buyurtma berishga, shuningdek eng yaxshi normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash uchun tanlovlar oʻtkazishga haqlidir.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamenti”ning 3-bobi (“Qonun loyihalarini tayyorlash, kelishish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish”), “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi uslubiy koʻrsatmalarning (roʻyxat raqami 2352, 09.04.2012-y.) III-bobi (“Loyihalarni tayyorlashni tashkillashtirish”) va “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalari”ning (roʻyxat raqami 3686, 09.10.2025-y.) 2-bobi, (“Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash”).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar va idoralarning, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashga doir ishlarini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(22-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisida”gi nizomning 10-bandi birinchi kichik bandining beshinchi xatboshisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda qonunchilikning holatini, qoʻllanilish amaliyotini, jamoatchilik fikrini va xalqaro tajribani oʻrganish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda ishlab chiquvchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikning holatini, normativ-huquqiy hujjat loyihasining huquqiy jihatdan tartibga solish predmeti boʻyicha qoʻllanilish amaliyotini oʻrganadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solishga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan boʻshliqlar va ziddiyatlarni, shuningdek huquqiy jihatdan tartibga solishga boʻlgan ijtimoiy ehtiyojni, qonunchilikning samaradorligiga taʼsir etuvchi sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy munosabatlarning tegishli sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni aniqlash nuqtai nazaridan qonunchilikni xatlovdan oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, shuningdek ayrim fuqarolarning takliflarini, ommaviy axborot vositalarining materiallarini, ilmiy va boshqa tashkilotlarning, olimlar hamda mutaxassislarning maslahatlari va tavsiyalarini, jamoatchilik fikrini aniqlashning boshqa vositalari maʼlumotlarini umumlashtiradi hamda ulardan foydalanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalarini hisobga oladi, shuningdek boshqa davlatlardagi huquqiy jihatdan tartibga solish borasidagi tajribani oʻrganadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjat loyihasining huquqiy jihatdan tartibga solish predmetiga taalluqli ilmiy tadqiqotlar natijalarini, ommaviy axborot vositalaridagi, Internet jahon axborot tarmogʻidagi maqolalarni, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻrganadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatni amalga oshirish uchun zarur boʻladigan moliyaviy-iqtisodiy xarajatlarga boʻlgan ehtiyojni, ularning oʻrnini qoplash miqdorlari va manbalarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalari “Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda umumxalq muhokamasiga qoʻyilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari jamoatchilik yoki mutaxassislar muhokamasiga olib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasi manfaatdor davlat organlarining, shuningdek fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining, oʻzga tashkilotlarning vakillari, olimlar, mutaxassislar va fuqarolar ishtirokida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaxassislar muhokamasi tegishli ilmiy-tadqiqot muassasalarining, tarmoqlarning vakillari ishtirokida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjat loyihasining jamoatchilik yoki mutaxassislar muhokamasi ishtirokchilari ishlab chiquvchi tomonidan loyihaning matni bilan oldindan tanishtirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjat loyihasining muhokamasi jarayonida bildirilgan takliflar va fikr-mulohazalar tavsiya xususiyatiga ega hamda ishlab chiquvchi tomonidan koʻrib chiqilishi lozim. Normativ-huquqiy hujjat loyihasining muhokamasi materiallari normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organga koʻrib chiqish uchun normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish bilan bir vaqtda kiritiladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonunining 14, 15 va 16-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamenti”ning 4-bobi (“Qonun loyihalarining jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasi”).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlab chiquvchi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida (bundan buyon matnda portal deb yuritiladi) jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtiriladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlab chiquvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini portalga uni normativ-huquqiy hujjat qabul qiluvchi organga kiritishdan oldin joylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlab chiquvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasining portaldagi jamoatchilik muhokamasi muddatini tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilaydi hamda bu muddat portalda normativ-huquqiy hujjat loyihasi joylashtirilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kundan kam boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi boʻyicha jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilaridan tushgan fikr-mulohazalarni va (yoki) takliflarni hisobga olishni ishlab chiquvchi qabul qilingan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflarga muvofiq loyihani maromiga yetkazish yoʻli bilan amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflar rad etilgan taqdirda, ishlab chiquvchi ularni rad etish sababini asoslashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasi natijalari, qoida tariqasida, kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflarni koʻrib chiqish natijalari koʻrsatilgan holda tegishli vazirliklar, idoralar hamda boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (huquqiy ekspertiza uchun) va normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organga (koʻrib chiqish uchun) kiritiladi.
(24-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligini, shuningdek, fuqarolarning demokratik oʻzgartirishlardagi faolligini oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 4-oktabrdagi PQ-4473-son qarori 1-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ekspertizadan oʻtkazish va kelishish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy va korrupsiyaga qarshi ekspertizalardan oʻtkazilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiquvchining yoki normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organning qaroriga koʻra iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy, lingvistik, ekologik ekspertizadan, shuningdek boshqa turdagi ekspertizalardan oʻtkazilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 694-son “Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining raqobatga taʼsirini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni hamda Insofsiz raqobatni aniqlash metodikasini tasdiqlash haqida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda bevosita ishtirok etmagan tashkilotlar va (yoki) shaxslar ekspertlar sifatida jalb qilinadi. Ekspertiza oʻtkazish uchun olimlar va mutaxassislar, shu jumladan boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlardan olimlar va mutaxassislar jalb etilishi mumkin. Ekspertlar normativ-huquqiy hujjat loyihasiga baho berishda mustaqildir va ekspertiza oʻtkazish topshirigʻini bergan organning nuqtai nazari bilan bogʻliq boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertlarning normativ-huquqiy hujjat loyihasi boʻyicha xulosalari tavsiya xususiyatiga ega boʻlib, ular ishlab chiquvchi yoki normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organ tomonidan koʻrib chiqilishi lozim. Xulosaning inobatga olinmagan bandlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilgan holda maʼlumotnoma tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-modda. Normativ-huquqiy hujjat loyihasining huquqiy ekspertizasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Huquqiy ekspertiza jarayonida normativ-huquqiy hujjat loyihasining Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishning talablariga muvofiqligi, shu jumladan normativ-huquqiy hujjat loyihasida havola qiluvchi normalar qoʻllanilishining asosliligi hamda maqsadga muvofiqligi tekshiriladi.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasi ishlab chiquvchining yoki normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organning yuridik xizmati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boʻlinmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan qonunchilikka muvofiq oʻtkaziladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati toʻgʻrisida nizom”ning 16-bandi ikkinchi kichik bandi “v” kichik bandi, “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi uslubiy koʻrsatmalarning (roʻyxat raqami 2352, 09.04.2012-y.) VII-bobi (“Ishlab chiquvchining yuridik xizmati tomonidan loyihani huquqiy ekspertizadan oʻtkazish”).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasini ular manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilganidan va boshqa turdagi ekspertizalar amalga oshirilganidan soʻng oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasini, shu jumladan ularda korrupsiya koʻrinishlarini, boshqa huquqbuzarliklarni sodir etish uchun shart-sharoitlarni yuzaga keltiradigan, jismoniy va yuridik shaxslar uchun ortiqcha maʼmuriy va boshqa cheklovlarni joriy etadigan qoidalar va normalar bor-yoʻqligini aniqlash, shuningdek zarur boʻlgan normalarni bitta normativ-huquqiy hujjatda aks ettirgan hamda tegishli munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa normalarni bekor qilgan holda, qonunchilikni kodifikatsiya qilish imkoniyati mavjudligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizasini oʻtkazadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 17-mh-sonli “Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash uslubiyotini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3470, 31.10.2023-y.).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarining huquqiy ekspertizasini amalga oshirish jarayonida bu loyihalar ularning toʻgʻridan-toʻgʻri amal qilishi va ularda takrorlovchi yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarining normalariga zid boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar mavjudligini keyinchalik ularni bekor qilish uchun aniqlash nuqtai nazaridan baholanishi shart.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Huquqiy ekspertiza yakunlariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan xulosa taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar va idoralar normativ-huquqiy hujjatlarining huquqiy ekspertizasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(27-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi uslubiy koʻrsatmalar (roʻyxat raqami 2352, 09.04.2012-y.), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarini huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi nizom, “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalari” (roʻyxat raqami 3686, 09.10.2025-y.).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari loyihalarining huquqiy ekspertizasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tegishli hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish Qoidalari” (roʻyxat raqami 3333, 18.11.2021-y.).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan hamda vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish muddatlari
(28-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarining huquqiy ekspertizasi ular kelib tushgan sanadan eʼtiboran oʻn kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar va idoralar normativ-huquqiy hujjatlarining huquqiy ekspertizasi hamda vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish ular kelib tushgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(28-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan loyihalar va ikkinchi qismida koʻrsatilgan normativ-huquqiy hujjatlar qoʻshimcha oʻrganishni talab qilsa, qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini koʻrib chiqish muddati besh kungacha, vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini koʻrib chiqish muddati esa oʻn besh kungacha uzaytirilishi mumkin.
(28-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining hududiy boʻlinmalari tomonidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalq deputatlari viloyat, tuman, (shahar) Kengashi qarorlari loyihalarining huquqiy ekspertizasi — ikki ish kuni ichida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyat, tuman, (shahar) hokimi qarorlari loyihalarining huquqiy ekspertizasi — besh ish kuni ichida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilikda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan oʻtkazishning boshqa muddatlari belgilanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish Qoidalari”ning (roʻyxat raqami 3333, 18.11.2021-y.) V bobi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
(29-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 8-avgustdagi OʻRQ-860-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2023-y., 03/23/860/0571-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 17-mh-sonli “Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash uslubiyotini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3470, 31.10.2023-y.).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organga kiritilguniga qadar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor davlat organlari va tashkilotlar bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa davlat organlari va tashkilotlar bilan majburiy tartibda kelishiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishish uchun yuborilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga manfaatdor davlat organlari va tashkilotlarning birinchi rahbarlari (alohida hollarda — ularning birinchi oʻrinbosarlari) tomonidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlari loyihalariga — yetti ish kuni ichida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalariga — uch ish kuni ichida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari loyihalariga — besh ish kuni ichida;
(30-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari loyihalariga — uch ish kuni ichida viza qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilikda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishishning boshqa muddatlari hamda muayyan davlat organlari va tashkilotlar bilan majburiy ravishda kelishishga doir talablar belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishish normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishishning maxsus axborot tizimi orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kelishish muddatlari buzilganligi uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishish uchun olingan normativ-huquqiy hujjat loyihasini koʻrib chiqish muddatlarining buzilishiga yoʻl qoʻygan manfaatdor davlat organining va tashkilotning rahbari davlat organlaridagi hamda tashkilotlardagi ijro intizomi doirasida shaxsan javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi organlarda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi va kelishishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organga kiritish. Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32-modda. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organga kiritish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tayyorlangan normativ-huquqiy hujjat loyihasi normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organga davlat tilida kiritiladi. Zarur boʻlgan hollarda, uning boshqa tillardagi tarjimasi taqdim etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tayyorlangan normativ-huquqiy hujjat loyihasi normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy ekspertiza yakunlari boʻyicha xulosasi va tushuntirish xati bilan kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjat loyihasiga qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda tegishli organlarning normativ-huquqiy hujjat loyihasining tartibga solish taʼsirini baholash boʻyicha xulosasi (hisoboti), shuningdek moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblar, statistika maʼlumotlari va uni asoslash uchun boshqa maʼlumotlar ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlab chiquvchi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini kiritayotganda uni amalga oshirishga, shuningdek uning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish hamda targʻib qilishga doir tadbirlar rejasini ilova qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlab chiquvchi Oʻzbekiston Respublikasi qonun loyihasini kiritayotganda, bundan Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi mustasno, xalqaro hujjatlarning va xorijiy mamlakatlar qonunchiligining, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining tegishli qoidalarini, tegishli xalqaro tajribani Oʻzbekiston Respublikasi sharoitlarida qoʻllash maqbulligi toʻgʻrisidagi asosli takliflarni ketma-ketlik tartibida koʻrsatgan holda tahliliy qiyosiy jadvalni tayyorlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro hujjatlar va xorijiy mamlakatlar qonunchiligi prinsiplari, qoidalari hamda taʼriflarining tayyorlangan batafsil tahlilini oʻz ichiga olgan qiyosiy jadvalsiz kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi koʻrib chiqilmaydi, bundan Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33-modda. Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjat koʻrib chiqilganidan soʻng normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organ tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoidalari qonunda aks etgan qonunosti hujjatlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.03.00.00 Davlat tili]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organ tomonidan normativ-huquqiy hujjat davlat tilida qabul qilinadi. Zarur boʻlganda u boshqa tillarga tarjima qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tilidagi normativ-huquqiy hujjat matni bilan uning boshqa tildagi matni oʻrtasida tafovut boʻlgan taqdirda, normativ-huquqiy hujjatning davlat tilidagi matni qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Huquqiy eksperiment normativ-huquqiy hujjatning yoki huquqiy normaning samaradorligini amalda muayyan hududda va (yoki) shaxslar doirasi boʻyicha cheklangan holda, belgilangan vaqt oraligʻida sinovdan (tajribadan, aprobatsiyadan va shu kabilardan) oʻtkazish bilan bogʻliq chora-tadbirlar majmuidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Huquqiy eksperimentni tashkil etishga, oʻtkazishga, uning natijalarini baholashga va joriy etishga doir munosabatlar “Huquqiy eksperiment toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi
(34-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 27-martdagi OʻRQ-1127-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2026-y., 03/26/1127/0280-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 29-iyun)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35-modda. Tartibga solish taʼsirini baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tartibga solish taʼsirini baholash normativ-huquqiy hujjat loyihasining qabul qilinishi natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ehtimoliy oqibatlarni va uning tartibga solish maqsadlariga erishilishini, shuningdek amaldagi normativ-huquqiy hujjatning ushbu normativ-huquqiy hujjat bilan tartibga soluvchi munosabatlarga taʼsirining samaradorligi va natijadorligini aniqlash va baholashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga hamda atrof muhitga taʼsir koʻrsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalari tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran besh yil oʻtgach, masʼul davlat organlarining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qoʻmitalarining tashabbusiga koʻra qonunning samaradorligini, unda belgilangan maqsadga va kutilayotgan natijalarga erishilganligini aniqlash uchun qonunning tartibga solish taʼsiri baholashdan oʻtkazilishi mumkin. Mazkur jarayonga fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlar ham jalb etilishi mumkin.
(35-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 10-apreldagi OʻRQ-1054-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 03/25/1054/0329-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tartibga solish taʼsirini baholash tartibi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-martdagi PQ-5025-son qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 31-martdagi 7-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish taʼsirini baholash uslubiyoti (roʻyxat raqami 3292, 31.03.2021-y.).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Normativ-huquqiy hujjatlarning eʼlon qilinishi, kuchga kirishi va amal qilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36-modda. Normativ-huquqiy hujjatning rasmiy matnini tasdiqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatning rasmiy matnini tasdiqlash:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonuniga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qaroriga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qaroriga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni va qaroriga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishlariga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari;
(36-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi OʻRQ-1166-sonli Qonuniga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1166/0842-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar va idoralarning buyruqlari hamda qarorlariga nisbatan — normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ rahbari;
(36-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalq deputatlari Kengashlarining qarorlariga nisbatan — tegishli xalq deputatlari Kengashi raisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyat, tuman va shahar hokimining qarorlariga nisbatan — tegishli hokim tomonidan imzolash orqali amalga oshiriladi.
(36-moddaning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37-modda. Vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish
(37-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar va idoralar normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadi.
(37-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar va idoralarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlari tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin emas hamda huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.
(37-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar va idoralarning mansabdor shaxslari davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlarni amalga kiritganlik uchun qonunda belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
(37-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(37-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilishga doir talablar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda eʼlon qilinishi kerak. Hech kim rasmiy eʼlon qilinmagan qonun asosida hukm qilinishi, jazoga tortilishi, mol-mulkidan yoki biron-bir huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatning bayon tarzida rasmiy eʼlon qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjat rasmiy eʼlon qilinganda uning barcha rekvizitlari koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlari matnlarining elektron shakllari ularni qabul qilgan organlarning rasmiy veb-saytlarida normativ-huquqiy hujjat rasmiy eʼlon qilinganidan keyin bir kun ichida eʼlon qilinishi shart. Vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlari matnlarining elektron shakllarini eʼlon qilish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
(38-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni,Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlarni norasmiy nashrlarda eʼlon qilishga, shuningdek ularni qonunchilikning elektron maʼlumotnoma tizimlari orqali tarqatishga normativ-huquqiy hujjat rasmiy manbalarda ularning barcha rekvizitlari, ular eʼlon qilingan rasmiy nashrlar va ularning kuchga kirish sanasi koʻrsatilgan holda eʼlon qilinganidan soʻng yoʻl qoʻyiladi. Bunda rasmiy nashrlarda eʼlon qilingan normativ-huquqiy hujjat matnining aniq takrorlanishi taʼminlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlarning eʼlon qilinishi ular qoʻllanilishining majburiy shartidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar eʼlon qilinadigan rasmiy manbalar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi”, “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik toʻplami”, “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari, “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi” Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari eʼlon qilinadigan rasmiy manbalardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami”, “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik toʻplami”, “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari, “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi” Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari eʼlon qilinadigan rasmiy manbalardir.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 181-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik toʻplami”, “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi”, shuningdek vazirliklar va idoralarning rasmiy nashrlari vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari eʼlon qilinadigan rasmiy manbalardir.
(39-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi”, Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va roʻyxatdan oʻtkazishning yagona elektron tizimi, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy nashrlari mazkur mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari eʼlon qilinadigan rasmiy manbalardir.
(39-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 17-oktabrdagi OʻRQ-976-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/976/0833-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar, agar hujjatlarning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartib-taomili murakkablashtirilishini va tadbirkorlik faoliyati subyektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutadigan, shuningdek ularning javobgarligiga oid yangi choralarni belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kamida uch oydan keyin kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 181-moddasi.
LexUZ sharhi
Qonun loyihalarini kuchga kirish toʻgʻrisidagi moddalarida “kuchga kirish” tushunchasi qoʻllaniladi. Agarda muayyan qonun kuchga kirishining alohida tartibini oʻrnatish zarur boʻlsa, qonun loyihalariga hujjatning kuchga kirish tartibi toʻgʻrisidagi modda kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41-modda. Normativ-huquqiy hujjatning orqaga qaytish kuchi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonunining amal qilishi u amalga kiritilguniga qadar yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qonunda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan hollardagina tatbiq etiladi. Agar qonunda mazkur qonun qabul qilinguniga qadar javobgarlikka sabab boʻlmagan yoki yengilroq javobgarlikka sabab boʻlgan xatti-harakatlarni sodir etganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslarning javobgarligini joriy etish yoxud kuchaytirish nazarda tutilsa, shuningdek agar qonunning qoʻllanilishi natijasida yuridik va jismoniy shaxslarga moddiy zarar yetkaziladigan boʻlsa, qonunga orqaga qaytish kuchini berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42-modda. Normativ-huquqiy hujjatning makon boʻyicha amal qilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatning makon boʻyicha amal qilishi normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organning yurisdiksiyasi bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ uning makon boʻyicha amal qilish doirasini cheklab qoʻyishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43-modda. Normativ-huquqiy hujjatning vaqt boʻyicha amal qilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjat, agar uning matnida boshqacha izoh berilmagan boʻlsa, muddatsiz amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatning amal qilish muddati butun hujjat yoki uning bir qismi uchun belgilanishi mumkin. Bunday holda normativ-huquqiy hujjat yoxud uning bir qismi qaysi muddatga yoki qanday hodisa yuz berguniga qadar oʻz kuchini saqlab qolishi koʻrsatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ belgilangan muddat tugaguniga qadar yoki hodisa yuz berguniga qadar hujjatning yoki uning bir qismining amal qilishini yangi muddatga, boshqa hodisa yuz berguniga qadar uzaytirish toʻgʻrisida yoxud normativ-huquqiy hujjat qonunchilikka, oʻtkazilayotgan islohotlarning ustuvor yoʻnalishlariga, jamiyatdagi barqaror huquqiy munosabatlarga muvofiq boʻlgan taqdirda normativ-huquqiy hujjatga (uning qismiga) muddatsiz tus berish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44-modda. Normativ-huquqiy hujjatning shaxslar doirasi boʻyicha amal qilishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.05.00.00 Aholi / 01.05.05.00 Chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslariga, shuningdek oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirganda chet el yuridik shaxslariga, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45-modda. Normativ-huquqiy hujjatning amal qilishini toʻxtatib turish va tugatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatning yoki uning bir qismining amal qilishi uni qabul qilgan organ yoxud uning yuqori turuvchi organi tomonidan muayyan muddatga yoki muayyan hodisa yuz berguniga qadar toʻxtatib turilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarini huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi nizomning 18-bandiga hamda “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalari”ning (roʻyxat raqami 3686, 09.10.2025-y.) 5-bobi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjat yoki uning bir qismi quyidagi hollarda oʻzining amal qilishini tugatadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjat yoki uning bir qismi qaysi muddat yoki hodisa yuz berishi uchun moʻljallangan boʻlsa, oʻsha muddat tugaganida yoki hodisa yuz berganida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjat yoki uning bir qismi qonunda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq emas yoxud haqiqiy emas deb topilganda;
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjat yoki uning bir qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjat yoki uning bir qismi bekor qilinganda.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 26-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan bekor qilinadi. Shuningdek, hokimlarning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Hukumat hujjatlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining davlat manfaatlariga zid keladigan hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan toʻxtatiladi va bekor qilinadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Respublika davlat boshqaruv organlarining, shuningdek hokimlarning qabul qilgan hujjatlarini toʻxtatadi, bekor qiladi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 36-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasiga asoslangan holda Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlarini hamda Bosh vazir farmoyishlarini bekor qilishga haqlidir.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 43 va 44-moddalariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining hujjatlari amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlgan hollarda ularni bekor qilish huquqiga ega, shuningdek viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qonun hujjatlariga zid boʻlgan qarorlari va farmoyishlari ijrosini toʻxtatib qoʻyish hamda ularni bekor qilishga haqlidir.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasiga muvofiq Xalq deputatlari Kengashi hokimning va quyi Kengashning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga mos kelmaydigan qarorlarini bekor qiladi. Shuningdek, aytib oʻtilgan Qonunning 25-moddasiga asosan, hokim quyi turuvchi hokimlarning qarorlarini, basharti ular Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlariga, shuningdek yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashi va hokimning qarorlariga zid boʻlsa, bekor qiladi va xalq deputatlari Kengashiga quyi turuvchi xalq deputatlari Kengashlarining hujjatlarini bekor qilish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti favqulodda holat joriy etilgan hududda amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, vazirliklar hamda idoralar buyruqlari va qarorlarining, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining amal qilishini ushbu hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisidagi farmoniga zid boʻlgan taqdirda, favqulodda holatning amal qilish muddatida toʻxtatib turishga haqli.
(45-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46-modda. Ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan qayta koʻrib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan zarur oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritiladi hamda ilgari qabul qilingan barcha normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular yangi huquqiy normalarga zid boʻlsa yoxud yangi normativ-huquqiy hujjat bilan toʻlaligicha qamrab olingan yoki amalda oʻz huquqiy ahamiyatini yoʻqotgan boʻlsa, lekin rasman oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilmagan boʻlsa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Teng yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan teng yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning yoki ular qismlarining roʻyxati normativ-huquqiy hujjatning oʻzida koʻrsatilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan oʻzgartishlar, qoʻshimchalar kiritilishi yoki oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan, teng yuridik kuchga ega normativ-huquqiy hujjatlarning yoki ular qismlarining soni ancha koʻp boʻlgan taqdirda, mazkur oʻzgartish va qoʻshimchalar, shuningdek oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati alohida hujjat sifatida rasmiylashtiriladi. Bunday hujjat loyihasi ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlanadi va normativ-huquqiy hujjat loyihasi bilan bir vaqtda taqdim etiladi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi 237-II/150-II-sonli qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalarini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etilgan qonunlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalari”ning 7-bobi (“Qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish”) va 8-bobi (“Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunlar roʻyxati”), “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi uslubiy koʻrsatmalarning (roʻyxat raqami 2352, 09.04.2012-y.), VI-bobi (“Qonunosti hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi loyihalarni tayyorlashning xususiyatlari”), “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalari”ning (roʻyxat raqami 3686, 09.10.2025-y.) 5-bobi, “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish Qoidalari”ning (roʻyxat raqami 3333, 18.11.2021-y.) II bobi (“Qarorlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi loyihalarni tayyorlashning oʻziga xos xususiyatlari”).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilayotganda uning asosida hamda uni ijro etish uchun qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar xatlovdan oʻtkaziladi va ularni ham oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqidagi masala koʻrib chiqiladi.
(46-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 10-apreldagi OʻRQ-1054-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 03/25/1054/0329-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini tarqatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini tarqatish normativ-huquqiy hujjat matnidan moneliksiz foydalanish imkoniyatini taʼminlaydigan har qanday shakllarda amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini tarqatish tartibi qonunchilikda belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni,Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkil etish va taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkil etuvchi va taʼminlovchi organlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ijrosini tashkil etadi hamda taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar va idoralar, ularning mansabdor shaxslari oʻz vakolatlariga kiritilgan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkil etadi hamda taʼminlaydi.
(48-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli hududda normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkil etadi hamda taʼminlaydi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 1-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish va taʼminlashga doir vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻz vakolatlari doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlarning oʻz vaqtida ijro etilishiga qaratilgan zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va (yoki) qarorlar qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar va idoralarning ishlarini muvofiqlashtiradi hamda yoʻnaltiradi, ularning normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etishga doir vakolatlarini belgilaydi;
(49-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish uchun zimmasiga javobgarlik yuklatiladigan vazirliklarni, idoralarni hamda mansabdor shaxslarni belgilaydi;
(49-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlar oʻz vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etishga doir vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻz vakolatlari doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishi masalalari yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarga tushuntirishlar beradi hamda zarur yordam koʻrsatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlarning davlat boshqaruvi organlari tomonidan ijro etilishi masalalariga doir uslubiy koʻrsatmalarni ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlarning davlat boshqaruvi organlari tomonidan ijro etilishi monitoringi va tahlilini oʻtkazadi, ushbu sohadagi muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlarining normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlarida va tashkilotlarda normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi nuqtai nazaridan ijro intizomiga rioya etilishini oʻrganadi, shu asosda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51-modda. Vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish hamda taʼminlashga doir vakolatlari
(51-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar va idoralar oʻz vakolatlari doirasida:
(51-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlarning oʻz vaqtida ijro etilishiga qaratilgan zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va (yoki) choralar koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ijro etilishiga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining tarqatilishini taʼminlaydi, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarning ijrochilarga yetkazilishi hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishiga doir ishlarni boshqa davlat organlari hamda tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash uchun oʻz xodimlarini tayyorlashni, qayta tayyorlashni hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, tegishli tarmoqda qonunchilikning qoʻllanilish amaliyotini oʻrganadi va, zarur boʻlganda, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan tartibda yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar va idoralar qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(51-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish va taʼminlashga doir vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.01 Umumiy qoidalar. Mahalliy vakillik organlarini saylash tartibi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli hududda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlar oʻz vaqtida ijro etilishiga qaratilgan zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va (yoki) choralar koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining tarqatilishini taʼminlaydi, boshqa tashkilotlar bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan zarur tushuntirish ishlarini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli davlat organlari va tashkilotlarning normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish boʻyicha ishlarini muvofiqlashtiradi hamda yoʻnaltiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, qonunchilikning qoʻllanilish amaliyotini oʻrganadi va zarur boʻlganda qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan tartibda yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining monitoringi va nazorati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining monitoringi va nazorati qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organlar va boshqa tashkilotlar tegishli normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni, shuningdek ularning ijrosi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha huquqni qoʻllash amaliyoti monitoringini hamda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining tahlilini amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlarda boʻshliqlar, yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan ziddiyatlar, shuningdek ichki ziddiyatlar yoxud boshqa xatolar aniqlangan taqdirda, normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organ ularni bartaraf etish yuzasidan choralar koʻradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.18.00.00 Jamoatchilik nazorati]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari Oʻzbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq jamoatchilik monitoringi va nazoratini amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarga qoʻyiladigan asosiy talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiylashtirishga qoʻyiladigan asosiy talablar ushbu Qonunning ilovasiga muvofiq Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek ularga ilova qilinadigan axborot-tahliliy materiallarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishning yagona uslubiyoti bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qonunlar loyihalarini tayyorlashda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining prinsiplari va normalari hisobga olinadi. Qonunlar loyihalari qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak.
LexUZ sharhi
Qonunchilik texnikasining eng muhim talablaridan biri bu — har bir yaratilgan qonun, eng avvalo mantiqiy muntazamlikka asoslangan holda, bir-biriga bogʻliq va har biri oldingi normaning mazmunidan kelib chiqadigan normalar tizimidan iborat boʻlishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, har bir norma yaxlit bir tizimning mustaqil, biroq oʻzigacha va oʻzidan keyingi normalarga mazmunan bogʻliq birligi sifatida joylashtirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy sharhlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy sharhlash normativ-huquqiy hujjatda noaniqliklar topilgan, u amaliyotda notoʻgʻri yoki ziddiyatli tarzda qoʻllanilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga rasmiy sharhni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga rasmiy sharhni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tegishli palatalari beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunosti hujjatlari normalariga rasmiy sharhni ularni qabul qilgan organlar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy sharhlash jarayonida ularga normalarni aniqlashtirishga qaratilgan tuzatishlar, oʻzgartishlar, qoʻshimchalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.06.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni hisobga olish va turkumlash]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olish normativ-huquqiy hujjatlarni markazlashtirilgan tarzda yigʻish, hisobga olish, ularning fondlarini yaratish va nazorat holatida saqlab turishni hamda normativ-huquqiy hujjatlar haqidagi markazlashtirilgan axborotni oʻz ichiga oladi. Qonunchilikda normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olishga doir qoʻshimcha talablar belgilanishi mumkin.
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olishni amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 18-iyundagi 13-mh-son “Normativ-huquqiy hujjatlarning hisobini yuritish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi 160-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 8-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 161-II-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 9-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 568-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 18-modda) XXVI boʻlimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi 714-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 18-modda) I boʻlimining 46-bandi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-342-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 12, 333-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-381-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 12, 343-modda) 18-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-389-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 8, 310-modda) 9-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-411-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 9, 276-modda) 12-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-446-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 9, 510-modda) 47-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Ayrim davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi, shuningdek fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-456-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 1, 1-modda) 22-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-459-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 1, 4-modda) 11-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-476-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 224-modda) 37-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvarda qabul qilingan “Ayrim davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-512-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 1, 1-modda) 12-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59-modda. Qonunchilik hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2021-yil 20-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻRQ-682-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek ularga ilova qilinadigan axborot-tahliliy materiallarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YAGONA USLUBIYOTI

1. Ushbu Yagona uslubiyot normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini (bundan buyon matnda loyiha deb yuritiladi), shuningdek ularga ilova qilinadigan axborot-tahliliy materiallarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Loyihani rasmiylashtirishning asosiy prinsiplari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaklning aniqligi va qatʼiyligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tilning ravon va tushunarli boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
munosabatlarning tegishli sohasini huquqiy jihatdan tartibga solishning toʻliqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqiy jihatdan tartibga solishning aniqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sinovdan oʻtgan atamalar, tushunchalar va ifodalardan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normalar taʼrifining mumkin qadar aniqligi va loʻndaligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqiy koʻrsatmalarni bayon etish shakli, tuzilishi va usullarining bir xilligi, yagonaligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik texnikasi qoidalariga rioya etilishi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Loyihaning matniga va tuzilishiga doir talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Loyihaning matni loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etilgan boʻlishi kerak. Loyihaning matni turlicha sharhlash va talqin qilinishlarga olib kelmasligi kerak. Loyihaning jumlalari rasmiy til uslubidan va yuridik atamalardan foydalanilgan holda, umumiy qabul qilingan grammatika, imlo va punktuatsiya qoidalariga muvofiq tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Loyihaning matni quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jumlalarning soddaligi va qisqaligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼrifning aniqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bayon etishning tizimliligi va ketma-ketligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Loyihada, shuningdek unga ilova qilinadigan axborot-tahliliy materiallarda quyidagilarning qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ogʻzaki nutq shakllari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tilida teng maʼnoli soʻzlar va tushunchalar mavjud boʻlgan taqdirda, chet tillari atamalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eskirgan hamda koʻp maʼnoni anglatadigan soʻzlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
abbreviatura va qisqartmalar (bundan umumiy qabul qilingan abbreviatura va qisqartmalar, shuningdek qonunosti hujjatlarining ilovalaridagi tashkilotlarning qisqartirilgan nomlari mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Loyihada qonunchilikda mavjud boʻlmagan tushuncha va atamalar, shuningdek texnikaviy va boshqa maxsus tushunchalardan foydalanilganda ularning taʼriflari beriladi. Qonunchilik amaliyotiga muvofiq umum qoʻllaniladigan tushunchalarga taʼrif berish talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Tushunchaning yoki atamaning taʼrifi uning mazmunini toʻliq ochib berishi kerak. Tushunchani yoki atamani aynan shu tushunchaning oʻzi va atama orqali, shuningdek oʻzi taʼriflanishi lozim boʻlgan boshqa tushuncha va atamalar orqali taʼriflashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Loyihada koʻp marotaba qoʻllanilgan uch va undan ortiq tushunchaga taʼrif berish zarurati boʻlganda, ular alohida band (modda)da koʻrsatiladi va loyiha matnining boshida keltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Soʻz birikmalari bir necha marta qoʻllanilgan taqdirda, ular birinchi bor qaysi tarkibiy birlikda (moddada, qismda, bandda, kichik bandda, xatboshida) qoʻllanilgan boʻlsa, oʻsha tarkibiy birlikda toʻliq tahrirda bayon qilinadi va mazkur tushunchaning loyihaning keyingi qoidalarida qoʻllaniladigan qisqartirilgan taʼrifi qavs ichida bosh kelishikda koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Loyihada, qoida tariqasida, xuddi shunday yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatda koʻrsatilgan huquqiy normalar qayta takrorlanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur boʻlganda, loyihada yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning ayrim qoidalari mazkur normativ-huquqiy hujjatlarga havola qilingan holda aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga doir havolalar huquqiy normalarning oʻzaro bogʻliqligini koʻrsatish zarurati boʻlgan hollardagina yoki takrorlashlarga yoʻl qoʻymaslik uchungina loyiha matniga kiritilishiga yoʻl qoʻyiladi. Havolalar aniq boʻlishi va muayyan normativ-huquqiy hujjat yoki uning alohida qoidalarini koʻrsatishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonunining 19 — 22-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi 237-II/150-II-sonli qoʻshma qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalarini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etilgan qonunlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalari”, “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi uslubiy koʻrsatmalarning (roʻyxat raqami 2352, 09.04.2012-y.) 18 — 54-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarini huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi nizomning 8-bandi, “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalari”ning (roʻyxat raqami 3686, 09.10.2025-y.) 2-bobi, “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish Qoidalari”ning (roʻyxat raqami 3333, 18.11.2021-y.) II bobi (“Qaror loyihasining matniga va tuzilishiga doir talablar”).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir havola loyiha boʻyicha tayyorlanayotgan tushuntirish xatida normativ-huquqiy hujjatning rekvizitlari, uning havola qilinayotgan tarkibiy birligi koʻrsatilgan holda asoslantirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihada pastroq yuridik kuchga ega boʻlgan aniq normativ-huquqiy hujjatlarga, davlat organlarining bayonnomalariga, topshiriqlariga va xatlariga havola qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qonun loyihasida (qonunda) qonun hujjatlariga havola qilish zarurati boʻlganda ketma-ketlik tartibida qonun hujjatining turi va nomi koʻrsatiladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarori boʻyicha uni qabul qilish sanasi va raqami ham koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Moddaning (bandning) matnini shu normativ-huquqiy hujjatning boshqa moddalarida (bandlarida) takror bayon qilishga, shuningdek idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga boshqa idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishni nazarda tutuvchi normalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Loyihaning tuzilishi huquqiy tartibga solish predmetining mantiqan rivojlanib borishi va yoritilishini taʼminlashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Hajmiga koʻra qonunosti hujjatining loyihasi pasayib boruvchi quyidagi tarkibiy birliklarga boʻlinadi: boʻlimlar, kichik boʻlimlar, boblar, paragraflar, bandlar, kichik bandlar va xatboshilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihalarining boʻlinishi mazkur bobning 2-paragrafiga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Loyihaning boʻlimlari rim raqamlari, kichik boʻlimlari va boblari esa arab raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega boʻladi. Paragraflar “§” belgisi bilan belgilanadi, arab raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻlimlar, kichik boʻlimlar, boblar va paragraflarning belgisi va nomi bosh harf bilan, “yarim qora” shriftda, matn markaziga toʻgʻrilangan holda, qoʻshtirnoqlarsiz, qatorlar oʻrtasidagi birlik intervalda va satr boshisiz, bitta qatorda raqami koʻrsatilib, ketidan nuqta qoʻyilgan holda yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Quyidagi tarkibiy birlikning kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar loyihada boblar boʻlmasa, “boʻlim” birligining;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar loyihada boʻlimlar boʻlmasa, “kichik boʻlim” birligining;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar loyihada bandlar boʻlmasa, “kichik band” va “xatboshi” birliklarining.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Har bir ishlab chiqiladigan loyiha nomga ega boʻlishi kerak. Nom qisqa, tushunarli ifodalanishi va uning asosiy huquqiy tartibga solish predmetini aks ettirishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Loyiha uni qabul qilish sabablari va maqsadlarini tushuntirishdan iborat boʻlgan, loyihaning boshlanishida joylashtiriladigan muqaddimaga ega boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatning muqaddimasi uning mazmunini mantiqiy rivojlantiruvchi bir nechta xatboshilarda bayon etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muqaddima:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mustaqil normativ koʻrsatmalarni oʻz ichiga olmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moddalar va bandlarga boʻlinmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishi munosabati bilan oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi, oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi lozim boʻlgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga doir havolalarga ega boʻlmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihada qoʻllaniladigan asosiy tushunchalarning ahamiyatini oʻz ichiga olmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqamlanmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Loyihaning muqaddimasida (idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar uchun majburiy) loyihaning qabul qilinishi uchun asos boʻlgan yoki ijrosi taʼminlanayotgan qonunchilik hujjatlari koʻrsatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Loyihada huquqiy normalar arab raqamlarida nuqta qoʻyilgan holda raqamlanib, moddalar va bandlar tarzida bayon qilinadi, shuningdek sarlavhalarga ega boʻlmaydi, bundan moddalar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Huquqiy normalarni ikkilangan (qoʻshaloq) tarzda raqamlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Har bir modda va band, qoida tariqasida, bitta huquqiy normani oʻz ichiga olishi hamda toʻliq va tugallangan mazmunga ega boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihaning qaror qismiga eng muhim boʻlgan huquqiy normalar kiritiladi, bundan qonun loyihalari mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Bandlar kichik bandlar yoki xatboshilarga boʻlinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Kichik bandlar doirasimon qavs bilan yopiladigan kichik harflar bilan belgilanadi. Harflar alifbo boʻyicha ketma-ketlikda bayon qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Kichik bandlar faqat xatboshilarga boʻlinishi mumkin. Xatboshilar boshlanishida defis yoki boshqa belgilarni ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Loyihaga talablar, roʻyxatlar, jadvallar, grafiklar, tariflar, xaritalar, sxemalar, tuzilmalar, hujjatlarning, blankalarning namunalari, shuningdek tavsiya xususiyatiga ega hujjatlar (namunaviy nizomlar, ustavlar, shartnomalar, uslubiy tavsiyalar va boshqalar) ilova qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Agar loyihaning qaror qismidagi bandlari (kichik bandlari, xatboshilari) bilan, qonun loyihalarida esa moddalar (qismlar, bandlar, kichik bandlar, xatboshilar) bilan hujjatlarni tasdiqlash nazarda tutilgan boʻlsa, normativ-huquqiy hujjatning tegishli tarkibiy birligi va u tomonidan tasdiqlanadigan hujjatning nomi bir-biriga mos ravishda bayon etilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Boʻlimlardan iborat boʻlgan ilovalar izchil ketma-ketlikda raqamlangan bandlarga ega boʻladi. Boʻlim rim raqamlari bilan belgilanadigan tartib raqamiga va nomga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Qonun loyihalari (qonun) tuzilishining oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Qonun loyihasining tuzilishi uning mazmuniga bogʻliq boʻladi va quyidagi ketma-ketlikda belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻllanilish yoki amal qilish sohasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy qoidalar: huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy prinsiplari, qonunda foydalaniladigan tushunchalar va maxsus atamalarning taʼrifi, subyektlarning huquq va majburiyatlari, shuningdek ishlab chiqilayotgan qonun loyihasi normalarini amalga oshirishning mexanizmlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qabul qilinayotgan qonun normalarini buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi norma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ayrim qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni, shuningdek mazkur qonun qabul qilinishi munosabati bilan qonunlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni nazarda tutadigan normalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qabul qilinayotgan qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash zimmasiga yuklatilayotgan subyekt;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qabul qilinayotgan qonunda nazarda tutilgan havolaki normalarni amalga oshirishning aniq muddatlari va masʼul ijrochilari;
(29-band Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 10-apreldagi OʻRQ-1054-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 03/25/1054/0329-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilinayotgan qonunga muvofiqlashtirish toʻgʻrisidagi topshiriq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunning kuchga kirish tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Qonun loyihasida (qonunda) pastlab boruvchi quyidagi tarkibiy birliklardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qism;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻlim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik boʻlim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bob;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paragraf;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
modda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Qonun loyihasi (qonun) moddasida pastlab boruvchi quyidagi tarkibiy birliklardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qism;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
band;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik band;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xatboshi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yirik tizimlashtirilgan qonun loyihalari qismlarga, boʻlimlar kichik boʻlimlarga, boblar paragraflarga boʻlinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Qonun loyihasi (qonun) qismining belgisi va nomi sahifaning oʻrtasiga bosh harflar bilan tagma-tag yoziladi. Qonun loyihasi (qonun) qismining nomi “yarim qora” shriftda yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Boʻlimlar rim raqamlari, kichik boʻlimlar va boblar esa arab raqamlari bilan raqamlanadi hamda sarlavhalarga ega boʻladi. Paragraflar “§” belgisi bilan belgilanadi, arab raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kichik boʻlimlar, boblar va paragraflarning belgisi va nomi bosh harf bilan, boʻlimlarning belgisi va nomi esa bosh harflar bilan “yarim qora” shriftda, qoʻshtirnoqlarsiz, qatorlararo birlik intervalda, bitta qatorda raqami koʻrsatilib, ketidan nuqta qoʻyilgan holda yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Qonun loyihasining (qonunning) moddasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uning asosiy tarkibiy birligi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arab raqamlari bilan belgilanadigan tartib raqamiga ega boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomga ega boʻladi, bundan ayrim qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi qonun loyihalari mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Modda belgisi bosh harf bilan va xatboshidan yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moddaning nomi uning raqam belgisi bilan bir qatorga bosh harf bilan “yarim qora” shriftda yozilib, undan keyin nuqta qoʻyiladi. Agar modda nomga ega boʻlmasa, u holda moddaning raqamidan keyin nuqta qoʻyiladi hamda moddaning belgisi bosh harf bilan va yarim qora shrift bilan xatboshidan yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Modda raqamlanmaydigan qismlarga boʻlinadi. Modda qismlarining joylashuv tartibi bosh harf bilan boshlanadigan va nuqta bilan tugaydigan xatboshilarni ketma-ket sanash orqali aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moddalarning qismlari bandlarga boʻlinib, bandlar doirasimon qavs bilan yopiladigan arab raqamlari yoki kichik harflar bilan belgilanadi. Moddalarning qismlari xatboshilarga boʻlinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bandlar qavs ichida arab raqamlari bilan kichik bandlarga yoki xatboshilarga boʻlinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Qonun loyihasining (qonunning) qismlari, boʻlimlari, kichik boʻlimlari, boblari, paragraflari va moddalari izchil ketma-ketlikda raqamlanishi kerak. Har bir bobning (paragrafning) moddalarini alohida-alohida raqamlashga yoki har bir boʻlimning (kichik boʻlimning) boblarini alohida-alohida raqamlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Qonun loyihasiga (qonunga) qismlar, boʻlimlar, kichik boʻlimlar, boblar, paragraflar, moddalar yoki butun qonun loyihasiga (qonunga) doir izohlar kiritilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Agar qonun loyihasiga (qonunga) bir nechta ilova mavjud boʻlsa, ular “№” belgisi koʻrsatilgan holda arab raqamlari bilan raqamlanadi. Qonun loyihasining (qonunning) matnida ilovaga havola qilinganida “№” belgisi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilova belgisi 12 oʻlchamli shriftda qonun loyihasi (qonun) matnidan keyingi sahifaning yuqorisidagi oʻng burchakka, qonunning raqami va imzolangan sanasi koʻrsatilmagan holda joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilovaning nomi sahifaning oʻrtasiga joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Qonun loyihasi (qonun) normalarini bayon etishga doir umumiy talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Qonun quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normalarning bir xil talqin qilinishini taʼminlovchi, ularni aniqlashtirish uchun qonunosti hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilishni talab etmaydigan holda batafsil ifoda etilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun matnida uni amalga oshirishning aniq mexanizmi mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasida huquqiy munosabatlar subyektlari huquq va majburiyatlarining toʻliq roʻyxati mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
deklarativ va mavhum normalarning yoʻqligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Qonun normalari boshqa qonunlar normalari bilan oʻzaro bogʻliq boʻlishi kerak. Bunda qonun normalarining taʼrifi boshqa qonunlarda qoʻllaniladigan taʼriflar bilan bir xil bayon etilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Qonun loyihasining (qonunning) matnini ishlab chiqish jarayonida unda qonunchilik tizimlashtiriladi, qonunosti hujjatlarida mavjud boʻlgan barcha huquqiy normalar birlashtiriladi, qonunchilikdagi boʻshliqlarni toʻldiruvchi yangi normalar ishlab chiqiladi, ayrim huquqiy koʻrsatmalar oʻrtasidagi nomuvofiqliklar, asossiz takrorlanishlar va qarama-qarshiliklar bartaraf etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda qonun qabul qilingach, normalari qonunda oʻz aksini topgan barcha eski qonunosti hujjatlari oʻz tartibga solish zaruratini yoʻqotadi va kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Bir hujjatda muayyan huquq tarmogʻining va ijtimoiy munosabatlar sohasining barcha masalalari imkon qadar toʻliq tartibga solinishi kerak. Qonunning ayrim normalarini oʻzgartirish zarurati boʻlganda, yangi alohida normativ-huquqiy hujjatni shakllantirmagan holda ularni mazkur qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar sifatida rasmiylashtirish kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Qonun loyihasi bilan bir vaqtda quyidagilar ishlab chiqiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun qabul qilinishi munosabati bilan oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunosti hujjatlar roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasiga kirgan qonunosti hujjatlari normalarini oʻz ichiga olgan qiyosiy jadval va bunday birlashtirishning asosi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun qabul qilinganligi munosabati bilan amaldagi qonunosti hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yoki ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi qaror loyihalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Loyihalarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va rasmiy eʼlon qilish manbalarini koʻrsatish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Loyihaning matni A4 formatdagi qogʻoz varagʻining bir tomonida uning masshtabi kichraytirilmagan holda joylashtirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Agar loyiha ikki yoki undan ortiq sahifada bayon etilgan boʻlsa, uning har bir sahifasi va ilovalari alohida raqamlanishi kerak. Sahifaning tartib raqami sahifaning yuqorisida oʻrtada 2 raqamidan boshlab yoziladi. Birinchi sahifada 1 raqami qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Loyihalar, qoida tariqasida, Misrosoft Word redaktoridan va quyidagi parametrlardan foydalangan holda tayyorlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sahifaning chap hoshiyasi 3 sm, oʻng hoshiyasi 2 sm, past va yuqori hoshiyalari 2 sm;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari uchun 12 oʻlchamli shrift, boshqa loyihalar uchun 14 oʻlchamli shrift;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi qatorning satr boshisi 1,27 sm (qonun loyihalari uchun 1,25);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qatorlar oʻrtasidagi interval (mnojitel) 1.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Loyihaning (bundan idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi mustasno) birinchi sahifa yuqori qismining oʻng burchagida “Loyiha” soʻzi qoʻyiladi, uning oʻlchami matn shrifti oʻlchami bilan aynan bir xil boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Loyiha turining matni bosh harflar bilan, matnni markazga toʻgʻrilagan holda, “yarim qora” shriftda, qatorlar oʻrtasidagi birlik intervalda va satr boshisiz rasmiylashtiriladi. Qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni va qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari loyihalarining turi ikki qatorda ifodalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Loyihaning nomi kichik harflarda, “yarim qora” shriftda, matn markazga toʻgʻrilangan holda, qoʻshtirnoqlarsiz, qatorlararo birlik intervalda va satr boshisiz yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Matnning har bir qatorida soʻzlar koʻchirilmasdan tugallangan boʻlishi lozim. Har bir qator oxirida bogʻlovchilar, “№” belgisi, sonlar qismi, abbreviaturalar va boshqa shu kabilar, qoida tariqasida, qoldirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Ilova belgisi 12 oʻlchamli shriftda sahifaning yuqori oʻng burchagida, ilovaning raqami (agar ilovalar bir nechta boʻlsa), ilova qilinayotgan normativ-huquqiy hujjat turi koʻrsatilgan hamda hujjat raqami va sanasi uchun joy qoldirilgan holda joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Ilovaning nomi kichik harflarda, “yarim qora” shriftda, matn markazga toʻgʻrilangan holda, qoʻshtirnoqlarsiz, qatorlar oʻrtasidagi birlik intervalda va satrboshisiz yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihalarini (qonunlarni) yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi (qonun) bir nechta xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilishni oʻz ichiga olsa, bunday qonun loyihasi (qonun) moddalari nomga ega boʻlmagan qonun loyihalariga (qonunlarga) nisbatan qoʻllaniladigan umumiy qoidalarga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonun loyihasidagi (qonundagi) Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining nomi ushbu xalqaro shartnoma imzolangan asl nusxadagi nom bilan aynan bir xil boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Vazirliklar yoki idoralarning buyruqlari va qarorlari matnlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan tegishli blankalarda yozilishi va ularni qabul qilgan organning (organlarning) nomini oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Bitta buyruq yoki qaror bilan bir nechta nizom, qoida yoki yoʻriqnoma tasdiqlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-§. Rasmiy eʼlon qilish manbalarini koʻrsatish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilganida quyidagilar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun eʼlon qilingan rasmiy manba yoki yangi tahrirdagi (agar u boʻlsa) qonun eʼlon qilingan rasmiy manba;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatiga kiritilgan barcha keyingi oʻzgartish va qoʻshimchalar eʼlon qilingan rasmiy manbalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Qonun oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilganda qonun eʼlon qilingan rasmiy manba yoki yangi tahrirdagi (agar u boʻlsa) qonun eʼlon qilingan rasmiy manba koʻrsatiladi. Shuningdek, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan asosiy qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar qaysi qonunlar bilan kiritilgan boʻlsa, oʻsha qonunlar ham ularning rasmiy eʼlon qilingan manbai koʻrsatilib, alohida tarzda oʻz kuchini yoʻqotgan deb topiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi loyihalarni tayyorlashning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi loyiha, qoida tariqasida, quyidagi hollarda tayyorlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarining va Vazirlar Mahkamasi qarorlarining qonunchilikni yangidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirishga doir talablarini bajarish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlarini bajarish uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar ishlab chiqilayotgan loyiha boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartish yoki qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish zaruriyatini keltirib chiqarsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani tayyorlash jarayonida xuddi shunday munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat mavjudligi maʼlum boʻlib qolganda hamda yangi normativ-huquqiy hujjatni qabul qilmasdan mazkur normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yoʻli bilan huquqiy jihatdan tartibga solish imkoniyati aniqlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ayni bir masala boʻyicha bir talay normativ-huquqiy hujjatlar mavjud boʻlishini va huquqiy normalarda aniqlangan ziddiyatlarni bartaraf etish uchun.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Quyidagilar normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartishlar kiritish deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
raqamlar, soʻzlar, jumlalar, grafalar, bloklar va pozitsiyalarni almashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, moddalar (moddalarning qismlari), paragraflar, boblar, kichik boʻlimlar, boʻlimlar, qismlar, ilovalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish yoki raqamlar, soʻzlar, jumlalar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar va xatboshilarni chiqarib tashlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, moddalar (moddalarning qismlari), paragraflar, boblar, kichik boʻlimlar, boʻlimlar, qismlar, ilovalarni, shuningdek paragraflar, boblar, kichik boʻlimlar, boʻlimlar, qismlar, ilovalarning nomlarini yangi tahrirda bayon qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Grafa — ikki vertikal chiziq bilan chegaralangan jadval shaklida ifodalangan matnning, hujjatning boʻlimi yoki bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Blok — turli shakllarda (toʻrtburchak, toʻgʻri burchak, silindr, oval va h.k.) funksional jihatdan birlashtirilgan jadvallarning bir qismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pozitsiya — ikki gorizontal chiziq bilan chegaralangan jadval shaklida grafada ifodalangan matnning, hujjatning boʻlimi, kichik boʻlimi, bobi, bandi, kichik bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Quyidagilar normativ-huquqiy hujjatga qoʻshimchalar kiritish deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatning tarkibiy birligini yangi soʻzlar, raqamlar yoki jumlalar bilan toʻldirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatlarni tarkibiy birliklar (qism, boʻlim, kichik boʻlim, bob, paragraf, ilova, grafa, blok, pozitsiya, modda (moddaning qismi), band, kichik band va xatboshi) bilan toʻldirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
591. Qonunosti hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni nazarda tutuvchi qonunosti hujjati loyihasining nomida mazkur loyiha bilan kiritilayotgan asosiy oʻzgartish va qoʻshimchalarning mohiyati koʻrsatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
592. Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni nazarda tutuvchi loyiha, qoida tariqasida, uni qabul qilish zaruriyati, sabablari va maqsadlariga oid tushuntirishni qamrab olgan, shuningdek normativ-huquqiy hujjatning mohiyatini va ahamiyatini ochib beradigan muqaddimaga ega boʻladi. Zarur boʻlgan taqdirda, qonunosti hujjati loyihasining muqaddimasida u qaysi qonunchilik hujjatlarini ijro etish uchun yoki qaysi qonunchilik hujjatlariga asosan qabul qilinayotgan boʻlsa, oʻsha qonunchilik hujjatlari koʻrsatiladi.
(591 va 592-bandlar Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-796-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 03/22/796/0966-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi matn quyidagilarga boʻlinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arabcha raqamlar bilan nuqta qoʻyib raqamlanadigan bandlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik harflarda qavs bilan raqamlanadigan kichik bandlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xatboshilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Agar modda yoki band bilan tegishli normativ-huquqiy hujjatga faqat bitta oʻzgartish yoki qoʻshimcha kiritish nazarda tutilgan boʻlsa, kichik bandlar qoʻllanilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishda uning boʻlimlari, kichik boʻlimlari, boblari, paragraflari, moddalari, bandlari raqamlar bilan raqamlanishi hamda kichik bandlarining raqamlar bilan raqamlanishi yoki harflar bilan raqamlanishi oʻzgarmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Agar normativ-huquqiy hujjat yangi tarkibiy birliklar bilan toʻldirilayotgan boʻlsa, ularni asosiy raqam yoki harf belgilari tepasiga qoʻyiladigan qoʻshimcha raqamlar bilan belgilash zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. Asosiy raqam yoki harf belgilari tepasiga qoʻyiladigan raqamlarni qoʻshishga faqat keyingi oʻzgartishlar va qoʻshimchalarni kiritishda yoʻl qoʻyiladi. Tarkibiy birliklarning barcha raqamlanishi oʻzgarishining oldini olish uchun bunday belgilardan faqat keyingi qoʻshimchalarda foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Agar tegishli qoʻshimchalar normativ-huquqiy hujjatning tarkibiy birligi (qism, boʻlim, kichik boʻlim, bob, paragraf, modda (moddaning qismi), band, kichik band va xatboshi) oxiriga kiritilayotgan boʻlsa, mavjud raqamlanish davom etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66. Modda, band yoki kichik band yangi xatboshi bilan toʻldirilganda mazkur moddaning, bandning yoki kichik bandning keyingi xatboshilari raqamlanishi tegishli tartibda oʻzgaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67. Agar loyiha bir vaqtning oʻzida bir nechta normativ-huquqiy hujjatga yoki ularning tarkibiy birliklariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni nazarda tutayotgan boʻlsa, mazkur hujjatlar (ularning yuridik kuchi va qabul qilingan sanasi boʻyicha) xronologik tartibda joylashtiriladi. Aynan bitta sanada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ularning raqamlariga muvofiq ortib borish tartibida joylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68. Agar qonunosti hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi normalarni oʻz ichiga olgan loyihada ushbu normalar ikki yoki undan ortiq bandni tashkil etsa va katta hajmga ega boʻlsa, ular loyihaga ilova (ilovalar) tarzida tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu holda, qonunosti hujjati loyihasining ilovani tasdiqlash nazarda tutilayotgan tarkibiy birligida kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning, shuningdek oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan normalarning mohiyati qisqacha bayon etiladi.
(68-band Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-796-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 03/22/796/0966-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69. Normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilganda mazkur hujjatning turi, qabul qilish sanasi, raqami va nomi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70. Agar tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar normativ-huquqiy hujjatning ilovasiga kiritilayotgan boʻlsa, loyihada tegishli normativ-huquqiy hujjatning nomi keltirilmaydi, balki u bilan tasdiqlangan ilovaning nomi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71. Oʻzgartirilayotgan, qoʻshilayotgan va chiqarib tashlanayotgan soʻzlar hamda raqamlar qoʻshtirnoq ichiga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
72. Agar ilovaning, qismning, boʻlimning, kichik boʻlimning, bobning, paragrafning, moddaning, bandning, kichik bandning, xatboshining va jumlaning matnini sezilarli oʻzgartirish talab etilsa, ularni yangi tahrirda bayon etish zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
73. Agar normativ-huquqiy hujjatning qismi, bandi yoki kichik bandi kirish xatboshisining davomi boʻlgan xatboshilardan iborat boʻlsa, xatboshilarni hisoblash kirish xatboshisidan boshlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
74. Qonunosti hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni nazarda tutuvchi loyihaning ilovasi faqat bandlardan iborat boʻladi. Bu holda bandlardan iborat oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning roʻyxati keltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
75. Butun normativ-huquqiy hujjatni yoki uning kichik bandiga qadar boʻlgan, shu jumladan kichik bandni ham qoʻshgan holda, tarkibiy birligini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish zarur boʻlgan hollarda, ushbu hujjat umuman yoki uning kichik bandiga qadar boʻlgan, shu jumladan kichik bandni ham qoʻshgan holda, tarkibiy birligi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatning xatboshi tarzidagi tarkibiy birligini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish zarur boʻlgan hollarda, mazkur xatboshi chiqarib tashlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
76. Normativ-huquqiy hujjatning tegishli tarkibiy birliklari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan taqdirda, keyingi tarkibiy birliklarning raqamlanishi oʻzgarmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xatboshi chiqarib tashlanganda keyingi xatboshilarning ketma-ketligi qayta koʻrib chiqiladi.
(76-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabrdagi OʻRQ-796-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 03/22/796/0966-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77. Agar normativ-huquqiy hujjatda faqat bitta amaldagi tarkibiy birlik mavjud boʻlib, qolganlari esa oʻz kuchini yoʻqotgan boʻlsa, ushbu tarkibiy birlikni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish zarur boʻlgan taqdirda, butun normativ-huquqiy hujjat oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
78. Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning roʻyxatlariga amal qilish muddati tugagan vaqtinchalik tusdagi hujjatlar yoki normalar kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
79. Amal qilish muddati tugagan normativ-huquqiy hujjat alohida normasining yoki butun normativ-huquqiy hujjatning amal qilish muddati uzaytirilmaydi. Bu holda yangi norma kiritilishini nazarda tutuvchi loyiha tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
80. Agar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan moddada (moddaning qismida, bandida, kichik bandida va xatboshisida), bandda, kichik bandda yoki xatboshida tegishli ravishda oʻz kuchini yoʻqotishi kerak boʻlgan ilovaga koʻrsatma mavjud boʻlsa, mazkur tarkibiy birlik va unda nazarda tutilgan ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ilova toʻliq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi mumkin boʻlmasa, uning faqat tegishli tarkibiy birliklari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi (chiqarib tashlanishi) lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
81. Normativ-huquqiy hujjat toʻliq yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan taqdirda, oʻz kuchini toʻliq yoki qisman yoʻqotgan deb topilayotgan normativ-huquqiy hujjatga qaysi normativ-huquqiy hujjatning qoidalariga koʻra oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan boʻlsa, oʻsha normativ-huquqiy hujjatning tegishli qoidalari ham oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan taqdirda, ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi tiklanmaydi. Mazkur qoida normativ-huquqiy hujjatning tarkibiy birligini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishga (chiqarib tashlashga) nisbatan ham tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihalari (qonunlar), shuningdek oʻz kuchini yoʻqotgan deb topiladigan qonunlar roʻyxatini oʻz ichiga olgan qonun loyihalari (qonunlar) tuzilishining oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
82. Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi (qonun) nomlanishga ega boʻlmagan moddalardan iborat boʻladi. Moddalar bandlarga yoki xatboshilarga boʻlinadi. Moddalardagi bandlar xatboshilarga boʻlinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish va qonunlarni yoki ularning tarkibiy birliklarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi normalar qonunlarda arab raqamlari bilan raqamlanib, kichik qavslar bilan yopiladigan bandlardan iborat alohida moddalar tarzida bayon etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Loyihaga ilova qilinadigan axborot-tahliliy materiallarga qoʻyiladigan asosiy talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
83. Loyihaga ilova qilinadigan axborot-tahliliy materiallar, qoida tariqasida, axborot-tahliliy materialning hajmiga qarab Misrosoft Word redaktoridan va quyidagi parametrlardan foydalangan holda tayyorlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sahifaning chap hoshiyasi 1 — 3 sm, oʻng hoshiyasi 1-2 sm, pastki va yuqori hoshiyasi 1-2 sm;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot-tahliliy materialning hajmiga qarab 11 — 14 oʻlchamli shrift;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi qator xatboshisi 0,50 — 1,27 sm;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qatorlar oʻrtasidagi interval (mnojitel) 1 — 1.2.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
84. Loyihaning tushuntirish xatida quyidagilar boʻlishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatni tayyorlash uchun asos va uni qabul qilish zarurligini asoslantirish, shu jumladan loyiha tayyorlash topshirilgan normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek yuqori turuvchi organning topshiriqlari (topshiriq mavjud boʻlganda) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani ishlab chiquvchining toʻliq nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maqsadlar va vazifalar, shuningdek loyiha bilan belgilanadigan asosiy qoidalar, ularning qisqacha asosi. Bunda loyihaning erishishga yoʻnaltirilgan asosiy maqsadlari belgilanadi, loyihaning aniq maqsadlarga erishishga vosita boʻlishi mumkin boʻlgan alohida qoidalari qisqacha koʻrsatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasini tayyorlashda tegishli sohada qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlarni qonun darajasida tartibga solish imkoniyati koʻrib chiqilganligi toʻgʻrisidagi axborot;
(84-band Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 10-apreldagi OʻRQ-1054-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 03/25/1054/0329-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishdan kutilayotgan natijalar. Bunda normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishi munosabati bilan huquqiy jihatdan tartibga solish natijasida yuz berishi mumkin boʻlgan ijobiy oʻzgarishlar keltiriladi. Kutilayotgan natijalar, miqdoriy koʻrsatkichlar koʻrsatilgan holda bayon qilinishi ham mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha predmetiga taalluqli boʻlgan xalqaro hujjatlar va xorijiy mamlakatlar qonunchiligining prinsiplari, qoidalari va ifoda shakllari toʻgʻrisidagi axborot (qonunosti hujjatlari uchun — zarur boʻlgan taqdirda). Tegishli sohada ijobiy xorijiy tajriba mavjud boʻlgan taqdirda, tushuntirish xatida loyihani tayyorlashda hisobga olingan norma nazarda tutilgan davlat, hujjatning turi, nomi va qisqacha mazmuni koʻrsatilishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha mazmunining tavsifi, unda loyihaning tuzilishi boʻlimlar, kichik boʻlimlar, boblar, paragraflar va moddalarning mazmuni bilan birga qisqacha bayon etiladi (qonunosti hujjatlari uchun — zarur boʻlgan taqdirda). Zarur boʻlganda normativ-huquqiy hujjatning eng muhim qismini tashkil etuvchi qoidalarning asosiy mohiyati ochib beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishi munosabati bilan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yoxud ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish zaruriyati mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi axborot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihada foydalaniladigan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga havolaning har birini asoslash. Bunda unga havola qilinadigan loyiha normasining mazmuni qisqacha ochib beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar normativ-huquqiy hujjatning qoidalarini amalga oshirish qoʻshimcha moliyaviy xarajatlarni talab etsa yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetida yoʻqotishlarga olib kelsa, qisqacha moliyaviy-iqtisodiy asos. Agar normativ-huquqiy hujjatning qoidalarini amalga oshirish koʻrsatib oʻtilgan xarajatlarni talab etmasa yoki yoʻqotishlarga olib kelmasa, u holda bu haqda tushuntirish xatida tegishli axborot keltiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha boʻyicha oʻtkazilgan jamoatchilik va (yoki) mutaxassislar muhokamasi hamda uning natijalari toʻgʻrisidagi axborot, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida oʻtkazilgan muhokama natijalari yuzasidan axborot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishib olish toʻgʻrisidagi axborot. Bunda loyiha kelishilgan (viza qoʻyilgan) manfaatdor vazirliklar va idoralar sanab oʻtiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha boʻyicha kelishmovchiliklar mazmunining qisqacha bayoni va ular toʻgʻrisidagi asoslantirilgan fikr (kelishmovchiliklar mavjud boʻlgan taqdirda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani asoslash uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
85. Taqqoslash jadvali quyidagi uchta grafadan iborat boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzgartish yoki qoʻshimcha kiritish taklif etilayotgan normativ-huquqiy hujjat tegishli tarkibiy birligining amaldagi tahriri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihada taklif etilayotgan tahrir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning asosi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqqoslash jadvalida tegishli tarkibiy birlikning amaldagi va taklif etilayotgan tahriri grafalari quyidagi tarzda bayon etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amaldagi tahrir grafalarida oʻzgartirilayotgan soʻzlar (raqamlar) kursiv bilan tagiga chizib koʻrsatiladi, taklif etilayotgan tahrir grafalarida esa “yarim qora” shrift bilan ajratib koʻrsatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taklif etilayotgan tahrir grafasida qoʻshilayotgan soʻzlar (raqamlar) “yarim qora” shrift bilan ajratib koʻrsatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amaldagi tahrir grafasida chiqarib tashlanayotgan soʻzlar (raqamlar) va xatboshilar, shuningdek oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan boshqa tarkibiy birliklar “yarim qora kursiv” shrift bilan ajratib koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar loyihada tegishli tarkibiy birlikning yangi tahriri bayon etilsa, faqat oʻzgartirilayotgan, qoʻshilayotgan, chiqarib tashlanayotgan soʻzlar (raqamlar) ajratib koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amaldagi va taklif etilayotgan tahrirlarning grafalarida tarkibiy birlikning oʻzgartish kiritilayotgan tarkibiy birlik bilan bogʻliq boʻlgan va kiritilayotgan tuzatishlarning koʻrinarli boʻlishini taʼminlaydigan tegishli qismlari oddiy shriftda keltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qism yoki xatboshi belgisidan ham foydalaniladi, “toʻldirilmoqda”, “chiqarib tashlanmoqda”, “koʻchirilmoqda” degan soʻzlar qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
86. Kelishmovchiliklar jadvali (normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilgan loyiha boʻyicha tayyorlangan kelishmovchiliklar jadvalidan tashqari) quyidagi uchta grafadan iborat boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjat tegishli tarkibiy birligining taklif etilayotgan tahriri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor organlarning fikr-mulohazalari va takliflari, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali orqali kelib tushgan fikr-mulohazalar va takliflar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrib chiqish natijalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishmovchiliklar jadvalining “Taklif etilayotgan tahrir” grafasida fikr-mulohazalar va takliflar taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatning tegishli tarkibiy birligi aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishmovchiliklar jadvalining “Manfaatdor organlarning fikr-mulohazalari va takliflari” grafasida loyiha boʻyicha oʻz fikr-mulohazalari va takliflarini taqdim etgan organ hamda tashkilotning taklif va mulohazalari yoki ular asosida bayon etilgan tahrir keltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishmovchiliklar jadvalining “Koʻrib chiqish natijalari” grafasida taqdim etilgan fikr-mulohazalar va takliflarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiquvchi tomonidan koʻrsatiladi. Agar fikr-mulohazalar va takliflar inobatga olinsa, fikr-mulohazalar va takliflar berilgan tarkibiy birlikning yangi tahriri keltiriladi. Agar fikr-mulohazalar va takliflar inobatga olinmasa, qaysi asoslovchi maʼlumotlar sababli mazkur fikr-mulohazalar va takliflar inobatga olinmagan boʻlsa, oʻsha maʼlumotlar tegishli tartibda koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
87. Normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi loyiha boʻyicha tayyorlangan kelishmovchiliklar jadvali quyidagi toʻrt grafadan iborat boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish taklif etilayotgan normativ-huquqiy hujjat tegishli tarkibiy birligining amaldagi tahriri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihada taklif etilayotgan tahrir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor organlarning fikr-mulohazalari va takliflari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrib chiqish natijalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birinchi ikkita grafa qiyosiy jadval boʻyicha bayon etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Manfaatdor organlarning fikr-mulohazalari va takliflari” hamda “Koʻrib chiqish natijalari” grafalarida loyihani kiritayotgan organ tomonidan ushbu Yagona uslubiyot 86-bandining oltinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
88. Normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish va kelishib olish xronologiyasi haqidagi maʼlumotnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatning turi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatning nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatni kiritish uchun asos;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani ishlab chiquvchining nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjat kelishib olingan sana, vazirlik va idoraning nomi, uning rahbarining F.I.O. va lavozimi, kelishib olish natijalari toʻgʻrisidagi axborotni, normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organlarga kiritilgan sanani oʻz ichiga olgan jadval.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
89. Konsepsiyada quyidagilar belgilanishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy gʻoyasi, maqsadi va predmeti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning umumiy tavsifi va uning holatiga berilgan baho mazkur sohada amalda boʻlgan qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tahlili ilova qilingan holda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihalarini ishlab chiqish zaruriyatining asosi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihalarining asosiy qoidalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻlajak qonunning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa oqibatlari prognozi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
90. Huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy gʻoyasi, maqsadi va predmetini aniqlashda konsepsiyada qonun loyihasining mazmuni, u erishishga yoʻnaltirilgan asosiy vazifalar va maqsadlar, loyiha tartibga solishi kerak boʻlgan ijtimoiy munosabatlar ochib beriladi, shuningdek uning amal qilishi tatbiq etiladigan qoʻllanilish sohasi, huquqiy munosabatlar subyektlarining vakolatlari (huquqlari va majburiyatlari) bayon etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
91. Tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning umumiy tavsifida va uning holatiga berilgan bahoda ushbu sohada amal qiluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning holati aks ettiriladi, xususan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli sohada huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikdagi boʻshliqlar va ziddiyatlar, eskirgan, amalda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, samarasiz yoxud amalga oshirish mexanizmiga ega boʻlmagan qoidalarning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqiy jihatdan tartibga solishning mavjud kamchiliklarini bartaraf etishning oqilona va samaraliroq usullari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalari, shuningdek xorijiy mamlakatlardagi huquqiy jihatdan tartibga solish tajribasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
statistika, jamiyatshunoslik, siyosatshunoslikka oid tadqiqotlarni, shuningdek boshqa ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish natijalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boʻlajak qonunni amalga oshirish uchun qabul qilinishi zarur boʻlgan qonunosti hujjatlari roʻyxati koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihalarini ishlab chiqish zaruriyati asosida qonunni qabul qilish zarurligidan dalolat beruvchi dalillar bayon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
92. Bayon qilinadigan dalillar aniq, asoslangan boʻlishi va muammoning amaldagi qonunchilik mukammal emasligi bilan sabab-oqibat aloqasini belgilashi kerak. Qonun loyihasi tegishli boʻlgan qonunchilik tarmogʻi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining hujjat orqali amalga oshirishga qaratilgan qoidalari, shuningdek uning huquqiy tizim uchun ahamiyati ham koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
93. Qonun loyihalarining asosiy qoidalarida boʻlajak qonunda belgilanadigan qoidalar, imkoniyat boʻlganda boʻlimlar, kichik boʻlimlar, boblar, paragraflar va moddalarning qisqa mazmuni bayon etilgan namunaviy tuzilmasi bayon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
94. Boʻlajak qonunning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa oqibatlari prognozi taxmin qilinayotgan oqibatlar va uni amalga oshirishdan kutilayotgan pirovard natijalari tavsifini oʻz ichiga oladi. Bunda boʻlajak qonun amalga oshirilishining nafaqat ijobiy, balki ehtimoldagi salbiy oqibatlari ham hisobga olinishi kerak. Boʻlajak qonunning huquqiy oqibatlarini prognoz qilishda, zarur boʻlganda, uning ijro etilishini taʼminlaydigan maʼmuriy-huquqiy, sud-huquq mexanizmlari ham hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
95. Ishlab chiquvchi konsepsiyada boshqa zarur axborotni ham koʻrsatishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tayyorlangan konsepsiya, agar qonun loyihasini tayyorlash toʻgʻrisidagi topshiriqda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ishlab chiquvchining rahbari tomonidan tasdiqlanadi, shundan keyin qonun loyihasining bevosita matni tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur boʻlganda, konsepsiya yuqori turuvchi organlar bilan oldindan kelishib olinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
96. Tayyorlangan qonun loyihasiga quyidagilar ham ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro hujjatlarning va xorijiy mamlakatlar qonunchiligining, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining tegishli qoidalari, tegishli xalqaro tajribani Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida qoʻllashning maqbulligi toʻgʻrisidagi asoslantirilgan takliflar ketma-ketlik tartibida koʻrsatilgan holdagi tahliliy-qiyosiy jadval;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasi qabul qilinishi munosabati bilan qabul qilinishi, oʻzgartish yoki qoʻshimchalar kiritilishi, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim boʻlgan qonunosti hujjatlarining roʻyxati. Bunda qonunosti hujjatini qabul qilish, unga oʻzgartish yoki qoʻshimchalar kiritish uchun asoslar va ularning qabul qilinishi, ularga oʻzgartish yoki qoʻshimchalar kiritilishi uchun masʼul boʻlgan organlar qisqacha koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihasiga boshqa tahliliy va axborot materiallari ham ilova qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Ishlab chiquvchining yuridik xizmati tomonidan loyihaning huquqiy ekspertizasini oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
97. Loyihada ishlab chiquvchining birinchi rahbari tomonidan viza qoʻyilishidan oldin uning yuridik xizmati loyihani Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, shuningdek havola qiluvchi normalarni qoʻllashning asosliligi va maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihalarning huquqiy ekspertizasi jarayonida yuridik xizmat ularda korrupsiya uchun, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida boshqa huquqbuzarliklarni sodir etish uchun shart-sharoitlar yaratuvchi, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha maʼmuriy hamda oʻzga cheklovlarni joriy etuvchi, tadbirkorlik subyektlarining asossiz xarajatlari yuzaga kelishiga olib keluvchi qoidalar va normalar bor-yoʻqligini aniqlash nuqtai nazaridan tahlilni ham amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
98. Loyiha qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq boʻlgan, shuningdek havola qiluvchi normalarning qoʻllanilishi asosli va maqsadga muvofiq boʻlgan taqdirda, yuridik xizmat uning yuzasidan huquqiy xulosa tayyorlaydi, xulosa yuridik xizmat rahbari (yuridik xizmat rahbari lavozimi mavjud boʻlmagan taqdirda yuriskonsult) tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
99. Yuridik xizmatning huquqiy xulosasida quyidagilar aks ettiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish qaysi normativ-huquqiy hujjatlarga binoan topshirilgan boʻlsa, oʻsha normativ-huquqiy hujjatlar (nomi, qabul qilingan sanasi, raqami, eʼlon qilingan rasmiy manbai, topshiriq bayon etilgan tegishli moddasi yoki bandi (kichik bandi, xatboshisi) toʻgʻrisidagi, shuningdek yuqori organning topshiriqlari (organning nomi, topshiriqning raqami va sanasi, zarur boʻlgan taqdirda, topshiriq bergan mansabdor shaxs) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (topshiriq mavjud boʻlganda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha asosiy qoidalarining huquqiy tabiati tushuntirilgan holda, bu qoidalar mohiyati va ahamiyatining qisqacha bayoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihaning qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, shuningdek loyihadagi har bir havola qiluvchi norma qoʻllanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihaning korrupsiyaga qarshi va boshqa turdagi ekspertizalardan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
100. Loyiha qonunchilikka va qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq boʻlmaganda, shuningdek havola qiluvchi normalar asossiz va maqsadga nomuvofiq boʻlganda, yuridik xizmat ishlab chiquvchining loyihani tayyorlash uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinmasiga uni tegishli fikr-mulohazalar bilan maromiga yetkazish uchun qaytaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Loyihani manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan kelishib olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
101. Loyiha yuzasidan yuridik xizmat tomonidan xulosa taqdim qilinganidan keyin ishlab chiquvchi unga birinchi rahbar darajasida viza qoʻyadi hamda uni Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishib olish yagona elektron tizimi orqali uzil-kesil kelishib olish (viza qoʻyish) uchun manfaatdor organlar va tashkilotlarga (bundan buyon matnda manfaatdor organlar deb yuritiladi) yuboradi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
102. Quyidagilar bilan majburiy tartibda kelishib olinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan — barcha loyihalar, shu jumladan davlat rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlari loyihalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlaridan mablagʻlar ajratish, shuningdek davlat xaridlarini amalga oshirish masalalariga doir loyihalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan — investitsiyalar, savdo va iqtisodiy jihatdan tartibga solish masalalariga doir loyihalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan — davlat fuqaroviy xizmatini tartibga solish, shu jumladan davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash hamda ularni moddiy ragʻbatlantirish, shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tashkiliy-shtat tuzilmasini oʻzgartirish masalalariga doir loyihalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan — aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordam koʻrsatish masalalariga doir loyihalar;
(102-band Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 18-oktabrdagi OʻRQ-977-sonli Qonuniga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/977/0831-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan — davlat-xususiy sheriklik masalalariga doir loyihalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining kengashi bilan — fermer, dehqon va tomorqa xoʻjaliklarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor masalalarga doir loyihalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatuvchi masalalarga doir loyihalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan — tovar va moliya bozorlaridagi raqobat masalalariga doir, shuningdek davlat yordami berilishini nazarda tutuvchi loyihalar;
(102-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-954-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2024-y., 03/24/954/0682-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan — hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va mahalliy davlat dasturlariga oid loyihalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi bilan — yer qaʼrini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish, shuningdek konchilik sohasidagi munosabatlarni boshqarishga oid loyihalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan — advokatlik faoliyati va sud ishlarini yuritish bilan bogʻliq masalalarga doir loyihalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Soliq maslahatchilari palatasi bilan — soliq maslahatiga oid faoliyat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish masalalariga doir loyihalar;
(102-band Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 4-avgustdagi OʻRQ-787-sonli Qonuniga asosan oʻn uchinchi xatboshisi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 03/22/787/0708-son — 2022-yil 5-noyabrdan kuchga kiradi)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihalar qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa davlat organlari hamda tashkilotlar bilan ham majburiy tartibda kelishib olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukumatning faoliyati bilan bogʻliq loyihalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xulosasi olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
103. Agar manfaatdor organning rahbarida loyiha yuzasidan fikr-mulohazalar va takliflar boʻlsa, u oʻz fikr-mulohazalari hamda takliflarini Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishib olish yagona elektron tizimida asoslagan holda koʻrsatadi hamda loyihani fikr-mulohazalar va takliflar bilan imzolaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
104. Xatda asoslanmagan fikr-mulohazalar va takliflar ishlab chiquvchi tomonidan qabul qilinmasligi mumkin. Bunda asoslanmagan fikr-mulohazalar va takliflar qabul qilinmaganligining oqibatlari uchun javobgarlik manfaatdor organning oʻz fikr-mulohazalari va takliflarini asoslab bermagan birinchi rahbari zimmasiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
105. Qabul qilinishi loyihaning mazmuni va tuzilishini jiddiy ravishda oʻzgartiradigan, loyihaga doir boʻlgan fikr-mulohazalar hamda takliflar mavjud boʻlgan taqdirda manfaatdor organ oʻzining loyiha variantini Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va ularni kelishib olish yagona elektron tizimi orqali ishlab chiquvchiga taklif etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
106. Ishlab chiquvchi manfaatdor organlarning fikr-mulohazalari va takliflarini koʻrib chiqadi, zarur hollarda, loyihaga tegishli tuzatishlar kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
107. Manfaatdor organlarning fikr-mulohazalari va takliflari boʻyicha kelishmovchiliklar jadvali tuzilib, u birinchi rahbar (alohida hollarda — uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrib chiqish natijalari jadvalda “qabul qilindi”, “qabul qilinmadi” tarzida aks ettiriladi. Qabul qilinmagan fikr-mulohazalar va takliflar yuzasidan ularning qabul qilinmaganligi asosi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
108. Kelishmovchiliklar jadvali loyiha bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organga belgilangan tartibda kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Loyihaning Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidagi huquqiy ekspertizasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
109. Barcha manfaatdor organlar bilan kelishib olinganidan keyin ishlab chiquvchi loyihani normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organga kiritishdan oldin uni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun quyidagilarni ilova qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
takliflarni koʻrib chiqish natijalariga doir jadval;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiquvchining yuridik xizmati rahbari (yuridik xizmat rahbari lavozimi mavjud boʻlmagan taqdirda — yuriskonsult) tomonidan imzolangan huquqiy xulosa, unda uni imzolagan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, aloqa bogʻlanadigan telefonlari koʻrsatilishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar loyihaga koʻra boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilayotgan boʻlsa, taqqoslash jadvali;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani ishlab chiqish reja-jadvali — qonun loyihalari uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro hujjatlarning va xorijiy mamlakatlar qonunchiligining, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining tegishli qoidalari, tegishli xalqaro tajribani Oʻzbekiston Respublikasi sharoitlarida qoʻllash maqbulligi toʻgʻrisidagi asosli takliflar izchil ketma-ketlikda koʻrsatilgan holdagi tahliliy qiyosiy jadval (qonunosti hujjatlari uchun — zarur boʻlgan taqdirda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kelishmovchiliklar jadvali, agar loyiha manfaatdor organlar tomonidan fikr-mulohazalar va takliflar bilan kelishilgan (viza qoʻyilgan) boʻlsa hamda mazkur organlarning ushbu fikr-mulohazalari va takliflari bayon etilgan xatlarning koʻchirma nusxalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tartibga solish taʼsirini baholash toʻgʻrisida axborot va xulosa (qonunchilikda belgilangan hollarda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani ishlab chiqish va kelishib olish xronologiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
110. Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiquvchiga quyidagi hollarda huquqiy ekspertiza oʻtkazilmasdan qaytariladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha barcha manfaatdor organlar bilan ularning birinchi rahbarlari (alohida hollarda — ularning birinchi oʻrinbosarlari) darajasida kelishib olinmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Yagona uslubiyotning 109-bandida koʻrsatilgan hujjatlar loyihaga ilova qilinmaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
111. Loyihaning huquqiy ekspertizasi yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri (alohida hollarda — vazirning birinchi oʻrinbosari) loyihaga viza qoʻyadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fikr-mulohazalar va takliflar mavjud boʻlgan taqdirda loyihaga fikr-mulohazalar va takliflar bilan viza qoʻyiladi.