1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekistan Respublikasining 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-sonli “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 2012-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-342-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonun normativ-huquqiy hujjatlar tushunchasi, turlari va ularga qoʻyiladigan asosiy talablarni belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qonunda belgilangan shaklda qabul qilingan, umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida qonun hujjatlari normalarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat normativ-huquqiy hujjat deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining turlari va ularga qoʻyiladigan asosiy talablar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi organlar yoki mansabdor shaxslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi organlar yoki mansabdor shaxslar (bundan buyon matnda organlar deb yuritiladi) hisoblanadilar.
(4-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNING TURLARI VA OʻZARO NISBATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar normativ-huquqiy hujjatlar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;
(5-moddaning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining hujjatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonunlar hisoblanadi.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari qonun osti hujjatlari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi soʻzsiz tan olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega va Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinadi hamda uning normalari va prinsiplariga zid kelishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan yoki referendum oʻtkazish orqali qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun farmonlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq qarorlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari oʻz vakolatlari doirasida buyruqlar va qarorlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Nizomlar, qoidalar va yoʻriqnomalar tarzida qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar buyruq hamda qarorlar bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari bir necha vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari bilan birgalikda yoki ularning bittasi tomonidan boshqalari bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining tarmoq boʻlinmalari va hududiy organlari normativ-huquqiy tusdagi hujjatlar qabul qilishga haqli emas, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Vazirliklar va idoralarning tarkibiy boʻlinmalari va hududiy organlari umumiy majburiy tusdagi meʼyoriy hujjatlar qabul qilishga haqli emas, qonunchilik bilan ularga bunday huquq berilgan hollar bundan mustasno. Vazirliklar va idoralar meʼyoriy hujjatlarni qabul qilish boʻyicha berilgan vakolatni boshqa organlarga, shu jumladan oʻzlarining tarkibiy boʻlinmalari va hududiy organlariga berishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida qarorlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, shuningdek, yuqori turuvchi mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari asosida va ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning oʻzaro nisbati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turli normativ-huquqiy hujjatlarning yuridik kuchi boʻyicha oʻzaro nisbati Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organning vakolatiga va maqomiga, shuningdek, hujjatlarning turlariga muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjat oʻziga qaraganda yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq boʻlishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar bir-biriga toʻgʻri kelmagan hollarda yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjat qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Teng yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar bir-biriga toʻgʻri kelmagan hollarda keyinroq qabul qilingan hujjat qoidalari amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlik, davlat qoʻmitasi yoki idorasining ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini tartibga solish uchun maxsus vakolati boʻlsa, ushbu organ qabul qilgan hujjat bir xil darajadagi boshqa vazirlik, davlat qoʻmitasi yoki idorasining normativ-huquqiy hujjatiga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARGA QOʻYILADIGAN ASOSIY TALABLAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tayyorlanishini tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqayotgan organ, qoida tariqasida, loyihani tayyorlash yuzasidan komissiya tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini tayyorlashga manfaatdor davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning vakillari, ayrim fuqarolar jalb etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organ normativ-huquqiy hujjatning loyihasini tayyorlashni davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga belgilangan tartibda topshirishi yoki shartnoma asosida buyurtma berishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organ bir necha davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarga, ayrim fuqarolarga muqobil loyihalar tayyorlashni topshirishga yoki ular bilan shartnomalar tuzishga, shuningdek, eng yaxshi loyiha uchun tanlovlar eʼlon qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyotning alohida tarmoqlari, davlat boshqaruvining boshqa sohalariga doir normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini tayyorlashga tegishli tarmoqlar yoki boshqaruv sohalarining holati va rivojlanishi uchun masʼul boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari yoki idoralari jalb etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash boʻyicha ishini muvofiqlashtirib turish, qonun hujjatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunchilik ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqadi, ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi, davlat boshqaruvi organlarining qonunchilik ijodkorligi masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga metodik rahbarlikni amalga oshiradi, davlat boshqaruvi organlari tomonidan qonun loyihalari tayyorlashning zarurligi masalalari boʻyicha oldindan kelishishni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Normativ-huquqiy hujjatni tayyorlashda normativ-huquqiy hujjatning qoʻllanish amaliyotini hamda jamoatchilik fikrini oʻrganish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatni tayyorlashda loyihani ishlab chiquvchi organ:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha mavzusiga doir qonun hujjatlarining qoʻllanilish tajribasini oʻrganadi va hisobga oladi, huquqiy tartibga solishga boʻlgan jamoatchilik ehtiyojini, qonun hujjatlarining samaradorligiga taʼsir etuvchi sabablar va sharoitlarni aniqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari, shuningdek fuqarolarning takliflarini, ommaviy axborot vositalarining materiallarini, ilmiy muassasalar, olimlar va mutaxassislarning tavsiyalarini, jamoatchilik fikrini aniqlashning boshqa vositalari maʼlumotlarini umumlashtiradi va ulardan foydalanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa davlatlardagi qonunchilik yoʻli bilan tartibga solish tajribasini hisobga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda umumxalq muhokamasiga qoʻyilishi mumkin. Boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari jamoatchilik yoki mutaxassislar muhokamasiga qoʻyilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot olish uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-modda. Normativ-huquqiy hujjatning loyihasini normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organga kiritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatning tayyorlangan loyihasi normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organga taqdimnoma bilan kiritiladi, taqdimnomada hujjatni qabul qilishning zarurligi asoslab beriladi, uni ishlab chiquvchilar koʻrsatiladi, hujjat mazmunining qisqacha tavsifi beriladi, loyiha qaysi davlat organi, shuningdek tashkilot bilan kelishilgan boʻlsa, shu organ va tashkilotlarning roʻyxati keltiriladi, kelishmovchiliklarning mazmuni hamda ular haqidagi asoslantirilgan fikr qisqacha bayon etib oʻtiladi. Zarurat boʻlganda, normativ-huquqiy hujjat loyihasiga uni asoslash uchun moliyaviy-iqtisodiy hisob-kitoblar, statistika maʼlumotlari va boshqa axborotlar ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlmagan vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va boshqa organlar yoki nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tayyorlangan qonun loyihalari, agar loyihani tayyorlash toʻgʻrisidagi topshiriqda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi muhokamasiga taqdim etiladi.
(17-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-modda. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ekspertizasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Huquqiy ekspertiza davomida normativ-huquqiy hujjatning loyihasi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonun hujjatlariga, shuningdek, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi tekshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Huquqiy ekspertiza normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlagan organning yoki normativ-huquqiy hujjatni qabul qiladigan organning yuridik xizmati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ xususiyatga ega boʻlgan qarorlari loyihalarining yuridik ekspertizasi viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(18-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kiritilgan loyihaning sifatiga baho berish uchun normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organning qaroriga binoan normativ-huquqiy hujjatning loyihasi boshqa xil (iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy-texnikaviy, ekologiya va oʻzga) ekspertizadan ham oʻtkazilishi mumkin. Ekspertlar sifatida tegishli loyihani tayyorlashda ilgari bevosita ishtirok etmagan tashkilotlar va shaxslar jalb etiladi. Ekspertiza oʻtkazish uchun boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan olimlar va mutaxassislar taklif etilishi mumkin. Ekspertlar normativ-huquqiy hujjatning loyihasiga baho berishda mustaqildir hamda ekspertiza oʻtkazishni topshirgan organning nuqtai nazari bilan bogʻliq emaslar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. Normativ-huquqiy hujjatning mazmuniga nisbatan qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatning matni loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etiladi. Normativ-huquqiy hujjatda foydalaniladigan tushunchalar va atamalar ularning amaldagi qonun hujjatlarida qabul qilingan mazmuniga muvofiq, turlicha sharhlash imkoniyatini istisno etadigan tarzda bir xilda qoʻllaniladi. Eskirgan hamda koʻp maʼnoni anglatadigan soʻzlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatda uni amalga oshirishning huquqiy vositalari, shu jumladan moliyalashtirish manbalari, ragʻbatlantirish, mukofotlash va nazorat qilish chora-tadbirlari koʻrsatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolarning majburiyatlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatda ushbu majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik choralari (agar bunday choralar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlmasa yoki maxsus hujjatda belgilanishi kerak boʻlmasa) nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatga uni qabul qilish sabablari va maqsadlarini tushuntirishdan iborat boʻlgan muqaddima kiritilishi mumkin. Normativ koʻrsatmalar muqaddimaga kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunlarda normativ koʻrsatmalar tartib raqamiga ega boʻlgan moddalar tarzida bayon etiladi. Qonunlarning moddalari qismlarga boʻlinishi mumkin. Moddalarning qismlarida bandlar, kichik bandlar va xatboshilar boʻlishi mumkin. Boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda normativ koʻrsatmalar tartib raqamiga ega boʻlgan bandlar tarzida bayon etiladi. Bandlar kichik bandlarga va xatboshilarga boʻlinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hajm jihatdan yirik normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun jihatdan yaqin boʻlgan moddalari (bandlari) paragraflar va boblarga birlashtiriladi. Zarur hollarda boblar boʻlimlarga va kichik boʻlimlarga birlashtirilishi mumkin. Boʻlimlar, kichik boʻlimlar, boblar va paragraflar sarlavhalarga va tartib raqamlariga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlarda qonun hujjatlariga kiritilayotgan yuridik, texnikaviy va boshqa maxsus atamalarning taʼriflari berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur hollarda normativ-huquqiy hujjatda yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning ayrim qoidalari mazkur hujjatlarga havola qilingan holda aynan takrorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlarda, qoida tariqasida, xuddi shunday yuridik kuchga ega boʻlgan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning normativ koʻrsatmalari qayta aynan takrorlanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatning moddalarida (bandlarida) uning boshqa moddalariga (bandlariga), shuningdek, amaldagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, ularning ayrim qoidalariga havolalar normativ koʻrsatmalarning oʻzaro bogʻliqligini koʻrsatish zarurati boʻlgan hollarda yoki takrorlashlarga yoʻl qoʻymaslik uchun qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Normativ-huquqiy hujjatning rasmiy matnini imzo qoʻyib tasdiqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatning rasmiy matni quyidagi tarzda imzo qoʻyib tasdiqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni — Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarorlari — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarorlari — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisi tomonidan;
(20-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuniga muvofiq uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni — Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi tomonidan yoki uning topshirigʻiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari — hujjatni qabul qilgan organ rahbari tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari — tegishli hokim tomonidan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar quyidagi rekvizitlarga ega boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hujjatning turi va nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hujjat qabul qilingan joy, sana va hujjat raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni imzo qoʻyib tasdiqlashga rasman vakolati boʻlgan shaxslarning familiyasi, lavozimi va imzolari.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.04.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga taqdim etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida ularni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadi.
LexUZ sharhi
Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarini huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Nizom hamda Oʻzbekiston Respulikasi adliya vazirining 2000-yil 16-oktabrdagi 124-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari” (roʻyxat raqami 979, 16.10.2000-y.)ga asosan 2009-yil 1-iyunga qadar amalga oshiriladi, 2009-yil 1-iyundan “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish” qoidalari (roʻyxat raqami 1905, 14.02.2009-y.)ga asosan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda. Yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan ilgari qabul qilingan hujjatlarni qayta koʻrib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga zarur oʻzgartirishlar yoki qoʻshimchalar kiritiladi hamda ilgari qabul qilingan barcha hujjatlar yoki ularning qismlari, agar ular yangi normativ koʻrsatmalarga zid boʻlsa yoxud yangi hujjat bilan toʻlaligicha qamrab olingan yoki amalda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan, lekin rasman oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilmagan boʻlsa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilmogʻi kerak.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI EʼLON QILISH, ULARNING KUCHGA KIRISHI VA AMAL QILISHI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilishga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda eʼlon qilinishi kerak. Hammaning eʼtibori uchun rasman eʼlon qilinmagan qonun asosida hech kim sudlanishi, jazoga tortilishi yoki mol-mulkidan mahrum qilinishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjat rasman bayon tarzida eʼlon qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjat rasman eʼlon qilinganda uning barcha rekvizitlari koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlarni norasmiy nashrlarda eʼlon qilishga, shuningdek ularni qonun hujjatlarining elektron maʼlumot tizimlari orqali tarqatishga bu hujjatlar rasmiy manbalarda eʼlon qilinganidan soʻng hamda barcha rekvizitlari, eʼlon qilingan rasmiy manbalari va kuchga kirish sanasini koʻrsatish sharti bilan ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-modda. Normativ-huququy hujjatlarni eʼlon qilishning rasmiy manbalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi”, “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining toʻplami”, “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari eʼlon qilinadigan rasmiy manbalardir.
(25-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami”, “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining toʻplami”, “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari eʼlon qilinadigan rasmiy manbalardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining toʻplami”, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning rasmiy nashrlari Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari eʼlon qilinadigan rasmiy manbalardir.
(25-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari mazkur organlarning rasmiy nashrlarida eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga kirishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, agar hujjatlarning oʻzida boshqa muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, rasman eʼlon qilinganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
(26-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda kuchga kiradi va ular eʼlon qilinishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari, agar hujjatning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddat ichida barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazilishi lozim. Normativ-huquqiy hujjatni manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazish normativ-huquqiy hujjat matni bilan moneliksiz (erkin) tanishish huquqini taʼminlovchi har qanday shaklda amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-modda. Normativ-huquqiy hujjatning orqaga qaytish kuchi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun, u amalga kiritilishiga qadar yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan, agar bu hollar qonunda bevosita nazarda tutilgan boʻlsa, tatbiq etilishi mumkin. Agar qonun xatti-harakatlar sodir etilgan paytda javobgarlikka sabab boʻlmagan yoki yengilroq javobgarlikka sabab boʻlgan xatti-harakatlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarning javobgarligini belgilash yoki kuchaytirishni nazarda tutsa yoxud yuridik va jismoniy shaxslarga moddiy zarar keltirsa, qonunga orqaga qaytish kuchini berish mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28-modda. Normativ-huquqiy hujjatning amal qilish muddati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjat, agar uning matnida boshqa izoh berilmagan boʻlsa, muddatsiz amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjat amal qilishining vaqtinchalik muddati butun hujjat uchun yoki uning qismlari uchun belgilanishi mumkin. Bunday holda unda hujjat (yoki uning qismi) qaysi muddatga yoki qanday hodisa yuz berguniga qadar oʻz kuchini saqlab qolishi koʻrsatilishi zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ belgilangan muddat tugaguniga yoki hodisa yuz berguniga qadar hujjatning amal qilinishini yangi muddatga, boshqa hodisa yuz berguniga qadar uzaytirish toʻgʻrisida yoki hujjatga muddatsiz tus berish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning shaxslar doirasi boʻyicha amal qilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslariga, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet ellik yuridik shaxslarga, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-modda. Normativ-huquqiy hujjat amal qilishining tugatilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) quyidagi hollarda amal qilishini tugatadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) moʻljallangan muddat tugaganda yoki hodisa boshlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) qonunda belgilangan tartibda konstitutsiyaviy emas deb topilganda;
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, Hukumatning va mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjat (uning qismi) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ-huquqiy hujjat qonunda nazarda tutilgan hollarda bekor qilinganda.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 26-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini bekor qiladi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hokimlarning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Hukumat hujjatlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining davlat manfaatlariga zid keladigan hujjatlarini toʻxtatadi va bekor qiladi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93 va 98-moddalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti respublika davlat boshqaruv organlarining qabul qilgan hujjatlarini toʻxtatishga, bekor qilishga, shuningdek Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini hamda Bosh vazir farmoyishlarini bekor qilishga haqli.
LexUZ sharhi
“Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7 va 11-moddalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining hujjatlari amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlgan hollarda ularni bekor qilish, shuningdek viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qonun hujjatlariga zid boʻlgan qarorlari va farmoyishlari ijrosini toʻxtatib qoʻyish hamda ularni bekor qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasiga muvofiq, Xalq deputatlari Kengashi hokimning va quyi Kengashning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga mos kelmaydigan qarorlarini bekor qiladi. Shuningdek, mazkur Qonunning 25-moddasiga asosan, hokim quyi turuvchi hokimlarning qarorlarini, basharti ular Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlarga, shuningdek yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashi va hokimning qarorlariga zid boʻlsa, bekor qiladi va xalq deputatlari Kengashiga quyi turuvchi xalq deputatlari Kengashlarining hujjatlarini bekor qilish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlash normativ-huquqiy hujjatda noaniqliklar topilgan, u amaliyotda notoʻgʻri yoki mantiqqa zid tarzda qoʻllanilgan hollarda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq qonunlarning normalariga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sharh beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun osti hujjatlariga ularni qabul qilgan organlar rasmiy sharh beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sharhlash jarayonida normativ-huquqiy hujjatlarga tuzatishlar, qoʻshimchalar va aniqlashtiruvchi normalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.06.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni hisobga olish va turkumlash]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni muntazam nashr etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiluvchi organlar normativ-huquqiy hujjatlarning toʻplamlari va majmualarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nashr etadi yoxud ularni boshqa organlar va tashkilotlar nashr etishi toʻgʻrisida topshiriqlar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralari oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarning bir tizimga solingan majmualarini nashr etadi, majmualarni nazorat holatida saqlaydi, ularga qoʻshimchalar nashr etadi, ularni qayta nashr etadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.06.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni hisobga olish va turkumlash]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat tomonidan hisobga olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat tomonidan hisobga olish bunday hujjatlarni markazlashgan tarzda yigʻish va roʻyxatga olishdan, ularning fondlarini hamda bu hujjatlar haqidagi markazlashgan axborotlarni yaratish va nazorat holatida saqlab turishdan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarini davlat tomonidan hisobga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-avgustdagi 304-sonli “Qonun hujjatlarini turkumlashni takomillashtirish va huquqiy axborotlarni tarqatishni tartibga solish chora-tartiblari toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobi toʻgʻrisida Nizom (roʻyxat raqami 1856, 10.09.2008-y.)ga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2000-yil 14-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
160–II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 8-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)