04.10.2019 yildagi PQ-4473-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligini, shuningdek, fuqarolarning demokratik oʻzgartirishlardagi faolligini oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholini jamoat va davlat ishlarini boshqarishga faol jalb etish fuqarolarning huquqiy madaniyati va yuridik savodxonligini oshirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash, tegishli sohalarda davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda samarali qarorlar qabul qilishning gʻoyat muhim sharti hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, mamlakatni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishning jadal surʼatlari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtirok etishlaridagi rolini oshirish, xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan tamoyillari va normalarini inobatga olgan holda ushbu yoʻnalishdagi ularning faoliyatini avj oldirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish zarurligini taqozo etmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoatchilik fikrini tahlil etish, fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishdagi ishtirokini kengaytirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining yanada ochiqligini taʼminlash asosida boshqaruv qarorlari qabul qilinishini sifat jihatdan yangi darajaga koʻtarish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining quyidagi tartibni oʻrnatish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin, unga muvofiq ishlab chiquvchi-tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joylashtiriladigan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini jamoatchilik tomonidan muhokama qilish natijalari Adliya vazirligiga (huquqiy ekspertiza uchun) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (koʻrib chiqish uchun) kiritiladi, bunda, qoida tariqasida, kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqish natijalari koʻrsatilishi majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunini qayta koʻrib chiqish tavsiya etilsin, bunda shu jumladan quyidagilar nazarda tutilsin:

xalqaro amaliyotda keng tarqalgan jamoatchilik nazoratining taʼsirchan shakllarini joriy etish;

jamoatchilik nazorati shakllarini amalga oshirish mexanizmlarini batafsil reglamentatsiya qilish, ularni amaliyotda samarali qoʻllash;

davlat organlari va tashkilotlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyati, tegishli sohalardagi ishlarning holatini yaxshilashda ularning roli va samarali ishtiroki masalalari.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (R.S. Qosimov) ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish va moliyalashtirishni koʻzda tutuvchi qarori loyihasini kiritsin, unda, jumladan quyidagilar nazarda tutilsin:

institut tomonidan har yili Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatining holati va uni rivojlantirish tendensiyalari toʻgʻrisidagi maʼruzani Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashining koʻrib chiqishi uchun kiritish va shundan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berish;

institut tomonidan fuqarolik jamiyati rivojlanishini, jamiyat institutlarining davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik darajasini, shuningdek, ularning mamlakatni sotsial-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy jihatdan rivojlantirishga, shu jumladan 2030-yilgacha boʻlgan davrda BMTning Barqaror taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirish doirasida qoʻshgan hissasini baholash indikatorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

4. 2020-yil 1-yanvardan boshlab respublika, viloyatlararo nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun undiriladigan davlat boji stavkalari bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan 3 baravarigacha, viloyat nodavlat notijorat tashkilotlari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan 1 baravarigacha pasaytirilsin.

2020-yil 1-yanvardan boshlab faoliyatini tuman (shahar), shaharcha, qishloq va ovul hududida olib boradigan nodavlat notijorat tashkilotini davlat roʻyxatdan oʻtkazish uchun davlat boji stavkasi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida belgilansin.

5. Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga davlat grantlari, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtma shaklidagi mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti, shuningdek, tuman va shaharlar budjetlarining xarajatlariga qoʻshilsin.

Moliya vazirligi bir oy muddatda mazkur bandning talablaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

6. Belgilansinki, respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarda, ular faoliyatini moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar, ushbu organ va tashkilotlarning budjetdan tashqari manbalari hisobidan majburiy tartibda ularning veb-saytlari yaratiladi.

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki oy muddatda:

davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytiga qoʻyiladigan asosiy talablarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va taqdim etsin;

Internet tarmogʻida respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarining, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning veb-saytlari mavjudligi va faoliyat yuritishini inventarizatsiyadan oʻtkazsin.

Inventarizatsiya natijalari veb-saytlarga nisbatan yangi talablarni inobatga olgan holda keyinchalik davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yangi veb-saytlarini yaratish va amaldagilarini modernizatsiya qilish boʻyicha choralar koʻrish uchun ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Oʻzbekiston” telekanalida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasidagi vazifalarni keng koʻlamda tushuntirish va targʻib qilishga, aholini tashvishga solayotgan dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun olimlar, sotsiologlar, tadqiqotchilar, ekspertlar, jamoat arboblari, xotin-qizlar, yoshlar va fuqarolar ishtirokida doimiy faoliyat yurituvchi “munozara maydonchasi”ni tashkil etishga qaratilgan telekoʻrsatuvlar turkumini tayyorlash va namoyish etishni nazarda tutuvchi “Jamoatchilik fikri” tahririyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

Belgilab qoʻyilsinki, “Jamoatchilik fikri” tahririyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining oʻz mablagʻlari hisobidan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan teleradiokompaniyaga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ikki hafta muddatda markaziy davlat telekanallarida mamlakatning sotsial-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy hayotiga oid eng muhim masalalarni muhokama qilish maqsadida doimiy asosida maxsus telekoʻrsatuvlar (jamoatchilik munozaralari) tashkil etilishini taʼminlasin.

8. Oʻzbekiston Respublikasining Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi kodeksi loyihasini tayyorlash boʻyicha ishchi guruh 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin, ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va shakllangan milliy huquqni qoʻllash amaliyoti asosida nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni kodlashtirish va tizimlashtirish uning asosiy vazifasi etib belgilansin.

Ishchi guruh 2020-yil 1-fevralga qadar manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan Oʻzbekiston Respublikasi Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi kodeksi loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan birgalikda 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab toʻlov asosida nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini muntazam ravishda tashkil etsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashi (A.X. Saidov) ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan belgilangan tartibda kelishilgan quyidagi loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashi toʻgʻrisidagi nizom;

Davlat ishlarini boshqarishda fuqarolar ishtirokining xalqaro standartlarini respublikada joriy etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi.

11. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga ommaviy axborot vositalarida ushbu qarorning maqsad va vazifalarini yoritish yuzasidan maqolalar va mavzuga oid koʻrsatuvlar tashkil etish tavsiya qilinsin.

12. Mazkur qarorni amalga oshirish boʻyicha batafsil amaliy chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Masʼul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari barcha chora-tadbirlar belgilangan muddatlarda soʻzsiz va sifatli bajarilishini taʼminlasinlar.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-dekabrdagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga koʻmaklashish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2085-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati sohasida qonunchilikning havolaki normalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish rejasini;

qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 4-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-4473-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi PQ-4473-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasining Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi kodeksi loyihasini tayyorlash boʻyicha ishchi guruh
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI

1.

R.K. Davletov

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri, ishchi guruh rahbari

2.

A.X. Saidov

Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz direktori, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

3.

J.J. Shirinov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmita raisi oʻrinbosari

4.

A.T. Yunusova

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati

5.

A.A. Abdullayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi shuʼba mudiri

6.

J.E. Uzakov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi

7.

A.J. Tashkulov

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari

8.

A.Y. Xaydarov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari

9.

D.B. Turayev

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori oʻrinbosari

10.

R.T. Kamilov

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti direktori

11.

A.M. Karimov

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi Kengashi raisi

12.

A.Sh. Burxanov

“Yuksalish” umummilliy harakatining raisi

13.

P.A. Ubaydullayeva

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktori

14.

O.N. Xusanov

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi direktori

15.

Z.A. Maxmudov

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi

16.

R.M. Eshboyev

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boʻlim boshligʻi, ishchi guruh kotibi

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi PQ-4473-son qaroriga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi “Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligini, shuningdek, fuqarolarning demokratik oʻzgartirishlardagi faolligini oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4473-son qarorini amalga oshirish boʻyicha batafsil amaliy chora-tadbirlar rejasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Qaror bandlari

Ijro qilish muddatlari
va amalga oshirish mexanizmlari

Ijro etish va nazorat qilish uchun masʼullar

vazirlik, idora va boshqa tashkilotlardan

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasidan

1.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining quyidagi tartibni oʻrnatish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin, unga muvofiq ishlab chiquvchi-tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joylashtiriladigan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarin� jamoatchilik tomonidan muhokama qilish natijalari Adliya vazirligiga (huquqiy ekspertiza uchun) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (koʻrib chiqish uchun) kiritiladi, bunda, qoida tariqasida, kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqish natijalari koʻrsatilishi majburiydir.

2019-yil
5-dekabrgacha

Vazirlar Mahkamasining
2016-yil
17-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qonun loyihalariga doir faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi

345-son qarori, Davlat
va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish
va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi uslubiy koʻrsatmalari (roʻyxat raqami 2352, 2012-yil 9-aprel), shu jumladan fuqarolar takliflarini (izohlari) qoʻrib chiqish yakuni boʻyicha namunani (jadval) koʻrsatgan holda, shuningdek, boshqa qonun hujjatlariga oʻzgartirish
va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash

Adliya vazirligi

(R. Davletov),
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (D. Li)

Vazirlar Mahkamasi (D. Kalandarov)

2.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunini qayta koʻrib chiqish tavsiya etilsin, bunda shu jumladan quyidagilar nazarda tutilsin:

xalqaro amaliyotda keng tarqalgan jamoatchilik nazoratining taʼsirchan shakllarini joriy etish;

jamoatchilik nazorati shakllarini amalga oshirish mexanizmlarini batafsil reglamentatsiya qilish, ularni amaliyotda samarali qoʻllash;

davlat organlari va tashkilotlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyati, tegishli sohalardagi ishlarning holatini yaxshilashda ularning roli va samarali ishtiroki masalalari.

2020-yil
5-yanvargacha

Oʻzbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuni loyihasi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (N. Ismoilov —
kelishuvga asosan)
,
Adliya vazirligi

(R. Davletov),
FJShMQMI
(R. Kamilov),
“Mahalla” jamgʻarmasi

(Sh. Javlonov)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (Sh. Qudbiyev,

R. Qosimov)

3.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (R.S. Qosimov) ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish va moliyalashtirishni koʻzda tutuvchi qarori loyihasini kiritsin, unda, jumladan quyidagilar nazarda tutilsin:

institut tomonidan har yili Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatining holati va uni rivojlantirish tendensiyalari toʻgʻrisidagi maʼruzani Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashining koʻrib chiqishi uchun kiritish va shundan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berish;

institut tomonidan fuqarolik jamiyati rivojlanishini, jamiyat institutlarining davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik darajasini, shuningdek, ularning mamlakatni sotsial-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy jihatdan rivojlantirishga, shu jumladan 2030-yilgacha boʻlgan davrda BMTning Barqaror taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirish doirasida qoʻshgan hissasini baholash indikatorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil
20-oktabrgacha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
qarori loyihasi

FJShMQMI
(R. Kamilov),
Adliya vazirligi

(R. Davletov),
Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (R. Qosimov)

4.

4. 2020-yil 1-yanvardan boshlab respublika, viloyatlararo nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun undiriladigan davlat boji stavkalari bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan 3 baravarigacha, viloyat nodavlat notijorat tashkilotlari uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravaridan 1 baravarigacha pasaytirilsin.

2020-yil 1-yanvardan boshlab faoliyatini tuman (shahar), shaharcha, qishloq va ovul hududida olib boradigan nodavlat notijorat tashkilotini davlat roʻyxatdan oʻtkazish uchun davlat boji stavkasi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida belgilansin.

2019-yil
5-dekabrgacha

Qonun hujjatlariga mazkur banddan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

Vazirlar Mahkamasi (D. Kalandarov)

5.

5. Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashga davlat grantlari, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtma shaklidagi mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti, shuningdek, tuman va shaharlar budjetlarining xarajatlariga qoʻshilsin.

Moliya vazirligi bir oy muddatda mazkur bandning talablaridan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

2019-yil
5-noyabrgacha

Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga oʻzgartirish
va qoʻshimchalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov)

6.

6. Belgilansinki, respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarda, ular faoliyatini moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar, ushbu organ va tashkilotlarning budjetdan tashqari manbalari hisobidan majburiy tartibda ularning veb-saytlari yaratiladi.

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ikki oy muddatda:

davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytiga qoʻyiladigan asosiy talablarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va taqdim etsin;

Internet tarmogʻida respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarining, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning veb-saytlari mavjudligi va faoliyat yuritishini inventarizatsiyadan oʻtkazsin.

Inventarizatsiya natijalari veb-saytlarga nisbatan yangi talablarni inobatga olgan holda keyinchalik davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yangi veb-saytlarini yaratish va amaldagilarini modernizatsiya qilish boʻyicha choralar koʻrish uchun ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqd�m etilsin.

2019-yil
5-dekabrgacha

Vazirlar Mahkamasining
2013-yil
31-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi
355-son qaroriga,
shu jumladan mazkur bandning talablaridan
kelib chiqib oʻzgartirish
va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash

Internet tarmogʻida respublikaning barcha davlat organlari va tashkilotlarining, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning veb-saytlari mavjudligi va faoliyat yuritishini inventarizatsiyadan oʻtkazish va natijasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Respublika davlat organlari va tashkilotlarining, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ularga qoʻyilgan yangi talablarni hisobga olgan holda yangi
veb-saytlarini yaratish
va amaldagilarini modernizatsiya qilish reja-grafikini kiritish

Axborot
va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov),
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (D. Li),
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiya-larini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (F. Maxmudov)

7.

7. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Oʻzbekiston” telekanalida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasidagi vazifalarni keng koʻlamda tushuntirish va targʻib qilishga, aholini tashvishga solayotgan dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun olimlar, sotsiologlar, tadqiqotchilar, ekspertlar, jamoat arboblari, xotin-qizlar, yoshlar va fuqarolar ishtirokida doimiy faoliyat yurituvchi “munozara maydonchasi”ni tashkil etishga qaratilgan telekoʻrsatuvlar turkumini tayyorlash va namoyish etishni nazarda tutuvchi “Jamoatchilik fikri” tahririyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

Belgilab qoʻyilsinki, “Jamoatchilik fikri” tahririyatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining oʻz mablagʻlari hisobidan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan teleradiokompaniyaga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ikki hafta muddatda markaziy davlat telekanallarida mamlakatning sotsial-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy hayotiga oid eng muhim masalalarni muhokama qilish maqsadida doimiy asosida maxsus telekoʻrsatuvlar (jamoatchilik munozaralari) tashkil etilishini taʼminlasin.

Oʻzbekiston” telekanalida “Jamoatchilik fikri” tahririyatini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish boʻyicha kompleks choralarni amalga oshirish

2019-yil
20-oktabrgacha

Markaziy davlat telekanallarida (Oʻzbekiston
24, Oʻzbekiston va boshq.)
doimiy ravishda maxsus telekoʻrsatuvlarni tayyorlash

MTRK (A. Xadjayev), manfaatdor vazirlik
va idoralar

Vazirlar Mahkamasi (S. Ashurov)

8.

8. Oʻzbekiston Respublikasining Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi kodeksi loyihasini tayyorlash boʻyicha ishchi guruh 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin, ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish va shakllangan milliy huquqni qoʻllash amaliyoti asosida nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni kodlashtirish va tizimlashtirish uning asosiy vazifasi etib belgilansin.

Ishchi guruh 2020-yil 1-fevralga qadar manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan Oʻzbekiston Respublikasi Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi kodeksi loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

2019-yil
15-oktabrgacha

Ishchi guruh yigʻilishini oʻtkazish, mazkur qarordan kelib
chiqib vazifalarni taqsimlash

Adliya vazirligi
(R. Davletov),
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashi
(A. Saidov)

Vazirlar Mahkamasi (D. Kalandarov,

S. Ashurov)

9.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan birgalikda 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab toʻlov asosida nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini muntazam ravishda tashkil etsin.

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi

(A. Karimov),
Davlat boshqaruvi akademiyasi
(R. Qosimov)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (R. Qosimov)

10.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashi (A.X. Saidov) ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan belgilangan tartibda kelishilgan quyidagi loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashi toʻgʻrisidagi nizom;

Davlat ishlarini boshqarishda fuqarolar ishtirokining xalqaro standartlarini respublikada joriy etish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi.

2019-yil
5-dekabrgacha

Nizom va Reja loyihalarini tayyorlash boʻyicha idoralararo ishchi guruhni tuzish

Kelishilgan
Nizom va Reja loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashi
(A. Saidov),
Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Tashqi ishlar vazirligi

(A. Kamilov),
FJShMQMI (R. Kamilov),
manfaatdor vazirlik
va idoralar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (R. Qosimov)

11.

11. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga ommaviy axborot vositalarida ushbu qarorning maqsad va vazifalarini yoritish yuzasidan maqolalar va mavzuga oid koʻrsatuvlar tashkil etish tavsiya qilinsin.

Mazkur qarorning maqsad
va vazifalarini ayniqsa mamlakat hududlarida
yoritish boʻyicha
chora-tadbirlarni amalga oshirish

OʻzA (A. Koʻchimov),
MTRK (A. Xadjayev),
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (K. Allamjonov)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (F. Maxmudov)

12.

12. Mazkur qarorni amalga oshirish boʻyicha batafsil amaliy chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Masʼul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari barcha chora-tadbirlar belgilangan muddatlarda soʻzsiz va sifatli bajarilishini taʼminlasinlar.

Mazkur Rejada belgilangan
chora-tadbirlarni
oʻz vaqtida amalga oshirish

Vazirlik
va idoralar rahbarlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (R. Qosimov)

13.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-dekabrdagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga koʻmaklashish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2085-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi
qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi yangilanishini taʼminlash

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

Vazirlar Mahkamasi
(D. Kalandarov)

14.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati sohasida qonunchilikning havolaki normalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish rejasini;

qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

2019-yil
5-dekabrgacha

Qonunchilikni xatlovdan oʻtkazish va Fuqarolik jamiyati institutlari sohasida qonunchilikning havolaki normalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish rejasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish

Qonun hujjatlariga mazkur qarordan
kelib chiqadigan oʻzgartirish
va qoʻshimchalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

Vazirlar Mahkamasi
(D. Kalandarov)

15.

15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.

Mazkur qarorning amalga oshirilishi jarayonini har oyda koʻrib chiqish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (R. Qosimov),
Vazirlar Mahkamasi
(A. Aripov)

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi PQ-4473-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-dekabrdagi “Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga koʻmaklashish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2085-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun undiriladigan davlat boji miqdorlari, shuningdek ularning ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun undiriladigan yigʻimlar
MIQDORLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Nodavlat notijorat tashkilotining turi

Davlat boji stavkalari

Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun undiriladigan davlat boji stavkalari

1.

Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari

bazaviy hisoblash miqdorining 12,5 baravari miqdorida

2.

Respublika, viloyatlararo nodavlat notijorat tashkilotlari

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari

3.

Viloyat nodavlat notijorat tashkilotlari

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari

4.

Faoliyatini tuman (shahar), shaharcha, qishloq va ovul hududida olib boradigan nodavlat notijorat tashkilotlari

bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi

Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun undiriladigan yigʻimlar miqdorlari

1.

Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari

2.

Respublika, viloyatlararo nodavlat notijorat tashkilotlari

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari

3.

Viloyat nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek faoliyatini tuman (shahar), shaharcha, qishloq va ovul hududida olib boradigan nodavlat notijorat tashkilotlari

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari

”.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.10.2019-y., 07/19/4473/3864-son)