17.10.2016 yildagi 345-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qonun loyihalariga doir faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi va “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining qonun loyihalariga doir faoliyatini tizimli va aniq maqsadga yo‘naltirilgan holda tashkil etishni ta’minlash, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning ustuvor vazifalarini hal etishga yo‘naltirilgan qonun loyihalarini sifatli va puxta ishlab chiqish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihasi konsepsiyasiga, qonun loyihasiga ilova qilinadigan tushuntirish xati, tahliliy va axborot materiallariga qo‘yiladigan asosiy talablar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Namunaviy reglamentga muvofiq o‘zlarining qonun loyihalariga doir faoliyati reglamentlarini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘z tarkibiy va hududiy bo‘linmalarining qonun loyihalariga doir faoliyatini kuchaytirsinlar, bunda ular tomonidan qonunlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tizimli va o‘z vaqtida taqdim etilishini, shuningdek ushbu jarayonda faol ishtirok etganlik uchun ularning xodimlarini rag‘batlantirish choralarini nazarda tutsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘zlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu qaror talablarining bajarilishi uchun shaxsiy mas’uliyat davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2023-y., 09/23/147/0203-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri M.M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2016-yil 17-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
345-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAMUNAVIY REGLAMENTI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Namunaviy reglament davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarida (keyingi o‘rinlarda organlar deb ataladi) qonun loyihalariga doir faoliyatni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar qonun loyihalariga doir faoliyatning asosiy bosqichlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihalariga doir faoliyatni rejalashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihalarining tayyorlash, kelishish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihalarining jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa organlar tomonidan tayyorlanadigan qonun loyihalarini tayyorlash va muhokama qilishda qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihalari va qonunlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida ko‘rib chiqishda ishtirok etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qonun loyihalarini tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qonun loyihalarini tayyorlash mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari hisobga olingan holda organlar tomonidan ularning vakolatlariga muvofiq o‘z tashabbuslari bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Organning qonun loyihalariga doir faoliyatini tashkil etish va ushbu ish ustidan nazorat qilish bevosita organning rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Organlarning qonun loyihalariga doir faoliyatini rejalashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Organlar qonun loyihalariga doir faoliyatni rejalashtirish maqsadida qonun loyihalarini tayyorlashning joriy (kelgusi yilga), zaruriyat bo‘lganda esa — istiqbolli (bir yildan ortiq bo‘lgan muddatga) rejasini (keyingi o‘rinlarda rejalar deb ataladi) ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Rejani ishlab chiqish organning tarkibiy, shu jumladan hududiy bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda organning bo‘linmasi deb ataladi) takliflari asosida organning yuridik xizmati (keyingi o‘rinlarda yuridik xizmat deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Yuridik xizmat har yili 1-iyulgacha rejani shakllantirish uchun takliflar (keyingi o‘rinlarda takliflar deb ataladi) kiritish bo‘yicha organ rahbarining topshirig‘ini tayyorlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Organ rahbarining topshirig‘i asosida organning bo‘linmasi joriy yilning 1-avgustigacha takliflarni tayyorlaydi va yuridik xizmatga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Takliflar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasining ishchi nomini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasi qabul qilinishi zarurligini asoslash va kutilayotgan natijalarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasida tartibga solish taklif etilayotgan masalalarni qonunchilik yo‘li bilan tartibga solinganlik holati to‘g‘risidagi tahliliy ma’lumotnomani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasi predmetiga tegishli bo‘lgan munosabatlarni huquqiy tartibga solish bo‘yicha xalqaro hujjatlarni va xorijiy mamlakatlarning qonunchiligini o‘rganish yakunlari bo‘yicha tahliliy ma’lumotnomani (mavjud bo‘lganda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tayyorlanayotgan qonun loyihasida tartibga solinadigan huquqiy munosabatlar vakolatiga tegishli bo‘lgan va qonun loyihasini tayyorlash bo‘yicha asosiy ijrochi hisoblangan organ bo‘linmasining (keyingi o‘rinlarda asosiy ijrochi deb ataladi), shuningdek qonun loyihasini tayyorlash bo‘yicha hamijrochilar sifatida belgilanadigan organning boshqa bo‘linmalarining (keyingi o‘rinlarda hamijrochi bo‘linmalar deb ataladi) nomini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasi tayyorlanishi uchun mas’ul bo‘lgan organlar va boshqa tashkilotlarning ro‘yxatini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddatini o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Yuridik xizmat taqdim etilgan takliflarni ularning qonunchilikka muvofiqligi, asoslanganligi yuzasidan o‘rganib chiqadi, shuningdek qonun loyihasi qabul qilinishining huquqiy va boshqa oqibatlarini o‘rganadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Agar takliflar ushbu Namunaviy reglamentning 10-bandi talablariga rioya qilinmagan holda taqdim etilsa, yuridik xizmat ularni qayta ishlash uchun qaytarish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Yuridik xizmat kelib tushgan takliflarni umumlashtiradi va joriy yilning 20-avgustgacha bo‘lgan muddatda ularni ko‘rib chiqish uchun rejaning loyihasi shaklida organning rahbariga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Rejaning loyihasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasining ishchi nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasini qabul qilishning zarurligini asoslash va kutilayotgan natijalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy ijrochi va hamijrochi bo‘linma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasining jamoatchilik yoki mutaxassislar muhokamasini o‘tkazish sanasi (zaruriyat bo‘lganda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasini tayyorlash, kelishish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Organning rahbari rejaning loyihasini ko‘rib chiqib hamda unga kiritilgan qonun loyihalarining zarurligini, asoslanganligini, mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiqligini o‘rganib chiqib, joriy yilning 1-sentabrigacha bo‘lgan muddatda uni tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zaruriyat bo‘lganda organning rahbari organning bo‘linmalariga takliflarni qo‘shimcha ravishda ishlab chiqishni, yuridik xizmatga esa — reja loyihasini qayta ishlashni topshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Tasdiqlangan reja tasdiqlangandan keyin bir ish kuni mobaynida ijro etish uchun organning tegishli bo‘linmalariga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2023-y., 09/23/147/0203-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Qonun loyihalarini tayyorlash, kelishish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Har bir qonun loyihasi bo‘yicha asosiy ijrochi tomonidan uni tayyorlashning reja-jadvali tuziladi. Reja-jadval, agar qonun loyihasini tayyorlash to‘g‘risidagi topshiriqda o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, organning rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reja-jadvalni ijro etishning borishi monitoringi yuridik xizmat tomonidan amalga oshiriladi va monitoring natijalari har oyda muhokama qilish uchun organning rahbariga kiritiladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Asosiy ijrochi yuridik xizmatga qonun loyihasi tayyorlanishining borishi to‘g‘risida axborot beradi, zaruriyat bo‘lganda esa, organ rahbarining roziligi bilan tayyorlash davomida paydo bo‘ladigan huquqiy masalalarni hal etish uchun yuridik xizmatni jalb etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hamijrochi bo‘linma asosiy ijrochining so‘rovi bo‘yicha qonun loyihasini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan axborot-tahlil materiallarini va boshqa materiallarni taqdim etadi, zaruriyat bo‘lgan taqdirda esa, qonun loyihasini tayyorlashda ishtirok etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Qonun loyihalarini tayyorlash uchun, qoidaga ko‘ra, ishchi guruhlar (komissiyalar) tashkil etiladi. Ishchi guruhlarni (komissiyalarni) tashkil etish to‘g‘risidagi qaror ularning shaxsiy tarkibi ko‘rsatilgan holda organning rahbari tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi guruhlar (komissiyalar) tarkibiga asosiy ijrochining, hamijrochi bo‘linmalarning xodimlari kiritiladi, zaruriyat bo‘lganda esa, (kelishuv bo‘yicha) tegishli tarmoqlarning holati va rivojlanishi uchun javob beruvchi vazirliklar va idoralarning, boshqa manfaatdor davlat organlari, ilmiy tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning vakillari, shuningdek fuqarolar kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Asosiy ijrochi hamijrochi bo‘linmalarning qonun loyihasini tayyorlash bo‘yicha ishini muvofiqlashtiradi, manfaatdor organlar va boshqa tashkilotlarning vakillarini ushbu ishga jalb etadi, qonun loyihasi manfaatdor organlar va boshqa tashkilotlar bilan kelishilishini va qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Qonun loyihasini tayyorlash uning konsepsiyasini ishlab chiqishdan boshlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Asosiy ijrochi yoki ishchi guruh (komissiya) zarur materiallar va axborotni to‘playdi, zarur o‘rganishlarni amalga oshiradi, ularning natijalari bo‘yicha konsepsiyani tayyorlaydi, zaruriyat bo‘lganda esa, shuningdek ma’lumotnomalar, jadvallar, diagrammalar va boshqa axborot-tahliliy materiallarni ham tayyorlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Konsepsiya qonunchilikda belgilangan talablarga javob berishi kerak.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Tayyorlangan konsepsiya, agar qonun loyihasini tayyorlash to‘g‘risidagi topshiriqda o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, organning rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Tasdiqlangan konsepsiya asosida qonun loyihasi tuziladi (tayyorlanadi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Qonun loyihasini tayyorlashda asosiy ijrochi yoki ishchi guruh (komissiya):
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikning holatini, loyihani tartibga solish predmeti bo‘yicha qo‘llanish amaliyotini o‘rganadi;
(27-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solishga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bo‘shliqlar va ziddiyatlarni, shuningdek huquqiy jihatdan tartibga solishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni, qonunchilikning samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi sabablar va sharoitlarni aniqlaydi;
(27-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, shuningdek ayrim fuqarolarning takliflarini, ommaviy axborot vositalarining materiallarini, ilmiy va boshqa tashkilotlarning, olimlar va mutaxassislarning maslahatlari va tavsiyalarini, jamoatchilik fikrini aniqlashning boshqa vositalari ma’lumotlarini umumlashtiradi hamda ulardan foydalanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 15-sentabrdagi 220-III/KQ-41-III-son Qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan Qonun loyihasi tayyorlanayotganda xalqaro hujjatlar va xorijiy mamlakatlar qonunchiligi qoidalarining qiyosiy tahlilini o‘tkazish uslubiyotiga muvofiq xalqaro hujjatlar va xorijiy mamlakatlar qonunchiligi qoidalarini qiyosiy tahlil qiladi.
(27-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihasini tayyorlash bo‘lajak qonunning amaliyotda ishlashi samaradorligini chuqur va har tomonlama tahlil qilishga asoslanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Qonun loyihalari “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi, “Qonunlar loyihalarni tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga javob berishi lozim.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Qonun loyihalarini tayyorlashda:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasidagi mavjud normalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishini ta’minlashga, qonunchilikning tizimliligiga va kodifikatsiyalashga;
(29-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bo‘lajak qonunni amalga oshirishning aniq mexanizmlarini, shu jumladan ma’muriy-huquqiy va sud-huquqiy mexanizmlarini belgilashga alohida e’tibor berish zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Qonun loyihalarini yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi 237-II/150-II-son Qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalarini va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etilgan qonunlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Agar tayyorlanadigan qonun loyihasi boshqa qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoxud ularni (to‘liq yoki qisman) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni talab etsa, ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish bo‘yicha takliflar tayyorlanadigan qonun loyihasiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish kerak bo‘lgan qonunlar yoki ularning qismlari katta hajmda bo‘lganda, ular qonun loyihasi bilan bir vaqtda alohida qonun loyihasi ko‘rinishida taqdim etiladi. Bunda unga tushuntirishlar bilan hujjat matnining amaldagi va taklif etilayotgan tahririning tegishli qiyosiy jadvallari ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Asosiy ijrochi yoki ishchi guruh (komissiya) qonun loyihasi tayyorlangandan keyin uni organning hamijrochi bo‘linmasiga kelishishga (viza qo‘yishga) yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Barcha hamijrochi bo‘linmalarning rahbarlari tomonidan belgilangan tartibda kelishilgan (viza qo‘yilgan) qonun loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun yuridik xizmatga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga va qonun loyihalariga qo‘yiladigan boshqa talablarga muvofiq bo‘lgan taqdirda yuridik xizmat rahbari qonun loyihasiga viza qo‘yadi. Viza qo‘yish qonun loyihasining har bir varag‘ining orqa tomoniga imzo qo‘yish orqali amalga oshiriladi.
(33-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihasiga viza qo‘yish bilan bir vaqtda yuridik xizmat huquqiy xulosa tayyorlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Yuridik xizmatning huquqiy xulosasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasini tayyorlash bo‘yicha topshiriq berilgan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek yuqori turuvchi organning topshiriqlari (topshiriq bo‘lgan taqdirda) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasining huquqiy tabiati tushuntirilgan holda uning asosiy qoidalarining mohiyati va ahamiyatining qisqacha bayoni;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasining qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, shuningdek qonun loyihasining har bir havolaki normasini qo‘llashning asoslanganligi va maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosa aks ettiriladi.
(34-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Huquqiy xulosa yuridik xizmatning rahbari tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Qonun loyihasi qonunchilikka va qonunchilik texnikasi qoidalariga, qonun loyihalariga qo‘yiladigan boshqa talablarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, yuridik xizmat qonun loyihasini tegishli e’tiroz va takliflar bilan birgalikda qayta ishlash uchun asosiy ijrochiga qaytaradi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Yuridik xizmatning huquqiy xulosasi olingandan keyin asosiy ijrochi organning rahbariga qonun loyihasini kelishish uchun manfaatdor organlarga va boshqa tashkilotlarga yuborish mumkinligi to‘g‘risida axborot beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Organning rahbari qonun loyihasini ko‘rib chiqib, qonun loyihasini qayta ishlash yoxud qonun loyihasini manfaatdor organlarga va boshqa tashkilotlarga kelishish uchun yuborish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Asosiy ijrochi qonun loyihasi kelishish uchun manfaatdor organlarga va boshqa tashkilotlarga yuborilishini tashkil etadi. Qonun loyihasini manfaatdor organlar va boshqa tashkilotlar bilan kelishish Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga (keyingi o‘rinlarda Vazirlar Mahmakamasining Reglamenti deb ataladi) muvofiq amalga oshiriladi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Qonun loyihasini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritishda yuridik xizmatning huquqiy xulosasi unga majburiy tartibda ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Qonun loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan talablarga rioya qilgan holda va Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Qonun loyihalarining jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Qonun loyihasi manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan kelishilguniga qadar jamoatchilik va (yoki) mutaxassislar muhokamasiga kiritiladi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 347-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2018-y., 09/18/347/1217-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasi seminarlar va davra suhbatlarini o‘tkazish, qonun loyihalari matnlarini va ularga tahliliy materiallarni Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali, organning rasmiy veb-saytida joylashtirish yo‘li bilan, shuningdek, boshqa usullar bilan fuqarolar, manfaatdor davlat organlari, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari, ilmiy, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning vakillari, olimlar va mutaxassislar, ekspertlar ishtirokida o‘tkaziladi.
(41-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihasining malakali muhokamasi tegishli ilmiy-tadqiqot muassasalari, tarmoqlarning vakillari ishtirokida o‘tkaziladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 347-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2018-y., 09/18/347/1217-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Qonun loyihalarining jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasi tashkil etilishini ta’minlash organning rahbari zimmasiga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Qonun loyihasining jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasi ishtirokchilari ishlab chiquvchi tomonidan uning matni bilan oldindan tanishtirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Qonun loyihasi ishlab chiquvchi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun belgilangan tartibda joylashtirilishi lozim.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 677-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Jamoatchilik va mutaxassislar muhokama davomida bildirilgan takliflar va e’tirozlar asosiy ijrochi yoki ishchi guruh (komissiya) tomonidan ko‘rib chiqilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtiriladigan qonun loyihalarini jamoatchilik tomonidan muhokama qilish natijalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (huquqiy ekspertiza uchun) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (ko‘rib chiqish uchun) kiritiladi, bunda, qoida tariqasida, kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqish natijalari ko‘rsatilishi majburiydir.
(46-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Qonun loyihasining o‘tkazilgan mutaxassislar muhokamasi va uning natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tushuntirish xatida aks ettirilishi lozim.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 677-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Organning boshqa organlar tomonidan ishlab chiqiladigan qonun loyihalarini tayyorlash va muhokama qilishda ishtirok etishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Organ vakillarining boshqa organlar tomonidan ishlab chiqiladigan tegishli qonun loyihalarini tayyorlash va muhokama qilish bo‘yicha ishchi guruhlar (komissiyalar) faoliyatidagi ishtiroki organ rahbari yoki uning o‘rinbosarining roziligi bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasida belgilangan qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlaridan va boshqa organlar va tashkilotlardan kelishish uchun organga qonun loyihasi kelib tushgan taqdirda qonun loyihasini kelishish bo‘yicha asosiy ijrochi tartibga solinadigan huquqiy munosabatlar uning vakolatiga kiradigan organning bo‘linmasi hisoblanadi.
(49-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-oktabrdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2023-y., 09/23/524/0750-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishish uchun organlarga kelib tushadigan barcha qonun loyihalari bo‘yicha yuridik xizmat hamijrochi etib belgilanadi va uning huquqiy ekspertizasini ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Asosiy ijrochi boshqa organdan kelib tushgan qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq kelishilishini ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Organlar boshqa organlar tomonidan ishlab chiqiladigan qonun loyihasini ko‘rib chiqish va kelishishda Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy rioya qilishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi takliflar qonun loyihalari ko‘rinishida rasmiylashtirilmagan holda kelib tushganda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatida yoki topshirig‘ida yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va farmoyishida yoki topshirig‘ida ularni ko‘rib chiqishning boshqa muddatlari belgilanmagan bo‘lsa, ular organlarda hujjatlarni ijro etishning umumiy tartibiga muvofiq bir oy muddatda ko‘rib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Organning rahbarlari va xodimlarining qonun loyihalari va qonunlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida ko‘rib chiqishda ishtirok etuvchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakillari tarkibida ishtirok etishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Organlar qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishda bir vaqtning o‘zida qonun loyihalari va qonunlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida ko‘rib chiqishda qatnashuvchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakillarining (keyingi o‘rinlarda Hukumat vakillari deb ataladi) tarkibini shakllantirish uchun organning, shuningdek manfaatdor vazirliklar va idoralarning rahbarlari va xodimlari orasidan nomzodlarni taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Hukumat vakillari tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining qarori bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Qonun loyihalari va qonunlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarida ko‘rib chiqishda Hukumat vakillarining ishtiroki O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 15-sentabrdagi 220–III/KQ-41-III-son Qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Qonun loyihasi ko‘rib chiqilayotganda qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti vakillarining ishtirok etishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihasi konsepsiyasiga, qonun loyihasiga ilova qilinadigan tushuntirish xati, tahliliy va axborot materiallariga qo‘yiladigan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ASOSIY TALABLAR

1. Ushbu Asosiy talablar “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq qonun loyihasi konsepsiyasini, qonun loyihasiga ilova qilinadigan tushuntirish xati, tahliliy va axborot materiallarini tayyorlashda rioya etilishi majburiy bo‘lgan talablarni belgilaydi hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining qonun loyihalariga doir faoliyatini metodologik ta’minlashni takomillashtirishga yo‘naltirilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Asosiy talablar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari va boshqa davlat organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan qonun loyihalarini tayyorlashda majburiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Qonun loyihasi konsepsiyasiga qo‘yiladigan asosiy talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qonun loyihasini tayyorlash uning konsepsiyasini ishlab chiqishdan boshlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun loyihasi konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda konsepsiya deb ataladi) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari yoki ishchi guruhlar (komissiyalar) (keyingi o‘rinlarda ishlab chiquvchi deb ataladi) tomonidan tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsepsiyani tayyorlashga ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, tegishli bilim va malakaga ega bo‘lgan mutaxassis va ekspertlar, shu jumladan xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlardan, shuningdek fuqarolar jalb etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Konsepsiyada quyidagilar belgilanishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy g‘oyasi, maqsadi va predmeti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning mazkur sohada amalda bo‘lgan qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tahlili ilova qilingan holdagi umumiy tavsifi va holatiga berilgan baho;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasini ishlab chiqish zaruriyati asoslari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasining asosiy qoidalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bo‘lajak qonunning sotsial-iqtisodiy, huquqiy va boshqa oqibatlari taxmini.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Huquqiy jihatdan tartibga solishning asosiy g‘oyasi, maqsadi va predmetini belgilashda konsepsiyada qonun loyihasining mazmuni, u erishishga yo‘naltirilgan asosiy vazifalar va maqsadlar, u tartibga solishi kerak bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar ochib beriladi, shuningdek uning amal qilishi tatbiq etiladigan qo‘llash sohasi, huquqiy munosabatlar subyektlarining vakolatlari (huquqlari va majburiyatlari) bayon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tegishli ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning umumiy tavsifida va uning holatini baholashda ushbu sohada amal qiluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning holati aks ettiriladi, xususan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli sohada huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikdagi bo‘shliqlar va ziddiyatlar, eskirgan, amalda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan, samarasiz yoxud amalga oshirish mexanizmiga ega bo‘lmagan qoidalarning mavjudligi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqiy jihatdan tartibga solishning mavjud kamchiliklarini bartaraf etishning oqilona va eng samarali usullari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro huquqning umumiy e’tirof etilgan prinsiplari va normalari, shuningdek xorijiy mamlakatlarda huquqiy jihatdan tartibga solish tajribasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
statistika, jamiyatshunoslik, siyosatshunoslik, shuningdek boshqa ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish natijalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bo‘lajak qonunni amalga oshirish uchun qabul qilinishi zarur bo‘lgan qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qonun loyihasini ishlab chiqish zaruriyatining asoslarida qonunni qabul qilish zarurligidan dalolat beruvchi dalillar bayon qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bayon qilinadigan dalillar aniq, asoslangan bo‘lishi va muammoning amaldagi qonunchilikning takomillashmaganligi bilan sabab-oqibat aloqasi belgilanishi kerak. Shuningdek qonun loyihasi tegishli bo‘lgan qonunchilik tarmog‘i, u amalga oshirishga yo‘naltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari qoidalari, shuningdek huquqiy tizim uchun uning ahamiyati ko‘rsatiladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qonun loyihasining asosiy qoidalarida bo‘lajak qonunda belgilanadigan qoidalar, qisqa mazmuni bilan birgalikda uning namunaviy tuzilmasi, imkoniyat bo‘lganda bo‘limlar, kichik bo‘limlar, boblar, paragraflar va moddalar bayon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Bo‘lajak qonunning sotsial-iqtisodiy, huquqiy va boshqa oqibatlari taxmini taxmin qilinayotgan oqibatlar va uni amalga oshirishning kutilayotgan pirovard natijalari tavsifini o‘z ichiga oladi. Bunda bo‘lajak qonun amalga oshirilishining nafaqat ijobiy, balki bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlari hisobga olinishi kerak. Bo‘lajak qonunning huquqiy oqibatlarini prognozlashtirishda, zaruriyat bo‘lganda, uning ijro etilishini ta’minlaydigan ma’muriy-huquqiy, sud-huquqiy mexanizmlar ham hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ishlab chiquvchi konsepsiyada boshqa zarur ma’lumotlarni ham ko‘rsatishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Tayyorlangan konsepsiya, agar qonun loyihasini tayyorlash to‘g‘risidagi topshiriqda o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, ishlab chiquvchining rahbari tomonidan tasdiqlanadi, shundan keyin qonun loyihasining bevosita matni tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Zaruriyat bo‘lganda, konsepsiya yuqori turuvchi organlar bilan oldindan kelishilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Qonun loyihasiga tushuntirish xatiga qo‘yiladigan asosiy talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qonun loyihasiga tushuntirish xati (keyingi o‘rinlarda tushuntirish xati deb ataladi) ishlab chiquvchi tomonidan qonun loyihasi matni tayyorlangandan keyin tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Tushuntirish xatida quyidagilar bo‘lishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasini tayyorlash uchun asos va uni qabul qilish zarurligini asoslash, shu jumladan qonun loyihasi tayyorlash topshirilgan normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek yuqori turuvchi organning topshiriqlari (topshiriq mavjud bo‘lganda) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasini ishlab chiquvchining to‘liq nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maqsadlar va vazifalar, shuningdek qonun loyihasi bilan belgilanadigan asosiy qoidalar, ularni qisqacha asoslash. Bunda qonun loyihasining erishishga yo‘naltirilgan asosiy maqsadlari belgilanadi, ularning vositasida aniq maqsadlarga erishish mumkin bo‘lgan qonun loyihasining alohida qoidalari qisqacha ko‘rsatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunni qabul qilishdan kutilayotgan natijalar. Bunda qonun qabul qilinishi munosabati bilan huquqiy jihatdan tartibga solishda yuz berishi mumkin bo‘lgan ijobiy o‘zgarishlar keltiriladi. Kutilayotgan natijalar miqdoriy ko‘rsatkichlar ko‘rsatilgan holda bayon qilinishi ham mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasi predmetiga tegishli bo‘lgan xalqaro hujjatlar va xorijiy mamlakatlar qonunchiligining prinsiplari, qoidalari va jumlalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Tegishli sohada ijobiy xorijiy tajriba mavjud bo‘lgan taqdirda tushuntirish xatida davlat, qonun loyihasini tayyorlashda hisobga olingan norma nazarda tutilgan hujjatning turi, nomi va qisqacha mazmuni ko‘rsatilishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasi mazmunining tavsifi, unda qonun loyihasining bo‘limlari, kichik bo‘limlari, boblari, paragraflari va moddalari bilan birgalikda uning tuzilishi qisqacha bayon qilinadi. Zaruriyat bo‘lganda qonun loyihasining eng muhim qismini tashkil etuvchi qoidalarning asosiy mohiyati ochib beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun qabul qilinishi munosabati bilan boshqa qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoxud ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish zaruriyati mavjudligi yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasida foydalaniladigan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga havolaning har birini asoslash. Bunda unga havola qilinadigan normativ-huquqiy hujjat normasining mazmuni qisqacha ochib beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar bo‘lajak qonunning qoidalarini amalga oshirish qo‘shimcha moliyaviy xarajatlarni talab etsa yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti yo‘qotishlariga olib kelsa — qisqacha moliyaviy-iqtisodiy asoslash. Agar bo‘lajak qonunning qoidalarini amalga oshirish ko‘rsatib o‘tilgan xarajatlarni talab etmasa yoki yo‘qotishlarga olib kelmasa, u holda bu haqda tushuntirish xatida tegishli ma’lumot keltiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasi mutaxassislar muhokamasining o‘tkazilganligi va uning natijalari to‘g‘risidagi axborot;
(14-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 677-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasini manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Bunda qonun loyihasi kelishilgan (viza qo‘yilgan) manfaatdor vazirliklar va idoralar sanab o‘tiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasi bo‘yicha kelishmovchiliklar mazmunining qisqacha bayoni va ular to‘g‘risidagi asoslantirilgan fikr (kelishmovchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Tushuntirish xatida qonun loyihasini asoslash uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ham bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Tushuntirish xati ishlab chiquvchining rahbari tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Qonun loyihasiga ilova qilinadigan tahliliy va axborot materiallari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Tayyorlangan qonun loyihasiga tushuntirish xatidan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro hujjatlarning va xorijiy mamlakatlar qonunchiligining, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining tegishli qoidalarini, tegishli xalqaro tajribani O‘zbekiston Respublikasi sharoitlarida qo‘llash maqbulligi to‘g‘risidagi asosli takliflarni ketma-ketlik tartibida ko‘rsatilgan holda tahliliy-qiyosiy jadval;
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasi qabul qilinishi munosabati bilan qabul qilinishi, o‘zgartirilishi yoki qo‘shimchalar kiritilishi, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim bo‘lgan qonunosti hujjatlari ro‘yxati. Bunda qonunosti hujjatini qabul qilish, o‘zgartirish yoki unga qo‘shimchalar kiritish uchun asoslar va ular qabul qilinishi, o‘zgartirilishi yoki ularga qo‘shimchalar kiritilishi uchun mas’ul bo‘lgan organlar qisqacha ko‘rsatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar qonun loyihasi bilan boshqa qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish nazarda tutilayotgan bo‘lsa, qiyosiy jadval;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar qonun loyihasi manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan e’tiroz va takliflar bilan kelishilgan (viza qo‘yilgan) bo‘lsa, kelishmovchiliklar jadvali va ularning e’tirozlar va takliflar bayon qilingan xatlarining nusxalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan qonun loyihasi bo‘yicha fuqarolar takliflarini (izohlari) ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha jadval;
(17-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar bo‘lajak qonunning qoidalarini amalga oshirish qo‘shimcha moliyaviy xarajatlarni talab etsa yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti yo‘qotishlariga olib kelsa — moliyaviy-iqtisodiy asoslash. Moliyaviy-iqtisodiy asoslashda moliyaviy xarajatlarning yoki O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining yo‘qotishlarining dastlabki summasi, shu jumladan qonun loyihasi amalga oshirilishi munosabati bilan olinmay qolinadigan daromadlar, moliyaviy xarajatlarning maqsadlari va uni oluvchilar, shuningdek boshqa moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar ko‘rsatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun loyihasini tayyorlash va kelishishning xronologiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Qonun loyihasiga boshqa tahliliy va axborot materiallari ham ilova qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Qonun loyihasiga ilova qilinadigan tahliliy va axborot materiallari ishlab chiquvchining rahbari tomonidan imzolanishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Qonun loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan talablarga rioya qilgan holda va Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishda qonun loyihasining matni va unga ilova qilinadigan materiallar majburiy tartibda elektron shaklda taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2023-y., 09/23/147/0203-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 42-son, 484-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2018-y., 09/18/347/1217-son; 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 10.04.2023-y., 09/23/147/0203-son; 04.10.2023-y., 09/23/524/0750-son)