31.10.2023 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3470
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash uslubiyotini tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 31-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3470]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash uslubiyati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir A. TASHKULOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 30-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-mh-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishildi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A. BURXANOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2023-yil 24-oktabr
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 17-mh-son buyrugʻiga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
USLUBIYATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Yoʻnalish

Korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar

Tushunchasi

Misoli

Normalarning barqarorligi va huquqiy jihatdan muvofiqligi bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar

Soʻzlarning notoʻgʻri qoʻllanilishi

Normativ-huquqiy hujjat yoki uning loyihasida (bundan buyon matnda normativ-huquqiy hujjat deb yuritiladi) qoʻllanilayotgan soʻzlar, tushunchalar va atamalar har xil maʼnolarni anglatishi yoki aniq boʻlmagan talqin qilishga imkoniyat yaratishi mumkin. Tushuncha va atamalar nafaqat bir normativ-huquqiy hujjatning oʻzida, balki butun qonunchilikda bir xil qoʻllanilishi lozim. Agar turli normativ-huquqiy hujjatlarda tushuncha va atamalarni bir xil qoʻllash imkoni boʻlmasa, ularni farqlash aniq va oson boʻlishi kerak. Birlik yoki koʻplikda soʻzlarning notoʻgʻri qoʻllanishi ham noaniqliklarga sabab boʻladi. Shuningdek, olmoshni qoʻllash orqali oldingi gapda berilgan shaxs, son, joy va hodisalarga nisbatan murojaat qilish, shuningdek “va/yoki” soʻzlarini qoʻllash orqali tuzilgan soʻz birikmalarining notoʻgʻri qoʻllanilishi noaniqliklarni yuzaga keltirishi mumkin. Shuning uchun har bir soʻz barcha uchun tushunarli maʼnoni anglatishi yoki aniq huquqiy tavsifga ega boʻlishi lozim.

1-misol: normativ-huquqiy hujjat:

yurisdiksiya fuqarolarning turar joyiga qarab belgilanadi.

Muammo: “turar joy” sifatida shaxsning yashab turgan joyi nazarda tutilganmi yoki doimiy roʻyxatdan oʻtgan joyimi?

Yechim: normativ-huquqiy hujjat:

yurisdiksiya fuqarolarning yashab turgan joyiga qarab belgilanadi.

2-misol: normativ-huquqiy hujjat:

vazirlik ushbu moddada koʻrsatilgan murojaat turlarini taqdim qilish tartiblarini belgilaydi.

Muammo: ushbu holatda vazirlik har bir murojaat turi uchun alohida tartib belgilashi yoki barcha murojaat turlari uchun yagona tartib belgilashi lozimligi noaniq.

Yechim: normativ-huquqiy hujjat:

vazirlik ushbu moddada koʻrsatilgan murojaat turlarini taqdim qilishning tartibini belgilaydi.

3-misol: normativ-huquqiy hujjat:

mansabdor shaxs va arizachi shartnoma shartlarini kelishishi zarur, u kelishuvni yozma shaklda tasdiqlashi lozim.

Muammo: “U” deganda kim nazarda tutilganligi noaniq.

Yechim: normativ-huquqiy hujjat:

mansabdor shaxs va arizachi shartnoma shartlarini kelishishi zarur, mansabdor shaxs kelishuvni yozma shaklda tasdiqlashi lozim.

4-misol: normativ-huquqiy hujjat:

Tavakkalchilik — mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi.

Muammo: berilgan taʼrifda va soʻzining ishlatilishi natijasida tavakkalchilik “jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish”, “terrorizmni moliyalashtirish” va “ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish” operatsiyalarini nechtasi bir vaqtda amalga oshirilganda yuzaga kelishi noaniq boʻlib qolmoqda.

Yechim: normativ-huquqiy hujjat:

Tavakkalchilik — mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish operatsiyalaridan birini yoki bir nechtasini amalga oshirish.

Noaniq va asossiz havolalarning qoʻllanilishi

Bir normativ-huquqiy hujjatdagi yoki boshqa normativ-huquqiy hujjatdagi normalarga havolalar aniq, mantiqiy izchil boʻlishi va normativ-huquqiy hujjatni yoxud uning alohida qoidalarini koʻrsatishi kerak.

Shuningdek, tegishli vakolatlar mavjud boʻlmaganda, qonun hujjatlaridagi boʻshliqlarning qonun osti hujjatlari yordamida toʻldirilishi tor idoraviy yondashuv holatlarini keltirib chiqarishi mumkin.

Bundan tashqari, huquqiy normaning chegarasini belgilash imkonini bermaydigan, xususan “va boshqalar”, “va hokazo” kabi normalarning qoʻllanilishi huquqni qoʻllovchilarga asossiz ravishda koʻrib chiqish doirasining kengaytirish imkonini beradi.

Shu sababdan, noaniq va asossiz havolalar keltirilmasligi hamda normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish tegishli davlat organlarining vakolat doirasida amalga oshirilishi zarur.

1-misol: davlat organi tomonidan maʼmuriy jazo Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 10-moddasida belgilangan muddatlarda qoʻllaniladi.

Muammo: Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 10-moddasida muddatga oid norma belgilanmagan.

Yechim: davlat organi tomonidan maʼmuriy jazo Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 36-moddasida belgilangan muddatlarda qoʻllaniladi.

2-misol: normativ-huquqiy hujjat:

nazorat tadbiri rejali tekshirish davomida, maʼlum bir hududda (mintaqada) zararlanish oʻchogʻi aniqlanganda, mahsulot import qilinganda va boshqa holatlarda amalga oshiriladi.

Muammo: nazorat tadbiri amalga oshirilishi mumkin boʻlgan holatlarning aniq chegarasi belgilab berilmaganligi, xususan, “va boshqa holatlarda” iborasi qoʻllanilishi oqibatida tekshiruvchida asossiz ravishda, tekshirish obyekti yoki predmeti doirasiga taalluqli boʻlmagan nazorat-tekshiruvini amalga oshirish bilan bogʻliq diskretsion vakolatlar vujudga keladi.

Yechim: nazorat tadbiri rejali tekshirish davomida, maʼlum bir hududda (mintaqada) zararlanish oʻchogʻi aniqlanganda, mahsulot import qilinganda amalga oshiriladi.

Normativ-huquqiy hujjatlarda qarama qarshiliklarning mavjudligi

Normativ-huquqiy hujjatlarning normalari oʻzaro muvofiq boʻlishi lozim. Normativ-huquqiy hujjatlar normalarining bir biriga zid boʻlishi, huquqni qoʻllashda turli xil tushunmovchiliklarning yuzaga kelishiga olib keladi.

Misol: Hukumat qarori bilan tasdiqlangan namunaviy hujjatlarga muvofiq tender takliflarini ochish tender eʼlon qilingan sanadan boshlab 10 — 15 kundan keyin boʻlib oʻtadi.

“Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunda ushbu muddat 30 — 45 kunni tashkil qiladi.

Muammo: Vazirlar Mahkamasining qarori va Qonunda ikki xil muddat belgilanganligi, ijrochilarning oʻzlariga qulay boʻlgan muddatda ish yuritishiga hamda ziddiyatli huquqni qoʻllash amaliyoti shakllanishiga olib keladi.

Yechim: Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan muddatlarni Qonunga muvofiqlashtirish zarur.

Vakolatlar, huquq va majburiyatlar bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar

Diskretsion vakolatlarning kengligi

Davlat organlari va boshqa tashkilotlarga yoki ularning mansabdor shaxslariga (bundan buyon matnda davlat organlari deb yuritiladi) oʻz ixtiyoriga koʻra qarorlar qabul qilish, bir nechta turdagi qarorlarni qabul qilishni tanlash va qarorlarni ijro etishning usullarini belgilash imkoniyatini asossiz ravishda berish oqibatida korrupsiyaviy holatlar vujudga kelishining xavfi yuqori hisoblanadi.

Diskretsion vakolatlarning kengligi asosan quyidagilarda koʻrinadi:

qarorlarni qabul qilishning sharoitlari va asoslarining mavjud emasligi;

davlat organlariga oʻz ixtiyoriga koʻra yuridik faktni baholashga hamda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tegishli harakatlarni amalga oshirishning tartibini mustaqil ravishda belgilashga yoʻl qoʻyish;

“qaror qabul qilishi mumkin” shaklidagi qaror qabul qilish vakolatini berish;

davlat organlariga ularning vakolatiga tegishli boʻlmagan vazifa va vakolatlarning yuklatilishi.

Misol: normativ-huquqiy hujjat:

litsenziyalovchi organ litsenziya talabgori hujjatlarini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.

Muammo: litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish uchun asoslar belgilanmagan, shuningdek litsenziyalovchi organga “qaror qabul qilishi mumkin” shaklidagi qaror qabul qilish vakolati berilgan.

Yechim: normativ-huquqiy hujjat:

litsenziyalovchi organ talabgorning hujjatlarini koʻrib chiqish natijasi litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Litsenziya berish uchun quyidagilar asos boʻladi:

...

Litsenziya berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:

...

Vakolatlarning noaniqligi

Ayrim hollarda normativ-huquqiy hujjatning matnidan vazifa yoki topshiriq ijrosi uchun masʼul boʻlgan davlat organini aniqlash imkoni boʻlmaydi.

Bu holat davlat organi tomonidan oʻzi manfaatdor boʻlmagan maʼlum bir harakat qilinayotganligini koʻrsatish, amalda esa ushbu harakatni bajarilmaslik uchun qilinadi.

Shu bilan birga, topshiriq ijrosi uchun masʼul etib bir necha tashkilotlar belgilanadi.

Ushbu tashkilotlarning vakolat doirasi aniq belgilanmaganligi oqibatida ular topshiriqning bajarilishini bir-biriga yuklashiga olib kelishi mumkin. Natijada topshiriqning ijrosi yetarli darajada taʼminlanmaydi.

Misol: normativ-huquqiy hujjat:

ushbu Qonunning ijrosi tegishli vazirlik tomonidan taʼminlanadi.

Muammo: ijro uchun masʼul vazirlikni aniqlash imkoni mavjud emasligi oqibatida davlat organlari oʻzlarining manfaatlari nuqtai nazardan harakat qilishlari mumkin.

1-yechim: normativ-huquqiy hujjat:

ushbu Qonunning ijrosi “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Qonunning 15-moddasida belgilangan davlat organi tomonidan taʼminlanadi.

2-yechim: normativ-huquqiy hujjat:

ushbu Qonunning ijrosi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan taʼminlanadi.

Davlat organlarining bir-birini takrorlovchi vakolatlari va vazifalari mavjudligi

Davlat organiga boshqa davlat organi bilan takrorlanayotgan vakolatlar va vazifalar yuklatilishi topshiriq yetarli darajada ijro qilinmasligiga, vazifani ijro etish uchun ortiqcha resurslar sarflanishiga, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar oldida ortiqcha byurokratik toʻsiqlar vujudga kelishiga olib kelishi mumkin.

Misol: normativ-huquqiy hujjatga muvofiq hokimliklarga isteʼmolchilar huquqlari himoyasini amalga oshirish boʻyicha vazifalar yuklatilgan.

Muammo: mazkur vazifa Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining vazifalarini takrorlaydi, shuningdek hokimliklarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha funksiyasi bilan bogʻliq manfaatlar toʻqnashuviga olib kelishi mumkin.

Yechim: hokimliklarning isteʼmolchilar huquqlari himoyasini amalga oshirish boʻyicha vazifasini bekor qilish zarur.

Davlat organi tomonidan oʻz vakolatiga kirmaydigan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishi

Normativ-huquqiy hujjatlarning mazkur hujjatlarni qabul qilish vakolatiga ega boʻlmagan davlat organlari tomonidan qabul qilinishi ushbu hujjatlarda ayrim shaxslarning manfaatlari mavjudligini koʻrsatadi.

Misol: Vazirlar Mahkamasining qarori bilan muayyan bir tadbirkorlik subyektlari guruhi qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan ozod qilinishi belgilanmoqda.

Muammo: Soliq kodeksiga asosan soliq imtiyozlari faqat ushbu Kodeks bilan berilishi mumkin (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan belgilangan soliq stavkasini kamaytirish holatlari bundan mustasno).

Yechim: Vazirlar Mahkamasining qaroridan tadbirkorlik subyektlarini qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan ozod qilinishini nazarda tutuvchi normalar chiqarib tashlanishi zarur.

Vazifani yoki topshiriqni bajarish uchun ijrochida zarur boʻlgan vakolatlar va resurslarning mavjud emasligi

Davlat organi oʻz vazifalarini toʻlaqonli bajara olishi uchun barcha zarur vakolatlar va resurslarga, shu jumladan ularni bajarish uchun yetarli muddatga ega boʻlishi muhim hisoblanadi.

Shu sababdan, yuklatilayotgan vazifalarni amalga oshirish uchun talab qilinadigan resurslar va mavjud imkoniyatlarning qiyosiy tahlili natijasi boʻyicha mazkur vazifalar yuklatilishining maqsadga muvofiq.

1-misol: normativ-huquqiy hujjat:

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat ulushi ishtirokidagi xoʻjalik jamiyatlarining faoliyati ustidan nazorat qilish sohasida quyidagi vakolatlarga ega:

yillik hisobotlarni koʻrib chiqish;

tashkilot yigʻilishlarida qatnashish;

muddatdan tashqari yigʻilishlarni oʻtkazish.

Muammo: mazkur Agentlikka samarali nazorat amalga oshirish uchun yetarli vakolatlar berilmagan.

Yechim: Agentlikka yuqoridagilardan tashqari quyidagi vakolatlarni berish:

davlat ulushi ishtirokidagi xoʻjalik jamiyatlari faoliyatiga oid har qanday maʼlumotni olish;

davlat ulushi ishtirokidagi xoʻjalik jamiyatlarida maxsus audit oʻtkazish;

davlat ulushi ishtirokidagi xoʻjalik jamiyatlarining rahbarlarini tayinlash yoki vazifasidan ozod etish masalalari yuzasidan umumiy yigʻilish kun tartibiga takliflar kiritish.

2-misol: normativ-huquqiy hujjat:

Bojxona qoʻmitasi uch oylik muddatda BMTning Savdo tartib-taomillarini soddalashtirish va elektron ish amaliyotlari boʻyicha markazi tomonidan ishlab chiqilgan “yagona darcha” mexanizmini yaratish boʻyicha tavsiyalar va yoʻl-yoʻriq tamoyillari mezonlariga javob beradigan “Yagona darcha” bojxona axborot tizimini ishlab chiqsin.

Muammo: mazkur axborot tizimini ishlab chiqish uchun uch oylik muddat yetarli emas. Xususan, axborot dasturni ishlab chiqish uchun:

axborot tizimining pasporti va konsepsiyasi ishlab chiqiladi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishiladi (1-2 oy);

axborot tizimining texnik topshirigʻi ishlab chiqiladi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishiladi (2-3 oy);

barcha hujjatlar boʻyicha ijobiy xulosalar olingandan soʻng davlat xaridlari sohasidagi qonunchilikka muvofiq konkurs (tender) oʻtkaziladi va gʻolib bilan shartnoma tuziladi (1 oy).

Shunga koʻra, axborot tizimini ishlab chiqish ishlari kamida 4 oydan keyin boshlanadi.

Yechim: “Yagona darcha” bojxona axborot tizimini ishlab chiqish uchun muddatni yuqoridagi jarayonlarni amalga oshirish uchun talab etiladigan muddatlarni inobatga olgan holda belgilash.

Oʻz vaqtida tartibga solinmaslik

Normativ-huquqiy hujjat bilan maʼlum bir sohani tartibga solish, shu jumladan tegishli normalarni amalga oshirish tartibi (mexanizmlari) va shakllarini belgilash vazifasi maʼlum bir davlat organiga yuklatilishi (bevosita ushbu normativ-huquqiy hujjatda belgilanmasdan) natijasida:

ushbu norma uni amalga oshirish tartibi tasdiqlanmagunga qadar ijro qilinmasligiga;

tegishli munosabatlarni tartibga solishda davlat organi tomonidan tor idoraviy manfaatlarni koʻzlagan holda harakat qilinishiga olib kelishi mumkin.

Misol: normativ-huquqiy hujjat:

2021-yil 1-yanvardan markazlashtirilgan manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan kapital qurilish bilan bogʻliq tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridi faqat tanlov savdolari natijalari boʻyicha amalga oshiriladi.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi kapital qurilishda tanlov savdolarini oʻtkazishning tartibi va shartlarini belgilaydi.

Muammo: Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan tartib va shartlar ishlab chiqilgunga qadar mazkur normaning ijrosi taʼminlanmaydi.

Shuningdek, normativ-huquqiy hujjatda tanlov savdolarini oʻtkazish tartibi va shartlari yuzasidan koʻrsatmalar nazarda tutilmagan boʻlib, bu vakolat ijro etuvchi organga berilgan. Natijada tanlov savdolarini oʻtkazishda korrupsiya holatlari vujudga kelishi mumkin.

Yechim: normativ-huquqiy hujjat: kapital qurilishda tanlov savdolarini oʻtkazish tartibi va shartlari quyidagilardan iborat:

...

Manfaatlar toʻqnashuvi

Normativ-huquqiy hujjatda shaxsning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning oʻz lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir koʻrsatayotgan yoxud taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar toʻqnashuvi) yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan (ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi) vaziyatlarni oldini olish choralari koʻrilishi lozim.

Misol: tovar qiymati bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan yigirma besh ming baravarigacha boʻlgan miqdorni tashkil etgan taqdirda davlat xaridi eng yaxshi taklifni tanlash orqali amalga oshiriladi.

Bunda, shartnomani bajarish boʻyicha eng yaxshi shartlarni taklif qilgan ishtirokchi gʻolib deb topiladi.

Muammo: manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelishi mumkinligi inobatga olinmagan.

Yechim: tovar qiymati bir shartnoma boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan yigirma besh ming baravarigacha boʻlgan miqdorni tashkil etgan taqdirda davlat xaridi eng yaxshi taklifni tanlash orqali amalga oshiriladi.

Shartnomani bajarish boʻyicha eng yaxshi shartlarni taklif qilgan ishtirokchi gʻolib deb topiladi.

Bunda, manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan shaxslar tanlashda qatnashishiga yoʻl qoʻyilmaydi yoki xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʻtkazish uchun javobgar boʻlgan shaxs bajariladigan vazifalardan chetlashtirilishi lozim.

Afzalliklarning asossiz ravishda belgilanishi

Normativ-huquqiy hujjatda huquqiy munosabatlarning bir guruh subyektlariga nisbatan boshqalarni teng boʻlmagan, kamsituvchi ahvolga soluvchi afzalliklarning belgilanishiga yoʻl qoʻyilmasligi zarur.

Misol: ayrim davlat unitar korxonalari va nodavlat tashkilotlarga litsenziya olmasdan faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan.

Muammo: mazkur toifadagi tashkilotlar tomonidan tegishli litsenziyani olmasdan faoliyatni amalga oshirishi bir qator salbiy holatlarga olib kelmoqda, xususan:

raqobatda boshqa tadbirkorlarga nisbatan ustunlik;

litsenziya talab va shartlarini chetlab oʻtish imkoniyati.

Yechim: davlat unitar korxonalari va nodavlat tashkilotlarning tegishli litsenziyani olmasdan faoliyatini amalga oshirish huquqini bekor qilish.

Normativ-huquqiy hujjatning kuchga kirishini asossiz ravishda kechiktirish

Normativ-huquqiy hujjatning kuchga kirishini asossiz ravishda kechiktirish mazkur hujjatning qabul qilinishi maqsadlariga erishishni imkonini bermaydi.

Bunday holatda davlat organlari tor idoraviy manfaatlarini koʻzlagan holda hujjatni amalga kiritilishi keyinga qoldirishi mumkin.

Misol: tegishli normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan boʻlib, u 2020-yil 1-yanvardan kuchga kirishi belgilangan.

Mazkur normativ-huquqiy hujjatga ikki marta oʻzgartirishlar kiritilib, ushbu hujjat 2021-yil 1-yanvar va keyinchalik 2022-yil 1-iyuldan kuchga kirishi belgilangan.

Muammo: mazkur hujjatning kuchga kirishi ikki marta, birinchisi 2021-yil 1-yanvarga qadar, ikkinchisi 2022-yil 1-iyulga qadar qoldirilgan.

Yechim: davlat organi tomonidan normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqish jarayonida hujjatning kuchga kirish sanasini aniq tahlillar asosida belgilash va hujjatning kuchga kirish sanasini keyinga qoldirmaslik choralarini koʻrish.

Huquq va majburiyatlarning nomutanosibligi

Davlat organlarida huquqlar mavjud boʻlganda majburiyatlarning mavjud emasligi ularning mansab vakolatlaridan chetga chiqishiga sharoit yaratadi.

Misol: normativ-huquqiy hujjat bilan davlat organlariga tadbirkorlik subyektlarini joyiga chiqqan holda tekshirish va uni amalga oshirish bilan bogʻliq huquqlar berilgan. Biroq, davlat organining tadbirkorlik subyektlari oldidagi ularning faoliyatini tekshirish bilan bogʻliq majburiyatlari nazarda tutilmagan.

Muammo: davlat organining tadbirkorlik subyektini tekshirish jarayonidagi majburiyatlari mavjud emasligi, uning tegishli huquqlaridan chegarasiz foydalanishi orqali vakolat doirasidan chetga chiqishiga sharoit yaratib beradi.

Yechim: normativ-huquqiy hujjat: davlat organi tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish jarayonida quyidagi huquq va majburiyatlarga ega:

...

Maʼmuriy tartib-taomillar bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar

Maʼmuriy tartib-taomillarning mavjud emasligi yoki toʻliq emasligi

Davlat organlari tomonidan tegishli harakatlarni bajarish tartibining mavjud emasligi natijasida ziddiyatli huquqni qoʻllash amaliyoti shakllanadi, davlat organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ortiqcha byurokratik toʻsiqlarning yaratilishi orqali korrupsiyaviy holatlar yuzaga keladi.

Maʼmuriy tartib-taomillarning mavjud emasligi yoki toʻliq emasligi asosan quyidagilarda koʻrinadi:

davlat organining harakatlari va vakolatlarini amalga oshirish tartibga solinmaganligi;

vakolatlarni bajarish protsessual tartibining belgilanmaganligi;

davlat organlari tomonidan maʼmuriy tartib-taomillarni bajarish uchun asoslarning mavjud emasligi yoki noaniqligi;

qabul qilinayotgan qarorni asoslab berish majburiyatining mavjud emasligi;

huquqiy boʻshliqlar mavjudligi;

jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan huquqlarni amalga oshirishning aniq tartibga solinmaganligi;

amalga oshirilishining aniq mexanizmiga ega boʻlmagan normalarning mavjudligi.

Misol: normativ-huquqiy hujjat:

ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqariladigan yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning bir qismi oʻrnatilgan kvotalar boʻyicha faqat birja savdolari orqali eksport qilinadi.

Muammo: mahsulotlarning turlariga aniqlik kiritilmagan, shuningdek mahsulotlarning “bir qismi”ni shakllantirishning mexanizmi belgilanmagan.

Yechim: normativ-huquqiy hujjat: ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqariladigan ushbu normativ-huquqiy hujjatga ilovasida keltirilgan yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning 30% faqat birja savdolari orqali eksport qilinadi.

Belgilangan qoidalardagi istisnolarning asossiz ravishda qoʻllanilishi

Tegishli sohada faoliyat yuritish uchun barcha ishtirokchilarga yagona tartib va qoidalar oʻrnatilgan boʻlishi lozim.

Shuningdek, ochiqlik (shaffoflik)ni hamda hammaga teng imkoniyat yaratish va raqobat muhitini taʼminlash maqsadida tegishli huquqni olishning tanlov (auksion) tartibidan foydalaniladi.

Huquqni olishning aniq tartibi, shu jumladan tanlov (auksion) oʻtkazish tartibi belgilangan taqdirda ham, muayyan shaxslar oʻz manfaatlari asosida ushbu huquqni toʻgʻridan toʻgʻri olishga harakat qilishlari mumkin.

Shu sababdan, belgilangan qoidalardan chiquvchi istisnolarni asossiz belgilanishi maqsadga muvofiq emas hisoblanadi.

Misol: bir normativ-huquqiy hujjatda markazlashtirilgan manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan kapital qurilish bilan bogʻliq tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridi faqat tender natijalari boʻyicha amalga oshirilishi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno ekanligi nazarda tutilgan.

Boshqa normativ-huquqiy hujjat bilan maʼlum bir davlat organiga tender oʻtkazmasdan kapital qurilish bilan bogʻliq tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridini amalga oshirish ruxsat berilgan.

Muammo: mazkur holat sohada ochiqlik va raqobat muhitini taʼminlash imkonini bermaydi, shuningdek davlat xaridlarida korrupsiyaviy holatlari hamda “kartel” kelishuvlarning vujudga kelishiga olib keladi.

Yechim: normativ-huquqiy hujjat:

markazlashtirilgan manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan kapital qurilish bilan bogʻliq tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridi faqat tender natijalari boʻyicha amalga oshiriladi.

Tender oʻtkazmasdan kapital qurilish bilan bogʻliq tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridini amalga oshirish taqiqlansin.

Ortiqcha va asossiz talablar belgilanishi

Normativ-huquqiy hujjatda jismoniy va yuridik shaxslarga noaniq, bajarilishi qiyin boʻlgan va (yoki) ogʻirlashtirilgan talablarni oʻz ichiga olgan normalarning belgilanishi oqibatida jismoniy va yuridik shaxslar ushbu talablarni javobgarliksiz bajarmaslik choralarini izlashi mumkin.

Shu sababdan, jismoniy va yuridik shaxslarning erkinligini cheklashga olib kelishi mumkin boʻlgan, ularning xatti-harakatlari va faoliyatini sababsiz va asossiz tartibga solinishida ifodalaniladigan munosabatlarning haddan tashqari ortiqcha huquqiy tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi maqsadga muvofiq emas.

Misol: normativ-huquqiy hujjat:

avtomototransport vositalari haydovchilarini malakasini oshirish faoliyatini shugʻullanish uchun litsenziya shartlari quyidagilardan iborat:

...

butun oʻquv jarayonini qamrab oladigan davlat talablariga muvofiq uch oʻlchamli animatsiya effektlari va videokontentga ega avtomototransport vositalari haydovchilarining malakasini oshirish uchun alohida ishlab chiqilgan elektron oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar bilan akkreditatsiya muddatiga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan taʼminlanganligi haqidagi hujjat;

avtomototransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar (haydovchilar)ning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq malaka oshirish kurslarida bilimlar oʻzlashtirilishini aniqlash uchun animatsiya effektlariga ega yagona test dasturining akkreditatsiya muddatiga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan taʼminlanganligi haqidagi hujjat.

Muammo: amaliyotda aksariyat litsenziya talabgorlarida ushbu hujjatlarni taqdim etish imkoniyati mavjud emas.

Shunga koʻra, avtomototransport vositalari haydovchilarini malakasini oshirish faoliyatini litsenziyalash jarayoni juda murakkab, litsenziya talab va shartlari yuqori hamda mazkur faoliyat bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan tadbirkorlik subyektlarini qisqartirishga, sohada yagona xizmat koʻrsatuvchi monopol tashkilot statusini saqlab qolishga qaratilgan.

Yechim: normativ-huquqiy hujjatda oʻrnatilgan litsenziya talab va shartlardagi bajarilishi qiyin boʻlgan va ogʻirlashtirilgan talablarni, shuningdek raqobatni cheklovchi qoidalarni chiqarib tashlash zarur.

Vaqt chegaralarining noaniqligi

Muddatlarning mavjud emasligi yoki noaniqligi, asosli sabablarsiz belgilangan muddatni choʻzish yoki qisqartirish imkoniyatini nazarda tutish korrupsiya holatlarini keltirib chiqarishi mumkin.

Vaqt chegaralari aniq belgilanmasligi oqibatida davlat xizmatchilari maʼlum bir harakatni amalga oshirishni oʻz manfaatlari yoʻlida kechiktirish yoki tezlashtirish xavfi yuzaga keladi.

Misol: normativ-huquqiy hujjat:

davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorda ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun ijro ishi yuritish qoʻzgʻatilgan kundan eʼtiboran koʻpi bilan oʻn besh kun muddat belgilaydi.

Muammo: ushbu holatda davlat ijrochisi ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun muddatni oʻz manfaatlaridan kelib chiqib belgilashi mumkin.

Yechim: normativ-huquqiy hujjatda ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish muddatini aniq belgilash zarur.

Toʻlovlar miqdorlarining noaniqligi

Korrupsiyani oldini olish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan toʻlanadigan davlat bojlari, yigʻimlar va boshqa majburiy toʻlovlar miqdorlari aniq belgilanishi zarur.

Mazkur toʻlovlar miqdorlari qatʼiy belgilanmaganligi natijasida davlat organlari oʻz manfaatlarini koʻzlagan holda toʻlovlar miqdorini kamaytirishi yoki koʻpaytirishi mumkin.

Misol: vakolatli organ guvohnomani koʻpi bilan 15 kunda bazaviy hisoblash miqdorining (bundan buyon matnda BHM deb yuritiladi) 1 baravaridan 5 baravarigacha boʻlgan miqdordagi davlat boji toʻlangandan soʻng taqdim etadi.

Muammo: davlat boji miqdori aniq koʻrsatib oʻtilmaganligi natijasida mansabdor shaxs ushbu miqdorni oʻz ixtiyoriga koʻra belgilaydi, bu esa korrupsiya holatlarini vujudga keltirishi mumkin.

Yechim: vakolatli organ guvohnomani quyidagi muddatlarda va toʻlovlarda taqdim etadi:

15 kun ichida — BHMning 1 baravari;

5 kun ichida — BHMning 3 baravari;

24 soat ichida — BHMning 5 baravari miqdoridagi davlat boji toʻlanganda.

Sanksiyalarning nomutanosibligi

Noaniq va keng talqin qilinishi mumkin boʻlgan sanksiyalar davlat organlariga jismoniy va yuridik shaxslardan oʻz manfaatlarini koʻzlagan holda (pora evaziga) sanksiya darajasini belgilash imkoniyatini beradi.

Shuningdek, sanksiyalarning darajasi tegishli huquqbuzarlikning ijtimoiy ahamiyati va oqibatlari bilan mutanosib boʻlishi lozim.

Misol: haydovchilarning shovqin darajasi belgilangan normalardan ortiq boʻlgan transport vositalarini boshqarishi, — bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 25 baravarigacha jarima solishga sabab boʻladi.

Muammo: birinchidan, jarima miqdori huquqbuzarlikning ijtimoiy ahamiyati va oqibatlariga nisbatan juda yuqori, ikkinchidan, sanksiyaning minimal va maksimal miqdorlari oʻrtasidagi farq ularni tayinlash mezonlari mavjud boʻlmay turib sezilarli darajada yuqori qilib belgilangan.

Mazkur holat mansabdor shaxsga asossiz ravishda oʻz ixtiyoriga koʻra sanksiya miqdorini belgilash huquqini beradi.

Yechim: jarima miqdorini huquqbuzarlikning ijtimoiy xavflilik darajasidan kelib chiqqan holda belgilash.

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hamda budjetdan tashqari mablagʻlar sarflanishining aniq va shaffof tartib-taomillari mavjud emasligi

Aniq va shaffof tartib-taomillarning mavjud emasligi davlat organlari va idoralari rahbarlariga hamda masʼul shaxslariga davlat budjeti va budjetdan tashqari mablagʻlarni oz manfaatlari yoki uchinchi shaxslarning manfaatlaridan kelib chiqib sarflashga imkon yaratib, ushbu mablagʻlardan samarasiz foydalanilishiga yoki ularning maqsadsiz sarflanishiga olib kelishi mumkin.

Misol: normativ-huquqiy hujjat:

Hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari:

Yoshlar ishlari agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan kalendar rejada belgilangan mahalla, sektor, tuman (shahar) va hudud darajasidagi loyihalar, yoshlar festivallari, forumlar, tanlovlar va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni moliyalashtirishga;

mahallalardagi yoshlar yetakchilari uchun ajratilgan xizmat xonalarini moddiy-texnik jihozlar (mebel, planshet, kompyuter toʻplami, aloqa, internet va boshqalar) bilan taʼminlashga;

qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan boshqa xarajatlarni qoplashga yoʻnaltiriladi.

Muammo: hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarining qaysi maqsadlarda sarflanishi mumkinligining aniq belgilanmasdan, boshqa xarajatlar shaklidagi umumiy tushunchalardan foydalanilgan.

Ushbu holat hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlaridan samarasiz foydalanilishiga olib kelishi mumkin.

Yechim: hududiy “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlarining qaysi maqsadlar uchun sarflanishi mumkinligini aniq belgilash.

Soliqlar va yigʻimlarni hisoblash hamda undirish tartib-taomillarining murakkabligi yoki noaniqligi

Soliqlar va yigʻimlarni hisoblash va undirish tartibining murakkabligi huquqni qoʻllash amaliyotida soliqlar va yigʻimlarni hisoblashda turli yondashuvlarni yuzaga keltirishi hamda soliq toʻlovchilardan ortiqcha miqdorda soliq undirilishiga yoki soliq toʻlash jarayonida byurokratik toʻsiqlar vujudga kelishiga sabab boʻlishi mumkin.

Misol: soliq solish obyekti yoʻq qilingan, vayron boʻlgan yoki buzib tashlangan taqdirda soliqni undirish tugatiladi.

Soliqni undirishni tugatilishi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan berilgan yoʻq qilinganlik, vayron boʻlganlik yoki buzib tashlanganlik faktini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, amalga oshiriladi.

Muammo: soliq solish obyekti yoʻq qilingan, vayron boʻlgan yoki buzib tashlangan taqdirda soliqni undirish qaysi muddatdan boshlab tugatilishi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan yoʻq qilinganlik, vayron boʻlganlik yoki buzib tashlanganlik faktini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilish tartibi aniq belgilanmagan.

Yechim: soliq solish obyekti yoʻq qilingan, vayron boʻlgan yoki buzib tashlangan taqdirda, soliqni undirish mol-mulk yoʻq qilingan, vayron boʻlgan yoki buzib tashlangan kundan eʼtiboran tugatilishini hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan yoʻq qilinganlik, vayron boʻlganlik yoki buzib tashlanganlik faktini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilish tartibini belgilash.

Davlat korxonalari hamda oʻz ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha aniq va shaffof tartib-taomillarning mavjud emasligi

Davlat xaridlarini tashkil etish va oʻtkazishda aniq va shaffof tartib-taomillarning mavjud emasligi davlat xaridlari sohasida eng yaxshi taklifni tanlab olishda manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelishiga, bunday xaridlar shaxsiy manfaatdorlik asosida amalga oshirilishiga, ushbu jarayonda korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etilishiga, davlat budjeti mablagʻlaridan samarasiz foydalanilishiga olib kelishi mumkin.

Misol: davlat korxonalari hamda oʻz ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlari ishtirokchilarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha davlat xaridlariga taalluqli boʻlgan takliflari quyidagi meʼzonlar orqali baholanadi hamda eng yaxshi taklif egasi aniqlanadi:

narx;

yetkazib berish bazisi;

yetkazib berish muddatlari;

tavsifnomalar va sifat koʻrsatkichlari;

ekspluatatsiya qilish (foydalanish) muddati;

toʻlov va kafolatlar shartlari;

muayyan davrdagi ekspluatatsiya qilishga, shu jumladan foydalanish va taʼmirlashga doir xarajatlar.

Muammo: davlat xaridlari ishtirokchilarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha davlat xaridlariga taalluqli boʻlgan takliflarini baholash hamda eng yaxshi taklifni tanlab olishda har bir mezonning oʻrni aniq belgilanmagan.

Yechim: davlat xaridlari ishtirokchilarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha davlat xaridlariga taalluqli boʻlgan takliflarini baholash mezonlarining har biriga ball berish va eng yuqori ball toʻplagan ishtirokchini eng yaxshi taklif egasi deb topish tizimini joriy etish.

Huquq va imtiyozlar beruvchi hamda maʼmuriy tartib-taomillarni belgilaydigan tanlov (auksion) tartib-taomillaridan boʻyin tovlash imkoniyatini beruvchi normalarning mavjudligi

Tanlov (auksion) tartib-taomillaridan boʻyin tovlash imkoniyatini beruvchi normalarning mavjudligi muayyan huquq va imtiyozlarni munosib jismoniy yoki yuridik shaxsga taqdim etish imkoniyatini kamaytiradi, ushbu jarayonda manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelishiga sabab boʻladi hamda korrupsiyaviy harakatlar sodir etilishiga imkoniyat yaratadi.

Misol: bitimlar davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq tuziladi.

Alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan bitimlar ochiq kim oshdi savdolarini oʻtkazmay turib, strategik salohiyatli investor bilan toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish asosida tuzilishi mumkin.

Muammo: alohida holatlar doirasi aniqlashtirilmaganligi, investorlarni strategik salohiyatli deb topish mezonlarining mavjud emasligi tufayli ushbu tartibni qoʻllash masalasi mansabdor shaxslar tomonidan shaxsiy manfaatdorlik asosida har bir holatda alohida koʻrib chiqilishiga imkon yaratadi.

Yechim: alohida holatlar doirasi aniqlashtirish, investorlarni strategik salohiyatli deb topish mezonlarini belgilash yoki ushbu normani chiqarib tashlash.

Tadbirlarni amalga oshirish usullarining murakkabligi va ularni moliyalashtirish manbalarining noaniqligi

Normativ-huquqiy hujjatda davlat organiga moliyalashtirish manbasi noaniq boʻlgan chora-tadbirni amalga oshirishning yuklatilishi natijasida ushbu chora-tadbir ijrosi taʼminlanmasdan qolishi yoki fuqarolar yoxud tadbirkorlik subyektlarini maʼlum manfaat yoʻlida noqonuniy homiylikka jalb etishga olib kelishi mumkin.

Misol: normativ-huquqiy hujjatda 2023-yil 1-noyabrdan 2024-yil 31-dekabrga qadar joylashtirish boʻyicha xizmatlar (mehmonxona xizmatlari) narxining 10 foizi miqdorida joylashtirish vositalarini subsidiyalash boʻyicha qoʻshimcha koʻmak koʻrsatilishi belgilangan.

Muammo: subsidiyalash manbasi, tartibi va uni amalga oshirishga masʼul boʻlgan tashkilot koʻrsatilmagan.

Yechim: Turizm qoʻmitasi Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan quyidagi tartibda 2023-yil 1-noyabrdan 2024-yil 31-dekabrga qadar joylashtirish boʻyicha xizmatlar (mehmonxona xizmatlari) narxining 10 foizi miqdorida joylashtirish vositalarini subsidiyalash boʻyicha qoʻshimcha koʻmak koʻrsatilishini taʼminlasin:

...

Nazorat-tekshirish faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar

Tekshirish va taftish oʻtkazish tartibining mavjud emasligi

Tekshirish va taftish oʻtkazish tartibining mavjud emasligi natijasida huquqni qoʻllash amaliyotida ziddiyatlar vujudga kelishi, huquqni qoʻllovchi tomonidan tekshirish va oʻrganishlar turli shakllarda oʻtkazilishi, davlat organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ortiqcha byurokratik toʻsiqlar yaratilishi orqali korrupsiyaviy holatlar yuzaga kelishi mumkin.

Misol: vakolatli organ tekshirish davomida aniqlangan xato va kamchiliklar bartaraf etilishi ustidan nazorat tartibida tekshirish oʻtkazishi mumkin.

Nazorat tartibida tekshirish vakolatli organ farmoyishi asosida oʻtkaziladi.

Muammo: vakolatli organ tomonidan nazorat tartibida oʻtkaziladigan tekshiruv tartibi mavjud emas. Xususan, nazorat tartibida oʻtkaziladigan tekshiruv qancha muddat davomida amalga oshirilishi, amalga oshirish shakli (masofaviy, joyiga chiqqan holda) belgilanmagan.

Yechim: vakolatli organ tomonidan nazorat tartibida tekshiruv oʻtkazish tartibini belgilash.

Shikoyat qilish tartibining mavjud emasligi

Davlat organlarning javobgarligi toʻgʻrisidagi normalarning, shuningdek ularning harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat qilish tartibining mavjud emasligi mansabdor shaxslarga oʻz vakolatlarini suiisteʼmol qilishiga sharoit yaratadi.

Misol: normativ-huquqiy hujjatda ichki auditor sertifikatini olish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish tartibi belgilangan.

Muammo: ichki auditor sertifikatini olishga yoki uning amal qilish muddatini uzaytirishga daʼvogar jismoniy shaxs (bundan buyon matnda talabgor deb yuritiladi) ichki auditor sertifikatini olish uchun oʻtkaziladigan malaka imtihoni natijalaridan hamda sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish va qayta rasmiylashtirish vakolatli organ tomonidan rad etilganligidan norozi boʻlganda shikoyat qilish tartibi belgilanmagan.

Yechim: talabgor ichki auditor sertifikatini olish uchun oʻtkaziladigan malaka imtihoni natijalaridan hamda sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish va qayta rasmiylashtirish vakolatli organ tomonidan rad etilganligidan norozi boʻlganda shikoyat qilish tartibini belgilash.

Shaffoflik va jamoatchilik nazoratini taʼminlashdagi boʻshliqlar

Jamoatchilik nazorati shaffoflik va qonuniylikni taʼminlashning samarali usullaridan biri hisoblanadi.

Shunga koʻra, davlat organlarining faoliyati toʻgʻrisidagi hamda ular tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning soʻrovlari yuzasidan maʼlumotlarni taqdim qilish tartibi toʻgʻrisidagi axborotni (bundan qonun bilan qoʻriqlanadigan sirni tashkil etuvchi axborotlar mustasno) oshkor etishni nazarda tutuvchi normalar belgilanishi kerak.

Misol: normativ-huquqiy hujjat:

tanlov savdolarining gʻolibini aniqlash hududiy tanlov komissiyasining yopiq majlisida oʻtkaziladi.

Ofertalarni koʻrib chiqish, baholash va taqqoslash natijalari toʻgʻrisidagi axborot oshkor qilinmaydi, qonunchilik nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Muammo: bu normalar shaffoflik va jamoatchilik nazoratini taʼminlashga toʻsqinlik qiladi hamda tanlov savdolarining gʻoliblarini aniqlashda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning vujudga kelishiga sharoit yaratadi.

Yechim: tanlov savdolarining gʻolibini komissiyaning ochiq majlisida aniqlash, ofertalarni koʻrib chiqish, baholash va taqqoslash natijalari toʻgʻrisidagi axborotlarni majburiy ravishda oshkor qilish tartibini belgilash.

Moliyaviy va boshqa sanksiyalarni qoʻllash hamda undirish bilan bogʻliq boʻlgan masalalarda aniq va shaffof tartib-taomillarning mavjud emasligi

Davlat organlari tomonidan moliyaviy va boshqa sanksiyalarni qoʻllash hamda undirish boʻyicha aniq belgilangan hamda shaffof tartibning mavjud emasligi natijasida huquqni qoʻllash amaliyotida ziddiyatlar hamda huquqni qoʻllovchilar tomonidan mavjud huquq normalari turli shaklda qoʻllanilishi natijasida korrupsiyaviy holatlar yuzaga kelishi mumkin.

Misol: soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik — bazaviy hisoblash miqdorining (bundan buyon matnda BHM deb yuritiladi) 2 baravaridan 8 baravarigacha boʻlgan miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Muammo: soliq hisobotini taqdim etmaganlik uchun jarimaning eng kam va eng yuqori miqdorlari belgilangan, biroq, jarima qoʻllashning mezonlari aniq belgilanmagan.

Mazkur holat huquqni qoʻllash amaliyotida mansabdor shaxsga oʻz ixtiyoriga koʻra jarima miqdorini belgilash huquqini beradi. Natijada jarima miqdorini belgilashda korrupsiyaviy holatlar yuzaga kelishi mumkin.

1-yechim: jarima miqdorini qatʼiy belgilash (misol uchun, BHMning 2 baravari miqdorida jarima solinishini belgilash);

2-yechim: jarima tayinlash mezonlarini aniq belgilash. Xususan, quyidagi tartibni joriy etish:

soliq hisoboti belgilangan muddatlardan 2 ish kunigacha kechikib taqdim etilganda — BHMning 2 baravari;

2 ish kunidan 4 ish kunigacha kechikib taqdim etilganda — BHMning 4 baravari;

4 ish kunidan 6 ish kunigacha kechikib taqdim etilganda — BHMning 6 baravari;

6 ish kunidan kechikib taqdim etilganda — BHMning 8 baravari miqdorida jarima belgilash.

Davlat organlarining faoliyati ustidan nazorat qilish shakllari va turlarining mavjud emasligi

Normativ-huquqiy hujjatda davlat organlari tomonidan muayyan harakatlarni amalga oshirish tartibi belgilangan boʻlib, davlat organlarining faoliyatini nazorat qilish tartibi koʻrsatilmagan boʻlsa, davlat organi ushbu faoliyatni hujjatda belgilangan tartibga rioya qilmasdan oʻz manfaatlari nuqtai nazardan amalga oshirishi mumkin.

Misol: normativ-huquqiy hujjatda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali doimiy foydalanishga berilishi belgilangan.

Muammo: davlat organlari tomonidan yer uchastkalarini berish tartib-taomillariga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish tartibi belgilanmagan.

Yechim: normativ-huquqiy hujjat:

davlat xizmatlari markazlari, prokuratura organlari va adliya organlari davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali berish tartibiga soʻzsiz rioya etilishi boʻyicha tizimli nazorat va monitoringni amalga oshiradi.

Tizimli nazorat va monitoring yer uchastkasi materiallarini tayyorlash jarayoniga aralashmasdan, “YERELEKTRON” AAT orqali amalga oshiriladi.

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 17-mh-son buyrugʻiga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-fevraldagi 2-mh-son “Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3287, 2021-yil 24-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 10/21/3287/0153-son).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 27-yanvardagi 1-mh-son “Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3287-1, 2022-yil 27-yanvar) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 10/22/3287-1/0075-son).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 14-oktabrdagi 23-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3392, 2022-yil 17-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2022-y., 10/22/3392/0951-son) bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchaning 16-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2023-y., 10/23/3470/0816-son; 26.08.2024-y., 10/24/3470-1/0721-son; 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)