Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(yangi tahriri)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
UMUMIY QISM
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Asosiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan tartibga solinadigan munosabatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks soliqlar va yigʻimlarni belgilash, joriy etish va bekor qilishga, hisoblab chiqarish hamda toʻlashga doir munosabatlarni, shuningdek soliq majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeksdan va qabul qilinishi ushbu Kodeksda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlardan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni yoki ularning qismlarini ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq emas deb topish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjat yoki uning bir qismi, agar mazkur hujjatga nisbatan quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda bittasi bajarilsa, ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq emas deb topiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu Kodeksga muvofiq bunday hujjatlarni qabul qilish huquqiga ega boʻlmagan organ tomonidan qabul qilingan boʻlsa yoxud normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning belgilangan tartibi buzilgan holda qabul qilingan boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonuni, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunining 12 — 21, 25-26-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 9-oktabrdagi 23-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3686, 09.10.2025-y.).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soliq munosabatlari subyektlarining ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlarini bekor qilsa yoki cheklasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksga muvofiq boʻlmagan normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ yoki uning yuqori turuvchi organlari bu hujjatni bekor qilishga yoki unga zarur oʻzgartishlar kiritishga haqli. Bu organlar ushbu Kodeksga muvofiq boʻlmagan normativ-huquqiy hujjatni bekor qilishni yoki unga zarur oʻzgartishlar kiritishni rad etgan taqdirda, u sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi ular qabul qilingan sanadan eʼtiboran ushbu Kodeksga muvofiq emas deb topiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Fuqarolik kodeksining 12-moddasi, Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksining 178 — 183-moddalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining vaqt boʻyicha amal qilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solish, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq majburiyatlari yuzaga kelgan paytda amalda boʻlgan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni bekor qiladigan yoki yengillashtiradigan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqlar va yigʻimlarni bekor qilishni, soliqlar va yigʻimlar stavkalarini kamaytirishni, soliq toʻlovchilarning majburiyatlarini bekor qilishni yoki ularning ahvolini boshqacha tarzda yengillashtirishni nazarda tutuvchi soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, agar bu soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan boʻlsa, orqaga qaytish kuchiga ega boʻlishi mumkin, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi soliqlar va yigʻimlar belgilanishini nazarda tutuvchi soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kamida uch oy oʻtgach amalga kiritiladi. Soliq imtiyozlarini bekor qilishni, yangi majburiyatlarni joriy etishni, soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishni yoki soliq munosabatlari subyektlarining holatini boshqacha tarzda ogʻirlashtirishni nazarda tutuvchi soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ham xuddi shunday tartibda amalga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqlar va yigʻimlar stavkalarining oʻzgartirilishini nazarda tutuvchi soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, agar ularda kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, ular rasman eʼlon qilingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan eʼtiboran amalga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlarida koʻrsatilmagan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, agar hujjatlarning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar, roʻy berishi kerak boʻlgan voqea yoki sodir qilinishi kerak boʻlgan harakatni koʻrsatgan holda kalendar sana bilan yoki vaqtning yillar, choraklar, oylar yoki kunlar bilan hisoblanadigan oʻtish davri bilan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kalendar sanadan yoki roʻy berishi kerak boʻlgan voqeadan keyingi kun soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatni hisoblash boshlanadigan kun deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yillar bilan hisoblanadigan muddat muddatning oxirgi yilining tegishli oyi va kunida tugaydi. Bunda ketma-ket keladigan oʻn ikki oydan iborat har qanday vaqt davri yil deb eʼtirof etiladi, bundan kalendar yil mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Choraklar bilan hisoblanadigan muddat muddatning oxirgi oyining tegishli kunida tugaydi. Bunda chorak uch kalendar oyga teng deb hisoblanadi, choraklar hisobi esa kalendar yil boshidan yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oylar bilan hisoblanadigan muddat muddatning oxirgi oyining tegishli sanasida tugaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar muddatning tamom boʻlishi tegishli sana mavjud boʻlmagan oyga toʻgʻri kelsa, muddat mazkur oyning oxirgi kunida tugaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kunlar bilan hisoblanadigan muddat, agar bu muddat kalendar kunlar bilan belgilanmagan boʻlsa, ish kunlari bilan hisoblanadi. Bunda qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan bayram kuni deb eʼtirof etilmaydigan kun ish kuni deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar muddatning oxirgi kuni qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni boʻlmagan kun deb eʼtirof etiladigan kunga toʻgʻri kelsa, dam olish kunidan va (yoki) ish kuni boʻlmagan kundan keyingi ish kuni muddatning tamom boʻlish kuni deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amalga oshirilishi uchun muddat belgilangan harakat muddatning oxirgi kuni soat 24 ga qadar bajarilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar hujjatlar yoxud pul mablagʻlari aloqa tashkilotiga muddatning oxirgi kuni soat 24 ga qadar topshirilgan boʻlsa, muddat oʻtkazib yuborilmagan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining soliq solishga oid xalqaro shartnomalarining qoʻllanilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining soliq solish masalalariga oid xalqaro shartnomalarini va xalqaro soliq huquqining umumiy normalarini qoʻllash ushbu moddada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi tomonlardan biri boʻlgan, ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish va soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlashni bartaraf etish masalalarini tartibga soladigan xalqaro shartnoma qoidalari shunday shartnomani tuzgan bir yoki ikkala davlatning soliq rezidentlariga nisbatan qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning ikkinchi qismi qoidalari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi tuzilgan davlatning soliq rezidentiga nisbatan, agar soliq rezidenti ushbu xalqaro shartnoma qoidalaridan mazkur xalqaro shartnoma tuzilgan davlatning soliq rezidenti boʻlmagan boshqa shaxs manfaatlarini koʻzlab foydalansa, tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning beshinchi — oʻn ikkinchi qismlari qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasiga muvofiq toʻlov manbaidan daromad olish uchun haqiqiy huquqqa ega boʻlgan shaxsni aniqlash uchun qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs tomonidan toʻlanadigan daromadlardan mustaqil ravishda foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqiga ega boʻlgan shaxs yoxud uning manfaatlarini koʻzlab bunday daromadlarni tasarruf etishga vakolatli boʻlgan oʻzga shaxs ushbu daromadlarga nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlgan shaxs deb topiladi. Bunda bu huquq ushbu yuridik shaxsda bevosita va (yoki) bilvosita ishtirok etish yoki uning ustidan nazorat boʻlganligi yoxud boshqa holatlar tufayli yuzaga kelganligi ahamiyatga ega emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs tashkil etmagan tuzilmaning daromadlariga nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlgan shaxs xuddi shunday tartibda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daromadlarga nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlgan shaxsni aniqlashda ushbu moddaning beshinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan bajariladigan vazifalar, shuningdek ular qabul qiladigan tavakkalchiliklar inobatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan daromadlarni tasarruf etishga nisbatan chet ellik shaxs cheklangan vakolatlarga ega boʻlsa, hech qanday boshqa vazifalarni bajarmasa va hech qanday tavakkalchilikni oʻz zimmasiga olmasa, bunday daromadlarni bevosita yoki bilvosita boshqa shaxsga toʻlagan (toʻliq yoki qisman) holda, ushbu boshqa shaxsning manfaatlarini koʻzlab mazkur daromadlarga nisbatan vositachilik vazifalarini amalga oshirsa, bu chet ellik shaxs Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan daromadlarga nisbatan haqiqiy huquqqa ega deb eʼtirof etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlarni bunday daromadlarga nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlmagan chet ellik shaxsga toʻlash chogʻida, agar toʻlov manbaiga bunday daromadlarga (ularning bir qismiga) nisbatan haqiqiy huquqqa ega shaxs maʼlum boʻlsa, toʻlanayotgan daromadga soliq solish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) agar toʻlanayotgan daromadlarga (ularning bir qismiga) nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti boʻlsa, toʻlanayotgan daromadga (uning bir qismiga) soliq solishi, Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlariga nisbatan ushbu Kodeks qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda toʻlanayotgan daromadlarga (ularning bir qismiga) taalluqli soliq, agar toʻlov manbai oʻzi hisobga olingan joydagi soliq organini xabardor qilgan boʻlsa, toʻlov manbai tomonidan ushlab qolinmaydi. Bunday xabardor qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) agar toʻlanayotgan daromadlarga (ularning bir qismiga) nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlgan shaxs soliq solish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi bilan amaldagi xalqaro shartnoma mavjud boʻlgan davlatning (hududning) soliq rezidenti boʻlsa, toʻlanayotgan daromadlarga (ularning bir qismiga) soliq solishga nisbatan mazkur xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatilgan qoidalar, basharti daromadlar toʻlanadigan va bu daromadlarga nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlmagan shaxsning doimiy turgan joyi soliq solish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi bilan amaldagi xalqaro shartnomaga ega boʻlgan davlat (hudud) boʻlsa, qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar daromadlar toʻlanadigan va bu daromadlarga nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlmagan shaxsning doimiy turgan joyi soliq solish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi bilan amaldagi xalqaro shartnomaga ega boʻlmagan davlat (hudud) boʻlsa, soliq toʻlov manbaida mazkur Kodeks bilan belgilangan soliq stavkalari boʻyicha ushlab qolinadi. Agar bunday daromadlar ushbu daromadlarga nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlmagan va bu daromadlarga (ularning bir qismiga) nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlgan shaxs qaysi davlat (hudud) rezidenti ekanligi oʻziga maʼlum boʻlmagan shaxsga toʻlansa, toʻlov manbaidagi soliq ham soliq stavkalari boʻyicha ushlab qolinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro shartnomada Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan belgilangan vakolatli organ Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalariga muvofiq chet davlatning vakolatli organidan chet davlat soliq toʻlovchisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida bajarilmagan soliq majburiyatlarini bajarishiga koʻmaklashish toʻgʻrisida soʻrashga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-modda. Soliq solish prinsiplari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solish majburiylik, aniqlik va soliq organlarining soliq toʻlovchilar bilan hamkorligi, adolatlilik, soliq tizimining yagonaligi, oshkoralik va soliq toʻlovchining haqligi prezumpsiyasi prinsiplariga asoslanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hech kimga soliqlar va yigʻimlarning barcha alomatlariga ega boʻlgan, biroq ushbu Kodeksda nazarda tutilmagan yoxud uning normalari buzilgan holda belgilangan soliqlar va yigʻimlarni toʻlash majburiyati yuklatilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-modda. Soliq solishning aniqligi va soliq organlarining soliq toʻlovchilar bilan hamkorligi prinsipi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqlarni va yigʻimlarni belgilovchi soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchilarni hamda ushbu soliqlarning va yigʻimlarning boshqa barcha elementlarini, shu jumladan ularni toʻlash muddatlari va tartibini aniqlab berishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlari soliq munosabatlari doirasida soliq toʻlovchilar bilan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini toʻgʻri bajarish maqsadida hamkorlik qilishi shart. Bunda soliq organlari soliq toʻlovchilarning qonuniy faoliyatiga asossiz toʻsiqlar yaratishga haqli emas, soliq toʻlovchilar esa soliq organlari oʻz vakolatlarini amalga oshirishi uchun shart-sharoit yaratishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-modda. Adolatlilik prinsipi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqlar va yigʻimlar kamsitish xususiyatiga ega boʻlishi hamda ijtimoiy, irqiy, milliy, diniy va boshqa shu kabi mezonlardan kelib chiqqan holda qoʻllanilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulkning shakliga, jismoniy shaxslarning fuqaroligiga yoki kapitalning kelib chiqish mamlakatiga qarab farqlangan soliq stavkalarini, soliq imtiyozlarini yoki boshqa afzalliklarni belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻz konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga toʻsqinlik qiladigan soliqlarni belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-modda. Soliq tizimining yagonaligi prinsipi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq tizimi Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yagonadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining yagona iqtisodiy makonini buzuvchi, xususan, Oʻzbekiston Respublikasining hududi doirasida tovarlarning (xizmatlarning) yoki moliyaviy mablagʻlarning erkin muomalada boʻlishini bevosita yoki bilvosita cheklab qoʻyadigan soliqlar belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-modda. Oshkoralik prinsipi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari rasman eʼlon qilinishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-modda. Soliq toʻlovchining haqligi prezumpsiyasi prinsipi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlaridagi barcha bartaraf etib boʻlmaydigan qarama-qarshiliklar va noaniqliklar soliq toʻlovchining foydasiga talqin etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-modda. Bitimlarning iqtisodiy mazmuni va ularni yuridik jihatdan rasmiylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solish maqsadida barcha bitimlar va soliq toʻlovchi kirishadigan boshqa iqtisodiy munosabatlar, ularning yuridik jihatdan rasmiylashtirilishi usulidan yoki shartnomaning nomlanishidan qatʼi nazar, oʻzining haqiqiy iqtisodiy mazmunidan kelib chiqqan holda hisobga olinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar bitimning yoki iqtisodiy munosabatlarning yuridik jihatdan rasmiylashtirilishi ularning haqiqatdagi iqtisodiy mazmuniga muvofiq boʻlmasa, soliq organlari soliq solish maqsadida bitimning yuridik tavsiflanishini, soliq toʻlovchining maqomini va (yoki) uning iqtisodiy faoliyati xususiyatini oʻzgartirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qalbaki (koʻzboʻyamachilik uchun tuzilgan) bitimlar soliq solish maqsadida hisobga olinmaydi. Agar bunday bitimlar boshqa bitimlarni niqoblasa, soliqlarni hisoblash uchun haqiqiy bitimlarning iqtisodiy mazmuni va natijalari hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar bitimlarning yoki boshqa iqtisodiy munosabatlarning barcha ishtirokchilari oʻzlari tuzgan bitimlarning barcha shartlari va talablarini bajarayotgan boʻlsa, soliqqa oid boʻlmagan munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan qoidalarning ayrim buzilishlari soliq toʻlovchi tomonidan olingan daromadlarni yoki ularning qilgan xarajatlarini (koʻrgan zararlarini) soliq solish maqsadida eʼtirof etishni rad etish uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq toʻlovchi yagona yoki ustuvor maqsadi soliq toʻlamaslik tarzidagi asossiz soliq nafi olishdan yoxud oʻzi toʻlaydigan soliqlarning summasini kamaytirishdan iborat boʻlgan operatsiyalarni yoki operatsiyalar ketma-ketligini amalga oshirsa, uning bunday harakatlari ushbu Kodeks maqsadlarida huquqni suiisteʼmol qilish deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqlarning summalarini kamaytirishga oid sxema ham huquqni suiisteʼmol qilish deb eʼtirof etiladi, bunda ushbu kamaytirish bevosita yoki bilvosita maqsad yoxud oqibat boʻladi yoki maqsadlardan yoxud oqibatlardan biri boʻladi hamda bu maqsad yoki oqibat ikkinchi darajali boʻlmaydi. Soliqlarning summalarini kamaytirish soliq solish qamrovini bevosita yoki bilvosita oʻzgartirishni, soliq imtiyozlaridan foydalanishni yoki toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar summalarini boshqacha tarzda kamaytirishni oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Huquq suiisteʼmol qilingan hollarda, soliq organlari soliq toʻlovchi toʻlashi lozim boʻlgan soliqlarning summalarini aniqlashda huquqni suiisteʼmol qilish alomatlariga ega boʻlgan ayrim operatsiyalarni yoki operatsiyalar ketma-ketligini eʼtiborga olmaslikka haqli. Shuningdek soliq organlari toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar summalarini bunday suiisteʼmollikning taʼsirini istisno etadigan tarzda oʻzgartirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada koʻrsatilgan huquqni suiisteʼmol qilishning, bitim qalbakiligining (koʻzboʻyamachilik uchun tuzilganligining) holatlarini aniqlash, shuningdek ularning oqibatlarini qoʻllash soliq organlari tomonidan, soliq toʻlovchi norozi boʻlgan taqdirda esa, soliq organlarining daʼvosi boʻyicha sud tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-modda. Lozim darajada ehtiyotkorlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq munosabatlarida soliq toʻlovchilar kontragentlarni tanlash chogʻida ularning soliq organlarida soliq toʻlovchilar sifatida hisobga qoʻyilganligini, kontragentning ishbilarmonlik obroʻsini, ishlab chiqarish bazasi va xodimlari mavjudligini, moliyaviy holatini, bitim boʻyicha majburiyatlarni bajarish qobiliyatini tekshirib, lozim darajada ehtiyotkorlik qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi tomonidan uning oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarmagan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar boʻyicha qilingan xarajatlar (koʻrilgan zararlar), agar ushbu soliq toʻlovchi bitim tuzayotganda lozim darajada ehtiyotkorlik qilmagan boʻlsa, soliq solish maqsadida tan olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlari soliq toʻlovchilarga kontragentlarning soliq organlarida soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi axborotdan, shuningdek boshqa axborotdan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda foydalanish imkoniyatini beradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 30-maydagi 3237-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Soliq toʻlovchilar toʻgʻrisida hisob maʼlumotlarini yuritish, bu maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etish, shuningdek soliq toʻlovchilarining ayrim toifalari uchun maʼlumotlar tarkibini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Oʻzbekiston Respublikasida soliqlar va yigʻimlar tizimi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-modda. Soliqlar va yigʻimlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq deganda ushbu Kodeksda belgilangan, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga yoki davlat maqsadli jamgʻarmasiga (bundan buyon matnda budjet tizimi deb yuritiladi) toʻlanadigan majburiy begʻaraz toʻlov tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yigʻim deganda budjet tizimiga ushbu Kodeksda yoki boshqa qonun hujjatlarida belgilangan majburiy toʻlov tushuniladi, bu yigʻimning toʻlanishi uni toʻlovchi shaxsga nisbatan vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan unga muayyan huquqlarni yoxud ruxsat etuvchi hujjatlarni berish shartlaridan biri boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsning zimmasiga sud tartibida yuklatilgan jarimalar va boshqa toʻlovlar, shuningdek qonunda belgilangan hollarda mol-mulkni musodara qilish hamda boshqacha tarzda olib qoʻyish soliqlar yoki yigʻimlar jumlasiga kirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yigʻimlar belgilanishi mumkin. Yigʻimlarni joriy etish, hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi ushbu Kodeksda hamda boshqa qonun hujjatlarida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq toʻlovchilarga soliq solishning alohida tartibi qonun hujjatlarida yoki investitsiya bitimlarida nazarda tutilgan investitsiyalarni amalga oshirish hamda boshqa shartlarni bajarish bilan bogʻliq holda muayyan muddat uchun belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus soliq rejimlari ayrim soliqlarni toʻlashdan ozod etishni, pasaytirilgan soliq stavkalarini va boshqa soliq imtiyozlarini qoʻllashni nazarda tutishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Soliq munosabatlarining subyektlari, ularning huquqlari va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-modda. Soliq munosabatlarining subyektlari va hujjatlar almashish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar, soliq agentlari va vakolatli organlar soliq munosabatlarining subyektlaridir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlari, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, hujjatlarni elektron hujjat tarzida soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga yuboradi. Yuborilgan hujjatlar soliq toʻlovchi tomonidan oʻqib chiqilganidan keyin, lekin ushbu hujjat joʻnatilgan sanadan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay olingan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq toʻlovchida soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti mavjud boʻlmasa, hujjatlar buyurtma xat qilib pochta orqali yuboriladi va ular joʻnatilganidan soʻng besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlar soliq toʻlovchiga yoki uning vakiliga shaxsan mazkur hujjatlar olingan sana koʻrsatilgan holda imzo qoʻydirib topshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq organlariga hujjatlarni mazkur moddaning ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilganiga oʻxshash tartibda yuboradi. Bunda ushbu hujjatlar soliq organlariga soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilganda — joʻnatilgan kun, pochta orqali yuborilganda besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hujjatlarning, elektron hujjat aylanishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan hujjatlarning shakllari, mazkur hujjatlarning shakllarini toʻldirish tartibi, bunday hujjatlarni qogʻozda yoki telekommunikatsiya kanallari orqali elektron shaklda yoxud soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuborish hamda olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-modda. Soliq toʻlovchilar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksga muvofiq zimmasiga belgilangan soliqlar hamda yigʻimlarni toʻlash majburiyati yuklatilgan yuridik va jismoniy shaxslar soliq toʻlovchilar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxslarning alohida boʻlinmalari mazkur shaxslarning soliqlar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha majburiyatlarini ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda ushbu alohida boʻlinmalar joylashgan yeri boʻyicha bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritilgan soliq toʻlovchilar alohida boʻlinmalarni hisobga olib markazlashgan holda soliq hisobotini taqdim etadi va soliqlarni (yigʻimlarni) toʻlaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 12-iyuldagi 3172-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizom.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari soliq toʻlovchilar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-modda. Soliq toʻlovchilarning huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq organlaridan va boshqa vakolatli organlardan (ularning vakolatlari doirasida) amaldagi soliqlar toʻgʻrisida, soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar haqida, soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida axborotni, soliq hisobotining va arizalarning shakllarini, shuningdek ularni toʻldirish tartibi haqida tushuntirishlarni bepul olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan soliq organlarida va boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan maʼlumotlarni olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Kodeksda belgilangan asoslar mavjud boʻlganda va tartibda soliq imtiyozlaridan foydalanish yoxud ulardan foydalanishni rad etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliqlar, penyalar va jarimalarning ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan summalarini oʻz vaqtida hisobga oʻtkazish yoki qaytarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va shartlarda soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq solish obyektlarini hisobga olishda, soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlashda oʻzlari yoʻl qoʻygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Kodeksga muvofiq oʻz hududida oʻtkaziladigan sayyor soliq tekshiruvini va soliq auditini oʻtkazish chogʻida hozir boʻlish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi materiallari bilan tanishish, shuningdek ushbu tekshiruvlarning dalolatnomalarini olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq tekshiruvini amalga oshiruvchi soliq organlariga soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining ijrosiga taalluqli masalalar boʻyicha tushuntirishlar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining ushbu Kodeksga va (yoki) soliq toʻgʻrisidagi boshqa qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan talablarini bajarmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning normativ tusga ega boʻlmagan hujjatlari hamda qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonunga xilof qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zararlarning oʻrni qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq tekshiruvi materiallarini yoki soliq organlarining boshqa hujjatlarini koʻrib chiqish jarayonida ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq munosabatlari masalalariga oid oʻz manfaatlarini shaxsan yoxud soliq maslahatchilari tashkiloti yoki boshqa oʻz vakillari orqali ifodalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq siriga rioya etish va uni saqlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar ushbu Kodeksda va soliq toʻgʻrisidagi boshqa qonun hujjatlarida belgilangan oʻzga huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining soliq munosabatlarida shaxsan ishtirok etishi uni vakilga ega boʻlish huquqidan mahrum etmaydi, xuddi shuningdek vakilning ishtirok etishi soliq toʻlovchini bunday munosabatlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning huquqlari soliq organlari va boshqa vakolatli organlar mansabdor shaxslarining tegishli majburiyatlari bilan taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning huquqlarini taʼminlashga oid majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-modda. Soliq toʻlovchilarning majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan soliqlar va yigʻimlarni oʻz vaqtida hamda toʻliq hajmda hisoblab chiqarishi va toʻlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hujjatlarni koʻrib chiqish yoki tushuntirishlar berish zaruriyati toʻgʻrisida chaqiruv xatini olganida soliq organiga kelishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda xaridorga hisobvaraq-fakturalarni, cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni berishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslariga soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlash uchun asos boʻlib xizmat qiladigan hujjatlar, shuningdek elektron manbalarda saqlanadigan tegishli axborot bilan tanishish imkoniyatini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonuniy talablarini bajarishi, koʻrsatilgan organlarning va ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq hisobotlarining va soliqlarni hisoblab chiqarish hamda toʻlash uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlarning tegishli soliqlarni toʻlash uchun belgilangan kalendar yildan keyingi besh yil mobaynida but saqlanishini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzi soliq boʻyicha hisobga olingan joydagi soliq organlarini Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslaridagi va chet el yuridik shaxslaridagi ishtiroki toʻgʻrisida, agar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi 10 foizdan ortiq boʻlsa, xabardor etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs boʻlgan soliq toʻlovchilar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, oʻzlari hisobga olingan joydagi soliq organlariga oʻzlarining barcha alohida boʻlinmalari toʻgʻrisida va alohida boʻlinmalarga oid ilgari xabar qilingan maʼlumotlaridagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida alohida boʻlinma tashkil etilgan yoki mazkur maʼlumotlar oʻzgartirilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida xabar qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks bilan zimmasiga soliq hisobotini elektron shaklda taqdim etish majburiyati yuklatilgan shaxslar soliq organlari tomonidan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlardagi oʻz vakolatlarini amalga oshirish chogʻida foydalaniladigan hujjatlarning soliq organidan telekommunikatsiya aloqa tarmoqlari orqali elektron shaklda olinishini taʼminlashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksga muvofiq soliq solish obyekti deb eʼtirof etiladigan koʻchmas mulkka ega boʻlgan chet el yuridik shaxslari ushbu moddada nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, koʻchmas mulk obyekti turgan joydagi soliq organiga ushbu chet el yuridik shaxsining ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda xabar qilishi shart. Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari koʻrsatilgan holatlarda oʻz muassislari, benefitsiarlari va boshqaruvchilari haqidagi maʼlumotlarni xabar qilishi kerak. Chet el yuridik shaxsida (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasida) ushbu qismda koʻrsatilgan bir nechta mol-mulk obyekti mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu shaxs tanloviga koʻra, xabar mol-mulk obyektlarining biri turgan yerdagi soliq organiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib oʻtilishi munosabati bilan soliqlar toʻlaydigan soliq toʻlovchilar zimmasida Oʻzbekiston Respublikasining bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlar ham boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-modda. Soliq agentlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksga muvofiq zimmasiga soliqlarni hisoblab chiqarish, soliq toʻlovchidan ushlab qolish va budjet tizimiga oʻtkazish majburiyati yuklatilgan shaxslar soliq agentlari deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq agentlari, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchilar kabi huquqlarga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq agentlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliqlarni toʻgʻri va oʻz vaqtida hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi hamda budjet tizimiga oʻtkazishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq organlariga soliqni ushlab qolish imkoniyati yoʻqligi va soliq toʻlovchining soliq qarzi summasi toʻgʻrisida bunday holatlar soliq agentiga maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran bir oy ichida yozma ravishda yoki elektron shaklda xabar qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisoblangan va toʻlangan daromadlarning, hisoblab chiqarilgan, ushlab qolingan va budjet tizimiga oʻtkazilgan soliqlarning hisobini har bir soliq toʻlovchi boʻyicha alohida yuritishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliqlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, ushlab qolinishi va oʻtkazilishi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni soliq organlariga taqdim etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq hisobotlarining hamda soliqlarni hisoblab chiqarish, ushlab qolish va oʻtkazish uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlarning ushbu Kodeksning 88-moddasida nazar tutilgan daʼvo muddati mobaynida but saqlanishini taʼminlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-modda. Soliq toʻlovchining vakillari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq munosabatlarida qonuniy yoki vakolatli vakil orqali ishtirok etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakilning vakolatlari ushbu Kodeksga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs boʻlgan soliq toʻlovchining qonuniy vakili deb ushbu yuridik shaxsga qonun yoki uning taʼsis hujjatlari asosida vakillik qilishga vakolatli shaxslar eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxs boʻlgan soliq toʻlovchining qonuniy vakili deb fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq uning vakillari sifatida faoliyat olib boradigan shaxslar eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs qonuniy vakillarining mazkur yuridik shaxsning soliq munosabatlarida ishtirok etishi munosabati bilan sodir etilgan harakatlari (harakatsizligi) ushbu yuridik shaxsning harakati (harakatsizligi) hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi tomonidan belgilangan tartibda soliq organlari, bojxona organlari va soliq munosabatlarining boshqa ishtirokchilari bilan munosabatlarda oʻz manfaatlarini ifodalash vakolati berilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki boshqa shaxslar soliq toʻlovchining vakolatli vakillari boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs boʻlgan soliq toʻlovchining vakolatli vakili, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻz vakolatlarini tuzilgan shartnoma yoki fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladigan ishonchnoma asosida amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxs boʻlgan soliq toʻlovchining vakolatli vakili oʻz vakolatlarini fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq, moliya, bojxona va boshqa davlat organlarining mansabdor shaxslari soliq toʻlovchining vakolatli vakillari boʻla olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi qonun asosida soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi barcha ishtirokchilarining vakolatli vakili hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish toʻgʻrisidagi shartnoma qoidalaridan qatʼi nazar, ushbu guruhning masʼul ishtirokchisi quyidagilar bilan bogʻliq huquqiy munosabatlarda mazkur konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilarining manfaatlarini ifodalashga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish toʻgʻrisidagi shartnomani soliq organlarida roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek ushbu shartnomaga oʻzgartirish kiritish, shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qaror va uni tugatish bilan bogʻliq huquqiy munosabatlarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisidan soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi uchun foyda soligʻi boʻyicha qarzlarni majburiy undirish bilan bogʻliq huquqiy munosabatlarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshirilgan harakatlar (harakatsizlik) xususiyati boʻyicha ular soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchisi boʻlgan yuridik shaxsning huquqlariga bevosita taʼsir qilsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amal qilish muddati tugashi bilan soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish toʻgʻrisidagi shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda yoki tugatilganda ushbu guruhning masʼul ishtirokchisi boʻlgan shaxs ushbu moddaning oʻninchi va oʻn birinchi qismlarida nazarda tutilgan vakolatlarini saqlab qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi boʻlgan shaxslar mazkur guruh ishtirokchilarining manfaatlarini ifodalash boʻyicha ushbu Kodeks bilan oʻzlariga berilgan vakolatlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan shartnoma yoki berilgan ishonchnoma asosida uchinchi shaxslarga berishga haqlidir.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-modda. Vakolatli organlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar vakolatli organlardir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent — AERO” maxsus bojxona kompleksi va bojxona postlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yigʻimlarni undirish funksiyasini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-modda. Soliq organlarining huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlari quyidagilarga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻlovchilardan va uchinchi shaxslardan soliqlarni va yigʻimlarni hisoblab chiqarish hamda toʻlash uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni (axborotni), shu jumladan elektron tarzda taqdim etishini talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliq tekshiruvlari va boshqa soliq nazorati tadbirlarini oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni, shu jumladan soliq toʻlovchi daromad olish uchun foydalanadigan yoki soliq solish obyektlarini saqlash bilan bogʻliq joylarni koʻzdan kechirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mol-mulkni inventarizatsiya qilish va bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlarning nazorat oʻlchovlarini oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda kassani va tovar-moddiy boyliklar hamda hujjatlar saqlanadigan joylarni ikki kundan ortiq boʻlmagan muddatga, ikki kundan ortiq muddatga esa, sud qarori boʻyicha muhrlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliqlarni va yigʻimlarni hisoblab chiqarish bilan bogʻliq hujjatlarni va elektron axborot jismlarini olib qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foto- va videotasvirga tushirish, tushuntirishlar hamda boshqa maʼlumotlarni olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarjimonni, ekspertni jalb etish va ekspertiza tayinlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻlovchi hisob hujjatlarini yoʻqotgan yoki yoʻq qilgan hollarda soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi oʻzida mavjud axborot, shuningdek boshqa shu kabi soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida soliqlar summasini hisob-kitob orqali mustaqil ravishda aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzaro kelishuv asosida soliq monitoringida ishtirok etayotgan soliq toʻlovchi tomonidan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlarni hisoblab chiqarishning toʻgʻriligi, toʻliqligi va oʻz vaqtida toʻlanishi yuzasidan soliq monitoringini oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq qarzini majburiy undirish choralarini koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va moliyaviy sanksiyalar qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq huquqbuzarliklarining aniqlangan holatlari boʻyicha tovar-moddiy boyliklarni belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazish. Yuridik shaxs boʻlgan soliq toʻlovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning tovar-moddiy boyliklarini davlat daromadiga oʻtkazish sud tartibida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻlovchilarga nisbatan ular tomonidan noqonuniy olingan mablagʻlarni davlat daromadiga undirish toʻgʻrisida sudlarga daʼvolar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hujjatlarning davlat tiliga tarjima qilinishini talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻlovchilarni va soliq agentlarini yozma bildirish asosida soliq organlariga ular tomonidan soliqlarni toʻlash (ushlab qolish va oʻtkazish) yuzasidan yoki soliq tekshiruvi bilan bogʻliq ravishda, shuningdek ular tomonidan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining bajarilishi bilan bogʻliq boshqa hollarda tushuntirishlar berishga chaqirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda soliq toʻlovchining yoki soliq agentining bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish va ularning mol-mulkini xatlab qoʻyish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻlovchilar va ularning vakillaridan, soliq agentlaridan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etishni talab qilish hamda ushbu talablarning bajarilishini nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlar va yigʻimlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻliq hamda oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻlovchilar, soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlar, hisoblangan va toʻlangan soliqlar toʻliq va oʻz vaqtida hisobga olinishini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq tekshiruvlarini oʻtkazishda soliq toʻlovchilarga ularning huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida maʼlumot berishi, shuningdek oʻtkazilgan tekshirishlar natijalari toʻgʻrisida xabardor qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytida oʻz vaqtida eʼlon qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻlovchilarga soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini ijro etishida yordam berishi, soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari normalarini va soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibini tushuntirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi faktlarini tahlil qilishi va baholashi, soliqqa oid huquqbuzarliklarga olib keladigan sabablar va sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi takliflarni tegishli davlat organlariga kiritishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda soliqqa oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashishga doir uzoq muddatli va joriy dasturlarni ishlab chiqishi hamda amalga oshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi arizalarni, xabarlarni va boshqa axborotni oʻrganishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan pul mablagʻlarining toʻliq va oʻz vaqtida tushishini nazorat qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
masalani hal etish soliq organlari vakolatlari doirasiga kirmaydigan hollarda soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishi faktlari boʻyicha materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolatlari doirasida valyuta va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq siriga rioya etishi va uning saqlanishini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻlovchining talabiga binoan soliqlarni toʻlash boʻyicha soliq majburiyatining bajarilishi yuzasidan solishtirma dalolatnoma tuzishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Kodeksga muvofiq soliq qarzi summasini soʻzsiz undirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslarni, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarini hisobga olishi, ularga soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqamini berishi hamda bu haqda statistika va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarga rasmiy ravishda maʼlum qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻlovchining talabiga binoan uning soliq organlarida hisobga qoʻyilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnomani berishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllash masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yozma tushuntirishlariga amal qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28-modda. Bojxona organlarining, yigʻimlarni undirishga doir vazifalarni amalga oshiruvchi davlat organlarining hamda tashkilotlarning huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona organlari tovarlarni va avtotransport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtish chogʻida bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, ushbu Kodeksga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va yigʻimlarni undirish boʻyicha huquqlardan foydalanadi hamda vazifalarni bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yigʻimlarni undirishga doir vazifalarni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlarning huquqlari hamda majburiyatlari ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻllaniladigan soliq rejimlari va qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar sifatida hisobga qoʻyilganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) toʻlangan soliqlarning va soliq qarzining summalari haqidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) yuridik shaxsning ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) xodimlarning roʻyxatdagi oʻrtacha soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) moliyaviy hisobot maʼlumotlari boʻyicha daromadlar va xarajatlar summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq siri davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari, jalb etiladigan mutaxassislar va ekspertlar tomonidan oshkor etilishi mumkin emas, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq sirini oshkor etish jumlasiga, xususan, soliq toʻlovchining tijorat sirini (ishlab chiqarish sirini) tashkil etuvchi va davlat organining mansabdor shaxsiga, jalb etilgan mutaxassisga yoki ekspertga ular oʻz majburiyatlarini bajarishi chogʻida maʼlum boʻlib qolgan axborotdan foydalanish yoki uni boshqa shaxsga berish kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa davlatlarning soliq organlariga yoki boshqa tegishli organlariga soliq toʻlovchi toʻgʻrisida soʻralgan maʼlumotlarni taqdim etish soliq sirini oshkor etish sirasiga kirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat organlariga kelib tushgan soliq sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar maxsus saqlash va foydalanish rejimiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq sirini tashkil etuvchi maʼlumotlardan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan mansabdor shaxslar foydalanish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlarning yoʻqotilishi yoki bunday maʼlumotlarning oshkor etilishi qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tasarrufidagi, soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadigan va ularga ishlov beradigan tashkilotlar tomonidan olingan maʼlumotlarga, shuningdek mazkur tashkilotlarning xodimlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Ushbu Kodeksda qoʻllaniladigan asosiy tushunchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-modda. Jismoniy shaxslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, chet davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar jismoniy shaxslardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli maqomi oʻziga nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday ketma-ket oʻn ikki oylik davr davomida jami bir yuz sakson uch kalendar kundan koʻproq Oʻzbekiston Respublikasida haqiqatda boʻlgan jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning ikkinchi qismi qoidalari mazkur moddada belgilangan xususiyatlarni va Oʻzbekiston Respublikasining soliq solish masalalariga doir xalqaro shartnomalari qoidalarini hisobga olgan holda qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar jismoniy shaxs tegishli soliq davrida Oʻzbekiston Respublikasida jami bir yuz sakson uch kundan kam boʻlib, biroq ushbu turish muddati uning boshqa biror-bir davlatda turgan muddatidan koʻproq boʻlsa ham, u Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar jismoniy shaxs ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan oʻn ikki oylik muddat tugagunga qadar soliq organlariga uzoq muddatli mehnat shartnomasini yoki ushbu moddaning ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan shartlar bajarilishini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etsa, oʻzining arizasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida haqiqatan boʻlib turishi davri uning qisqa muddatli (olti oydan kam) davolanish yoki oʻqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqqan davrida uzilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda maqsadlarida chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning quyidagi davrlar mobaynida boʻlgan vaqti uning Oʻzbekiston Respublikasida haqiqatda boʻlgan vaqtiga taalluqli hisoblanmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) diplomatik yoki konsullik maqomiga ega shaxs sifatida boʻlgan davri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlgan, xalqaro shartnoma boʻyicha tuzilgan xalqaro tashkilotning xodimi sifatida boʻlgan davri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanmagan taqdirda, ushbu moddaning 1 va 2-bandlarida koʻrsatilgan shaxslar oilasining aʼzosi sifatida boʻlgan davri.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida haqiqatan qancha vaqt boʻlganligidan qatʼi nazar, chet elda xizmatni oʻtayotgan Oʻzbekiston Respublikasining harbiy xizmatchilari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ishlash uchun xizmat safariga yuborilgan davlat hokimiyati organlarining xodimlari Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida haqiqatda boʻlib turganlikni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirish (Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish) kuni chet davlatlarning davlat chegaralarini kesib oʻtganlik toʻgʻrisidagi belgi asosida aniqlanadi. Bunday belgi Oʻzbekiston Respublikasining va (yoki) chet davlatning chegara nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli organi tomonidan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasiga kirish (Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish) hujjatlariga qoʻyiladi. Shuningdek shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi hududida haqiqatda boʻlib turganligi davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etilgan, soliq organida mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida ham aniqlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddaning toʻqqizinchi qismi qoidalari jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi hududida haqiqatan ham boʻlib turganlik vaqtini aniq belgilash imkonini bermasa, jismoniy shaxs soliq organiga oʻzining kalendar yil (yillar) davomida haqiqatda boʻlib turgan joyini tasdiqlovchi hujjatlarni (ularning koʻchirma nusxalarini), shuningdek oʻzining haqiqatda boʻlib turgan joyini aniqlash uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin boʻlgan har qanday boshqa hujjatlarni (yoki ularning koʻchirma nusxalarini) taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) haqiqatda boʻlib turgan joyini tasdiqlovchi hujjatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddaning qoidalariga yoki Oʻzbekiston Respublikasining soliq solish masalalari boʻyicha xalqaro shartnomalariga muvofiq, bir vaqtning oʻzida jismoniy shaxsni ham Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti, ham chet davlatning soliq rezidenti deb tan olish uchun asoslar boʻlsa, uning soliq rezidentligi shunday xalqaro shartnomaning qoidalariga muvofiq jismoniy shaxs hayotiy manfaatlarining markazi asosida belgilanadi. Bunda quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda bittasi bajarilgan taqdirda, jismoniy shaxs hayotiy manfaatlarining markazi Oʻzbekiston Respublikasida deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) jismoniy shaxsning eri (xotini) va (yoki) yaqin qarindoshlari Oʻzbekiston Respublikasida yashasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxsga va (yoki) uning eriga (xotiniga) va (yoki) uning yaqin qarindoshlariga mulk huquqida yoki boshqa asoslarda tegishli boʻlgan, istalgan vaqtda uning yashashi va (yoki) eri (xotini) va (yoki) uning yaqin qarindoshlari yashashi mumkin boʻlgan koʻchmas mulkning mavjudligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash joyi mavjud boʻlmasa, ushbu Kodeksning maqsadlari uchun yashash joyi bu jismoniy shaxsning iltimosiga binoan uning boʻlib turgan joyi boʻyicha belgilanishi mumkin. Bunda jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtincha yashab turgan va roʻyxatdan oʻtgan joyi (manzili) jismoniy shaxsning boʻlib turgan joyi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari boʻlmagan jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan va yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Fuqarolik kodeksining 24-moddasi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi, biroq yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtmagan jismoniy shaxslarga soliq solish va ularga nisbatan javobgarlik choralarini qoʻllash maqsadida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida qaraladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32-modda. Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar yuridik shaxslardir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan yuridik shaxslar (Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) chet davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, fuqarolik huquqiy layoqatiga ega boʻlgan chet el yuridik shaxslari (shu jumladan kompaniyalar va boshqa korporativ tuzilmalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) xalqaro tashkilotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxsning hududiy jihatdan alohida boʻlgan, turgan yeri boʻyicha doimiy ish joylari jihozlangan har qanday boʻlinmasi Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsining alohida boʻlinmasidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxsning alohida boʻlinmasini eʼtirof etish, unga qanday vakolatlar berilganligidan va uning tashkil etilishi boʻyicha yuridik shaxsning taʼsis hujjatlarida yoki boshqa tashkiliy-boshqaruv hujjatlarida aks ettirilganligi yoki aks ettirilmaganligidan qatʼi nazar, amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ish joyi bir oydan ortiq muddatga yaratilgan boʻlsa, u doimiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsi alohida boʻlinmasining joylashgan yeri ushbu yuridik shaxs mazkur alohida boʻlinma orqali faoliyat olib boradigan joydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33-modda. Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar. Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagi yuridik shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlaridir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasining soliq solish masalalari boʻyicha xalqaro shartnomalariga muvofiq ushbu xalqaro shartnomalarni qoʻllash maqsadlari uchun Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb eʼtirof etilgan chet el yuridik shaxslari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) haqiqatdagi boshqaruv joyi Oʻzbekiston Respublikasi boʻlgan chet el yuridik shaxslari, agar Oʻzbekiston Respublikasining soliq masalalari boʻyicha xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismi 3-bandining maqsadlari uchun chet el yuridik shaxsi haqiqatda boshqariladigan joy ushbu Kodeksning 34-moddasi qoidalariga muvofiq belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 34-moddasi birinchi qismining 3-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiya fondining (pay fondining yoki jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirish boshqa shaklining) boshqaruvchi kompaniyasini Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etish ushbu investitsiya fondini (pay fondini yoki jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirishning boshqa shaklini) Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etish uchun asos boʻlmaydi. Mazkur fondlar (jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirishning boshqa shakllari) boshqaruvchi sheriklar yoki boshqa shaxslar tomonidan boshqarilgan taqdirda ham shunday qoidalar qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari boʻlmagan yuridik shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34-modda. Chet el yuridik shaxsi haqiqatda boshqariladigan joy
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda bittasiga rioya qilingan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi chet el yuridik shaxsi haqiqatda boshqariladigan joy deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) uning ijro etuvchi organi (ijro etuvchi organlari) oʻz faoliyatini ushbu yuridik shaxsga nisbatan muntazam ravishda Oʻzbekiston Respublikasidan turib amalga oshiradi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatning boshqa davlatdagiga (davlatlardagiga) nisbatan sezilarli darajada kam hajmda amalga oshirilishi faoliyatni muntazam ravishda amalga oshirish deb eʼtirof etilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) uning asosiy (rahbar) mansabdor shaxslari (faoliyatni rejalashtirish va nazorat qilishga, korxona faoliyatini boshqarishga va buning uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olishga vakolatli boʻlgan shaxslari) ushbu yuridik shaxsni rahbarlik asosida boshqarishni asosan Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshiradi. Bunda rahbarlik asosida boshqarish jumlasiga, xususan, ushbu chet el yuridik shaxsining joriy faoliyatiga doir boʻlgan, boshqaruvning ijro organlari vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish va boshqa harakatlarni amalga oshirish kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida quyidagi faoliyatni amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasining chet el yuridik shaxsini haqiqatda boshqarish joyi sifatida eʼtirof etishga sabab boʻlmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar tayyorlash va (yoki) qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) direktorlar kengashining majlisini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) chet el yuridik shaxsining faoliyatini rejalashtirish va nazorat qilish doirasida alohida funksiyalarni amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida funksiyalarni amalga oshirishga, xususan, strategik rejalashtirish, budjetlashtirish, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hamda boshqaruv hisobotini tayyorlash va tuzish, ushbu chet el yuridik shaxsining faoliyatini tahlil qilish, ichki audit hamda ichki nazorat, shuningdek standartlar, uslubiyatlar va (yoki) siyosatlarni qabul qilish (maʼqullash) kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el yuridik shaxsining faoliyatiga nisbatan quyidagi shartlarga bir vaqtning oʻzida rioya etilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi ushbu yuridik shaxs haqiqatda boshqariladigan joy deb eʼtirof etilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) faoliyat oʻzi doimiy joylashgan yerdagi davlatda (uning hududida) oʻzining malakali xodimlari va aktivlaridan foydalangan holda amalga oshirilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) faoliyat Oʻzbekiston Respublikasi bilan soliq solish masalalariga doir amaldagi xalqaro shartnomaga ega boʻlgan chet davlat hududida amalga oshirilganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shartlarning bajarilganligi hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddaning birinchi qismi 1-bandida va (yoki) 2-bandida belgilangan shartlar bir vaqtning oʻzida ham Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan, ham biror-bir chet davlatga nisbatan bajarilayotganligi hujjatlar bilan tasdiqlansa, agar chet el yuridik shaxsiga nisbatan quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda bittasi bajarilayotgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi chet el yuridik shaxsi haqiqatda boshqarilayotgan joy deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) buxgalteriya yoki boshqaruv hisobini yuritish (bundan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hamda boshqaruv hisobotlarini tayyorlash va tuzishga, shuningdek uning faoliyatini tahlil qilishga doir harakatlar mustasno) Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ish yuritish Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) xodimlarni operativ boshqarish Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35-modda. Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs tashkil etmagan holda tashkil etilgan va oʻz ishtirokchilarining (paychilarning, ishonch bildiruvchilarning yoki boshqa shaxslarning) yoxud boshqa benefitsiarlarning manfaatlarini koʻzlab daromad (foyda) olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan tashkiliy tuzilma yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalari jumlasiga, xususan, fondlar, sherikliklar, shirkatlar, trastlar, jamoaviy investitsiyalar va (yoki) ishonchli boshqaruvning boshqa shakllari kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36-modda. Doimiy muassasa
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning maqsadlarida chet el yuridik shaxsi Oʻzbekiston Respublikasidagi tadbirkorlik faoliyatini toʻliq yoki qisman qaysi doimiy faoliyat joyida amalga oshirayotgan boʻlsa, oʻsha joy chet el yuridik shaxsining Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Doimiy muassasa deganda quyidagilar tushuniladi, chunonchi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) har qanday boshqaruv joyi, filial, boʻlinma, byuro, idora, ofis, xona, agentlik, fabrika, ustaxona, sex, laboratoriya;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) tovarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, butlash, qadoqlash va oʻrab-joylash amalga oshiriladigan joy;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) savdo shoxobchasi sifatida foydalaniladigan har qanday joy, shu jumladan ombor;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) kon (shaxta), neft yoki gaz qudugʻi, karyer yoki tabiiy resurslar qazib olinadigan boshqa har qanday joy;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) tabiiy resurslarni oʻrganish (qidirish), ishlatish, qazib olish va (yoki) ulardan foydalanish uchun qoʻllaniladigan qurilma yoki inshoot (shu jumladan uni montaj qilish), faqat qurilma yoki inshoot bir yuz sakson uch kundan ortiq muddat mobaynida foydalanilayotgan boʻlishi yoki foydalanish uchun tayyor boʻlishi shart;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) quvur, gaz quvuri bilan bogʻliq faoliyat (shu jumladan nazorat yoki kuzatuv) amalga oshiriladigan har qanday joy;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) oʻyin avtomatlarini (shu jumladan ularga qoʻshimchalarni), kompyuter tarmoqlari va aloqa kanallarini, attraksionlarni oʻrnatish, sozlash hamda ulardan foydalanish bilan bogʻliq faoliyat amalga oshiriladigan har qanday joy.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar ham doimiy muassasa deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qurilish maydoni, qurilish, montaj qilish yoki yigʻish obyekti yoxud ular bilan bogʻliq kuzatuv (nazorat qilish) faoliyati, basharti bunday maydon, obyekt yoki faoliyat istalgan ketma-ketlikdagi oʻn ikki oylik davr mobaynida bir yuz sakson uch kundan ortiq muddat mobaynida mavjud boʻlsa yoki davom etsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan ushbu chet el yuridik shaxsi tomonidan oʻz xizmatchilari yoki shu maqsadlar uchun uning tomonidan yollangan boshqa xodimlar orqali bajariladigan maslahat xizmatlari, basharti bunday faoliyat (ayni bir loyiha bilan bogʻliq shaxs yoki chet el yuridik shaxsining bogʻlangan tarafi uchun) istalgan ketma-ketlikdagi oʻn ikki oylik davr mobaynida kamida bir yuz sakson uch kun davom etsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddaning uchinchi qismi 1-bandida koʻrsatilgan qurilish maydonida yoki boshqa obyektda turli vaqt davrlarida, bir yoki bir nechta oʻzaro bogʻliq chet el yuridik shaxsi tomonidan xizmatlar koʻrsatish amalga oshirilsa, bu davrlarning har biri alohida olinganda ushbu moddaning uchinchi qismi 1 va 2-bandlarida koʻrsatilgan muddatdan yoki muddatlardan oshmasa, ushbu xizmatlarga doir faoliyat davrlari mazkur qurilish maydonida yoki boshqa obyektda faoliyat amalga oshirilgan jami vaqt davriga qoʻshiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Faqat tayyorgarlik yoki yordamchi xususiyatga ega boʻlgan va chet el yuridik shaxsi tadbirkorlik faoliyatining asosiy turlari hisoblanmaydigan quyidagi faoliyat turlari doimiy muassasani tashkil etishga olib kelmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) obyektlardan faqat ushbu yuridik shaxsga tegishli tovarlarni yoki buyumlarni saqlash yoxud namoyish etish maqsadida foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) oʻziga tegishli tovarlar yoki buyumlar zaxiralarini faqat saqlash yoki namoyish etish maqsadida asrab turish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) oʻziga tegishli tovarlar yoki buyumlar zaxiralarini faqat ularning boshqa shaxs tomonidan qayta ishlanishi maqsadida saqlab turish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) doimiy faoliyat joyini faqat tovarlarni, buyumlarni xarid qilish yoki ushbu chet el yuridik shaxsi uchun axborot yigʻish maqsadida saqlab turish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) doimiy faoliyat joyini faqat tayyorgarlik yoki yordamchi xususiyatga ega boʻlgan boshqa har qanday faoliyatni amalga oshirish maqsadida saqlab turish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) doimiy faoliyat joyini ushbu qismning 1 — 5-bandlarida eslatib oʻtilgan faoliyat turlarining istalgan birikmasi uchun saqlab turish, basharti ushbu doimiy faoliyat joyining bunday birikmadan yuzaga kelgan jami faoliyati tayyorgarlik xususiyatiga yoki yordamchi xususiyatga ega boʻlsa. Bunda tayyorgarlik xususiyatiga va yordamchi xususiyatga ega boʻlgan faoliyat uchinchi shaxslar uchun emas, balki Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining oʻzi uchun amalga oshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning beshinchi qismi qoidalari tadbirkorlik faoliyatining chet el yuridik shaxsi tomonidan foydalanilayotgan yoki saqlab turilgan doimiy joyiga nisbatan, agar bu chet el yuridik shaxsi yoki u bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan shaxs tadbirkorlik faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasidagi ushbu joy yoki boshqa joy orqali amalga oshirsa va quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda bittasi bajarilsa, qoʻllanilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu joy yoki boshqa joy chet el yuridik shaxsi uchun yoxud u bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan shaxs uchun ushbu moddaning qoidalariga muvofiq doimiy muassasani tashkil etsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ikki nafar shaxs, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan doimiy joy orqali yoki ayni shu norezident yoxud u bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan shaxs tomonidan har ikkala joy orqali amalga oshirilayotgan faoliyat turlarining birikmasi natijasi boʻlgan jami faoliyat tayyorgarlik xususiyatiga yoki yordamchi xususiyatga ega boʻlmasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ikki nafar shaxs, shu jumladan chet el yuridik shaxslari tomonidan doimiy joy orqali yoki ayni shu shaxs yoxud u bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan shaxs tomonidan har ikkala joy orqali amalga oshirilayotgan tadbirkorlik faoliyati umumiy tadbirkorlik faoliyatining bir qismi boʻlgan oʻzaro toʻldirib turuvchi funksiyalari boʻlsa, ushbu moddaning oltinchi qismi qoidalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurta faoliyatini amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxsi, qayta sugʻurtalash holatlaridan tashqari, agar Oʻzbekiston Respublikasi hududida sugʻurta mukofotlarini yigʻsa yoki tobe agent orqali tavakkalchilik xatarlaridan sugʻurta qilsa, u Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasaga ega deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar biror-bir shaxs Oʻzbekiston Respublikasida chet el yuridik shaxsi nomidan harakat qilsa va odatda mulk (xizmatlar koʻrsatish) huquqini boshqa shaxslarga oʻtkazishga yoki mol-mulkdan ushbu chet el yuridik shaxsi nomidan foydalanish huquqini berishga doir kontraktlarni tuzishda asosiy rol oʻynasa, bunday shaxsning faoliyati ushbu chet el yuridik shaxsining doimiy muassasasi tashkil etilishiga olib keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar chet el yuridik shaxsi Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatini vositachilik (topshiriq) shartnomasi yoki shunga oʻxshash shartnoma asosida harakat qiluvchi va bitimlarni ushbu chet el yuridik shaxsi nomidan imzolashga vakolatli boʻlmagan mustaqil agent orqali amalga oshirsa, ushbu moddaning toʻqqizinchi qismi qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunda, agar bunday agent asosan oʻzi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir yoki bir nechta chet el yuridik shaxsi nomidan harakat qilsa, bu shaxs tobe agent deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el yuridik shaxsi tomonidan chet ellik xodimlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun boshqa yuridik shaxsga berish, quyidagi shartlar bir vaqtda bajarilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasani tashkil etishga olib kelmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) bunday xodimlar qaysi yuridik shaxsga berilgan boʻlsa, oʻsha yuridik shaxs nomidan va uning manfaatlarini koʻzlab harakat qilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) xodimlarni bergan yuridik shaxs ushbu xodimlarning ish natijalari uchun javobgar boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) yuridik shaxsning xodimlarni berishdan olgan daromadi uning ushbu xodimlarni berish yuzasidan soliq davrida qilgan xarajatlari umumiy summasining 10 foizidan oshmasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el yuridik shaxsi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi faoliyat birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma asosida amalga oshirilgan taqdirda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) bunday shartnoma har bir ishtirokchisining faoliyati ushbu moddada belgilangan qoidalarga muvofiq doimiy muassasani tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) bunday shartnomaning har bir ishtirokchisi tomonidan soliq majburiyatlarini bajarish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el yuridik shaxsining faoliyati bunday faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirish boshlangan sanadan eʼtiboran ushbu moddaning qoidalariga muvofiq doimiy muassasani tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksni qoʻllash maqsadida chet el yuridik shaxsi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni amalga oshirish boshlangan sana deb quyidagi sanalar eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) quyidagilar yuzasidan har qanday kontraktni (shartnomani, bitimni) tuzish sanasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasida xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma doirasida xizmatlar koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ushbu yuridik shaxs nomidan Oʻzbekiston Respublikasida harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasida foydalanish yoki realizatsiya qilish maqsadida olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Oʻzbekiston Respublikasida xizmatlar koʻrsatish uchun xizmatlarni olish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni amal oshirish maqsadida birinchi mehnat shartnomasini (bitimni, kontraktni) tuzish sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) norezident boʻlgan jismoniy shaxs Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan sana, chet el yuridik shaxsi tomonidan ushbu qismning 1 yoki 2-bandlarida koʻrsatilgan kontrakt (shartnoma, bitim) shartlarini bajarish uchun xodim yoki boshqa xodimlar yollangan sana.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddaning oʻn toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan bir nechta shart bajarilsa, ushbu sanalarning nisbatan ilgarigisi, biroq ushbu moddaning oʻn toʻrtinchi qismi 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan sanalarning birinchisidan ilgari kirib kelmagan sana norezidentning Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni amalga oshirishi boshlangan sana deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasani tashkil etishga olib keluvchi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxsi ushbu Kodeksning 130-moddasida belgilangan tartibda soliq organida soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar chet el yuridik shaxsi bitta soliq organida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan ikki va undan ortiq doimiy muassasa tashkil etilishiga olib keluvchi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa, bitta doimiy muassasa barcha shunday doimiy muassasalar guruhi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim. Mazkur qoida ushbu moddaning uchinchi qismi 1-bandida koʻrsatilgan qurilish maydonini, qurilish, montaj yoki boshqa obyektni tashkil etuvchi faoliyatga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar chet el yuridik shaxsi ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi yoki sakkizinchi qismlarida koʻrsatilgan faoliyatni amalga oshiradigan, roʻyxatdan oʻtkazilgan doimiy muassasaga ega boʻlsa va ushbu doimiy muassasa roʻyxatdan oʻtkazilgan joydan farqlanuvchi joyda shunday yoki shunga oʻxshash faoliyatni amalga oshirsa, bunday faoliyatni amalga oshirish ham mazkur faoliyatni amalga oshirish boshlangan sanadan eʼtiboran roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan doimiy muassasani tashkil etishga olib keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar chet el yuridik shaxsining faoliyati koʻchma xususiyatga ega boʻlsa (yoʻl qurilishi, foydali qazilmalarni qidirish va koʻchma xususiyatga ega boʻlgan boshqa faoliyat turlari), bu holda butun loyihaga, uning koʻchma xususiyatidan qatʼi nazar, doimiy muassasa sifatida qaraladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar doimiy muassasa Oʻzbekiston Respublikasining Yagona soliq toʻlovchilar reyestridan chiqarilganidan keyin chet el yuridik shaxsi oʻn ikki oylik davr ichida ushbu moddaning ikkinchi yoki uchinchi qismlarida koʻrsatilgan faoliyatini tiklasa, u doimiy muassasani tashkil etgan deb eʼtirof etiladi va bunday faoliyat tiklangan sanadan eʼtiboran soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37-modda. Oʻzaro bogʻliq boʻlgan shaxslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar shaxslar oʻrtasidagi munosabatlarning oʻziga xos xususiyatlari ushbu shaxslar tuzadigan bitimlarning shartlariga va (yoki) natijalariga va (yoki) ushbu shaxslar faoliyatining iqtisodiy natijalariga yoki oʻzlarini vakil qilgan shaxslarning faoliyatiga taʼsir koʻrsatsa, ushbu qismda koʻrsatilgan shaxslar soliq solish maqsadlarida oʻzaro bogʻliq boʻlgan shaxslar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxslarning oʻzaro bogʻliqligini eʼtirof etish uchun bir shaxsning boshqa shaxslar kapitalida ular oʻrtasida tuzilgan bitimga muvofiq ishtirok etishi tufayli yoxud bir shaxsning boshqa shaxslar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni belgilashda boshqacha imkoniyati mavjud boʻlganda koʻrsatilishi mumkin boʻlgan taʼsir inobatga olinadi. Bunday taʼsir, u bitta shaxs tomonidan bevosita va mustaqil ravishda yoki shaxsning ushbu moddaga muvofiq oʻzaro bogʻliq deb eʼtirof etiladigan oʻzaro bogʻliq shaxslari bilan birgalikda koʻrsatilishi mumkinligidan yoki mumkin emasligidan qatʼi nazar, inobatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning maqsadlarida mazkur moddaning birinchi va ikkinchi qismlari inobatga olingan holda quyidagilar oʻzaro bogʻliq shaxslar deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yuridik shaxslar, agar bir yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsda bevosita va (yoki) bilvosita ishtirok etsa va bunday ishtirokning ulushi 20 foizdan ortiqni tashkil etsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) jismoniy shaxs va yuridik shaxs, agar jismoniy shaxs ushbu yuridik shaxsda bevosita va (yoki) bilvosita ishtirok etsa hamda bunday ishtirokning ulushi 20 foizdan ortiqni tashkil etsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) yuridik shaxslar, agar ayni bir shaxs bevosita va (yoki) bilvosita ushbu yuridik shaxslarda ishtirok etsa va har bir yuridik shaxsdagi bunday ishtirokning ulushi 20 foizdan ortiqni tashkil etsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) yuridik shaxs va ushbu yuridik shaxsning yakka tartibdagi ijro etuvchi organi tayinloviga (sayloviga) koʻra yoki ushbu yuridik shaxsning kollegial ijro etuvchi organi yoki direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) tarkibi kamida 50 foizining tayinloviga (sayloviga) koʻra vakolatlarga ega boʻlgan shaxs (shu jumladan jismoniy shaxs). Jismoniy shaxs bilan bogʻliq holda, uning vakolatlarini belgilash chogʻida jismoniy shaxsning ushbu qismning 11-bandida koʻrsatilgan oʻzaro bogʻliq shaxslari bilan birgalikdagi vakolatlari ham inobatga olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) kollegial ijro etuvchi organ yoki direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) tarkibining kamida 50 foizi ayni bir shaxsning (shu jumladan jismoniy shaxsning) qaroriga koʻra tayinlangan yoki saylangan yuridik shaxslar. Jismoniy shaxs bilan bogʻliq holda esa, ushbu shaxsning qarorlarini belgilash chogʻida uning ushbu qismning 11-bandida koʻrsatilgan oʻzaro bogʻliq shaxslari bilan birgalikda qabul qilingan qarorlari ham inobatga olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) kollegial ijro etuvchi organ yoki direktorlar kengashi (kuzatuv kengashi) tarkibining 50 foizdan ortigʻini ayni bir jismoniy shaxslar tashkil etadigan yuridik shaxslar. Bunda jismoniy shaxsning bevosita ishtiroki ushbu qismning 11-bandida koʻrsatilgan shaxs bilan oʻzaro bogʻliq shaxslarning ishtirokiga tenglashtiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) yuridik shaxs va uning yakka tartibdagi ijro etuvchi organi vakolatlarini amalga oshiruvchi shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) yakka tartibdagi ijro etuvchi organning vakolatlari ayni bir shaxs tomonidan amalga oshiriladigan yuridik shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) yuridik shaxslar va (yoki) jismoniy shaxslar, agar ushbu shaxslarning biri boshqa shaxsda bevosita ishtirok etishini aks ettiruvchi ketma-ketlikda har bir ilgarigi shaxsning keyingi yuridik shaxsdagi bevosita ishtiroki 50 foizdan ortiqni tashkil etsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) jismoniy shaxslar, agar bir jismoniy shaxs boshqa jismoniy shaxsga lavozim mavqeyi boʻyicha boʻysunsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) jismoniy shaxs, uning eri (xotini), ota-onasi (shu jumladan uni farzandlikka olgan ota-onasi), erining (xotinining) ota-onasi, farzandlari (shu jumladan u farzandlikka olgan farzandlar), toʻliq va toʻliq boʻlmagan qarindosh aka-ukalari va opa-singillari, shuningdek vasiysi (homiysi) va jismoniy shaxs homiyligidagi shaxs.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxsning va uning ushbu moddaning uchinchi qismi 11-bandida koʻrsatilgan oʻzaro bogʻliq shaxslarining yuridik shaxsda ishtirok etishining jami ulushi ushbu moddaning maqsadi uchun jismoniy shaxsning ushbu yuridik shaxsda ishtirok etishi ulushi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar shaxslar tomonidan tuziladigan bitimlarning shartlariga va (yoki) natijalariga va (yoki) bu shaxslar faoliyatining iqtisodiy natijalariga bir yoki bir nechta boshqa shaxslar tomonidan ularning bozordagi ustun mavqeyi tufayli yoxud boshqa shunga oʻxshash holatlar tufayli taʼsir koʻrsatilsa, bunday taʼsir shaxslarni oʻzaro bogʻliq deb eʼtirof etish uchun asos boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Oʻzbekiston yuridik shaxslaridagi bevosita va (yoki) bilvosita ishtiroki bunday yuridik shaxslarni oʻzaro bogʻliq deb eʼtirof etish uchun oʻz-oʻzidan asos boʻlmaydi. Mazkur yuridik shaxslar ushbu moddada nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra oʻzaro bogʻliq deb eʼtirof etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar oʻzaro bogʻliq shaxslar oʻrtasidagi munosabatlar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan belgilarga ega boʻlsa, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilmagan boshqa asoslar boʻyicha shaxslarni oʻzaro bogʻliq deb eʼtirof etish sud tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38-modda. Yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solish maqsadida bir jismoniy yoki yuridik shaxsning (bundan buyon matnda shaxs deb yuritiladi) ulushi tanlangan boshqa yuridik shaxsdagi (bundan buyon matnda tanlangan yuridik shaxs deb yuritiladi) ulushni aniqlash uchun ushbu shaxsning tanlangan yuridik shaxsda bevosita va bilvosita ishtirok etish ulushlarining summasi tarzida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tanlangan yuridik shaxs ovoz beruvchi aksiyalarining bevosita shu shaxsga tegishli boʻlgan ulushi yoki tanlangan yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) bevosita ushbu shaxsga tegishli boʻlgan ulushi yuridik shaxsda bevosita ishtirok etish ulushi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsning tanlangan yuridik shaxsda bevosita ishtirok etish ulushini aniqlash mumkin boʻlmagan taqdirda, ishtirokchilarning tanlangan yuridik shaxsdagi soniga mutanosib ravishda aniqlanadigan ulush shaxsning tanlangan yuridik shaxsda bevosita ishtirok etish ulushi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagi tartibda aniqlanadigan ulush shaxsning tanlangan yuridik shaxsda bilvosita ishtirok etish ulushi deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu shaxsning tanlangan yuridik shaxsda ishtirok etishining barcha ketma-ketligi har bir ilgarigi yuridik shaxsning tegishli ketma-ketlikdagi har bir keyingi yuridik shaxsdagi bevosita ishtiroki orqali aniqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) har bir ilgarigi yuridik shaxsning har bir keyingi yuridik shaxsdagi bevosita ketma-ketlikdagi ishtirok etish ulushi aniqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) har bir shunday ketma-ketlik uchun ushbu ketma-ketlikning barcha yuridik shaxslari uchun bevosita ishtirok etish ulushi topiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) har bir shunday ketma-ketlik uchun topilgan bevosita ishtirok etish ulushlarining barchasi jamlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashkilotda ishtirok etish ulushini aniqlashda jismoniy shaxsning yoki yuridik shaxsning yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasidagi ishtirok etish ulushi ham hisobga olinadi, ushbu shaxs qaysi chet davlatning (hududning) qonun hujjatlariga muvofiq taʼsis etilgan boʻlsa, shu qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlarning yoxud yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oʻzga chet el tuzilmalarining kapitalida ishtirok etishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlashda Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq koʻpi bilan bir yil muddatga tuzilgan REPO shartnomasi doirasida olingan qimmatli qogʻozlarga egalik qilish orqali amalga oshirilgan ishtirok yoki chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq REPO operatsiyasi deb eʼtirof etiladigan operatsiya natijasida amalga oshirilgan ishtirok hisobga olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday hollarda yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlash maqsadida ushbu qimmatli qogʻozlar, agar REPOning birinchi qismi boʻyicha sotuvchi tomonidan sotilgan qimmatli qogʻozlar uning tomonidan REPOning boshqa operatsiyasi boʻyicha yoki qimmatli qogʻozlar qarziga doir operatsiyalar boʻyicha sotilsagina, REPOning birinchi qismi boʻyicha qimmatli qogʻozlarni sotuvchi boʻlgan shaxsda hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
REPOning ikkinchi qismi bajarilmagan yoki toʻliq boʻlmagan hajmda bajarilgan, shuningdek REPO shartnomasi koʻpi bilan bir yil muddatga tuzilgan taqdirda, bir yuridik shaxsning boshqa yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlash ushbu moddaning beshinchi qismida belgilangan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olinmagan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlashda Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan qimmatli qogʻozlar qarziga doir shartnoma doirasida koʻpi bilan bir yil muddatga olingan qimmatli qogʻozlarga egalik qilish vositasida amalga oshirilgan ishtirok hisobga olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday hollarda yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlash maqsadida bu qimmatli qogʻozlar, agar qimmatli qogʻozlar qarziga doir shartnoma doirasida berilgan qimmatli qogʻozlar kreditor tomonidan qimmatli qogʻozlar qarziga doir boshqa operatsiya boʻyicha yoki REPO operatsiyasi boʻyicha olingan boʻlsagina, kreditor boʻlgan (qimmatli qogʻozlarni qarzga beradigan) shaxsda hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlar qarziga doir operatsiyalar boʻyicha qimmatli qogʻozlarni qaytarish majburiyatlari bajarilmagan yoki toʻliq boʻlmagan hajmda bajarilgan, shuningdek qimmatli qogʻozlar qarzi yuzasidan bir yildan ortiq muddatga shartnoma tuzilgan taqdirda bir yuridik shaxsning boshqa yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlash ushbu moddaning yettinchi qismida belgilangan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olinmagan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir yuridik shaxsning boshqa yuridik shaxsda yoki jismoniy shaxsning yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlashdagi qoʻshimcha holatlar sud tomonidan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solish maqsadida bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga javob beradigan chet el yuridik shaxsi nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) chet el yuridik shaxsi Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb eʼtirof etiladigan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar chet el yuridik shaxsini nazorat qiluvchi shaxslar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qiluvchi shaxslari Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb eʼtirof etiladigan yuridik va (yoki) jismoniy shaxs boʻlgan, yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi ham nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiya fondining (pay fondining yoki jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirish boshqa shaklining) boshqaruvchi kompaniyasini Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etish oʻz-oʻzidan ushbu qismda koʻrsatilgan shaxs oʻzi uchun nazorat qiluvchi shaxs boʻlgan ushbu investitsiya fondini (pay fondini yoki jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirishning boshqa shaklini) nazorat qiluvchi kompaniya deb eʼtirof etishga asos boʻlmaydi. Mazkur fondlar (jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirishning boshqa shakllari) boshqaruvchi sheriklar yoki oʻzga shaxslar tomonidan boshqarilgan taqdirda ham shunday qoidalar qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40-modda. Chet el kompaniyalari ustidan nazorat qilish va nazorat qiluvchi shaxslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq solish maqsadida quyidagilar chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxslari deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) chet el kompaniyasida ishtirok etish ulushi 25 foizdan ortiqni tashkil etadigan, Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etiladigan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ushbu kompaniyada ishtirok etish ulushi 10 foizdan ortiq boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs, agar Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb eʼtirof etiladigan barcha shaxslarning ushbu kompaniyada ishtirok etish ulushi 50 foizdan ortiq boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismi maqsadi uchun chet el kompaniyasida ishtirok etish ulushi ushbu Kodeksning 38-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan jismoniy shaxslar uchun ishtirok etish ulushi ushbu Kodeksning 37-moddasi uchinchi qismi 11-bandida koʻrsatilgan shaxslar bilan birgalikda hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar shaxsning chet el kompaniyasida ishtirok etishi listing tartib-taomilidan oʻtgan va (yoki) tegishli litsenziyaga ega boʻlgan birjalarda yoki chet el moliyaviy vositachilari roʻyxatiga kiritilgan birjalarda muomalaga kiritilgan qimmatli qogʻozlar (depozitar qaydlar) emitenti boʻlgan bir yoki bir nechta Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsining bevosita va (yoki) bilvosita ishtirok etishi orqaligina amalga oshirilgan boʻlsa hamda bu shaxs ushbu moddaning beshinchi — oʻn ikkinchi qismlariga muvofiq nazoratchi shaxs deb tan olinmasa, mazkur shaxs chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb eʼtirof etilmaydi. Bunda chet el moliyaviy vositachilari deganda Oʻzbekiston Respublikasi qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish boʻyicha vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga kiritilgan chet el fond birjalari va chet el depozitar-kliring tashkilotlari tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaysi shaxsning ishtirok etish ulushiga nisbatan kompaniyada ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan shartlarga rioya etilmasa, biroq bunda bu shaxs mazkur kompaniya ustidan nazoratni shaxsiy manfaatlarini yoki ushbu Kodeksning 37-moddasi uchinchi qismi 11-bandida nazarda tutilgan shaxslarning manfaatlarini koʻzlab amalga oshirsa, oʻsha shaxs ham chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi organi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sof foydani (daromadni) taqsimlashga nisbatan kompaniya tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatish yoki taʼsir koʻrsatish imkoniyati ushbu Kodeksning maqsadlari uchun kompaniya ustidan nazoratni amalga oshirish deb eʼtirof etiladi. Bunda shaxsning bunday qarorlarga ham ushbu kompaniyada bevosita yoki bilvosita ishtirok etishi tufayli, ham ushbu kompaniyani boshqarish qaysi shartnomaning (bitimning) predmeti boʻlsa, oʻsha shartnomada (bitimda) ishtirok etishi tufayli yoxud ushbu shaxs hamda kompaniya va (yoki) oʻzga shaxslar oʻrtasidagi boshqa oʻziga xos munosabatlar tufayli taʼsir etishi yoki taʼsir etish imkoniyati hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining aktivlarini boshqaruvchi shaxs tomonidan ushbu tuzilma olgan foydani (daromadni) jismoniy shaxs qaysi davlatning (hududning) fuqarosi boʻlsa yoki yuridik shaxs qaysi davlatda (hududda) tashkil etilgan boʻlsa, oʻsha davlatning (hududning) qonun hujjatlariga va mazkur yuridik shaxsning taʼsis hujjatlariga muvofiq taqsimlashga nisbatan qabul qilinadigan qarorga taʼsir koʻrsatish yoki taʼsir koʻrsatish imkoniyati ushbu Kodeksning maqsadlari uchun yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi ustidan nazoratni amalga oshirish deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Kodeksning maqsadlari uchun yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining nazorat qiluvchi shaxsi deb ushbu tuzilmaning muassisi (asoschisi) eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddaning oʻn birinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa va agar yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasining muassisiga (asoschisiga) nisbatan bir vaqtning oʻzida quyidagi barcha shartlarga rioya etilsa, ushbu muassis (asoschi) mazkur tuzilmani nazorat qiluvchi shaxs deb eʼtirof etilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) bunday shaxs bu tuzilmaning foydasini (daromadini) bevosita yoki bilvosita toʻliq yoki qisman olishga (olishni talab qilishga) haqli boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) bunday shaxs bu tuzilmaning foydasini (daromadini) yoki uning bir qismini tasarruf etishga haqli boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) bunday shaxs bu tuzilmaga berilgan mol-mulkka boʻlgan huquqni oʻzida saqlab qolmagan boʻlsa (mol-mulk bu tuzilmaga qaytarmaslik shartlari asosida berilgan boʻlsa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) bunday shaxs bu tuzilma ustidan ushbu moddaning yettinchi qismiga muvofiq nazoratni amalga oshirmasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining muassisi (asoschisi) bu tuzilmaning aktivlarini oʻz mulkiga oʻtkazish huquqiga ega boʻlmasa, ushbu moddaning toʻqqizinchi qismi 3-bandida nazarda tutilgan shart bajarilgan deb eʼtirof etiladi. Bunda ushbu tuzilmaning aktivlarini tuzilmaning butun mavjud boʻlish davri mobaynida, shuningdek u tugatilgan (shartnoma tugatilgan, bekor qilingan) taqdirda, toʻliq yoki qisman mulkka oʻtkazishga doir cheklov ushbu tuzilma tashkil etilgan chet davlatning (hududning) qonun hujjatlari va (yoki) tuzilmaning taʼsis hujjatlari bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning toʻqqizinchi qismida koʻrsatilgan shaxs, agar u ushbu moddaning toʻqqizinchi qismi 1 — 3-bandlarida koʻrsatilgan huquqlardan istalganini olish huquqini oʻzida saqlab qolgan boʻlsa, yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining nazorat qiluvchi shaxsi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining taʼsis etuvchisi (asoschisi) hisoblanmaydigan oʻzga shaxs ham, agar bunday shaxs tuzilma ustidan nazoratni amalga oshirsa va bunda unga nisbatan quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda bittasi bajarilsa, ushbu Kodeks maqsadlarida ushbu shaxs mazkur tuzilmaning nazorat qiluvchi shaxsi deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) bunday shaxs ushbu tuzilma tomonidan olinadigan daromadga (uning bir qismiga) nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) bunday shaxs ushbu tuzilmaning mol-mulkini tasarruf etishga haqli boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) bunday shaxs ushbu tuzilma tugatilgan (shartnoma tugatilgan, bekor qilingan) taqdirda uning mol-mulkini olishga haqli boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti oʻzini mustaqil ravishda ushbu moddaning birinchi yoki beshinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra, chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb yoki ushbu moddaning toʻqqizinchi yoki oʻn ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra, yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining nazorat qiluvchi shaxsi deb eʼtirof etishga haqli. Bunday hollarda, oʻzini nazorat qiluvchi shaxs deb eʼtirof etgan shaxs oʻzi hisobga olingan joydagi soliq organiga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda tegishli bildirish xati yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalarining nazorat qiluvchi shaxslarini eʼtirof etishning ushbu moddada belgilangan qoidalari, qaysi chet el yuridik shaxslarini nazorat qiluvchi shaxslar uchun ular taʼsis etilgan yoki fuqarosi boʻlgan chet davlatning (hududning) qonun hujjatlariga muvofiq kapitalda ishtirok etishi nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻsha shaxslarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41-modda. Dividendlar va foizlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar dividendlar deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yuridik shaxsning foydasini (shu jumladan imtiyozli aksiyalar boʻyicha foizlar tarzidagi foydasini) ushbu yuridik shaxsning aksiyadoriga (ishtirokchisiga) tegishli aksiyalar (ulushlar) boʻyicha taqsimlash chogʻida aksiyador (ishtirokchi) tomonidan olingan har qanday daromad;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) tugatish chogʻida yuridik shaxsning aksiyadoriga (ishtirokchisiga) ushbu aksiyadorning (ishtirokchining) shu yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi miqdoridan koʻp boʻlgan qismi boʻyicha pul yoki natura shaklidagi toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchiga ulushi qismining chiqarilish yoki chiqib ketish sanasidan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari maʼlumotlari boʻyicha aniqlanadigan haqiqiy qiymatini ushbu aksiyadorning (ishtirokchining) shu yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi miqdoridan koʻp boʻlmagan qismi boʻyicha toʻlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ushbu yuridik shaxsning oʻz kapitali (mol-mulki) hisobiga ustav fondi (ustav kapitali) oshgan taqdirda yuridik shaxs aksiyadorining (ishtirokchisining) qoʻshimcha aksiyalar qiymati (ulush nominal qiymatining oshishi) tarzida olingan daromadlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan daromadlar, basharti ular aksiyadorlarning (ishtirokchilarning) bunday daromadni toʻlovchi yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda toʻlansa, dividendlar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olinadigan, chet davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq dividendlar jumlasiga kiritiladigan har qanday daromadlar ham dividendlar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning maqsadlari uchun xususiy korxona mulkdoriga, oilaviy korxona ishtirokchisiga yoki fermer xoʻjaligi boshligʻiga bunday yuridik shaxslar tasarrufida qolgan foyda summasidan toʻlanadigan daromadlar dividendlarga tenglashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilgari bildirilgan (belgilangan) har qanday daromad, shu jumladan har qanday turdagi qarz majburiyatlari boʻyicha diskont tarzida olingan daromad (uni rasmiylashtirish usulidan qatʼi nazar), shu jumladan pul omonatlari boʻyicha olingan daromad foizlar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42-modda. Daromad
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nafni baholash imkoniyati mavjud boʻlgan taqdirda va bunday nafni baholash mumkin boʻlgan darajada hisobga olinadigan pul yoki natura shaklidagi iqtisodiy naf daromad deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43-modda. Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan daromadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining daromadlari Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar yoki Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar jumlasiga kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasidagi iqtisodiy faoliyatdan olingan daromadlar hamda Oʻzbekiston Respublikasining yurisdiksiyasi, huquq layoqati va (yoki) uning davlat organlari va iqtisodiy munosabatlarning boshqa subyektlari bilan iqtisodiy munosabatlarga bevosita bogʻliq boʻlgan boshqa daromadlar Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar jumlasiga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu Kodeksning qoidalari daromadlarni Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlarga yoki Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlarga qatʼiy kiritish imkoniyatini bermasa, daromadni u yoki bu manbaga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur daromadlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlarga kiritish mumkin boʻlgan ulushi va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlarga kiritish mumkin boʻlgan ulushi ayni shunday tartibda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44-modda. Royalti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har qanday nomoddiy aktivdan foydalanganlik yoki foydalanish huquqi uchun toʻlovlar royalti deb eʼtirof etiladi, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanʼat, adabiyot, ilm-fan, shu jumladan dasturiy taʼminot va maʼlumotlar bazalariga, chizmaga, dizaynga yoki modelga, rejaga, maxfiy formulaga, texnologiyaga yoki jarayonga, audiovizual asarlarga hamda turdosh huquqlar obyektlariga, shu jumladan ijrolar va fonogrammalarga boʻlgan mualliflik huquqlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
patentlar, tovar belgilari, savdo markalari yoki huquqning boshqa shunga oʻxshash turlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribaga taalluqli axborot (nou-xau). Bunda ilmiy-texnika sohasidagi intellektual faoliyat natijalari va (yoki) kasbiy faoliyatni amalga oshirish usullari toʻgʻrisidagi, ilgarigi tajribadan kelib chiqadigan, iqtisodiy faoliyatda amaliy jihatdan qoʻllaniladigan, shuningdek (uning uchinchi shaxslarga maʼlum emasligi tufayli) haqiqiy yoki potensial tijorat qiymatiga ega boʻlgan sanoat, tijorat yoki ilmiy xususiyatga ega axborot (agar bunday maʼlumotlardan qonuniy asosda erkin foydalanish imkoniyati uchinchi shaxslarda mavjud boʻlmasa) va uning oshkor etilishi natijasida iqtisodiy naf olish mumkin boʻlsa, bu axborot nou-xau deb tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar uchun toʻlanadigan toʻlovlarga royalti sifatida qaralmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) kompyuter dasturlaridan foydalanganlik (shu jumladan dasturni joylashtirilgan ichki imkoniyatlardan foydalangan holda sozlash yoʻli bilan moslashtirish), agar foydalanish shartlari bunday dasturning moʻljallangan funksional maqsadi bilan cheklangan va uni takrorlash bunday foydalanish uchun zarur boʻlgan koʻchirma nusxalar soni bilan chegaralangan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) shaxsning foydalanishi, egalik qilishi va (yoki) tasarruf etishi uchun ushbu qismning 1-bandida belgilangan intellektual mulk huquqi obyektlari oʻzida aks ettirilgan yoki turgan tovarlarni (shu jumladan axborot tashuvchilarni) sotib olganlik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) kompyuter dasturlarini va maʼlumotlar bazalarini (hisoblash texnikasining dasturiy vositalarini va axborot mahsulotlarini) ishlab chiqish, shuningdek dasturlarni oʻrnatish, ularga ishlov berish va ularni sozlash, moslashtirish va modifikatsiya qilish boʻyicha xizmatlar koʻrsatganlik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) buyurtmachi bilan tuzilgan shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatish natijasi hisoblanadigan, yangi olingan, sanoat, tijorat yoki ilmiy xususiyatga ega boʻlgan axborotdan foydalanganlik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) dasturiy mahsulotning nusxalarini ularni takrorlash huquqisiz yoki agar ularni takrorlash yakuniy isteʼmolchi tomonidan foydalanish bilan cheklangan boʻlsa, tarqatishga boʻlgan huquqni oʻtkazganlik.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi va “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi oʻrtasida 2007-yil 23-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasining janubiy-gʻarbiy hisor va ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlarga nisbatan mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida neft va gaz kondensatini qazib olish boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun (royalti) soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qarori (roʻyxat raqami 2277, 11.10.2011-y.)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45-modda. Tovarlar va xizmatlar. Tovarlar (xizmatlar) bozori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tabiatning yoki inson faoliyatining (shu jumladan intellektual faoliyatning) qiymat bahosiga ega boʻlgan va realizatsiya qilish uchun moʻljallangan har qanday predmeti tovar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlar deb, xususan, elektr energiyasi, maʼlumotlar bazasi, axborot, intellektual faoliyat natijalari, shu jumladan ularga boʻlgan mutlaq huquqlar eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solish maqsadida mulkiy huquqlar ham tovar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nomoddiy xususiyatga ega boʻlgan, pulda ifodalangan bahoga ega mol-mulkka qaratilgan va ushbu mol-mulkdan mustaqil ravishda, unga bogʻliq boʻlmagan holda muomalada boʻlishga qodir (oldi-sotdi shartnomasining obyekti yoxud shartnomada yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatda koʻrsatilgan, ushbu mulkiy huquqqa egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqiga ega boʻlgan, oʻz mulkdoridan oʻzga shaxsga boshqacha tarzda oʻtkazish obyekti boʻlishi mumkin boʻlgan) fuqaroviy huquq obyekti soliq solish maqsadida mulkiy huquq deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulkiy huquqlar jumlasiga quyidagilar kiradi, chunonchi: kreditorning qarzdorga talab qoʻyish huquqi, xoʻjalik jamiyatining ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etish ulushi, qimmatli qogʻozlar, muallifning (yoki boshqa huquq egasining) intellektual mulk obyektiga boʻlgan huquqi, shuningdek huquqlarning zamirida yotgan mol-mulk bilan bogʻliq, sotilishi yoki oʻz mulkdoridan oʻzga shaxsga boshqacha tarzda oʻtkazilishi mumkin boʻlgan boshqa turlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ashyoning oʻzini oʻtkazmay turib, mustaqil muomalada boʻlishi mumkin boʻlmagan ashyoviy huquqlarga mulkiy huquqlar sifatida qaralmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona toʻlovlarini undirish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish maqsadida bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq tovarlar jumlasiga boshqa mol-mulk kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa shaxslarning ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan mahsulotlarni (moddiy yoki nomoddiy) ishlab chiqarishga doir tadbirkorlik faoliyatining turlari, shuningdek boshqa shaxslar uchun bajariladigan ishlar soliq solish maqsadida xizmatlar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxslarning ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi doirasidagi faoliyati xizmatlar jumlasiga kirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir xil xususiyatli asosiy belgilarga ega boʻlgan tovarlar (xizmatlar) soliq solish maqsadida aynan oʻxshash tovarlar (xizmatlar) deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarning aynan oʻxshashligini aniqlashda bunday tovarlarning tashqi koʻrinishidagi arzimas farqlar hisobga olinmasligi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarning aynan oʻxshashligini aniqlashda ularning fizik xususiyatlari, sifati, moʻljallangan vazifasi, kelib chiqqan mamlakati va ishlab chiqaruvchisi, uning bozordagi ishbilarmonlik obroʻsi hamda foydalaniladigan tovar belgisi hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmatlarning aynan oʻxshashligini aniqlashda bajaruvchining (pudratchining) xususiyatlari, uning bozordagi ishbilarmonlik obroʻsi va foydalaniladigan tovar belgisi hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aynan oʻxshash boʻlmagan holda, bir xil xususiyatlarga ega boʻlgan hamda ayni bir vazifani bajarish imkoniyatini beradigan oʻxshash tarkibiy qismlardan iborat boʻlgan va (yoki) tijorat jihatidan bir-birining oʻrnini bosa oladigan tovarlar ushbu Kodeksning maqsadlari uchun bir turdagi tovarlar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarning bir turdaligini aniqlashda, ularning sifati, bozordagi mavqeyi, tovar belgisi, kelib chiqqan mamlakati hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aynan oʻxshash boʻlmagan holda, tijorat jihatidan va (yoki) bajaradigan vazifasi jihatidan bir-birining oʻrnini bosish imkoniyatini beradigan bir xil xususiyatlarga ega xizmatlar bir turdagi xizmatlar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmatlarning bir turdaligini aniqlashda ularning sifati, tovar belgisi, bozordagi mavqeyi, shuningdek turlari, hajmlari, noyobligi va tijorat jihatidan bir-birining oʻrnini bosa olishi hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarning muomalada boʻlish sohasi tovarlar bozori deb eʼtirof etiladi, bu soha xaridorning (sotuvchining) bu tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoki uning hududidan tashqarida uncha koʻp boʻlmagan qoʻshimcha xarajatlarsiz olish (realizatsiya qilish) imkoniyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Xizmatlar bozori ham xuddi shunday tartibda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46-modda. Tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarga boʻlgan mulk huquqini haq olish asosida oʻtkazish yoki haq evaziga xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan qarzdor garov bilan taʼminlangan majburiyatlarini bajarmaganda garovga qoʻyilgan tovarlarni ayirboshlash va oʻtkazish tovarlarni yoki xizmatlarni realizatsiya qilish deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda tovarlarga boʻlgan mulk huquqini bepul asosda oʻtkazish yoki bepul asosda xizmatlar koʻrsatish ham realizatsiya qilish deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47-modda. Hisobvaraq-faktura
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar, agar mazkur moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu tovarlarni (xizmatlarni) sotib oluvchilarga hisobvaraq-fakturani taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobvaraq-faktura, qoida tariqasida, elektron hisobvaraq-fakturalarning axborot tizimida elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 522-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida” nizom.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish chogʻida, agar sotuvchi xaridorga kassa cheki yoki belgilangan shakldagi boshqa hujjatni bersa, ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllanilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) qiymati oʻzgarganda, shu jumladan yetkazib berilgan tovarlar yoki koʻrsatilgan xizmatlar narxi oʻzgargan yoxud miqdori (hajmi) aniqlashtirilgan hollarda, sotuvchi sotib oluvchiga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda qoʻshimcha yoki tuzatilgan hisobvaraq-fakturani taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 279-moddasiga muvofiq hisobga turishi lozim boʻlgan chet el yuridik shaxslari hisobvaraq-fakturalarni taqdim etmaydi, sotib olish reyestrlarini, sotish reyestrlarini, hisobga olish jurnallarini hamda ushbu Kodeks 282-moddasida koʻrsatilgan xizmatlarni koʻrsatish qismi boʻyicha qabul qilingan va berilgan hisobvaraq-fakturalarni yuritmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobvaraq-fakturaning shakli va uni toʻldirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48-modda. Maqsadli mablagʻlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solish maqsadida soliq toʻlovchi tomonidan maqsadli mablagʻlarning manbai boʻlgan shaxs tomonidan belgilangan yoki qonun hujjatlarida belgilangan maqsadga koʻra foydalanish uchun olingan mol-mulk maqsadli mablagʻlarga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maqsadli mablagʻlarga jumladan quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) budjetdan ajratiladigan mablagʻlar va budjet subsidiyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) grantlar va insonparvarlik yordami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) maqsadli tushumlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda bepul asosda beriladigan quyidagi mol-mulk grant deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro yoki chet el hukumat tashkilotlari yoxud nohukumat tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga berilgan mol-mulk;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga berilgan mol-mulk.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan u vakolat bergan tashkilotlar orqali taqsimlanadigan, aholining ijtimoiy jihatdan nochor guruhlariga tibbiy va (yoki) ijtimoiy yordam koʻrsatish, ijtimoiy soha muassasalarini qoʻllab-quvvatlash, tabiiy ofatlar, falokatlar va halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga aniq maqsadli begʻaraz koʻmaklashish soliq solish maqsadida insonparvarlik yordami deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maqsadli tushumlarga notijorat tashkilotlarni taʼminlash va ularning ustavda belgilangan faoliyatini yuritishga yoʻnaltirilgan tushumlar (bundan aksiz toʻlanadigan tovarlar tarzidagi tushumlar mustasno) davlat hokimiyati organlarining qarorlari asosida bepul kelib tushgan, shuningdek boshqa yuridik va (yoki) jismoniy shaxslardan kelib tushgan, mazkur oluvchilar tomonidan maqsadli foydalaniladigan tushumlar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Notijorat tashkilotlarni taʼminlash va ularning ustavda belgilangan faoliyatini yuritishga yoʻnaltirilgan maqsadli tushumlarga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) muassislarning (ishtirokchilarning, aʼzolarning) nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilgan badallari, shuningdek fuqarolik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq deb eʼtirof etiladigan xayriyalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) notijorat tashkilotlar tomonidan bepul olingan tegishli shartnomalar asosida koʻrsatilgan xizmatlar tarzidagi daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda uy-joy mulkdorlari shirkatlari, uy-joy, bogʻdorchilik, bogʻ-tomorqa, garaj-qurilish, uy-joy qurilish kooperativlari yoki boshqa ixtisoslashgan isteʼmolchilar kooperativlari tomonidan amalga oshiriladigan umumiy mulkni taʼmirlash, mukammal taʼmirlash uchun ularning aʼzolari tomonidan zaxira shakllantirishga ajratmalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) notijorat tashkilotlarga vasiyatnoma boʻyicha meros tartibida oʻtadigan mol-mulk;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) notijorat tashkilotlarning ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan budjet mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun olingan mablagʻlar va boshqa mol-mulk;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) kasaba uyushmasi tashkilotlariga kasaba uyushmasi tashkilotlarining ustavlarida nazarda tutilgan ijtimoiy-madaniy va boshqa tadbirlarni oʻtkazish uchun jamoa shartnomalariga (kelishuvlariga) muvofiq kelib tushgan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) notijorat tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan, ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun qonun hujjatlariga muvofiq ular tomonidan tuzilgan soliq toʻlovchi boʻlgan tarkibiy boʻlinmalardan bepul olingan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun diniy tashkilotlar tomonidan olingan mol-mulk;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) notijorat tashkilotlar tomonidan ular ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun davlat hokimiyati organlarining qarorlariga binoan olingan davlat mulkidan bepul foydalanish huquqi tarzidagi mulkiy huquqlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49-modda. Qimmatli qogʻozlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlar mazkur hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi oʻrtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydigan, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad toʻlashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga oʻtkazish imkoniyatini nazarda tutadigan hujjatlardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlarga aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar, depozit sertifikatlari, depozitar tilxatlar, opsionlar, fyuchers va forvard kontraktlari kiradi, shuningdek qonun hujjatlariga yoki chet davlatning qoʻllanilishi mumkin boʻlgan qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlar deb eʼtirof etiladigan boshqa qimmatli qogʻozlar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlarni emissiyaviy qimmatli qogʻozlar jumlasiga kiritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari yoki chet davlatlarning qoʻllanilishi mumkin boʻlgan qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar qimmatli qogʻozlar bilan bajariladigan operatsiya muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga oid operatsiyalar mezonlariga muvofiq boʻlsa, soliq toʻlovchi uni mustaqil ravishda soliq solish maqsadida qimmatli qogʻozlar bilan bajariladigan operatsiyalar jumlasiga yoki muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga oid operatsiyalar jumlasiga kiritishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solish maqsadida qimmatli qogʻozlar quyidagi shartlarga bir vaqtning oʻzida rioya etilgan taqdirda qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada boʻlayotgan qimmatli qogʻozlar (muomaladagi qimmatli qogʻozlar) deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ular qimmatli qogʻozlar savdolarining hech boʻlmaganda bitta tashkilotchisi tomonidan muomalaga kiritilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ularning narxlari (kotirovkalari) toʻgʻrisidagi axborot ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinsa yoxud savdolarning tashkilotchisi yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan har qanday manfaatdor shaxsga qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar amalga oshirilgan sanadan eʼtiboran uch yil ichida berilishi mumkin boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻlovchi bu qimmatli qogʻozlarga doir bitimni tuzgan sanadan eʼtiboran oʻtgan ketma-ket uch oy ichida ular boʻyicha hech boʻlmaganda bir marta bozor kotirovkasi hisoblab chiqarilgan boʻlsa (bundan qimmatli qogʻozlarni birlamchi joylashtirish chogʻidagi bozor kotirovkasining hisob-kitobi mustasno).
LexUZ sharhi
Qarang: “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50-modda. Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning maqsadlari uchun shartnoma tomonlari huquq va majburiyatlarining asos aktivlarga nisbatan taqsimlanishi boʻyicha va tomonlar majburiyatlarining bajarilishiga toʻgʻri keladigan sana koʻrsatilgan shartnoma muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik qonun hujjatlariga va (yoki) chet davlatlarning qoʻllanilishi mumkin boʻlgan qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma talablari boʻyicha sud himoyasi lozim boʻlmasa, ushbu Kodeksning maqsadlari uchun oʻsha shartnoma muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi deb eʼtirof etilmaydi. Mazkur shartnoma tufayli koʻrilgan zararlar soliq solishda hisobga olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muddatli bitimlar moliyaviy vositalarining asos aktivi deganda muddatli bitimning predmeti tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asos aktiv sifatida, jumladan chet el valyutasi, qimmatli qogʻozlar va boshqa mol-mulk, foiz stavkalari, kredit resurslari, narx yoki foiz stavkalarining indekslari, muddatli bitimlarning boshqa moliyaviy vositalari ishtirok etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning maqsadlari uchun muddatli bitimlarning ishtirokchilari deganda muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalarini asos aktivlarni yetkazib berish yoʻli bilan, muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi boʻyicha uzil-kesil oʻzaro hisob-kitobni amalga oshirish yoʻli bilan yoxud muddatli bitimning moliyaviy vositasi bilan ilgari amalga oshirilgan operatsiyaga muddatli bitim ishtirokchisi tomonidan qarama-qarshi operatsiyani amalga oshirish yoʻli bilan bajarish muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha huquqlar va majburiyatlarning bajarilishi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir, asos aktivni xarid qilishga qaratilgan operatsiyalar uchun qarama-qarshi yoʻnalishdagi operatsiya deb — asos aktivni sotishga qaratilgan operatsiya, asos aktivni sotishga qaratilgan operatsiya uchun esa — asos aktivni xarid qilishga qaratilgan operatsiya eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi asos aktivni yetkazib berish shartlarini nazarda tutuvchi bitimni muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiya deb yoki ijroni kechiktirgan holda bitim predmetini yetkazib berishga doir bitim deb eʼtirof etib, ushbu bitimni mustaqil ravishda, ushbu moddaning talablarini inobatga olgan holda tavsiflashga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitimning predmetini yetkazib berishni (bundan xedjirlash operatsiyalari mustasno) nazarda tutuvchi bitimlarni muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar toifasiga kiritish mezonlari soliq toʻlovchi tomonidan hisob siyosatida soliq solish maqsadlari uchun aniqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha huquq va majburiyatlarning ijro etilish sanasi muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyaning tugallanish sanasidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muddatli bitimning moliyaviy vositasi boʻyicha majburiyatlar quyidagi hollarda uni qayta tavsiflamagan holda tugatilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) bir turdagi talablar va majburiyatlarni hisobga oʻtkazgan holda (oʻzaro hisobga oʻtkazgan holda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) shartnomalarning namunaviy shartlariga muvofiq boʻlgan bosh kelishuvda belgilangan tartibda, agar bunday tugatishda netto-majburiyatning summasini belgilash nazarda tutilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) tashkil etilgan savdolarning qoidalari yoki kliring qoidalari shartlarida tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan muqobil talablarni hisobga oʻtkazgan holda, agar bunday hisobga oʻtkazish netto-majburiyatning summasini aniqlash maqsadida amalga oshirilgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning maqsadlari uchun bir emitentning bir turdagi, bir toifadagi (xildagi) yoki bitta pay investitsiya fondining (pay investitsiya fondlarining investitsiya paylari uchun) bir xil hajmdagi huquqlarga ega boʻlgan qimmatli qogʻozlarini yetkazib berishga doir talablar, shuningdek pul mablagʻlarini ayni shu valyutada toʻlashga doir talablar bir turdagi talablar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijro etishni kechiktirgan holda bitim predmetini yetkazib berishga doir bitim sifatida tavsiflangan bitimlarga soliq solish bunday bitimlarning tegishli asos aktivlari uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning maqsadlari uchun muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari uyushgan bozorda muomalada boʻlgan bitimlarning moliyaviy vositalariga (muddatli bitimlarning muomaladagi moliyaviy vositalariga) va muddatli bitimlarning uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan moliyaviy vositalariga (muddatli bitimlarning muomalada boʻlmagan moliyaviy vositalariga) boʻlinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari quyidagi shartlarga bir vaqtning oʻzida rioya etilgan taqdirda uyushgan bozorda muomalada deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) bitimlarni tuzish, ularning muomalada boʻlishi va bajarilishi tartibi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga yoki chet davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq shunday huquqqa ega boʻlgan savdolarning tashkilotchisi tomonidan belgilansa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) muddatli bitimlar moliyaviy vositalarining narxlari toʻgʻrisidagi axborot ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinsa yoxud savdolarning tashkilotchisi yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan har qanday manfaatdor shaxsga muddatli bitimning moliyaviy vositasiga doir operatsiyalar amalga oshirilgan sanadan keyin uch yil ichida berilishi mumkin boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar bitim uyushmagan bozorda tuzilsa va uning shartlarida asos aktivni yetkazib berish nazarda tutilgan boʻlsa, bitim muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi sifatida faqat, basharti asos aktivni yetkazib berish bunday bitimning shartlariga muvofiq bitim tuzilgan kundan keyin kamida uchinchi kundan soʻng amalga oshirilsa, muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi sifatida tavsiflanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uyushmagan bozorda tuziladigan va shartlarida asos aktivni yetkazib berish nazarda tutilmagan bitim faqat muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi sifatida tavsiflanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻz shartlarida asos aktivni yetkazib berishni nazarda tutuvchi muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari yoki oʻz shartlarida asos aktivni yetkazib berishni nazarda tutuvchi boshqa moliyaviy vositaning muddatli bitimlarini tuzish yetkazib berishga oid muddatli bitimlar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻz shartlarida asos aktivni yetkazib berish nazarda tutilmagan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari yoki oʻz shartlarida asos aktivni yetkazib berishni nazarda tutmaydigan moliyaviy vositalarning muddatli bitimlarini tuzish hisob-kitobli muddatli bitimlar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yetkazib berishga oid muddatli bitimlar sifatida, shuningdek ijroni kechiktirgan holda bitim predmetini yetkazib berishga doir bitim sifatida tavsiflangan bitimlar majburiyatlar lozim darajada ijro etishdan farq qiladigan usullar orqali tugatilgan taqdirda hisob-kitobli muddatli bitimlar sifatida qayta tavsiflanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Variatsiyali marja deganda savdolarning tashkilotchisi yoki kliring tashkiloti tomonidan hisoblab chiqiladigan hamda savdolarning tashkilotchilari va (yoki) kliring tashkilotlari tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq muddatli bitimlar ishtirokchilari tomonidan toʻlanadigan pul mablagʻlari summasi tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51-modda. Xedjirlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks maqsadida xedjirlash operatsiyalari deganda soliq toʻlovchi uchun noxush oqibatlarni (toʻliq yoki qisman) kamaytirish (kompensatsiya qilish) maqsadida muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari (shu jumladan harxil turlari bilan) amalga oshiriladigan operatsiyalar (operatsiyalar majmui) tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday noxush oqibatlar jumlasiga, xususan, zarar koʻrish, tushumning yoki foydaning kamayishi, mol-mulk bozor qiymatining kamayishi, narxning, foiz stavkasining, milliy valyutaga nisbatan chet el valyutasi kursining yoki xedjirlash obyekti (obyektlari) boshqa koʻrsatkichining (koʻrsatkichlari majmuining) oʻzgarishi oqibatida soliq toʻlovchining majburiyatlari koʻpayishi kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining mol-mulki, mulkiy huquqlari va uning xedjirlash operatsiyasini amalga oshirish sanasida bajarilish muddati yetib kelmagan majburiyatlari xedjirlash obyektlari deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amalga oshirilishi (bajarilishi) tarafning shartnoma boʻyicha talab qoʻyishi bilan bogʻliq boʻlgan hamda ularga nisbatan soliq toʻlovchi xedjirlash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan talab qilish huquqlari va majburiyatlar xedjirlash obyektlari boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muddatli bitimlar moliyaviy vositalarining xedjirlash operatsiyasi uchun foydalaniladigan asos aktivlari xedjirlash obyektidan farq qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xedjirlash maqsadida har xil turdagi muddatli bitimning bittadan ortiq moliyaviy vositasini, shu jumladan xedjirlash muddati ichida bitta xedjirlash operatsiyasi doirasida muddatli bitimlarning bir nechta moliyaviy vositalarini tuzishga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari bilan operatsiyani xedjirlash operatsiyasi jumlasiga kiritish asoslanganligini tasdiqlash uchun xedjirlash operatsiyasiga doir bitimni tuzish sanasida soliq toʻlovchining taxminlaridan kelib chiqqan holda ushbu operatsiyaning amalga oshirilishi narxning, bozor kotirovkasining, valyuta kursining yoki xedjirlash obyekti boshqa koʻrsatkichining oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlgan noxush oqibatlarni kamaytirish imkonini berishini tasdiqlovchi maʼlumotnomani tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar bitta xedjirlash operatsiyasi maqsadida muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari bilan bogʻliq operatsiyalar majmuidan foydalanilsa, bunday maʼlumotnoma ushbu bitimlar majmuining birinchisi tuzilgan sanadagi holatga koʻra tuziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3337, 27.11.2021-y.)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52-modda. Qimmatli qogʻozlar bilan REPO operatsiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Repo shartnomasiga muvofiq bitimning bir tarafi bitimning boshqa tarafiga qimmatli qogʻozlarni ushbu shartnomada oldindan belgilangan narxda muayyan muddatdan keyin ularni qaytarib sotish (sotib olish) majburiyati bilan sotadi. Bunda ushbu qimmatli qogʻozlarning shartnomada belgilangan sotish (sotib olish) narxi ularning bozor narxlaridan farq qilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va (yoki) chet davlatlarning qoʻllanilishi mumkin boʻlgan qonun hujjatlarida repo shartnomalariga nisbatan qoʻyiladigan talablarga javob beradigan shartnoma REPO operatsiyasi deb eʼtirof etiladi. Bunda repo shartnomasining birinchi va ikkinchi qismlari tegishincha REPOning birinchi va ikkinchi qismlari deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Repo shartnomasi boʻyicha sotib oluvchi va repo shartnomasi boʻyicha sotuvchi tegishincha REPOning birinchi qismi boʻyicha sotib oluvchi hamda REPOning birinchi qismi boʻyicha sotuvchi deb eʼtirof etiladi. Bunda REPOning ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlar REPOning birinchi qismi bajarilishi sharti bilan yuzaga kelishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
REPO operatsiyasining shartlari bitim taraflarining quyidagi huquqlaridan kamida bittasini nazarda tutishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) REPOning birinchi qismi boʻyicha sotuvchining REPOning ikkinchi qismini bajarish sanasiga qadar REPOning birinchi qismi boʻyicha sotib oluvchiga REPOning birinchi qismi boʻyicha berilgan qimmatli qogʻozlar yoki ular ayirboshlangan qimmatli qogʻozlar oʻrniga boshqa qimmatli qogʻozlarni berish huquqi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) REPOning birinchi qismi boʻyicha sotib oluvchining REPOning birinchi qismi boʻyicha sotuvchidan ushbu qismning 1-bandida koʻrsatilgan oʻtkazishni talab qilish huquqi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks maqsadida REPO operatsiyasi ishtirokchilari tomonidan REPOning tegishli qismi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishining repo shartnomasida nazarda tutilgan muddatlari REPO birinchi yoki ikkinchi qismining bajarilish sanalari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
REPOning birinchi yoki ikkinchi qismi boʻyicha qimmatli qogʻozlarni yetkazib berish va ularga haq toʻlash boʻyicha majburiyatlar turli sanalarda bajarilgan taqdirda, qimmatli qogʻozlarga haq toʻlash yoki ularni yetkazib berish boʻyicha majburiyatlar bajarilishi sanalaridan eng kechrogʻi tegishincha REPO birinchi qismining sanasi va ikkinchi qismining sanasi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
REPOning ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlarni bajarish sanasi REPO muddatini qisqartirish tomonga ham, uni uzaytirish tomonga ham oʻzgartirilishi mumkin. REPOning ikkinchi qismini bajarish sanasi talab qilib olish payti bilan belgilanadigan operatsiyalar, agar repo shartnomasida REPO ikkinchi qismining narxini aniqlash tartibi belgilangan boʻlsa va agar REPOning ikkinchi qismi taraflar tomonidan REPOning birinchi qismiga doir majburiyatlar bajarilgan sanadan eʼtiboran bir yil ichida bajarilgan boʻlsa, REPO operatsiyalari deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlar bozorida savdolarning tashkilotchisi (birja) orqali yoki kliring tashkiloti orqali bajarilgan holda amalga oshiriladigan REPO operatsiyalari uchun REPOning ikkinchi qismi bajarilishi sanasining qimmatli qogʻozlar bozoridagi savdolar tashkilotchisining (birjaning) yoki kliring tashkilotining qoidalariga muvofiq amalga oshiriladigan har qanday oʻzgartirilishi ushbu modda maqsadida REPO muddatini oʻzgartirish deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks maqsadida REPO stavkasi REPO operatsiyasini tuzish chogʻida aniqlanadi va u qatʼiy belgilangan yoki hisob-kitobli boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
REPO stavkasi hisobot (soliq) davrining oxirida foizlarning miqdorini belgilash imkonini berishi kerak va repo shartnomasi taraflarining kelishuviga koʻra oʻzgartirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar REPOning ikkinchi qismi boʻyicha qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilishga (sotib olishga) doir majburiyatlar REPOning ikkinchi qismini bajarish sanasida toʻliq yoki qisman bajarilmasa va oʻzaro talablarni tartibga solish tartib-taomili oʻtkazilmasa, REPOning ikkinchi qismi, agar ushbu moddaning oltinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, lozim darajada bajarilmagan deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks maqsadida quyidagilar REPOning ikkinchi qismini toʻliq bajarmaslik deb eʼtirof etilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) REPOning ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlarni REPOning ikkinchi qismini bajarishning taraflar tomonidan kelishgan sanasidan eʼtiboran oʻn kun ichida bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) majburiyatlarni quyidagi hollarda muqobil talablarni hisobga olish yoʻli bilan bajarish (tugatish):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) agar bunday talablar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga yoki chet davlatlarning qoʻllanilishi mumkin boʻlgan qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan shartnomalarning namunaviy shartlariga mos boʻlgan bosh kelishuv (yagona shartnoma) shartlari asosida tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan boʻlsa. Bunda muqobil talablarni hisobga olish netto-majburiyat summasini aniqlash maqsadida amalga oshirilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) agar bunday talablar uyushgan savdolar qoidalarining va (yoki) kliring qoidalarining shartlari asosida tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan boʻlsa. Bunda muqobil talablarni hisobga olish netto-majburiyat summasini aniqlash maqsadida amalga oshirilgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
REPOning ikkinchi qismi lozim darajada bajarilmagan hollarda REPO operatsiyasi soliq solish maqsadida qayta tavsiflanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
REPO operatsiyasini soliq solish maqsadida qayta tavsiflash soliq toʻlovchi tomonidan quyidagi hollarda mustaqil ravishda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) repo shartnomalariga nisbatan qonun hujjatlarida qoʻyiladigan talablarga va (yoki) REPO operatsiyasiga nisbatan ushbu moddada qoʻyiladigan talablarga rioya etilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) repo shartnomasi bekor qilinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) REPOning ikkinchi qismi lozim darajada bajarilmaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
REPO operatsiyasini soliq solish maqsadida qayta tavsiflash bunday qayta tavsiflash uchun asos boʻlgan shartlardan biri yuzaga kelgan sanalardan eng avvalgisida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
REPO operatsiyasi ishtirokchilarining REPO operatsiyasini soliq solish maqsadida qayta tavsiflash chogʻidagi majburiyatlari ushbu Kodeksning Maxsus qismida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53-modda. Qimmatli qogʻozlarning qarz operatsiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlarni qarzga berish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga yoki chet davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan, ushbu moddaning uchinchi — oltinchi qismlarida belgilangan shartlarni qanoatlantiradigan qarz shartnomasi (bundan buyon matnda qarz shartnomasi deb yuritiladi) asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks qoidalari soliq toʻlovchining vositachilar, ishonchli vakillar, agentlar, ishonchli boshqaruvchilar tomonidan tegishli fuqaroviy-huquqiy shartnomalar asosida uning hisobidan amalga oshirilgan qimmatli qogʻozlarning qarz operatsiyalariga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks maqsadida qimmatli qogʻozlarning qarz shartnomasida foizlar pul shaklida toʻlanishi nazarda tutilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foiz stavkasi yoki uni aniqlash tartibi qarz shartnomasining shartlarida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarz shartnomasi boʻyicha foizlarni aniqlash maqsadi uchun, agar ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qarz shartnomasi boʻyicha berilgan qimmatli qogʻozlarning qiymati tegishli qimmatli qogʻozlarning shartnomani tuzish sanasidagi bozor narxiga teng tarzda, bozor narxi mavjud boʻlmagan taqdirda esa, hisob-kitob qilingan narxiga teng etib qabul qilinadi. Bunda qimmatli qogʻozlarning bozor narxi va hisob-kitob qilingan narxi ushbu Kodeksning Maxsus qismida belgilangan qoidalarga muvofiq aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulk huquqini kreditor tomonidan qarz oluvchiga oʻtkazish chogʻidagi oʻtish sanasi qarzning boshlanish sanasi boʻladi, qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulk huquqini qarz oluvchi tomonidan kreditorga oʻtkazish chogʻidagi oʻtish sanasi qarzning tugash sanasi boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks maqsadida qimmatli qogʻozlar tarzida berilgan (olingan) qarz shartnomasining muddati bir yildan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar qarz shartnomasida qimmatli qogʻozlarni qaytarish muddati belgilanmagan boʻlsa yoki mazkur muddat talab qilib olish payti bilan belgilangan boʻlsa (ochiq sanali qarz shartnomasi) va qarz boshlangan sanadan eʼtiboran bir yil ichida qimmatli qogʻozlar qarz oluvchi tomonidan kreditorga qaytarilmagan boʻlsa, soliq solish maqsadida qimmatli qogʻozlar qarz boshlangan sanada realizatsiya qilingan deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda kreditorning va qarz oluvchining qarz shartnomasi boʻyicha berilgan qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilishdan (sotib olishdan) olingan daromadlari hamda qilingan xarajatlari qimmatli qogʻozlarning qarz boshlangan va foizlar olingan (toʻlangan) sanadagi bozor narxidan (hisob-kitob narxidan) kelib chiqqan holda hisob-kitob qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur qimmatli qogʻozlarning koʻrsatilgan bozor (hisob-kitob) narxi ushbu Kodeksning Maxsus qismida belgilangan qoidalarga muvofiq aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda sakkizinchi qismining qoidalari quyidagi hollarda ham qoʻllaniladi, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qarz shartnomasida qarzni qaytarish muddati belgilangan boʻlsa, biroq qimmatli qogʻozlar qarz boshlangan sanadan eʼtiboran bir yil oʻtgach kreditorga qarz oluvchi tomonidan qaytarilmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) qimmatli qogʻozlarni qaytarishga doir majburiyat kreditorga pul mablagʻlarini toʻlash yoki qimmatli qogʻozlardan farq qiladigan boshqa mol-mulkni oʻtkazish orqali tugatilgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlarning qarz operatsiyalari boʻyicha qimmatli qogʻozlarni qaytarish yuzasidan majburiyatlar bajarilmagan yoki toʻliq hajmda bajarilmagan taqdirda, oʻziga nisbatan lozim darajada bajarmaslikka yoʻl qoʻyilgan va oʻzaro talablarni tartibga solish tartib-taomili oʻtkazilmagan REPO operatsiyasi uchun ushbu Kodeksda belgilangan tartib soliq solish maqsadida qoʻllaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54-modda. Moliyaviy ijara va lizing
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks maqsadida shartnoma boʻyicha mol-mulkni (moliyaviy ijara obyektini) oʻn ikki oydan koʻp muddatga egalik qilish va foydalanishga berish chogʻida yuzaga keladigan ijara munosabatlari moliyaviy ijara deb eʼtirof etiladi. Moliyaviy ijara shartnomasi quyidagi talablardan hech boʻlmaganda bittasiga javob berishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugagach, moliyaviy ijara obyekti ijarachining mulkiga oʻtkazilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) moliyaviy ijara shartnomasining muddati moliyaviy ijara obyekti xizmat qilish muddatining 80 foizidan oshsa yoki moliyaviy ijara obyektining moliyaviy ijara shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlangʻich qiymatining kamida 20 foizini tashkil etsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugagach, ijarachi moliyaviy ijara obyektini moliyaviy ijara shartnomasida belgilanadigan qatʼiy narx boʻyicha haqini toʻlab olish huquqiga ega boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) moliyaviy ijara shartnomasining amal qilish davrida ijara toʻlovlarining joriy diskontlangan qiymati obyektning uni moliyaviy ijaraga topshirish paytidagi joriy qiymatining 90 foizidan oshsa. Joriy diskontlangan qiymat buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks maqsadida moliyaviy ijaraning alohida turi lizing deb eʼtirof etilib, bunda bir taraf (lizing beruvchi) boshqa tarafning (lizing oluvchining) topshirigʻiga koʻra uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasi boʻyicha shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) oladi hamda uni ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan shartnoma boʻyicha egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga haq evaziga beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks maqsadi uchun moliyaviy ijara (lizing) shartnomasining tarafi boʻlgan ijarachiga (lizing oluvchiga) moliyaviy ijara (lizing) predmetining xaridori sifatida qaraladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonuni, “Lizing toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55-modda. Soliq qarzi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks maqsadida hisoblab chiqarilgan (hisoblangan) va belgilangan muddatlarda toʻlanmagan soliqlarning, shu jumladan ular boʻyicha boʻnak va joriy toʻlovlarning summalari, shuningdek ushbu Kodeksda belgilangan muddatda toʻlanmagan moliyaviy sanksiyalar va penyalar soliq qarzi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining yoki soliq agentining soliq qarzi barcha soliqlar boʻyicha ham, ularning har biri boʻyicha alohida-alohida ham aniqlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq qarzini toʻlash, shu jumladan uni soliq organlari tomonidan undirish chogʻida toʻlash quyidagi tartibdagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) soliqlar summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) hisoblangan penyalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) jarimalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56-modda. Soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan axborot resursi soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan soliq toʻlovchilar va soliq organlari oʻz huquqlari hamda majburiyatlarini elektron tarzda amalga oshirishi uchun foydalanilishi mumkin. Qonunda nazarda tutilgan hollarda, boshqa manfaatdor shaxslar ham ushbu axborot resursi orqali elektron hujjatlar almashinuvini amalga oshirishi mumkin.
(56-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 10-martdagi OʻRQ-607-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2020-y., 03/20/607/0279-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchilarga va soliq toʻlovchilar tomonidan soliq organlariga yuboriladigan elektron hujjatlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Har bir soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti ushbu soliq toʻlovchi soliq organlarida hisobga qoʻyilganidan keyin shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish soliq toʻlovchi tomonidan ixtiyoriy tartibda amalga oshiriladi. Bunda soliq organlari hamda soliq toʻlovchilar boʻlgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar oʻrtasidagi axborot almashinuvi faqat soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxsga, ushbu shaxs yakka tartibdagi tadbirkor boʻlishidan yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, soliq toʻlovchining bitta shaxsiy kabineti shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida hisobga turgan jismoniy shaxs oʻz soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatidagi oʻz huquqlari va majburiyatlarini elektron tarzda amalga oshirish uchun foydalanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga kirish yagona identifikatsiyalash tizimi orqali elektron raqamli imzo vositasida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 5-sentabrdagi 2926-sonli qarori bilan tasdiqlangan Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron raqamli imzo soliq toʻlovchiga uning arizasi asosida Davlat xizmatlari markazi orqali haq toʻlash asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti faollashtirilganidan keyin to uning amal qilishi toʻxtatib turilguniga qadar soliq organlari barcha hujjatlarni soliq toʻlovchiga faqat uning shaxsiy kabineti orqali yuboradi. Soliq toʻlovchi hujjatlarni soliq organlariga xuddi shunday tartibda yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlari tomonidan hujjat va soliq toʻlovchiga soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilishi chogʻida u koʻrsatgan mobil telefon raqamiga tegishli SMS-xabar yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq organi tomonidan elektron hujjat soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga yuborilganda soliq toʻlovchi shaxsiy kabinetining amal qilishi toʻxtatib turilganligi yoki elektron raqamli imzo kalitining sertifikati tugatilganligi toʻgʻrisida maʼlumot olingan boʻlsa, mazkur hujjat soliq toʻlovchiga ushbu maʼlumotlar olingan kundan eʼtiboran uch kun ichida qogʻozda yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 129-moddasi yettinchi va oʻn uchinchi qismlariga muvofiq soliq organida hisobda turgan chet el yuridik shaxsi tomonidan soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan soliq organidan hujjatlarni (axborotni) olish hamda ushbu Kodeksning 282-moddasida koʻrsatilgan xizmatlarni elektron shaklda koʻrsatishga taalluqli maʼlumotlarni soliq organiga taqdim etish uchun foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish imkoniyati chet el yuridik shaxslariga ular soliq organlarida ushbu Kodeksning 129-moddasi yettinchi qismida nazarda tutilgan tartibda hisobga qoʻyilgan kundan eʼtiboran beriladi. Bunday chet el yuridik shaxsi soliq organida hisobdan chiqarilgan taqdirda soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish huquqi soliq organlari soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan munosabatlardagi oʻz vakolatlarini amalga oshirishi chogʻida foydalanadigan hujjatlarni olish uchun saqlanib qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57-modda. Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks maqsadida qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari deb bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga javob beradigan yuridik shaxslar eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchi va uni birlamchi qayta ishlovchi, basharti bunday yuridik shaxsning jami daromadida oʻzi ishlab chiqargan qishloq xoʻjaligi mahsulotini, shu jumladan uni oʻzi ishlab chiqargan qishloq xoʻjalik xom ashyosini qayta ishlashdan olingan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan daromadining ulushi soliq davridagi jami daromadning kamida 80 foizini tashkil etsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkalariga ega boʻlgan, bu yer uchastkalari qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks maqsadida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari jumlasiga biologik resurslardan (hayvonlar va oʻsimliklardan) olingan quyidagi mahsulotlar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qishloq va oʻrmon xoʻjaligi oʻsimlikshunosligi mahsulotlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ipakchilik mahsulotlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) baliqchilik mahsulotlari va suvda yetishtiriladigan ekinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanoatda qayta ishlangan qishloq xoʻjaligi mahsuloti ushbu Kodeks maqsadida qishloq xoʻjaligi mahsuloti deb eʼtirof etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58-modda. Notijorat tashkilotlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun hujjatlarida notijorat tashkilot uchun belgilangan shaklda roʻyxatdan oʻtkazilgan, quyidagi shartlarga muvofiq boʻlgan yuridik shaxs ushbu Kodeks maqsadida notijorat tashkilot deb eʼtirof etiladi, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
daromad olish maqsadiga ega boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
daromadlarni yoki mol-mulkni ishtirokchilari (aʼzolari) oʻrtasida taqsimlamasa.
LexUZ sharhi
Qarang: “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59-modda. Ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks maqsadida quyidagi sohalarda faoliyat koʻrsatuvchi yuridik shaxslar ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar jumlasiga kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) tegishli litsenziya asosida tibbiyot muassasalari tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar (bundan kosmetologiya xizmatlari mustasno). Tibbiy xizmatlar jumlasiga, ushbu bandni qoʻllash maqsadida, quyidagilar kiradi, xususan, tibbiy yordam xizmatlari va sanitariya xizmatlari koʻrsatish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tashxis qoʻyish, profilaktika va davolash xizmatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) stomatologik xizmatlar, shu jumladan tish protezlarini oʻrnatish xizmatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) taʼlimga oid xizmatlar, shu jumladan testlar va imtihonlar oʻtkazishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ilm-fan sohasidagi vakolatli organ tomonidan akkreditatsiya qilingan ilmiy va (yoki) ilmiy-texnikaviy faoliyat subyektlari tomonidan fan sohasida amalga oshiriladigan faoliyat (shu jumladan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, muallif tomonidan ilmiy-intellektual mulkdan foydalanish, jumladan uni realizatsiya qilish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xizmatlar. Bunday xizmatlarga, xususan, quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) sport inshootlarida, maktablarda, sogʻlomlashtirish yoʻnalishidagi klublarda jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlarini sport turlari boʻyicha oʻquv guruhlari hamda jamoalarida oʻtkazish xizmatlari, umumjismoniy tayyorgarlik xizmatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) sport musobaqalari yoki bayramlarini, sport-tomosha tadbirlarini oʻtkazish xizmatlari, shuningdek ushbu tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish uchun sport inshootlarini ijaraga berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) sport-texnika asbob-uskunalarini, trenajyorlarni, anjomlarni, sport kiyim-boshlarini berib turish boʻyicha xizmatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) bolalarni, keksalarni va nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish hamda ularning ijtimoiy taʼminoti sohasidagi xizmatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar, ularning tegishli faoliyat turlaridan olingan daromadlari tekin olingan mol-mulk tarzidagi daromadlar hisobga olingan holda jami yillik daromadining kamida 90 foizini tashkil etishi sharti bilan, ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aksiz toʻlanadigan tovarlarni ishlab chiqarishga va realizatsiya qilishga doir faoliyatdan daromadlar oluvchi, shuningdek foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar jumlasiga kirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60-modda. Ushbu Kodeksda qoʻllaniladigan boshqa tushunchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks maqsadida quyidagi tushunchalardan ham foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxsning yaqin qarindoshlari — uning ota-onasi, tugʻishgan va oʻgay aka-ukalari va opa-singillari, eri (xotini), farzandlari, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobolari, buvilari, nevaralari, shuningdek erining (xotinining) ota-onasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijara (lizing) toʻlovi — ijaraga beruvchiga (lizing beruvchiga) tuzilgan ijara (lizing) shartnomasi asosida ijarachi (lizing oluvchi) tomonidan toʻlanadigan summa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijaraga beruvchining (lizing beruvchining) foizdan olinadigan daromadi — moliyaviy ijara (lizing) obyektining ijara (lizing) toʻlovi summasi va qiymati oʻrtasidagi farq;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Ijara toʻgʻrisida”gi Qonuni, “Lizing toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazorat-kassa texnikasi — fiskal xotira bilan jihozlangan nazorat-kassa mashinalari, fiskal toʻplagichlardagi fiskal maʼlumotlar yozib olinishi va saqlanishini taʼminlovchi, fiskal hujjatlarni shakllantiruvchi hamda ularning soliq organlariga fiskal maʼlumotlar operatori orqali topshirilishini, shuningdek fiskal hujjatlar nazorat-kassa texnikasini qoʻllash toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq qogʻozda chop etilishini taʼminlovchi boshqa qurilmalar hamda dasturiy-texnik majmualar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ortiqcha toʻlangan soliq summasi (penya, jarima) — soliqning (penyaning, jarimaning) toʻlangan summasi bilan haqiqatda toʻlanishi lozim boʻlgan summasi oʻrtasidagi ijobiy farq. Soliqning (penyaning, jarimaning) ortiqcha toʻlangan summasi u ilgari hisobga olingan va (yoki) soliq toʻlovchiga qaytarilgan summalarni, shuningdek soliq boʻyicha kelgusi toʻlovlar hisobiga oʻtkaziladigan summalarni hisobga olgan holda uni hisob-kitob qilish sanasida aniqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ortiqcha undirilgan soliq summasi — soliq organlarining gʻayriqonuniy hatti-harakatlari natijasida ortiqcha toʻlangan soliq summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tan olingan soliq qarzi — soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma berilgan sanadan boshlab oʻn kalendar kun ichida soliq toʻlovchi tomonidan eʼtiroz bildirilmagan qarz yoki sud qarori bilan tasdiqlangan qarz;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xatolik bilan toʻlangan soliq (penya, jarima) summasi — soliq (penya, jarima) summasini toʻlagan shaxsni va (yoki) ushbu toʻlovning maqsadini qatʼiy aniqlash imkoniyatini bermaydigan toʻlov chogʻida xatolikka yoʻl qoʻyilgan soliq (penya, jarima) summasi. Qaysi soliqqa (penyaga, jarimaga) nisbatan uni toʻlagan shaxs soliq toʻlovchi deb hisoblanmaydigan shaxsdan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan budjetdan boshqa budjetga kelib tushgan soliq (penya, jarima) summasi ham xatolik bilan toʻlangan deb eʼtirof etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umidsiz qarz — sud qarori bilan majburiyatning bekor qilinishi tufayli yoxud bankrotlik, tugatish, qarzdorning vafoti yoki daʼvo muddati tugashi sababli toʻlanishi mumkin boʻlmagan qarz.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning xoʻjalik faoliyati boʻyicha jami moliyaviy natijasini hisobga olgan holda foyda soligʻini (bundan buyon matnda soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻi deb yuritiladi) hisoblab chiqarish va toʻlash maqsadida, ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartib hamda shartlarda tegishli shartnoma asosidagi ixtiyoriy birlashmasi soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisida tuzilgan amaldagi shartnomaning tarafi boʻlgan va ushbu Kodeksda bunday guruh ishtirokchilari uchun nazarda tutilgan barcha shartlarni qanoatlantiradigan yuridik shaxs soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq zimmasiga soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash majburiyati yuklatilgan ishtirokchi soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatilgan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlashga oid huquqiy munosabatlarda, foyda soligʻini toʻlovchilar kabi, soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi shunday huquqlarni amalga oshiradi va majburiyatlarni zimmasiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksga va Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnoma soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi masʼul ishtirokchisining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining ushbu moddada nazarda tutilgan barcha shartlarni qanoatlantiruvchi yuridik shaxslari soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari tomonidan qanoatlantirilishi lozim boʻlgan ushbu moddada nazarda tutilgan shartlar, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, mazkur guruhni tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaning butun amal qilish muddati mobaynida bajarilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Basharti bir yuridik shaxs boshqa yuridik shaxslarning ustav fondida (ustav kapitalida) bevosita va (yoki) bilvosita ishtirok etsa hamda har bir shunday yuridik shaxsdagi bunday ishtirok etish ulushi kamida 90 foizni tashkil etsa, yuridik shaxslar tomonidan soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi tashkil etilishi mumkin. Koʻrsatilgan shartga soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaning butun amal qilish muddati mobaynida rioya etilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir yuridik shaxsning boshqa yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi ushbu Kodeksning 38-moddasida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaning tarafi sifatida quyidagi barcha shartlarni qanoatlantirishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, u qayta tashkil etilish yoki tugatilish jarayonida boʻlmasligi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq bankrotlik (iqtisodiy nochorlik) toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ish qoʻzgʻatilgan boʻlmasligi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish (oʻzgartirish) toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish uchun hujjatlarni soliq organiga taqdim etish sanasidan oldingi oxirgi hisobot sanasidagi moliyaviy hisobot asosida hisob-kitob qilingan shaxs sof aktivlarining miqdori uning ustav fondi (ustav kapitali) miqdoridan oshishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning mavjud konsolidatsiyalashgan guruhiga yangi yuridik shaxsni qoʻshib olish, agar qoʻshib olinayotgan yuridik shaxs oʻzining qoʻshib olinishi sanasida ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan shartlarni qanoatlantirsa, mumkin boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari boʻlgan jami yuridik shaxslar quyidagi shartlarni qanoatlantirishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ular tomonidan kalendar yil mobaynida toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi, foyda soligʻi va yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning jami summasi kamida yuz milliard soʻmni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) kalendar yil uchun moliyaviy hisobot maʼlumotlariga koʻra tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilishdan tushumning, shuningdek boshqa daromadlarning jami hajmi kamida besh yuz milliard soʻmni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) aktivlarning jami qiymati kalendar yil oxirida moliyaviy hisobot maʼlumotlariga koʻra kamida bir trillion soʻmni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) foyda soligʻi boʻyicha bir xil soliq stavkasini qoʻllaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan barcha koʻrsatkichlar soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish uchun hujjatlar soliq organiga taqdim etiladigan yildan oldingi yil yakunlariga koʻra hisob-kitob qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari boʻlishi mumkin emas:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari boʻlgan yuridik shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) maxsus soliq rejimlarini qoʻllovchi yuridik shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) banklar, bundan ushbu konsolidatsiyalashgan guruhga kiruvchi boshqa barcha yuridik shaxslar banklar boʻlgan hol mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) sugʻurta tashkilotlari, bundan ushbu konsolidatsiyalashgan guruhga kiruvchi boshqa barcha yuridik shaxslar sugʻurta tashkilotlari boʻlgan hol mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) qimmatli qogʻozlar bozorining banklar boʻlmagan professional ishtirokchilari, bundan ushbu konsolidatsiyalashgan guruhga kiruvchi boshqa barcha yuridik shaxslar qimmatli qogʻozlar bozorining banklar deb hisoblanmaydigan professional ishtirokchilari boʻlgan hol mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) foyda soligʻini toʻlovchilar deb eʼtirof etilmaydigan yuridik shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) kliring tashkilotlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi, faqat basharti ushbu moddada nazarda tutilgan talablarni qanoatlantiradigan barcha yuridik shaxslar ushbu konsolidatsiyalashgan guruhning ishtirokchilari boʻlsa, tashkil etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining tarkibi unga faqat bunday talablarni qanoatlantiradigan ishtirokchilarning qoʻshib olinishi yoxud undan bunday talablarni qanoatlantirmay qoʻygan ishtirokchilarning chiqarilishi hisobiga oʻzgarishi mumkin. Mazkur talabni buzgan holda tashkil etilgan yoxud bu talabga muvofiq boʻlmay qolgan soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi gʻayriqonuniy ravishda tashkil etilgan yoxud ushbu talab buzilgan sanadan eʼtiboran amal qilishi tugatilgan deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi kamida ikki kalendar yil muddatga tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnoma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq, ushbu Kodeksning 62-moddasida belgilangan shartlarni qanoatlantiruvchi yuridik shaxslar soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va shartlarda hisoblab chiqarish hamda toʻlash maqsadida ixtiyoriy ravishda birlashadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish yuridik shaxsni tashkil etmagan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomada quyidagi qoidalar boʻlishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaning predmeti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari boʻlgan yuridik shaxslarning roʻyxati va rekvizitlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi boʻlgan yuridik shaxsning nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari ushbu guruhning masʼul ishtirokchisiga ushbu bobga muvofiq oʻtkazadigan vakolatlar roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi va boshqa ishtirokchilari tomonidan ushbu Kodeksda nazarda tutilmagan majburiyatlarni bajarish hamda huquqlarni amalga oshirish tartibi va muddatlari, belgilangan majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgarlik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) agar soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi muayyan muddatga tuzilayotgan boʻlsa, kalendar yillarda hisoblanadigan muddat yoxud bu guruh qancha muddatga tashkil etilayotganligining muayyan muddati mavjud emasligini koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining har bir ishtirokchisi boʻyicha ushbu Kodeksning Maxsus qismida nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda soliq bazasini aniqlash va foyda soligʻini toʻlash uchun zarur boʻlgan koʻrsatkichlar. Bunda tanlangan koʻrsatkichlar soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaning butun amal qilish muddati mobaynida oʻzgartirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaga asoslangan huquqiy munosabatlarga nisbatan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan qismiga nisbatan esa, fuqarolik qonun hujjatlari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnoma va uning qoidalari qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan taqdirda, sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnoma quyidagi sanalardan eng avvalgisi yuzaga kelguniga qadar amal qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) shartnoma amal qilishining tugash sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) shartnomani bekor qilish sanasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnoma soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi boʻlgan yuridik shaxs turgan joydagi soliq organida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritilgan boʻlsa, soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnoma konsolidatsiyalashgan guruhning koʻrsatilgan masʼul ishtirokchisi yirik soliq toʻlovchi sifatida hisobga olingan joydagi soliq organida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini roʻyxatdan oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish uchun ushbu guruhning masʼul ishtirokchisi oʻzi hisobda turgan joydagi soliq organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) tashkil etilayotgan konsolidatsiyalashgan guruh barcha ishtirokchilarining vakolatli shaxslari tomonidan imzolangan soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi ariza;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaning ikkita nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ushbu Kodeks 62-moddasining uchinchi, beshinchi, yettinchi va toʻqqizinchi qismlarida nazarda tutilgan shartlar bajarilganligini tasdiqlovchi, soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi tomonidan tasdiqlangan hujjatlar. Bunday hujjatlar jumlasiga, xususan, ushbu Kodeks 62-moddasi yettinchi qismining 1-bandida koʻrsatilgan soliqlarni toʻlashga doir toʻlov topshiriqnomalarining (soliq organining bu soliqlar boʻyicha hisobga olish amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi qarorining koʻchirma nusxalari), guruh ishtirokchilaridan har biri uchun oldingi kalendar yildagi buxgalteriya balanslari, moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotlarning koʻchirma nusxalari kiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani imzolagan shaxslarning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi uchun foyda soligʻi hisoblanadigan va toʻlanadigan soliq davridan oldingi yilning 30-oktabridan kechiktirmay soliq organiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar soliq organiga taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazadi yoki uni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish haqida asoslantirilgan qaror qabul qiladi. Ushbu moddada belgilangan muddat doirasida bartaraf etiladigan qoidabuzarliklar aniqlanganda, soliq organi soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisini bu haqda xabardor qilishi shart. Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi aniqlangan qoidabuzarliklarni ushbu moddada belgilangan muddat tugagunga qadar bartaraf etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 62-moddasida, 63-moddasining uchinchi qismida hamda ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda soliq organi soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran besh kun ichida soliq organi soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisiga ushbu shartnomaning bir nusxasini uning roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻygan holda, shaxsan imzo qoʻydirib yoki olinganlik sanasi toʻgʻrisida guvohlik beruvchi boshqa usulda berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi axborot xuddi shu muddatlarda soliq organi tomonidan soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari boʻlgan yuridik shaxslar joylashgan yerdagi soliq organlariga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ushbu guruhni tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnoma soliq organi tomonidan roʻyxatga olingan yildan keyingi kalendar yilning birinchi sanasida tashkil etilgan deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazishni soliq organi tomonidan rad etishga faqat quyidagi holatlardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlganda yoʻl qoʻyiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etishning ushbu Kodeksning 62-moddasida nazarda tutilgan shartlariga muvofiq emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaning ushbu Kodeks 63-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan talablarga muvofiq emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish uchun hujjatlarni vakolatli soliq organiga taqdim etmaslik yoxud toʻliq hajmda taqdim etmaslik yoki mazkur moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etish muddatini buzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) hujjatlar uni imzolashga vakolati boʻlmagan shaxslar tomonidan imzolangan taqdirda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish soliq organi tomonidan rad etilgan taqdirda, ushbu guruhning masʼul ishtirokchisi kamchiliklar bartaraf etilganidan soʻng bunday shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatlarni qayta taqdim etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish haqidagi qarorning koʻchirma nusxasi u qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida soliq organi tomonidan bunday shartnomada soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi sifatida koʻrsatilgan vakolatli vakiliga shaxsan imzo qoʻydirib yoki olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usul orqali topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganligi ustidan bunday shartnomada soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi sifatida koʻrsatilgan shaxs tomonidan mazkur Kodeksda soliq organlarining va ular mansabdor shaxslarining harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat qilish uchun belgilangan tartibda va muddatlarda shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza (shikoyat) qanoatlantirilgan taqdirda soliq organi ushbu shartnomani roʻyxatdan oʻtkazishi shart, soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi esa ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq roʻyxatdan oʻtishi lozim boʻlgan yildan keyingi kalendar yilning birinchi sanasidan eʼtiboran tashkil etilgan deb eʼtirof etiladi. Agar soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish uchun ushbu bobda belgilangan boshqa toʻsiqlar boʻlmasa, koʻrsatilgan qoida qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani oʻzgartirish va uning amal qilish muddatini uzaytirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnoma ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda va shartlarda oʻzgartirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnoma taraflari quyidagi hollarda mazkur shartnomaga oʻzgartishlar kiritishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari boʻlgan bir yoki bir nechta yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari boʻlgan bir yoki bir nechta yuridik shaxsni qayta tashkil etish toʻgʻrisida (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, ajratib chiqarish yoki boʻlish shaklida) qaror qabul qilinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) bir yoki bir nechta yuridik shaxs soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhiga qoʻshib olinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) yuridik shaxs mazkur Kodeksning 62-moddasida nazarda tutilgan shartlarga javob bermay qolgan hollarda, ushbu yuridik shaxs soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhidan chiqib ketganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchisi qayta tashkil etilganda qayta tashkil etilgan yuridik shaxslar, agar ular ushbu Kodeksning 62-moddasida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq boʻlsa, shu konsolidatsiyalashgan guruh tarkibiga kiritilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitim shunday guruhning barcha ishtirokchilari tomonidan yangidan qoʻshib olinayotgan ishtirokchilarni qoʻshib hisoblaganda va guruhdan chiqayotgan ishtirokchilarni istisno etgan holda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitim roʻyxatdan oʻtkazish uchun soliq organiga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) mazkur shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda — soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida bir oy oldin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) boshqa hollarda — soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani oʻzgartirish uchun holatlar yuzaga kelgan kundan eʼtiboran bir oy ichida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitimni roʻyxatdan oʻtkazish uchun uning masʼul ishtirokchisi soliq organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) shartnomaga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi bildirish xati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining vakolatli shaxslari tomonidan shartnomani oʻzgartirish, shu jumladan uning muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi imzolangan bitimning ikkita nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) shartnomaga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi bitimni imzolagan shaxslarning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) shartnomaga kiritilgan oʻzgartishlarni hisobga olgan holda ushbu Kodeksning 62-moddasida nazarda tutilgan shartlar bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qarorning ikkita nusxasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organi soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitimni ushbu moddaning oltinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida roʻyxatdan oʻtkazishi va mazkur guruh masʼul ishtirokchisining vakolatli vakiliga oʻzgartishlarning bir nusxasini, u roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi belgini qoʻygan holda, berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitimni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu Kodeksning 62-moddasida nazarda tutilgan shartlarning soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining hech boʻlmaganda bitta ishtirokchisiga nisbatan bajarilmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) hujjatlarning bunga vakolati boʻlmagan shaxslar tomonidan imzolanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) mazkur shartnomani oʻzgartirish uchun hujjatlar taqdim etish muddatining buzilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilmaganligi (toʻliq hajmda taqdim etilmaganligi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitim quyidagi tartibda kuchga kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaga bunday guruhga yangi yuridik shaxslar qoʻshib olinishi bilan bogʻliq oʻzgartishlar (bundan guruh ishtirokchilari qayta tashkil etilgan hollar mustasno) shartnomaga tegishli oʻzgartishlar soliq organi tomonidan roʻyxatga olingan yildan keyingi kalendar yilning kamida birinchi kunidan keyin kuchga kiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaga bunday guruh tarkibidan ishtirokchilar chiqib ketishi bilan bogʻliq oʻzgartishlar shartnomaga tegishli oʻzgartishlar kiritish uchun holatlar yuzaga kelgan yildan (agar ushbu qismning 3-bandida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa) keyingi kalendar yilning birinchi kunidan kuchga kiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) boshqa hollarda soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaga oʻzgartishlar uning taraflari koʻrsatgan sanadan eʼtiboran, lekin tegishli oʻzgartishlar soliq organi tomonidan roʻyxatga olingan sanadan keyin keladigan sanada kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaga majburiy oʻzgartishlarni kiritishdan boʻyin tovlash shartnomaga tegishli majburiy oʻzgartishlar kuchga kirishi kerak boʻlgan kalendar yilning birinchi kunidan eʼtiboran shartnomaning amal qilishi tugatilishiga sabab boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66-modda. Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari quyidagilarga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) konsolidatsiyalashgan guruhning masʼul ishtirokchisidan ushbu konsolidatsiyalashgan guruhning faoliyati munosabati bilan soliq organi tomonidan masʼul ishtirokchiga taqdim etilgan hujjatlar, qarorlar, talabnomalar, solishtirma dalolatnomalar va boshqa hujjatlarning koʻchirma nusxalarini olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda soliq organlarining hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi soliq organiga yoki sudga shikoyat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi masʼul ishtirokchisining soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini toʻlash majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) masʼul ishtirokchida soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻi hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi munosabati bilan oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlarini oʻtkazishda, shuningdek bunday soliq tekshiruvlarining materiallarini koʻrib chiqishda ishtirok etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 62-moddasida soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari uchun nazarda tutilgan shartlarga muvofiq boʻlgan bunday guruh ishtirokchisi soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaning amal qilish muddati mobaynida oʻzining ushbu guruhdagi ishtirokini ixtiyoriy ravishda tugatishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish toʻgʻrisidagi shartnomani va unga oʻzgartishlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan barcha harakatlarni amalga oshirishi hamda barcha hujjatlarni taqdim etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisiga soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini toʻlovchining majburiyatlarini bajarish va huquqlarini amalga oshirish uchun unga zarur boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etishi (shu jumladan elektron shaklda taqdim etishi). Bunday maʼlumotlar jumlasiga olingan daromadlar va qilingan xarajatlarga nisbatan foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasining hisob-kitoblari, hisobga olish registrlarining maʼlumotlari va boshqa hujjatlar kiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining faoliyati munosabati bilan soliq organi tomonidan soliq nazorati tadbirlari amalga oshirilganda talab qilinadigan hujjatlar va boshqa axborotni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliq organlariga taqdim etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini (boʻnak va joriy toʻlovlarni), tegishli penyalar va jarimalarni toʻlash boʻyicha majburiyat ushbu Kodeksning III boʻlimida belgilangan tartibda ushbu guruhning masʼul ishtirokchisi tomonidan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, bunday majburiyatni bajarishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) ushbu Kodeksning 62-moddasida nazarda tutilgan shartlarga rioya etilmagan taqdirda, soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisini va mazkur guruhni tuzish toʻgʻrisidagi shartnoma roʻyxatga olingan soliq organini darhol xabardor qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) ushbu Kodeksning II boʻlimida nazarda tutilgan tartibda soliq solish maqsadida hisob yuritishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻiga nisbatan soliq majburiyati masʼul ishtirokchi tomonidan bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda, ushbu guruhning koʻrsatilgan soliq majburiyatini bajargan ishtirokchisi fuqarolik qonun hujjatlarida va mazkur guruhni tuzish toʻgʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan miqdorlarda hamda tartibda regress talabi qoʻyish huquqiga ega boʻladi. Ushbu qoida soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi oʻrniga uning soliq majburiyati (shu jumladan boʻnak va joriy toʻlovlarni toʻlash) shu konsolidatsiyalashgan guruhning bir nechta ishtirokchisi tomonidan bajarilgan hollarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi tarkibidan chiqqanda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yuridik shaxs foyda soligʻi boʻyicha konsolidatsiyalashgan guruh tarkibidan chiqqan soliq davridan boshlab soliq hisobiga soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisi boʻlmagan soliq toʻlovchining soliq hisobi boʻyicha ushbu Kodeksning II boʻlimi talablariga rioya etishga qaratilgan oʻzgartishlar kiritishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ushbu yuridik shaxs soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining tarkibidan chiqib ketgan soliq davridan boshlab oʻzi tomonidan haqiqatda olingan foydadan kelib chiqqan holda foyda soligʻini hisoblab chiqishi va toʻlashi. Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi tomonidan ushbu guruh boʻyicha haqiqatda toʻlangan foyda soligʻi summalarini hisobga olgan holda, koʻrsatilgan talab tegishli hisobot va soliq davrlariga nisbatan tatbiq etiladi hamda foyda soligʻi boʻyicha boʻnak va joriy toʻlovlarni ushbu Kodeksning XII boʻlimida belgilangan muddatlarda toʻlash majburiyatini oʻz ichiga oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ushbu Kodeksning XII boʻlimida nazarda tutilgan muddatlarda foyda soligʻi boʻyicha soliq hisobotini oʻzi hisobda turgan yerdagi soliq organiga taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxsning soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi tarkibidan chiqib ketishi uni ushbu yuridik shaxs shunday konsolidatsiyalashgan guruhning ishtirokchisi boʻlgan davrda yuzaga kelgan soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻiga nisbatan soliq majburiyatlarini bajarishdan ozod etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur qoida, ushbu yuridik shaxsga uning soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi tarkibidan chiqib ketguniga qadar mazkur soliq majburiyati bajarilmaganligi yoki soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida maʼlum boʻlganidan yoki maʼlum boʻlmaganidan qatʼi nazar, qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67-modda. Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi masʼul ishtirokchisining huquqlari va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi ushbu Kodeksning 66-moddasida nazarda tutilgan huquqlar va majburiyatlardan tashqari, ushbu moddada belgilangan huquqlarga ega boʻladi va majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining faoliyati munosabati bilan yuzaga keladigan munosabatlarda foyda soligʻini toʻlovchilar uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlarga ega boʻladi va majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) soliq organlariga va ularning mansabdor shaxslariga soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini (boʻnak va joriy toʻlovlarni) hisoblab chiqarish va toʻlash yuzasidan har qanday tushuntirishlarni taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻi toʻlanishi munosabati bilan bunday guruhning istalgan ishtirokchisi va uning alohida boʻlinmalari joylashgan yerda oʻtkaziladigan sayyor soliq tekshiruvlari hamda soliq auditi oʻtkazilayotganda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻi toʻlanishi munosabati bilan oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlari hujjatlarining va soliq tekshiruvlarining natijalari yuzasidan soliq organi tomonidan chiqarilgan qarorlarning koʻchirma nusxalarini olish. Shuningdek foyda soligʻini (boʻnak toʻlovlarini) toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomalarni hamda soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi faoliyati bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini toʻlash munosabati bilan oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlarining va soliq nazorati qoʻshimcha tadbirlarining materiallari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan koʻrib chiqilayotganda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) soliq organlaridan soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari toʻgʻrisidagi soliq sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) soliq organlarining va boshqa vakolatli organlarning hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan, shu jumladan soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini hisoblab chiqarishda ular tomonidan majburiyatlarning bajarilishi (huquqlarning amalga oshirilishi) munosabati bilan soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ayrim ishtirokchilari manfaatlarini koʻzlab belgilangan tartibda shikoyat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha ortiqcha toʻlangan foyda soligʻini hisobga olish (qaytarish) toʻgʻrisidagi ariza bilan soliq organiga murojaat etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) soliq organiga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda roʻyxatdan oʻtkazish uchun soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish toʻgʻrisidagi shartnomani, ushbu shartnomani oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitimni, soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi faoliyatini tugatish toʻgʻrisidagi qarorni yoki bildirish xatini taqdim etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ushbu Kodeksning XII boʻlimida belgilangan tartibda soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha soliq hisobini yuritishi, foyda soligʻini (boʻnak va joriy toʻlovlarni) hisoblab chiqarishi va toʻlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) soliq organiga soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻi boʻyicha soliq hisobotini, shuningdek mazkur guruhning boshqa ishtirokchilaridan olingan hujjatlarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining faoliyati tugatilgan taqdirda, ushbu guruh ishtirokchilariga foyda soligʻini (boʻnak va joriy toʻlovlarni) hisoblab chiqarish va toʻlash hamda tegishli hisobot hamda soliq davrlari uchun soliq hisobotini tuzish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish toʻgʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda taqdim etishi. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi tarkibidan bir yoki bir nechta yuridik shaxs chiqib ketganda bunday maʼlumotlar ushbu konsolidatsiyalashgan guruhning boshqa ishtirokchilariga va konsolidatsiyalashgan guruh tarkibidan chiqib ketgan yuridik shaxslarga xuddi shunday tartibda taqdim etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini toʻlovchining majburiyatlarini bajarish munosabati bilan yuzaga keladigan soliq qarzini uzishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) soliqlarni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma olinganligi haqida u olingan kundan eʼtiboran besh kun ichida soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarini xabardor qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) soliq organlari tomonidan soliq nazorati amalga oshirilishi hamda soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini toʻlovchining majburiyatlari bajarilishi uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, izohlarni va boshqa axborotni soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilaridan talab qilib olishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) ushbu konsolidatsiyalashgan guruhni tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazgan soliq organi tomonidan soliq nazorati tadbirlari doirasida talab qilingan, soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha boshlangʻich hujjatlarni, soliq hisobi registrlarini va boshqa axborotni taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi tarkibidan bir yoki bir nechta yuridik shaxs chiqib ketgan taqdirda shu konsolidatsiyalashgan guruhning masʼul ishtirokchisi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining foyda soligʻi boʻyicha yuridik shaxslar konsolidatsiyalashgan guruh tarkibidan chiqib ketgan soliq davri boshlanishidan soliq hisobiga tegishli oʻzgartishlar kiritishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) tugagan hisobot davrlari boʻyicha foyda soligʻi yuzasidan boʻnak va joriy toʻlovlarni qaytadan hisoblashni amalga oshirishi va hisobda turgan joyidagi soliq organiga soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻiga doir aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi oʻziga berilgan vakolatlar doirasida soliq toʻlovchining ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqlariga ega boʻladi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi faoliyatini tugatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi quyidagi holatlardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlgan taqdirda faoliyatini tugatadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaning amal qilish muddati tugaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) taraflarning kelishuviga koʻra soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnoma bekor qilinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi sudning qarori qonuniy kuchga kirganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani uning ishtirokchilari tarkibi oʻzgarishi munosabati bilan oʻzgartirish toʻgʻrisidagi bitim belgilangan muddatlarda soliq organiga taqdim etilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi qayta tashkil etilganda (bundan qayta oʻzgartirish mustasno) yoki tugatilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) qonun hujjatlariga muvofiq soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisiga nisbatan nochorlik (bankrotlik) toʻgʻrisida ish yuritish qoʻzgʻatilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi ushbu Kodeksning 62-moddasida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq kelmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaga majburiy oʻzgartishlarni kiritishdan boʻyin tovlaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisi boʻlgan yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) ushbu Kodeks 62-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan shartlarning buzilishiga olib kelmaydigan xarid qilish yoki sotish soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi faoliyatini tugatishga sabab boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda birinchi qismining 2-bandida koʻrsatilgan holat mavjud boʻlganda, soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi ushbu guruhni tuzish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazgan soliq organiga uning faoliyatini tugatish toʻgʻrisidagi, konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilari boʻlgan barcha yuridik shaxslarning vakolatli vakillari tomonidan imzolangan qarorni yuborishi shart. Bunday qaror koʻrsatilgan soliq organiga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda birinchi qismining 1, 3 — 7-bandlarida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlganda, soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi ushbu guruhni tuzish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazgan soliq organiga bunday holatlar yuzaga kelgan sanani koʻrsatgan holda bildirish xati yuborishi shart. Bunday bildirish ixtiyoriy shaklda tuziladi va mazkur soliq organiga tegishli holat yuzaga kelgan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organi ushbu moddaning uchinchi yoki toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan hujjatlar olingan sanadan eʼtiboran besh kun ichida soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi faoliyati tugatilganligi haqidagi axborotni soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari boʻlgan yuridik shaxslar joylashgan yerdagi soliq organlariga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar yuzaga kelgan yildan keyingi kalendar yilning birinchi kunidan eʼtiboran faoliyatini tugatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda, soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi foyda soligʻi boʻyicha sudning koʻrsatilgan qarori qonuniy kuchga kirgan soliq davrining birinchi kunidan eʼtiboran faoliyatini tugatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda birinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda, soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi foyda soligʻi boʻyicha ushbu Kodeksning 65-moddasida belgilangan shart qaysi soliq davrida buzilgan boʻlsa, oʻsha soliq davrining birinchi kunidan eʼtiboran faoliyatini tugatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda birinchi qismining 5, 6 yoki 7-bandlarida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda, soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi tegishli holat yuzaga kelgan kalendar yilning birinchi kunidan eʼtiboran faoliyatini tugatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Soliqlarning elementlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69-modda. Soliqlarning elementlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida soliqning barcha elementlari aniqlab qoʻyilgan taqdirdagina ushbu soliq belgilangan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70-modda. Soliq solish obyekti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solish obyekti mol-mulk, harakat, harakat natijasi yoki qiymat, miqdoriy yoki fizik xususiyatga ega boʻlgan boshqa holat boʻlib, u mavjud boʻlganda soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari soliq toʻlovchida soliq majburiyatini vujudga keltiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aksiz soligʻi, yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va qatʼiy belgilangan summada jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonuni bilan belgilanadi. Aksiz soligʻining stavkalari, mahsulot narxi dinamikasidan va realizatsiya qilish hajmidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan yil davomida qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
73-modda. Soliq davri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq davri deganda tugagandan keyin soliq bazasi aniqlanadigan hamda toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi hisoblab chiqariladigan kalendar yil yoki boshqa davr tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq davri bir necha hisobot davrlaridan iborat boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kalendar yil soliq davri hisoblanadigan soliqlarga nisbatan ushbu qismning qoidalari mazkur moddaning toʻrtinchi — oʻninchi qismlarida nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yuridik shaxs kalendar yil boshlanganidan keyin, lekin shu yilning 1-dekabriga qadar tashkil etilgan boʻlsa, uning uchun u tashkil etilgan kundan eʼtiboran shu yilning oxiriga qadar boʻlgan davr birinchi soliq davri deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yuridik shaxs 1-dekabrdan 31-dekabrga qadar boʻlgan davrda tashkil etilgan boʻlsa, tashkil etilgan kundan eʼtiboran tashkil etilgan yildan keyingi kalendar yilning oxirigacha boʻlgan davr uning uchun birinchi soliq davri deb eʼtirof etiladi. Bunda yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kun u tashkil etilgan kun deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar ushbu Kodeksda belgilangan tartibda oʻzini mustaqil ravishda Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb eʼtirof etgan hamda faoliyati bunday eʼtirof etish sanasida Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa tuzishga olib kelmagan chet el yuridik shaxslari uchun foyda soligʻi boʻyicha birinchi soliq davrini aniqlashga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yuridik shaxs kalendar yil oxirigacha tugatilgan (qayta tashkil etilgan) boʻlsa, uning uchun shu yil boshidan to tugatish (qayta tashkil etish) tamomlangan kungacha boʻlgan davr oxirgi soliq davri deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar kalendar yil boshlanganidan keyin tashkil etilgan yuridik shaxs shu yil oxiriga qadar tugatilgan (qayta tashkil etilgan) boʻlsa, uning uchun u tuzilgan kundan eʼtiboran tugatilgan (qayta tashkil etilgan) kungacha boʻlgan davr soliq davri deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yuridik shaxs joriy kalendar yilning 1-dekabridan 31-dekabriga qadar boʻlgan davrda tashkil etilgan boʻlsa va tashkil etilgan yildan keyingi kalendar yil oxirigacha tugatilgan (qayta tashkil etilgan) boʻlsa, uning uchun u tuzilgan kundan eʼtiboran tugatilgan (qayta tashkil etilgan) kungacha boʻlgan davr soliq davri deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning toʻqqizinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar tarkibidan bir yoxud bir nechta yuridik shaxslar ajralib chiqadigan yoki unga bir yoki bir nechta yuridik shaxslar qoʻshib olinadigan yuridik shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar faoliyati Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa tuzishga olib kelmagan chet el yuridik shaxsi oʻzini mustaqil ravishda Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etsa, uning uchun foyda soligʻi boʻyicha birinchi soliq davrini aniqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) agar ushbu chet el yuridik shaxsi oʻzini Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi arizani taqdim etgan kalendar yilning 1-yanvaridan eʼtiboran oʻzini Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etsa, mazkur ariza taqdim etilgan kalendar yil uning uchun birinchi soliq davri hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) agar ushbu chet el yuridik shaxsi tegishli ariza taqdim etilgan sanadan eʼtiboran oʻzini Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etsa, koʻrsatilgan ariza soliq organiga taqdim etilgan sanadan eʼtiboran ushbu ariza taqdim etilgan kalendar yilning oxirigacha boʻlgan davr uning uchun birinchi soliq davri hisoblanadi. Bunda, agar chet el yuridik shaxsining oʻzini Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi arizasi 1-dekabrdan 31-dekabrga qadar boʻlgan davrda taqdim etilgan boʻlsa, uning uchun ushbu ariza soliq organiga taqdim etilgan sanadan eʼtiboran u soliq organiga taqdim etilgan kundan keyingi kalendar yilning oxirigacha boʻlgan davr birinchi soliq davri hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
74-modda. Soliqlar va yigʻimlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni hisoblab chiqarish tartibi soliq bazasidan, soliq stavkasidan, shuningdek mavjud boʻlgan taqdirda, soliq imtiyozlaridan kelib chiqqan holda soliq davri uchun soliq summasini hisob-kitob qilish qoidalarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni hisoblab chiqarish soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda bu majburiyat soliq organiga yoki soliq agentiga yuklatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar mazkur Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchilar va soliq agentlari soliqlar hamda yigʻimlarni mustaqil ravishda toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni toʻlash soliqning toʻliq summasi boʻyicha yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqacha tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq boʻyicha soliq davri bir necha hisobot davrini tashkil etsa, ulardan har birining natijalari boʻyicha joriy toʻlovlar toʻlanadi. Joriy toʻlovlarni toʻlash majburiyati soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatga tenglashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida soliq turlari uchun boʻnak toʻlovlari nazarda tutilishi mumkin. Boʻnak toʻlovlarini toʻlash majburiyati soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatga tenglashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni banklar orqali naqd pulsiz shaklda toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqlar va yigʻimlarni turlari boʻyicha hisoblab chiqarish tartibi hamda toʻlash muddatlari ushbu Kodeksning Maxsus qismida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
75-modda. Soliq imtiyozlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning ayrim toifalariga boshqa soliq toʻlovchilarga nisbatan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan afzalliklar, shu jumladan soliqni toʻlamaslik yoki ularni kamroq miqdorda toʻlash imkoniyati soliq imtiyozlari deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchiga soliqlarni toʻlash boʻyicha muddatni kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) imkoniyati berilishi soliq imtiyozlari hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddaning beshinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq imtiyozlari ushbu Kodeks bilan taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq imtiyozlari individual xususiyatga ega boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayrim soliqlar boʻyicha soliq imtiyozlari, qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi solinadigan mahsulotlar ishlab chiqarilganda va (yoki) realizatsiya qilinganda aksiz soligʻi va yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqdan tashqari, ushbu moddaning oltinchi qismi qoidalarini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan faqat belgilangan soliq stavkasini kamaytirish, lekin koʻpi bilan 50 foizga kamaytirish tarzida va koʻpi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchilar soliqlar boʻyicha imtiyozlardan tegishli huquqiy asoslar yuzaga kelgan paytdan eʼtiboran ularning butun amal qilish davri mobaynida foydalanishga yoki soliq imtiyozidan foydalanishdan voz kechishga yoxud undan foydalanishni bir yoki bir necha soliq davrlarida toʻxtatib turishga haqli, bundan qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqlar boʻyicha imtiyozlar soliq solishdan boʻshagan mablagʻlarni aniq maqsadlarga yoʻnaltirishi sharti bilan berilishi mumkin. Bunday mablagʻlar maqsadli ishlatilmagan taqdirda maqsadsiz ishlatilgan mablagʻlar summasi belgilangan tartibda penya hisoblangan holda budjetga undirilishi lozim. Soliqlar boʻyicha imtiyozlar berilishi munosabati bilan boʻshagan va mazkur imtiyozlarning amal qilish davrida foydalanilmagan mablagʻlar summasi berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati tugaganidan soʻng bir yil davomida ularni taqdim etishda belgilangan maqsadlar uchun yoʻnaltirilishi mumkin. Bunda belgilangan muddatda foydalanilmagan mablagʻlar budjetga oʻtkazilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar, shu jumladan tovarlar Oʻzbekiston Respublikasining hududiga olib kirilishida (importida) soliq solishdan boʻshagan mablagʻlarni aniq maqsadlarga yoʻnaltirish sharti bilan, berilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bosh boshqarmalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining muassasalari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan soliqlarni toʻlashdan ozod etiladi, bundan ijtimoiy soliq va Oʻzbekiston Respublikasining hududiga olib kirishda (importida) toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi mustasno.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.14.00.00 Soliq toʻlovchilarning hisobi. Soliq hisoboti]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II BOʻLIM. SOLIQ HISOBI VA SOLIQ HISOBOTLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Soliq hisobi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
76-modda. Soliq solish maqsadlarida hisobga olish va hisob hujjatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solish obyektlari va (yoki) soliq solish bilan bogʻliq obyektlar toʻgʻrisidagi axborotni umumlashtirish hamda tizimlashtirish, shuningdek soliqlarni, yigʻimlarni hisoblab chiqarish va soliq hisobotini tuzish maqsadida ushbu Kodeks talablariga muvofiq soliq toʻlovchi yoki soliq agenti tomonidan hisob hujjatlarini yuritish soliq solish maqsadlarida hisobga olish deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisob hujjatlari soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarni aniqlash, shuningdek soliqlar va yigʻimlarni hisoblab chiqarish uchun asos boʻlgan boshlangʻich hujjatlar, buxgalteriya hisobi registrlari hamda boshqa hujjatlardan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddaning toʻrtinchi qismida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, soliq solish maqsadlarida hisobga olish buxgalteriya hisobi maʼlumotlariga asoslanadi. Buxgalteriya hisobi va hisob hujjatlarini yuritish tartibi buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq zimmasiga buxgalteriya hisobini yuritish majburiyati yuklatilmagan shaxslar soliq solish maqsadlarida hisobga olishni ushbu bobga muvofiq tashkil etadi va yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77-modda. Soliq solish maqsadlarida hisob siyosati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solish maqsadlaridagi hisob siyosati soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Bunda hisob siyosati ixtiyoriy shaklda tasdiqlanadi va unda quyidagilar aks ettirilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) agar soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchi yoki soliq agenti tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqilgan soliq registrlarining shakli va ularni tuzish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) unga rioya etilishi ustidan masʼul mansabdor shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) soliq solish maqsadlarida alohida-alohida hisob yuritish tartibi, agar bunday hisob yuritish majburiyati ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) soliq toʻlovchi tomonidan foyda soligʻini hisoblab chiqarish maqsadida sarflarni xarajatlar sirasiga kiritish, shuningdek qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olishning tanlangan usullari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) xedjirlanadigan tavakkalchiliklarni, xedjirlanadigan moddalarni va ularga nisbatan qoʻllaniladigan xedjirlash vositalarini aniqlash siyosati, xedjirlash operatsiyalari, shuningdek boshqa moliyaviy tavakkalchiliklar amalga oshirilgan taqdirda xedjirlash samaradorligi darajasini baholash uslubiyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) aktivlarning har bir guruhi va kichik guruhi boʻyicha amortizatsiya normalari (hisoblash usullari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solish maqsadlarida hisob siyosatini oʻzgartirish va (yoki) unga qoʻshimchalar kiritish soliq toʻlovchi tomonidan quyidagi usullardan biri yordamida amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan yangi hisob siyosatini yoki uning yangi boʻlimini tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan amaldagi hisob siyosatiga yoki amaldagi hisob siyosatining boʻlimiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisob siyosatini shakllantirishda soliq toʻlovchi tomonidan soliq solish maqsadlarida tanlangan hisob yuritish usullari tegishli hisob siyosati tasdiqlangan yildan keyingi yilning 1-yanvaridan eʼtiboran qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi tashkil etilgan yuridik shaxs yoki chet el yuridik shaxsining doimiy muassasasi soliq solish maqsadlarida hisob yuritish usullari toʻgʻrisidagi qarorni oʻzi tashkil etilgandan keyingi birinchi hisobot davri davomida qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solish maqsadlaridagi hisob siyosati kalendar yil davomida oʻzgartirilmaydi. Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga yoxud soliq solish shartlariga oʻzgartirish kiritilganda va faqat ushbu oʻzgartirishlar taalluqli boʻlgan qismida soliq toʻlovchining hisob siyosatida oʻzgartirishlar qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
78-modda. Soliq solish maqsadlarida hisobni yuritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchi yoki soliq agenti soliq solish maqsadlarida hisobni hisoblash usuli boʻyicha milliy valyutada yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
79-modda. Hisob hujjatlarini tuzish va saqlashga doir talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisob hujjatlari qogʻozda va (yoki) elektron shakllarda tuziladi hamda ushbu Kodeksning 88-moddasida belgilangan soliq majburiyati boʻyicha daʼvo muddati tugagunga qadar saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi qayta tashkil etilganda qayta tashkil etilgan shaxsning hisob hujjatlarini saqlash majburiyati uning huquqiy vorisiga (huquqiy vorislariga) yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs tugatilganda hisob hujjatlari tegishli davlat arxiviga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
80-modda. Alohida-alohida hisob va uni yuritish qoidalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksda soliq solishning turlicha tartibi nazarda tutilgan faoliyat turlarini bir vaqtda amalga oshirayotgan soliq toʻlovchilar soliq solish obyektlarining va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarning alohida-alohida hisobini yuritishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solish obyektlarining va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarning alohida-alohida hisobi soliq toʻlovchilar tomonidan buxgalteriya hisobi maʼlumotlari asosida yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Faoliyatning muayyan turiga taalluqli barcha daromadlar va xarajatlar tegishli hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solish obyektlarining va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarning alohida-alohida hisobi mutanosib usul yoki toʻgʻridan-toʻgʻri hisobga olish usuli yordamida yuritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobga olishning mutanosib usulida daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bogʻliq obyektlar realizatsiya qilishdan olingan tushumning umumiy summasida faoliyatning muayyan turlari boʻyicha, qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻini hisobga olmagan holda realizatsiya qilishdan olingan tushum ulushiga mutanosib tarzda shu muayyan faoliyat turlariga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻgʻridan-toʻgʻri hisobga olish usuli qoʻllanilganda daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bogʻliq obyektlar faoliyatning qaysi turi amalga oshirilishi bilan bogʻliq boʻlsa, shu turiga kiritiladi. Bunda faoliyatning faqat bitta aniq turiga kiritish mumkin boʻlmagan daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bogʻliq obyektlar hisobga olishning mutanosib usuli orqali faoliyatning amalga oshirilayotgan barcha turlariga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maqsadli mablagʻlar oluvchi soliq toʻlovchilar ushbu maqsadli mablagʻlardan foydalanish doirasida olingan daromadlarning (qilingan xarajatlarning) alohida-alohida hisobini yuritishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar, bundan budjet tashkilotlari mustasno, soliq davri tugaganidan keyin oʻzi hisobga olingan joydagi soliq organlariga olingan maqsadli mablagʻlardan foydalanganlik toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi. Olingan maqsadli mablagʻlardan foydalanganlik toʻgʻrisidagi hisobotning shakli va uni taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Soliq hisoboti

Soliq toʻlovchining har bir soliq turi yoki toʻlangan daromadlar boʻyicha hisob-kitoblarni va soliq deklaratsiyalarini, shuningdek hisob-kitoblarga hamda soliq deklaratsiyalariga doir ilovalarni oʻz ichiga oladigan, soliq toʻlovchilarning va soliq agentlarining soliq majburiyatlarini aniqlash uchun asos boʻlib xizmat qiladigan hujjatlari soliq hisobotidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq hisoboti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan shakllarda tuziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 24-fevraldagi 3221-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq hisoboti soliq organlariga shaxs faqat soliq toʻlovchi deb eʼtirof etiladigan soliqlar boʻyicha taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq hisobotida koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun javobgarlik soliq toʻlovchining yoki soliq agentining zimmasiga yuklanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Qonun.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
82-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq hisoboti soliq toʻlovchi hisobga olingan joydagi soliq organiga belgilangan shaklda qogʻoz yoki elektron shaklda ushbu Kodeksga muvofiq soliq hisobotiga ilova qilinishi lozim boʻlgan hujjatlar bilan birga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi ushbu Kodeksga muvofiq soliq hisobotiga ilova qilinishi lozim boʻlgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs boʻlgan soliq toʻlovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq hisobotini oʻzi hisobga olingan joydagi soliq organiga belgilangan shakllar boʻyicha elektron hujjat tarzida taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yirik soliq toʻlovchilar, joylashgan yeridan qatʼi nazar, soliq hisobotini Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlari qoidalari davlat sirlari jumlasiga kiritilgan axborotni taqdim etishga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq hisoboti blankalari soliq organlari tomonidan bepul taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq hisoboti ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda soliq toʻlovchi tomonidan soliq organiga shaxsan yoki vakil orqali taqdim etilishi yoxud pochta joʻnatmasi tarzida joylanmalar roʻyxati bilan yuborilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq maslahatchilari tashkiloti soliq hisobotini soliq toʻlovchi nomidan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali elektron hujjat tarzida taqdim etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organi soliq toʻlovchi tomonidan belgilangan shaklda taqdim etilgan soliq hisobotini qabul qilishni rad etishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq hisoboti qogʻozda olingan taqdirda, soliq organi soliq toʻlovchining iltimosiga koʻra, soliq hisobotining koʻchirma nusxasiga uning qabul qilib olingani toʻgʻrisida belgi qoʻyishi va u olingan sanani koʻrsatishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq hisoboti, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami koʻrsatilgan holda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi va uning vakolatli vakili soliq hisobotida koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligini tasdiqlab, unga imzo qoʻyadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq hisobotida koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligini soliq toʻlovchining vakolatli vakili tasdiqlasa, soliq hisobotida bu haqda tegishli belgi qoʻyiladi. Bunda soliq hisobotiga ushbu vakilning uni imzolashga boʻlgan vakolatini tasdiqlovchi hujjatning koʻchirma nusxasi ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq hisoboti elektron shaklda taqdim etilganda vakilning uni imzolashga boʻlgan vakolatini tasdiqlovchi hujjatning koʻchirma nusxasi telekommunikatsiya aloqa kanallari orqali elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq hisoboti soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar ushbu Kodeksning Maxsus qismiga muvofiq soliq hisobotini taqdim etish majburiyati zimmasiga yuklatilgan soliq agentlariga va boshqa shaxslarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
83-modda. Soliq hisobotiga oʻzgartirishlar kiritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzi ilgari taqdim etgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasi kamayishiga (oʻzgarishiga) olib kelgan notoʻgʻri yoki toʻliq boʻlmagan maʼlumotlarni va (yoki) xatolarni aniqlagan soliq toʻlovchi ushbu soliq hisobotiga zarur tuzatishlarni kiritishi va soliq organiga aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar hisoblab chiqarilgan soliq summasining kamayishiga olib kelmagan boʻlsa, soliq toʻlovchi oʻzi ilgari taqdim etgan soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritishga va soliq organiga aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishga haqli. Bunda soliq hisobotini taqdim etishning belgilangan muddati oʻtgandan keyin taqdim etilgan aniqlashtirilgan soliq hisoboti muddat buzilgan holda taqdim etilgan deb hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar aniqlashtirilgan soliq hisoboti soliq organiga soliq hisobotini taqdim etish muddati oʻtgunga qadar taqdim etilgan boʻlsa, soliq hisoboti aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilgan kun taqdim etilgan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar aniqlashtirilgan soliq hisoboti soliq organiga soliqni toʻlash muddati oʻtgandan keyin taqdim etilgan boʻlsa, soliq toʻlovchi bir paytning oʻzida quyidagi shartlarga rioya etgan taqdirda javobgarlikdan ozod qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) aniqlashtirilgan soliq hisoboti u hisoblab chiqarilgan soliq summasi kamayishiga (oʻzgarishiga) olib kelgan holatlar soliq organi tomonidan aniqlanganligini yoki soliq auditi tayinlanganligini bilgan paytga qadar taqdim etilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilgunga qadar u yetishmayotgan soliq summasini va unga tegishli penyalarni toʻlagan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aniqlashtirilgan soliq hisoboti soliq organiga, ushbu moddada nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda, soliq hisobotini topshirish uchun belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar soliq agentlari tomonidan taqdim etiladigan aniqlashtirilgan soliq hisobotiga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
84-modda. Soliq hisobotini saqlash muddati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar va soliq agentlari soliq organlariga soliq hisobotini va unga ilova qilinadigan hujjatlarni, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, ushbu hisobot taqdim etilgan yildan keyin kamida besh yil saqlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari soliq stavkasini qoʻllashni, toʻlanadigan soliq miqdorini, soliq imtiyozini yoki soliq chegirmasini qoʻllashni va (yoki) soliqni toʻlash muddatini oʻzgartirishni soliq toʻlovchining muayyan shartlarga rioya etishi bilan bogʻlasa, ushbu soliq toʻlovchi barcha tasdiqlovchi hujjatlarni mazkur shartlarning amal qilishi tugaydigan yildan keyin kamida besh yil saqlashi kerak. Bunday tasdiqlovchi hujjatlar jumlasiga, xususan, ushbu soliq boʻyicha soliq hisoboti, unga ilova qilinadigan hujjatlar, shuningdek koʻrsatilgan shartlarga yoki majburiyatlarga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar kiradi. Ushbu qismning qoidalari, agar koʻrsatilgan shartlar yoki majburiyatlar vaqtinchalik tusga ega boʻlsa va ularga rioya etilishini hujjatlar bilan tasdiqlashni talab qilsa, qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III BOʻLIM. SOLIQ MAJBURIYATINI BAJARISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Soliq majburiyatini bajarishning umumiy qoidalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
85-modda. Soliq majburiyati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan soliq toʻlovchilar zimmasiga yuklatilgan soliqlarni va yigʻimlarni toʻgʻri hisoblab chiqarish hamda oʻz vaqtida toʻlash majburiyati ularning soliq majburiyatidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan soliq agentlarining zimmasiga yuklatilgan, oʻziga nisbatan ushbu shaxslar soliq agentlari deb eʼtirof etiladigan munosabatlar doirasida soliqlarni toʻgʻri hisoblab chiqarish, ushlab qolish va oʻz vaqtida oʻtkazish majburiyati soliq majburiyatiga tenglashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq majburiyati ushbu Kodeks yoki boshqa soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan asoslar mavjud boʻlganda yuzaga keladi, oʻzgartiriladi va tugatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir soliqqa nisbatan soliq majburiyati soliq toʻlovchiga coliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan ushbu soliqni toʻlashni nazarda tutuvchi holatlar yuzaga kelgan paytdan eʼtiboran yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
86-modda. Soliq majburiyatini bajarish tartibi va muddati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi oʻzining soliq majburiyatini, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, mustaqil ravishda bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanmaydigan jismoniy shaxs boʻlgan soliq toʻlovchining soliq majburiyati oʻzga jismoniy shaxs tomonidan bajarilishi mumkin. Bunda soliq toʻlovchi uning soliq majburiyati oʻzga jismoniy shaxs tomonidan bajarilishi natijasida olgan moddiy naf soliq solish maqsadlarida shu soliq toʻlovchining daromadi deb eʼtirof etilmaydi. Oʻzga shaxs oʻzi tomonidan soliq toʻlovchi uchun toʻlangan soliqning qaytarilishini talab qilishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq majburiyati soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatda bajarilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq majburiyatini bajarish muddatlari kalendar sana yoki vaqt davri (yil, chorak, oy, oʻn kunlik va kun) oʻtishi bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muddatning oʻtishi kalendar sanadan yoki muddatning boshlanishi belgilab qoʻyilgan voqea yuz berganidan keyingi kundan boshlanadi. Soliq majburiyati ushbu majburiyatni bajarish muddatining soʻnggi kuni soat yigirma toʻrtga qadar bajarilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining soʻnggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga toʻgʻri kelsa, undan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi soliq majburiyatini muddatidan oldin bajarishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq majburiyatini bajarish muddati ushbu Kodeksning 97 — 102-moddalarida nazarda tutilgan tartibda oʻzgartirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi tomonidan soliq majburiyatining bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi unga soliq organi tomonidan soliq qarzini toʻlash toʻgʻrisida talabnoma yuborilishi uchun asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi tomonidan soliq majburiyati bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, soliq organlari ushbu majburiyatning majburiy tartibda bajarilishi yuzasidan ushbu Kodeksning 15-bobida nazarda tutilgan choralarni koʻrishi va (yoki) uning bajarilishini taʼminlashga doir ushbu Kodeksning 13-bobida nazarda tutilgan choralarni qoʻllashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
87-modda. Soliq majburiyatining tugatilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq majburiyati, agar ushbu moddaning ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, quyidagi hollarda tugatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻlovchi tomonidan soliq toʻlanganda yoki soliq agenti tomonidan oʻtkazib berilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq majburiyatini tugatish bilan bogʻliq boshqa holatlar yuzaga kelganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur shaxs vafot etganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uni vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi sud qarori qonuniy kuchga kirganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vafot etgan yoki vafot etgan deb eʼlon qilingan jismoniy shaxsning soliq qarzi ushbu Kodeksning 94-moddasida belgilangan tartibda meros mol-mulkning qiymati doirasida merosxoʻrlardan undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Kodeksning 91-moddasiga muvofiq, budjet tizimi bilan barcha hisob-kitoblar amalga oshirilgandan keyin u tugatilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
88-modda. Soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organi yoki boshqa vakolatli organ soliq tekshiruvini oʻtkazishga, tekshiruv natijalari boʻyicha soliq toʻlovchiga soliq qarzini uzish toʻgʻrisida talabnoma yuborishga yoki soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar miqdorini qayta koʻrib chiqishga haqli boʻlgan muddat soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddati hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddati, natijalariga koʻra soliq majburiyati aniqlanadigan soliq davri tugaganidan keyin besh yilni tashkil etadi. Agar soliq majburiyatining yuzaga kelishi muayyan voqea yoki harakat bilan bogʻliq boʻlsa, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddati shu voqea yoki harakat sodir boʻlgan paytdan eʼtiboran besh yilni tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks 84-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda daʼvo qilish muddati soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga koʻra soliq toʻlovchi tomonidan soliq stavkasi, toʻlanadigan soliq miqdori, soliq imtiyozi yoki soliq chegirmasi qoʻllanilishi va (yoki) soliqni toʻlash muddati oʻzgarishi bilan bogʻliq shartlarning amal qilish muddatiga uzaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-bob. Soliq majburiyatini bajarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
89-modda. Soliqlar va yigʻimlarni toʻlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni toʻlash, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, milliy valyutada amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el valyutasida hisoblab chiqarilgan soliq summasini milliy valyutada qaytadan hisoblash Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining soliqni toʻlash sanasidagi rasmiy kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining soliqni toʻlash boʻyicha majburiyati, agar ushbu moddaning toʻrtinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, quyidagi hollarda bajarilgan deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) pul mablagʻlarini soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻidan budjet tizimiga tegishli gʻaznachilik hisobvaragʻiga oʻtkazishga doir topshiriqnoma bankka taqdim etilgan paytdan eʼtiboran – soliq toʻlovchining hisobvaragʻida toʻlov kunida yetarlicha pul qoldigʻi mavjud boʻlgan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) bankda hisobvaraq ochmasdan tegishli gʻaznachilik hisobvaragʻiga budjet tizimiga oʻtkazish uchun bank kassasiga naqd pul mablagʻlari topshirilgan paytdan eʼtiboran. Bunday qoida soliqni toʻlash uchun pul mablagʻlari yetarlicha boʻlgan taqdirda, faqat jismoniy shaxslar tomonidan soliqni toʻlashda qoʻllaniladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) bank yoki aloqa boʻlimiga budjet tizimiga oʻtkazish uchun naqd pul mablagʻlari kiritilgan kundan eʼtiboran. Bunday qoida soliqni toʻlash uchun pul mablagʻlari yetarlicha boʻlgan taqdirda, faqat jismoniy shaxslar tomonidan soliqni toʻlashda qoʻllaniladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) gʻaznachilikda shaxsiy hisobvaragʻi ochilgan yuridik shaxsning shaxsiy hisobvaragʻida tegishli pul mablagʻlarini budjet tizimiga oʻtkazishga doir operatsiya aks ettirilgan paytdan eʼtiboran;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) ortiqcha toʻlangan summalarni yoki ortiqcha undirilgan soliqlar, penyalar, jarimalar summalarini tegishli soliq turi boʻyicha majburiyatning bajarilishi hisobiga hisobga olish toʻgʻrisida soliq organi tomonidan qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) soliqni hisoblab chiqarish va soliq toʻlovchining pul mablagʻlaridan ushlab qolishga doir majburiyat ushbu Kodeksga muvofiq soliq agentiga yuklatilgan boʻlsa, soliq summalari soliq agenti tomonidan ushlab qolingan kundan eʼtiboran.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining soliqni toʻlash boʻyicha majburiyati quyidagi hollarda bajarilgan deb eʼtirof etilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) tegishli pul mablagʻlarini budjet tizimiga oʻtkazishga doir bajarilmagan topshiriqnoma soliq toʻlovchi tomonidan qaytarib olinganda yoki bank tomonidan unga qaytarilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) gʻaznachilikda shaxsiy hisobvaragʻi ochilgan yuridik shaxs tomonidan tegishli pul mablagʻlarini budjet tizimiga oʻtkazishga doir bajarilmagan topshiriqnoma qaytarib olinganda yoki gʻaznachilik tomonidan unga qaytarilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) pul mablagʻlari ushbu pul mablagʻlarini budjet tizimiga oʻtkazishga doir toʻlov topshiriqnomasida bank rekvizitlari notoʻgʻri koʻrsatilganligi sababli budjet tizimining tegishli gʻaznachilik hisobvaragʻiga oʻtkazilmay qolganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) agar soliq toʻlovchi soliq toʻlovi uchun bankka pul mablagʻlarini oʻtkazish uchun topshiriqnoma taqdim etgan kuni uning fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq birinchi navbatda bajariladigan hisobvaragʻiga taqdim etilgan bajarib boʻlmaydigan boshqa talablar mavjud boʻlsa, agar ushbu hisobvaraqda barcha talablarni qanoatlantirish uchun yetarlicha qoldiqqa ega boʻlmasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar penyalar va jarimalarga nisbatan ham qoʻllaniladi hamda soliq agentlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlari budjet tizimiga tushumlar hisobini hisoblangan hamda toʻlangan soliqlar va yigʻimlar summalarini, shuningdek penyalar va jarimalarni soliq toʻlovchining shaxsiy hisobvaragʻida aks ettirish orqali yuritadi. Soliq toʻlovchining shaxsiy hisobvaragʻini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona organlari Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish bilan bogʻliq toʻlanishi lozim boʻlgan, soliqlar va yigʻimlarning, shuningdek penyalar va jarimalarning budjet tizimiga tushumlari hisobini yuritadi. Hisob yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Undirilishi boshqa davlat organlari va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan davlat boji va boshqa yigʻimlarning budjet tizimiga tushumlarini hisobga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi 736-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan undirilgan davlat boji va boshqa yigʻimlarning budjet tizimiga tushumlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisida nizom.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
90-modda. Soliqlarni oʻtkazishga doir toʻlov topshiriqnomalarining banklar tomonidan bajarilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Banklar soliq toʻlovchining pul mablagʻlari hisobidan soliqni budjet tizimiga oʻtkazishga doir toʻlov topshiriqnomasini (bundan buyon ushbu moddada soliq toʻlovchining topshiriqnomasi deb yuritiladi), shuningdek soliq organining soliqni budjet tizimiga oʻtkazishga doir inkasso topshiriqnomasini (bundan buyon ushbu moddada soliq organining inkasso topshiriqnomasi deb yuritiladi) bajarishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining topshiriqnomalari va soliq organining inkasso topshiriqnomalari fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan navbat boʻyicha bajarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining topshiriqnomasi yoki soliq organining inkasso topshiriqnomasi bunday topshiriqnoma olingan kundan keyingi bir operatsiya kuni ichida bank tomonidan bajariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining hisobvaragʻida pul mablagʻlari mavjud boʻlgan va toʻlov hujjatida rekvizitlari toʻgʻri koʻrsatilgan taqdirda bank soliq toʻlovchining topshiriqnomasini yoki soliq organining inkasso topshiriqnomasini bajarishni kechiktirishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining hisobvaragʻida pul mablagʻlarining yoʻqligi (yetarli emasligi) sababli soliq organining inkasso topshiriqnomasini belgilangan muddatda bajarishning imkoni boʻlmaganda, bank belgilangan muddat tugaganidan keyingi kundan kechiktirmay inkasso topshiriqnomasini yuborgan soliq organiga uning topshiriqnomasi bajarilmaganligi (qisman bajarilganligi) toʻgʻrisida xabar qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining topshiriqnomasi yoki soliq organi inkasso topshiriqnomasining bajarilmaganligi (qisman bajarilganligi) toʻgʻrisidagi bank xabarnomasining shakli va uni elektron shaklda taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun banklar ushbu Kodeksda belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Javobgarlik choralarining qoʻllanilishi bankni soliq toʻlovchining topshiriqnomasini yoki soliq organining inkasso topshiriqnomasini bajarish majburiyatidan ozod etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Banklar soliq toʻlovchilarning topshiriqnomalarini va soliq organlarining inkasso topshiriqnomalarini koʻrsatilgan operatsiyalar boʻyicha xizmat koʻrsatilganligi uchun haq undirmasdan bajaradi. Soliq toʻlovchilarga yoki soliq agentlariga ortiqcha toʻlangan (undirilgan) soliqlar, penyalar va jarimalar summalarini qaytarish boʻyicha banklar tomonidan topshiriqnomalar bajarilganda koʻrsatilgan operatsiyalar boʻyicha xizmat koʻrsatilganligi uchun ham haq undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
91-modda. Yuridik shaxs tugatilganda soliq majburiyatini bajarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tugatilayotgan yuridik shaxsning soliq majburiyati mazkur yuridik shaxsning pul mablagʻlari, shu jumladan uning mol-mulkini realizatsiya qilishdan olingan pul mablagʻlari hisobidan tugatuvchi tomonidan bajariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tugatilayotgan yuridik shaxsning pul mablagʻlari, shu jumladan uning mol-mulkini realizatsiya qilishdan olingan pul mablagʻlari uning soliq qarzini toʻliq hajmda uzish uchun yetarli boʻlmasa, toʻlanmay qolgan qarz mazkur yuridik shaxsning ishtirokchilari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda uzilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs tugatilayotganda soliq majburiyatini mazkur yuridik shaxsning boshqa kreditorlari bilan hisob-kitoblari oʻrtasida bajarish navbati fuqarolik qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tugatilayotgan yuridik shaxs tomonidan ortiqcha toʻlangan yoki undan ortiqcha undirilgan soliqlar (penyalar, jarimalar) summalari soliq organi tomonidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda boshqa soliqlar boʻyicha soliq qarzini uzish hisobiga hisobga olinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan soliqlarning (penyalarning, jarimalarning) hisobga olinishi lozim boʻlgan summasi boshqa soliqlar boʻyicha soliq qarziga mutanosib ravishda yoki tugatuvchining qaroriga binoan taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tugatilayotgan yuridik shaxsning soliqlar boʻyicha qarzi boʻlmagan taqdirda, ortiqcha toʻlangan yoki undan ortiqcha undirilgan soliqlar (penyalar, jarimalar) summasi shu yuridik shaxsga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda u ariza bergan kundan eʼtiboran oʻn besh kundan kechiktirmay qaytarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish munosabati bilan soliqlar toʻlashda ham qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
92-modda. Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda soliq majburiyatini bajarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning soliq majburiyati ushbu moddada belgilangan tartibda uning huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) tomonidan bajarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning soliq majburiyatini bajarish, qayta tashkil etish tugallanguniga qadar huquqiy vorisga (huquqiy vorislarga) qayta tashkil etilgan yuridik shaxs soliq majburiyatini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi faktlari va (yoki) holatlari maʼlum boʻlganligi-boʻlmaganligidan qatʼi nazar, uning huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) zimmasiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Huquqiy voris (huquqiy vorislar) oʻziga oʻtgan majburiyatlar boʻyicha jami soliq qarzini, shu jumladan qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga uning qayta tashkil etilishi tugallanguniga qadar soliq huquqbuzarliklarini sodir etganlik uchun belgilangan jarimalar summalarini ham uzishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) oʻz zimmasiga ushbu modda bilan yuklatilgan majburiyatlarni bajarishda soliq toʻlovchilar uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda huquqlardan foydalanadi va zimmasida majburiyatlar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi uning huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) tomonidan uning soliq majburiyatlarini bajarish muddatlarini oʻzgartirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir necha yuridik shaxslar qoʻshib yuborilganda ularning majburiyatlarini bajarish qismi boʻyicha bunday qoʻshib yuborish natijasida vujudga kelgan yuridik shaxs ularning huquqiy vorisi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qoʻshib olinganda, uni qoʻshib olgan yuridik shaxs soliq majburiyatini bajarish qismi boʻyicha qoʻshib olingan yuridik shaxsning huquqiy vorisi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs boʻlinganda bunday boʻlish natijasida vujudga kelgan yuridik shaxslar soliq majburiyatini bajarish qismi boʻyicha uning huquqiy vorislari deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir necha huquqiy vorislar mavjud boʻlgan taqdirda, ulardan har birining qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning soliq majburiyatini bajarishdagi ishtiroki ulushi fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan taqsimlash balansi bilan aniqlanadi. Agar taqsimlash balansi qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning har bir huquqiy vorisining ulushini aniqlash imkonini bermasa, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan shaxsning soliq majburiyatini sudning qaroriga koʻra solidar bajarishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar qayta tashkil etish soliq majburiyatini bajarmaslikka qaratilgan boʻlsa, qayta tashkil etilgan yuridik shaxs soliq majburiyatining hech boʻlmaganda bitta huquqiy voris tomonidan unga toʻgʻri keladigan soliq majburiyati qismini toʻliq hajmda bajarish imkoniyatini istisno etgan taqdirda ham, ushbu moddaning toʻqqizinchi qismida koʻrsatilgan qoida qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs tarkibidan bir yoki bir necha yuridik shaxslar ajratib chiqarilganda qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga nisbatan uning soliq majburiyatini bajarish qismi boʻyicha huquqiy vorislik, agar ushbu moddaning oʻn ikkinchi qismida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, yuzaga kelmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yuridik shaxs tarkibidan bir yoki bir necha yuridik shaxslarni ajratib chiqarish natijasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxs oʻzining soliq majburiyatini toʻliq hajmda bajarish imkoniyatiga ega boʻlmasa va bunday qayta tashkil etish soliq majburiyatini bajarmaslikka qaratilgan boʻlsa, ajratib chiqarilgan yuridik shaxslar ushbu qayta tashkil etilgan shaxsning soliq majburiyatiga sudning qaroriga koʻra solidar ega boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir yuridik shaxs boshqa yuridik shaxs etib oʻzgartirilganda, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxs soliq majburiyatini bajarish qismida qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorisi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs tomonidan u qayta tashkil etilgunga qadar undan ortiqcha undirilgan yoki ortiqcha toʻlangan soliq (penya, jarima) summasi huquqiy voris (huquqiy vorislar) qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning soliq qarzini uzishi hisobiga soliq organi tomonidan hisobga olinishi lozim. Bunday hisobga olish qayta tashkil etish tugallangan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay ushbu moddada nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs tomonidan u qayta tashkil etilgunga qadar ortiqcha toʻlangan yoki undan ortiqcha undirilgan soliqning (penyaning, jarimaning) hisobga olinishi lozim boʻlgan summasi hisoblanishi va toʻlanishi ustidan nazorat qilish soliq organlari zimmasiga yuklatilgan boshqa soliqlar boʻyicha soliq qarziga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta tashkil etilgan yuridik shaxsda soliq qarzi boʻlmagan taqdirda, ushbu yuridik shaxs tomonidan ortiqcha toʻlangan yoki undan ortiqcha undirilgan soliq (penya, jarima) summasi uning vorisiga (huquqiy vorislariga) huquqiy voris (huquqiy vorislar) ariza bergan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay qaytarilishi lozim. Bunda ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan soliq (penya, jarima) summasi qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorisiga (huquqiy vorislariga) har bir huquqiy vorisning taqsimlash balansi asosida aniqlanadigan ulushiga mutanosib ravishda qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning qoidalari yuridik shaxs qayta tashkil etilganda yigʻimlarni toʻlash boʻyicha majburiyatni bajarishga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar chet davlat qonun hujjatlariga muvofiq qayta tashkil etilgan chet el tashkiloti majburiyatlarining huquqiy vorisini (huquqiy vorislarini) aniqlashda ham qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish munosabati bilan soliqlar toʻlashda ham qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
93-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqaruvga berishda soliq majburiyatini bajarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishonchli boshqaruvchi ishonchli boshqaruv shartnomasi tuzilgan sanadan eʼtiboran ishonchli boshqarish shartnomasi boʻyicha soliq majburiyatlarini bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishonchli boshqaruvni taʼsis etuvchi (naf oluvchi), mol-mulk ishonchli boshqaruvga topshirilishi munosabati bilan oʻzida yuzaga keladigan soliq majburiyatlarini, agar soliq majburiyatlarini bajarish (qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha majburiyatlardan tashqari) ishonchli boshqaruvchiga yuklatilmagan boʻlsa yoxud mol-mulk Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan ishonchli boshqaruvchiga ishonchli boshqarishga topshirilgan taqdirda, mustaqil ravishda bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishonchli boshqaruvchi soliq solish obyektlarining va (yoki) soliq solish bilan bogʻliq obyektlarning hisobini ishonchli boshqaruvni taʼsis etuvchining (naf oluvchining) manfaatlarida amalga oshiriladigan ishonchli boshqaruv faoliyati boʻyicha va boshqa faoliyat boʻyicha alohida-alohida yuritishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ishonchli boshqaruvni taʼsis etuvchi (naf oluvchi) uchun soliq majburiyatini bajarish, shuningdek soliq hisobotini va moliyaviy hisobotni tuzish hamda taqdim etish boʻyicha majburiyatni bajarish ishonchli boshqaruvchiga yuklatilgan boʻlsa, bunday soliq majburiyatini bajarish ishonchli boshqaruvchi hisoblanuvchi shaxs nomidan ushbu Kodeksning Maxsus qismida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ishonchli boshqaruvchi soliqlarni hisoblash va toʻlash boʻyicha ushbu moddada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmagan yoki toʻliq hajmda bajarmagan boʻlsa, ularni bajarish majburiyati ishonchli boshqaruvni taʼsis etuvchiga (naf oluvchiga) yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
94-modda. Jismoniy shaxs vafot etgan yoki u vafot etgan deb eʼlon qilingan taqdirda soliq majburiyatini bajarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq qarzi mavjud boʻlgan jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda, soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini lozim darajada bajarmaganlik uchun unga hisoblangan penyalar va jarimalar summasi undirilishi umidsiz summalar deb eʼtirof etiladi. Ushbu jismoniy shaxsning soliqlar boʻyicha uzilmay qolgan qarzi vafot etgan shaxsning meros qilib olinadigan mol-mulkini meros qilib olish tartibida qabul qilib olgan uning merosxoʻri (merosxoʻrlari) tomonidan meros qilib olinadigan mol-mulkning qiymati doirasida va uning (ularning) merosdagi ulushiga mutanosib ravishda, ushbu moddaning qoidalarini inobatga olgan holda uziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar vafot etgan jismoniy shaxsning soliqlar boʻyicha soliq qarzi meros qilib olinadigan mol-mulk qiymatidan ortiq boʻlsa, soliq qarzining meros qilib olinadigan mol-mulk qiymatidan ortiq summasi undirilishi umidsiz summa deb eʼtirof etiladi. Mazkur norma merosxoʻr (merosxoʻrlar) tomonidan meros qilib olinadigan mol-mulkning qiymati hujjatlar bilan tasdiqlangan hollarda qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Merosxoʻr boʻlmaganda yoki merosxoʻr (merosxoʻrlar) meros olish huquqidan voz kechganda, vafot etgan jismoniy shaxsning soliq qarzi undirilishi umidsiz qarz deb eʼtirof etiladi. Umidsiz soliq qarzi soliq organlari tomonidan hisobdan chiqarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq qarzi boʻlgan jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda, mazkur jismoniy shaxs hisobga qoʻyilgan joydagi va (yoki) uning mol-mulki turgan joydagi soliq organi vafot etgan shaxsning merosxoʻri (merosxoʻrlari) toʻgʻrisida axborot olingan paytdan eʼtiboran bir oy ichida unga (ularga) soliq qarzi mavjudligi toʻgʻrisida xabar qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vafot etgan jismoniy shaxsning merosxoʻri (merosxoʻrlari) mazkur jismoniy shaxsning soliqlar boʻyicha qolgan qarzini meros qabul qilib olingan kundan eʼtiboran bir yildan kechiktirmay uzishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organining qaroriga binoan uzish muddati, agar soliq qarzi mavjudligi toʻgʻrisidagi xabarni merosxoʻr (merosxoʻrlar) toʻlash muddati oʻtishiga olti oydan kam vaqt qolganida olgan boʻlsa, uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vafot etgan jismoniy shaxsning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliqni toʻlash boʻyicha qarzi umidsiz qarz deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vafot etgan deb eʼlon qilingan jismoniy shaxsning soliq qarziga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
95-modda. Bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan jismoniy shaxsning soliq majburiyatini bajarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud tomonidan bedarak yoʻqolgan deb eʼtirof etilgan jismoniy shaxsning soliqlarni toʻlash boʻyicha soliq majburiyati ushbu bedarak yoʻqolgan shaxsning mol-mulkini boshqarish huquqiga ega boʻlgan shaxs (bundan buyon matnda vakolatli shaxs deb yuritiladi) tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq uning mol-mulki hisobidan bajariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli shaxs sud tomonidan bedarak yoʻqolgan deb topilgan jismoniy shaxsning u bedarak yoʻqolgan deb topilgan kunda vujudga kelgan butun soliq qarzini shu bedarak yoʻqolgan shaxsning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulki hisobidan uzishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan jismoniy shaxsning soliq majburiyati shu muomalaga layoqatsiz shaxsning mol-mulki hisobidan uning vasiysi tomonidan bajariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vasiy muomalaga layoqatsiz jismoniy shaxsning soliqlar boʻyicha butun soliq qarzini shu muomalaga layoqatsiz shaxsning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulki hisobidan uzishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud tomonidan bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan jismoniy shaxsning soliqlarni toʻlash boʻyicha majburiyatini, shuningdek unga tegishli penyalar va jarimalarni toʻlash boʻyicha majburiyatni bajarish, shu jismoniy shaxsning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulki koʻrsatilgan majburiyatni bajarish uchun yetarli boʻlmagan (mavjud boʻlmagan) taqdirda, tegishli soliq organining qarori bilan toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxsni bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topishni bekor qilish toʻgʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qilingan taqdirda, toʻxtatib turilgan majburiyatlarning bajarilishi mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran tiklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaga muvofiq, sud tomonidan bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan jismoniy shaxslarning soliqlarni toʻlash boʻyicha majburiyatlari yuklatilgan shaxslar soliq toʻlovchilar uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda barcha huquqlardan foydalanadi va barcha majburiyatlarni mazkur moddada nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda bajaradi. Ushbu modda bilan oʻziga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish chogʻida, shu munosabat bilan soliq huquqbuzarliklarini sodir etganlik aybi uchun javobgarlikka tortiladigan mazkur shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan jarimalarni tegishlicha sud tomonidan bedarak yoʻqolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxsning mol-mulki hisobidan toʻlashga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
96-modda. Soliq qarzining undirilishini umidsiz deb eʼtirof etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayrim soliq toʻlovchilar va soliq agentlari zimmasida turgan soliqlarning toʻlanishi va (yoki) undirilishi quyidagi hollarda undirish imkoni boʻlmay qolgan umidsiz soliq qarzi deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yuridik shaxs tugatilganda — yuridik shaxsning mol-mulki yetarli emasligi va (yoki) shu yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda va tartibda uning soliq qarzini uzish imkoni boʻlmaganligi sababli uning ushbu Kodeksning 91-moddasida nazarda tutilgan tartibda uzilmay qolgan qismi boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) yakka tartibdagi tadbirkor bankrot deb eʼtirof etilganda — qarzdorning mol-mulki yetarli emasligi sababli soliq qarzining uzilmay qolgan qismi boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) jismoniy shaxs vafot etganda yoki jismoniy shaxs vafot etgan deb eʼlon qilinganda — uning mol-mulki yetarli emasligi sababli, shu jumladan meros davlat mulkiga oʻtgan taqdirda, uning soliq qarzining ushbu Kodeksning 94-moddasida nazarda tutilgan tartibda uzilmay qolgan qismi boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) sud tomonidan hujjat qabul qilinib, unga muvofiq soliq organi soliq qarzini undirishning belgilangan muddati oʻtishi munosabati bilan uni undirish imkoniyatini yoʻqotganda, shu jumladan sud tomonidan soliq qarzini undirish toʻgʻrisida ariza berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklashni rad etish haqida ajrim chiqarilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) mazkur Kodeks 129-moddasining yettinchi qismiga muvofiq, chet el yuridik shaxsi soliq organidan hisobdan chiqarilganda — doimiy muassasaning mol-mulki yetarli emasligi va qonunchilikda belgilangan miqdor va tartibda Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxs tomonidan toʻlash imkonsizligi sababli toʻlanmagan soliq qarzi boʻyicha undirilishi umidsiz deb eʼtirof etilgan mazkur soliq qarzi shu chet el yuridik shaxsi ushbu Kodeks 129-moddasining yettinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga koʻra soliq organida qaytadan hisobga qoʻyilganda tiklanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar soliq qarzini undirilishi umidsiz qarz deb eʼtirof etish va uni hisobdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish vakolatiga ega organlardir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yuridik shaxs joylashgan yerdagi yoki jismoniy shaxsning yashash joyidagi soliq organlari (ushbu qismning 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) – mazkur modda birinchi qismining 1 — 3-bandlarida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soliq toʻlovchi yoki soliq agenti hisobda turgan joydagi soliq organlari (ushbu qismning 3-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) — ushbu modda birinchi qismining 4 va 5-bandlarida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan bojxona organlari — Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib oʻtilishi munosabati bilan toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar, penyalar va jarimalar boʻyicha.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Undirilishi umidsiz deb eʼtirof etilgan soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi va ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 30-iyundagi 3256-sonli qarori bilan tasdiqlangan Undirilishi umidsiz deb eʼtirof etilgan soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib oʻtilishi munosabati bilan toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar boʻyicha tartib va hujjatlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
97-modda. Soliqlarni toʻlash muddatlarini oʻzgartirishning umumiy shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlashning muddatini keyinroq muddatga koʻchirish soliqni toʻlash muddatini oʻzgartirish deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlash muddatini oʻzgartirishga ushbu bobda belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, toʻlanishi lozim boʻlgan umumiy soliq summasiga yoki uning bir qismiga (bundan buyon ushbu bobda qarz summasi deb yuritiladi) nisbatan, qarz summasiga foizlar hisoblangan holda, soliq toʻlash muddatini oʻzgartirish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlash muddatini oʻzgartirish uni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash shaklida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash, shu soliq boʻyicha tegishlicha bir yoʻla yoki bosqichma-bosqich qarz summasini toʻlagan holda, ushbu soliqni toʻlash muddatini oʻzgartirishdan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinguniga qadar yuzaga kelgan qarz summasiga yoki kelgusida yuzaga keladigan qarz summasiga nisbatan berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash, agar ushbu Kodeksning 99-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, bir yildan oshmagan muddatga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlash muddati oʻzgartirilishiga talabgor shaxs (bundan buyon ushbu bobda manfaatdor shaxs deb yuritiladi) soliq toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash toʻgʻrisida ariza berishga haqli. Bunday ariza bir yoki bir nechta soliqqa nisbatan berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Manfaatdor shaxsning soliq toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash haqidagi arizasini koʻrib chiqish chogʻida, soliqlarni toʻlash muddatlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga vakolatli organ mazkur shaxsga u bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin boʻlgan kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlashning ushbu bobda nazarda tutilgan boshqa shartlarini taklif etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlash muddatining oʻzgartirilishi soliq toʻlash boʻyicha mavjud majburiyatlarni bekor qilmaydi va yangi majburiyatlarni vujudga keltirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 99-moddasida koʻrsatilgan organlarning qaroriga koʻra soliq toʻlash muddatini oʻzgartirish, agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Kodeksning 107 — 109-moddalariga muvofiq mol-mulk garovi, kafillik yoki bank kafolati bilan taʼminlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
98-modda. Soliqni toʻlash muddatini oʻzgartirishni istisno etadigan holatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar manfaatdor shaxsga nisbatan quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda bittasi bajarilayotgan boʻlsa, soliqni toʻlash muddati oʻzgartirilishi mumkin emas:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishi bilan bogʻliq jinoyat alomatlari boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ushbu shaxs bunday oʻzgartirishdan soliq solinishi lozim boʻlgan oʻz pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini yashirish uchun foydalanishini yoki ushbu shaxs doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketishini taxmin qilish uchun yetarlicha asoslar mavjud boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ushbu shaxs soliqni toʻlash muddatini oʻzgartirish toʻgʻrisida ariza bergan kundan oldingi uch yil mobaynida ushbu Kodeksning 99-moddasida koʻrsatilgan organ tomonidan soliq toʻlash muddatini tegishli oʻzgartirish shartlari buzilganligi munosabati bilan ilgari berilgan kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatining amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shartlar ushbu Kodeks 99-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, soliq toʻlash muddatini oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi mumkin emas, qabul qilingan qaror esa bekor qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qabul qilingan qaror bekor qilingani toʻgʻrisida manfaatdor shaxs va ushbu shaxs hisobda turgan joydagi soliq organi uch kunlik muddatda yozma shaklda xabardor qilinadi. Manfaatdor shaxs bunday qaror ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻiga nisbatan soliq toʻlash muddatini oʻzgartirish amalga oshirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
99-modda. Soliqlarni toʻlash muddatlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga vakolatli organlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagi organlar soliqlarni toʻlash muddatlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish vakolatiga ega organlardir (bundan buyon ushbu moddada vakolatli organlar deb yuritiladi):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 1 — 5-bandlarida koʻrsatilgan soliqlar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi (bundan ushbu qismning 3-bandida va ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 6 — 8-bandlarida koʻrsatilgan soliqlar va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari. Bunday soliqlarga nisbatan toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati ikki yilgacha muddatga berilishi mumkin;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-dekabrdagi 776-son qarori bilan tasdiqlangan Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan soliq toʻlovchilarning soliq toʻlash muddatlarini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisida nizom.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib oʻtilishi munosabati bilan toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar boʻyicha — bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona organlari (bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi soliq toʻlovchiga ushbu Kodeksning 17-moddasida koʻrsatilgan har qanday soliq boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini uch yilgacha muddatga berishga haqli. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berishda ushbu Kodeks 98-moddasining birinchi qismida belgilangan cheklovlardan chetga chiqishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
100-modda. Soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni toʻlash boʻyicha muddatni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati manfaatdor shaxsga, basharti uning moliyaviy ahvoli ushbu soliqni belgilangan muddatda toʻlash imkonini bermasa, biroq koʻrsatilgan shaxsda bunday soliqni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash uchun berilgan muddat mobaynida toʻlash imkoniyati yuzaga keladi deb taxmin qilish uchun yetarlicha asoslar mavjud boʻlsa, berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati manfaatdor shaxsga quyidagi asoslardan loaqal bittasi mavjud boʻlgan taqdirda berilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu shaxsga tabiiy ofat, texnologik falokat yoki boshqa bartaraf etib boʻlmaydigan holatlar natijasida zarar yetkazilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ushbu shaxsni budjetdan (davlat maqsadli jamgʻarmalaridan) moliyalashtirish kechiktirilganligi yoki ushbu shaxs tomonidan bajarilgan davlat buyurtmasi, davlat ehtiyojlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining ehtiyojlari uchun bajarilgan ishlar va (yoki) koʻrsatilgan xizmatlar haqini toʻlash kechiktirilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) manfaatdor shaxs soliqni bir yoʻla toʻlashi oqibatida uning nochorligi (bankrotligi) alomatlari paydo boʻlishi xavfi yuzaga kelganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) jismoniy shaxsning mulkiy holati (qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan mol-mulk hisobga olinmaganda) soliqni bir yoʻla toʻlash imkoniyatini istisno etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) manfaatdor shaxs tomonidan tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish mavsumiy xususiyatga ega ekanligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib oʻtilishi munosabati bilan bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish uchun asoslar mavjud ekanligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda ikkinchi qismining 1, 3 — 6-bandlarida koʻrsatilgan asoslar mavjud boʻlganda, soliqni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati quyidagilarga berilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yuridik shaxsga — uning sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan summaga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) jismoniy shaxsga — uning mol-mulki qiymatidan oshmaydigan summaga, bundan Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan mol-mulk mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqni hisobga olish joyidagi soliq organiga yozma, shu jumladan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali xabarnoma yuborib, soliq auditi natijalari boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan soliqlar summalarini, shuningdek moliyaviy sanksiyalarni tekshiruv materiallarini koʻrib chiqish natijalari yuzasidan soliq organi tomonidan qabul qilingan qaror kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oy mobaynida teng ulushlarda toʻlashga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati ushbu modda ikkinchi qismining 1 yoki 2-bandlarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha berilgan boʻlsa, qarz summasiga foizlar hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati ushbu modda ikkinchi qismining 3 — 6-bandlarida va (yoki) toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan asoslarga koʻra berilgan boʻlsa, kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash davrida amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng stavkadan kelib chiqqan holda qarz summasiga foizlar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
101-modda. Soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi ariza manfaatdor shaxs tomonidan tegishli vakolatli organga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Manfaatdor shaxsning soliqni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu shaxs hisobda turgan joydagi soliq organining uning soliqlar, penyalar va jarimalar boʻyicha hisob-kitoblari holati toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ushbu shaxs hisobda turgan joydagi soliq organining mazkur shaxsga banklarda ochilgan barcha hisobvaraqlar roʻyxati koʻrsatilgan maʼlumotnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ushbu shaxsning banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha koʻrsatilgan ariza berilishidan oldingi olti oy davomida har oylik pul mablagʻlari aylanishi toʻgʻrisida, shuningdek uning haqi toʻlanmagan hisob-kitob hujjatlarining tegishli kartotekasiga joylashtirilgan hisob-kitob hujjatlari mavjudligi toʻgʻrisida yoxud ushbu kartotekada ularning mavjud emasligi toʻgʻrisida banklar maʼlumotnomalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ushbu shaxsning banklardagi barcha hisobvaraqlarida mavjud boʻlgan pul mablagʻlarining qoldiqlari toʻgʻrisida banklar maʼlumotnomalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) ushbu shaxsning soliqni toʻlash muddati oʻzgartirilgan davrda soliqni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi qaror qaysi shartlarga koʻra qabul qilingan boʻlsa, oʻsha shartlarga rioya etilishini nazarda tutuvchi majburiyati, shuningdek qarzdorlikni soʻndirishning taxminiy grafigi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) soliqni toʻlash muddatini oʻzgartirish asoslari mavjudligini tasdiqlovchi ushbu moddaning uchinchi — sakkizinchi qismlarida koʻrsatilgan hujjatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks 100-moddasining ikkinchi qismi 1-bandida koʻrsatilgan asos boʻyicha soliqni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi manfaatdor shaxsning arizasiga quyidagilar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu shaxsga nisbatan uning ariza bilan murojaat etishi uchun asos boʻlgan bartaraf etib boʻlmaydigan holatlar vujudga kelganligi fakti toʻgʻrisidagi xulosa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) koʻrsatilgan holatlar natijasida ushbu shaxsga yetkazilgan zararni baholash dalolatnomasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqaro muhofazasi, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilish sohasidagi organlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarishi organlari tomonidan tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks 100-moddasining ikkinchi qismi 2-bandida koʻrsatilgan asos boʻyicha soliqni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi manfaatdor shaxsning arizasiga bunday asos mavjudligini va budjetdan (davlat maqsadli jamgʻarmalaridan) moliyalashtirish hisobiga ushbu shaxsga kelib tushmagan summani yoki ushbu shaxs tomonidan bajarilgan davlat buyurtmasining, davlat ehtiyojlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining ehtiyojlari uchun bajarilgan ishlar va (yoki) koʻrsatilgan xizmatlarning haqi toʻlanmaganligini tasdiqlovchi moliya organining hujjati ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks 100-moddasining ikkinchi qismi 3-bandida koʻrsatilgan asos mavjudligi manfaatdor shaxsning moliyaviy holatini tahlil qilish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi yoki u vakolat bergan soliq organi tomonidan aniqlanadi. Bunday tahlil Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan uslubiyatga muvofiq oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks 100-moddasining ikkinchi qismi 4-bandida koʻrsatilgan asos boʻyicha soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi manfaatdor shaxsning arizasiga jismoniy shaxsning koʻchar va koʻchmas mulki (bundan qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan mol-mulk mustasno) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks 100-moddasining ikkinchi qismi 5-bandida koʻrsatilgan asos boʻyicha soliqni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi manfaatdor shaxsning arizasiga ushbu shaxs tomonidan tuzilgan, mazkur shaxsning umumiy daromadlarida uning mavsumiy xususiyatga ega boʻlgan faoliyatdan olingan daromadlarining ulushi kamida 50 foizni tashkil etishini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mavsumiy xususiyatga ega boʻlgan tarmoqlar va faoliyat turlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-dekabrdagi 776-son qarori bilan tasdiqlangan Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan soliq toʻlovchilarning soliq toʻlash muddatlarini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisida nizomga ilova tasdiqlangan Mavsumiy xususiyatga ega boʻlgan tarmoqlar va faoliyat turlari roʻyxati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi manfaatdor shaxsning arizasida ushbu shaxs mazkur bobga muvofiq qarz summasiga hisoblangan foizlarni toʻlash majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli organning talabiga koʻra, manfaatdor shaxs garov predmeti boʻlishi mumkin boʻlgan mol-mulk toʻgʻrisidagi hujjatlarni, kafillik xatini yoki bank kafolatini taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli organ manfaatdor shaxsning iltimosnomasi boʻyicha ushbu shaxs tomonidan qarz summasining toʻlanishini vaqtinchalik (ariza koʻrib chiqiladigan davrda) toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli. Bunday qarorning koʻchirma nusxasi manfaatdor shaxs tomonidan oʻzi hisobga olingan joydagi soliq organiga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish yoxud uni berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror vakolatli organ tomonidan manfaatdor shaxsning arizasi olingan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi qarorda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qarz summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilayotgan soliq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qarz summasini va hisoblangan foizlarni toʻlash tartibi hamda muddatlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli hollarda soliqni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi qarorda garov predmeti boʻlgan mol-mulk toʻgʻrisidagi hujjatlar, kafillik xati yoki bank kafolati koʻrsatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi qaror ushbu qarorda belgilangan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. Bunda soliqni toʻlash uchun belgilangan kundan eʼtiboran ushbu qaror kuchga kiradigan kunga qadar boʻlgan butun vaqt uchun tegishli penyalar, agar toʻlovning koʻrsatilgan muddati ushbu qaror kuchga kiradigan kundan oldin boʻlsa, qarz summasiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash mol-mulk garovi evaziga beriladigan boʻlsa, uni berish toʻgʻrisidagi qaror faqat ushbu Kodeksning 107-moddasida nazarda tutilgan tartibda mol-mulk garovi toʻgʻrisidagi shartnoma tuzilgandan keyingina kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqlarni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ustidan manfaatdor shaxs qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi qarorning koʻchirma nusxasi vakolatli organ tomonidan mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kunlik muddatda ushbu shaxs hisobda turgan joydagi soliq organiga yuboriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-dekabrdagi 776-son qarori bilan tasdiqlangan Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan soliq toʻlovchilarning soliq toʻlash muddatlarini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisida nizom.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
102-modda. Soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlashning amal qilishini tugatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlashning amal qilishi tegishli qarorning amal qilish muddati oʻtganidan keyin tugatiladi yoxud ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda bu muddat kelishidan oldin tugatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqning toʻliq summasi va tegishli foizlarning summasi belgilangan muddat oʻtgunga qadar toʻlangan taqdirda soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlashning amal qilishi muddatidan oldin tugatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash shartlari manfaatdor shaxs tomonidan buzilgan taqdirda, uning amal qilishi soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatni bajarish muddatini tegishli oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan vakolatli organning qarori bilan muddatidan oldin tugatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlashning amal qilishi muddatidan oldin tugatilganda manfaatdor shaxs tegishli qarorni olganidan keyin bir oy ichida soliq qarzining toʻlanmagan summasini, shuningdek soliqni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlashning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan keyingi kundan boshlab ushbu summa toʻlangan kungacha boʻlgan har bir kalendar kun uchun penya toʻlashi kerak. Bunda soliq qarzining qoplanmasdan qolgan summasi kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan soliq qarzi summasi toʻlashni kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) amal qilgan davrda kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) haqidagi qarorga muvofiq hisoblangan foizlar summasiga oshirilgan summa bilan haqiqatda toʻlangan summalar hamda foizlar oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi qaror bekor qilingani toʻgʻrisidagi xabarnoma ushbu qarorni qabul qilgan vakolatli organ tomonidan qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda manfaatdor shaxsga yuboriladi. Bunday qarorning koʻchirma nusxasi ayni shu muddatda manfaatdor shaxs hisobda turgan joydagi soliq organiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli organning soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlashning amal qilishini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisidagi qarori ustidan manfaatdor shaxs qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bobda nazarda tutilgan va manfaatdor shaxs tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan foizlar ularni toʻlash muddati buzilgan taqdirda hamda ularni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomani bajarish muddati oʻtganidan keyin ushbu Kodeksning 15-bobida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-bob. Ortiqcha toʻlangan va ortiqcha undirilgan soliqlarni hisobga olish hamda qaytarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
103-modda. Ortiqcha toʻlangan va ortiqcha undirilgan soliqlarni hisobga olish hamda qaytarish toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi tomonidan ortiqcha toʻlangan yoki undan ortiqcha undirilgan soliq summasi soliq toʻlovchining qarzi boʻlmagan taqdirda shu soliq toʻlovchiga qaytarilishi yoxud ushbu soliq boʻyicha kelgusi toʻlovlar hisobiga hisobga olinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchida soliq qarzi mavjud boʻlgan taqdirda, ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan soliq summasi ushbu qarzni uzish hisobiga quyidagi ketma-ketlikda hisobga olinishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) mazkur soliq turining penyasi boʻyicha qarz hisobiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) boshqa soliqlar va ularning penyalari boʻyicha qarzni uzish hisobiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun jarimalarni toʻlash hisobiga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ortiqcha toʻlangan soliq summasi soliq toʻlovchining arizasiga koʻra soliq toʻlovchiga toʻliq yoki qisman qaytarilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismiga muvofiq va uchinchi qismini hisobga olgan holda qaytarilishi lozim boʻlgan summani soliq toʻlovchiga qaytarish ushbu Kodeksning 104 va 105-moddalarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqlarning ortiqcha toʻlangani ehtimolidan dalolat beruvchi faktlar aniqlangan taqdirda, soliq organining yoki soliq toʻlovchining taklifiga koʻra soliqlar, penyalar va jarimalar boʻyicha hisob-kitoblarni birgalikda oʻzaro solishtirish oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqning ortiqcha toʻlangan summalarini hamda hisoblangan foizlarini hisobga olish yoki qaytarish milliy valyutada amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bobda belgilangan qoidalar ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan boʻnak va joriy toʻlovlar, yigʻimlar, penyalar va jarimalarning summalarini hisobga olishga yoki qaytarishga nisbatan ham qoʻllaniladi hamda soliq agentlari va yigʻimlarni toʻlovchilarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bobda belgilangan qoidalar ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan yigʻimlar, penyalar va jarimalar summalarini boshqa vakolatli organlar tomonidan hisobga olishga yoki qaytarishga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bobda belgilangan qoidalar soliq organining qaroriga koʻra oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini hisobga olishga yoki qaytarishga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bobda belgilangan qoidalar notoʻgʻri toʻlangan soliq summasini, shuningdek penyalar va jarimalarni hisobga olishga yoki qaytarishga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
104-modda. Ortiqcha toʻlangan soliqni hisobga olish yoki qaytarish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq boʻyicha qarzini qoplash hisobiga soliq toʻlovchi tomonidan ortiqcha toʻlangan summani ushbu Kodeksning 103-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hisobga olish soliq organlari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ortiqcha toʻlangan soliq summasini soliq qarzini qoplash hisobiga hisobga olish toʻgʻrisidagi qaror soliq organi tomonidan soliqning ortiqcha toʻlanganligi fakti aniqlagan kundan eʼtiboran yoki agar soliq organi va soliq toʻlovchi tomonidan u toʻlagan soliqlarni birgalikda oʻzaro solishtirish oʻtkazilgan boʻlsa, bunday birgalikdagi solishtirish dalolatnomasi soliq organi va soliq toʻlovchi tomonidan imzolangan kundan eʼtiboran yoxud sudning tegishli qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan qoida soliq toʻlovchiga oʻzi ortiqcha toʻlagan soliq summasini uning soliq qarzini qoplash hisobiga hisobga olish toʻgʻrisida soliq organiga yozma ariza taqdim etishiga toʻsqinlik qilmaydi. Bunday ariza mavjud boʻlgan taqdirda soliq organining ortiqcha toʻlangan soliq summasini soliq qarzini uzish hisobiga hisobga olish toʻgʻrisidagi qarori soliq toʻlovchining arizasi olingan kundan eʼtiboran yoki, agar birgalikda oʻzaro solishtirish oʻtkazilgan boʻlsa, soliq organi soliq toʻlovchi bilan u toʻlagan soliqlarni birgalikda oʻzaro solishtirish dalolatnomasini imzolagan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ortiqcha toʻlangan soliq summasi, ushbu Kodeksning 103-moddasi qoidalarini inobatga olgan holda, soliq toʻlovchiga uning yozma arizasiga binoan soliq organi tomonidan bunday ariza olingan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida qaytarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ortiqcha toʻlangan soliq summasini hisobga olish yoki qaytarish toʻgʻrisidagi ariza, agar soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, koʻrsatilgan summa toʻlangan kundan eʼtiboran besh yil ichida berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ortiqcha toʻlangan soliq summasini qaytarish toʻgʻrisidagi qaror soliq organi tomonidan soliq toʻlovchining tegishli arizasi olingan kundan eʼtiboran yoki, agar birgalikda oʻzaro solishtirish oʻtkazilgan boʻlsa, soliq organi soliq toʻlovchi bilan u toʻlagan soliqlarning birgalikdagi oʻzaro solishtirish dalolatnomasini imzolagan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning sakkizinchi qismida koʻrsatilgan muddat oʻtgunga qadar soliq organining tegishli summani qaytarish toʻgʻrisidagi qarori asosida rasmiylashtirilgan ortiqcha toʻlangan soliq summasini qaytarishga doir topshiriqnoma soliq organi tomonidan budjet toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq toʻlovchiga qaytarib berishni amalga oshirish uchun gʻaznachilikka yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organi ortiqcha toʻlangan soliq summasini hisobga olishni yoki qaytarishni rad etish toʻgʻrisidagi qabul qilingan qaror haqida soliq toʻlovchiga bunday qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida xabar qilishi shart. Agar ortiqcha toʻlangan soliq summasini soliq toʻlovchiga qaytarish ushbu moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan muddat buzilgan holda amalga oshirilsa, belgilangan muddatda qaytarilmagan summa uchun soliq toʻlovchiga qaytarish muddati buzilgan har bir kalendar kun uchun foizlar hisoblanadi. Hisoblangan foizlar tegishli budjet mablagʻlari hisobidan toʻlanadi. Foiz stavkasi qaytarish muddati buzilgan kunlarda amal qilgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng etib qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yanglishib toʻlangan soliq summalari, shuningdek penyalar va (yoki) jarimalar soliq toʻlovchiga uning yoxud bankning yoki Oʻzbekiston Respublikasi Gʻaznachiligining yozma murojaati asosida, agar xatolik ular tomonidan yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻining ortiqcha toʻlangan summalari shu konsolidatsiyalashgan guruhning masʼul ishtirokchisiga ushbu moddada belgilangan tartibda hisobga olinishi (qaytarilishi) lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaning amal qilishi tugagan taqdirda, soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha ortiqcha toʻlangan foyda soligʻining ushbu konsolidatsiyalashgan guruh boʻyicha mavjud boʻlgan soliq qarzi hisobiga hisobga olinmaydigan va (yoki) hisobga olinmagan summalari shu soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi boʻlgan yuridik shaxsga uning yozma arizasiga binoan hisobga olinishi yoki qaytarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
105-modda. Ortiqcha undirilgan soliqni hisobga olish yoki qaytarish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ortiqcha undirilgan soliq summalarini hisobga olish yoki qaytarish toʻgʻrisida soliq organiga ariza soliq toʻlovchi tomonidan undan soliq ortiqcha undirilgani fakti oʻziga maʼlum boʻlgan kundan yoki sud qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran besh yil ichida berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ortiqcha undirilgan soliq summasi ushbu Kodeksning 103-moddasi qoidalarini hisobga olgan holda soliq toʻlovchiga uning yozma arizasiga muvofiq soliq organi tomonidan bunday ariza qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida, unga hisoblangan foizlar bilan birga qaytarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ortiqcha undirilgan soliq summasiga foizlar soliq toʻlovchi undan soliq ortiqcha undirilgani fakti oʻziga maʼlum boʻlgan kundan yoki sudning qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida murojaat etgan taqdirda hisoblanadi. Foizlar undirilgan kundan keyingi kundan eʼtiboran haqiqiy hisobga olingan (qaytarilgan) kunga qadar hisoblanadi. Hisoblangan foizlar tegishli budjet mablagʻlari hisobidan toʻlanadi. Foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining shu kunlardagi amal qilayotgan qayta moliyalashtirish stavkasiga teng etib qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq ortiqcha undirilgani fakti aniqlangan boʻlsa, soliq organi ortiqcha undirilgan soliq summasini, shuningdek ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan tartibda ortiqcha undirilgan summaga hisoblangan foizlarni hisobga olish va (yoki) qaytarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ortiqcha undirilgan soliq summasini soliq toʻlovchining soliq qarzini uzish hisobiga yoki oʻsha soliq turi boʻyicha yoxud ushbu Kodeksning 103-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan boshqa soliqlar boʻyicha kelgusi toʻlovlar hisobiga hisobga olish soliq organlari tomonidan ushbu Kodeksning 104-moddasi birinchi — beshinchi qismlarida ortiqcha toʻlangan soliq summalarini hisobga olish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ortiqcha undirilgan soliqni qaytarish tartibi ushbu Kodeksning 104-moddasida ortiqcha toʻlangan soliq summalarini qaytarish uchun belgilangan tartibga aynan oʻxshashdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha ortiqcha undirilgan foyda soligʻi summalari shu konsolidatsiyalashgan guruhning masʼul ishtirokchisiga ushbu moddada belgilangan tartibda hisobga olinishi yoki qaytarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish toʻgʻrisidagi shartnomaning amal qilishi tugatilgan taqdirda ushbu konsolidatsiyalashgan guruh boʻyicha mavjud boʻlgan soliq qarzi hisobiga hisobga olinishi lozim boʻlmagan va (yoki) hisobga olinmagan soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻining ortiqcha undirilgan summalari soliq toʻlovchilar ushbu konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi boʻlgan yuridik shaxsga uning yozma arizasi asosida hisobga olinishi yoki qaytarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-bob. Soliq majburiyatining bajarilishini taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
106-modda. Soliq majburiyatining bajarilishini taʼminlash usullari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq majburiyatining bajarilishi mol-mulk garovi, kafillik, bank kafolati, penyalar, bankdagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarning toʻxtatilishi va soliq toʻlovchining mol-mulkini xatlash bilan taʼminlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining soliq majburiyatini bajarish boʻyicha taʼminlash chorasi sifatida mol-mulkni xatlash uning arizasiga koʻra:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qimmatli qogʻozlar uyushgan bozorida muomalada boʻlgan qimmatli qogʻozlarning garovi yoki ushbu Kodeksning 107-moddasida nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirilgan boshqa mol-mulk garovi bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ushbu Kodeksning 108-moddasida nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirilgan uchinchi shaxsning kafilligi bilan almashtirilishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 109-moddasida nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirilgan amaldagi bank kafolati berilgan taqdirda, soliq organi soliq toʻlovchiga ushbu bandda nazarda tutilgan taʼminlash choralarini almashtirishni rad etishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq majburiyatining bajarilishini taʼminlash usullari, ularni qoʻllash tartibi va shartlari ushbu bobda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish munosabati bilan toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar boʻyicha bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda soliq majburiyatining bajarilishini taʼminlashning boshqa choralari ham qoʻllanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
107-modda. Mol-mulk garovi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda soliqlarni toʻlash majburiyati mol-mulk garovi bilan taʼminlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulk garovi soliq organi va garovga qoʻyuvchi oʻrtasidagi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. Soliq toʻlovchining oʻzi yoki uchinchi shaxs garovga qoʻyuvchi boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi tegishli soliq summalarini va tegishli penyalarni toʻlash boʻyicha majburiyatini bajarmagan taqdirda, soliq organi ushbu majburiyatning garovga qoʻyilgan mol-mulk qiymati hisobidan bajarilishini fuqarolik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq oʻziga nisbatan garov belgilanishi mumkin boʻlgan mol-mulk, agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, garov predmeti boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa shartnoma boʻyicha garov predmeti soliq organi va garovga qoʻyuvchi oʻrtasidagi shartnoma boʻyicha garov predmeti boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garov chogʻida mol-mulk garovga qoʻyuvchida qolishi yoxud garovga qoʻyuvchining mablagʻlari hisobiga soliq organiga (garovga oluvchiga), garovga qoʻyilgan mol-mulkning but saqlanishini taʼminlash majburiyati unga yuklangan holda, topshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Garovga qoʻyilgan mol-mulkka nisbatan biron-bir bitimni, shu jumladan soliq qarzi summalarini uzish maqsadida bitimlarni tuzish faqat garovga oluvchi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq majburiyatining bajarilishini taʼminlash usuli sifatida garov belgilashda yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarga nisbatan, agar soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, fuqarolik qonun hujjatlarining qoidalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
108-modda. Kafillik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq majburiyatini bajarish muddatlari oʻzgargan taqdirda va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda soliqlarni toʻlash majburiyati kafillik bilan taʼminlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kafillik tufayli kafil, agar soliq toʻlovchi tegishli soliq summalarini va tegishli penyalarni belgilangan muddatda toʻlamasa, soliq organlari oldida soliq toʻlovchining soliqlarni toʻlash boʻyicha majburiyatini toʻliq hajmda bajarish majburiyatini oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kafillik fuqarolik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq organi va kafil oʻrtasidagi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi kafillik bilan taʼminlangan soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatini bajarmagan taqdirda, kafil va soliq toʻlovchi solidar javobgar boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻlanishi boʻyicha majburiyat kafillik bilan taʼminlangan soliq belgilangan muddatda toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmagan taqdirda, soliq organi soliqni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomani bajarish muddati tugagan kundan eʼtiboran besh kun ichida kafillik shartnomasi boʻyicha pul summasini toʻlash toʻgʻrisida kafilga talabnoma yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar kafil kafillik shartnomasi boʻyicha pul summasini toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomani belgilangan muddatda bajarmasa, soliq organi ushbu Kodeksning 15-bobida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda ushbu kafildan toʻlash majburiyati uning kafilligi bilan taʼminlangan summalarni majburiy ravishda undirish choralarini qoʻllaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kafil shartnomaga muvofiq oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarini bajargach, kafil tomonidan toʻlangan summalarni, shuningdek shu summalar boʻyicha foizlarni hamda soliq toʻlovchining majburiyatlari bajarilishi munosabati bilan koʻrilgan zararlarning oʻrni qoplanishini soliq toʻlovchidan talab qilish huquqi unga oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik yoki jismoniy shaxs kafil boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni toʻlash boʻyicha bitta majburiyatga nisbatan bir vaqtning oʻzida bir nechta kafilning ishtirok etishiga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq majburiyatining bajarilishini taʼminlash boʻyicha chora sifatida kafillik belgilanishida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarga nisbatan, agar soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, fuqarolik qonun hujjatlarining qoidalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning qoidalari yigʻimlarni toʻlashdagi kafillikka nisbatan ham qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
109-modda. Bank kafolati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq majburiyatini bajarish muddatlari oʻzgargan taqdirda va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda soliqni toʻlash majburiyati bank kafolati bilan taʼminlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq toʻlovchi toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summalarini va tegishli penyalarni belgilangan muddatda toʻlamasa, bank kafolati tufayli bank (kafolat beruvchi) soliq organlari oldida soliq toʻlovchining soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatini toʻliq hajmda bajarish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank kafolati quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) kafolat qaytarib olinmaydigan va boshqa shaxsga oʻtkazilmaydigan boʻlishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) kafolatda soliq organi tomonidan kafolat beruvchiga ushbu moddada nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishga doir koʻrsatma boʻlishi mumkin emas;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) amal qilish muddati, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchi tomonidan bank kafolati bilan taʼminlangan soliq toʻlash majburiyatini bajarishning belgilangan muddati oʻtadigan kundan eʼtiboran kamida olti oydan keyin tugashi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) qaysi summaga berilgan boʻlsa, oʻsha summa kafolat beruvchi tomonidan soliq toʻlovchining soliqni va tegishli penyalarni toʻlash boʻyicha majburiyati, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, toʻliq hajmda bajarilishini taʼminlashi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) kafolat beruvchi tomonidan ushbu bank kafolati boʻyicha pul summasini toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, soliq organi tomonidan toʻlash majburiyati bank kafolati bilan taʼminlangan summalarni kafolat beruvchidan undirish choralari qoʻllanilishini nazarda tutishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kafolat beruvchidan undirish, agar soliq organining mazkur talabnomasi kafolat beruvchiga bank kafolatining amal qilish muddati tugagunga qadar yuborilgan boʻlsa, ushbu Kodeksning 121 va 123-moddalarida nazarda tutilgan tartibda hamda muddatlarda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi tomonidan soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatning bajarilishi bank kafolati bilan taʼminlangan soliq belgilangan muddatda toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmagan taqdirda, soliq organi soliqni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomani bajarish muddati tugagan kundan eʼtiboran besh kun ichida kafolat beruvchiga bank kafolati boʻyicha pul summasini toʻlash haqida talabnoma yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank kafolati boʻyicha majburiyat kafolat beruvchi tomonidan u bank kafolati boʻyicha pul summasini toʻlash toʻgʻrisida talabnoma olgan kundan eʼtiboran besh kun ichida bajarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kafolat beruvchi soliq organiga bank kafolati boʻyicha pul summasini toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomani qanoatlantirishni rad etishga haqli emas (bundan bank kafolati berilgan muddat tugaganidan keyin kafolat beruvchiga talabnoma taqdim etilgan hollar mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar penyalar va jarimalarni toʻlash boʻyicha majburiyatning bajarilishini taʼminlovchi bank kafolatlariga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda va shartlarda Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsi yoki chet el yuridik shaxsi tomonidan soliqni toʻlash majburiyati xalqaro reyting agentliklarining yuqori reytingiga ega boʻlgan chet el bankining bank kafolati bilan taʼminlanishi mumkin. Chet el bankining bunday kafolati ushbu modda uchinchi qismining 1 — 4-bandlarida nazarda tutilgan talablarga mos boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
110-modda. Penya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan soliqlarni toʻlash muddatini buzgan taqdirda toʻlashi lozim boʻlgan pul summasi penyadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli penyalarning summasi toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summalaridan tashqari va soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatning bajarilishini taʼminlashga doir boshqa choralar, shuningdek soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik choralari qoʻllanilishidan qatʼi nazar toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Penyalar, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan soliqni toʻlash kunidan keyingi kundan boshlab soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatni bajarish kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) imkoniyatini berish toʻgʻrisida ariza berilganligi toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasiga penyalar hisoblanishini toʻxtatib turmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi, uning bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarning toʻxtatilishi yoki pul mablagʻlariga taqiq qoʻyilishi shaklidagi soliq organining undirish toʻgʻrisida taʼminot choralari haqidagi qarori qabul qilinganligi sababli toʻlay olmagan soliq qarziga penya hisoblanmaydi. Bunday holda penyalar koʻrsatib oʻtilgan holatlarning butun amal qilish davri uchun hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni hisoblash va toʻlash tartibi haqida yoki soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashga doir boshqa masalalar boʻyicha moliya yoki soliq organi (uning mansabdor shaxsi) tomonidan oʻz vakolatlari doirasida soliq toʻlovchiga yoki nomuayyan doiradagi shaxslarga berilgan yozma tushuntirishlarni bajarishi natijasida soliq toʻlovchida hosil boʻlgan soliq boʻyicha qarz summasiga penya hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Penyalar soliq monitoringini oʻtkazish jarayonida soliq organining soliq toʻlovchiga yuborilgan asosli fikrini bajarishi natijasida soliq toʻlovchida hosil boʻlgan soliq boʻyicha qarz summasiga ham hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning oltinchi va yettinchi qismlarida koʻrsatilgan holatlar, shu organning mohiyati va mazmuniga koʻra soliq qarzi hosil boʻlgan soliq (hisobot) davrlariga taalluqli tegishli hujjat mavjud boʻlgan taqdirda, shunday hujjat qabul qilingan sanadan qatʼi nazar, aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning oltinchi va yettinchi qismlari qoidalari, agar soliq organining mazkur yozma tushuntirishlari yoki asoslantirilgan fikri soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan toʻliq boʻlmagan yoki notoʻgʻri axborotga asoslangan boʻlsa, qoʻllanilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir kechiktirilgan kun uchun penyalar soliqning toʻlanmagan summasidan kelib chiqib foizlarda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Penyaning foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining shu davrda amalda boʻlgan qayta moliyalash stavkasining uch yuzdan biriga teng etib qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Penyalar tegishli soliq toʻlanadigan budjetga (davlat maqsadli jamgʻarmasiga) toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Penyalar soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari hisobidan, shuningdek soliq toʻlovchining boshqa mol-mulki hisobidan ushbu Kodeksning 15-bobida nazarda tutilgan tartibda majburiy ravishda undirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan penyani majburiy ravishda undirish ushbu Kodeksning 121 — 124-moddalarida nazarda tutilgan tartibda, boshqa jismoniy shaxslardan esa — ushbu Kodeksning 125-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 120-moddasi yettinchi — sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan penyani majburiy ravishda undirish sud tartibida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar soliq agentlariga ham tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
111-modda. Banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatga qabul qilinishi mumkin. Soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni oʻn kundan koʻp muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror soliq organining iltimosnomasiga asosan sud tomonidan qabul qilinishi mumkin. Bunda soliq toʻlovchining (soliq agentining) bank hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalari sud tomonidan qaror qabul qilingunga qadar toʻxtatib turiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror elektron shaklda soliq organi tomonidan bankka yuboriladi. Bir vaqtning oʻzida soliq organi tomonidan soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga uning bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalar toʻxtatib turilishi toʻgʻrisida xabarnoma buning sabablarini koʻrsatgan holda yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish soliq organi tomonidan mazkur soliq toʻlovchilarning (soliq agentlarining) soliq majburiyatlari bajarilishini taʼminlash uchun quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu soliq toʻlovchi (soliq agenti) tomonidan soliq organiga moliyaviy va (yoki) soliq hisoboti bunday hisobotni taqdim etishning belgilangan muddati tugaganidan keyin oʻn kun ichida taqdim etilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soliq toʻlovchi (soliq agenti) tomonidan soliq organining kameral soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha talabnomasiga tushuntirishlar va (yoki) tuzatishlar belgilangan muddatda taqdim etilmaganda, shuningdek soliq toʻlovchi tomonidan soliq organi talab qilgan hujjatlar taqdim etilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslarini koʻrsatilgan hududga yoki binoga (bundan turar joylar mustasno) kirishiga toʻsqinlik qilishda. Soliq organi mansabdor shaxsining kirishiga toʻsqinlik qilinishi uning oʻzi va tekshirilayotgan shaxs tomonidan imzolanadigan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bunday dalolatnoma asosida soliq organi bankdagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) soliq toʻlovchining (soliq agentining) oʻzi koʻrsatgan manzilda yoʻqligida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraq boʻyicha operatsiyalarning toʻxtatib turilishi banklar tomonidan soliq toʻlovchining (soliq agentining) barcha hisobvaraqlari boʻyicha barcha chiqim operatsiyalari toʻxtatib turilishini anglatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi tomonidan soliq hisoboti bunday hisobotni taqdim etishning belgilangan muddati oʻtgach oʻn kun ichida taqdim etilmagan taqdirda, bankdagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror masʼul ishtirokchining yoki ushbu konsolidatsiyalashgan guruh barcha ishtirokchilarining operatsiyalariga nisbatan soliq organi rahbari (uning oʻrinbosari) tomonidan qabul qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraq boʻyicha operatsiyalarning toʻxtatib turilishi fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq birinchi navbatda koʻrsatilgan toʻlovlarga, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq undiruvga yoʻl qoʻyilmaydigan banklardagi hisobvaraqlarga tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
112-modda. Soliq toʻlovchining (soliq agentining) banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining (soliq agentining) banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror quyidagilar asosida qaror qabul qilingan taqdirda bekor qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu Kodeksning 111-moddasi uchinchi qismi 1-bandi asosida — soliq toʻlovchi (soliq agenti) tomonidan moliyaviy va (yoki) soliq hisoboti taqdim etilgan kundan keyin bir kundan kechiktirmasdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ushbu Kodeksning 111-moddasi uchinchi qismi 2-bandi asosida — soliq organining talabiga javoban hujjatlar, tushuntirishlar va (yoki) tuzatishlar taqdim etilgan kuni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ushbu Kodeksning 111-moddasi uchinchi qismi 3-bandi asosida — soliq organining tekshiruv oʻtkazayotgan mansabdor shaxslariga kirish huquqi berilgan kundan keyin bir kundan kechiktirmay;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ushbu Kodeksning 111-moddasi uchinchi qismi 4-bandi asosida — soliq toʻlovchining (soliq agentining) u maʼlum qilgan manzilida yoʻqligining asosliligi soliq organi tomonidan eʼtirof etilgan kundan keyin bir kundan kechiktirmay. Bunday eʼtirof uchun soliq toʻlovchining vakili soliq toʻlovchi hisobda turgan joydagi soliq organiga zarur tushuntirishlarni shaxsan taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi (soliq agenti) boshqa soliq organida hisobga qoʻyilganda, agar hisobda turish joyi oʻzgarganligi haqidagi maʼlumotlar oldingi hisobda turish joyidagi soliq organiga maʼlum boʻlmasa, shuningdek texnik xatolar yuz berganda va boshqa shu kabi hollarda soliq toʻlovchining hisobga olingan joyda yoʻqligi asosli deb eʼtirof etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining (soliq agentining) uning filiali yoki alohida boʻlinmasi hisobda turgan joyda yoxud soliq solish obyekti hisoblangan mulki joylashgan yerda yoʻqligi, xususan filial yoki alohida boʻlinma tugatilgan yoki koʻrsatilgan mulk realizatsiya qilingan taqdirda asosli deb eʼtirof etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turishni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror bankka elektron shaklda bunday qaror qabul qilingan kundan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish va toʻxtatib turishni bekor qilish toʻgʻrisidagi soliq organining qarorlarini bankka elektron shaklda yuborish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan holda belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organi tomonidan soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilish muddati yoki bunday qarorni bankka yuborish muddati buzilgan taqdirda toʻxtatib turish rejimi amal qilgan pul mablagʻlari summasiga foizlar hisoblanadi, bu foizlar soliq organi tomonidan soliq toʻlovchiga (soliq agentiga) muddat buzilgan har bir kalendar kun uchun toʻlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq organi soliq toʻlovchining (soliq agentining) hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisida noqonuniy qaror chiqargan boʻlsa, toʻxtatib turish rejimi amal qilgan pul mablagʻlari summasiga nisbatan bank soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni olgan kundan eʼtiboran to uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorni olgunga qadar har bir kalendar kun uchun ushbu soliq toʻlovchiga toʻlanishi lozim boʻlgan foizlar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning oltinchi va yettinchi qismlarida koʻrsatilgan hollarda, foiz stavkasi soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalar noqonuniy toʻxtatib turilgan, soliq organi soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilish yoki soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turishni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorni bankka yuborish muddatini buzgan kunlarda amal qilgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng etib qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
113-modda. Banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorlarning banklar tomonidan bajarilishi tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organining soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori bank tomonidan soʻzsiz bajarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organining qaroriga koʻra hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalar toʻxtatib turilishi oqibatida soliq toʻlovchi (soliq agenti) koʻrgan zarar uchun bank javobgar boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu Kodeksning 111-moddasi birinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish bank soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisida soliq organining qarorini olgan kundan eʼtiboran, to soliq organining ushbu toʻxtatib turishni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori olinadigan kunga qadar amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining (soliq agentining) hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror bankka elektron shaklda yuborilganda, bank tomonidan ushbu qaror olingan sana va vaqtni belgilash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq toʻlovchining (soliq agentining) hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganidan soʻng soliq toʻlovchining (soliq agentining) nomi va (yoki) uning soliq organining ushbu qaroriga muvofiq operatsiyalar toʻxtatib turilgan bankdagi hisobvaragʻi rekvizitlari oʻzgarsa, mazkur qaror bank tomonidan oʻz nomini oʻzgartirgan soliq toʻlovchiga (soliq agentiga) va rekvizitlari oʻzgartirilgan hisobvaraqqa nisbatan ijro etilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisida soliq organi yoki sudning qarorini olganidan keyin banklar ushbu soliq toʻlovchiga (soliq agentiga) yangi hisobvaraqlar, omonatlar va depozitlar ochishga haqli emas, bundan qonun hujjatlariga muvofiq undiruv yoʻl qoʻyilmaydigan hisobvaraqlar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
114-modda. Mol-mulkni xatlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organining soliq toʻlovchi boʻlgan yuridik shaxsning mol-mulkiga nisbatan mulk huquqini cheklashga doir harakati soliq qarzini undirish toʻgʻrisidagi qarorning bajarilishini taʼminlash usuli sifatida mol-mulkni xatlashdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq qarzi boʻyicha soliq toʻlovchilarning mol-mulkini xatlash sud qaroriga koʻra amalga oshiriladi. Soliq toʻlovchi tomonidan soliq qarzi tan olingan taqdirda, soliq organi qarori asosida soliq toʻlovchining soliq qarzi boʻyicha mol-mulkiga taqiq qoʻyishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining soliq qarzi boʻyicha uning mol-mulkini xatlash soliq toʻlovchiga soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma yuborilgan kundan boshlab oʻn besh kalendar kun ichida u tomonidan toʻliq bajarilmagan taqdirda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulkni xatlash toʻliq yoki qisman boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulkni toʻliq xatlash soliq toʻlovchining oʻz mol-mulkiga nisbatan huquqlarini shunday cheklashki, bunda u xatlangan mol-mulkni tasarruf etishga haqli emas, ushbu mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanish esa soliq organining ruxsati bilan hamda uning nazorati ostida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulkni qisman xatlash soliq toʻlovchining oʻz mol-mulkiga nisbatan huquqlarini shunday cheklashki, bunda ushbu mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish soliq organining ruxsati bilan va uning nazorati ostida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulkni xatlash soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaraqlarida pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan yoki yoʻq boʻlgan taqdirda faqat soliqni (penyani, jarimani) toʻlash majburiyati uning ana shu mol-mulki hisobidan bajarilishini taʼminlash uchun qoʻllanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulkni xatlash ushbu Kodeksning 117-moddasiga muvofiq soliq organi tomonidan soliq qarzini undirish toʻgʻrisidagi talabnoma soliq toʻlovchiga yuborilgandan soʻng qoʻllanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining barcha mol-mulki xatlab qoʻyilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Faqat soliq qarzini uzish uchun zarur va yetarli boʻlgan mol-mulk xatlab qoʻyilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga oshirmaydigan chet el yuridik shaxsining koʻchmas mulki obyekti, mazkur koʻchmas mulki obyektining qiymati undiriladigan soliq qarzi summasidan ortiq boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushbu chet el shaxsining undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan boshqa mol-mulki boʻlmagan taqdirda xatlab qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining mol-mulkini xatlash toʻgʻrisidagi qaror soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan tegishli qaror shaklida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining mol-mulkini xatlash xolislar ishtirokida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulkni xatlashni amalga oshiruvchi organ mol-mulkni xatlash chogʻida soliq toʻlovchining (uning qonuniy va (yoki) vakolatli vakilining) ishtirok etishini rad qilishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xatlashni amalga oshirishda xolislar, mutaxassislar sifatida ishtirok etuvchi shaxslarga, shuningdek soliq toʻlovchiga (uning vakiliga) ularning huquqlari va majburiyatlari tushuntiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulkni xatlash oldidan xatlashni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar soliq toʻlovchiga (uning vakiliga) xatlab qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorni va oʻzlarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni koʻrsatishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xatlashni amalga oshirishda mol-mulkni xatlash toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi bayonnomada yoki unga ilova qilinadigan roʻyxatda xatlanishi lozim boʻlgan mol-mulk sanab oʻtiladi va tavsiflanadi, ashyolarning nomi, miqdori va xususiy alomatlari, imkoni boʻlganda ularning qiymati koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xatlanishi lozim boʻlgan barcha ashyolar xolislarga va soliq toʻlovchiga (uning vakiliga) koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulkni xatlab qoʻyish toʻgʻrisida qaror chiqargan soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) xatlab qoʻyilgan mol-mulk turishi lozim boʻlgan joyni belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xatlab qoʻyilgan mol-mulkni boshqa shaxsga berishga (bundan xatlashni qoʻllagan soliq organining nazorati ostida yoki ruxsati bilan amalga oshirilishi mustasno), rastrata qilishga yoki yashirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulkni xatlab qoʻyish toʻgʻrisida oʻziga nisbatan qaror qabul qilingan soliq toʻlovchining iltimosiga koʻra, soliq organi mol-mulkni xatlashni ushbu Kodeksning 107-moddasiga muvofiq mol-mulk garoviga almashtirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq qarzi uzilgan va (yoki) ushbu Kodeksning 107-moddasiga muvofiq mol-mulk garovi toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan taqdirda, mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi qaror soliq organining vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organi mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi qaror bekor qilingani toʻgʻrisida soliq toʻlovchini ushbu qaror qabul qilingan kundan keyin besh kun ichida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulkni xatlash toʻgʻrisidagi qaror mol-mulk xatlab qoʻyilgan paytdan to ushbu qaror uni chiqargan soliq organining vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan bekor qilingunga qadar yoxud ushbu qaror yuqori turuvchi soliq organi yoki sud tomonidan bekor qilingunga qadar amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada belgilangan qoidalar yuridik shaxs boʻlgan soliq agentining mol-mulkini xatlashga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻiga doir soliq majburiyatlarining bajarilishini taʼminlash maqsadida ushbu moddaning qoidalari quyidagi xususiyatlarni hisobga olgan holda qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi navbatda ushbu soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi masʼul ishtirokchisining mol-mulki xatlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi masʼul ishtirokchisining mol-mulki ushbu soliq majburiyatini bajarish uchun yetarli boʻlmagan taqdirda, soliq organi yetishmagan summa qismida ushbu konsolidatsiyalashgan guruhning boshqa ishtirokchilariga tegishli mol-mulkni xatlashga haqli. Bunda soliq organining rahbari (uning oʻrinbosari) soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi mavjud axborot asosida soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining boshqa ishtirokchilari mol-mulkini qaysi ketma-ketlikda xatlashni mustaqil ravishda belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14-bob. Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
115-modda. Soliqlarni toʻlash boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlash majburiyatiga ega boʻlgan soliq toʻlovchi uni toʻlashga doir toʻlov topshiriqnomasini xizmat koʻrsatuvchi bankka, oʻzining bank hisobvaragʻida pul mablagʻlari bor-yoʻqligidan qatʼi nazar, ushbu Kodeksda belgilangan toʻlov muddatidan kechiktirmasdan taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq toʻlovchida toʻlanmagan soliq qarzi mavjud boʻlsa, soliq organi unga soliqlarni toʻlash muddati oʻtganidan keyin uch kundan kechiktirmay soliq qarzini uzish toʻgʻrisida talabnoma yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
116-modda. Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchiga uning zimmasidagi soliq qarzi summasi toʻgʻrisida, shuningdek shu qarz summasini belgilangan muddatda toʻlash majburiyati haqida xabar yuborish soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma soliq toʻlovchi boʻlgan yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga tadbirkorlik faoliyati boʻyicha unda ushbu Kodeksning 100-moddasida nazarda tutilgan soliq qarzi yoki foizlar mavjud boʻlgan taqdirda yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻiga doir soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma ushbu soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma soliq toʻlovchiga soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikka tortilishidan qatʼi nazar yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomada soliq boʻyicha qarz summasi, talabnoma yuborilayotgan paytga hisoblangan penyalar miqdori, jarimalar summasi, shuningdek soliq toʻlovchi talablarni bajarmagan taqdirda, soliq qarzini undirish va soliq majburiyati bajarilishini taʼminlash boʻyicha koʻriladigan choralar haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomaning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bobda nazarda tutilgan qoidalar soliq agentlariga yuboriladigan talabnomalarga ham tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 120-moddasi sakkizinchi — oʻninchi qismlarida va 122-moddasida nazarda tutilgan hollarda soliq toʻlovchining soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma boshqa shaxslarga yuborilishi mumkin. Bunday hollarda ushbu bobda nazarda tutilgan barcha qoidalar mazkur shaxslarga yuborilgan soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomalarga ham tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
117-modda. Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomani yuborish tartibi va muddatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma soliq toʻlovchiga u hisobda turgan soliq organi tomonidan yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma soliq toʻlovchiga ushbu qarz aniqlangan kundan eʼtiboran yoki soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha aniqlangan soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi qaror kuchga kirgan sanadan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay yuborilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks 116-moddasining yettinchi va sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomalar boshqa shaxslarga ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda yuboriladi. Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma olingan sanadan eʼtiboran koʻrsatilgan boshqa shaxslar ushbu talabnomani bajarish qismida soliq qarziga ega boʻlgan soliq toʻlovchilarga tenglashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
118-modda. Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomani oʻzgartirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma soliq toʻlovchiga yuborilganidan keyin ushbu talabnomada koʻrsatilgan soliqlar boʻyicha qarz summasi, penyalar yoki soliq haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar summasi oʻzgarishiga olib kelgan holatlarni aniqlagan taqdirda, soliq organi ushbu soliq toʻlovchiga soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi aniqlashtirilgan talabnomani yuborishi yoxud ilgari yuborilgan talabnomani chaqirib olishi shart. Mazkur qoida soliq toʻlovchi tomonidan soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomada koʻrsatilgan soliq, penya yoki jarimalar boʻyicha qarzlari qisman toʻlangan hollarga tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi aniqlashtirilgan talabnoma yoki ilgari yuborilgan talabnomaga doir chaqiruv xati soliq toʻlovchiga ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan oʻzgarishlarga olib kelgan holatlar aniqlangan kundan eʼtiboran uch kun ichida yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
119-modda. Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomani bajarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma yuridik shaxs, shuningdek tadbirkorlik faoliyatiga doir qismi boʻyicha yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan olingan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kun ichida soliq qarzi toʻlanmagan taqdirda va agar ushbu Kodeksning 120 — 122-moddalarida nazarda tutilgan choralar qoʻllanishi natijasida soliq qarzi uzilmay qolaversa, soliq organlari undiruvni ushbu Kodeksning 123-124-moddalarida belgilangan tartibda soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15-bob. Soliq qarzini undirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
120-modda. Soliq qarzini undirish toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq qarzi belgilangan muddatda toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmagan taqdirda bu qarzni undirish ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq qarzi mazkur soliq qarziga ega boʻlgan soliq toʻlovchidan, ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda esa — boshqa shaxslardan undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq toʻlovchining soliqlar boʻyicha qarzini uzishga doir majburiyati bank kafolati, uchinchi shaxsning kafilligi yoxud mol-mulk garovi bilan taʼminlangan boʻlsa, soliq toʻlovchi soliqlar boʻyicha soliq qarzini uzmagan yoki toʻliq uzmagan taqdirda, soliq organi soliq qarzining toʻlanmagan summasini tegishlicha bank kafolatini bergan bankdan, kafildan yoxud garovga qoʻyilgan mol-mulk qiymatidan undirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxsdan yoki yakka tartibdagi tadbirkordan soliq qarzini undirish ushbu Kodeksning 121 — 124-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan jismoniy shaxsdan soliq qarzini undirish ushbu Kodeksning 125-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxsdan yoki yakka tartibdagi tadbirkordan soliq qarzini undirish dastlab uning bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari hisobidan, ular yetishmagan taqdirda esa mazkur shaxsning boshqa mol-mulki hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda soliq toʻlovchining yoki boshqa shaxsning soliq qarzi uning bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari hisobidan undirish imkoni boʻlmagan qismida boshqa shaxslardan undirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq toʻlovchining tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan oladigan tushumi yoki boshqa daromadlari boshqa shaxslarning bankdagi hisobvaraqlariga kelib tushgan boʻlsa, soliq toʻlovchining soliq qarzi shu shaxslardan undirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq toʻlovchi soliq tekshiruvi toʻgʻrisida bilgan paytdan eʼtiboran oʻzining pul mablagʻlarini yoki boshqa mulkini oʻzga shaxslarga bergan boʻlsa, soliq toʻlovchining soliq qarzi shu shaxslardan undirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlarining qoidalari tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan tushum yoki boshqa daromadlar yoxud pul mablagʻlari yoki boshqa mulk oʻzga shaxslarga bir nechta operatsiyalar orqali oʻtkazib berilganligi aniqlangan hollarda ham qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning sakkizinchi — oʻninchi qismlarida koʻrsatilgan hollarda mazkur shaxslardan soliq qarzini undirish soliq toʻlovchining realizatsiya qilingan tovarlari (ishlari, xizmatlari) uchun kelib tushgan tushum, boshqa daromadlari, u tomonidan oʻtkazilgan pul mablagʻlari, boshqa mol-mulkning qiymati doirasida amalga oshiriladi. Soliq organi mazkur shaxslar toʻgʻrisida oʻzida mavjud boʻlgan axborot asosida va soliq toʻlovchining soliq qarzi miqdoriga bogʻliq tarzda ushbu qarzni undirishni koʻrsatilgan qaysi shaxslardan va qanday nisbatda undirishni amalga oshirishni mustaqil ravishda belgilashga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni sud tartibida undirish quyidagi hollarda ham amalga oshiriladi, agar soliqni toʻlash majburiyati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) soliq organi tomonidan bitimni tavsiflashni, soliq toʻlovchining maqomini yoki faoliyati xususiyatini oʻzgartirishga asoslangan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) oʻzaro aloqador shaxslar oʻrtasida bitimlar tuzilishi munosabati bilan transfert narx belgilash chogʻidagi soliq nazorati natijalariga koʻra yuzaga kelgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bobning qoidalari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish munosabati bilan toʻlanadigan soliqlar boʻyicha soliq qarzini undirishga, shuningdek soliq agentlarining soliq qarzini undirishga ham tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
121-modda. Soliq qarzini bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari hisobidan undirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq qarzi belgilangan muddatda toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmagan taqdirda, soliq qarzini undirish — undiruvni bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlariga (shu jumladan, korporativ kartalardagi pul mablagʻlariga) qaratish yoʻli bilan majburiy tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning qoidalari faqat yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq qarzini majburiy tartibda undirish toʻlanmagan soliq qarziga ega boʻlgan soliq toʻlovchidan yoki soliq agentidan, ushbu Kodeksning 120 va 122-moddalarida nazarda tutilgan hollarda esa boshqa shaxslardan ham amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq qarzini undirish soliq organi tomonidan majburiyatga ega shaxsning hisobvaragʻi ochilgan bankka ushbu shaxsning hisobvaraqlaridan zarur pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish va budjetga oʻtkazish uchun inkasso topshiriqnomasini elektron shaklda yuborish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organining majburiyatga ega shaxsning hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish va budjetga oʻtkazishga doir inkasso topshiriqnomasining shakli hamda uni bankka yuborish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan holda belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq toʻlovchi soliqni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasini mustaqil ravishda yubormagan boʻlsa, soliq organining inkasso topshiriqnomasi soliq toʻlovchining hisobvaragʻiga soliqni toʻlash uchun belgilangan muddat tugagach uch ish kunidan kechiktirmay qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organining majburiyatga ega shaxsning hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish va budjet tizimiga oʻtkazishga doir inkasso topshiriqnomasi bank tomonidan fuqarolik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan toʻlovlar navbatini hisobga olgan holda bank tomonidan soʻzsiz bajarilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagi hollarda soliq organlari majburiyatga ega shaxslarning hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish va budjet tizimiga oʻtkazishga doir bajarilmagan (toʻliq yoki qisman) inkasso topshiriqnomalarini chaqirib olish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu Kodeksning 11-bobiga muvofiq soliq qarziga nisbatan kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati taqdim etilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soliq qarzi uzilganda, shu jumladan ushbu Kodeksning 12-bobiga muvofiq ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan summalar hisobga olinishi munosabati bilan soliq qarzi uzilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ushbu Kodeksning 96-moddasiga muvofiq undirilishi umidsiz deb eʼtirof etilgan soliq qarzi hisobdan chiqarilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ushbu Kodeksning 83-moddasiga muvofiq taqdim etilgan aniqlashtirilgan soliq hisoboti boʻyicha soliq va penya summalari kamaytirilganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq qarzini undirish milliy valyutadagi talab qilib olguncha depozit hisobvaraqlaridan, bunday hisobvaraqlarda mablagʻlar yetarli boʻlmagan taqdirda esa — majburiyatga ega shaxsning chet el valyutasidagi talab qilib olguncha depozit hisobvaraqlaridan amalga oshirilishi mumkin. Majburiyatga ega shaxsning valyuta hisobvaraqlaridan soliq qarzini undirish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta sotiladigan sanada belgilangan kursi boʻyicha milliy valyutada undiriladigan summaga ekvivalent summada amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq qarzini undirish muddatli depozitlarga joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan, ularning amal qilish muddati tugagunga qadar amalga oshirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Valyuta hisobvaraqlarida turgan mablagʻlarni undirish chogʻida soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) inkasso topshiriqnomasi bilan bir vaqtning oʻzida bankka majburiyatga ega shaxsning valyutasini sotish uchun topshiriqnoma yuboradi. Mazkur topshiriqnoma bank tomonidan u olingan kundan keyingi operatsiya kunidan kechiktirmay bajariladi. Chet el valyutasini sotish bilan bogʻliq xarajatlar shu majburiyatga ega shaxsning hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organining majburiyatga ega shaxsning bankdagi hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish va budjet tizimiga oʻtkazishga doir inkasso topshiriqnomasi bank tomonidan inkasso topshiriqnomasi olingan kundan keyingi bir operatsiya kunidan kechiktirmay, valyuta hisobvaraqlaridan undirishda esa — ikki operatsiya kunidan kechiktirmay bajariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar bank tomonidan soliq organining inkasso topshiriqnomasi olingan kunda majburiyatga ega shaxsning hisobvaraqlarida uni bajarish uchun pul mablagʻlari yetarli boʻlmasa, inkasso topshiriqnomasi shu hisobvaraqlarga pul mablagʻlari kelib tushishiga qarab, har bir bunday tushum kunidan keyingi bir yoki ikki operatsiya kunidan kechiktirmay, hisobvaraq valyutasiga bogʻliq holda bajariladi. Mazkur inkasso topshiriqnomasi bank tomonidan fuqarolik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan toʻlovlar navbatini hisobga olgan holda bank tomonidan bajariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilaridan bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari hisobidan soliq qarzini undirishning oʻziga xos xususiyatlari ushbu Kodeksning 122-moddasida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
122-modda. Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari hisobidan soliq qarzini undirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻi yuzasidan soliq qarzini shu konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilarining bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari hisobidan undirishda ushbu Kodeksning 124-moddasi qoidalari mazkur moddada nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻi yuzasidan soliq qarzini toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma ushbu Kodeksning 116-moddasida belgilangan tartibda yuboriladi. Bunday talabnoma soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini toʻlash uchun belgilangan muddat oʻtganidan keyin yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari hisobidan soliq qarzini undirish birinchi navbatda soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi masʼul ishtirokchisining pul mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi masʼul ishtirokchisining bank hisobvaraqlarida soliq qarzining butun summasini undirish uchun pul mablagʻlari yetarli boʻlmasa yoki umuman boʻlmasa, undirilmay qolgan summani undirish ushbu konsolidatsiyalashgan guruh qolgan ishtirokchilarining banklardagi pul mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organi soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi oʻzida mavjud boʻlgan axborot asosida soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari hisobiga undirish amalga oshiriladigan tarkibini, shuningdek oldingi ishtirokchilarning bankdagi hisobvaraqlarida pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan taqdirda, ushbu ishtirokchilardan bunday undirishning ketma-ketligini mustaqil ravishda belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining soliq qarzi ushbu konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilaridan biri tomonidan uzilgan, shu jumladan qisman uzilgan taqdirda, koʻrsatilgan soliq qarzini undirish tartib-taomili ushbu ishtirokchi tomonidan uzilgan qismi boʻyicha tugatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining oʻziga nisbatan undiruv toʻgʻrisida qaror chiqarilgan ishtirokchilariga soliq toʻlovchilar uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlar va kafolatlar tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
123-modda. Soliq qarzini boshqa mol-mulk hisobidan undirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar majburiyatga ega shaxsning soliq qarzini ushbu Kodeksning 121 va 122-moddalarida nazarda tutilgan tartibda undirish mumkin boʻlmasa, soliq organi soliq qarzini shu majburiyatga ega shaxsning boshqa mol-mulki, shu jumladan naqd pul mablagʻlari hisobidan undirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq qarzini undirish soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomada koʻrsatilgan summalar doirasida hamda ushbu Kodeksning 121 va 122-moddalariga muvofiq undiruv amalga oshirilgan summalarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning qoidalari soliq qarzini faqat yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan undirishga nisbatan qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Majburiyatga ega shaxsning mol-mulki hisobidan soliq qarzini undirish quyidagilarga nisbatan ushbu ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu Kodeksning 121 va 122-moddalariga muvofiq undiruv qaratilmagan naqd pul mablagʻlariga nisbatan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) mahsulotlar (tovarlar) ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etmaydigan mol-mulkka, xususan, qimmatli qogʻozlar, valyuta qimmatliklari, ishlab chiqarishga moʻljallanmagan binolar, yengil avtotransport, xizmat xonalarining dizayni ashyolariga nisbatan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) tayyor mahsulotlarga (tovarlarga), shuningdek ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan va (yoki) bevosita ishtirok etishga moʻljallanmagan boshqa moddiy qimmatliklarga nisbatan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ishlab chiqarishda bevosita ishtirok etish uchun moʻljallangan xom ashyo va materiallarga nisbatan, shuningdek dastgohlar, uskunalar, binolar, inshootlar va boshqa asosiy vositalarga nisbatan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) boshqa shaxslarga egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish shartnomasi boʻyicha ushbu mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi ularga oʻtkazilmagan holda topshirilgan mol-mulkka nisbatan, agar soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatning bajarilishini taʼminlash uchun bunday shartnomalar bekor qilingan yoki haqiqiy emas deb topilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) boshqa mol-mulkka nisbatan, bundan yakka tartibdagi tadbirkor yoki uning oila aʼzolari kundalik shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan, qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan boshqa mol-mulk mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq qarzini soliq qarzi boʻyicha majburiyatga ega shaxsning mol-mulki hisobidan undirishning ushbu modda toʻrtinchi qismida belgilangan ketma-ketligi buzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq qarzi boʻyicha majburiyatga ega shaxsning mol-mulki hisobidan soliq qarzdorligini undirish sud tartibida amalga oshiriladi. Soliq toʻlovchi tomonidan soliq qarzdorligi tan olinsa, soliq organi rahbarining (rahbar oʻrinbosarining) qaroriga binoan soliq qarzi boʻyicha majburiyatga ega shaxsning mulki hisobidan soliq qarzdorligi undirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organi majburiyatga ega shaxsning mol-mulki hisobidan soliq qarzini undirish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida tegishli qarorni qogʻozda yoki elektron shaklda ushbu moddada nazarda tutilgan xususiyatlarni inobatga olgan holda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijro etish uchun majburiy ijro etuvchi davlat organiga yuborishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organining ushbu modda yettinchi qismida koʻrsatilgan qarorni majburiy ijro etuvchi davlat organiga yuborish shakli va tartibi, shuningdek uning mazmuni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat ijrochisi soliq qarzi boʻyicha majburiyatga ega shaxsning mol-mulki hisobidan undirish toʻgʻrisidagi qaror oʻziga kelib tushgan kundan eʼtiboran ikki oylik muddatda ijro harakatlarini amalga oshirishi va ushbu qarorda mavjud boʻlgan talablarni bajarishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq qarzini soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining boshqa mol-mulki hisobidan undirish xususiyatlari ushbu Kodeksning 124-moddasida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar soliq qarzlarini bojxona organlari tomonidan bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarni hisobga olgan holda undirish chogʻida ham qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
124-modda. Soliq qarzini soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining boshqa mol-mulki hisobidan undirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻiga doir soliq qarzini shu konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilarining boshqa mol-mulki hisobidan undirishda ushbu Kodeks 123-moddasining qoidalari ushbu moddada nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining mol-mulki hisobidan undirish birinchi navbatda mazkur konsolidatsiyalashgan guruh masʼul ishtirokchisining ushbu Kodeksning 122-moddasiga muvofiq undiruvga qaratilmagan naqd pul mablagʻlari va banklardagi pul mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisida ushbu Kodeksning 122-moddasiga muvofiq undiruvga qaratilmagan naqd pul mablagʻlari va banklardagi pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan yoki umuman boʻlmagan taqdirda, soliqni undirish mazkur guruhning boshqa aʼzolaridan ularning naqd pul mablagʻlari hamda banklardagi pul mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarida ushbu Kodeksning 122-moddasiga muvofiq undiruvga qaratilmagan naqd pul mablagʻlari va banklardagi pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan yoki umuman boʻlmagan taqdirda, soliqni undirish mazkur guruh masʼul ishtirokchisining boshqa mol-mulki hisobidan amalga oshiriladi. Bunday undiruv ushbu Kodeks 123-moddasi toʻrtinchi qismining 2 — 6-bandlarida belgilangan ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi masʼul ishtirokchisining mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda, soliqni undirish ushbu Kodeks 123-moddasi toʻrtinchi qismining 2 — 6-bandlarida belgilangan ketma-ketlikda mazkur guruh oʻzga ishtirokchilarining boshqa mol-mulki hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organi soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi mavjud axborot asosida boshqa mol-mulki hisobidan soliq qarzini undirish amalga oshiriladigan soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining tarkibini hamda avvalgi ishtirokchilarning mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda mazkur ishtirokchilardan undiruv qanday ketma-ketlikda amalga oshirilishini mustaqil tarzda belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining soliq qarzini boshqa mol-mulk hisobidan undirish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan ishtirokchilariga nisbatan soliq toʻlovchilar uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquq va kafolatlar tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
125-modda. Yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan jismoniy shaxsning soliq qarzini undirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan jismoniy shaxs (bundan buyon ushbu moddada jismoniy shaxs deb yuritiladi) soliq toʻlash boʻyicha majburiyatlarini belgilangan muddatda bajarmagan boʻlsa, soliq organi soliq qarzini ushbu jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirish toʻgʻrisidagi ariza (bundan buyon ushbu moddada undirish toʻgʻrisidagi ariza deb yuritiladi) bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Undirish toʻgʻrisidagi arizaga soliq organining talabnomani taʼminlash tartibida javobgarning mol-mulkini xatlash haqidagi iltimosnomasi ilova qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Undirish toʻgʻrisidagi arizaning nusxasi u sudga berilgan kundan kechiktirmay soliq organi tomonidan soliq qarzi undirilayotgan jismoniy shaxsga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar jismoniy shaxsning soliq qarzi umumiy summasi bir million soʻmdan oshsa, undirish toʻgʻrisidagi ariza soliq organi tomonidan sudga beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq qarzini jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirish toʻgʻrisidagi ishlar qonun hujjatlariga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonuniy kuchga kirgan sud qarori asosida soliq qarzini jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirish ushbu moddada nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq qarzini jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirish quyidagilarga nisbatan ushbu ketma-ketlik bilan amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) naqd pul mablagʻlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) boshqa shaxslarga shartnoma boʻyicha egalik qilishga, foydalanishga, tasarruf etishga berilgan mol-mulkka, ushbu mol-mulkka doir mulk huquqi ularga oʻtmagan holda, agar soliq majburiyati ijrosini taʼminlash uchun bunday shartnomalar bekor qilingan yoki haqiqiy emas deb topilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) boshqa mol-mulkka, bundan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan jismoniy shaxsning yoki uning oilasi aʼzolarining kundalik shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan mol-mulk mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq qarzini jismoniy shaxsning mol-mulki hisobidan undirishda ushbu moddaning yettinchi qismida belgilangan ketma-ketlikni buzishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq qarzi jismoniy shaxsning pul mablagʻlari koʻrinishida boʻlmagan mol-mulki hisobidan undirilgan taqdirda, soliq qarzi bunday mol-mulk realizatsiya qilingan va undan kelib tushgan summalar hisobidan toʻlangan paytdan eʼtiboran toʻlangan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur mol-mulk xatlab qoʻyilgan kundan eʼtiboran va tushgan summalar budjet tizimiga oʻtkazilgan kunga qadar soliqlarni oʻz vaqtida toʻlamaganlik uchun penyalar hisoblanmaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.14.00.00 Soliq toʻlovchilarning hisobi. Soliq hisoboti]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV BOʻLIM. SOLIQ TOʻLOVCHILARNI VA SOLIQ SOLISH OBYEKTLARINI HISOBGA OLISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16-bob. Soliq toʻlovchilarni hisobga olish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
126-modda. Soliq toʻlovchilarni hisobga olish toʻgʻrisida umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq nazoratini amalga oshirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar soliq organlarida hisobga qoʻyilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlarini hisobga qoʻyish ushbu Kodeks u yoki bu soliqni toʻlash majburiyatining paydo boʻlishini bogʻlaydigan holatlar mavjudligidan qatʼi nazar amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlarida hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarish bepul amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchiga identifikatsiya raqami berilganligi toʻgʻrisida soliq organi tomonidan berilgan guvohnoma yoki soliq toʻlovchini davlat roʻyxatidan oʻtkazish chogʻida u bir vaqtning oʻzida soliq organlarida va davlat statistika organlarida hisobga qoʻyilgan taqdirda – davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma soliq toʻlovchining hisobga qoʻyilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarni hisobga olish maʼlumotlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reyestrini yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reyestrida mavjud boʻlgan maʼlumotlarning tarkibi hamda reyestrni yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar ushbu Kodeksning 29-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq organida hisobga qoʻyilgan paytdan boshlab soliq siridir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
127-modda. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobga olishda har bir soliq toʻlovchiga Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yagona boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami beriladi va uning hisob maʼlumotlari Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reyestriga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchiga identifikatsiya raqamini berish, qoʻllash hamda uni oʻzgartirish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organi soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini unga yuboriladigan barcha hujjatlarda koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir soliq toʻlovchi oʻzining soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini soliq hisobotlarida, soliq organiga taqdim etiladigan arizalar va boshqa hujjatlarda, shuningdek, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami quyidagi hujjatlarda majburiy koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun litsenziyalarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan tuziladigan xoʻjalik, fuqarolik-huquqiy va mehnat shartnomalarida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxslar va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan bitimlar tuzilganligini belgilovchi yoki tasdiqlovchi hujjatlarda, shu jumladan hisobvaraq-fakturalarda va tovar-kuzatuv hujjatlarida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul, hisob-kitob va toʻlov hujjatlarida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida belgilangan hollarda boshqa hujjatlarda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
128-modda. Soliq toʻlovchilarni hisobga qoʻyish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxslar oʻzlari joylashgan yerdagi va ularning alohida boʻlinmalari joylashgan yerdagi soliq organlarida hisobga qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan alohida boʻlinmalar kiradigan yuridik shaxslar har bir alohida boʻlinma joylashgan yerdagi soliq organlarida hisobga qoʻyilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini sotib oladigan norezident boʻlgan yuridik shaxslar birja savdolari amalga oshiriladigan joydagi soliq organida hisobga qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi soliq organlarida yirik soliq toʻlovchilarni hisobga olishning oʻziga xos xususiyatlarini belgilashga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni vakolatxona yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari faoliyatni amalga oshirish joyidagi soliq organlarida hisobga qoʻyilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxslar oʻz yashash joyidagi soliq organlarida hisobga qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bundan tashqari, yuridik va jismoniy shaxslar oʻziga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk joylashgan yerdagi soliq organlarida, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra hisobga qoʻyilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada nazarda tutilgan asoslarga koʻra soliq organlarida hisobga qoʻyish tartibi ushbu Kodeksning 129 va 130-moddalarida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
129-modda. Soliq toʻlovchilarni hisobga qoʻyish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik va jismoniy shaxslarni ushbu Kodeksning 128-moddasida nazarda tutilgan tartibda olinadigan maʼlumotlar asosida soliq organlarida hisobga olish, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq organlari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlari oʻzlaridagi mavjud maʼlumotlar asosida soliq toʻlovchilar hisobga olinishini (hisobdan chiqarilishini) va soliq toʻlovchilar toʻgʻrisida maʼlumotlar hisobi yuritilishini taʼminlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reyestrida mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida soliq organlarida hisobga qoʻyish quyidagilarga nisbatan amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yuridik shaxs oʻzi joylashgan yerida, filiali va (yoki) vakolatxonasi joylashgan yerida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) chet el notijorat nohukumat tashkilotining oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlinmasi orqali amalga oshirish joyida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el yuridik shaxsini akkreditatsiya qilingan filial va (yoki) vakolatxona orqali oʻz faoliyatini amalga oshirish joyidagi soliq organlarida hisobga qoʻyish Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Faoliyatini boshqa alohida boʻlinmalar orqali amalga oshirish chogʻida chet el yuridik shaxsini hisobga qoʻyish, agar ushbu moddaning uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza asosida amalga oshiriladi. Chet el yuridik shaxsini soliq organlarida hisobdan chiqarish xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza chet el yuridik shaxsi tomonidan u Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini boshlagan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kundan kechiktirmay soliq organiga beriladi. Hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi ariza bunday shaxs tomonidan u Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini tugallagan kundan eʼtiboran oʻn besh kalendar kundan kechiktirmay beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) toʻgʻrisidagi ariza berilayotganda chet el yuridik shaxsi mazkur ariza bilan bir vaqtning oʻzida soliq organiga hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) uchun zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etadi. Bunday hujjatlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el yuridik shaxsni Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti sifatida soliq organida hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) soliq organi tomonidan bunday chet el yuridik shaxsining oʻzini Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etishi toʻgʻrisidagi (Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti maqomidan voz kechishi haqidagi) arizasi asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini sotib oladigan norezident boʻlgan yuridik shaxslarni hisobga qoʻyish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxsni soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi sifatida hisobga qoʻyish ushbu Kodeksning 64-moddasiga muvofiq soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazgan soliq organi tomonidan shartnoma roʻyxatga olingan sanadan eʼtiboran besh kun ichida amalga oshiriladi. Xuddi shu muddatda mazkur yuridik shaxsga soliq organida soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi sifatida hisobga qoʻyilganligi haqida bildirishnoma beriladi (yuboriladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxsni soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi sifatida hisobdan chiqarish soliq organi tomonidan ushbu Kodeksning 68-moddasiga muvofiq soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining amal qilishi tugatilgan kundan eʼtiboran besh kun ichida amalga oshiriladi. Xuddi shu muddatda mazkur yuridik shaxsga soliq organida soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi sifatida hisobdan chiqarilganligi haqida bildirishnoma beriladi (yuboriladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxslarga ushbu Kodeksning 282-moddasida koʻrsatilgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududi realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etiladigan elektron shakldagi xizmatlar koʻrsatuvchi va hisob-kitoblarni bevosita mazkur jismoniy shaxslar bilan amalga oshiradigan chet el yuridik shaxsini soliq organida hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) soliq organi tomonidan hisobga olish (hisobdan chiqarish) toʻgʻrisidagi ariza hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Soliq agenti deb eʼtirof etiladigan vositachi boʻlgan chet el yuridik shaxsini soliq organida hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) ham xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) toʻgʻrisidagi ariza ushbu moddaning oʻn uchinchi qismida koʻrsatilgan chet el tashkilotlari tomonidan soliq organiga mazkur xizmatlar koʻrsatish boshlangan (tugallangan) kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kundan kechiktirmay beriladi. Hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) soliq organi tomonidan tegishli ariza va roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el yuridik shaxsi tomonidan ushbu moddaning oʻn uchinchi qismida koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasining soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablari buzilgan taqdirda, soliq organi bunday yuridik shaxsni tegishli ariza taqdim etmagan holda soliq hisobidan chiqarishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organida avval koʻrsatilgan asoslar boʻyicha hisobdan chiqarilgan chet el yuridik shaxsini hisobga qoʻyish soliq organi tomonidan hisobga olish toʻgʻrisidagi ariza va ushbu moddaning oʻn uchinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda oʻn uchinchi — oʻn oltinchi qismlarining qoidalari mazkur xizmatlarni elektron shaklda koʻrsatuvchi yoki bunday xizmatlarni bevosita vositachi sifatida oʻzining Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi orqali koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan jismoniy shaxslarni soliq organlarida hisobga qoʻyish ushbu Kodeksning 133-moddasida koʻrsatilgan organlar taqdim etadigan maʼlumot yoki jismoniy shaxsning arizasi asosida mazkur jismoniy shaxsning yashash joyidagi soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yashash joyi soliq solish maqsadlari uchun jismoniy shaxsning turgan joyi boʻyicha aniqlanadigan jismoniy shaxslar oʻzi turgan joydagi soliq organiga soliq organlarida hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchida hisobga qoʻyish joyini aniqlash xususida qiyinchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, qaror u taqdim etgan maʼlumotlar asosida soliq organi tomonidan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
130-modda. Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan chet ellik shaxslarni hisobga qoʻyishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxs mazkur faoliyatni amalga oshirish boshlangan kundan eʼtiboran bir yuz sakson uch kalendar kundan kechiktirmay soliq organiga soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizani taqdim etishi shart. Ushbu arizaga quyidagilarning davlat tiliga tarjima qilingan asl nusxalari yoki notarial tarzda tasdiqlangan nusxalari ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxs oʻzi taʼsis etilgan mamlakatda davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatning;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) maxsus ruxsat beruvchi hujjatlarning yoki litsenziyalarning (ular mavjud boʻlgan taqdirda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxs nomidan Oʻzbekiston Respublikasida harakatlarni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi ishonchnomaning yoki boshqa hujjatning (ular mavjud boʻlgan taqdirda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ijro etilishi doimiy muassasa tashkil etilishiga olib keladigan shartnomaning (mavjud boʻlgan taqdirda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxs bir yuz sakson uch kalendar kundan ortiq muddatga shartnoma tuzgan boʻlsa, soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza va ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar mazkur faoliyatni amalga oshirish boshlangan sanadan oʻttiz kalendar kundan kechiktirmay soliq organiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxs oʻz faoliyatining umumiy muddati bir yuz sakson uch kalendar kundan ortiq muddatni tashkil etadigan bir nechta shartnomalar tuzgan boʻlsa, soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza va ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar faoliyatni amalga oshirish boshlangan yoki qaysi shartnomaga muvofiq faoliyatning umumiy muddati bir yuz sakson uch kalendar kundan oshadigan boʻlsa, oʻsha shartnoma tuzilgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kalendar kundan kechiktirmay soliq organiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti bilan tuzilgan oddiy shirkatning (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaning) ishtirokchisi boʻlgan, faoliyati doimiy muassasa tashkil etilishiga olib keladigan Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyish uchun oʻz faoliyatini amalga oshirish boshlangan sanadan eʼtiboran oʻttiz kalendar kun ichida birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaning ishtirokchisi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti joylashgan (yashaydigan, turgan) yeridagi soliq organiga hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizani quyidagi hujjatlarning notarial tarzda tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini ilova qilgan holda taqdim etishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatni yoki Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxsning oʻz mamlakatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi raqamini koʻrsatgan holda, tasdiqlovchi hujjatni (yoki uning oʻrniga oʻtadigan hujjatni).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlar oladigan, ushbu Kodeks qoidalariga muvofiq toʻlash manbasida soliq solinishi lozim boʻlmagan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar faoliyatni amalga oshirish boshlangan sanadan oʻttiz kalendar kun davomida turgan (yashaydigan) joyidagi soliq organiga hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizani quyidagi hujjatlarning koʻchirma nusxalarini ilova qilgan holda taqdim etishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) chet ellik fuqaroning yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) fuqarolik (rezidentlik) mamlakatida soliq roʻyxatiga olinganligini tasdiqlovchi hujjatni, bunday hujjat mavjud boʻlgan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromad summasini tasdiqlovchi hujjatni, bunday hujjat mavjud boʻlgan taqdirda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida mol-mulk soligʻi yoki yer soligʻi solish obyekti boʻlgan mol-mulkni oluvchi chet ellik fuqarolar yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun bunday mol-mulk yoki yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organiga hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizani quyidagi hujjatlarning koʻchirma nusxalarini ilova qilgan holda taqdim etishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) chet ellik fuqaroning yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) fuqarolik (rezidentlik) mamlakatida soliq roʻyxatiga olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarni, bunday hujjat mavjud boʻlgan taqdirda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
131-modda. Soliq toʻlovchilarni soliq solish obyekti boʻyicha hisobga qoʻyish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchini hisobga qoʻyish soliq solish obyekti joylashgan yerdagi soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchini obyektlar boʻyicha hisobga qoʻyish u ushbu Kodeksning 129-moddasida belgilangan tartibda hisobga qoʻyilganidan keyin, agar ushbu Kodeksga muvofiq soliq toʻlovchida soliq toʻlovchi sifatida hisobga olinmagan joydagi yer soligʻi, mol-mulk soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va (yoki) noruda qazilma boyliklari boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash majburiyati yuzaga kelgan boʻlsa, amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobga qoʻyilmagan joyda yer soligʻini, mol-mulk soligʻini yoki suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlash majburiyati oʻzida yuzaga kelgan soliq toʻlovchi tegishli yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran yoxud mol-mulk soligʻi yoki suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq solish obyekti vujudga kelgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida soliq solish obyektlarini ular joylashgan yerda hisobga qoʻyish uchun davlat soliq xizmati organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda murojaat qilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobga olinishi davlat soliq xizmati organlari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladigan soliq solinadigan obyektlar boʻyicha mol-mulk soligʻi va yer soligʻi toʻlovchisi boʻlgan jismoniy shaxslarga nisbatan ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan majburiyat tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyat, shuningdek:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni oxirgi isteʼmolchiga realizatsiya qilishda toʻlanadigan aksiz soligʻining soliq toʻlovchilariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududiy alohida boʻlinma joylashgan yeri boʻyicha xodimlar soni yigirma besh kishidan koʻp boʻlgan doimiy ish joyi yaratgan soliq agentiga tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda beshinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan soliq toʻlovchi aksizosti mahsulotni realizatsiya qilish boshlangan paytdan boshlab oʻn kun ichida avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasi joylashgan yerdagi soliq organiga aksiz soligʻi soliq toʻlovchisi sifatida hisobga qoʻyish uchun murojaat qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda beshinchi qismining uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan soliq agenti alohida boʻlinma tashkil etilgan paytdan bir oy oʻtganidan keyin oʻn kun ichida alohida boʻlinma joylashgan yerdagi soliq organiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlovchi soliq agenti sifatida hisobga qoʻyish uchun murojaat qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organi soliq toʻlovchiga ilgari berilgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamiga muvofiq uni murojaat qilgan kunidan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay obyektning joylashgan yeri boʻyicha hisobga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
132-modda. Soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi hisob maʼlumotlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning maqsadlari uchun soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi hisob maʼlumotlari deganda soliq toʻlovchi tomonidan soliq organlariga taqdim etilgan maʼlumotlar, shuningdek ushbu Kodeksning 133-moddasida nazarda tutilgan tartibda organlar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan yuborilgan maʼlumotlar tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs toʻgʻrisidagi hisob maʼlumotlari tarkibiga quyidagilar kiradi, xususan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) toʻliq va qisqartirilgan nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) joylashgan yeri (pochta manzili);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) tashkiliy-huquqiy shakli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana, joyi va raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori — tijorat tashkilotlari uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) alohida boʻlinmalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan ishtirokchilar soliq toʻlovchisining identifikatsiya raqami, chet ellik ishtirokchining mamlakati hamda har bir muassisning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi koʻrsatilgan holda ishtirokchilarning toʻliq tarkibi — tijorat tashkilotlari uchun.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi hisob maʼlumotlari tarkibiga ularning quyidagi shaxsiy maʼlumotlari kiritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) familiyasi, ismi, otasining ismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) fuqaroligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) pasportining seriyasi va raqami, berilgan sanasi va joyi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun hisob maʼlumotlari tarkibiga ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlardan tashqari, quyidagilar ham kiritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana, joyi va raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) faoliyat turi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) faoliyat amalga oshiriladigan joy.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar toʻgʻrisida hisob maʼlumotlarini yuritish, bu maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etish tartibi, shuningdek soliq toʻlovchilarning ayrim toifalari uchun maʼlumotlar tarkibini shakllantirishning oʻziga xos xususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
133-modda. Organlar, muassasalar va tashkilotlarning soliq organlariga maʼlumotlar taqdim etish majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik subyekti boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlar roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi soliq organiga ushbu shaxslar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechirtirmay tegishli yuridik shaxslarning davlat reyestridan koʻchirmani, rahbar (rahbar vazifalarini bajaruvchi shaxs) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini va uning pasport maʼlumotlarini topshirishi shart. Shuningdek mazkur organlar soliq organiga davlat reyestriga kiritilgan va tegishli shaxslarga taalluqli boʻlgan har qanday oʻzgartirishlar toʻgʻrisida bunday oʻzgartirishlar kiritilgan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay maʼlum qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki ishlar organlari pasportlar berilganligi, shu jumladan yoʻqotilgan yoki amal qilish muddati oʻtgan pasportlar oʻrniga pasportlar berilganligi faktlari haqida, shuningdek bekor qilingan pasportlar toʻgʻrisida oʻzlari joylashgan yerdagi soliq organlariga har oyda maʼlum qilib borishi, shuningdek turar joyni ijaraga olish (ijaraga berish) shartnomasi, tekin foydalanishga berishga shartnomasi mavjud emasligi yoki soliq organlarida ijaraga olish (ijaraga berish) shartnomasining majburiy hisobga qoʻyilishiga rioya etilmaganligi boʻyicha aniqlangan faktlar toʻgʻrisida oʻzlari joylashgan yerdagi soliq organlariga uch kun ichida maʼlum qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar har yili 1-fevralgacha oʻzlari joylashgan yerdagi soliq organlariga tegishli hududda joylashgan yer uchastkasi va boshqa koʻchmas mulk, uning mulkdorlari (egalari) toʻgʻrisida 1-yanvar holatiga koʻra maʼlumot berishi, shuningdek yer uchastkasi va boshqa koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar yil davomida yuzaga kelganda — mazkur koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida maʼlum qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tabiiy resurslardan foydalanuvchilarni hisobga olishni va (yoki) ularni roʻyxatdan oʻtkazishni, shuningdek tabiiy resurslardan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalashni amalga oshiruvchi organlar tabiatdan foydalanish joyidagi soliq organlariga tegishli tarzda roʻyxatdan oʻtkazilgan (litsenziya, ruxsatnoma berilgan) kundan eʼtiboran oʻn kun ichida soliq solish obyekti boʻlgan bunday resurslardan foydalanishga doir huquqlar berish toʻgʻrisida maʼlum qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suv resurslarini hisobga olishni amalga oshiruvchi organlar suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish joyidagi soliq organlariga oʻtgan yil yakunlari boʻyicha oʻlchov asboblarisiz foydalanilgan suv hajmlari toʻgʻrisida 15-yanvardan kechiktirmay xabar qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalar va (yoki) boshqa ruxsat etuvchi hujjatlarni beradigan organlar mazkur hujjatlar berilgan shaxslar joylashgan yerdagi soliq organiga shunday hujjatlar berilganligi, bekor qilinganligi, toʻxtatib turilganligi yoki ularning amal qilishi tugatilganligi toʻgʻrisida tegishli hodisa roʻy bergan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida maʼlum qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalarini akkreditatsiyadan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlar hamda tashkilotlar chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari akkreditatsiyadan oʻtkazilganligi (akkreditatsiyadan mahrum etilganligi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vakolatxona joylashgan yerdagi soliq organiga tegishli hodisa roʻy bergan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida maʼlum qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro tashkilotlarning hamda chet el notijorat nohukumat tashkilotlarining vakolatxonalari reyestrini yuritish vakolatiga ega boʻlgan organ mazkur reyestrga tegishli tarzda kiritilganlik (reyestrdagi oʻzgartirishlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni akkreditatsiyadan oʻtkazilgan (akkreditatsiyadan mahrum etilgan) yoki mazkur reyestrga maʼlumotlar (oʻzgartirishlar) kiritilgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida vakolatxona joylashgan yerdagi soliq organiga xabar qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vasiylik va homiylik organlari mol-mulk mulkdorlari (egalari) boʻlgan jismoniy shaxslarga nisbatan vasiylik, homiylik hamda mol-mulk boshqaruvi belgilanganligi toʻgʻrisida, shu jumladan mol-mulk mulkdori (egasi) boʻlgan bolaning vasiy oilaga topshirilganligi haqida, shu jumladan mazkur vasiylik, homiylik va mol-mulk boshqaruvi bilan bogʻliq keyingi oʻzgartirishlar toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida oʻzlari joylashgan yerdagi soliq organlariga maʼlum qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Notarial harakatlarni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan organlar (muassasalar) koʻchmas mulk oldi-sotdi shartnomalari, mol-mulk ijarasi shartnomalari tasdiqlanganligi va ijara haqi miqdori, merosga egalik qilish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnomalar berilganligi hamda hadya etish shartnomalari notarial tarzda tasdiqlanganligi haqidagi maʼlumotlarni tegishli tarzda notarial tasdiqlangan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay oʻzlari joylashgan yerdagi soliq organlariga maʼlum qilishi shart. Bunda hadya etish shartnomalari tasdiqlanganligi toʻgʻrisida taqdim etilayotgan axborot hadya qiluvchi va hadya oluvchi shaxs oʻrtasidagi qarindoshlik darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet ellik fuqarolarga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ishlash uchun ruxsatnomalar yoki patentlar berishni amalga oshiruvchi organlar chet ellik fuqarolar yoxud fuqaroligi boʻlmagan shaxslar turgan joyi boʻyicha migratsiya hisobiga qoʻyilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xabar qilishi shart. Bunday maʼlumotlar soliq organlarida hisobda turmagan va oʻziga nisbatan ishlash uchun ruxsatnomani yoki patentni rasmiylashtirish uchun hujjatlar koʻrib chiqishga qabul qilingan chet ellik fuqarolar hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan taqdim etiladi. Mazkur organlar belgilangan hujjatlar qabul qilingan kundan keyin keladigan kundan kechiktirmay ushbu maʼlumotlarni oʻzlari joylashgan yerdagi soliq organlariga xabar qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga oʻzi va investitsiya vositachilari tomonidan roʻyxatga olingan aksiyalarga doir bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona organlari har oyda soliq organlariga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport-import operatsiyalari toʻgʻrisidagi, shuningdek tovarlarni olib oʻtish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali elektron tijorat shaklida amalga oshirilgan tovarlarni olib oʻtish haqidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining bojxona omborlarida tovarlar saqlanayotganligi faktlari toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Internet jahon axborot tarmogʻi milliy segmentining domen nomlari tizimini belgilovchi organ soliq organlariga tegishli maʼlumotlar bazasiga ulanish uchun dasturiy mahsulotlarni taqdim etish orqali domen nomlarining maʼmurlari toʻgʻrisidagi axborotlarga kirish huquqini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlariga ushbu moddada nazarda tutilgan, qogʻozda yoki elektron shaklda taqdim etiladigan maʼlumotlarning shakllari, shuningdek shakllarni toʻldirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maʼlumotlarni soliq organlariga elektron shaklda taqdim etish tartibi oʻzaro hamkorlik qiluvchi taraflarning kelishuvi bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada koʻrsatilgan maʼlumotlar soliq organlariga bepul taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada nazarda tutilgan maʼlumotlar ushbu moddada belgilangan organlar, muassasalar, tashkilotlar yoki notarial harakatlarni amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan mansabdor shaxslar tomonidan soliq organlarining soʻrovlariga binoan soʻrov olingan kundan eʼtiboran besh kun ichida taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
134-modda. Banklarning soliq nazoratini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank har qanday yuridik yoki jismoniy shaxsning (bundan buyon ushbu moddada mijoz deb yuritiladi) hisobvaragʻi yoki omonati (depoziti) ochilganligi (yopilganligi), hisobvaragʻi yoki omonati (depoziti) rekvizitlarining oʻzgartirilganligi toʻgʻrisidagi axborotni tegishli hodisa roʻy bergan kundan eʼtiboran uch kun ichida elektron shaklda, oʻzi joylashgan yerdagi soliq organiga maʼlum qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank tomonidan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan axborotni maʼlum qilish tartibi va shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organining bank mijoziga nisbatan axborot taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻroviga binoan bank yozma soʻrov olingan kundan eʼtiboran uch kun ichida soliq organlariga quyidagilarni berishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) mijozning bankda hisobvaraqlari va omonatlari (depozitlari) mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) mijozning hisobvaraqlari va omonatlaridagi (depozitlaridagi) pul mablagʻlarining qoldiqlari haqidagi maʼlumotlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) mijozning hisobvaraqlaridagi operatsiyalarga hamda omonatlariga (depozitlariga) doir koʻchirmalarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) soliq toʻlovchining soliq majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlarni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan axborot, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda chet davlat vakolatli organining soʻrovi asosida ham soliq organlari tomonidan bankdan soʻrab olinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organi tomonidan bankka soʻrov yuborish va banklar tomonidan soliq organlarining soʻrovlariga binoan axborot taqdim etish shakli hamda tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.17.00.00 Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V BOʻLIM. SOLIQ NAZORATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17-bob. Soliq nazorati toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar. Soliq tekshiruvlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
135-modda. Soliq nazorati toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vakolatli organlarning soliq toʻlovchilar va soliq agentlari tomonidan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilishga doir faoliyati soliq nazoratidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq nazorati maqsadida ushbu Kodeksning 133-moddasida koʻrsatilgan davlat organlari, muassasalari, tashkilotlar va mansabdor shaxslar soliq toʻlovchilarni soliq boʻyicha hisobga olish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliq organlariga taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq nazorati maqsadida banklar ushbu Kodeksning 134-moddasida oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq, bojxona organlari va boshqa vakolatli organlar, prokuratura organlari hamda tergov organlari soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishlari, oʻzlari olib borayotgan soliq tekshiruvlari haqidagi oʻzida mavjud materiallar toʻgʻrisida bir-birini xabardor qiladi. Shuningdek mazkur organlar oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida boshqa zarur axborot bilan almashishni amalga oshiradi. Bunday xabardor qilish tartibi mazkur organlar oʻrtasidagi kelishuvlar bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi (soliq agenti) toʻgʻrisida qonun hujjatlari talablarini buzgan holda olingan hujjatlar yoki boshqa axborot ushbu shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortishga asos boʻlib xizmat qilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq nazorati materiallari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda soliq toʻlovchi hisobda turgan joydagi soliq organida tekshiruv tugagan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
136-modda. Soliq nazoratining shakllari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlari soliq nazoratini:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) soliq tekshiruvlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soliq monitoringi shaklida amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona organlari tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi munosabati bilan toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlarga nisbatan oʻz vakolatlari doirasida ushbu Kodeksga va bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq nazoratini amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
137-modda. Soliq tekshiruvlarining turlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq tekshiruvlari soliq toʻlovchilar, yigʻimlarni toʻlovchilar va soliq agentlari tomonidan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish maqsadida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
138-modda. Kameral soliq tekshiruvi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kameral soliq tekshiruvi soliq toʻlovchi (soliq agenti) tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotini, moliyaviy hisobotni, shuningdek soliq toʻlovchining faoliyati toʻgʻrisida soliq organida mavjud boʻlgan boshqa hujjatlar hamda maʼlumotlarni tahlil qilish asosida soliq organi tomonidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kameral soliq tekshiruvi soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) buyrugʻi asosida oʻtkaziladi. Buyruqda soliq toʻlovchining nomi va identifikatsiya raqami, tekshiruvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi, tekshiruvni oʻtkazish muddatlari, tekshirilayotgan davr, tekshirilayotgan soliqlar va yigʻimlarning turlari koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kameral soliq tekshiruvi ushbu Kodeksning 88-moddasida belgilangan daʼvo muddati oʻtmagan soliq davrlariga nisbatan oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kameral soliq tekshiruvi jarayonida soliq organi soliq toʻlovchidan (soliq agentidan, uchinchi shaxsdan) hisobga olish hujjatlarini, taqdim etilgan soliq hisobotiga va hisobga olish hujjatlariga doir tushuntirishlarni, shuningdek soliq hamda yigʻimlarni hisoblab chiqarish va toʻlash bilan bogʻliq boshqa axborotni ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda soʻrab olishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soʻralgan hujjatlar va tushuntirishlar soliq organiga tegishli soʻrov olingan kundan eʼtiboran besh kun ichida taqdim etilishi kerak. Soʻralgan hujjatlarni taqdim etish muddati soliq toʻlovchining hujjatlar taqdim etish uchun sabablari va zarur boʻlgan muddatlari koʻrsatilgan arizasiga koʻra soliq organi tomonidan uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq toʻlovchi kameral soliq tekshiruvi tugaguniga qadar ushbu Kodeksning 83-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisoblab chiqarilgan soliq summasi oʻzgartirilgan aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etsa, kameral soliq tekshiruvi taqdim etilgan aniqlashtirilgan soliq hisobotini hisobga olgan holda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar oʻtkazilgan kameral soliq tekshiruvi yakuni bilan taqdim etilgan soliq hisobotida tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlangan boʻlsa, soliq organi soliq toʻlovchiga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliq hisobotlariga tuzatishlar kiritish talabnomasini yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq hisobotiga tuzatishlar kiritish haqida talabnoma yuborilgan sana kameral soliq tekshiruvi tugatilgan sana hisoblanadi. Agar oʻrganish va tahlil qilish yakunlariga koʻra tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlanmagan boʻlsa ham kameral soliq tekshiruvi yakunlangan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi talabnoma olingan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda tegishli soliqlar va yigʻimlar boʻyicha aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoxud tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda aniqlangan tafovutlarning asosnomasini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi soliq organining tegishli talabnomasida koʻrsatilgan, aniqlangan tafovutlarning asosnomasi sifatida soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasini taqdim etishga haqli. Soliq toʻlovchining nomidan bunday asosnomani soliq maslahatchilari tashkiloti soliq toʻlovchi bilan tuzilgan shartnoma asosida mustaqil ravishda taqdim etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining taqdim etgan asosnomasi tegishli hujjatlar (asosnomalar) olingan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida soliq organining rahbari (rahbari oʻrinbosari) tomonidan koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aniqlangan tafovutlar boʻyicha taqdim etilgan asosnomalariga toʻliq yoki qisman rozilik berilgan taqdirda, soliq organi ilgari yuborilgan talabnoma bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirish xatini yoxud soliq hisobotiga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi aniqlashtirilgan talabnomani soliq toʻlovchiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq toʻlovchi aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etmasa (shu jumladan aniqlashtirilgan talabnomadan keyin), yoxud aniqlangan tafovutlar boʻyicha asosnomalarni taqdim etmasa, yoki u taqdim etgan asosnomalar yetarli emas deb topilsa, soliq organi soliq toʻlovchiga soliq auditini tayinlashga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq (hisobot) davri uchun soliq monitoringi oʻtkazilayotgan boʻlsa, bunday davr uchun kameral soliq tekshiruvi oʻtkazilmaydi. Mazkur qoida soliq monitoringi muddatidan oldin tugatilganda qoʻllanilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, zimmasiga soliq hisobotini taqdim etish boʻyicha majburiyat yuklatilgan soliq agentlarining va boshqa shaxslarning kameral soliq tekshiruvlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qoplashga nisbatan kameral soliq tekshiruvi soliq toʻlovchi tomonidan qoʻshilgan qiymat soligʻining summasini qaytarish uchun ariza taqdim etilgan kundan eʼtiboran oltmish kun ichida soliq organining buyrugʻisiz, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qoplashga nisbatan kameral soliq tekshiruvi natijalariga koʻra soliq hisobotiga oʻzgartishlar kiritish haqidagi talabnoma yozib berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qoplashga nisbatan kameral soliq tekshiruvi natijalariga koʻra soliq organlari ushbu summani qoplash toʻgʻrisidagi qaror yoxud ularni qoplashni rad etish (toʻliq yoki qisman) toʻgʻrisidagi asoslantirilgan qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kameral soliq tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tasdiqlaydi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bobi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
139-modda. Sayyor soliq tekshiruvi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning soliqlar va yigʻimlarni hisoblab chiqarish hamda toʻlash sohasidagi ayrim majburiyatlarini, shuningdek soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlarini bajarilishini tekshirish sayyor soliq tekshiruvidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sayyor soliq tekshiruvi chogʻida hisobga olish hujjatlarining, tovar-moddiy qimmatliklar va pul mablagʻlari harakatining, shuningdek soliq toʻlovchining faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa axborotning tahlili oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sayyor soliq tekshiruvlarini oʻtkazish chogʻida soliq organlari profilaktika tadbirlarini va xronometraj kuzatuvlarini amalga oshirishga, nazorat-kassa texnikasi va toʻlov terminallari qoʻllanilishini tekshirishga va soliq nazoratining boshqa tadbirlarini oʻtkazishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sayyor soliq tekshiruvi soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) buyrugʻi asosida oʻtkaziladi. Buyruqda soliq toʻlovchining nomi, tekshiruvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda lavozimi, tekshiruvlarni oʻtkazish muddatlari va maqsadi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sayyor soliq tekshiruvi oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sayyor soliq tekshiruvini tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqda koʻrsatilgan sana ushbu tekshiruvni oʻtkazish muddatining boshlanishi deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchiga sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasini topshirilgan kun sayyor soliq tekshiruvi muddatining tugashi deb hisoblanadi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bobi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
140-modda. Soliq auditi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muayyan davr uchun soliqlar va yigʻimlarni hisoblab chiqarish hamda toʻlashning toʻgʻriligini tekshirish soliq auditidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq auditi soliq toʻlovchilarning (soliq agentlarining) yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub soliq toʻlovchiga (soliq agentiga) nisbatan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlari soliq auditi oʻtkazilishi boshlanishidan kamida oʻttiz kalendar kun oldin soliq toʻlovchiga soliq auditi oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xabarnomada soliq auditining boshlanish sanasi, tekshirilishi lozim boʻlgan masalalarning roʻyxati, zarur hujjatlarning dastlabki roʻyxati, shuningdek soliq auditini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash belgilari mavjud boʻlsa, soliq organi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishgan holda soliq toʻlovchini oldindan xabardor etmasdan soliq auditini boshlashga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yirik soliq toʻlovchilar toifasiga mansub boʻlgan soliq toʻlovchilarning soliq auditi Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi tomonidan inspeksiya boshligʻining (inspeksiya boshligʻi oʻrinbosarining) buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq auditida ishtirok etish uchun boshqa soliq organlarining mansabdor shaxslari jalb etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) soliq auditini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻida tekshiriladigan soliq toʻlovchining nomi va identifikatsiya raqami, tekshiruvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda lavozimi, soliq auditini oʻtkazish muddatlari va maqsadi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) soliq auditini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi bilan uni oʻtkazish dasturi ham tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 143-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq auditi faqat ushbu Kodeksning 88-moddasida belgilangan daʼvo qilish muddati oʻtmagan oxirgi soliq auditidan keyingi davrni qamrab olishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi ixtiyoriy ravishda tugatilayotganda soliq auditi, soliq toʻlovchining bevosita soliq auditi oʻtkazilayotgan yildan oldingi uch yildan koʻp boʻlmagan faoliyatini qamrab olishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq auditi oʻtkazilayotgan davrda tekshirilayotgan davrning soliq hisobotiga soliq toʻlovchi tomonidan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq auditi oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tasdiqlaydi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bobi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
141-modda. Soliq auditini oʻtkazish muddati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu Kodeksning 142-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq auditi oʻttiz kundan ortiq davom etishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq auditini oʻtkazish muddati soliq toʻlovchiga (soliq agentiga) soliq auditini tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq topshirilgan kunda boshlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
142-modda. Soliq auditini oʻtkazish muddatini uzaytirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq auditini oʻtkazish muddati ikki oygacha, alohida hollarda esa — uch oygacha uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq auditini oʻtkazish muddatini uzaytirish asoslari va tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) soliq auditi oʻtkazilishini quyidagilar uchun ham uzaytirishga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu Kodeksning 146-moddasi birinchi qismiga muvofiq hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) chet el davlat organlaridan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida axborot olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ekspertizalar oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) chet tilida taqdim etilgan hujjatlarni tarjima qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq auditi muddatini ushbu moddaning uchinchi qismi 1-bandida koʻrsatilgan asos boʻyicha uzaytirishga hujjatlar talab qilinayotgan har bir shaxs boʻyicha koʻpi bilan bir marta yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq auditi muddatini uzaytirish soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) tegishli buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq auditining umumiy muddati olti oydan oshishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq auditini oʻtkazish muddati oʻtkazilgan soliq auditi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzilgan (imzolangan) kunda tugaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
143-modda. Soliq auditini oʻtkazishga doir cheklovlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlari soliq toʻlovchining aynan bitta davr uchun aynan bir xil soliqlar boʻyicha bir martadan ortiq soliq auditini oʻtkazishga haqli emas, bundan soliq auditini oʻtkazish chogʻida soliq organiga maʼlum boʻlmagan yangi holatlar aniqlangan hollar mustasno. Yangi holatlar aniqlangan taqdirda soliq organi takroriy soliq auditini tayinlashga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
144-modda. Mansabdor shaxslarning soliq toʻlovchining hududiga kirishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bevosita soliq tekshiruvini oʻtkazuvchi soliq organlari mansabdor shaxslarining tekshirilayotgan shaxsning hududiga yoki binosiga kirishi ushbu mansabdor shaxslar tomonidan xizmat guvohnomalari va soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) ushbu shaxsning soliq tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi (qarori) taqdim etilgan taqdirda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlarining bevosita soliq tekshiruvini oʻtkazuvchi mansabdor shaxslari koʻrsatilgan obyektlar toʻgʻrisidagi aniq maʼlumotlarning tekshirilayotgan shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga asoslangan maʼlumotlarga muvofiqligini aniqlash maqsadida tekshirilayotgan shaxsning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladigan hududlarini yoki binosini yoxud soliq solish obyektlarini koʻzdan kechirishni oʻtkazishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlarining soliq tekshiruvini oʻtkazuvchi mansabdor shaxslariga mazkur hududlarga yoki binolarga (bundan turar-joy binolari mustasno) kirishiga toʻsqinlik qilingan taqdirda soliq organining mansabdor shaxsi oʻzi va tekshirilayotgan shaxs tomonidan imzolanadigan dalolatnomani tuzadi. Bunday dalolatnoma asosida soliq organi tekshirilayotgan shaxs toʻgʻrisida oʻzida mavjud boʻlgan maʼlumotlar yoki xuddi shunday soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasini mustaqil tarzda aniqlashga haqli. Tekshirilayotgan shaxs koʻrsatilgan dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda mazkur dalolatnomaga tegishli qayd kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq tekshiruvini oʻtkazuvchi soliq organlari mansabdor shaxslarining turar-joy binolariga ularda yashovchi jismoniy shaxslarning xoxishiga qaramay yoki xoxishiga qarshi qonunda yoki sudning qarori asosida belgilangan hollardan boshqacha tarzda kirishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
145-modda. Hududni va binolarni koʻzdan kechirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organining soliq tekshiruvini oʻtkazuvchi mansabdor shaxslari tekshiruvning toʻliqligi uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni aniqlashtirish maqsadida tekshirilayotgan shaxsning hududlari va binolarini, shuningdek hujjatlar va buyumlarni koʻzdan kechirishni amalga oshirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar hujjatlar va buyumlar soliq organining mansabdor shaxsi tomonidan soliq nazoratini amalga oshirish yuzasidan ilgari bajarilgan harakatlar natijasida yoki ushbu buyumlar egasi ularni koʻzdan kechirishni amalga oshirishga rozi boʻlgan taqdirda olingan boʻlsa, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan hollarda hujjatlar va buyumlarni koʻzdan kechirishga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻzdan kechirish xolislar ishtirokida oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻzdan kechirish oʻtkazilayotganda tekshirilayotgan shaxs yoki uning vakili, shuningdek mutaxassislar ishtirok etishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur boʻlgan hollarda, koʻzdan kechirish chogʻida fotosuratga olish va videoyozuvga tushirish amalga oshiriladi, hujjatlardan koʻchirma nusxalar olinadi yoki koʻzdan kechirish bilan bogʻliq boshqa harakatlar bajariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻzdan kechirish oʻtkazilganligi toʻgʻrisida bayonnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
146-modda. Soliq tekshiruvini oʻtkazishda hujjatlarni talab qilib olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organining soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan mansabdor shaxsi tekshirilayotgan shaxsdan tekshiruv uchun zarur boʻlgan hujjatlarni talab qilib olishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlar taqdim etish toʻgʻrisidagi talabnoma tekshirilayotgan shaxsga (uning qonuniy yoki vakolatli vakiliga) shaxsan imzo qoʻydirgan holda topshiriladi. Agar hujjatlarni taqdim etish toʻgʻrisidagi talabnomani mazkur usulda topshirish imkoni boʻlmasa, u ushbu Kodeks 19-moddasining ikkinchi qismida belgilangan tartibda yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talab qilib olinadigan hujjatlar soliq organiga shaxsan yoki vakil orqali taqdim etilishi, pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilishi yoxud telekommunikatsiya aloqa tarmoqlari yoki soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda topshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlarni qogʻozda taqdim etish tekshirilayotgan shaxs tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxalar shaklida amalga oshiriladi. Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq organiga (mansabdor shaxsga) taqdim etiladigan hujjatlarning koʻchirma nusxalarini notarial tarzda tasdiqlashni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobga olish hujjatlari elektron shaklda tuzilgan taqdirda soliq toʻlovchi (soliq agenti) soliq tekshiruvi chogʻida soliq organlari mansabdor shaxslarining talabiga koʻra bunday hujjatlarning qogʻozdagi koʻchirma nusxalarini taqdim etishi shart, bundan elektron hisobvaraq-fakturalarning axborot tizimida roʻyxatga olingan hisobvaraq-fakturalar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur boʻlgan taqdirda soliq organi hujjatlarning asl nusxalari bilan tanishishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq tekshiruvi davomida talab qilib olingan hujjatlar tegishli talabnoma olingan kundan eʼtiboran besh kun ichida taqdim etiladi. Agar tekshirilayotgan shaxs talab qilinayotgan hujjatlarni belgilangan muddat ichida taqdim etish imkoniga ega boʻlmasa, u tekshiruvchi mansabdor shaxslarni bu haqda yozma ravishda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi talab qilinadigan hujjatlarni koʻrsatilgan muddatlarda taqdim etishning imkoni yoʻqligi toʻgʻrisidagi, talab qilib olinayotgan hujjatlarni taqdim etish imkoni boʻlmagan sabablar koʻrsatilgan yozma shakldagi xabarnomani hujjatlar taqdim etish haqidagi talabnoma olingan kundan keyingi kun davomida yuborishi kerak. Xabarnomada soliq toʻlovchi talab qilingan hujjatlarni taqdim eta olishi mumkin boʻlgan muddatlar koʻrsatilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) soliq toʻlovchidan xabarnomani olgan kundan eʼtiboran ikki kun ichida ushbu xabarnoma asosida hujjatlarni taqdim etish muddatlarini uzaytirish yoki muddatlarni uzaytirishni rad etishga haqli boʻlib, bu haqda alohida qaror chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshirilayotgan shaxsning talab qilinayotgan hujjatlarni taqdim etishni rad etganligi soliq organining mansabdor shaxsi tomonidan tuziladigan bayonnomada qayd etiladi. Bayonnoma soliq organining mansabdor shaxsi va tekshirilayotgan shaxs tomonidan imzolanadi. Tekshirilayotgan shaxs bayonnomani imzolashni rad etgan taqdirda bu haqda tegishli qayd kiritiladi. Koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etish soliq toʻlovchi tomonidan rad etilganligi yoki belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganligi ushbu hujjatlarni ushbu Kodeksning 148-moddasida nazarda tutilgan tartibda olib qoʻyish uchun asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq tekshiruvi va soliq nazoratining boshqa tadbirlari jarayonida soliq organlari tekshirilayotgan shaxsning kameral yoki sayyor soliq tekshiruvlari oʻtkazilganda soliq organlariga ilgari taqdim etilgan hujjatlarni, shuningdek soliq monitoringini oʻtkazish jarayonida tasdiqlangan koʻchirma nusxalar shaklida taqdim etilgan hujjatlarni tekshirilayotgan shaxsdan talab qilib olishga haqli emas. Agar hujjatlar ilgari soliq organiga asl nusxalar tarzida taqdim etilib, keyinchalik tekshirilayotgan shaxsga qaytarilgan boʻlsa, shuningdek soliq organiga taqdim etilib, bartaraf etib boʻlmaydigan kuch holatlari oqibatida yoʻqotilgan taqdirda, hujjatlar tekshirilayotgan shaxsdan qayta talab qilib olinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
147-modda. Uchinchi shaxslardan hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organining soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan mansabdor shaxsi tekshirilayotgan soliq toʻlovchining faoliyatiga taalluqli hujjatlarga (axborotga) ega boʻlgan kontragentdan yoki boshqa shaxslardan ushbu hujjatlarni (axborotni) talab qilib olishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshirilayotgan soliq toʻlovchining (soliq agentining) faoliyatiga taalluqli hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) soliq nazoratining qoʻshimcha tadbirlarini tayinlash toʻgʻrisidagi qarori asosida soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish chogʻida ham amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq tekshiruvlarini yoki soliq nazoratining boshqa tadbirlarini amalga oshiruvchi soliq organi tekshirilayotgan soliq toʻlovchining faoliyatiga taalluqli hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish toʻgʻrisidagi topshiriqnomani mazkur hujjatlar (axborot) talab qilib olinishi kerak boʻlgan shaxsning hisobda turgan joyidagi soliq organiga yuboradi. Bunda topshiriqnomada soliq nazoratining qaysi tadbirini oʻtkazish chogʻida hujjatlar (axborot) taqdim etish zarurati yuzaga kelganligi koʻrsatiladi, muayyan bitimga taalluqli axborot talab qilib olinayotganda esa ushbu bitimni identifikatsiyalash imkonini beruvchi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Topshiriqnoma olingan kundan eʼtiboran uch kun ichida hujjatlar (axborot) qaysi shaxsdan talab qilib olinayotgan boʻlsa, oʻsha shaxsning hisobda turgan joyidagi soliq organi ushbu shaxsga hujjatlarni (axborotni) taqdim etish toʻgʻrisida talabnoma yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabnomaga hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish toʻgʻrisidagi topshiriqnomaning koʻchirma nusxasi ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlarni (axborotni) taqdim etish toʻgʻrisidagi talabnomani olgan shaxs talabnoma olingan kundan eʼtiboran besh kun ichida uni bajaradi yoki talab qilib olinayotgan hujjatlarga (axborotga) ega emasligini oʻsha muddatda xabar qiladi. Agar talab etiladigan hujjatlarni (axborotni) mazkur muddatda taqdim etish imkoni boʻlmasa, soliq organi hujjatlar qaysi shaxsdan talab qilib olingan boʻlsa oʻsha shaxsning iltimosnomasiga koʻra ushbu hujjatlarni (axborotni) taqdim etish muddatini uzaytirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlarni (axborotni) talab qilib olishning ushbu moddada nazarda tutilgan tartibi soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilariga taalluqli hujjatlarni (axborotni) talab qilib olishda ham qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlarni (axborotni) talab qilib olishning ushbu moddada nazarda tutilgan tartibi soliq agentlariga tegishli boʻlgan hujjatlar va axborotni talab qilib olishda ham qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlarni (axborotni) taqdim etish toʻgʻrisidagi talabnomani olgan shaxs ushbu moddaning qoidalariga muvofiq boʻlmagan talabnoma boʻyicha hujjatlarni (axborotni) taqdim etishni rad etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
148-modda. Hujjatlar va buyumlarni olib qoʻyish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlar va buyumlarni olib qoʻyish soliq organining soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan mansabdor shaxsining asoslantirilgan qarori asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlar va buyumlarni tungi paytda olib qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlar va buyumlarni olib qoʻyish xolislar hamda hujjatlari va buyumlarini olib qoʻyish amalga oshirilayotgan shaxslar ishtirokida oʻtkaziladi. Zarur boʻlgan hollarda, olib qoʻyishni amalga oshirishda ishtirok etish uchun mutaxassis taklif etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olib qoʻyish boshlanguniga qadar soliq organining mansabdor shaxsi olib qoʻyishni amalga oshirish toʻgʻrisidagi qarorni taqdim etadi hamda hozir boʻlgan shaxslarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organining mansabdor shaxsi hujjatlar va buyumlarini olib qoʻyish amalga oshirilayotgan shaxsga ularni oʻz ixtiyori bilan topshirishni taklif etadi, taklif rad etilgan taqdirda esa olib qoʻyishni majburiy tarzda amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻziga nisbatan olib qoʻyish amalga oshirilayotgan shaxs olib qoʻyilishi lozim boʻlgan hujjatlar va buyumlar saqlanishi mumkin boʻlgan binolarni yoki boshqa joylarni ochishdan bosh tortganda, soliq organining mansabdor shaxsi tambalarga, eshiklarga va boshqa buyumlarga zarurat sababli yuzaga kelmagan shikast yetkazishdan qochib olib qoʻyishni mustaqil tarzda bajarishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq tekshiruvi predmetiga aloqasi boʻlmagan hujjatlar va buyumlar olib qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlar va buyumlarni olib qoʻyishni amalga oshirish toʻgʻrisida ushbu Kodeksning 154-moddasida hamda mazkur moddada nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda bayonnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olib qoʻyilgan hujjatlar va buyumlar olib qoʻyish bayonnomasida yoki unga ilova qilinadigan roʻyxatlarda aniq nomi, soni, oʻziga xos xususiyatlari va imkon qadar buyumlarning qiymati koʻrsatilgan holda sanab oʻtiladi hamda roʻyxatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq nazorati tadbirlarini oʻtkazish uchun tekshirilayotgan shaxs hujjatlarining koʻchirma nusxalari yetarli boʻlmasa hamda soliq organlarida hujjatlarning asl nusxalari yoʻq qilinishi, yashirilishi, oʻzgartirilishi yoki almashtirib qoʻyilishi mumkinligi toʻgʻrisida taxmin qilish uchun yetarlicha asoslar mavjud boʻlsa, soliq organining mansabdor shaxsi hujjatlarning aslini ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda olib qoʻyishga haqli. Bunday hujjatlar olib qoʻyilayotganda ulardan soliq organining mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlanadigan koʻchirma nusxalar olinadi va hujjatlar olib qoʻyilayotgan shaxsga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlarni olib qoʻyish bilan bir vaqtning oʻzida koʻchirma nusxalarni tayyorlash yoki topshirish imkoni boʻlmagan taqdirda, soliq organi koʻchirma nusxalarni hujjatlari olib qoʻyilgan shaxsga hujjatlar olib qoʻyilganidan keyin besh kun ichida topshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Barcha olib qoʻyiladigan hujjatlar va buyumlar xolislarga hamda olib qoʻyishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga koʻrsatiladi va zarur boʻlgan taqdirda olib qoʻyilgan joyda oʻraladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olib qoʻyilgan hujjatlar raqamlanishi, tikilishi va olib qoʻyilayotgan shaxsning muhri yoki imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Ushbu shaxs olib qoʻyilayotgan hujjatlarni muhr yoki imzo bilan tasdiqlashdan bosh tortgan taqdirda, olib qoʻyish toʻgʻrisidagi bayonnomaga bu haqda maxsus belgi qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlar va buyumlarni olib qoʻyish toʻgʻrisidagi bayonnomaning koʻchirma nusxasi ular qaysi shaxsdan olib qoʻyilgan boʻlsa, oʻsha shaxsga imzo qoʻydirib topshiriladi yoki yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
149-modda. Guvohning ishtiroki
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq nazoratini amalga oshirish uchun ahamiyatga ega biror-bir holatlar oʻziga maʼlum boʻlgan har qanday voyaga yetgan jismoniy shaxs koʻrsatmalar berish uchun guvoh sifatida chaqirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvohning koʻrsatmalari bayonnomaga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvoh sifatida quyidagi shaxslar jalb etilishi mumkin emas:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzining jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari sababli soliq nazoratini amalga oshirish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni toʻgʻri idrok etishga qodir boʻlmagan shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz kasbiy majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan soliq nazoratini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan va ushbu shaxslarning kasbiy siriga taalluqli boʻlgan axborotni olgan shaxslar. Chunonchi, bunday shaxslar jumlasiga — advokat, auditor, soliq maslahatchisi kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guvohning koʻrsatmalari, agar u kasalligi, keksaligi, nogironligi tufayli soliq organiga kela olmasa, u turgan joyda olinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrsatmalar olishdan avval soliq organining mansabdor shaxsi guvohni koʻrsatmalar berishni rad etganlik yoki bundan bosh tortganlik yoxud bila turib yolgʻon koʻrsatmalar berganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantiradi, bu haqda bayonnomaga guvohning imzosi bilan tasdiqlanadigan belgi kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organiga guvoh sifatida chaqirilgan xodimlar uchun soliq organiga kelganligi sababli ishda boʻlmagan vaqt uchun asosiy ish joyidagi oylik ish haqi saqlanib qoladi.
LexUZ sharhi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
150-modda. Ekspertiza
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur boʻlgan hollarda, soliq nazoratini amalga oshirishga doir aniq harakatlarni oʻtkazishda ishtirok etish uchun ekspert jalb etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsni ekspert sifatida jalb etish soliq organi va ekspert oʻrtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yuzaga keladigan masalalarni tushuntirish uchun ilm-fan, sanʼat, texnika yoki hunarmandchilik sohasidagi maxsus bilimlar talab etilsa, ekspertiza tayinlanadi. Soliq organining soliq nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxsida bunday bilimlarga egaligi ekspertiza tayinlash zaruratidan ozod etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert oldida qoʻyilgan masalalar va uning xulosasi ekspertning maxsus bilimlari doirasidan chiqishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi qarorni soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan mansabdor shaxsning iltimosnomasi asosida soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorda ekspertizani tayinlash uchun asoslar, ekspertiza oʻtkazishi kerak boʻlgan tashkilotning nomi yoki ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi, ekspertning oldiga qoʻyiladigan masalalar va uning ixtiyoriga beriladigan materiallar koʻrsatiladi. Ekspert ekspertiza predmetiga taalluqli tekshiruv materiallari bilan tanishishga, oʻziga qoʻshimcha materiallar taqdim etilishi toʻgʻrisida iltimosnomalar berishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert xulosani oʻz nomidan yozma shaklda beradi. Ekspert xulosasida oʻzi oʻtkazgan tekshirishlar, ular asosida qilingan xulosalar hamda qoʻyilgan masalalarga asoslantirilgan javoblar bayon etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ekspertga berilgan materiallar yetarli boʻlmasa yoki u ekspertiza oʻtkazish uchun zarur bilimlarga ega boʻlmasa, ekspert xulosa berishni rad etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan soliq organining mansabdor shaxsi tekshirilayotgan shaxsni ekspertiza tayinlanganligi toʻgʻrisidagi qaror bilan tanishtirishi va uning ushbu moddaning oʻninchi qismida nazarda tutilgan huquqlarini tushuntirishi shart boʻlib, bu haqda bayonnoma tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspertiza tayinlash va oʻtkazish jarayonida tekshirilayotgan shaxs:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ekspertni rad etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ekspertni oʻzi koʻrsatgan shaxslar orasidan tayinlash toʻgʻrisida iltimos qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qoʻshimcha savollarni taqdim etib, ular yuzasidan ekspert xulosasini olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) soliq organi mansabdor shaxsining ruxsati bilan ekspertiza oʻtkazishda ishtirok etish va ekspertga tushuntirishlar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) ekspertning xulosasi bilan tanishish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) ekspertning xulosasi yuzasidan asoslantirilgan fikr taqdim etish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
151-modda. Mutaxassisni jalb etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur boʻlgan hollarda, soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarda ishtirok etish uchun soliq organi tomonidan maxsus bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan hamda ishning natijasidan manfaatdor boʻlmagan mutaxassis jalb etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsning mutaxassis sifatida jalb qilinishi soliq organi va mutaxassis oʻrtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsning mutaxassis sifatida ishtirok etishi uning guvoh sifatida aynan shu holatlar yuzasidan soʻroq qilinishi imkoniyatini istisno etmaydi.
LexUZ sharhi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
152-modda. Tarjimonning ishtiroki
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur boʻlgan hollarda, soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarda ishtirok etish uchun tarjimon jalb etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishning natijasidan manfaatdor boʻlmagan, tarjima qilish uchun zarur darajada til biladigan yoki kar yoxud soqov jismoniy shaxsning imo-ishoralarini tushunadigan shaxs tarjimonlik qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsning tarjimon sifatida jalb qilinishi soliq organi va tarjimon oʻrtasidagi shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tarjimon soliq organi mansabdor shaxsining chaqiruviga binoan kelishi va oʻziga topshirilgan tarjimani aniq bajarishi shart.
LexUZ sharhi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
153-modda. Xolislarning ishtiroki
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarda ishtirok etish uchun xolislar jalb etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xolislar kamida ikki nafar kishi miqdorida jalb etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishning natijasidan manfaatdor boʻlmagan har qanday voyaga yetgan jismoniy shaxslar xolislar sifatida jalb etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlari mansabdor shaxslarining xolislar sifatida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xolislar oʻz ishtirokida amalga oshirilgan harakatlar fakti, mazmuni va natijalarini bayonnomada tasdiqlashi shart. Ular amalga oshirilgan harakatlar yuzasidan bayonnomaga kiritilishi lozim boʻlgan fikr-mulohazalar bildirishga haqli. Zarur boʻlgan taqdirda, xolislar koʻrsatilgan holatlar yuzasidan soʻroq qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
154-modda. Soliq nazorati doirasida harakatlarni amalga oshirish chogʻidagi bayonnomaga qoʻyiladigan umumiy talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq nazorati harakatlarini oʻtkazish chogʻida bayonnoma tuziladi. Bayonnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) tekshirish oʻtkazishning asoslari, turi va davri;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) amalga oshiriladigan aniq harakatning joyi va sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) harakatning boshlanish va tugash vaqti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) bayonnomani tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) harakatda ishtirok etgan yoki uni oʻtkazishda hozir boʻlgan har bir shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, zarur boʻlgan hollarda esa — uning manzili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) harakatning mazmuni, uni amalga oshirish ketma-ketligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) harakatni bajarish chogʻida aniqlangan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan faktlar va holatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bayonnoma harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etgan yoki uni oʻtkazishda hozir boʻlgan barcha shaxslar tomonidan oʻqib chiqiladi. Mazkur shaxslar bayonnomaga kiritilishi yoki materiallarga qoʻshib qoʻyilishi lozim boʻlgan fikr-mulohazalarini bildirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bayonnoma soliq organining uni tuzgan mansabdor shaxsi, shuningdek harakatni amalga oshirishda ishtirok etgan yoki uni oʻtkazishda hozir boʻlgan barcha shaxslar tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bayonnomaga fotosuratlar, videoyozuvlar va harakatni amalga oshirish chogʻida bajarilgan boshqa materiallar ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
155-modda. Soliq tekshiruvini oʻtkazish chogʻida gʻayriqonuniy harakatlar orqali zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻymaslik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq tekshiruvini oʻtkazish chogʻida tekshirilayotgan shaxslarga yoki ularning egaligida, foydalanishida yoxud tasarrufida boʻlgan mol-mulkka gʻayriqonuniy harakatlar orqali zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq tekshiruvini oʻtkazish chogʻida soliq organlarining gʻayriqonuniy qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining harakatlari orqali yetkazilgan zararning oʻrni toʻliq hajmda qoplanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlarining gʻayriqonuniy qarorlari orqali tekshirilayotgan shaxslarga yetkazilgan zarar uchun ularning mansabdor shaxslari qonunda nazarda tutilgan tartibda javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlari mansabdor shaxslarining qonuniy harakatlari orqali tekshirilayotgan shaxslarga yoki ularning vakillariga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanmaydi, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-bob. Soliq tekshiruvlarining va soliq nazorati boshqa choralarining huquqiy oqibatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
156-modda. Soliq auditi natijalarini rasmiylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq auditi natijalariga koʻra soliq organlarining ushbu tekshiruvni oʻtkazgan vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan soliq auditi dalolatnomasi tuzilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq auditi dalolatnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) soliq auditi dalolatnomasini tuzish sanasi – ushbu tekshiruvni oʻtkazgan shaxslar tomonidan dalolatnoma imzolangan sana;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) tekshirilayotgan shaxsning toʻliq va qisqartirilgan nomi yoki familiyasi, ismi, otasining ismi. Yuridik shaxs uning alohida boʻlinmasi joylashgan yerda tekshirilgan taqdirda yuridik shaxsning nomidan tashqari tekshirilayotgan alohida boʻlinmaning toʻliq va qisqartirilgan nomi hamda uning joylashgan yeri koʻrsatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) oʻzlari vakili boʻlgan soliq organining nomi koʻrsatilgan holda soliq auditini oʻtkazgan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning lavozimlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) soliq auditi oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi sanasi va raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) soliq auditi davomida tekshirilayotgan shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) soliq auditi oʻtkazilgan davr;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) soliq auditi qaysi soliqqa nisbatan oʻtkazilgan boʻlsa, oʻsha soliqning nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) soliq auditi boshlangan va tugagan sana;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) yuridik shaxs joylashgan yerning yoki jismoniy shaxs yashash joyining manzili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) soliq auditini amalga oshirish chogʻida oʻtkazilgan soliq nazorati tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining tegishli normasiga havola qilgan holda soliqqa oid huquqbuzarlikning (u mavjud boʻlgan taqdirda) batafsil tavsifi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) soliq auditi natijalari boʻyicha xulosalar va takliflar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar oʻtkazilgan soliq auditi natijalariga koʻra soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishlari aniqlanmagan boʻlsa, bu haqda soliq auditi dalolatnomasida qayd etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq auditi dalolatnomasiga tekshiruv davomida aniqlangan soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishlari faktlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq auditi dalolatnomasi shaklini va uni tuzishga doir talablarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq auditi dalolatnomasi kamida uch nusxada tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq auditi dalolatnomasining barcha nusxalari soliq organining soliq auditini oʻtkazgan mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi. Soliq auditi dalolatnomasining bir nusxasi soliq toʻlovchiga tekshiruv tugaganidan keyin uch kun ichida topshiriladi. Soliq toʻlovchi dalolatnomaning barcha nusxalariga uni olgan sanani koʻrsatgan holda soliq auditi dalolatnomasini olganligiga imzo qoʻyishi shart. Soliq auditi dalolatnomasining soliq organida qolgan nusxalari soliq auditi materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining soliq auditi dalolatnomasidagi imzosi uning soliq auditi natijalariga roziligini bildirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi (uning vakili) soliq auditi dalolatnomasini olishdan bosh tortgan taqdirda, soliq organining mansabdor shaxsi bu haqda soliq auditi dalolatnomasiga tegishli yozuv kiritadi. Bunday holda soliq auditi dalolatnomasining bir nusxasi soliq toʻlovchiga yuridik shaxs (alohida boʻlinma) joylashgan yer boʻyicha yoki jismoniy shaxsning yashash joyi boʻyicha pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq auditi dalolatnomasi pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilgan taqdirda buyurtma xat yuborilgan sanadan boshlab hisoblaganda beshinchi kun ushbu dalolatnoma topshirilgan sana deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirmaydigan chet el yuridik shaxsiga (bundan xalqaro tashkilot yoki diplomatik vakolatxona mustasno) soliq auditi dalolatnomasi pochta orqali Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reyestridagi manzil boʻyicha buyurtma xat bilan yuboriladi. Buyurtma xat yuborilgan sanadan boshlab hisoblaganda yigirmanchi kun ushbu dalolatnoma topshirilgan sana deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻziga nisbatan soliq auditi oʻtkazilgan shaxs (uning vakili) soliq tekshiruvi dalolatnomasida bayon etilgan faktlarga va (yoki) tekshiruvchilarning xulosalari hamda takliflariga rozi boʻlmagan taqdirda, soliq auditi dalolatnomasini olgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida tegishli soliq organiga mazkur dalolatnoma boʻyicha umuman yoki uning ayrim holatlari yuzasidan yozma eʼtirozlarini taqdim etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi oʻz eʼtirozlarining asoslanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (ularning tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini) yozma eʼtirozlarga ilova qilishga yoki kelishilgan muddatda soliq organiga topshirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
157-modda. Soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq auditi natijasida aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar ushbu Kodeksning 158 va 159-moddalarida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi. Mazkur koʻrib chiqish tartibi ushbu Kodeksning 223 yoki 224-moddalarida nazarda tutilgan soliqqa oid huquqbuzarliklarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan, soliq tekshiruvi va (yoki) soliq nazoratining boshqa tadbirlari natijasida aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar ushbu Kodeksning 165 va 166-moddalarida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlarining mansabdor shaxslari tomonidan ushbu Kodeksda belgilangan talablarga rioya etmaslik yuqori turuvchi soliq organi yoki sud tomonidan soliq organining qarorini bekor qilish uchun asos boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish tartib-taomilining muhim shartlarini buzish yuqori turuvchi soliq organi yoki sud tomonidan soliq organining soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish va (yoki) soliq summalarini qoʻshib hisoblash toʻgʻrisidagi qarorini bekor qilish uchun asos boʻladi. Bunday muhim shartlar jumlasiga oʻziga nisbatan soliq tekshiruvi oʻtkazilgan shaxsning soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish jarayonida shaxsan va (yoki) oʻz vakili orqali ishtirok etish imkoniyatini taʼminlash hamda soliq toʻlovchining tushuntirishlar berish imkonini taʼminlash kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish tartib-taomilining boshqacha buzilishlari ham, agar bunday qoidabuzarliklar soliq organi rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan gʻayriqonuniy qaror qabul qilishga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, yuqori turuvchi soliq organi yoki sud tomonidan soliq organining qarorini bekor qilish uchun asos boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
158-modda. Soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishlari qaysi soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi davomida aniqlangan boʻlsa, oʻsha soliq auditi dalolatnomasi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi materiallari soliq tekshiruvini oʻtkazgan soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan ushbu soliq tekshiruvi dalolatnomasi tuzilgan kundan eʼtiboran oʻn kun oʻtgach, lekin oʻn besh kundan kechirtirmay koʻrib chiqilishi kerak. Ularga doir qaror soliq tekshiruvi materiallari koʻrib chiqilganidan keyin besh kundan kechiktirmay qabul qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tekshirilayotgan shaxs (uning vakili) soliq auditining dalolatnomasiga va (yoki) sayyor soliq tekshiruvining materiallariga doir yozma eʼtirozlarini ushbu Kodeksning 156-moddasi oʻn ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etgan boʻlsa, ushbu eʼtirozlar ham koʻrib chiqilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organi tekshiruv materiallari koʻrib chiqiladigan sana, vaqt va joy toʻgʻrisida soliq toʻlovchini koʻrib chiqish boshlanguniga qadar kamida ikki ish kuni oldin xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq toʻlovchi soliq organini uzrli sabablarga koʻra soliq tekshiruvi materiallarining koʻrib chiqilishiga kela olmasligi toʻgʻrisida xabardor qilgan boʻlsa, soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) soliq tekshiruvi materiallarining koʻrib chiqishni kamida besh kun muddatga qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, soliq toʻlovchi bu haqda xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻziga nisbatan soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilgan shaxs soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish jarayonida shaxsan va (yoki) oʻz vakili orqali ishtirok etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻziga nisbatan soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilgan, tekshiruv materiallari koʻrib chiqiladigan vaqt va joy haqida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxsning (uning vakilining) kelmaganligi soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik qilmaydi, bundan ushbu shaxsning ishtirok etishi soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan mazkur materiallar koʻrib chiqilishi uchun shart deb topilgan holatlar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq tekshiruvi materiallarini mohiyatiga koʻra koʻrib chiqishdan oldin soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ishni kim koʻrib chiqayotganligini va qaysi soliq tekshiruvi materiallari koʻrib chiqilishi lozimligini eʼlon qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) koʻrib chiqishda ishtirok etish uchun taklif etilgan shaxslarning kelgan-kelmaganligi faktini aniqlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu shaxslar kelmagan taqdirda soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) ish yuritish ishtirokchilari belgilangan tartibda xabardor qilingan-qilinmaganligini aniqlashtiradi va soliq tekshiruvi materiallarini mazkur shaxslarning yoʻqligida koʻrib chiqish yoki ushbu koʻrib chiqishni keyinga qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) oʻziga nisbatan soliq tekshiruvi oʻtkazilgan shaxsning vakili ishtirok etgan taqdirda ushbu vakilning vakolatlarini tekshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) koʻrib chiqish tartib-taomilida ishtirok etayotgan shaxslarga ularning huquqlari va majburiyatlarini tushuntirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) koʻrib chiqish uchun ishtirok etishi zarur boʻlgan shaxs kelmagan taqdirda, soliq tekshiruvi materiallarining koʻrib chiqilishini keyinga qoldirish toʻgʻrisida qaror chiqarishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish chogʻida tekshiruv dalolatnomasi, zarur boʻlgan taqdirda esa soliq nazorati tadbirlarining boshqa materiallari, shuningdek oʻziga nisbatan tekshiruv oʻtkazilgan shaxsning yozma eʼtirozlari ham oʻqib eshittirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yozma eʼtirozlarning mavjud emasligi ushbu shaxsni (uning vakilini) tekshiruv materiallarini koʻrib chiqish bosqichida oʻz tushuntirishlarini berish huquqidan mahrum etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish vaqtida taqdim etilgan dalillar, shu jumladan oʻziga nisbatan tekshiruv oʻtkazilgan shaxsdan ilgari talab qilib olingan hujjatlar, ushbu shaxs soliq tekshiruvlaridan oʻtkazilganda soliq organlariga taqdim etilgan hujjatlar hamda soliq organida mavjud boʻlgan boshqa hujjatlar oʻrganiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks talablari buzilgan holda olingan dalillardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining faoliyati toʻgʻrisidagi qoʻshimcha maʼlumotlar (axborot), agar ular ushbu Kodeksda belgilangan muddatlar buzilgan holda soliq organiga taqdim etilgan boʻlsa ham koʻrib chiqilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish davomida zarur boʻlgan taqdirda ushbu koʻrib chiqishda ishtirok etish uchun guvohni, ekspertni, mutaxassisni jalb etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq tekshiruvi materiallari koʻrib chiqilayotganda bayonnoma yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish jarayonida soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) oʻziga nisbatan tekshiruv dalolatnomasi tuzilgan shaxs soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishini sodir etgan-etmaganligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) aniqlangan qoidabuzarliklar soliqqa oid huquqbuzarlik alomatini tashkil etish-etmasligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortishga asoslar mavjud-mavjud emasligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) soliq toʻlovchining eʼtirozlari asoslanganligini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqqa oid huquqbuzarlik alomati mavjud boʻlgan taqdirda soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etishdagi aybini istisno etuvchi holatlarni yoki soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikni yumshatuvchi yoxud ogʻirlashtiruvchi holatlarni aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishlari sodir etilganligi faktini tasdiqlash uchun qoʻshimcha dalillar olish zarur boʻlgan taqdirda yoki ular boʻlmaganda soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) soliq nazoratining qoʻshimcha tadbirlarini bir oydan oshiq boʻlmagan muddatda oʻtkazish toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq nazoratining qoʻshimcha tadbirlarini tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda bunday qoʻshimcha tadbirlarni oʻtkazish zaruratini keltirib chiqargan holatlar bayon etiladi, ularni oʻtkazish muddati va aniq shakli koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq nazoratining qoʻshimcha tadbirlari sifatida ushbu Kodeksning 146 va 147-moddalariga muvofiq hujjatlarni talab qilib olish, guvohni soʻroq qilish, ekspertiza amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq nazorati qoʻshimcha tadbirlarining boshlanishi va tugashi, soliq nazoratining oʻtkazilgan qoʻshimcha tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishlari sodir etilganligi yoki ularning mavjud emasligi faktini tasdiqlash uchun olingan qoʻshimcha dalillar, tekshiruvchilarning aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga doir xulosalari va takliflari hamda ushbu Kodeksning moddalariga oid havolalar, agar ushbu Kodeksda soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining ushbu buzilishlari uchun javobgarlik nazarda tutilgan boʻlsa, soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qoʻshimchada qayd etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qoʻshimcha soliq nazoratining qoʻshimcha tadbirlarini oʻtkazgan soliq organining mansabdor shaxslari tomonidan bunday tadbirlar tugagan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida tuzilishi va imzolanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qoʻshimcha soliq nazoratining qoʻshimcha tadbirlari natijasida olingan materiallar ilova qilingan holda ushbu qoʻshimcha tuzilgan sanadan eʼtiboran uch kun ichida oʻziga nisbatan tekshiruv oʻtkazilgan shaxsga (uning vakiliga) imzo qoʻydirib berilishi yoki u olingan sana toʻgʻrisida dalolat beruvchi boshqa usulda topshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar oʻziga nisbatan tekshiruv oʻtkazilgan shaxs (uning vakili) soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qoʻshimchani olishdan bosh tortsa, bunday fakt tekshiruv dalolatnomasiga doir qoʻshimchada aks ettiriladi. Bunday holda soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qoʻshimcha tashkilotning (alohida boʻlinmaning) joylashgan yeri yoki jismoniy shaxsning yashash joyi boʻyicha pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi va buyurtma xat yuborilgan sanadan eʼtiboran beshinchi kunda qabul qilingan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻziga nisbatan soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilgan shaxs (uning vakili) soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qoʻshimcha olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida tekshiruv dalolatnomasiga doir bunday qoʻshimcha boʻyicha umuman yoki uning alohida qoidalari yuzasidan yozma eʼtirozlarini taqdim etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
159-modda. Soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qaror qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi materiallarini ushbu Kodeksning 158-moddasida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqish natijalari boʻyicha soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) quyidagilarni nazarda tutuvchi qarorni (bundan buyon matnda soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qaror deb yuritiladi) qabul qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarorda sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik holatlari mazkur holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa maʼlumotlarga, oʻziga nisbatan tekshiruv oʻtkazilgan shaxs tomonidan oʻz himoyasi uchun keltiriladigan vajlarga hamda ushbu vajlarni tekshirish natijalariga havola qilgan holda, oʻtkazilgan soliq tekshiruvida qanday belgilangan boʻlsa, shunday bayon etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarorda ushbu Kodeksning shu huquqbuzarliklarni nazarda tutuvchi moddalari va qoʻllaniladigan javobgarlik choralari koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqlarni qoʻshib hisoblashni nazarda tutuvchi qarorda, agar soliqlarga oid qarzdorlik tekshiruv jarayonida aniqlangan boʻlsa, soliqlarga oid aniqlangan ushbu qarzdorlik miqdori va tegishli penyalar summasi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortishni rad etishni nazarda tutuvchi qarorda bunday rad etish uchun asos boʻlgan holatlar bayon etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qarorda oʻziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxs ushbu qaror ustidan qaysi muddat ichida shikoyat qilishga haqli boʻlsa, oʻsha muddat va qaror ustidan yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat qilish tartibi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq auditi jarayonida soliq organining qarori asosida ortiqcha qaytarilgan soliq summasi aniqlangan boʻlsa, soliqlar summalarini qoʻshib hisoblash toʻgʻrisidagi qarorda mazkur summa ushbu soliq boʻyicha soliq qarzi deb eʼtirof etiladi. Ushbu soliq summasi soliq toʻlovchiga qaytarilgan taqdirda, u mablagʻlarni haqiqatda olgan kundan eʼtiboran, soliq summasi hisobga oʻtkazishga qabul qilingan taqdirda esa — ushbu soliq summasi hisobga olishga qabul qilingan kundan eʼtiboran ushbu summa soliq qarzi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qaror qabul qilinganidan keyin soliq organining rahbari (rahbari oʻrinbosari) ushbu Kodeksning 161-moddasida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda ushbu qarorning ijrosi uchun taʼminlash choralarini koʻrishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
160-modda. Soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qarorning kuchga kirishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha ushbu Kodeksning 159-moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul qilingan qaror oʻziga nisbatan ushbu qaror qabul qilingan shaxsga (shaxsning vakiliga) berilgan kundan eʼtiboran bir oy oʻtgach kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qaror u qabul qilingan kundan eʼtiboran ikki kun ichida oʻziga nisbatan ushbu qaror qabul qilingan shaxsga (uning vakiliga) imzo qoʻydirib berilishi yoki olingan sana toʻgʻrisida dalolat beruvchi boshqa usul orqali topshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar qarorni berish yoki u olingan sana toʻgʻrisida dalolat beruvchi boshqa usulda topshirish imkoni boʻlmasa, u yuridik shaxsning (alohida boʻlinmaning) joylashgan yeri yoki jismoniy shaxsning yashash joyi boʻyicha pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi. Qaror pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilganda buyurtma xat yuborilgan kundan eʼtiboran beshinchi kun u berilgan sana deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organining qarori ustidan shikoyat berilgan taqdirda, mazkur qaror ushbu Kodeksning 163-moddasida nazarda tutilgan tartibda kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻziga nisbatan tegishli qaror chiqarilgan shaxs qaror kuchga kirguniga qadar uni toʻliq yoki qisman ijro etishga haqli. Bunda shikoyatning berilishi shaxsni kuchga kirmagan qarorni toʻliq yoki qisman ijro etish huquqidan mahrum etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
161-modda. Taʼminlash choralari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qaror qabul qilinganidan soʻng soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) mazkur qarorni ijro etish imkonini taʼminlashga qaratilgan choralarni (taʼminlash choralarini) koʻrishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu choralarni koʻrmaslik keyinchalik ushbu qarorning ijrosini va (yoki) soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan soliq qarzini undirishni qiyinlashtirishi mumkin yoxud undirishni imkonsiz qilib qoʻyadi deb taxmin qilish uchun yetarlicha asoslar boʻlsa, taʼminlash choralari koʻriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼminlash choralarini koʻrish uchun soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) tegishli qaror qabul qiladi. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi va soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror ijro etiladigan va (yoki) soliqlar qoʻshib hisoblanadigan kunga qadar yoxud yuqori turuvchi soliq organi yoki sud tomonidan qabul qilingan qaror bekor qilingan kunga qadar amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) ushbu moddaning oʻn birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda taʼminlash choralarini bekor qilish yoki ularni almashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼminlash choralarini bekor qilish (almashtirish) toʻgʻrisidagi qaror u chiqarilgan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organining roziligisiz mol-mulkni boshqa shaxsning ixtiyoriga oʻtkazishga (garovga qoʻyishga) doir taqiq va ushbu Kodeksning 111-moddasida belgilangan tartibda bankdagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish taʼminlash choralari boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa shaxsning ixtiyoriga oʻtkazishga (garovga qoʻyishga) doir taqiq izchillik bilan quyidagilarga nisbatan amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) koʻchmas mol-mulkka, shu jumladan mahsulotlarni ishlab chiqarishda (xizmatlarni koʻrsatishda) ishtirok etmaydigan mol-mulkka;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) transport vositalariga, qimmatli qogʻozlarga, xizmat xonalarining dizayn buyumlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) tayyor mahsulot, xom ashyo va materiallardan tashqari boshqa mol-mulkka;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) tayyor mahsulotga, xom ashyo va materiallarga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi guruhlardagi mol-mulkning qiymati soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qaror asosida toʻlanishi lozim boʻlgan soliq qarzining umumiy summasidan kam boʻlgan taqdirda, har bir navbatdagi guruhning mol-mulkini boshqa shaxs ixtiyoriga oʻtkazishga (garovga qoʻyishga) doir taqiq qoʻllaniladi. Bunda mol-mulkning qiymati buxgalteriya hisobi maʼlumotlari boʻyicha belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bankdagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish boʻyicha taʼminlash choralari tartibida faqat mol-mulkni boshqa shaxs ixtiyoriga oʻtkazishga (garovga qoʻyishga) doir taqiq qoʻyilganidan keyin va faqat agar bunday mol-mulkning jami qiymati soliq qarzining umumiy summasidan kam boʻlsa, qoʻllanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bankdagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qarorda koʻrsatilgan soliq qarzining umumiy summasi bilan boshqa shaxs ixtiyoriga oʻtkazish (garovga qoʻyish) mumkin boʻlmagan mol-mulk qiymati oʻrtasidagi farqqa nisbatan yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻziga nisbatan taʼminlash choralarini koʻrish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan shaxsning iltimosiga koʻra soliq organi ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan taʼminlash choralarini:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) bankning javobgarlikka tortish va (yoki) soliqlarni qoʻshib hisoblash toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan soliq qarzi summasini oʻziga nisbatan shunday qaror chiqarilgan shaxs ushbu summalarni toʻlamagan taqdirda soliq organi tomonidan belgilangan muddatda toʻlashga roziligini tasdiqlovchi bank kafolatiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada boʻlgan qimmatli qogʻozlarni garovga qoʻyishga yoki ushbu Kodeksning 107-moddasida nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirilgan boshqa mol-mulkni garovga qoʻyishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi tomonidan soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qaror asosida budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan summaga doir amaldagi bank kafolati taqdim etilgan taqdirda, soliq organi bu soliq toʻlovchiga ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan taʼminlash choralarini almashtirishni rad etishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taʼminlash choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi qarorning va ularni bekor qilish haqidagi qarorning koʻchirma nusxalari ular chiqarilgan kundan eʼtiboran besh kun ichida oʻziga nisbatan mazkur qarorlar chiqarilgan shaxsga (uning vakiliga) imzo qoʻydirib beriladi yoki olingan sana toʻgʻrisida dalolat beruvchi boshqa usulda topshiriladi. Qarorning koʻchirma nusxasi pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilganda ushbu nusxa buyurtma xat yuborilgan sanadan eʼtiboran besh kun oʻtgach olingan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
162-modda. Soliq organlari qarorlarini ijro etishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaysi qoidabuzarliklar uchun jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari maʼmuriy javobgarlikka tortilishi lozim boʻlsa, soliq organi tomonidan aniqlangan shunday qoidabuzarliklar yuzasidan soliq organining sayyor soliq tekshiruvini yoki soliq auditini oʻtkazgan vakolatli mansabdor shaxsi oʻz vakolatlari doirasida maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish hamda ularni sodir etganlikda aybdor boʻlgan jismoniy shaxslarga va yuridik shaxslarning mansabdor shaxslariga nisbatan maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq organi jismoniy shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganidan keyin materiallarni prokuratura organlariga yuborgan boʻlsa, ushbu soliq organi shu jismoniy shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosini toʻxtatib turishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Materiallarni prokuratura organlariga yuborish bilan bir vaqtning oʻzida ushbu jismoniy shaxsdan soliq qarzini undirish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosi toʻxtatib turiladi. Bunday toʻxtatib turish soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) qarori bilan materiallar prokuratura organlariga yuborilgan kundan keyingi kundan kechiktirmay amalga oshiriladi. Bunda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan soliq qarzini undirish muddatlarining oʻtishi ushbu soliq qarzini undirish toʻgʻrisidagi qarorning ijrosini toʻxtatib turish davriga toʻxtatib turiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar prokuratura organlariga yuborilgan materiallar boʻyicha jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi qaror chiqariladigan boʻlsa, soliq organining toʻxtatib turilgan qarorlarining amal qilishi qayta tiklanadi. Qarorning amal qilishini qayta tiklash soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) qarori bilan prokuratura organlaridan ushbu faktlar toʻgʻrisida bildirishnoma olingan kundan keyingi kundan kechiktirmay amalga oshiriladi. Agar tegishli jinoyat ishi boʻyicha oqlov hukmi chiqariladigan boʻlsa, xuddi shunday qoida qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar jismoniy shaxsning uni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish uchun asos boʻlib xizmat qilgan harakatlari (harakatsizligi) ushbu jismoniy shaxsga nisbatan ayblov hukmini chiqarish uchun asos boʻlgan boʻlsa, soliq organi qabul qilingan qarorni ushbu jismoniy shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish qismi boʻyicha bekor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlaridan materiallar olgan prokuratura organlari soliq organlariga tegishli qaror qabul qilingan kundan keyingi kundan kechiktirmay ularni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bildirishnomalarni yuborishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada koʻrsatilgan soliq organi qarorlarining koʻchirma nusxalari tegishli qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran besh kun ichida soliq organi tomonidan oʻziga nisbatan tegishli qaror chiqarilgan shaxsga (uning vakiliga) topshiriladi (yuboriladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning qoidalari soliq toʻlovchilar, yigʻimlarni toʻlovchilar va (yoki) soliq agentlari boʻlgan jismoniy shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
163-modda. Shikoyat qilinganda soliq organlari qarorlarini ijro etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qabul qilingan soliq organining qarori ustidan shikoyat qilinganda, bunday qaror yuqori turuvchi soliq organi tomonidan bekor qilinmagan va ustidan shikoyat qilinmagan qismi boʻyicha shikoyat yuzasidan yuqori turuvchi soliq organi tomonidan qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar shikoyatni koʻrib chiqadigan yuqori turuvchi soliq organi quyi soliq organining qarorini bekor qilsa va yangi qaror qabul qilsa, yuqori turuvchi soliq organining bunday qarori u qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yuqori turuvchi soliq organi shikoyatni koʻrib chiqmasdan qoldirsa, quyi soliq organining qarori yuqori turuvchi soliq organi tomonidan ushbu shikoyatni koʻrib chiqmasdan qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran, lekin mazkur shikoyatni berish muddati tugamasdan kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
164-modda. Soliq organlarining qarorlarini ijro etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qaror u kuchga kirgan kundan eʼtiboran ijro etilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli qarorni ijroga qaratish ushbu qarorni qabul qilgan soliq organining zimmasiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyat yuqori turuvchi soliq organi tomonidan koʻrib chiqilgan taqdirda, ushbu yuqori turuvchi soliq organining kuchga kirgan qarori yuqori turuvchi soliq organining qarori kuchga kirgan kundan eʼtiboran uch kun ichida dastlabki qaror qabul qilgan soliq organiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
165-modda. Soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ish yuritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining ushbu Kodeks 157-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan buzilishlari toʻgʻrisida dalolat beruvchi faktlar aniqlangan taqdirda, soliq organining soliqqa oid huquqbuzarlik faktini aniqlagan mansabdor shaxsi ushbu mansabdor shaxs va huquqbuzarlik sodir etgan shaxs tomonidan imzolanishi lozim boʻlgan dalolatnomani tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalolatnoma belgilangan shaklda soliqqa oid huquqbuzarlik aniqlangan kundan eʼtiboran oʻn kun davomida tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalolatnomada soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishlarining hujjatlar bilan tasdiqlangan faktlari, shuningdek ushbu faktlarni aniqlagan mansabdor shaxsning aniqlangan qoidabuzarlikni bartaraf etishga doir xulosa va takliflari koʻrsatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalolatnomaning shaklini va uni tuzishga doir talablarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalolatnoma soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga imzo qoʻydirib beriladi yoki u olingan sana toʻgʻrisida dalolat beruvchi boshqa usulda topshiriladi. Agar mazkur shaxs dalolatnomani olishdan bosh tortsa, soliq organining mansabdor shaxsi dalolatnomaga tegishli belgi qoʻyadi. Bunday holda dalolatnoma ushbu shaxsga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi. Mazkur dalolatnoma buyurtma xat bilan yuborilgan sanadan boshlab hisoblaganda beshinchi kun u topshirilgan sana deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxs dalolatnomada bayon etilgan holatlarga va (yoki) soliqqa oid huquqbuzarlikni aniqlagan mansabdor shaxsning xulosalari hamda takliflariga rozi boʻlmagan taqdirda, dalolatnoma olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida dalolatnoma boʻyicha umuman yoki uning ayrim qoidalari yuzasidan yozma eʼtirozlarini tegishli soliq organiga taqdim etishga haqlidir. Bunda mazkur shaxs eʼtirozlarining asoslanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (ularning tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini) yozma eʼtirozlariga ilova qilishga yoki kelishilgan muddatda soliq organiga topshirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning oltinchi qismida koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishlari faktlari qayd etilgan dalolatnomani, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va materiallarni koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalolatnoma javobgarlikka tortilayotgan shaxs yoki uning vakili ishtirokida koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organi tekshiruv dalolatnomasi koʻrib chiqiladigan sana, vaqt va joy toʻgʻrisida soliq toʻlovchini koʻrib chiqish boshlanadigan kunga qadar kamida ikki ish kuni oldin xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq toʻlovchi soliq organini uzrli sabablarga koʻra dalolatnomaning koʻrib chiqilishiga kelolmasligi toʻgʻrisida xabardor qilgan boʻlsa, soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) dalolatnomaning koʻrib chiqilishini koʻpi bilan uch kun muddatga qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qilib, soliq toʻlovchi bu haqda xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilayotgan, tegishli tarzda xabardor qilingan shaxsning yoki uning vakilining kelmaganligi soliq organi rahbarini (rahbar oʻrinbosarini) dalolatnomani ushbu shaxsning yoʻqligida koʻrib chiqish imkonidan mahrum etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalolatnomani koʻrib chiqish chogʻida tuzilgan dalolatnoma, soliq nazorati tadbirlarining boshqa materiallari, shuningdek soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilayotgan shaxsning yozma eʼtirozlari oʻqib eshittirilishi mumkin. Yozma eʼtirozlarning mavjud emasligi ushbu shaxsni dalolatnomani koʻrib chiqish bosqichida oʻz tushuntirishlarini berish huquqidan mahrum etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalolatnoma koʻrib chiqilayotganda javobgarlikka tortilayotgan shaxsning tushuntirishlari eshitiladi, boshqa dalillar oʻrganib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks talablarini buzgan holda olingan dalillardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Javobgarlikka tortilayotgan shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (axborot), hatto ular soliq organiga ushbu Kodeksda belgilangan muddatlarni buzgan holda taqdim etilgan boʻlsa ham koʻrib chiqilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalolatnomani koʻrib chiqish chogʻida bayonnoma yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalolatnomani va soliq nazorati tadbirlarining boshqa materiallarini koʻrib chiqish jarayonida, zarur boʻlgan taqdirda, ushbu koʻrib chiqishda ishtirok etish uchun guvohni, ekspertni, mutaxassisni jalb etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dalolatnomani va boshqa materiallarni koʻrib chiqish davomida soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) oʻziga nisbatan dalolatnoma tuzilgan shaxs soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishlarini sodir etgan-etmaganligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) aniqlangan qoidabuzarliklar ushbu Kodeksdagi soliqqa oid huquqbuzarliklar tarkibini tashkil etish-etmasligini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) oʻziga nisbatan dalolatnoma tuzilgan shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish uchun asoslar mavjud-mavjud emasligini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqqa oid huquqbuzarlik alomati mavjud boʻlgan taqdirda soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikdagi aybini istisno etuvchi holatlarni yoxud soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikni yumshatuvchi yoki ogʻirlashtiruvchi holatlarni aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
166-modda. Soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi materiallar boʻyicha qaror qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) dalolatnomani hamda unga ilova qilingan hujjatlar va materiallarni ushbu Kodeksning 165-moddasida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqish natijalariga koʻra quyidagilarni nazarda tutuvchi qarorni qabul qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) soliqlar va penyalarni qoʻshib hisoblashni yoki buni rad etishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soliq toʻlovchini soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortishni yoki buni rad etishni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan qaror dalolatnoma koʻrib chiqilganidan keyin besh kun ichida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarorda sodir etilgan huquqbuzarlik holatlari bayon etiladi, mazkur holatlarni, javobgarlikka tortilayotgan shaxs tomonidan oʻz himoyasi uchun keltirilayotgan vajlarni tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa maʼlumotlar hamda ushbu vajlarni tekshirish natijalari koʻrsatiladi. Shuningdek qarorda ushbu Kodeksning shu qoidabuzarliklarni nazarda tutuvchi moddalari va qoʻllaniladigan javobgarlik choralari koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarorda oʻziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxs shu qaror ustidan qaysi muddat ichida shikoyat qilishga haqli boʻlsa, oʻsha muddat va qaror ustidan yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat qilish tartibi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining qaysi aniqlangan buzilishlari uchun shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortilishi lozim boʻlsa, oʻsha qoidabuzarliklar boʻyicha soliq organining vakolatli mansabdor shaxsi maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi. Ushbu huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va ularni sodir etganlikda aybdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy jazoni qoʻllash soliq organlari tomonidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
167-modda. Moliyaviy sanksiyani undirish toʻgʻrisidagi ariza
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan jismoniy shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilganidan keyin tegishli soliq organi mazkur shaxsga nisbatan ushbu Kodeksda belgilangan moliyaviy sanksiya qoʻllash haqidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi. Moliyaviy sanksiyalarni undirishning suddan tashqari tartibiga yoʻl qoʻyilmaydigan hollarda moliyaviy sanksiya qoʻllashning xuddi shunday tartibidan foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudga murojaat qilingunga qadar soliq organi soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilayotgan shaxsga moliyaviy sanksiyaning tegishli summasini oʻz ixtiyori bilan toʻlashni yozma shaklda taklif qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur boʻlgan hollarda, soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilayotgan shaxsdan moliyaviy sanksiya undirish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtda soliq organi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda talabnomani taʼminlash haqidagi iltimosnomani sudga yuborishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
168-modda. Moliyaviy sanksiyalarni undirish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va qarorlarni ijro etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlarining yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishini nazarda tutuvchi qarorlari boʻyicha moliyaviy sanksiyalar summalarini undirish soliq organlari tomonidan ushbu Kodeksning 120 — 124-moddalarida nazarda tutilgan tartibda mustaqil tarzda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlarining arizasiga koʻra yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar undirish toʻgʻrisidagi ishlar sud tomonidan koʻrib chiqiladi. Sudlarning moliyaviy sanksiyalarni undirish toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan qarorlarini ijro etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-bob. Soliq monitoringi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
169-modda. Soliq monitoringi toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar soliq monitoringining predmetidir: soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etish, oʻziga nisbatan soliq monitoringi oʻtkazilayotgan yuridik shaxs tomonidan soliqlar va yigʻimlarni hisoblashning toʻgʻriligi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligi (oʻtkazib berilganligi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq monitoringi ushbu Kodeksga muvofiq yuridik shaxs qaysi soliqlar va yigʻimlarga nisbatan soliq toʻlovchi yoki soliq agenti boʻlsa, barcha shunday soliqlar va yigʻimlarni qamrab oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar uchun soliq monitoringi ixtiyoriydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq monitoringi soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror asosida soliq organi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs, agar uning oldingi yil uchun daromadlari yillik moliyaviy hisobot maʼlumotlariga koʻra kamida oʻn milliard soʻmni tashkil etgan boʻlsa, soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan soliq organiga murojaat qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs soliq organiga soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisida ariza taqdim etgan yildan keyingi kalendar yil soliq monitoringi oʻtkaziladigan davrdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq monitoringini oʻtkazish soliq monitoringi oʻtkaziladigan yilning 1-yanvaridan boshlanadi va soliq monitoringi oʻtkazilgan davrdan keyingi yilning 1-iyulida tugallanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
170-modda. Axborotga doir hamkorlik reglamenti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq monitoringida ishtirok etuvchi yuridik shaxs va soliq organi oʻrtasidagi axborotga doir hamkorlik reglament asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborotga doir hamkorlik reglamentida soliqlar hamda yigʻimlarni hisoblab chiqarish va toʻlash (ushlab qolish va oʻtkazib berish) uchun asos boʻlib xizmat qiluvchi hujjatlarni (axborotni) soliq organiga elektron shaklda taqdim etish tartibi va (yoki) koʻrsatilgan hujjatlar (axborot) mavjud boʻlgan yuridik shaxsning axborot tizimlariga kirish tartibi aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs axborotga doir hamkorlik tartibini mustaqil ravishda tanlashga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs axborotga doir hamkorlik reglamentida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) buxgalteriya (soliq) hisobi registrlarida daromad va xarajatlar, soliq solish obyektlarini aks ettirish tartibini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soliq hisobining tahliliy registrlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) soliqlar va yigʻimlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilganligi (ushlab qolinganligi), toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligi (oʻtkazib berilganligi) ustidan ichki nazorat tizimi toʻgʻrisidagi axborotni koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ichki nazorat tizimi toʻgʻrisidagi axborot bunday tizim mavjud boʻlgan taqdirda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborotga doir hamkorlik reglamentining shaklini va unga doir talablarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
171-modda. Soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza soliq monitoringi oʻtkaziladigan davrdan oldingi yilning 1-iyulidan kechiktirmay hisobga olish joyidagi soliq organiga yuridik shaxs tomonidan taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizaning shaklini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan birga quyidagilar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) belgilangan shakl boʻyicha axborotga doir hamkorlik reglamenti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisida ariza taqdim etgan yuridik shaxsda bevosita va (yoki) bilvosita ishtirok etadigan hamda bunday ishtirok ulushi 25 foizni tashkil etadigan jismoniy va yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi axborot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) soliq solish maqsadi uchun amaldagi hisob siyosati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisida ariza taqdim etgan yuridik shaxs soliq organi tomonidan soliq monitoringini oʻtkazish yoki uni oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinguniga qadar chaqirib olish haqidagi yozma ariza asosida uni chaqirib olishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza chaqirib olingan taqdirda berilgan deb hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizani va ushbu moddaning uchinchi qismiga muvofiq yuridik shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni (axborotni) koʻrib chiqish natijalari boʻyicha soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) ariza berilgan yilning 1-noyabriga qadar quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soliq monitoringini oʻtkazishni rad etish haqidagi qarorni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq monitoringini oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror asoslantirilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq monitoringini oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun quyidagilar asosdir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu moddaning uchinchi qismiga muvofiq hujjatlarni (axborotni) taqdim etmaslik yoki toʻliq hajmda taqdim etmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ushbu Kodeksning 169-moddasi beshinchi qismida nazarda tutilgan shartlarga rioya etmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) axborotga doir hamkorlik reglamentining belgilangan shakl va talablarga nomuvofiqligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq monitoringini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror (soliq monitoringini oʻtkazishni rad etish haqidagi qaror) qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida arizachiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
172-modda. Soliq monitoringini muddatidan oldin tugatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq monitoringi quyidagi hollarda muddatidan oldin tugatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) axborotga doir hamkorlik reglamenti yuridik shaxs tomonidan ijro etilmaganda, agar bunday ijro etmaslik soliq monitoringini oʻtkazish uchun toʻsiq boʻlgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soliq organi tomonidan soliq monitoringini oʻtkazish chogʻida yuridik shaxs tomonidan ishonchli boʻlmagan axborot taqdim etilganligi fakti aniqlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) soliq monitoringini oʻtkazish jarayonida ushbu Kodeksning 173-moddasida nazarda tutilgan tartibda hujjatlar (axborot), tushuntirishlar soliq organiga muntazam ravishda (ikki marta va undan ortiq) taqdim etilmaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organi ushbu moddaning 1-bandida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida, lekin soliq monitoringi oʻtkazilayotgan davrdan keyingi yilning 1-iyunidan kechiktirmay yuridik shaxsni soliq monitoringini muddatidan oldin tugatish toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
173-modda. Soliq monitoringini oʻtkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq monitoringi soliq organining vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan oʻz xizmat majburiyatlariga muvofiq soliq organi joylashgan yer boʻyicha oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq monitoringini oʻtkazish chogʻida taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlar oʻrtasida ziddiyatlar yoki yuridik shaxs tomonidan taqdim etilgan hamda soliq organida mavjud boʻlgan maʼlumotlar oʻrtasida nomuvofiqliklar aniqlansa, soliq organi bu haqda zarur tushuntirishlar berish yoki tegishli tuzatishlar kiritish talabi bilan yuridik shaxsga xabar qiladi. Bunday tushuntirishlar yuridik shaxs tomonidan talabnoma olingan kundan eʼtiboran besh kun ichida taqdim etiladi, tuzatishlar esa oʻn kun davomida kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar taqdim etilgan tushuntirishlar koʻrib chiqilganidan keyin yoki ular mavjud boʻlmagan taqdirda soliq organi soliqlar yoki yigʻimlar notoʻgʻri hisoblab chiqarilganligi (ushlab qolinganligi), toʻliq yoki oʻz vaqtida toʻlanmaganligi (oʻtkazilmaganligi) toʻgʻrisida dalolat beruvchi faktni aniqlasa, soliq organi ushbu Kodeksning 174-moddasida nazarda tutilgan tartibda asoslantirilgan fikrini tuzishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq monitoringi oʻtkazilayotganda soliq organi soliqlar va yigʻimlar toʻgʻri hisoblab chiqarilganligi (ushlab qolinganligi), toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligi (oʻtkazilganligi) bilan bogʻliq boʻlgan zarur hujjatlarni (axborotni), tushuntirishlarni yuridik shaxsdan talab qilib olishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talab qilinadigan hujjatlar (axborot) va tushuntirishlar soliq organiga shaxsan yoki vakil orqali taqdim etilishi, pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilishi, telekommunikatsiya aloqa kanallari orqali, soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali elektron shaklda topshirilishi yoki axborotga doir hamkorlik reglamentida nazarda tutilgan tartibda berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlarni qogʻoz shaklida taqdim etish yuridik shaxs tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxalar shaklida amalga oshiriladi. Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq organiga (mansabdor shaxsga) taqdim etiladigan hujjatlarning koʻchirma nusxalarini notarial tarzda tasdiqlashni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organining talabiga koʻra telekommunikatsiya aloqa kanallari orqali elektron shaklda hujjatlar taqdim etish toʻgʻrisidagi talabnomani yuborish va hujjatlarni taqdim etish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi belgilaydi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-noyabrdagi 736-son qarori bilan tasdiqlangan Soliq monitoringini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bobi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq monitoringini oʻtkazishda ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq talab qilingan hujjatlar (axborot) va tushuntirishlar yuridik shaxs tomonidan tegishli talabnoma olingan kundan eʼtiboran besh kun ichida taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar talabnomani belgilangan muddatda ijro etish imkoni boʻlmasa, yuridik shaxs talabnoma olingan kundan keyingi kun davomida soliq organining soliq monitoringini oʻtkazuvchi mansabdor shaxslarini uni ijro etish imkoni yoʻqligi toʻgʻrisida sabablarini hamda u talab etilayotgan hujjatlarni (axborotni) va tushuntirishlarni qaysi muddatlar ichida taqdim etishi mumkin boʻlsa, oʻsha muddatlarni koʻrsatgan holda yozma ravishda xabardor qiladi. Soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) mazkur bildirishnoma asosida u olingan kundan eʼtiboran ikki kun ichida hujjatlarni (axborotni) va tushuntirishlarni taqdim etish muddatlarini uzaytirishga yoki muddatlarni uzaytirishni rad etishga haqli boʻlib, bu haqda alohida qaror chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq monitoringini oʻtkazish davomida soliq organi yuridik shaxs tomonidan ilgari soliq organiga tasdiqlangan koʻchirma nusxalar koʻrinishida taqdim etilgan hujjatlarni talab qilishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
174-modda. Soliq organining asoslantirilgan fikri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organining asoslantirilgan fikri soliq organining soliqlar va yigʻimlar toʻgʻri hisoblab chiqarilganligi (ushlab qolinganligi), toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligi (oʻtkazilganligi) masalalariga doir nuqtai nazarini ifodalaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organi soliq monitoringini oʻtkazish chogʻida oʻz tashabbusiga koʻra yoki yuridik shaxsning soʻroviga binoan asoslantirilgan fikr tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asoslantirilgan fikr soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) imzosi bilan yuridik shaxsga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organining asoslantirilgan fikrining shaklini va uni tuzishga doir talablarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq monitoringi oʻtkazilayotganda yuridik shaxs tomonidan soliqlar va yigʻimlar notoʻgʻri hisoblab chiqarilganligi (ushlab qolinganligi), toʻliq yoki oʻz vaqtida toʻlanmaganligi (oʻtkazilmaganligi) toʻgʻrisida dalolat beruvchi fakt aniqlangan boʻlsa, soliq organining asoslantirilgan fikri tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organining asoslantirilgan fikri tuzilgan kundan eʼtiboran besh kun ichida yuridik shaxsga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organining asoslantirilgan fikri soliq monitoringini oʻtkazish muddati tugaguniga qadar kamida uch oy oldin tuzilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asoslantirilgan fikr taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrov yuridik shaxs tomonidan xoʻjalik faoliyatining sodir etilgan faktlari natijalariga koʻra soliq monitoringi oʻtkaziladigan davr uchun soliqlar va yigʻimlar toʻgʻri hisoblab chiqarilganligiga (ushlab qolinganligiga), toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanganligiga (oʻtkazilganligiga) nisbatan shubhalar mavjud boʻlganda yoki ushbu masalalar yuzasidan noaniqliklar boʻlgan taqdirda soliq organiga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asoslantirilgan fikr taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrovda yuridik shaxsning mazkur masalalarga doir nuqtai nazari bayon etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asoslantirilgan fikr taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrov soliq monitoringi davridan keyingi yilning 1-iyunidan kechiktirmay yuborilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxsning soʻrovi boʻyicha soliq organining asoslantirilgan fikri ushbu yuridik shaxsga mazkur soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida yuborilishi kerak. Bu muddat soliq organi tomonidan ushbu yuridik shaxsdan yoki boshqa shaxslardan asoslantirilgan fikrni tayyorlash uchun zarur boʻlgan hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish uchun bir oyga uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organi asoslantirilgan fikrni yuborish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida yuridik shaxsga yozma shaklda xabar qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs soliq organining asoslantirilgan fikriga roziligi toʻgʻrisida shu asoslantirilgan fikrni tuzgan soliq organini mazkur asoslantirilgan fikr bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (ular mavjud boʻlgan taqdirda) ilova qilgan holda asoslantirilgan fikr olingan kundan eʼtiboran bir oy ichida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs asoslantirilgan fikrni soliq organining buxgalteriya (soliq) hisobidagi va soliq hisobotidagi asoslantirilgan fikrda bayon etilgan nuqtai nazarini eʼtiborga olish orqali, aniqlashtirilgan soliq hisobotini berish orqali yoki boshqa usulda bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs soliq organining asoslantirilgan fikriga rozi boʻlmagan taqdirda, u olingan kundan eʼtiboran bir oy ichida soliq organiga oʻz eʼtirozlarini taqdim etadi. Mazkur eʼtirozlarni olgan soliq organi ular olingan kundan eʼtiboran uch kun ichida bu eʼtirozlarni oʻzida mavjud boʻlgan barcha materiallar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga oʻzaro kelishuv tartib-taomili tashabbusi bilan chiqish uchun yuborishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organi soliq monitoringi tugagan sanadan eʼtiboran ikki oydan kechiktirmay yuridik shaxsni soliq monitoringini oʻtkazish jarayonida ushbu yuridik shaxsga yuborilgan, bajarilmagan asoslantirilgan fikrlar mavjudligi (mavjud emasligi) toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
175-modda. Oʻzaro kelishuv tartib-taomili
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu Kodeksning 174-moddasi oʻn beshinchi qismiga muvofiq soliq organi tomonidan taqdim etilgan eʼtirozlar va materiallar olinganidan keyin oʻzaro kelishuv tartib-taomilini oʻtkazish tashabbusi bilan chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzaro kelishuv tartib-taomili asoslantirilgan fikrni tuzgan soliq organi va eʼtirozlarni taqdim etgan yuridik shaxs (uning vakili) ishtirokida, soliq organi tomonidan taqdim etilgan eʼtirozlar va boshqa materiallar olingan kundan eʼtiboran bir oy ichida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi rahbari (rahbarining oʻrinbosari) tomonidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzaro kelishuv tartib-taomili natijalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi asoslantirilgan fikr oʻzgartirilganligi yoki oʻzgarishsiz qoldirilganligi toʻgʻrisida yuridik shaxsni xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asoslantirilgan fikrni oʻzgartirish yoki oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisidagi bildirishnomani Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi rahbari (rahbarining oʻrinbosari) imzolaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bildirishnoma u tuzilgan kundan eʼtiboran uch kun ichida yuridik shaxsga beriladi yoki yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asoslantirilgan fikrni oʻzgartirish yoki uni oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisidagi bildirishnoma olingan kundan eʼtiboran bir oy ichida yuridik shaxs asoslantirilgan fikrni tuzgan soliq organini asoslantirilgan fikrga rozi ekanligi (rozi emasligi) haqida mazkur asoslantirilgan fikr bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (ular mavjud boʻlgan taqdirda) ilova qilgan holda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI BOʻLIM. TRANSFERT NARXNI BELGILASHDA SOLIQ NAZORATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-bob. Transfert narxni belgilashda narxlar va soliq solish toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
176-modda. Transfert narxni belgilash toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzaro aloqador taraflar oʻrtasidagi bitimlarda shakllanadigan va (yoki) mustaqil shaxslar oʻrtasida bitimlar tuzilayotganda taqqoslanadigan iqtisodiy sharoitlarda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan xolis tarzda shakllanadigan narxdan farq qiladigan narx ushbu Kodeks maqsadida transfert narx deb tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzaro aloqador taraflar faoliyatining mustaqil shaxslar tomonidan taqqoslanadigan iqtisodiy sharoitlarda olinishi mumkin boʻlgan sharoitlar va natijalardan farq qiladigan tijoratga oid va (yoki) moliyaviy sharoitlar va (yoki) natijalar ushbu Kodeksning maqsadida transfert narxni belgilash deb tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitimning taraflaridan biri tomonidan olinishi mumkin boʻlgan, lekin transfert narxni belgilash natijasida taraf olmagan har qanday daromadlar soliq solish maqsadida ushbu boʻlimda belgilangan hollarda va tartibda bitimning shu tarafida hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu boʻlimda belgilangan hollarda va tartibda tashqi savdo faoliyati ishtirokchilarining daromadlari soliq solish maqsadida bitim narxining bitim predmeti boʻlgan tovarlarga (xizmatlarga) doir bozor narxidan farq qilishiga sabab boʻlgan toʻliq olinmagan daromadlar summasiga koʻpaytirilishi mumkin. Bunda shunday bitimlar ishtirokchilari oʻzaro aloqador yoki mustaqil shaxslar ekanligi eʼtiborga olinmaydi. Xuddi shunday qoidalar ushbu boʻlimda belgilangan hollarda va tartibda ishtirokchilari Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari boʻlgan bitimlarda qoʻllanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solish maqsadida daromadlarni hisobga olish budjet tizimiga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasining kamayishiga yoki ushbu Kodeksning Maxsus qismiga muvofiq aniqlanadigan zarar summasining koʻpayishiga olib kelmagan taqdirda, bunday hisobga olish ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan daromadlarni aniqlash ushbu boʻlimda belgilangan usullarni qoʻllagan holda transfert narxni belgilash chogʻida soliq nazorati doirasida, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur qoida soliq toʻlovchining bitimning haqiqiy narxi oʻrniga soliq summasini hisoblab chiqarish chogʻida bitimning bozor narxini soliq solish maqsadida mustaqil ravishda qoʻllash huquqini, agar bu narx haqiqiy narxdan farq qilsa va ushbu moddaning beshinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, cheklamaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi transfert narxni belgilashda soliq nazorati doirasida, ushbu boʻlimda nazarda tutilgan tartibda quyidagi soliqlarning toʻliq hisoblab chiqarilishi va toʻlanishini tekshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) foyda soligʻini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) qoʻshilgan qiymat soligʻini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) aksiz soligʻini.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqqa oid qismi boʻyicha transfert narxni belgilash chogʻidagi soliq nazorati, agar bitimning taraflaridan biri mazkur soliqni soliq toʻlovchisi boʻlsa hamda qazib olinishi chogʻida soliq solish advalor soliq stavkasi boʻyicha amalga oshiriladigan foydali qazilma bitimning predmeti boʻlsa, amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻiga oid qismi boʻyicha transfert narxni belgilash chogʻidagi soliq nazorati, agar bitimning taraflaridan biri tegishli soliq toʻlovchisi boʻlmagan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor boʻlsa, amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transfert narxni belgilash chogʻidagi soliq nazorati maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarining bunday ishtirokchi boʻlmagan shaxslar bilan tuzilgan bitimlariga nisbatan ham amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transfert narxni belgilashda soliq nazorati natijasida ushbu moddaning yettinchi — oʻninchi qismlarida koʻrsatilgan soliq summalari kamaytirilganligi yoki zararning summasi koʻpaytirilganligi aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tegishli soliq bazasiga va (yoki) soliq summasiga tuzatishlar kiritishni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
177-modda. Soliq toʻlovchi tomonidan soliq bazasiga mustaqil ravishda tuzatish kiritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar transfert narxning belgilanishi ushbu Kodeksning 176-moddasi yettinchi qismida koʻrsatilgan bir yoki bir nechta soliqning (boʻnak va joriy toʻlovining) summalari kamaytirilishiga yoki zarar summasining koʻpaytirilishiga olib kelgan boʻlsa, soliq toʻlovchi soliq bazasiga va (yoki) tegishli soliqlarning (zararning) summasiga mustaqil ravishda tuzatishlar kiritishni amalga oshirishga haqli. Bunday tuzatish kiritish summalariga tuzatish kiritilishi lozim boʻlgan soliqlar boʻyicha soliq davrini (soliq davrlarini) oʻz ichiga oluvchi kalendar yil oʻtgach amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi qaysi bitimga nisbatan soliq bazasiga va (yoki) soliq summasiga mustaqil ravishda tuzatish kiritgan boʻlsa, oʻsha bitimni identifikatsiya qilish imkonini beradigan maʼlumotlar tegishli aniqlashtirilgan soliq hisobotiga ilova qilinadigan tushuntirishlarda koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tuzatishlar kiritish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yuridik shaxslar tomonidan — foyda soligʻi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish uchun belgilangan muddatlarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) jismoniy shaxslar tomonidan — jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisida deklaratsiyani topshirish muddatlarida amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning uchinchi qismiga muvofiq amalga oshirilgan tuzatish kiritish natijalariga koʻra soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil ravishda aniqlangan toʻlanmagan soliqlar summasi tegishli soliq davri uchun foyda soligʻini (jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini) toʻlash sanasidan kechiktirilmagan muddatda toʻlanishi kerak. Bunda taqdim etilgan aniqlashtirilgan hisobot boʻyicha soliq majburiyati yuzaga kelgan sanadan to mazkur moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan muddat tugaguniga qadar boʻlgan davr uchun toʻlanmagan soliqlar summasiga penyalar hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kalendar yil ichida tugaydigan soliq davrlarining (hisobot davrlarining) yakunlari boʻyicha soliqlarni (boʻnak va joriy toʻlovlarni) hisoblab chiqarishda soliq toʻlovchi bitimlarning haqiqiy narxlaridan foydalanishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
178-modda. Bozor narxlari toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks maqsadida, agar ushbu boʻlimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, bitimlarning narxlari, ushbu bitimlar taraflarining daromadlari va xarajatlari quyidagi hollarda bozor narxlari deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) mustaqil shaxslar oʻrtasidagi bitimlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga yoki chet davlatning qonunchiligiga muvofiq oʻtkazilgan birja savdolarining natijalariga koʻra tuzilgan bitimlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) monopoliyaga qarshi organning koʻrsatmalariga muvofiq (tartibga solinadigan narxlar qoʻllaniladigan bitimlar uchun ushbu Kodeksning 179-moddasida nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda) narxlari belgilangan bitimlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) narxlari ushbu Kodeksning 25-bobida nazarda tutilgan narxni belgilash toʻgʻrisidagi kelishuviga muvofiq belgilangan bitimlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan bitimlarda bitimning narxi, agar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan buning aksi isbotlanmagan boʻlsa yoki soliq toʻlovchi ushbu Kodeksning 177-moddasiga muvofiq soliq (zarar) summalariga mustaqil tuzatish kiritishni amalga oshirmagan boʻlsa, bozor narxi deb topiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu Kodeksning Maxsus qismida soliq solish maqsadida ayrim soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlash masalalari boʻyicha tovarning (xizmatning) narxini yoki bitim taraflarining daromadlarini (xarajatlarini) aniqlashning boshqacha qoidalari belgilangan boʻlsa, ushbu Kodeksning Maxsus qismi qoidalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
179-modda. Narxlarni tartibga solishda bozor narxi deb topishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ayrim turdagi bitimlarga nisbatan narxni belgilash, eng koʻp va (yoki) eng kam chegaraviy narxlarni belgilash vositasida narxlarni tartibga solish nazarda tutilgan boʻlsa, koʻrsatilgan turdagi bitimlardagi narxlar ushbu moddaning toʻrtinchi — yettinchi qismlarida nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda soliq solish maqsadida bozor narxlari deb topiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ayrim turdagi bitimlarga nisbatan narxga doir eng koʻp va (yoki) eng kam ustamalar yoki narxlardan chegirmalar belgilash vositasida yoxud rentabellikka yoki foydaga doir cheklovlar vositasida narxlarni tartibga solish nazarda tutilgan boʻlsa, koʻrsatilgan turdagi bitimlardagi narxlar soliq solish maqsadida ushbu moddaning sakkizinchi qismida belgilangan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda bozor narxlari deb topiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan oʻziga xos xususiyatlar, agar narxlarni tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va chet davlatlarning qonunchiligiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshirilsa, hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilangan narxlarga muvofiq boʻlgan narxlar va narxning kelishilgan formulasiga muvofiq boʻlgan narxlar bozor narxlari deb topiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eng kam chegaraviy narxni belgilashda bunday narx, agar bozor narxlari oraligʻining ushbu Kodeksning 23-bobiga muvofiq mazkur eng kam chegaraviy narx hisobga olinmagan holda aniqlangan eng kam koʻrsatkichi ushbu eng kam chegaraviy narxdan koʻp boʻlsa, bozor narxini aniqlashda hisobga olinmaydi. Aks holda, eng kam koʻrsatkichi ushbu eng kam chegaraviy narxga teng boʻlgan oraliq bozor narxlarining oraligʻi deb eʼtirof etiladi, eng koʻp koʻrsatkich esa uning ushbu Kodeksning 23-bobiga muvofiq belgilangan eng koʻp koʻrsatkichiga teng ravishda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eng koʻp chegaraviy narxni belgilash chogʻida bunday narx bozor narxini aniqlashda, agar ushbu eng koʻp chegaraviy narx bozor narxlari oraligʻining ushbu Kodeksning 23-bobiga muvofiq mazkur eng koʻp chegaraviy narx hisobga olinmagan holda aniqlangan eng koʻp koʻrsatkichidan koʻp boʻlsa, bozor narxini aniqlashda hisobga olinmaydi. Aks holda, eng koʻp koʻrsatkichi ushbu eng koʻp chegaraviy narxga teng boʻlgan oraliq bozor narxlarining oraligʻi deb eʼtirof etiladi, eng kam koʻrsatkich esa uning ushbu Kodeksning 23-bobiga muvofiq belgilangan eng kam koʻrsatkichiga teng ravishda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir vaqtning oʻzida eng kam va eng koʻp chegaraviy narxlar belgilanganda ular bozor narxlarini aniqlashda, agar bozor narxlari oraligʻining ushbu Kodeksning 24-bobiga muvofiq aniqlangan eng kam koʻrsatkichi eng kam chegaraviy narxdan koʻp boʻlsa, eng koʻp chegaraviy narx esa bozor narxlarining ushbu oraligʻining eng koʻp koʻrsatkichidan koʻp boʻlsa, bozor narxini aniqlashda hisobga olinmaydi. Aks holda, bozor narxlari oraligʻining tegishincha eng kam va (yoki) eng koʻp koʻrsatkichiga ushbu moddaning beshinchi — oltinchi qismlariga muvofiq tuzatishlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar bitim uchun narxga doir eng kam va (yoki) eng koʻp ustamalar belgilangan boʻlsa yoxud rentabellik yoki foyda miqdorlari uchun boshqa cheklovlar belgilangan boʻlsa, ushbu Kodeksning 23-bobiga muvofiq aniqlangan bozor narxlari oraliqlariga (rentabellik oraliqlariga) ushbu moddaning beshinchi — yettinchi qismlarida nazarda tutilgan xuddi shunday tartibda tuzatishlar kiritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21-bob. Nazorat qilinadigan bitimlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
180-modda. Oʻzaro aloqador shaxslar oʻrtasidagi nazorat qilinadigan bitimlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks maqsadida, ushbu moddada nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda oʻzaro aloqador shaxslar oʻrtasidagi bitimlar nazorat qilinadigan bitimlar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti boʻlgan oʻzaro aloqador shaxslar oʻrtasidagi bitim quyidagi holatlardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlganda nazorat qilinadigan bitim deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) mazkur shaxslar oʻrtasidagi bitimlar boʻyicha tegishli kalendar yildagi daromadlar summasi (bitimlar narxlarining summasi) besh milliard soʻmdan oshsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) bitimning hech boʻlmaganda bitta tarafi maxsus soliq rejimini qoʻllasa yoki maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi boʻlsa, bunda bu bitimning boshqa taraflari orasida maxsus soliq rejimlarini qoʻllamaydigan shaxs boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) bitimning hech boʻlmaganda bitta tarafi foyda soligʻini toʻlashdan ozod etilgan boʻlsa, pasaytirilgan soliq stavkasini yoki boshqa soliq imtiyozlarini qoʻllasa, bunda bu bitimning boshqa taraflari orasida bunday soliqni toʻlashdan ozod etilmagan va imtiyozlarni qoʻllamaydigan shaxs boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) bitimning taraflaridan biri tomonidan qazib olingan foydali qazilma bitim predmeti boʻlsa, agar ushbu foydali qazilmaga nisbatan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning advalor soliq stavkasi nazarda tutilgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning ikkinchi qismi 2 — 4-bandlarida nazarda tutilgan bitimlar, agar mazkur shaxslar oʻrtasidagi bitimlar boʻyicha daromadlarning tegishli kalendar yildagi summasi besh yuz million soʻmdan ortiq boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir, ushbu tovarlarning (xizmatlarning) birinchi sotuvchisi va oxirgi xaridori bilan oʻzaro aloqador boʻlmagan shaxslar ishtirokida (vositachiligida) tuziladigan bitimlar ketma-ketligi yoki majmui, agar mazkur sotuvchi va xaridor oʻzaro aloqador shaxslar boʻlsa, ushbu Kodeks maqsadida oʻzaro aloqador shaxslar oʻrtasidagi bitimga tenglashtiriladi. Bunday hollarda, oʻz ishtirokida (vositachiligida) bitimlarning mazkur ketma-ketligi yoki majmui amalga oshiriladigan uchinchi shaxslarning mavjudligi eʼtiborga olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan qoida, basharti bitimlarning mazkur ketma-ketligida yoki majmuida ishtirok etuvchi bunday uchinchi shaxslar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) bitimlarning ushbu ketma-ketligida yoki majmuida hech qanday qoʻshimcha vazifalarni bajarmasa, bundan tovarlarni (xizmatlarni) bir shaxs tomonidan boshqa shaxsga realizatsiya qilishni (qayta sotishni) tashkil etish mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) oʻz zimmasiga hech qanday tavakkalchiliklarni qabul qilmasa va tovarlarni (xizmatlarni) bir shaxs tomonidan boshqa shaxsga realizatsiya qilishni (qayta sotishni) tashkil etish uchun hech qanday aktivlardan foydalanmasa, qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda maqsadida kalendar yil uchun bitimlar boʻyicha daromadlar summasi bir shaxs (oʻzaro aloqador shaxslar) bilan tuzilgan shunday bitimlar boʻyicha kalendar yilda olingan daromadlar summasini foyda soligʻi uchun belgilangan daromadlarni eʼtirof etish tartibini hisobga olgan holda qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan bitimlardagi daromadlarni soliq solish maqsadida aniqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bunday bitimlarni yoki jami shunday bitimlarni (bundan buyon ushbu boʻlimda tahlil etiladigan bitim deb yuritiladi) taraflari mustaqil shaxslar boʻlgan bitta yoki bir nechta bitim (bundan buyon ushbu boʻlimda taqqoslanadigan bitimlar deb yuritiladi) bilan taqqoslashni amalga oshiradi. Bunday taqqoslash ushbu boʻlimda nazarda tutilgan transfert narx belgilash chogʻida daromadlarni aniqlash uslublarini tanlash va ularni keyinchalik qoʻllash maqsadida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitimlar boʻyicha daromadlar summasini aniqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bitimlar boʻyicha olingan daromadlar summasini ularning bozordagi darajasiga muvofiqligini ushbu Kodeksning 22 va 23-boblari qoidalarini inobatga olgan holda tekshirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining arizasiga koʻra, sud bitimni mazkur bitimning ushbu moddada belgilangan nazorat qilinadigan bitim belgilariga javob bermasligiga sabab boʻladigan sharoitlar yaratish maqsadida tuzilgan bir turdagi bitimlar guruhining qismi deb taxmin qilinishi uchun yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda nazorat qilinadigan bitim deb eʼtirof etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
181-modda. Nazorat qilinadigan tashqi savdo bitimlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks maqsadida mazkur moddada nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda, nazorat qilinadigan bitimlar deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) jahon birja savdosi tovarlarining tashqi savdosi sohasidagi bitimlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) taraflaridan birining roʻyxatdan oʻtkazilish joyi, yashash joyi yoki soliq rezidentligi joyi ofshor yurisdiksiya boʻlgan shaxs hisoblanadigan bitimlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar bunda Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsining faoliyati ofshor yurisdiksiyada doimiy muassasani tashkil etsa va nazorat qilinadigan bitim ushbu faoliyat bilan bogʻliq boʻlsa, ushbu bitim qismida mazkur yuridik shaxsga roʻyxatdan oʻtkazilish joyi ushbu ofshor yurisdiksiya boʻlgan shaxs sifatida qaraladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks maqsadida soliq solish boʻyicha imtiyozli rejimni taqdim etadigan va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda axborotni oshkor etishni hamda taqdim etishni nazarda tutmaydigan davlatlar va hududlar ofshor yurisdiksiyalar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ofshor yurisdiksiyalarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismi 1-bandida nazarda tutilgan bitimlar, agar bunday bitimlarning predmeti quyidagi tovar guruhlaridan birining yoki bir nechtasining tarkibiga kiruvchi tovarlar boʻlsa, nazorat qilinadigan bitimlar deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) rangli metallar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) qimmatbaho metallar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) mineral oʻgʻitlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) uglevodorod xom ashyosi va neft mahsulotlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) paxta tolasi va kalava ip.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning beshinchi qismida sanab oʻtilgan tovarlarning kodlarini Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining arizasiga koʻra sud bitimni ushbu moddada belgilangan nazorat qilinadigan bitim belgilariga javob bermasligiga sabab boʻladigan sharoitlar yaratish maqsadida tuzilgan bir turdagi bitimlar guruhining qismi deb taxmin qilinishi uchun yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda ham nazorat qilinadigan bitim deb eʼtirof etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
182-modda. Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar soliq organlarini kalendar yilda oʻzlari tuzgan, ushbu Kodeksning 180 va 181-moddalarida koʻrsatilgan nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar soliq toʻlovchi tomonidan oʻzi hisobda turgan joydagi soliq organiga nazorat qilinadigan bitimlar tuzilgan kalendar yilga oid yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatidan kechiktirmay yuboriladigan nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnomalarda koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarda quyidagi axborot boʻlishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) tuzilgan nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilayotgan kalendar yil;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) bitimlarning predmeti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) bitimlarning ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) yuridik shaxsning toʻliq nomi va uning soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (agar yuridik shaxs Oʻzbekiston Respublikasining soliq organlarida hisobda tursa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yakka tartibdagi tadbirkorning familiyasi, ismi, otasining ismi va uning soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va fuqaroligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) narxlari tartibga solinishi lozim boʻlgan bitimlar boʻyicha daromadlar (xarajatlar) summalarini ajratgan holda nazorat qilinadigan bitimlar boʻyicha olingan daromadlarning summasi va (yoki) qilingan xarajatlarning (koʻrilgan zararning) summasi. Ushbu qismda koʻrsatilgan maʼlumotlar bir turdagi bitimlarning guruhi boʻyicha tayyorlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisida taqdim etilgan xabarnomada maʼlumotlarning toʻliq emasligi, ularni toʻldirishda yoʻl qoʻyilgan noaniqliklar yoki xatolar aniqlanganda aniqlashtirilgan xabarnomani yuborishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma soliq organiga belgilangan shakl boʻyicha qogʻozda yoki elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnomaning shaklini, shuningdek uni toʻldirish va nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnomani elektron shaklda taqdim etish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan soliq organi u olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida ushbu xabarnomani Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga elektron shaklda yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq tekshiruvini yoki soliq monitoringini oʻtkazishda soliq organi ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq maʼlumotlar taqdim etilmagan nazorat qilinadigan bitimlar tuzilganligi faktini aniqlagan boʻlsa, soliq organi aniqlangan faktlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga mustaqil tarzda xabar qiladi va oʻzi olgan bunday bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq tekshiruvini yoki soliq monitoringini oʻtkazayotgan soliq organi xabarnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay xabarnoma va tegishli maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga yuborilganligi toʻgʻrisida soliq toʻlovchiga xabar qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xabarnomaning shaklini va uni yuborish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan soliq organi tomonidan nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi oʻzi tomonidan olingan maʼlumotlarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga yuborilishi bunday tekshiruvni davom ettirish va (yoki) tugatish hamda tekshiruv materiallarini koʻrib chiqish natijalariga koʻra qaror chiqarish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22-bob. Bitimlarning taqqoslanadigan shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
183-modda. Bitimlarning tijorat va moliyaviy shartlarini taqqoslash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks maqsadida taqqoslanadigan bitimlar, agar ular tahlil etiladigan bitimlar bilan bir xil tijoratga oid va (yoki) moliyaviy shartlarda tuziladigan boʻlsa, tahlil etiladigan bitim bilan taqqoslanadigan bitim deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar taqqoslanadigan bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlari tahlil etiladigan bitimning shartlaridan farq qilsa, bunday bitimlar, agar tahlil etiladigan va taqqoslanadigan bitimlarning mazkur shartlari oʻrtasidagi farqlar ularning natijalariga jiddiy taʼsir koʻrsatmasa, tahlil etiladigan bitim bilan taqqoslanadigan bitimlar deb eʼtirof etilishi mumkin. Agar ushbu bitimlarning shartlaridagi farqlarning bu bitimlar shartlariga va (yoki) natijalariga doir tegishli tuzatishlarni soliq solish maqsadida qoʻllash yordamida hisobga olinishi mumkin boʻlsa, bunday bitimlar ham tahlil etiladigan bitim bilan taqqoslanadigan bitimlar deb eʼtirof etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitimlarning taqqoslanishini aniqlashda, shuningdek bitimlarning tijoratga oid va (yoki) moliyaviy shartlarini tuzatishlarni amalga oshirish uchun tahlil etiladigan hamda taqqoslanadigan bitimlarning mustaqil shaxslar oʻrtasidagi bitimlarning tijoratga oid va (yoki) moliyaviy shartlariga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan asosiy tavsiflarining tahlili oʻtkaziladi. Bunday tahlil ushbu Kodeksning 184-moddasiga muvofiq oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlarini taqqoslashni tahlil qilishda bu shartlarning ushbu bitimlarning tijoratga oid va (yoki) moliyaviy shartlariga yoxud ularning moliyaviy natijalariga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan asosiy tavsiflari hisobga olinadi. Bunda quyidagilar hisobga olinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) bitim boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) tegishli bitimlarda qoʻllaniladigan toʻlovlarning shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) bitimda qoʻllanilgan chet el valyutasining soʻmga yoki boshqa valyutaga nisbatan kursi va uning oʻzgarishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) bitim taraflari oʻrtasidagi huquqlar va majburiyatlarni taqsimlashning boshqa shartlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitimlarning asosiy tavsiflari jumlasiga quyidagilar ham kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) bitim predmeti boʻlgan tovarlarning (xizmatlarning) tavsiflari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ishbilarmonlik muomalasi anʼanalariga muvofiq bitim taraflari tomonidan bajariladigan vazifalarning tavsiflari, shu jumladan bitim taraflari foydalanadigan aktivlarning, oʻz zimmasiga oladigan tavakkalchiliklarning tavsiflari, shuningdek bitimlar taraflari oʻrtasidagi javobgarlikning taqsimlanishi va boshqa shartlar (bundan buyon ushbu boʻlimda funksional tahlil deb yuritiladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) tovarlar (xizmatlar) narxlariga taʼsir koʻrsatadigan bitim taraflari oʻrtasida tuzilgan shartnomalarning (kontraktlarning) shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) bitim taraflari faoliyatining iqtisodiy shartlari tavsiflari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) tovarlar (xizmatlar) narxlariga taʼsir koʻrsatadigan bitim taraflarining bozor (tijoratga oid) strategiyalari tavsiflari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitimlarning shartlarini taqqoslashni tahlil qilish chogʻida taqqoslanadigan va tahlil etiladigan bitimlar tuziladigan bozorlarning tavsiflari hisobga olinishi kerak. Bunda quyidagi omillar eʼtiborga olinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) bozorlarning geografik joylashgan yeri va ularning oʻlchami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) bozorlarda raqobatning mavjudligi hamda bozordagi sotuvchilar va xaridorlarning nisbiy raqobatbardoshliligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) bozorda bir turdagi tovarlarning (xizmatlarning) mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) bozordagi taklif va talab, isteʼmolchilarning xarid qobiliyati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) ishlab chiqarish va transport infratuzilmasining rivojlanish darajasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) bozorning bitim narxiga taʼsir etuvchi boshqa tavsiflari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitimlarning taraflari tomonidan bajariladigan vazifalarni tahlil qilishda ularning tasarrufidagi moddiy va nomoddiy aktivlar hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitimlar shartlarining taqqoslanishini tahlil qilishda hisobga olinadigan bitim taraflarining asosiy vazifalari jumlasiga quyidagilar kiradi, xususan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) tovarlarning dizaynini amalga oshirish va ularni texnologik jihatdan ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) tovarlarni ishlab chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) tovarlarni yoki ularning tarkibiy qismlarini yigʻish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) uskunani montaj qilish va (yoki) oʻrnatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) tovar-moddiy qimmatliklarni sotib olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) tovarlarning ulgurji yoki chakana savdosini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) taʼmirlash, kafolatli xizmat koʻrsatish boʻyicha vazifalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) yangi bozorlarda tovarlarni (xizmatlarni) oʻtkazish, marketing, reklama;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) tovarlarni saqlash va tashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) sugʻurta qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) moliyalashtirish, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) sifatni nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) tezkor va strategik boshqaruv, shu jumladan tovarlarning (xizmatlarning) narx siyosatini, ularni ishlab chiqarish strategiyasini, realizatsiya qilish hajmini va assortimentini, ularning isteʼmol xususiyatlarini aniqlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitimlarning shartlarini taqqoslashni tahlil qilishda bitim taraflaridan har biri tomonidan oʻz faoliyatini amalga oshirishda zimmasiga olinadigan va bitimning shartlariga taʼsir koʻrsatadigan tavakkalchiliklari hisobga olinishi mumkin. Taraflarning tijorat strategiyalari, shu jumladan chiqariladigan mahsulotni yangilashga va takomillashtirishga, mahsulot sotiladigan yangi bozorlarga chiqishga qaratilgan strategiyalari ham hisobga olinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar bitimlarning shartlarini taqqoslash tahlil qilinayotganda kreditlar yoki zayomlar shartlarini taqqoslash talab etiladigan boʻlsa, bitimlar taraflarining kredit tarixi va toʻlov qobiliyati, bunday kreditlar yoki zayomlar berilayotgan muddatlar, ularning valyutasi hamda foiz stavkasi oʻlchamiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa shartlar hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada koʻrsatilgan omillar va tavsiflar, ushbu moddada nazarda tutilgan funksional tahlil uchun qaysi hollarda va qaysi darajada zarur boʻlsa, oʻsha hollarda va darajada hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi — sakkizinchi qismlariga muvofiq taqqoslanadigan bitimlar shartlarini tahlil qilish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi taqqoslanadigan bitimlarning shartlari tahlil etiladigan bitim shartlari bilan taqqoslashning zarur darajasini taʼminlash uchun tuzatishlar kiritishni amalga oshirishga haqli. Bunday tuzatishlar quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) mustaqil shaxslarning nazorat qilinmaydigan bitimlardagi daromadlari ular tomonidan foydalaniladigan aktivlarni va tovarlar (xizmatlar) bozorida yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitlarda oʻz zimmasiga olinadigan iqtisodiy (tijoratga oid) tavakkalchiliklarni hisobga olgan holda shakllantiriladi hamda shartnoma shartlariga va ishbilarmonlik muomalasi anʼanalariga muvofiq bitimning har bir tarafi tomonidan bajariladigan vazifalarni aks ettiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) boshqa teng sharoitlarda bozor (tijorat) strategiyasiga muvofiq bitim taraflari tomonidan qoʻshimcha vazifalarni amalga oshirish, daromadlar miqdoriga jiddiy taʼsir koʻrsatuvchi aktivlardan foydalanish, qoʻshimcha tijorat (iqtisodiy) tavakkalchiliklarini oʻz zimmasiga olish bunday bitim boʻyicha kutiladigan daromadlarning oshishi bilan birga kechadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
185-modda. Bitimlarning shartlarini taqqoslash tahlilida foydalaniladigan axborot
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transfert narxni belgilashda soliq nazoratini oʻtkazishda (shu jumladan tahlil etiladigan bitimning va taqqoslanadigan bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlarini taqqoslash chogʻida) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi quyidagi axborotdan foydalanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasi birjalarining va chet el birjalarining narxlar hamda kotirovkalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlaridan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan eʼlon qilinadigan yoki soʻrovga koʻra taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdosining bojxona statistikasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq vakolatli davlat boshqaruvi organlarining rasmiy axborot manbalaridagi, chet davlatlarning yoki xalqaro tashkilotlarning rasmiy axborot manbalaridagi yoxud boshqa eʼlon qilingan va (yoki) hamma foydalanishi mumkin boʻlgan axborot manbalaridagi hamda axborot tizimlaridagi narxlar (narxlarning oʻzgarish chegaralari) va birja kotirovkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) axborot-narx agentliklari maʼlumotlaridan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) soliq toʻlovchi tomonidan tuzilgan bitimlar toʻgʻrisidagi axborotdan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan axborot mavjud boʻlmagan (yetarli boʻlmagan) taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi quyidagi axborotdan foydalanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) eʼlon qilingan va (yoki) hamma foydalanishi mumkin boʻlgan axborotlar manbalaridagi hamda axborot tizimlaridagi narxlar (narxlarning tebranish chegaralari) va kotirovkalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) yuridik shaxslarning moliyaviy va statistika hisobotidan olingan maʼlumotlardan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatlarning hamma foydalanishi mumkin boʻlgan axborot manbalarida eʼlon qilingan va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining va (yoki) chet el yuridik shaxslarining hamma foydalanishi mumkin boʻlgan axborot tizimlaridagi, shuningdek rasmiy saytlaridagi maʼlumotlardan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el yuridik shaxslarining moliyaviy hisobotidagi maʼlumotlardan foydalanishga Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining (Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi faoliyati doimiy muassasaning tashkil etilishiga olib keladigan chet el yuridik shaxslarining) rentabelligi oraligʻini aniqlash uchun faqat taqqoslanadigan bitimlar tuzgan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining moliyaviy hisoboti maʼlumotlari asosida rentabellikning bunday oraligʻini hisoblash imkoni boʻlmagan taqdirda yoʻl qoʻyiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) baholash obyektining baholash faoliyati toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga yoki chet davlatlar qonun hujjatlariga muvofiq aniqlangan bozor qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ushbu Kodeksning 23-bobiga muvofiq foydalaniladigan boshqa axborotdan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitimlarning shartlarini taqqoslashni tahlil qilishda soliq sirini tashkil etuvchi axborotdan, shuningdek foydalanish huquqi qonunchilikka muvofiq cheklangan boshqa axborotdan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday cheklov Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi transfert narxni belgilashda soliq nazoratini oʻtkazayotgan soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitimlarning shartlarini taqqoslashni tahlil qilishda faqat hamma foydalanishi mumkin boʻlgan axborot manbalaridan, shuningdek soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitim shartlarining taqqoslanishini tahlil qilishda, ushbu Kodeksning 193-moddasiga muvofiq hujjatlarni tayyorlash va taqdim etishda soliq toʻlovchi oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotdan tashqari hamma foydalanishi mumkin boʻlgan har qanday axborot manbalaridan, shuningdek oʻzi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan, xuddi shunday faoliyatni amalga oshirayotgan shaxslarning faoliyati toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq toʻlovchiga nisbatan transfert narx belgilashda soliq nazorati oʻtkazilayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil shaxslar bilan tuzilgan taqqoslanadigan bitimlar toʻgʻrisidagi axborotga ega boʻlsa, bunday bitimlarni tahlil etiladigan bitim bilan taqqoslashda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bozor narxlarining oraligʻini aniqlash uchun ushbu axborotdan foydalanishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23-bob. Transfert narxni belgilashda soliq nazoratida foydalaniladigan usullar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
186-modda. Transfert narxni belgilashda soliq nazoratida foydalaniladigan usullar toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transfert narxni belgilash chogʻida soliq nazorati oʻtkazilganida (shu jumladan nazorat qilinadigan bitimning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlari hamda uning natijalari taqqoslanadigan bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlari hamda ularning natijalari bilan taqqoslanganda) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu moddada belgilangan tartibda quyidagi usullardan foydalanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) taqqoslanadigan bozor narxlarining usulidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) keyingi realizatsiya qilish narxi usulidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) xarajat usulidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) taqqoslanadigan rentabellik usulidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) foydani taqsimlash usulidan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zarur boʻlgan hollarda ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ikki va undan ortiq usullar kombinatsiyasidan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqqoslanadigan bozor narxlari usuli, agar ushbu Kodeks 189-moddasining ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, nazorat qilinadigan bitimlar narxlarining bozor narxlariga muvofiqligini soliq solish maqsadida aniqlash uchun ustuvor hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq solish maqsadida taqqoslanadigan bozor narxlari usulini qoʻllash mumkin boʻlmasa yoxud uni qoʻllash nazorat qilinadigan bitimlar narxlarining bozor narxlariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi toʻgʻrisida asoslangan xulosa chiqarish imkonini bermasa, ushbu moddaning birinchi qismi 2 — 5-bandlarida koʻrsatilgan boshqa usullarni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tegishli tovarlar (xizmatlar) bozorida hech boʻlmaganda bir turdagi tovarlar (xizmatlar) predmeti boʻlgan bitta taqqoslanadigan bitim mavjud boʻlsa, shuningdek bunday bitim haqida yetarlicha axborot mavjud boʻlsa, nazorat qilinadigan bitimlar narxlarining bozor narxlariga muvofiqligini ushbu Kodeksning 188-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlash uchun taqqoslanadigan bozor narxlari usulidan foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining nazorat qilinadigan bitimi narxining bozor narxlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida taqqoslanadigan bozor narxlari usulini qoʻllash uchun ushbu soliq toʻlovchining mustaqil shaxslar bilan tuzgan bitimlaridan, basharti bunday bitimlar taqqoslansa, taqqoslanadigan bitimlar sifatida foydalanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aynan oʻxshash (bir turdagi) tovarlar (xizmatlar) bilan taqqoslanadigan bitimlarda narxlar toʻgʻrisidagi hamma foydalanishi mumkin boʻlgan axborot mavjud boʻlmagan taqdirda transfert narxni belgilashda soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlashning toʻliqligini aniqlash maqsadida ushbu moddaning birinchi qismi 2 — 5-bandlarida koʻrsatilgan usullarning biridan foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, nazorat qilinadigan bitimning haqiqiy holatlari va shartlarini inobatga olgan holda bitim narxining bozor narxlariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi haqida koʻproq asoslangan xulosa qilishga imkon beradigan usuldan foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismi 2 — 5-bandlarida koʻrsatilgan usullardan soliq solish maqsadi uchun nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhi boʻyicha daromadlarni aniqlashda ham foydalanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aynan oʻxshash (bir turdagi) tovarlar (xizmatlar) predmeti boʻlgan va taqqoslanadigan tijorat va (yoki) moliyaviy shartlarda amalga oshirilgan bitimlar ushbu boʻlimning maqsadi uchun bir turdagi bitimlar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan bitimlarda soliq solish maqsadida daromadlarni (foydani, tushumni) aniqlash chogʻida foydalaniladigan usulni tanlashda dastlabki maʼlumotlarning toʻliqligi va toʻgʻriligi, shuningdek taqqoslanadigan bitimlarni nazorat qilinadigan bitim bilan taqqoslashni taʼminlash maqsadida amalga oshiriladigan tuzatishlarning asoslanganligi inobatga olinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan usullarni qoʻllash maqsadida aniq bitimlar toʻgʻrisidagi axborotdan tashqari bozor narxlarining shakllangan darajasi va (yoki) birja kotirovkalari haqidagi hamma foydalanishi mumkin boʻlgan, shuningdek axborot-narx agentliklarining tegishli tovarlar (xizmatlar) bozorlaridagi aynan oʻxshash (bir turdagi) tovarlarga (xizmatlarga) oid narxlar (narxlar oraliqlari) haqidagi maʼlumotlaridan foydalanish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan usullarni qoʻllash maqsadida bozor narxlari toʻgʻrisidagi hamma foydalanishi mumkin boʻlgan axborot manbalaridan foydalanishga, basharti ushbu axborot manbalarida maʼlumotlari mavjud boʻlgan bitimlarning nazorat qiladigan bitim bilan taqqoslanishi taʼminlansa, yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismi 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan usullarni qoʻllash uchun xarajatlarni hisobga olish tartibida ushbu usullarga muvofiq hisob-kitob qilinadigan koʻrsatkichlarga va rentabellik oraligʻiga taʼsiri sezilarli boʻlmasligini taʼminlaydigan rentabellik oraligʻi hisob-kitob qilinadigan moliyaviy hisobotlarning maʼlumotlari taqqoslanadigan tarzga keltirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar rentabellik oraligʻini hisob-kitob qilish va nazorat qilinadigan bitimlarda soliq solish maqsadida daromadlarni (foydani, tushumni) aniqlash uchun moliyaviy hisobotlar maʼlumotlarining taqqoslanishini taʼminlash mumkin boʻlmasa, ushbu moddaning birinchi qismi 4 va 5-bandlarida koʻrsatilgan usullardan foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismi 4 va 5-bandlarida koʻrsatilgan usullar bozor narxlari koʻrsatkichlarini bevosita hisob-kitob qilmagan holda qoʻllanilishi mumkin. Koʻrsatilgan usullardan foydalanilganda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi nazorat qilinadigan bitimning moliyaviy koʻrsatkichlarini (natijalarini) taqqoslanadigan bitimlar boʻyicha rentabellik oraligʻi bilan taqqoslaydi va uning asosida, agar ushbu bitim taraflari mustaqil shaxslar boʻlsa, olinishi mumkin boʻlgan daromad summasining hisob-kitobini amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xuddi shunday tartibda nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhining moliyaviy koʻrsatkichlari (natijalari) taqqoslanadigan bitimlar boʻyicha rentabellik oraligʻi asosida hisob-kitob qilingan moliyaviy koʻrsatkichlar bilan taqqoslanadi va daromadlarning summalariga hisob-kitob qilish amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud bitim narxining bozor narxlariga muvofiqligini belgilash uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa holatlarni ushbu boʻlimda nazarda tutilgan cheklovlarsiz inobatga olishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar bitimlarni tuzishda ushbu Kodeksda nazarda tutilmagan maqsadlarda narxni belgilash sohasidagi oʻz siyosatini asoslash uchun ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan usullarga amal qilishi shart emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
187-modda. Moliyaviy koʻrsatkichlar va rentabellik oraligʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan bitimlarda soliq solish maqsadida daromadlarni ushbu Kodeksning 189 — 192-moddalarida nazarda tutilgan tartibda aniqlashda quyidagi rentabellik koʻrsatkichlaridan foydalanish mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) aksiz soligʻini va qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olmagan holda hisoblab chiqarilgan, tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan yalpi foydaning tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan sof tushumga nisbati sifatida aniqlanadigan yalpi rentabellik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) yalpi foydaning sotilgan tovarlar (xizmatlar) tannarxiga nisbati sifatida aniqlanadigan xarajatlarning yalpi rentabelligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) aksiz soligʻini va qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olmagan holda hisoblab chiqarilgan, asosiy faoliyatdan olingan foydaning tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumga nisbati sifatida aniqlanadigan sotish rentabelligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) asosiy faoliyatdan olingan foydaning realizatsiya qilingan tovarlarning (xizmatlarning) tannarxi, realizatsiya qilish xarajatlari va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bilan bogʻliq maʼmuriy xarajatlarning summasiga nisbati sifatida aniqlanadigan xarajatlar rentabelligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan yalpi foydaning realizatsiya qilishga doir xarajatlarga va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bilan bogʻliq boʻlgan maʼmuriy xarajatlarga nisbati sifatida aniqlanadigan realizatsiya qilish boʻyicha xarajatlarning va maʼmuriy xarajatlarning rentabelligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) asosiy faoliyatdan olingan foydaning tahlil qilinadigan bitimda bevosita yoki bilvosita foydalaniladigan aktivlarning (muomalada boʻlmagan va muomalada boʻlgan) joriy bozor qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadigan aktivlar rentabelligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aktivlarning joriy bozor qiymati toʻgʻrisidagi axborot mavjud boʻlmaganda aktivlar rentabelligi moliyaviy hisobotning maʼlumotlari asosida aniqlanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rentabellik va boshqa moliyaviy koʻrsatkichlar ushbu bobning maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari uchun Oʻzbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan moliyaviy hisobot maʼlumotlari asosida aniqlanadi. Chet el yuridik shaxslari uchun mazkur moliyaviy koʻrsatkichlar chet davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan moliyaviy hisobot maʼlumotlari asosida aniqlanadi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq tuziladigan moliyaviy hisobot maʼlumotlari bilan taqqoslashni taʼminlash maqsadida bunday maʼlumotlarga tuzatishlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rentabellik oraligʻini aniqlash chogʻida, agar bitimlar nazorat qilinadigan boʻlmasa, taqqoslanadigan kamida toʻrtta bitim, shu jumladan soliq toʻlovchi tomonidan amalga oshirilgan bitimlar natijalari boʻyicha yoxud taqqoslanadigan kamida toʻrtta yuridik shaxsning moliyaviy hisoboti maʼlumotlari asosida aniqlanadigan rentabellik koʻrsatkichlaridan foydalaniladi. Mazkur yuridik shaxslarni tanlash nazorat qilinadigan bitimga nisbatan taqqoslanadigan iqtisodiy shartlarda (tijorat shartlarida) oʻzining tarmoq xususiyatini va amalga oshiriladigan faoliyat turlarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan bitim tarafi mansub boʻlgan tarmoqda, ushbu tarafga nisbatan mustaqil yuridik shaxslar mavjud boʻlmaganda funksional tahlil uchun yuridik shaxslarni tanlash ushbu yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan vazifalarning taqqoslanishini, ular tomonidan qabul qilinadigan tavakkalchiliklarni va foydalaniladigan aktivlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqqoslanadigan toʻrtta va undan ortiq bitim toʻgʻrisidagi axborot mavjud boʻlmaganda yoxud taqqoslanadigan toʻrtta va undan ortiq yuridik shaxsning moliyaviy hisoboti mavjud boʻlmaganda, rentabellik oraligʻini aniqlash maqsadida kam sondagi taqqoslanadigan bitimlar (kam sondagi yuridik shaxslarning moliyaviy hisoboti) toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 186-moddasi birinchi qismi 2 — 4-bandlarida koʻrsatilgan usullarni qoʻllash maqsadida rentabellik oraligʻi quyidagi tartibda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastlab rentabellik oraligʻini aniqlash uchun foydalaniladigan rentabellik jami koʻrsatkichlari ushbu oraliqni aniqlash uchun foydalaniladigan tanlamani hosil qilgan holda, oʻsib borish tarzida tartibga keltiriladi. Bunda rentabellikning har bir koʻrsatkichiga, eng kamidan boshlab oʻz tartib raqami beriladi. Agar tanlanma rentabellikning ikki va undan ortiq bir xil koʻrsatkichini oʻz ichiga olsa, unga barcha shunday koʻrsatkichlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rentabellik oraligʻini aniqlashda nazorat qilinadigan bitim rentabelligi hisobga olinmaydi. Soʻngra toʻplamda rentabellik koʻrsatkichlarining soni toʻrtga qoldiqsiz boʻlinishiga qarab, rentabellik oraligʻi quyidagi ikki usuldan biri bilan aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) agar ushbu son qoldiqsiz boʻlinsa, rentabellik oraligʻining eng kam koʻrsatkichi rentabellik koʻrsatkichlarining yarim summasiga teng deb qabul qilinadi, mazkur koʻrsatkichlar tanlamada boʻlinishdan hosil boʻlgan qismga teng boʻlgan tartib raqamiga va keyingi tartib raqamiga ega boʻladi. Rentabellik oraligʻining eng yuqori qiymati bunday holda rentabellik koʻrsatkichlarining yarim summasiga teng deb qabul qilinadi, mazkur koʻrsatkichlar tanlamada boʻlinishdan hosil boʻlgan qismning uch karrasiga teng boʻlgan tartib raqamiga va keyingi tartib raqamiga ega boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) agar ushbu son qoldiqsiz boʻlinmasa, rentabellik oraligʻining eng kam qiymati rentabellik koʻrsatkichiga teng deb qabul qilinadi, mazkur koʻrsatkich tanlamada boʻlinishdan hosil boʻlgan qismning butun qismi birligiga oshirilgan koʻrsatkichga teng boʻlgan tartib raqamiga ega boʻladi. Rentabellik oraligʻining eng yuqori koʻrsatkichi bunday holda rentabellik koʻrsatkichiga teng deb qabul qilinadi, mazkur koʻrsatkich tanlamada boʻlinishdan hosil boʻlgan qismning butun qismi uch karrasi birligiga oshirilgan qiymatga teng boʻlgan tartib raqamiga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqqoslanadigan iqtisodiy shartlarda (tijorat shartlarida) amalga oshiriladigan faoliyat natijalari boʻyicha rentabellikni hisob-kitob qilish yuridik shaxs moliyaviy hisobotining maʼlumotlari asosida quyidagi shartlarga bir vaqtda rioya qilinganida amalga oshirilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yuridik shaxs taqqoslanadigan faoliyatni amalga oshiradi va u bilan bogʻliq taqqoslanadigan vazifalarni bajaradi. Faoliyatning taqqoslanishi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasnifida, shuningdek xalqaro va boshqa tasniflarda nazarda tutilgan iqtisodiy faoliyat turlarini hisobga olgan holda aniqlanishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) yuridik shaxs sof aktivlarining umumiy miqdori rentabellik hisob-kitob qilinadigan bir necha yildan oxirgi yilning 31-dekabri holatiga koʻra moliyaviy hisobot maʼlumotlari boʻyicha manfiy hisoblanmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) yuridik shaxs rentabellik hisob-kitob qilinadigan bir necha yildan bir yildan ortiq davrdagi moliyaviy hisobot maʼlumotlari boʻyicha sotuvlardan zararlarga ega boʻlmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) yuridik shaxs 25 foizdan ortiq boʻlgan ulush bilan boshqa yuridik shaxs faoliyatida bevosita va (yoki) bilvosita ishtirok etmaydi hamda bevosita ishtirok etish ulushi 25 foizdan ortiq boʻlgan ishtirokchi (aksiyador) sifatidagi yuridik shaxsga ega boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar maʼlumotlaridan rentabellik oraligʻini hisob-kitob qilish uchun foydalaniladigan yuridik shaxslarning konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisoboti maʼlumotlaridan foydalanish imkoniyati boʻlsa, ushbu moddaning sakkizinchi qismi 4-bandida nazarda tutilgan mezonlar qoʻllanilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddaning oʻninchi va oʻn birinchi qismlarida belgilangan cheklovlarga koʻra funksional tahlil uchun toʻrttadan kam yuridik shaxs qolsa, ushbu moddaning sakkizinchi qismi 4-bandida koʻrsatilgan ishtirok etish ulushi mezonlari 25 foizdan 50 foizga qadar oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rentabellik oraligʻini hisob-kitob qilish uchun nazorat qilinadigan bitim tuzilgan paytdagi yoxud vaqt boʻyicha unga yaqin boʻlgan, ammo bitim tuzilgan kalendar yilning 31-dekabridan kechikmagan paytdagi mavjud axborotdan foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning oʻn birinchi qismida koʻrsatilgan mazkur axborot oʻrniga nazorat qilinadigan bitim tuzilgan kalendar yildan bevosita oldingi uch kalendar yildagi (yoxud ushbu bitimda narxlar belgilangan kalendar yildagi) moliyaviy hisobot maʼlumotlaridan foydalanish mumkin. Mazkur axborot jumlasiga soliq toʻlovchining mustaqil shaxslar bilan oʻzi amalga oshirgan bitimlar toʻgʻrisidagi axboroti ham kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rentabellik oraligʻini aniqlashda taqqoslanishni taʼminlash maqsadida rentabellik koʻrsatkichlari taqqoslanadigan yuridik shaxslarning moliyaviy hisobotlaridagi maʼlumotlarga asoslangan holda mavjud farqlarga tuzatish kiritish maqsadida oʻzgarishi mumkin. Bunday tuzatishlar, xususan, debitorlik va kreditorlik qarzi koʻrsatkichlarida, soliq toʻlovchining va moliyaviy hisobot maʼlumotlaridan rentabellik oraligʻini aniqlash uchun foydalaniladigan yuridik shaxslarning moliyaviy hisoboti maʼlumotlari boʻyicha tovar-moddiy zaxiralarning koʻrsatkichlarida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
188-modda. Taqqoslanadigan bozor narxlari usuli
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqqoslanadigan bozor narxlari usuli nazorat qilinadigan bitimdagi tovarlar (xizmatlar) narxlarining bozor narxlariga muvofiqligini nazorat qilinadigan bitim narxini ushbu moddaning ikkinchi — yettinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda aniqlangan bozor narxlari oraligʻi bilan taqqoslash asosida aniqlashni nazarda tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar nazorat qilinadigan bitimga nisbatan aynan oʻxshash (bir turdagi) tovarlar (xizmatlar) bilan tuzilgan faqat bitta taqqoslanadigan bitim haqidagi axborot mavjud boʻlsa, taqqoslanadigan bitimning narxi, basharti ushbu nazorat qilinadigan hamda taqqoslanadigan bitimlarning tijoratga oid va (yoki) moliyaviy shartlari toʻliq taqqoslansa, bir vaqtning oʻzida bozor narxlari oraligʻining eng kam va eng koʻp koʻrsatkichlari deb eʼtirof etilishi mumkin. Mazkur qoida nazorat qilinadigan va taqqoslanadigan bitimlarning tijoratga oid va (yoki) moliyaviy shartlari toʻliq taqqoslanishini tegishli tuzatishlar bilan taʼminlash mumkin boʻlgan taqdirda ham qoʻllanilishi mumkin. Agar taqqoslanadigan bitimdagi tovarlarni (xizmatlarni) sotuvchi ushbu tovarlar (xizmatlar) bozorida ustun mavqeni egallagan boʻlsa, ushbu qismda nazarda tutilgan qoidalar qoʻllanilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir xil (bir turdagi) tovarlar (xizmatlar) predmeti boʻlgan bir nechta taqqoslanadigan bitim (shu jumladan soliq toʻlovchining mustaqil shaxslar bilan bitimlari) toʻgʻrisida axborot mavjud boʻlganda, bozor narxlari oraligʻi quyidagi tartibda aniqlanadi. Dastlab taqqoslanadigan bitimlarda qoʻllanilgan, bozor narxlari oraligʻini aniqlash uchun foydalaniladigan narxlar majmui ushbu oraliqni aniqlash uchun foydalaniladigan tanlamani hosil qilgan holda oʻsib borish tarzida tartibga solinadi. Bunda narxning har bir koʻrsatkichiga, eng kam miqdoridan boshlab oʻz tartib raqami beriladi. Agar tanlama narxning ikki va undan ortiq bir xil qiymatini oʻz ichiga olgan boʻlsa, unga barcha shunday koʻrsatkichlar kiritiladi. Bozor narxlari oraligʻini aniqlashda nazorat qilinadigan bitimning narxi hisobga olinmaydi. Soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil shaxslar bilan amalga oshirilgan taqqoslanadigan bitimlar soni yetarli boʻlganda, boshqa bitimlar boʻyicha axborot hisobga olinmasligi mumkin. Soʻngra olingan tanlama asosida rentabellik oraligʻini aniqlash uchun ushbu Kodeksning 187-moddasi toʻqqizinchi qismida nazarda tutilgan tartibda bozor narxlarining oraligʻi topiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bozor narxlari oraligʻi tahlil qilingan davr mobaynida qoʻllanilgan narxlar haqidagi mavjud axborot yoki nazorat qilinadigan bitim amalga oshirilishiga qadar boʻlgan eng yaqin sanadagi axborot asosida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birja kotirovkalari toʻgʻrisida eʼlon qilingan yoki soʻrov boʻyicha olingan axborotdan foydalanilganda bozor narxlarining oraligʻi tegishli birjada roʻyxatdan oʻtkazilgan aynan oʻxshash (bir turdagi) tovarlar bilan amalga oshirilgan bitimlarning narxlari asosida aniqlanadi. Bunday holda bitimlarning ular amalga oshirilgan sanada qayd etilgan eng kam va eng koʻp narxi oʻrtasidagi oraliq bozor narxlari oraligʻi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bozor narxlari oraligʻi birja kotirovkalari asosida aniqlanganda bitimlarning iqtisodiy (tijorat) shartlaridagi farqlarni hisobga olishga, chunonchi, quyidagi iqtisodiy (tijorat) shartlar asosida farqlarni hisobga oladigan tuzatishlar vositasida yoʻl qoʻyiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) tegishli bozorga tovarlar (xizmatlar) yetkazib berilishi uchun zarur boʻlgan, hujjatlar va (yoki) axborot manbalari bilan asoslangan va tasdiqlangan xarajatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) bojxona bojlarini toʻlash xarajatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) toʻlov shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) savdo brokerining (vositachining yoki agentning) u tomonidan savdo-vositachilik funksiyalari bajarilganligi uchun vositachilik (agent) haqi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot-narx agentliklarining aynan oʻxshash (bir turdagi) tovarlarning (xizmatlarning) narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanilganda eng kam va eng koʻp koʻrsatkichlar bunday tovarlarning (xizmatlarning) eʼlon qilingan narxlarining eng kam va eng koʻp koʻrsatkichlariga muvofiq boʻlgan oraliq ushbu Kodeksning 186-moddasi oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi qismlariga muvofiq bozor narxlarining oraligʻi deb eʼtirof etilishi mumkin. Bunda faqat nazorat qilinadigan bitim taalluqli boʻlgan vaqt davrida taqqoslanadigan shartlar asosida tuzilgan bitimlar boʻyicha maʼlumotlar inobatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar nazorat qilinadigan bitimning narxi ushbu modda qoidalariga muvofiq aniqlangan bozor narxlari oraligʻi chegarasida boʻlsa, soliq solish maqsadlarida ushbu narx bozor narxlariga muvofiq boʻlgan narx deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar nazorat qilinadigan bitimning narxi bozor narxlari oraligʻining eng kam miqdoridan kam boʻlsa yoki uning eng koʻp miqdoridan koʻp boʻlsa, ushbu narx bozor narxlariga muvofiq boʻlmagan narx deb eʼtirof etiladi. Mazkur nomuvofiqlik mavjud boʻlgan taqdirda, soliq solish maqsadida bozor narxlari oraligʻining oʻrtacha qiymatiga teng boʻlgan narx qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solish maqsadida bozor narxlari oraligʻining oʻrtacha qiymatini ushbu moddaning toʻqqizinchi qismiga muvofiq qoʻllash, basharti bu budjet tizimiga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasini kamaytirmasa yoki soliq toʻlovchi zararining summasi oshishiga olib kelmasa, amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
189-modda. Keyingi realizatsiya qilish narxi usuli
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi realizatsiya qilish narxi usuli nazorat qilinadigan bitim narxining ushbu nazorat qilinadigan bitimda (bir turdagi bitimlar guruhida) olingan tovarni keyingi realizatsiya qilishda (qayta sotishda) nazorat qilinadigan bitim tarafi tomonidan olingan yalpi rentabellikni taqqoslash asosida bozor narxlariga muvofiqligini aniqlashni nazarda tutadi. Ushbu usuldan foydalanilganda yalpi rentabellikning bozor oraligʻi ushbu Kodeksning 187-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi realizatsiya qilish narxi usulidan foydalanish narxlarning bozor narxlariga muvofiqligini aniqlash uchun boshqa usullarga nisbatan ustuvor boʻlib, unga koʻra tovar nazorat qilinadigan bitim doirasida olinadi va taraflari mustaqil shaxslar boʻlgan bitim doirasida qayta ishlanmagan holda qayta sotiladi. Agar qayta sotishni amalga oshirayotgan shaxs uning yalpi rentabelligi darajasiga sezilarli taʼsir koʻrsatadigan nomoddiy aktivlar obyektlariga egalik qilmasa, mazkur usuldan foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tovar qayta sotilganda quyidagi operatsiyalar amalga oshirilsa ham keyingi realizatsiya qilish narxi usulidan foydalanish mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) tovarni qayta sotishga va transportda tashishga tayyorlash (tovarlarni turkumlarga ajratish, joʻnatmalarni shakllantirish, saralash, qayta oʻrash);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) agar yakuniy mahsulotning (yarim tayyor mahsulotlarning) xususiyatlari aralashtiriladigan tovarlarning xususiyatlaridan sezilarli farq qilmasa, tovarlarni aralashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tovarni mustaqil shaxslarga keyingi realizatsiya qilish taqqoslanadigan tijorat shartlarida va (yoki) moliyaviy shartlarda turli narxlarda amalga oshirilsa, rentabellik oraligʻini aniqlashda tovarni keyingi realizatsiya qilish narxi sifatida barcha shunday bitimlar boʻyicha ushbu tovarning oʻrtacha narxidan foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar qayta sotishni amalga oshirayotgan shaxsda yalpi rentabellik ushbu Kodeksning 187-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlangan rentabellik oraligʻi chegarasida boʻlsa, soliq solish maqsadida nazorat qilinadigan bitimda tovar sotib olingan narx bozor narxlariga muvofiq deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar qayta sotishni amalga oshirayotgan shaxsda yalpi rentabellik ushbu Kodeksning 187-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlangan rentabellik oraligʻining eng kam miqdoridan kam boʻlsa yoki uning eng yuqori miqdoridan koʻp boʻlsa, soliq solish maqsadida nazorat qilinadigan bitim narxi tovarni keyingi realizatsiya qilishning amaldagi narxidan va rentabellik oraligʻining oʻrtacha qiymatiga muvofiq keladigan yalpi rentabellikdan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi realizatsiya qilish narxi usuli qoʻllanilganida axborot-narx agentliklarining aynan oʻxshash (bir turdagi) tovarlarning (xizmatlarning) narxlari (narxlar oraligʻi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlaridan va bunday tovarlarga (xizmatlarga) bozor narxlari oraligʻi narxlaridan ushbu Kodeks 188-moddasining yettinchi qismida nazarda tutilgan tartibda foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solish maqsadida rentabellik oraligʻining oʻrtacha qiymatini ushbu moddaning yettinchi qismiga muvofiq qoʻllash, basharti bu budjet tizimiga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasini kamaytirmasa yoki soliq toʻlovchining zarari summasi oshishiga olib kelmasa, amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
190-modda. Xarajat usuli
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xarajat usuli nazorat qilinadigan bitim narxining bozor narxlariga muvofiqligini aniqlashni nazarda tutadi va mazkur usul nazorat qilinadigan bitim (nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhi) tarafi boʻlgan shaxs xarajatlarining yalpi rentabelligini taqqoslanadigan bitimlardagi xarajatlar yalpi rentabelligining ushbu Kodeksning 187-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlangan bozor oraligʻi bilan taqqoslashga asoslanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xarajat usuli, chunonchi, quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) sotuvchi bilan oʻzaro bogʻlangan shaxslar tomonidan xizmatlar koʻrsatilganda (bundan xizmatlar koʻrsatilganda sotuvchi xarajatlarining rentabellik darajasiga sezilarli taʼsir koʻrsatuvchi nomoddiy aktivlardan foydalanilgan hollar mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) pul mablagʻlarini boshqarishga doir xizmatlar koʻrsatilganda, jumladan qimmatli qogʻozlar bozorida va (yoki) valyuta bozorida savdo operatsiyalarini amalga oshirishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) yuridik shaxsning yakka ijro etuvchi organi vazifalarni bajarish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) sotuvchi bilan oʻzaro bogʻliq shaxslarga xom ashyo yoki yarim tayyor mahsulotlar sotilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) oʻzaro bogʻliq shaxslar oʻrtasida uzoq muddatli shartnomalar boʻyicha tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar nazorat qilinadigan bitim tarafi boʻlgan sotuvchida ushbu bitim boʻyicha xarajatlarning yalpi rentabelligi ushbu Kodeksning 187-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlangan rentabellik oraligʻi doirasida boʻlsa, nazorat qilinadigan bitimning narxi soliqqa tortish maqsadidagi bozor narxlariga muvofiq deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar nazorat qilinadigan bitim tarafi boʻlgan sotuvchida xarajatlarning yalpi rentabelligi rentabellik oraligʻining eng kam miqdoridan kam yoki uning eng koʻp miqdoridan koʻp boʻlsa, nazorat qilinadigan bitimning narxi soliq solish maqsadida realizatsiya qilingan tovarlarning (xizmatlarning) amaldagi tannarxidan va rentabellik oraligʻining oʻrtacha qiymatiga muvofiq keladigan xarajatlarning yalpi rentabelligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xarajat usuli qoʻllanilganda axborot-narx agentliklarining aynan oʻxshash (bir turdagi) tovarlar (xizmatlar) narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlaridan foydalanishga hamda ushbu Kodeks 188-moddasining yettinchi qismida nazarda tutilgan tartibda aynan oʻxshash (bir turdagi) tovarlarning (xizmatlarning) bozor narxlari oraligʻini aniqlashga yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq soliq solish maqsadida rentabellik oraligʻining oʻrtacha qiymatini qoʻllash, basharti bu budjet tizimiga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasining kamayishiga yoki soliq toʻlovchining zarari summasi oshishiga olib kelmasa, amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
191-modda. Taqqoslanadigan rentabellik usuli
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqqoslanadigan rentabellik usuli nazorat qilinadigan bitim tarafi boʻlgan shaxsda yuzaga kelgan operatsion rentabellikni taqqoslanadigan bitimlardagi operatsion rentabellikning ushbu Kodeksning 187-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlangan bozor oraligʻi bilan taqqoslashni nazarda tutadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqqoslanadigan rentabellik usulidan, xususan, axborot mavjud boʻlmaganda yoki yetarli boʻlmaganda foydalanish mumkin boʻlib, mazkur axborotga asoslangan holda taqqoslanadigan bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlarining zarur boʻlgan taqqoslash darajasi mavjudligi haqida asoslangan xulosa chiqarish hamda ushbu Kodeks 186-moddasi birinchi qismining 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan usullardan foydalanish mumkin boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning maqsadi uchun ushbu Kodeks 187-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq aniqlanadigan operatsion rentabellikning quyidagi koʻrsatkichlaridan foydalanish mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) sotish rentabelligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) xarajatlar rentabelligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) tijorat va boshqaruv xarajatlari rentabelligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) aktivlar rentabelligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) rentabellikning amalga oshirilayotgan vazifalar, foydalanilayotgan aktivlar hamda qabul qilinayotgan iqtisodiy (tijorat) tavakkalchiliklari va haq toʻlash darajasi oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni aks ettiruvchi boshqa koʻrsatkichi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rentabellikning aniq koʻrsatkichini tanlashda nazorat qilinadigan bitim tarafining faoliyat turi, ushbu taraf tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar, foydalaniladigan aktivlar va qabul qilinayotgan iqtisodiy (tijorat) tavakkalchiliklari, tegishli rentabellikni hisob-kitob qilish uchun foydalaniladigan maʼlumotlarning toʻliqligi, toʻgʻriligi va ularni taqqoslash mumkinligi, shuningdek bunday koʻrsatkichning iqtisodiy asoslanganligi hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddani qoʻllash maqsadi uchun rentabellik koʻrsatkichlaridan quyidagi xususiyatlar hisobga olingan holda foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) sotish rentabelligidan qayta sotuvchi bilan oʻzaro bogʻliq shaxslardan olingan tovarlarni keyingi qayta sotishda yoki qayta sotuvchi bilan bogʻliq boʻlmagan shaxslardan olingan tovarlarni u bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan shaxslarga keyingi qayta sotishda foydalaniladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) tijorat va boshqaruv xarajatlarining yalpi rentabelligidan ushbu qismning 1-bandida koʻrsatilgan hollarda, agar quyidagi ikkita shart bir vaqtda bajarilsa, foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) qayta sotuvchi tovarlarni olishda va keyingi qayta sotishda uzoq boʻlmagan vaqt davrida sezilarli boʻlmagan iqtisodiy (tijorat) tavakkalchiliklariga duch kelsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) qayta sotuvchining sotishdan olinadigan yalpi foydasi miqdori hamda u tomonidan amalga oshirilgan tijorat va boshqaruv xarajatlari miqdori oʻrtasida bevosita oʻzaro bogʻliqlik mavjud boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) xarajatlarning rentabelligidan xizmatlar koʻrsatish va tovarlar ishlab chiqarishda foydalanilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) aktivlar rentabelligidan tovarlar ishlab chiqarishda (xususan, agar nazorat qilinadigan bitimlar koʻp sarmoya talab qiladigan faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan amalga oshirilsa) foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqqoslanadigan rentabellik usulidan foydalanilganda rentabellikning bozor oraligʻi bilan nazorat qilinadigan bitimning quyidagi talablarga javob beradigan tarafining rentabelligi taqqoslanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) nazorat qilinadigan bitim tarafi ayni bir tovar bilan ketma-ket bajarilgan bitimlar boʻyicha olingan foydaga qoʻshgan hissasi nazorat qilinadigan bitimning boshqa tarafi qoʻshgan hissaga nisbatan kam boʻlgan vazifalarni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) nazorat qilinadigan bitimning tarafi nazorat qilinadigan bitimning boshqa tarafiga nisbatan kam iqtisodiy (tijorat) tavakkalchiliklarni qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) nazorat qilinadigan bitimning tarafi rentabellik darajasiga sezilarli taʼsir koʻrsatadigan nomoddiy aktivlar obyektlariga egalik qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar nazorat qilinadigan bitimning tarafi ushbu modda oltinchi qismining 1 — 3-bandlarida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa, rentabellikning bozor oraligʻi bilan taqqoslash uchun nazorat qilinadigan bitimning mazkur talablarga eng koʻp darajada javob beradigan tarafi tanlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar nazorat qilinadigan bitim boʻyicha rentabellik ushbu Kodeksning 187-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlangan rentabellik oraligʻi doirasida boʻlsa, soliq solish maqsadlarida nazorat qilinadigan bitimning narxi bozor narxlariga muvofiq deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar nazorat qilinadigan bitim boʻyicha rentabellik rentabellik oraligʻining eng kam miqdoridan kam boʻlsa yoki uning eng koʻp miqdoridan koʻp boʻlsa, soliq solish maqsadlarida rentabellik oraligʻining oʻrtacha qiymati inobatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rentabellik oraligʻining oʻrtacha qiymatiga asosan soliq solish maqsadida nazorat qilinadigan bitimga doir foydaga (daromadga, tushumga) tuzatishlar amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solish maqsadida ushbu moddaning toʻqqizinchi va oʻninchi qismlariga muvofiq foydaga (daromadga, tushumga) tuzatishlarni qoʻllash, basharti bu budjet tizimiga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasining kamayishiga yoki soliq toʻlovchining zarari summasi oshishiga olib kelmasa, amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
192-modda. Foydani taqsimlash usuli
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydani taqsimlash usuli nazorat qilinadigan bitimning taraflari oʻrtasida ushbu bitimning barcha taraflari tomonidan olingan jami foydaning amalda taqsimlanishini foydani taqqoslanadigan bitimlar taraflari oʻrtasida taqsimlash bilan taqqoslashdan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar nazorat qilinadigan bitimning (nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhining) taraflari bir vaqtning oʻzida ular bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan shaxslar ishtirokidagi bir turdagi bitimlarning taraflari boʻlsa, ushbu bir turdagi bitimlarning natijalari nazorat qilinadigan bitim natijalari bilan birgalikda baholanadi. Bunda soliq solish maqsadida nazorat qilinadigan bitim va mazkur bir turdagi bitimlar boʻyicha jami foyda nazorat qilinadigan bitim boʻyicha foydani taqsimlash tartibiga oʻxshash tartibda taqsimlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar jami foydasi ushbu moddaning qoidalarini hisobga olgan holda taqsimlanishi lozim boʻlgan yuridik shaxslar buxgalteriya hisobiga qoʻyiladigan turli talablar asosida buxgalteriya hisobini yuritsa, foydani taqsimlash usulini qoʻllash maqsadida bunday moliyaviy hisobot yagona hisobga olish talablariga moslashtirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydani taqsimlash usulidan, chunonchi, quyidagi hollarda foydalanish mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu Kodeks 186-moddasi birinchi qismining 1 — 4-bandlarida nazarda tutilgan usullardan foydalanish mumkin boʻlmaganda va nazorat qilinadigan bitimning (nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhining) taraflari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatning sezilarli oʻzaro bogʻliqligi mavjud boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) nazorat qilinadigan bitim taraflarining mulkida (foydalanishida) rentabellik darajasiga sezilarli taʼsir koʻrsatuvchi nomoddiy aktivlar obyektlariga doir huquqlar mavjud boʻlganda (nomoddiy aktivlar obyektlarining predmeti boʻlgan, mustaqil shaxslar tomonidan amalga oshirilgan bir turdagi bitimlar mavjud boʻlmaganda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan bitim taraflari oʻrtasida nazorat qilinadigan bitim boʻyicha foyda (zarar) summasini taqsimlash ushbu Kodeks 176-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlari qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydani taqsimlash prinsiplarini tanlash nazorat qilinadigan bitimning (nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhining) holatlariga bogʻliq boʻladi va nazorat qilinadigan bitim boʻyicha foydani taqqoslanadigan tijorat va (yoki) moliyaviy shartlarda shunga oʻxshash faoliyatni amalga oshirayotgan mustaqil shaxslar oʻrtasida foydani taqsimlashga muvofiq tarzda taqsimlashga olib kelishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan bitimning (nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhining) taraflari oʻrtasida foydani taqsimlash foydani taqsimlash usuliga muvofiq holda nazorat qilinadigan bitim (nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhi) boʻyicha olinadigan jami foydaga nazorat qilinadigan bitim (nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhi) taraflari qoʻshgan hissani baholash asosida quyidagi mezonlarga yoki ularning aralashmalariga muvofiq amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) nazorat qilinadigan bitim boʻyicha jami foydaga nazorat qilinadigan bitim taraflari tomonidan amalga oshiriladigan funksiyalarga, ular tomonidan foydalaniladigan aktivlarga va qabul qilinadigan iqtisodiy (tijorat) tavakkalchiliklarni qabul qilishiga mutanosib ravishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) nazorat qilinadigan bitimda foydalanilgan kiritilgan sarmoyadan olingan daromadni nazorat qilinadigan bitim taraflari oʻrtasida mutanosib ravishda taqsimlashda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) taqqoslanadigan bitim taraflari oʻrtasida foydani taqsimlashga mutanosib ravishda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan bitim taraflari oʻrtasida foydani taqsimlash usuli qoʻllanilganida jami foyda yoxud bunday bitim barcha taraflarining qoldiq foydasi taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning maqsadida nazorat qilinadigan bitim barcha taraflarining tahlil qilinayotgan davr uchun operatsion foydasining summasi tahlil qilinayotgan bitim barcha taraflarining jami foydasi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning maqsadida qoldiq foyda (zarar) quyidagi tartibda aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dastlab ushbu Kodeks 186-moddasi birinchi qismining 1 — 4-bandlarida koʻrsatilgan usullar asosida, nazorat qilinadigan bitimning (nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhining) har bir tarafi uchun bozor narxlari oraligʻi asosida ushbu taraf uchun hisob-kitob qilingan foyda (zarar) aniqlanadi. Bunda bitimning har bir tarafi uchun ushbu taraf amalga oshiradigan vazifalar, u foydalanayotgan aktivlar, qabul qilinayotgan iqtisodiy va tijorat tavakkalchiliklari inobatga olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soʻngra nazorat qilinadigan bitim boʻyicha jami foyda (zarar) va nazorat qilinadigan bitimning barcha taraflari uchun sotishdan olinadigan jami hisoblangan foyda (zarar) summasi oʻrtasidagi ijobiy farq nazorat qilinadigan bitim boʻyicha qoldiq foyda deb, salbiy farq esa ushbu nazorat qilinadigan bitim boʻyicha qoldiq zarar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydani taqsimlash usuli qoʻllanilishi natijasida nazorat qilinadigan bitimning har bir ishtirokchisi foydasining (zararining) yakuniy miqdori soliqqa tortish maqsadidagi, hisob-kitob qilingan foydaga (zararga) va qoldiq foydaga (zararga) mos keladigan summaga teng deb qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jami yoxud qoldiq foydani (zararni) nazorat qilinadigan bitimning taraflari oʻrtasida taqsimlash uchun quyidagi koʻrsatkichlar hisobga olinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) nazorat qilinadigan bitim tarafi tomonidan nomoddiy aktivlarni yaratishga sarflangan xarajatlarning miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) nazorat qilinadigan bitim tarafda band boʻlgan xodimlarning tavsiflari, shu jumladan ularning soni va malakasi (xodimlar tomonidan sarflangan vaqt, mehnatga haq toʻlash xarajatlarining miqdori);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) nazorat qilinadigan bitim tarafining foydalanishida (tasarrufida) boʻlgan aktivlarning bozor qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) amalga oshirilayotgan vazifalar, foydalanilayotgan aktivlar va qabul qilinayotgan iqtisodiy (tijorat) tavakkalchiliklari hamda nazorat qilinadigan bitim boʻyicha sotishlardan amalda olingan foyda (zarar) miqdori oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni aks ettiruvchi boshqa koʻrsatkichlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning oʻn ikkinchi qismida koʻrsatilgan koʻrsatkichlar, basharti ular nazorat qilinadigan bitim boʻyicha haqiqatda olingan foyda (zarar) miqdoriga taʼsir qilsa, eʼtiborga olinadi va ularning taʼsir koʻrsatish darajasiga koʻra eʼtiborga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan bitim (nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhi) taraflari oʻrtasida foydani ushbu modda yettinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan mezon boʻyicha taqsimlash mustaqil shaxslar oʻrtasida amalga oshirilgan taqqoslanadigan bir turdagi bitimlar boʻyicha sotishdan olingan foyda (zarar) summasini taqsimlash haqidagi axborot mavjud boʻlgandagina amalga oshiriladi. Nazorat qilinadigan bitim boʻyicha foydani (zararni) taqsimlashning mazkur tartibidan foydalanishga quyidagi shartlarga bir vaqtning oʻzida rioya qilinganda yoʻl qoʻyiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) nazorat qilinadigan bitim taraflarining buxgalteriya hisobi maʼlumotlari taqqoslanadigan bitimlar taraflarining buxgalteriya hisobi maʼlumotlari bilan taqqoslanadigan boʻlishi yoxud zarur tuzatishlar vositasida taqqoslanadigan turga mos keltirilgan boʻlishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) nazorat qilinadigan bitim taraflari aktivlarining jami rentabelligi taqqoslanadigan bitimlar taraflarining jami rentabelligidan sezilarli tarzda farq qilmasligi yoxud zarur tuzatishlar vositasida taqqoslanadigan turga mos keltirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar nazorat qilinadigan bitim tarafining haqiqiy foydasi foydani taqsimlash usuli bilan hisob-kitob qilingan foydadan koʻp yoki unga teng boʻlsa yoxud agar ushbu taraf tomonidan koʻrilgan zarar bunday usul bilan hisob-kitob qilingan zarardan kam yoki unga teng boʻlsa, ushbu tarafda soliq solish maqsadida tegishincha haqiqatda olingan foyda yoxud haqiqatda koʻrilgan zarar qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar nazorat qilinadigan bitim tarafining haqiqiy foydasi foydani taqsimlash usuli bilan hisob-kitob qilingan foydadan kam boʻlsa, soliq solish maqsadida uning uchun bunday usul bilan hisob-kitob qilingan foyda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar nazorat qilinadigan bitim tarafining haqiqiy zarari foydani taqsimlash usuli bilan ushbu taraf uchun hisob-kitob qilingan zarardan koʻp boʻlsa, soliqqa tortish maqsadida uning uchun bunday usul bilan hisob-kitob qilingan zarar qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning oʻn oltinchi va oʻn yettinchi qismlariga muvofiq soliqqa tortish maqsadida hisobga olingan foydani (zararni) soliq toʻlovchi tomonidan haqiqatda olingan foyda (zarar) bilan taqqoslash asosida, foyda soligʻi soliq toʻlovchining foydasiga (zarariga) tuzatish amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqqa tortish maqsadida foydani taqsimlash usuli bilan hisob-kitob qilingan foydani (zararni) ushbu moddaning oʻn beshinchi — oʻn sakkizinchi qismlari asosida qoʻllash, agar bu ushbu holat budjet tizimiga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasining kamayishiga yoki soliq toʻlovchining zarari summasi oshishiga olib kelmasa, amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24-bob. Transfert narxni belgilashda soliq nazorati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
193-modda. Transfert narxni belgilashda soliq nazorati maqsadida axborotni tayyorlash va taqdim etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining talabiga koʻra mazkur talabda koʻrsatilgan aniq bitimga (bir turdagi bitimlar guruhiga) taalluqli hujjatlarni taqdim etadi. Hujjatlar deganda hujjatlar majmui yoki erkin shaklda tuzilgan yagona hujjat (agar bunday hujjatlarni belgilangan shaklda tuzish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan boʻlsa) tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar nazorat qilinadigan bitimni (bir turdagi bitimlar guruhini) amalga oshirgan soliq toʻlovchining (boshqa shaxslarning) faoliyati toʻgʻrisidagi, ushbu bitim bilan bogʻliq boʻlgan quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) nazorat qilinadigan bitim oʻzi bilan amalga oshirilgan shaxslarning roʻyxati (ular soliq rezidenti boʻlgan davlatlar va hududlarni koʻrsatgan holda), bitimning tavsifi, uning shartlari, jumladan narxni belgilash usulining tavsifi (mavjud boʻlsa), toʻlovlarni amalga oshirish shartlari va muddatlari hamda bitim haqidagi boshqa axborot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) bitim taraflari boʻlgan shaxslarning vazifalari haqidagi (soliq toʻlovchi tomonidan funksional tahlil oʻtkazilgan taqdirda), ular tomonidan foydalaniladigan, ushbu nazorat qilinadigan bitim bilan bogʻliq boʻlgan aktivlar toʻgʻrisidagi va ular tomonidan qabul qilinayotgan, soliq toʻlovchi bitim tuzishda inobatga olgan iqtisodiy (tijorat) tavakkalchiliklar haqidagi maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq toʻlovchi ushbu Kodeksning 23-bobida nazarda tutilgan usullardan foydalangan boʻlsa, hujjatlarga foydalanilgan usullar haqidagi quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) foydalanilayotgan usulni tanlash va qoʻllash usuli sabablarining asosi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) foydalanilayotgan axborot manbalariga havola;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) taqqoslanadigan bitimlarni tanlash uchun foydalanilgan yondashuvni tavsiflagan holda, nazorat qilinayotgan bitim boʻyicha bozor narxlari oraligʻining (rentabellik oraligʻining) hisob-kitobi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) nazorat qilinadigan bitim amalga oshirilishi natijasida olingan daromadlarning (foydaning) summasi va (yoki) amalga oshirilgan xarajatlarning (koʻrilgan zararlarning) summasi, olingan rentabellik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) nazorat qilinadigan bitimdan uni amalga oshirgan shaxs tomonidan axborotni, intellektual faoliyat natijalarini, korxonani, uning mahsulotini va xizmatlarini individuallashtirish belgilariga (firma nomi, tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilariga) boʻlgan huquqlarni va boshqa mutlaq huquqlarni (tegishli holatlar mavjud boʻlganda) qabul qilish natijasida olinadigan iqtisodiy naf haqidagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) nazorat qilinadigan bitimning narxiga (rentabelligiga) taʼsir koʻrsatgan boshqa omillar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan nazorat qilinadigan bitimni tuzgan shaxsning bozor strategiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar ushbu bozor strategiyasi nazorat qilinadigan bitim narxiga (rentabelligiga) taʼsir koʻrsatgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) soliq toʻlovchi tomonidan soliq bazasiga va soliq summasiga ushbu Kodeks 177-moddasining birinchi qismiga muvofiq kiritilgan tuzatishlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi nazorat qilinadigan bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlari mustaqil shaxslarning taqqoslanadigan bitimlari shartlariga mos kelishini tasdiqlovchi boshqa axborotni mazkur shartlarni taqqoslashni taʼminlash uchun kiritilgan tuzatishlarni hisobga olgan holda taqdim etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar soliq toʻlovchidan nazorat qilinadigan bitimlar tuzilgan kalendar yildan keyingi yilning 1-iyunidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan talab qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) agar bitimlarning narxlari yuzasidan ushbu Kodeks 178-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq monopoliyaga qarshi organlar tomonidan koʻrsatma belgilangan yoki narx tartibga solinadigan boʻlsa va ushbu Kodeks 179-moddasining uchinchi qismiga muvofiq qoʻllanilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) agar bitim nazorat qilinmaydigan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qimmatli qogʻozlarga doir va qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada boʻlgan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir bitimlar tuzilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ushbu Kodeksning 25-bobiga muvofiq soliq solish maqsadida narxni belgilash toʻgʻrisidagi kelishuv tuzilgan bitimlar amalga oshirilsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan bitimlar boʻyicha mazkur hujjatlarni ixtiyoriy ravishda taqdim etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlariga taqdim etiladigan hujjatlarning batafsilligi va asoslanganligi bitimning murakkabligiga hamda uning narxi shakllanishiga (bitimlar taraflarining rentabelligiga) mutanosib boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
194-modda. Transfert narxni belgilashda soliq nazorati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transfert narxni belgilashda soliq nazorati doirasida nazorat qilinadigan bitimlar tuzilganligi munosabati bilan soliqlarning toʻliq hisoblab chiqarilishi va toʻlanishini tekshirish (bundan buyon ushbu bobda tekshiruv deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan uning joylashgan yeri boʻyicha oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshiruv ushbu Kodeksning 182-moddasiga muvofiq yuborilgan nazorat qilinadigan bitimlar haqidagi bildirishnoma yoki hududiy soliq organining xabarnomasi asosida, shuningdek soliq tekshiruvini oʻtkazish natijasida nazorat qilinadigan bitim aniqlangan taqdirda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshiruvlarni oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu Kodeksning 150 — 152-moddalarida belgilangan soliq nazorati tadbirlarini oʻtkazishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan bitimlar narxlarining bozor narxlariga muvofiqligini nazorat qilish Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi yoki hududiy soliq organlari tomonidan oʻtkaziladigan soliq nazoratining predmeti boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, nazorat qilinadigan bitta bitimga (bir xil bitimlar guruhiga) nisbatan aynan bir kalendar yil uchun ikki va undan ortiq tekshiruv oʻtkazishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan nazorat qilinadigan bitta bitimga (bir xil bitimlar guruhiga) nisbatan takroriy tekshiruv oʻtkazishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) soliq toʻlovchi ushbu Kodeksning 177-moddasiga muvofiq soliq summasi ilgari soliq hisobotida bayon etilganidan koʻra kamroq miqdorda (zarar summasi — kattaroq miqdorda) aks ettirilgan aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soliq toʻlovchi tomonidan nazorat qilinadigan bitim haqida ilgari taqdim etilgan axborotda nomutanosiblik aniqlanganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshiruv doirasida tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan yildan avvalgi besh kalendar yildan oshmaydigan davrda tuzilgan nazorat qilinadigan bitimlar tekshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi tomonidan tuzilgan bitimga nisbatan tekshiruv oʻtkazish ushbu soliq toʻlovchining soliq tekshiruvlarini hamda mazkur bitim tuzilgan soliq davri uchun soliq monitoringini oʻtkazishga toʻsqinlik qilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transfert narxni belgilashda soliq nazorati tadbirlarini amalga oshirish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan olingan materiallar va maʼlumotlardan tekshirilayotgan nazorat qilinadigan bitim ishtirokchilari boʻlgan boshqa shaxslarni tekshirishda foydalanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
195-modda. Transfert narxni belgilashda soliq nazoratini oʻtkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshiruv Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi rahbarining (rahbar oʻrinbosarining) tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori asosida uning mansabdor shaxslari tomonidan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Kodeksning 182-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan bildirishnoma yoki xabarnoma olingan kundan eʼtiboran toʻrt yildan kechiktirmay chiqarilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisida u qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida soliq toʻlovchini xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq toʻlovchi ushbu Kodeksning 177-moddasiga muvofiq soliq summasi soliq hisobotida ilgari berilganidan koʻra kam miqdorda (zarar summasi — kattaroq miqdorda) aks ettirgan holda aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etgan boʻlsa, tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror ushbu aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilgan kundan eʼtiboran toʻrt yildan kechiktirmay chiqarilishi mumkin. Bunda tekshiruv faqat tuzatish kiritish amalga oshirilgan nazorat qilinadigan bitimga nisbatan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshiruv olti oydan oshmaydigan muddatda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshiruv oʻtkazish muddati uni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran va bunday tekshiruv oʻtkazilganligi haqidagi maʼlumotnoma tuzilgan kunga qadar hisoblab chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida hollarda, tekshirish oʻtkazishning mazkur muddati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi rahbarining (rahbar oʻrinbosarining) qaroriga koʻra oʻn ikki oygacha uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshiruv oʻtkazish muddatini uzaytirish asoslarini va tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet davlat organlaridan axborot olish, soliq toʻlovchi tomonidan chet tilida taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish va (yoki) oʻzbek yoki rus tiliga tarjima qilish zarur boʻlgan taqdirda, tekshiruv oʻtkazish muddati qoʻshimcha ravishda olti oydan oshmaydigan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tekshiruv chet davlat organlaridan axborot olish uchun uzaytirilgan boʻlsa va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi soʻralayotgan axborotni olti oy ichida ololmagan boʻlsa, mazkur tekshiruvni uzaytirish muddati qoʻshimcha ravishda uch oyga koʻpaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshiruv oʻtkazish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qarorning koʻchirma nusxasi soliq toʻlovchiga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar nazorat qilinadigan bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlarining mustaqil shaxslar oʻrtasidagi taqqoslanadigan bitimlarning shartlari bilan taqqoslanishini aniqlash uchun soliq toʻlovchi ushbu Kodeksning 23-bobida koʻrsatilgan usullarni yoki ularning kombinatsiyasini qoʻllagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tekshiruvni amalga oshirish chogʻida soliq toʻlovchi tomonidan qoʻllanilgan usulni (usullar kombinatsiyasini) qoʻllaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi nazorat qilinadigan bitimni tuzish shartlaridan kelib chiqqan holda soliq toʻlovchi tomonidan qoʻllanilgan usul (usullar kombinatsiyasi) nazorat qilinadigan bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlarining mustaqil shaxslar oʻrtasidagi taqqoslanadigan bitimlar shartlari bilan taqqoslanishi mumkinligi yoki taqqoslana olmasligi toʻgʻrisida asoslangan xulosa chiqarishga imkon bermasligini isbotlasa, boshqa usul (usullar kombinatsiyasi) qoʻllanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshiruv davomida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu Kodeksning 23-bobida nazarda tutilmagan boshqa usullarni qoʻllashga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu Kodeksning 146-moddasida nazarda tutilgan tartibda soliq toʻlovchiga tekshirilayotgan bitimga (bir xil bitimlar guruhiga) nisbatan ushbu Kodeksning 193-moddasida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etish haqidagi talabnomani yoʻllashga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talab qilinayotgan hujjatlar tegishli talabnoma olingan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kun ichida soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining tekshiruv oʻtkazayotgan mansabdor shaxsi tekshirilayotgan bitimlarning ushbu bitimlarga taalluqli hujjatlarga (axborotga) ega boʻlgan ishtirokchilaridan hujjatlarni (axborotni) talab qilishga haqli. Hujjatlarni (axborotni) bunday talab qilish hujjatlarni talab qilishning ushbu Kodeksning 147-moddasida belgilangan tartibiga oʻxshash tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshiruvning oxirgi kunida tekshiruvchi oʻtkazilgan tekshiruv toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani tuzishi shart boʻlib, unda tekshiruv predmeti va uni oʻtkazish muddatlari qayd etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻtkazilgan tekshiruv toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma oʻziga nisbatan bunday tekshiruv oʻtkazilgan shaxsga yoki uning vakiliga imzo qoʻydirib topshiriladi yoki u olingan sana haqida dalolat beruvchi boshqa usulda topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq toʻlovchi (uning vakili) oʻtkazilgan tekshiruv toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani olishdan bosh tortsa, mazkur maʼlumotnoma soliq toʻlovchiga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻtkazilgan tekshiruv toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilganda, buyurtma xat yuborilgan sanadan eʼtiboran hisoblaganda beshinchi kun u topshirilgan sana deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tekshiruv natijalariga koʻra soliq summasining kamayishiga (zarar summasining oshishiga) olib kelgan, nazorat qilinadigan bitim narxining bozor narxlaridan chetga chiqishi faktlari aniqlangan boʻlsa, tekshiruvni oʻtkazgan vakolatli mansabdor shaxslar belgilangan shakldagi tekshiruv dalolatnomasini tekshiruv toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma tuzilgan kundan eʼtiboran ikki oy ichida tuzishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshiruv dalolatnomasi tekshiruvni oʻtkazgan mansabdor shaxslar va oʻziga nisbatan ushbu tekshiruv oʻtkazilgan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻziga nisbatan tekshiruv oʻtkazilgan shaxs yoki uning vakili tekshiruv dalolatnomasini imzolashni rad etgan taqdirda ushbu dalolatnomaga bu haqda tegishli yozuv kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshiruv dalolatnomasi ushbu Kodeksning 156-moddasi beshinchi qismida nazarda tutilgan talablar hisobga olingan holda tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshiruv dalolatnomasi nazorat qilinadigan bitim narxining bozor narxlari oraligʻi chegarasidan chiqishining hujjatlar bilan tasdiqlangan faktlarini ham, shuningdek ushbu holat soliq summasining kamayishiga (zarar summasining oshishiga) olib kelganligining asoslanishini va bunday kamayish (koʻpayish) summasining hisob-kitobini oʻz ichiga olishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshiruv dalolatnomasi oʻziga nisbatan tekshiruv oʻtkazilgan shaxsga u tuzilgan sanadan eʼtiboran besh kun ichida yoki ushbu shaxsning vakiliga imzo qoʻydirib topshirilishi yoki olingan sana haqida dalolat beruvchi boshqa usulda topshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar oʻziga nisbatan tekshiruv oʻtkazilgan shaxs yoki uning vakili tekshiruv dalolatnomasini olishdan bosh tortsa, ushbu fakt tekshiruv dalolatnomasida aks ettiriladi va tekshiruv dalolatnomasi yuridik shaxsning joylashgan yeri yoki jismoniy shaxsning yashash joyi boʻyicha pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekshiruv dalolatnomasi pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilganda, buyurtma xat yuborilgan sanadan eʼtiboran hisoblaganda beshinchi kun u olingan sana deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻziga nisbatan tekshiruv oʻtkazilgan shaxs (uning vakili) tekshiruv dalolatnomasida bayon qilingan faktlarga va (yoki) tekshiruvchilarning xulosalari hamda takliflariga rozi boʻlmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga umuman mazkur dalolatnoma boʻyicha yoki uning alohida qismlari boʻyicha yozma eʼtirozlarini taqdim etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda mazkur shaxs oʻz eʼtirozlarining asoslanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (ularning tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini) yozma eʼtirozlariga ilova qilishga yoki kelishilgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga topshirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday eʼtirozlar soliq tekshiruvi dalolatnomasi olingan kundan eʼtiboran yigirma kalendar kun ichida taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan dalolatnomani, boshqa tekshiruv materiallarini va dalolatnomaga doir yozma eʼtirozlarni koʻrib chiqish, shuningdek tekshiruv natijalariga koʻra qaror qabul qilish ushbu Kodeksning 158 — 160-moddalarida nazarda tutilgan materiallarni koʻrib chiqish va soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qaror qabul qilish tartibiga oʻxshash tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-bob. Soliq solish maqsadlarida narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
196-modda. Soliq solish maqsadlarida narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim haqidagi umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsi (bundan buyon ushbu bobda soliq toʻlovchi deb yuritiladi) soliq solish maqsadida narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim (bundan buyon matnda narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim deb yuritiladi) tuzish haqidagi ariza bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga murojaat qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi oʻrtasida tuzilgan, oʻzining amal qilishi muddati davomida soliq solish maqsadida nazorat qilinadigan bitimlarda narxlarni aniqlash va (yoki) narxlarni belgilash usullarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi bitim narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimning maqsadi soliq toʻlovchi tomonidan tuziladigan bitimlarda bozor narxlarini qoʻllashdan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim predmeti quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) nazorat qilinadigan bitimlarning hamda oʻziga nisbatan narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim tuziladigan tovarlarning (xizmatlarning) turlari va (yoki) roʻyxatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soliq solish maqsadida narxlarni aniqlash tartibi va (yoki) narxni belgilash usullarining (formulalarining) tavsifi hamda ularning qoʻllanilish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) bitimlar narxlarining narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim shartlariga muvofiqligini aniqlashda foydalaniladigan axborot manbalarining roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim shartlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning roʻyxati, ularni taqdim etish tartibi va muddatlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taraflarning kelishuvi boʻyicha boshqa shartlar ham narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim predmeti boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
197-modda. Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimning taraflari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi nomidan uning rahbari (rahbar oʻrinbosari), agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim taraflaridir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tashqi savdo bitimiga nisbatan narxlarni belgilash toʻgʻrisida taraflardan hech boʻlmaganda biri chet davlatning soliq rezidenti hisoblanib, bitim tuzish nazarda tutilsa, soliq toʻlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga bunday chet davlat ijro etuvchi hokimiyatining vakolatli organi ishtirokida narxni belgilash toʻgʻrisida shunday bitim tuzish haqidagi ariza bilan murojaat etishga haqli. Chet davlat ijro etuvchi hokimiyatining vakolatli organi ishtirokidagi bunday bitimni tuzish, basharti ushbu davlat bilan ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish maqsadida shartnoma (bitim) tuzilsa, mumkin boʻladi. Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bunday bitimlarni tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar bir turdagi nazorat qilinadigan bitimlar Oʻzbekiston Respublikasining bir nechta oʻzaro bogʻliq yuridik shaxsi (yuridik shaxslar guruhi) oʻrtasida tuzilsa, mazkur yuridik shaxslar bilan narxni belgilash toʻgʻrisida koʻp tomonlama bitim tuzilishi mumkin. Bunday bitimning shartlari ushbu bitimni tuzgan barcha yuridik shaxslar guruhiga nisbatan tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning tegishincha 199 va 200-moddalarida belgilangan tartibda narx belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzishda, uning shartlarini oʻzgartirishda va uning shartlari bajarilishi yuzasidan tekshirish oʻtkazishda yuridik shaxslar guruhining umumiy manfaatlarini ushbu guruhdan bitta yuridik shaxs ifodalashi mumkin. Bunday shaxsning vakolatlari qonunchilikda belgilangan tartibda berilgan ishonchnomalar bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Narxni belgilash toʻgʻrisida bitim tuzgan soliq toʻlovchi bitim qaysi shaxslar bilan tuzilayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarni bunday bitim tuzilganligi fakti haqida va unda belgilangan, soliqqa tortish maqsadida qoʻllaniladigan narxni aniqlash tartibi toʻgʻrisida xabardor qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
198-modda. Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim bitta bitim yoki ayni bir predmetga ega boʻlgan bir nechta bitim (bir turdagi bitimlar guruhi) boʻyicha uch yildan oshmaydigan muddatga tuzilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimning amal qilishi soliq toʻlovchi mazkur bitim kuchga kirgan kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga bitim tuzish haqidagi ariza bilan murojaat qilgan kalendar yilning birinchi sanasidan eʼtiboran oʻtgan davrga nisbatan tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi, agar u narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimning barcha shartlariga rioya etsa, narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi ariza bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga murojaat qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim taraflarning kelishuviga koʻra ushbu Kodeksning 199-moddasida nazarda tutilgan tartibda ikki yildan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim, agar bevosita mazkur bitimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, bitim imzolangan yildan keyingi kalendar yilning 1-yanvaridan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
199-modda. Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish haqida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etilgan arizasiga soliq toʻlovchi tomonidan quyidagilar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim loyihasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soliq toʻlovchining nazorat qilinadigan bitimlar bilan bogʻliq faoliyati haqidagi hujjatlar, shuningdek soliq toʻlovchi tomonidan narxni belgilash toʻgʻrisida bitim tuzish taklif qilinayotgan nazorat qilinadigan bitimlar haqidagi hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) soliq toʻlovchi taʼsis hujjatlarining koʻchirma nusxalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) soliq toʻlovchi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning koʻchirma nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) soliq toʻlovchi Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan joydagi soliq organida soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyilganligi haqidagi guvohnomaning koʻchirma nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) soliq toʻlovchining oxirgi hisobot davri uchun moliyaviy hisoboti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzishda ahamiyatga ega axborot mavjud boʻlgan boshqa hujjatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida sanab oʻtilgan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga, agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, erkin shaklda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi soliq toʻlovchidan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan, narx belgilash haqidagi bitim maqsadi uchun zarur boʻlgan hujjatlarni soʻrab olishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi soliq toʻlovchi tomonidan ushbu moddaning birinchi — uchinchi qismlariga muvofiq taqdim etilgan arizani va boshqa hujjatlarni ular olingan kundan eʼtiboran olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi. Mazkur muddat toʻqqiz oyga qadar uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish muddatini uzaytirish asoslari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi — uchinchi qismlariga muvofiq taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzish haqidagi qaror;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tuzishni rad etish haqidagi asoslantirilgan qaror;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim loyihasini maromiga yetkazish zarurligi haqidagi qaror.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli qaror soliq toʻlovchiga (uning vakiliga) qabul qilingan sanadan eʼtiboran besh kun ichida yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Narxni belgilash toʻgʻrisida bitim tuzish haqidagi qaror qabul qilingan taqdirda, qarorda bitim imzolangan joy, sana va vaqt koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Takroran taqdim etilgan bitim loyihasi boʻyicha qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan uch oy ichida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar narxni belgilash toʻgʻrisida bitim tuzishni rad etish haqida qaror qabul qilish uchun asos boʻladi, xususan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarning taqdim etilmaganligi yoki toʻliq hajmda taqdim etilmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim loyihasida taklif etilgan narxlarni aniqlash tartibini va (yoki) narxni belgilash usullarini qoʻllash natijasida bitimlar narxlarining bozor narxlariga muvofiqligi taʼminlanmasligi haqidagi asoslantirilgan xulosa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Narxni belgilash toʻgʻrisida tuzilgan bitimning koʻchirma nusxasi soliq toʻlovchi hisobda turgan joydagi soliq organiga ushbu bitim imzolangan kundan eʼtiboran uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga taqdim etilgan narxni belgilash toʻgʻrisida bitim tuzish haqidagi arizani uning oʻzi chaqirib olishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda oʻzgartirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
200-modda. Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimning bajarilishini tekshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimning soliq toʻlovchi tomonidan bajarilishini tekshirish ushbu Kodeksning 24-bobida nazarda tutilgan tartibga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq toʻlovchi oʻzi tuzgan narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimning barcha shartlariga rioya qilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi mazkur bitimda narxlari (narxlarni aniqlash usullari) kelishilgan nazorat qilinadigan bitimlarga nisbatan soliqlarning, penyalarning yoki jarimalarning qoʻshimcha hisoblanishini yoxud zarar summalarini kamaytirishni nazarda tutadigan qarorni qabul qilishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
201-modda. Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tugatish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim uning amal qilish muddati oʻtganidan keyin tugatiladi yoki ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda muddatidan ilgari tugatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni uning amal qilishi muddati davomida soliqlarning toʻliq toʻlanmasligini keltirib chiqargan holda buzgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi rahbarining (rahbar oʻrinbosarining) qaroriga koʻra ushbu bitim muddatidan oldin tugatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim taraflarning kelishuviga yoki sudning qaroriga koʻra ham muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tugatish haqidagi qarori soliq toʻlovchiga (uning vakiliga) undan tilxat olingan holda topshiriladi yoki unga qaror olingan sana toʻgʻrisida dalolat beruvchi boshqa usul bilan beriladi yoxud soliq toʻlovchiga tegishli qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchiga pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilgan qaror ushbu buyurtma xat yuborilgan kundan eʼtiboran besh kun oʻtgach olingan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimni tugatish haqidagi qarori ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
202-modda. Narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitim shartlarining barqarorligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik oʻzgartirilganda narxni belgilash haqidagi bitimning narxni belgilash toʻgʻrisida bitim tuzish, unga oʻzgartishlar kiritish va uning amal qilishini tugatishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solish qismiga taalluqli shartlari oʻzgarishsiz qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda soliq toʻlovchining faoliyatiga va narx belgilashga taʼsir qiluvchi oʻzgartirishlar boʻlgan taqdirda, bitim taraflari narxni belgilash toʻgʻrisidagi bitimning matniga tegishli oʻzgartishlar kiritishga haqli.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.01 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi toʻlovchilar va soliqqa tortish obyektlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII BOʻLIM. NAZORAT QILINADIGAN CHET EL KOMPANIYALARINING FOYDASIGA SOLIQ SOLISH SHARTLARI VA UMUMIY QOIDALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26-bob. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasiga soliq solishning umumiy qoidalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
203-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasiga solinadigan soliqni toʻlovchi shaxslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu boʻlimda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining taqsimlanmagan foydasidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliq toʻlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el kompaniyalarini nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari deb eʼtirof etish tartibi hamda yuridik va jismoniy shaxslarni bunday chet el kompaniyalarini nazorat qiluvchi shaxslar deb eʼtirof etish tartibi ushbu Kodeksning tegishincha 39 va 40-moddalarida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti nazorat qilinadigan chet el kompaniyasini nazorat qiluvchi shaxs deb eʼtirof etilsa, u ushbu nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining taqsimlanmagan foydasini ushbu Kodeksga muvofiq soliq solinishi lozim boʻlgan oʻz daromadlari tarkibiga kiritishi shart. Yuridik shaxslar mazkur taqsimlanmagan foydani foyda soligʻi bazasiga, jismoniy shaxslar esa – jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi bazasiga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar har bir nazorat qilinadigan chet el kompaniyasiga nisbatan uning har bir nazorat qiluvchi shaxsi tomonidan alohida qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 204-moddasida nazarda tutilgan hollarda nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining taqsimlanmagan foydasi ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishdan ozod qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
204-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasini soliq solishdan ozod qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi, agar ushbu chet el kompaniyasiga nisbatan quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda bittasi bajarilsa, ushbu modda qoidalari hisobga olingan holda, ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishdan ozod qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) u oʻzi tashkil qilingan chet davlatning (hududning) qonun hujjatlariga muvofiq notijorat tashkiloti boʻlib, olingan foydani (daromadni) aksiyadorlar (ishtirokchilar, taʼsischilar) yoki boshqa shaxslar oʻrtasida taqsimlamaydigan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) u aktiv chet el kompaniyasi yoki aktiv chet el xolding kompaniyasi boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ushbu chet el kompaniyasi uchun daromadlarni (foydani) bunday kompaniya doimiy joylashgan davlatning (hududning) qonunchiligiga muvofiq moliyaviy yil uchun moliyaviy hisobot tuziladigan davr yakunlari boʻyicha ushbu Kodeksning 207-moddasiga muvofiq aniqlanadigan soliq solishning samarali stavkasi ushbu Kodeksning 337-moddasi 12-bandida koʻrsatilgan foydadan olinadigan soliq stavkasi miqdoridan kam boʻlmagan miqdorni tashkil etsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) u chet davlatning (hududning) qonunchiligiga muvofiq bank yoki sugʻurta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya yoxud boshqa maxsus ruxsatnoma asosida faoliyat yuritadigan bank yoki sugʻurta tashkiloti boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda birinchi qismining 2-bandida koʻrsatilgan nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi, agar bunday chet el kompaniyasi doimiy joylashgan davlat (hudud) ushbu Kodeksning 181-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan ofshor yurisdiksiyalar roʻyxatiga kiritilmagan boʻlsa, ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishdan ozod qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismi 3 va 4-bandlarida koʻrsatilgan nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi, agar Oʻzbekiston Respublikasi bilan soliq solish masalalari boʻyicha xalqaro shartnomasi mavjud boʻlgan davlat (hudud) bunday chet el kompaniyasi doimiy joylashgan yer boʻlsa, ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishdan ozod qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasini aktiv chet el kompaniyasi yoki aktiv chet el xolding kompaniyasi deb eʼtirof etish qoidalari ushbu Kodeksning 205-moddasida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foyda soligʻi boʻyicha daromadga (foydaga) soliq solishning samarali stavkasini hisob-kitob qilish qoidalari ushbu Kodeksning 207-moddasida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aktiv chet el xolding kompaniyasining foydasi ushbu Kodeksning 205-moddasida koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsi — bunday aktiv chet el xolding kompaniyasini nazorat qiluvchi shaxs uchun soliq solishdan ozod qilinadi. Mazkur aktiv chet el xolding kompaniyasining foydasi Oʻzbekiston Respublikasining ushbu yuridik shaxsida — ushbu aktiv chet el xolding kompaniyasini nazorat qiluvchi shaxsda bevosita yoki bilvosita ishtirok etuvchi ushbu chet el xolding kompaniyasini nazorat qiluvchi boshqa shaxslarda ham ozod qilinadi. Ushbu foyda bunday shaxslarning mazkur nazorat qiluvchi shaxsda ishtirok etish ulushiga muvofiq miqdorda soliq solishdan ozod qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasini foyda soligʻi solishdan ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan asoslarga koʻra ushbu Kodeksga muvofiq ozod qilish huquqi hujjat bilan tasdiqlanishi kerak. Mazkur huquqni tasdiqlash uchun ushbu nazorat qilinadigan chet el kompaniyasini nazorat qiluvchi shaxs boʻlgan soliq toʻlovchi oʻzi hisobga olingan joydagi soliq organiga bunday soliqdan ozod qilish shartlariga rioya qilinishini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi. Bu hujjatlar ushbu Kodeksning 209-moddasi ikkinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilgan muddatda taqdim etiladi va uning nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini soliq solishdan ozod qilish huquqini beruvchi shartlarga rioya etilishini tasdiqlash uchun zarur boʻlgan qismi davlat tiliga tarjima qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
205-modda. Aktiv chet el kompaniyalari va aktiv chet el xolding kompaniyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzining moliyaviy hisoboti maʼlumotlariga koʻra moliya yilida passiv faoliyatdan olingan daromadlarining ulushi koʻrsatilgan davr uchun daromadlarining umumiy summasida 20 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorni tashkil etgan chet el yuridik shaxsi ushbu Kodeksning maqsadida aktiv chet el kompaniyasi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ustav fondida (ustav kapitalida) Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsi boʻlgan nazorat qiluvchi shaxsning bevosita ishtirok etish ulushi ketma-ket keladigan kamida uch yuz oltmish besh kalendar kun ichida kamida 75 foizni tashkil etgan chet el yuridik shaxsi ushbu Kodeksning maqsadida chet el xolding kompaniyasi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar chet el xolding kompaniyasiga nisbatan quyidagi shartlarga bir vaqtning oʻzida rioya qilinsa, ushbu chet el xolding kompaniyasi ushbu Kodeksning maqsadida aktiv chet el xolding kompaniyasi deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) uning passiv faoliyatdan olingan daromadlarining (bundan aktiv chet el kompaniyasidan olingan dividendlar mustasno) ulushi moliya yilida moliyaviy hisobot maʼlumotlariga koʻra oʻz daromadlari umumiy summasining 5 foizidan oshmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ushbu qismning 1-bandida koʻrsatilgan ulushni hisob-kitob qilishda dividendlari passiv faoliyatdan olingan daromadlar tarkibidan chiqariladigan har bir aktiv chet el kompaniyasining ustav fondida (ustav kapitalida) uning bevosita ishtirok etish ulushi ketma-ket keladigan kamida uch yuz oltmish besh kalendar kun ichida kamida 50 foizni tashkil etsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning maqsadida moliya yili deganda, chet el yuridik shaxsi tashkil etilgan davlatning qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy hisobot tuziladigan vaqt davri moliyaviy yil, uning moliyaviy hisoboti deganda esa ushbu yuridik shaxsning konsolidatsiya qilinmagan moliyaviy hisoboti tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaysi faoliyat turini amalga oshirishdan olingan daromad soliq solish maqsadida passiv faoliyatdan olingan daromad deb qaralishi ushbu Kodeksning 206-moddasiga muvofiq aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
206-modda. Aktiv va passiv faoliyatdan olinadigan daromadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining daromadlarini aniqlashda ushbu Kodeksning maqsadida uning quyidagi daromadlari hisobga olinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu chet el kompaniyasi tomonidan olingan dividendlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) yuridik shaxslarning, boshqa shaxslarning yoki ular birlashmalarining foydasini yoki mol-mulkini taqsimlash natijasida, shu jumladan ularni tugatish chogʻida taqsimlash natijasida olinadigan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) har qanday turdagi qarz majburiyatlari boʻyicha, shu jumladan foydada ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan obligatsiyalar va ayirboshlanadigan obligatsiyalar boʻyicha foizli daromad;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) royalti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) chet el huquqi boʻyicha yuridik shaxs boʻlmagan chet el tashkilotida aksiyalarni (ulushlarni) realizatsiya qilishdan va (yoki) huquqlarni boshqa shaxsga oʻtkazishdan olinadigan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga (hosila moliyaviy vositalariga) doir operatsiyalar boʻyicha daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) koʻchmas mulkni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) mol-mulkni ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga berishdan olinadigan daromadlar, shu jumladan lizing operatsiyalaridan olinadigan daromadlar, bundan dengiz yoki havo kemalarini va (yoki) transport vositalarini, shuningdek xalqaro tashishlarda foydalaniladigan konteynerlarni ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga berishdan olinadigan daromadlar mustasno. Bunda lizing oluvchi tomonidan lizing predmetini olish va undan foydalanish bilan bogʻliq lizing operatsiyalaridan olinadigan daromad lizing toʻlovining lizing beruvchiga lizingga berilgan mol-mulk qiymatini toʻlashni chiqarib tashlangan holdagi barcha summasidan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) investitsiya pay fondlarining investitsiya paylarini realizatsiya qilishdan (shu jumladan toʻlanishidan) olinadigan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) maslahat berish, yuridik, buxgalterlik, auditorlik, injiniring, reklama, marketing xizmatlari, axborotga ishlov berish xizmatlari koʻrsatishdan, shuningdek ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirishdan olinadigan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) xodimlarni taqdim etishga oid xizmatlardan olinadigan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) ushbu modda birinchi qismining 1 — 11-bandlarida koʻrsatilgan daromadlarga oʻxshash boʻlgan boshqa daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) boshqa daromadlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning maqsadida ushbu moddaning birinchi qismi 1 — 12-bandlarida koʻrsatilgan daromadlar passiv faoliyatdan olinadigan daromadlar deb, ushbu moddaning birinchi qismi 13-bandida koʻrsatilgan daromadlar aktiv faoliyatdan olinadigan daromadlar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar bunda chet el kompaniyasining asosiy faoliyati ushbu modda birinchi qismining 3-bandida koʻrsatilgan daromadlarni olishga yoʻnaltirilgan boʻlsa va chet davlatning (hududining) qonun hujjatlariga muvofiq maxsus litsenziya asosida amalga oshirilsa, koʻrsatilgan daromadlar aktiv faoliyatdan olinadigan daromadlar jumlasiga kiritilishi mumkin. Xususan, banklar uchun bunday daromadlar aktiv faoliyatdan olinadigan daromadlar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
207-modda. Daromadlarga (foydaga) soliq solishning samarali stavkasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el kompaniyasi mansub boʻlgan davlat (hudud) qonunchiligiga muvofiq chet el kompaniyasi va uning alohida boʻlinmalari tomonidan hisoblab chiqarilgan daromad (foyda) soligʻi hamda bunday daromadlarning toʻlov manbaida ushbu kompaniya daromadlaridan (foydasidan) ushlab qolingan daromad (foyda) soligʻi summasining chet el kompaniyasining uning alohida boʻlinmalari bilan birgalikdagi daromadining (foydasining) umumiy summasiga nisbati chet el kompaniyasining daromadlariga (foydasiga) soliq solishning samarali stavkasi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daromad (foyda) soligʻi summasini hisob-kitob qilish chogʻida soliq toʻlovchi chet el kompaniyasining uning alohida boʻlinmalari bilan birgalikdagi daromadining (foydasining) umumiy summasini hisob-kitob qilish chogʻida inobatga olingan daromadlar (foyda) jumlasiga kiruvchi va chet el tashkilotining chet el kompaniyasi mansub boʻlgan davlat (hudud) qonun hujjatlariga muvofiq hisoblab chiqarilishi va (yoki) chet el kompaniyasining uning alohida boʻlinmalari bilan birgalikdagi daromadining (foydasining) umumiy summasi hisoblab chiqarilgan davrdan farq qiluvchi boshqa davrlarda ushlab qolinishi lozim boʻlgan soliqlar summasiga tuzatish kiritishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq davri yakunlari boʻyicha chet el kompaniyasida daromadlar mavjud boʻlmasa yoki daromadining (foydasining) umumiy summasi manfiy yoxud nolga teng boʻlsa, samarali soliq stavkasini hisob-kitob qilish amalga oshirilmaydi, nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi esa ushbu Kodeksning 204-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan shartlarni qanoatlantiruvchi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
208-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini soliq solishda hisobga olish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining ushbu Kodeksning XI boʻlimiga muvofiq hisob-kitob qilingan foydasi (zarari) summasi ushbu Kodeksning maqsadida mazkur kompaniyaning foydasi (zarari) deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini hisoblab chiqarishda ushbu Kodeksning XI boʻlimida nazarda tutilgan, xususan, ushbu chet el kompaniyasi doimiy joylashgan davlat (hudud) bilan xalqaro bitim mavjudligidan kelib chiqadigan xususiyatlar hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi bunday kompaniya mansub boʻlgan davlat (hudud) qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy hisobot tuziladigan yildan keyingi kalendar yilda ushbu chet el kompaniyasi tomonidan toʻlangan dividendlar miqdoriga, ushbu moliyaviy hisobot tuziladigan moliyaviy yil davomida toʻlangan oraliq dividendlar hisobga olingan holda kamayadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining moliyaviy hisoboti u mansub boʻlgan davlat (hudud) qonunchiligiga muvofiq tuzilmasa, ushbu band maqsadida kalendar yil qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini aniqlashda Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari toʻlov manbai boʻlgan dividendlar tarzidagi daromadlar, agar ushbu nazorat qilinadigan chet el kompaniyasini nazorat qiladigan shaxs bunday daromadlarga nisbatan haqiqatda huquqqa ega boʻlsa va bunday daromadlar hisobidan soliq toʻlashdan ozod qilingan boʻlsa yoxud ularni ushbu Kodeksga muvofiq mustaqil ravishda toʻlagan boʻlsa, hisobga olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi yuridik shaxs tashkil etmagan chet el tuzilmasi boʻlsa, uning foydasi ushbu chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxslari va (yoki) uning taʼsis hujjatlariga muvofiq benefitsiarlar deb eʼtirof etilgan boshqa shunday shaxslar foydasiga taqsimlangan foyda miqdoriga kamayadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining ushbu Kodeksga muvofiq aniqlanadigan taqsimlanmagan foydasi, ushbu kompaniyani nazorat qiluvchi shaxs deb eʼtirof etiladigan soliq toʻlovchi tomonidan olingan daromadlarga tenglashtiriladi. Bunday daromadlar nazorat qiluvchi shaxslarda nazorat qiluvchi shaxs yuridik yoki jismoniy shaxs ekanligiga bogʻliq ravishda foyda soligʻi yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda inobatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining taqsimlanmagan foydasi nazorat qiluvchi shaxsda soliq bazasini aniqlashda nazorat qiluvchi shaxsning ushbu kompaniyada foydani taqsimlash haqidagi qaror qabul qilingan sanadagi holatga koʻra ishtirok etishi ulushiga muvofiq boʻlgan ulushda hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar foydani taqsimlash haqidagi qaror bunday kompaniya mansub boʻlgan davlatning (hududning) qonun hujjatlariga muvofiq moliya yili uchun moliyaviy hisobot tuziladigan davr oxiriga toʻgʻri keladigan yilning 31-dekabriga qadar qabul qilinmagan boʻlsa, mazkur foyda nazorat qiluvchi shaxsning tegishli davrning oxiridagi ishtirok etishi ulushiga toʻgʻri keladigan ulushda hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydadagi ulushini mazkur usulda aniqlash imkoni boʻlmasa, uning foydasi nazorat qiluvchi shaxsda soliq bazasini aniqlashda haqiqatda shunday foydaga (daromadga) doir huquqqa ega boʻlgan shaxslar oʻrtasida ushbu foyda taqsimlangan taqdirda u huquqqa ega boʻlgan (ega boʻladigan) foyda summasidan kelib chiqqan holda hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar nazorat qiluvchi shaxs nazorat qilinadigan chet el kompaniyasida uning nazorat qiluvchi shaxslari boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan eʼtirof etiladigan yuridik shaxslar orqali bilvosita ishtirok etsa, u holda ushbu nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining mazkur nazorat qiluvchi shaxsda hisobga olinadigan foydasi boshqa nazorat qiluvchi shaxslarda hisobga olinishi lozim boʻlgan foyda summasiga kamayadi. Bunday kamaytirish mazkur nazorat qiluvchi shaxsning bilvosita ishtiroki nazorat qilinadigan chet el kompaniyasida qaysi yuridik shaxs orqali amalga oshirilayotgan boʻlsa, nazorat qiluvchi shaxsning ana shu yuridik shaxsda ishtirok etish ulushiga mutanosib ulushda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar bunda nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsda soliq bazasini aniqlashda hisobga olinishi lozim boʻlgan foydasining summasi nolga teng boʻlsa, soliq toʻlovchi uni foyda soligʻi (jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi) boʻyicha soliq deklaratsiyasida aks ettirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qiluvchi shaxs quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda soliq boʻyicha soliq hisobotini taqdim etadi, bunda ushbu soliq boʻyicha soliq bazasini aniqlashda mazkur shaxs tomonidan nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi hisobga olinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining soliq hisoboti taqdim etilgan soliq boʻyicha soliq bazasini aniqlashda foyda hisobga olingan davr uchun moliyaviy hisoboti yoki moliyaviy hisobot mavjud boʻlmagan taqdirda boshqa hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) agar ushbu nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi mansub boʻlgan davlatning (hududning) qonun hujjatlariga yoki taʼsis (korporativ) hujjatlariga muvofiq bu moliyaviy hisobotning auditini majburiy ravishda oʻtkazish belgilangan boʻlsa yoki audit chet el tashkiloti tomonidan ixtiyoriy ravishda amalga oshirilsa, ushbu qismning 1-bandida koʻrsatilgan nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining moliyaviy hisoboti boʻyicha auditorlik xulosasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning oʻn uchinchi qismida koʻrsatilgan, chet tilida tuzilgan hujjatlar (ularning nusxalari) davlat tiliga tarjima qilingan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar moliyaviy hisobot boʻyicha auditorlik xulosasini soliq hisobotini taqdim etish bilan bir vaqtda taqdim etish mumkin boʻlmasa, moliyaviy hisobot nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari toʻgʻrisidagi bildirishnomada moliyaviy hisobot boʻyicha auditorlik xulosasi tuzilgan sana sifatida aks etgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirilmagan muddatda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi, agar uning ushbu Kodeksning XI boʻlimiga muvofiq hisob-kitob qilingan miqdori uch yuz million soʻmdan ortiqni tashkil etsa, tegishli soliq boʻyicha soliq davri uchun soliq bazasini ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq aniqlashda hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi moliya yili yakunlari boʻyicha foydani (toʻliq yoki qisman) oʻz davlati (hududi) qonun hujjatlarida ushbu foydani ustav kapitalini koʻpaytirish uchun yoʻnaltirish majburiyati belgilanganligi tufayli ishtirokchilar (paychilar, ishonchli vakillar yoki boshqa shaxslar) oʻrtasida taqsimlay olmasa, bunday foyda nazorat qiluvchi shaxsda soliq bazasini aniqlashda hisobga olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
209-modda. Chet el kompaniyalarida ishtirok etish toʻgʻrisidagi va nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnomalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidentlari boʻlgan soliq toʻlovchilar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda soliq organini quyidagilar toʻgʻrisida xabardor qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el yuridik shaxsi faoliyatida oʻzining ishtirok etishi toʻgʻrisida (yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmalarini taʼsis etish haqida);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el kompaniyalarining nazorat qiluvchi shaxslari hisoblangan nazorat qilinadigan chet el kompaniyalar haqida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el yuridik shaxslari faoliyatida ishtirok etish toʻgʻrisidagi xabarnoma shunday chet el yuridik shaxsida bunday xabarnomani taqdim etish uchun asos boʻlgan ishtirok etish yuzaga kelgan (ulush oʻzgargan) sanadan eʼtiboran bir oydan kechiktirilmagan muddatda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari toʻgʻrisidagi xabarnoma nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi foydasining ulushi ushbu Kodeksning 208-moddasiga muvofiq nazorat qiluvchi shaxsda hisobga olinishi kerak boʻlgan soliq davridan keyingi yilning 20-martidan kechiktirilmagan muddatda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar chet el tashkilotlari faoliyatida ishtirok etish toʻgʻrisidagi xabarnoma taqdim etilganidan keyin bunday xabarnomani taqdim etish uchun asoslar oʻzgarmagan boʻlsa, takroriy xabarnomalar taqdim etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el tashkilotlari faoliyatida ishtirok etish tugatilgan taqdirda, soliq toʻlovchi ishtirok etish tugatilgan sanadan eʼtiboran bir oydan kechiktirilmagan muddatda soliq organini bu haqda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar chet el yuridik shaxslari faoliyatida ishtirok etish toʻgʻrisidagi xabarnomalarni va nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnomalarni oʻzi hisobga olingan joydagi soliq organiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el yuridik shaxslarida ishtirok etish toʻgʻrisidagi xabarnomalar va nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnomalar soliq organiga elektron shaklda taqdim etiladi. Jismoniy shaxs boʻlgan soliq toʻlovchilar mazkur xabarnomalarni qogʻozda taqdim etishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el yuridik shaxslarida ishtirok etish toʻgʻrisidagi xabarnomalarning va nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnomalarning shakllari, shuningdek ularni toʻldirish hamda taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnomalarning shakllari, ularni toʻldirish va taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom, Chet el yuridik shaxslarida ishtirok etish toʻgʻrisidagi xabarnomalarning shakllari, ularni toʻldirish va taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el yuridik shaxslarida ishtirok etish toʻgʻrisidagi xabarnoma quyidagi axborotni oʻz ichiga olishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) xabarnomani taqdim etish uchun asoslar yuzaga kelgan sana;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soliq toʻlovchi undagi ishtiroki haqida (uning taʼsis etilganligi haqida) xabarnoma taqdim etgan chet el yuridik shaxsining (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasining) nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) roʻyxatdan oʻtkazilgan (inkorporatsiya qilingan) davlatda (hududda) chet el yuridik shaxsiga berilgan roʻyxatdan oʻtkazilganlik raqami, ushbu chet el yuridik shaxsining roʻyxatdan oʻtkazilgan (inkorporatsiya qilingan) davlatda (hududda) soliq toʻlovchi sifatidagi kodi — ular mavjud boʻlgan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) soliq toʻlovchining chet el yuridik shaxsida ishtirok etish ulushi, basharti bilvosita ishtirok etish mavjud boʻlsa, soliq toʻlovchining chet el yuridik shaxsida ishtirok etish tartibini quyidagi axborotni koʻrsatgan holda ochib berish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) chet el yuridik shaxsi faoliyatida bilvosita ishtirok etish amalga oshirilayotgan har bir keyingi yuridik shaxsga nisbatan — ushbu qismning 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan axborot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) chet el yuridik shaxsi faoliyatida bilvosita ishtirok etish amalga oshirilayotgan har bir keyingi yuridik shaxs faoliyatida ishtirok etish ulushi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) chet el yuridik shaxsida (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasida) ishtirok etishning yakunlanish sanasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari toʻgʻrisidagi xabarnoma quyidagi axborotni oʻz ichiga olishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) xabarnoma taqdim etilayotgan davr;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) chet el yuridik shaxsining (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasining) nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) roʻyxatdan oʻtkazilgan (inkorporatsiya qilingan) davlatda (hududda) chet el yuridik shaxsiga berilgan roʻyxatdan oʻtkazilganlik raqami, roʻyxatdan oʻtkazilgan (inkorporatsiya qilingan) davlatda (hududda) ushbu chet el yuridik shaxsining soliq toʻlovchi sifatidagi kodi (kodlari) — ular mavjud boʻlgan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) chet el yuridik shaxsining (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasining) u joylashgan davlatning (hududning) qonun hujjatlariga muvofiq moliya yili uchun moliyaviy hisoboti tuziladigan davrning oxirgi kuni boʻlgan sana;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) chet el yuridik shaxsi mansub boʻlgan davlatning (hududning) qonun hujjatlariga muvofiq moliya yili uchun moliyaviy hisobot tuzilgan sana, shuningdek u mansub boʻlgan davlatning (hududning) qonun hujjatlariga muvofiq foydadan (daromaddan) olinadigan soliq boʻyicha soliq davrining tugallanish sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) chet el yuridik shaxsining moliya yili uchun moliyaviy hisoboti boʻyicha auditorlik xulosasi tuzilgan sana (ushbu yuridik shaxs mansub boʻlgan davlatning (hududning) qonun hujjatlariga muvofiq audit majburiy ravishda oʻtkazilgan taqdirda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) chet el yuridik shaxsida soliq toʻlovchining ishtirok etishi ulushi, bilvosita ishtirok etish mavjud boʻlganda chet el yuridik shaxsida soliq toʻlovchining ishtirok etish tartibini quyidagi axborotni koʻrsatgan holda ochib berish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) bilvosita ishtirok etish oʻzi orqali amalga oshirilayotgan har bir keyingi yuridik shaxsga nisbatan — ushbu qismning 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan axborot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) bilvosita ishtirok etish amalga oshirilayotgan har bir keyingi yuridik shaxs faoliyatida ishtirok etish ulushi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) soliq toʻlovchini nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb eʼtirof etish uchun asoslarning tavsifi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini ushbu Kodeksga muvofiq soliq solishdan ozod qilish uchun asoslarning tavsifi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el yuridik shaxslarida ishtirok etish toʻgʻrisida taqdim etilgan xabarnomadagi yoki nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnomadagi maʼlumotlarning toʻliq emasligi, ularni toʻldirishda yoʻl qoʻyilgan noaniqliklar yoxud xatolar aniqlanganda soliq toʻlovchi aniqlashtirilgan xabarnomani taqdim etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organida soliq toʻlovchi chet el kompaniyasining (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasining) nazorat qiluvchi shaxsi ekanligi, lekin soliq organiga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xabarnomani yubormaganligi haqida axborot mavjud boʻlganda, soliq organi zarur tushuntirishlarni taqdim etish yoki ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xabarnomani topshirish haqidagi talabnomani ushbu soliq toʻlovchiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talabnoma soliq toʻlovchiga, xususan, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq soliq maqsadida axborot almashish doirasida chet davlatlarning vakolatli organlaridan axborot olishda, shu jumladan ushbu Kodeksning 40-moddasi birinchi qismida koʻrsatilmagan hollarda yuboriladi. Mazkur talabnoma olingan sanadan eʼtiboran yigirma kalendar kun ichida soliq toʻlovchi tomonidan bajarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organining talabnomasi quyidagi axborotni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) xabar yuborilayotgan soliq toʻlovchining nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soliq organida soliq toʻlovchi qaysi chet el yuridik shaxslarini nazorat qiluvchi shaxs ekanligi toʻgʻrisida dalolat beruvchi axborot mavjud boʻlsa, oʻsha chet el yuridik shaxslarining (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalarining) nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) roʻyxatdan oʻtkazilgan (inkorporatsiya qilingan) davlatda (hududda) chet el yuridik shaxsiga berilgan roʻyxatdan oʻtkazilganlik raqami, ushbu chet el yuridik shaxsining roʻyxatdan oʻtkazilgan (inkorporatsiya qilingan) davlatdagi (hududdagi) soliq toʻlovchi sifatidagi kodi (kodlari) — ular mavjud boʻlgan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) soliq toʻlovchini chet el yuridik shaxsning (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasining) nazorat qiluvchi shaxsi deb eʼtirof etish uchun soliq organida mavjud asoslarning tavsifi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi soliq organiga yuborilgan talabnomada bayon etilgan faktlarga taalluqli tushuntirishlarni taqdim etib, tushuntirishlar bilan bir vaqtda uni chet el yuridik shaxsini nazorat qiluvchi shaxs deb eʼtirof etish uchun asoslar mavjud emasligi haqida dalolat beruvchi hujjatlarni qoʻshimcha ravishda taqdim etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organi soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan tushuntirishlarni va hujjatlarni koʻrib chiqishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar taqdim etilgan tushuntirishlar va hujjatlar koʻrib chiqilganidan keyin yoxud ular mavjud boʻlmagan taqdirda soliq organi soliq toʻlovchini chet el yuridik shaxsini (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasini) nazorat qiluvchi shaxs deb eʼtirof etish uchun asoslarni aniqlasa, soliq organining mansabdor shaxsi ushbu soliq toʻlovchiga bunday shaxsni nazorat qiluvchi shaxs deb eʼtirof etish uchun shunday shaxs tomonidan nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqidagi xabarnomani yuboradi. Mazkur xabarnoma ushbu modda oʻninchi qismining 8-bandida nazarda tutilgan axborotni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻziga xabarnoma yuborilgan shaxs mazkur xabarnoma yuzasidan u olingan sanadan eʼtiboran uch oy ichida sudga shikoyat qilishga haqli. Bunda mazkur shaxs tegishli ariza sudga berilgan paytdan eʼtiboran uch kun ichida ushbu fakt haqida soliq organini xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻziga xabarnoma yuborilgan shaxs xabarnoma yuzasidan nizolashish haqidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilingan sud hujjati qonuniy kuchga kirguniga qadar ushbu Kodeksning maqsadida chet el yuridik shaxsini (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasini) nazorat qiluvchi shaxs deb eʼtirof etilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar shaxs oʻzi nazorat qiladigan chet el kompaniyalari toʻgʻrisida oʻz manziliga yuborilgan xabarnoma ustidan shikoyat bermagan boʻlsa, mazkur xabarnoma olingan sanadan eʼtiboran uch oy oʻtgach ushbu shaxs oʻzini chet el kompaniyasini nazorat qiluvchi shaxs deb eʼtirof etgan hisoblanadi. Bunda mazkur shaxs uchun ushbu Kodeksning nazorat qilinadigan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladigan qoidalari tatbiq etiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.17.00.00 Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII BOʻLIM. SOLIQQA OID HUQUQBUZARLIKLAR VA ULARNI SODIR ETGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27-bob. Soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
210-modda. Soliqqa oid huquqbuzarlik tushunchasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining, soliq agentining yoki boshqa shaxsning ushbu Kodeksda javobgarlik belgilangan gʻayriqonuniy aybli qilmishi (harakati yoki harakatsizligi) soliqqa oid huquqbuzarlik deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
211-modda. Javobgarlikka tortilishi lozim boʻlgan shaxslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik va jismoniy shaxslar soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ushbu Kodeksning 28 va 29-boblarida nazarda tutilgan hollarda javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxs soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun oʻn olti yoshdan boshlab javobgarlikka tortilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
212-modda. Javobgarlikka tortishning umumiy shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hech kim soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilganidan boshqa asoslar boʻyicha va tartibda javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hech kim soliqqa oid sodir etilgan ayni bir huquqbuzarlik uchun takroran javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxsning soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlikka tortilishiga mazkur huquqbuzarlik sodir etilganligi fakti soliq organining kuchga kirgan qarorida aniqlanganligi asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi tegishli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda uning mansabdor shaxslarini maʼmuriy, jinoiy yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa javobgarlikdan ozod etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi uni toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlar (yigʻimlar) va penyalarning summalarini toʻlash (oʻtkazish) majburiyatidan ozod etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsning aybi qonunda belgilangan tartibda isbotlanmaguniga qadar u soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor deb hisoblanmaydi. Javobgarlikka tortilayotgan shaxs oʻzining soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor emasligini isbotlashi shart emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqqa oid huquqbuzarlik fakti va shaxsning uni sodir etishda aybdorligi toʻgʻrisida dalolat beruvchi holatlarni isbotlash majburiyati soliq organlarining zimmasiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
213-modda. Javobgarlikka tortishni istisno etuvchi holatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxs soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun quyidagi holatlardan hech boʻlmaganda bittasi mavjud boʻlgan taqdirda javobgarlikka tortilishi mumkin emas:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) soliqqa oid huquqbuzarlik holatining mavjud emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etishda shaxsning aybi mavjud emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish muddatlari oʻtib ketganligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa holatlar mavjud boʻlganda ham shaxs soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
214-modda. Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilganda ayb shakllari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gʻayrihuquqiy xatti-harakatni (harakat va harakatsizlik) qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida sodir etgan shaxs soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxs oʻz harakati (harakatsizligi) gʻayriqonuniy ekanligini bilgan boʻlsa, bunday harakatning (harakatsizlikning) zararli oqibatlari yuzaga kelishini istagan yoxud ularning yuzaga kelishiga ongli ravishda yoʻl qoʻygan boʻlsa, bunday huquqbuzarlik qasddan sodir etilgan deb topiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxs oʻz harakatlari (harakatsizligi) gʻayriqonuniy ekanligini yoxud bunday harakatlar (harakatsizlik) natijasida yuzaga keladigan oqibatlarning zararli ekanligini garchand ularni oldindan koʻrishi lozim va mumkin boʻlgani holda bilmagan boʻlsa, bunday huquqbuzarlik ehtiyotsizlik tufayli sodir etilgan deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdorligi uning mansabdor shaxslarining yoki vakillarining harakatlari (harakatsizligi) ushbu soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilishini keltirib chiqargan aybiga qarab aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
215-modda. Shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikdagi aybini istisno qiluvchi holatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlikdagi aybini istisno qiladigan holatlar deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) soliqqa oid huquqbuzarlik belgilari boʻlgan qilmishning tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda va bartaraf etib boʻlmaydigan holatlar oqibatida sodir etilganligi. Mazkur holatlar hammaga maʼlum faktlarning mavjudligi, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan maʼlumotlar va isbotlash uchun maxsus vositalar talab etilmaydigan boshqa usullar bilan aniqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soliqqa oid huquqbuzarlik alomatlari boʻlgan qilmish bunday qilmish sodir etilgan paytda kasallik oqibatida oʻz harakatlarini oʻzi idora etolmaydigan yoki boshqara olmaydigan holatda boʻlgan soliq toʻlovchi — jismoniy shaxs tomonidan sodir etilganda. Mazkur holatlar mazmuni, mohiyati va sanasi boʻyicha soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan oʻsha soliq davriga taalluqli boʻlgan hujjatlarni soliq organiga taqdim etish orqali isbotlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) soliq organining yoki boshqa vakolatli organning (ushbu organ mansabdor shaxsining) soliqni (yigʻimni) hisoblab chiqarish, toʻlash tartibi toʻgʻrisida yoki soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari qoʻllanilishining boshqa masalalari boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida soliq toʻlovchiga (yigʻim toʻlovchiga, soliq agentiga) yoxud nomaʼlum doiradagi shaxslarga bergan yozma tushuntirishlari soliq toʻlovchi (yigʻim toʻlovchi, soliq agenti) tomonidan bajarilganda. Mazkur holatlar ushbu organning tegishli hujjati mavjud boʻlgan taqdirda belgilanadi, ushbu hujjat maʼnosi va mazmuniga koʻra, bunday hujjat qabul qilingan sanadan qatʼi nazar, soliqqa oid huquqbuzarlik yuz bergan soliq davriga taalluqli boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) soliq monitoringini oʻtkazish davrida soliq organining soliq toʻlovchiga (yigʻim toʻlovchiga, soliq agentiga) yuborilgan asoslantirilgan fikri soliq toʻlovchi (yigʻim toʻlovchi, soliq agenti) tomonidan bajarilganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda birinchi qismining 3 va 4-bandlari qoidalari, agar soliq organining yozma tushuntirishlari yoki asoslantirilgan fikri soliq toʻlovchi (yigʻim toʻlovchi, soliq agenti) tomonidan taqdim etilgan toʻliq boʻlmagan yoki notoʻgʻri axborotga asoslangan boʻlsa, qoʻllanilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlganida shaxs soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgar boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
216-modda. Javobgarlikni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi holatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) shaxsiy yoki oilaviy sharoitlar ogʻir kechishi oqibatida soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) tahdid yoki majburlash taʼsirida yoxud moddiy, xizmat yoki boshqa jihatdan qaramlik sababli soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) sud yoki ishni koʻrayotgan soliq organi tomonidan javobgarlikni yengillashtiruvchi deb topilishi mumkin boʻlgan boshqa holatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqqa oid huquqbuzarlikning ilgari xuddi shunday huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilgan shaxs tomonidan sodir etilganligi javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holat deb eʼtirof etiladi. Agar soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun oʻziga nisbatan javobgarlik choralari qoʻllanilgan shaxs bu choralar qoʻllanilgan kundan eʼtiboran bir yil ichida bunday huquqbuzarlikni qayta sodir etmagan boʻlsa, u javobgarlikka tortilmagan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki ogʻirlashtiruvchi holatlar sud yoki ishni koʻrayotgan soliq organi tomonidan belgilanadi va moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilganda inobatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
217-modda. Javobgarlikka tortish muddatining oʻtishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan kundan eʼtiboran yoki mazkur huquqbuzarlik sodir etilgan soliq davri tugaganidan keyingi kundan eʼtiboran va javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan paytga qadar besh yil (oʻtish muddati) oʻtgan boʻlsa, shaxs soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan kundan eʼtiboran muddatning oʻtishini hisoblab chiqarish barcha soliqqa oid huquqbuzarliklarga nisbatan qoʻllaniladi, ushbu Kodeksning 223 va 224-moddalarida nazarda tutilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muddatning oʻtishini tegishli soliq davri tugaganidan keyingi kundan eʼtiboran hisoblab chiqarish ushbu Kodeksning 223 va 224-moddalarida nazarda tutilgan soliqqa oid huquqbuzarliklarga nisbatan qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilayotgan shaxs soliq tekshiruvini oʻtkazishga faol qarshilik koʻrsatgan boʻlsa va ushbu soliq tekshiruvini oʻtkazish hamda budjet tizimiga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summalarini soliq organlari tomonidan aniqlash uchun bartaraf etib boʻlmaydigan toʻsiqqa aylangan boʻlsa, javobgarlikka tortish muddatining oʻtishi toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Javobgarlikka tortish muddatining oʻtishi ushbu Kodeks 144-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan dalolatnoma tuzilgan kundan eʼtiboran toʻxtatilgan deb hisoblanadi. Mazkur holatda javobgarlikka tortish muddatining oʻtishi sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazishga toʻsqinlik qiluvchi holatlarning amal qilishi tugagan va muddat oʻtishini tiklash toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran qayta tiklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
218-modda. Moliyaviy sanksiyalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy sanksiyalar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlik chorasidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy sanksiyalar ushbu Kodeksning 28 va 29-boblarida nazarda tutilgan miqdorlarda belgilanadi va pul undirish (jarimalar) tarzida qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Javobgarlikni yengillashtiruvchi hech boʻlmaganda bitta holat mavjud boʻlgan taqdirda, jarima miqdori ushbu Kodeksning tegishli moddasida belgilangan miqdorga nisbatan ikki marta kamaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklardagi aybga iqror boʻlinganda va soliq organining soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qarori olingan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda moliyaviy sanksiyalar summasi ixtiyoriy ravishda toʻlanganda jarima miqdori ushbu Kodeksning tegishli moddalarida belgilangan miqdorga nisbatan ikki baravarga kamaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 216-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, jarima miqdori ikki barobar oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir shaxs tomonidan ikki va undan ortiq soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, moliyaviy sanksiyalar har bir huquqbuzarlik uchun alohida tarzda undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28-bob. Soliqqa oid huquqbuzarliklar va ularni sodir etganlik uchun javobgarlik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
219-modda. Soliq organida hisobga qoʻyish tartibini buzish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻshilgan qiymat soligʻining soliq toʻlovchisi sifatida soliq organlarida hisobga qoʻyishning belgilangan tartibi soliq toʻlovchi tomonidan buzilganda, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hisobga qoʻyish sanasidan haqiqatda hisobga qoʻyilgan sanagacha boʻlgan davrda olgan daromadining besh foizi miqdorida, lekin besh million soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 131-moddasida nazarda tutilgan hollarda soliq solish obyekti boʻyicha soliq organlarida hisobga qoʻyish muddatlari buzilganda, agar hisobga qoʻyishning belgilangan muddatidan oʻtishi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻttiz kundan koʻp boʻlmaganda, — bir million soʻm miqdorida jarima solishga sabab boʻladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻttiz kundan koʻp boʻlganda, — ikki million soʻm miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el yuridik shaxsi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy muassasasini tashkil etishga olib keluvchi faoliyatning soliq organida hisobga qoʻymasdan amalga oshirilishi —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunday faoliyatni amalga oshirish boshlangandan haqiqatda hisobga qoʻyilgan sanagacha boʻlgan davrda olingan daromaddan oʻn foiz miqdorida, lekin oʻn million soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirish, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bunday faoliyatdan olingan daromadlarning oʻn foizi miqdorida, lekin bir million soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bu soliq hisoboti asosida toʻlanishi (qoʻshimcha toʻlanishi) lozim boʻlgan soliq summasini belgilangan muddatda toʻlanmagan har bir kechiktirilgan kun uchun bir foiz miqdorida, lekin koʻrsatilgan summaning oʻn foizidan ortiq boʻlmagan miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat-kassa texnikasining va (yoki) hisob-kitob terminallarining qoʻllanilishi majburiy boʻlgani holda, ularni qoʻllamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar koʻrsatganlik, xuddi shuningdek sotib oluvchiga kvitansiyalar yozib berish, talonlarni, cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni berish majburiy boʻlgani holda bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar koʻrsatganlik, shuningdek hisob-kitob terminallari orqali toʻlovlarni qabul qilishni rad etganlik —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
besh million soʻm miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlarida roʻyxatga olinmagan nazorat-kassa texnikasini qoʻllagan yoki sotib oluvchiga kvitansiyalar, talonlar, cheklar yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bergan holda savdoni amalga oshirganlik va (yoki) xizmatlar koʻrsatganlik, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetti million soʻm miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan hisob-kitob terminallaridan soliq toʻlovchi tomonidan foydalanilishi, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yigirma million soʻm miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnik talablarga muvofiq boʻlmagan yoki xizmat koʻrsatish dasturi buzilgan nazorat-kassa texnikalaridan foydalanganlik, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yigirma million soʻm miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
222-modda. Daromadlar va (yoki) xarajatlarni hisobga olish qoidalarini buzish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan daromadlar va (yoki) xarajatlarni hisobga olish (daromadlar va xarajatlar hisobini yuritish kitobi) qoidalarini buzish —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
besh yuz ming soʻm miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
223-modda. Soliq bazasini yashirish (kamaytirib koʻrsatish)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasini yashirish (kamaytirib koʻrsatish) —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yashirilgan (kamaytirib koʻrsatilgan) soliq bazasi summasining yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yashirilgan (kamaytirib koʻrsatilgan) soliq bazasi summasidan ushbu Kodeksga muvofiq soliqlarni hisoblash amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning maqsadida soliq bazasini yashirish (kamaytirib koʻrsatish) deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum summasini hisobga olish registrlarida aks ettirmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuklarni tovar-kuzatuv hujjatlarini rasmiylashtirmasdan yoxud soxta hujjatlar boʻyicha tashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisobda realizatsiya qilinmagan deb koʻrsatilgan tovarlarning omborda yoki realizatsiya qilish joyida mavjud emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rasmiylashtirilmagan (kirim qilinmagan) tovarlarni saqlash, ulardan foydalanish va realizatsiya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganligidan dalolat beruvchi hujjatlarni almashtirish, soxtalashtirish yoki yoʻq qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazorat-kassa texnikasining fiskal xotirasi xizmati dasturiga noqonuniy ravishda oʻzgartirish kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalanilmagan moddiy xarajatlarni foydalanilgan deb, ishlab chiqarish hisobotiga qoʻshish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarni sotishdan (xizmat koʻrsatishdan) olingan tushumni hisobot davridan keyingi davrga oʻtkazish (sotish hajmini va daromadni (foydani) qasddan kamaytirish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moddiy, yoqilgʻi-energetika resurslari xarajatlarini (limitlarni) va amortizatsiya (eskirish) normasini sunʼiy ravishda oshirish yoki normativlarni notoʻgʻri qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan xodimlarning haqiqiy ish haqi summasi soliq hisobotida aks ettirilmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarning soliq hisobotida aks ettirilmaganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
realizatsiya qilingan tovarlar qiymatini hisob hujjatlarida haqiqatda realizatsiya qilingan qiymatidan pasaytirilgan narxlar boʻyicha aks ettirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda uchinchi qismining oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar boʻyicha yashirilgan soliq bazasi summasi oxirgi oʻn ikki oy uchun aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
224-modda. Soliqni (yigʻimni) toʻlamaslik yoki toʻliq toʻlamaslik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni (yigʻimni) notoʻgʻri hisoblab chiqarish yoki boshqa gʻayriqonuniy harakatlar (harakatsizlik) natijasida soliq (yigʻim) summasini toʻlamaslik yoki toʻliq toʻlamaslik, agar bunday qilmish ushbu Kodeksning 223, 226 va 227-moddalarida nazarda tutilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar alomatlarini oʻz ichiga olmagan boʻlsa, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlanmagan soliq (yigʻim) summasining yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
225-modda. Hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish tartibini buzish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilingan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda, shuningdek qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar boʻlmagan mahsulot yetkazib beruvchilar tomonidan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobvaraq-fakturada aks ettirganlik, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulot yetkazib beruvchilarga hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasining yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Bunda mahsulot yetkazib beruvchi hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan soliq summasini budjetga toʻlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
226-modda. Transfert narxni belgilashda soliqlarni toʻlamaslik yoki toʻliq toʻlamaslik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan bitimlarda soliq solish maqsadida mustaqil shaxslar oʻrtasidagi bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlari bilan solishtirib boʻlmaydigan tijorat va (yoki) moliyaviy shartlar qoʻllanilishi natijasida soliq summalarini soliq toʻlovchi tomonidan toʻlamaganlik yoki toʻliq toʻlamaganlik, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlanmagan soliq summasining qirq foizi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
227-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foyda ulushi soliq bazasiga kiritilmaganligi natijasida soliqni toʻlamaslik yoki toʻliq toʻlamaslik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining yuridik yoki jismoniy shaxs boʻlgan nazorat qiluvchi shaxslari tomonidan mazkur kompaniya foydasining ulushi soliq bazasiga kiritilmaganligi natijasida soliq summalarini toʻlamaganlik yoki toʻliq toʻlamaganlik, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining soliq bazasiga kiritilishi lozim boʻlgan foydasiga nisbatan tegishincha foyda soligʻi boʻyicha yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha toʻlanmagan soliq summasining yigirma foizi miqdorida, lekin oʻn million soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
228-modda. Soliq (yigʻim), boʻnak toʻlovi, penyalar va jarimalarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi topshiriqnomalarni bajarish muddatlarini buzish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank tomonidan soliq (yigʻim), boʻnak toʻlovi, penya va jarima summasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi soliq toʻlovchining topshiriqnomasini, soliq organining inkasso topshiriqnomasini bajarmaslik (bajarilishini kechiktirish) —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining bir yuz ellikdan bir qismi miqdorida, lekin kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun oʻtkazilmagan summa bir foizining beshdan bir qismidan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
229-modda. Banklar tomonidan bank hisobvaraqlari va operatsiyalar boʻyicha maʼlumotnomalarni (koʻchirmalarni) soliq organiga taqdim etmaslik
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 134-moddasida nazarda tutilgan maʼlumotnomani (koʻchirmalarni) bank tomonidan soliq organiga taqdim etmaslik, shuningdek maʼlumotnomalarni (koʻchirmalarni) belgilangan muddatni buzgan holda yoki notoʻgʻri maʼlumotlar boʻlgan maʼlumotnomalarni (koʻchirmalarni) taqdim etish, —
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki million soʻm miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.15.00.00 Davlat soliq xizmati idoralari aktlari va ularning mansabdor shaxslari harakatlari va harakatsizligi ustidan shikoyat qilish]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IX BOʻLIM. SOLIQ ORGANLARINING HUJJATLARI VA ULAR MANSABDOR SHAXSLARINING HARAKATLARI (HARAKATSIZLIGI) USTIDAN SHIKOYAT BERISH
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30-bob. Soliq organlarining hujjatlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
230-modda. Shikoyat berish huquqi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har bir shaxs soliq organlarining normativ xususiyatga ega boʻlmagan hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan, agar ushbu shaxsning fikriga koʻra bunday hujjatlar, harakatlar (harakatsizlik) uning huquqlarini buzsa, shikoyat berish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga yoki idoraviy normativ hujjatlarga muvofiq tuzilgan, soliq organlarining bir yoki bir nechta jismoniy yoki yuridik shaxsga qaratilgan, yuridik ahamiyatga molik muayyan harakatlarni sodir etishga undovchi koʻrsatmasi mavjud boʻlgan hujjat soliq organining normativ xususiyatga ega boʻlmagan hujjati deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlarining normativ-huquqiy hujjatlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organining sayyor soliq tekshiruvi yoki soliq auditi natijalari boʻyicha qabul qilgan qarori yuqori turuvchi soliq organi yoki sud tomonidan bekor qilingan taqdirda, ushbu qaror boʻyicha soliqlarning va moliyaviy sanksiyalarning undirilgan (toʻlangan) summalari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ushbu summalar undirilgan (toʻlangan) davrda amalda boʻlgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblangan foizlarni inobatga olgan holda qaytarilishi (hisobga olinishi) lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
231-modda. Shikoyat berish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat qilish soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsning soliq organiga uning kuchga kirgan va kuchga kirmagan, normativ xususiyatga ega boʻlmagan hujjatlari, uning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilingan murojaati, agar ushbu shaxsning fikriga koʻra mazkur hujjatlar, harakatlar yoki harakatsizlik uning huquqlarini buzsa, shikoyat deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organining yuqori turuvchi organiga yoki sudga shikoyat berish tegishincha shikoyat boʻyicha soliq organining yuqori turuvchi organi tomonidan qaror qabul qilinguniga yoki sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar shikoyat qilinayotgan qarorni yoki harakatni ijro etishni, shu jumladan qoʻshimcha hisoblangan soliqlar va yigʻimlarni undirishni, shuningdek moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishini toʻxtatib turadi. Soliq toʻlovchi qaysi soliq organining qarori yoki mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilayotgan boʻlsa, oʻsha organni soliq organining yuqori turuvchi organiga yoki sudga shikoyat berganligi toʻgʻrisida tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda xabardor qilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari boʻyicha qabul qilgan qarorlari ustidan sud tartibida shikoyat qilish faqat yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat qilinganidan keyingina mumkin boʻladi. Bu qoida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori ustidan shikoyat qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar shikoyat boʻyicha qaror ushbu Kodeksning 235-moddasi sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlarida belgilangan muddatlarda yuqori turuvchi soliq organi tomonidan qabul qilinmasa, soliq organlarining normativ xususiyatga ega boʻlmagan hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqori turuvchi soliq organlarining normativ xususiyatga ega boʻlmagan, shikoyatlarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan hujjatlari ustidan faqat sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining normativ xususiyatga ega boʻlmagan, shikoyatlarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan hujjatlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga shikoyat qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining normativ xususiyatga ega boʻlmagan hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sud tartibida shikoyat qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq organlarining hujjatlari (shu jumladan normativ hujjatlari), ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sud tartibida shikoyat qilish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyat bergan shaxs shikoyat boʻyicha qaror qabul qilinishiga qadar uni koʻrib chiqayotgan soliq organiga yozma ariza yuborish yoʻli bilan shikoyatni toʻliq yoki qisman chaqirib olishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorlari ustidan shikoyat yuqori turuvchi soliq organiga qarorlari ustidan shikoyat qilinayotgan soliq organi orqali beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorlari ustidan shikoyat qilinayotgan soliq organi bunday ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran uch kun ichida uni yuqori turuvchi soliq organiga barcha materiallar bilan birga yuborishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorlari ustidan shikoyat shaxs oʻz huquqlari buzilganligi toʻgʻrisida bilgan yoki bilishi kerak boʻlgan kundan eʼtiboran bir oy ichida berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddat uzrli sababga koʻra oʻtkazib yuborilgan taqdirda, ushbu muddat shikoyat berayotgan shaxsning iltimosnomasi boʻyicha yuqori turuvchi soliq organi tomonidan tiklanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyat va unga ilova qilinadigan hujjatlar soliq organiga yozma yoki elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyat uni bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyatda quyidagilar koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda yashash joyi yoki shikoyat berayotgan yuridik shaxsning nomi va manzili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soliq organining normativ xususiyatga ega boʻlmagan hujjati, mansabdor shaxsning harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilayotgan shikoyat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) soliq organining nomi, normativ xususiyatga ega boʻlmagan hujjat, ustidan shikoyat berilayotgan mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) shikoyat berayotgan shaxs oʻzining huquqlari qaysi asoslarga koʻra buzilgan deb hisoblasa, oʻsha asoslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) shikoyat berayotgan shaxsning talablari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyatda telefon raqamlari, elektron pochta manzillari va shikoyatni oʻz vaqtida koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyat soliq organining normativ xususiyatga ega boʻlmagan hujjati, uning mansabdor shaxslarining harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat berayotgan shaxsning vakolatli vakili tomonidan berilgan taqdirda, shikoyatga ushbu vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyatga shikoyat berayotgan shaxsning dalillarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqori turuvchi soliq organi, agar quyidagilarni aniqlagan boʻlsa, shikoyatni toʻliq yoki qisman koʻrmasdan qoldiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shikoyat shikoyatni bergan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanmagan boʻlsa yoxud vakilning shikoyatni imzolash uchun vakolatlarini tasdiqlovchi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlar taqdim etilmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shikoyat ushbu Kodeksda belgilangan shikoyat berish muddati tugaganidan keyin berilgan va uni tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnomani oʻz ichiga olmagan boʻlsa yoki shikoyat berish uchun oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash rad etilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shikoyat boʻyicha qaror qabul qilinishiga qadar shikoyatni bergan shaxs nomidan shikoyatni toʻliq yoki qisman chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza kelib tushgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgari aynan oʻsha asoslar boʻyicha shikoyat berilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shikoyat soliq organining ushbu Kodeksga muvofiq belgilangan tartibda ilgari shikoyat qilingan qarori ustidan berilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shikoyat ushbu Kodeksning 232-moddasida belgilangan tartib buzilgan holda berilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shikoyat ushbu Kodeksning 233-moddasi talablariga muvofiq rasmiylashtirilmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shikoyat qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida yoki soliq toʻlovchi sudga shikoyat masalasi boʻyicha murojaat qilganda berilgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyatni koʻrib chiqayotgan soliq organi shikoyat olingan yoxud shikoyatni toʻliq yoki qisman chaqirib olish toʻgʻrisidagi ariza olingan kundan eʼtiboran besh kun ichida shikoyatni toʻliq yoki qisman koʻrmasdan qoldirish haqida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida shikoyatni bergan shaxsga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida yozma shaklda xabar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyatni koʻrmasdan qoldirish shaxsning shikoyat berish uchun ushbu Kodeksda belgilangan muddatlarda shikoyat bilan takroran murojaat qilishiga monelik qilmaydi, bundan ushbu modda birinchi qismining toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha shikoyatni koʻrmasdan qoldirish hollari mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
235-modda. Yuqori turuvchi organ tomonidan shikoyatni koʻrib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyatni koʻrib chiqish davomida uni bergan shaxs oʻz dalillarini tasdiqlovchi qoʻshimcha hujjatlarni shikoyat boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar taqdim etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqori turuvchi soliq organi shikoyatni, uni bergan shaxsning dalillarini tasdiqlovchi hujjatlarni, shikoyat koʻrib chiqilishi davomida taqdim etilgan qoʻshimcha hujjatlarni, shuningdek quyi turuvchi soliq organi tomonidan taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shikoyatni koʻrib chiquvchi soliq organi oʻz tashabbusiga koʻra yoki murojaat qiluvchining iltimosiga koʻra shikoyatni eshitishni tashkil etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqori turuvchi soliq organi shikoyatni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shikoyatni qanoatlantirmasdan qoldiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq organining normativ xususiyatga ega boʻlmagan hujjatini bekor qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq organining qarorini toʻliq yoki qisman bekor qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq organining qarorini toʻliq bekor qiladi va ish yuzasidan yangi qaror qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq organlari mansabdor shaxslarining harakatlarini (harakatsizligini) noqonuniy deb eʼtirof etadi va ishning mohiyati boʻyicha qaror chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar shikoyat bergan shaxs shikoyat boʻyicha qaror qabul qilinishiga qadar ushbu shikoyatni koʻrib chiqish davomida taqdim etilgan qoʻshimcha hujjatlarni qarori ustidan shikoyat berilgan soliq organiga oʻz vaqtida taqdim etish mumkin boʻlmagan sabablar boʻyicha tushuntirishlarni taqdim etgan boʻlsa, bu qoʻshimcha hujjatlar yuqori turuvchi soliq organi tomonidan koʻrib chiqiladi. Mazkur qoida ushbu Kodeksning 159 yoki 166-moddalarida nazarda tutilgan tartibda qabul qilingan qarorlar ustidan shikoyat berilganda qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqori turuvchi soliq organi, agar shikoyatni koʻrib chiqish natijasida soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish tartib-taomilining muhim shartlari buzilganligi aniqlangan boʻlsa, ushbu Kodeksning 159 yoki 166-moddalarida nazarda tutilgan tartibda qabul qilingan qarorni bekor qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqori turuvchi soliq organi qarorni bekor qilib, koʻrsatilgan materiallarni, shikoyat bergan shaxsning vajlarini tasdiqlovchi hujjatlarni, shikoyatni koʻrib chiqish davomida taqdim etilgan qoʻshimcha hujjatlarni va ushbu Kodeksning tegishincha 159 yoki 166-moddalarida nazarda tutilgan tartibda quyi turuvchi soliq organi tomonidan taqdim etilgan materiallarni koʻrib chiqadi hamda ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan qarorni qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 159-moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul qilingan qaror ustidan berilgan shikoyat boʻyicha qaror, soliq auditi natijalari boʻyicha soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish va (yoki) qoʻshimcha hisoblangan soliqlarni toʻlash toʻgʻrisidagi qaror shikoyat olingan sanadan eʼtiboran bir oy ichida yuqori turuvchi soliq organi tomonidan qabul qilinadi. Bu muddat soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan quyi turuvchi soliq organlaridan shikoyatni koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni (axborotni) olish uchun yoki shikoyat bergan shaxs qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etganda uzaytirilishi, biroq oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning sakkizinchi qismida koʻrsatilmagan shikoyat boʻyicha qaror soliq organi tomonidan shikoyat olingan sanadan eʼtiboran oʻn besh kun ichida qabul qilinadi. Bu muddat soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan quyi turuvchi soliq organlaridan shikoyatni koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni (axborotni) olish uchun yoki shikoyat bergan shaxs qoʻshimcha hujjatlar taqdim etganda uzaytirilishi, biroq oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organi rahbarining (rahbar oʻrinbosarining) shikoyatni koʻrib chiqish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qarori shikoyat bergan shaxsga qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran uch kun ichida topshiriladi yoki yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organining shikoyatni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qarori shikoyat bergan shaxsga qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran uch kun ichida topshiriladi yoki yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
236-modda. Sudlar tomonidan shikoyatlarni koʻrib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlarining hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga berilgan shikoyatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi va hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAXSUS QISM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
X BOʻLIM. QOʻSHILGAN QIYMAT SOLIGʻI
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi / 07.10.03.01 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi toʻlovchilar, soliqqa tortish obyekti / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31-bob. Soliq toʻlovchilar va soliq solish obyekti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
237-modda. Soliq toʻlovchilar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi va (yoki) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi quyidagilar qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar deb eʼtirof etiladi (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi soliq davrida bir milliard soʻmdan oshgan yoxud ixtiyoriy ravishda qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslari, agar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi deb Oʻzbekiston Respublikasi eʼtirof etilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat boʻyicha — oddiy shirkatning ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs – oddiy shirkatning ishtirokchisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtuvchi shaxslar. Mazkur shaxslar bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchi shaxslar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda soliq organlarida qoʻshilgan qiymat soligʻini (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq deb yuritiladi) toʻlovchi sifatida maxsus roʻyxatdan oʻtkazish hisobida turadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
238-modda. Soliq solish obyekti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar soliq solish obyektidir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston Respublikasi boʻlgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmani bunday doimiy muassasaning faoliyatidan kelib chiqqan holda belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar soliq solish obyekti hisoblanmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan oʻz tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy (oilaviy) mol-mulkni realizatsiya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) yuridik shaxs qayta tashkil etilayotganda uning mol-mulkini huquqiy vorisga (huquqiy vorislarga) oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ishonchli boshqaruvning muassisi tomonidan mol-mulkni ishonchli boshqaruvchiga berish va ishonchli boshqaruv shartnomasining amal qilish muddati tugagan taqdirda, ishonchli boshqaruvchining oʻzi ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulkni qaytarishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) milliy valyuta yoki chet el valyutasi muomalasi bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish (bundan numizmatika maqsadlari mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32-bob. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish joyi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
239-modda. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) tovarga boʻlgan mulk huquqini pullik asosda, shu jumladan tovarning qarz shartnomasi boʻyicha oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) tovarni bepul berish, bundan shunday berish iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan hollar mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) tovarni boʻlib-boʻlib toʻlash shartlari asosida berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarni realizatsiya qilishdan farq qiluvchi har qanday faoliyat, shu jumladan quyidagilar xizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) pullik asosda xizmatlar koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) bepul xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan mol-mulkni soliq toʻlovchining bepul foydalanishi uchun berish, bundan shunday xizmatlarni koʻrsatish iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydigan hollar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarni bepul berish yoki bepul xizmatlar koʻrsatish quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda biriga rioya etilganda iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlaydi deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) daromad olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqarilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) shunday tadbirkorlik faoliyatini saqlash yoki rivojlantirish uchun zarur boʻlsa va xarajatlarning tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliqligi asoslantirilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu boʻlimni qoʻllash maqsadida quyidagilar ham tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmadir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida tovarlarni berish (xizmatlar koʻrsatish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma) ishtirokchilari oʻrtasida shunday shartnoma doirasida tovarlarni berish (xizmatlar koʻrsatish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) quyidagilarga tovarlarni berish (xizmatlar koʻrsatish):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) yuridik shaxs ishtirokchilari tarkibidan ishtirokchi chiqqanda (chiqarilganda) yoki uning yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi kamayganda yoxud ishtirokchidan ushbu yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi (ulushning bir qismi) yuridik shaxs tomonidan qaytarib sotib olinganda, ishtirokchiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) emitent boʻlgan yuridik shaxs tomonidan aksiyadordan ushbu emitent chiqargan aksiyalarni qaytarib sotib olishda, aksiyadorga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) yuridik shaxs tugatilganda, aksiyadorga yoki ishtirokchiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) xarajatlari ushbu Kodeksning 317-moddasiga muvofiq (bundan 20-bandda nazarda tutilgan xarajatlar mustasno) foyda soligʻini hisoblab chiqarishda chegirilmaydigan, soliq toʻlovchining oʻz ehtiyojlari uchun soliq toʻlovchi tomonidan ishlab chiqargan tovarlarni berish, oʻz kuchi bilan xizmatlar koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) jismoniy shaxslarga mehnatga haq toʻlash yoki dividendlar toʻlash hisobiga tovarlarni berish (xizmatlar koʻrsatish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) soliq toʻlovchi tomonidan oʻziga tegishli mol-mulkni (xizmatlarni), agar bunday mol-mulk (xizmatlar) boʻyicha soliq summasi toʻliq yoki qisman hisobga oʻtkazilgan boʻlsa, boshqaruv organi aʼzolariga, xodimlarga, ularning oila aʼzolariga yoxud boshqa shaxslarga soliq toʻlovchining tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun berish (xizmatlar koʻrsatish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) tovarlarni va boshqa mol-mulkni qaytarish sharti bilan qayta ishlashga berish, agar tovarlar va (yoki) mol-mulk qayta ishlash mahsuli shaklida shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) erkin bojxona hududining bojxona tartib-taomiliga soliq toʻlamasdan joylashtirilgan tovarni yoʻqotish, boshqa holatlarda soliqni toʻlash zarur boʻlgan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) qaytarilishi lozim boʻlgan, koʻp marta muomalada boʻladigan idishlarning sotuvchi tomonidan berilishi, agar idish bunday idishdagi mahsulotni yetkazib berishga doir shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarni (xizmatlarni) olish huquqini beruvchi vaucherlarni realizatsiya qilish yoki bepul berish mazkur tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
240-modda. Tovarlarni realizatsiya qilish joyi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda bittasi bajarilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi hududi tovarlarni realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) tovar Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan boʻlsa va bitim natijasida uning hududidan tashqariga chiqarilmaydigan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) tovar joʻnatish yoki transportda tashish boshlangan paytda Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
241-modda. Xizmatlarni realizatsiya qilish joyi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, basharti bunday xizmatlarning xaridori Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyatni amalga oshirsa yoki tursa, Oʻzbekiston Respublikasi hududi xizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar xizmatlarning xaridori Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxsni (uning filiallarini yoki vakolatxonalarini) yoki jismoniy shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish asosida haqiqatda hozir boʻlsa, mazkur hudud xaridorning faoliyatni amalga oshirish joyi deb eʼtirof etiladi. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan taqdirda, xaridorning Oʻzbekiston Respublikasi hududida haqiqatda hozir boʻlishi yuridik shaxsning taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan joy yoki uni boshqarish joyi, uning doimiy muassasasi joylashgan yer (agar xizmatlar ushbu doimiy muassasa orqali olingan boʻlsa), jismoniy shaxsning yashash joyi asosida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagi hollarda ham Oʻzbekiston Respublikasi hududi xizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etiladi, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) xizmatlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan koʻchmas mol-mulk bilan bevosita bogʻliq boʻlsa. Bunday xizmatlar jumlasiga, xususan, arxitektura loyihasini ishlab chiqish, qurilish faoliyatini tayyorlash va muvofiqlashtirish, arxitektura va qurilish faoliyati ustidan mualliflik va (yoki) texnik nazorat bilan bogʻliq boʻlgan qurilish, montaj qilish, qurilish-montaj xizmatlari, koʻchmas mol-mulkka doir ishga tushirish-sozlash, taʼmirlash, restavratsiya qilish ishlari, koʻkalamzorlashtirish ishlari, shuningdek koʻchmas mol-mulkni ijaraga berish kiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) xizmatlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida haqiqatda boʻlgan koʻchar mol-mulk bilan bevosita bogʻliq boʻlsa, bundan transport vositalarini ijaraga berish mustasno. Bunday xizmatlar jumlasiga, xususan, koʻchar mol-mulkni montaj qilish, sozlash, yigʻish, ishlov berish, qayta ishlash, taʼmirlash, texnik xizmat koʻrsatish, saqlash kiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) umumiy ovqatlanish, koʻngilochar, dam olish va boshqa shunga oʻxshash xizmatlar, turizm, mehmonxona xizmatlari va joylashtiruvi, madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sport, oʻqitish (taʼlim) sohasidagi, shu jumladan malaka imtihonlari oʻtkazish, seminarlar, malaka oshirish kurslarini, pullik koʻrgazmalarni, konferensiyalarni, simpoziumlarni va boshqa shunga oʻxshash tadbirlarni tashkil etishga doir xizmatlar haqiqatda Oʻzbekiston Respublikasi hududida koʻrsatilsa. Ushbu bandning qoidalari elektron shaklda koʻrsatiladigan oʻqitish (taʼlim) sohasidagi xizmatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) tashish va (yoki) transportda tashish boʻyicha xizmatlar yoxud bevosita tashish va (yoki) transportda tashish bilan bogʻliq xizmatlar quyidagilar tomonidan koʻrsatiladigan boʻlsa:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan, agar joʻnatish punkti va (yoki) belgilangan punkt Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan boʻlsa. Ushbu kichik bandda koʻrsatilgan qoida ushbu transport vositalarida tashishni (transportda tashishni) nazarda tutuvchi, kemada vaqtincha yuk tashishga doir shartnoma boʻyicha (ekipaj bilan boʻlgan vaqtga) transport vositalarini berish chogʻida ham qoʻllaniladi. Bunda, agar havo kemalaridan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan punktlar oʻrtasida tashish uchun foydalaniladigan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi hududi kemada vaqtincha yuk tashish shartnomasiga koʻra havo kemalarini foydalanishga berish boʻyicha xizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) chet ellik shaxslar tomonidan, agar joʻnatish punkti va belgilangan punkt Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan boʻlsa (bundan chet el yuridik shaxslari tomonidan yoʻlovchilarni, pochtani va yukni ushbu yuridik shaxsning doimiy boʻlmagan muassasasi orqali tashishga doir xizmatlar mustasno). Ushbu kichik bandning qoidalari tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga yetib kelish joyidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish joyigacha transportda tashish chogʻida bojxona tranzitining bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni bevosita tashish va (yoki) transportda tashish bilan bogʻliq xizmatlarga hamda ushbu qismning 5-bandida koʻrsatilgan xizmatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga yetib kelish joyidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish joyigacha tashish chogʻida bojxona tranzitining bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni tashish va (yoki) transportda tashish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xizmatlar (bundan ushbu qismning 7-bandida koʻrsatilgan xizmatlar mustasno) Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar yoki chet el yuridik shaxsining doimiy muassasasi yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan koʻrsatilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) havo kemalariga bevosita Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarida va Oʻzbekiston Respublikasining havo hududida koʻrsatiladigan xizmatlar, shu jumladan aeronavigatsiya xizmatlari koʻrsatilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tabiiy gazni quvurlar orqali tashishni tashkil etish boʻyicha xizmatlar Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan koʻrsatilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) ijaraga berish paytida Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlgan transport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish bilan bogʻliq xizmatlar. Agar xizmatlar transport vositalarini uzoq muddatli ijaraga berish bilan bogʻliq boʻlsa, transport vositalarining joylashgan yeridan qatʼi nazar, xizmatlarni sotib oluvchining faoliyatini amalga oshiradigan joyi (joylashgan yeri) bunday xizmatlarning realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etiladi. Bunda havo va dengiz kemalariga, vertolyotlarga va temir yoʻl transportining harakatdagi tarkibiga nisbatan shartnoma, agarda u 90 kungacha boʻlgan muddatga tuzilgan boʻlsa, qisqa muddatli deb hisoblanadi. Boshqa transport vositalariga nisbatan bunday shartnomalar 30 kungacha boʻlgan muddatga tuzilgan boʻlsa, qisqa muddatli deb hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) televideniyeda va (yoki) radioda, ommaviy axborot vositalarida va boshqa shakllarda reklamani joylashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining hududida amalga oshiriladigan xizmatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) ushbu Kodeksning 282-moddasida koʻrsatilgan elektron shakldagi xizmatlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan yoki faoliyatni amalga oshirayotgan shaxslar tomonidan olinsa. Bunda, agar quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda bittasi bajarilsa, Oʻzbekiston Respublikasining hududi jismoniy shaxs tomonidan elektron shakldagi xizmatlarni olish joyi deb eʼtirof etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) xaridorning yashash joyi Oʻzbekiston Respublikasi boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) xaridor tomonidan xizmatlarga haq toʻlash uchun foydalaniladigan bank yoki xaridor tomonidan xizmatlarga haq toʻlash amalga oshiriladigan toʻlov tizimlarining operatori Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) xaridor xizmatlarni olish chogʻida foydalangan tarmoqning manzili Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) xizmatlarni olish yoki xizmatlarga haq toʻlash uchun foydalaniladigan telefon raqami mansub boʻlgan mamlakatning xalqaro kodi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan berilgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi, agarda ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan xizmatlarni realizatsiya qilish joyi unda belgilangan mezonlarga muvofiq boʻlmasa, ushbu xizmatlarni realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar xizmatlar koʻrsatish asosiy xizmatlarni realizatsiya qilishga nisbatan yordamchi xususiyatga ega boʻlsa, bunday realizatsiya qilish joyi deb asosiy xizmatlar realizatsiya qilingan joy eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
242-modda. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sana
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, mahsulot yetkazib beruvchi tomonidan hisobvaraq-faktura taqdim etilgan sana yoki tovarlar joʻnatilgan (berilgan) sana, agar ushbu sana hisobvaraq-faktura taqdim etilgan sanadan oldin kelsa, tovarlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sanadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tovarni joʻnatish (berish) amalga oshirilmasa, tovarga boʻlgan mulk huquqi xaridorga oʻtkazilgan kun tovarlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sanadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchmas mol-mulk realizatsiya qilingan taqdirda, koʻchmas mol-mulkni boshqa shaxs tasarrufiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomaning taraflari tomonidan imzolangan qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasi boʻyicha xaridorga koʻchmas mol-mulk berilgan sana aylanma amalga oshirilgan sana deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmatlar koʻrsatilganligi faktini tasdiqlovchi hisobvaraq-faktura yoki boshqa hujjat rasmiylashtirilgan (imzolangan) sana xizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sanadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismi qoidalari boshlanishi bir hisobot (soliq) davriga, tamomlanishi esa boshqa hisobot (soliq) davriga toʻgʻri keladigan xizmatlarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlari, quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar realizatsiya qilinganda, tovarlar (xizmatlar) doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilingan boshqa xollarda tovarlar yetkazib berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan) kalendar oyning soʻnggi kuni tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sanadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Obyektlar qurilishida, shu jumladan obyektlarni foydalanish uchun tayyor holda qurishda, shuningdek uzoq (bir soliq hisoboti davridan ortiq) texnologik davriylikdagi uzoq muddatli shartnomalar boʻyicha, agar tuzilgan uzoq muddatli shartnomalar shartlarida xizmatlarni har oyda topshirish nazarda tutilmagan boʻlsa, har bir kalendar oyning oxirgi kuni aylanma amalga oshirilgan sana deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulk moliyaviy ijaraga (lizingga) berilganda, moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi taraflari tomonidan imzolangan qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga koʻra mol-mulk ijaraga oluvchining (lizingga oluvchining) tasarrufiga berilgan sana aylanma amalga oshirilgan sana deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining oʻz ehtiyojlari uchun tovarlarni berishda (xizmatlar koʻrsatishda) aylanma amalga oshirilgan sana deb soliq toʻlovchining tegishli ichki hujjati bilan rasmiylashtirilgan, ushbu tovarni berish (xizmatlar koʻrsatish) amalga oshirilgan kun eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlar eksport bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilgan taqdirda, quyidagi sanalar tovarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sana deb hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan bojxona chegarasi haqiqatda kesib oʻtilgan sana;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) bojxonaga oid deklaratsiyalashni amalga oshirgan bojxona organining belgilari qoʻyilgan holda tovarlarga taalluqli bojxona yuk deklaratsiyasi roʻyxatdan oʻtkazilgan sana – davriy va (yoki) vaqtinchalik bojxonaga oid deklaratsiyalashdan foydalanilgan hollarda.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi / 07.10.03.02 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33-bob. Soliq solishdan ozod etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
243-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu Kodeksning 260-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, quyidagilarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma soliq solishdan ozod etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) maktabgacha taʼlim muassasalarida (tashkilotlarida) bolalarga qarash boʻyicha xizmatlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) bemorlar va keksalarni parvarish qilish boʻyicha xizmatlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) dafn etish byurolari va qabristonlarning marosim xizmatlarini, diniy ashyolarni, diniy tashkilotlar hamda birlashmalar tomonidan udumlarni va marosimlarni oʻtkazishga doir xizmatlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) protez-ortopediya buyumlarini, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun inventarni, shu jumladan ushbu buyumlar va inventarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan realizatsiya qilish, shuningdek nogironlarga ortopedik protezlash, nogironlar uchun moʻljallangan protez-ortopediya buyumlari va inventarni taʼmirlash hamda ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha xizmatlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalarining mahsulotlarini ushbu muassasalar tomonidan realizatsiya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizi nogironligi boʻlgan shaxslardan iborat boʻlgan hamda nogironligi boʻlgan shaxslar mehnatiga haq toʻlash fondi umumiy mehnatga haq toʻlash fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan, yagona ishtirokchisi nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlar va xizmatlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) pensiyalar va nafaqalar toʻlashga doir xizmatlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) budjet mablagʻlari hisobidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlarini. Mazkur soliq solishdan ozod etish tegishli moliya organining budjetdan mablagʻlar ajratish toʻgʻrisidagi xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda qoʻllaniladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim muassasalari (tashkilotlari), shuningdek kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradigan tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan qoʻshimcha taʼlim berish boʻyicha xizmatlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maktabgacha taʼlim va tarbiya dasturlari doirasida taʼlim va tarbiyalash faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda bolalarga qarash va ularni parvarishlash boʻyicha xizmatlarni, toʻgaraklarda, seksiyalarda (shu jumladan sport seksiyalarida) va studiyalarda voyaga yetmagan bolalar bilan mashgʻulotlar oʻtkazish boʻyicha xizmatlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) tibbiyot muassasalari tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlarni (bundan kosmetologik xizmatlar mustasno). Ushbu bandning maqsadida tibbiy xizmatlar jumlasiga, xususan, quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) sanatoriy-kurort va sogʻlomlashtirish xizmatlari jumlasiga sanatoriylar, shifoxonalar, profilaktoriylar, kurortlar, pansionatlar, dam olish uylari va zonalari, bolalar dam olish oromgohlari hamda boshqa dam olish tashkilotlari tomonidan ularning asosiy faoliyati doirasida koʻrsatiladigan, ular yuridik shaxslar yoki yuridik shaxslarning tarkibiy boʻlinmalari tomonidan koʻrsatilishidan qatʼi nazar, yoʻllanmalar yoki joysiz davolanish uchun beriladigan hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan xizmatlar kiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) jismoniy tarbiya va sport tashkilotlarining xizmatlari jumlasiga, xususan, sport inshootlarida, maktablarda, klublarda sport turlari boʻyicha oʻquv guruhlari hamda jamoalarida sogʻlomlashtirish yoʻnalishidagi jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlarini oʻtkazishga oid xizmatlar, umumjismoniy tayyorgarlik xizmatlari, sport musobaqalarini yoki bayramlarni, sport-tomosha tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha xizmatlar, shuningdek mazkur tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish uchun sport inshootlarini ijaraga berish kiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15) yoʻlovchilarni yagona tariflar boʻyicha tashish xizmatlarini koʻrsatish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) umumiy foydalanishdagi yoʻlovchi tashish shahar transportida va yoʻlovchi tashish avtomobil transportida (bundan taksi, shu jumladan yoʻnalishli taksi mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16) uy-joy fondini saqlash va taʼmirlash yuzasidan aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar. Uy-joy fondini saqlash va taʼmirlash yuzasidan koʻrsatiladigan xizmatlar jumlasiga lift xoʻjaliklari, yer resurslari va davlat kadastri, uy-joy fondidan foydalanish, uni saqlash va taʼmirlash boshqarmalari hamda boʻlimlarining bevosita aholi tomonidan haq toʻlanadigan xizmatlari, shu jumladan ushbu xizmatlarga uy-joy mulkdorlari shirkatlari orqali haq toʻlash kiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17) tovarlarni (xizmatlarni), agar tovarlarni berish (xizmatlar koʻrsatish) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bepul amalga oshirilsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18) qimmatbaho metallardan ishlangan bank va oʻlchovli quymalarini, qimmatbaho metallardan ishlangan quyma (investitsiya) tangalarni (numizmatika maqsadlari uchun foydalaniladigan tangalardan, shuningdek qimmatbaho metallardan ishlangan chet el tangalaridan tashqari), zargarlik buyumlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19) bojsiz savdo bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20) yuridik va jismoniy shaxslarga muayyan huquqlar berilganda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va vakolatli organlar, tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarni, agar bunday xizmatlar koʻrsatish shart ekanligi qonun hujjatlarida belgilangan boʻlsa, faoliyatning muayyan sohasida ushbu organlar va tashkilotlarning zimmasiga yuklatilgan alohida vakolatlarni bajarish doirasida davlat boji yoki boshqa toʻlovlar undiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21) budjet mablagʻlari hisobidan bajariladigan yer-kadastr, yer tuzish, tuproqqa oid va geobotanika ishlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22) budjet mablagʻlari hisobidan har yillik mineral xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlari doirasida koʻrsatiladigan geologiya xizmatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23) xalqaro moliyaviy institutlarning qarzlari va hukumat tashkilotlarining xalqaro qarzlari hisobidan olinadigan tovarlarni (xizmatlarni), agar qarz shartnomasida ularni soliqdan ozod etish nazarda tutilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25) telekommunikatsiya tarmoqlarida operativ-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari, shuningdek mazkur vositalardan foydalanishga hamda ularga xizmat koʻrsatishga doir xizmatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26) metsenatlik koʻmagi tarzida beriladigan (koʻrsatiladigan) tovarlarni (xizmatlarni);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27) ushbu Kodeksning 244-moddasida nazarda tutilgan moliyaviy xizmatlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28) ushbu Kodeksning 245-moddasida nazarda tutilgan hayotni sugʻurta qilish xizmatlarini va boshqa sugʻurta xizmatlarini.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada sanab oʻtilgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir aylanma soliq toʻlovchilarda bunday faoliyatni amalga oshirish uchun tegishli litsenziyalar va boshqa ruxsat etuvchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, agar uning amalga oshirilishini litsenziyalash lozim boʻlsa yoki ruxsat etuvchi hujjatlar talab etsa, qonun hujjatlariga muvofiq soliq solishdan ozod etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solinadigan aylanmalarni va ushbu moddaning qoidalariga muvofiq soliq solishdan ozod etiladigan aylanmalarni amalga oshiradigan soliq toʻlovchilar ushbu Kodeksning 268-moddasiga muvofiq aylanmalarning alohida hisobini yuritishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
244-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan moliyaviy xizmatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagi moliyaviy xizmatlar soliq solishdan ozod etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablagʻlarini omonatlarga jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslarning jalb etilgan pul mablagʻlarini banklar nomidan hamda ularning hisobidan joylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlarini, shu jumladan bank kartalari boʻyicha hisob-kitoblar uchun xizmat qiluvchi bank hisobvaraqlarini ochish hamda yuritish, shuningdek bank kartalariga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq operatsiyalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning topshirigʻiga koʻra ularning bank hisobvaraqlari boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik va jismoniy shaxslarga kassa xizmatlarini bank kassalari yoki maxsus asbob-uskunalar (bankomat, avtomatik depozit mashinalar va hokazo) orqali koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el valyutasining naqd puldagi va naqd pulsiz oldi-sotdisi (shu jumladan chet el valyutasining oldi-sotdi operatsiyalariga doir vositachilik xizmatlari koʻrsatish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank kafolatlarini bajarish (bank kafolatini berish va bekor qilish, bunday kafolat shartlarini tasdiqlash va oʻzgartirish, bank kafolati boʻyicha toʻlov, bunday kafolatga doir hujjatlarni rasmiylashtirish va tekshirish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlov tizimlari, dasturlaridan va uskunalardan foydalangan holda hisob-kitoblarni (toʻlovlarni) amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) hisob-kitoblar ishtirokchilari oʻrtasida axborot va texnologik hamkorlikni, shu jumladan hisob-kitoblar ishtirokchilariga bank kartalari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar boʻyicha axborotni toʻplash, unga ishlov berish va uni taqdim etish yuzasidan xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlovchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini, kooperativlarning pay fondlaridagi va investitsiya pay jamgʻarmalaridagi paylarni, qimmatli qogʻozlarni hamda hosila moliyaviy vositalarni realizatsiya qilish, bundan soliq solinishi lozim boʻlgan hosila moliyaviy vositalarning asos aktivini realizatsiya qilish mustasno. Ushbu boʻlim maqsadlarida hosila moliyaviy vositani realizatsiya qilish deganda uning asos aktivini realizatsiya qilish, shuningdek kontrakt boʻyicha mukofotlar summalarini, variatsiyaga oid marja summalarini toʻlash, hosila moliyaviy vositalar shartlariga muvofiq asos aktiv toʻlovi boʻlmagan hosila moliyaviy vosita taraflarining boshqa davriy yoki bir martalik toʻlovlari tushuniladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) realizatsiya qilinishi ushbu qismning 3-bandiga binoan soliq solishdan ozod etiladigan hosila moliyaviy vositalar asosida yuzaga keladigan majburiyatlar boʻyicha huquqlardan (talablardan) boshqa shaxs foydasiga voz kechish (ularni boshqalarga berish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) forfeyting va faktoring operatsiyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) zayomlarni pul shaklida berishga doir shartnomalardan va (yoki) kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar yuzasidan kreditorning huquqlaridan (talablaridan) boshqa shaxs foydasiga voz kechish (ularni boshqalarga berish, olish) boʻyicha, shuningdek boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasi asosida dastlabki shartnoma yuzasidan qarz oluvchining har bir yangi kreditor oldidagi majburiyatlarining bajarilishga doir operatsiyalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) kreditlarni, zayomlarni pul shaklida va qimmatli qogʻozlar bilan berish, shu jumladan ular boʻyicha foizlar bilan birga berish, shuningdek REPO operatsiyalari, shu jumladan REPO operatsiyalari boʻyicha qimmatli qogʻozlar berilganligi uchun toʻlanishi lozim boʻlgan pul summalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) berishga doir xizmatlarning ushbu xizmatlar boʻyicha foizli daromadlar olishga taalluqli qismi boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) qimmatli qogʻozlar (aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar) bilan bogʻliq operatsiyalar. Qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalar jumlasiga qimmatli qogʻozlarni saqlash, qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqni hisobga olish, qimmatli qogʻozlarni oʻtkazish hamda ularning reyestrini yuritish, qimmatli qogʻozlar savdosini tashkil etish boʻyicha operatsiyalar kiradi, ularni tayyorlash boʻyicha xizmatlar bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) tranzaksiyalarni bir vaqtning oʻzida toʻlov ishtirokchilari oʻrtasida vositachilik haqlarini taqsimlagan holda amalga oshirish bilan bogʻliq toʻlov tizimlarining moliya xizmatlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va qimmatli qogʻozlarga taalluqli qism boʻyicha qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish boʻyicha vakolatli organ bilan kelishilgan holda, ushbu moddaning qoidalarini qoʻllash tartibi yuzasidan tushuntirishlar, shu jumladan ayrim aylanmalarni batafsil aniqlashtirish boʻyicha tushuntirishlar berishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
245-modda. Soliq solishdan ozod qilinadigan sugʻurta xizmatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurta qilish, birgalikda sugʻurta qilish va qayta sugʻurta qilish xizmatlari boʻyicha sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari tomonidan amalga oshiriladigan sugʻurta qilish boʻyicha xizmatlar bu xizmatlar natijasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) sugʻurta bozorining professional ishtirokchisi quyidagilarni olsa, qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta qilish, birgalikda sugʻurta qilish va qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta sugʻurta qilishga topshirilgan shartnomalar boʻyicha vositachilik haqi va tantyemalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta agenti, sugʻurta va qayta sugʻurta brokeri, syurveyer hamda sugʻurta bozorining boshqa professional ishtirokchilarining xizmatlari uchun vositachilik haqi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari (aktuariylar, ajasterlar, syurveyerlar, assistans xizmatlari va shu singarilar) koʻrsatgan xizmatlardan olinadigan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga muvofiq sugʻurtalovchiga oʻtgan, sugʻurta qildiruvchining (naf oluvchining) yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxslardan talab qilish huquqini realizatsiya qilishdan olinadigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta sugʻurta qilish shartnomalari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, ular boʻyicha sugʻurta mukofotlarining qaytarib berilgan qismi summalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bevosita sugʻurta faoliyatini amalga oshirishdan olinadigan boshqa daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi) quyidagilarni olsa, qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta toʻlovi (sugʻurta tovoni);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
preventiv tadbirlar oʻtkazish uchun beriladigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta qilish shartnomasi zararsiz amal qilishi uchun sugʻurtalovchi toʻlaydigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta qilish shartnomasiga muvofiq boshqa mablagʻlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu modda qoidalarining qoʻllanilish tartibi yuzasidan, ayrim aylanmalarni batafsillashtirgan holda, tushuntirishlar berishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
246-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish soliq solishdan ozod etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirishning bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida tasdiqlangan normalari doirasida olib kirilayotgan tovarlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda insonparvarlik yordami sifatida olib kirilayotgan tovarlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) davlat, hukumat, xalqaro tashkilotlar yoʻnalishlari boʻyicha xayriya yordami maqsadlarida, shu jumladan texnik yordam koʻrsatish uchun olib kiriladigan tovarlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) chet el diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek ushbu vakolatxonalarning diplomatik va maʼmuriy-texnik xodimlari, shu jumladan ularning oʻzlari bilan birga yashayotgan oila aʼzolari shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) qonun hujjatlariga muvofiq alohida qimmatga ega madaniy meros obyektlari jamoasiga kiritilgan, davlat madaniyat muassasalari tomonidan olingan yoki ular tomonidan sovgʻaga olingan madaniy qimmatliklar. Ushbu soliq solishdan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining tegishli tasdiqnomasi mavjud boʻlgan taqdirda qoʻllaniladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) oʻxshashi Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) xalqaro kitob almashinuvi boʻyicha davlat kutubxonalari va muzeylari tomonidan olinadigan bosma nashrlarning barcha turlari, shuningdek xalqaro notijorat almashinuvini amalga oshirish maqsadida ixtisoslashtirilgan davlat tashkilotlari tomonidan olib kiriladigan kinematografiya asarlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) milliy valyuta va chet el valyutasi, qonuniy toʻlov vositalari boʻlgan banknotlar (bundan kolleksiyalash uchun moʻljallanganlari mustasno), shuningdek qimmatli qogʻozlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) xalqaro moliya institutlarining qarzlari va hukumat tashkilotlarining xalqaro qarzlari hisobidan olib kiriladigan tovarlar, agar qarzga doir bitimda bu tovarlar olib kirilayotganda soliqdan ozod etilishi nazarda tutilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdigʻi mavjud boʻlgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish boʻyicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) dori vositalari, veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan buyumlar, shuningdek dori vositalarini, veterinariya dori vositalarini, tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan buyumlarni ishlab chiqarish uchun qonun hujjatlarida belgilanadigan roʻyxat boʻyicha olib kiriladigan xom ashyo. Mazkur norma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida ham ishlab chiqariladigan, olib kiriladigan tayyor dori vositalariga, veterinariya dori vositalariga, tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan buyumlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34-bob. Soliq bazasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
247-modda. Soliq bazasini aniqlashning umumiy qoidalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda soliq bazasi soliq toʻlovchi tomonidan ushbu bobga muvofiq oʻzi ishlab chiqargan yoki olgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishning oʻziga xos xususiyatlariga qarab aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliq bazasi soliq toʻlovchi tomonidan ushbu bobga va bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasini aniqlash chogʻida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum soliq toʻlovchining ushbu tovarlarga (xizmatlarga) pulda va (yoki) natura shakllaridagi toʻlov, shu jumladan qimmatli qogʻozlar bilan haq toʻlash sifatida olingan barcha daromadlaridan kelib chiqqan holda hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasini aniqlash chogʻida soliq toʻlovchining chet el valyutasida ifodalangan tushumi (xarajatlari) ushbu Kodeksning 242-moddasida belgilangan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma amalga oshirilgan sanada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar sotuvchi va xaridor oʻrtasidagi shartnomada tovarlarga (xizmatlarga) chet el valyutasida belgilangan summaga teng boʻlgan summadagi milliy valyutada haq toʻlash nazarda tutilgan boʻlsa hamda bunda realizatsiya qilingan tovarlarga (xizmatlarga) haq toʻlangan sana ularni realizatsiya qilish boʻyicha ushbu Kodeksning 242-moddasiga muvofiq aniqlanadigan aylanma amalga oshirilgan sanaga toʻgʻri kelmasa, mazkur sanalarda chet el valyutasi kurslaridagi farq tufayli yuzaga kelgan tushum summasidagi ijobiy yoki salbiy farq soliq bazasini belgilashda hisobga olinmaydi. Bunday ijobiy yoki salbiy farq ushbu Kodeksning XII boʻlimiga muvofiq boshqa daromadlar yoki boshqa xarajatlar tarkibida sotuvchi tomonidan hisobga olinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 239-moddasiga muvofiq oʻz ehtiyojlari uchun soliq solish obyekti deb eʼtirof etiladigan tovarlar berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan) taqdirda, soliq bazasi soliq toʻlovchi tomonidan ushbu bobga muvofiq aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
248-modda. Soliq bazasini aniqlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq bazasi ushbu Kodeksning 176-moddasi talablarini hisobga olgan holda, aksiz soligʻini (aksiz toʻlanadigan tovarlar, xizmatlar uchun) hisobga olib, unga soliqni kiritmagan holda, bitim taraflari tomonidan qoʻllanilgan narxdan (tarifdan) kelib chiqqan holda realizatsiya qilinadigan tovarlarning (xizmatlarning) qiymati sifatida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xaridorlarga realizatsiya qilish boʻyicha aylanmani amalga oshirish sanasida chegirmalar (boshqa tijorat bonuslari) bergan soliq toʻlovchi soliq bazasini bunday chegirmalar (tijorat bonuslari) chegirib tashlangan holdagi narxdan (tarifdan) kelib chiqqan holda aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasi quyidagi hollarda tovarlarning (xizmatlarning) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq aniqlanadigan bozor qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) tovarlarni (xizmatlarni) boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlab realizatsiya qilishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) agar ushbu Kodeksning 239-moddasi birinchi qismi 2-bandida yoki ikkinchi qismining 2-bandida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarlarni (xizmatlarni) bepul berishda (koʻrsatishda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) yuridik shaxsning mol-mulkidan ushbu Kodeksning 239-moddasi toʻrtinchi qismi 6-bandiga muvofiq shaxsiy maqsadlarda foydalanishda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar bitimning narxi tovarlarning (xizmatlarning) bozor qiymatidan past yoki yuqori boʻlsa, soliq organlari soliq bazasiga tuzatish kiritishga haqli. Soliq toʻlovchi bunday qaror yuzasidan bitimning narxi bozor narxlariga muvofiqligini va soliq toʻlashdan boʻyin tovlashga qaratilmaganligining asoslarini taqdim etish yoʻli bilan nizolashishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan (import qilingan) tovarlarni realizatsiya qilish chogʻida soliq bazasi ushbu tovarlarni olib kirish (import qilish) chogʻida budjetga haqiqatda toʻlangan soliq hisoblab chiqarilgan qiymatdan past boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaytarib berish sharti bilan qayta ishlashga berilgan xom ashyo va materiallardan tovarlar ishlab chiqarish boʻyicha xizmatlar realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi ularni qayta ishlashga doir xizmatlarning qiymati asosida, unga soliqni kiritmagan holda, aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha esa ularni qayta ishlashga doir xizmatlarning qiymati asosida, ushbu Kodeksga muvofiq hisoblab chiqarilgan aksiz soligʻi hisobga olingan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Obyektlarni qurishda, shu jumladan obyektlarni foydalanish uchun tayyor qilib qurishda, qurilish-montaj, taʼmirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy ishlarni, shuningdek uzoq texnologik (bir hisobot davridan ortiq) davriylikdagi boshqa uzoq muddatli shartnomalarni bajarishda soliq bazasi har bir kalendar oyning oxirida haqiqatda bajarilgan ishlar hajmining ushbu Kodeksning 303-moddasiga muvofiq soliq bazasi kiritilmagan holda aniqlanadigan qiymati asosida aniqlanadi. Agar shartnomaga binoan bu ishlarni materiallar bilan taʼminlash majburiyati buyurtmachining zimmasida boʻlsa, ushbu materiallarga boʻlgan mulk huquqi buyurtmachining oʻzida saqlanib qolgan taqdirda, soliq bazasi bajarilgan hamda tasdiqlangan ishlarning qiymatidan kelib chiqqan va buyurtmachi materiallarining qiymatini soliq bazasiga kiritmagan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxslarga mehnat haqi hisobiga yoki dividendlar toʻlovlari hisobiga tovarlar berilganda (xizmatlar koʻrsatilganda), shuningdek ushbu Kodeksning 239-moddasi toʻrtinchi qismi 3-bandida belgilangan hollarda soliq bazasi tovarlarning (xizmatlarning) ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq aniqlanadigan qiymatidan kelib chiqqan va soliqni hisobga olgan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkin bojxona hududining bojxona rejimiga soliq toʻlamasdan joylashtirilgan tovar yoʻqotilganda soliq bazasi ushbu Kodeksning 254-moddasi birinchi qismiga muvofiq aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarni (xizmatlarni) olishga boʻlgan huquqni beruvchi vaucherni realizatsiya qilish chogʻida vaucherning soliq hisobga olingan holdagi qiymati soliq bazasi boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olib sotish uchun jismoniy shaxslardan olingan avtomobillar va uy-joy koʻchmas mulk obyektlari realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi soliq summasini oʻz ichiga oladigan, realizatsiya qilish narxi va sotib olish qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foyda soligʻini hisoblab chiqarishda ushbu Kodeksning 317-moddasiga muvofiq xarajatlari chegirilmaydigan soliq toʻlovchining oʻz ehtiyojlari uchun oʻzi ishlab chiqargan tovarlardan foydalanilganda (oʻz kuchi bilan xizmatlar koʻrsatilganda), soliq bazasi ushbu tovarlarning (xizmatlarning) bunday soliq toʻlovchi tomonidan oʻtgan 90 kun davomida realizatsiya qilingan aynan shunday (ular mavjud boʻlmaganda shunga oʻxshash) tovarlarning (xizmatlarning) oʻrtacha oʻlchangan narxidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan qiymati sifatida, koʻrsatilgan davrda bunday realizatsiya mavjud boʻlmaganda esa aksizlar hisobga olingan (aksizosti tovarlar uchun) va soliq qoʻshilmagan bozor narxlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu boʻlimga muvofiq realizatsiya qilishga doir aylanmalari soliq solinmaydigan aylanmalar boʻlgan chiptalar, abonementlar, yoʻllanmalar (joysiz davolanish uchun berilgan hujjatlar) va xizmatlarni olish huquqini beruvchi boshqa hujjatlar realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi soliq summasini oʻz ichiga oladigan, realizatsiya qilish narxi va ularni sotib olish narxi oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasini aniqlashning boshqa shartlar va holatlarni hisobga oladigan oʻziga xos xususiyatlari ushbu Kodeksning 249 — 256-moddalarida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
249-modda. Moliyaviy ijara (lizing) shartnomalari boʻyicha operatsiyalar amalga oshirilganda soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulk moliyaviy ijaraga (lizingga) berilgan taqdirda, ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) soliq bazasi barcha davriy ijara (lizing) toʻlovlari summasi (shu jumladan, qaytarib sotib olish summasi, agar shartnomada shunday summa nazarda tutilgan boʻlsa) sifatida, ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) foiz hisobidagi daromadi chegirib tashlangan va soliq hisobga olinmagan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan moliyaviy ijara (lizing) shartnomasining shartlari bajarilmaganligi sababli moliyaviy ijara (lizing) obyekti qaytarilgan taqdirda, soliq bazasi ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan obyekt qaytarilgan sanada bunday obyekt uchun oʻzi toʻlamagan ijara (lizing) toʻlovlarining summasi miqdorida foiz hisobidagi xarajat chegirib tashlangan va soliq hisobga olinmagan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 246-moddasiga muvofiq soliq solishdan ozod etilgan, olib kirilgan texnologik asbob-uskunalar moliyaviy ijaraga (lizingga) berilganda soliq bazasi mazkur asbob-uskunalarni sotib olish narxi va realizatsiya qilish narxi oʻrtasidagi ijobiy farqdan kelib chiqib aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
250-modda. Vositachilik (topshiriq), transport ekspeditsiyasi shartnomalari boʻyicha operatsiyalar amalga oshirilganda soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komitentning (ishonch bildiruvchining) topshirigʻiga koʻra komitentga (ishonch bildiruvchiga) tegishli boʻlgan tovarlar realizatsiya qilingan taqdirda, vositachilik (topshiriq) shartnomasining shartlariga muvofiq boʻlgan shartlar asosida vositachi (ishonchli vakil) tomonidan uchinchi shaxs bilan tuzilgan bitim boʻyicha komitent (ishonch bildiruvchi) bunday uchinchi shaxsga xizmatlar koʻrsatganda soliq bazasi quyidagicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) vositachining (ishonchli vakilning) soliq bazasi – uning soliqni oʻz ichiga oladigan vositachilik haqi miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) komitentning (ishonch bildiruvchining) soliq bazasi – komitentning (ishonch bildiruvchining) topshirigʻiga koʻra vositachi (ishonchli vakil) tomonidan realizatsiya qilingan tovarlarning qiymati, shuningdek soliqni kiritmagan holda vositachi (ishonchli vakil) tomonidan uchinchi shaxs bilan tuzilgan bitim boʻyicha komitent (ishonch bildiruvchi) bunday uchinchi shaxsga koʻrsatgan xizmatlarning qiymati miqdorida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solishdan ozod etish soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bilan bogʻliq boʻlgan vositachilik (topshiriq), transport ekspeditsiyasi shartnomalari asosida xizmatlar koʻrsatishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vositachilik (topshiriq) shartnomasi shartlariga muvofiq boʻlgan shartlar asosida komitent (ishonch bildiruvchi) uchun uning topshirigʻiga koʻra olingan tovarlar vositachi (ishonchli vakil) tomonidan komitentga (ishonch bildiruvchiga) berilgan taqdirda, uchinchi shaxs tomonidan vositachi (ishonchli vakil) bilan tuzilgan bitim boʻyicha bunday uchinchi shaxs komitent (ishonch bildiruvchi) uchun xizmatlar koʻrsatganda vositachining (ishonchli vakilning) soliq bazasi uning soliqni oʻz ichiga oladigan vositachilik haqi miqdorida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport ekspeditsiyasi shartnomasida belgilangan, transport ekspeditsiyasi shartnomasi boʻyicha mijoz boʻlgan taraf uchun tashuvchi va (yoki) boshqa yetkazib beruvchilar tomonidan xizmatlar koʻrsatilgan taqdirda, ekspeditorning soliq bazasi transport ekspeditsiyasi shartnomasida nazarda tutilgan, uning soliqni oʻz ichiga oladigan haqi miqdorida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
251-modda. Korxona mol-mulk majmuasi sifatida realizatsiya qilinganda soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxona mol-mulk majmuasi sifatida realizatsiya qilinganda, soliq bazasi ushbu moddada belgilangan tartibda, uni realizatsiya qilishning soliqni oʻz ichiga oladigan narxi miqdorida, ushbu korxona mol-mulkining har bir soliq obyekti boʻyicha alohida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar korxonani realizatsiya qilish narxi uning tarkibiga kiradigan jami mol-mulkning balans qiymatidan past boʻlsa, korxonani realizatsiya qilish narxining mazkur mol-mulkning balans qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadigan tuzatish koeffitsiyenti qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar korxonani realizatsiya qilish narxi uning tarkibiga kiradigan jami mol-mulkning balans qiymatidan yuqori boʻlsa, korxonani realizatsiya qilishning debitorlik qarzi summasiga va qimmatli qogʻozlar qiymatiga kamaytirilgan narxining realizatsiya qilingan korxona tarkibiga kiradigan mol-mulkning debitorlik qarzi summasiga va qimmatli qogʻozlarning qiymatiga kamaytirilgan balans qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadigan tuzatish koeffitsiyenti qoʻllaniladi. Ushbu qismga muvofiq tuzatish koeffitsiyentini hisob-kitob qilishda qimmatli qogʻozlarning qiymati, agar u faqat bozor qiymati boʻyicha qayta baholangan boʻlsa, chiqarib tashlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulkning har bir turini realizatsiya qilish narxi uning balans qiymatining ushbu moddaning ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda belgilanadigan tuzatish koeffitsiyentiga koʻpaytmasi sifatida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan holatda, debitorlik qarzining summasiga doir tuzatish koeffitsiyenti qoʻllanilmaydi. Agar bunday holda qimmatli qogʻozlarning qiymati qayta baholangan boʻlsa, mazkur koeffitsiyent ularning qiymatiga nisbatan ham qoʻllanilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxona sotuvchisi tomonidan korxona sotilgan narxni koʻrsatgan holda jamlama hisobvaraq-faktura tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamlama hisobvaraq-fakturada asosiy mablagʻlar, nomoddiy aktivlar, ishlab chiqarish uchun moʻljallangan va ishlab chiqarish uchun moʻljallanmagan mol-mulkning boshqa turlari, debitorlik qarzining summalari, qimmatli qogʻozlarning qiymati hamda balans aktivlarining boshqa pozitsiyalari mustaqil pozitsiyalarga ajratiladi. Jamlama hisobvaraq-fakturaga inventarizatsiya dalolatnomasi ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamlama hisobvaraq-fakturada har bir mol-mulk turining narxi ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda balans qiymatining tuzatish koeffitsiyentiga koʻpaytmasiga teng deb qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Realizatsiya qilinishiga soliq solinadigan mol-mulkning har bir turi boʻyicha tegishli ravishda soliq stavkasi va tegishli soliq summasi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
252-modda. Transportda tashishni amalga oshirishda soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻlovchilarni, bagajni, yuklarni yoki pochtani temir yoʻl, avtomobil, havo yoki daryo transportida tashishlar amalga oshirilganda soliq bazasi soliqni qoʻshmagan holdagi tashish qiymati sifatida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imtiyozli tariflar boʻyicha yoʻl hujjatlari realizatsiya qilinganda soliq bazasi ushbu imtiyozli tariflardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Safar boshlanguniga qadar xaridorlarga ishlatilmagan yoʻl hujjatlari uchun pullar qaytarilgan taqdirda, qaytarilishi lozim boʻlgan summaga soliqning barcha summasi kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Safar tugatilganligi sababli yoʻl davomida yoʻlovchilarga yoʻl hujjatlari qaytarilgan taqdirda, qaytarilishi lozim boʻlgan summaga yoʻlovchilar yurishi kerak boʻlgan qolgan masofaga tegishli miqdordagi soliq summasi kiritiladi. Bunday holda soliq bazasini aniqlashda yoʻlovchilarga haqiqatda qaytarilgan summalar hisobga olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
253-modda. Muddatli bitimlar boʻyicha tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganda soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muddatli bitim deganda shartnomada belgilangan muddat tugagach bevosita ushbu shartnomada koʻrsatilgan narx boʻyicha tovarlar yetkazib berilishini (xizmatlar koʻrsatilishini) taqozo etadigan bitim tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muddatli bitimlar boʻyicha tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganda soliq bazasi ushbu tovarlarning (xizmatlarning) bevosita shartnomada koʻrsatilgan, lekin realizatsiya qilingan sanadagi bozor narxlaridan kelib chiqqan holda hisoblangan qiymatdan past boʻlmagan qiymati sifatida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan hosila moliyaviy vositalar realizatsiya qilinganda soliq bazasi asos aktivning bevosita shartnomada koʻrsatilgan, lekin realizatsiya qilingan sanadagi bozor narxlaridan kelib chiqqan holda hisoblangan qiymatdan past boʻlmagan qiymati sifatida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uyushgan bozorda muomalada boʻlgan va asos aktiv yetkazib berilishini nazarda tutuvchi hosila moliyaviy vositalarning asos aktivi realizatsiya qilinganda, soliq bazasi, agar ushbu moddaning beshinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, asos aktivni realizatsiya qilish amalga oshirilishi kerak boʻlgan hamda ushbu hosila moliyaviy vositani birja tasdiqlagan tasniflash shartlariga muvofiq belgilangan qiymat sifatida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uyushgan bozorda muomalada boʻlgan va asos aktiv yetkazib berilishini nazarda tutuvchi opsion kontraktlarning asos aktivi realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi ushbu asos aktivni realizatsiya qilish amalga oshirilishi kerak boʻlgan va hosila moliyaviy vositani birja tasdiqlagan tasniflash shartlariga muvofiq belgilangan qiymat sifatida, lekin realizatsiya qilish sanasidagi bozor narxlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilganidan past boʻlmagan qiymatda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu boʻlimni qoʻllash maqsadida opsion kontrakt (opsion) deganda bir taraf (opsion xaridori) boshqa tarafdan (opsionni sotuvchidan) oldindan belgilangan narx boʻyicha asos aktivning muayyan sonini sotib olish (“koll” opsioni) yoki sotish (“put” opsioni) huquqini oladigan bitim tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning ikkinchi — beshinchi qismlarini qoʻllash maqsadida tovarning, xizmatning yoki asos aktivning narxi aksizlar hisobga olingan (aksiz toʻlanadigan tovarlar uchun) va soliq hisobga olinmagan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarning, xizmatlarning yoki asos aktivning bozor qiymati — ushbu Kodeksning VI boʻlimiga muvofiq, ularni realizatsiya qilish sanasi esa ushbu Kodeksning 242-moddasiga muvofiq aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu boʻlimni qoʻllash maqsadida uyushgan bozorda muomalada boʻlgan hosila moliyaviy vositaning tasniflanishi deganda hosila moliyaviy vositaning shartlarini belgilovchi birja hujjati tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
254-modda. Tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliq bazasini aniqlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliq bazasi quyidagilarni qoʻshgan holda hisoblab chiqarilgan ushbu tovarlarning qiymati sifatida aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) tovarlarning bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymatini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) tovarlar Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilayotganda toʻlanishi lozim boʻlgan aksiz soligʻi va bojxona bojini.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududidan ilgari olib chiqilgan tovarlarning qayta ishlash mahsulotlari ushbu hududga olib kirilayotganda soliq bazasi bunday qayta ishlashning qiymati sifatida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan bir nomdagi, turdagi va markadagi tovarlarning har bir guruhi boʻyicha alohida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarning bir turkumi tarkibida bir vaqtning oʻzida ham aksiz toʻlanadigan, ham aksiz toʻlanmaydigan tovarlar mavjud boʻlsa, soliq bazasi mazkur tovarlarning har bir guruhiga nisbatan alohida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar turkumi tarkibida bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududidan ilgari olib chiqilgan tovarlarning qayta ishlash mahsulotlari mavjud boʻlsa, soliq bazasi xuddi shunday tartibda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
255-modda. Tovarlar (xizmatlar) chet ellik shaxslar tomonidan realizatsiya qilinganda soliq agentlari tomonidan soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining hududi realizatsiya qilish joyi boʻlgan tovarlar (xizmatlar) soliq toʻlovchilar sifatida soliq organlarida hisobda turmagan chet ellik shaxslar tomonidan realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi soliq agentlari tomonidan ushbu tovarlarni (xizmatlarni) aksizlar (aksiz toʻlanadigan tovarlar uchun) va soliq hisobga olingan holda realizatsiya qilishdan olingan daromadning summasi sifatida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq agentlari deb ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan tovarlarning (xizmatlarning) xaridorlari (ularni oluvchilar) boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari, yakka tartibdagi tadbirkorlar (ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan chet el yuridik shaxslari bilan hisob-kitoblarda Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari, yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki chet el yuridik shaxslarining doimiy muassasalari topshiriq, vositachilik shartnomalari yoki boshqa vositachilik shartnomalari asosida ishtirok etsa, bunday shaxslar soliq agentlari deb eʼtirof etiladi. Mazkur hollarda soliq bazasi soliq toʻlovchi tomonidan bunday tovarlarning aksizlar (aksiz toʻlanadigan tovarlar uchun) va soliq hisobga olingan holdagi qiymati sifatida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 282-moddasi birinchi qismida koʻrsatilgan chet el yuridik shaxslari realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston Respublikasi deb eʼtirof etiladigan elektron shakldagi xizmatlarni koʻrsatgan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslariga yoki Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslariga topshiriq, vositachilik shartnomalari yoki shunga oʻxshash shartnomalar asosida elektron shakldagi xizmatlar koʻrsatgan taqdirda, bunday xizmatlarning mazkur xaridorlari soliq agentlari deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir har bir operatsiya amalga oshirilganda soliq bazasi ushbu boʻlimning qoidalari hisobga olingan holda alohida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaga muvofiq soliq agentlari deb eʼtirof etiladigan shaxslar tegishli soliq summasini hisoblab chiqarishi, soliq toʻlovchidan, u soliq toʻlovchi ekanligidan yoki soliq toʻlovchi emasligidan qatʼi nazar, uni ushlab qolishi va budjetga oʻtkazishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar kontraktlarning shartlariga muvofiq xizmatlar chet ellik shaxslar tomonidan soliqni hisobga olmasdan taqdim etilsa, ushbu xizmatlar boʻyicha soliq bazasi soliq agentlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlarning qiymatidan kelib chiqqan holda, soliqni hisobga olmasdan aniqlanadi. Bunday holda soliq agenti tegishli soliq summasini mustaqil tarzda hisoblab chiqarishi va budjetga oʻtkazishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning qoidalari mazkur Kodeksning 243 — 245-moddalarida koʻrsatilgan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda qoʻllanilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaga muvofiq soliqning toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjati ushbu Kodeksning 37-bobiga muvofiq toʻlangan soliq summasini hisobga kiritish huquqini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
256-modda. Davlat mol-mulki bilan operatsiyalar amalga oshirilganda soliq agentlari tomonidan soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mol-mulki ijaraga berilganda, davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha vakolatli organ soliq agenti deb eʼtirof etiladi. Bunday hollarda soliq bazasi bunday mol-mulkning soliq hisobga olingan holdagi ijara shartnomasida belgilangan ijara toʻlovi miqdorida soliq agenti tomonidan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida davlat mol-mulki realizatsiya qilinganda (berilganda) soliq bazasi soliq agenti tomonidan aniqlanadi. Bunday hollarda ushbu mol-mulkning xaridorlari (uni oluvchilar) soliq agenti deb eʼtirof etiladi, bundan yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan jismoniy shaxslar mustasno. Bunday hollarda soliq bazasi sotib olinayotgan (olinayotgan) davlat mol-mulkining soliq hisobga olinmasdan shartnomada belgilangan qiymati miqdorida soliq agenti tomonidan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida musodara qilingan mol-mulk, sudning qaroriga binoan realizatsiya qilinadigan mol-mulk, egasiz qimmatliklar, xazinalar va sotib olingan qimmatliklar, shuningdek meros olish huquqi asosida davlatga oʻtkazilgan qimmatliklar realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi ushbu mol-mulkni (qimmatliklarni) aksiz soligʻini (aksiz toʻlanadigan tovarlar uchun) va soliqni hisobga olgan holda realizatsiya qilishdan olingan daromad summasi sifatida soliq agenti tomonidan aniqlanadi. Bunday hollarda ushbu mol-mulkni realizatsiya qilishni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan organ, tashkilot yoki yakka tartibdagi tadbirkor soliq agenti deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasi ushbu moddada nazarda tutilgan har bir operatsiyani amalga oshirish chogʻida soliq agentlari tomonidan alohida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaga muvofiq soliq agenti deb eʼtirof etiladigan shaxslar soliq toʻlovchidan tegishli soliq summasini, u soliq toʻlovchi ekanligidan yoki soliq toʻlovchi emasligidan qatʼi nazar, hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi va budjetga toʻlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaga muvofiq soliq toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjati xaridorga toʻlangan soliq summasini ushbu Kodeksning 37-bobiga muvofiq hisobga olish huquqini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
257-modda. Soliq bazasiga tuzatish kiritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchida soliq bazasiga tuzatish kiritish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) tovarlar toʻliq yoki qisman qaytarilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) koʻrsatilgan xizmatlardan voz kechilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) bitim shartlari oʻzgarganda, shu jumladan joʻnatilgan tovarlarning, koʻrsatilgan xizmatlarning narxi va (yoki) soni (hajmi) oʻzgarganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) tovarlarni (xizmatlarni) sotuvchi tomonidan chegirmalar berilganda. Ushbu bandda nazarda tutilgan tuzatish kiritish, agar siylovlar berish shartlari shartnoma shartlarida yoki soliq toʻlovchining narx (tarif) siyosatida nazarda tutilgan boʻlsa, ilgari amalga oshirilgan tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib berish boʻyicha soliq bazasini kamaytiradi. Bunday shartlar tovarlar yetkazib berish (xizmatlar koʻrsatish) shartnomasining muayyan shartlarini xaridor tomonidan bajarishni, shu jumladan tovarlarning (xizmatlarning) muayyan hajmini olishni va muddatidan oldin haq toʻlashni nazarda tutishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasiga uni kamaytirish yoki koʻpaytirish tarafga tuzatish kiritish bir yillik muddat doirasida, kafolat muddati belgilangan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha esa kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchida soliq bazasiga tuzatish kiritish tovarlarga (xizmatlarga) haq toʻlash boʻyicha majburiyat ushbu Kodeksning 313-moddasiga muvofiq umid qilib boʻlmaydigan qarzdorlik deb eʼtirof etilganda va uni hisobdan chiqarish lozim boʻlgan hollarda ham amalga oshiriladi. Bunday holda tuzatish kiritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan Tovarlarga (xizmatlarga) haq toʻlash boʻyicha majburiyat umid qilib boʻlmaydigan qarzdorlik deb eʼtirof etilganda va uni hisobdan chiqarish lozim boʻlgan hollarda qoʻshilgan qiymat soligʻi bazasiga tuzatish kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasiga tuzatish kiritish (salbiy yoki ijobiy) qoʻshimcha hisobvaraq-faktura yoki ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida va ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollar roʻy bergan soliq davrida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasi xatolarni tuzatish natijasida oʻzgartirilgan taqdirda, shuningdek ilgari yozib berilgan hisobvaraq-fakturaga oʻzgartish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish zarur boʻlganda ushbu moddaning qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunday holda ilgari yozib berilgan hisobvaraq-faktura bekor qilinadi va uning oʻrniga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzatilgan hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib beruvchi tomonidan soliq bazasiga tuzatish kiritish amalga oshirilayotganda, xaridor yetkazib beruvchi tomonidan rasmiylashtirilgan qoʻshimcha hisobvaraq-faktura asosida ilgari oʻzi hisobga olish uchun qabul qilgan soliq summasiga tegishli tarzda tuzatish kiritadi (koʻpaytiradi yoki kamaytiradi).
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi / 07.10.03.03 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi stavkalari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35-bob. Soliq stavkalari. Soliq davri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
258-modda. Soliq stavkalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu Kodeksning 36-bobida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, soliq stavkasi 15 foiz miqdorida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36-bob. Nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadigan aylanma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
260-modda. Eksport operatsiyalariga va ularga tenglashtirilgan operatsiyalarga soliq solish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nol darajali stavka boʻyicha soliq solish quyidagilar realizatsiya qilinganda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan eksport bojxona tartib-taomiliga olib chiqilgan tovarlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ilgari Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan tovarlar va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash natijasida olingan (hosil boʻlgan) tovarlar (qayta ishlash mahsulotlari, chiqindilar va (yoki) qoldiqlar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan gʻamlab qoʻyilgan narsalar. Ushbu modda maqsadida havo kemalaridan risoladagidek foydalanilishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan yoqilgʻi va yonilgʻi-moylash materiallari gʻamlab qoʻyilgan narsalar deb eʼtirof etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) chet eldan keltirilgan tovarlarni tashish chogʻida bojxona tranziti bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni bevosita Oʻzbekiston Respublikasi hududiga yetib kelish joyidagi bojxona organidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish joyidagi bojxona organigacha tashish yoxud transportda tashish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xizmatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) xalqaro tashishlar bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xizmatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nol darajali stavkani ayrim hollarda qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari ushbu Kodeksning 264-moddasida belgilangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nol darajali stavkani qoʻllash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar soliq hisoboti bilan birga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
261-modda. Eksport operatsiyalarini tasdiqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) kontrakt (kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) tovarlarni chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan olib chiqish uchun belgisi qoʻyilgan bojxona yuk deklaratsiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan oʻtkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar belgilangan mamlakatga joʻnatilganligini tasdiqlovchi belgisi qoʻyilgan, tovarga ilova qilinadigan hujjatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlar eksportga vositachi (ishonchli vakil) orqali vositachilik (topshiriq) shartnomasi boʻyicha realizatsiya qilinganda eksportni tasdiqlash uchun komitent (ishonch bildiruvchi) tomonidan qoʻshimcha tarzda soliq toʻlovchining vositachi yoki ishonchli vakil bilan tuzilgan vositachilik shartnomasi yoki topshiriq shartnomasi (shartnomaning koʻchirma nusxasi) taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun amalga oshirilayotgan faoliyatning turiga qarab boshqa hujjatlar taqdim etilishi mumkin. Soliq toʻlovchining amalga oshiriladigan faoliyat turiga qarab nol soliq stavkasini qoʻllash huquqini tasdiqlash uchun zarur boʻlgan hujjatlar roʻyxati hamda ularni taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
262-modda. Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash boʻyicha xizmatlarga soliq solish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash boʻyicha xizmatlarga qayta ishlash mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqish sharti bilan nol stavka boʻyicha soliq solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash boʻyicha xizmatlarga qayta ishlash mahsulotlarini keyinchalik bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq erkin muomalaga chiqarish rejimiga joylashtirgan holda ushbu Kodeksning 258-moddasi birinchi qismida belgilangan soliq stavkasi boʻyicha soliq solinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
263-modda. Xalqaro tashishlar bilan bogʻliq xizmatlarga soliq solish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nol stavka boʻyicha soliq solish quyidagilarni realizatsiya qilish chogʻida amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) tovarlarni xalqaro tashish boʻyicha xizmatlarni. Tovarlarni xalqaro tashish deganda tovarlarning joʻnatish punkti yoki belgilangan punkti Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan taqdirda tovarlarni havo kemalari, temir yoʻl transporti va (yoki) avtotransport vositalari orqali tashish tushuniladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) chet eldan keltirilgan tovarlarni tashish chogʻida bojxona tranziti bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga yetib kelish joyidagi bojxona organidan to Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish joyidagi bojxona organigacha tashish yoki transportda tashish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xizmatlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) tashishlar yagona xalqaro tashish hujjatlari asosida rasmiylashtirilgan taqdirda, basharti yoʻlovchilarni, pochtani va bagajni joʻnatish punkti yoki belgilangan punkti Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan boʻlsa, yoʻlovchilarni, pochtani va bagajni tashish boʻyicha xizmatlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga eksport qilinadigan tovarlarni tashish yoki transportda tashish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi qayta ishlash mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari boʻlgan tashuvchilar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarni. Ushbu bandning qoidalari, basharti tashish hujjatlarida bojxona organlarining belgilari qoʻyilgan boʻlsa, qoʻllaniladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) havo kemalariga bevosita Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarida va Oʻzbekiston Respublikasining havo hududida koʻrsatiladigan xizmatlarni, shu jumladan aeronavigatsiya xizmatini.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
264-modda. Ayrim hollarda nol darajali stavkaning qoʻllanilishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi toʻlangan soliqni qoplash (qaytarish) yoʻli bilan nol darajali stavkasi boʻyicha tortiladi, agar ushbu tovarlar (xizmatlar) quyidagicha olinsa:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) chet el diplomatik vakolatxonalarining va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek ushbu vakolatxonalar diplomatik va maʼmuriy-texnik xodimlarining (shu jumladan ular bilan birga yashaydigan oila aʼzolarining) shaxsiy foydalanishi uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida tovarlarni (xizmatlarni) sotib olayotgan soliq toʻlovchilar tomonidan, agar bitimda nol darajali stavka qoʻllanilishi nazarda tutilgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tegishli chet davlatning qonun hujjatlarida Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalariga va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga, ushbu vakolatxonalarning diplomatik hamda maʼmuriy-texnik xodimlariga (shu jumladan ular bilan birga yashaydigan oila aʼzolariga) nisbatan xuddi shunday tartib belgilangan boʻlsa yoxud bunday norma Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsa, nol darajali stavkani qoʻllash ushbu moddaning birinchi qismi 1-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suv taʼminoti, kanalizatsiya, sanitariya jihatdan tozalash, issiqlik taʼminoti boʻyicha aholiga koʻrsatiladigan xizmatlarni realizatsiya qilishga doir aylanmaga, shu jumladan bunday xizmatlarni uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan aholi nomidan, shuningdek idoraviy uy-joy fondi uylarida yashayotgan aholi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining boʻlinmalari tomonidan olishga, nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nol darajali stavka qimmatbaho metallarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan qimmatbaho metallarni olish boʻyicha vakolatli organga realizatsiya qilinadigan bunday metallarga nisbatan qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻi / 07.10.03.04 (Кучини йукотган) Qoʻshimcha qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37-bob. Soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
265-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 247 — 257-moddalariga muvofiq soliq bazasini aniqlashda soliq summasi soliq bazasining soliq stavkasiga muvofiq boʻlgan foizli ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq summasi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir operatsiyalarning soliq bazasidan, tegishli soliq davriga taalluqli boʻlgan aylanmalarni amalga oshirish sanasidan kelib chiqqan holda, tegishli soliq davrida soliq bazasini koʻpaytiradigan yoki kamaytiradigan barcha oʻzgartishlar hisobga olingan holda har bir soliq davrining yakunlariga koʻra hisoblab chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliqning umumiy summasi ushbu Kodeksning 254-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq bazasining soliq stavkasiga mos keladigan foizli ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu Kodeksning 254-moddasi toʻrtinchi qismida belgilangan talablarga muvofiq soliq bazasi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan tovarlarning har bir guruhi boʻyicha alohida aniqlansa, soliq summasi mazkur soliq bazalarining har biri boʻyicha alohida hisoblab chiqariladi. Bunda soliqning umumiy summasi bunday soliq bazalarining har biri boʻyicha alohida hisoblab chiqarilgan soliq summalarini qoʻshish orqali hisoblab chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
266-modda. Toʻlangan soliq summalarini hisobga olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasini aniqlashda, agar ushbu Kodeksning 267-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchi haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlangan (toʻlanishi lozim boʻlgan) soliq summasini hisobga olish orqali ushbu Kodeksning 265-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliqning umumiy summasini kamaytirishga, quyidagi shartlarni bir vaqtda bajargan taqdirda, haqli boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) soliq toʻlovchining tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmat koʻrsatish) bilan bogʻliq faoliyatini amalga oshirish chogʻida tovarlardan (xizmatlardan), foydalanilganda realizatsiya qilish boʻyicha aylanmasiga soliq solinishi, shu jumladan nol stavka boʻyicha soliq solinishi lozim boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) olingan tovarlarga (xizmatlarga) soliq toʻlovchi tomonidan hisobvaraq-faktura yoki yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan soliq summasi alohida ajratib koʻrsatilgan boshqa hujjat olinganda hamda tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib beruvchi soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) tovarlar olib kirilgan (import qilingan) taqdirda soliq budjetga toʻlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ushbu Kodeksning 255 va 256-moddalarida nazarda tutilgan hollarda soliq budjetga toʻlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadigan tovarlar eksportida chet ellik sotib oluvchi (toʻlovchi) tomonidan eksport qilinayotgan tovarlar uchun haq toʻlanganligini tasdiqlovchi bank hujjatidan koʻchirma mavjud boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadigan tovarlarni eksportga realizatsiya qilish aylanmasi maqsadida foydalaniladigan, haqiqatda olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan (toʻlangan) soliq tovarlar eksportidan soliq toʻlovchining Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobvaragʻiga kelib tushgan valyuta tushumining ulushida hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nol darajali stavka boʻyicha tortiladigan tovarlar eksporti vositachilik, topshiriq shartnomasi boʻyicha vositachi, ishonchli vakil orqali amalga oshirilgan taqdirda, soliq vositachining, ishonchli vakilning yoki soliq toʻlovchining hisobvaragʻiga kelib tushgan valyuta tushumining summasi ulushida hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududi realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etilmaydigan xizmatlarni koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari ushbu bobda belgilangan tartibda haqiqatda olingan tovarlar boʻyicha toʻlangan (toʻlanishi lozim boʻlgan) soliq summasini hisobga olish huquqiga ega. Bunda ushbu bobni qoʻllash maqsadida bunday xizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanmadan olinadigan soliq solinadigan aylanmaga tenglashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi tomonidan asosiy vositalar (shu jumladan oʻrnatiladigan asbob-uskunalar), nomoddiy aktivlar va koʻchmas mulk obyektlari, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlar sotib olinganda, shuningdek kelgusida oʻz asosiy vositalari sifatida foydalanish uchun moʻljallangan aktivlarni yaratish uchun tovarlar (xizmatlar) sotib olinganda sotuvchi tomonidan soliq toʻlovchiga taqdim etilgan soliq summasini hisobga olish toʻliq hajmda amalga oshiriladi. Soliq toʻlovchi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga bunday tovarlarni olib kirish chogʻida ushbu soliq toʻlovchi tomonidan toʻlangan soliq summasini hisobga olish xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulk ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida olingan taqdirda, oluvchi mol-mulkni ustav fondiga (ustav kapitaliga) berish chogʻida ishtirokchi tomonidan toʻlangan soliq summasini hisobga olish huquqiga ega. Ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida olingan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va koʻchmas mol-mulk obyektlari, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlar boʻyicha ishtirokchi ularni berish chogʻida toʻlagan soliq ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan tartibda berilgan aktivlarni oluvchi soliq toʻlovchida hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi boʻlmagan shaxs soliq toʻlovchi sifatida ushbu Kodeksning 237-moddasiga muvofiq maxsus roʻyxatga olish hisobiga qoʻyilganda, shuningdek soliq toʻlashdan ozod etish bekor qilingan taqdirda soliq toʻlovchi maxsus roʻyxatga olish hisobiga qoʻyish (ozod qilishni bekor qilish) sanasida oʻz balansida mavjud boʻlgan tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlarining va uzoq muddatli aktivlarning balans qiymatida hisobga olingan soliq summasini ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan shartlarga rioya etilgan taqdirda, hisobga olish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovar-moddiy zaxiralarning qoldiqlari boʻyicha — shaxs roʻyxatdan oʻtkazish hisobiga qoʻyilgan sanadan oldingi soʻnggi oʻn ikki oy ichida olingan, soliq toʻlovchida uni roʻyxatdan oʻtkazish hisobiga qoʻyish (ozod etishni bekor qilish) sanasida mavjud boʻlgan tovar-moddiy zaxiralar qoldigʻiga toʻgʻri keladigan tovarlarning (xizmatlarning) haqiqiy qiymati boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uzoq muddatli aktivlar boʻyicha — mazkur obyektlarning shaxs soliq boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish hisobiga qoʻyilgan (ozod etish bekor qilingan) sanadagi qayta baholanishi hisobga olinmagan, soliqning tegishli summasini oʻz ichiga olgan balans (qoldiq) qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq toʻlovchi sifatida hisobda turmaydigan chet el yuridik shaxsi komitent (ishonch bildiruvchi) boʻlsa, tovar tegishli vositachilik (topshiriq) shartnomasiga muvofiq shartlar asosida vositachi (ishonchli vakil) tomonidan realizatsiya qilingan taqdirda, ushbu tovar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda toʻlangan soliq summasi tegishli soliq davrida vositachi (ishonchli vakil) tomonidan realizatsiya qilingan tovarlar ulushiga toʻgʻri keladigan ulushda vositachi (ishonchli vakil) tomonidan hisobga olish uchun qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsi yoki yakka tartibdagi tadbirkor boʻlgan komitentning (ishonch bildiruvchining) topshirigʻiga koʻra olingan tovar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vositachi (ishonchli vakil) tomonidan olib kirilgan taqdirda, import qilingan tovarning bojxona rasmiylashtiruvi chogʻida vositachi (ishonchli vakil) tomonidan toʻlangan soliq komitentda (ishonch bildiruvchida) hisobga olinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport ekspeditsiyasi shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni bajarish chogʻida ekspeditor tomonidan tashuvchidan va (yoki) boshqa yetkazib beruvchilardan olingan xizmatlarga doir soliq summasi bunday shartnoma boʻyicha ekspeditorning mijozi boʻlgan tarafda hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotuvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining soliq toʻlovchisi boʻlmagan chet ellik shaxsga ushbu chet ellik shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida tovarlarni (xizmatlarni) olish chogʻida taqdim etilgan yoki ushbu chet ellik shaxslar tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish maqsadlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishi chogʻida ular tomonidan toʻlangan soliq summalari hisobga olinishi lozim. Soliqning mazkur summalari ushbu Kodeksning 255-moddasiga muvofiq soliq agenti tomonidan ushbu chet ellik shaxsning daromadlaridan ushlab qolingan soliq budjetga toʻlanganidan keyin, ushbu shaxs olgan (olib kirgan) tovarlardan (xizmatlardan) faqat soliq agenti qiymatidan soliqni ushlab qolgan tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish maqsadida foydalanilgan qismi boʻyichagina hisobga olinishi yoki ushbu chet ellik shaxsga qaytarilishi lozim. Bunda soliqning mazkur summalari, basharti chet ellik shaxs ushbu Kodeksning 237-moddasiga muvofiq soliq toʻlovchi sifatida maxsus roʻyxatdan oʻtkazish hisobiga qoʻyilgan boʻlsa, hisobga olinishi yoki ushbu shaxsga qaytarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq toʻlovchi realizatsiya qilish boʻyicha aylanmasiga soliq solinishi lozim boʻlgan tovarlarni (xizmatlarni), shuningdek realizatsiya qilish boʻyicha aylanmasi soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilsa, hisobga olinishi lozim boʻlgan soliq summasi ushbu Kodeksning 268-moddasida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar hisobga olish huquqi tovarlarni (xizmatlarni) olish boʻyicha qalbaki yoki koʻzboʻyamachilik uchun tuzilgan bitim natijasida vujudga kelganligiga oid dalillar mavjud boʻlsa, soliq organlari hisobga olishni bekor qilishni yoki unga tuzatishni amalga oshirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
267-modda. Hisobga olinmaydigan soliq summasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarni (xizmatlarni) olish (olib kirish) chogʻida soliq toʻlovchi tomonidan toʻlangan soliq summasi ushbu Kodeksning 266-moddasiga muvofiq quyidagi hollarda hisobga olinmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalari ushbu boʻlimga muvofiq soliq solishdan ozod etilgan tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmatlar koʻrsatish) uchun moʻljallangan asosiy vositalar, koʻchmas mulk obyektlari va nomoddiy aktivlar sotib olinganda (olib kirilganda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) tovarlar (xizmatlar) ushbu qismning 1-bandida koʻrsatilgan asosiy vositalarni, koʻchmas mulk obyektlarini qurish, modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va taʼmirlash uchun sotib olinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalari soliqdan ozod etilgan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmatlar koʻrsatish) uchun sotib olinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) tovarlar (xizmatlar) soliq toʻlovchi boʻlmagan yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan sotib olinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) vakillik xarajatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) tovarlar (xizmatlar) bepul olinganda, bundan oluvchi ular boʻyicha soliq toʻlagan hollar mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) soliq toʻlovchining shaxsiy ehtiyojlari uchun foydalanishga moʻljallangan, ushbu Kodeksning 317-moddasiga muvofiq foyda soligʻini hisoblab chiqarishda xarajatlar chegirib tashlanmaydigan tovarlar (xizmatlar) sotib olinganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish chogʻida toʻlagan soliq summalari quyidagi tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish yoki olib kirish chogʻida ham, agar bu tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish amalga oshirilayotgan faoliyat turiga bogʻliq boʻlmasa, hisobga olinmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yengil avtomobillarni, mototsikllarni, vertolyotlarni, motorli qayiqlarni, samolyotlarni, shuningdek motorli vositalarning boshqa turlarini va ular uchun yoqilgʻini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) alkogol va tamaki mahsulotlarini.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 268 — 270-moddalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, hisobga olinmaydigan soliq summasi sotib olingan tovarlarning (xizmatlarning) qiymatida hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
268-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan realizatsiya qilish boʻyicha aylanma mavjud boʻlganda soliq summasini hisobga olish uchun qabul qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq toʻlovchi soliq solinadigan va soliq solishdan ozod etiladigan aylanmalarni amalga oshirsa, soliq solinadigan aylanmaga toʻgʻri keladigan soliq summasi hisobga olish uchun qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobga oʻtkazilishi lozim boʻlgan soliq summasi soliq toʻlovchining tanloviga koʻra alohida-alohida usulda va (yoki) mutanosib usulda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida-alohida usul boʻyicha soliq toʻlovchi soliq solinadigan va soliq solishdan ozod etilgan aylanmalar uchun foydalaniladigan, olingan tovarlarning (xizmatlarning) hamda ular boʻyicha toʻlangan soliq summalarining alohida-alohida hisobini yuritadi. Bunda alohida-alohida hisobni yuritish imkoni boʻlmagan umumiy xarajatlar boʻyicha xarajatlarni ajratish mutanosib usulda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mutanosib usul boʻyicha soliq toʻlovchi tomonidan hisobga olish uchun qabul qilinadigan soliq summasi soliq solinadigan aylanma summasining tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish (soliqni hisobga olmasdan) boʻyicha aylanmaning umumiy summasidagi joriy kalendar yil ichida oʻsib boruvchi yakun bilan aniqlanadigan solishtirma miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mutanosib usuldan foydalanish chogʻida hisobga olish uchun qabul qilinmagan soliq, shuningdek ushbu Kodeksning 269-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisobga olinishi lozim boʻlgan soliq summasiga tuzatish kiritilgan hollarda hisobga olishga qabul qilinmagan soliq soliq toʻlovchi tomonidan foyda soligʻini hisoblab chiqarish chogʻida chegirib tashlanadigan xarajatlar tarkibida hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq solinadigan aylanmalarning ulushi joriy soliq davrida aylanma umumiy summasining 5 foizidan oshib ketmasa, soliq toʻlovchi haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar boʻyicha), shu jumladan uzoq muddatli aktivlar boʻyicha toʻlangan (toʻlanishi lozim boʻlgan) soliq summasini joriy soliq davrida olingan tovarlarning (xizmatlarning) qiymatiga toʻliq kiritishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
269-modda. Hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summalariga tuzatish kiritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilgari tovarlarni (xizmatlarni) olish chogʻida hisobga olish uchun qabul qilingan, olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha soliq summasiga quyidagi hollarda tuzatish kiritilishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) tovarlardan (xizmatlardan) kelgusida soliq solishdan ozod etilgan aylanma uchun foydalanilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ular buzilganda yoxud qonun hujjatlariga muvofiq vakolatli organ tomonidan, ular yoʻqligida esa soliq toʻlovchi tomonidan belgilangan tabiiy kamayish normalaridan ortiqcha yoʻqotilgan taqdirda. Ushbu bandning qoidasi favqulodda holatlar (tabiiy ofat, yongʻin, avariya, yoʻl-transport hodisasi va boshqa shu kabi holatlar) munosabati bilan tovarlarning buzilishiga yoxud yoʻqotilishiga nisbatan tatbiq etilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotib olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha ushbu Kodeksning 267-moddasi birinchi qismi 1 — 4-bandlariga muvofiq ilgari hisobga olinmagan soliq summasi kelgusida ular soliq solinadigan aylanma uchun foydalanilgan hollarda tuzatiladi (hisobga olinadi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuzatish kiritilishi lozim boʻlgan soliq summasi bunday tuzatishlarni amalga oshirishdan oldingi oxirgi oʻn ikki oy ichida olingan tovarlarning (xizmatlarning) soliq summasi qayta tiklanishi lozim boʻlgan tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlariga toʻgʻri keladigan qiymati asosida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asosiy vositalarning obyektlari, koʻchmas mulk obyektlari va nomoddiy aktivlar boʻyicha tuzatish kiritilishi lozim boʻlgan soliq summasi ushbu Kodeksning 270-moddasida nazarda tutilgan tartibda qayta baholash hisobga olinmagan, ushbu obyektlarning balans qiymatiga toʻgʻri keladigan, ilgari bu obyektlar boʻyicha hisobga olingan (yoki ularning qiymatiga kiritilgan) soliq summasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilgari bunday tovarlar (xizmatlar) boʻyicha hisobga olish uchun qabul qilingan miqdordagi, asosiy vositalarga, koʻchmas mulk obyektlariga va nomoddiy aktivlarga nisbatan esa ularning qayta baholash hisobga olinmagan holdagi qoldiq (balans) qiymatiga mutanosib miqdordagi soliq summalari tiklanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib beruvchi tomonidan ushbu Kodeksning 257-moddasiga muvofiq soliq bazasiga tuzatishlar kiritish amalga oshirilganda, xaridor yetkazib beruvchi tomonidan rasmiylashtirilgan qoʻshimcha (yoki tuzatilgan) hisobvaraq-faktura asosida u tomonidan ilgari hisobga qabul qilingan soliq summasiga tegishli tartibda tuzatish kiritishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqqa tuzatish kiritish summasi koʻrsatilgan obyektlarning balans qiymatini oshirishga (yoki kamaytirishga) taalluqli boʻladi yoxud foyda soligʻini hisoblab chiqarishda hisobga olinadigan xarajatlar (yoki daromadlar) tarkibiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar reeksport bojxona tartib-taomiliga joylashtirilganda va ushbu tovarning importi chogʻida soliq toʻlovchi tomonidan toʻlangan soliq summasi unga bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qaytarilganda, soliq toʻlovchi hisobga oʻtkaziladigan soliq summasiga oʻziga qaytarilgan soliq summasi boʻyicha tuzatish kiritadi (uni kamaytiradi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobga olingan soliq summasiga tuzatishlar kiritish ushbu moddada koʻrsatilgan holatlar yuzaga kelgan soliq davrida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
270-modda. Asosiy vositalarning ayrim obyektlari, koʻchmas mulk obyektlari va nomoddiy aktivlar boʻyicha hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summalariga tuzatish kiritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 266-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan obyektlar boʻyicha hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summasiga ushbu Kodeksning 267-moddasiga muvofiq obyektlardan kelgusida foydalanilgan taqdirda tuzatish kiritilishi lozim, bundan toʻliq amortizatsiya qilingan yoki ishga tushirilgan paytidan eʼtiboran oʻn yildan ortiq vaqt oʻtgan obyektlar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqqa tuzatish kiritish summasi ushbu obyektlar boʻyicha ilgari hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summasidan kelib chiqqan holda, ularning bunday tuzatish kiritilayotgan sanadagi (qayta baholash hisobga olinmagan holdagi) balans (qoldiq) qiymatiga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi. Bunda soliqqa tuzatish kiritish summasi mazkur obyektlar balans qiymatining koʻpayishiga olib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan obyektdan kelgusida soliq toʻlovchi tomonidan ushbu boʻlimga muvofiq soliq solinishi lozim boʻlgan tovarlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish (xizmatlar koʻrsatish) uchun yangidan foydalanilsa, soliq toʻlovchi tuzatish kiritishga va hisoblab chiqarilgan soliq summasini ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilganiga oʻxshash tartibda hisobga olish uchun qabul qilishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 266-moddasi birinchi qismi 1-bandida koʻrsatilgan obyektlar boʻyicha hisobga olish uchun qabul qilinmagan soliq summasi, agar soliq toʻlovchi tomonidan keyinchalik bunday obyektlardan ushbu Kodeksning 267-moddasi birinchi qismi 1-bandida koʻrsatilgan maqsadlar uchun foydalanilsa, hisobga oʻtkazilishi lozim, bundan toʻliq amortizatsiya qilingan yoki ishga tushirilgan paytidan eʼtiboran oʻn yildan ortiq vaqt oʻtgan obyektlar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq soliqqa tuzatish kiritish summasi ilgari mazkur obyektlar qiymatiga kiritilgan soliq summasidan kelib chiqqan holda, ularning tegishli soliq summasini oʻz ichiga oladigan, bunday tuzatish kiritilgan sanadagi (qayta baholash hisobga olinmagan holdagi) balans (qoldiq) qiymatiga mutanosib ravishda hisoblab chiqariladi. Ushbu qismga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliqqa tuzatish kiritish summasi ushbu Kodeksning 266-moddasi uchinchi qismida belgilangan tartibda hisobga oʻtkazilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan obyektdan keyinchalik realizatsiya qilinishi soliq solishdan ozod etilgan tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish) uchun yangidan foydalanilsa, soliq toʻlovchi hisobga oʻtkaziladigan soliq summasiga tuzatish kiritishni amalga oshirish hamda ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibga oʻxshash tartibda hisoblab chiqarilgan soliq summasini tiklashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan obyektdan realizatsiyasiga soliq solinadigan tovarlarni (xizmatlarni) ham, soliq solishdan ozod qilingan tovarlarni ishlab chiqarish (xizmatlarni koʻrsatish) uchun ham foydalanilgan taqdirda, tiklanishi lozim boʻlgan soliq summasi koʻrsatilgan obyekt boʻyicha hisobga olish uchun qabul qilingan, obyektning bunday tuzatish kiritilgan sanadagi balans (qoldiq) qiymatiga (qayta hisoblashni hisobga olmagan holda) toʻgʻri keladigan soliq summasining qismi sifatida aniqlanadi. Mazkur qism soliq solishdan ozod qilingan realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining joriy kalendar yili davomida oʻsib boruvchi yakun bilan aniqlanadigan realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) umumiy qiymatining ulushiga mutanosib ravishda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan obyektdan kelgusida ham realizatsiya qilish aylanmasi soliq solishdan ozod qilinadigan, ham realizatsiya qilish aylanmasiga soliq solinadigan tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish) uchun foydalanilsa, hisobga olinmaydigan soliq summasi quyidagi tartibda aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan tartibga oʻxshash tartibda hisoblab chiqarilgan, obyektning balans (qoldiq) qiymatida hisobga olingan soliq summasi ajratiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofiq hisobga olinmaydigan, soliq solishdan ozod qilingan aylanmaga toʻgʻri keladigan soliq summasining ajratilgan qismi aniqlanadi. Qoldiq summa ushbu bobga muvofiq hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
271-modda. Majburiyatlarni hisobdan chiqarishda hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summalariga tuzatish kiritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarni (xizmatlarni) olishda ilgari hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summasi, agar bunday tovarlarga (xizmatlarga) haq toʻlash boʻyicha majburiyat ushbu Kodeksning 313-moddasiga muvofiq bunday tuzatish amalga oshirilgan soliq davrida hisobdan chiqariladi, bundan ushbu Kodeksning 266-moddasi birinchi qismi 3 va 4-bandlariga muvofiq hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summalari mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tuzatish kiritish amalga oshirilgan tovarlar (xizmatlar) uchun haq toʻlangan taqdirda, haq toʻlash amalga oshirilgan soliq davridagi tegishli soliq summasiga soliq toʻlovchi hisobga olish uchun qabul qilinadigan soliq summasini koʻpaytirish tomonga teskari tuzatish kiritish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
272-modda. Toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi har bir soliq davri yakunlari boʻyicha, ushbu Kodeksning 265-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan, ushbu bobga muvofiq hisobga olinishi va tuzatish kiritilishi lozim boʻlgan summalar hisobga olingan holda hisoblab chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish chogʻidagi soliq summasi bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq budjetga toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan, budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi salbiy boʻlsa, soliq toʻlovchi mazkur summaning oʻrnini ushbu Kodeksning 274-moddasida belgilangan tartibda qoplash huquqiga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
273-modda. Soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar, agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq hisobotini oʻzlari soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga oʻtgan soliq davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirilmagan muddatda taqdim etishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 272-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliqni toʻlash agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq hisobida turilgan joy boʻyicha har bir soliq davrining yakunlariga koʻra, soliq hisoboti taqdim etishlari muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish chogʻida soliq ushbu boʻlim qoidalari hisobga olingan holda, bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda budjetga toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq agentlari soliqni oʻzi soliq hisobida turgan joy boʻyicha toʻlaydi. Soliq toʻlovchilar boʻlmagan soliq agentlari oʻzi soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga tegishli soliq hisobotini ushbu Kodeksning 255 va 256-moddalariga muvofiq toʻlash amalga oshirilgan oʻtgan soliq davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq hisobotiga soliq toʻlovchining xaridlar reyestrida va sotuvlar reyestrida koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar, shuningdek vositachilik (topshiriq) va transport ekspeditsiyasi shartnomalari asosida boshqa shaxsning manfaatlarni koʻzlab tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar olingan va taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar daftarlaridagi maʼlumotlarni ham belgilangan shakl boʻyicha taqdim etishi shart. Agar bunday shaxslar soliq toʻlovchilar boʻlmasa, ular soliq hisobotiga faqat soliq agenti sifatida operatsiyalarni yoki vositachilik (topshiriq) shartnomasi asosida komitentning (ishonch bildiruvchining), transport ekspeditsiyasi shartnomasi asosida yukni oluvchining (yukni joʻnatuvchining) manfaatlarini koʻzlab vositachilik operatsiyalarini amalga oshirish chogʻida olingan hamda taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish daftarlarida aks ettiriladigan maʼlumotlarni kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xaridlar va sotuvlar reyestrlarini, shuningdek kelib tushgan va taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish daftarlarini yuritish shakllari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
274-modda. Soliqning oʻrnini qoplash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 272-moddasiga muvofiq oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan soliq summasi, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq boʻyicha kelgusi toʻlovlar hisobidan hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan soliq summasini soliq organlariga soliq summasini qaytarish toʻgʻrisida berilgan arizaga asosan qaytarish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar kameral soliq tekshiruvi natijalariga koʻra soliq organi qaytarish uchun arizada koʻrsatilgan soliq summasining oʻrnini toʻliq yoki qisman qoplash toʻgʻrisida qaror qabul qilsa, mazkur soliq summasi soliq toʻlovchiga soliq summasini qaytarish toʻgʻrisida ariza berilgan sanadan eʼtiboran oltmish kundan kechiktirmay qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqning jami summasi oʻrnini tezlashtirilgan tarzda qoplash tartibi bu haqda soliqni qaytarish toʻgʻrisidagi arizada koʻrsatilgan taqdirda, quyidagi toifadagi soliq toʻlovchilarga nisbatan qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasining yirik soliq toʻlovchilar toifasiga belgilangan tartibda kiritilgan yuridik shaxslariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soliqni qoplashga doir ariza bilan birga amaldagi bank kafolatini taqdim etgan yoki soliq organlari bilan garov shartnomasini ushbu Kodeksning 107 yoki 109-moddalarida belgilangan tartibda rasmiylashtirgan soliq toʻlovchilarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) eksport va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshiradigan shaxslarga — agar ilgari bu shaxslarga soliq summasi qoplangan va bunda qonunbuzarliklar aniqlanmagan boʻlsa, nol darajali soliq stavkasi qoʻllanilishi natijasida hosil boʻlgan soliqning oshib ketgan summalari qismida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) chet el diplomatik vakolatxonalariga va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) mahsulot taqsimotiga oid bitim ishtirokchilariga, agar bunday bitimda nol darajali stavka qoʻllanilishi nazarda tutilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) soliq monitoringi ishtirokchilariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqning oʻrnini tezlashtirilgan tartibda qoplashda soliq toʻlovchi tomonidan qaytarish uchun arizada koʻrsatilgan soliq summasining oʻrni unga yetti kun ichida toʻliq hajmda qoplanadi. Bunda oʻrni qoplanishi uchun arizada koʻrsatilgan soliq summasi asoslantirilganligining kameral soliq tekshiruvi umumiy tartibda amalga oshiriladi. Agar kameral soliq tekshiruvi natijalariga koʻra arizada koʻrsatilgan soliq summasi yoki uning bir qismi asossiz boʻlib chiqsa, soliq toʻlovchi soliqning oʻrni oʻziga asossiz ravishda qoplangan summasini qoplash sanasidan to uni budjetga toʻlash sanasigacha penya hisoblangan holda budjetga toʻlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq summalarining oʻrnini qoplash tartibi va shartlari, ushbu moddaga muvofiq kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish, shuningdek chet davlat fuqarolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida olingan tovarlarni olib chiqishda ularga soliq summasini qaytarish (TAX FREE) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38-bob. Alohida hollarda soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
275-modda. Birgalikdagi faoliyat, ishonchli boshqaruv yoki konsessiya bitimi doirasida operatsiyalarni amalga oshirishda soliqni hisoblab chiqarish va toʻlashning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar oddiy shirkat shartnomasining (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaning) ishtirokchilaridan hech boʻlmaganda bittasi Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsi yoxud yakka tartibdagi tadbirkor boʻlsa, soliq solish maqsadida birgalikdagi faoliyat doirasida amalga oshiriladigan hamda ushbu Kodeksning 239-moddasiga muvofiq soliq solinishi lozim boʻlgan operatsiyalarning umumiy hisobini yuritish shunday ishtirokchi (bundan buyon ushbu moddada ishonchli shaxs deb yuritiladi) tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur qoida oddiy shirkat shartnomasiga (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaga) muvofiq shirkat ishlarini yuritish kimning zimmasiga yuklatilganligidan qatʼi nazar, qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oddiy shirkat shartnomasiga (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaga) konsessiya bitimiga yoki mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq operatsiyalarni amalga oshirishda shirkatning ishonchli shaxsi, konsessioner yoki ishonchli boshqaruvchi zimmasiga soliq toʻlovchining ushbu boʻlimda belgilangan majburiyatlari yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oddiy shirkat shartnomasiga (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaga) konsessiya bitimiga yoki mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda shirkatning ishonchli shaxsi, konsessioner yoki ishonchli boshqaruvchi soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli hisobvaraq-fakturalarni taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solinishi lozim boʻlgan tovarlarni (xizmatlarni) oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma) doirasida ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish uchun olinadigan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha soliqni hisobga olish imkoniyati faqat shirkatning ishonchli shaxsiga, basharti sotuvchilar tomonidan ushbu shaxsga soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar mavjud boʻlsa, beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkatning ishonchli shaxsi tomonidan boshqa faoliyat amalga oshirilgan taqdirda, oddiy shirkat shartnomasiga (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaga) muvofiq operatsiyalarni amalga oshirish chogʻida foydalaniladigan va ushbu shaxs tomonidan oʻzining boshqa faoliyati amalga oshirilganda foydalaniladigan tovarlarning (xizmatlarning) alohida-alohida hisobi mavjud boʻlganda, soliq summalarini hisobga olishga boʻlgan huquq yuzaga keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni hisobga olishga oid qism boʻyicha xuddi shunday qoidalar konsessiya bitimiga yoki mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladigan operatsiyalarga nisbatan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shirkatning soliq hisobini yuritish uchun masʼul boʻlgan ishonchli shaxsi, konsessioner, ishonchli boshqaruvchi oddiy shirkat shartnomasini (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomani) konsessiya bitimini, mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasini bajarish jarayonida amalga oshirilgan operatsiyalarning hisobini har bir koʻrsatib oʻtilgan shartnoma boʻyicha alohida-alohida yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
276-modda. Qayta tashkil etilganda soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda uning soliq majburiyati ushbu moddada belgilangan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda, ushbu Kodeksning 92-moddasiga muvofiq oʻzining huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) tomonidan bajariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, qayta tashkil etish shaklidan qatʼi nazar, qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga qoʻyilgan va (yoki) ushbu shaxs tomonidan tovarlarni (xizmatlarni) olishda (olib kirishda) toʻlangan, lekin u tomonidan hisobga olish uchun qabul qilinmagan soliq summasi ushbu boʻlimda nazarda tutilgan tartibda ushbu yuridik shaxsning huquqiy vorisida, agar huquqiy voris soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa, hisobga olinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq summalarini hisobga olish qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorisi tomonidan qayta tashkil etilgan yuridik shaxs tovarlarni (xizmatlarni) olganda, unga taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar asosida, shuningdek huquqiy voris tovarlarni (xizmatlarni) olganda unga taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar asosida amalga oshiriladi. Soliq summalarini hisobga olish qayta tashkil etilgan yuridik shaxs tomonidan tovarlar (xizmatlar) olinishi bilan bogʻliq majburiyatlar boʻyicha qarz huquqiy vorisga oʻtkazilganidan keyin toʻliq hajmda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar qayta tashkil etilgan shaxs ushbu Kodeksning 274-moddasiga muvofiq soliqning oʻrni qoplanishi huquqiga ega boʻlsa, lekin soliqning oʻrni qoplanishi lozim boʻlgan summasi qayta tashkil etish tugallanguniga qadar unga qoplanmasa, koʻrsatilgan soliq summasining oʻrni uning huquqiy vorisiga qoplanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yuridik shaxs qayta tashkil etilganda uning huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) soliq toʻlovchi boʻlmasa, qayta tashkil etilayotgan shaxs ushbu boʻlimda belgilangan tartibda soliqni hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summasiga tuzatish kiritishni amalga oshirishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
277-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirishda va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tovarlarni olib chiqishda soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliq solish tanlangan bojxona rejimiga qarab, quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) tovarlar erkin muomalada boʻlish (import) uchun chiqarish bojxona rejimiga joylashtirilganda soliq toʻliq hajmda hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) tovarlar reimport bojxona rejimiga joylashtirilganda soliq toʻlovchi ushbu Kodeksga muvofiq tovarlar eksport qilinganda toʻlashdan ozod etilgan soliq summalarini yoxud unga tovarlar eksport qilinganligi tufayli qaytarib berilgan summalarni toʻlaydi. Sanab oʻtilgan summalarni toʻlash bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) tovarlar tranzit, bojxona ombori, reeksport, boj olinmaydigan savdo, erkin bojxona hududi, yoʻq qilish, davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga, shuningdek gʻamlab qoʻyilgan narsalar bojxonada deklaratsiya qilinganda soliq toʻlanmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilganda, basharti qayta ishlash mahsulotlarini muayyan muddatda Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqilsa, soliq toʻlanmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) tovarlar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilganda bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda soliq toʻlashdan toʻliq yoki qisman ozod etish qoʻllaniladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash mahsulotlari olib kirilgan taqdirda, soliq toʻlovi bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) tovarlar ichki isteʼmol uchun qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilganda soliq toʻliq hajmda toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilayotganda soliq solish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan eksport bojxona tartib-taomilida olib chiqilayotganda soliq toʻlanmaydi. Mazkur qoida tovarlarni keyinchalik eksport bojxona tartib-taomiliga muvofiq olib chiqish maqsadida ushbu tovarlar bojxona ombori tartib-taomiliga joylashtirilganda ham qoʻllaniladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga reeksport bojxona tartib-taomilida olib chiqilayotganda soliq toʻlanmaydi, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish chogʻida toʻlangan soliq summalari esa soliq toʻlovchiga bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qaytariladi. Mazkur qoida tovarlar reeksport bojxona tartib-taomiliga muvofiq keyinchalik olib chiqish maqsadida bojxona ombori bojxona tartib-taomiliga joylashtirilganda ham qoʻllaniladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) maxsus bojxona tartib-taomilini tugallash maqsadida gʻamlab qoʻyilgan narsalar, shuningdek tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilayotganda soliq toʻlanmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan ushbu qismning 1 — 3-bandlarida koʻrsatilganlariga nisbatan boshqa tartib-taomillarga muvofiq olib chiqilayotganda, agar bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, bojxona tartib-taomillari bilan soliq toʻlashdan ozod etish va (yoki) toʻlangan soliq summalarini qaytarish amalga oshirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy, oilaviy, uy-roʻzgʻor ehtiyojlari va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa ehtiyojlar uchun moʻljallangan tovarlar olib oʻtilayotganda, tovarlar Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotganligi munosabati bilan soliq toʻlash tartibi bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilanadi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.11.00 (Кучини йукотган) Alohida toifadagi yuridik shaxslarni soliqqa tortish xususiyatlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39-bob. Elektron shaklda xizmatlar koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
278-modda. Soliq toʻlovchilar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston Respublikasi boʻlgan elektron shakldagi xizmatlarni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari bunday xizmatlarni jismoniy shaxslarga koʻrsatishga oid qism boʻyicha soliq toʻlovchilar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar chet el yuridik shaxslari jismoniy shaxslarga ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan xizmatlarni elektron shaklda koʻrsatsa hamda ularni realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston Respublikasi boʻlsa, bunday xizmatlarni koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslari bilan topshiriq, vositachilik, agentlik shartnomalari yoki boshqa shunga oʻxshash shartnomalar asosida bevosita jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblarda ishtirok etadigan vositachilar boʻlgan chet el yuridik shaxslari bunday xizmatlarni realizatsiya qilishga doir operatsiyalarga nisbatan soliq agentlari deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar bunday xizmatlar vositachilar boʻlgan bir nechta yuridik shaxsning hisob-kitoblarida izchil ketma-ketlikda ishtirok etgan holda koʻrsatilsa, bevosita jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblarda ishtirok etayotgan vositachi boʻlgan chet el yuridik shaxsi, unda ushbu xizmatlarni koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxsi bilan shartnoma mavjudligidan qatʼi nazar, soliq agenti deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar bunday xizmatlar Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslariga va Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslarga koʻrsatiladigan boʻlsa, bunday xizmatlarning xaridorlari boʻlgan mazkur shaxslar soliq agentlari deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
279-modda. Elektron shaklda xizmatlar koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslarini hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar chet el yuridik shaxsi jismoniy shaxslarga ushbu Kodeksning 282-moddasida koʻrsatilgan, realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston Respublikasi deb eʼtirof etiladigan elektron shakldagi xizmatlar koʻrsatadigan boʻlsa, va agar bu yuridik shaxsning oʻzi vositachilarsiz xizmatlarni oluvchi boʻlgan jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirsa, chet el yuridik shaxsini soliq organida hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) toʻgʻrisidagi ariza va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan roʻyxati tasdiqlanadigan boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Shunday xizmatlarda soliq agenti deb eʼtirof etiladigan vositachi boʻlgan chet el yuridik shaxsini soliq organida hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) toʻgʻrisidagi ariza chet el yuridik shaxslari tomonidan soliq organiga elektron shaklda xizmatlar koʻrsatish boshlangan (tugatilgan) kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kundan kechiktirmay beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
280-modda. Soliq solish obyekti va soliq bazasi. Soliq davri. Chet el yuridik shaxslari tomonidan soliqni hisoblab chiqarish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxslarga elektron shakldagi xizmatlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanma soliq solish obyektidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el yuridik shaxslari jismoniy shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi realizatsiya qilish joyi deb eʼtirof etiladigan, ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan elektron shakldagi xizmatlarni koʻrsatganda soliq bazasi mazkur xizmatlarning ularni realizatsiya qilishning haqiqiy narxlaridan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan soliq summasi hisobga olingan holdagi qiymati sifatida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir chorak soliq davridir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasi har bir chorak boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlov (qisman toʻlov) kelib tushgan vaqtdan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasini ushbu moddaga muvofiq aniqlash chogʻida elektron shaklda koʻrsatiladigan xizmatlarning chet el valyutasida ifodalangan qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining koʻrsatilgan xizmatlar toʻlovi (qisman toʻlovi) kelib tushgan oyning oxirgi kunida belgilangan kursi boʻyicha milliy valyutada qayta hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar bunday xizmatlarni realizatsiya qilishga doir operatsiyalarga nisbatan soliqni hisoblab chiqarish boʻyicha majburiyat ushbu moddaga muvofiq soliq agentining zimmasiga yuklatilmagan boʻlsa, chet el yuridik shaxslari soliqni hisoblab chiqarishni mustaqil ravishda amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
281-modda. Elektron shaklda xizmatlar koʻrsatishda chet el yuridik shaxslari tomonidan soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 82-moddasida belgilangan elektron shakldagi xizmatlar koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslari soliq organiga soliq hisobotini soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali, belgilangan format boʻyicha elektron shaklda taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el yuridik shaxslari tomonidan soliq organiga hujjatlarni (axborotni) va maʼlumotlarni taqdim etish uchun soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish mumkin boʻlmagan davrda bunday hujjatlar (axborot) va maʼlumotlar telekommunikatsiya aloqa kanallari orqali taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq hisobotlari, hujjatlar (axborot) va boshqa maʼlumotlar oʻtgan chorakdan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet el yuridik shaxslari tomonidan soliqni toʻlash soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
282-modda. Elektron shakldagi xizmatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu boʻlimni qoʻllash maqsadida axborot texnologiyalaridan foydalangan holda jahon Internet axborot tarmogʻidan (bundan buyon matnda Internet tarmogʻi deb yuritiladi) avtomatik usulda foydalanish orqali koʻrsatilgan xizmatlar elektron shakldagi xizmatlar jumlasiga kiradi. Xususan, bunday xizmatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) dasturiy taʼminotdan (shu jumladan Internet tarmogʻi orqali yetkazib beriladigan oʻyinlardan), shuningdek maʼlumotlar bazalaridan, ularga kiritiladigan yangi maʼlumotlardan va qoʻshimcha funksional imkoniyatlardan Internet tarmogʻi orqali, shu jumladan ulardan masofadan turib foydalanish imkonini berish yoʻli bilan foydalanishga boʻlgan huquqlarni taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) elektron kitoblardan (nashrlardan) va boshqa elektron nashrlardan, axborot, taʼlimga oid materiallardan, grafik tasvirlardan, matnli yoki matnsiz musiqa asarlaridan, audiovizual asarlardan foydalanish huquqini Internet tarmogʻi orqali, shu jumladan Internet tarmogʻi orqali koʻrib chiqish yoki eshitish uchun ulardan masofadan turib foydalanish imkonini berish yoʻli bilan taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Internet tarmogʻida, shu jumladan elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlardan va Internet tarmogʻida ishlab turgan maʼlumotlar bazalaridan foydalangan holda reklamaga oid xizmatlar koʻrsatish, shuningdek Internet tarmogʻida reklama uchun reklamaga oid maydon (joy) va vaqt berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) Internet tarmogʻida tovarlarni (xizmatlarni) va mulkiy huquqlarni olish (realizatsiya qilish) toʻgʻrisida takliflar joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) Internet tarmogʻi orqali sotuvchilar va xaridorlar oʻrtasida aloqalar oʻrnatish va bitimlar tuzish uchun axborot texnologiyalari va tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan texnik, tashkiliy, axborot imkoniyatlarini hamda boshqa imkoniyatlarni berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish. Bunday xizmatlar jumlasiga, xususan, Internet tarmogʻida real vaqt rejimida ishlaydigan savdo maydonchasini berish kiradi, bu maydonda potensial xaridorlar avtomatlashtirilgan tartib-taomil vositasida oʻz narxini taklif etadi hamda taraflar avtomatik tarzda yaratiladigan xabar orqali sotuv toʻgʻrisida xabardor qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) oʻz maqsadlari uchun yoki iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish maqsadida Internet tarmogʻida hozir boʻlishni taʼminlash va (yoki) saqlab turish, foydalanuvchilarning elektron resurslarini (saytlarini va (yoki) Internet tarmogʻidagi saytlari sahifalarini) saqlab turish, ulardan Internet tarmogʻidan boshqa foydalanuvchilarning foydalanishini taʼminlash, foydalanuvchilarga ularni modifikatsiyalash imkonini taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) dasturning masofadan va onlayn rejimida ishlashini avtomatik tarzda saqlab turish, Internet tarmogʻida axborot tizimlarini, saytlarni va (yoki) sahifalarni boshqarish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) basharti axborotni taqdim etgan shaxs undan Internet tarmogʻi orqali foydalanish imkoniga ega boʻlsa, ushbu axborotni saqlash va unga ishlov berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) axborot tizimida axborotni joylashtirish uchun real vaqt rejimida hisoblash quvvatini taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) domen nomlar berish, xosting xizmatlarini koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) Internet tarmogʻi orqali xaridor tomonidan maʼlumotlar kiritilayotganda avtomatik usulda yuzaga keladigan axborotni yetkazib berish, maʼlumotlarni qidirish, soʻrovlarga koʻra ularni saralash va ajratish, axborot-kommunikatsiya tarmoqlari orqali mazkur maʼlumotlarni foydalanuvchilarga taqdim etish boʻyicha avtomatlashtirilgan xizmatlar koʻrsatish. Bunday yetkazib berishlar jumlasiga, xususan, fond birjasining real vaqt rejimidagi maʼlumotlari, matnlarning avtomatlashtirilgan tarjimasini real vaqt rejimida amalga oshirish kiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) potensial xaridorlar toʻgʻrisidagi axborotni qidirish va (yoki) buyurtmachiga taqdim etish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) Internet tarmogʻidagi qidiruv tizimlaridan foydalanish imkonini berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) Internet tarmogʻidagi saytlarda statistikani yuritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron shakldagi xizmatlar jumlasiga quyidagilar kirmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) agar Internet tarmogʻi orqali buyurtma berilganda tovarlar yetkazib berish (xizmatlar koʻrsatish) aslida Internet tarmogʻidan foydalanmagan holda amalga oshiriladigan boʻlsa, tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) elektron hisoblash mashinalari (shu jumladan kompyuter oʻyinlari) uchun dasturlarni va moddiy jismlardagi maʼlumotlar bazalarini realizatsiya qilish (ulardan foydalanish huquqlarini taqdim etish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) elektron pochta orqali maslahat xizmatlari koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) Internet tarmogʻidan foydalanish imkonini berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XI BOʻLIM. AKSIZ SOLIGʻI
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.04.00 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻi / 07.10.04.01 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻi toʻlovchilar va soliqqa tortish obyekti / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40-bob. Soliq toʻlovchilar, soliq solish obyekti va soliq bazasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
283-modda. Soliq toʻlovchilar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aksiz soligʻini toʻlovchilar (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) deb quyidagi shaxslar eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasi hududida aksiz soligʻi solinadigan tovarlarni (aksiz toʻlanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) tabiiy gazni isteʼmolchilarga realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) benzin, dizel yoqilgʻisini yakuniy isteʼmolchilarga realizatsiya qilishni, shu jumladan avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali, shuningdek gazni avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar. Ushbu boʻlimni qoʻllash maqsadida yakuniy isteʼmolchilar deganda oʻz ehtiyojlari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi hamda gaz oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) oddiy shirkat ishtirokchisi boʻlgan, oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshiriladigan aksiz toʻlanadigan tovarni ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyat boʻyicha oddiy shirkat ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali aksiz toʻlanadigan tovarlarni olib oʻtuvchilar. Bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq mazkur shaxslar soliq toʻlovchilar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar ham soliq toʻlovchilar deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) telekommunikatsiya mobil aloqa xizmatlarini (aksiz toʻlanadigan xizmatlarni) koʻrsatadigan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan, aksiz soligʻi solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi yoki shunday tovarlarni olib kirishni amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
284-modda. Soliq solish obyekti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aksiz soligʻi (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq deb yuritiladi) solinadigan obyektlar quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) aksiz toʻlanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan aksiz toʻlanadigan tovarlarni boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlash uchun berish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarga boʻlgan mulk huquqini berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
garov bilan taʼminlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga qoʻyilgan aksiz toʻlanadigan tovarlarni garovga qoʻyuvchi tomonidan berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aksiz toʻlanadigan tovarlarni bepul berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aksiz toʻlanadigan tovarlarni (xizmatlarni) jismoniy shaxslarning mehnatiga haq toʻlash yoki dividendlar toʻlash hisobidan berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) aksiz toʻlanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida yoxud oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma) boʻyicha sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) aksiz toʻlanadigan tovarlarni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ishtirokchiga (muassisga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoxud yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi kamayganda yoki yuridik shaxs tomonidan ishtirokchidan ushbu yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi (ulushning bir qismi) qaytarib sotib olinganda ishtirokchiga berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yuridik shaxs boʻlgan emitent tomonidan aksiyadordan ushbu emitent chiqargan aksiyalar qaytarib sotib olingan taqdirda aksiyadorga berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) yuridik shaxsni tugatishda aksiyadorga yoki ishtirokchiga berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) aksiz toʻlanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan qayta ishlash uchun topshirish, shuningdek qaytarish sharti bilan berilgan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli boʻlgan, shuningdek aksiz toʻlanadigan shunday xom ashyo va materiallarning mahsuli boʻlgan, aksiz toʻlanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan berilgan xom ashyo va materiallarning mulkdoriga ishlab chiqaruvchi tomonidan topshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) aksiz toʻlanadigan tovarlardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) aksiz toʻlanadigan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) benzinni, dizel yoqilgʻisini va gazni yakuniy isteʼmolchilarga realizatsiya qilish yoki ulardan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilinadigan aksiz toʻlanadigan tovarlarning buzilishi, yoʻqotilishi, bundan favqulodda vaziyatlar natijasida yuzaga kelgan hollar mustasno. Aybdor tomonidan tovarning qiymati sugʻurta orqali toʻlangan yoki uning oʻrni qoplangan taqdirda, aksiz soligʻi sugʻurta orqali toʻlash (oʻrnini qoplash) ulushida toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar soliq solish obyekti hisoblanmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) aksiz toʻlanadigan tovarlarni eksportga (eksportning bojxona tartib-taomillarida) realizatsiya qilish, bundan aksiz toʻlanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan, qayta ishlash mahsuli boʻlgan aksiz toʻlanadigan tovarlarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketish sharti bilan berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ixtisoslashtirilgan gaz taʼminoti korxonalari orqali aholiga suyultirilgan gazni maishiy ehtiyojlar uchun realizatsiya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga quyidagi aksiz toʻlanadigan tovarlarni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda insonparvarlik yordami sifatida olib kirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar orqali xayriya yordami maqsadida, shu jumladan texnik koʻmak koʻrsatish maqsadida olib kirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar qarz shartnomasida ularni soliqdan ozod etish nazarda tutilgan boʻlsa, xalqaro moliya institutlarining qarzlari va hukumat tashkilotlarining xalqaro qarzlari hisobidan olib kirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) aksiz toʻlanadigan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga soliq solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilish. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga soliq solinmaydigan tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan olib kirishning eng yuqori normalari qonun hujjatlarida belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdigʻi boʻlgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari hamda tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish boʻyicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aksiz toʻlanadigan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan soliq stavkalari mutlaq (qatʼiy) summada belgilangan boʻlsa, soliq bazasi aksiz toʻlanadigan tovarlarning (xizmatlarning) naturada ifodalangan hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlab chiqarilayotgan aksiz toʻlanadigan tovarlarga (xizmatlarga) soliq stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan boʻlsa, soliq bazasi boʻlib realizatsiya qilingan aksiz toʻlanadigan tovarlarning (xizmatlarning) qiymati, biroq ularning haqiqiy tannarxidan past boʻlmagan qiymati hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxslar mehnatiga haq toʻlash, hisoblab chiqarilgan dividendlar hisobiga bepul yoki boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlash uchun beriladigan aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha soliq bazasi ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qaytarib berish sharti bilan qayta ishlangan xom ashyo va materiallardan ishlab chiqarilgan aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha soliq bazasi aksiz toʻlanadigan tovarlarni ishlab chiqarishga doir ishlarning qiymatini hamda qaytarish sharti bilan qayta ishlangan xom ashyo va materiallarning qiymatini oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aksiz toʻlanadigan tovarlarga nisbatan qatʼiy belgilangan va advalor soliq stavkalaridan iborat boʻlgan aralash soliq stavkalari belgilangan boʻlsa, soliq bazasi, agar ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, aksiz toʻlanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmidan hamda realizatsiya qilingan aksiz toʻlanadigan tovarlarning qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chetdan olib kirilayotgan aksiz toʻlanadigan tovarlarga nisbatan foizlardagi (advalor) soliq stavkalari belgilangan boʻlsa, soliq bazasi bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan bojxona qiymati asosida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olib kirilayotgan aksiz toʻlanadigan tovarlarga nisbatan qatʼiy belgilangan soliq stavkalari belgilangan boʻlsa, soliq bazasi import qilingan aksiz toʻlanadigan tovarlarning natura holidagi hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olib kirilayotgan aksiz toʻlanadigan tovarlarga nisbatan qatʼiy belgilangan va advalor soliq stavkalaridan iborat boʻlgan aralash soliq stavkalari belgilangan boʻlsa, soliq bazasi bojxona qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan, aksiz toʻlanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmidan va (yoki) aksiz toʻlanadigan tovarlarning bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan bojxona qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Benzinni, dizel yoqilgʻisini va gazni yakuniy isteʼmolchilarga realizatsiya qilish chogʻida realizatsiya qilingan va (yoki) shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalanilgan benzinning, dizel yoqilgʻisi va gazning naturada ifodalangan hajmi soliq bazasi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
286-modda. Aksiz toʻlanadigan tovarlarga (xizmatlarga) doir soliq solinadigan operatsiyalar amalga oshiriladigan sana
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 242-moddasida tegishli operatsiyalar uchun nazarda tutilgan sana aksiz toʻlanadigan tovarlarga (xizmatlarga) doir soliq solinadigan operatsiyalar amalga oshirilgan sana hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olib kirilayotgan aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha soliq solish operatsiyalarini amalga oshirish sanasi ularni bojxonaning import tartib-taomilidan chiqarish sanasi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
287-modda. Soliq bazasiga tuzatish kiritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasiga tuzatish kiritish ushbu Kodeksning 257-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda, soliq toʻlovchi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
288-modda. Aksiz toʻlanadigan tovarlar eksportini tasdiqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aksiz toʻlanadigan tovarlar eksportini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iboratdir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) eksport qilinadigan aksiz toʻlanadigan tovarlarni yetkazib berishga doir kontrakt (kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) tovarlarni eksport rejimida chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining belgisi qoʻyilgan bojxona yuk deklaratsiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidagi oʻtkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar tayinlangan mamlakatga joʻnatilganligini tasdiqlovchi belgisi qoʻyilgan, tovarga ilova qilinadigan hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) chet ellik sotib oluvchi (toʻlovchi) tomonidan eksport qilinayotgan tovarlar uchun haq toʻlanganligini tasdiqlovchi bank hujjatidan koʻchirma.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarni chet el valyutasida eksport qilish yuzasidan daromadlar tovarlar eksport rejimiga chiqarilgan kundan eʼtiboran bir yuz sakson kalendar kuni ichida kelib tushmagan taqdirda, tovarlarni eksportga realizatsiya qilish soliq solishning obyekti deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlar eksportga vositachi (ishonchli vakil) orqali vositachilik (topshiriq) shartnomasi boʻyicha realizatsiya qilingan taqdirda eksportni tasdiqlash uchun komitent (topshiriq beruvchi) tomonidan soliq toʻlovchining vositachi yoki ishonchli vakil bilan tuzilgan vositachilik shartnomasi yoki topshiriq shartnomasi (shartnomaning koʻchirma nusxasi) qoʻshimcha ravishda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
289-modda. Aksiz toʻlanadigan tovarlar va xizmatlarning roʻyxati. Soliq stavkalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aksiz toʻlanadigan tovarlarning (xizmatlarning) roʻyxati va ularga doir soliq stavkalari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonuni bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq stavkalari tovarning yoki xizmatning qiymatiga nisbatan foizlarda (advalor), naturada ifodalangan oʻlchov birligiga nisbatan mutlaq summada (qatʼiy belgilangan), shuningdek advalor va qatʼiy belgilangan soliq stavkalarini oʻz ichiga olgan aralash stavkada belgilanadi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.04.00 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻi / 07.10.04.03 (Кучини йукотган) Aksiz soligʻini toʻlash tartibi, muddatlari va imtiyozlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41-bob. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliq toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
290-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va soliqning belgilangan stavkalaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Import qilingan, aksiz toʻlanadigan, oʻziga nisbatan aralash — advalor va qatʼiy belgilangan soliq stavkalari belgilangan tovarlar boʻyicha soliq soliq bazasi va advalor stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bunda soliq summasi qatʼiy belgilangan stavka qoʻllanilgan holda hisoblab chiqarilgan summadan kam boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
291-modda. Soliq davri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir oy soliq davridir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
292-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq hisoboti, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq boʻyicha hisobda turilgan joydagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilingan taqdirda, soliq hisoboti avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari joylashgan yerdagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
293-modda. Soliq toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni toʻlash soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Import qilinadigan tovarlar boʻyicha soliqni toʻlash bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi. Aksiz markalari bilan tamgʻalanishi lozim boʻlgan olib kiriladigan aksiz toʻlanadigan tovarlar boʻyicha soliq aksiz markalari olinguniga qadar toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XII BOʻLIM. FOYDA SOLIGʻI
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.01 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi toʻlovchilar va soliqqa tortish obyektlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42-bob. Soliq toʻlovchilar, soliq solish obyekti va soliq bazasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
294-modda. Soliq toʻlovchilar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar foyda soligʻining soliq toʻlovchilari (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar (bundan buyon ushbu boʻlimda yuridik shaxslar deb yuritiladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshiradigan, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari (bundan buyon ushbu boʻlimda faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezidentlar deb yuritiladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlar oluvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar (bundan buyon ushbu boʻlimda norezidentlar deb yuritiladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchilari boʻlgan yuridik shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari bir milliard soʻmdan ortiq boʻlgan yoki oʻz ixtiyori bilan foyda soligʻini toʻlashga oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat boʻyicha oddiy shirkatning ishonchli shaxsi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari (bundan buyon ushbu boʻlimda konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilari deb yuritiladi) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻining mazkur guruh masʼul ishtirokchisi tomonidan hisoblab chiqarish uchun zarur boʻlgan qismi boʻyicha soliq toʻlovchilarning majburiyatlarini bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 36-moddasi toʻqqizinchi qismiga muvofiq agent vazifalarini amalga oshiruvchi jismoniy shaxs, ushbu modda birinchi qismining 2-bandiga muvofiq soliq toʻlovchi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, aylanmadan soliq toʻlovchi shaxslar soliq toʻlovchilar hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
295-modda. Soliq solish obyekti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi tomonidan olingan foyda foyda soligʻi (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq deb yuritiladi) boʻyicha soliq solish obyekti hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu boʻlim maqsadida quyidagilar foyda deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yuridik shaxs uchun — ushbu boʻlimda nazarda tutilgan jami daromad va xarajatlar oʻrtasidagi farq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident uchun — ushbu Kodeksning 49-bobida belgilangan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda, ushbu boʻlimda nazarda tutilgan doimiy muassasaning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan jami daromad (shu jumladan bunday doimiy muassasaning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar) va xarajatlar oʻrtasidagi farq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) norezident uchun — ushbu Kodeksning 50-bobida belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) yakka tartibdagi tadbirkor uchun — ushbu Kodeksning 51-bobida belgilangan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda, ushbu boʻlimda nazarda tutilgan jami daromad va xarajatlar oʻrtasidagi farq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) zimmasiga oddiy shirkat ishlarini yuritish yuklatilgan shaxs uchun — birgalikda ishlab chiqarilgan tovarni (koʻrsatilgan xizmatni) realizatsiya qilishdan olingan daromad va birgalikda ishlab chiqarilib realizatsiya qilingan tovarga (xizmatga) toʻgʻri keladigan birgalikdagi faoliyatga kiritilgan mablagʻlar summasi oʻrtasidagi farq.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
296-modda. Soliq bazasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 295-moddasiga muvofiq aniqlanadigan, soliq solinishi lozim boʻlgan foyda summasi soliq bazasi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasini ushbu boʻlimda belgilangan tartibda va shartlarda aniqlashda soliq toʻlovchi daromadlarining va (yoki) xarajatlarining (zararlarining) ayrim turlari maxsus qoidalar boʻyicha inobatga olinishi yoki inobatga olinmasligi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi ushbu boʻlimga muvofiq foydani va zararni hisobga olishning umumiy tartibidan farq qiladigan tartibi nazarda tutilgan operatsiyalar boʻyicha daromadlarning (xarajatlarning) alohida-alohida hisobini yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasi, agar ushbu Kodeksning 48 va 50-boblarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, soliq davri boshlanganidan eʼtiboran ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi tomonidan hisobot (soliq) davrida koʻrilgan zararlar soliq solish maqsadlarida soliq bazasini ushbu Kodeksning 46-bobida belgilangan tartibda va shartlarda kamaytiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasi nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining ushbu Kodeksning VII boʻlimi va 331-moddasiga muvofiq belgilanadigan umumiy foydasini ham oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasiga ushbu boʻlimda belgilangan hollarda va tartibda tuzatishlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining daromadlariga va (yoki) xarajatlariga (zararlariga) ushbu Kodeksning VI boʻlimida nazarda tutilgan hollarda tuzatishlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Natura shaklidagi daromadlar va xarajatlar, agar ushbu qismda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchi tomonidan bitimning haqiqiy narxidan kelib chiqqan holda inobatga olinadi. Agar bunday bitimdagi tovarlarning (xizmatlarning) narxi ularning bozor narxidan farq qilsa va bunday farqlanish soliq toʻlovchining soliq bazasi kamayishiga yoki zarari koʻpayishiga olib kelsa, soliq bazasi ushbu Kodeksning VI boʻlimiga muvofiq belgilanadigan bozor narxlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.02 (Кучини йукотган) Jami daromad / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43-bob. Jami daromad
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
297-modda. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jami daromad yuridik shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidagi va uning hududidan tashqaridagi manbalardan hisobot (soliq) davri mobaynida olingan daromadlardan iboratdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jami daromad, agar ushbu Kodeksning 299-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qoʻshilgan qiymat soligʻini va aksiz soligʻini inobatga olmagan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu boʻlim maqsadida jami daromadga (bundan buyon ushbu boʻlimda daromad deb yuritiladi) har qanday shaklda va (yoki) har qanday faoliyatdan olinishi lozim boʻlgan daromadlar (bundan buyon matnda olingan daromadlar deb yuritiladi), xususan, quyidagi daromadlar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) kredit (qarz, mikrokredit va boshqa moliyaviy operatsiyalar) boʻyicha mukofot tarzidagi daromad;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) sugʻurta, qayta sugʻurta tashkilotining sugʻurta, qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha daromadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) qimmatli qogʻozlar va (yoki) muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha ushbu Kodeksning 327 — 329-moddalariga muvofiq olingan daromad;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) asosiy vositalarning va boshqa mol-mulkning ushbu Kodeksning 298-moddasiga muvofiq chiqib ketishidan olingan daromad;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga binoan mol-mulkni berish boʻyicha pul mukofoti tarzidagi daromad;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) mol-mulkni mulk ijarasiga (ijaraga) berishdan olingan daromad, bundan moliyaviy ijara (lizing) mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) royalti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) ushbu Kodeksning 299-moddasiga muvofiq tekin olingan mol-mulk (olingan xizmatlar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovar-moddiy zaxiralarning va boshqa mol-mulkning qiymati tarzidagi daromad;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiyatlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromad, bundan ushbu Kodeksning 317-moddasiga muvofiq ilgari chegirib tashlanmagan xarajatlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) ushbu Kodeksning 300-moddasiga muvofiq talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha olingan daromad;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) ushbu Kodeksning 301-moddasiga muvofiq ilgari chegirib tashlangan xarajatlar yoki zararlarning oʻrnini qoplash tarzidagi daromad;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15) ushbu Kodeksning 302-moddasiga muvofiq xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklardan olinadigan daromad;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16) ushbu Kodeksning 319-moddasiga muvofiq birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishdan olingan daromad;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17) qarzdor tomonidan eʼtirof etilgan yoxud qarzdor tomonidan sudning qonuniy kuchga kirgan hujjati asosida shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun toʻlanishi lozim boʻlgan jarimalar, penyalar va boshqa sanksiyalar, shuningdek zararlarning (ziyonning) oʻrnini qoplash summalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18) ushbu Kodeksning 320-moddasiga muvofiq kursdagi ijobiy farq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19) dividendlar va foizlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20) ishonchli boshqaruv muassisi tomonidan mol-mulkni ishonchli boshqarishdan olingan daromad;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21) shakllantirilish xarajatlari ushbu Kodeksning 44 va 45-boblarida belgilangan tartibda va shartlarda xarajatlar tarkibiga qabul qilingan, qayta tiklangan zaxiralar summalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22) aksiyador, ishtirokchi yuridik shaxs foydasiga oʻz ulushining (ulushi bir qismining) qiymatini olishdan voz kechgan taqdirda, mazkur yuridik shaxsning ustav fondi (ustav kapitali) kamayishi munosabati bilan olgan daromad;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23) korxonani mol-mulk majmui sifatida sotishdan olingan daromad;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24) ushbu Kodeksning VI boʻlimida belgilangan hollarda va tartibda narxlarga tuzatishlar kiritish tufayli olingan daromad;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25) ushbu Kodeksning VII boʻlimida belgilangan hollarda va tartibda nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foyda tarzidagi daromadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26) alohida hisobi mavjud boʻlmagan va (yoki) ulardan maqsadli foydalanilmagan maqsadli mablagʻlar tarzidagi daromad (bundan budjet toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari normalari qoʻllaniladigan budjet mablagʻlari mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27) ushbu qismning 1 — 26-bandlarida koʻrsatilmagan boshqa daromadlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daromadlar soliq toʻlovchi tomonidan olingan daromadlarni tasdiqlovchi birlamchi hujjatlar va boshqa hujjatlar, shu jumladan elektron hujjatlar, shuningdek soliqni hisobga olishga doir hujjatlar asosida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jami daromad ushbu boʻlim maqsadlarida pul, natura shaklida va (yoki) boshqa shakllarda kelib tushgan barcha tushumlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi tomonidan olingan, qiymati chet el valyutasida ifodalangan daromadlar qiymati milliy valyutada ifodalangan daromadlar bilan birgalikda hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, mol-mulkning va pulda ifodalanadigan bahoga ega boʻlgan nomulkiy huquqlarning qiymati va (yoki) yuridik shaxslarni qayta tashkil etish chogʻida huquqiy vorislik tartibida olinadigan (oʻtkaziladigan), qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslar oʻzining qayta tashkil etilish sanasiga qadar olgan majburiyatlarining qiymati yangi tashkil etilgan, qayta tashkil etilayotgan va qayta tashkil etilgan yuridik shaxslarning daromadlari deb eʼtirof etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar daromadni buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq eʼtirof etish daromadni ushbu Kodeksga muvofiq aniqlash va eʼtirof etish tartibidan farq qilsa, mazkur daromad soliq solish maqsadlarida ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu boʻlimda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllash chogʻida aktivlar va (yoki) majburiyatlarning qiymati oʻzgarganligi munosabati bilan buxgalteriya hisobida aks ettirilgan daromadlarga soliq solish maqsadidagi daromadlar sifatida qaralmaydi, bundan haqiqatda olingan daromadlar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, daromadni eʼtirof etish sanasi buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining daromadlariga tuzatish kiritish ushbu Kodeksning 332-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar muayyan bir daromad daromadlarning bir nechta moddasida nazarda tutilgan boʻlsa, jami daromadni aniqlashda mazkur daromad faqat bir marta kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
298-modda. Asosiy vositalarning va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan daromadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asosiy vositalarning va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan daromad deb buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadigan asosiy vositalarning va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan foyda eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asosiy vositalarning va boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natijani (foydani yoki zararni) aniqlashda ilgari qayta baholangan asosiy vositalarning hamda boshqa mol-mulkning narxini oshirish summasining ushbu asosiy vositalarni va boshqa mol-mulkni oldingi narxni pasaytirish summasidan ortiq summalari asosiy vositalar hamda boshqa mol-mulkning chiqib ketishidan olingan daromad tarkibiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
299-modda. Tekin olingan mol-mulk (xizmatlar)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchi tomonidan tekin olingan mol-mulk va (yoki) xizmatlar soliq toʻlovchining daromadi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulkni (xizmatlarni) tekin asosda olish chogʻida oluvchi shaxsning daromadlari, agar ushbu moddaning toʻrtinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu mol-mulkning (xizmatlarning) bozor qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tekin olingan mol-mulkning (xizmatlarning) bozor qiymati hujjat bilan tasdiqlanishi kerak. Xususan, quyidagilar shunday hujjatlar boʻlishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yuklab joʻnatishga, yetkazib berishga yoki topshirishga doir hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) mahsulot yetkazib beruvchilarning narxga doir maʼlumotlari (prays-varaqlar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ommaviy axborot vositalaridan olingan maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) birja xabarlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) davlat statistika organlarining maʼlumotlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarz beruvchiga foizli daromad toʻlash majburiyatisiz qarz (qaytarish sharti bilan moliyaviy yordam) olish chogʻida qarz oluvchining daromadi qarz (qaytarish sharti bilan moliyaviy yordam) olish sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Qarz beruvchining daromadini aniqlashning xuddi shunday tartibi qarz (qaytarish sharti bilan moliyaviy yordam) olish sanasida stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasidan kam boʻlgan foizlar toʻlash sharti bilan berilgan qarzlarga (qaytarish sharti bilan moliyaviy yordamga) nisbatan qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) banklararo operatsiyalarga va kredit tashkilotlari tomonidan berilgan kreditlarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga koʻra, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan beriladigan qarzlarga (ssudalarga);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining bir ishtirokchisi tomonidan ayni shu konsolidatsiyalashgan guruhning boshqa ishtirokchisiga beriladigan qarzlarga (qaytarib berish sharti bilan moliyaviy yordamga) nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismi qoidalari ushbu Kodeksning 322-moddasida nazarda tutilgan soliq solishning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda mol-mulkni ishonchli boshqaruvga berishdan naf oluvchi oladigan daromadlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
300-modda. Talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha olingan daromadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha olingan daromadlar quyidagilarning oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) talab qilish huquqini oluvchi soliq toʻlovchi uchun — qarzdordan talab boʻyicha asosiy qarzdan olinishi lozim boʻlgan summa, shu jumladan talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish sanasidagi asosiy qarzdan ortiq summa bilan talab qilish huquqini olish qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechgan soliq toʻlovchi uchun — talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish qaysi qiymat boʻyicha amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha qiymat bilan soliq toʻlovchining dastlabki hisobga olish hujjatlariga binoan talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish sanasida qarzdordan olinishi lozim boʻlgan talabning qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qarzni talab qilish huquqini bundan buyon amalga oshiruvchi soliq toʻlovchi uchun — talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish qiymati bilan mazkur talabni sotib olish xarajatlarining summasi oʻrtasidagi ijobiy farq.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechishdan olingan daromad talab qilish huquqidan voz kechish amalga oshirilgan hisobot (soliq) davrida eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasiga koʻra olingan salbiy farq soliq toʻlovchining zarari deb eʼtirof etiladi va soliq bazasi aniqlanayotganda chegirib tashlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
301-modda. Ilgari chegirib tashlangan xarajatlarning yoki zararlarning oʻrnini qoplash tarzidagi daromad
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilgari chegirib tashlangan xarajatlarning yoki zararlarning oʻrnini qoplash tarzidagi daromadlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) joriy soliq davrida oʻrni qoplangan, shu jumladan bunday talablarga boʻlgan huquqlardan oʻzganing foydasiga qayta voz kechish yoʻli bilan oʻrni qoplangan, oldin xarajatlar jumlasiga kiritilgan, umidsiz (tavakkal qilingan) deb eʼtirof etilgan talablarning summalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) chiqimlarning (xarajatlarning) oʻrnini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjetidan olingan mablagʻlarning summalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) sugʻurta tashkiloti yoki zarar yetkazgan shaxs tomonidan toʻlangan zararni kompensatsiya qilish summalari, bundan ushbu Kodeksning 304-moddasida koʻrsatilgan sugʻurta toʻlovlari mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ilgari chegirmalar jumlasiga kiritilgan chiqimlarning oʻrnini qoplashdan olingan boshqa kompensatsiyalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olingan kompensatsiya u qaysi hisobot (soliq) davrida olingan boʻlsa, oʻsha hisobot (soliq) davrining daromadi boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
302-modda. Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklardan olingan daromadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar deganda faoliyati soliq toʻlovchining asosiy faoliyatiga xizmat koʻrsatishga qaratilgan va soliq toʻlovchining asosiy faoliyati doirasida tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan xoʻjaliklar tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yordamchi xoʻjaliklar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) uy-joy-kommunal xoʻjaligi obyektlari: uy-joy fondi, mehmonxonalar (turistik mehmonxonalar bundan mustasno), tashrif buyuruvchilar uchun uylar va yotoqxonalar, tashqi obodonlashtirish obyektlari, sunʼiy inshootlar, choʻmilish havzalari, plyajlarning inshootlari hamda asbob-uskunalari, aholini gaz, issiqlik va elektr bilan taʼminlash obyektlari, uy-joy-kommunal xoʻjaligi obyektlariga texnik xizmat koʻrsatish hamda ularni taʼmirlash uchun moʻljallangan uchastkalar, sexlar, bazalar, ustaxonalar, garajlar, maxsus mashinalar va mexanizmlar, omborxonalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ijtimoiy-madaniy soha obyektlari: sogʻliqni saqlash va madaniyat obyektlari, bolalar maktabgacha taʼlim obyektlari, bolalarning dam olish oromgohlari, sanatoriylar (profilaktoriylar), dam olish bazalari, pansionatlar, jismoniy tarbiya va sport obyektlari, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish sohasining ishlab chiqarishga oid boʻlmagan obyektlari (hammomlar, saunalar, kirxonalar, tikuvchilik ustaxonalari hamda maishiy xizmatlar koʻrsatuvchi boshqa ustaxonalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) oʻz xodimlariga yoki oʻzga shaxslarga xizmatlarni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi umumiy ovqatlanish punktlari, oʻquv kombinatlari va shunga oʻxshash boshqa xoʻjaliklar, ishlab chiqarishlar hamda xizmatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklardan olingan daromadlar xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar tomonidan tovarlarni va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan mablagʻlarning summasi bilan xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning umumiy faoliyatiga bogʻliq xarajatlarning summasi oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu boʻlimga muvofiq chegirib tashlanishi lozim boʻlgan xarajatlar xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chegirib tashlanadigan xarajatlarning daromadlardan ortib ketishi xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklardan koʻrilgan zarar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
303-modda. Uzoq muddatli kontraktlar boʻyicha daromadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar tuzilgan kontraktlar shartlarida xizmatlarni bosqichma-bosqich topshirish nazarda tutilmagan boʻlsa, uzoq texnologik siklli ishlab chiqarish (bir soliq davridan ortiq) boʻyicha mazkur xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan daromad hisobga olish maʼlumotlari asosida daromadni bir meʼyorda eʼtirof etish prinsipi inobatga olingan holda soliq toʻlovchi tomonidan taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uzoq muddatli kontraktni hisobot davrining oxiriga kelib haqiqatda ijro etish kontraktni bajarish boshlangandan eʼtiboran qilingan xarajatlarning solishtirma miqdorini kontraktni bajarishga doir xarajatlarning umumiy summasida hisob-kitob qilish asosida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot davrining oxiridagi daromad qilingan xarajatlarning hisob-kitob qilingan solishtirma miqdori va kontrakt boʻyicha daromadning (kontrakt narxlari) umumiy summasidan kelib chiqib aniqlanadi. Mazkur kontrakt boʻyicha ilgari hisobga olingan daromadlar joriy hisobot davrida xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadni aniqlash chogʻida chegirib tashlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
304-modda. Soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar daromad sifatida hisobga olinmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻshilgan hissa tarzida olingan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) aksiyalarni (ulushlarni) joylashtirish narxining ularning nominal qiymatidan (dastlabki miqdoridan) ortiqcha summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ishtirokchilar tarkibidan chiqish (chiqib ketish) chogʻida ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoʻshilgan hissa doirasida olingan yoki ishtirokchining ulushi miqdorini kamaytirish, shuningdek tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulkini ishtirokchilar oʻrtasida taqsimlash chogʻida olingan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun birlashtiriladigan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha sherikning (ishtirokchining) shartnoma sheriklari (ishtirokchilari) umumiy mulkidagi ulushi qaytarilgan yoki bunday mol-mulk boʻlingan taqdirda, ushbu sherik (ishtirokchi tomonidan) qoʻshilgan hissa miqdorida olingan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) realizatsiya qilinadigan tovarlar (xizmatlar) uchun oldindan toʻlov (boʻnak) tarzida boshqa shaxslardan olingan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) qonun hujjatlariga muvofiq ushbu majburiyatlarning taʼminoti sifatida garov yoki zakalat tarzida olingan mablagʻlar, ularga boʻlgan mulk huquqi boshqa shaxsga oʻtgan paytga qadar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq tekinga olingan mol-mulk va xizmatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) ushbu Kodeksning 48-moddasida nazarda tutilgan talablar bajarilishi sharti bilan olingan grantlar, insonparvarlik yordami va maqsadli tushumlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta tovoni (sugʻurta summasi) tarzida olingan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) vositachiga yoki boshqa ishonchli vakilga vositachilik, topshiriq shartnomasi yoki vositachilik xizmatlari koʻrsatishga doir boshqa shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarishi munosabati bilan, shuningdek vositachi yoki boshqa ishonchli vakil tomonidan komitent yoxud boshqa ishonch bildiruvchi uchun amalga oshirilgan xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan kelib tushgan mol-mulk (pul mukofoti bundan mustasno). Bunday xarajatlar, agar tuzilgan shartnomalar shartlarida bu xarajatlarning oʻrnini qoplash nazarda tutilgan boʻlsa, vositachidan yoki ishonchli vakildan chegirib tashlanmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) moliyaviy ijara (lizing) obyektining qiymati oʻrnini ijaraga beruvchi (lizing beruvchi) tomonidan olingan ijara (lizing) toʻlovining qismi tarzida qoplash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) mol-mulk ijarasiga doir shartnoma boʻyicha olingan mol-mulk, bundan moliyaviy ijara (lizing) mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) telekommunikatsiya tarmoqlaridagi tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining tekin olingan texnik vositalari, shuningdek ulardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha xizmatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15) investor va davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga binoan investitsiya majburiyatlari sifatida kiritiladigan mol-mulk;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16) kredit yoki qarz shartnomalari boʻyicha mablagʻlar yoki boshqa mol-mulk (mablagʻ jalb qilishni rasmiylashtirish usulidan qatʼi nazar, boshqa shunday mablagʻlar yoki boshqa mol-mulk, shu jumladan qarz qimmatli qogʻozlar), shuningdek bunday jalb qilingan mablagʻlarni toʻlash hisobidan mablagʻlar yoki boshqa mol-mulk;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17) konsessiya bitimi boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq olingan mol-mulk;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18) davlat muassasalari tomonidan barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlarining qaroriga koʻra olingan mol-mulk;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19) Oʻzbekiston Respublikasining davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatli qogʻozlari boʻyicha olingan daromadlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan va Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chiqarilgan xalqaro obligatsiyalar boʻyicha daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20) soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq hisobdan chiqarilgan penyalarning va jarimalarning summasi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.03 (Кучини йукотган) Chegirmalar va ziyonlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44-bob. Xarajatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
305-modda. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks 294-moddasi birinchi qismining birinchi bandida koʻrsatilgan yuridik shaxslarning soliq bazasini aniqlashda ushbu shaxslarning jami daromadidan daromad olish bilan bogʻliq barcha xarajatlar chegirib tashlanadi, bundan ushbu boʻlimga koʻra chegirib tashlanmaydigan xarajatlar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu boʻlim maqsadlarida soliq toʻlovchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida ham, uning hududidan tashqarida ham hisobot (soliq) davri davomida amalga oshirilgan (koʻrilgan), asoslangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan chiqimlari (ushbu Kodeksning 333 — 336-moddalarida nazarda tutilgan hollarda esa zararlar) xarajatlar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asoslangan xarajatlar deganda bahosi pul shaklida ifodalangan, iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlagan chiqimlar tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har qanday chiqimlar, basharti ular hech boʻlmaganda quyidagi shartlardan biriga muvofiq kelgan taqdirda, iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlagan chiqimlar deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) daromad olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida qilingan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) shunday tadbirkorlik faoliyatini saqlab turish yoki rivojlantirish uchun zarur boʻlsa yoxud xizmat qilsa va xarajatlarning tadbirkorlik faoliyati bilan aloqasi aniq asoslangan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qonun hujjatlarining qoidalaridan kelib chiqsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) tegishli xarajatlar amalga oshirilgan chet davlat hududida qoʻllaniladigan tartibga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) boshqa shaklda rasmiylashtirilgan, shu jumladan xizmat safari toʻgʻrisidagi buyruq, yoʻl hujjatlari, shartnomaga muvofiq koʻrsatilgan xizmat haqidagi hisobot bilan rasmiylashtirilgan hujjatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 37-bobiga muvofiq, jumladan amortizatsiya qilinadigan aktivlarni sotib olish va hisobga olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻining summasi, shu xarajat sifatida eʼtirof etilmaydi, bundan ushbu Kodeksning 314-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ayni bir xarajatlar xarajatlarning bir nechta moddasida nazarda tutilgan boʻlsa, soliq bazasini hisob-kitob qilishda mazkur xarajatlar faqat bir marta chegirib tashlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining qiymati chet el valyutasida ifodalangan xarajatlari milliy valyutada qiymati ifodalangan xarajatlar bilan birgalikda hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq xarajatni eʼtirof etish ushbu Kodeksga muvofiq xarajatni aniqlash va eʼtirof etish tartibidan farq qilsa, mazkur xarajat soliq solish maqsadlarida ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu boʻlimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq solish maqsadlarida, buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllash chogʻida aktivlar va (yoki) majburiyatlarning qiymati oʻzgarganligi munosabati bilan buxgalteriya hisobida aks ettirilgan chiqimlarga xarajatlar sifatida qaralmaydi, bundan haqiqatda toʻlangan xarajatlar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq, uzoq muddatli aktivlarning dastlabki qiymatiga va zaxiralarning tannarxiga kiritiladigan xarajatlar amortizatsiya ajratmalari vositasida va bunday zaxiralarning tannarxi orqali chegirmalar jumlasiga kiritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks 306-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq yoki buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq amortizatsiya ajratmalari hisoblanmaydigan uzoq muddatli aktivlarning qiymati mazkur aktivlar ushbu Kodeksning 298-moddasida nazarda tutilgan tartibda chiqib ketayotganda soliq bazasini aniqlashda hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining xarajatlariga tuzatishlar kiritish ushbu Kodeksning 332-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 306 — 316-moddalari va 45-bobida koʻrsatilgan xarajatlar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan shartlarga rioya etilgan holda chegirmalar jumlasiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
306-modda. Amortizatsiya xarajatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq toʻlovchi tomonidan hisobga olinadigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar ushbu modda maqsadlarida amortizatsiya qilinadigan aktivlar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) moddiy madaniy meros obyektlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari, yoʻlkalar, sayilgohlar, xiyobonlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida boʻlgan obodonlashtirish inshootlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) qiymati ilgari toʻliq xarajatlar jumlasiga kiritilgan mol-mulk;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar tarkibiga oʻtkazilmagan kapital qoʻyilmalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) notijorat tashkilotlarning ushbu Kodeks 318-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan mablagʻlar hisobidan olingan yoki sotib olingan hamda notijorat faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulki, bundan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan sotib olingan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladigan mol-mulk mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) ushbu Kodeks 304-moddasining 8, 9, 14, 15 va 17-kichik bandlariga muvofiq kelib tushgan mablagʻlar hisobidan olingan yoki sotib olingan (barpo etilgan) mol-mulk.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amortizatsiya qilinadigan aktivning qiymati ushbu Kodeksning 308-moddasida nazarda tutilgan amortizatsiya ajratmalari va (yoki) investitsiyaviy chegirmalar orqali xarajatlar jumlasiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amortizatsiya ajratmalari buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, ushbu moddada nazarda tutilgan xususiyatlar inobatga olingan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nomoddiy aktivlarning qiymati ushbu Kodeksning 307-moddasida nazarda tutilgan tartibda xarajatlar jumlasiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amortizatsiya qilinadigan aktivlar, bundan nomoddiy aktivlar mustasno, soliq solish maqsadlarida guruhlar (kichik guruhlar) boʻyicha taqsimlanadi va ularni sotib olishga (yaratishga) doir chiqimlar amortizatsiya ajratmalari orqali amortizatsiyaning quyidagi cheklangan normalari boʻyicha xarajatlar jumlasiga kiritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Guruhlar
tartib
raqami
Kichik
guruhlar
tartib
raqami
Asosiy vositalarning nomi
Amortizatsiyaning yillik
eng yuqori normasi,
foizlarda
I
Binolar, imoratlar va inshootlar
1
Binolar, imoratlar
3
2
Neft va gaz quduqlari
5
3
Neft-gaz omborlari
4
Kema qatnaydigan kanallar, suv kanallari
5
Koʻpriklar
6
Dambalar, toʻgʻonlar
7
Daryo va dengiz prichal inshootlari
8
Korxonalarning temir yoʻllari
9
Qirgʻoqni mustahkamlovchi,
qirgʻoqni himoyalovchi inshootlar
10
Rezervuarlar, sisternalar, baklar va boshqa sigʻimlar
11
Ichki xoʻjalik va xoʻjaliklararo sugʻorish tarmogʻi
12
Yopiq kollektor-drenaj tarmogʻi
13
Havo kemalarining uchish-qoʻnish yoʻllari, yoʻlkalari, toʻxtash joylari
14
Istirohat bogʻlarining va hayvonot bogʻlarining inshootlari
15
Sport-sogʻlomlashtirish inshootlari
16
Issiqxonalar va parniklar
17
Boshqa inshootlar
II
Uzatish qurilmalari
1
Elektr uzatish hamda aloqa qurilmalari va liniyalari
8
2
Ichki gaz quvurlari va quvurlar
3
Vodoprovod, kanalizatsiya va issiqlik tarmoqlari
4
Magistral quvurlari
5
Boshqalar
III
Kuch mashinalari va asbob-uskunalar
1
Issiqlik texnik asbob-uskunalari
8
2
Turbina asbob-uskunalari va gaz turbinalari qurilmalari
3
Elektr dvigatellari va dizel-generatorlar
4
Kompleks qurilmalar
5
Boshqa kuch mashinalari va asbob-uskunalari (harakatlanuvchi transportdan tashqari)
IV
Faoliyat turlari boʻyicha ish mashinalari va asbob-uskunalar (harakatlanuvchi transportdan tashqari)
1
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga tegishli mashinalar va asbob-uskunalar
15
2
Qishloq xoʻjaligi traktorlari, mashinalari va asbob-uskunalari
3
Kommutatsiyalar va maʼlumotlarni uzatish raqamli elektron asbob-uskunalari, raqamli tizimlar uzatish asbob-uskunalari, raqamli aloqa oʻlchov texnikasi
4
Yoʻldosh, uyali aloqa, radiotelefon, peyjing va tranking aloqa asbob-uskunalari
5
Uzatishlar tizimlari kommutatsiyalarining oʻxshash asbob-uskunalari
6
Kinostudiyalarning maxsus asbob-uskunalari, tibbiy va mikrobiologiya sanoati asbob-uskunalari
7
Kompressor mashinalari va asbob-uskunalari
8
Nasoslar
9
Yuk koʻtarish-transport, yuk ortish-tushirish mashinalari va uskunalari, tuproq, karyer hamda yoʻl-qurilish ishlari uchun mashinalar va uskunalar
10
Ustun-qoziq qoqish mashinalari va uskunalari, maydalash-yanchish, saralash, boyitish uskunalari
11
Texnologik jarayonlar uchun barcha turdagi sigʻimlar
12
Neft qazib chiqarish va burgʻulash uskunalari
13
Boshqa mashinalar va uskunalar
V
Harakatlanuvchi transport
1
Temir yoʻlning harakatdagi tarkibi
4
2
Dengiz, daryo kemalari, baliqchilik sanoati kemalari
3
Havo transporti
4
Avtomobil transportining harakatdagi tarkibi, ishlab chiqarish transporti
20
5
Yengil avtomobillar
6
Sanoat traktorlari
7
Kommunal transport
8
Maxsus vaxta vagonlari
9
Boshqa transport vositalari
VI
Kompyuter, periferiya qurilmalari, maʼlumotlarni qayta ishlash uskunalari
1
Kompyuterlar
20
2
Periferiya qurilmalari va maʼlumotlarga ishlov berish uskunalari
3
Nusxa koʻchirish-koʻpaytirish texnikasi
4
Boshqa kompyuter, periferiya qurilmalari, maʼlumotlarga ishlov berish uskunalari
VII
Boshqa guruhlarga kiritilmagan asosiy vositalar
15
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solish maqsadlari uchun har bir kichik guruh boʻyicha amortizatsiya ajratmalari amortizatsiya normasini qoʻllash orqali, biroq ushbu Kodeksda belgilangan cheklangan normadan koʻp boʻlmagan tarzda hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solish maqsadlarida amortizatsiyani ushbu moddada belgilanganidan pastroq normalar boʻyicha hisoblashga, agar bu soliq solish maqsadlarida hisob siyosatida mustahkamlab qoʻyilgan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasiga, ushbu moddada nazarda tutilgan normalarga zid ravishda, toʻliq hisoblanmagan amortizatsiya summasi miqdorida tuzatishlar kiritish amalga oshirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydalanishda boʻlgan asosiy vositalarni sotib oladigan soliq toʻlovchi ushbu obyektlar boʻyicha amortizatsiya normasini, mazkur obyektdan avvalgi mulkdorlar tomonidan foydalanilgan yillar (oylar) soniga kamaytirilgan foydalanish muddatini hisobga olgan holda, belgilashga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar asosiy vositadan haqiqatda foydalanish muddati avvalgi mulkdorlarda asosiy vositalarning ushbu moddada tasniflanishi asosida belgilanadigan foydali tarzda foydalanish muddatiga teng yoki undan ortiq boʻlsa, soliq toʻlovchi texnika xavfsizligi talablarini va boshqa omillarni hisobga olgan holda bu asosiy vositadan foydali tarzda foydalanish muddatini mustaqil ravishda, lekin uch yildan kam boʻlmagan muddatga belgilashga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilgari foydalanishda boʻlgan asosiy vositalardan foydalanish muddatini aniqlash imkoniyati boʻlmagan taqdirda, amortizatsiyani hisoblash ushbu moddaning oltinchi qismida koʻrsatilgan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amortizatsiya qilinadigan mol-mulk tekin olingan taqdirda, uning ushbu Kodeksning 299-moddasiga muvofiq tekin olingan mol-mulk tarzida jami daromadga kiritilgan qiymati amortizatsiya qilinadigan mol-mulkning dastlabki qiymati boʻladi va bunda Oʻzbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq dastlabki tarzda eʼtirof etish chogʻida shunday aktivlarning qiymatini koʻpaytiruvchi haqiqiy chiqimlar inobatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solish maqsadlarida amortizatsiya qilinadigan mol-mulkning qiymatiga ushbu Kodeks 317-moddasining 17-bandida nazarda tutilgan xarajatlar kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
307-modda. Nomoddiy aktivlarni amortizatsiya qilish xarajatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nomoddiy aktivlarning qiymati nomoddiy aktivlardan foydali tarzda foydalanish muddati mobaynidagi amortizatsiya ajratmalari orqali xarajatlar jumlasiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nomoddiy aktivlardan foydali tarzda foydalanish muddatini aniqlash patentning, guvohnomaning amal qilish muddatidan va (yoki) intellektual mulk obyektidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq yoki qoʻllanilishi mumkin boʻlgan chet davlat qonun hujjatlariga muvofiq foydalanish muddatlariga doir boshqa cheklovlardan kelib chiqqan holda yoxud nomoddiy aktivlardan foydali tarzda foydalanishning tegishli shartnomalarda shartlashilgan muddatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi tomonidan amortizatsiya ajratmalari ularning dastlabki qiymatidan va foydali tarzda foydalanish muddatidan kelib chiqib hisob-kitob qilingan normalar boʻyicha har oyda hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali tarzda foydalanish muddatini aniqlash mumkin boʻlmagan nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya normalari besh yillik muddatga belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar nomoddiy aktivlarni olish yoki ishlab chiqarish xarajatlari soliq toʻlovchining soliq bazasini hisoblab chiqarish chogʻida xarajatlar jumlasiga kiritilgan boʻlsa, bu xarajatlar amortizatsiya qilinishi lozim boʻlgan nomoddiy aktivlarning qiymatiga kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
308-modda. Investitsiyaviy chegirma
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi amortizatsiya qilinadigan aktivlar boʻyicha investitsiyaviy chegirmalarni ushbu moddada belgilangan tartibda va shartlarda qoʻllashga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiyaviy chegirma amortizatsiya xarajati deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiyaviy chegirma quyidagi miqdorda qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yangi texnologik uskunalar qiymatining, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va (yoki) texnologik jihatdan qayta jihozlash xarajatlarining va (yoki) axborot tizimlarini yaratishga doir investitsiya loyihalari doirasida mahalliy ishlab chiqarishning dasturiy taʼminotini sotib olishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summalarining 10 foizi miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasining 5 foizi miqdorida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks 317-moddasining 17-bandiga muvofiq chegirib tashlanmaydigan xarajatlar boʻyicha investitsiyaviy chegirma berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Investitsiyaviy chegirma yangi texnologik uskunani ishga tushirish amalga oshirilgan yoxud oʻz ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish, texnik va (yoki) texnologik jihatdan qayta jihozlash amalga oshirilgan, ishlab chiqarish yangi qurilish shaklida kengaytirilgan, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilish amalga oshirilgan, laboratoriya testlarini va sinovlarini oʻtkazish uchun komplekslar, axborot tizimlarini yaratish boʻyicha investitsiya loyihalari doirasida mahalliy ishlab chiqarishning dasturiy taʼminoti sotib olingan hisobot (soliq) davrida qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda maqsadlarida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqarish jarayonida soliq toʻlovchi tomonidan foydalaniladigan, chiqarilgan kundan eʼtiboran uch yildan koʻp boʻlmagan muddat oʻtgan mashinalar, apparatlar, qurilmalar, mexanizmlar yangi texnologik uskunalar deb eʼtirof etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) asosiy vositalarning texnologik yoki xizmatga oid moʻljallanilgan maqsadini oʻzgartirishga, ularning unumdorligini oshirishga yoki boshqa sifat xususiyatlarini yaxshilashga qaratilgan ishlar modernizatsiya qilish deb eʼtirof etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ilgʻor texnika va (yoki) texnologiyani joriy etish asosida asosiy vositalarning yoki ularning ayrim qismlarining texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini oshirish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, maʼnan eskirgan va jismonan ishdan chiqqan uskunalarni yangi, nisbatan mahsuldor uskunalarga almashtirishga doir kompleks tadbirlar texnik va (yoki) texnologik jihatdan qayta jihozlash deb eʼtirof etiladi. Texnik va (yoki) texnologik jihatdan qayta jihozlash ishlab chiqarishlarning yangilarini barpo etish va amaldagilarini kengaytirishni ham oʻz ichiga oladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ishlab chiqarishni takomillashtirish hamda uning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini oshirish bilan bogʻliq boʻlgan hamda ishlab chiqarish quvvatlarini koʻpaytirish, tovarlar (xizmatlar) sifatini yaxshilash va (yoki) ularning nomenklaturasini oʻzgartirish maqsadida rekonstruksiya qilish loyihasi boʻyicha amalga oshiriladigan, tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar koʻrsatish uchun foydalaniladigan, mavjud binolarni va inshootlarni qayta qurish ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolarni va inshootlarni rekonstruksiya qilish deb eʼtirof etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar koʻrsatish jarayonida foydalanish maqsadida yangi binolarni va inshootlarni qurish ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirish deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
309-modda. Amortizatsiya qilinadigan aktivlarni taʼmirlash xarajatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi tomonidan amortizatsiya qilinadigan aktivlarni taʼmirlash uchun amalga oshirilgan xarajatlar qaysi hisobot (soliq) davrida amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha hisobot (soliq) davrida soliq solish maqsadlarida haqiqiy chiqimlar miqdorida xarajatlar jumlasiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchi oʻrtasidagi shartnomada ijaraga oluvchining amortizatsiya qilinadigan aktivlarga doir xarajatlarining oʻrnini ijaraga beruvchi tomonidan qoplash nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu moddaning qoidalari ijaraga oluvchining mazkur xarajatlariga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
310-modda. Foizlar va ayrim chiqimlar boʻyicha xarajatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining qarz majburiyatlari (kreditlar, tovar va tijorat kreditlari, qarzlar, bank omonatlari, bank hisobvaraqlari yoki rasmiylashtirish usulidan qatʼi nazar, boshqa jalb qilingan mablagʻlar) boʻyicha foizlar tarzidagi xarajatlari (bundan buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida kapitallashtirish uchun ruxsat berilgan xarajatlar mustasno) ushbu Kodeksning VI boʻlimida nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda, haqiqiy stavkadan kelib chiqib, chegirib tashlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxsning nazorat qilinadigan qarzi bilan bogʻliq xarajatlari ushbu moddaning birinchi qismi qoidalari hisobga olingan holda, ushbu moddada belgilangan eng koʻp qiymatlardan oshmaydigan miqdorda chegirib tashlanadi. Mazkur qoida quyidagilarga nisbatan qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qarz mablagʻlaridan foydalanganlik uchun foizlarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) neustoykalarning (jarimalar, penyalarning) summalari, javobgarlikning boshqa choralari qoʻllanilganligi natijasida, shu jumladan shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun zararlarning oʻrnini qoplash natijasida toʻlanishi lozim boʻlgan summalarga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda maqsadlarida yuridik shaxsning quyidagi qarzlari nazorat qilinadigan qarzlar deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti boʻlmagan, mazkur soliq toʻlovchi aksiyalarining (ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) paylar, ulushlarning) 20 foizidan ortigʻiga bevosita yoki bilvosita egalik qiladigan chet ellik yuridik yoki jismoniy shaxs oldidagi qarzi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ushbu Kodeksning 37-moddasiga muvofiq ushbu qismning 1-bandida koʻrsatilgan chet ellik shaxsning oʻzaro bogʻliq shaxsi deb eʼtirof etiladigan boshqa shaxs oldidagi qarzi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ushbu qismning 1 va (yoki) 2-bandlarida koʻrsatilgan shaxslar oldida kafillik qiluvchi, kafil sifatida ish yurituvchi shaxs yoki ushbu soliq toʻlovchining ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan qarzini toʻlashni taʼminlash yuzasidan majburiyatni boshqacha tarzda oʻz zimmasiga oladigan boshqa shaxs oldidagi qarz.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan qarz soliq davridagi quyidagi qarzlarning jami summalarini oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarz mablagʻlari boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
javobgarlikning boshqa choralari qoʻllanilganligi natijasida, shu jumladan shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun zararlarning oʻrni qoplanishi natijasida toʻlanishi lozim boʻlgan neustoykalar (jarimalar, penyalar) summalari boʻyicha.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismi maqsadlari uchun soliq davrida mavjud boʻlgan qarz deganda, qaysi xoʻjalik operatsiyasi natijasida joriy hisobot (soliq) davrida qarz yuzaga keladigan yoki koʻpayadigan boʻlsa, oʻsha har bir xoʻjalik operatsiyasining qiymat koʻrsatkichlari summasi, shuningdek joriy hisobot (soliq) davrining boshida toʻlanmagan qarzning summasi tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan chet ellik shaxs yoki boshqa shaxslar oldidagi nazorat qilinadigan qarz miqdori soliq toʻlovchining xususiy kapitalidan uch baravardan ortiq boʻlsa, faqat lizing faoliyati bilan shugʻullanuvchi banklar va soliq toʻlovchilar uchun esa oʻn uch baravardan ortiq boʻlsa, xarajatlarning chegirib tashlanishi lozim boʻlgan eng koʻp miqdorini aniqlashda ushbu moddaning yettinchi – toʻqqizinchi qismlarida belgilangan qoidalar qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi nazorat qilinadigan qarzning har bir turi boʻyicha eng koʻp summalarni har bir hisobot (soliq) davrining oxirgi sanasida hisoblab chiqarishi shart. Hisob-kitob nazorat qilinadigan qarz boʻyicha ayrim chiqimlarning (xarajatlarning) soliq davri boshlanganidan eʼtiboran oʻsib boruvchi yakun bilan aniqlangan summasini tegishli hisobot (soliq) davrining oxirgi sanasida hisob-kitob qilinadigan kapitallashtirish koeffitsiyentiga boʻlish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning yettinchi qismida koʻrsatilgan kapitallashtirish koeffitsiyenti tegishli nazorat qilinadigan, toʻlanmagan qarz miqdorini ushbu chet el tashkilotining soliq toʻlovchi ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) bevosita yoki bilvosita ishtirok etishi ulushiga muvofiq boʻlgan xususiy kapital miqdoriga boʻlish hamda olingan natijani uchga, banklar va faqat lizing faoliyati bilan shugʻullanuvchi soliq toʻlovchilar uchun esa oʻn uchga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy kapital miqdorini aniqlashda soliq toʻlovchining aktivlari summasi va majburiyatlari miqdori (soliqlar va yigʻimlar boʻyicha qarz summalari, shu jumladan ular boʻyicha kechiktirish va boʻlib-boʻlib toʻlash summalari hisobga olinmaydi) tegishli hisobot (soliq) davrining oxirgi kunidagi buxgalteriya hisobi maʼlumotlari asosida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan qarzning har bir turi boʻyicha ushbu moddaning oltinchi — toʻqqizinchi qismlariga muvofiq hisob-kitob qilingan, biroq haqiqatda hisoblangan xarajatlardan koʻp boʻlmagan summalar xarajatlar jumlasiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
311-modda. Geologik jihatdan oʻrganish, qidirish va tabiiy resurslarni qazib olishga doir tayyorgarlik ishlari uchun xarajatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan qazib olishni boshlashdan oldin geologik jihatdan oʻrganish, qidirish, foydali qazilmalarni qazib olishga doir tayyorgarlik ishlari uchun amalga oshirilgan xarajatlar, shu jumladan baholashga, jihozlashga, imzoli bonus va tijoratbop topilma bonusni toʻlashga doir xarajatlar, shuningdek ushbu Kodeksga muvofiq chegirib tashlanishi lozim boʻlgan boshqa xarajatlar amortizatsiya qilinadigan aktivning alohida guruhini tashkil etadi. Bunda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, bunday chiqimlar belgilangan normalar doirasida xarajatlar jumlasiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan xarajatlar foydali qazilmalarni qazib olish boshlangan paytdan eʼtiboran soliq toʻlovchining jami daromaddan amortizatsiya ajratmalari tarzida chegirib tashlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amortizatsiya ajratmalarining har yilgi summasi, soliq toʻlovchining xohishiga koʻra belgilanadigan amortizatsiya normasini qoʻllash yoʻli bilan, biroq ushbu moddada nazarda tutilgan amortizatsiya qilinadigan aktivlar guruhi boʻyicha toʻplangan xarajatlar summasining 15 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda hisoblab chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nomahsuldor quduq tugatilgan yoxud soliq toʻlovchi yer qaʼri uchastkasidagi ishlarni iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligi, geologik jihatdan istiqbolsizligi yoki boshqa sabablarga koʻra tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda, basharti yer qaʼridan foydalanish huquqi toʻliq tugatilsa, soliq toʻlovchi bunday huquq tugatilgan hisobot (soliq) davrida qilingan xarajatlar summasini chegirib tashlashga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
312-modda. Ilmiy tadqiqotlarga va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir xarajatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu boʻlim maqsadlarida yangi mahsulotni (tovarlarni, xizmatlarni) yaratish yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotni (tovarlarni, ishlarni) takomillashtirish, ishlab chiqarishni va boshqaruvni tashkil etishning yangi texnologiyalarini, usullarini yaratish yoki qoʻllanilayotgan shunday texnologiyalarni, usullarni takomillashtirish jumlasiga kiradigan xarajatlar ilmiy tadqiqotlarga va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalarga doir xarajatlar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining ilmiy tadqiqotlarga va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga doir xarajatlari, amortizatsiya qilinadigan aktivlarni olishga oid xarajatlardan tashqari, tegishli ilmiy tadqiqotlar va (yoki) tajriba konstruktorlik ishlanmalarining natijasidan qatʼi nazar, ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda bunday tadqiqotlar va ishlanmalar (xizmatlarning alohida bosqichlari) tugallangan va (yoki) qabul qilish-topshirish dalolatnomasini taraflar imzolaganidan keyin chegirib tashlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq toʻlovchi ilmiy tadqiqotlar va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalari yuzasidan amalga oshirilgan xarajatlar natijasida intellektual faoliyat natijalariga boʻlgan mutlaq huquqlarni olsa, mazkur huquqlar nomoddiy aktivlar deb eʼtirof etiladi. Bunday holda koʻrsatilgan xarajatlar ushbu Kodeksning 307-moddasida nazarda tutilgan tartibda chegirib tashlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning qoidalari shartnoma boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni va (yoki) tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini ijrochi (pudratchi yoki subpudratchi) sifatida bajaruvchi soliq toʻlovchilarning xarajatlarini soliq solish maqsadlarida eʼtirof etishga nisbatan tatbiq qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
313-modda. Umidsiz qarzlar boʻyicha xarajatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda maqsadlarida, sudning qaroriga koʻra, bankrotlik, tugatish, qarzdor vafot etganligi tufayli majburiyatlar tugatilganligi oqibatida yoki daʼvo muddati oʻtganligi oqibatida toʻlanishi mumkin boʻlmagan qarz umidsiz qarz deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi oldingi hisobot (soliq) davrlarida soliq solinadigan daromadlar olish bilan bogʻliq boʻlgan umidsiz qarzlarni chegirib tashlashga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umidsiz qarzlarni chegirib tashlashga faqat qarz hisobdan chiqarilgan va soliq toʻlovchining buxgalteriya hisobotida aks ettirilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
314-modda. Qoʻshilgan qiymat soligʻiga doir xarajatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, sotib olingan tovarlarning (xizmatlarning) qiymatida qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha quyidagi chiqimlar hisobga olinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu Kodeksning 267-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisobga olinmaydigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ushbu Kodeks 268-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan tartibda qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ushbu Kodeksning 270-moddasida koʻrsatilgan holda qoʻshilgan qiymat soligʻiga tuzatish kiritish summasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi hisobga olinmaydigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini quyidagi hollarda xarajatlar jumlasiga kiritishga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu Kodeks 268-moddasining beshinchi qismiga muvofiq mutanosib usulni qoʻllashda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) agar soliqning tuzatish kiritish summasini bunday tuzatish amalga oshirilayotgan sotib olingan tovarlarning (xizmatlarning) qiymatiga kiritish mumkin boʻlmasa, qoʻshilgan qiymat soligʻiga ushbu Kodeksning 269 va 270-moddalariga muvofiq tuzatish kiritishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ushbu Kodeksning 271-moddasida nazarda tutilgan tartibda qoʻshilgan qiymat soligʻiga tuzatish kiritishda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
315-modda. Zaxira fondlarini shakllantirish xarajatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Banklar va bank operatsiyalarini amalga oshirishga doir litsenziya asosida bank operatsiyalarining ayrim turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar, shuningdek sugʻurta tashkilotlari qonun hujjatlari talablariga muvofiq zaxira fondlarini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan zaxira fondlariga ajratmalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va normalar doirasida xarajatlar jumlasiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda birinchi va ikkinchi qismlarining qoidalari sof foyda hisobidan shakllantiriladigan zaxira fondlarini tashkil etish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Haqiqiy xarajatlar, ularga nisbatan zaxira fondi shakllantirilgan boʻlsa, tashkil etilgan zaxira fondi summasi hisobidan hisobdan chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
316-modda. Kafolatli taʼmirlash va kafolatli xizmat koʻrsatish yuzasidan kelgusi xarajatlar uchun zaxirani shakllantirish xarajatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi soliq toʻlovchi kafolatli taʼmirlash va kafolatli xizmat koʻrsatish yuzasidan kelgusi xarajatlar uchun zaxira tashkil etishga haqli. Bunday zaxirani shakllantirishga doir ajratmalar ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda chegirmalar jumlasiga kiritiladi. Soliq toʻlovchi bunday zaxirani tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorni mustaqil ravishda qabul qiladi va soliq solish maqsadlari uchun hisob siyosatida ajratmalarning eng yuqori miqdorini aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zaxira xaridor bilan tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq kafolatli muddat davomida xizmat koʻrsatish va taʼmirlash nazarda tutilgan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan tashkil etiladi. Mazkur tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish sanasidagi zaxiraga ajratmalar summasi xarajatlar jumlasiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashkil etilgan zaxiraning miqdori kafolatli taʼmirlash va xizmat koʻrsatish boʻyicha soliq toʻlovchi tomonidan haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlarning mazkur tovarlarni (xizmatlarni) oʻtgan uch yil davomida realizatsiya qilishdan olingan tushum hajmidagi ulushi sifatida aniqlanadigan, hisobot (soliq) davrida mazkur tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum summasiga koʻpaytirilgan eng koʻp miqdordan oshmasligi kerak. Agar soliq toʻlovchi tovarlarni (xizmatlarni) kafolatli taʼmirlashni va xizmat koʻrsatishni bajarish sharti bilan realizatsiya qilishni uch yildan kam muddatda amalga oshirayotgan boʻlsa, tashkil etilayotgan zaxiraning eng koʻp miqdorini hisob-kitob qilish uchun mazkur tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumning bunday realizatsiya qilishning haqiqiy davridagi hajmi inobatga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilgari tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishni kafolatli taʼmirlash va xizmat koʻrsatish sharti bilan amalga oshirmagan soliq toʻlovchi mazkur chiqimlar uchun kutilayotgan xarajatlarning miqdoridan oshmaydigan miqdordagi zaxirani tashkil etishga haqli. Kutilayotgan xarajatlar deganda kafolat muddati inobatga olingan holda kafolat majburiyatlarini bajarish rejasida nazarda tutilgan xarajatlar tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq davri tugagach, soliq toʻlovchi tashkil etilgan zaxiraning miqdoriga kafolatli taʼmirlash va xizmat koʻrsatish boʻyicha haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlarning mazkur tovarlarni (xizmatlarni) oʻtgan davrda realizatsiya qilishdan olingan tushum hajmidagi ulushidan kelib chiqqan holda tuzatish kiritishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi tomonidan soliq davrida kafolatlar berish sharti bilan realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha kafolatli taʼmirlash va xizmat koʻrsatish uchun toʻliq foydalanilmagan zaxira summasi soliq toʻlovchi tomonidan keyingi soliq davriga oʻtkazilishi mumkin. Bunda keyingi soliq davrida yangi tashkil etilayotgan zaxiraning summasiga zaxiraning oldingi soliq davridagi qoldigʻi summasi miqdorida tuzatish kiritilishi kerak. Agar yangi tashkil etilayotgan zaxiraning summasi oldingi soliq davrida tashkil etilgan zaxira qoldigʻining summasidan kam boʻlsa, ular oʻrtasidagi farq soliq toʻlovchining joriy soliq davridagi daromadlari tarkibiga kiritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq toʻlovchi zaxira tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilsa, kafolatli taʼmirlashga doir haqiqiy xarajatlarni hisobdan chiqarish tashkil etilgan zaxira hisobidan amalga oshiriladi. Agar tashkil etilgan zaxiraning summasi soliq toʻlovchi tomonidan amalga oshirilgan taʼmirlash xarajatlarining summasidan kam boʻlib qolsa, ular oʻrtasidagi farq chegirmalar jumlasiga kiritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi tovarlarni (xizmatlarni) kafolatli taʼmirlash va ularga kafolatli xizmat koʻrsatish sharti bilan sotishni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilganda, ilgari tashkil etilgan va foydalanilmagan zaxiraning summasi kafolatli taʼmirlash va kafolatli xizmat koʻrsatishga doir shartnomalarning amal qilish muddatlari tugaganidan keyin daromadlar tarkibiga kiritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
317-modda. Chegirib tashlanmaydigan xarajatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanmaydigan xarajatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qonun hujjatlariga muvofiq vakolatli organ tomonidan belgilangan moddiy qimmatliklarning tabiiy kamayishi normalaridan, ular mavjud boʻlmaganda esa, soliq toʻlovchi tomonidan belgilangan normalardan ortiqcha tovarlar yoʻqolishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) umumiy ovqatlanish korxonalariga yoki boshqa tashkilotlarga joylarni tekin berish xarajatlari, ushbu korxonalar va tashkilotlar uchun kommunal xizmatlarning qiymatini toʻlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) soliq toʻlovchining ushbu Kodeksning 376-moddasida nazarda tutilgan, jismoniy shaxsning moddiy naf tarzidagi daromadlari hisoblangan xarajatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) dala (safar) taʼminoti, xodimning shaxsiy avtotransportidan xizmat maqsadlarida foydalanganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan normalardan ortiqcha tarzda atrof-muhitni ifloslantirganlik va chiqindilar joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) loyihalar va qurilish-montaj ishlaridagi kamchiliklarni, obyekt yonidagi omborga tashib keltirilguniga qadar yuz bergan buzilishlar va deformatsiyalarni bartaraf etishga doir xarajatlar, korroziyaga qarshi muhofazadagi nuqsonlar tufayli taftish oʻtkazish (asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) xarajatlari hamda ushbu xarajatlarning oʻrnini kamchiliklar, buzilishlar yoki zararlar uchun javobgar boʻlgan mahsulot yetkazib beruvchi yoki boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisobidan qoplash imkoni boʻlmagan miqdordagi boshqa shunga oʻxshash xarajatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) aybdorlari aniqlanmagan talon-toroj qilishlar va kamomadlardan yoki aybdor taraf hisobidan zarur summalarning oʻrnini qoplash imkoni boʻlmagan taqdirda koʻrilgan zararlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) boshqa shaxslar uchun toʻlangan soliqlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) soliq tekshiruvlari natijalari boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan soliqlar va yigʻimlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) soliq toʻlovchining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan tadbirlarga (sogʻliqni saqlashga oid, sport va madaniy tadbirlar, dam olishni tashkil etish hamda boshqa shunga oʻxshash tadbirlarga) doir xarajatlari, bundan tadbirlarni oʻtkazishga doir majburiyatlar qonun hujjatlari bilan soliq toʻlovchining zimmasiga yuklatilgan hollar mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) kasaba uyushmalari qoʻmitalariga yordam koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15) mahsulot ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlmagan xizmatlar (shaharlarni va shaharchalarni obodonlashtirish boʻyicha xizmatlar, qishloq xoʻjaligiga yordamlashish va xizmatlarning boshqa turlari) koʻrsatganlik uchun qilingan xarajatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16) ushbu boʻlimda nazarda tutilgan hollardan tashqari soliq solinmaydigan daromad olish bilan bogʻliq xarajatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17) haqiqatda xizmatlar koʻrsatmasdan, tovarlarni joʻnatmasdan turib amalga oshirilgan operatsiyalar boʻyicha xarajatlar, agar bunday fakt sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aniqlangan va unda ushbu xarajatlarni amalga oshirgan soliq toʻlovchining nomi koʻrsatilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18) daromad olishga qaratilgan faoliyat bilan bogʻliq boʻlmagan xarajatlar, agar qonun hujjatlariga muvofiq bunday xarajatlarni amalga oshirish majburiyati soliq toʻlovchining zimmasiga yuklatilmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19) budjet tizimiga kiritilishi lozim boʻlgan (kiritilgan) penyalar, jarimalar va boshqa sanksiyalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20) sotib olishga, ishlab chiqarishga, qurilishga, montaj qilishga, oʻrnatishga doir va amortizatsiya qilinadigan aktivlarning qiymatiga qoʻshiladigan boshqa xarajatlar, shu jumladan qoʻshimcha qurish, qoʻshimcha jihozlash, rekonstruksiya qilish, modernizatsiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash hollarida amalga oshiriladigan, amortizatsiya chegirmalari vositasidagi xarajatlar jumlasiga kiritiladigan xarajatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21) soliq toʻlovchining amortizatsiya qilinmaydigan mol-mulkning boshlangʻich qiymatiga buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq kiritiladigan xarajatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22) ushbu Kodeksda chegirmalar jumlasiga kiritish normalari belgilangan xarajatlarning mazkur normalar qoʻllanilgan holda hisoblab chiqarilgan chegirmaning eng yuqori summasidan ortiq boʻlgan summa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23) shakllantirilishi ushbu boʻlimda va (yoki) qonun hujjatlari talablarida nazarda tutilmagan zaxiralarga, zaxira fondlari va boshqa fondlarga ajratmalar, bundan ushbu Kodeksning 315, 316 va 326-moddalarida nazarda tutilgan normalar doirasidagi xarajatlar mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24) soliq toʻlovchi tomonidan hisoblangan dividendlar summalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25) soliq toʻlovchi tomonidan boshqa shaxslarning foydasiga toʻlanadigan ixtiyoriy sugʻurta badallari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26) soliq toʻlovchi tomonidan ushbu Kodeksning 310-moddasiga muvofiq soliq solish maqsadlarida xarajatlar deb eʼtirof etiladigan xarajatlarning summasidan ortiqcha hisoblangan foizlar va ayrim chiqimlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27) tekin berilgan mol-mulkning (xizmatlarning) qiymati va bunday berish bilan bogʻliq boʻlgan (shu jumladan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi kiritilgan) xarajatlar, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra mol-mulkni oʻtkazish, shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlaridagi tezkor-qidiruv tizimining texnik vositalarini oʻtkazish va ulardan foydalanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28) ishonchli boshqaruv muassisining ishonchli boshqaruv shartnomasini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlari, agar ishonchli boshqaruv shartnomasiga koʻra muassis naf oluvchi boʻlmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29) notijorat tashkilotlariga va xalqaro tashkilotlarga toʻlanadigan badallar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar, bundan bunday badallarni, yigʻimlarni va boshqa toʻlovlarni toʻlash qonun hujjatlarida (shu jumladan chet davlatlarning qonun hujjatlarida) nazarda tutilgan va (yoki) ushbu badallarni, yigʻimlarni va boshqa toʻlovlarni toʻlagan soliq toʻlovchilar tomonidan faoliyatni amalga oshirishning sharti yoxud mazkur tashkilotlar tomonidan soliq toʻlovchilar oʻz faoliyatini yuritishi uchun zarur xizmatlar taqdim etishning sharti boʻlgan hollar mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30) soliq toʻlovchi tomonidan tashkil etilgan zaxira mablagʻlari hisobiga amalga oshirilgan xarajatlar, agar bunday zaxiralarni tashkil etishga doir xarajatlar ushbu Kodeksda yoki boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chegirmalar jumlasiga kiritilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32) oddiy shirkat shartnomasi doirasida sheriklar (ishtirokchilar) tomonidan shartnoma sheriklarining (ishtirokchilarining) umumiy mulkdagi ulushni qaytarish yoki bunday mol-mulkni boʻlish chogʻida koʻrilgan zararlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisi tomonidan ushbu guruhning masʼul ishtirokchisiga soliqni (boʻnak toʻlovlarini, joriy toʻlovlarni, penyalarni, jarimalarni) ushbu Kodeksda soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi uchun belgilangan tartibda toʻlash uchun berilgan pul mablagʻlari, shuningdek soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi tomonidan shu guruhning ishtirokchisiga ushbu soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan soliq (boʻnak toʻlovlari, joriy toʻlovlar, penyalar, jarimalar) summasi aniqlashtirilishi munosabati bilan berilgan pul mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34) tovar-moddiy qimmatliklarni yaroqsizligi sababli (saqlash muddati oʻtganligi, jismoniy va (yoki) maʼnaviy eskirganligi, shunga oʻxshash boshqa sabablarga koʻra) hisobdan chiqarishdan koʻrilgan zararlar, bundan favqulodda holatlar (tabiiy ofat, yongʻin, avariya, yoʻl-transport hodisasi va hokazolar) oqibatida koʻrilgan zararlar mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35) muddati oʻtgan va kechiktirilgan kreditlar (qarzlar) boʻyicha muddatli qarz uchun kredit shartnomasida nazarda tutilgan stavkalardan ortiqcha foizlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36) xoʻjalik shartnomalari shartlarini buzganlik uchun toʻlangan yoki tan olingan jarimalar, penyalar va sanksiyalarning boshqa turlari.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.11.00 (Кучини йукотган) Alohida toifadagi yuridik shaxslarni soliqqa tortish xususiyatlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45-bob. Ayrim soliq toʻlovchilar va operatsiyalar turlari boʻyicha soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
318-modda. Notijorat tashkilotlarining soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 58-moddasida koʻrsatilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda notijorat tashkilotining quyidagi daromadlariga soliq solinmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) notijorat tashkilotlarining taʼminoti va ushbu Kodeksning 48-moddasida koʻrsatilgan ustav faoliyatini amalga oshirishi uchun maqsadli tushumlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) kursdagi ijobiy farq summasining kursdagi salbiy farq summasidan ortiq qismi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) aholining diniy maqsadda foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan daromad.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Notijorat tashkilotlarining ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilmagan daromadlariga umumiy belgilangan tartibda soliq solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Notijorat tashkilotining ushbu Kodeksning 44-bobiga muvofiq xarajatlar jumlasiga kiritilishi lozim boʻlgan chiqimlari quyidagi usullarning biri orqali aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilmagan daromadlarning notijorat tashkilotlari daromadlarining umumiy summasidagi ulushidan kelib chiqqan holda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan daromadlar hisobidan amalga oshirilgan xarajatlarning va boshqa daromadlar hisobidan amalga oshirilgan xarajatlarning alohida-alohida hisobga olinishini nazarda tutuvchi soliq hisobi maʼlumotlari asosida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hisob mavjud boʻlmagan va (yoki) ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan daromadlardan moʻljallangan maqsadda foydalanilmagan taqdirda (budjet mablagʻlari bundan mustasno), soliq toʻlovchi tomonidan olingan maqsadli mablagʻlar ushbu soliq toʻlovchining jami daromadi tarkibiga kiritiladi va unga umumiy belgilangan tartibda soliq solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maqsadli foydalanilmagan budjet mablagʻlariga nisbatan budjet toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari normalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning qoidalari faoliyatni ijtimoiy sohada amalga oshiruvchi notijorat tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
319-modda. Oddiy shirkat (birgalikdagi faoliyat shartnomasi) doirasida operatsiyalarni amalga oshirishda soliqni hisoblab chiqarish va toʻlashning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solish maqsadlarida ushbu Kodeksning 275-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadigan, oddiy shirkatning (birgalikdagi faoliyat shartnomasining) ishonchli shaxsi oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat shartnomasi) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat boʻyicha soliq toʻlovchi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 275-moddasida nazarda tutilgan operatsiyalarning umumiy hisobini yuritish, shu jumladan soliq hisobi va hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi qoidalar foyda soligʻini hisoblab chiqarish hamda toʻlashda qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq boʻyicha oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat shartnomasi) sherigining (ishtirokchisining) soliq bazasini aniqlashda, uning tomonidan umumiy mulkka pulsiz hissa sifatida ulush kiritilgan taqdirda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) mol-mulkning baholash qiymati va ushbu mol-mulkning qoldiq qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq jami daromadga kiritiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) salbiy farq soliq bazasini kamaytirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishonchli shaxs oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomasi) barcha sheriklarining (ishtirokchilarining) ushbu oddiy shirkatning (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomasi) faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan daromadlar va xarajatlarning alohida-alohida hisobini yuritadi, bunday faoliyat boʻyicha alohida soliq bazasini aniqlaydi, soliqni hisoblab chiqaradi va toʻlaydi. Bunda ushbu shaxs mazkur soliq summasiga nisbatan ushbu Kodeksda belgilangan soliq toʻlovchining barcha huquqlariga ega boʻladi va majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishonchli shaxs foyda soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlarini va (yoki) pasaytirilgan soliq stavkalarini qoʻllashga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Birgalikdagi faoliyat natijasida olingan daromad birgalikdagi faoliyat sheriklari (ishtirokchilari) oʻrtasida har bir sherik (ishtirokchi) hissasining ulushi asosida yoki oddiy shirkat shartnomasining (birgalikdagi faoliyat shartnomasi) shartlariga muvofiq taqsimlanadi. Mazkur daromad har bir sherikda (ishtirokchida) dividendga tenglashtiriladi va unga ushbu Kodeksga muvofiq soliq solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
320-modda. Kursdagi farqlarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Balansning valyuta moddalarini qayta baholashda, shuningdek chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish chogʻida yuzaga keladigan kursdagi ijobiy (salbiy) farq buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq jami daromadlar (xarajatlar) tarkibiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
321-modda. Zaxiralarni baholash usullarini oʻzgartirish natijasiga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zaxiralarni baholashning soliq toʻlovchi tomonidan oldingi soliq davrida qoʻllanilgan usulidan boshqa usuliga oʻtilgan taqdirda, soliq toʻlovchining jami daromadi (xarajati) baholashning yangi usulini qoʻllash natijasida yuzaga kelgan ijobiy farq summasiga koʻpaytirilishi va salbiy farq summasiga kamaytirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zaxiralarni hisoblashning boshqa usuliga oʻtish soliq toʻlovchi tomonidan soliq davri boshidan eʼtiboran amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
322-modda. Ishonchli boshqaruvda soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishonchli boshqaruv shartnomasi boʻyicha berilgan mol-mulk, ushbu boʻlim maqsadlarida, ishonchli boshqaruvchining daromadi deb eʼtirof etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishonchli boshqaruv shartnomasiga muvofiq ishonchli boshqaruvchi tomonidan olinadigan pul mukofoti uning daromadi deb eʼtirof etiladi va unga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliq solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ishonchli boshqaruv shartnomasida ishonchli boshqaruvni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarning oʻrnini ishonchli boshqaruv muassisi yoki boshqa shaxs tomonidan qoplash nazarda tutilmagan boʻlsa, mazkur xarajatlar ishonchli boshqaruvchining xarajatlari deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishonchli boshqaruvchi mol-mulkni ishonchli boshqarishga doir daromadlarni va xarajatlarni har oyda oʻsib boruvchi yakun bilan aniqlashi hamda muassisga va (yoki) ishonchli boshqaruvning boshqa naf oluvchisiga olingan daromadlar hamda xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ushbu boʻlimga muvofiq soliq bazasini aniqlash chogʻida bu daromadlar va xarajatlarni mazkur shaxslar tomonidan hisobga olish uchun taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlarni va muddatli bitimlarning moliyaviy vositalarini ishonchli boshqarish chogʻida ishonchli boshqaruvchi daromadlar hamda xarajatlarni ushbu Kodeksning 327 — 329-moddalarida nazarda tutilgan tartibda aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ishonchli boshqaruv shartnomasi shartlariga koʻra, ishonchli boshqaruv muassisi yagona naf oluvchi boʻlsa, bunday muassisning soliq bazasini aniqlash quyidagi xususiyatlar inobatga olingan holda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ishonchli boshqaruv shartnomasini amalga oshirish bilan bogʻliq daromadlar va xarajatlar (shu jumladan mol-mulk amortizatsiyasi va ishonchli boshqaruvchiga pul mukofoti toʻlash) olingan daromadlarning hamda amalga oshirilgan xarajatlarning turiga qarab, ushbu boʻlimda belgilangan tartibda ishonchli boshqaruv muassisining daromadlari va xarajatlari tarkibiga kiritiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar va muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga oid operatsiyalar (ishonchli boshqaruvchiga pul mukofoti toʻlash bundan mustasno) boʻyicha daromadlar (xarajatlar) ishonchli boshqaruv muassisining qimmatli qogʻozlarga va muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha daromadlari (xarajatlari) tarkibiga hamda bunday operatsiyalar uchun ushbu boʻlimda belgilangan tartibda tegishli toifaga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ishonchli boshqaruv shartnomasi shartlariga koʻra ishonchli boshqaruv muassisi naf oluvchi boʻlmasa yoxud bittadan ortiq naf oluvchi aniqlansa, bunday shartnoma ishtirokchilarining soliq bazasini belgilash quyidagi xususiyatlar inobatga olingan holda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ishonchli boshqaruv shartnomasi boʻyicha naf oluvchining daromadlari uning daromadlari tarkibiga olingan daromad turiga bogʻliq ravishda kiritiladi va belgilangan tartibda soliqqa tortilishi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ishonchli boshqaruv shartnomasini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar (ishonchli boshqaruvchining pul mukofotidan tashqari, agar bu holat mazkur shartnomada pul mukofotini toʻlash ushbu shartnomani bajarish doirasida olingan daromadlarni kamaytirish hisobidan boʻlmasligi nazarda tutilgan boʻlsa) soliq solish maqsadlarida naf oluvchining xarajatlari tarkibida hisobga olinadi. Bunda ishonchli boshqaruvchiga haqiqatan pul mukofoti toʻlash xarajatlari (ishonchli boshqaruvchining pul mukofotidan tashqari, agar bu holat mazkur shartnomada pul mukofotini toʻlash ushbu shartnomani bajarish doirasida olingan daromadlarni kamaytirish hisobidan amalga oshirish nazarda tutilgan boʻlsa) alohida hisobga olinadi va ishonchli boshqaruvchi muassisining xarajatlari tarkibidagi xarajatlar sifatida eʼtirof etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ishonchli boshqaruv shartnomasi boʻyicha bir nechta naf oluvchi mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu qismga muvofiq daromadlar va xarajatlar ularda oʻzlariga tegishli boʻlgan ulushga mutanosib ravishda hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishonchli boshqaruv shartnomasi amalda boʻlgan davrda koʻrilgan zararlar ishonchli boshqaruv muassisining yoki naf oluvchining soliq boʻyicha soliq bazasini aniqlashda hisobga olinmaydi. Bunday zararlar ushbu ishonchli boshqaruvdan olinadigan kelgusi daromadlarga ushbu boʻlimda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishonchli boshqaruv shartnomasini tugatish chogʻida ishonchli boshqaruvdan koʻrilgan zararlar ishonchli boshqaruv muassisining yoki naf oluvchining soliq bazasini aniqlashda hisobga olinmaydi va kelgusi davrga oʻtkazilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishonchli boshqaruv shartnomasi tugatilgan taqdirda, ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulk, mazkur shartnoma shartlariga koʻra, ishonchli boshqaruv muassisiga qaytarilishi yoxud boshqa shaxsga oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulk qaytarilgan taqdirda ishonchli boshqaruv muassisida, ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulkning ishonchli boshqaruv shartnomasi kuchga kirgan paytdagi qiymati va ushbu shartnomani tugatish paytidagi qiymati oʻrtasidagi ijobiy (salbiy) farq yuzaga kelishidan yoki kelmasligidan qatʼi nazar, daromad (zarar) yuzaga kelmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulkni boshqa shaxsga oʻtkazishda ushbu shaxsda u olgan mol-mulkning qiymati miqdoridagi daromad yuzaga keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishonchli boshqaruvchi ishonchli boshqaruv shartnomasini bajarish bilan bogʻliq daromadlar va xarajatlar boʻyicha hamda ishonchli boshqarishdan pul mukofoti tarzida olgan daromadlari boʻyicha, har bir ishonchli boshqaruv shartnomasi kesimida alohida-alohida hisob yuritishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muassisning yoki naf oluvchining, shuningdek ishonchli boshqaruv shartnomasi boʻyicha ishonchli boshqaruvchining daromadlari har bir hisobot (soliq) davrida, bunday shartnomada ishonchli boshqaruv shartnomasining amal qilish muddatida hisob-kitoblarni amalga oshirish nazarda tutilganligidan yoki tutilmaganligidan qatʼi nazar, shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ishonchli boshqaruvning muassisi yoki naf oluvchisi yuridik shaxs boʻlsa, ishonchli boshqaruvchi ishonchli boshqaruv shartnomasini amalga oshirish (shu jumladan amortizatsiya chegirmalarini hisoblab chiqarish) bilan bogʻliq daromadlarni va xarajatlarni ishonchli boshqaruvning muassisi yoki naf oluvchisi boʻlgan yuridik shaxsning soliq solish maqsadida hisob siyosatidan kelib chiqqan holda aniqlashi shart. Bunda ishonchli boshqaruvchi ishonchli boshqaruvning ushbu muassisiga soliq bazasini aniqlash uchun zarur boʻlgan barcha birlamchi hujjatlarni taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning (bundan ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari mustasno), shuningdek ushbu Kodeks 336-moddasi ikkinchi qismining qoidalari alohida mol-mulk majmui — pay investitsiya fondini tashkil etuvchi mol-mulkni boshqaruvchi kompaniyaga va ishonchli boshqaruv shartnomasi ishtirokchilariga (muassislariga) nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
323-modda. Korxonani mol-mulk majmui sifatida sotib olishda daromadlarni va xarajatlarni eʼtirof etishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu boʻlim maqsadida korxonani mol-mulk majmui sifatida sotib olish narxi va korxonaning mol-mulk kompleksi sifatidagi sof aktivlarining qiymati (majburiyatlar chegirib tashlangan holdagi aktivlar) oʻrtasidagi farq ushbu moddada belgilangan tartibda soliq toʻlovchining xarajati (daromadi) deb eʼtirof etiladi. Mazkur farq topshirish dalolatnomasi asosida narxga ustama (ijobiy farq boʻlganda) yoki narxdan siylov berish (salbiy farq boʻlganda) tarzida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxona kim oshdi savdolarida xususiylashtirish tartibida yoki tanlov boʻyicha mol-mulk majmui sifatida sotib olingan taqdirda, xaridor tomonidan toʻlanadigan ustama (olinadigan chegirma) miqdori xarid narxi va korxonaning mol-mulk majmui sifatidagi baholash (boshlangʻich) qiymati oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xaridor tomonidan toʻlanadigan ustamaning (olinayotgan chegirmaning) summasi soliq solish maqsadida quyidagi tartibda hisobga olinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) mol-mulk majmui sifatidagi korxona xaridori tomonidan toʻlanadigan ustama xaridorning mol-mulk majmui sifatidagi korxonaga boʻlgan mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oydan keyingi oydan eʼtiboran besh yil mobaynida bir meʼyorda uning xarajatlari deb eʼtirof etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) mol-mulk majmui sifatidagi korxonaning xaridori tomonidan olinadigan siylov xaridorning mol-mulk majmui sifatidagi korxonaga boʻlgan mulk huquqining oʻtishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish amalga oshirilgan oydagi daromadi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotuvchining korxonani mol-mulk majmui sifatida realizatsiya qilishdan koʻrgan zarari ushbu Kodeksning 46-bobida belgilangan tartibda soliq solish maqsadlarida sotuvchi tomonidan hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
324-modda. Qimmatli qogʻozlarga doir REPO operatsiyalari boʻyicha soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 52-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladigan qimmatli qogʻozlarga doir REPO operatsiyalari ishtirokchilariga soliq solish ushbu moddada belgilangan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning qoidalari tegishli fuqarolik-huquqiy shartnomalari asosida vositachilar, ishonchli vakillar, agentlar, ishonchli boshqaruvchilar tomonidan soliq toʻlovchi hisobidan amalga oshirilgan soliq toʻlovchining REPO operatsiyalariga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
REPOning birinchi qismi boʻyicha va REPOning ikkinchi qismi boʻyicha qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilish chogʻida soliq solish maqsadlarida moliyaviy natija aniqlanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi oʻzi qabul qilgan soliq siyosatiga muvofiq soliq solish maqsadlarida REPO operatsiyasi boʻyicha chiqib ketayotgan (qaytarilayotgan) qimmatli qogʻozlarni hisobga olish tartibini mustaqil ravishda belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks maqsadlarida REPOning birinchi qismi boʻyicha sotuvchi uchun REPOning ikkinchi qismi boʻyicha sotib olish narxi va REPOning birinchi qismi boʻyicha realizatsiya qilish narxi oʻrtasidagi farq deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) xarajatlar tarkibiga kiritiladigan jalb etilgan mablagʻlar boʻyicha foizlar toʻlashga doir xarajatlar oʻrtasidagi farq, agar bunday farq ijobiy boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) daromadlar tarkibiga kiritiladigan, qimmatli qogʻozlar orqali berilgan qarz boʻyicha foizlar tarzidagi daromadlar oʻrtasidagi farq, agar bunday farq salbiy boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks maqsadlarida REPOning birinchi qismi boʻyicha xaridor uchun REPOning ikkinchi qismi boʻyicha realizatsiya qilish narxi va REPOning birinchi qismi boʻyicha sotib olish narxi oʻrtasidagi farq deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) daromadlar tarkibiga kiritiladigan, joylashtirilgan mablagʻlar boʻyicha foizlar tarzidagi daromadlar oʻrtasidagi farq, agar bunday farq ijobiy boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) xarajatlar tarkibiga kiritiladigan, qimmatli qogʻozlar orqali olingan qarz boʻyicha foizlar tarzidagi xarajatlar oʻrtasidagi farq, agar bunday farq salbiy boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddaning beshinchi va (yoki) oltinchi qismlarida nazarda tutilgan daromadlar Oʻzbekiston Respublikasining norezidentga toʻlansa va ushbu daromadlar bu norezidentning doimiy maussasasi bilan bogʻliq boʻlmasa, bunday daromadlar ushbu norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari jumlasiga kiritiladi va unga REPOning ikkinchi qismi bajarilishi sanasida toʻlov manbaida soliq solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda maqsadlarida REPOning ikkinchi qismi boʻyicha ishtirokchilar majburiyatlarini ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlarida belgilangan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda bajarish (tugatish) sanasi REPO operatsiyasi boʻyicha daromadlarni (xarajatlarni) eʼtirof etish sanasi deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
REPO operatsiyalarini tuzish va bajarish bilan bogʻliq xarajatlar umumiy tartibda hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar REPOning birinchi va ikkinchi qismlarini bajarish sanalari oʻrtasidagi davrda REPOning birinchi qismi boʻyicha xaridorda REPOning birinchi qismi boʻyicha sotuvchiga REPO operatsiyasining obyekti boʻlgan (kuponli toʻlov, qimmatli qogʻozlarning nominal qiymatini qisman toʻlash) qimmatli qogʻozlar boʻyicha daromadlarni berish majburiyati yuzaga kelsa, bunday toʻlovlarning summasi daromadlarni (xarajatlarni) ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlariga muvofiq belgilangan tartibda hisob-kitob qilish davomida REPOning ikkinchi qismi boʻyicha realizatsiya qilish (sotib olish) narxiga kiritiladi. Mazkur qoida, agar repo shartnomasida REPOning birinchi qismi boʻyicha sotuvchining REPOning ikkinchi qismi boʻyicha qimmatli qogʻozlarni keyinchalik sotib olish chogʻida pul mablagʻlarini toʻlashga (REPOning ikkinchi qismi boʻyicha realizatsiya qilishga (sotib olish narxlariga) doir majburiyatlarini bunday toʻlovlarni amalga oshirish oʻrniga tegishli toʻlovlar summasiga kamaytirish nazarda tutilgan boʻlsa, qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar repo shartnomasiga muvofiq, bunday toʻlovlar REPOning ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlarni aniqlashda hisobga olinmasa, bu toʻlovlar summalari ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlariga muvofiq aniqlanadigan daromadlarni (xarajatlarni) hisob-kitob qilishda realizatsiya qilish (sotib olish) narxiga kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar repo shartnomasida REPO operatsiyasi obyekti boʻlgan qimmatli qogʻozlarning narxi oʻzgargan taqdirda, REPO ishtirokchilari oʻrtasida REPOning birinchi va ikkinchi qismlarini bajarish sanalari oʻrtasidagi davrda hisob-kitoblarni (pul mablagʻlarini oʻtkazish va (yoki) qimmatli qogʻozlarni oʻtkazish) amalga oshirish nazarda tutilgan boʻlsa, bunday oʻtkazmalarning summalari ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlariga muvofiq aniqlanadigan daromadlarni (xarajatlarni) hisob-kitob qilishda REPOning ikkinchi qismi boʻyicha realizatsiya qilish (sotib olish) narxiga kiritiladi. Mazkur qoida, agar repo shartnomasida hisob-kitoblarni amalga oshirishda sotuvchining REPOning birinchi qismi boʻyicha pul mablagʻlarini toʻlashga doir majburiyatlarini REPOning ikkinchi qismi boʻyicha qimmatli qogʻozlarni keyinchalik sotib olishdagi oʻtkazmalar summasiga kamaytirish nazarda tutilgan boʻlsa, qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar repo shartnomasiga muvofiq pul mablagʻlarini va (yoki) qimmatli qogʻozlarni bunday olish (oʻtkazish) REPOning ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlarni aniqlash chogʻida hisobga olinmasa, bunday oʻtkazmalarning summalari ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlariga muvofiq aniqlanadigan daromadlarni (xarajatlarni) hisob-kitob qilishda REPOning ikkinchi qismi boʻyicha realizatsiya qilish (sotib olish) narxiga kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar REPO operatsiyasi norezident (REPOning birinchi qismi boʻyicha sotuvchi) va Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti boʻlgan yuridik shaxs (REPOning birinchi qismi boʻyicha xaridor) oʻrtasida amalga oshirilgan boʻlsa va REPO operatsiyasining obyekti boʻlgan aksiyalar (dividendlar olish huquqini beruvchi depozitar qaydlar) boʻyicha REPOning birinchi va ikkinchi qismlarini bajarish sanalari oʻrtasidagi davrda dividendlar toʻlangan boʻlsa (dividendlar olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarning roʻyxati tuziladi), REPOning birinchi qismi boʻyicha xaridor dividendlarni toʻlash manbaida qaysi dividendlar boʻyicha soliq agenti soliqni ushlab qolmagan boʻlsa yoki soliq mazkur norezident uchun dividendlar tarzidagi daromadlardan hisoblab chiqarilgan soliq summasidan kam summada ushlab qolingan boʻlsa, oʻsha dividendlar tarzidagi daromadlarga nisbatan soliq agenti deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar repo shartnomasida REPO operatsiyasining birinchi qismi boʻyicha berilgan qimmatli qogʻozlarni ushbu Kodeksning 52-moddasi toʻrtinchi qismiga muvofiq boshqa qimmatli qogʻozlar bilan almashtirish imkoniyati nazarda tutilgan boʻlsa, bunday almashtirish chogʻida soliq solish tartibi oʻzgarmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solish maqsadlarida lozim darajada bajarish chogʻida qimmatli qogʻozlarni REPOning ham birinchi, ham ikkinchi qismi boʻyicha realizatsiya qilishning haqiqatdagi narxi, ushbu qimmatli qogʻozlarning bozor qiymatidan qatʼi nazar, qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
REPOning ikkinchi qismi lozim darajada bajarilmagan taqdirda bunday REPO operatsiyasi boʻyicha soliq bazasi ushbu operatsiya ishtirokchilari tomonidan quyidagi tartibda aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) REPOning birinchi qismi boʻyicha sotuvchi REPOning ikkinchi qismi bajarilganligini soliq solish maqsadlarida eʼtirof etadi. Bir vaqtning oʻzida u REPOning ikkinchi qismi boʻyicha qaytarib sotib olinmagan qimmatli qogʻozlarning REPO operatsiyalari boʻyicha majburiyatlarni repo shartnomasi orqali yoki REPO operatsiyasi taraflarining boshqa bitimi orqali tugatish maqsadlari uchun aniqlanadigan narxdan kelib chiqqan holda realizatsiya qilinganligini eʼtirof etadi va bunda ushbu qimmatli qogʻozlarning bozor qiymatini ushbu Kodeksda belgilangan soliq solish maqsadlari uchun aniqlashga doir talablarni hisobga oladi. Qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilishni bunday eʼtirof etish shartnoma shartlariga muvofiq REPOning ikkinchi qismini bajarish sanasida yoxud oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish doirasida qimmatli qogʻozning oldi-sotdisi sanasida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) REPOning birinchi qismi boʻyicha xaridor REPOning ikkinchi qismi bajarilganligini soliq solish maqsadlarida eʼtirof etadi. Bir vaqtning oʻzida u REPOning ikkinchi qismi boʻyicha sotilmagan qimmatli qogʻozlarning REPO operatsiyalari boʻyicha majburiyatlarni repo shartnomasi orqali yoki REPO operatsiyasi taraflarining boshqa bitimi orqali tugatish maqsadlari uchun aniqlanadigan narxdan kelib chiqqan holda sotib olinganligini eʼtirof etadi va bunda ushbu qimmatli qogʻozlarning bozor qiymatini ushbu Kodeksda belgilangan soliq solish maqsadlari uchun aniqlashga doir talablarni hisobga oladi. Qimmatli qogʻozlarni olishni bunday eʼtirof etish shartnoma shartlariga muvofiq REPOning ikkinchi qismini bajarish sanasida yoxud oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish doirasida qimmatli qogʻozning oldi-sotdisi sanasida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlar boʻyicha qisqa pozitsiyalarni ochishda soliq bazasini aniqlash tartibining oʻziga xos xususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish boʻyicha vakolatli organi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
325-modda. Qimmatli qogʻozlar qarziga doir operatsiyalar chogʻida soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 53-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladigan qimmatli qogʻozlarga doir qarz operatsiyalari ishtirokchilariga soliq solish ushbu moddada belgilangan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlarni qarzga berish va qimmatli qogʻozlarni qarzdan qaytarib olish chogʻida soliq solish maqsadlarida moliyaviy natija aniqlanmaydi, bundan ushbu moddada belgilangan hollar mustasno. Bunda qarz shartnoma boʻyicha berilgan qimmatli qogʻozlarni sotib olish xarajatlari kreditor tomonidan mazkur qimmatli qogʻozlarni ushbu Kodeks qoidalarini hisobga olgan holda kelgusida (qarz qaytarilgandan keyin) realizatsiya qilish (chiqib ketishi) chogʻida hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar qimmatli qogʻozlar qarzi doirasida berilgan (olingan) qimmatli qogʻozlar boʻyicha alohida soliq hisobini yuritishi shart. Qimmatli qogʻozlar qarzi boʻyicha analitik hisob har bir taqdim etilgan (olingan) qarz boʻyicha yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarz shartnomasiga koʻra, qimmatli qogʻozlar boʻyicha toʻlovlar, agar ularni olishga boʻlgan huquq qarz shartnomasi amal qilishi davrida yuzaga kelgan boʻlsa, qarz oluvchining daromadlari deb eʼtirof etilmaydi va qarz beruvchining daromadlariga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foizli (kuponli) daromad kreditorning soliq bazasini ushbu boʻlimda belgilangan tartibda hisob-kitob qilishda hisobga olinadi va qarz oluvchining qarz obyekti boʻlgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha foizli (kuponli) daromadi boʻyicha soliq bazasini aniqlash chogʻida hisobga olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar qimmatli qogʻozlarga doir qarz shartnomasi norezident (kreditor) va Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti boʻlgan yuridik shaxs (qarz oluvchi) oʻrtasida tuzilgan boʻlsa hamda qimmatli qogʻozlarga doir qarz shartnomasining amal qilish davrida qimmatli qogʻozlar boʻyicha foizli (diskont) daromad toʻlansa yoki qarz predmeti boʻlgan aksiyalar (dividendlar olish huquqini beradigan depozitar tilxatlar) boʻyicha dividendlar toʻlansa, bunday qarz oluvchi foizli (diskont) daromadga yoki dividendlar tarzidagi daromadlarga nisbatan soliq agenti deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kreditor tomonidan qimmatli qogʻozlarga doir qarz shartnomasi boʻyicha olinishi lozim boʻlgan foizlar uning ushbu boʻlimga muvofiq hisobga olinadigan daromadi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarz oluvchi tomonidan qimmatli qogʻozlarga doir qarz shartnomasi boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan foizlar uning ushbu boʻlimga muvofiq hisobga olinadigan xarajatlari deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
326-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilarida qimmatli qogʻozlarning qadrsizlanish zaxiralarini shakllantirish xarajatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlar bozorining ishtirokchisiga berilgan tegishli litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari professional faoliyatni amalga oshiruvchilar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari soliq solish maqsadlarida qimmatli qogʻozlarning qadrsizlanish zaxiralariga ajratmalarni xarajatlar jumlasiga kiritishga haqli. Bunday holda, tashkil etishga (tuzatish kiritishga) doir ajratmalari ilgari soliq bazasini aniqlashda hisobga olingan qimmatli qogʻozlar qadrsizlanishining tiklangan zaxiralari summalari mazkur soliq toʻlovchilarning daromadi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlarning qadrsizlanish zaxiralari qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada boʻlgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni sotib olish narxlarining bu qimmatli qogʻozlarning bozor kotirovkasidan (zaxiralarning hisob-kitob miqdori) ortiq boʻlgan miqdorda, hisobot (soliq) davrining oxiridagi holatga koʻra tashkil etiladi (tuzatish kiritiladi). Bunda qimmatli qogʻozni sotib olish narxiga ushbu modda maqsadlarida qimmatli qogʻozni sotib olishga doir xarajatlar ham kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zaxiralar mazkur talablarni qanoatlantiradigan qimmatli qogʻozlarning bir marta chiqarilishidagi (qoʻshimcha chiqarilishidagi) har bir qimmatli qogʻozga nisbatan, boshqa chiqarilgan (qoʻshimcha chiqarilgan) qimmatli qogʻozlarning qiymati oʻzgarishidan qatʼi nazar, tashkil etiladi (tuzatishlar kiritiladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻziga nisbatan ilgari zaxira tashkil etilgan qimmatli qogʻozlar realizatsiya qilingan yoki boshqacha tarzda chiqib ketgan taqdirda, ilgari soliq bazasini aniqlash chogʻida hisobga olingan tashkil etishga (tuzatish kiritishga) doir ajratmalar, bunday zaxiraning summasi soliq toʻlovchining qimmatli qogʻozni realizatsiya qilish yoki uning boshqacha tarzda chiqib ketishi sanasidagi daromadlariga kiritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar hisobot (soliq) davri tugagach, zaxiraning mazkur davr oxiridagi qimmatli qogʻozlarning bozor kotirovkasi hisobga olingan holdagi summasi yetarli boʻlmasa, soliq toʻlovchi zaxira summasini ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan tartibda koʻpaytiradi. Agar hisobot (soliq) davrining oxiriga kelib ilgari tashkil etilgan zaxiraning qayta tiklangan summalar hisobga olingan holdagi summasi hisob-kitob qilingan miqdordan koʻp boʻlsa, soliq toʻlovchi zaxirani bunday qayta tiklash summalari daromadga kiritilgan holda hisob-kitob qilingan miqdorga kamaytiradi (tiklaydi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlarning qadrsizlanish zaxiralari, qimmatli qogʻozlar nominalining valyutasidan qatʼi nazar, milliy valyutada tashkil etiladi. Chet el valyutasida nominallashtirilgan qimmatli qogʻozlar uchun sotib olish narxi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qimmatli qogʻozni sotib olish sanasidagi rasmiy kursi boʻyicha milliy valyutada qayta hisob-kitob qilinadi, ularning bozor kotirovkasi esa Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining zaxirani tashkil etish (tuzatish kiritish) sanasidagi rasmiy kursi boʻyicha aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chiqarilish shartlarida qimmatli qogʻozlarning nominal qiymatini qisman qoplash nazarda tutilgan qimmatli qogʻozlar uchun hisobot (soliq) davrining oxiridagi holatga koʻra zaxirani shakllantirish (unga tuzatish kiritish) chogʻida sotib olish narxiga tuzatish qimmatli qogʻozning nominal qiymatini qisman qoplash ulushi hisobga olingan holda kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
REPOning birinchi qismi boʻyicha sotuvchi boʻlgan yoki qimmatli qogʻozlar qarziga doir operatsiyalar yuzasidan qarz beruvchi boʻlgan soliq toʻlovchi REPO operatsiyalari (qarz shartnomasi) boʻyicha berilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha qimmatli qogʻozlarning qadrsizlanish zaxiralarini shakllantirishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
REPOning birinchi qismi boʻyicha xaridor boʻlgan yoki qimmatli qogʻozlar qarziga doir operatsiyalar yuzasidan qarz oluvchi boʻlgan soliq toʻlovchi REPO operatsiyalari (qarz shartnomasi) boʻyicha olingan qimmatli qogʻozlar boʻyicha qimmatli qogʻozlarning qadrsizlanish zaxiralarini shakllantirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
327-modda. Qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar boʻyicha soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilishdan yoki boshqacha tarzda chiqib ketishidan (shu jumladan ularning nominal qiymatini qoplash yoki qisman qoplashdan) olingan daromadlari qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilish yoki ularning boshqacha tarzda chiqib ketish narxidan, shuningdek soliq toʻlovchiga xaridor tomonidan toʻlangan, jamlangan foizli (kuponli) daromadning summasidan va soliq toʻlovchiga emitent (veksel beruvchi) tomonidan toʻlangan jamlangan foizli (kuponli) daromadning summasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda soliq toʻlovchining qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilishdan yoki boshqacha tarzda chiqib ketishidan olgan daromadiga ilgari soliq solishda hisobga olingan foizli (kuponli) daromad summasi kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining qimmatli qogʻozlarni, shu jumladan payli investitsiya fondining investitsiya paylarini realizatsiya qilish yoki ularning boshqacha tarzda chiqib ketishi (shu jumladan ularning nominal qiymatini qoplash yoki qisman qoplash) chogʻidagi xarajatlari qimmatli qogʻozni sotib olish narxidan (shu jumladan uni sotib olish xarajatlaridan), uni realizatsiya qilish xarajatlaridan, investitsiya paylarining hisob-kitob qilingan qiymatidan ajratilgan siylovlar miqdoridan, qimmatli qogʻozlarni sotuvchiga soliq toʻlovchi tomonidan toʻlangan jamlangan foizli (kuponli) daromad summasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda ilgari soliq solishda hisobga olingan jamlangan foizli (kuponli) daromad summasi xarajatga kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bob maqsadlarida qimmatli qogʻozlar quyidagi hollarda ham realizatsiya qilingan (sotib olingan) deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) soliq toʻlovchining tegishli qimmatli qogʻozlarni bir turdagi muqobil talablarni hisobga oʻtkazish orqali berishga (qabul qilishga) doir majburiyatlari tugatilganda, shu jumladan bunday majburiyatlar qonun hujjatlariga muvofiq kliringni amalga oshirishda tugatilgan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) uyushtirilgan savdolar qoidalari yoki kliring qoidalari shartlarida tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan muqobil talablar hisobga oʻtkazilganda, agar bunday hisobga olish netto-majburiyatlarning summasini aniqlash maqsadida amalga oshirilgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muomaladagi qimmatli qogʻozlarga oid bitimlar amalga oshirilgan taqdirda, qimmatli qogʻozga doir tegishli bitim tuzilgan savdolar oʻtkazilgan sana bitim amalga oshirilgan sana deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muomaladagi qimmatli qogʻozlarga oid bitim qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozoridan tashqarida amalga oshirilgan taqdirda, qimmatli qogʻozni oʻtkazishning barcha jiddiy shartlarini belgilovchi shartnoma sanasi bitimni amalga oshirish sanasi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aksiyadorlik jamiyatining ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish chogʻida olingan aksiyalarni realizatsiya qiluvchi aksiyador boʻlgan soliq toʻlovchi daromadni aksiyalarni realizatsiya qilish narxi va aksiyalarning ustav fondini (ustav kapitalini) koʻpaytirish natijasida aksiyalarning soni oʻzgarishi hisobga olingan holda tuzatish kiritilgan, dastlab toʻlangan qiymati oʻrtasidagi farq sifatida aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi soliq solish maqsadlarida qabul qilingan hisob siyosatiga muvofiq, qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilish yoki ularning boshqacha tarzda chiqib ketishi chogʻida chiqib ketgan qimmatli qogʻozlarning qiymatini xarajatlarga oʻtkazishning quyidagi usullaridan birini mustaqil ravishda tanlaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) sotib olish vaqtiga koʻra birinchi boʻlgan qiymat boʻyicha (FIFO);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) birlikning qiymati boʻyicha.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda maqsadlarida toʻlovi qimmatli qogʻozni chiqarish shartlarida nazarda tutilgan, qimmatli qogʻozni chiqarish sanasidan yoki keyingi kuponli daromadni toʻlash sanasidan qimmatli qogʻozni berish sanasiga qadar oʻtgan kalendar kunlar soniga mutanosib ravishda hisob-kitob qilinadigan foizli (kuponli) daromadning bir qismi jamgʻarilgan foizli (kuponli) daromad deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar boʻyicha soliq bazasi soliq toʻlovchilar tomonidan alohida aniqlanadi. Bunda soliq toʻlovchilar qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada boʻlgan qimmatli qogʻozlar operatsiyalari boʻyicha soliq bazasini qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada boʻlmagan qimmatli qogʻozlar operatsiyalari boʻyicha soliq bazasidan alohida aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻtgan soliq davrlari davomida qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar boʻyicha zarar (zararlar) koʻrgan soliq toʻlovchilar qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar boʻyicha joriy hisobot (soliq) davrida olingan tegishli soliq bazasini ushbu Kodeksning 336-moddasida belgilangan tartibda va shartlarda kamaytirishga (ushbu zararlarni kelgusiga oʻtkazishga) haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻtgan soliq davrlarida qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada boʻlmagan qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalardan koʻrilgan zararlar hisobot (soliq) davrida belgilangan ushbu qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalarning soliq bazasini kamaytirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻtgan soliq davrlarida qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada boʻlgan qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalardan koʻrilgan zararlar ushbu toifadagi qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilishga doir operatsiyalar boʻyicha hisobot (soliq) davrida soliq bazasini kamaytirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli hisobot davrida qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada boʻlgan hamda qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada boʻlmagan qimmatli qogʻozlar operatsiyalaridan koʻrilgan zararlarni soliq davri mobaynida kelgusiga koʻchirish qimmatli qogʻozlarning koʻrsatilgan toifalari boʻyicha tegishincha bunday qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalardan koʻrilgan foyda doirasida alohida-alohida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada boʻlgan qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalardan olingan daromadlar qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada boʻlmagan qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar boʻyicha qilingan xarajatlarga yoki koʻrilgan zararlarga kamaytirilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada boʻlmagan qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar boʻyicha olingan daromadlar qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada boʻlgan qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar boʻyicha qilingan xarajatlarga yoki koʻrilgan zararlarga kamaytirilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda maqsadlarida qimmatli qogʻozning bozor kotirovkasi deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasida savdo tashkilotchisining savdolariga (shu jumladan birjaga) qoʻyilgan qimmatli qogʻozlar uchun — bunday savdo tashkilotchisi orqali savdo kuni mobaynida amalga oshirilgan bitimlar boʻyicha qimmatli qogʻozning oʻrtacha tortilgan narxi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) chet el savdo tashkilotchisining savdolariga (jumladan birjaga) qoʻyilgan qimmatli qogʻozlar uchun — bunday savdo tashkilotchisi tomonidan savdo kuni mobaynida oʻzi orqali amalga oshirilgan bitimlar boʻyicha hisob-kitob qilinadigan qimmatli qogʻozning yopilish narxi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ayni bir qimmatli qogʻoz boʻyicha bitim ikki yoki undan ortiq savdo tashkilotchisi tomonidan amalga oshirilgan boʻlsa, soliq toʻlovchi savdo tashkilotchilarining birida yuzaga kelgan bozor kotirovkasini mustaqil tanlashga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar oʻrtacha tortilgan narx savdo tashkilotchisi tomonidan hisob-kitob qilinmasa, ushbu modda maqsadlarida bu savdo tashkilotchisi orqali savdo kuni davomida amalga oshirilgan bitimlarning eng past hamda eng yuqori narxlari yigʻindisining yarmi oʻrtacha tortilgan narx deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muomalada boʻlgan qimmatli qogʻozlar bilan savdo tashkilotchisi orqali bitim amalga oshirilgan taqdirda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qimmatli qogʻozga doir tegishli bitim amalga oshirilgan savdolar oʻtkazilgan sana bitim tuzilgan sana deb eʼtirof etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soliq solish maqsadlarida qimmatli qogʻozni haqiqatda realizatsiya qilish (sotib olish) yoki boshqacha tarzda chiqib ketish narxi eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muomaladagi qimmatli qogʻozlarga oid bitim qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozoridan tashqarida (savdo tashkilotining ishtirokisiz) amalga oshirilgan taqdirda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) qimmatli qogʻozni oʻtkazishning barcha jiddiy shartlarini belgilovchi shartnoma sanasi bitimni amalga oshirish sanasi deb eʼtirof etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq solish maqsadlarida quyidagi shartlarning hech boʻlmaganda bittasiga rioya etilganda, qimmatli qogʻozni haqiqatda realizatsiya qilish (sotib olish) yoki boshqacha tarzda chiqib ketish narxi bozor narxi deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar bitim amalga oshirilgan kuni qimmatli qogʻozga nisbatan bittadan koʻp bitim roʻyxatga olingan boʻlsa, amalga oshirilgan bitimning haqiqiy narxi, basharti bu narx bitimni amalga oshirish sanasida savdo tashkilotchisi (tashkilotchilari) tomonidan ushbu sanada roʻyxatga olingan mazkur qimmatli qogʻozga doir bitimlarning eng yuqori va eng past narxlari oʻrtasidagi oraliqda (narxlar oraligʻida) boʻlsa, bozor narxi deb eʼtirof etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar bitim amalga oshirilgan sanada qimmatli qogʻozga doir bitta bitim roʻyxatga olingan boʻlsa, amalga oshirilgan bitimning haqiqiy narxi, agar ushbu narx koʻrsatilgan qimmatli qogʻoz bilan bozor narxi belgilanayotgan bitimni amalga oshirish sanasidagi boshqa bir bitimning narxiga muvofiq boʻlsa, bozor narxi deb eʼtirof etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ushbu qismning 2-bandini qoʻllash maqsadlarida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdo tashkilotchisi tomonidan roʻyxatga olingan bitimlarning eng yuqori va eng past narxi (bitta bitimning narxi) manzilsiz buyurtmalar asosida amalga oshirilgan bitimlar boʻyicha aniqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
savdo tashkilotchilarida bitimni amalga oshirish sanasidagi narxlar oraligʻi (bitta bitimning narxi) toʻgʻrisidagi axborot mavjud boʻlmaganda, ushbu band maqsadlari uchun savdo tashkilotchilarining tegishli bitim amalga oshirilgan kunga qadar boʻlib oʻtgan eng yaqin savdolar sanasidagi maʼlumotlariga koʻra ushbu qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilish chogʻidagi oraliq narx (bitta bitimning narxi), agar ushbu qimmatli qogʻozlar boʻyicha savdolar savdo tashkilotchisida bitim amalga oshirilgan sanadan keyingi ketma-ketlikdagi uch oy ichida loaqal bir marta oʻtkazilgan boʻlsa, qabul qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar ayni bir qimmatli qogʻoz boʻyicha bitimlar koʻrsatilgan sanada ikki va undan ortiq savdo tashkilotchisi tomonidan amalga oshirilgan boʻlsa, agar ushbu bandda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, soliq toʻlovchi savdo tashkilotchisini, soliq solish maqsadlarida qimmatli qogʻozning narxini aniqlash uchun foydalanadigan narxlar oraligʻining (bitta bitim narxining) qiymatini mustaqil ravishda tanlashga haqli. Bunda, agar ushbu moddada koʻrsatilgan savdo tashkilotchilaridan ayrimlarida ushbu qimmatli qogʻozga doir bittadan ortiq bitim roʻyxatga olingan boʻlsa, boshqa savdo tashkilotchilarida esa ushbu qimmatli qogʻozga doir faqat bitta bitim roʻyxatga olingan boʻlsa, soliq toʻlovchi ushbu qimmatli qogʻozga doir bittadan ortiq bitim roʻyxatga olingan savdo tashkilotchilari orasidan savdo tashkilotchisini, soliq solish maqsadlarida qimmatli qogʻozning narxini aniqlash uchun foydalaniladigan narxlar oraligʻining (bitta bitim narxining) qiymatini mustaqil ravishda tanlashga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muomalada boʻlgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar ularni joylashtirish chogʻida sotib olingan taqdirda, shuningdek ushbu qimmatli qogʻozlar joylashtirilgandan keyin doirasi cheklanmagan shaxslarga birinchi bor taklif qilinganda, shu jumladan ushbu qimmatli qogʻozlarni taklif etish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan brokerdan sotib olinganda bunday qimmatli qogʻozlarning haqiqiy narxi bozor narxi deb eʼtirof etiladi va soliq solish maqsadlari uchun qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muomalada boʻlgan qimmatli qogʻozlar qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozoridagi bitimlarning eng past narxidan past narx boʻyicha realizatsiya qilingan taqdirda moliyaviy natijani aniqlashda qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozoridagi bitimning eng past narxi qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muomalada boʻlgan qimmatli qogʻozlar qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozoridagi bitimlarning eng yuqori narxidan yuqori narx boʻyicha sotib olingan taqdirda, moliyaviy natijani aniqlashda qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozoridagi eng yuqori narxi qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida yagona bitim amalga oshirilgan taqdirda, bunday bitimning narxi eng yuqori (eng past) narx deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ochiq payli investitsiya fondlarining muomaladagi investitsiya paylariga doir operatsiyalar boʻyicha, shu jumladan ular tegishli ochiq payli investitsiya fondini tashkil etuvchi mol-mulkini ishonchli boshqarishni amalga oshirayotgan kompaniyadan sotib olingan (toʻlangan) taqdirda, bitimning haqiqiy narxi, agar u investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda investitsiya payining hisob-kitob qiymatiga teng boʻlsa, bozor narxi deb eʼtirof etiladi va soliq solish maqsadida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muomalada boʻlmagan qimmatli qogʻozlar boʻyicha bitimning haqiqiy narxi, agar ushbu bandda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qimmatli qogʻozning hisob-kitob qilingan narxi va narxning cheklangan tarzda chetga chiqishidan kelib chiqib aniqlangan eng yuqori va eng past narxi oʻrtasidagi oraliqda turgan boʻlsa, bozor narxi deb eʼtirof etiladi va soliq solish maqsadlari uchun qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda maqsadlari uchun muomalada boʻlmagan qimmatli qogʻozlar narxining cheklangan tarzda chetga chiqishi, ushbu qimmatli qogʻozning hisob-kitob qilingan narxidan 20 foiz miqdorda koʻpayishidan yoki kamayishidan kelib chiqib belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muomalada boʻlmagan qimmatli qogʻoz hisob-kitob qilingan narxidan kelib chiqqan holda belgilangan eng kam narxidan va narxlarning chegaraviy tarzda chetga chiqishidan kelib chiqib hisoblangan narxidan past narxda realizatsiya qilingan taqdirda, moliyaviy natijani aniqlashda qimmatli qogʻozning hisob-kitob qilingan narxidan va narxlarning chegaraviy oʻzgarishidan kelib chiqqan holda belgilangan eng past narx qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muomalada boʻlmagan qimmatli qogʻozlar qimmatli qogʻozlarning hisob-kitob qilingan narxidan va narxlarning chegaraviy oʻzgarishidan kelib chiqqan holda belgilangan eng yuqori narx boʻyicha sotib olingan taqdirda, soliq solish maqsadlarida moliyaviy natijani aniqlashda qimmatli qogʻozning hisob-kitob qilingan narxidan va narxlarning chegaraviy chetga chiqishidan kelib chiqqan holda belgilangan eng yuqori narx qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda maqsadlarida qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada boʻlmagan qimmatli qogʻozlarning hisob-kitob narxini belgilash tartibi qimmatli qogʻozlar bozori boʻyicha vakolatli organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ochiq payli investitsiya fondlarining qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada boʻlmagan investitsiya paylariga doir operatsiyalar boʻyicha, shu jumladan ular ochiq payli investitsiya fondini tashkil etuvchi mol-mulkni ishonchli boshqarishni amalga oshiruvchi boshqaruvchi kompaniyadan sotib olingan (toʻlangan) taqdirda, agar bitimning haqiqiy bahosi investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlangan investitsiya payining hisob-kitob qilingan qiymatiga teng boʻlsa, soliq solish maqsadlari uchun bitimning haqiqiy narxi qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yopiq va oraliq payli investitsiya fondlarining muomalada boʻlmagan investitsiya paylariga doir operatsiyalar boʻyicha, shu jumladan ular tegishli payli investitsiya fondini tashkil etuvchi mol-mulk ishonchli boshqarishni amalga oshiruvchi boshqaruvchi kompaniyadan sotib olingan taqdirda, agar bitimning haqiqiy bahosi investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlangan investitsiya payining hisob-kitob qilingan qiymatiga teng boʻlsa, soliq solish maqsadlari uchun bitimning haqiqiy narxi qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq payli investitsiya fondlarining muomalasi cheklangan investitsiya paylarini berish, toʻlash yoki ayirboshlash investitsiya payining hisob-kitob qilingan qiymati boʻyicha amalga oshirilmasa, agar bitimning haqiqiy bahosi bitta investitsiya payi beriladigan va payli investitsiya fondini ishonchli boshqarish qoidalariga muvofiq, tebranishlarning eng koʻp chegarasi hisobga olinmagan holda aniqlangan pul mablagʻlarining summasiga teng boʻlsa, soliq solish maqsadida bitimning haqiqiy narxi qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muomalada boʻlmagan qimmatli qogʻozlarning hisob-kitob qilingan narxi qimmatli qogʻozni oʻtkazishning barcha muhim shartlarini belgilovchi shartnoma sanasida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solish maqsadlari uchun muomalada boʻlmagan investitsiya paylarining hisob-kitob qilingan narxi bitimni tuzish sanasiga eng yaqin boʻlgan, investitsiya payining hisob-kitob qilingan qiymati aniqlanadigan sanadan oldingi sanada aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
328-modda. Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda maqsadlarida uyushgan bozorda muomalada boʻlgan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha soliq toʻlovchining hisobot (soliq) davrida olgan daromadlari deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) soliq toʻlovchi hisobot (soliq) davri mobaynida olishi kerak boʻlgan variatsiyaviy marjaning summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) muddatli bitimlarning qimmatli qogʻozlar bozorida muomalada boʻlgan moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha hisobot (soliq) davri ichida olinishi kerak boʻlgan, shu jumladan asos aktivni yetkazib berish nazarda tutilgan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar tartibidagi boshqa summalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda maqsadlari uchun soliq toʻlovchining hisobot (soliq) davrida uyushgan bozorda muddatli bitimlarning muomalada boʻlgan moliyaviy vositalari boʻyicha amalga oshirilgan xarajatlari deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) variatsiyaviy marjaning hisobot (soliq) davrida soliq toʻlovchi tomonidan toʻlanishi lozim boʻlgan summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) uyushgan bozorda muomalada boʻlgan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha hisobot (soliq) davri ichida toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa summalar, shuningdek asos aktivni yetkazib berish nazarda tutilgan bitimlar boʻyicha oʻtkaziladigan asos aktivning qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) uyushgan bozorda muddatli bitimlarning muomalada boʻlgan moliyaviy vositalariga doir operatsiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda maqsadlari uchun soliq toʻlovchining uyushgan bozorda muddatli bitimlarning muomalada boʻlmagan moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha hisobot (soliq) davrida olingan daromadlari deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiya ishtirokchilaridan biri operatsiya bajarilganda (tugallanganda) hisobot (soliq) davrida olishi lozim boʻlgan pul mablagʻlarining summalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha hisobot (soliq) davrida olinishi lozim boʻlgan, shu jumladan asos aktivni yetkazib berishni nazarda tutuvchi muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar tartibida olinishi lozim boʻlgan boshqa summalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha hisobot (soliq) davrida qilingan xarajatlar deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiya ishtirokchilaridan biriga operatsiya bajarilganda (tugallanganda) hisobot (soliq) davrida toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻlarining summalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha hisobot (soliq) davri ichida toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa summalar, shuningdek asos aktivni yetkazib berishni nazarda tutuvchi bitimlar boʻyicha beriladigan asos aktivning qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uyushgan bozorda muomalada boʻlgan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha soliq bazasi va uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha soliq bazasi alohida hisoblab chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uyushgan bozorda muomalada boʻlgan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha soliq bazasi hisobot (soliq) davrida olinishi kerak boʻlgan barcha asos aktivlar bilan tuzilgan mazkur bitimlarga doir daromadlarning summalari va hisobot (soliq) yilidagi barcha asos aktivlar boʻyicha xarajatlarning summalari oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Salbiy farq, tegishincha, shunday operatsiyalardan koʻrilgan zarar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uyushgan bozorda muomalada boʻlgan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha zararlar ushbu moddaning sakkizinchi qismiga muvofiq aniqlanadigan soliq bazasini kamaytirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha soliq bazasi barcha asos aktivlar bilan mazkur operatsiyalarga doir daromadlar va hisobot (soliq) davridagi barcha bazis aktivlar bilan mazkur operatsiyalarga doir xarajatlar oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Salbiy farq, tegishincha, bunday operatsiyalardan olingan zararlar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha zararlar ushbu moddaning oltinchi qismiga muvofiq aniqlanadigan soliq bazasini kamaytirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha zararlar uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha keyingi soliq davrlarida yuzaga keladigan soliq bazasini ushbu boʻlimda belgilangan tartibda kamaytirish jumlasiga kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uyushgan bozorda muomalada boʻlgan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga nisbatan bitimning haqiqiy narxi, agar bitimning haqiqiy narxi bitimni tuzish sanasida savdo tashkilotchisi tomonidan roʻyxatga olingan mazkur vositaga doir tuzilgan bitimlarning eng yuqori va eng past narxi oʻrtasidagi oraliqda (narxlar oraligʻida) boʻlsa, soliq solish maqsadlarida bozor narxi deb eʼtirof etiladi. Agar ayni bir muddatli bitimlarning moliyaviy vositasi boʻyicha bitimlar ikki va undan ortiq savdo tashkilotchisi tomonidan amalga oshirilgan boʻlsa, muddatli bitimlarning ishtirokchisi narxlar oraligʻidan bitimning haqiqiy narxini soliq solish maqsadlarida eʼtirof etish uchun foydalanadigan, roʻyxatdan oʻtkazilgan savdo tashkilotchisini mustaqil ravishda tanlashga haqli. Savdo tashkilotchisida tegishli bitimni tuzish sanasidagi narxlar oraligʻi toʻgʻrisidagi axborot mavjud boʻlmagan taqdirda, koʻrsatilgan maqsadlar uchun savdo tashkilotchisining oxirgi uch oy ichida boʻlib oʻtgan eng yaqin savdolar sanasidagi narxlar oraligʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan muddatli bitim moliyaviy vositasini realizatsiya qilishning (sotib olishning) haqiqiy narxi, agar ushbu narx mazkur muddatli bitimlar moliyaviy vositasining muddatli bitimni tuzish sanasidagi hisob-kitob qiymatidan oshish (pasayish) tarafga koʻpi bilan 20 foiz farq qilsa, soliq solish maqsadlari uchun bozor narxi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muddatli bitimlar moliyaviy vositalari tegishli turlarining hisob-kitob qiymatini aniqlash tartibi qimmatli qogʻozlar bozori boʻyicha vakolatli organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan muddatli bitim moliyaviy vositasini realizatsiya qilishning (sotib olishning) haqiqiy narxi mazkur muddatli bitimlar moliyaviy vositasining hisob-kitob qiymatidan oshish (pasayish) tarafga koʻpi bilan 20 foiz farq qilsa, soliq toʻlovchining daromadlari (xarajatlari) 20 foiz oshirilgan (kamaytirilgan) hisob-kitob qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Svop-kontraktdagi majburiyatlar (talablar) boʻyicha olingan daromadlar va koʻrilgan zararlar muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha tegishli soliq bazasini aniqlashda hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
329-modda. Xedjirlash operatsiyasi boʻyicha soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks 51-moddasining birinchi qismi talablari inobatga olingan holda xedjirlash operatsiyasi amalga oshirilganda soliq bazasini aniqlashda daromadlar (xarajatlar) hisobga olinadi, uni hisoblashda xedjirlash obyekti bilan bogʻliq boʻlgan daromadlar va xarajatlar hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Banklar soliq bazasini uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan va asos aktivi chet el valyutasidan iborat boʻlgan, yetkazib beriladigan muddatli bitimga doir operatsiyalar boʻyicha koʻrilgan zararning summasiga kamaytirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asos aktivlari foizli stavkalardan iborat boʻlgan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalarni amalga oshirishda, bunday vositalarning shartlarida nazarda tutilgan foiz stavkalaridan kelib chiqqan holda, daromadlarni (xarajatlarni) hisobga olish hisobot (soliq) davrining soʻnggida amalga oshirilmaydi. Bunda muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir tegishli operatsiyalar boʻyicha daromad (xarajat) deb, shu jumladan, foizli stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan va bunday operatsiyalarga doir shartnomaga muvofiq olinishi (toʻlanishi) lozim boʻlgan daromadlar (xarajatlar) eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli shartnomada nazarda tutilgan toʻlovlarning sanasi bunday operatsiyalar boʻyicha daromadlarni (xarajatlarni) eʼtirof etish sanasidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
330-modda. Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari tomonidan olingan daromadlar boʻyicha soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining barcha ishtirokchilari tomonidan olingan daromadlar boʻyicha soliq bazasi (bundan buyon ushbu moddada konsolidatsiyalashgan soliq bazasi deb yuritiladi) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining soliqqa tortish maqsadlarida hisobga olinadigan barcha daromadlarining va barcha xarajatlarining summalari asosida, ushbu moddada belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda aniqlanadi. Bu maqsadlar uchun ushbu guruhning har bir ishtirokchisi soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisiga konsolidatsiyalashgan soliq bazasini hisoblab chiqarish uchun zarur boʻlgan barcha zarur axborotni soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan muddatlarda taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasini aniqlash va soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisiga zarur axborotni taqdim etish tartibi hisob siyosatida soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhiga soliq solish maqsadida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsolidatsiyalashgan soliq bazasining hisobot (soliq) davridagi hisob-kitobi ushbu moddaga muvofiq ushbu guruh barcha ishtirokchilarining maʼlumotlari asosida, soliq toʻlovchilar uyushgan guruhining masʼul ishtirokchisi tomonidan soliq davri boshlanganidan eʼtiboran oʻsib boruvchi yakun bilan mustaqil ravishda tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsolidatsiyalashgan soliq toʻlovchilar guruhining konsolidatsiyalashgan soliq bazasi konsolidatsiyalashgan guruh barcha ishtirokchilarining ushbu boʻlim qoidalari hisobga olingan xarajatlarining arifmetik summasiga kamaytirilgan daromadlarining arifmetik summasi sifatida aniqlanadi. Salbiy farq soliq toʻlovchilar uyushgan guruhining zarari deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsolidatsiyalashgan soliq toʻlovchilar guruhi ishtirokchilarining daromadlarni toʻlash manbaida soliq solinishi lozim boʻlgan daromadlari, shuningdek konsolidatsiyalashgan soliq toʻlovchilar guruhining nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining nazorat qiluvchi shaxslari boʻlgan ishtirokchilarining ular nazorat qiladigan chet el kompaniyalarining foydasi tarzidagi daromadlari konsolidatsiyalashgan soliq bazasiga kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsolidatsiyalashgan soliq toʻlovchilar guruhining ishtirokchilari, ushbu Kodeksning 316-moddasiga muvofiq kafolatli taʼmirlash va kafolatli xizmat koʻrsatish boʻyicha zaxirani tovarlarni (xizmatlarni) ushbu guruhning boshqa ishtirokchilariga realizatsiya qilishga taalluqli qismi boʻyicha shakllantirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi tarkibiga soliq toʻlovchi kirganda, kafolatli taʼmirlash va kafolatli xizmat koʻrsatish boʻyicha zaxira ushbu guruhning boshqa ishtirokchilariga realizatsiya qilingan tovarlarga (ishlarga) taalluqli boʻlgan zaxiralar summalariga oid qism boʻyicha tiklanadi. Bunda ushbu Kodeks 316-moddasining uchinchi qismiga muvofiq aniqlanadigan zaxiraning eng koʻp miqdoriga tuzatish kiritiladi, bu tuzatish soliq toʻlovchi tomonidan kafolatli taʼmirlash va kafolatli xizmat koʻrsatish boʻyicha haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlarning koʻrsatkichlarini aniqlashda soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari oʻrtasidagi operatsiyalarni koʻrsatilgan tovarlarni (xizmatlarni) oʻtgan uch yilda realizatsiya qilishdan olingan tushum, shuningdek koʻrsatilgan tovarlarni (ishlarni) hisobot (soliq) davrida realizatsiya qilishdan olingan tushum hajmida istisno etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisiga aylangan soliq davri boshlanguniga qadar oʻtgan uch yilda tovarlarni (ishlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumning koʻrsatkichiga tuzatish kiritish amalga oshirilmaydi. Soliq toʻlovchi soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi aʼzosi boʻlgan soliq davrlarida bu koʻrsatkich mazkur tovarlarni (ishlarni) bunday guruhning boshqa ishtirokchilariga realizatsiya qilishdan olingan tushumni oʻz ichiga olmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kafolatli taʼmirlash va kafolatli xizmat koʻrsatish boʻyicha tiklangan zaxiralarning summalari, shu jumladan zaxiraning eng koʻp miqdorini kamaytirish natijasidagi summalar soliq toʻlovchi soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi aʼzosiga aylangan soliq davridan oldingi soliq davridagi jami daromad tarkibiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisi boʻlgan banklar soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilaridan birining bu guruhning boshqa ishtirokchilari oldidagi qarziga taalluqli qism boʻyicha ushbu Kodeksning 315-moddasiga muvofiq zaxirani shakllantirmaydi. Guruhga kirish chogʻida banklar zaxirani bu guruhning boshqa ishtirokchilariga tegishli boʻlgan qarzning summasiga tiklaydi. Tegishli summalar bank soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi aʼzosiga aylangan soliq davridan oldingi soliq davridagi jami daromad tarkibiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ushbu guruh tarkibiga kirgan, soliq davridan oldingi soliq davrlarida ushbu boʻlimga muvofiq hisoblab chiqarilgan zararlarni koʻrgan aʼzolari konsolidatsiyalashgan soliq bazasini oʻzlari koʻrgan zararning butun summasiga yoki ushbu summaning bir qismiga kamaytirishga yoxud ushbu guruh tarkibiga kirgan soliq davridan eʼtiboran zararlarni ushbu Kodeksning 333-moddasida belgilangan tartibda kelgusiga oʻtkazishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi aʼzolarining ushbu guruh tarkibiga kirguniga qadar koʻrgan zararlarini (shu jumladan ushbu Kodeksning 302-moddasiga muvofiq xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar obyektlaridan foydalanganlik oqibatida koʻrilgan zararlarni) konsolidatsiyalashgan soliq bazasi bilan umumlashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Mazkur qoida soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi tarkibiga ushbu guruhning ishtirokchisiga qoʻshib olish yoki bunday guruhning ishtirokchisiga qoʻshib yuborish yoʻli bilan kirgan yuridik shaxslar koʻrgan zararlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kodeksning ushbu boʻlimida nazarda tutilgan soliq solish maqsadida qabul qilinadigan xarajatlar normativlari soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining har bir ishtirokchisi tomonidan qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksda qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari boʻlmagan soliq toʻlovchilar uchun belgilangan qimmatli qogʻozlarga va muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari soliq bazasini alohida aniqlashga, shuningdek soliq bazasini koʻrilgan zararlar summasiga kamaytirishga va zararlarni kelgusi davrga oʻtkazishga taalluqli qismi boʻyicha konsolidatsiyalashgan soliq bazasini hisoblab chiqarishda qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada belgilangan qoidalar faqat 337-moddaning 12-bandida belgilangan soliq stavkasi qoʻllaniladigan soliq bazasini aniqlashga, banklar uchun esa ushbu Kodeks 337-moddasining 1-bandida belgilangan soliq stavkasi qoʻllaniladigan soliq bazasini aniqlashga nisbatan tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
331-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasiga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi (zarari) deb mazkur kompaniyaning ushbu moddada belgilangan tartibga muvofiq quyidagi usullardan biri bilan aniqlangan foydasining (zararining) miqdori eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) kompaniya roʻyxatdan oʻtkazilgan mamlakatning qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan mazkur kompaniyaning yillik moliyaviy hisoboti maʼlumotlari boʻyicha. Bunday holda nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining soliq solinguniga qadar boʻlgan foydasining (zararining) miqdori ushbu kompaniyaning foydasi (zarari) deb eʼtirof etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ushbu boʻlimda soliq toʻlovchi boʻlgan yuridik shaxslar uchun belgilangan qoidalar boʻyicha.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini (zararini) ushbu modda birinchi qismining 1-bandiga muvofiq aniqlash quyidagi shartlardan biri bajarilgan taqdirda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining doimiy turgan joyi soliq solish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi bilan xalqaro shartnomasi mavjud boʻlgan chet davlat boʻlsa, bundan soliq solish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi bilan axborot almashishni taʼminlamaydigan davlatlar (hududlar) mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) moliyaviy hisobotga nisbatan salbiy fikrlar mavjud boʻlmagan yoki fikrlarni ifodalash rad etilmagan auditorlik xulosasi taqdim etilgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini (zararini) ushbu modda birinchi qismining 1-bandiga muvofiq aniqlash quyidagi talablarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini (zararini) aniqlash maqsadida bunday kompaniya roʻyxatdan oʻtkazilgan davlatning qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan konsolidatsiyalashmagan moliyaviy hisobotdan foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi roʻyxatdan oʻtkazilgan davlatda bunday qonun hujjatlari mavjud boʻlmasa, foyda (zarar) Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga yoxud moliyaviy hisobotlarni tuzishning xalqaro jihatdan eʼtirof etilgan, qimmatli qogʻozlarni savdolarga qoʻyishga ruxsat berish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi uchun chet el moliyaviy vositachilari roʻyxatiga kiritilgan chet el fond birjalari hamda chet el depozitar-kliring tashkilotlari tomonidan qabul qilinadigan standartlariga muvofiq aniqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi roʻyxatdan oʻtkazilgan davlatning qonun hujjatlariga muvofiq ushbu kompaniyaning moliyaviy hisoboti majburiy auditdan oʻtkazilishi shart boʻlmasa, ushbu Kodeks maqsadlarida foydani (zararni) aniqlash auditi auditning xalqaro standartlariga muvofiq oʻtkazilgan moliyaviy hisobot asosida amalga oshiriladi. Ushbu bandda belgilangan shartlarga rioya etish ushbu modda ikkinchi qismining 1-bandini qoʻllash maqsadlari uchun talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan shartlar bajarilmagan taqdirda, shuningdek nazorat qiluvchi shaxs boʻlgan soliq toʻlovchining tanloviga koʻra, nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasi (zarari) ushbu modda birinchi qismining 2-bandiga muvofiq aniqlanadi, bundan ushbu moddaning oltinchi, yettinchi, toʻqqizinchi — oʻn birinchi qismlarida belgilangan qoidalar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini (zararini) aniqlash tartibi ushbu modda birinchi qismining 2-bandiga muvofiq soliq toʻlovchining tanlovi boʻyicha qoʻllanilsa, bunday tartib tegishli nazorat qilinadigan chet el kompaniyasiga nisbatan bu tartibni qoʻllash boshlangan sanadan eʼtiboran kamida besh soliq davri ichida qoʻllanilishi lozim va bu hisob siyosatida nazorat qiluvchi shaxs boʻlgan soliq toʻlovchiga soliq solish maqsadlari uchun mustahkamlab qoʻyilgan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining ushbu kompaniyaning moliyaviy hisoboti maʼlumotlari boʻyicha aniqlangan va chet el valyutasida ifodalangan, ushbu Kodeksning 208-moddasida nazarda tutilgan tartibga muvofiq hisobga olinadigan dividendlarning (taqsimlangan foydaning) miqdoriga kamaytirilgan foydasi (zarari) chet el valyutasining yillik moliyaviy hisobot tuziladigan davr uchun aniqlanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan milliy valyutaga nisbatan belgilangan oʻrtacha kursi qoʻllanilgan holda milliy valyutada qayta hisob-kitob qilinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan har bir chet el kompaniyasi foydasining (zararining) summasi kompaniyaning tegishli davr (davrlar) uchun tuzilgan, uning moliyaviy va soliq hisobotlari ilova qilingan moliyaviy hisoboti bilan hujjatlar asosida tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi foydasining (zararining) summasi ushbu modda birinchi qismining 2-bandiga muvofiq aniqlangan taqdirda, nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi foydasining (zararining) summasi chet el tashkiloti doimiy turgan davlatning (hududning) rasmiy valyutasida aniqlanadi hamda u chet el valyutasining nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi foydasining (zararining) summasi aniqlanadigan kalendar yil uchun aniqlanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan milliy valyutaga nisbatan belgilangan oʻrtacha kursi qoʻllanilgan holda milliy valyutada qayta hisob-kitob qilinishi lozim. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi foydasining (zararining) summasi foydaning summasini aniqlash imkonini beradigan hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Bunday hujjatlar, xususan, nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining hisob-kitob varaqlaridan koʻchirmalar, amalga oshirilgan operatsiyalarni tasdiqlovchi dastlabki hujjatlardan iborat boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini (zararini) aniqlashda ushbu kompaniyaning yillik moliyaviy hisobotida aks ettirilgan quyidagi daromadlari (xarajatlari) hisobga olinmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) kompaniyaning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini, kooperativlarning paychilik fondlaridagi paylarini va paychilik investitsiya fondlaridagi paylarni, qimmatli qogʻozlarni, hosila moliyaviy vositalarni moliyaviy hisobotni tuzishda qoʻllaniladigan standartlarga muvofiq haqiqiy qiymati boʻyicha qayta baholash summalari tarzidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi roʻyxatdan oʻtkazilgan mamlakatning qonun hujjatlariga (ushbu kompaniyaning moliyaviy hisobotini tuzish maqsadlari uchun hisob siyosatiga) muvofiq moliyaviy hisobotda nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi deb eʼtirof etilgan shoʻba (birlashgan) tashkilotlar foydasining (zararining) summalari tarzidagi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) rezervlarni shakllantirishga sarflangan xarajatlarning va rezervlarni tiklashdan koʻrilgan zararlarning summalari tarzidagi. Bunda nazorat qilinadigan kompaniyaning foydasi ilgari shakllantirilgan rezervning miqdorini kamaytiradigan xarajatlar summasiga kamaytiriladi. Agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining kompaniya roʻyxatdan oʻtkazilgan mamlakatning qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan yillik moliyaviy hisoboti maʼlumotlariga koʻra zarar aniqlansa, ilgari shakllantirilgan rezervning miqdorini kamaytiruvchi xarajatlar bunday zararning summasini koʻpaytiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foydasini (zararini) aniqlash chogʻida ilgari shakllantirilgan rezervning miqdorini kamaytiruvchi xarajatlar summasini hisobga olishning ushbu modda toʻqqizinchi qismining 3-bandida belgilangan tartibi, agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining moliyaviy hisobotida ilgari shakllantirilgan rezervlarni kamaytiruvchi xarajatlar summasi ochib berilgan boʻlsa yoki bunday xarajatlar hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlsa, qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kompaniyaning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlari, kooperativlarning paychilik fondlaridagi paylari va paychilik investitsiya fondlarining paylari, qimmatli qogʻozlar, hosila moliyaviy vositalar realizatsiya qilingan yoki boshqacha tarzda chiqib ketgan taqdirda, nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining, ushbu moddaning birinchi qismi 1-bandiga muvofiq, aniqlangan foydasiga (zarariga) ularni qayta baholash summalari (agar bunday qayta baholash amalga oshirilgan boʻlsa), shu jumladan ularning qadrsizlanishidan koʻrilgan zararning summasi miqdorida tuzatish kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining yillik moliyaviy hisobotlarining maʼlumotlariga koʻra zarar aniqlansa, agar ushbu moddaning oʻn toʻrtinchi qismida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, u kelgusi davrlarga cheklovlarsiz taqsimlab oʻtkazilishi va ushbu kompaniyaning soliq bazasini aniqlashda hisobga olinishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan usullardan biri yordamida aniqlangan zarari, agar nazorat qiladigan shaxs boʻlgan soliq toʻlovchi mazkur zarar olingan davr uchun nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi toʻgʻrisidagi bildirish xatini taqdim etmasa, kelgusi davrlarga taqsimlab oʻtkazilishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining soliq bazasi nazorat qilinadigan har bir chet el kompaniyasiga nisbatan alohida-alohida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining soliq bazasini aniqlashda hisobga olinadigan daromadlari oʻziga nisbatan oʻzaro bogʻliq shaxslar oʻrtasida bitimlar tuzilishi munosabati bilan soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlashning toʻliqligini tekshirish oʻtkazilgan soliq toʻlovchi bilan nazorat qilinadigan bitim tuzilishi natijasida olingan boʻlsa hamda mazkur tekshiruv natijalari yuzasidan qabul qilingan, kuchga kirgan qarorga muvofiq bitim narxiga soliqni qoʻshimcha hisoblash maqsadida tuzatish kiritilgan boʻlsa, nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining tegishli daromadlari soliq bazasini belgilash maqsadida mazkur tuzatishni hisobga olgan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi tomonidan shu nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining yoxud uning oʻzaro bogʻliq shaxsining nazorat qiluvchi shaxsi deb eʼtirof etiladigan yuridik shaxsning foydasiga qimmatli qogʻozlarni va (yoki) mulkiy huquqlarni (shu jumladan ulushlarni, paylarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar, shuningdek nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining qimmatli qogʻozlarni va (yoki) mulkiy huquqlarni (shu jumladan ulushlarni, paylarni) sotib olish narxi tarzidagi xarajatlari, basharti qimmatli qogʻozlarni va (yoki) mulkiy huquqlarni (shu jumladan ulushlarni, paylarni) realizatsiya qilish narxi ularning, nazorat qilinadigan kompaniyaning hisobga olish maʼlumotlariga koʻra, mulk huquqi mazkur qogʻozlarga va (yoki) mulkiy huquqlarga (shu jumladan ulushlarga, paylarga) oʻtgan sanadagi hujjatlar bilan tasdiqlangan qiymatidan kelib chiqqan holda, biroq mazkur qimmatli qogʻozlarning va (yoki) mulkiy huquqlarning (shu jumladan ulushlarning, paylarning) mulk huquqi oʻtgan sanadagi bozor qiymatidan oshmagan, hujjatlar bilan tasdiqlangan qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlangan boʻlsa, nazorat qilinadigan kompaniyaning foydasidan (zararidan) chiqarib tashlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining tegishli davrdagi foydasiga nisbatan hisoblab chiqarilgan soliq summasi nazorat qiluvchi shaxsning ishtiroki ulushiga mutanosib ravishda chet davlatlar qonun hujjatlariga va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq shu foydaga nisbatan hisoblab chiqarilgan soliqning (shu jumladan daromadni toʻlash manbaida ushlab qolinadigan daromad soligʻining), shuningdek shu nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining Oʻzbekistondagi doimiy vakolatxonasi foydasiga nisbatan hisoblab chiqariladigan foyda soligʻining miqdoriga nisbatan kamaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq summasi hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak, Oʻzbekiston Respublikasining davlat (hudud) bilan soliq solish masalalariga doir xalqaro shartnomasi mavjud boʻlmagan taqdirda, ushbu summa chet davlatning soliqlar sohasida nazorat qilish va tekshirishga vakolatli organi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46-bob. Soliq bazasiga tuzatish kiritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
332-modda. Daromadlar va xarajatlarga tuzatish kiritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot soliq davridagi daromad (xarajatlar) miqdorining soliq bazasini aniqlashda ilgari daromad (xarajat) deb eʼtirof etilgan summa doirasida koʻpayishi yoki kamayishi tuzatish kiritish deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daromadlar va xarajatlarga quyidagi hollarda tuzatish kiritilishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) tovarlar, shuningdek sugʻurtalanuvchiga sugʻurta mukofoti toʻliq yoki qisman qaytarilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) bitim shartlari oʻzgartirilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) narxlar oʻzgartirilganda, sotib oluvchi tomonidan chegirmadan foydalanilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) koʻrsatilgan xizmatlardan voz kechilganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan daromadlar va xarajatlarga tuzatish kiritish quyidagicha amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kafolat muddati belgilangan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha — kafolat muddati doirasida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta mukofotlari boʻyicha — shartnomani bekor qilish paytida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa hollarda — bir yillik muddat doirasida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaga muvofiq daromadlar va xarajatlarga tuzatish kiritish mazkur moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan hollar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Bunda tovarni (xizmatni) sotuvchi ushbu Kodeksning 257-moddasida nazarda tutilgan tartibda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadga tuzatish kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda daromadlar va xarajatlarga tuzatish kiritish mazkur hollar sodir boʻlgan soliq davrida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daromadlar va xarajatlarga tuzatish kiritish soliq toʻlovchi soliq solishning umumbelgilangan tartibiga oʻtgan taqdirda ham amalga oshiriladi, bundan tuzatish kiritilayotgan daromadlar boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash hollari mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
333-modda. Zararlarni kelgusiga oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu boʻlimda nazarda tutilgan daromadlar va xarajatlarga kiritilgan tuzatishlarni inobatga olgan holda chegirilishi lozim boʻlgan xarajatlarning jami daromaddan oshib ketishi soliq toʻlovchining zarari deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muomaladagi qimmatli qogʻozlar va muddatli bitimlarning muomaladagi moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha zararlar tadbirkorlik faoliyatidan koʻrilgan zararlar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi soliq davrida (davrlarida) ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan zarari (zararlari) boʻlgan soliq toʻlovchi joriy soliq davrining foydasini ushbu koʻrilgan zararning butun summasiga yoki ushbu summaning bir qismiga kamaytirishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi zararni ushbu zarar koʻrilgan soliq davridan keyingi oʻn yil mobaynida kelgusiga oʻtkazishni amalga oshirishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻtkazilayotgan zararning har bir keyingi soliq davrida hisobga olinadigan jami summasi ushbu boʻlimga muvofiq hisoblab chiqarilgan joriy soliq davri soliq bazasining 60 foizidan oshib ketishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasi oldingi soliq davrida (davrlarida) koʻrilgan zarar summasiga faqat joriy soliq davrining yakunlari boʻyicha kamaytirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir kalendar yildan ortiq yillarda koʻrilgan zararlar ular koʻrilgan ketma-ketlikda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh bankdan umidsiz qarzlarni oluvchi shuʼba tashkiloti tomonidan koʻrilgan zararlar kelgusi davrlarga oʻtkazilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zararlarni oʻtkazishning alohida hollardagi oʻziga xos xususiyatlari ushbu Kodeksning 334 — 336-moddalarida nazarda tutilgandir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
334-modda. Qayta tashkil etilganda zararlarni oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta tashkil etish munosabati bilan oʻtkaziladigan zararlar soliq toʻlovchilar boʻlgan huquqiy vorislar oʻrtasida taqsimlash balansi asosida oʻtkaziladigan aktivlar qiymatining qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxs aktivlari qiymatidagi taqsimlash balansini tuzish sanasidan oldingi sanadagi holatiga koʻra solishtirma miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi va ushbu Kodeksning 333-moddasida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Huquqiy voris boʻlgan soliq toʻlovchi qayta tashkil etilgan taqdirda, uning ilgari oʻz faoliyatini tugatgan soliq toʻlovchidan koʻrgan zararlari oʻtkazilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
335-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha zararlarni oʻtkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks 333-moddasining qoidalari soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhiga nisbatan ushbu moddada belgilangan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi oldingi soliq davrida (davrlarida) zarar (zararlar) koʻrgan boʻlsa, bunday guruhning masʼul ishtirokchisi joriy soliq davrining konsolidatsiyalashgan soliq bazasini zararning butun summasiga yoki ushbu summaning bir qismiga kamaytirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchisi konsolidatsiyalashgan guruh tarkibidan chiqib ketganidan keyin (ushbu guruh faoliyatini tugatgandan keyin):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) joriy soliq davrining soliq bazasini mazkur guruh faoliyat koʻrsatgan davrda koʻrilgan zararning summasiga (ushbu summaning bir qismiga) kamaytirishga haqli emas;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) joriy soliq davrining soliq bazasini mazkur ishtirokchi tomonidan u soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchisi boʻlmagan soliq davrlarining yakunlari boʻyicha koʻrilgan zarar summasiga (ushbu summaning bir qismiga) ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda va shartlarda kamaytirishga haqli. Bunda ushbu Kodeks 333-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan, soliq toʻlovchi zararni kelgusiga oʻtkazishni amalga oshirishga haqli boʻlgan muddat bunday soliq toʻlovchi soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisi boʻlgan yillar soniga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchisi mazkur guruhdagi oʻzining ishtirok etish davrida qoʻshib yuborish yoki qoʻshib olish shaklida qayta tashkil etilgan boʻlsa, mazkur guruh tarkibidan chiqib ketganidan keyin (ushbu guruh faoliyatini tugatganidan keyin) bu ishtirokchi joriy soliq davrining soliq bazasini oʻzi huquqiy vorisi boʻlgan soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari boʻlmagan bunday qayta tashkil etilgan soliq toʻlovchilar soliq davri yakunlari boʻyicha qayta tashkil etilgan soliq toʻlovchidan olingan zararlar summasiga (shu summaning bir qismiga) ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda va shartlarda kamaytirishga ham haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchisi mazkur guruhdagi oʻzining ishtirok etish davrida yuridik shaxsni boʻlish yoʻli bilan yangidan tashkil etilgan boʻlsa, mazkur guruh tarkibidan chiqib ketganidan keyin (ushbu guruh faoliyatini tugatganidan keyin) bu ishtirokchi joriy soliq davrining soliq bazasini oʻzi huquqiy vorisi boʻlgan soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari boʻlmagan bunday qayta tashkil etilgan yuridik shaxs soliq davri yakunlari boʻyicha qayta tashkil etilgan soliq toʻlovchidan olingan zararlar summasiga (shu summaning bir qismiga) ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda va shartlarda, ushbu Kodeksning 92-moddasini hisobga olgan holda kamaytirishga ham haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
336-modda. Operatsiyalarning ayrim turlari boʻyicha zararlarni oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxsning mol-mulk majmui sifatidagi korxonani ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etish ulushini realizatsiya qilishdan yoki uning boshqacha tarzda chiqib ketishidan koʻrilgan zarar realizatsiya qilingan (chiqib ketgan) aktivlarga aynan oʻxshash aktivlarni realizatsiya qilishdan (ularning chiqib ketishidan) olingan daromadlar hisobidan kompensatsiya qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishonchli boshqaruv shartnomasi boʻyicha koʻrilgan zararlar ishonchli boshqaruv muassisining soliq bazasini belgilashda hisobga olinmaydi. Bunday zararlar ushbu ishonchli boshqaruvning kelgusidagi daromadlariga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oddiy shirkat shartnomasida (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomada) ishtirok etishdan sheriklarning (ishtirokchilarning) olgan zarari ishonchli shaxsda ushbu oddiy shirkat oladigan kelgusi daromadlarga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklardan koʻrilgan zararlar birgalikda aniqlanadi va tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan soliq bazasini aniqlashda hisobga olinmaydi. Bunday zararlar shu xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklardan olinadigan kelgusi daromadlarga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muomalada boʻlmagan qimmatli qogʻozlar va muddatli bitimlarning muomalada boʻlmagan moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha zararlar alohida aniqlanadi va xuddi shunday operatsiyalardan olingan daromadlar hisobidan har bir soliq bazasi doirasida kompensatsiya qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi ushbu moddada nazarda tutilgan zararlarni ular koʻrilgan soliq davridan keyingi oʻn yil mobaynida kelgusiga oʻtkazishni amalga oshirishga haqli. Bunda ushbu Kodeks 333-moddasining oltinchi qismida koʻrsatilgan cheklov bunday zararlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.04 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi stavkasi / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.08 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini hisoblab chiqarish, hisobot va toʻlash / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47-bob. Soliq stavkalari. Soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
337-modda. Soliq stavkalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Soliq toʻlovchilar
Soliq stavkalari, foizlarda
1
Banklar
20
2
Quyidagi soliq toʻlovchilar:
sement (klinker) ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi;
polietilen granulalar ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi;
faoliyatining asosiy turi mobil aloqa xizmatlarini koʻrsatishdan iborat boʻlgan
20
3
Oʻzi ishlab chiqargan oʻz qishloq xoʻjaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan foyda boʻyicha ushbu Kodeksning 57-moddasida nazarda tutilgan mezonlarga javob beruvchi qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va baliq xoʻjaligi korxonalari
0
4
Ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi soliq toʻlovchilar
0
5
Qoʻshimcha manbalardan daromadlar oluvchi budjet tashkilotlari
0
6
Tovarlarni (ishlarni) eksportga realizatsiya qilishdan olingan foyda
0
7
Bozor va savdo komplekslarida xizmat koʻrsatishdan olingan foyda
20
8
Tovarlarning (xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi elektron tijorat subyektlarining milliy reyestriga kiritilgan soliq toʻlovchilar
7,5
9
Yagona ishtirokchilari nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari boʻlgan va umumiy xodimlar sonida nogironligi boʻlgan shaxslar kamida 50 foizni tashkil etadigan va nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatiga haq toʻlash jamgʻarmasi mehnatga haq toʻlash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan soliq toʻlovchilar
0
10
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlardan foydalanishdan olinadigan daromadlar
0
11
Dividendlar tarzidagi daromadlar
5
12
Qolgan soliq toʻlovchilar, bundan 1 — 11-bandlarda koʻrsatilganlar mustasno
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda birinchi qismining 2-bandida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar faoliyatning barcha turlari boʻyicha belgilangan soliq stavkasini qoʻllaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar, agar oʻzi ishlab chiqargan qishloq xoʻjaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan daromadlari jami daromadning 90 foizdan koʻprogʻini tashkil etsa, faoliyatning barcha turlari boʻyicha 0 foiz miqdorida soliq stavkasini qoʻllashga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi soliq toʻlovchi ushbu Kodeksning 59-moddasida belgilangan mezonlarga rioya etmagan taqdirda, mazkur shartlarga rioya etmaganlik roʻy bergan soliq davrining boshlanishidan eʼtiboran ushbu modda birinchi qismining 12-bandida belgilangan soliq stavkasini ilgari oʻtgan soliq davrlari uchun aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etgan holda qoʻllaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda birinchi qismining 8-bandida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar, agar koʻrsatilgan faoliyat turlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar joriy hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadning kamida 90 foizini tashkil etsa, 7,5 foiz miqdoridagi soliq stavkasini qoʻllashga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻshimcha manbalardan daromad oluvchi budjet tashkilotlari, basharti boʻshatilayotgan mablagʻlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda budjet tashkilotlarining moddiy-texnika va ijtimoiy bazasini mustahkamlash, oʻz xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish uchun maqsadli tarzda foydalansa, 2023-yilning 1-yanvariga qadar 0 foiz miqdoridagi soliq stavkasini qoʻllaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzida ishlovchilarning umumiy oʻrtacha yillik sonining 3 foizidan koʻprogʻi nogironligi boʻlgan shaxslarni tashkil etadigan yuridik shaxslar uchun soliq stavkasi ushbu moddada belgilangan normadan ortiqcha ishga joylashtirilgan nogironlarning har bir foiziga soliq stavkasining bir foizi hisobidan kamaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda birinchi qismining 6-bandida nazarda tutilgan 0 darajali foiz miqdoridagi soliq stavkasi soliq toʻlovchilar tomonidan, agar tovarlarni (xizmatlarni) eksport qilishdan olinadigan daromadlar jami daromadning kamida 15 foizini tashkil etsa, qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlar eksport qilinganda, shu jumladan tovar vositachi (ishonchli vakil) orqali realizatsiya qilinganda, 0 darajali foiz miqdoridagi soliq stavkasi soliq toʻlovchilar tomonidan, ushbu Kodeksning 261-moddasida nazarda tutilgan tovarlarning eksportini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda, qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlar eksport qilinganda, 0 darajali foiz miqdoridagi soliq stavkasi soliq toʻlovchilar tomonidan, tovarlarni chet el valyutasida eksport qilish yuzasidan daromadlar tovarlar (xizmatlar) eksportga chiqarilgan kundan eʼtiboran bir yuz sakson kalendar kuni ichida kelib tushmagan taqdirda, qoʻllanilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan xom ashyo tovarlar eksportiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) xalqaro tashishlar xizmatlariga, bundan avtotransportda tashishlar mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) tovarlarni quvurlar orqali va gaz quvurlari orqali tashish boʻyicha xizmatlarga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarni qazib olish sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan ayrim soliq toʻlovchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan oshirilgan soliq stavkalari belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
338-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kalendar yil soliq davridir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yilning choragi hisobot davridir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
339-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va soliq hisobotini taqdim etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot (soliq) davrining yakunlari boʻyicha soliq summasi soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil ravishda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot davri yakunlari boʻyicha soliq summasi soliq davrining boshidan oshib boruvchi yakun bilan, agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, soliq bazasining soliq stavkasiga muvofiq boʻlgan foizlardagi ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi ushbu Kodeksning 342-moddasida belgilangan hollarda va tartibda foyda soligʻini yoki chet davlatda toʻlangan daromadlardan olinadigan xuddi shunday turdagi toʻlangan soliqni hisobga oʻtkazish yoʻli bilan soliq summasini kamaytirishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, soliq hisoboti barcha soliq toʻlovchilar tomonidan har bir hisobot va soliq davri oʻtganidan keyin soliq boʻyicha hisobda turgan joyidagi soliq organiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, soliq hisoboti quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) hisobot davri yakunlari boʻyicha — hisobot davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soliq davri yakunlari boʻyicha — soliq davri oʻtgandan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Budjet tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan soliq boʻyicha soliq hisoboti soliq davri yakunlariga koʻra taqdim etiladi, bundan matlubot kooperativlari mustasno. Bunda oʻtgan soliq davri yakunlari boʻyicha jami daromad mavjud boʻlmagan taqdirda soliq hisobotini taqdim etish talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
340-modda. Soliqni toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, soliqni toʻlash hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha, tegishli hisobot (soliq) davri uchun soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda besh milliard soʻmdan oshadigan soliq toʻlovchilar ushbu moddaning uchinchi — oltinchi qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan har oylik boʻnak toʻlovlarini hisobot davri har bir oyining yigirma uchinchi kunidan kechiktirmay toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joriy soliq davrining birinchi choragida toʻlanishi lozim boʻlgan har oylik boʻnak toʻlovining summasi oʻtgan soliq davrining oxirgi choragida toʻlanishi lozim boʻlgan har oylik boʻnak toʻlovi summasiga teng etib qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joriy soliq davrining ikkinchi choragida toʻlanishi lozim boʻlgan har oylik boʻnak toʻlovining summasi joriy yilning birinchi hisobot davri uchun soliq hisoboti boʻyicha hisoblab chiqarilgan foyda soligʻi summasining uchdan biriga teng etib qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joriy soliq davrining uchinchi choragida toʻlanishi lozim boʻlgan har oylik boʻnak toʻlovining summasi yarim yillik yakunlariga koʻra soliq hisoboti boʻyicha hisoblab chiqarilgan foyda soligʻining summasi va birinchi chorak yakunlari boʻyicha hisoblab chiqarilgan foyda soligʻining summasi oʻrtasidagi farqning uchdan biriga teng etib qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joriy soliq davrining toʻrtinchi choragida toʻlanishi lozim boʻlgan har oylik boʻnak toʻlovining summasi toʻqqiz oylik yakunlariga koʻra soliq hisoboti boʻyicha hisoblab chiqarilgan foyda soligʻining summasi va yarim yillik yakunlari boʻyicha hisoblab chiqarilgan foyda soligʻining summasi oʻrtasidagi farqning uchdan biriga teng etib qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddaning uchinchi — oltinchi qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan har oylik boʻnak toʻlovining summasi manfiy yoki nolga teng boʻlsa, koʻrsatilgan toʻlovlar tegishli chorakda amalga oshirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar, shu jumladan yangidan tashkil etilgan, jami daromadi joriy hisobot davri mobaynida besh milliard soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar har oylik boʻnak toʻlovlarini bunday oshib ketish sodir boʻlgan toʻliq chorak oʻtganidan keyin toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻlish yoki ajratib chiqarish yoʻli bilan qayta tashkil etish natijasida yangidan tashkil etilgan yuridik shaxs, jami daromadining miqdoridan qatʼi nazar, har oylik boʻnak toʻlovlarini, agar boʻlish yoki ajratib chiqarish yoʻli bilan qayta tashkil etilgan yuridik shaxs soliq boʻyicha har oylik boʻnak toʻlovlarini bunday qayta tashkil etish amalga oshirilgan soliq davrida hisoblab chiqargan boʻlsa, ikkita kelgusi soliq davri mobaynida toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha hisobot (soliq) davri mobaynida toʻlangan har oylik boʻnak toʻlovlari summasi hisobot (soliq) davri uchun soliq hisoboti boʻyicha hisoblab chiqarilgan soliqni toʻlash chogʻida hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har oylik boʻnak toʻlovini hisoblab chiqarish soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jami yillik daromadning miqdoridan qatʼi nazar, soliq hisobotini soliq boʻyicha faqat soliq davri yakunlari yuzasidan taqdim etuvchi soliq toʻlovchilar har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlamaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi tugatilganda soliq tugatish yakunlanguniga qadar toʻlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, davlat soliq xizmati organi har oylik boʻnak toʻlovlarini hisoblashni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organdan bunday axborot olingan oydan eʼtiboran toʻxtatib turadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Faoliyat tiklangan va tugatish jarayoni toʻxtatilgan taqdirda, har oylik boʻnak toʻlovlarini hisoblash ularni hisoblash toʻxtatilgan oydan eʼtiboran tiklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
341-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha hisoblab chiqarilgan boʻnak toʻlovlari summalarini, shuningdek soliq summalarini toʻlashni, shunday guruhni tuzish toʻgʻrisidagi shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilgan joyda, mazkur summalarni ushbu guruhning va ular alohida boʻlinmalarining ishtirokchilari boʻyicha taqsimlamasdan amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha soliq hisoboti soliq organiga ushbu Kodeks 339-moddasining beshinchi qismida belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining qolgan ishtirokchilari oʻzi hisobda turgan joydagi soliq organiga soliq hisobotini taqdim etmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari ushbu guruhning konsolidatsiyalashgan soliq bazasiga kiritilmaydigan daromadlarni olsa, ular oʻzi hisobda turgan joydagi soliq organlariga soliqning faqat ushbu daromadlarga nisbatan hisoblab chiqarilgan qismi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha soliq hisoboti shu guruhning masʼul ishtirokchisi tomonidan soliq hisobi maʼlumotlari hamda umuman soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha konsolidatsiyalashgan soliq bazasi asosida faqat konsolidatsiyalashgan soliq bazasiga nisbatan soliqni hisoblab chiqarish qismi boʻyicha tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi tomonidan ushbu guruh faoliyat koʻrsata boshlagan soliq davrining birinchi choragida toʻlanishi lozim boʻlgan soliq boʻyicha har oylik boʻnak toʻlovlarining summasi shu guruh barcha ishtirokchilarining ushbu guruh tuzilishidan oldingi soliq davrining uchinchi choragida toʻlanishi lozim boʻlgan har oylik boʻnak toʻlovlari summasi sifatida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish toʻgʻrisidagi shartnoma soliq organi tomonidan soliq davri boshlanganidan keyin roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa, soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari tomonidan soliq davri boshidan buyon oʻtgan hisobot davrlarining yakunlari boʻyicha toʻlangan boʻnak (joriy) toʻlovlari soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining boʻnak joriy toʻlovlari soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining tegishli ishtirokchisi hisobiga oʻtkazilishi (qaytarilishi) lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
342-modda. Soliqni hisobga olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet davlatning qonun hujjatlariga va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga muvofiq haqiqatda toʻlangan (ushlab qolingan) foyda soligʻining summasi yoki ushbu chet davlatda olingan daromadlardan olinadigan aynan oʻxshash turdagi soliq Oʻzbekiston Respublikasida foyda soligʻini toʻlash hisobidan soliq toʻlovchida ushbu moddada belgilangan tartibda va miqdorlarda hisobga olinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foyda soligʻi summasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlardan olinadigan aynan oʻxshash turdagi soliqni hisobga olish bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasida soliq solinishi lozim boʻlgan daromad boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasi bilan xalqaro shartnoma mavjud boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) bunday soliq toʻlanganligini (ushlab qolinganligini) tasdiqlovchi hujjat mavjud boʻlganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foyda soligʻining yoki Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida toʻlangan (ushlab qolingan), aynan oʻxshash turdagi soliq hisobga olinadigan summasining miqdori soliq toʻlovchi koʻrsatilgan daromad olinishi lozim boʻlgan (olingan) soliq davri uchun toʻlashi lozim boʻlgan foyda soligʻi summasidan oshib ketishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet davlat vakolatli organining maʼlumotnomasi yoki soliq Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida toʻlanganligi faktini tasdiqlovchi boshqa hujjat Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida foyda soligʻi yoki aynan oʻxshash turdagi soliq toʻlanganligini (ushlab qolinganligini) tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar chet tilida tuzilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining davlat tilidagi tarjimasi mavjud boʻlishi shart.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.11.00 (Кучини йукотган) Alohida toifadagi yuridik shaxslarni soliqqa tortish xususiyatlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48-bob. Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlariga toʻlanadigan dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
343-modda. Dividendlar tarzidagi daromadlarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentiga toʻlanadigan dividendlarga ushbu Kodeksning 345-moddasida nazarda tutilgan tartibda toʻlov manbaida soliq solinadi va bunday daromadlarni oluvchi tomonidan soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar dividendlar Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti boʻlgan yuridik shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidentiga toʻlansa, olingan dividendlarga nisbatan toʻlanadigan soliq summasi uni oluvchi tomonidan olingan dividendlar summasidan va ushbu Kodeks 337-moddasi birinchi qismining 11-bandida belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda aniqlanadi. Bunda dividend oluvchilar ushbu moddaga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq summasini daromad manbai joylashgan joy boʻyicha toʻlangan soliq summasiga kamaytirishga, agar Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
344-modda. Foiz tarzidagi daromadlarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidentiga toʻlanadigan foizlar ushbu daromadlarni oluvchining soliq bazasida hisobga olinadi va unga ushbu boʻlimda nazarda tutilgan tartibda soliq solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxs tomonidan notijorat va budjet tashkilotlariga mablagʻlarni depozitga joylashtirishidan toʻlanadigan foizlarga toʻlov manbaida ushbu Kodeks 337-moddasi birinchi qismining 12-bandida belgilangan miqdordagi soliq stavkasi boʻyicha soliq solinadi va bunday daromadlar oluvchilarning soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi.
(344-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi OʻRQ-646-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
345-modda. Soliq agentlari tomonidan dividendlar va foizlardan soliqni hisoblab chiqarish, ushlab qolish hamda toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dividendlar va foizlar tarzida daromadlar toʻlovchi yuridik shaxslar ushbu Kodeks 343-moddasining birinchi va 344-moddasining ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda soliq agentlari deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq agenti Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidentlari deb eʼtirof etiladigan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslarga dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromadlarga nisbatan har bir soliq toʻlovchi boʻyicha alohida soliq summasini ushbu Kodeks 337-moddasining birinchi qismi 11-bandida yoki 381-moddasida nazarda tutilgan soliq stavkalari boʻyicha koʻrsatilgan daromadlarni ushbu moddada belgilangan tartibda har bir toʻlovga tatbiqan belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dividendlar oluvchi soliq toʻlovchining daromadlaridan ushlab qolinadigan soliq summasini aniqlashda soliq bazasi har bir oluvchiga nisbatan soliq agenti tomonidan shu oluvchiga toʻgʻri keladigan soliq solinadigan dividendlar jami summasining ulushi sifatida aniqlanadi. Dividendlarning soliq solinishi lozim boʻlgan bunday jami summasi yuridik shaxs tomonidan barcha oluvchilarning foydasiga taqsimlanishi lozim boʻlgan, ushbu yuridik shaxs tomonidan joriy hisobot (soliq) davrida va oʻtgan hisobotda (soliq davrlarida) olingan dividendlarni dividendlarni oluvchilar foydasiga taqsimlash sanasidagi dividendlar umumiy summasiga kamaytirilgan dividendlarning umumiy summasi sifatida aniqlanadi. Bunda taqsimlanadigan dividendlarning umumiy summasini ushbu yuridik shaxs tomonidan olingan dividendlar summasiga kamaytirish, basharti ushbu olingan dividendlar summasi avval ushbu yuridik shaxsning dividendlar tarzida olingan daromadlariga nisbatan soliq bazasini aniqlashda hisobga olinmagan boʻlsa, amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq agenti ushbu Kodeks 344-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan foiz tarzidagi daromadlarga nisbatan soliq summasini, ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan tartibga aynan oʻxshash tartibda aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisoboti oʻzining soliq hisobiga olingan joyidagi soliq organiga dividendlar va foizlar hisoblangan oydan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay soliq agentlari tomonidan taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq summasi dividendlarni va foizlarni toʻlash muddatidan kechiktirmay budjetga toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq agenti dividendlar va foizlarni oluvchining talabiga koʻra, ushbu shaxsga soliq davri uchun daromad summasi va ushlab qolingan soliqning umumiy summasi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi maʼlumotnoma taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
346-modda. Soliq agentining javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq summasi toʻlov manbaida ushlab qolinmagan taqdirda, soliq agenti soliqning ushlab qolinmagan summasini va u bilan bogʻliq penya summasini qonun hujjatlariga muvofiq budjetga kiritishi shart.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.01.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi / 07.10.01.06 (Кучини йукотган) Norezidentlarning foydasini soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49-bob. Faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan norezidentlarning daromadlariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
347-modda. Soliq solinadigan daromadni aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan norezidentning daromadlaridan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash ushbu bobda nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda, ushbu Kodeksning 43 — 47-boblarida belgilangan tartibda mazkur norezident tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bajarilishi mazkur bobda nazarda tutilgan, faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan norezident boʻlgan soliq toʻlovchining majburiyatlari uning doimiy muassasasiga yuklatilishi mumkin. Bunda doimiy muassasa soliq toʻlovchining barcha huquqlariga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Doimiy muassasaning jami daromadini bunday doimiy muassasaning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni amalga oshirish boshlangan sanadan eʼtiboran olingan daromadlarning quyidagi turlari tashkil etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) norezident tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyatini oʻzining doimiy muassasasi orqali amalga oshirish natijasida olingan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va (yoki) uni tasarruf qilishdan olgan daromadlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) norezidentning daromadlari, shu jumladan uning boshqa davlatlardagi tuzilmaviy boʻlinmalarining Oʻzbekiston Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti boʻlgan mazkur yuridik shaxsning doimiy muassasasi orqali amalga oshiriladigan faoliyatga aynan oʻxshash yoki bir xil faoliyatni amalga oshirishdan oladigan daromadlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ushbu Kodeksning 351-moddasida koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan doimiy muassasaga tegishli boshqa daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) bunday doimiy muassasa faoliyati bilan bogʻliq Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar norezident Oʻzbekiston Respublikasida ham, uning hududidan tashqarida ham oʻzining Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi bilan birgalikda bajariladigan bitta loyiha yoki aloqador loyihalar doirasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa, agar norezident xuddi shunday yoki aynan oʻxshash faoliyat bilan xuddi shunday yoki aynan oʻxshash sharoitlardagi faoliyatda band boʻlgan yakka va alohida shaxs boʻlganida hamda oʻzi doimiy muassasasi boʻlgan norezidentdan mustaqil ravishda faoliyat koʻrsatganida olishi mumkin boʻlgan daromad bunday doimiy muassasaning daromadi deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar norezidentning doimiy muassasasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovarlarni (xizmatlarni) norezidentning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan boshqa tarkibiy boʻlinmasi realizatsiya qilsa, agar u xuddi shunday yoki aynan oʻxshash faoliyat bilan xuddi shunday yoki aynan oʻxshash sharoitlardagi faoliyatda band boʻlgan yakka va alohida shaxs boʻlganida hamda oʻzi doimiy muassasasi boʻlgan norezidentdan mustaqil ravishda faoliyat koʻrsatganida olishi mumkin boʻlgan daromad bunday doimiy muassasaning daromadi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar norezident Oʻzbekiston Respublikasida uchinchi shaxslarning manfaatlarini koʻzlab, doimiy muassasa shakllanishiga olib keladigan tayyorgarlik va (yoki) yordamchi turdagi faoliyatni amalga oshirsa va bunda shunday faoliyatga nisbatan haq olish nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq solinadigan baza ushbu doimiy muassasaning bunday faoliyat bilan bogʻliq xarajatlari summasining 20 foizi miqdorida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti doimiy muassasasining shunday norezidentning bosh ofisi yoki boshqa tuzilmaviy boʻlinmalari oldidagi majburiyatlari boʻyicha yuzaga keladigan kursga oid farqlar Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi daromadlari (xarajatlari) jumlasiga kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar norezidentning Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyati doimiy muassasa shakllanishiga olib keladigan bittadan ortiq muassasasi boʻlsa, soliq solinadigan baza va soliq summasi har bir muassasa uchun alohida hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
348-modda. Chegirib tashlanadigan xarajatlarni aniqlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasini aniqlash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatdan doimiy muassasa orqali soliq solinadigan daromadlar olish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xarajatlar, ular Oʻzbekiston Respublikasida yoki uning hududidan tashqarida qilinganidan qatʼi nazar, doimiy muassasaning chegirmalari jumlasiga kiritiladi, bundan ushbu Kodeksga muvofiq chegirib tashlanmaydigan xarajatlar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentiga oʻzining doimiy muassasasi tomonidan toʻlanadigan quyidagi koʻrinishdagi summalar ham chegirilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu norezidentning mulkidan yoki intellektual mulkidan foydalanganlik yoki foydalanish huquqini berganlik uchun royalti, gonorarlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ushbu norezident tomonidan doimiy muassasaga koʻrsatilgan xizmatlar uchun xarajatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ushbu norezident tomonidan doimiy muassasaga berilgan zayomlar boʻyicha pul mukofotlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ushbu norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi orqali faoliyatidan daromadlar olish bilan bogʻliq boʻlmagan xarajatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) ushbu norezidentning mazkur moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar qoʻllaniladigan Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasi qoidalariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti doimiy muassasasining soliq solinadigan daromadini aniqlashda shu norezidentning boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlarini chegirib tashlashga yoʻl qoʻyilsa, bunday xarajatlar summasi shunday norezident tomonidan oʻz tanloviga binoan quyidagi usullardan biri boʻyicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) xarajatlarni mutanosib ravishda taqsimlash usuli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) xarajatlarni chegirmalarga bevosita (toʻgʻridan-toʻgʻri) kiritish usuli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda uchinchi qismining maqsadida ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan boshqaruv va boshqaruv xodimlarining mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlar deb eʼtirof etiladi. Bunda ushbu norezidentning boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlari jumlasiga quyidagilar kiritilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) norezidentning bevosita doimiy muassasasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida yoki norezidentning vakolatxonasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida ushbu Kodeksga muvofiq chegirmalar jumlasiga kiritiladigan boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) norezidentning bevosita vakolatxonasi yoki doimiy muassasalari tomonidan boshqa davlatlarda qilingan, Oʻzbekiston Respublikasida soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan doimiy muassasasining faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan doimiy muassasaning faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Norezident hisobot (soliq) davri mobaynida oʻz tanloviga koʻra boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlarni soliq hisobotiga ilovada koʻrsatiladigan doimiy muassasaning chegirmalariga kiritish usullaridan faqat bittasini qoʻllaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Norezidentning boshqaruvga oid va umummaʼmuriy xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasaning chegirmalariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
349-modda. Soliq hisobotini taqdim etish va soliq toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Doimiy muassasalar orqali faoliyat yuritadigan norezidentlar soliq hisobotini soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi soliq organiga ushbu Kodeks 339-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Doimiy muassasa orqali faoliyat yuritadigan norezidentlar soliq davrining yakunlariga koʻra soliq hisobotini taqdim etish uchun nazarda tutilgan muddatlarda, soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi soliq organiga Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni ham (ixtiyoriy shaklda) taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Doimiy muassasaning faoliyati soliq davri tugaguniga qadar tugatilgan taqdirda, soliq boʻyicha soliq hisoboti va Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobot faoliyat tugatilganidan keyin bir oydan kechiktirmay taqdim etilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni toʻlash ushbu Kodeksning 340-moddasida nazarda tutilgan tartibda umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Norezident Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy muassasa orqali faoliyatini tugatganda soliq bunday faoliyat tugaguniga qadar toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
350-modda. Soliq agenti tomonidan ushlab qolingan soliqni hisobga olish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti tomonidan doimiy muassasa belgilariga javob beradigan faoliyatdan, doimiy muassasa sifatida soliq organida hisobga qoʻyishga qadar olingan daromadlarga ushbu Kodeksning 50-bobida belgilangan tartibda soliq agentida soliq solinishi lozim. Bunda soliq agenti tomonidan ushlab qolingan soliq norezident soliq organida doimiy muassasa sifatida hisobga qoʻyilganidan keyin soliq majburiyatlarini qoplash hisobiga hisobga olinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hisobga olish soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50-bob. Norezidentlarning doimiy muassasa bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
351-modda. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan va doimiy muassasa bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlaridan olinadigan soliq norezidentga daromad toʻlovchi soliq agenti tomonidan hisoblab chiqariladi va ushlab qolinadi. Soliqning ushlab qolinishi soliq toʻlovchining daromadlaridan bunday daromadlarning har bir toʻlovi paytida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday daromadlar jumlasiga, xususan, quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslaridan olingan dividendlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasining qarz majburiyatlari boʻyicha foizlar, shu jumladan chiqarish va muomalada boʻlish shartlarida foizlar koʻrinishidagi daromadlarni olish nazarda tutilgan davlat qimmatli qogʻozlari. Bunda Oʻzbekiston Respublikasining davlat obligatsiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlari boʻyicha daromadlarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining xalqaro obligatsiyalari boʻyicha daromadlarga soliq solinmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslaridan va yakka tartibdagi tadbirkorlaridan olingan har qanday turdagi qarz majburiyatlari (shuningdek foydada ishtirok etish huquqini beruvchi obligatsiyalar va konvertatsiya qilinadigan obligatsiyalar) boʻyicha foizlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) har qanday nomoddiy aktivdan Oʻzbekiston Respublikasida foydalanish yoki foydalanish huquqini berish uchun royalti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) quyidagilar realizatsiya qilinganda olinadigan daromadlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) aksiyalar (bundan fond birjasida realizatsiya qilinadigan aksiyalar mustasno), Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi (paylar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan koʻchmas mulk;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) mulk majmuasi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan korxona;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan investitsiya pay fondlarining investitsiya paylari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday daromadlarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari ushbu Kodeksning 356-moddasida belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) norezidentga tegishli boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti orqali tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish doirasida topshiriq shartnomasi va boshqa aynan oʻxshash fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida sotiladigan tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandda koʻrsatilgan daromadlar hujjatlar bilan tasdiqlangan, norezident tomonidan realizatsiya qilingan tovar uchun olinadigan summaning uni olishdan oshgan qismi sifatida belgilanadi. Tovarlarni sotib olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmagan taqdirda, soliqni ushlab qolish norezident tomonidan olinadigan barcha summadan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) Oʻzbekiston Respublikasida yuzaga keladigan tavakkalchiliklarni sugʻurtalash, birgalikda sugʻurtalash va qayta sugʻurtalash shartnomalari boʻyicha toʻlanadigan sugʻurta mukofotlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan xalqaro aloqa uchun simli oʻtkazgich, radio-optik yoki boshqa elektromagnit tizimlar orqali belgilar, signallar, matnlar, tasvirlar, tovushlarni uzatish, qabul qilish va qayta ishlash uchun toʻlovni nazarda tutuvchi telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatishdan olinadigan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) xalqaro tashish, shu jumladan yuklarni yuklash, qayta yuklash, tushirish va joylash uchun tashish shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan toʻlov boʻyicha xizmatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro tashish deganda yoʻlovchilarni, yuklarni, tovarlarni, shu jumladan pochtani daryo yoki havo kemalari, avtomobil yoki temir yoʻl transporti orqali, davlatlardan biri Oʻzbekiston Respublikasi boʻlgan turli davlatlarda joylashgan punktlar oʻrtasida amalga oshiriladigan har qanday tashish tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandning maqsadi uchun faqat Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan punktlar oʻrtasida, shuningdek faqat Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan punktlar oʻrtasida amalga oshiriladigan tashish xalqaro tashish deb eʼtirof etilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalaniladigan mol-mulkni ijaraga va ikkilamchi ijaraga berish, shu jumladan lizing operatsiyalaridan olingan daromadlar, daryo, havo kemalarini va (yoki) boshqa transport vositalarini, shuningdek konteynerlarni ijaraga yoki qoʻshimcha ijaraga berishdan olingan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) xalqaro tashishlarda va Oʻzbekiston Respublikasi ichida tashishlarda transport-ekspeditorlik xizmatlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda yuk yuboruvchidan (yuk oluvchidan) olingan summa va yuk tashuvchining tegishli birlamchi hujjatlari bilan tasdiqlangan, yuk tashuvchiga toʻlanishi lozim boʻlgan summa oʻrtasidagi farq sifatida hisoblangan mukofot summasi soliq solinishi lozim boʻlgan daromaddir. Yuk tashuvchining tegishli birlamchi hujjatlari boʻlmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasining norezidentiga ushbu Kodeks 353-moddasining 3-bandida belgilangan soliq stavkalari boʻyicha toʻlangan barcha summaga soliq solinishi lozim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun jarimalar, penyalar va boshqa toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) begʻaraz olingan mol-mulk, xizmatlar. Begʻaraz olingan mol-mulkning (xizmatlarning) qiymati ushbu Kodeksning 299-moddasida nazarda tutilgan tartibda belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentiga yoki faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan norezident boʻlgan yuridik shaxsga qarzni talab qilish huquqidan voz kechishdan olingan daromad.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda shunday daromadning miqdori norezidentning birlamchi hujjatlariga muvofiq, qaysi talab qilish huquqi boʻyicha voz kechish amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha talab qilish huquqining qiymati va talab qilish huquqidan voz kechish sanasida qarzdordan olinishi lozim boʻlgan talab qilish qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15) Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentidan yoki Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan norezident boʻlgan yuridik shaxsdan qarzni talab qilish huquqini olish chogʻida talab qilish huquqidan voz kechishdan olingan daromad.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda shunday daromadning miqdori asosiy qarzning talabiga koʻra qarzdordan olinishi lozim boʻlgan summa, shu jumladan talab qilish huquqidan voz kechish sanasidagi asosiy qarzdan ortiq boʻlgan summa va talab qilish huquqini olish qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16) serverga axborot joylashtirish va unga texnik xizmat koʻrsatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida disk maydoni va (yoki) aloqa kanalini taqdim etishdan olingan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17) boshqaruvga oid, texnik yoki maslahat xususiyatiga ega xizmatlar uchun toʻlov sifatida belgilangan texnik xizmatlardan olingan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18) norezident tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida xizmatlar koʻrsatishdan olingan boshqa daromadlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar norezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalaridan olingan daromadlar jumlasiga kirmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) faqat tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshiruvchi shaxs nomidan va uning manfaatlarini koʻzlab amalga oshirilgan hamda faqat Oʻzbekiston Respublikasida tovar sotib olish yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovar olib kirish bilan bogʻliq tashqi savdo operatsiyalaridan olingan daromadlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kirish bilan bogʻliq operatsiyalarga nisbatan ushbu qoida quyidagi shartlarga rioya etgan holda import bojxona tartib-taomiliga joylashtirilganda qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tovarni yetkazib berish ushbu shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan saqlash joylaridan (shu jumladan bojxona omborlaridan) amalga oshirilmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tovar chet el yuridik shaxsining Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi orqali sotilmasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan shartlardan hech boʻlmaganda bittasi bajarilmagan boʻlsa, ushbu shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatiga taalluqli daromadlarining bir qismi tovarni realizatsiya qilish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromad deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar norezident tomonidan montaj va (yoki) ishga tushirish-sozlash xizmatlari, xodimlarni oʻqitish xizmatlari va boshqa shu kabi xizmatlar koʻrsatilishini nazarda tutuvchi asbob-uskunalar (qurilmalar, mexanizmlar, butlovchi va ehtiyot qismlar) sotib olish (sotish) boʻyicha xalqaro shartnomada (kontraktda) koʻrsatiladigan xizmatlar qiymati alohida koʻrsatilmagan boʻlsa, norezidentning soliq solinadigan daromadi bunday asbob-uskunalar (qurilmalar, mexanizmlar, butlovchi va ehtiyot qismlar) qiymatining 20 foiziga teng deb qabul qilinadi. Xuddi shunday qoidalar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida norezident vakillarining tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) boʻyicha asbob-uskunalarni montaj qilish, oʻrnatish yoki ishga tushirish-sozlash paytida haqiqatdan mavjud boʻlgan taqdirda, hattoki ushbu shartnomada (kontraktda) norezidentlar tomonidan montaj va (yoki) ishga tushirish- sozlash ishlarini amalga oshirish, ular tomonidan xodimlarni oʻqitish xizmatlarini va boshqa shu kabi xizmatlarni koʻrsatish nazarda tutilmagan boʻlsa ham, qoʻllaniladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar, bundan mazkur moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmat koʻrsatish boʻyicha kontraktda norezident tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida ham, uning tashqarisida ham xizmatlar koʻrsatilishini nazarda tutuvchi qoidalar mavjud boʻlganda, ushbu moddada belgilangan soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish tartibi xizmatlarning har bir turi uchun alohida-alohida qoʻllaniladi. Norezident tomonidan yagona ishlab chiqarish-texnologik sikl doirasida xizmat koʻrsatishning har bir bosqichi norezidentning daromadlaridan toʻlov manbaida soliqni ushlab qolish maqsadida xizmatlarning alohida turi sifatida koʻrib chiqiladi. Bunda kontrakt boʻyicha norezident daromadlarining umumiy summasi Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlarga asoslangan tarzda taqsimlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismi qoidalarini qoʻllash maqsadida norezident xizmat oluvchiga norezidentning umumiy daromad summasi Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatishdan olingan daromadlar va uning tashqarisida xizmat koʻrsatishdan olingan daromadlarga taqsimlanganligini tasdiqlovchi, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va (yoki) chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan, norezident tomonidan tasdiqlangan hisob-kitob hujjatlarining koʻchirma nusxalarini taqdim etishi shart. Bunday taqsimlanish mavjud boʻlmaganda, ham Oʻzbekiston Respublikasida, ham uning tashqarisida xizmat koʻrsatishdan norezidentga toʻlanadigan daromadning butun summasiga soliq solinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
352-modda. Soliq agentlari deb eʼtirof etiladigan shaxslar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar soliq agentlari deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yuridik shaxslar, shu jumladan soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshiruvchi norezidentlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) norezident boʻlgan yuridik shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) ushbu Kodeks 351-moddasi ikkinchi qismining 5-bandida koʻrsatilgan mol-mulkni oluvchi jismoniy shaxslar va Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmalari, bundan ushbu qismning 3-bandida koʻrsatilganlar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
353-modda. Soliq stavkalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Soliq solinadigan daromad
Soliq stavkalari, foizlarda
1
Dividendlar va foizlar
10
2
Sugʻurta, birgalikda sugʻurta qilish va qayta sugʻurta qilish shartnomalari boʻyicha sugʻurta mukofotlari
10
3
Xalqaro aloqa uchun telekommunikatsiyalar, xalqaro tashishlar (fraxtdan olingan daromadlar)
6
4
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun jalb etilgan kreditlar boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi banklari va lizing beruvchilari tomonidan chet el moliya institutlariga toʻlanadigan daromadlar
0
5
Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan banklarning vakillik hisobvaraqlarini ochish va yuritish hamda ular yuzasidan hisob-kitoblarni amalga oshirish, shuningdek xalqaro toʻlov kartochkalari vositasida hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadlar
0
6
Boshqa daromadlar, bundan 1 — 5-bandlarda koʻrsatilgan daromadlar mustasno
20
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
354-modda. Soliq agentlari tomonidan soliqni hisoblab chiqarish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasi soliq toʻlovchiga har bir daromadni toʻlash chogʻida soliq agenti tomonidan alohida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlariga solinadigan soliq summasi ushbu Kodeksning 356-moddasida nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda soliq bazasining soliq stavkasiga muvofiq boʻlgan foizdagi ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq summasi Oʻzbekiston Respublikasining norezidentiga daromadni toʻlash sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada, ushbu Kodeksning 356-moddasida nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda hisoblab chiqariladi va toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Norezidentlarga toʻlanadigan daromadlardan olinadigan soliq summasini hisoblab chiqarish va ushlab qolish soliq agenti tomonidan daromadlarning barcha turlari boʻyicha amalga oshiriladi, bundan quyidagi hollar mustasno, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) soliq agenti norezident tomonidan toʻlanadigan daromad norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasiga taalluqli ekanligi va soliq agentining ixtiyorida norezident soliq organida norezidentning doimiy muassasasi sifatida hisobda turganligi toʻgʻrisida soliq organi tomonidan tasdiqlangan maʼlumotnoma borligi haqida xabardor qilingan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) norezidentga toʻlanadigan daromadga nisbatan ushbu Kodeksning 353-moddasida 0 foizli soliq stavkasi nazarda tutilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlarni bajarishda olingan daromadlar toʻlanadigan boʻlsa, agar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida bunday daromadlarni soliq solishdan ozod etish nazarda tutilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻllaniladigan xalqaro shartnomalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida soliq solinmaydigan daromadlar toʻlanadigan boʻlsa, basharti tegishli daromadni olish uchun haqiqiy huquqqa ega boʻlgan norezident tomonidan soliq agentiga ushbu Kodeksning 358-moddasida nazarda tutilgan tasdiqnoma taqdim etilgan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Norezidentga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻllaniladigan xalqaro shartnomasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida kamaytirilgan soliq stavkalari boʻyicha soliq solinadigan daromadlar toʻlangan taqdirda, daromadlardan soliq summasini hisoblab chiqarish va ushlab qolish norezident tomonidan soliq agentiga ushbu Kodeksning 358-moddasida nazarda tutilgan tasdiqnoma taqdim etilishi sharti bilan tegishli kamaytirilgan soliq stavkalari boʻyicha amalga oshiriladi. Ushbu qism qoidalari mazkur Kodeksning 6-moddasi qoidalari hisobga olingan holda qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daromadni toʻlash deganda, norezidentga bunday toʻlash amalga oshiriladigan joyidan qatʼi nazar, quyidagilar tushuniladi, xususan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) naqd pul va (yoki) naqd pulsiz shaklda pullarni, qimmatli qogʻozlarni, ishtirok etish ulushini, tovarlarni, mol-mulkni berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining daromadlariga nisbatan tuziladigan bitimlar (voz kechish haqi, bir turdagi qarama-qarshi talabnomani hisobga oʻtkazish, talab qilish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish chogʻida hisobga oʻtkazish, novatsiya, qarzdan kechib yuborish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) bajarishning imkoni boʻlmaganligi yoki qarzdor va kreditor ayni bir shaxs ekanligi tufayli daromadni toʻlash majburiyatining tugashi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar daromad pulsiz shaklda yoki oʻzaro hisobga oʻtkazishlar orqali toʻlansa, shuningdek agar ushlab qolinishi lozim boʻlgan soliq summasi norezidentning pul shaklida olinadigan daromadi summasidan ortiq boʻlsa, agar ushbu moddaning oʻn ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq agenti soliqni norezidentning pulsiz shaklda olinadigan daromadini tegishli tarzda hisoblab chiqarilgan summada budjetga toʻlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Norezidentning daromadlariga soliq solish mazkur norezident tomonidan oʻz daromadlarini uchinchi shaxslarning, boshqa davlatlardagi oʻz boʻlinmalarining foydasiga va boshqa maqsadlarda tasarruf etishdan qatʼi nazar, amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurta mukofotlaridan olingan daromadlar boʻyicha soliqlarning toʻlangan summalari sugʻurta hodisalari yuzaga kelganda qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sugʻurta hodisasi yuzaga kelganda sugʻurta toʻlovlari oʻzidan soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolingan va toʻlangan sugʻurtalovchi boʻlgan norezidentning daromadlarini kamaytirish uchun hisobga oʻtkazishga qabul qilinadi. Mazkur qayta hisoblash norezidentga daromadni toʻlagan va daromadni toʻlash chogʻida soliqni ushlab qolgan soliq agenti tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq summasi ushlab qolinmaganda yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari qoidalari gʻayriqonuniy ravishda qoʻllanilganda, bu soliqning ushlab qolinmasligiga yoki toʻliq ushlab qolinmasligiga sabab boʻlsa, soliq agenti ushlab qolinmagan soliq summasini va tegishli penya summasini budjetga kiritishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq agenti tomonidan ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq norezidentning daromadlaridan hisoblab chiqarilgan soliq summasi oʻz mablagʻlari hisobidan uni ushlab qolmagan holda toʻlangan taqdirda, soliq agentining soliqni ushlab qolish va oʻtkazish boʻyicha majburiyati bajarilgan deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
355-modda. Soliq agentlari tomonidan soliq hisob-kitobini taqdim etish va uni toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisoboti soliq agenti tomonidan oʻzi soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi soliq organiga daromadlar toʻlangan oydan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu Kodeksning 356-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, norezidentlarning daromadlaridan hisoblab chiqarilgan va ushlab qolingan soliq summasi soliq agenti tomonidan budjetga quyidagi muddatlarda toʻlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) banklar tomonidan, bundan dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlar mustasno, — daromadlarni toʻlash amalga oshirilgan oydan keyingi oyning beshinchi kunidan kechiktirmay;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
356-modda. Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu Kodeksning 351-moddasi ikkinchi qismi 5-bandida koʻrsatilgan ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar, ulushlar (paylar), koʻchmas mulk, mol-mulk majmuasi tarzidagi korxonalar, payli investitsiya fondlari investitsiya paylari (bundan buyon ushbu moddada mol-mulk deb yuritiladi) norezident boʻlgan bir yuridik shaxs tomonidan norezident boʻlgan boshqa yuridik shaxsga yoki norezident boʻlgan jismoniy shaxsga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi rezidentiga realizatsiya qilingan boʻlsa, ushbu modda qoidalari qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda birinchi qismining qoidalari yuridik shaxs tashkil etilmagan holdagi chet el tuzilmalariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 351-moddasi ikkinchi qismi 5-bandida koʻrsatilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mol-mulkni realizatsiya qilish summasining uni hujjatlar bilan tasdiqlanadigan sotib olish qiymatidan oshgan summasi sifatida aniqlanadi. Mol-mulkni sotib olish qiymatini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud boʻlmaganda, soliq agenti tomonidan soliqni ushlab qolish mol-mulkni realizatsiya qilish qiymatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulkni realizatsiya qiluvchi norezident soliq agentiga mol-mulkni sotib olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlarning (ular mavjud boʻlgan taqdirda) koʻchirma nusxalarini taqdim etishi shart. Soliq agenti taqdim etilgan hujjatlar asosida ushbu Kodeks 351-moddasi ikkinchi qismining 5-bandiga muvofiq aniqlanadigan soliq bazasidan hamda ushbu Kodeksning 353-moddasida belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda soliq summasini hisoblab chiqaradi va ushlab qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq agenti sotib olinayotgan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazguniga (rasmiylashtirguniga) qadar norezidentning mol-mulkni realizatsiya qilishdan olgan daromadlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi soliqning hisob-kitobini quyidagilarni realizatsiya qilish chogʻida mustaqil ravishda yoki vakolatli shaxs orqali taqdim etishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni, ulushni (payni) realizatsiya qilishda — mazkur yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi soliq organiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan koʻchmas mulkni realizatsiya qilishda — koʻchmas mulk turgan joydagi soliq organiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan mol-mulk majmuasi tarzidagi korxonani realizatsiya qilishda — mazkur korxona roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi soliq organiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan payli investitsiya fondlarining investitsiya paylarini realizatsiya qilishda — ishonchli boshqaruvchi roʻyxatdan oʻtkazilgan joydagi soliq organiga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Norezidentning mol-mulkni realizatsiya qilishdan olgan daromadlari boʻyicha soliq hisoboti norezident daromadni oladigan valyutada tuziladi. Soliq hisobotiga mol-mulk oldi-sotdi shartnomasining koʻchirma nusxasi hamda sotuvchi tomonidan taqdim etilgan, mol-mulkni olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlarning (mavjud boʻlgan taqdirda) koʻchirma nusxalari ilova qilinadi. Agar mol-mulkni sotib olish qiymati soliq hisoboti tuziladigan valyutada ifodalanmagan boʻlsa, mazkur qiymat Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining mol-mulkni sotib olish sanasidagi kursi boʻyicha soliq hisoboti tuzilayotgan valyutaga qayta hisoblab chiqariladi. Soliq organlari soliq hisob-kitobi taqdim etilgan sanadan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida soliq agenti yoki uning vakolatli shaxsi nomiga soliq summasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining soliq hisobotini taqdim etish sanasidagi kursi boʻyicha milliy valyutadagi soliq summasini koʻrsatgan holda toʻlov xabarnomasini yoxud norezident tomonidan realizatsiya qilingan mol-mulkdan olingan soliq boʻyicha qarzdorlik yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani yozib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq sotib olingan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi roʻyxatdan oʻtkazilguniga (rasmiylashtirilguniga) qadar budjetga toʻlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organi soliq toʻlanganligi faktini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan sanadan eʼtiboran bir ish kuni ichida soliq agentiga yoki uning vakolatli shaxsiga soliq toʻlanganligi yoxud soliq boʻyicha qarzdorlik yoʻqligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma beradi, maʼlumotnoma olingan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazuvchi (rasmiylashtiruvchi) organga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Olinadigan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazuvchi (rasmiylashtiruvchi) organlar soliq organining maʼlumotnomasi taqdim etilgan taqdirdagina mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazishni (rasmiylashtirishni) amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda uchinchi — toʻqqizinchi qismlarining qoidalari aksiyalarni va investitsiya paylarini Oʻzbekiston Respublikasi qimmatli qogʻozlarining birjadagi va birjadan tashqari uyushgan bozorlarida realizatsiya qilish chogʻida qoʻllanilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aksiyalar va investitsiya paylari qimmatli qogʻozlarning birjadagi va birjadan tashqari uyushgan bozorida realizatsiya qilinganda Oʻzbekiston Respublikasining qimmatli qogʻozlari bozoridagi hisob-kitob — kliring palatasi soliq agenti deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq agenti aksiyalarning va investitsiya paylarining tuzilgan oldi-sotdi bitimlari boʻyicha savdolar yakunlari reyestri asosida hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish vaqtida realizatsiya qilingan aksiyalar (investitsiya paylari) qiymatidan va ushbu Kodeksning 353-moddasida belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda sotuvchining pul mablagʻlaridan soliqni ushlab qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq summasi pul mablagʻlarini aksiyalar va investitsiya paylari qiymatini toʻlash hisobiga bir vaqtning oʻzida sotuvchining hisobvaragʻiga pul mablagʻlari oʻtkazilgan holda toʻlov valyutasida budjetga toʻlanadi. Soliq agenti aksiyalar va investitsiya paylari sotuvchisining talabiga koʻra bitim va ushlab qolingan soliq summasi haqida maʼlumotnoma berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq agenti soliq hisobotini taqdim etish muddatlarida oʻzi soliq hisobiga qoʻyilgan joydagi soliq organiga soliq ushlab qolingan aksiyalar va investitsiya paylarining oldi-sotdisiga doir bitimlarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl boʻyicha reyestrini taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aksiyalar va investitsiya paylarini sotib olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, sotuvchi soliq agenti soliq hisobida turgan joydagi soliq organiga ortiqcha toʻlangan soliqni qaytarish toʻgʻrisida ariza taqdim etish huquqiga ega. Arizaga aksiyalarni va investitsiya paylarini realizatsiya qilish va sotib olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlarning koʻchirma nusxalari hamda soliq agenti tomonidan berilgan bitim va ushlab qolingan soliq summasi haqidagi maʼlumotnomaning koʻchirma nusxasi ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Norezidentlarning daromadlari boʻyicha ortiqcha toʻlangan soliq summasini qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
357-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha soliq solishdan ozod qilishning yoki pasaytirilgan soliq stavkalarini qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi (bitimi) qoidalarini qoʻllashning ushbu moddada belgilangan tartibi norezidentning ushbu Kodeksning 351-moddasida nazarda tutilgan daromadlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq agenti soliq solishdan ozod qilishni yoki pasaytirilgan soliq stavkasini, agar daromad oluvchi norezident Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi tuzilgan davlatning soliq rezidenti boʻlsa, mustaqil ravishda qoʻllash huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari daromad oluvchi tomonidan soliq agentiga soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjat daromadni toʻlash sanasidan kechiktirmay taqdim etilishi sharti bilan qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daromadlar norezidentga dividendlar, foizlar va (yoki) royalti tarzida toʻlanganda, basharti norezident ushbu daromadlarga boʻlgan huquqqa haqiqatda ega boʻlsa, soliq agenti Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida va ushbu Kodeksning 6-moddasida belgilangan qoidalarda nazarda tutilgan soliq solishdan ozod qilishni yoki pasaytirilgan soliq stavkasini qoʻllaydi. Soliq agenti norezidentdan ushbu norezident tegishli daromadni olishga boʻlgan huquqqa haqiqatda ega ekanligi tasdiqnomasini soʻrab olishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daromadlarni olish uchun haqiqiy huquqqa ega boʻlgan norezidentga ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan daromadlarni vositachi orqali toʻlashda soliq agenti daromadning bunday haqiqiy oluvchisi rezidenti boʻlgan davlat bilan tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan soliq solishdan ozod qilishni yoki norezident tomonidan daromadlarni toʻlashga asos boʻladigan qoʻshimcha shartnoma (kontrakt) va boshqa hujjatlar vositachi orqali haqiqiy oluvchi boʻlgan har bir shaxs boʻyicha daromad summasi aks ettirilganda uning pasaytirilgan stavkasini qoʻllashga haqli. Bunday hujjatlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismini (agar ular shaxsini tasdiqlovchi hujjatda koʻrsatilgan boʻlsa) yoki yuridik shaxsning nomini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) rezidentlik mamlakatida soliq roʻyxatidan oʻtkazilgan raqamini yoki shunga monand hujjat raqamini (mavjud boʻlgan taqdirda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) rezidentlik mamlakatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan raqamini (yoki shunga monand hujjat raqamini).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq agenti tomonidan ortiqcha ushlab qolingan soliq budjetga toʻlangan taqdirda, daromadning haqiqiy oluvchisi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalariga muvofiq uni qaytarib olish huquqiga ega. Ortiqcha ushlab qolingan soliqni norezidentga qaytarish ushbu Kodeksning 12-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Norezident tomonidan bitta yoki aloqador loyihalar doirasida xizmatlar koʻrsatishdan daromad olingan taqdirda, mazkur soliq agenti uchun ushbu moddani qoʻllash maqsadida soliq agenti norezident tomonidan doimiy muassasa tashkil etilganligi faktini aniqlaydi, shu jumladan xizmatlar koʻrsatish shartnomasi (kontrakti) asosida aniqlaydi. Norezident tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa tuzilganligi fakti aniqlangan taqdirda, soliq organi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalarini norezidentlarning daromadlarini soliq solishdan ozod etish qismi boʻyicha qoʻllashga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq agenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari qoʻllanilmagan taqdirda, soliq agenti ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va muddatlarda toʻlov manbaidan soliqni ushlab qolishi hamda oʻtkazishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
358-modda. Soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjatga qoʻyiladigan talablar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Norezident boʻlgan daromad oluvchi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi tuzilgan davlatning rezidenti ekanligini tasdiqlaydigan, quyidagi turlardan birida taqdim etilgan rasmiy hujjat ushbu boʻlim qoidalarini qoʻllash maqsadida soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjatdir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) norezident rezidenti boʻlgan chet davlatning vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan asl nusxa. Bunda shunday hujjatni berish konsullik legallashtirish amalga oshirilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda apostil qoʻyilgan holda bajariladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ushbu moddaning 1-bandi talablariga muvofiq boʻlgan hujjat asl nusxasining notarial tartibda tasdiqlangan koʻchirma nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) chet davlat vakolatli organining internet-resursida joylashtirilgan, soliq rezidentligini tasdiqlovchi elektron hujjatning qogʻozdagi nusxasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solish masalalarini tartibga soluvchi xalqaro shartnoma mavjud boʻlgan davlatda chet el banklari va xalqaro banklararo telekommunikatsiya tuzilmalariga chet el bankining yoki xalqaro banklararo telekommunikatsiya tizimining doimiy turgan joyi faktini tasdiqlash, agar bunday turgan joy hamma foydalana oladigan axborot manbalaridagi maʼlumotlar bilan tasdiqlansa, talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda legallashtirish quyidagi hollarda talab qilinmaydi, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjat chet davlat vakolatli organining internet-resursida joylashtirilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxs (shaxslar) imzosining va muhrining haqiqiyligini tasdiqlashning boshqacha tartibi belgilangan boʻlsa, yaʼni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) oʻzaro kelishib olish tartib-taomili doirasida Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organi va chet davlatning vakolatli organi oʻrtasida belgilangan boʻlsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Norezidentning soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjatda koʻrsatilgan davr mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnoma tuzgan davlatning soliq rezidenti deb norezident eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjatda soliq rezidentligi davri koʻrsatilmagan boʻlsa, bunday hujjat berilgan (chet davlat vakolatli organining internet-resursida joylashtirilgan) kalendar yil mobaynida norezident Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tuzgan davlatning soliq rezidenti deb eʼtirof etiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi / 07.10.02.05 (Кучини йукотган) Yakka tartibdagi tadbirkorlarni va boshqa fuqarolarni soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51-bob. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning daromadlariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
359-modda. Soliq solinadigan daromadlarni va chegiriladigan xarajatlarni hisobga olishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq davrida yakka tartibdagi tadbirkorlar, agar mazkur Kodeksning ushbu moddasida va 360-moddasining sakkizinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda soliq solinadigan daromadlarning va chegiriladigan xarajatlarning hisobini yuritishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlarida soliq solinadigan daromadlarning hamda amalga oshirilgan tovar operatsiyalarining hisobini yuritishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar soliq solinadigan daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlaridir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) chakana savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorning soliq solinadigan daromadlarini va tovar operatsiyalarini hisobga olish kitobi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) tovar cheklari kitobi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solinadigan daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlarining shakli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solinadigan daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari yakka tartibdagi tadbirkorning arizasi asosida yakka tartibdagi tadbirkor soliq hisobida turgan joydagi soliq organlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solinadigan daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari yakka tartibdagi tadbirkorda oxirgi yozuv kiritilgan paytdan eʼtiboran besh yil mobaynida saqlanadi hamda ularga raqamlar qoʻyilgan, ip oʻtkazib bogʻlangan va tegishli soliq organining muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
360-modda. Soliq solish obyektini va soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solish obyekti va soliq bazasi ushbu moddada nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda, mazkur Kodeksning 295 va 296-moddalarida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jami daromad yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan tadbirkorlik faoliyati doirasida olingan daromadlardan iborat boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxs oʻzining tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq bitimlarni tuzishda, agar bu bitimlarni tuzish vaziyatining oʻzidan aniq kelib chiqmasa, u yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat yuritayotganligini koʻrsatishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibdagi tadbirkorning jami daromadidan soliq bazasini aniqlashda, agar ushbu moddaning beshinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, mazkur Kodeksning 44-bobiga muvofiq chegirib tashlanmaydigan xarajatlardan tashqari soliq solinadigan daromadning olinishi bilan bogʻliq barcha xarajatlar chegirib tashlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amortizatsiya qilinadigan aktivlar boʻyicha amortizatsiya ajratmalari aktivdan tadbirkorlik faoliyatida foydalanilgan taqdirda va tadbirkorlik faoliyati bilan xarajatlarning aloqasi aniq asoslangan boʻlsa, jami daromaddan chegirib tashlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibdagi tadbirkor soliq bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini tanlashga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soddalashtirilgan tartibdagi soliq bazasi jami daromadning 25 foizi miqdorida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibdagi tadbirkor soliq bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini tanlaganda soliqni hisoblab chiqarish maqsadida xarajatlar hisobini yuritish majburiyatlaridan ozod qilinadi, bundan ushbu Kodeks 359-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini qoʻllash uchun soliq hisobida turgan joydagi soliq organiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan shakldagi bildirishnomani quyidagi muddatlarda taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yangidan roʻyxatdan oʻtkazilganlar — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish boshlanguniga qadar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) foyda soligʻini toʻlashga oʻtganlar, shu jumladan ixtiyoriy ravishda oʻtganlar — bir vaqtning oʻzida foyda soligʻini toʻlashga oʻtish toʻgʻrisidagi bildirishnomani soliq hisobida turgan joydagi soliq organiga yuborganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qolganlari — joriy yilning 25-yanvaridan kechiktirmay.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliq bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini qoʻllash quyidagi muddatlarda boshlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu modda toʻqqizinchi qismining 1-bandida koʻrsatilganlar uchun — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish boshlangan paytdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ushbu modda toʻqqizinchi qismining 2-bandida koʻrsatilganlar uchun — yakka tartibdagi tadbirkor foyda soligʻini toʻlashga oʻtish toʻgʻrisidagi bildirishnomani va soliq bazasini soddalashtirilgan tartibda hisoblab chiqarish haqidagi arizani soliq organiga taqdim etgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ushbu modda toʻqqizinchi qismining 3-bandida koʻrsatilganlar uchun — joriy yilning 1-yanvaridan boshlab.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibidan ixtiyoriy ravishda voz kechish va soliq bazasini hisoblab chiqarishning ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan umumiy tartibiga oʻtish kelgusi soliq davri boshlanganidan eʼtiboran amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasini hisoblab chiqarishning umumiy tartibiga oʻtish toʻgʻrisidagi bildirishnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda soliq davri boshlanishidan kamida bir oy oldin soliq hisobida turgan joydagi soliq organiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
361-modda. Soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solishda quyidagilar hisobga olinmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yakka tartibdagi tadbirkorning unga mulk huquqi asosida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yoʻl qoʻyuvchi boshqa ashyoviy huquq tufayli tegishli boʻlgan koʻchmas mulkni sotishdan olingan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinishi lozim boʻlgan daromadlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hamda yakka tartibdagi tadbirkor foyda soligʻini toʻlashga oʻtguniga qadar aylanmadan soliqni toʻlash davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
362-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va soliq hisobotini taqdim etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha soliq summasi yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mustaqil ravishda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot davri yakunlari boʻyicha soliq summasi, agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, soliq bazasining soliq stavkasiga muvofiq boʻlgan foizli ulushi sifatida soliq davri boshlanishidan eʼtiboran oshib boruvchi yakun tarzida hisoblab chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq hisoboti yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan har bir hisobot va soliq davri oʻtganidan keyin, soliq solinadigan obyektlar mavjudligi yoki mavjud emasligidan qatʼi nazar, soliq hisobida turgan joydagi soliq organiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq hisoboti yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisobot davri yakunlari boʻyicha — hisobot choragidan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq davri yakunlari boʻyicha — oʻtgan soliq davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
363-modda. Soliqni toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni toʻlash ushbu Kodeksning 340-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XIII BOʻLIM. JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIGʻI
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi / 07.10.02.01 (Кучини йукотган) Daromaddan soliq toʻlovchilar va soliqqa tortish obyektlari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52-bob. Soliq toʻlovchilar, soliq solish obyekti va soliq bazasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
364-modda. Soliq toʻlovchilar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining soliq toʻlovchilari deb (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) quyidagilar eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan jismoniy shaxslar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
365-modda. Soliq solish obyekti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining jami daromadi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining (bundan keyin ushbu boʻlimda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyekti deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
366-modda. Soliq bazasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasi quyidagilar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslar uchun — ushbu boʻlimda nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini hisobga olgan holdagi jami daromadlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslar uchun — ushbu boʻlimda nazarda tutilgan soliq imtiyozlari qoʻllanmagan holdagi jami daromadlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasini aniqlashda soliq toʻlovchining ham pul shaklida, ham natura shaklida olgan daromadlari yoki daromadlarni tasarruf etish uchun yuzaga kelgan huquqlari, shuningdek moddiy naf tarzidagi daromadlari hisobga olinadi. Bunda soliq toʻlovchining alohida turdagi daromadlari ushbu boʻlimda belgilangan shartlarda va tartibda jami daromad tarkibida hisobga olinishi yoki hisobga olinmasligi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining chet el valyutasida ifodalangan daromadlari, haqiqatda daromadlar olingan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha milliy valyutaga qayta hisob-kitob qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turli soliq stavkalari boʻyicha solinadigan soliq bazasi alohida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasi, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, soliq davri boshidan eʼtiboran oʻsib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasi nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining ushbu Kodeksning VII boʻlimiga va 208-moddasiga muvofiq aniqlanadigan yigʻma foydasini ham oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasiga ushbu boʻlimda belgilangan hollarda va tartibda tuzatish kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning VI boʻlimida nazarda tutilgan hollarda soliq toʻlovchining daromadlariga ushbu Kodeksning 20-bobida nazarda tutilgan tartibda tuzatish kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq toʻlovchining daromadidan uning oʻz farmoyishiga, sudning yoki boshqa organlar va tashkilotlarning qaroriga koʻra ushlab qolishlar amalga oshirilsa, bunday ushlab qolishlar soliq bazasini kamaytirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
367-modda. Daromad olingan sana
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu boʻlimning maqsadida daromad olingan sana quyidagicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) daromadni toʻlash kuni, shu jumladan daromadni soliq toʻlovchining banklardagi hisobvaraqlariga oʻtkazish yoki daromadlar pul shaklida olinganda — daromadni soliq toʻlovchining topshirigʻiga koʻra uchinchi shaxslarning hisobvaraqlariga oʻtkazish kuni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) daromadlar natura shaklida olinganda — daromadlarni natura shaklida berish kuni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) daromadlar moddiy naf tarzida olinganda — tovarlarni (xizmatlarni), qimmatli qogʻozlarni sotib olish kuni. Agar sotib olingan qimmatli qogʻozlarga haq toʻlash ushbu qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulk huquqi soliq toʻlovchiga oʻtganidan keyin amalga oshirilsa, daromadning haqiqatda olingan sanasi sotib olingan qimmatli qogʻozlarning qiymatiga tegishli toʻlovni toʻlash kuni sifatida aniqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) bir turdagi qarama-qarshi talablarni hisobga olish kuni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) belgilangan tartibda soliq agenti tomonidan umidsiz qarz hisobdan chiqarilgan kun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) xodim safardan qaytganidan keyin boʻnak hisobot tasdiqlangan oyning oxirgi kuni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnatga haq toʻlash tarzida daromad olinganda bunday daromadning olingan sanasi deb, soliq toʻlovchiga mehnat shartnomasi (kontrakti) asosida mehnat majburiyatlarini bajarganligi uchun, unga daromadlar hisoblangan oyning oxirgi kuni eʼtirof etiladi, shuningdek mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ish qidirish davriga kompensatsiya toʻlangan sana eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kalendar oy tugaguniga qadar mehnat munosabatlari bekor qilingan taqdirda, soliq toʻlovchi tomonidan mehnatga haq toʻlash tarzida olingan daromadning haqiqatda olingan sanasi deb unga daromad hisoblangan oxirgi ish kuni eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi foydasining summasi tarzidagi daromadlar uchun daromadning haqiqatda olingan kuni deb chet el kompaniyasi yoki tuzilmasi roʻyxatdan oʻtkazilgan mamlakatning qonun hujjatlariga muvofiq moliya yili uchun moliyaviy hisobot tuziladigan davrning tugallanish sanasi toʻgʻri keladigan kalendar yildan keyingi soliq boʻyicha soliq davrining oxirgi sanasi eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi roʻyxatdan oʻtkazilgan mamlakatning qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etish majburiyatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, bunday kompaniya foydasining summasi tarzidagi daromadning haqiqatda olingan sanasi deb foyda aniqlanadigan kalendar yilidan keyingi kalendar yilning oxirgi kuni eʼtirof etiladi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi / 07.10.02.02 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslarning yillik jami daromadi / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53-bob. Jami daromad
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
368-modda. Jami daromad
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu boʻlimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, jami daromad soliq toʻlovchi tomonidan hisobot (soliq) davri davomida olingan quyidagi daromadlardan tashkil topadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari uchun — Oʻzbekiston Respublikasidagi va uning tashqarisidagi manbalardan olingan daromadlardan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari uchun — Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlardan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
369-modda. Jami daromadga kiritilmaydigan daromadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar jami daromad tarkibiga kiritilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga va davlat pul mukofotlariga sazovor boʻlgan soliq toʻlovchi olgan bir yoʻla beriladigan davlat pul mukofoti yoki shunga teng bahodagi esdalik sovgʻalarining qiymati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida bir yoʻla beriladigan pul mukofoti va sovgʻalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) davlat pensiyalari, qonun hujjatlarida belgilangan nafaqalar, bundan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi (oilaning betob aʼzosini parvarish qilish boʻyicha nafaqa) mustasno;
(369-modda birinchi qismining 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi OʻRQ-646-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son — 2020-yil 1-apreldan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga ham tatbiq etiladi.)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallari, ular boʻyicha foizli daromadlar, shuningdek jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) Oʻzbekiston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan chiqarilgan xalqaro obligatsiyalar boʻyicha daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq agentlarining ushbu Kodeksning 386-moddasida nazarda tutilgan jismoniy shaxs foydasiga amalga oshiradigan quyidagi xarajatlariga soliq toʻlovchining daromadi sifatida qaralmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) mehnat sharoitlari noqulay boʻlgan ishlarda band boʻlgan xodimlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan shoʻr suv, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan taʼminlash boʻyicha xarajatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar, shu jumladan aʼzolik badallari hisobidan kasaba uyushmasi aʼzolariga beriladigan moddiy yordam, bundan kasaba uyushmasi qoʻmitasining xodimlariga mehnat vazifalarini bajarganlik uchun beriladigan pul mukofotlari va boshqa toʻlovlar mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) favqulodda holatlar munosabati bilan yetkazilgan zararlar summasi doirasida beriladigan moddiy yordam summalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) xodimlarni ish joyiga olib borish va olib qaytish boʻyicha xarajatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) diniy rasm-rusumlar va marosimlarni, bayram tantanalarini oʻtkazish, vakillik xarajatlari, shahar yoʻlovchilar transportida xodimlarning xizmat qatnovlari uchun foydalaniladigan yoʻl kartochkalarini olish, shuningdek yuridik shaxsning xodimlarning mehnat va dam olish sharoitlarini taʼminlash bilan bogʻliq hamda muayyan jismoniy shaxslarning daromadi hisoblanmaydigan boshqa xarajatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) xodimga xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur boʻlgan maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, formali kiyim-bosh berish xarajatlari yoki ularni pasaytirilgan baholarda sotish munosabati bilan qilingan xarajatlar, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ayrim toifadagi xodimlarni oʻz xizmat vazifalarini bajarishi chogʻida oziq-ovqat bilan taʼminlash boʻyicha xarajatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) xodim boshqa joyga ishga oʻtkazilganda yoxud koʻchib borganda koʻchish, mol-mulkini koʻchirib borish, joy ijarasi (yoʻl xarajatlari uchun beriladigan pul) bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash yoki bu xarajatlarning oʻrnini qoplash xarajatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) xizmat safarlariga oid quyidagi kompensatsiya toʻlovlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tasdiqlovchi hujjatlar asosida xizmat safari joyiga borish va u yerdan qaytib kelish uchun, shu jumladan joy band qilish uchun haq toʻlashni qoʻshgan holda haqiqatda amalga oshirilgan toʻlovlar. Yoʻl hujjatlari boʻlmagan taqdirda, temir yoʻl transportidagi (agar temir yoʻl qatnovi boʻlmasa, shaharlararo avtobusdagi) yoʻl haqi qiymati miqdorida, lekin aviachipta qiymatining 30 foizidan oshmaydigan miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uy-joyni ijaraga olish boʻyicha haqiqatda amalga oshirilgan toʻlovlar. Yashaganligini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmagan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan normalar doirasida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
doimiy ishi yoʻlda kechadigan, harakatlanish va (yoki) qatnov tusiga ega boʻlgan, shuningdek vaxta usulida ishlarni bajarishda xodimga kompensatsiya toʻlovlari (kompensatsiyalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xizmat ishlarida shaxsiy avtomobildan foydalanganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari (kompensatsiyalar), bundan xizmat safarlari mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dala taʼminoti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va normalar boʻyicha boshqa kompensatsiya toʻlovlari (kompensatsiyalar), bundan ushbu Kodeksning 373 va 377-moddalarida koʻrsatilganlari mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) mehnatda mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik bilan bogʻliq zararning oʻrnini qoplash boʻyicha quyidagi miqdordagi toʻlovlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jabrlanuvchi mehnatda mayib boʻlguniga qadar olgan oʻrtacha oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobidagi, uning kasbga oid mehnat qobiliyatini yoʻqotganlik darajasiga muvofiq belgilanadigan har oylik toʻlovlar (voyaga yetmagan shaxs mehnatda mayib boʻlib qolgan taqdirda, zararning oʻrni uning ish haqi (daromadi) miqdoridan kelib chiqqan holda, lekin qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,76 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda qoplanadi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus tibbiy parvarishga muhtoj jabrlanuvchilarga qoʻshimcha xarajatlar uchun oyiga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 70,3 foizi miqdoridagi toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jabrlanuvchining maishiy parvarishi uchun qoʻshimcha xarajatlar tariqasida har oyda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 17,6 foizi miqdoridagi toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimning sogʻligʻiga shikast yetkazilganligi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa tariqasida jabrlanuvchining yillik oʻrtacha ish haqi miqdoridagi toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan quyidagi miqdordagi toʻlovlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
marhumning oʻrtacha ish haqining vafot etgan boquvchining qaramogʻida boʻlgan va uning vafoti munosabati bilan zararni undirishga haqli boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga toʻgʻri keladigan ulushi miqdoridagi toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirishga haqli boʻlgan shaxslarga bir yoʻla toʻlanadigan nafaqa tariqasida marhumning oʻrtacha yillik ish haqining olti baravari miqdoridagi toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) talabalarning taʼlim olishi uchun Oʻzbekiston Respublikasining oliy oʻquv yurti bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha pulli-kontrakt asosida oʻtkaziladigan toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) xodimlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash xarajatlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) soliq toʻlovchining mijozlarning tovarlar va xizmatlarni sotib olish faolligini oshirishga qaratilgan va bonuslar (ballar, mijozni ushbu tashkilotlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olish faolligini belgilovchi boshqa birliklar) hisoblanishini nazarda tutuvchi dasturlarda ishtiroki natijasida ushbu dasturda belgilangan asoslar boʻyicha olingan pul va natura shaklidagi daromadlari. Daromadlar soliq toʻlovchining jami daromadiga quyidagi hollarda qoʻshiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻlovchining ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan dasturlarda ishtirok etishi ochiq oferta shartlarisiz amalga oshirilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻlovchi ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan mamlakatimizdagi va chet el tashkilotlarining dasturlariga, ularda aksept muddati oʻttiz kundan kam va (yoki) ularda ommaviy ofertani muddatidan oldin chaqirib olish imkoniyati nazarda tutilgan shartlar asosidagi ochiq ofertaga qoʻshilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan tashkilotchi bilan lavozim majburiyatlarini bajarishda mehnat munosabatlarida boʻlgan, shuningdek soliq toʻlovchi tomonidan tovarlar yetkazib berganlik (ishlar bajarganlik, xizmatlar koʻrsatganlik) uchun haq (mukofot) yoki moddiy yordam sifatidagi toʻlov shaklidagi daromad toʻlanganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari, xayriya, ekologiya jamgʻarmalari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalar tomonidan koʻrsatilgan yordam:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ustavda nazarda tutilgan faoliyat doirasida bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davolash va tibbiy xizmatlar qiymati, nogironlarni profilaktika va reabilitatsiya qilish uchun texnik asbob-uskunalar olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxsning manfaatlarini koʻzlab, tovarlar va xizmatlarni yetkazib beruvchidan olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xayriya maqsadida boshqa shakllarda qoʻllab-quvvatlash (bundan pul shaklida qoʻllab-quvvatlash mustasno).
(369-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi OʻRQ-646-sonli Qonuniga asosan 15-band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son — 2020-yil 1-apreldan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga ham tatbiq etiladi.)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
370-modda. Jami daromadning tarkibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar jami daromadga kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu Kodeksning 371-moddasiga muvofiq mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ushbu Kodeksning 375-moddasiga muvofiq mulkiy daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ushbu Kodeksning 376-moddasiga muvofiq moddiy naf tarzidagi daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ushbu Kodeksning 377-moddasiga muvofiq boshqa daromadlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
371-modda. Mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda boʻlgan va tuzilgan mehnat shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan xodimlarga hisoblanadigan hamda toʻlanadigan quyidagi barcha toʻlovlar mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar deb eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnatga haq toʻlashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlardan, tarif stavkalaridan va mansab maoshlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan, haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy daraja va faxriy unvon uchun ustamalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Kodeksning 372-moddasiga muvofiq ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Kodeksning 373-moddasiga muvofiq kompensatsiya toʻlovlari (kompensatsiya);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Kodeksning 374-moddasiga muvofiq ishlanmagan vaqt uchun haq toʻlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
haqiqatda bajarilgan ish uchun haq hisoblangan boshqa toʻlovlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar jumlasiga quyidagilar ham kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
predmeti ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan iborat boʻlgan, tuzilgan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalarga muvofiq jismoniy shaxslarga toʻlovlar (bundan yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki boshqa shunga oʻxshash organi) aʼzolariga yuridik shaxsning oʻzi tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatining, harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining va boshqa harbiy xizmat nazarda tutilgan idoralar xodimlariga xizmatni oʻtashi (xizmat majburiyatlarini bajarishi) munosabati bilan toʻlanadigan pul taʼminoti, pul mukofotlari va boshqa toʻlovlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay boʻlgan joylardagi ishlar bilan bogʻliq qoʻshimcha toʻlovlar (ish staji uchun ustamalar, baland togʻli, choʻl va suvsiz hududlarda ishlaganlik uchun belgilangan koeffitsiyentlar boʻyicha toʻlovlar). Bunda yuridik shaxslar xodimlarining choʻl va suvsiz joylarda, baland togʻli va tabiiy-iqlim sharoiti noqulay hududlarda ishlaganlik uchun ish haqiga koeffitsiyentlar hisoblashning eng yuqori summasini aniqlash hisoblash sanasida belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdorida belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar roʻyxati boʻyicha ogʻir, zararli, oʻta zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan shunday sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ish haqiga ustamalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ish vaqtidan tashqari, dam olish kunlarida va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishlaganlik uchun tarif stavkalariga hamda maoshlarga ustamalar va qoʻshimcha toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) koʻp smenali rejimda ishlaganlik, shuningdek bir necha kasbda, lavozimda ishlaganlik, xizmat koʻrsatish doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmi ortganligi, oʻzining asosiy ishi bilan bir qatorda ishda vaqtincha boʻlmagan xodimlarning vazifalarini bajarganlik uchun ustamalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) doimiy ishi yoʻlda kechadigan, harakatlanish va (yoki) qatnov tusiga ega boʻlgan xodimlarning, shuningdek doimiy ishi ishlarning vaxta usulida bajarilishini nazarda tutadigan xodimlarning ish haqiga qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha toʻlanadigan ustamalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) ish beruvchi joylashgan yerdan (yigʻilish punktidan) ishlash joyigacha borish va u yerdan qaytish uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan ishlar vaxta usulida bajarilgan holda yoʻlga ketadigan kunlar, shuningdek xodimlar meteorologik sharoitlar sababli va transport tashkilotlarining aybi bilan yoʻlda ushlanib qolgan kunlar uchun tarif stavkasi yoki maosh miqdorida toʻlanadigan summalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) yer osti ishlarida doimiy band boʻlgan xodimlarga ularning stvoldan ishlash joyiga borish va u yerdan qaytish uchun shaxtada (konda) harakatlanishining meʼyoriy vaqti uchun toʻlanadigan qoʻshimcha haqlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha dala taʼminoti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) ishlar vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti umumlashtirilgan holda hisobga olinayotganda va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ish vaqtining belgilangan davomiyligidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish kunlari (otgullar) uchun toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) xizmat safarlari uchun xodimning shaxsiy avtomobilidan yoki xizmat maqsadlari uchun uning boshqa mol-mulkidan qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha foydalanganlik uchun toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) mehnatda mayib boʻlganlik yoki sogʻliqqa boshqacha tarzda shikast yetganlik bilan bogʻliq zararning oʻrnini qoplash uchun ushbu Kodeks 369-moddasi ikkinchi qismining 10-bandida koʻrsatilgan miqdorlardan ortiqcha olingan summalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) yillik asosiy (uzaytirilgan asosiy) taʼtil uchun toʻlov, shuningdek ushbu taʼtildan foydalanilmaganda, shu jumladan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda pullik kompensatsiya toʻlovi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) noqulay va oʻziga xos mehnat sharoitlarida, shuningdek ogʻir va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganligi uchun ayrim tarmoqlarning xodimlariga beriladigan qoʻshimcha taʼtil uchun toʻlov;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) oʻqish bilan bogʻliq taʼtil va ijodiy taʼtillar uchun toʻlov;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) oʻn ikki yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolasi bor ayollarga berilgan qoʻshimcha taʼtil uchun toʻlov;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) asosiy ish haqi qisman saqlab qolingan holda majburiy taʼtilda boʻlgan xodimlarga beriladigan toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) donor xodimlarga koʻrikdan oʻtish, qon topshirish va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun toʻlov;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganlik uchun mehnatga toʻlov;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) qishloq xoʻjaligi va boshqa ishlarga jalb qilinadigan xodimlarning asosiy ish joyi boʻyicha saqlab qolinadigan ish haqi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) maʼlum muddatga avvalgi ish joyi boʻyicha lavozim maoshi miqdori saqlab qolingan holda boshqa yuridik shaxslardan ishga joylashtirilgan, shuningdek vaqtinchalik vazifani bajarib turgan xodimlarga maoshdagi farq toʻlovi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) xodimlarga kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida ishdan ajralgan holda oʻqishlari vaqtida asosiy ish joyi boʻyicha ularga toʻlanadigan ish haqi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqt uchun toʻlov;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) mehnat layoqatini vaqtincha yoʻqotgan xodimlarga qoʻshimcha toʻlov;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) qonun hujjatlariga muvofiq yoki ish beruvchining qarori bilan majburiy progul vaqti uchun yoki kam haq toʻlanadigan ishni bajarganlik uchun toʻlov;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning imtiyozli soatlariga, onalarga bolani ovqatlantirishi uchun ishda beriladigan tanaffuslarga, shuningdek tibbiy koʻrikdan oʻtish bilan bogʻliq vaqt uchun toʻlov;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) asosiy ishidan ozod qilingan va ozod qilinmagan holda xodimlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun hamda oʻquvchilar va talabalarning ishlab chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilish uchun jalb qilinadigan yuqori malakali xodimlari mehnatiga toʻlov;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) ish beruvchining mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan pensiyalar va nafaqalarga qoʻshimchalar, stipendiyalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) oliy oʻquv yurtini tamomlaganidan keyin yosh mutaxassislarga taʼtil vaqti uchun ish beruvchi hisobidan toʻlanadigan nafaqalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
375-modda. Mulkiy daromadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulkiy daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) foizlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) dividendlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) soliq toʻlovchiga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar. Mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Mazkur qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, mol-mulkni realizatsiya qilish qiymati, koʻchmas mulk boʻyicha esa – kadastr qiymati hamda realizatsiya qilish narxi oʻrtasidagi ijobiy farq daromad deb eʼtirof etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) sanoat mulki obyektlariga, seleksiya yutugʻiga oid patent (litsenziya) egasi boʻlgan soliq toʻlovchining patentdan boshqa shaxs foydasiga voz kechganda yoki litsenziya shartnomasi tuzganda olgan daromadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) royalti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulk boʻyicha ishonchli boshqaruvchidan olingan daromad;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) ushbu Kodeksning 324-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadigan REPO operatsiyalari boʻyicha daromad;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) ushbu Kodeksning 327 — 329-moddalarida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadigan, qimmatli qogʻozlar va (yoki) muddatli bitimlarning hosila moliyaviy vositalari bilan operatsiyalar boʻyicha daromad;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) ushbu Kodeksning VII boʻlimida belgilangan hollarda va tartibda nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foyda tarzidagi daromadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) ushbu Kodeksning 319-moddasiga muvofiq aniqlanadigan, oddiy shirkat shartnomasiga (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaga) muvofiq ishtirok etishdan olingan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) ushbu moddaning 1 — 11-bandlarida koʻrsatilmagan mulkiy xususiyatga ega boshqa daromadlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
376-modda. Moddiy naf tarzidagi daromadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi tomonidan moddiy naf tarzida olingan daromadlar, agar ushbu Kodeks 369-moddasining ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻlovchilarga berilgan uy-joyning kommunal xizmatlar haqini, uy-joydan foydalanish xarajatlarini, yotoqxonadagi joylar haqini yoki ularning oʻrnini qoplash qiymatini toʻlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanatoriy-kurortlarda davolanish yoʻllanmalari qiymatini, dam olish, statsionar va ambulator davolanish haqini yoki ularning oʻrnini qoplash qiymatini toʻlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq agentining soliq toʻlovchi daromadi boʻlgan boshqa xarajatlarini toʻlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soliq toʻlovchining manfaatlarini koʻzlab tekin, shu jumladan hadya shartnomasi boʻyicha berilgan mol-mulkning va koʻrsatilgan xizmatlarning qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) tovarlarni (xizmatlarni) soliq toʻlovchilarga realizatsiya qilish narxi hamda shu tovarlarning (xizmatlarning) ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan qiymati oʻrtasidagi salbiy farq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarga temir yoʻl, aviatsiya, daryo, avtomobil transporti va shahar elektr transportida yurish boʻyicha beriladigan imtiyozlar summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) jismoniy shaxsning soliq agenti oldidagi qarzining yuridik shaxs qarori bilan hisobdan chiqarilgan summalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) soliq agenti tomonidan toʻlovlar hisobiga toʻlanib, soliq toʻlovchidan ushlab qolinishi lozim boʻlgan, lekin ushlab qolinmagan summalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi tomonidan soliq agentidan tovarlar (xizmatlar) olingan taqdirda, ushbu tovarlarning (xizmatlarning) qiymati ularni sotib olish narxidan yoki tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi tomonidan soliq agentidan aksiz toʻlanadigan tovarlar yoki qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadigan tovarlar (xizmatlar) olingan taqdirda, bunday tovarlarning (xizmatlarning) qiymatida aksiz soligʻining va qoʻshilgan qiymat soligʻining tegishli summasi hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
377-modda. Boshqa daromadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchining boshqa daromadlariga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, xayriya va ekologiya jamgʻarmalari tomonidan soliq toʻlovchilarga beriladigan nafaqalar hamda boshqa turlardagi yordam;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) hayvonlarni (qoramollarni, parrandalarni, moʻynali va boshqa hayvonlarni, baliqlarni va boshqalarni) tirik holda hamda ularni soʻyib, mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda sotishdan, ipak qurtini, chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olingan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomalari boʻyicha) olingan mol-mulkning, mulkiy huquqlarning qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) musobaqalarda, koʻriklarda, tanlovlarda sovrinli oʻrinlar uchun beriladigan sovrinlar, pul mukofotlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) yutuqlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) grant beruvchidan olingan grantlarning, shu jumladan chet davlatlar grantlarining summalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) soliq toʻlovchilarning yaratilgan ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlari (predmetlari) uchun olgan daromadlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) xalqaro sport musobaqalaridagi sovrinli oʻrinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yoʻla beriladigan pul mukofoti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi (kontrakti) bekor qilinganda mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq beriladigan ishdan boʻshatish nafaqasi va boshqa toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) quyidagicha koʻrsatiladigan moddiy yordam:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vafot etgan xodimning oila aʼzolariga yoki oila aʼzosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga koʻrsatiladigan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimga mehnatda mayib boʻlganligi, kasb kasalligi yoxud sogʻligʻiga boshqacha tarzda shikast yetganligi bilan bogʻliq holda koʻrsatiladigan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bola tugʻilishi, xodim yoki uning farzandlari nikohdan oʻtishi munosabati bilan koʻrsatiladigan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablagʻlar berish tarzida koʻrsatiladigan moddiy yordam;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) ishlamaydigan pensionerlarga soliq agenti tomonidan toʻlanadigan toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) maʼnaviy zararni kompensatsiya qilish boʻyicha pullik toʻlovlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) ushbu Kodeksning VI boʻlimida belgilangan hollarda va tartibda narxlarga tuzatish kiritish tufayli olingan daromad;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) ushbu Kodeksning 300-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadigan talab qilish huquqidan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha olingan daromad;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15) soliq toʻlovchining ushbu Kodeksning 371 — 376-moddalarida koʻrsatilmagan boshqa daromadlari.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi / 07.10.02.04 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54-bob. Soliq imtiyozlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
378-modda. Soliq solinmaydigan daromadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagi daromad turlariga soliq solinmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) moddiy yordam summalari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vafot etgan xodimning oila aʼzolariga yoki oila aʼzosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam summalari — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 4,22 baravarigacha miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Kodeksning 377-moddasida koʻrsatilgan boshqa hollarda, — soliq davri uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 4,22 baravarigacha miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soliq agenti tomonidan quyidagi yoʻllanmalar qiymatini toʻliq yoki qisman qoplash summalari, bundan turistik yoʻllanmalar mustasno:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan sanatoriy-kurort va sogʻlomlashtirish muassasalariga yoʻllanmalar qiymatini nogironligi boʻlgan shaxslarga, shu jumladan ushbu ish beruvchida ishlamaydigan nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻliq yoki qisman qoplash summalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan bolalar oromgohlari va boshqa sogʻlomlashtirish oromgohlari, shuningdek sanatoriy-kurort hamda sogʻlomlashtirish muassasalariga oʻz xodimlarining oʻn olti yoshgacha bolalari (oʻqiydiganlarga — oʻn sakkiz yoshgacha) uchun yoʻllanmalar qiymatini toʻliq yoki qisman qoplash summalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) oʻz xodimlariga hamda ularning bolalariga ambulatoriya va (yoki) statsionar tibbiy xizmat koʻrsatilganligi uchun ish beruvchi tomonidan toʻlangan summalar, shuningdek ish beruvchining davolashga hamda tibbiy xizmat koʻrsatishga, nogironlik profilaktikasi va nogironligi boʻlgan shaxslarning salomatligini tiklashga doir texnik vositalarni olishga oid xarajatlari. Xodimlarni davolaganlik, ularga tibbiy xizmat koʻrsatganlik uchun ish beruvchilar tomonidan sogʻliqni saqlash muassasalariga naqd pulsiz haq toʻlangan taqdirda, shuningdek sogʻliqni saqlash tashkilotlari tomonidan yozib berilgan hujjatlar asosida ushbu maqsadlar uchun moʻljallangan naqd pul mablagʻlari bevosita xodimga, xodim yoʻqligida esa — uning oila aʼzolariga, ota-onasiga berilgan yoki mazkur maqsadlar uchun moʻljallangan mablagʻlar xodimning bankdagi hisobvaragʻiga kiritilgan taqdirda, bu daromadlar soliq solishdan ozod qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga ishlash uchun yuborilishi munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan summalar doirasida budjet tashkilotlaridan chet el valyutasida olingan ish haqi summalari va boshqa summalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishdan olingan daromadlar, agar bunday ishlarga yollash vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazlari koʻmagida amalga oshirilayotgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) xalqaro sport musobaqalarida sovrinli oʻrinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yoʻla beriladigan pul mukofoti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) soliq toʻlovchilarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mol-mulkni sotishdan olinadigan daromadlar, bundan quyidagilarni sotishdan olingan daromadlar mustasno:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatli qogʻozlarni (bundan fond birjasida realizatsiya qilinadigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar mustasno), yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini (paylarini);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
noturar joylarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻttiz olti kalendar oydan kam muddatda soliq toʻlovchining mulkida boʻlgan turar joylarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) uy xoʻjaligida, shu jumladan dehqon xoʻjaligida yetishtirilgan hayvonlarni (qoramollarni, parrandalarni, moʻynali va boshqa hayvonlarni, baliqlar va hokazolarni) tirik holda hamda ularni soʻyib mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda sotishdan (bundan sanoatda qayta ishlash mustasno) chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olinadigan daromadlar, bundan manzarali bogʻdorchilik (gulchilik) mahsulotlari mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) xalqaro hamda respublika tanlovlari va musobaqalarida olingan buyum tarzidagi sovrinlarning qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) ish beruvchidan soliq davri mobaynida mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2,11 baravarigacha boʻlgan qiymatdagi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlar natura shaklida olgan sovgʻalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilgari mazkur ish beruvchining xodimlari boʻlgan ishlamayotgan pensionerlar va mehnat qobiliyatini yoʻqotgan shaxslar, vafot etgan xodimning oila aʼzolari tomonidan olingan sovgʻalar hamda boshqa turlardagi yordam;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) jismoniy shaxslardan meros yoki hadya tartibida, shuningdek tekinga olingan pul va natura shaklidagi daromadlar, bundan quyidagilar mustasno:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlarining, adabiyot hamda sanʼat asarlari ijrochilarining, shuningdek kashfiyotlar, ixtirolar va sanoat namunalari mualliflarining merosxoʻrlariga (huquqiy vorislariga) toʻlanadigan pul mukofotlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yaqin qarindosh boʻlmagan shaxslar oʻrtasidagi koʻchmas mulk, avtotransport vositalari, qimmatli qogʻozlar, yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) ulushlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) davlat zayomining obligatsiyalari boʻyicha yutuqlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari boʻyicha foizlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) jamgʻarma sertifikatlari, davlat qimmatli qogʻozlari boʻyicha daromadlar, shuningdek banklardagi omonatlar boʻyicha foizlar va yutuqlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14) nodavlat notijorat tashkilotlaridan, xalqaro hamda chet el tashkilotlari va fondlaridan, shuningdek vakolatli organning xulosasi mavjud boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining ilmiy-texnika hamkorligi sohasidagi xalqaro shartnomalari doirasida soliq toʻlovchi grant beruvchidan bevosita olgan grantning summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15) soliq toʻlovchilarning ish haqi va boshqa daromadlarining hayotni uzoq muddatli sugʻurtalash (hayot sugʻurtasi sohasining barcha toifalarida) boʻyicha sugʻurta mukofotlarini toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasida sugʻurta faoliyatini amalga oshirishga litsenziyasi boʻlgan yuridik shaxslarga yoʻnaltiriladigan qismi, quyidagi shartlarda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sugʻurta badallari oʻsib bormaydigan tartibda toʻlanganda va bir yoʻla toʻlanadigan sugʻurta summasi shartnoma boʻyicha sugʻurta davri boshlanishi sanasidan 12 oydan soʻng olinganda. Sugʻurtalangan shaxsning muayyan yoshgacha yashashi yoki hayotni uzoq muddatli sugʻurtalash shartnomasida koʻrsatilgan muddatdan boshqacha tarzdagi sugʻurta hodisasi sodir boʻlgan taqdirda, sugʻurta summasi ushbu koʻrsatilgan shartlarga amal qilmagan holda toʻlanishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma boʻyicha sugʻurta davri boshlanish sanasidan kamida 12 oydan soʻng renta (annuitet) olinganda va rentani (annuitetni) toʻlash sanasida shartnoma boʻyicha haqiqatda jamlangan mablagʻlar (zaxira) summasi koʻrsatib oʻtilgan rentaning (annuitetning) toʻrt baravaridan kam boʻlmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
renta (annuitet) toʻlash shartnoma boʻyicha sugʻurta davri boshlanishi sanasidan 12 oy oʻtmasdan boshlanganda, bunda dastlabki rentani (annuitetni) toʻlash boshlanadigan vaqtda haqiqatda toʻlangan sugʻurta badallari summasi shartnoma boʻyicha sugʻurta mukofotining yillik miqdoridan kam boʻlmasligi kerak va rentalarni (annuitetlarni) toʻlash sanasiga haqiqatda jamlangan mablagʻlar (zaxira) summasi koʻrsatib oʻtilgan rentaning (annuitetning) toʻrt baravaridan kam boʻlmaganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur bandning shartlari buzilganda yoxud shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda va sugʻurtachi sugʻurta badalini toʻliq yoki qisman qaytarganda, qaytarilgan sugʻurta badali sugʻurtachi tomonidan soliqqa tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16) soliq toʻlovchining quyidagilarga yoʻnaltiriladigan, soliq solinishi lozim boʻlgan ish haqi va boshqa daromadlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olish (oʻzining, yigirma olti yoshga toʻlmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) taʼlim olishi) uchun toʻlov;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq bazasining 50 foizidan oshmagan holda, metsenatlik koʻmagini koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olingan ipoteka kreditlarini va ular boʻyicha hisoblangan foizlarni soliq davri davomida jami oʻn besh million soʻmgacha boʻlgan miqdorda qoplashga, basharti yakka tartibdagi uy-joyning yoki koʻp qavatli uydagi xonadonning qiymati uch yuz million soʻmdan oshmasa hamda u dastlabki badalning va (yoki) ipoteka krediti boʻyicha foizlarning bir qismini qoplash uchun budjetdan ajratilgan subsidiyalarni hisobga olgan holda olingan boʻlsa. Mazkur imtiyoz qarz oluvchiga va birga qarz oluvchilarga, imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgan barcha soliq toʻlovchilarga berilgan, soliq solinishi lozim boʻlgan daromadlarni kamaytirish summasi soliq davri davomida jami oʻn besh million soʻmdan oshmagan taqdirda, tatbiq etiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankidagi ixtiyoriy ravishda shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17) jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomalari boʻyicha) olingan ulushlar, paylar va aksiyalar tarzidagi daromadlar, agar bu ulushlarni, paylarni va aksiyalarni berish yaqin qarindoshlar oʻrtasida amalga oshirilsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs tashkil etmagan chet el tuzilmasiga nisbatan yoki qaysi chet el yuridik shaxsi uchun roʻyxatdan oʻtish mamlakatining qonun hujjatlariga muvofiq kapitalda ishtirok etish nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻsha chet el yuridik shaxsiga nisbatan nazorat qilish huquqi, agar bunday huquqlar ularni bir oilaning aʼzolari va (yoki) yaqin qarindoshlar boʻlgan shaxslar oʻrtasida oʻtkazish natijasida olingan boʻlsa, daromad olish yoki daromadni tasarruf etish huquqining yuzaga kelishi deb eʼtirof etilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18) paxta yigʻim-terimi boʻyicha qishloq xoʻjaligi ishlariga jalb qilinadigan soliq toʻlovchilarning bu ishlarni bajarganlik uchun olgan daromadlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19) soliq toʻlovchi boʻlgan qimmatbaho metallar qidiruvchilarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qazib olish yoʻli bilan ega boʻlgan qimmatbaho metallarni realizatsiya qilishdan olgan daromadlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari, xayriya va ekologiya jamgʻarmalari tomonidan soliq toʻlovchilarga beriladigan nafaqalar, shuningdek pul mablagʻlari tarzidagi yordamning boshqa turlari, biroq soliq davri mobaynida oʻn besh million soʻmdan oshmagan holda;
(378-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi OʻRQ-646-sonli Qonuniga asosan 20-band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son — 2020-yil 1-apreldan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga ham tatbiq etiladi.)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
379-modda. Jismoniy shaxslarni soliq solishdan ozod etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilarning daromadlariga soliq solinmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) chet davlatlar diplomatik vakolatxonalarining boshliqlari va xodimlari, konsullik muassasalarining mansabdor shaxslari, ularning oʻzlari bilan birga yashaydigan oila aʼzolari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlmasa — Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) chet davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining maʼmuriy-texnik xodimlari hamda ularning oʻzlari bilan birga yashaydigan oila aʼzolari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, — Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) chet davlatlarning diplomatik vakolatxonalariga, konsullik muassasalariga xizmat koʻrsatadigan xodimlar tarkibiga kirgan shaxslar, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamasa — oʻz xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) chet davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining uylarida ishlovchilar, agar ular Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlmasa yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamasa — oʻz xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) xalqaro nohukumat tashkilotlarining mansabdor shaxslari — agar ular Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlmasa, ularning ushbu tashkilotlarda olgan daromadlari boʻyicha.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
380-modda. Ayrim toifadagi soliq toʻlovchilarning jami daromadini kamaytirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagi soliq toʻlovchilar qisman (daromadlar qaysi oyda olingan boʻlsa, oʻsha oyda har bir oy uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdoridagi daromadlar boʻyicha) soliq solishdan ozod etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) “Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor boʻlgan shaxslar, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan shaxslar. Bu imtiyoz tegishincha “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimning maʼlumotnomasi asosida beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) urush nogironlari va ishtirokchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan va doirasi qonun hujjatlarida belgilanadigan shaxslar. Bu imtiyoz urush nogironining (ishtirokchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimning yoxud boshqa vakolatli organning maʼlumotnomasi asosida, boshqa nogironlarga (ishtirokchilarga) nogironning (ishtirokchining) imtiyozlarga boʻlgan huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar. Bu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi asosida beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) sobiq SSSRni, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yaralanganligi, kontuziya boʻlganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari). Bu imtiyoz “Halok boʻlgan askarning beva xotini (beva eri, onasi, otasi)” yoki “Ichki ishlar organlari halok boʻlgan xodimining beva xotini (beva eri, onasi, otasi)” shtampi qoʻyilgan yoxud pensiya guvohnomasini bergan muassasa rahbarining imzosi va ushbu muassasa muhri bilan tasdiqlangan tegishli yozuvli pensiya guvohnomasi asosida beriladi. Agar mazkur shaxslar pensioner boʻlmasa, imtiyoz ularga sobiq SSSR Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik qoʻmitasi yoki Ichki ishlar vazirligining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va boshqa harbiy xizmat nazarda tutilgan idoralarning tegishli organlari tomonidan berilgan harbiy xizmatchining yoki ichki ishlar organlari xodimining halok boʻlganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida beriladi. Sobiq SSSRni, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yoki frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning yoxud ichki ishlar organlari xodimlarining beva xotinlariga (beva erlariga) imtiyoz faqat ular yangi nikohdan oʻtmagan taqdirda beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) ikki va undan ortiq oʻn olti yoshga toʻlmagan bolalari bor yolgʻiz onalar. Bu imtiyoz har bir bola uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotnoma asosida beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) ikki va undan ortiq oʻn olti yoshga toʻlmagan bolalari bor hamda boquvchisini yoʻqotganlik uchun pensiya olmaydigan beva ayol va beva erkaklar. Bu imtiyoz erning (xotinning) vafot etganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, bolalar tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalar, yangi nikohdan oʻtmaganlik hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining boquvchisini yoʻqotganlik uchun pensiya olinmasligi haqidagi maʼlumotnomasi taqdim etilgan taqdirda beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) bolaligidan nogironligi boʻlgan shaxs, doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki ona. Bu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki sogʻliqni saqlash muassasasining doimiy parvarish zarurligini tasdiqlovchi tibbiy maʼlumotnomasi asosida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada nazarda tutilgan soliq imtiyozlari tegishli hujjatlar taqdim etilgan taqdirda qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq imtiyoziga boʻlgan huquq kalendar yil davomida vujudga kelgan taqdirda, soliq imtiyozi unga boʻlgan huquqlar vujudga kelgan paytdan eʼtiboran qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq toʻlovchi ushbu moddada nazarda tutilgan bir nechta asos boʻyicha soliq imtiyoziga doir huquqqa ega boʻlsa, unga xohishiga qarab faqat bitta soliq imtiyozi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq imtiyozini qoʻllash soliq toʻlovchining asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyi boʻyicha, asosiy ish joyi mavjud boʻlmagan taqdirda esa — yashash joyidagi soliq organlari tomonidan jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliqni hisoblab chiqarish chogʻida amalga oshiriladi. Soliq imtiyoziga boʻlgan huquq yoʻqotilgan taqdirda, soliq toʻlovchi imtiyozga boʻlgan huquqni yoʻqotgan paytidan eʼtiboran oʻn besh kun ichida bu haqda undan soliqni ushlab qoladigan yuridik shaxsga maʼlum qilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida sanab oʻtilgan soliq imtiyozlari soliq toʻlovchining foizlar va dividendlar tarzida olingan daromadlariga, shuningdek mol-mulkni ijaraga topshirishdan olingan daromadlariga nisbatan ham tatbiq etiladi. Agar foizlar va dividendlar asosiy ish joyi boʻyicha hisoblansa, soliq imtiyozini qoʻllash asosiy ish joyi boʻyicha amalga oshiriladi. Agar foizlar va dividendlar asosiy boʻlmagan ish joyi boʻyicha hisoblansa, soliq imtiyozi jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblab chiqarish chogʻida soliq toʻlovchining yashash joyidagi soliq organlari tomonidan qoʻllaniladi. Shunga oʻxshash tartib mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi / 07.10.02.03 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55-bob. Soliq stavkalari. Soliq davri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
381-modda. Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslar uchun soliq stavkalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan jismoniy shaxsning daromadlariga, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqa qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, 12 foizlik soliq stavkasi boʻyicha soliq solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlarga 5 foizlik soliq stavkasi boʻyicha soliq solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
382-modda. Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslar uchun soliq stavkalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlariga quyidagi soliq stavkalar boʻyicha soliq solinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Soliq obyekti
Soliq stavkalari, foizlarda
1
Dividendlar va foizlar
10
2
Ushbu Kodeksga muvofiq aniqlanadigan, xalqaro tashishlarda transport xizmatlari taqdim etishdan olinadigan daromadlar (fraxtdan olinadigan daromadlar).
6
3
Mehnat shartnomalari (kontraktlari) va fuqarolik-huquqiy xususiyatdagi shartnomalar boʻyicha olingan daromadlar, 1 va 2-bandlarda koʻrsatilmagan boshqa daromadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
384-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kalendar yil soliq davridir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq agentlari uchun hisobot davri bir oydir.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi / 07.10.02.07 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblab chiqarish, hisobot va toʻlash / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56-bob. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
385-modda. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq quyidagilar tomonidan hisoblab chiqariladi va toʻlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) soliq toʻlovchiga daromad toʻlaydigan soliq agentlari tomonidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil ravishda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning alohida toifalari soliqni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Kodeksning 392-moddasida belgilangan tartibda qatʼiy belgilangan miqdorda toʻlashni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Kodeksning 397-moddasida belgilangan tartibda jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida toʻlashni tanlashga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning ikkinchi qismidagi qoidalar quyidagi toifadagi soliq toʻlovchilarga tatbiq etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan daromadi kalendar yilida yuz million soʻmdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlarga. Agar kalendar yilida tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan daromadi belgilangan miqdordan oshsa, yakka tartibdagi tadbirkor ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda aylanmadan soliq yoxud qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻi toʻlashga oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyatni amalga oshirayotgan oila aʼzolariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) “Hunarmand” uyushmasi aʼzolari boʻlgan hunarmandchilik faoliyati subyektlariga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar soliq toʻlash tartibini quyidagilar orqali tanlashga haqli:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) tadbirkorlik subyektining davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi chogʻida tanlangan soliq toʻlash tartibini koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) doimiy yashash joyi boʻyicha soliq organlariga joriy yilning 25-yanvaridan kechiktirmasdan tanlangan soliq toʻlash tartibi toʻgʻrisida bildirish xati taqdim etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan soliq toʻlovchi tomonidan bildirish xati ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan muddatlarda taqdim etilmasligi uning soliqni qatʼiy belgilangan miqdorda toʻlashga roziligini bildiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda soliq organi tomonidan ham hisoblab chiqarilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisoblab chiqarilgan soliq summasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisoblangan jismoniy shaxslarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga oʻtkaziladigan majburiy oylik badallar summasiga kamaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
386-modda. Soliq agentlarining majburiyati va javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni toʻlov manbaida hisoblab chiqarish, ushlab qolish va budjetga oʻtkazish majburiyati soliq toʻlovchiga daromad toʻlaydigan va soliq agentlari deb eʼtirof etilgan quyidagi shaxslarning zimmasiga yuklatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) yakka tartibdagi tadbirkorlarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxslarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti boʻlgan yuridik shaxslarning vakolatxonalariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) ushbu Kodeks 351-moddasi ikkinchi qismining 5-bandida koʻrsatilgan mol-mulkni sotib olgan jismoniy shaxslarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) soliq toʻlovchining mol-mulkini ishonchli boshqarishni amalga oshiruvchi ishonchli boshqaruvchiga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda birinchi qismining 5-bandida koʻrsatilgan shaxslar mazkur Kodeksning 356-moddasida nazarda tutilgan tartibda soliqni hisoblab chiqarish, ushlab qolish va budjetga oʻtkazishni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq summasi ushlab qolinmagan taqdirda, soliq agenti ushlab qolinmagan summani va u bilan bogʻliq penyani ushbu Kodeksga muvofiq budjetga oʻtkazishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq agentlari jismoniy shaxsning talabiga binoan unga daromadlarining summalari va turlari haqida, shuningdek jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summasi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan shaklda maʼlumotnoma berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
387-modda. Soliq agentlarida soliq solinadigan daromadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq agentida soliq solinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu Kodeksning 371-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslarning mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ushbu Kodeksning 376-moddasiga muvofiq moddiy naf tarzidagi daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ushbu Kodeksning 375-moddasiga muvofiq mulkiy daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) ushbu Kodeksning 377-moddasiga muvofiq boshqa daromadlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzi bilan mehnatga oid munosabatlarda boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan jismoniy shaxsga moddiy naf tarzida daromad toʻlovchi soliq agenti jismoniy shaxsning yozma arizasi asosida soliqni ushlab qolmaslikka haqli. Bunda soliq toʻlovchi moddiy naf tarzidagi daromad boʻyicha ushbu Kodeksning 393-moddasiga muvofiq soliqni toʻlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
388-modda. Soliq agentlari tomonidan soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq agentlari soliq hisobining registrlarida jismoniy shaxslarning ulardan soliq davrida olgan daromadlari, jismoniy shaxslarga toʻlov manbaida qoʻllanilgan soliq imtiyozlari, hisoblab chiqarilgan va ushlab qolingan soliqlar hisobini yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq hisobi registrlarining shakllari, ularda soliq hisobining tahliliy maʼlumotlarini hamda birlamchi hisobga olish hujjatlari maʼlumotlarini aks ettirish tartibi soliq agenti tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqiladi. Mazkur shakllarda soliq toʻlovchini identifikatsiya qilish imkonini beradigan maʼlumotlar, soliq toʻlovchilarga toʻlanadigan daromad turlari va toʻlov manbaida unga qoʻllanilgan soliq imtiyozlari, ularni toʻlash sanasi, soliq toʻlovchining maqomi, soliqni ushlab qolish va toʻlash sanasi koʻrsatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslar uchun Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlarga soliq solish soliq agentlari tomonidan soliq bazasi hamda belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq agentlari soliq toʻlovchining ushbu Kodeksning 387-moddasida koʻrsatilgan daromadlaridan hisoblangan soliq summasini ushlab qolishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqning hisoblangan summasini soliq toʻlovchidan ushlab qolish, soliq agenti soliq toʻlovchiga toʻlayotgan har qanday pul mablagʻlari hisobidan, bu pul mablagʻlari soliq toʻlovchiga yoki uning topshirigʻiga binoan uchinchi shaxslarga toʻlanayotganda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish ushbu boʻlimda belgilangan soliq bazasi hamda soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda, daromad hisoblanishiga qarab, yil boshidan eʼtiboran har oyda ortib boruvchi yakun bilan soliq toʻlovchining ish joyi boʻyicha soliq agenti tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa soliq agentlaridan sovgʻa, moddiy yordam va boshqa turlardagi yordam olgan jismoniy shaxslarning soliq summasini qayta hisob-kitob qilish jismoniy shaxs yillik jami daromadi toʻgʻrisida deklaratsiya topshirganda soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yil mobaynida asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyi oʻzgargan taqdirda, soliq toʻlovchi joriy yilda oʻziga toʻlangan daromadlar va ushlab qolingan soliq summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani yangi asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyidagi soliq agentiga dastlabki ish haqi hisoblanguniga qadar taqdim etishi shart. Ilgarigi ish (xizmat, oʻqish) joyidan maʼlumotnoma taqdim etilmagan yoki soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami taqdim etilmagan taqdirda, soliq ushbu Kodeks 378-moddasi 1-bandining uchinchi xatboshisida va 380-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar qoʻllanilmagan holda ushlab qolinadi. Maʼlumotnoma va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami taqdim etilgan taqdirda, soliq summasi ilgari asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyida olingan daromadlar inobatga olingan holda qayta hisob-kitob qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi asosiy ish (xizmat, oʻqish) joyida soliqni hisoblab chiqarish kalendar yil boshidan eʼtiboran ilgarigi va yangi asosiy ish (xizmat, oʻqish) joylaridan olingan jami daromaddan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnat shartnomasi (kontrakt) bekor qilingandan keyin xodimga ilgarigi ish joyidan toʻlov amalga oshirilganda, bunday toʻlovlar ushbu Kodeks 378-moddasi 1-bandining uchinchi xatboshisida va 380-moddasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari qoʻllanilmagan holda soliqqa tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxslarning asosiy boʻlmagan ish joyidan olgan daromadlaridan soliqning yakuniy summasi jami yillik daromad toʻgʻrisida taqdim etilgan deklaratsiyaning maʼlumotlari boʻyicha soliq organi tomonidan hisoblab chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
389-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi va muddatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq agentlari oʻzlarining soliq boʻyicha hisobda turgan joydagi soliq organiga quyidagilarni taqdim etishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) soliq davri tugaganidan keyin oʻttiz kun ichida — soliq organlariga toʻlov manbaidan soliq solinmagan moddiy naf tarzida daromadlar olgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan shakldagi maʼlumotnomani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) har oyda, hisobot davridan keyingi oyning oʻn beshinchi kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa — yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatida hisoblangan va haqiqatda toʻlangan daromadlar summalari hamda ushlab qolingan soliqning summalari toʻgʻrisidagi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan shakldagi maʼlumotlarni. Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxslar yil yakunlari boʻyicha hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlarning summalari hamda ushlab qolingan, soliq summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hisobot yilidan keyingi yilning 25-martiga qadar taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari boʻlgan, xodimlari 25 nafardan ortiq boʻlgan alohida boʻlinmalarga va (yoki) filiallarga ega soliq agentlari, bundan yirik soliq toʻlovchilar mustasno, ushbu alohida boʻlinmalar va (yoki) filiallar xodimlariga nisbatan mazkur moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan soliq hisobotini — alohida boʻlinmalar va (yoki) filiallar hisobda turgan joydagi soliq organiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibdagi tadbirkor boʻlgan soliq agentlari, agar ushbu Kodeksning 57-bobida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻzlarining yollanma xodimlariga oid mazkur moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan soliq hisobotini oʻzi soliq boʻyicha hisobda turgan joydagi soliq organiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
390-modda. Soliqni toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻlov manbaida hisoblab chiqarilgan soliq summasi soliq toʻlovchiga daromadlarni toʻlash bilan bir vaqtda, lekin soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay soliq agenti tomonidan toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daromadlar natura shaklida amalga oshirilganda soliq natura tarzidagi toʻlov amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun ichida toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
391-modda. Ortiqcha ushlangan soliq summasini qaytarish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq agenti tomonidan soliq toʻlovchining daromadidan ortiqcha ushlangan soliq summasi soliq toʻlovchining yozma arizasiga asosan qaytarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq agenti tomonidan bir soliq davri ichida ortiqcha ushlangan soliq summasi qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchiga ortiqcha ushlangan soliq summasini qaytarish daromadlaridan bunday soliq agenti tomonidan ushlab qolinadigan soliq toʻlovchi boʻyicha ham, boshqa soliq toʻlovchilar boʻyicha ham kelgusi toʻlovlar hisobidan budjet tizimiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan ushbu soliq summasi hisobidan, soliq agenti soliq toʻlovchining tegishli arizasini olgan kundan eʼtiboran uch oy ichida soliq agenti tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchiga ortiqcha ushlangan soliq summasini qaytarish soliq agenti tomonidan soliq toʻlovchining arizasida koʻrsatilgan bankdagi hisobvaragʻiga pul mablagʻlarini oʻtkazish yoʻli bilan naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq agenti boʻlmaganda yoxud ushbu bandning ikkinchi qismida belgilangan soliq davri tugaganda, soliq toʻlovchi soliq davrining yakuniga koʻra soliq deklaratsiyasini bir vaqtning oʻzida taqdim etgan holda, ilgari soliq agenti tomonidan ortiqcha ushlangan va budjet tizimiga oʻtkazilgan soliq summasini qaytarish toʻgʻrisida soliq organiga ariza berishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq davrida Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti maqomini olgan soliq toʻlovchi ushbu soliq davrida norezident maqomida toʻlagan soliq summasini qayta hisob-kitob qilishga va qaytarib olishga haqli. Soliq summasini soliq toʻlovchiga qaytarish soliq toʻlovchi ushbu Kodeksning 397-moddasida belgilangan tartibda koʻrsatilgan soliq davri yakuniga koʻra soliq deklaratsiyasini taqdim etgan taqdirda yashash joyi (turgan joyi) boʻyicha hisobga qoʻyilgan soliq organi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu deklaratsiyaga mazkur soliq davrida Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti maqomini tasdiqlaydigan hujjatlar ilova qilinishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
392-modda. Qatʼiy belgilangan miqdorda soliq toʻlashning xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan, qatʼiy belgilangan miqdorda soliq toʻlash xohishini bildirgan soliq toʻlovchi soliqni har oyda, tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning oʻn beshinchi sanasidan kechiktirmay, qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi qatʼiy belgilangan miqdorda soliq toʻlashni u tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oydan yoki yakka tartibdagi tadbirkor yoxud oilaviy tadbirkorlik subyekti bilan mehnat shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oydan eʼtiboran amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir nechta faoliyat turi bilan shugʻullanayotgan soliq toʻlovchilar har bir faoliyat turi boʻyicha qatʼiy belgilangan miqdorda soliqni alohida, shu faoliyat turi uchun belgilangan miqdorda toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qatʼiy belgilangan miqdorda soliq toʻlash qoʻllaniladigan faoliyatdan olinadigan daromadlar bilan birga boshqa daromadlar oluvchi soliq toʻlovchilar bu daromad turlari boʻyicha alohida hisob yuritishi shart va bu daromadlar boʻyicha jami yillik daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida, ushbu Kodeksning 397-moddasida nazarda tutilgan tartibda, ushbu Kodeksning 381-moddasida belgilangan stavkalar boʻyicha soliq toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yakka tartibdagi tadbirkor (oilaviy tadbirkorlik subyekti) oʻz faoliyatini muayyan muddatga toʻxtatsa, u oʻz faoliyatini toʻxtatguniga qadar tadbirkorlik subyektini roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga faoliyatni vaqtinchalik toʻxtatish toʻgʻrisida ariza berish bilan bir vaqtning oʻzida davlat roʻyxatidan oʻtganlik haqidagi guvohnomani topshiradi. Bunda xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkor (oilaviy tadbirkorlik subyekti) har bir yollangan xodimga belgilangan tartibda berilgan hisobga olish kartochkalarini ham belgilangan muddatlarda soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga topshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik subyektining) faoliyati vaqtincha toʻxtatilganligi yoki qayta tiklanganligi toʻgʻrisidagi arizani olgan tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organ navbatdagi ish kuni tugaguniga qadar soliq hisobida turgan joyidagi soliq organlariga yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik subyektining) faoliyati vaqtincha toʻxtatilganligi yoki qayta tiklanganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda axborot taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qatʼiy belgilangan miqdorda soliq toʻlashni toʻxtatib turish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) soliq organlari tomonidan olingan tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organning yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik subyektining) faoliyati vaqtinchalik toʻxtatilganligi toʻgʻrisidagi axborot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soliq organlari tomonidan olingan yakka tartibdagi tadbirkorning har bir yollangan xodimga berilgan hisobga olish kartochkalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qatʼiy belgilangan miqdorda soliq toʻlash xohishini bildirgan soliq toʻlovchilar daromadlarni va xarajatlarni hisobga olish registrlarida daromadlarni olish bilan bogʻliq boʻlgan daromadlar va xarajatlar hisobini yuritishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daromadlarni va xarajatlarni hisobga olish registrlari quyidagilardir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik subyektining) daromadlarini va xarajatlarini hisobga olish kitobi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Tovar cheklari kitobi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daromadlarni va xarajatlarni hisobga olish registrlarining shakli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daromadlarni va xarajatlarni hisobga olish registrlari yakka tartibdagi tadbirkorni (oilaviy tadbirkorlik subyektini) soliq hisobida turgan joyidagi soliq organlari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik subyektining) arizasi asosida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik subyektining) faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlar soliq hisobida turgan joyidagi soliq organlariga yilning har bir choragi yakunlari boʻyicha, hisobot choragidan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi / 07.10.02.08 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslarning daromadlarini deklaratsiyalash / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57-bob. Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida daromadlarga soliq solish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
393-modda. Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarga Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslarning quyidagi daromadlari kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulkiy daromadlar, agar ushbu boʻlimga muvofiq bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moddiy naf tarzidagi daromadlar, agar bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq agentlari boʻlmagan manbalardan olingan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar, ular tomonidan jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliq toʻlash tartibi tanlanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa daromadlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya, agar soliq toʻlovchining asosiy boʻlmagan ish joyidan olingan daromadlaridan soliq uning arizasi boʻyicha ushlab qolingan boʻlsa taqdim qilinmaydi, bundan ushbu modda birinchi qismining beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan daromadlar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan yoki joriy yilning 1-apreligacha rezidentga aylangan chet el jismoniy shaxsi, ushbu modda birinchi va ikkinchi qismlarining qoidalaridan qatʼi nazar, ushbu Kodeksning 397-moddasida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda jami yillik daromadi toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
394-modda. Ayrim toifadagi soliq toʻlovchilar tomonidan olingan daromadlarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliq toʻlaydigan soliq toʻlovchilar daromadlarni olish bilan bogʻliq boʻlgan daromadlar va xarajatlar hisobini yuritishi shart hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan haqiqatda amalga oshirilgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlarni daromaddan chegirib tashlash huquqiga ega. Bunda soliq toʻlovchilarning ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan jami daromadi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilinishidan olingan daromadlardan, shuningdek ushbu Kodeksning 370-moddasida koʻrsatilgan boshqa daromadlardan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
395-modda. Mualliflik haqi tarzida olingan daromadlarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tarzida daromad oluvchi soliq toʻlovchilar bunday faoliyatni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtmagan holda amalga oshirish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaga muvofiq daromadlariga soliq solinadigan soliq toʻlovchilar soliqni soliq organining yozma xabarnomasi asosida toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi olayotgan soliq toʻlovchi daromadlar olish bilan bogʻliq daromadlar va xarajatlar hisobini yuritishi shart hamda u ijodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan, haqiqatda sarflangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlarni daromaddan chegirish huquqiga ega, lekin chegirma olingan jami daromad summasining 30 foizidan koʻp boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratish hamda ulardan foydalanish uchun zarur materiallar sotib olishga doir xarajatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faqat ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratish, nashr qilish, ijro etish yoki ulardan boshqacha tarzda foydalanish maqsadida foydalaniladigan bino va mol-mulk ijarasiga doir xarajatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
396-modda. Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya soliq toʻlovchining olingan yillik daromadi toʻgʻrisidagi yozma arizasidan iborat boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyaga toʻlangan daromadlar va ushlab qolingan soliq summalari toʻgʻrisida soliq agentining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan shakldagi maʼlumotnomasi ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organi tomonidan soliq toʻlovchi taqdim etgan jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyada toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasining kamayishiga olib keluvchi xatolar aniqlangan taqdirda, soliq organi jami yillik daromad haqidagi taqdim etilgan deklaratsiyada aniqlangan xatolar toʻgʻrisida soliq toʻlovchiga bildirish xati yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organining xabarnomasini olgan soliq toʻlovchi oʻn kun ichida jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyaga zarur boʻlgan oʻzgartirishlarni kiritishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani oʻzgartirish haqidagi ariza soliqni toʻlash muddati oʻtguniga qadar berilsa, soliq toʻlovchi ushbu Kodeksda belgilangan javobgarlikdan ozod etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani oʻzgartirish haqidagi ariza soliqni toʻlash muddati oʻtganidan keyin, lekin xatolar soliq organi tomonidan aniqlanguniga qadar berilsa, soliq toʻlovchi soliqning yetishmayotgan summasini hamda unga tegishli penyani toʻlagan taqdirda, javobgarlikdan ozod etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi soliq organining taqdim etilgan jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyada aniqlangan xato toʻgʻrisidagi bildirish xatini olgan kun soliq organi tomonidan xato aniqlangan kun, deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
397-modda. Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar ushbu Kodeksning 393-moddasida koʻrsatilgan daromadlar boʻyicha jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, doimiy yashash joyidagi soliq organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deklaratsiya qilinishi shart boʻlmagan daromadlarni olgan soliq toʻlovchilar doimiy yashash joyidagi soliq organiga jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani ixtiyoriy ravishda taqdim etishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Har qanday ketma-ketlikdagi oʻn ikki oylik davr ichida jami bir yuz sakson uch kun va undan ortiq muddat Oʻzbekiston Respublikasining tashqarisida turgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasiga qaytgan sanadan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay doimiy yashash joyidagi soliq organiga Oʻzbekiston Respublikasidagi va uning tashqarisidagi manbalardan olgan daromadlari boʻyicha jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani ixtiyoriy ravishda taqdim etishi mumkin. Bunda Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida olingan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxs Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etish mezonlariga muvofiq kelmagan davr uchun soliq toʻlanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Grant olgan soliq toʻlovchi jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani topshirayotganda grant boʻyicha olingan daromad summasini, soliq miqdorini koʻrsatadi, shuningdek vakolatli organning tegishli xulosasini ilova qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulkini ijaraga berishdan toʻlov manbaida soliq solinmaydigan daromadlar olayotgan soliq toʻlovchilar, shuningdek ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan va jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliq toʻlaydigan jismoniy shaxslar jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani belgilangan muddatlarda taqdim etish bilan bir qatorda dastlabki tarzdagi deklaratsiyani ham quyidagi muddatlarda taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan soliq toʻlovchilar — ijaradan daromadlar paydo boʻlgan kundan eʼtiboran birinchi oy tugaganidan keyin besh kun muddatda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan, jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliqni toʻlaydigan jismoniy shaxslar — joriy yilning 1-fevralidan kechiktirmay. Yangi roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari — tadbirkorlik subyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oyning oxiriga qadar dastlabki deklaratsiyani taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchmas mulkning ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qoʻyilayotganda dastlabki deklaratsiya taqdim etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad olish tugagan taqdirda soliq toʻlovchi doimiy yashash joyidagi soliq organini bu haqda yozma shaklda xabardor etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joriy yilning 1-apreliga qadar Oʻzbekiston Respublikasining rezidentiga aylangan chet ellik jismoniy shaxs oldingi soliq davri uchun jami yillik daromadi toʻgʻrisida deklaratsiya topshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan chet ellik jismoniy shaxs ushbu bobda belgilangan tartibga muvofiq soliq solinishi lozim boʻlgan daromad keltirayotgan faoliyatini kalendar yili ichida tugatgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketayotgan boʻlsa, uning Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan davrda joriy soliq davrida haqiqatda olgan daromadlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya bu jismoniy shaxs Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqib ketishidan bir oy avval taqdim etilishi lozim. Agar Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan chet ellik jismoniy shaxs joriy yilning 1-fevraliga qadar chet elga doimiy yashashga chiqib ketsa, joriy yil uchun daromadlar boʻyicha deklaratsiya taqdim etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya boʻyicha hisoblangan va taqdim etish tartibi ushbu moddaning toʻqqizinchi qismida belgilangan soliqni toʻlash deklaratsiya taqdim etilgan sanadan eʼtiboran oʻn besh kun ichida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar soliq toʻlovchi jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etmagan boʻlsa, shuningdek oldin taqdim etilgan deklaratsiyada notoʻgʻri maʼlumotlar aniqlangan va (yoki) soliq toʻlovchi tomonidan jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning oʻzgarganligi haqidagi arizani ushbu Kodeks 396-moddasining oltinchi qismida belgilangan muddatlarda taqdim etmagan taqdirda, soliq organi soliq summasini oʻzidagi mavjud axborot asosida hisoblashga va toʻlanishi lozim boʻlgan, hisoblangan soliq summasi toʻgʻrisida soliq toʻlovchiga oʻn kunlik muddatda toʻlov xabarnomasini topshirishga haqli. Soliq toʻlovchi tomonidan jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiya yoki toʻgʻrilangan deklaratsiya taqdim etilgan taqdirda, soliqning yakuniy summasi ushbu deklaratsiyani hisobga olgan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
398-modda. Jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya boʻyicha soliq toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan jismoniy shaxslar jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyaning maʼlumotlariga koʻra hisoblab chiqarilgan soliqni oʻtgan soliq davridan keyingi yilning 1-iyunidan kechiktirmay toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan jismoniy shaxslar hisoblab chiqarilgan soliqni chet davlatda joylashgan bank hisobvaragʻidan chet el valyutasida toʻlashi mumkin. Bunda milliy valyutada ifodalangan soliq Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilangan soliq toʻlangan sanadagi kurs boʻyicha chet el valyutasida qayta hisoblab chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan jismoniy shaxslar, shuningdek ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliq toʻlovchi jismoniy shaxslar soliqni taqdim etilgan dastlabki deklaratsiya yoki soliq organining xabarnomasi asosida, daromad olingan oydan keyingi oyning oʻn beshinchi kunigacha har oyda toʻlaydi. Yil tugagach, soliqning yillik summasi haqiqatda olingan daromad boʻyicha hisoblab chiqariladi. Bu summa bilan yil mobaynida toʻlangan summalar oʻrtasidagi farq kelgusi yilning 1-iyunidan kechiktirmay soliq toʻlovchidan undirilishi yoki unga qaytarilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar soliq toʻlangan sana deb hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq soliq agentlari yoki jismoniy shaxslar tomonidan bankdagi hisobvaragʻidan toʻlangan taqdirda — bankdagi hisobvaragʻidan mablagʻlar hisobdan chiqarilgan kun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul mablagʻlari kiritilgan taqdirda — bank kassasiga mablagʻlar toʻlangan sana.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan soliqni toʻlash toʻlov xabarnomasida koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
399-modda. Rezidentlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida toʻlangan soliqni hisobga olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida toʻlangan, Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summalari Oʻzbekiston Respublikasida soliq toʻlashda ushbu Kodeksning 342-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni hisobga olish soliq davri yakuni boʻyicha jismoniy shaxs tomonidan taqdim etilgan jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.02.00 (Кучини йукотган) Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi / 07.10.02.06 (Кучини йукотган) Norezidentlar va chet ellik jismoniy shaxslarni soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
400-modda. Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining daromadlariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan jismoniy shaxslarning daromadlariga soliq solish toʻlov manbaida toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasining ichkarisida yoki tashqarisida qilinganligidan qatʼi nazar amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan jismoniy shaxslarning daromadlariga Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini hisobga olgan holda soliq solinadi, bundan soliqni undirish oʻzarolik prinsipi boʻyicha tugatilishi yoki cheklanishi mumkin boʻlgan hollar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan jismoniy shaxsga daromadlarni toʻlash toʻlov manbaida soliqni ushlab qolmasdan yoki ushbu Kodeksning 6-moddasiga muvofiq ikkiyoqlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik masalalarini tartibga soluvchi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalariga va xalqaro shartnomalar boʻyicha soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlashning oldini olishga doir maxsus qoidalarga muvofiq pasaytirilgan stavkani qoʻllagan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq summasi ushlab qolinmaganligi yoki Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining qoidalari gʻayriqonuniy tarzda qoʻllanilishi mazkur soliq ushlab qolinmasligiga yoki toʻliq ushlab qolinmasligiga sabab boʻlgan taqdirda, Kodeksning ushbu boʻlimiga muvofiq soliq agenti deb eʼtirof etilgan shaxslar tomonidan ushlab qolinmagan soliq summasini va u bilan bogʻliq penya summasini qonun hujjatlariga muvofiq budjetga kiritilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq soliq agenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti daromadlaridan hisoblab chiqarilgan soliq summasi undan ushlanmasdan oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanganda, soliq agentining soliqni toʻlov manbaidan ushlab qolish va koʻchirib berish majburiyati bajarilgan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
401-modda. Norezidentning daromadlaridan ushlab qolingan soliqni qaytarish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining tegishli xalqaro shartnomasi qoʻllanishi huquqiga ega boʻlgan norezident jismoniy shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlardan soliq ushlab qolingan va budjetga toʻlangan taqdirda, bunday norezident ushbu Kodeksning 12-bobida nazarda tutilgan tartibda toʻlangan soliqni qaytarib olish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XIV BOʻLIM. IJTIMOIY SOLIQ
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58-bob. Ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
402-modda. Soliq toʻlovchilar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ijtimoiy soliqni soliq toʻlovchilari (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari va filiallari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Kodeksning 408 va 409-moddalarida nazarda tutilgan tartibga muvofiq ijtimoiy soliq toʻlaydigan jismoniy shaxslarning ayrim toifalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
403-modda. Soliq solish obyekti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq toʻlashga doir xarajatlari ijtimoiy soliqning (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyektidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan taʼminlash yuzasidan xizmatlar koʻrsatishga doir shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti boʻlgan yuridik shaxsga toʻlanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari ham soliq solish obyektidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun ular tomonidan tadbirkorlik faoliyatini va (yoki) yakka tartibdagi mehnat faoliyatini amalga oshirish soliq solish obyektidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar soliq solish obyekti hisoblanmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish beruvchining xodimga mehnatda mayib boʻlganligi yoki sogʻligiga boshqacha shikast yetganligi bilan bogʻliq zararning oʻrnini qoplash tarzidagi, ushbu Kodeks 369-moddasi ikkinchi qismining 10-bandida koʻrsatilgan miqdorlardan ortiqcha xarajatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paxta yigʻim-terimi boʻyicha mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlariga jalb qilingan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganligi uchun mehnat haqi toʻlashga doir xarajatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
404-modda. Soliq bazasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni hisoblab chiqarish uchun soliq bazasi ushbu Kodeksning 371-moddasiga muvofiq toʻlanadigan xarajatlar summasi sifatida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar uchun soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi ularning Oʻzbekiston Respublikasida budjet tashkilotlari xodimlari uchun ish haqi miqdorining oshishi inobatga olingan holda qayta hisoblab chiqariladigan, ular Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga ishga yuborilguniga qadar oxirgi ish joyida mehnatga haq toʻlash tarzida olgan daromadlaridan kelib chiqib aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks 403-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan daromadlar boʻyicha soliqni hisoblab chiqarish uchun soliq bazasi chet ellik xodimlarga toʻlanadigan daromadlar summasi sifatida, biroq Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan taʼminlash yuzasidan xizmatlar koʻrsatishga doir shartnoma boʻyicha xarajatlar umumiy summasining 90 foizidan kam boʻlmagan summada belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
405-modda. Soliq stavkalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq stavkalari, agar ushbu Kodeksning 408-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Soliq toʻlovchilar
Soliq stavkalari, foizlarda
1.
Soliq toʻlovchilar, bundan 2 — 4-bandlarda nazarda tutilganlar mustasno
12
2.
Budjet tashkilotlari
25
3.
“SOS — Oʻzbekiston Bolalar mahallalari” uyushmalari
7
4.
Ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironligi boʻlgan shaxslar mehnatidan foydalanuvchi soliq toʻlovchilar
4,7
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilarning ayrim toifalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan pasaytirilgan soliq stavkalari belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
406-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kalendar yil soliq davridir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yil oyi hisobot davridir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
407-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda har oyda hisoblab chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq ish beruvchining va ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari boʻyicha, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar boʻyicha soliqni toʻlash majburiyati Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining zimmasiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq hisoboti soliq hisobida turilgan joydagi soliq organlariga soliq toʻlovchi tomonidan ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 15 kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan yil yakunlari boʻyicha soliqning hisoboti hisobot yilidan keyingi yilning 25-martiga qadar taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni toʻlash har oyda, soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
408-modda. Ayrim toifadagi jismoniy shaxslar tomonidan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlashning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq soliq toʻlovchining kalendar oyda ishlagan kunlari sonidan qatʼi nazar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan jismoniy shaxslar tomonidan (bundan buyon matnda yakka tartibdagi tadbirkorning xodimlari deb yuritiladi) — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) faoliyatni yuridik shaxs tashkil etmagan holda, oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga oshiruvchi oila aʼzolari tomonidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtgan oila aʼzosi tomonidan — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oilaning boshqa aʼzolari tomonidan (bundan oʻn sakkiz yoshga toʻlmaganlar mustasno) — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) “Hunarmand” uyushmasining hunarmandchilik faoliyati subyektlari boʻlgan, qishloq tumanlarida roʻyxatdan oʻtgan va faoliyatini amalga oshirayotgan aʼzolari tomonidan oʻz faoliyatining dastlabki ikki yilida — oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) “Usta-shogird” maktablari oʻquvchilari tomonidan ular yigirma besh yoshga toʻlguniga qadar ishlagan davrida — yiliga bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda majburiy tartibda toʻlanadi. Belgilangan miqdordagi soliqning toʻlanishi mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil deb hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxs tashkil etgan holda va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklarining aʼzolari, shuningdek maydoni toʻrt sotixdan kam boʻlmagan dehqon xoʻjaligida, tomorqa yer uchastkasida band boʻlgan yoki ushbu maydonda qoramol yoxud ellik boshdan kam boʻlmagan xonaki parranda parvarishlayotgan jismoniy shaxslar yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida soliq toʻlaydi. Bunda dehqon xoʻjaligi rahbari soliqni majburiy tartibda toʻlaydi, boshqa aʼzolari va koʻrsatilgan jismoniy shaxslar esa ixtiyoriy asosda toʻlaydi. Belgilangan miqdordagi soliqning toʻlanishi dehqon xoʻjaligi aʼzosining va jismoniy shaxsning mehnat stajini hisoblab chiqarishda bir yil deb hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni toʻlash quyidagicha amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan — har oyda, tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning oʻn beshinchi kunidan kechiktirmay;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs tashkil etgan holda va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xoʻjaliklarining aʼzolari tomonidan — hisobot yilining 1-oktabrigacha amalga oshiriladi. Bunda soliqning miqdori toʻlov kuniga belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi roʻyxatdan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi oila aʼzolari tomonidan soliqni toʻlash ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oydan keyingi oydan eʼtiboran amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni toʻlash majburiyati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshirayotgan oila aʼzolari uchun — oilaviy tadbirkorlik subyekti nomidan ish yuritadigan, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtgan oila aʼzosining;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka tartibdagi tadbirkorning xodimlari uchun — ushbu xodimlar bilan mehnat shartnomasini tuzgan yakka tartibdagi tadbirkorning zimmasiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻlov topshiriqnomasida (kirim orderida) soliq toʻlovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, identifikatsiya raqami va toʻlov kiritilayotgan davr koʻrsatilishi shart. Bunda oila aʼzolari — oilaviy tadbirkorlik ishtirokchilari va xodim yollagan yakka tartibdagi tadbirkorlar boʻyicha toʻlov topshiriqnomasi (kirim orderi) har bir oila aʼzosi uchun va yakka tartibdagi tadbirkorning har bir yollangan xodimi uchun alohida-alohida yoziladi. Agar toʻlov topshiriqnomasida (kirim orderida) davr koʻrsatilmagan boʻlsa, toʻlov u amalga oshirilayotgan oy (dehqon xoʻjaliklari aʼzolari uchun — yil) uchun toʻlangan deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyati vaqtinchalik toʻxtatib turilganligi toʻgʻrisida soliq organlari tomonidan olingan axborot yakka tartibdagi tadbirkor oʻz faoliyatini amalga oshirmaydigan davr uchun soliqni hisoblashni toʻxtatib turish uchun asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlari tomonidan olingan, har bir yollangan xodim uchun belgilangan tartibda berilgan hisobga olish kartochkalari yakka tartibdagi tadbirkor oʻz faoliyatini amalga oshirmaydigan davr uchun yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimiga soliqni hisoblashni toʻxtatib turish uchun asos boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar faoliyatini toʻxtatib turgan yakka tartibdagi tadbirkor yakka tartibdagi tadbirkorning har bir xodimi uchun hisobga olish kartochkasini soliq organiga belgilangan muddatlarda topshirmasa, yakka tartibdagi tadbirkorning majburiyatlari boʻyicha soliqni hisoblash toʻxtatilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar soliqni ushbu Kodeksning 405-moddasida koʻrsatilgan soliq stavkalari boʻyicha jami yillik daromad toʻgʻrisida deklaratsiyada koʻrsatilgan mehnatga haq toʻlash tarzida olingan daromadlar summasidan kelib chiqib toʻlashga, biroq ushbu moddada belgilangan, uning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan, soliqni ixtiyoriy ravishda toʻlash haqida jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda beriladigan ariza asosida toʻlashga haqli. Bunda toʻlanishi lozim boʻlgan soliqning uzil-kesil summasi ushbu moddaning birinchi — beshinchi qismlariga muvofiq toʻlangan summalar hisobga olingan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
409-modda. Ixtiyoriy ravishda soliqni hisoblab chiqarish va toʻlashning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun hujjatlariga muvofiq soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish majburiyati zimmasiga yuklatilmagan ish beruvchidan daromadlar oluvchi jismoniy shaxslar soliqni jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyada koʻrsatilgan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar summasidan kelib chiqqan holda, soliqni ixtiyoriy ravishda toʻlash haqida jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etish bilan bir vaqtda beriladigan ariza asosida ixtiyoriy asosda toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan soliqni toʻlash jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya maʼlumotlari boʻyicha soliq organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash muddatlarida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XV BOʻLIM. MOL-MULK SOLIGʻI
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.01 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi toʻlovchilar va soliqqa tortish obyekti]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59-bob. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
410-modda. Soliq toʻlovchilar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning soliq toʻlovchilari (bundan buyon ushbu bobda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushbu Kodeksning 411-moddasiga muvofiq soliq solish obyekti hisoblanuvchi mol-mulkka ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasi hududida koʻchmas mulkka ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar koʻchmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlashning imkoni boʻlmasa, ushbu mulkka egalik qiluvchi va (yoki) undan foydalanuvchi shaxs soliq toʻlovchi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yuridik shaxs koʻchmas mulkni moliyaviy ijaraga (lizing) olgan boʻlsa, u ham soliq toʻlovchi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
411-modda. Soliq solish obyekti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchmas mulk yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq (bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyekti hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchmas mulk jumlasiga quyidagilar kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlarda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan binolar va inshootlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) qurilishi tugallanmagan obyektlar. Qurilishi tugallanmagan obyektlarga qurilish obyektiga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan boʻlsa, ushbu obyektning qurilishiga vakolatli boʻlgan organning ruxsatnomasi olingan oydan eʼtiboran yigirma toʻrt oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) temir yoʻllar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur obyektlarning ajralmas texnologik qismi boʻlgan inshootlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) qurilish tashkilotlari yoki imoratlarni quruvchilar balansida keyinchalik sotish uchun koʻrsatilgan turar joy koʻchmas mulk obyektlari, koʻchmas mulk obyekti foydalanishga topshirilgandan keyin olti oy oʻtgach.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagi koʻchmas mulk obyektlari soliq solish obyekti hisoblanmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) notijorat tashkilotlari tomonidan notijorat faoliyatini amalga oshirish doirasida foydalaniladigan obyektlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) turar joy-kommunal xoʻjaligining va belgilangan maqsadi boʻyicha foydalaniladigan boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xoʻjaligi obyektlari. Turar joy-kommunal va boshqa umumfuqaroviy ahamiyatga molik shahar xoʻjaliklari obyektlari jumlasiga shaharlar va shaharchalarni sanitariya tozalash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish obyektlari, tashqi yoritish, kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun va aholiga vodoprovod (suv olish va tozalash inshootlari bilan), kanalizatsiya (tozalash inshootlari bilan), gaz, qozonxonalar va issiqlik taqsimlanadigan tarmoqlar (ularning inshootlari bilan), shuningdek turar joy-kommunal xoʻjaligi obyektlariga texnik jihatdan xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash uchun moʻljallangan binolar kiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) soliq toʻlovchining balansida boʻlgan hamda tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmayotgan, fuqaro muhofazasi va safarbarlik ahamiyatiga molik obyektlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) tabiatni muhofaza qilish va sanitariya-tozalash maqsadlari, yongʻin xavfsizligi uchun foydalaniladigan obyektlar. Obyektlarni tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash maqsadlari va yongʻin xavfsizligi uchun foydalaniladigan obyektlar jumlasiga kiritish tegishli ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yoki yongʻin xavfsizligi organining maʼlumotnomasi asosida amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) yer uchastkalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
412-modda. Soliq bazasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar soliq bazasidir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ushbu Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 1 va 3-bandlarida nazarda tutilgan obyektlar boʻyicha — oʻrtacha yillik qoldiq qiymati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchmas mulkning qoldiq qiymati ushbu mol-mulkning boshlangʻich (tiklanish) qiymati bilan soliq toʻlovchining hisob siyosatida belgilangan usullardan foydalanilgan holda hisoblab chiqilgan amortizatsiya miqdori oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda toʻliq amortizatsiya qilingan bino boʻyicha uning uch yilda kamida bir marta aniqlanadigan qayta baholangan (bozor) qiymati soliq bazasidir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ushbu Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan obyektlar boʻyicha — tugallanmagan qurilishning oʻrtacha yillik qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) ushbu Kodeks 411-moddasi ikkinchi qismining 4-bandida belgilangan obyektlar boʻyicha — mazkur obyektlarning oʻrtacha yillik qiymati (realizatsiya qilinmagan qismi boʻyicha);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining koʻchmas mulk obyektlariga nisbatan soliq bazasi ushbu mol-mulkning oʻrtacha yillik qiymatidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
413-modda. Soliq bazasini aniqlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solish obyektlarining oʻrtacha yillik qoldiq qiymati (oʻrtacha yillik qiymat) soliq davridagi har bir oyning oxirgi kunidagi holatga koʻra soliq solish obyektlarining qoldiq qiymatlarini (oʻrtacha yillik qiymatlarini) qoʻshishdan olingan summaning oʻn ikkidan bir qismi sifatida ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha soliq bazasi mazkur obyektlarga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilgan qiymat asosida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasi har bir soliq solish obyekti boʻyicha alohida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi tomonidan soliqni toʻlash nazarda tutilmagan faoliyat turlari amalga oshirilgan taqdirda, soliq bazasi soliq solinadigan va soliq solinmaydigan mol-mulk hisobini alohida-alohida yuritish asosida aniqlanadi. Alohida-alohida hisob yuritishning imkoni boʻlmasa, soliq bazasi soliq toʻlanishi nazarda tutilgan faoliyatdan olinadigan sof tushumning jami sof tushum hajmidagi ulushiga qarab aniqlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.03 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
414-modda. Soliq imtiyozlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq hisoblab chiqarilayotganda soliq bazasi quyidagilarning oʻrtacha yillik qoldiq qiymatiga (oʻrtacha yillik qiymatiga) kamaytiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) madaniyat va sanʼat, taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy taʼminot obyektlarining;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash uchun, shuningdek ipak qurti yetishtirish uchun foydalaniladigan qishloq xoʻjaligi korxonalari balansida boʻlgan mol-mulkning;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar soliqdan ozod qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) yagona ishtirokchilari nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari boʻlgan va xodimlarining umumiy sonida nogironligi boʻlgan shaxslar kamida 50 foizni tashkil etadigan hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatiga haq toʻlash fondi mehnatga haq toʻlash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq boʻlgan) oʻrnatganlik uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar, ular foydalanishga joriy etilgan paytdan eʼtiboran oʻn yil muddatga.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.02 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi stavkalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
415-modda. Soliq stavkalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq stavkasi, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, 2 foiz miqdorida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddaning uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qurilishi normativ muddatda tugallanmagan obyektlarga nisbatan soliq stavkasi 4 foiz miqdorida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻsh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlar, shuningdek tugallanmagan qurilish obyektlariga nisbatan qonun hujjatlarida oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yoʻli bilan taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin hamda ushbu Kodeksning 414-moddasida koʻrsatilgan soliq imtiyozlari ularga tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur obyektlarning ajralmas texnologik qismi boʻlgan inshootlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) konservatsiya qilinishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan koʻchmas mulk va tugallanmagan qurilish obyektlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
416-modda. Soliq davri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kalendar yil soliq davridir.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.01.00 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻi / 07.11.01.04 (Кучини йукотган) Mol-mulk soligʻini hisoblash va toʻlash tartibi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
417-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar soliqni ushbu Kodeksning 412-moddasiga muvofiq aniqlangan soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda hisoblab chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq hisoboti soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi soliq organiga yilda bir marta, yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan esa soliq hisoboti davridan keyingi yilning 15-fevraliga qadar boʻlgan muddatda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar koʻchmas mulk, ushbu Kodeks 411-moddasining ikkinchi qismi 3-bandida koʻrsatilgan obyektlardan tashqari, soliq toʻlovchining soliq boʻyicha hisobga olish joyida joylashmagan boʻlsa, soliq hisoboti koʻchmas mulk joylashgan yerdagi soliq organlariga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq davri mobaynida soliq toʻlovchilar (bundan Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshirmaydigan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar mustasno) soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarni toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻnak toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq toʻlovchilar joriy soliq davrining 10-yanvarigacha, yangi tashkil qilinganlari esa, davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay soliq organlariga moʻljallanayotgan soliq bazasidan (tegishli yil uchun mol-mulkning oʻrtacha yillik qoldiq qiymatidan (oʻrtacha yillik qiymatidan) va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davri uchun soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etadi. Soliq boʻyicha majburiyatlari soliq davri mobaynida yuzaga kelgan soliq toʻlovchilar soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani soliq majburiyati yuzaga kelgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan boʻnak toʻlovlar quyidagicha toʻlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aylanmadan soliq toʻlovchilar tomonidan — yillik soliq summasining toʻrtdan bir qismi miqdorida yilning har choragi uchinchi oyining 10-kunidan kechiktirmay;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aylanmadan soliq toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan — yillik soliq summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida har oyning 10-kunidan kechiktirmay.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq davri mobaynida moʻljallanayotgan soliq bazasi oʻzgargan taqdirda soliq toʻlovchi soliq summasi toʻgʻrisida aniqlashtirilgan maʼlumotnoma taqdim etishga haqli. Bunda soliq davrining qolgan qismi uchun boʻnak toʻlovlarga soliqning oʻzgarish summasiga teng ulushlarda tuzatish kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq davri uchun toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi, boʻnak toʻlovlar hisobga olingan holda, soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay budjetga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq davrida soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlar summasi soliq hisobotida koʻrsatilgan budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq kamaytirilgan taqdirda, soliq organi boʻnak toʻlovlarni soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan hisoblab chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasalar orqali amalga oshirmaydigan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan soliq har yili bir marta soliq hisoboti davridan keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60-bob. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
418-modda. Soliq toʻlovchilar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulkida ushbu Kodeksning 419-moddasiga muvofiq soliq solish obyekti deb tan olinadigan mol-mulki boʻlgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan holdagi yoki etmagan holdagi dehqon xoʻjaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻining soliq toʻlovchilari (bundan buyon ushbu bobda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar mol-mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni boʻlmasa, shuningdek koʻchmas mulk mulkdori vafot etgan taqdirda, bu mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida boʻlsa, oʻsha shaxs soliq toʻlovchi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
419-modda. Soliq solish obyekti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi mol-mulk jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻining (bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyekti hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qurilishi tugallanmagan yashash uchun moʻljallanmagan obyektlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilishi tugallanmagan yashash uchun moʻljallanmagan obyektlarga ushbu obyektni qurishga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan boʻlsa, ushbu obyektning qurilishiga vakolatli boʻlgan organning ruxsatnomasi olingan oydan eʼtiboran yigirma toʻrt oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
420-modda. Soliq bazasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish obyektlarining kadastr qiymati soliq bazasi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni hisoblab chiqarish maqsadida soliq bazasi qirq ikki million soʻmdan kam boʻlishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash boʻyicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan soliq solish obyektining bahosi mavjud boʻlmagan taqdirda, mol-mulkning shartli qiymati Toshkent va Nukus shaharlarida, shuningdek viloyat markazlarida — ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan summaning besh baravari miqdorida, boshqa shaharlarda va qishloq joylarda esa — ikki baravari miqdorida soliq bazasi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitta jismoniy shaxs bir nechta soliq solish obyekti boʻyicha soliq toʻlovchi boʻlgan taqdirda, soliq bazasi har bir obyekt boʻyicha alohida hisoblab chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
421-modda. Soliq imtiyozlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilarning mulkida boʻlgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) “Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor boʻlgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur imtiyoz tegishincha “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimning maʼlumotnomasi asosida beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimning yoxud boshqa vakolatli organning maʼlumotnomasi asosida, boshqa nogironlarga (qatnashchilarga) esa nogironning (qatnashchining) imtiyozlarga boʻlgan huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) sobiq SSSRni, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yaralanganligi, kontuziya boʻlganligi yoki mayib boʻlganligi oqibatida yoxud frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu imtiyoz “Halok boʻlgan askarning beva xotini (beva eri, onasi, otasi)” yoki “Ichki ishlar organlari halok boʻlgan xodimining beva xotini (beva eri, onasi, otasi)” shtampi qoʻyilgan yoxud pensiya guvohnomasini bergan muassasa rahbarining imzosi va ushbu muassasa muhri bilan tasdiqlangan tegishli yozuvli pensiya guvohnomasi asosida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar mazkur shaxslar pensioner boʻlmasa, soliq imtiyozi ularga sobiq SSSR Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik qoʻmitasi yoki Ichki ishlar vazirligining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va harbiy xizmat nazarda tutilgan boshqa idoralarning tegishli organlari tomonidan berilgan harbiy xizmatchining yoki ichki ishlar organlari xodimining halok boʻlganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sobiq SSSRni, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yoki frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning yoxud ichki ishlar organlari xodimlarining beva xotinlariga (beva erlariga) soliq imtiyozi faqat ular yangi nikohdan oʻtmagan taqdirda beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari oʻrnatilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur imtiyoz energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan holda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida energiya taʼminoti tashkilotlari tomonidan berilgan maʼlumotnoma asosida taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida boʻlgan mol-mulk oltmish kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) oʻn nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining. Mazkur imtiyoz fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi maʼlumotnomasi asosida beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) pensionerlarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi asosida beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada koʻrsatib oʻtilgan soliq imtiyozlariga ega boʻlgan shaxslar soliq imtiyozini olishga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq solish obyekti joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada belgilangan soliq imtiyozlari mulkdorning tanloviga koʻra faqat bitta yashash uchun moʻljallangan koʻchmas mulk obyektiga tatbiq etiladi, bundan ushbu modda birinchi qismining 4-bandida koʻrsatilgan shaxslar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
422-modda. Soliq stavkalari. Soliq davri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Soliq solish obyektlari
Soliq stavkalari, foizlarda
1.
Uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari (umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq boʻlganlari bundan mustasno), boshqa imoratlar, binolar va inshootlar
0,2
2.
Shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar, umumiy maydoni:
200 kv.m dan va 500 kv.m ga qadar boʻlgan
0,25
500 kv.m dan ortiq boʻlgan
0,35
3.
Boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq boʻlgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari
0,25
4.
Tadbirkorlik faoliyati uchun yoxud yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan roʻyxatga olinmagan yangi qurilgan uy-joylarga nisbatan soliq stavkasi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan taqdim etilgan axborot asosida mulkning shartli qiymatiga nisbatan ikki baravar miqdorida qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududlarning va faoliyat amalga oshiriladigan joylarning xususiyatlarini hisobga olgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari oʻrnatilgan soliq stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha boʻlgan oraliqdagi kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar belgilashga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona turar joydan unda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish) uchun foydalangan taqdirda, soliq ushbu modda birinchi qismining 1 — 3-bandlarida belgilangan soliq stavkalari boʻyicha toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Normativ muddatda qurilishi tugallanmagan yashash uchun moʻljallanmagan obyektlarga nisbatan soliq stavkasi, agar ushbu moddaning oltinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, 4 foiz miqdorida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻsh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlar, shuningdek qurilishi tugallanmagan obyektlarga nisbatan qonun hujjatlarida oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yoʻli bilan yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kalendar yil soliq davridir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
423-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni hisoblab chiqarish soliq toʻlovchining yashash joyidan qatʼi nazar, soliq solish obyekti joylashgan yerdagi soliq organlari tomonidan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organning maʼlumotlari asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq summasi mol-mulkning 1-yanvardagi holatiga koʻra boʻlgan kadastr qiymatidan va belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir necha mulkdorlarining umumiy ulushli mulki boʻlgan imoratlar, binolar va inshootlar uchun soliq har bir mulkdor tomonidan ularning ushbu imoratlar, binolar va inshootlardagi ulushiga mutanosib ravishda toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi kalendar yil mobaynida bir mulkdordan boshqasiga oʻtgan taqdirda, soliq avvalgi mulkdor tomonidan shu yilning 1-yanvaridan eʼtiboran u mol-mulkka boʻlgan mulk huquqini yoʻqotgan oyning boshlanishiga qadar, yangi mulkdor tomonidan esa, unda mulk huquqi vujudga kelgan oydan eʼtiboran toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi imoratlar, binolar va inshootlar boʻyicha soliq mulk huquqi yuzaga kelgan oydan eʼtiboran toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Meros boʻyicha oʻtgan mol-mulk uchun soliq merosxoʻrda mulk huquqi vujudga kelgan oydan eʼtiboran toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solish obyekti yoʻq qilingan, vayron boʻlgan yoki buzib tashlangan taqdirda, soliqni undirish mol-mulk yoʻq qilingan, vayron boʻlgan yoki buzib tashlangan oydan eʼtiboran tugatiladi. Soliq summasini qayta hisob-kitob qilish mahalliy davlat hokimiyati organi yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan berilgan yoʻq qilinganlik, vayron boʻlganlik yoki buzib tashlanganlik faktini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda, amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kalendar yil mobaynida imtiyozlarga boʻlgan huquq vujudga kelgan (tugagan) taqdirda, soliqni qayta hisob-kitob qilish ushbu huquq vujudga kelgan (tugagan) oydan eʼtiboran amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni toʻlash toʻgʻrisidagi toʻlov xabarnomasi soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchilarga imzo qoʻydirilgan holda yoki toʻlov xabarnomasi olinganligini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda har yili 1-martdan kechiktirmay topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq davri uchun soliqni toʻlash teng ulushlarda 15-aprelga va 15-oktabrga qadar amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XVI BOʻLIM. YER SOLIGʻI
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.02.00 (Кучини йукотган) Er soligʻi / 07.11.02.01 (Кучини йукотган) Er soligʻi toʻlovchilar va soliqqa tortish obyekti]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61-bob. Yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
424-modda. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun budjetga toʻlovlar yer soligʻi yoki yer uchun ijara toʻlovi tarzda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi yer soligʻiga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan yuridik shaxslarga yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlovchilar uchun belgilangan soliq stavkalari, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxslar mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yer soligʻi toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
425-modda. Soliq toʻlovchilar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan yuridik shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlovchilar (bundan buyon ushbu bobda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchmas mulk ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi soliq toʻlovchi deb eʼtirof etiladi. Bunda moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijaraga (lizing) berilgan (olingan) koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha ijaraga oluvchi (lizing oluvchi) soliq toʻlovchi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir yuridik shaxs yer uchastkasining foydalanilayotgan maydonidagi oʻz ulushi uchun soliq toʻlovchi deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
426-modda. Soliq solish obyekti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yuridik shaxslarda boʻlgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻining (bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyektidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagi yer uchastkalari soliq solish obyekti sifatida hisoblanmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) notijorat tashkilotlari tomonidan notijorat faoliyati doirasida foydalaniladigan yerlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) aholi punktlarining, bogʻdorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, koʻchalar, tor koʻchalar, yoʻllar, shoxobcha yoʻllar, sugʻorish tarmoqlari, kollektorlar, sohil boʻyi yerlari va boshqa shu kabi umumiy foydalanishdagi yerlar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari egallagan yerlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, istirohat bogʻlari, sayilgohlar, xiyobonlar, dam olish uylari, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari, aholining ommaviy dam olishi va turizmini tashkil etish uchun belgilangan joylar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) davlat qoʻriqxonalarining, kompleks (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalarining, tabiat bogʻlarining, davlat tabiat yodgorliklarining, buyurtma qoʻriqxonalarning (bundan ovchilik xoʻjaliklarida tashkil etiladigan buyurtma qoʻriqxonalar mustasno), tabiiy pitomniklarning, davlat biosfera rezervatlarining, milliy bogʻlarning yerlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) sogʻlomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar – tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanishga berilgan, profilaktika hamda davolash ishlarini tashkil etish uchun qulay tabiiy shifobaxsh omillarga ega boʻlgan yer uchastkalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) rekreatsiya ahamiyatiga molik yerlar – aholining ommaviy dam olishi va turizmini tashkil etish uchun tegishli muassasalar hamda tashkilotlarga berilgan yer uchastkalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar – tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanishga berilgan moddiy madaniy meros obyektlari, xotira bogʻlari egallagan yer uchastkalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) gidrometeorologiya va gidrogeologiya stansiyalari hamda postlari egallagan yerlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) yuridik shaxs balansida boʻlgan va fuqaro muhofazasi hamda safarbarlik ahamiyatiga molik alohida joylashgan obyektlar egallagan yerlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) kommunal-maishiy ahamiyatga molik yerlar (dafn etish joylari, maishiy chiqindilarni yigʻish, qaytadan ortish va saralash joylari, shuningdek chiqindilarni zararsizlantirish hamda utilizatsiya qilish joylari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan yer uchastkalari xoʻjalik faoliyatini yuritish uchun foydalanilsa, ular ushbu bobda belgilangan tartibda soliq solish obyekti hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
427-modda. Soliq bazasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar soliq bazasidir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha — ushbu Kodeksning 428-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan yer uchastkalari maydonlari chegirib tashlangan holda, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasining umumiy maydoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha — ushbu Kodeksning 428-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan yer uchastkalari chegirib tashlangan holda, yer uchastkalarining qonun hujjatlariga muvofiq aniqlangan normativ qiymati, meva-sabzavotchilik qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun meva-sabzavotchilik mahsulotlari egallagan yerlar uchun esa — yer uchastkasining umumiy maydoni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqi yil mobaynida soliq toʻlovchiga oʻtgan boʻlsa, soliq bazasi yer uchastkalariga tegishli huquq vujudga kelganidan keyingi oydan eʼtiboran hisoblab chiqariladi. Yer uchastkasining maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliq bazasi yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan oydan eʼtiboran kamaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxslarda soliq imtiyoziga boʻlgan huquq vujudga kelgan taqdirda, soliq bazasi ushbu huquq vujudga kelgan oydan eʼtiboran kamaytiriladi. Soliq imtiyoziga boʻlgan huquq bekor qilingan taqdirda, soliq bazasi ushbu huquq tugatilganidan keyingi oydan eʼtiboran hisoblab chiqariladi (koʻpaytiriladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi soliq toʻlash nazarda tutilmagan faoliyat turlarini amalga oshirganda, soliq bazasi soliq solinadigan va soliq solinmaydigan yer uchastkasi boʻyicha alohida-alohida hisob yuritish asosida aniqlanadi. Alohida-alohida hisob yuritish imkoniyati boʻlmaganda, soliq bazasi soliqni toʻlash nazarda tutilgan faoliyatdan olinadigan sof tushumning umumiy sof tushum hajmidagi ulushidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.02.00 (Кучини йукотган) Er soligʻi / 07.11.02.03 (Кучини йукотган) Er soligʻi boʻyicha imtiyozlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
428-modda. Soliq imtiyozlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqaruvchilar qayta tiklanadigan energiya manbalari (nominal quvvati 0,1 MVt va koʻproq) uskunalari egallagan yer uchastkalari boʻyicha ular ishga tushirilgan paytdan eʼtiboran oʻn yil muddatga soliqdan ozod etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sport va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish majmualari, onalar va bolalarning dam olish hamda sogʻlomlashtirish joylari, dam olish uylari hamda oʻquv-mashq bazalari egallagan yerlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shahar elektr transporti yoʻllari va metropoliten liniyalari, shu jumladan jamoat transporti bekatlari va metropoliten stansiyalari hamda ularning inshootlari egallagan yerlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi punktlarining suv taʼminoti va kanalizatsiya inshootlari (magistral suv quvurlari, vodoprovod tarmoqlari, kanalizatsiya kollektorlari va ularning inshootlari, nasos stansiyalari, suv olish va tozalash inshootlari, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlaridagi kuzatish quduqlari va dyukerlari, suv bosimi hosil qiladigan minoralar hamda shunga oʻxshash inshootlar egallagan yerlar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
magistral issiqlik trassalari, shu jumladan nasos (koʻpaytiruvchi, kamaytiruvchi, aralashtiruvchi, drenaj) stansiyalari, issiq suv taʼminotining issiqlikni hisobga olish va nazorat qilish asboblari, isitkichlari, sirkulyatsiya nasoslari hamda shunga oʻxshash inshootlar egallagan yerlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ihota oʻrmon daraxtzorlari egallagan yerlar. Ihota oʻrmon daraxtzorlari jumlasiga quyidagilar kiradi: oʻrmonlarning daryolar, koʻllar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari boʻylab oʻtgan taqiqlangan mintaqalari; oʻrmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari; eroziyadan saqlaydigan oʻrmonlar; oʻrmonlarning temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari yoqalab oʻtgan ihota mintaqalari; choʻl va chala choʻl zonalaridagi oʻrmonlar; shahar oʻrmonlari va oʻrmon-bogʻlari; shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining koʻkalamzorlashtirilgan zonalari atrofidagi oʻrmonlar; suv taʼminoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi oʻrmonlar; kurort tabiiy hududlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilish tegrasidagi oʻrmonlar; alohida qimmatga ega boʻlgan oʻrmonlar; ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan oʻrmonlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomchilatib sugʻorish qoʻllaniladigan yerlar — tomchilatib sugʻorish tizimi joriy etilgan oyning boshidan eʼtiboran besh yil muddatga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yangi oʻzlashtirilayotgan yerlar — vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq, ularni oʻzlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular oʻzlashtirilgan vaqtdan eʼtiboran besh yil mobaynida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
melioratsiya ishlari amalga oshirilayotgan mavjud sugʻoriladigan yerlar — vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq, ishlar boshlanganidan eʼtiboran besh yil muddatga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi barpo etilayotgan bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar, daraxtlarning qator oralaridan qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qatʼi nazar, uch yil muddatga. Kuzda oʻtqazilgan yangi koʻchatlar uchun beriladigan soliq imtiyozi muddatini hisoblab chiqarish keyingi yilning 1-yanvaridan eʼtiboran boshlanadi, bahorda oʻtqazilgan koʻchatlar uchun esa joriy soliq davrining 1-yanvaridan eʼtiboran boshlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy tashkilotlarning, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda oʻquv yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va oʻquv-tajriba xoʻjaliklarining bevosita ilmiy hamda oʻquv maqsadlari uchun foydalaniladigan qishloq xoʻjaligi ahamiyatiga molik boʻlgan yerlar va oʻrmon fondining yerlari. Ushbu bandga muvofiq ilmiy tajribalar, eksperimental ishlar, yangi navlarning seleksiyasi oʻtkazilishi uchun hamda mavzulari tasdiqlangan boshqa ilmiy va oʻquv maqsadlari uchun foydalaniladigan ekinlar hamda daraxtzorlar egallagan yer uchastkalari soliq toʻlashdan ozod qilinadi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.02.00 (Кучини йукотган) Er soligʻi / 07.11.02.02 (Кучини йукотган) Er soligʻi stavkalari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
429-modda. Soliq stavkalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha soliq stavkalari 1 gektar uchun mutlaq miqdorda belgilanadi. Soliq stavkalarining aniq miqdori Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonuni bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar boʻyicha soliq stavkalari qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda, meva-sabzavotchilik qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun meva-sabzavotchilik mahsulotlari egallagan yerlar uchun esa — 1 gektar uchun mutlaq miqdorda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yagona ishtirokchilari nogironlarning jamoat birlashmalari boʻlgan va xodimlar umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar tashkil etadigan hamda nogironlarning mehnatiga haq toʻlash fondi mehnatga haq toʻlash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar egallagan yerlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr uzatish liniyalari, ularning podstansiyalari va inshootlari egallagan yerlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumdavlat aloqa liniyalari (havo va kabelli aloqa liniyalari, tirgakli liniyalar va radiofikatsiyalar, yer osti kabelli liniyalari, ularni bildiruvchi signalli va harakatsiz belgilar, radiorele aloqa liniyalari, kabelli telefon kanalizatsiyalari, yer ustidagi va yer ostidagi xizmat koʻrsatilmaydigan kuchaytirgich punktlari, taqsimlagich shkaflar, yerga ulash konturi qutilari hamda boshqa aloqa inshootlari) egallagan yerlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar, shu jumladan tuproq koʻtarmasi, sunʼiy inshootlar, liniya-yoʻl binolari, temir yoʻl aloqasi hamda elektr taʼminoti qurilmalari, inshootlar va yoʻl qurilmalaridan iborat temir yoʻl stansiyalari hamda saralash joylari, shuningdek belgilangan tartibda temir yoʻl transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanishga berilgan ihota daraxtzorlari egallagan yerlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
magistral neft va gaz quvurlari, shu jumladan kompressor, nasos stansiyalari, yongʻinga qarshi va avariyaga qarshi stansiyalar, quvurlarni katodli himoyalash stansiyalari ularni tarmoqqa ulash uzellari bilan, quvurlarni tozalash qurilmalari hamda shunga oʻxshash inshootlar band etgan yerlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
samolyotlarning uchish-qoʻnish maydonlari, yerda boshqarish yoʻlkalari va toʻxtash joylari, fuqaro aviatsiyasi aeroportlarining radionavigatsiya va elektr yoritish uskunalari egallagan yerlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining rivojlantirish Davlat dasturlariga kiritilgan obyektlar qurilishi uchun ajratilgan yerlar — qurilishning normativ muddati davrida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konservatsiyaga qoʻyilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan obyektlar egallagan yerlar — ularning konservatsiyasi davrida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning uchinchi qismi yuridik shaxslarga belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkalariga tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkasi mulkdorining, yer egasining, yerdan foydalanuvchining yoki ijarachining aybi bilan qishloq xoʻjaligi yerlarining sifati yomonlashgan (bonitet bali pasaygan) taqdirda, soliq yuridik shaxslar tomonidan yerning sifati yomonlashguniga qadar mavjud boʻlgan bonitent balidan kelib chiqkan holda toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligi yerlarining sifati yaxshilangan taqdirda (bonitet bali oshganda), soliq yuridik shaxslar tomonidan tuproq bonitirovkasi oʻtkazilgan yildan keyingi yilning boshidan yangi bonitet balidan kelib chiqqan holda, qishloq xoʻjaligi yerlarining normativ qiymati boʻyicha, agrotexnik tadbirlar tugagan davrlarda qayta hisob-kitob qilinmasdan toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharlar va shaharchalarning maʼmuriy chegaralarida joylashgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun soliq qishloq xoʻjaligi yerlari uchun belgilangan soliq stavkalarining ikki baravari miqdorida toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilishi tugallanmagan obyektlar egallagan yer uchastkalari uchun, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq ikki baravar soliq stavkalari boʻyicha toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻsh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlar, shuningdek qurilishi tugallanmagan obyektlarga nisbatan qonun hujjatlarida oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yoʻli bilan taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin hamda ushbu Kodeksning 428-moddasida koʻrsatilgan soliq imtiyozlari ularga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tugallanmagan qurilish obyektlari jumlasiga ushbu qurilish obyektiga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan boʻlsa, ushbu obyektlarning qurilishiga vakolatli boʻlgan organning ruxsatnomasi olingan oydan eʼtiboran yigirma toʻrt oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer maydonlaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining toʻrt baravari miqdorida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
430-modda. Soliq davri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kalendar yil soliq davridir.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.02.00 (Кучини йукотган) Er soligʻi / 07.11.02.04 (Кучини йукотган) Er soligʻini hisoblash va toʻlash tartibi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
431-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va soliq hisobotini taqdim etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq har bir soliq davrining 1-yanvariga boʻlgan holatga koʻra hisoblab chiqariladi va soliq hisoboti yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organiga quyidagi muddatlarga taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha — joriy soliq davrining 10-yanvariga qadar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar soliqni ushbu Kodeksning 427-moddasiga muvofiq aniqlangan soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda hisoblab chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasi (hisoblab chiqarilgan soliq summasi) soliq davri mobaynida oʻzgarish boʻlganda yuridik shaxslar bir oylik muddat ichida soliq organiga aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq davri mobaynida qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining umumiy maydonida va tarkibida oʻzgarishlar yuz bergan yuridik shaxslar qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlari boʻyicha aniqlashtirilgan soliq hisobotini joriy yilning 1-dekabriga qadar taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks 426-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan obyektlar joylashgan yer uchastkalariga ega boʻlgan yuridik shaxslar joriy soliq davrining 10-yanvariga qadar mazkur obyektlarning joylashgan yeri boʻyicha soliq organlariga soliq solish obyekti hisoblanmaydigan, yuridik shaxsda mavjud boʻlgan yer uchastkalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan shakldagi maʼlumotnomani taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq davri davomida soliq toʻlashning belgilangan muddatidan keyin majburiyatlar yuzaga kelganda, ushbu summani toʻlash majburiyatlar yuzaga kelgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun soliqni toʻlash quyidagicha amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisobot yilining 1-sentabriga qadar — yillik soliq summasining 30 foizi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisobot yilining 1-dekabriga qadar — soliqning qolgan summasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62-bob. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
433-modda. Soliq toʻlovchilar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan yoki etmagan holdagi dehqon xoʻjaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini soliq toʻlovchilari (bundan buyon ushbu bobda soliq toʻlovchi deb yuritiladi) deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara toʻlovi yer soligʻiga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy shaxslarga nisbatan jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlovchilar uchun belgilangan soliq stavkalari, soliq imtiyozlari, soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uy-joy, yashash uchun moʻljallanmagan imoratlar va inshootlar meros boʻyicha oʻtishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi oʻtgan yer uchastkalari uchun yer soligʻi meros qoldiruvchining soliq majburiyatlarini inobatga olgan holda merosxoʻrlardan undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
434-modda. Soliq solish obyekti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagi yer uchastkalari jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻining (bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyektidir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) dehqon xoʻjaligini yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) meros boʻyicha, hadya qilinishi yoki sotib olinishi natijasida uy-joy va imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham oʻtgan yer uchastkalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib sotib olingan yer uchastkalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻp kvartirali uylar egallagan yer uchastkalari soliq solish obyekti boʻlmaydi, bundan ushbu modda birinchi qismining 7-bandida koʻrsatilganlar va koʻp kvartirali uylarda joylashgan yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
435-modda. Soliq bazasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organning maʼlumotlari boʻyicha yer uchastkalarining maydoni soliq bazasidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun fuqarolarga berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan yer uchastkalari boʻyicha soliq bazasi ushbu yer uchastkalarini bergan tashkilotlar boshqaruv organlarining maʼlumotlari boʻyicha aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmat yuzasidan berilgan chek yer maydonlari boʻyicha soliq bazasi oʻz xodimlariga yer uchastkalarini bergan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning maʼlumotlari boʻyicha aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
436-modda. Soliq imtiyozlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqdan quyidagilar ozod qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) “Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor boʻlgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar. Mazkur imtiyoz “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni va Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari boʻlimining maʼlumotnomasi asosida beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar. Mazkur imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari boʻlimining yoxud boshqa vakolatli organning maʼlumotnomasi asosida, boshqa nogironlarga (qatnashchilarga) esa nogironning (qatnashchining) imtiyozlarga boʻlgan huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi asosida beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) yolgʻiz pensionerlar. Yolgʻiz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolgʻiz pensionerlar deb tushuniladi. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining maʼlumotnomasi, shuningdek fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining maʼlumotnomasi asosida beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada oʻn olti yoshga toʻlmagan beshta va undan ortiq bolalari boʻlgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalardir. Mazkur imtiyoz Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining maʼlumotnomasi asosida beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan) fuqarolar. Mazkur imtiyoz tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi, nogironligi boʻlgan shaxsning maxsus guvohnomasi, Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatish ishtirokchisining guvohnomasi, shuningdek vakolatli organlar tomonidan berilgan va imtiyozlar berish uchun asos boʻladigan boshqa hujjatlar asosida beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar — qayta tiklanadigan energiya manbalari oʻrnatilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga. Mazkur imtiyoz energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan holda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida energiya taʼminoti tashkilotlari tomonidan berilgan maʼlumotnoma asosida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan soliq imtiyozlari, bundan 5-bandda koʻrsatilgani mustasno, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organda roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy shaxslarga beriladi. Bunda mazkur soliq imtiyozlari soliq toʻlovchining tanlovi boʻyicha faqat bitta yer uchastkasiga berilishi mumkin, bundan ushbu modda birinchi qismining 7-bandida koʻrsatilgan shaxslar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddada koʻrsatilgan soliq imtiyozlariga ega boʻlgan shaxslar soliq imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
437-modda. Soliq stavkalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq stavkalari 1 kv.m uchun mutlaq miqdorlarda belgilanadi. Soliq stavkalarining aniq miqdori Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonuni bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududlarning va faoliyat amalga oshiriladigan joyning xususiyatlarini hisobga olgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari belgilangan soliq stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar belgilash huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yoxud uylar, dala hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida boʻlgan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari egallagan yer uchastkalari uchun soliq jismoniy shaxslardan yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlash uchun belgilangan soliq stavkalari boʻyicha undiriladi hamda ushbu Kodeksning 436-moddasida koʻrsatilgan imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻsh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlar, shuningdek normativ muddatida qurilishi tugallanmagan obyektlar joylashgan yer uchastkalariga nisbatan qonun hujjatlarida oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yoʻli bilan yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona yer uchastkasidan unda joylashgan uyda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish) uchun foydalangan taqdirda, soliq jismoniy shaxslar uchun belgilangan soliq stavkasi boʻyicha toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalarining tomorqa qismiga qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish yoki uni obodonlashtirish amalga oshirilmagan taqdirda soliq uch baravar miqdorda toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda, soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining uch baravari miqdorida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
438-modda. Soliq davri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kalendar yil soliq davri hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
439-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni hisoblab chiqarish, soliq toʻlovchining yashash joyidan qatʼi nazar, yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlari tomonidan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning maʼlumotlari asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlari har yili 1-martdan kechiktirmay soliq summasi va uni toʻlash muddatlari koʻrsatilgan toʻlov xabarnomasini jismoniy shaxslarga imzo qoʻydirib yoki toʻlov xabarnomasi olinganligi faktini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda topshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yil mobaynida yer uchastkasi maydoni oʻzgarganda va imtiyozlarga boʻlgan huquq yuzaga kelganda (tugatilganda) soliq organlari mazkur oʻzgarishlardan keyin bir oy ichida soliqni qayta hisob-kitob qilishi hamda soliq toʻlovchiga soliq summasi va uni toʻlash muddatlari koʻrsatilgan yangi yoki qoʻshimcha toʻlov xabarnomasini taqdim etishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
440-modda. Soliq toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yil davomida ajratilgan yer uchastkalari uchun soliq yer uchastkasi ajratilgan oydan keyingi oydan eʼtiboran jismoniy shaxslar tomonidan toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliqni toʻlash yer uchastkasi kamaytirilgan oydan eʼtiboran tugatiladi (kamaytiriladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq boʻyicha imtiyozlar belgilangan taqdirda, bu soliq imtiyozga boʻlgan huquq yuzaga kelgan oydan eʼtiboran toʻlanmaydi. Soliq boʻyicha imtiyozlarga boʻlgan huquq tugatilgan taqdirda, bu soliq mazkur huquq tugatilgan oydan keyingi oydan eʼtiboran toʻlana boshlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq davri uchun soliqni toʻlash jismoniy shaxslar tomonidan 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.07.00 (Кучини йукотган) Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq / 07.10.07.01 (Кучини йукотган) Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilar va soliqqa tortish obyekti / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XVII BOʻLIM. SUV RESURSLARIDAN FOYDALANGANLIK UCHUN SOLIQ
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63-bob. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
441-modda. Soliq toʻlovchilar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchilar (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi hududida suvdan birlamchi foydalanishni yoki suvni isteʼmol qilishni amalga oshiruvchi quyidagi shaxslardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasalari orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
suvdan tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholi punktlarining suv taʼminoti uchun suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar faqat oʻz ehtiyojlari uchun foydalanadigan suv uchun soliqni toʻlovchilar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
442-modda. Soliq solish obyekti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalaniladigan suv resurslari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq deb yuritiladi) solish obyektidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar soliq solish obyekti boʻlmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) notijorat tashkilotlar tomonidan notijorat faoliyatni amalga oshirish doirasida foydalaniladigan suv resurslari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan davolash maqsadida foydalaniladigan yer osti mineral suvlari, bundan savdo tarmogʻida realizatsiya qilish uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) atrof-muhitga zararli taʼsir koʻrsatishining oldini olish maqsadida chiqarib olingan yer osti suvlari, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) shaxtadan suvlarni qochirish uchun, foydali qazilmalarni qazib olish paytida chiqarib olingan va qatlamdagi bosimni saqlab turish uchun yer qaʼriga qayta quyiladigan yer osti suvlari, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) gidroelektrostansiyalar gidravlik turbinalarining harakati uchun foydalaniladigan suv resurslari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik elektr markazlari tomonidan qayta quyiladigan suv resurslari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan shoʻrlangan yerlarni yuvish uchun foydalaniladigan, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan shoʻrlarni yuvish normalari doirasidagi suv resurslari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
443-modda. Soliq bazasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydalanilgan suvning hajmi soliq bazasidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
444-modda. Soliq bazasini aniqlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan olingan suv hajmi suvdan foydalanishning buxgalteriya (dastlabki) hisobi hujjatlarida aks ettirilgan suv oʻlchagich asboblar koʻrsatkichlari asosida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suvdan oʻlchagich asboblarsiz foydalanilgan taqdirda, uning hajmi suv obyektlaridan suv olish limitlaridan, suvni isteʼmol qilishning texnologik va sanitariya normalaridan, ekinlar hamda yashil daraxtzorlarni sugʻorish normalaridan yoki maʼlumotlarning toʻgʻriligini taʼminlovchi boshqa usullardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalanilgan suv resurslari hajmlarining alohida hisobini yuritadi. Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan suv keladigan vodoprovod tarmogʻidagi suvdan foydalanilganda, soliq bazasi manbaning har bir turi boʻyicha alohida aniqlanadi. Suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar vodoprovod tarmogʻiga suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan kelib tushadigan suv hajmlarining nisbati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga joriy soliq davrining 15-yanvariga qadar taqdim etishi kerak. Soliq organlari uch kun ichida ushbu maʼlumotlarni soliq toʻlovchilar eʼtiboriga yetkazishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Issiq suv hamda bugʻ hosil qilinishi boʻyicha soliq bazasi soliq toʻlovchi tomonidan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun oʻzi foydalangan suv resurslari hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Binolarning bir qismi, alohida inshootlar ijaraga berilganda soliq bazasi suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan ijaraga beruvchi tomonidan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Binolarning bir qismini, alohida inshootlarni ijaraga olgan va suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi soliq toʻlovchilar bilan shartnoma tuzgan yuridik shaxslar soliq bazasini mustaqil ravishda aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar yuridik shaxslar bilan suv yetkazib berilishi yuzasidan solishtirib koʻrish jarayonida olingan suvning hajmini aniqlashtirishda suv hajmining farqini solishtirish amalga oshirilgan davrdagi hisob-kitoblarda aks ettiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxslarning hududida taʼmirlash-qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajaruvchi soliq toʻlovchilar ushbu ishlarni bajarish jarayonida foydalaniladigan suv uchun soliq toʻlamaydi. Taʼmirlash-qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajarayotganda foydalaniladigan suv hajmi uchun bu ishlar qaysi yuridik shaxslar uchun bajarilayotgan boʻlsa, oʻsha yuridik shaxslar soliq toʻlaydi. Qurilish ishlari yangi qurilish maydonchasida bajarilgan taqdirda, qurilishda foydalaniladigan suv hajmi uchun qurilish tashkiloti soliq toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxslar qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlarga taalluqli qism boʻyicha soliq bazasini soliq davrida bir gektar sugʻoriladigan yerlarni sugʻorish uchun sarflanadigan suvning butun xoʻjalik boʻyicha oʻrtacha hajmidan kelib chiqqan holda aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchi soliq toʻlash nazarda tutilmagan faoliyat turlarini amalga oshirgan taqdirda, soliq bazasi soliq solinadigan va soliq solinmaydigan suv resurslari hajmining hisobini alohida yuritish asosida aniqlanadi. Alohida hisob yuritish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, soliq bazasi qaysi faoliyat boʻyicha soliq toʻlash sof tushumning umumiy hajmida nazarda tutilgan boʻlsa, oʻsha faoliyatdan olinadigan sof tushumning solishtirma hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alkogolli mahsulot va alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarish va boshqa maqsadlar uchun foydalanilgan suvning hajmi ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar uchun soliq bazasi hisoblanadi. Alkogolli mahsulot va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi deganda isteʼmol idishidagi tayyor mahsulotga toʻgʻri keladigan suvning hajmi tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.07.00 (Кучини йукотган) Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq / 07.10.07.02 (Кучини йукотган) Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
445-modda. Soliq stavkalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilangan limitlar doirasida yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv resurslari uchun soliq stavkalari bir kub metr uchun mutlaq miqdorda belgilanadi. Soliq stavkalarining miqdori Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonuni bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suvdan foydalanish uchun belgilangan limitlardan ortiqcha suv olinganda, bunday ortiqcha qism boʻyicha soliq stavkalari belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suv resurslaridan ruxsat beruvchi hujjatlarsiz foydalanilganda, shuningdek avtotransport vositalarini yuvishni amalga oshiruvchi korxonalar tomonidan yer usti manbalaridan olingan suvdan foydalanilganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
446-modda. Soliq davri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kalendar yil soliq davri hisoblanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.07.00 (Кучини йукотган) Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq / 07.10.07.04 (Кучини йукотган) Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻlash tartibi / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
447-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va soliq hisobotini taqdim etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq summasi soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dehqon xoʻjaliklari uchun soliq summasi soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda soliq organlari tomonidan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq hisoboti suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish joyidagi soliq organlariga quyidagilar tomonidan yilda bir marta taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan, bundan qishloq xoʻjaligi korxonalari mustasno — yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan — joriy soliq davrining 15-dekabrigacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — soliq davridan keyingi yilning 20-yanvarigacha.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq organlari soliq toʻlash toʻgʻrisidagi toʻlov xabarnomasini dehqon xoʻjaliklariga soliq davridan keyingi yilning 1-fevralidan kechiktirmay topshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
448-modda. Soliq toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq davri mobaynida soliq toʻlovchilar soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarni toʻlaydi, bundan qishloq xoʻjaligi korxonalari, Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek dehqon xoʻjaliklari mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻnak toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq toʻlovchilar joriy soliq davrining 20-yanvarigacha, yangi tashkil etilganlari esa davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay, suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish joyidagi soliq organlariga moʻljallanayotgan soliq bazasidan (foydalaniladigan suv hajmidan) va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davri uchun soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etadi. Soliq boʻyicha majburiyatlari soliq davri ichida yuzaga kelgan soliq toʻlovchilar soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani soliq majburiyati yuzaga kelgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan boʻnak toʻlovlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar mustasno) — har oyning 20-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan kamroqni tashkil etadigan, aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar boʻlmagan yuridik shaxslar, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan — har chorak uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay yillik soliq summasining toʻrtdan bir qismi miqdorida toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq davri davomida moʻljallanayotgan soliq bazasi oʻzgarganda, soliq toʻlovchi soliq summasi toʻgʻrisida aniqlashtirilgan maʼlumotnoma taqdim etishga haqli. Bunda soliq davrining qolgan qismi uchun boʻnak toʻlovlarga soliqning oʻzgargan summasiga teng ulushlarda tuzatish kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq davri uchun boʻnak toʻlovlar hisobga olingan holda soliqni toʻlash soliq toʻlovchilar tomonidan, bundan dehqon xoʻjaliklari mustasno, suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli joyida, soliq hisoboti taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq davri uchun boʻnak toʻlovlar summasi soliq hisobotida koʻrsatilgan budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasiga nisbatan 10 foizdan ortiq miqdorga kamaytirilgan taqdirda, soliq organi boʻnak toʻlovlarni soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan hisob-kitob qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dehqon xoʻjaliklari tomonidan soliqni toʻlash yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1-mayigacha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XVIII BOʻLIM. YER QAʼRIDAN FOYDALANGANLIK UCHUN SOLIQ
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64-bob. Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
449-modda. Soliq toʻlovchilar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yer qaʼridan foydali qazilmalarni qazib oluvchi, mineral xom ashyodan va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali komponentlarni ajratib oluvchi yer qaʼridan foydalanuvchilar yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni soliq toʻlovchilar (bundan buyon ushbu bobda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida konlarni qidirishni, foydali qazilmalarni qazib olishni, mineral xom ashyodan va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali komponentlarni ajratib olishni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar soliq solish maqsadida yer qaʼridan foydalanuvchilar deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etgan holda qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshirishga taalluqli qism boʻyicha soliq toʻlovchilar boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
450-modda. Soliq solish obyekti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmani qazib olish (ajratib olish) hajmi yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq (bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) solish obyektidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaning hajmi foydali qazilmalarning haqiqiy yoʻqotishlarini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmaning zaxirasi qaysi foydali qazilmaning miqdoriga kamaytiriladigan boʻlsa, oʻsha foydali qazilmaning hisoblangan miqdori va foydali qazilmani qazib olishning (ajratib olishning) toʻliq texnologik sikli yakunlangach aniqlangan, haqiqatda qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilma miqdori oʻrtasidagi farq foydali qazilmaning haqiqiy yoʻqotishlaridir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solish obyekti foydali qazilmaning har bir turi boʻyicha alohida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar soliq solish obyektidir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmalar (shu jumladan birga qoʻshilib chiqadigan);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydali qazilmalardan, mineral xom ashyodan, texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan foydali komponentlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoat yoʻsinida dastlabki qayta ishlovdan oʻtkazilgan qazib olingan uglevodorodlar shu jumladan birga qoʻshilib chiqadigan foydali qazilmalar va foydali komponentlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uglevodorodlarni qayta ishlash jarayonida ajratib olingan, lekin oldingi qazib olinganda va qayta ishlanganda qayta ishlanadigan foydali qazilmalar tarkibida tayyor mahsulot sifatida soliq solinmagan foydali komponentlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, shu jumladan texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar soliq solish obyekti boʻlmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qatlamdagi bosimni saqlab turish va (yoki) uglevodorodlarni yopiq texnologik jarayon doirasida ajratib olish uchun mahsuldor qatlamga qayta haydab kiritiladigan tabiiy gaz hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻlovchilarga berilgan yer uchastkalari doirasida qazib olingan (ajratib olingan) hamda oʻzining xoʻjalik va roʻzgʻor ehtiyojlari uchun foydalanilgan keng tarqalgan foydali qazilmalar. Keng tarqalgan foydali qazilmalar roʻyxati qonun hujjatlari bilan belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda daryo oʻzanlarini tozalash va qirgʻoqlarni mustahkamlash ishlari natijasida qazib olingan (ajratib olingan) noruda foydali qazilmalar, bundan qayta ishlangan va realizatsiya qilingan foydali qazilmalar hajmi mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
451-modda. Soliq bazasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasi yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda har bir qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmaga, shu jumladan asosiy foydali qazilmani qazib olishda birga chiqadigan foydali komponentlarga nisbatan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddaning yettinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq bazasi qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmalar hajmining hisobot davri uchun oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosida hisoblab chiqilgan qiymati sifatida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot davri uchun oʻrtacha olingan realizatsiya qilish bahosi har bir qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilma boʻyicha pulda ifodalangan realizatsiya qilish hajmlarini (qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻini chegirgan holda) ularning naturada ifodalangan realizatsiya qilish hajmiga boʻlish orqali alohida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot davrida foydali qazilma realizatsiya qilinmagan taqdirda, soliq bazasi realizatsiya qilish amalga oshirilgan oxirgi hisobot davrida foydali qazilmani realizatsiya qilishning oʻrtacha olingan narxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilma umuman realizatsiya qilinmagan taqdirda, soliq bazasi hisobot davrida mazkur foydali qazilmalarni qazib olishning (ajratib olishning) ishlab chiqarish tannarxini 20 foizga oshirgan holda aniqlanadi. Bunda, soliq toʻlovchi realizatsiya qilish amalga oshirilgan oʻsha hisobot davrida hisoblangan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq summasiga hisobot davrida shakllangan oʻrtacha olingan narxidan kelib chiqqan holda keyingi tuzatishni kiritishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qazib olingan foydali qazilmaning bir qismi realizatsiya qilinib, qolgan qismidan oʻzining ishlab chiqarish yoki xoʻjalik ehtiyojlari uchun foydalanilgan hollarda, foydali qazilma boʻyicha soliq bazasi realizatsiya qilingan ushbu foydali qazilmaning oʻrtacha olingan realizatsiya qilish narxidan kelib chiqib aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmadan oʻzining ishlab chiqarish yoki xoʻjalik ehtiyojlari uchun foydalanilgan hollarda bunday foydali qazilmalar uchun soliq bazasi qazib olingan (ajratib olingan) foydali qazilmani ishlab chiqarish tannarxini 20 foizga oshirgan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
452-modda. Soliq stavkalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarni qazib olishda (ajratib olishda) 0 foizli stavka boʻyicha soliq solish foydali qazilmalarning normativ yoʻqotishlariga taalluqli qismi boʻyicha amalga oshiriladi. Foydali qazilmalarni qazib olishda (ajratib olishda) konlarda foydali qazilmalarni qazib olishning qabul qilingan sxemasi va texnologiyalari bilan texnologik bogʻliq holdagi, vakolatli organ tomonidan qonun hujjatlarda belgilangan tartibda tasdiqlanadigan normalar doirasidagi yoʻqotishlar normativ yoʻqotishlardir.
Gʻisht-cherepitsa xom ashyosi (qumoqsimon, lyossimon jinslar, lyosslar, zichlovchi sifatida qumlar va boshqalar)
5, biroq 7000 soʻm/kub.mdan kam boʻlmagan
Gips toshi, gips va angidrid, ganch
5, biroq 9500soʻm/kub.m dan kam boʻlmagan
Arralanadigan, xarsangtosh va shagʻal uchun toshlar
5, biroq 7000soʻm/kub.m dan kam boʻlmagan
Sohilni himoya qilish ishlari uchun xom ashyo (ohaktoshlar, porfiritlar, granitlar)
5, biroq 10000soʻm/kub.mdan kam boʻlmagan
Qurilish qumlari
5, biroq 8500soʻm/kub.m dan kam boʻlmagan
Tosh-shagʻal aralashmasi
5, biroq 7500soʻm/kub.mdan kam boʻlmagan
Qumtoshlar
5
Ohaktosh-chigʻanoq
5, biroq 12500soʻm/kub.m dan kam boʻlmagan
Qurilish mayda toshlar (karbonat jinslari)
5, biroq 10000soʻm/kub.m dan kam boʻlmagan
Qurilish mayda toshlar (granitlar, porfiritlar va slanets jinslari)
5, biroq 10000soʻm/kub.m dan kam boʻlmagan
Farfor xom ashyosi (farfor toshi, loyli oq quyuqlashuvchi slanets)
5
Toʻgʻon qurish uchun xom ashyo (tosh-shagʻal materiallari,lyossimon jinslar, qum, bentonitli loy, ohaktoshlar)
5
Boshqa keng tarqalgan foydali qazilmalar (mergellar, argelitlar, amvritlar va boshqalar)
5
2. Texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan foydali qazilmalar
Asosiy foydali qazilmani qazib olganlik uchun stavkaning 30 %i
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Sement ishlab chiqaruvchi zavodlar, shuningdek sement xom ashyosi – ohaktoshni realizatsiya qiladigan yer qaʼridan foydalanuvchilar belgilangan soliq stavkasi boʻyicha soliq toʻlaydi. Sement ishlab chiqarish uchun koʻmirdan foydalanuvchi zavodlar uchun soliq stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asl, rangli, noyob va radioaktiv metallarni qazib olishni amalga oshiruvchi alohida soliq toʻlovchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan oshirilgan soliq stavkalari belgilanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
453-modda. Soliq davri. Hisobot davri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kalendar yil soliq davri hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar hisobot davridir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxslar uchun — bir oy;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslar uchun — kalendar yil.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
454-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda soliq hisoblab chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foydali qazilmalarning alohida turlari boʻyicha soliq summasi soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkasidan, lekin belgilangan soliq summasidan kam boʻlmagan stavkasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq hisoboti soliq hisobida turgan joydagi, noruda foydali qazilmalar boʻyicha esa — qazib olish amalga oshirilgan joydagi soliq organlariga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxslar tomonidan — ortib boruvchi yakun bilan har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa — yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslar tomonidan — yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1-fevralidan kechiktirmay.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni toʻlash quyidagicha amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxslar tomonidan — har oyda keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa — yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslar tomonidan — soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.01.00 (Кучини йукотган) Umumiy masalalar / 07.92.00.00 (Кучини йукотган) Majburiy toʻlovlar, ajratmalar va yigʻimlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XIX BOʻLIM. YIGʻIMLAR
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.16.05.00 (Кучини йукотган) Respublika yoʻl jamgʻarmasiga ajratmalar va yigʻimlar / 07.92.00.00 (Кучини йукотган) Majburiy toʻlovlar, ajratmalar va yigʻimlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
456-modda. Soliq toʻlovchilari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtotransport vositalarini sotib oluvchi va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirishni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari hamda norezidentlari avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yigʻimni soliq toʻlovchilari deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet davlatlar avtotransport vositalarining egalari yoki ulardan foydalanuvchilar ushbu vositalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti yigʻimi soliq toʻlovchilari deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtotransport vositalarini ishlab chiqaruvchilar mamlakatning oʻzida ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yigʻimni soliq toʻlovchilari deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
458-modda. Soliq bazasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasi quyidagilardir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotib olingan va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kiriladigan avtotransport vositalari dvigatelining ot kuchidagi quvvati yoki avtotransport vositalarining qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganida yoki uning hududi orqali tranzitida — chet davlatlarning avtotransport vositalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
459-modda. Soliq imtiyozlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtotransport vositalarini sotib olish va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish uchun yigʻimni toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan qoʻl bilan boshqarishga moslashtirilgan yengil avtomobilni va (yoki) motoaravachani sotib oluvchi barcha guruhlardagi nogironligi boʻlgan shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) yaqin qarindoshlaridan hadya shartnomasi yoki meros asosida avtomobillar va motoaravachalar oluvchi fuqarolar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) faoliyatining asosiy turi yoʻlovchilar tashish boʻlgan, qonun hujjatlariga muvofiq yoʻlovchilar tashish uchun belgilangan namunadagi litsenziyaga ega boʻlgan avtomobil transporti korxonalari – yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi transport vositalari boʻyicha (yengil avtomobillar va yoʻnalishli taksilardan tashqari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) yuridik shaxslar — qirq tonnadan ortiq yuk koʻtaradigan, sotib olingan kon avtosamosvallari boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) homiylik (begʻaraz) yordami sifatida avtomobillarni olgan (sotib olgan) bolalar uylari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar, nogiron bolalar uchun markazlar, qariyalar va kichik yoshdagi nogironlar uchun internat-uylar, shuningdek budjet hisobidan moliyalashtiriladigan tibbiyot muassasalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) yuridik shaxslar — avtotransport vositalarini bitta tizim (davlat va xoʻjalik boshqaruvi organi) ichida balansdan balansga bepul oʻtkazish chogʻida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) qayta tashkil etish natijasida avtotransport vositasini olgan huquqiy voris;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) avtotransport vositalarini ushbu moddaning 3 va 4-bandlarida koʻrsatilgan yuridik shaxslarga lizingga berish uchun oluvchi lizing beruvchilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yigʻim ular Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazilayotganda, qayta roʻyxatdan oʻtkazilayotganda quyidagi hollarda undiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) avtotransport vositalari oldi-sotdi, almashtirish, hadya, bepul berish shartnomasi asosida, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa bitimlar asosida mulk qilib olinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) avtotransport vositalari yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yoki dividendlar sifatida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) avtotransport vositalari lizingga berish uchun sotib olinganda, bundan ushbu Kodeks 459-moddasining 8-bandida nazarda tutilgan hollar mustasno. Yigʻim taraflarning yozma kelishuviga koʻra lizing beruvchidan yoki lizing oluvchidan undiriladi. Lizing beruvchi Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan taqdirda, yigʻim lizing oluvchidan undiriladi. Lizing shartnomasining muddati tugaganidan soʻng mazkur lizing (ikkilamchi lizing) shartnomasi predmeti boʻlgan avtotransport vositasi qayta roʻyxatdan oʻtkazilayotganida takroran yigʻim undirilmaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) avtotransport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirilganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatning oʻzida ishlab chiqarilgan avtotransport vositalari sotib olinganda, yigʻim qonun hujjatlarida belgilangan tartibda avtotransport vositalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻim chet davlatning avtotransport vositasi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirayotganida undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XX BOʻLIM. AYLANMADAN OLINADIGAN SOLIQ
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66-bob. Aylanmadan olinadigan soliqni hisoblab chiqarish va toʻlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
461-modda. Soliq toʻlovchilar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi bir milliard soʻmdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari (bundan buyon ushbu boʻlimda yuridik shaxslar deb yuritiladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi yuz million soʻmdan oshgan, lekin bir milliard soʻmgacha boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aylanmadan olinadigan soliq quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirishni (importni) amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) aksiz soligʻi toʻlanadigan tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi va foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) yuridik shaxslar — qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga, basharti ularda ellik gektar va undan ortiq sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi ekin maydoni mavjud boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) lotoreyalarni tashkil etish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) oddiy shirkat ishlarini yuritish oʻz zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxsga — oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat boʻyicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) boʻsh turgan binolar, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlar va qurilishi tugallanmagan obyektlar, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdori boʻlgan yuridik shaxslarga, ulardan samarasiz foydalanilayotganligi boʻyicha qonunda belgilangan tartibda xulosa kiritilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan obyektlarni (joriy va kapital taʼmirlash bundan mustasno) qurishni bajaruvchi yuridik shaxslarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
462-modda. Aylanmadan olinadigan soliqni qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 461-moddasi birinchi qismi 1-bandida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻini toʻlash oʻrniga aylanmadan olinadigan soliq (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq deb yuritiladi) toʻlashni nazarda tutadigan maxsus soliq rejimini tanlashga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 461-moddasi birinchi qismi 1-bandida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilar aylanmadan olinadigan soliq toʻlashga navbatdagi soliq davridan boshlab oʻtishga haqli. Aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtish uchun soliq toʻlovchilar aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtishi toʻgʻrisida soliq hisobida turgan joyidagi soliq organini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda, biroq aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtilayotgan navbatdagi soliq davri boshlanishiga qadar oʻn kundan kechiktirmay xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 461-moddasi birinchi qismi 2-bandida koʻrsatilgan soliq toʻlovchilarning soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi yuz million soʻmdan oshganda, agar ushbu moddaning toʻrtinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, soliqning oshib ketgan summasidan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 461-moddasi birinchi qismi 2-bandida koʻrsatilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqni toʻlash oʻrniga qoʻshilgan qiymat soligʻini va foyda soligʻini toʻlashga oʻtishga haqli. Soliq solish tartibini tanlash uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan daromadlari yuz million soʻmdan oshgan sanadan besh kundan kechiktirmay, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda bildirishnoma yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bildirishnoma ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan muddatlarda taqdim etilmaganda yakka tartibdagi tadbirkor aylanmadan olinadigan soliq toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran tadbirkorlik faoliyati subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazish chogʻida tanlangan soliq solish tartibini koʻrsatish orqali aylanmadan olinadigan soliqni toʻlash tartibini tanlash huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuridik shaxslar aylanmadan olinadigan soliqni qoʻllashni ushbu Kodeksning 237-moddasiga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun va bir vaqtning oʻzida aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashni rad etishga doir ariza berilgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan boshlab ixtiyoriy ravishda rad etishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻshilgan qiymat soligʻini va foyda soligʻini toʻlashga ixtiyoriy ravishda oʻtgan soliq toʻlovchilar, basharti joriy soliq davri yakunlari boʻyicha tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan jami daromadlari bir milliard soʻmdan oshmagan boʻlsa, aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga kamida oʻn ikki oydan keyin qayta oʻtishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq davri davomida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan jami daromadi bir milliard soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar, shu jumladan yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar va yangi roʻyxatdan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorlar bunday oshish roʻy bergan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yangi tashkil etilgan yuridik shaxsda yoki yangi roʻyxatdan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad summasi roʻyxatdan oʻtilgan sanadan to kalendar yil tugaguniga qadar, 365 ga boʻlingan va roʻyxatdan oʻtilgan sanadan to kalendar yil tugaguniga qadar boʻlgan kunlar soniga koʻpaytirilganda bir milliard soʻmga teng summadan oshsa, u holda bunday shaxslar roʻyxatdan oʻtilgan yildan keyingi yildan eʼtiboran qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vositachilik, topshiriq shartnomasi va vositachilik xizmatlari koʻrsatishga oid boshqa shartnomalar boʻyicha vositachilik xizmatlari koʻrsatuvchi soliq toʻlovchilar, shu jumladan telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadni realizatsiya qilish boʻyicha umumiy aylanmadan (bitim summalaridan) kelib chiqqan holda aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boʻsh turgan binolar, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlar va qurilishi tugallanmagan obyektlar, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdori boʻlgan yuridik shaxslar, ularni samarasiz foydalanayotganligi boʻyicha xulosa kiritilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻini va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurilishi tugallanmagan obyektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdorlari boʻlgan yuridik shaxslar, investitsion loyihaning amalga oshirilmaganligi toʻgʻrisida xulosa berishga vakolati boʻlgan vakolatli organning xulosasi chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan eʼtiboran qoʻshilgan qiymat soligʻini va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobidan obyektlar qurilishini (bundan joriy va kapital taʼmirlash mustasno) bajaruvchi yuridik shaxslar bunday qurilishga doir shartnoma rasmiylashtirilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan eʼtiboran qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliqni toʻlash soliq toʻlovchini quyidagilardan ozod etmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Kodeks bilan uning zimmasiga yuklatilgan soliq agentining majburiyatlarini bajarishdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, hisobvaraq-faktura taqdim etish, xaridlarni hisobga olish kitobini va sotishlarni hisobga olish kitobini yuritish majburiyatidan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
463-modda. Soliq solish obyekti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 43-bobiga muvofiq aniqlanadigan jami daromad soliq solish obyektidir, bundan ushbu Kodeksning 304-moddasiga muvofiq, ushbu moddada nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda soliq solish chogʻida inobatga olinmaydigan daromadlar mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solish maqsadida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad deganda quyidagilar tushuniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish, qurilish-montaj, taʼmirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun — oʻz kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha qurilish, qurilish-montaj, taʼmirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarini realizatsiya qilishdan olingan daromadlar. Bunda, agar yuqorida qayd etilgan xizmatlarni materiallar bilan taʼminlash majburiyati shartnomaga binoan buyurtmachining zimmasida boʻlsa, ushbu materiallarga boʻlgan mulk huquqi buyurtmachining oʻzida saqlanib qolgan taqdirda, oʻz kuchlari bilan bajarilgan xizmatlarni realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar bajarilgan hamda tasdiqlangan xizmatlarning buyurtmachi materiallarining qiymati kiritilmagan holdagi daromadi sifatida belgilanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) beruvchi yuridik shaxslar uchun — moliyaviy ijara (lizing) boʻyicha foizli daromad summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vositachilik va topshiriq shartnomalari hamda vositachilik xizmatlari koʻrsatishga oid boshqa shartnomalar boʻyicha vositachilik xizmatlari koʻrsatadigan yuridik shaxslar uchun — koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarni (xizmatlarni) tekin beruvchi yuridik shaxslar uchun — agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, tovarlarning (xizmatlarning) tannarxi yoki ularni olish bahosi (tovarni olish bilan bogʻliq xarajatlarni hisobga olgan holda). Mazkur norma ekologiya, sogʻlomlashtirish hamda xayriya jamgʻarmalariga, madaniyat, sogʻliqni saqlash, mehnat, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport, taʼlim muassasalariga bepul beriladigan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
notijorat tashkilotlarining ushbu Kodeks 318-moddasining birinchi qismida koʻrsatilmagan daromadlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solish obyekti boʻlib quyidagilar ham hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) tovarlarni (xizmatlarni) quyidagilarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ishtirokchilar tarkibidan ishtirokchi chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoxud uning yuridik shaxsdagi ulushi kamaytirilganda yoki yuridik shaxs tomonidan ishtirokchidan uning ushbu yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi (ulushning qismi) qaytarib sotib olinganda ushbu ishtirokchiga berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yuridik shaxs boʻlgan emitent tomonidan aksiyadordan ushbu emitent chiqargan aksiyalar qaytarib sotib olinganda aksiyadorga berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) yuridik shaxs tugatilganda aksiyadorga yoki ishtirokchiga berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) tovarlarni (xizmatlarni) jismoniy shaxs mehnatiga haq toʻlash hisobidan yoki dividend toʻlash hisobidan berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) tovarlarni yoki boshqa mol-mulkni qayta ishlab berish uchun berish, agar tovarlar va (yoki) mulk qayta ishlash mahsuloti sifatida shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) koʻp marta aylanadigan, sotuvchiga qaytarilishi shart boʻlgan idishlarni, agar idish mahsulotni shunday idishda yetkazib berish shartnomasida belgilangan muddatda qaytarilmagan boʻlsa, berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovarlarni (xizmatlarni) olish huquqini taqdim etuvchi vaucherlarni realizatsiya qilish yoki bepul berish mazkur tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uzoq muddatli shartnomalar boʻyicha daromadlar ushbu Kodeksning 303-moddasida nazarda tutilgan tartibda jami daromad tarkibiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Balansning valyuta hisobvaraqlarini qayta baholash chogʻida kursdagi ijobiy va salbiy farqlar oʻrtasidagi saldo soliq solish obyekti deb eʼtirof etiladi. Kursdagi salbiy farqning summasi kursdagi ijobiy farq summasidan ortiq boʻlgan taqdirda oshib ketgan summa aylanmadan olinadigan soliqni hisoblab chiqarishda soliq bazasini kamaytirmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq toʻlovchilar tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi yoxud qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻi toʻlash davrida aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtguniga qadar olingan daromadlar jami daromadga kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
464-modda. Soliq bazasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 463-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan jami daromad soliq bazasi deb eʼtirof etiladi, bundan quyidagilar mustasno:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasining davlat obligatsiyalari va boshqa davlat qimmatli qogʻozlari boʻyicha daromadlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslarning xalqaro obligatsiyalari boʻyicha daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) soliq agentida soliq solinishi lozim boʻlgan dividendlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) qaytariladigan koʻp marta aylanadigan tara qiymati, agar uning qiymati ilgari tovarlarni (xizmatlarni) sotishdan olinadigan daromadga kiritilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) amortizatsiya qilinadigan aktivlarni tugatishda ularni qoʻshimcha baholashda olingan, oldingi narxni tushirishlardagi summadan ortiqcha summa hisobidan olingan daromadlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) hisobot yilida aniqlangan oʻtgan yillardagi daromadlar. Mazkur daromadlarga ular shakllangan davrdagi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar boʻyicha qayta hisob-kitob oʻtkazilganligi inobatga olingan holda soliq solinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) tovarlarni (xizmatlarni) eksport qilishdan olingan daromadlar, agar tovarlarni (xizmatlarni) eksport qilishdan olingan daromadlar umumiy daromadning 15 foizidan koʻprogʻini tashkil etsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solinadigan baza ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan chegirmalardan tashqari quyidagilar uchun kamaytiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) brokerlik tashkilotlari uchun — bitim summasidan birjaga oʻtkaziladigan vositachilik yigʻimi summasiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) komissiya shartnomasi boʻyicha vositachilik xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxslar uchun — tovarlarni import qilishda toʻlangan bojxona toʻlovlari summasiga realizatsiya qilingan tovar ulushida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) turizm faoliyati subyektlari uchun — turistik xizmatlarni onlayn bronlashtirish va sotish uchun yaratilgan dasturiy mahsulotlarni hamda axborot tizimlarini joriy etishga yoʻnaltirilgan mablagʻlar summasiga.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq bazasi boʻlib ushbu Kodeks 463-moddasiga muvofiq hisoblab chiqilgan, uning tadbirkorlik faoliyati doirasida olingan jami daromadi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxs oʻz tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq bitimlarni tuzishda oʻzining yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat koʻrsatayotganligini, agar bu bitimlarni tuzish holatining oʻzidan yaqqol kelib chiqmasa, koʻrsatishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq solishda yakka tartibdagi tadbirkorning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinadigan, uning tadbirkorlikni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy (oilaviy) mol-mulkini sotishdan olingan daromadlari hisobga olinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
466-modda. Daromadlarga tuzatish kiritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot soliq davrida soliq bazasini koʻpaytirish yoki kamaytirish daromadlarga tuzatish kiritish deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daromadlarga quyidagi hollarda tuzatish kiritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) tovarlar toʻliq yoki qisman qaytarilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) bitim shartlari oʻzgarganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) narxlar oʻzgarganda, sotib oluvchi siylovlardan foydalanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) koʻrsatilgan xizmatlardan voz kechilganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan daromadlarga tuzatish kiritish bir yillik muddat doirasida, kafolat muddati belgilangan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha esa kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaga muvofiq daromadlarga tuzatish kiritish ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hollar yuz berganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Bunda tovarni (xizmatlarni) sotuvchi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadga tuzatish kiritishni ushbu Kodeksning 257-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daromadlarga ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda tuzatish kiritish koʻrsatilgan hollar yuz bergan soliq davrida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Daromadlarga tuzatish kiritish soliq toʻlovchi umumbelgilangan soliq solish tartibidan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtgan hollarda ham amalga oshiriladi, bundan tuzatish kiritiladigan daromadlar boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash hollari mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
467-modda. Soliq stavkalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Coliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r
Soliq toʻlovchilar
Soliq stavkalari, foizlarda
1.
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi soliq toʻlovchilar, bundan 2 — 14-bandlarda nazarda tutilganlar mustasno
4
2.
Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan yuridik shaxslar (bojxona brokerlari)
5
3.
Lombardlar
25
4.
Konsert-tomosha koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanish uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarni (shu jumladan norezidentlarni) jalb etish yoʻli bilan ommaviy tomosha tadbirlarini tashkil etishdan daromadlar oladigan yuridik shaxslar
5
5.
Brokerlik idoralari (6-bandda koʻrsatilganlar bundan mustasno), shuningdek vositachilik, topshiriq shartnomasi va vositachilik xizmatlari koʻrsatishga doir boshqa shartnomalar boʻyicha vositachilik xizmatlari koʻrsatadigan yuridik shaxslar, shu jumladan telekommunikatsiya operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini koʻrsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar
25
6.
Sugʻurta agentlari, shuningdek sugʻurta, qimmatli qogʻozlar bozori va tovar-xom ashyo birjalarida brokerlik faoliyatini amalga oshiradigan yuridik shaxslar
13
7.
Asosiy faoliyati mol-mulkni ijaraga berish hisoblangan yuridik shaxslar (lizing kompaniyalari bundan mustasno)
8
8.
Umumiy ovqatlanish korxonalari
joylashgan joyiga qarab:
aholisi soni yuz ming nafar va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda
8
boshqa aholi punktlarida
6
borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda
4
shundan
umumtaʼlim maktablari, maktab-internatlar, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy oʻquv yurtlariga xizmat koʻrsatuvchi ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari
Joylashgan joyiga qarab belgilangan soliq stavkasining 75%i
9.
Chakana savdo sohasidagi soliq toʻlovchilar
9.1.
joylashgan joyiga qarab:
aholisi soni yuz ming nafar va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda
4
boshqa aholi punktlarida
2
borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda
1
9.2.
joylashgan joyidan qatʼi nazar:
alkogolli mahsulotlar, tamaki mahsulotlari, benzin, dizel yoqilgʻisi va suyultirilgan gazni realizatsiya qilishdan tovar aylanmasi boʻyicha
4
10.
Ulgurji, shuningdek ulgurji-chakana savdoni amalga oshiradigan savdo korxonalari (11-bandda koʻrsatilganlaridan tashqari)
4
11.
Quyidagi joylarda joylashgan ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari:
aholisi soni yuz ming nafar va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda
3
boshqa aholi punktlarida
2
borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda
1
12.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib oluvchi, saralovchi, saqlovchi va qadoqlovchi tayyorlov tashkilotlari
tovar aylanmasining 4%i
yoki yalpi daromadning 25%i
13.
Elektron tijorat subyektlarining Milliy reyestriga kiritilgan soliq toʻlovchilar
2
14.
Yagona ishtirokchisi nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamgʻarmasi va “Oʻzbekiston Chernobilchilari” assotsiatsiyasi boʻlgan va umumiy sonida nogironlar, urush va 1941 — 1945-yillar mehnat fronti veteranlari 50 foizdan kam boʻlmagan va nogironlar, urush va 1941 — 1945-yillar mehnat fronti veteranlarining mehnatiga haq toʻlash fondi umumiy mehnatga haq toʻlash fondining 50 foizidan kam boʻlmagan soliq toʻlovchilar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
468-modda. Alohida-alohida hisob yuritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turli soliq solish obyektlari va (yoki) soliq stavkalari belgilangan bir necha faoliyat turi bilan shugʻullanadigan soliq toʻlovchilar bunday faoliyat turlari boʻyicha alohida-alohida hisob yuritishi hamda soliq toʻlovchilarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha soliqni toʻlashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu modda birinchi qismining qoidalari chakana savdo sohasidagi mustaqil yuridik shaxs boʻlmagan turli aholi punktlarida joylashgan bir qancha savdo nuqtalariga ega soliq toʻlovchilarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks 297-moddasi uchinchi qismining 4, 5, 6, 10, 11, 12, 13, 14, 17, 18, 21, 22, 23, 25 va 27-bandlarida koʻrsatilgan daromadlarga, shuningdek foizlar tarzidagi daromadlarga soliq toʻlovchining hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha umumiy jami daromadlaridagi ulushi ustunlik qiladigan faoliyat turi uchun belgilangan soliq stavkalari boʻyicha soliq solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot (soliq) davrida ushbu Kodeks 467-moddasining 2 — 14-bandlarida koʻrsatilgan faoliyat turlari mavjud boʻlmaganda, ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan daromadlarga ushbu Kodeks 467-moddasining 1-bandida belgilangan soliq stavkasi boʻyicha soliq solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, hisobot davri yakunlari boʻyicha soliq summasi soliq davri boshidan ortib boruvchi yakun bilan soliq bazasining mos soliq stavkasiga foiz ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq hisoboti soliq toʻlovchi tomonidan soliq hisobida turgan joyidagi soliq organiga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha soliqni toʻlash tegishli hisobot (soliq) davri uchun soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.08.00 (Кучини йукотган) Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.01 (Кучини йукотган) Kichik korxonalar va mikrofirmalarni soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
XXI BOʻLIM. SOLIQ TOʻLOVCHILARNING AYRIM TOIFALARIGA SOLIQ SOLISHNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.08.00 (Кучини йукотган) Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.05 (Кучини йукотган) Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi yuridik shaxslarni soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67-bob. Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxslarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
471-modda. Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxslarga soliq solish shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalarini jalb etgan holda tashkil etilgan va qonun hujjatlarida tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar uchun ayrim soliqlar boʻyicha imtiyozlarni qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalari deganda chet davlatning fuqarolari boʻlgan jismoniy shaxslar, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, shuningdek chet ellik nodavlat yuridik shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining kafolatini taqdim etmasdan amalga oshiriladigan investitsiyalar tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan yuridik shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadigan muddatga kiritilgan toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalari hajmiga qarab, yer soligʻi, mol-mulk soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni toʻlashdan ozod etish tarzidagi soliq imtiyozlari beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliq imtiyozlardan foydalanishga haqli.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) chet ellik investorlar tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalari Oʻzbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga oshirilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) yuridik shaxslarning ustav fondida (ustav kapitalida) chet ellik ishtirokchilarning ulushi kamida 33 foiz, aksiyadorlik jamiyatlari uchun esa kamida 15 foiz boʻlganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) chet el investitsiyalari erkin ayirboshlanadigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik asbob-uskuna tarzida kiritilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) ushbu Kodeksning 471-moddasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari berilganligi natijasida ularning qoʻllanilishi muddati mobaynida olingan daromadlarning kamida 50 foizi ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish maqsadida reinvestitsiyaga yoʻnaltirilganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeksning 471-moddasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini olgan toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxs imtiyozlar berilgan muddat oʻtganidan keyin bir yil oʻtmasidan oldin faoliyatini tugatgan taqdirda, chet ellik investorning foydasini oʻz mamlakatiga oʻtkazish va kapitalini xorijga olib chiqib ketish faqat berilgan soliq imtiyozlari summalarining oʻrni budjetga qoplanganidan keyin amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bobda nazarda tutilgan shartlarga nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda, ushbu Kodeksning 471-moddasida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini olgan toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxs belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan davr uchun soliqlar ushbu Kodeksning VIII boʻlimida nazarda tutilgan penyalar qoʻllanilgan holda, umumbelgilangan tartibda toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68-bob. Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
473-modda. Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga soliq solish shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilariga kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab, mol-mulk soligʻidan, yer soligʻidan va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilangan muddatga ozod qilish tarzida soliq imtiyozlari beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan soliq imtiyozlari faqat investor (investorlar) va Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi oʻrtasida tuzilgan Maxsus iqtisodiy zona hududiga investitsiya kiritish toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisining faoliyati turlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari qoʻshilgan qiymat soligʻi va boshqa soliqlar boʻyicha imtiyozlardan ushbu Kodeksga muvofiq foydalaniladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
474-modda. Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tomonidan soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Kodeks 473-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarining amal qilish muddati maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisining guvohnomasi olingan kundan eʼtiboran hisoblab chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchisi maqomidan mahrum etilganda tadbirkorlik subyekti maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga beriladigan soliq imtiyozlari va boshqa preferensiyalardan maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi maqomidan mahrum etilgan oyning birinchi kunidan eʼtiboran foydalanishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi investitsiyalar hajmini soliq imtiyozlarining uzoqroq amal qilish muddatini nazarda tutadigan miqdorgacha oshirsa, u investitsiyalarning haqiqiy hajmiga muvofiq soliq imtiyozlarining amal qilish muddatini uzaytirishga haqli. Bunda, agar investitsiyalar hajmining oshishi imtiyozlarning avvalgi amal qilish muddati tugaganidan keyin amalga oshirilsa, soliq imtiyozlari imtiyozlarning uzoqroq amal qilish muddatiga boʻlgan huquq yuzaga kelgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan eʼtiboran qoʻllaniladi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.04.00.00 Yer osti boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish / 11.04.10.00 Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69-bob. Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan faoliyatga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
475-modda. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahsulot taqsimotiga oid bitim shartnoma boʻlib, bu shartnomaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi haq olish asosida hamda muayyan muddatga chet ellik investorga bitimda koʻrsatilgan yer qaʼri uchastkasida konlarni aniqlash, qidirish va foydali qazilmalarni kavlab olish uchun mutlaq huquqlar beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahsulot taqsimotiga oid bitimda quyidagilar nazarda tutiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisob yuritish va hisobot berish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq solish va boshqa toʻlovlarni toʻlash shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet ellik investorning ulushini olib chiqish tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
476-modda. Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan faoliyatga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet ellik investor, bundan mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno, mahsulot taqsimotiga oid bitimning amal qilish muddati mobaynida ushbu Kodeksning 17-moddasida nazarda tutilgan soliqlarni toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan soliqlar, agar mahsulot taqsimotiga oid bitimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet ellik investorga soliq solish quyidagi oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) foyda soligʻi mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajarish chogʻida olingan daromad boʻyicha va faoliyatning boshqa turlari boʻyicha olingan daromad boʻyicha alohida-alohida toʻlanadi. Bitim shartlariga binoan chet ellik investorga tegishli boʻlgan, chegirmalar qilinmagan holda foydaga qolgan mahsulotning qiymati mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajarish chogʻida olingan daromadlar boʻyicha foyda soligʻi solish obyektidir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) mineral xom ashyoni kavlab olish hajmiga yoki ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga nisbatan foizli nisbatda mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlariga muvofiq belgilanadigan va pul shaklida yoki kavlab olingan mineral xom ashyoning bir qismi tarzida toʻlanadigan yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan yuridik shaxslar birlashmasi investor sifatida ish yuritayotgan boʻlsa, bunday birlashmaning ishtirokchilaridan biri yoki mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajaruvchi operator soliq majburiyatlarini bajaruvchi boʻladi. Bunda litsenziya olgan investor bir oylik muddatda soliq organini mazkur birlashmadan soliq majburiyatini bajaruvchi boʻlib ish yuritadigan ishtirokchi toʻgʻrisida xabardor etishi shart.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.08.00 (Кучини йукотган) Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.10 (Кучини йукотган) Advokatlik tashkilotlarni va advokatlarni soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70-bob. Advokatlar hayʼatlariga, advokatlik firmalariga, advokatlik byurolariga va advokatlarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
477-modda. Advokatlarga soliq solish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatlar hayʼati, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari faoliyatning notijorat tashkilotlar sifatida advokatlar tomonidan huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq qismi boʻyicha soliqlar va yigʻimlar toʻlashdan ozod qilinadi, bundan quyidagilar mustasno:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bojxona toʻlovlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy soliq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlov manbaida ushlab qolinadigan soliqlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatlar hayʼati, advokatlik firmalari va advokatlik byurolari tomonidan tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilganda (yuridik yordam koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan) soliqlar va yigʻimlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
478-modda. Advokatlar daromadlariga soliq solish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatganlik uchun olinadigan gonorarlar summalariga ushbu moddada nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda, mazkur Kodeksning XIII boʻlimida belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatning daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solish obyektidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Advokatning daromadi advokat tomonidan yuridik yordam koʻrsatilganligi uchun olingan summa bilan advokatlar hayʼatlarini, advokatlik firmalarini va advokatlik byurolarini saqlab turish uchun oʻtkaziladigan mablagʻlar summasi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Soliq bazasi advokatning daromadidan uning daromadida hisobga olinadigan ijtimoiy toʻlov chegirib tashlangan holda aniqlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.08.00 (Кучини йукотган) Shaxslarning ayrim toifalarini soliqqa tortish / 07.10.08.04 (Кучини йукотган) Notariuslarni soliqqa tortish / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71-bob. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
479-modda. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarga soliq solish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar ushbu bobda nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda, ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliqlarni toʻlovchilar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar mehnatga haq toʻlash tarzida olinadigan daromadlar boʻyicha belgilangan stavkalar boʻyicha ijtimoiy soliq va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius zimmasiga xodimlarning mehnatiga haq toʻlash boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va ijtimoiy soliqni hisoblab chiqarish hamda toʻlash majburiyati yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar notarial xizmatlar koʻrsatish boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan ozod etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
480-modda. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning foydasiga soliq solish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar foyda soligʻini ushbu Kodeksda belgilangan stavka boʻyicha toʻlaydi. Bunda foyda soligʻini hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va toʻlash yiliga bir marta, hisobot davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foyda soligʻini hisoblab chiqarishda xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi ushbu Kodeksning 43-bobida nazarda tutilgan daromadlarning barcha turlari notariuslarning daromadlari deb eʼtirof etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Notarial faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar chegiriladigan xarajatlar jumlasiga kiritiladi. Bunda chegirilmaydigan xarajatlar ushbu Kodeksning 317-moddasiga muvofiq aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foyda soligʻi toʻlanganidan keyin xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusning tasarrufida qolgan foyda soliq solish maqsadida dividendlarga tenglashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа