25.06.2019 yildagi 522-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802-son qaroriga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan elektron hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Soliq maʼmuriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllashni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 6-oktabrdagi 807-son qarorining ijrosi yuzasidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan hisobvaraq-fakturalarni elektron shaklda rasmiylashtirish tizimini joriy etish boʻyicha Toshkent viloyatining Chirchiq shahri, Navoiy va Sirdaryo viloyatlari hududida tajriba oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika hududida 2019-yil 1-iyuldan boshlab ixtiyoriy ravishda, 2020-yil 1-yanvardan boshlab barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun hisobvaraq-fakturalarni elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va hisobini yuritish tizimini majburiy tartibda joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy axborot markazi” davlat unitar korxonasini elektron hisobvaraq-fakturalarni markazlashtirilgan holda saqlash, operatorlararo uzatish va hisobini yuritish boʻyicha vakolatli rouming operatori etib belgilash toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining integratsiyalashtirilgan yagona axborot-resurs bazasining hisoblash quvvatini kengaytirish uchun zarur server va telekommunikatsiya qurilmalari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2-ilovada koʻrsatilgan qurilmalarni xarid qilish bilan bogʻliq mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida muntazam va keng yoritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining raisi B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2019-yil 25-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
522-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 522-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nizom
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom elektron hisobvaraq-faktura aylanish tizimida tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) sotuvchi va sotib oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar, rouming operatori, operatorlar va vakolatli davlat organlarining elektron hisobvaraq-fakturalarni taqdim etish, qabul qilish, saqlash va ulardan foydalanish doirasidagi oʻzaro munosabatlari tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron hisobvaraq-faktura (keyingi oʻrinlarda EHF deb ataladi) — tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) realizatsiya qilish va sotib olishni tasdiqlaydigan, EHF aylanish tizimi operatorlari orqali taqdim etiladigan va qabul qilinadigan, qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan shakllarda rasmiylashtirilgan elektron hujjat;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron hisobvaraq-faktura aylanish tizimi operatori (keyingi oʻrinlarda operator deb ataladi) — qonunchilik hujjatlarida va ushbu Nizomda belgilangan talablarni bajargan EHFlarning aylanishi va ularni saqlash faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat etilgan yuridik shaxs maqomiga ega axborot vositachisi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rouming operatori — EHFlarning markazlashtirilgan holda saqlanishi, operatorlararo uzatilishi va hisobi yuritilishini taʼminlaydigan yuridik shaxs;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron hisobvaraq-faktura identifikatori — EHFni masofadan identifikatsiya qilish imkonini beruvchi rouming operatorining axborot tizimi tomonidan avtomatik ravishda belgilanadigan EHFning oʻziga xos raqami;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron hisobvaraq-faktura aylanish tizimining ishtirokchilari (keyingi oʻrinlarda ishtirokchilar deb ataladi) — EHF aylanish tizimida tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) sotuvchi va sotib oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, tovar-transport yuk xati subyektlari;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-martdagi 168-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/168/0254-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QR-kod — tasdiqlangan EHFga biriktiriladigan va hujjat qogʻoz shaklida chop etilganda koʻrsatiladigan, mobil ilovalar va dasturiy mahsulotlar orqali oʻqish (skanerlash) vaqtida EHF haqida barcha maʼlumotlarga havola boʻladigan maxsus grafik kod.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Nizom talablari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻlovchilar tashishni yoʻl chiptalari bilan rasmiylashtirishga (shu jumladan avia va temir yoʻllarda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlar (ishlar, xizmatlar) naqd pulda realizatsiya qilingan hollarda sotib oluvchiga fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasi cheki, terminal cheki, kvitansiya berishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarning eksport-import tarzida yetkazib berilishini rasmiylashtirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasi rasmiylashtiriladigan moliyaviy ijara (shu jumladan lizing) shartnomasi boʻyicha mol-mulkni topshirishga, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 204-moddasining sakkizinchi qismiga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash majburiyatlari yuzaga keladigan hollar bundan mustasno. Bunda tegishli hujjatlar (moliyaviy ijara shartnomasining tarkibiy qismi boʻlgan ijara (lizing) toʻlovlari jadvali; hisobvaraq; ijaraga (lizingga) oluvchiga ijara (lizing) toʻlovlarini toʻlash uchun yuborilgan yozma bildirish va shu kabilar) bilan rasmiylashtirilgan har bir ijara (lizing) toʻloviga hisobvaraq-faktura yozilmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank operatsiyalarini mijozning shaxsiy hisobvaragʻidan koʻchirma berish orqali rasmiylashtirishga tatbiq etilmaydi.
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. EHFlarni yuborish va qabul qilish telekommunikatsiya aloqa kanallari orqali operatorlarning axborot tizimlari yordamida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
EHFlar almashinuvi elektron raqamli imzolar bilan tasdiqlash orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. EHFlarni shakllantirish, yuborish, tasdiqlash va saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish, shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyekt va operator oʻrtasida tuzilgan shartnoma (ommaviy oferta) asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Operatorlarning vazifalari va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Quyidagilar operatorning vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz axborot tizimini rouming operatorining axborot tizimiga bogʻlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
EHFlarga xizmat koʻrsatuvchi dasturiy-apparat majmuasining uzluksiz ishlashini taʼminlash, shuningdek, ishtirokchilar uchun doimiy foydalanish imkoniyatini yaratish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz tizimi orqali rouming operatori tomonidan ishlab chiqilgan formatdagi EHFlarni yuborish.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
EHFga oid faqat ID raqami, sotuvchi, xaridor, sana va vaqti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzida saqlash hamda toʻliq maʼlumotlarni Rouming operatoriga uzatish.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Operatorning dasturiy-apparat majmualarini sertifikatlash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Operator:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
EHFlarni saqlash uchun sertifikatlangan apparat vositalari oʻrnatilgan egalik yoki ijara huquqi asosida Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan koʻchmas mulk obyektlariga (binolar, inshootlar, xonalarga);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
EHFlarni shakllantirish, yuborish, qabul qilish va saqlash imkoniyatini beradigan axborot tizimiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
call-markaziga va axborot texnologiyalari, moliya, soliq yoki buxgalteriya sohalarida oliy maʼlumot hamda kamida 3 yillik ish tajribasiga ega boʻlgan kamida bir nafar mutaxassisga ega boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Operator ushbu bandda belgilangan talablar toʻliq bajarilgandan keyin oʻz faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Operator oʻzining maʼlumotlar bazasida ishtirokchilarning shaxsiy maʼlumotlari himoya qilinishi hamda EHFlar konfidensialligini taʼminlashi shart, qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Rouming operatorining vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Quyidagilar rouming operatorining vazifalarni hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
EHFlarning operatorlar oʻrtasida almashinishi, markazlashtirilgan holda saqlanishi, hisobi yuritilishi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining axborot tizimlariga uzatilishini hamda dasturiy-apparat majmuasining uzluksiz va xavfsiz ishlashini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
EHF aylanish tizimi doirasida operatorlar bilan oʻzaro munosabatlarni tartibga soladigan shartnomada rouming operatori tomonidan operatorning axborot tizimiga bogʻlanish uchun berilgan roʻyxatga olish maʼlumotlarini (operator identifikatori, login va parolni) koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishtirokchilarning shaxsiy maʼlumotlari himoya qilinishini hamda tasdiqlangan EHFlarning kamida 10 yil davomida saqlanishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
EHFning haqqoniyligini QR-kod orqali tekshirish imkonini beradigan, ulangan barcha operatorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda operatorlar bilan maʼlumotlar almashish texnik protokoli joylashtirilgan global internet tarmogʻidagi rasmiy veb-saytni yuritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli organlarning yozma soʻroviga asosan saqlanayotgan maʼlumotlar toʻgʻrisida axborot berish;
(10-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operatorlarda EHF ga oid faqat ID raqami, sotuvchi, xaridor, sana va vaqt toʻgʻrisidagi maʼlumotlar saqlanishini nazorat qilish hamda oʻz axborot tizimida EHF ga oid toʻliq maʼlumotlar saqlanishini taʼminlash.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Elektron hisobvaraq-faktura aylanish tizimi ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ishtirokchilar quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz xohishiga koʻra operatorni erkin tanlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
EHF aylanish tizimida hisobvaraq-fakturalarni shakllantirish yoʻli bilan tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) realizatsiya yoki xarid qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
EHF aylanish tizimidan foydalanish boʻyicha tegishli yoʻriqnomalar bilan tanishish va amaliy yordamlar olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
EHF aylanish tizimidagi nosozliklar boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi operatorga murojaat qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ishtirokchilar quyidagilarga majbur:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
EHF aylanish tizimi orqali tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) realizatsiya qilishda raqobat va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
operatorning ommaviy ofertasida koʻrsatilgan shartlarni bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
EHFlar va elektron xabarlarni operatorga saqlash uchun topshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
EHF aylanish tizimida ishtirok etish maqsadida ishlab turgan axborot resurslarida EHFlarni joylashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilik hujjatlariga muvofiq EHFlarning saqlanishini taʼminlash;
(12-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron tijorat sohasidagi standartlar, norma va qoidalarga rioya etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. EHFlarni shakllantirish, yuborish, tasdiqlash va ulardan foydalanish tartibi ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxemaga asosan amalga oshiriladi, tovar-moddiy boyliklar yuklab joʻnatish bilan bir vaqtda realizatsiya qilinganda rasmiylashtiriladigan EHF bundan mustasno.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-martdagi 168-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/168/0254-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
131. Tovar-moddiy boyliklar yuklab joʻnatish bilan bir vaqtda realizatsiya qilinganda, elektron hisobvaraq-faktura elektron tovar-transport yuk xati bilan birlashtirilgan holda rasmiylashtirilishi mumkin.
(131-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-martdagi 168-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2025-y., 09/25/168/0254-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) sotuvchi tomonidan maxsus dasturiy mahsulot orqali EHF shakllantiriladi hamda sotib oluvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan holda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanib operator orqali rouming operatoriga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Kelib tushgan EHF rouming operatori tomonidan ushbu Nizom talablariga muvofiqligi tekshirilib, sotib oluvchiga uning operatori orqali yetkaziladi va EHF maxsus dasturiy mahsulotda “yetkazilgan” maqomiga oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagi holatlar mavjud boʻlganda, rouming operatori tomonidan EHF qabul qilinmaydi va hujjat kelib tushgan kundan kechiktirmasdan tegishli operator orqali uni shakllantirgan tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) sotuvchiga qaytaradi:
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 595-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/595/0900-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
EHFni rasmiylashtirishda mazkur nizom talablariga amal qilinmagan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
EHFga maʼlumotlar va rekvizitlar toʻliq kiritilmagan yoki xatolar bilan toʻldirilgan boʻlsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
haqiqiy boʻlmagan elektron raqamli imzodan foydalangan hollarda;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan soliq organidan tovar-moddiy boyliklar inventarizatsiyadan oʻtkazilishi munosabati bilan maʼlum bir muddatga rasmiylashtiriladigan elektron hisobvaraq-fakturalarni qabul qilish va yetkazish funksiyalarini vaqtincha toʻxtatib turish zaruriyati vujudga kelganligi toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan boʻlsa.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 595-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/595/0900-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Kelib tushgan EHF sotib oluvchi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi yoki sababi koʻrsatilgan holda rad etiladi. Bunda EHF “yetkazilgan”dan “rad etilgan” maqomiga oʻzgaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Sotib oluvchi tasdiqlagan EHF operator tomonidan rouming operatori orqali tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) sotuvchiga yuboriladi. Bunda EHF maqomi avtomatik ravishda “yetkazilgan”dan “tasdiqlangan” maqomiga oʻzgaradi. Shu paytdan boshlab EHF ikki tomonlama tasdiqlangan hisoblanadi va rouming operatori tomonidan EHFga QR-kod biriktiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanmaydigan jismoniy shaxslarga realizatsiya qilishda tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) sotuvchi tomonidan shakllantirilgan EHF uning elektron raqamli imzosi bilan bir tomonlama tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Mazkur bobda qayd etilgan jarayonlar rouming operatori va operatorlar tomonidan avtomatlashtirilgan tarzda va real vaqt rejimida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Vakolatli davlat organlari ushbu Nizom talablariga rioya etilishi yuzasidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradilar.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron hisobvaraq-fakturalarni shakllantirish, yuborish, tasdiqlash va ulardan foydalanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati


1-bosqich

Tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) sotuvchi

EHFni shakllantirish hamda sotib oluvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan holda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanib operator orqali rouming operatoriga yuborish.

Real vaqt rejimida


2-bosqich

Rouming operatori

1. Kelib tushgan EHF ushbu Nizom talablariga muvofiqligi tekshirilib, sotib oluvchiga uning operatori orqali yetkazish;

2. Toʻldirilishida xatolar yoki kamchiliklar mavjudligi aniqlangan EHF qabul qilmasdan tegishli operator orqali uni shakllantirgan tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) yetkazib beruvchiga qaytarish.

Real vaqt rejimida


3-bosqich

Tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) sotib oluvchi

Kelib tushgan EHFni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash yoki sababi koʻrsatilgan holda rad etish.

Ixtiyoriy muddatda


4-bosqich

Elektron hisobvaraq-faktura aylanish tizimi operatori

Tovarlarni sotib oluvchi tasdiqlagan EHFni rouming operatori orqali tovarlarni yetkazib beruvchiga yuborish.

EHF tovarlarni sotib oluvchi tomonidan tasdiqlangandan keyin ryeal vaqt rejimida


5-bosqich

Rouming operatori

EHF tovarlarni sotib oluvchi tomonidan tasdiqlangandan keyin unga QR-kod biriktirish.

Real vaqt rejimida

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 522-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat soliq qoʻmitasining integratsiyalashtirilgan yagona axborot-resurs bazasining hisoblash quvvatini kengaytirish uchun zarur server va telekommunikatsiya qurilmalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

AQSH dollarida

Qurilma nomi

Minimal texnik talablar

Narxi

Soni

(dona)

Umumiy qiymati

Server qurilmalari

Base Server (3 years warranty) inc:

Processor — 2.4-3.7 GNz 20-core with 27.5 MB L3 Cache;

16x16GB Single Rank x4 DDR4-2666 CAS-19-19-19 Registered Smart Memory Kit;

2x6.4TB SAS 12G Mixed Use SFF (2.5in) SC 3yr Wty Digitally Signed Firmware SSD;

Ethernet 2x10Gb 2-port 535T Adapter;

4x1600W Power Supply.

68 275,0

16

1 094 400,0

Tarmoq qurilmalari

Network Switch (3 years warranty) — 8qty, inc:

48 1G/10GBase-T and 4 QSFP+-ports;

dual hot-pluggable power supplies;

2x650W AC Power Supply;

2xNV Fan Tray.

40G QSFP+ LC LR4 SM Transceiver 10 km — 6qty;

QSFP+ 4x10G SFP+ 3m DAC Cable — 10qty;

650W AC Power Supply — 1qty

288 306,0

1

288 306,0

Axborotlar xavfsizligini taʼminlash qurilmalari

Threat-focused next-generation firewall bundle -(2qty), inc:

Interfaces: 8 GE copper;

Expansion slot — 1 interface card;

Throughput: Stateful inspection throughput — 2 Gbps;

(3DES/AES) VPN throughput — 300 Mbps;

Application Control (AVC)- 1,100 Mbps;

Application Control (AVC) and IPS — 650 Mbps;

Maximum concurrent sessions — 500,000;

Maximum New Connections per second — 20,000;

IPsec site-to-site VPN peers — 750;

Users/nodes: Unlimited;

Nigh availability: Active/Active and Active/Standby.

IPS and URL 3YR Subs — 2 qty

48 575,2

1

48 575,0

Displey qurilmasi

Professional Series 46” Direct-Lit LED Display — 9qty;

FUSION™ 3 x 3 Micro-Adjustable Large Bolt-Down Freestanding Video Wall — 1qty;

UTP 5e cat. patch cord, 3m — 10qty;

PDU with control function (type SNT) with 6xSchuko Sockets and 1xSchuko plug — 2qty;

C-DPM/DPM-10 DisplayPort (M) to DisplayPort (M) Cable, 3m — 8qty;

C-DPM/NM-10 DisplayPort (M) to NDMI (M) Cable, 3m, for Mini PC — 1qty;

Mini PC — 1qty, inc:

Enterprise Licensed 64-bit OS;

Quad-core processor with 6Mb L3 cache, 14-nm process;

RAM 8 GB;

256 GB SSD storage;

Integrated Graphic Card (Core Speed 350 — 1150 (Boost) MNz, Memory Bus Width 64/128 Bit).

Fixed Port Web Managed Ethernet Switch — 1qty

41 530,0

1

41 530,0

Jami: 1 470 811,0

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 09/19/522/3334-son; 08.01.2021-y., 09/21/1/0002-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/595/0900-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son; 19.03.2025-y., 09/25/168/0254-son)