08.10.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3076
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining buyrugʻi, 08.10.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3076
Дата вступления в силу
09.10.2018
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻquv yuklamasi hamda oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 8-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3076]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq, shuningdek professor-oʻqituvchilar tarkibining shaxsiy ish rejasini tartibga solish va tizimlashtirish maqsadida buyuraman:
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 44-2021-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3076-1, 22.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 10/21/3076-1/1181-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻquv yuklamasi hamda oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2015-yil 9-sentabrdagi 5-2015-son “Oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻquv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, maʼnaviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2720, 2015-yil 19-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 42-son, 540-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir I. MADJIDOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 10-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-2018-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 10-sentabrdagi 20-2018-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻquv yuklamasi hamda oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QOIDALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻquv yuklamasi hamda oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalarini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Qoidalar Toshkent davlat yuridik universiteti, oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari va Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini yuritayotgan xalqaro va xorijiy oliy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(muqaddimaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 44-2021-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3076-1, 22.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 10/21/3076-1/1181-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilari tarkibi (bundan buyon matnda professor-oʻqituvchilar deb yuritiladi) mehnatini normalashtirish har oʻquv yili uchun professor-oʻqituvchilar va kafedra mudiri tomonidan tuziladigan hamda prorektorlar bilan kelishilgan holda oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (fakultet dekani) tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv yili boʻyicha shaxsiy ish rejalariga asoslanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Professor-oʻqituvchilarning oʻquv yili boʻyicha shaxsiy ish rejasi tarkibiga oʻquv yuklamasi hamda oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarining turlari kiritiladi. Ish turlari professor-oʻqituvchilarning oʻquv yili boʻyicha shaxsiy ish rejalarida toʻliq va aniq aks ettirilishi kerak. Joriy oʻquv yili yakunida faqat mazkur oʻquv yili davomida amalga oshirilgan ishlar hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻquv yili davomida bajarilgan qoʻshimcha ish turlari professor-oʻqituvchilarning yillik shaxsiy ish rejalariga kiritib borilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Professor-oʻqituvchilarning shaxsiy ish rejasi tarkibiga kiritiladigan oʻquv yuklamasi hamda oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻliq shtatda faoliyat koʻrsatayotgan professor-oʻqituvchilar uchun professor-oʻqituvchilarning lavozimlariga qoʻyilgan malaka talablari asosida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻliq shtatda boʻlmagan va oʻrindosh sifatida faoliyat koʻrsatayotgan professor-oʻqituvchilar uchun ularning stavkalariga muvofiq tarzda professor-oʻqituvchilarning lavozimlariga qoʻyilgan malaka talablari asosida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shuningdek, mehnatga haq toʻlashning soatbay shartlari asosida faoliyat koʻrsatayotgan professor-oʻqituvchilarning oʻquv yuklamasi ushbu Qoidalarga muvofiq shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Professor-oʻqituvchilarning oʻquv yili boʻyicha shaxsiy ish rejasining bajarilishi muntazam ravishda kafedra mudiri, har semestr yakunida fakultet dekani, dekan oʻrinbosarlari, fakultet tuzilmasi boʻlmagan oliy taʼlim muassasalarida oʻquv boʻlimi (oʻquv-uslubiy boshqarma) va tegishli yoʻnalishlar boʻyicha prorektorlar tomonidan nazorat qilib boriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Professor-oʻqituvchilarning oʻquv yuklamasini hisoblash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Professor-oʻqituvchilarning (madaniyat va sanʼat yoʻnalishlari oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etadigan konsertmeysterlarning) oʻquv yili boʻyicha shaxsiy ish rejasiga kiritilgan, uning asosiy qismi boʻlgan oʻquv yuklamasining soatlardagi hajmi mazkur Qoidalarning 1-ilovasida nazarda tutilgan Oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilarining oʻquv yuklamasi hajmini hisoblashning vaqt meʼyorlarida belgilangan ish turlaridan kelib chiqib, professor-oʻqituvchilarning lavozimlariga qoʻyilgan malaka talablari asosida hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Professor-oʻqituvchilarning egallab turgan lavozimlari boʻyicha oʻquv yuklamasi hajmi fakultet dekani (kafedra mudiri)ning taklifiga muvofiq oliy taʼlim muassasasining Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻquv yuklamasi boʻyicha hisoblangan soatlar hajmi oliy taʼlim muassasasining shtat birliklari sonini hamda professor-oʻqituvchilarning oylik maoshlarini belgilash uchun asos boʻlmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shtat birliklari professor-oʻqituvchilarning talabalar soniga nisbati boʻyicha, oylik maoshi esa xarajatlar smetasi boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-son qarori bilan tasdiqlangan Ijodiy taʼtillar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan normalarga muvofiq olib borilayotgan ilmiy-metodik va ilmiy-tadqiqot ishlarini ragʻbatlantirish maqsadida professor-oʻqituvchilarning oʻquv ishlari yuklamasi hajmi kafedra yigʻilishining taklifiga asosan oliy taʼlim muassasasi kengashining qarori bilan oʻzgartirilishi mumkin. Bunda professor-oʻqituvchilarning tegishli oʻquv yuklamasining muayyan qismi kafedraning boshqa professor-oʻqituvchilarining oʻquv yuklamasiga qoʻshimcha ravishda taqsimlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 14-yanvardagi 11-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3076-2, 20.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2025-y., 10/25/3076-2/0057-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Maʼruza mashgʻulotlari ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar tomonidan oʻtkaziladi. Zarur hollarda (maʼruza mashgʻulotlari hajmi koʻp boʻlganda yoki professor, dotsent va katta oʻqituvchilar yetarli boʻlmaganda) oliy taʼlim muassasasi Kengashining qaroriga asosan kamida 3 yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega boʻlgan, biroq ilmiy unvon va ilmiy darajasi boʻlmagan oʻqituvchilarga bir oʻquv yilida 250 soatgacha hajmda maʼruza mashgʻulotlarini oʻtishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Professor-oʻqituvchilarning oʻquv (maʼruza, amaliy (yakka), seminar va laboratoriya) soatlari hajmi 400 soatdan kam boʻlmasligi tavsiya etiladi. Kafedraga sohaning yetakchi mutaxassislari (akademiklar va professorlar) jalb etilganda, ushbu oʻquv soatlari hajmiga oliy taʼlim muassasasi Kengashi qaroriga muvofiq oʻzgartirish kiritish mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Professor-oʻqituvchilarning oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Professor-oʻqituvchilar faoliyatining oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlari boʻyicha soatlar hajmi hisoblanmaydigan ish turlari mazkur Qoidalarning 2-ilovasida nazarda tutilgan Oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilarining oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlari turlaridan kelib chiqib, professor-oʻqituvchilarning lavozimlariga qoʻyilgan malaka talablari asosida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Professor-oʻqituvchilarning oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlari hajmi mazkur ish turlarini bajarish zaruriyatidan kelib chiqib, professor-oʻqituvchilarning lavozimlariga qoʻyilgan malaka talablari asosida fakultet dekani (kafedra mudiri)ning taklifiga muvofiq oliy taʼlim muassasasi Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Professor-oʻqituvchilarning ilmiy-pedagogik, ijodiy mahoratini uzluksiz oshirib borish, talabalarda chuqur nazariy bilim, amaliy va kasbiy koʻnikmalarni shakllantirish, ilm-fanga boʻlgan qiziqishni uygʻotish, ularga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish, har tomonlama yetuk mutaxassis tayyorlashni nazarda tutgan holda kafedra mudiri oʻqitishni ilgʻor pedagogik va kompyuter texnologiyalari, yangi avlod oʻquv adabiyotlari asosida tashkil etish hamda oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlar boʻyicha aniq topshiriqlarni belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Yakuniy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qurilish vazirligi, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va Navoiy kon-metallurgiya kombinati Davlat korxonasi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilarining oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalariga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilarining oʻquv yuklamasi hajmini hisoblashning vaqt meʼyorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Ish turlari

Ish turlari uchun ajratilgan vaqt meʼyori

Ish turlarining bajarilganligini aniqlash

1.

Oʻquv (maʼruza, amaliy, seminar, yakka va laboratoriya) mashgʻulotlarini oʻtkazish.

bir akademik soat uchun — 1 soat

Oʻquv mashgʻulotlari oʻquv rejaga muvofiq bir akademik soatdan (45 minut) yoki tanaffussiz ikki akademik soatdan (80 minut) oʻtkaziladi. Bunda:

amaliy va seminar mashgʻulotlari talabalar soni, odatda, 25 nafargacha talaba boʻlgan akademik guruhlarda;

maʼruza mashgʻulotlari, odatda, 100 nafardan oshmagan birlashgan akademik guruhlarda (potok), tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida klinik kafedralarda siklga kelgan guruhlarda (potok);

laboratoriya mashgʻulotlari va chet (rus) tilini oʻqitish, chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanidan amaliy mashgʻulotlar, tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida tibbiy-biologik, klinikagacha boʻlgan va gigiyenik fanlar (tibbiyot oliy taʼlim muassasalari uchun) oʻqitish, nofilologik yoʻnalishlarda fanni chet tilida oʻqitish, odatda, 12 — 15 nafargacha talaba boʻlgan kichik guruhlarda;

madaniyat, sanʼat va sport yoʻnalishlarida yakka tartibdagi mashgʻulotlar, odatda, 1 — 10 nafargacha, ansambl mashgʻulotlarida 2 — 12 nafargacha talaba boʻlgan kichik guruhlarda;

tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida klinik fanlarni oʻqitish, odatda, 5 — 10 nafargacha talaba boʻlgan kichik guruhlarda oʻtkaziladi.

Oʻquv mashgʻulotlarining oʻtkazilganligi guruh jurnalida qayd etiladi.

Tibbiyot oliy taʼlim muassasalari uchun oʻquv mashgʻulotlarining oʻtkazilganligi oʻquv jurnalida qayd etiladi.

2.

Yakuniy davlat attestatsiyasi belgilangan fanlardan umumlashgan maʼruzalar va maslahatlar oʻtkazish

bitta fanga (bitta potok uchun) — 6 soat

Umumlashgan maʼruzalar va maslahatlarning oʻtkazilishi yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish jadvalida qayd etiladi.

3.

Kurs ishlari va kurs loyihalariga rahbarlik qilish, ular boʻyicha maslahatlar berish.

bir kurs ishi uchun — 2 soat;

bir kurs loyihasi uchun — 3 soat.

Bir professor-oʻqituvchi bir semestr davomida, odatda, 50 nafargacha talabaga (koʻpi bilan 1-2 ta akadem guruh talabalariga) kurs ishi (loyihasi) berishi mumkin.

Tibbiyot oliy taʼlim muassasalari uchun oʻquv rejada koʻrsatilgan fanlar boʻyicha oʻtkaziladi.

4.

Kurs ishi (kurs loyihasi) himoyasini oʻtkazish.

bir kurs ishi himoyasi uchun — 0,4 soat;

bir kurs loyihasi himoyasi uchun — 0,6 soat.

Bunda professor-oʻqituvchining bir kunlik ish soati hajmi 8 soatdan oshmasligi lozim.

Kurs ishi (loyihasi) himoyasida kamida 2 nafar professor-oʻqituvchi ishtirok etadi. Jami soatlar himoyada ishtirok etgan professor-oʻqituvchilar soniga boʻlinadi va ular oʻrtasida teng taqsimlanadi.

Professor-oʻqituvchining kurs ishi (loyihasi) himoyasini oʻtkazishda ishtirok etishi tegishli qaydnomalarda aks ettiriladi.

5.

Yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish.

yozma ish shaklida bir akadem guruh uchun — 3 soat;

ogʻzaki shaklda bitta talaba uchun — 0,2 soat, ijodiy ishlarda bitta talaba uchun — 0,3 soat;

yozma ish (ijodiy ish)ni tekshirish uchun har bir ishga — 0,2 soat;

test shaklida bitta akadem guruh uchun — 1 soat.

Tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida klinikagacha boʻlgan integrallashgan imtihon
va bemorda oʻtkazilgan klinik imtihon boʻyicha bir nafar talaba uchun — 0,5 soat (integrallashgan attestatsiya uchun).

Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi raisiga komissiyaning bitta aʼzosi uchun beriladigan jami soatga qoʻshimcha ravishda 20% qoʻshiladi.

Komissiya aʼzolariga beriladigan bir kunlik oʻquv yuklamasi hajmi 8 soatdan oshmasligi lozim.

Bir potok (akadem guruh)da yozma ish oʻtkazish jarayonida ishtirok etgan komissiyaning har bir aʼzosi (kuzatuvchi professor-oʻqituvchi)ga 3 soatdan beriladi.

Ogʻzaki shaklda oʻtkazilgan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari jami soati unda ishtirok etgan komissiyaning har bir aʼzosiga beriladi.

Yozma ish shaklida oʻtkazilgan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining jami soati yozma ishni tekshirishda ishtirok etgan komissiya aʼzolari umumiy soniga boʻlinadi hamda komissiya aʼzolariga teng taqsimlanadi.

Test shaklida oʻtkazilgan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari jami soati unda ishtirok etgan komissiyaning har bir aʼzosiga beriladi.

Tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida klinikagacha boʻlgan integrallashgan imtihon va bemorda oʻtkazilgan klinik imtihonda jami soatlar imtihon olishda ishtirok etganlar orasida teng taqsimlanadi.

Yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etish tegishli buyruq va qaydnomalarda aks ettiriladi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi tarkibini oldindan aniqlash imkoniyati boʻlmagan taqdirda, komissiya aʼzolari (kuzatuvchi professor-oʻqituvchi)ga komissiya oʻz ishini tugatgandan soʻng, soatbay haq toʻlanadi.

Bunda ushbu soatbay ish turi professor-oʻqituvchining yillik shaxsiy ish rejasiga kiritilmaydi.

6.

Namunaviy oʻquv dasturlarida koʻzda tutilgan nazorat, hisoblash va hisob-grafik ishlarini tekshirish, maslahatlar berish, taqriz yozish va qabul qilish. Tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida klinik fanlarni oʻqitishda ishchi oʻquv dasturlarida koʻzda tutilgan kasallik tarixlari va ekspertiza bayonnomalarini tekshirish, maslahatlar berish va qabul qilish.

bitta topshiriq uchun — 0,3 soat,

biroq bitta fanga koʻpi bilan — 1 soat.

Bitta kasallik tarixi va ekspertiza bayonnomasi uchun — 0,5 soat

Bir professor-oʻqituvchiga kafedra qaroriga asosan koʻpi bilan 3 tagacha akademik guruh talabalari biriktiriladi.

Tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida kasallik tarixi tegishli kafedrada bir yil davomida saqlanadi.

Mazkur ishlarning bajarilishi talabalarni baholash jurnallarida aks ettiriladi.

7.

Oraliq va yakuniy baholashlarni oʻtkazish, shuningdek talabaning qoldirgan (oʻzlashtirmagan) darslarini qayta topshirishini qabul qilish.

fan boʻyicha oraliq baholashlarda jami har bir talaba uchun — 0,2 soat;

yakuniy baholashda har bir talaba uchun — 0,3 soat.

Qoldirilgan (oʻzlashtirilmagan) darslarni qayta topshirishni qabul qilishda har bir talaba uchun — 0,3 soat. Bunda bir oʻquv semestri davomida bir professor-oʻqituvchiga koʻpi bilan 20 soat beriladi.

Semestr davomida bitta fandan koʻpi bilan 2 tagacha oraliq baholash oʻtkaziladi. Bunda modul tizimida oʻqitilmayotgan va hajmi (umumiy auditoriya soati) semestr davomida haftasiga toʻliq 2 akademik soatdan (tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida 4 akademik soatdan) kam boʻlgan fanlardan oraliq baholash oʻtkazilmaydi.

Oraliq va yakuniy baholashlar oʻtkazilishi tegishli jadvallarda aks ettiriladi.

Yozma ishlar natijalari eʼlon qilingandan soʻng 6 oy davomida saqlanadi.

Baholashlar jadvali (grafigi) semestr boshlangan muddatda talabalarga professor-oʻqituvchi tomonidan eʼlon qilinadi.

Darslarni qayta topshirish tegishli jurnal yoki qaydnomalarda aks ettiriladi.

8.

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi talabalari amaliyotiga rahbarlik qilish, ularning hisobotlarini tekshirish va baholash.

Malakaviy amaliyot oʻtayotgan har bir talaba uchun bir ish kuniga — 0,5 soat. Bunda:

oʻquv amaliyotiga rahbarlik qilish 1 akadem guruh uchun bir ish kuniga — 6 soat;

ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotga rahbarlik qilish:

agar ishlab chiqarish va pedagogik amaliyot oʻtalayotgan tashkilot oliy taʼlim muassasasi joylashgan hudud doirasida boʻlsa, bir ish kuniga 1 akadem guruh uchun — 3 soat;

agar ishlab chiqarish va pedagogik amaliyot oʻtalayotgan tashkilot oliy taʼlim muassasasi joylashgan hudud doirasida boʻlmasa, amaliyotga rahbarlik qilish bir ish kuniga — 6 soat.

Individual holda oʻtkaziladigan amaliyotlarda butun amaliyot davriga bir talaba uchun — 2 soat.

Mazkur ish turi boʻyicha professor-oʻqituvchining soatlari hajmi oʻquv ishlari yuklamasining 20% idan oshmasligi lozim.

Mazkur ishlarning bajarilganligi amaliyot oʻtash boʻyicha oliy taʼlim muassasasi buyrugʻi, talabaning amaliyot kundaligi va amaliyot uchun baho qoʻyilgan tegishli qaydnomalar asosida aniqlanadi.

9.

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi talabalarining bitiruv malakaviy ishiga (diplom loyihasi, diplom ishi) rahbarlik qilish, xulosalar yozish.

bir oʻquv yiliga har bir talaba uchun — 25 soat, texnik yoʻnalishlarda har bir talaba uchun
– 30 soat

Bir oʻquv yilida bitta professor-oʻqituvchiga 7 nafargacha talaba biriktiriladi. Professor-oʻqituvchining bitiruv malakaviy ishiga (diplom loyihasi, diplom ishi) rahbarlik qilganligi, xulosalar yozganligi oliy taʼlim muassasasi buyrugʻi, yozilgan xulosa va ishning himoyaga taqdim etilganligi asosida aniqlanadi.

10.

Talabalarning bitiruv malakaviy ishi (diplom loyihasi, diplom ishi, magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasida ishtirok etish.

bir bitiruv malakaviy ishi (diplom loyihasi, diplom ishi) uchun — 0,4 soat;

bir magistrlik dissertatsiyasi uchun — 0,8 soat.

Professor-oʻqituvchiga beriladigan bir kunlik oʻquv ishlari yuklamasi hajmi, odatda,
8 soatdan oshmasligi lozim.

Aʼzolarning yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasidagi ishtiroki oliy taʼlim muassasasi buyrugʻi hamda himoya natijalari toʻgʻrisidagi qaydnomalar asosida aniqlanadi.

Jami soat yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasida ishtirok etgan har bir aʼzoga beriladi.

Bir YADAK yigʻilishida 4 tagacha magistrlik dissertatsiyasi, 8 tagacha BMI himoyasiga ruxsat beriladi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi tarkibini oldindan aniqlash imkoniyati boʻlmagan taqdirda, komissiya aʼzolariga komissiya oʻz ishini tugatgandan soʻng, soatbay haq toʻlanadi.

Soatbay ish turi professor-oʻqituvchining yillik shaxsiy ish rejasiga kiritilmaydi.

11.

Magistratura talabalarining ilmiy pedagogik faoliyati va amaliyotiga rahbarlik qilish. Tibbiyot oliy taʼlim muassasalari uchun klinik ordinatorlarning oʻquv va klinik amaliyotiga rahbarlik qilish.

bir oʻquv yiliga bitta talaba uchun — 50 soat. Bir oʻquv yiliga bitta klinik ordinator uchun — 50 soat.

Professor yoki fan doktori 5 nafargacha, dotsent, fan nomzodi va mutaxassis 3 nafargacha talabaning ilmiy pedagogik faoliyati va amaliyotiga rahbarlikni amalga oshirishi mumkin. Professor, fan doktori, dotsent, fan nomzodi va mutaxassis 4 nafargacha klinik ordinatorning oʻquv va klinik amaliyotiga rahbarlikni amalga oshirishi mumkin.

Talabaning ilmiy pedagogik faoliyatiga rahbarlik qilganlik talabaning kalendar ish rejasidagi topshiriqlarni bajarishi bilan aniqlanadi. Amaliyotga rahbarlik qilganlik oliy taʼlim muassasasining amaliyot oʻtash boʻyicha buyrugʻi, talabaning amaliyot kundaligi va amaliyot uchun baho qoʻyilgan tegishli qaydnomalar asosida aniqlanadi.

12.

Magistratura talabasining magistrlik dissertatsiyasi

va ilmiy-tadqiqot ishiga rahbarlik (ilmiy maslahatchilik) qilish.

bir oʻquv yiliga bitta talaba uchun — 50 soat.

Professor yoki fan doktori 5 nafargacha, dotsent, fan nomzodi va mutaxassis 3 nafargacha talabaning magistrlik dissertatsiyasi va stajirovkasiga (ilmiy maslahatchilik) rahbarlikni amalga oshirishi mumkin. Mazkur ish turining bajarilganligi oliy taʼlim muassasasi buyrugʻi, talabaning kalendar ish rejasi va magistrlik dissertatsiyasining himoyaga taqdim etilgani asosida aniqlanadi.

13.

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarni, shuningdek magistratura
va klinik ordinatura mutaxassisliklari qabuli jarayonida kirish sinovlarini oʻtkazish komissiyasida, tayanch doktorant (PhD), doktorant va mustaqil

izlanuvchilar tanlovi komissiyasida va malaka imtihonida ishtirok etish.

yozma ish shaklida oʻtkazilganda bir potok (abituriyentlar guruhi) uchun — 3 soat;

ogʻzaki shaklda oʻtkazilganda, bitta abituriyent uchun — 0,3 soat;

test shaklida oʻtkazilganda, bir potok (abituriyentlar guruhi) uchun — 1 soat;

har bir yozma ish (ijodiy ish)ni tekshirish uchun — 0,3 soat.

Professor-oʻqituvchiga beriladigan bir kunlik oʻquv ishlari yuklamasi hajmi 8 soatdan oshmasligi lozim.

Bir potok (abituriyentlar guruhi)da yozma ishni oʻtkazish jarayonida ishtirok etgan har bir professor-oʻqituvchiga 3 soatdan beriladi.

Yozma ish shaklida oʻtkazilgan imtihon va sinovlarning jami soati yozma ishni tekshirishda ishtirok etgan komissiya aʼzolari soniga teng boʻlinadi hamda ular oʻrtasida teng taqsimlanadi.

Ogʻzaki (test) shaklida oʻtkazilgan imtihon va sinovlarning jami soati unda ishtirok etgan komissiyaning har bir aʼzosiga beriladi.

Qabul imtihonlari va sinovlarida ishtirok etganlik oliy taʼlim muassasasining tegishli buyrugʻi va tegishli qaydnomalar asosida aniqlanadi.

Komissiya aʼzolari tarkibini oldindan aniqlash imkoniyati boʻlmagan taqdirda, komissiya aʼzolariga

komissiya oʻz ishini tugatgandan soʻng, soatbay haq toʻlanadi.

Soatbay ish turi professor-oʻqituvchining yillik shaxsiy ish rejasiga kiritilmaydi.

14.

Oliy taʼlim muassasasidagi doktorant
va mustaqil izlanuvchiga ilmiy maslahatchilik qilish.

bir nafar doktorant uchun bir oʻquv yilida — 100 soat;

bir nafar mustaqil izlanuvchi uchun bir oʻquv yilida — 50 soat.

Fan doktori, professor va fan nomzodi, dotsent oʻzi ishlayotgan oliy taʼlim muassasasida 3 nafargacha doktorant va mustaqil izlanuvchiga ilmiy maslahatchilik qilishi mumkin.

Ilmiy maslahatchi boʻlganlik oliy taʼlim muassasasining tegishli buyrugʻi, doktorant va mustaqil izlanuvchining yakka tartibdagi ish rejasi bajarilishi asosida aniqlanadi.

15.

Ochiq, muammoli, integratsiyalashgan maʼruzalar va master-klasslarga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish.

bir akademik soat ochiq leksiya va master-klass uchun — 5 soat; ochiq, muammoli, integratsiyalashgan maʼruza uchun bir oʻquv yilida koʻpi bilan — 30 soat.

Master-klass:

oliy taʼlim muassasasi miqyosida oʻtkazilganda, bir oʻquv yilida koʻpi bilan
30 soat;

respublika miqyosida oʻtkazilganda, bir oʻquv yilida koʻpi bilan 40 soat;

xalqaro miqyosda oʻtkazilganda, bir oʻquv yilida koʻpi bilan 60 soat.

Oliy taʼlim muassasalarida oʻtkazilgan ochiq, muammoli, integratsiyalashgan maʼruza va master-klasslar tegishli rejalar va ularning oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.

16.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqish.

qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqiganlik uchun — haftasiga 36 soatdan.

Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqiganligini tasdiqlovchi hujjat asosida aniqlanadi.

17.

Sirtqi boʻlim talabalarining nazorat ishlariga taqriz yozish.

1 nazorat ishiga 0,75 soat; nazorat ishi boʻyicha suhbatga 0,25 soat, bir fanga bir semestrga 1,5 soat;

Nazorat ishlari (grafigi) semestr boshlangan muddatda talabalarga professor-oʻqituvchi tomonidan eʼlon qilinadi.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilarining oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalariga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy taʼlim muassasasi professor-oʻqituvchilarining oʻquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarini turlari
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Ish turlari

Ish turlarini amalga oshirish mexanizmi (professor-oʻqituvchining shaxsiy ish rejasida qayd etiladigan tadbirlar)

Ish turlarining bajarilganligini aniqlash

I. Oʻquv-uslubiy ishlar

1.

Yangi maʼruza matnlari, mashq (masalalar) toʻplami, laboratoriya, ijodiy ishlari boʻyicha uslubiy qoʻllanmalarni ishlab chiqish, yozish va nashr etish.

Yangi maʼruza matnlari, mashq (masalalar) toʻplami, laboratoriya, ijodiy ishlar boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar yaratish

Oliy taʼlim muassasasi (fakultet) Oʻquv-uslubiy (ilmiy) kengashi qarori bilan nashr etishga tavsiya etilgan ishlanmalar asosida aniqlanadi.

2.

Tarqatma oʻquv materiallari, elektron oʻquv dasturlar va video mashgʻulotlar (fan doirasida), shuningdek tegishli kompyuter dasturlaridan foydalangan holda taqdimot slaydlari, oʻqitish dasturlarini tayyorlash (yaratish).

Yangi tahrirdagi tarqatma oʻquv materiallarini tayyorlash;

fan boʻyicha kompyuter dasturlaridan foydalangan holda taqdimot slaydlari, oʻqitish dasturlarini tayyorlash;

elektron oʻquv dasturlar va video mashgʻulotlar fan doirasida yaratish.

Oliy taʼlim muassasasida joriy oʻquv yilida qoʻllanilgan materiallar (dasturlar) asosida aniqlanadi.

3.

Darslik, oʻquv qoʻllanmalar yozish va nashr etishga tayyorlash.

Darslik va oʻquv qoʻllanmalarni yozish va nashrga tayyorlash.

Oliy taʼlim muassasasi (fakultet) Oʻquv-uslubiy (ilmiy) kengashi qarori bilan nashr etishga tavsiya etilgan darslik va oʻquv qoʻllanma asosida aniqlanadi.

4.

Darslik, oʻquv qoʻllanmalarni toʻldirilgan va oʻzgartirilgan holda qayta nashr etish.

Darslik va oʻquv qoʻllanmalarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish va nashrga tayyorlash.

Oliy taʼlim muassasasi (fakultet) Oʻquv-uslubiy (ilmiy) kengashi qarori bilan nashr etishga tavsiya etilgan darslik va oʻquv qoʻllanma asosida aniqlanadi.

5.

Uslubiy qoʻllanma (koʻrsatma, risola)lar tayyorlash va nashr etish.

Taʼlimga tegishli boʻlgan Uslubiy qoʻllanma (koʻrsatma, risola)lar tayyorlash va nashr etish.

Oliy taʼlim muassasasi (fakultet) Oʻquv-uslubiy (ilmiy) kengashi qarori bilan nashr etishga tavsiya etilgan uslubiy qoʻllanma (koʻrsatma, risola) asosida aniqlanadi.

6.

Fanning oʻquv-uslubiy majmuasini ishlab chiqish va fanning elektron modul papkasini yaratish.

Fanning oʻquv-uslubiy majmuasini yaratish.

Oʻquv jarayonida qoʻllanilgan ishlar asosida aniqlanadi.

7.

Mavjud laboratoriya ishini yangilash.

Mavjud laboratoriya ishini yangilash.

Kafedra yigʻilishi bayonnomasi va laboratoriya ishi boʻyicha joriy oʻquv yilida tayyorlangan yangi uslubiy koʻrsatmalar asosida aniqlanadi.

8.

Yangi laboratoriya ishini tayyorlash va joriy etish, shuningdek virtual laboratoriya ishini tayyorlash va joriy etish.

Yangi laboratoriya ishini tayyorlash va joriy etish.

Kafedra yigʻilishi bayonnomasi va laboratoriya ishi boʻyicha joriy oʻquv yilida tayyorlangan yangi uslubiy koʻrsatmalar asosida aniqlanadi.

9.

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (magistratura, klinik ordinatura mutaxassisligi) boʻyicha malaka talabi, namunaviy oʻquv reja, yangi fan uchun namunaviy oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.

Malaka talabi, oʻquv reja, va oʻquv dasturini ishlab chiqish.

Joriy oʻquv yili uchun tasdiqlangan malaka talabi, namunaviy oʻquv reja va dasturlar asosida aniqlanadi.

10.

Ishchi oʻquv reja, fan boʻyicha ishchi oʻquv dasturini ishlab chiqish

Ishchi oʻquv reja va fan boʻyicha ishchi oʻquv dasturini ishlab chiqish

Kafedra yigʻilishi bayonnomasi va kafedrada mavjud boʻlgan, joriy oʻquv yilida tayyorlangan ishchi oʻquv reja va dasturlar asosida aniqlanadi.

11.

Darslik, oʻquv qoʻllanmalar va boshqa materiallarni tarjima qilish.

Darslik, oʻquv qoʻllanma va fan doirasida boshqa materiallarni tarjima qilish.

Oliy taʼlim muassasasining tegishli buyrugʻi, Oʻquv-uslubiy (ilmiy) kengash qarori bilan joriy oʻquv yilida tayyorlangan tarjima materiallari asosida aniqlanadi.

12.

Fanlar boʻyicha nazorat savollari (test, masalalar va boshqa), oraliq va yakuniy baholashlar uchun topshiriqlarni ishlab chiqish.

Oraliq va yakuniy baholashlar uchun nazorat savollari (test, masalalar va boshqa), topshiriqlar ishlab chiqish.

Ishlab chiqilgan hamda kafedra bayonnomasi bilan joriy etilgan topshiriqlar toʻplami asosida aniqlanadi.

II. Ilmiy-tadqiqot ishlari

13.

Ilmiy maqola, tezis tayyorlash va nashr etish, ixtiro (patent), dasturiy vositalar yaratish

Xorijiy va mahalliy (OAK roʻyxatidagi) ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish, ixtiro (patent) olish, tezislar nashr etish.

Har bir ilmiy maqola, ixtiro va tezislari hisobga olinadi.

Joriy oʻquv yilida tayyorlangan va nashr etilgan ishlar asosida aniqlanadi.

14.

Monografiya va risola nashr etish, axborot tahliliy materiallar tayyorlash, ijodiy ishlar yaratish

Joriy oʻquv yilida nashr etilgan (tayyorlangan) ishlar asosida aniqlanadi.

15.

Shaxsiy (tematik) ijodiy asarlar katalogini nashr etish, yangi loyihalar yaratish

Shaxsiy (tematik) ijodiy asarlar katalogini nashr etish, yangi loyihalar yaratish.

Joriy oʻquv yilida nashr etilgan (yaratilgan) ishlar asosida aniqlanadi.

16.

Darslik, monografiya, risola va oʻquv qoʻllanmalariga muharrirlik qilish

Darslik, oʻquv qoʻllanma, monografiya
va risolalar.

Darslik, monografiya va oʻquv qoʻllanma hamda risolalarning joriy oʻquv yilida nashr etilganligi asosida aniqlanadi.

17.

Oliy taʼlim muassasasi kengashi tomonidan tasdiqlangan mavzu boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish.

Rahbar yoki masʼul ijrochi boʻlganligi hisobga olinadi.

Oʻquv yili davomida mavzu boʻyicha amalga oshirilgan tegishli ilmiy-tadqiqot ishlari asosida aniqlanadi.

Xoʻjalik shartnomalari doirasida tayyorlangan va davlat ilmiy dasturlariga muvofiq bajarilayotgan tadqiqot loyihalari boʻyicha bajarilgan ishlar mazkur ish turiga kiritilmaydi.

18.

Darslik, oʻquv qoʻllanma, monografiya, risola, ilmiy maqola, dissertatsiya, avtoreferat va boshqa ishlarga taqriz yozish.

Darslik, oʻquv qoʻllanma, monografiya, dissertatsiya, avtoreferat yoki risola, ilmiy maqola, va boshqa ishlar.

Joriy oʻquv yilida yozilgan taqrizlar asosida aniqlanadi.

19.

Falsafa doktori (PhD), fan doktori (DS) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tayyorlash va himoya qilish.

Falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DS) dissertatsiyasini tayyorlaganligi.

Tayyorlash va himoya qilish uchun 3 oʻquv yili davomida dissertatsiya yozish mumkin.

Avtoreferat, ilmiy daraja olish uchun dissertatsiya himoya qilganlik toʻgʻrisidagi Ilmiy kengash bayonnomasi asosida aniqlanadi.

20.

Ilmiy jurnallar tahririyatiga aʼzo boʻlish.

Har bir ilmiy jurnallar tahririyatiga aʼzo boʻlish.

Nashr etilgan ilmiy jurnallar va boshqa hujjatlar asosida aniqlanadi.

21.

Talabalarning ilmiy-tadqiqot va ilmiy-ijodiy ishlariga rahbarlik qilish.

Talabalarning ilmiy-tadqiqot va ilmiy-ijodiy ishlariga rahbarlik.

Talabaning ilmiy-tadqiqot va ilmiy-ijodiy ishlari (maʼruza, maqola, tezis, sheʼriy toʻplam va boshqalar) nashr etganligi asosida aniqlanadi.

22.

Talabalarning fan va ilmiy toʻgaraklariga rahbarlik qilish.

Talabalarning fan va ilmiy toʻgaraklariga rahbarlik.

Toʻgaraklarga rahbarlik qilganlikni tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.

23.

Ilmiy yoki uslubiy konferensiya va seminarlar tashkil etish.

Ilmiy yoki uslubiy konferensiya
va seminarlar tashkil etiilganligi.

Ilmiy yoki uslubiy konferensiya va seminarlarning oʻtkazilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar.

24.

Ilmiy yoki usulbiy kengashlarda ishtiroki.

Ilmiy yoki usulbiy kengashlarda aʼzo boʻlganligi.

Ilmiy yoki usulbiy kengashlarda aʼzo boʻlganligini tasdiqlochi maʼlumotlar.

III. “Ustoz-shogird” ishlari

25.

Talaba oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilinganda yangi sharoitga adaptatsiya jarayonini oʻtashga va oliy taʼlim muassasasida boʻlgan chogʻida vaqtini toʻgʻri taqsimlashga yordam berish.

Talabalar oliy taʼlim muassasasiga qabul qilinganda ular bilan tanishish hamda talabalarning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildini shakllantirish va yangilab borish. Oʻqishga qabul qilingan talabalarni oliy taʼlim muassasasi va unda mavjud sharoitlar bilan tanishtirish. Talabalarni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish boʻyicha ish rejasini ishlab chiqish va doimiy nazoratga olish.

Talabalarning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildlari
va tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.

26.

Talabaning shaxsiy va akademik yutuqlarini rivojlantirish maqsadida uchrashuvlar oʻtkazish

Yetuk fan arboblari, akademiklar, iqtidorli talabalar hamda ish beruvchi tashkilotlar vakillari bilan talabalarning shaxsiy va akademik yutuqlarini rivojlantirishga qaratilgan uchrashuvlarni oʻtkazib borish.

Uchrashuvlarni tasdiqlovchi hujjatlar (bayoni, video yoki foto lavhalari) asosida aniqlanadi.

27.

Talabalar baholash tizimi qanday olib borilishini qay darajada anglaganini va qayerdan taʼlim va akademik sohada yordam olishi mumkin ekanligini nazorat qilish

Talabalarga baholash tizimi boʻyicha maʼlumotlar berish. Ularga qayerdan taʼlim va akademik sohada yordam olishi mumkin ekanligini tushuntirish va amaliy yordam berish.

Talabalarni fanlardan oʻzlashtirish darajasi orqali aniqlanadi.

28.

Oʻqish jarayonida shaxsiy va akademik muammolar yuzaga kelganda va ular taʼlim olish darajasiga taʼsir koʻrsatsa, ularni hal qilishda koʻmaklashish.

Talabalar bilan shaxsiy va akademik muammolari boʻyicha yakka tartibdagi suhbatlar olib borish hamda mavjud muammolarini hal qilish choralarini koʻrish.

Talabalarning fanlarda oʻzlashtirishlarini doimiy nazorat qilish va dars beruvchi professor-oʻqituvchi bilan mazkur masalani muhokama qilib borish.

Guruhdagi talabalarning fanlardan oʻzlashtirishi va boshqa faoliyatlari analizi natijasida belgilanadi.

29.

Akademik yoki kasbiy tanlov qilishda tavsiyalar berish

Talabalarga akademik yoki kasbiy yoʻlni tanlashi uchun koʻmaklashish va ularga asosli maslahatlar berib, ularni qiziqish
va istaklari asosida toʻgʻri yoʻnaltirilishini taʼminlash.

Talabalarning oliy taʼlim muassasasini bitirgach sohasi boʻyicha ishlashi mumkin boʻlgan korxona
va tashkilotlar haqida maʼlumotga ega boʻlganligi orqali aniqlanadi.

30.

Maʼruza materiallarni qaytarish va misollarni taqdim etgan holda ularni yoritish.

Oʻzlashtirishdan orqada qolgan talabalar bilan darsdan boʻsh vaqtlarda grafik asosida ishlash.

Tashkiliy grafikning mavjudligi. Talabalarning oʻzlashtirish darajasi orqali belgilanadi.

31.

Talabalarning mutaxassislik va tanlov fanlaridan olgan baholari va oʻzlashtirgan bilimlari ularning kvalifikatsion darajalariga taʼsirining muhimligi haqida tushunchani shakllantirish.

Oʻquv rejasidagi fanlarning muhimlilik darajasi hamda malakali kadr boʻlib yetishishi uchun zarurligi haqida tushunchalar berish. Ish beruvchi tashkilot va korxonalar tomonidan bitiruvchilarga qoʻyiladigan talablar bilan doimiy tanishtirib borish.

Bitiruvchilarning kasbga tayyorgarlik holati.

32.

Boshqa talaba va oʻqituvchilardan ushbu talaba haqida maʼlumot olishi.

Talabaning faoliyatini boshqa talaba va oʻqituvchilar orqali doimiy bilib borish hamda olingan maʼlumotlar asosida ushbu talaba bilan ishlash.

Talabani oliy taʼlim muassasasidagi faoliyati boʻyicha maʼlumotlarning mavjudligi.

33.

Talabalarning ota-onalari bilan ishlash.

Ota-onalar bilan muloqatga kirishishi, ular bilan talabaning faoliyatini muhokama qilish hamda ota-onalar istagiga koʻra ularni talabalar bilan ishlashini taminlash.

Talabalarning faoliyatini ota-onalar bilan muhokama qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlarni mavjudligi.

34.

Yangi gʻoyalarni taklif qilish, bahs-munozaralarni davom ettirish, jumladan, ijtimoiy baholarni muhokama qilish.

Fakultet va OTM kengashlarida hamda taʼlim jarayoniga bagʻishlangan seminarlarda talabalar faolligini oshirishga qaratilgan takliflar bilan ishtirok etganligi.

Talabalarda yangi gʻoyalarni shakllanganligi, ular oʻrtasida bahs-munozaralar asosida oʻtkazilgan seminarlar va davra suhbatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni mavjudligi.

35.

Talabalarni axborot bilan taʼminlash va intervyu berish.

Talabalarga doimiy axborotlar berib boradi hamda OAVlarida chiqishlar qiladi.

Talabalarning yangiliklardan xabardorligi
va OAVlarida chiqishlar qilganligi.

36.

Bitiruvchilarning ishini, shu jumladan, vaqtni monitoring qilish va muzokaralarni belgilangan rejaga muvofiq amalga oshirish.

Bitiruvchilarni ish beruvchi tashkilotlar bilan doimiy tanishtirib borish, uchrashuvlar tashkil etish hamda talabalarni korxona va tashkilotlarga tashrifini uyushtirish.

Bitiruvchilarning ishga joylashish koʻrsatkichlari orqali belgilanadi.

37.

Oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida kasbga yoʻnaltirish ishlarini olib borish.

Kasbga yoʻnaltirish ishlarini olib borish rejalashtirilgan tadbirlar nomi va muddati.

Oliy taʼlim muassasasi (fakultet) kengashi tomonidan tasdiqlagan (rejaga kiritilgan) ishlar natijasi boʻyicha hisobotlar asosida aniqlanadi.

38.

Talabalarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga, davlat stipendiyalariga, xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalariga tayyorlash.

Tayyorlaydigan talaba (lar) F.I.O., guruhi va kursi.

Bir professor-oʻqituvchiga koʻpi bilan 2 nafar talaba biriktiriladi.

Mazkur ish turining bajarilishi joriy oʻquv yilida talabaning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari, davlat stipendiyalari, xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari ishtirokchisi boʻlganligi hamda unga professor-oʻqituvchining biriktirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.

39.

Sport, madaniy-maʼrifiy va ijodiy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish.

Tashkil etish va oʻtkazish rejalashtirilgan tadbir nomi va muddati.

Oliy taʼlim muassasasining Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi tomonidan ishlab chiqilgan reja va bajarilgan ishlar boʻyicha taqdim etilgan hisobot asosida aniqlanadi.

40.

Talabalarning ijodiy ishlari koʻrgazmalarida ularning ishlanmalari
va ishtirokiga rahbarlik qilish

Rahbarlik qilish rejalashtirilgan talaba (lar) guruhi, soni va muddati.­

Talabalarning ijodiy ishlari koʻrgazmalarida professor-oʻqituvchining ishtirokini tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.

41.

Tashkilotlarda maʼruzalar qilish, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilish, shu jumladan huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshirish.

Chiqish (maʼruza)lar qilish rejalashtirish tadbirlar nomi va muddati.

Oliy taʼlim muassasasining Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimiga topshirilgan chiqishlar (maʼruzalar) qilinganligi, shu jumladan huquqiy targʻibot ishlari amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (maʼlumotlar, video tasvirlar va boshqalar) asosida aniqlanadi.

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 44-2021-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3076-1, 22.12.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 10/21/3076-1/1181-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 10/18/3076/2007-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 10/21/3076-1/1181-son; 21.01.2025-y., 10/25/3076-2/0057-son)