13.12.2024 yildagi 836-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ish beruvchi korxona va tashkilotlarni ta’lim jarayoniga jalb etish hamda oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2025-yil 1-yanvardan boshlab oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini (keyingi o‘rinlarda — attestatsiya) ish beruvchi korxona va tashkilotlarda ham tashkil etish amaliyoti joriy qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
diplom loyihasi hamda bitiruv malakaviy ishi himoya qilinadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati ta’lim sohalarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda diplom loyihasi va bitiruv malakaviy ishi himoya qilinmaydigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilariga ularning xohishidan kelib chiqib, diplom loyihasi yoki bitiruv malakaviy ishi himoya qilinishiga ruxsat beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi a’zoligiga jalb etilgan mutaxassislarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlari asosida haq to‘lanadi hamda ularning asosiy ish joylaridagi ish haqlari saqlab qolinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari kompetensiyasini ko‘rgazmali-amaliy imtihon shaklida baholashda talab etiladigan xomashyo va yonilg‘i moylash materiallarini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar tegishli ta’lim tashkilotlariga respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar, to‘lov-kontrakt hamda budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ish beruvchi korxona va tashkilotlarni oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining bilimi, ko‘nikmasi va malakasini baholash jarayonlariga faol jalb etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining attestatsiyasini tashkil etishda ish beruvchi korxona va tashkilotlarga har tomonlama uslubiy jihatdan ko‘maklashsin hamda ularning bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirib borsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasbiy ta’lim tashkilotlarida attestatsiyani tashkil etishdan kamida bir oy oldin Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar takliflari asosida bitiruvchilarning attestatsiyasi o‘tkaziladigan korxona va tashkilotlar hamda ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini tasdiqlasin va e’lon qilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2025-yil 1-yanvardan boshlab kasbiy ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining malakasini oshirish o‘quv rejalariga “Germaniya tajribasi” asosida bitiruvchilarni baholash bo‘yicha o‘quv kursini kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har o‘quv yili yakunida oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladigan attestatsiyaga ish beruvchi korxona va tashkilotlar vakillari jalb etilishiga ko‘maklashsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har yili 1-noyabrga qadar kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ko‘rgazmali-amaliy imtihonlari o‘tkaziladigan tashkilotlar bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2024-yil 13-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
836-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-dekabrdagi 836-son qaroriga
1-ILOVA

Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

bitiruvchi — tegishli o‘quv rejasidagi fanlarni o‘zlashtirgan, o‘qish davrida to‘plashi lozim bo‘lgan kreditlarni to‘liq to‘plagan va amaliyotlarni muvaffaqiyatli yakunlagan oliy ta’lim tashkiloti talabasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitiruv malakaviy ishi — oliy ta’lim tashkiloti bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari tomonidan o‘qishni yakunlash bosqichida bajariladigan ilmiy-nazariy ish bo‘lib, unda bitiruvchining tegishli ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha egallagan bilimi, ko‘nikma va malakasi baholanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
diplom loyihasi — bakalavriat bosqichi bitiruvchisi tomonidan o‘qishni yakunlash bosqichida bajariladigan hamda muayyan soha vazifalariga oid aniq masalaning kompleks yechimiga (konstruktorlik, texnologik, ijodiy, eksperimental, badiiy) qaratilgan ish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
magistrlik dissertatsiyasi — magistratura bosqichi bitiruvchisi tomonidan o‘quv jarayoni davomida bajariladigan, tegishli mutaxassislikka (sohaga) oid aniq ilmiy-amaliy masalaning (muammoning) yechimiga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ratsionalizatorlik g‘oyasi — mavjud jarayon, ishlash usuli yoki mahsulotni takomillashtirishga qaratilgan yangi va samarali taklif;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
startap loyihasi — innovatsion g‘oyaga asoslangan yangi biznes tashabbusi bo‘lib, u ilgari bozorda taqdim etilmagan yoki mavjudlaridan sezilarli darajada farq qiladigan noyob mahsulot yoki xizmat ko‘rsatish bo‘yicha taklif;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
plagiat — boshqa shaxsning ilmiy, ijodiy yoki boshqa turdagi ishlarini o‘zlashtirib, o‘z nomidan taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakuniy davlat attestatsiyasi (keyingi o‘rinlarda — attestatsiya) — bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bitiruvchilarining bilimi, ko‘nikma va malaka darajasini baholash jarayoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — komissiya) — bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bitiruvchilarining bilimi, ko‘nikma va malaka darajasini baholovchi soha mutaxassislaridan iborat komissiya.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Attestatsiya oliy ta’lim tashkilotidagi har bir bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi (keyingi o‘rinlarda — ta’lim yo‘nalishi va mutaxassislik) bo‘yicha tashkil etiladigan komissiya tomonidan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning xususiyatidan kelib chiqib, oliy ta’lim tashkilotida yoki korxonada (tashkilotda) o‘tkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Diplom loyihasi hamda bitiruv malakaviy ishi himoya qilinadigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati ta’lim sohalarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Attestatsiya quyidagi shakllarda o‘tkazilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy til bo‘yicha (oliy ta’lim tashkiloti Kengashi qaroriga asosan o‘tkazilishi mumkin) sinov;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maxsus (majburiy) fanlar (kasbiy-amaliy fanlar, tibbiyot oliy ta’lim tashkilotlari uchun ikki bosqichli klinikoldi va klinik fanlar) bo‘yicha sinov;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitiruv malakaviy ishi himoyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
diplom loyihasi himoyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
magistrlik dissertatsiyasi himoyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ta’lim yo‘nalishi va mutaxassislikka mos “startap” loyihasi hamda ratsionalizatorlik g‘oyasi taqdimoti. Bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“startap” loyihasi muallifi (hammuallifi) o‘qish davrida (bakalavriat yoki magistratura) tegishli davlat organi tomonidan e’lon qilingan tanlov yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan bo‘lishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ratsionalizatorlik g‘oyasi muallifi (hammuallifi) tomonidan taklif etilgan g‘oya o‘qish davrida (bakalavriat yoki magistratura) kamida uchta korxona (tashkilot) tomonidan amaliyotga joriy qilingan va uning iqtisodiy yoki ijtimoiy samara berganligi bo‘yicha mazkur korxona (tashkilot) tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Zaruratga ko‘ra, xorijiy til bo‘yicha attestatsiya oliy ta’lim tashkiloti Kengashining qaroriga muvofiq o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda xorijiy til bo‘yicha kamida В2 darajadagi (filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kamida С1 darajadagi) milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bitiruvchilar xorijiy til bo‘yicha attestatsiyadan ozod etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy til bo‘yicha attestatsiya mazkur fanning o‘quv dasturlarida nazarda tutilgan materiallarning bitiruvchi tomonidan o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlashga yo‘naltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ta’lim yo‘nalishi va mutaxassislik bo‘yicha maxsus (majburiy) fanlardan (kasbiy-amaliy, klinikoldi va klinik fanlardan) attestatsiya fanlar mazmuniga qo‘yiladigan talablar bilan bir qatorda, malaka talablarida nazarda tutilgan bilim, ko‘nikma va malaka darajasini aniqlashga yo‘naltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish tartibi

8. Komissiya o‘z faoliyatini mazkur Nizom talablariga muvofiq amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Komissiya raisligiga nomzodlar ro‘yxati tegishli kafedra mudiri tomonidan shakllantiriladi hamda tasdiqlash uchun oliy ta’lim tashkiloti rektoriga (filial direktoriga) taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Komissiya raislari oliy ta’lim tashkilotining idoraviy mansubligidan qat’i nazar, ushbu ta’lim tashkilotida faoliyat yuritmayotgan olimlar, ishlab chiqarish sohasidagi tajribali mutaxassislar orasidan tegishli oliy ta’lim tashkiloti rektorining (filial direktorining) buyrug‘i bilan bir kalendar yili muddatiga tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiyaning tarkibi oliy ta’lim tashkiloti rektori (filial direktori) tomonidan bitiruv semestri boshlanishidan kamida bir oy oldin tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya kamida 5 nafar professor-o‘qituvchi va mutaxassislardan iborat tarkibda shakllantiriladi hamda uning uchdan ikki qismi qatnashganda, vakolatli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda komissiya tarkibi mutaxassis tayyorlovchi oliy ta’lim tashkilotining ilmiy-pedagog kadrlari (attestatsiya komissiyasi umumiy tarkibining 40 foizigacha), shuningdek, kadrlar buyurtmachisi bo‘lgan korxonalarning (tashkilotlarning) yuqori malakali mutaxassislari, turdosh oliy ta’lim tashkilotlarining yetakchi professor-o‘qituvchi va ilmiy xodimlari, sohaning ilg‘or mutaxassislari va olimlaridan iborat bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir kishining ketma-ket bir oliy ta’lim tashkilotida ikki martadan ortiq komissiya raisi bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya a’zoligiga jalb etilgan mutaxassislarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlari asosida haq to‘lanadi hamda ularning asosiy ish joylaridagi ish haqlari saqlab qolinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Quyidagilar komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitiruvchining bilim, ko‘nikma va malaka darajasining tegishli ta’lim yo‘nalishi va mutaxassislik malaka talablariga muvofiqligini kompleks baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
attestatsiya natijalari bo‘yicha bitiruvchilarga tegishli akademik darajasini berish bo‘yicha qaror qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faoliyat natijalarini tahlil qilish va ular asosida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Attestatsiyada oliy ta’lim tashkilotining Vasiylik (Kuzatuv, Boshqaruv) kengashi va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari vakillari, bitiruvchilarning ota-onalari yoki ularning qonuniy vakillari hamda kadrlar buyurtmachilari jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Attestatsiya jarayoni onlayn rejimda ovozli videotranslyatsiya qilinadi hamda ushbu videotasvirlar bir yil davomida tegishli kafedrada saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Zarurat bo‘lganda, bitta rais rahbarligida bir nechta attestatsiya komissiyalari tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Attestatsiya jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining vakillari ishtirok etishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy ta’lim tashkilotining davlat akkreditatsiyasidan o‘tmagan ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklar bitiruvchilarining attestatsiyasi ushbu oliy ta’lim tashkilotining yuqori turuvchi vazirligi (idorasi) ruxsati bilan tashkil etiladigan attestatsiya komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Attestatsiyani o‘tkazish tartibi

14. Bitiruvchilar ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Attestatsiyaga tegishli fanlarni o‘zlashtirgan, belgilangan kreditlarni to‘plagan hamda to‘lov-kontrakt shartlarini to‘liq bajargan bitiruvchilar qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitiruvchilar o‘quv yuklamalarini to‘liq bajargandan so‘ng attestatsiyadan o‘tishi majburiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Bitiruvchilarning maxsus (majburiy) fanlar (kasbiy-amaliy, klinikoldi va klinik fanlar) bo‘yicha attestatsiyasi, diplom loyihasi (bitiruv malakaviy ishi) yoki magistrlik dissertatsiyasi himoyasi oliy ta’lim tashkiloti yoxud korxonada (tashkilotda) tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oliy ta’lim tashkiloti Kengashi har yili 31-oktabrga qadar attestatsiya oliy ta’lim tashkilotida yoki korxonada (tashkilotda) tashkil etiladigan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar hamda ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarga mos maxsus (majburiy) fanlar (kasbiy-amaliy, klinikoldi va klinik fanlar) ro‘yxatini tasdiqlaydi va attestatsiyadan kamida olti oy oldin oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy ta’lim tashkiloti o‘z bitiruvchilarining attestatsiyadan o‘tkazish yuzasidan mos korxonalar (tashkilotlar) bilan hamkorlik shartnomasini har yili noyabr oyida imzolaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklarning attestatsiyasi korxonada (tashkilotda) tashkil etilganda bitiruvchilar va komissiyani zarur jihozlar, o‘lchov vositalari, texnik hujjatlar, xomashyo va materiallar bilan ta’minlashga korxona (tashkilot) rahbarlari mas’ul hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Attestatsiyada xorijiy til va maxsus (majburiy) fanlar bo‘yicha sinovlar yozma yoki test yoxud og‘zaki shaklda tashkil etiladi. Attestatsiya alohida iqtidor talab etiladigan va tibbiyot ta’lim sohasi uchun amaliy shaklda ham tashkil etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xorijiy til va maxsus (majburiy) fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan sinovlar shakli oliy ta’lim tashkiloti Kengashining qarori asosida ta’lim tashkiloti rektori (filial direktori) tomonidan belgilanadi hamda attestatsiya boshlanishidan olti oy oldin bitiruvchilar e’tiboriga yetkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitiruv malakaviy ishining mavzulari bitiruv semestri boshlanguniga qadar oliy ta’lim tashkiloti Kengashining qarori bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitiruvchilar attestatsiyadan oldin tegishli fanlar bo‘yicha dasturlar bilan ta’minlanadilar, ularga tayyorgarlik ko‘rish va maslahatlar berish uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Oliy ta’lim tashkiloti tomonidan tajribali professor-o‘qituvchilar hamda korxonalarning (tashkilotlarning) mutaxassislarini jalb etgan holda, attestatsiyaning dasturlari attestatsiya boshlanishidan kamida uch oy oldin ishlab chiqilib, oliy ta’lim tashkiloti Kengashi tomonidan tasdiqlanadi va oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Attestatsiya o‘quv jarayoni jadvalida ko‘rsatilgan muddatlarda, fakultet dekani yoki o‘quv-uslubiy ishlarga mas’ul tarkibiy bo‘linma (bo‘lim, boshqarma) tomonidan tayyorlangan hamda oliy ta’lim tashkiloti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori tomonidan tasdiqlangan attestatsiya jadvali asosida o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Oliy ta’lim tashkiloti Kengashining qarori bilan bitiruvchi uchun belgilangan attestatsiyaning shakli bir o‘quv yili davomida o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Attestatsiya boshlanishidan ikki hafta oldin komissiya raisi bilan oliy ta’lim tashkiloti rektori (filial direktori) komissiyaning tayyorgarlik darajasi, komissiya raisi va a’zolarining vazifalari, bitiruvchilarga qo‘yilayotgan talablar, tartib-intizom masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Attestatsiya komissiyaning ochiq majlislarida o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Bitiruvchilar attestatsiya boshlangan kundan ta’lim yo‘nalishi va mutaxassislikka mos “startap” loyihasi, ratsionalizatorlik g‘oyasi bo‘yicha tegishli hujjatlarni (taqdimotni) komissiyaga taqdim etishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda komissiya tomonidan “startap” loyihasi va ratsionalizatorlik g‘oyasini tegishli hujjatlar belgilangan talablarga mos kelishi bo‘yicha xulosa qilinadi hamda bitiruvchi belgilangan tartibda baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilangan talablarga mos kelmagan “startap” loyihasi yoki ratsionalizatorlik g‘oyasi baholanmaydi va bitiruvchi attestatsiyani qayta topshirishga qoldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Attestatsiyada plagiatga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday holat aniqlanganda, attestatsiya komissiyasi tomonidan bitiruvchiga tegishli attestatsiyadan qoniqarsiz baho qo‘yiladi yoki qo‘yilgan ijobiy baho bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiyasi himoyadan ikki hafta oldin antiplagiat dasturi asosida tekshiriladi va plagiatga yo‘l qo‘yilganligi aniqlansa, takroran bir marotaba qayta tekshirishdan o‘tkazishga ruxsat beriladi. Ikkinchi marotaba ham plagiat holatlari bartaraf etilmagan taqdirda, attestatsiya keyingi yilga qoldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda plagiat holatlari bartaraf etilgan taqdirda, bitiruvchiga attestatsiyada qatnashishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy ta’lim tashkilotida o‘rnatiladigan antiplagiat dasturi oliy ta’lim tashkilotining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan xarid qilinadi va u quyidagi talablarga javob berishi talab etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi va “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunlari talablariga javob berishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz va boshqa tillardagi matnlarni plagiatga tekshirish imkoniyatining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
foydalanuvchi uchun tizimning kamida o‘zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida yo‘riqnomasi mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘chirilgan ma’lumotlar qaysi manbalardan olinganini aniq ifodalab bera olishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlardagi ma’lumotlarni bilvosita, ya’ni mazmuni o‘zgartirilmasdan so‘z va iboralar almashtirilib bayon qilingan matnlardagi ko‘chirmachilikni aniqlash tizimi joriy etilganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sun’iy intellekt texnologiyalari asosida generatsiya qilinadigan matnlarni aniqlash imkoniyatining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro e’tirof etilgan bazalar bilan bog‘langanligi, ma’lumotlar bazasida turli tillardagi manbalar, jumladan, maxsus ma’lumotlar bazalari, xalqaro ilmiy nashriyotlar, kutubxonalar to‘plamlarining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy ilmiy nashrlar bazasiga va zarur hollarda boshqa tizimlarga integratsiya qilish imkoniyatining mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlarni tekshirish natijasida matn tahliliga doir to‘liq hisobotni va belgilangan namunadagi xulosani (sertifikatni) taqdim etish imkoniyatining mavjudligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Attestatsiyada bitiruvchilarning bilimi, ko‘nikma va malakasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Attestatsiya natijalari attestatsiya o‘tkazilgan kunning o‘zida bitiruvchilarga e’lon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Attestatsiyada bitiruvchi qoniqarsiz baho bilan baholanganda bitiruvchiga diplom berilmaydi hamda attestatsiyani mazkur Nizomga muvofiq qayta topshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Komissiya bitiruvchilarga attestatsiyaning ijobiy natijalari asosida bakalavr (magistr) darajasini berish haqida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiyaning qarorlari ochiq ovoz berish orqali majlisda ishtirok etuvchilarning ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan hollarda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Oliy ta’lim tashkiloti bitiruvchisi attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng bir oy muddat ichida unga muvofiq darajadagi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘quv rejasidagi barcha fanlarning kamida to‘rtdan uch qismi bo‘yicha “5” (a’lo) baho (90 — 100 ball) o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga erishgan, (boshqa fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi “4” (yaxshi) bahodan (70 — 89,9 ball) kam bo‘lmagan), shuningdek, attestatsiyadan “5” (a’lo) baho (90 — 100 ball) ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan bakalavriat bitiruvchisiga “imtiyozli” diplom beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Attestatsiyadan o‘ta olmagan yoki attestatsiyaga qo‘yilmagan bitiruvchi o‘qish muddati tugagandan so‘ng, uning arizasiga muvofiq attestatsiyani keyingi uch yil davomida qayta topshirish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Attestatsiyadan o‘ta olmagan bitiruvchidan attestatsiyani qayta topshirish jarayonlarida to‘lov undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Attestatsiyadan o‘ta olmagan bitiruvchi keyingi o‘quv yili boshlanganidan keyin attestatsiyani qayta topshirishga ruxsat berishni so‘rab oliy ta’lim tashkiloti rektori (filial direktori) nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Bunda bitiruvchiga attestatsiyani keyingi har bir o‘quv yilida (uch yil davomida) ikki martadan ortiq qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Attestatsiyani qayta topshirishga oliy ta’lim tashkiloti rektorining (filial direktorining) buyrug‘i bilan ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Attestatsiyadan keyingi uch yil davomida qayta o‘ta olmagan bitiruvchiga akademik ma’lumotnoma beriladi va u belgilangan tartibda, to‘lov-kontrakt asosida tegishli bitiruv kursiga o‘qish uchun qayta tiklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Uzrli sabab bilan attestatsiyaga kelmagan bitiruvchilar oliy ta’lim tashkiloti rektorining (filial direktorining) buyrug‘i bilan komissiyaning ishi yakunlanishiga qadar boshqa muddatlarda o‘tkaziladigan attestatsiyaga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Komissiyaning ishi bo‘yicha yillik hisobot oliy ta’lim tashkiloti Kengashida ko‘rib chiqiladi. Mazkur Kengash yig‘ilishiga komissiya raisi taklif qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Attestatsiyani baholash natijalari yuzasidan shikoyat qilish tartibi

35. Attestatsiya natijasi bo‘yicha olgan bahosidan norozi bo‘lgan bitiruvchilar arizalarini ko‘rib chiqish uchun oliy ta’lim tashkiloti rektorining (filial direktorining) buyrug‘i bilan apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya komissiyasi oliy ta’lim tashkilotining ilmiy-pedagogik kadrlari (apellyatsiya komissiyasi umumiy tarkibining 40 foizigacha), shuningdek, tegishli soha bo‘yicha korxonalarning (tashkilotlarning) malakali mutaxassislari, turdosh oliy ta’lim tashkilotlarining tajribali professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari orasidan kamida 5 nafar a’zodan iborat tarkibda tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga joriy yilda komissiya ishida ishtirok etgan komissiya a’zolari kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Attestatsiyada qo‘yilgan bahodan norozi bo‘lgan bitiruvchilar attestatsiya baholari e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Apellyatsiya komissiyasi shikoyatni bir kun ichida ko‘rib chiqadi hamda natijasi bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shikoyatni asosli deb hisoblash hamda uni qanoatlantirish to‘g‘risida;

shikoyatni asossiz deb hisoblash hamda uni qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida.

38. Apellyatsiya komissiyasi qabul qilgan qarori nusxasini shu kunning o‘zida bitiruvchiga taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Bitiruvchi komissiyaning shikoyatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoida

40. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining XVI bobi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XV bobi, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312 –– 315-moddalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Oliy ta’lim tashkiloti

1. Attestatsiya oliy ta’lim tashkilotida yoki korxonada (tashkilotda) tashkil etiladigan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar hamda ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarga mos maxsus (majburiy) fanlar (kasbiy-amaliy, klinikoldi va klinik fanlar) ro‘yxatini tasdiqlaydi.

Har yili 31-oktabrga qadar

2. Bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish yuzasidan korxonalar (tashkilotlar) bilan hamkorlik shartnomasini imzolaydi.

Har yili noyabr oyida

3. Ta’lim yo‘nalishi va mutaxassislikka mos maxsus (majburiy) fanlar ro‘yxatini oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.

Attestatsiyadan kamida olti oy oldin

4. Xorijiy til va maxsus (majburiy) fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan sinovlar shaklini belgilaydi hamda talabalar e’tiboriga yetkazadi.

Attestatsiyadan olti oy oldin

5. Attestatsiyaning dasturlarini ishlab chiqadi va oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.

Attestatsiyadan uch oy oldin

6. Komissiyaning tarkibini tasdiqlaydi.

Bitiruv semestri boshlanishidan bir oy oldin

7. Bitiruv malakaviy ishi mavzularini tasdiqlaydi.

Bitiruv semestri boshlanguniga qadar

8. Bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiyasini antiplagiat dasturi asosida tekshiradi.

Attestatsiyadan ikki hafta oldin

Attestatsiya komissiyasi raisi bilan komissiyaning tayyorgarlik darajasi, komissiya raisi va a’zolarining vazifalari, bitiruvchilarga qo‘yilayotgan talablar, tartib-intizom masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi.

2-bosqich

Attestatsiya komissiyasi

1. Attestatsiyani oliy ta’lim tashkilotidagi har bir ta’lim yo‘nalishi va mutaxassislik bo‘yicha o‘tkazadi.

O‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq

2. Attestatsiyada bitiruvchilarning bilimi, ko‘nikma va malakasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy  ta’lim, fan  va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadi va e’lon qilinadi.

Attestatsiya o‘tkazilgan kunning o‘zida

3-bosqich

Oliy ta’lim tashkilotlari

Bitiruvchi attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng unga muvofiq darajadagi oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi beriladi.

Attestatsiya o‘tkazilgandan boshlab bir oy muddat ichida

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-dekabrdagi 836-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini (keyingi o‘rinlarda — attestatsiya) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitiruvchi — tegishli o‘quv rejasidagi fanlarni o‘zlashtirgan va amaliyotlarni muvaffaqiyatli yakunlagan kasbiy ta’lim tashkiloti o‘quvchisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat imtihoni — kasbiy ta’lim tashkiloti bitiruvchisining kasbiy (mutaxassislik) va/yoki belgilangan fanlar bo‘yicha nazariy bilimlarini baholash jarayoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘rgazmali-amaliy imtihon — kasbiy ta’lim tashkiloti bitiruvchisining bilimi, ko‘nikma va malakalarini amaliy topshiriqlar asosida baholash jarayoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakuniy davlat attestatsiyasi (keyingi o‘rinlarda — attestatsiya) — kasbiy ta’lim tashkiloti bitiruvchisining bilimi, ko‘nikma va malaka darajasini baholash jarayoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi — kasbiy ta’lim tashkilotlarida bitiruvchilarni bilimi, ko‘nikma va malakalarini baholash maqsadida kasblar (mutaxassisliklar) bo‘yicha korxona (tashkilot) vakillari hamda soha mutaxassislaridan tuziladigan komissiya.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Attestatsiyaning asosiy maqsadi kasbiy ta’lim tashkiloti bitiruvchilarining bilimi, ko‘nikma va malaka darajasini (kasbiy kompetensiyalarini) kasblarning (mutaxassisliklarning) ta’lim dasturlariga muvofiqligini kompleks baholashdan iborat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Attestatsiya davlat imtihonlari va ko‘rgazmali-amaliy imtihonlar shaklida o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Davlat imtihonlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshlang‘ich kasbiy ta’lim bo‘yicha — O‘zbekiston tarixi fani va kasbiy fanlardan test shaklida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim bo‘yicha — kasbiy fanlardan test shaklida o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kasbiy fanlarga o‘quv rejasidagi umumkasbiy fanlar, maxsus fanlar yoki mutaxassislik fanlari kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ko‘rgazmali-amaliy imtihonda bitiruvchi kasbiy ta’lim tashkilotida yoki korxonada (tashkilotda) tegishli kasb (mutaxassislik) bo‘yicha kompetensiyalarni egallaganlik darajasini amaliy topshiriqlarni bajarish orqali ko‘rsatib beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Dual ta’lim shaklida ta’lim olgan bitiruvchilarning ko‘rgazmali-amaliy imtihon jarayonlari dual ta’lim tashkil etilgan korxona (tashkilot) tomonidan tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda korxona (tashkilot) tomonidan bitiruvchilarning ko‘rgazmali-amaliy imtihon natijalari yuzasidan tayyorlangan hisobotlar kasbiy ta’lim tashkilotiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Attestatsiyani o‘tkazish jadvali korxonalar (tashkilotlar) bilan kelishilgan holda attestatsiya boshlanishidan kamida o‘ttiz kun oldin kasbiy ta’lim tashkiloti direktori buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Attestatsiyani o‘tkazish jadvali kasbiy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-sayti yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali e’lon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Davlat imtihonlari kasblarning (mutaxassisliklarning) o‘quv dasturlarida nazarda tutilgan materiallarni o‘zlashtirish darajasini aniqlashga qaratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Attestatsiya kasbiy ta’lim tashkilotidagi kasblar (mutaxassisliklar) bo‘yicha tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — komissiya) tomonidan o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Attestatsiyani o‘tkazish uchun kasblar (mutaxassisliklar) bo‘yicha komissiyalar kasbiy ta’lim tashkilotidagi o‘quvchilar soniga muvofiq tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Komissiya tarkibi attestatsiya boshlanishidan kamida bir oy oldin Qoraqalpog‘iston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari boshliqlari buyrug‘i bilan bir o‘quv yiliga tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiyaning tarkibi kamida 5 nafardan iborat bo‘lib, uning uchdan ikki qismi qatnashganda, vakolatli hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya tarkibining kamida 50 foizi korxonalar (tashkilotlar) vakillaridan iborat bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Komissiya har yili attestatsiyani o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish davridan boshlab keyingi o‘quv yili boshlangunga qadar faoliyat ko‘rsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitiruvchi guruhlar soniga qarab, komissiya faoliyati yil davomida tashkil etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Komissiya raisi komissiya faoliyatini tashkil qiladi, nazorat qiladi, uning xulosalari va qarorlarini imzolaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya raisi attestatsiyani o‘z vaqtida, sifatli va shaffof o‘tkazilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir kishi ketma-ket bir kasbiy ta’lim tashkilotida tegishli kasblar (mutaxassisliklar) bo‘yicha ikki martadan ortiq komissiya raisi bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Attestatsiya ishida korxonalar (tashkilotlar) a’zolari ishtirok etganda, ularning asosiy ish joyidagi ish haqi saqlanib qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitiruvchilarning bilimi, ko‘nikmasi va malakasini (kasbiy kompetensiyalarini) kasblarning (mutaxassisliklarning) ta’lim dasturlari talablariga muvofiqligini kompleks baholash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
attestatsiya natijalari bo‘yicha bitiruvchilarga boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim darajasini berish masalasini hal etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiyaning yakuniy hisobotlari va xulosalarini tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
komissiya faoliyati natijalarini tahlil qilish va ular asosida o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Kasblarning (mutaxassisliklarning) tegishli o‘quv dasturlarini to‘liq o‘zlashtirgan bitiruvchilarga attestatsiyada ishtirok etishlariga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. O‘zbekiston tarixi fanidan o‘tkaziladigan davlat imtihoni soha bo‘yicha mutaxassis o‘qituvchilar tomonidan o‘tkaziladi. Bunda jalb etiladigan o‘qituvchilar davlat imtihoniga kiruvchi o‘quvchilarga dars o‘tmagan bo‘lishi yoki boshqa kasbiy ta’lim tashkilotlaridan taklif etilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Attestatsiyani o‘tkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Attestatsiyani tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Kasbiy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim darajasi bo‘yicha tegishli ta’lim dasturlarida belgilangan talablarni bajargan bitiruvchi kasbiy ta’lim tashkiloti Pedagogik kengashining qaroriga asosan direktorning buyrug‘i bilan attestatsiyaga qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili 1-noyabrga qadar kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ko‘rgazmali-amaliy imtihonlari tashkil qilinadigan korxonalar (tashkilotlar) ro‘yxatini shakllantirib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi har yili 1-dekabrga qadar attestatsiya o‘tkaziladigan korxonalar (tashkilotlar) ro‘yxatini shakllantiradi va tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilar attestatsiyasini o‘tkazish yuzasidan kasb va mutaxassislikka mos korxonalar (tashkilotlar) bilan hamkorlik shartnomasini har yili 1-yanvarga qadar imzolaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Attestatsiya boshlanishidan bir hafta oldin komissiya raisi kasbiy ta’lim tashkiloti direktori bilan birgalikda attestatsiyani o‘tkazish uchun tayyorgarlik holatini nazoratdan o‘tkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Attestatsiyada bitiruvchilarning ota-onalari hamda korxonalar (tashkilotlar) vakillari jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Attestatsiya jarayonlari ota-onalar va kuzatuvchilar uchun ajratilgan alohida kutish joyiga onlayn translyatsiya qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Attestatsiya komissiyasi o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq attestatsiyani kasbiy ta’lim tashkilotidagi har bir kasb (mutaxassislik) bo‘yicha o‘tkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Attestatsiya komissiyasi attestatsiya o‘tkazilgan kunning o‘zida bitiruvchilarning bilimi, ko‘nikma va malaka darajasini (kasbiy kompetensiyalarini) baholaydi hamda natijalarni e’lon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Bitiruvchilar attestatsiyada “2” (qoniqarsiz) baho olgan taqdirda, tegishli imtihonni shu o‘quv yilida bir marta qayta topshirish huquqiga ega bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta topshirish jarayonlari asosiy attestatsiya tugaganidan so‘ng o‘quvchining arizasiga muvofiq bir oy ichida o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Attestatsiyadan ikkinchi marta ham o‘ta olmagan yoki bir yil ichida attestatsiyani qayta topshirish uchun murojaat qilmagan bitiruvchiga attestatsiyani qayta topshirish uchun, shu jumladan, dual ta’lim shaklida ta’lim olgan bitiruvchiga uning arizasiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari tomonidan ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Attestatsiyani qayta topshirib, qoniqarsiz baho olib attestatsiyadan o‘ta olmagan bitiruvchi keyingi o‘quv yili yakunida attestatsiyani qayta topshiradi. Bunda o‘zi tamomlagan kasbiy ta’lim tashkilotida ta’lim olgan kasb (mutaxassislik) bo‘yicha komissiya shakllanmagan bo‘lsa, kasbi (mutaxassisligi) bo‘yicha mos boshqa kasbiy ta’lim tashkilotlarida (dual ta’lim shaklidagi bitiruvchilar ham) attestatsiyani topshirishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa kasbiy ta’lim tashkiloti attestatsiyada ishtirok etadigan bitiruvchining ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari attestatsiya o‘tkaziladigan kasbiy ta’lim tashkilotiga taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Attestatsiyadan o‘tgan bitiruvchiga komissiya tuzilgan ta’lim tashkiloti tomonidan kasbiy ta’lim to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Kasbiy ta’lim tashkilotida belgilangan kasbning (mutaxassislikning) o‘quv dasturlarini to‘liq tugatgan, lekin attestatsiyada qatnashmagan yoki undan o‘ta olmagan bitiruvchilar Pedagogik kengash qarori asosida komissiya faoliyatining uch yil muddat davomida yakuniy davlat attestatsiyasini qayta topshirish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uch yil davomida attestatsiyadan o‘tmagan shaxslar yakuniy kursni qaytadan o‘qish uchun ariza topshirishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Attestatsiyadan o‘tgan bitiruvchilarga bir oy muddat ichida kasb (mutaxassislik) bo‘yicha belgilangan tartibda kasbiy ta’lim to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro ta’lim dasturlari joriy etilgan guruhlarda attestatsiya jarayonlari xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etgan tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro ta’lim dasturlari asosida ta’lim olgan va imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan o‘quvchilarga xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha diplom (sertifikat) hamda kasbiy ta’lim to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari quyidagi hollarda attestatsiyaga kiritilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fanlardan akademik qarzdor hisoblanganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kasbiy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olib, o‘qish uchun belgilangan to‘lovni to‘liq amalga oshirilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uzrsiz sabablarga ko‘ra amaliyot o‘tamagan yoki amaliyot uchun qoniqarsiz baho olganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Uzrli sabablarga ko‘ra attestatsiyada ishtirok eta olmagan bitiruvchilarga komissiya faoliyati yakuniga qadar attestatsiyadan o‘tishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. O‘quv rejasida nazarda tutilgan fanlardan yakuniy baholarining kamida 86 foizi “5” (a’lo) va qolgan fanlardan “4” (yaxshi) bo‘lgan, yakuniy attestatsiyadan “5” (a’lo) baholar olgan, xulq-atvori namunali, jamoat ishlarida faol ishtirok etgan o‘quvchilarga imtiyozli diplom beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Davlat imtihonlarini o‘tkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. O‘zbekiston tarixi fani va kasbiy fanlar bo‘yicha kasblarning (mutaxassisliklarning) o‘quv dasturlaridagi mavzular doirasida test topshiriqlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional ta’limni rivojlantirish instituti tomonidan tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda test jarayonlari boshlanishidan ikki oy oldin ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kasbiy ta’lim tashkilotlarida kasblarning (mutaxassisliklarning) tegishli kasbiy fanlari bo‘yicha, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari qabul qilingan guruhlarda O‘zbekiston tarixi fanidan davlat imtihoni test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Test sinovlari tashkil etilishi, xolis va adolatli o‘tkazilishi hamda test topshiriqlarini oshkor etilmasligi uchun javobgarlik komissiya zimmasida bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Test topshiriqlari jami 72 ta savoldan iborat bo‘lib, topshiriqlarni bajarish uchun 120 daqiqa, belgilangan javoblarni javoblar varaqasiga ko‘chirish uchun qo‘shimcha 10 daqiqa vaqt beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Test o‘tkazish jarayoniga komissiya umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari o‘qituvchilari va jamoat tashkilotlari vakillarini nazoratchi sifatida jalb qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Test sinovlari jarayonida bitiruvchilar tomonidan darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, matnlar, javoblar yozilgan varaqalar, mobil telefonlar va boshqa aloqa vositalaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Test sinovlarini o‘tkazish qoidalariga rioya qilmagan bitiruvchilar bu haqda dalolatnoma tuzgan holda test sinovlaridan chetlashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Test topshiriqlarini yakuniy baholashda komissiya to‘g‘ri bajarilgan topshiriqlarning 90 — 100 foizi uchun “5” baho (a’lo), 70 — 89,9 foizi uchun “4” baho (yaxshi), 60 — 69,9 foizi uchun “3” baho (qoniqarli), to‘g‘ri bajarilgan topshiriqlarning 60 foizidan past ko‘rsatkichlari uchun “2” baho (qoniqarsiz) qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Test sinovlari texnik imkoniyatlari bo‘lgan kasbiy ta’lim tashkilotlarida kompyuter orqali maxsus axborot tizimlari yordamida tashkil etilishi mumkin. Bunda test topshiriqlari soni va ajratiladigan vaqt hamda baholash mezonlari ushbu Nizom talablari asosida tartibga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Ko‘rgazmali-amaliy imtihonni o‘tkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Ko‘rgazmali-amaliy imtihon orqali kasbiy ta’lim tashkiloti o‘quvchilarining egallayotgan kvalifikatsiyasi bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarining shakllanganlik darajasi aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Ko‘rgazmali-amaliy imtihon topshiriqlarining mazmuni kasblar (mutaxassisliklar) uchun belgilangan kasbiy kompetensiyalar, shuningdek, kasbiy faoliyat mazmuni bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar asosida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Ko‘rgazmali-amaliy imtihonlar tegishli korxonalarda (tashkilotlarda) maxsus tashkil etiladigan sinov maydonlarida (simulyatsion laboratoriyalarida) tashkil etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda agar korxona (tashkilot) bir nechta bo‘lsa yoki bir korxonada (tashkilotda) ko‘rgazmali-amaliy imtihonlarni tashkil etish imkoniyati bo‘lmasa, kasbiy ta’lim tashkilotlari tomonidan korxonalar (tashkilotlar) bilan kelishgan holda aniq korxona (tashkilot) belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Ko‘rgazmali-amaliy imtihonlar shartlari va baholash mezonlari korxonalarning (tashkilotlarning) vakillarini jalb qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional ta’limni rivojlantirish instituti tomonidan attestatsiya boshlanishidan ikki oy oldin ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ko‘rgazmali-amaliy imtihonlarning shartlari o‘qitilayotgan kvalifikatsiya bo‘yicha kasblarning (mutaxassisliklarning) tegishli o‘quv dasturlari mazmuniga muvofiq tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Ko‘rgazmali-amaliy imtihon shartlarini bajarish muddati har bir kasblarning (mutaxassisliklarning) murakkabligi va xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Ko‘rgazmali-amaliy imtihonlarni o‘tkazish uchun korxonalar (tashkilotlar) ish joylarini zarur jihozlar, o‘lchov vositalari, texnik hujjatlar, xomashyo va materiallar bilan ta’minlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladigan ko‘rgazmali-amaliy imtihonlarda mazkur kasbiy ta’lim tashkiloti uchun ajratilgan xomashyo va yoqilg‘i moylash materiallaridan foydalanishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Ko‘rgazmali-amaliy imtihonlar boshlanishidan oldin komissiya a’zolaridan biri bitiruvchilarni imtihon shartlari, texnik shartlar, baholash mezonlari, vaqt me’yorlari va xavfsizlik qoidalari bilan tanishtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Imtihon shartlarini bajarish jarayonida har bir bitiruvchi mustaqil ravishda amaliyotlar ketma-ketligini aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Ko‘rgazmali-amaliy imtihonlar bo‘yicha baholash qaydnomasi komissiya tomonidan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. O‘zbekiston tarixi fani va kasbiy fanlardan test natijalari hamda ko‘rgazmali-amaliy imtihonning baholash qaydnomasi asosida komissiya tomonidan bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Ko‘rgazmali-amaliy imtihonlarni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar kasbiy ta’lim tashkilotining tasdiqlangan xarajatlar smetasida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablag‘lar, shuningdek, kasbiy ta’lim tashkilotining to‘lov-kontrakt hisobidan tushadigan mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Attestatsiyani baholash natijalari yuzasidan shikoyat qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Attestatsiyada olgan baholariga e’tiroz bildirgan bitiruvchilarning arizalarini ko‘rib chiqish uchun kasbiy ta’lim tashkiloti direktorining buyrug‘i bilan apellyatsiya komissiyasi tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur buyruq bilan apellyatsiya komissiyasining tarkibi, ish tartibi va vakolatlari belgilanadi hamda bu haqda attestatsiya boshlanishidan kamida bir kun oldin bitiruvchilar xabardor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga joriy yilda komissiya tarkibida ishtirok etgan komissiya a’zolari kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Attestatsiyada qo‘yilgan bahodan norozi bo‘lgan bitiruvchi attestatsiya baholari e’lon qilinganidan keyin uch ish kuni ichida apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda murojaat qilish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya komissiyasi uch ish kunida ariza bergan bitiruvchining shikoyatini ko‘rib chiqadi hamda natijasi bo‘yicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shikoyatni asosli deb hisoblash hamda uni qanoatlantirish to‘g‘risida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shikoyatni asossiz deb hisoblash hamda uni qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitiruvchilar tomonidan boshqa kunlarda berilgan e’tiroz va shikoyatlar ko‘rib chiqilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiyani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha bayonnoma apellyatsiya komissiya raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Apellyatsiya komissiyasi qabul qilgan qarori nusxasini shu kunning o‘zida bitiruvchiga taqdim qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Bitiruvchi apellyatsiyani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha apellyatsiya komissiyasi qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, apellyatsiya komissiyasi qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Komissiya raisi kasbiy ta’lim tashkiloti Pedagogik kengashiga tahliliy hisobot taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Attestatsiya bo‘yicha tuzilgan hisobotlar va materiallar kasbiy ta’lim tashkiloti arxivida 10 yil davomida saqlanadi. Belgilangan muddat tugagandan so‘ng mazkur materiallar hisobdan chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Bitiruvchilarning ko‘rgazmali-amaliy imtihonlari tashkil qilinadigan korxonalar (tashkilotlar) ro‘yxatini shakllantirib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi.

Har yili 1-noyabrga qadar

2-bosqich

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan korxonalar (tashkilotlar) ro‘yxatini shakllantiradi va tasdiqlaydi.

Har yili 1-dekabrga qadar

3-bosqich

Kasbiy ta’lim tashkilotlari

Bitiruvchilarining attestatsiyasini o‘tkazish yuzasidan kasb va mutaxassislikka mos korxonalar (tashkilotlar) bilan hamkorlik shartnomasini imzolaydi.

Har yili 1-yanvarga qadar

4-bosqich

Professional ta’limni rivojlantirish instituti

1. O‘zbekiston tarixi va kasbiy fanlar bo‘yicha test topshiriqlar to‘plamini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi.

2. Ko‘rgazmali-amaliy imtihonlar topshiriqlari va baholash mezonlarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi.

Attestatsiya boshlanishidan ikki oy oldin

5-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi

Attestatsiya komissiyasi tarkibini tasdiqlaydi.

Attestatsiya boshlanishidan bir oy oldin

6-bosqich

Attestatsiya komissiyasi

1. Attestatsiyani kasbiy ta’lim tashkilotidagi har bir kasb (mutaxassislik) bo‘yicha o‘tkazadi.

O‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq

2. Bitiruvchilarning bilimi, ko‘nikma va malaka darajasini (kasbiy kompetensiyalarini) baholaydi hamda natijalarini e’lon qiladi.

Attestatsiya o‘tkazilgan kunning o‘zida

7-bosqich

Kasbiy ta’lim tashkilotlari

Attestatsiyadan o‘tgan bitiruvchilarga kasb (mutaxassislik) bo‘yicha belgilangan tartibda kasbiy ta’lim to‘g‘risidagi davlat namunasidagi diplom beriladi.

Bir oy muddat ichida

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2024-y., 09/27/836/1036-son)