ILOVA
ILOVA
|
I. Oʻquv ishlari | |||
|
T/r |
Ish turlari |
Ish turlari uchun ajratilgan vaqt meʼyori |
Ish turlarining bajarilganligini aniqlash |
|
1. |
Oʻquv (maʼruza, amaliy, seminar va laboratoriya) mashgʻulotlarini oʻtkazish |
bir akademik soat uchun — 1 soat |
Oʻquv mashgʻulotlari oʻquv rejaga muvofiq bir akademik soatdan (45 minut) yoki tanaffussiz ikki akademik soatdan (80 minut) oʻtkaziladi. Bunda: amaliy va seminar mashgʻulotlari talabalar soni, odatda, 25 nafargacha talaba boʻlgan akadem guruhlarda; maʼruza mashgʻulotlari, odatda, 150 nafardan oshmagan birlashgan akadem guruhlarda (potok); laboratoriya va chet tilini oʻqitish, tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida tibbiy-biologik va gigiyenik fanlar (tibbiyot oliytaʼlimmuassasalariuchun) oʻqitish, nofilologik yoʻnalishlarda fanni chet tilida oʻqitish, odatda, 12 nafargacha talaba boʻlgan kichik guruhlarda; madaniyat, sanʼat va sport yoʻnalishlarida yakka tartibdagi mashgʻulotlar, odatda, 2 — 12 nafargacha talaba boʻlgan kichik guruhlarda; tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida klinik fanlarni oʻqitish, odatda, 8 — 10 nafargacha talaba boʻlgan kichik guruhlarda oʻtkaziladi. Oʻquv mashgʻulotlarining oʻtkazilganligi guruh jurnalida qayd etiladi. |
|
2. |
Yakuniy davlat attestatsiyasi belgilangan fanlardan umumlashgan maʼruzalar va maslahatlar oʻtkazish |
bitta fanga (bitta potok uchun) — 6 soat |
Umumlashgan maʼruzalar va maslahatlarning oʻtkazilishi yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish jadvalida qayd etiladi. |
|
3. |
Kurs ishlari va kurs loyihalariga rahbarlik qilish, ular boʻyicha maslahatlar berish, taqriz yozish va qabul qilish |
bir kurs ishi uchun — 2 soat; bir kurs loyihasi uchun — 3 soat. |
|
|
Kurs ishi (kurs loyihasi)ning himoyaga taqdim etilganligi bilan aniqlanadi. | |||
|
4. |
Kurs ishi (kurs loyihasi) himoyasini oʻtkazish |
Bir kurs ishi himoyasi uchun — 0,4 soat; Bir kurs loyihasi himoyasi uchun — 0,6 soat. Bunda professor-oʻqituvchining bir kunlik ish soati hajmi 8 soatdan oshmasligi lozim. |
Kurs ishi (kurs loyihasi) himoyasida kamida 2 nafar professor-oʻqituvchi ishtirok etadi. Jami soatlar himoyada ishtirok etgan professor-oʻqituvchilar soniga boʻlinadi va ular oʻrtasida teng taqsimlanadi. Professor-oʻqituvchining kurs ishi (kurs loyihasi) himoyasini oʻtkazishda ishtirok etishi tegishli qaydnomalarda aks ettiriladi. |
|
5. |
Qonun hujjatlariga muvofiq oʻquv jarayoni modul tizimiga asoslangan oliy taʼlim muassasalarida oraliq va yakuniy nazoratlar boʻyicha maslahatlar berish |
bitta fanga (bitta potok uchun) — 5 soat |
Maslahatlar berilganligi tegishli bayonnomalar (jurnallarga kiritilgan qaydlar) asosida aniqlanadi. |
|
6. |
Yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish |
yozma ish shaklida bir potok (akadem guruh) uchun — 3 soat; ogʻzaki shaklda bitta talaba uchun — 0,2 soat, ijodiy ishlarda bitta talaba uchun — 0,3 soat; yozma ish (ijodiy ish)ni tekshirish uchun har bir ishga — 0,2 soat; test shaklida bitta akadem guruh uchun — 1 soat. Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi raisiga komissiyaning bitta aʼzosi uchun beriladigan jami soatga qoʻshimcha ravishda 20% qoʻshiladi. Komissiya aʼzolariga beriladigan bir kunlik oʻquv yuklamasi hajmi |
Bir potok (akadem guruh)da yozma ish oʻtkazish jarayonida ishtirok etgan komissiyaning har bir aʼzosi (kuzatuvchi professor-oʻqituvchi)ga 3 soatdan beriladi. Ogʻzaki shaklda oʻtkazilgan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari jami soati unda ishtirok etgan komissiyaning har bir aʼzosiga beriladi. Yozma ish shaklida oʻtkazilgan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarining jami soati yozma ishni tekshirishda ishtirok etgan komissiya aʼzolari umumiy soniga boʻlinadi hamda komissiya aʼzolariga teng taqsimlanadi. Test shaklida oʻtkazilgan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari jami soati unda ishtirok etgan komissiyaning har bir aʼzosiga beriladi. Yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etish tegishli buyruq va qaydnomalarda aks ettiriladi. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi tarkibini oldindan aniqlash imkoniyati boʻlmagan taqdirda, komissiyasi aʼzolari (kuzatuvchi professor-oʻqituvchi)ga komissiya oʻz ishini tugatgandan soʻng, soatbay haq toʻlanadi. Bunda ushbu soatbay ish turi professor-oʻqituvchining yillik shaxsiy ish rejasiga kiritilmaydi. |
|
7. |
Namunaviy oʻquv dasturlarida koʻzda tutilgan nazorat, hisoblash va hisob-grafik ishlarini tekshirish, maslahatlar berish, taqriz yozish va qabul qilish |
bitta topshiriq uchun — 0,3 soat, biroq bitta fanga koʻpi bilan — 1 soat |
Bir professor-oʻqituvchiga kafedra qaroriga asosan koʻpi bilan uchtagacha akadem guruh talabalari biriktiriladi. Mazkur ishlarning bajarilishi talabalarni baholash qaydnomalarida aks ettiriladi. |
|
8. |
Oraliq va yakuniy nazoratlarni oʻtkazish, shuningdek talabaning qoldirgan (oʻzlashtirmagan) darslarini qayta topshirishini qabul qilish |
oraliq nazoratda har bir talaba uchun — 0,2 soat; yakuniy nazoratda har bir talaba uchun — 0,3 soat. Qonun hujjatlariga muvofiq oʻquv jarayoni modul tizimiga asoslangan oliy taʼlim muassasalari uchun oraliq va yakuniy nazorat ogʻzaki shaklda oʻtkazilganda, har bir talaba uchun — 0,2 soat, yozma ish shaklida oʻtkazilganda esa, har bir talaba uchun — 0,5 soat. Qoldirilgan (oʻzlashtirilmagan) darslarni qayta topshirishni qabul qilishda har bir talaba uchun — 0,3 soat. Bunda bir oʻquv semestri davomida bir professor-oʻqituvchiga koʻpi bilan 20 soat beriladi. |
Semestr davomida bitta fandan koʻpi bilan 2 tagacha oraliq nazorat oʻtkaziladi. Bunda modul tizimida oʻqitilmayotgan va hajmi (umumiy auditoriya soati) semestr davomida haftasiga toʻliq 2 akademik soatdan kam boʻlgan fanlardan oraliq nazorat oʻtkazilmaydi. Oraliq va yakuniy nazoratlar oʻtkazilishi tegishli qaydnomalarda aks ettiriladi. Nazoratlar jadvali (grafigi) semestr boshlangan vaqtda talabalarga professor-oʻqituvchi tomonidan eʼlon qilinadi. Yozma shakldagi nazorat ishlar 6 oy saqlanadi. Qonun hujjatlariga muvofiq oʻquv jarayoni modul tizimiga asoslangan oliy taʼlim muassasalarida yozma ish shaklida oʻtkazilgan oraliq va yakuniy nazorat ishlarini oʻtkazish va qabul qilish talablari mazkur oliy taʼlim muassasalari tomonidan belgilanadi. Darslarni qayta topshirish tegishli qaydnomalarda aks ettiriladi. |
|
9. |
Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi talabalari amaliyotiga rahbarlik qilish, ularning hisobotlarini tekshirish va qabul qilish, amaliyot boʻyicha yozma ish (sinov)larni oʻtkazish va baholash |
Malakaviy amaliyot oʻtayotgan har bir talaba uchun bir ish kuniga — 0,5 soat. Bunda: oʻquv amaliyotiga rahbarlik qilish 1 akadem guruh uchun bir ish kuniga — 6 soat; ishlab chiqar�sh va pedagogik amaliyotga rahbarlik qilish, agar ishlab chiqarish va pedagogik amaliyot oʻtalayotgan tashkilot oliy taʼlim muassasasi joylashgan hudud doirasida boʻlsa, bir ish kuniga 1 akadem guruh uchun — 3 soat; agar ishlab chiqarish va pedagogik amaliyot oʻtalayotgan tashkilot oliy taʼlim muassasasi joylashgan hudud doirasida boʻlmasa, amaliyotga rahbarlik qilish bir ish kuniga — 6 soat. Individual holda oʻtkaziladigan amaliyotlarda butun amaliyot davriga bir talaba uchun — 2 soat. |
Mazkur ish turi boʻyicha professor-oʻqituvchining soatlari hajmi oʻquv ishlari yuklamasining 20% idan oshmasligi lozim. Qonun hujjatlariga muvofiq oʻquv jarayoni modul tizimiga asoslangan oliy taʼlim muassasalarida professor-oʻqituvchining mazkur ishlar boʻyicha soatlari hajmi ushbu oliy taʼlim muassasalari tomonidan belgilanadi. Mazkur ishlarning bajarilganligi amaliyot oʻtash boʻyicha oliy taʼlim muassasasi buyrugʻi, talabaning amaliyot kundaligi va amaliyot uchun baho qoʻyilgan tegishli qaydnomalar asosida aniqlanadi. |
|
10. |
Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi talabalarining bitiruv malakaviy ishi (diplom loyihasi, diplom ishi)ga rahbarlik qilish, xulosalar yozish |
bir oʻquv yiliga har bir talaba uchun — 25 soat, texnik yoʻnalishlarda har bir talaba uchun — 30 soat |
Bir oʻquv yilida bitta professor-oʻqituvchiga 7 nafargacha talaba biriktiriladi. Professor-oʻqituvchining bitiruv malakaviy ishi (diplom loyihasi, diplom ishi)ga rahbarlik qilganligi, xulosalar yozganligi oliy taʼlim muassasasi buyrugʻi, yozilgan xulosa va ishning himoyaga taqdim etilganligi asosida aniqlanadi. |
|
11. |
Talabalarning bitiruv malakaviy ishi (diplom loyihasi, diplom ishi, magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi boʻyicha yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasida ishtirok etish |
bitta bitiruv malakaviy ishi (diplom loyihasi, diplom ishi) uchun — 0,2 soat; bitta magistrlik dissertatsiyasi uchun — 0,3 soat. Professor-oʻqituvchiga beriladigan bir kunlik oʻquv ishlari yuklamasi hajmi, odatda, 8 soatdan oshmasligi lozim. |
Aʼzolarning yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasidagi ishtiroki oliy taʼlim muassasasi buyrugʻi hamda himoya natijalari toʻgʻrisidagi qaydnomalar asosida aniqlanadi. Jami soat yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasida ishtirok etgan har bir aʼzoga beriladi. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi tarkibini oldindan aniqlash imkoniyati boʻlmagan taqdirda, komissiya aʼzolariga komissiya oʻz ishini tugatgandan soʻng, soatbay haq toʻlanadi. Soatbay ish turi professor-oʻqituvchining yillik shaxsiy ish rejasiga kiritilmaydi. |
|
12. |
Magistratura talabalarining ilmiy pedagogik faoliyati va amaliyotiga rahbarlik qilish |
bir oʻquv yiliga bitta talaba uchun — 50 soat. |
Professor yoki fan doktori 5 nafargacha, dotsent, fan nomzodi va mutaxassis 3 nafargacha talabaning ilmiy pedagogik faoliyati va amaliyotiga rahbarlikni amalga oshirishi mumkin. |
|
Talabaning ilmiy pedagogik faoliyatiga rahbarlik qilganlik talabaning kalendar ish rejasidagi topshiriqlarni bajarishi bilan aniqlanadi. | |||
|
Amaliyotga rahbarlik qilganlik oliy taʼlim muassasasining amaliyot oʻtash boʻyicha buyrugʻi, talabaning amaliyot kundaligi va amaliyot uchun baho qoʻyilgan tegishli qaydnomalar asosida aniqlanadi. | |||
|
13. |
Magistratura talabasining magistrlik dissertatsiyasi va stajirovkasiga ilmiy rahbarlik (ilmiy maslahatchilik) qilish |
bir oʻquv yiliga bitta talaba uchun — 50 soat |
Professor yoki fan doktori 5 nafargacha, dotsent, fan nomzodi va mutaxassis 3 nafargacha talabaning magistrlik dissertatsiyasi va stajirovkasiga (ilmiy maslahatchilik) rahbarlikni amalga oshirishi mumkin. |
|
Mazkur ish turining bajarilganligi oliy taʼlim muassasasi buyr�gʻi, talabaning kalendar ish rejasi va magistrlik dissertatsiyasining himoyaga taqdim etilgani asosida aniqlanadi. | |||
|
14. |
Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarni, shuningdek magistratura mutaxassisliklari qabuli jarayonida kirish sinovlarini oʻtkazish komissiyasida ishtirok etish |
yozma ish shaklida oʻtkazilganda bir potok (abituriyentlar guruhi) uchun — 3 soat; ogʻzaki shaklda oʻtkazilganda, bitta abituriyent uchun — 0,1 soat; test shaklida oʻtkazilganda, bir potok (abituriyentlar guruhi) uchun — 1 soat; har bir yozma ish (ijodiy ish)ni tekshirish uchun — 0,1 soat. Professor-oʻqituvchiga beriladigan bir kunlik oʻquv ishlari yuklamasi hajmi 8 soatdan oshmasligi lozim. |
Bir potok (abituriyentlar guruhi)da yozma ishni oʻtkazish jarayonida ishtirok etgan har bir professor-oʻqituvchiga Yozma ish shaklida oʻtkazilgan imtihon va sinovlarning jami soati yozma ishni tekshirishda ishtirok etgan komissiya aʼzolari soniga teng boʻlinadi hamda ular oʻrtasida teng taqsimlanadi. Ogʻzaki (test) shaklida oʻtkazilgan imtihon va sinovlarning jami soati unda ishtirok etgan komissiyaning har bir aʼzosiga beriladi. Qabul imtihonlari va sinovlarida ishtirok etganlik oliy taʼlim muassasasining tegishli buyrugʻi va tegishli qaydnomalar asosida aniqlanadi. Komissiya aʼzolari tarkibini oldindan aniqlash imkoniyati boʻlmagan taqdirda, komissiya aʼzolariga komissiya oʻz ishini tugatga�dan soʻng, soatbay haq toʻlanadi. Soatbay ish turi professor-oʻqituvchining yillik shaxsiy ish rejasiga kiritilmaydi. |
|
15. |
Oliy taʼlim muassasasidagi katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchiga ilmiy maslahatchilik qilish |
bitta katta ilmiy xodim-izlanuvchi uchun bir oʻquv yilida — 100 soat; bitta mustaqil izlanuvchi uchun bir oʻquv yilida — 50 soat. |
Fan doktori, professor oʻzi ishlayotgan oliy taʼlim muassasasida 3 tagacha katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchiga ilmiy maslahatchilik qilishi mumkin. Ilmiy maslahatchi boʻlganlik oliy taʼlim muassasasining tegishli buyrugʻi, katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchining yakka tartibdagi ish rejasi bajarilishi asosida aniqlanadi. |
|
16. |
Ochiq leksiyalar va master-klasslarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish |
Bir akademik soat ochiq leksiya va master-klass uchun — 5 soat. |
Oʻtkazilgan ochiq leksiya va master-klasslar tegishli rejalar va ularning oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida ani�lanadi. |
|
Ochiq leksiya uchun bir oʻquv yilida koʻpi bilan 30 soat. | |||
|
Master-klass: | |||
|
Oliy taʼlim muassasasi miqyosida oʻtkazilganda, bir oʻquv yilida koʻpi bilan | |||
|
respublika miqyosida oʻtkazilganda, bir oʻquv yilida koʻpi bilan 40 soat; | |||
|
xalqaro miqyosda oʻtkazilganda, bir oʻquv yilida koʻpi bilan 60 soat. | |||
|
II. Ilmiy-metodik ishlar | |||
|
17. |
Oʻquv (maʼruza, amaliy, seminar, laboratoriya, yakka tartibda) mashgʻulotlari oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish |
oʻquv rejasi boʻyicha oldindan oʻqib kelinayotgan fan uchun — auditoriya soati hajmining (fan takrorisiz) 20 % gacha; |
Guruh jurnalidagi qaydlar asosida aniqlanadi. |
|
oʻquv rejasiga yangi kiritilgan fan uchun yoki professor-oʻqituvchi tomonidan birinchi marta oʻtilayotgan fan uchun — 30% gacha. | |||
|
Bunda yangi kiritilgan fan deganda, kadrlar isteʼmolchilarining tavsiyasi bilan qoʻshimcha fan yoki tanlov fanlari blokiga kiritilgan fan yoxud oʻquv rejasi oʻzgarishi bilan joriy etilgan fan tushuniladi. | |||
|
18. |
Yangi maʼruza matnlari, mashq (masalalar) toʻplami, laboratoriya, ijodiy ishlari boʻyicha uslubiy qoʻllanmalarni ishlab chiqish, yozish va nashr etish |
har bir bosma taboq uchun — 30 soat |
Oliy taʼlim muassasasi (fakultet) Oʻquv-uslubiy (ilmiy) kengashi qarori bilan nashr etishga tavsiya etilgan ishlanmalar asosida aniqlanadi. |
|
19. |
Tarqatma oʻquv materiallari, elektron oʻquv dasturlar va video mashgʻulotlar (fan doirasida), shuningdek tegishli kompyuter dasturlaridan foydalangan holda taqdimot slaydlari, oʻqitish dasturlarini tayyorlash (yaratish) |
Bir mavzu doirasida: |
Oliy taʼlim muassasasida joriy oʻquv yilida qoʻllanilgan materiallar (dasturlar) asosida aniqlanadi. |
|
tarqatma oʻquv materiallari tayyorlash uchun — 0,3 soat; | |||
|
elektron oʻquv dasturlar yaratish uchun — 10 soat; | |||
|
video mashgʻulotlar tayyorlash uchun — 2 soat. | |||
|
Bir fan doirasida barcha mavzularni qamrab olgan holda tayyorlangan materiallar (dasturlar) uchun bir semestrga — koʻpi bilan 50 soat. | |||
|
20. |
Darslik, oʻquv qoʻllanmalar yozish va nashr etishga tayyorlash |
darslikka har bir bosma taboq uchun — 50 soat, nofilologiya yoʻnalishlari uchun ingliz tilida yozilgan darslikka har bir bosma taboq uchun — 60 soat; |
Darslik va oʻquv qoʻllanma hammualliflikda yozilganda, jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi. Oliy taʼlim muassasasi (fakultet) Oʻquv-uslubiy (ilmiy) kengashi qarori bilan nashr etishga tavsiya etilgan darslik va oʻquv qoʻllanma asosida aniqlanadi. |
|
oʻquv qoʻllanmaga har bir bosma taboq uchun — 30 soat, nofilologiya yoʻnalishlari uchun ingliz tilida yozilgan oʻquv qoʻllanmaga har bir bosma taboq uchun — 40 soat. | |||
|
21. |
Darslik, oʻquv qoʻllanmalarni toʻldirgan va oʻzgartirgan holda qayta nashr etish |
darslikka har bir bosma taboq uchun — 20 soat; oʻquv qoʻllanmaga har bir bosma taboq uchun — 10 soat. |
Darslik va oʻquv qoʻllanma hammualliflikda nashr etilganda, jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi. |
|
Oliy taʼlim muassasasi (fakultet) Oʻquv-uslubiy (ilmiy) kengashi qarori bilan nashr etishga tavsiya etilgan darslik va oʻquv qoʻllanma asosida aniqlanadi. | |||
|
22. |
Uslubiy qoʻllanma (koʻrsatma, risola)lar tayyorlash va nashr etish |
magistrlik dissertatsiyasi yoki bitiruv malakaviy ishi boʻyicha uslubiy qoʻllanma (koʻrsatma, risola) tayyorlashga — 50 soat; |
Uslubiy qoʻllanma (koʻrsa�ma, risola) hammualliflikda tayyorlanganda, jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi. Oliy taʼlim muassasasi (fakultet) Oʻquv-uslubiy (ilmiy) kengashi qarori bilan nashr etishga tavsiya etilgan uslubiy qoʻllanma (koʻrsatma, risola) asosida aniqlanadi. |
|
kurs loyihasi va kurs ishi boʻyicha uslubiy qoʻllanma (koʻrsatma, risola) tayyorlashga — 40 soat; | |||
|
hisob grafik ishi va mustaqil ish (taʼlim) boʻyicha uslubiy qoʻllanma (koʻrsatma, risola) tayyorlashga — 20 soat; laboratoriya ishi boʻyicha uslubiy qoʻllanma (koʻrsatma, risola) tayyorlash uchun har biriga — 5 soatdan. | |||
|
23. |
Fanning oʻquv-uslubiy majmuasini ishlab chiqish va fanning elektron modul papkasini yaratish |
fanning bitta oʻquv-uslubiy majmuasi uchun — 30 soat; fanning bitta elektron modul papkasi uchun — 40 soat; nofilologiya yoʻnalishlari uchun ingliz tilida yaratilgan fanning oʻquv-uslubiy majmuasi (elektron modul papkasi) uchun har biriga — 50 soatdan. |
Fanning oʻquv-uslubiy majmuasi va elektron modul papkasi hammualliflikda ishlab chiqilganda (yaratilganda), jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi. |
|
Qonun hujjatlariga muvofiq oʻquv jarayoni modul tizimiga asoslangan oliy taʼlim muassasalari uchun fanning elektron modul papkasi boʻyicha kafedra xulosasi olinishi kerak. | |||
|
Oʻquv jarayonida qoʻllanilgan ishlar asosida aniqlanadi. | |||
|
24. |
Fanning oʻquv-uslubiy majmuasini qayta ishlab chiqish (elektron modul papkasini yangilash) |
fanning bitta oʻquv-uslubiy majmuasi uchun — 5 soat; fanning bitta elektron modul papkasi uchun — 10 soat; nofilologiya yoʻnalishlari uchun ingliz tilida yaratilgan fanning oʻquv-uslubiy majmuasi (elektron modul papkasi) uchun har biriga — 15 soatdan. |
Fanning oʻquv-uslubiy majmuasi va elektron modul papkasi hammualliflikda qayta ishlab chiqilganda (yaratilganda), jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi. Oʻquv jarayonida qoʻllanilgan ishlar asosida aniqlanadi. Qonun hujjatlariga muvofiq oʻquv jarayoni modul tizimiga asoslangan oliy taʼlim muassasalari uchun fanning elektron modul papkasi boʻyicha kafedra xulosasi olinishi kerak. |
|
25. |
Mavjud laboratoriya ishini yangilash |
bir laboratoriya ishi uchun — 10 soat |
Jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi. |
|
Kafedra yigʻilishi bayonnomasi va laboratoriya ishi boʻyicha joriy oʻquv yilida tayyorlangan yangi uslubiy koʻrsatmalar asosida aniqlanadi. | |||
|
26. |
Yangi laboratoriya ishini tayyorlash va joriy etish, shuningdek virtual laboratoriya ishini tayyorlash va joriy etish. |
bir yangi laboratoriya ishi uchun — 30 soat |
Tayyorlangan va joriy etilgan yangi laboratoriya ishi boʻyicha jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi. |
|
Kafedra yigʻilishi bayonnomasi va laboratoriya ishi boʻyicha joriy oʻquv yilida tayyorlangan yangi uslubiy koʻrsatmalar asosida aniqlanadi. | |||
|
27. |
Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (magistratura mutaxassisligi) boʻyicha malaka talabi, namunaviy oʻquv reja, yangi fan uchun namunaviy oʻquv dasturlarini ishlab chiqish |
bitta malaka talabi va namunaviy oʻquv reja uchun — 20 soat; bitta yangi fanga namunaviy oʻquv dasturi uchun — 10 soat. |
Jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi. Joriy oʻquv yili uchun tasdiqlangan malaka talabi, namunaviy oʻquv reja va dasturlar asosida aniqlanadi. |
|
28. |
Ishchi oʻquv reja, fan boʻyicha ishchi oʻquv dasturini ishlab chiqish |
bitta ishchi oʻquv reja uchun — 10 soat; bitta ishchi oʻquv dasturi uchun — 5 soat. |
Turli tillarda ishlab chiqilgan ishchi oʻquv dasturiga har bir til boʻyicha alohida soat ajratiladi. |
|
Jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi. | |||
|
Kafedra yigʻilishi bayonnomasi va kafedrada mavjud boʻlgan, joriy oʻquv yilida tayyorlangan ishchi oʻquv reja va dasturlar asosida aniqlanadi. | |||
|
29. |
Elektron darsliklar yaratishda ishtirok etish |
bitta elektron darslik yaratish uchun — 100 soat. |
Jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi. Elektron darsliklarning mavjudligi, joriy oʻquv yilida yaratilganligi kafedra bayonnomasi hamda kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan foydalanayotganligi asosida aniqlanadi. |
|
30. |
Talabalarning ilmiy-tadqiqot va ilmiy-ijodiy ishlariga rahbarlik qilish |
bitta talabaga rahbarlik qilganlik uchun — 20 soat |
Ish turlarining bajarilishi talabaning ilmiy-tadqiqot va ilmiy-ijodiy ishlari (maʼruza, maqola, tezis, sheʼriy toʻplam va boshqalar) nashr etganligi asosida aniqlanadi. |
|
31. |
Darslik, oʻquv qoʻllanmalar va boshqa materiallarni tarjima qilish |
darslikning har bir bosma tabogʻi uchun — 30 soat; oʻquv qoʻllanma va boshqa materialn�ng har bir bosma tabogʻi uchun — 15 soat. |
Jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi. Oliy taʼlim muassasasining tegishli buyrugʻi, Oʻquv-uslubiy (ilmiy) kengash qarori bilan joriy oʻquv yilida tayyorlangan tarjima materiallari asosida aniqlanadi. |
|
32. |
Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun oʻquv-uslubiy materiallar yaratishda ishtirok etish |
har bir bosma taboq uchun — 30 soat |
Jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi. |
|
Joriy oʻquv yilida tayyorlangan oʻquv-uslubiy materiallar va boshqa hujjatlar asosida aniqlanadi. | |||
|
33. |
Fanlar boʻyicha nazorat savollari (test, masalalar va boshqa), oraliq va yakuniy nazoratlar uchun topshiriqlarni ishlab chiqish |
har bir test topshirigʻi uchun — 0,2 soat, fan doirasida tuzilgan kamida 100 ta savoldan iborat test savollari toʻplami uchun koʻpi bilan — 20 soat |
Ishlab chiqilgan hamda kafedra bayonnomasi bilan joriy etilgan topshiriqlar toʻplami asosida aniqlanadi. |
|
34. |
Talabalar bilimini aniqlash boʻyicha nazorat turlari (oraliq va yakuniy nazorat) uchun mantiqiy savollar, muammoli masalalar (kazuslar), ish yuritish hujjatlarini mustaqil tuzishga qaratilgan vazifalar ishlab chiqish |
yozma shakldagi oraliq nazoratga 1 ta mantiqiy savol, ish yuritish hujjatlarini mustaqil tuzishga qaratilgan vazifalar uchun — 0,5 soat, 1 ta kazus uchun — 2 soat; |
Mazkur ish turining amalga oshirilganligi kafedra bayonnomasi va nashr etilgan toʻplam (majmualar) hamda boshqalar asosida aniqlanadi. |
|
yozma shakldagi yakuniy nazoratga 1 ta mantiqiy savol, ish yuritish hujjatlarini mustaqil tuzishga qaratilgan vazifalar uchun — 0,5 soat, 1 ta kazus uchun — 2 soat. | |||
|
35. |
Qonun hujjatlariga muvofiq oʻquv jarayoni modul tizimiga asoslangan oliy taʼlim muassasalari uchun talabalar bilimini aniqlash boʻyicha tuzilgan mantiqiy savollar, muammoli masalalar (kazuslar), ish yuritish hujjatlarini mustaqil tuzishga qaratilgan vazifalarni va testlarni ekspertizadan oʻtkazish |
bir fan doirasidagi talabalar bilimini aniqlash boʻyicha topshiriqlar (test, kazus, mantiqiy savollar va boshqalar)ga taqriz (xulosa) yozganlik uchun — 5 soat |
Yozilgan taqrizlar (xulosalar) va kafedra bayonnomasi asosida aniqlanadi. |
|
36. |
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqish |
2 oylik qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqiganlik uchun — 288 soat |
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqiganligini tasdiqlovchi hujjat asosida aniqlanadi. |
|
III. Ilmiy-tadqiqot ishlari | |||
|
37. |
Ilmiy maqola, tezis tayyorlash va nashr etish, ixtiro (patent), dasturiy vositalar yaratish |
oliy taʼlim muassasasi miqyosidagi har bir ilmiy maqola uchun — 10 soat, tezis uchun — 5 soat; respublika miqyosidagi har bir ilmiy maqola uchun — 30 soat, tezis uchun — 20 soat; xalqaro miqyosdagi har bir ilmiy maqola uchun — 60 soat, tezis uchun — 30 soat. Har bir patent uchun — 70 soat. Har bir dasturiy vosita uchun — 30 soat. |
Jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi. Joriy oʻquv yilida tayyorlangan va nashr etilgan ishlar asosida aniqlanadi. Davriy toʻplamlarda nashr etilgan ilmiy maqolalar respublika miqyosidagi maqolalarga tenglashtiriladi. Doktorlik dissertatsiyasi mavzusi doirasida tayyorlangan (yaratilgan) ilmiy maqola, tezis, ixtiro (patent), dasturiy vositalar mazkur ish turiga kiritilmaydi. |
|
38. |
Monografiya va risola nashr etish, axborot tahliliy materiallar tayyorlash, ijodiy ishlar yaratish |
har bir bosma taboq uchun — 30 soat; bitta ijodiy ish yaratganlik uchun — 30 soat. |
Jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi. Joriy oʻquv yilida nashr etilgan (tayyorlangan) ishlar asosida aniqlanadi. Doktorlik dissertatsiyasi mavzusi doirasida tayyorlangan va davlat ilmiy-texnik dasturlariga muvofiq bajarilayotgan tadqiqot loyihalari boʻyicha nashr etilgan ishlar mazkur ish turiga kiritilmaydi. |
|
39. |
Shaxsiy (tematik) ijodiy asarlar katalogini nashr etish, yangi loyihalar yaratish |
har bir shaxsiy (tematik) ijodiy asarlar katalogi (yangi loyihalari) uchun: oliy taʼlim muassasasi miqyosida boʻlsa — 20 soat; respublika miqyosida boʻlsa — 50 soat; xalqaro miqyosda boʻlsa — 70 soat. |
Jami soatlar hammualliflar ulushiga asosan taqsimlanadi. Joriy oʻquv yilida nashr etilgan (yaratilgan) ishlar asosida aniqlanadi. |
|
40. |
Darslik, monografiya, risola va oʻquv qoʻllanmalariga ilmiy muharrirlik qilish |
bir bosma taboq uchun — 10 soat |
Darslik, monografiya va oʻquv qoʻllanmalarning joriy oʻquv yilida tegishli kengashda muhokama qilinganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar asosida aniqlanadi. |
|
41. |
Ijodiy asarlar, loyihalar va koʻrgazmalarni tahrir qilish |
har bir ijodiy asar, loyiha va koʻrgazmani tahrir qilganlik uchun — 10 soat |
Joriy oʻquv yilida tegishli kengashda muhokama qilinganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar asosida aniqlanadi. |
|
42. |
Darslik, oʻquv qoʻllanma, monografiya, risola, ilmiy maqola, dissertatsiya, avtoreferat va boshqa ishlarga taqriz yozish |
bitta taqriz uchun — 10 soat |
Joriy oʻquv yilida tegishli kengashda muhokama qilinganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar va yozilgan taqrizlar asosida aniqlanadi. |
|
43. |
Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tayyorlash va himoya qilish |
bir oʻquv yili uchun — 250 soat |
Yakka tartibdagi ish rejaning bajarilishi bilan aniqlanadi. |
|
44. |
Ilmiy jurnallar tahririyatiga aʼzo boʻlish |
oʻquv yili uchun — 25 soat |
Nashr etilgan ilmiy jurnallar va boshqa hujjatlar asosida aniqlanadi. |
|
45. |
Oliy taʼlim muassasasi kengashi tomonidan tasdiqlangan mavzu boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish |
oʻquv yili uchun — 50 soat |
Oʻquv yili davomida mavzu boʻyicha amalga oshirilgan tegishli ilmiy-tadqiqot ishlari asosida aniqlanadi. Xoʻjalik shartnomalari doirasida tayyorlangan va davlat ilmiy-texnik dasturlariga muvofiq bajarilayotgan tadqiqot loyihalari boʻyicha bajarilgan ishlar mazkur ish turiga kiritilmaydi. |
|
IV. Tashkiliy-metodik ishlar | |||
|
46. |
Oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun yoshlar oʻrtasida kasbga yoʻnaltirish ishlarini olib borish |
bir oʻquv yili uchun — 20 soat |
Oliy taʼlim muassasasi (fakultet) kengashi tomonidan tasdiqlagan (rejaga kiritilgan) ishlar natijasi boʻyicha hisobotlar asosida aniqlanadi. |
|
47. |
Bitiruvchilarning bandligi monitoringini oʻtkazishda ishtirok etish |
bir oʻquv yili uchun — 40 soat |
Oliy taʼlim muassasasi rahbariyatining tegishli topshirigʻi asosida aniqlanadi. |
|
48. |
Oʻzaro darslarga nazoratli kirish |
bitta oʻzaro darsga nazoratli kirganlik uchun — 3 soat |
Bir oʻquv yili davomida kafedra mudiri hamda professor (fan doktori) 40 soatgacha, dotsent (fan nomzodi) 20 soatgacha boshqa professor-oʻqituvchining darslariga kirishi kerak. |
|
Kafedralarning tegishli yigʻilish bayonnomalari asosida aniqlanadi. | |||
|
49. |
Qabul komissiyasi ishida ishtirok etish |
oʻquv yili uchun — 100 soat |
Oliy taʼlim muassasasining tegishli buyrugʻi asosida aniqlanadi. |
|
50. |
Fakultet kengashi, uslubiy kengash kotibi boʻlish |
fakultet va uslubiy kengash kotibiga — 30 soat |
Oliy taʼlim muassasasining fakultet kengashi, uslubiy kengash tarkibini tasdiqlash haqidagi hujjatlari asosida aniqlanadi. |
|
51. |
Koʻrgazmalarda ijodiy ishlar bilan ishtirok etish |
shahar (viloyat) miqyosidagi koʻrgazmalarda ishtirok etganlik uchun — 10 soat; |
Ishtirok etilgan tadbirlar natijasi boʻyicha kafedraga taqdim etilgan hisobot asosida aniqlanadi. |
|
respublika miqyosidagi koʻrgazmalarda ishtirok etganlik uchun — 15 soat; | |||
|
xalqaro miqyosdagi koʻrgazmalarda ishtirok etganlik uchun — 20 soat. | |||
|
52. |
Konferensiya, seminarlar, shu jumladan ilmiy seminarlar tashkil etish |
oliy taʼlim muassasasi miqyosida tashkil etganlik uchun — 15 soat; |
Konferensiya va seminarlarni (ilmiy seminarlarni) tashkil etishni va ularning oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi. Jami soatlar ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan professor-oʻqituvchilar oʻrtasida teng taqsimlanadi. |
|
respublika miqyosida tashkil etganlik uchun — 30 soat; | |||
|
xalqaro mi�yosda tashkil etganlik uchun — 50 soat. | |||
|
53. |
Kafedra faoliyatidagi hujjatlarni yuritish, yigʻilishlar oʻtkazish, ularni rasmiylashtirish, topshiriqlar ijrosini taʼminlash va nazorat qilish |
kafedra mudiriga bir oʻquv yili uchun — 100 soat |
Oʻquv yili yakunlari boʻyicha kafedraning hisoboti, shuningdek kafedra yigʻilishlari bayonnomasi va boshqa tegishli hujjatlar asosida aniqlanadi. |
|
54. |
Toshkent davlat yuridik universitetida talabalar bilimini baholash uchun oʻtkaziladigan yakuniy nazorat imtihonlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish |
bitta fan boʻyicha auditoriya rahbari yoki kuzatuvchisi sifatida ishtirok etganlik uchun — 2 soat |
Oliy taʼlim muassasasining tegishli buyrugʻi asosida aniqlanadi. Bunda bitta akadem guruh uchun 2 ta nazoratchi (1 ta auditoriya rahbari va 1 ta kuzatuvchisi) belgilanadi. |
|
55. |
Toshkent davlat yuridik universitetida kursga rahbarlik qilish |
bir oʻquv yili uchun — 100 soat |
Oliy taʼlim muassasasining tegishli buyrugʻi asosida aniqlanadi. |
|
V. Maʼnaviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar | |||
|
56. |
Talabalar bilan ularning oʻqishdan boʻsh vaqtlarida tarbiyaviy ishlar olib borish |
oʻquv yili uchun koʻpi bilan — 30 soat |
Oliy taʼlim muassasasining Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi tomonidan ishlab chiqilgan reja va bajarilgan ishlar boʻyicha taqdim etilgan hisobot asosida aniqlanadi. |
|
57. |
Akadem guruh murabbiysi vazifasini bajarish |
oʻquv yili uchun — 100 soat |
Oliy taʼlim muassasasi buyrugʻi va bajarilgan ishlar boʻyicha oliy taʼlim muassasasining Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimiga taqdim etilgan hisobot asosida aniqlanadi. |
|
58. |
Talabalarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga, nomli davlat stipendiyalariga, xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalariga tayyorlash |
tayyorlangan har bir talaba uchun — 40 soat |
Bir professor-oʻqituvchiga koʻpi bilan 2 nafar talaba biriktiriladi. |
|
Mazkur ish turining bajarilishi joriy oʻquv yilida talabaning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari, nomli davlat stipendiyalari, xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari ishtirokchisi boʻlganligi hamda unga professor-oʻqituvchining biriktirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi. | |||
|
59. |
Sport, madaniy-maʼrifiy va ijodiy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish |
har bir tadbir uchun — 10 soat |
Oliy taʼlim muassasasining Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi tomonidan ishlab chiqilgan reja va bajarilgan ishlar boʻyicha taqdim etilgan hisobot asosida aniqlanadi. |
|
60. |
Talabalar turar joyi, fakultet yoki oliy taʼlim muassasasi binosida navbatchilik qilish |
har bir navbatchilik uchun — 8 soat, oʻquv yili uchun koʻpi bilan — 60 soat |
Navbatchilik boʻyicha tasdiqlangan rejalar va tegishli jurnallardagi qaydlar asosida aniqlanadi. |
|
61. |
Talabalarning ijodiy ishlari koʻrgazmalarida ularning ishlanmalari va ishtirokiga rahbarlik qilish |
oʻquv yili uchun — 30 soat |
Talabalarning ijodiy ishlari koʻrgazmalarida professor-oʻqituvchining ishtirokini tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi |
|
62. |
Talabalar (oʻquvchilar) toʻgaraklariga rahbarlik qilish |
har bir mashgʻulot uchun — 2 soat, bir oʻquv yili uchun koʻpi bilan — 80 soat |
Toʻgaraklarga rahbarlik qilganlikni tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi. |
|
63. |
Tashkilotlarda maʼruzalar qilish, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilish, shu jumladan huquqiy targʻibot ishlarini amalga oshirish |
har bir chiqish (maʼruza) uchun — 5 soat, oʻquv yili uchun koʻpi bilan — 50 soat |
Oliy taʼlim muassasasining Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimiga topshirilgan chiqishlar (maʼruzalar) qilinganligi, shu jumladan huquqiy targʻibot ishlari amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (maʼlumotlar, video tasvirlar va boshqalar) asosida aniqlanadi. |