Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.03.2020 12.02.2018 yildagi 108-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.03.2020
Hujjat 13.02.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi 144-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” unitar korxonasini aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 30-noyabrdagi PQ-4540-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-noyabrdagi PQ-3383-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Ustavi 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ushbu qaror bilan tasdiqlangan Ustavning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.R. Xolmuradov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi A.K. Mirsoatov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2018-yil 12-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
108-son

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 108-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
USTAVI

1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Ustav Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining (keyingi oʻrinlarda Bank deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va javobgarligi, faoliyatini tashkil qilish tartibi, shuningdek, uning tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarni belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Bank muassisi (keyingi oʻrinlarda muassis deb ataladi) hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Bank xoʻjalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansiga ega, oʻz nomidan huquqlarga egalik qiladi va majburiyatlar oladi, sudda daʼvogar va javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank xoʻjalik yuritish huquqida oʻziga tegishli boʻlgan mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va uni taqsimlaydi, shuningdek, qonunchilik va mazkur Ustavda belgilangan tartibda bank mulkiga kiradigan va bank faoliyatini amalga oshirish davomida olingan boshqa mulkka ham egalik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Bank, uning filiallari va vakolatxonalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shuningdek, shtampga, oʻz nomi oʻzbek, ingliz va rus tillarida yozilgan blankalarga, oʻz emblemasiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining manzili: Toshkent shahri, Istiqbol koʻchasi, 23.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bankning elektron pochta manzili: info@central.nbu.uz va webmaster@central.nbu.uz.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bankning firma nomi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tilida: toʻliq — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, qisqartirilgani — “Oʻzmilliybank”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rus tilida: toʻliq — Natsionalniy bank vneshneekonomicheskoy deyatelnosti Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgani — “Uznatsbank”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ingliz tilida: toʻliq — National Bank for Foreign Economic Activity of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgani — NBU.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Bank oʻz faoliyatini tijorat asosida amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Bank belgilangan tartibda xorijiy mamlakatlarda — respublikaning iqtisodiy sheriklarida tashqi iqtisodiy faoliyat va ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish, buning asosida milliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining eksporti hajmlarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida vakolatxonalar, filiallar, shuʼba banklar tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Bank Hukumat topshirigʻiga binoan boshqa davlatlar banklari, xalqaro moliya institutlari va boshqa moliya-kredit tashkilotlari bilan munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Bank oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlariga, shuningdek, mazkur Ustavga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Bank Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Bank majburiyatlari boʻyicha, bunday majburiyatlarni oʻziga qabul qilgan holatlardan tashqari, javob bermaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Bankning asosiy vazifa va funksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Quyidagilar Bankning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chakana bank xizmatlari koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
innovatsion va investitsion faoliyatni amalga oshirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Bank oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetakchi xorijiy banklar va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalarini faol rivojlantirishni, shu jumladan, amalga oshiriladigan loyihalarni birgalikda moliyalashtirish va oʻzaro hisob-kitoblar mexanizmining xorij amaliyotida keng qoʻllaniladigan usullarni joriy qilish yoʻli bilan amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyot tarmoqlariga ilgʻor texnologiyalarni joriy qilish, xomashyoni chuqur qayta ishlash, sanoat korxonalarini modernizatsiyalash va texnologik qayta qurollantirish, respublikaning eksport salohiyatini kengaytirishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun xorijiy kredit liniyalarini jalb qilishni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro miqyosda Bank imijini oshirish va tashqi iqtisodiy faoliyatni, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda vakolatxonalar, filiallar, shuʼba banklar ochish, xorijiy hamkorlar va tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari ishonchini mustahkamlash uchun bank ishini yuritish tajribasi va ilgʻor amaliyotini faol joriy qilish yoʻli bilan yanada rivojlantiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport, import, valyuta operatsiyalari, shuningdek, boshqa xalqaro hisob-kitoblar boʻyicha respublikaning xalqaro toʻlovlarini tashkil qiladi va oʻtkazadi, loyihalarni birgalikda moliyalashtirish va oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishning xorij amaliyotida keng qoʻllaniladigan mexanizmlarini joriy qiladi, tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditlar, depozitlar, omonatlar, qarzlar, shuningdek, qonunchilik va xalqaro bank amaliyotiga muvofiq boshqa shakllarda xorijiy valyutadagi mablagʻlarni jalb qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy davlatlar va xalqaro moliya institutlari bilan valyuta-moliyaviy hamda kredit-hisob-kitob munosabatlarini takomillashtiradi, ularning samaradorligini oshiradi, kreditlash va hisob-kitoblarning eng tejamkor va ilgʻor shakllarini qoʻllaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy banklar, konsern, firma va boshqa hamkorlar aybi bilan shartnomani bajarishda toʻlanmagan mablagʻlarni undirish boʻyicha Bank mijozlariga yordam koʻrsatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy banklar bilan bevosita korrespondent munosabatlarini oʻrnatadi, ular va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik munosabatlarini rivojlantiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga yordam beradi, tadbirkorlik subyektlariga biznesni tashkil qilish, yuritish va kengaytirishda amaliy va moliyaviy yordam koʻrsatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga barcha turdagi bank xizmatlari, moliyaviy maslahat va axborot koʻmagi, shu jumladan yangi investitsion va innovatsion gʻoyalarni izlash va amalga oshirish, jahon bozorlarini tahlil qilish, ishlab chiqarilgan mahsulot eksportini moliyalashtirish masalalarida yordam koʻrsatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
innovatsion tadbirkorlikni joriy qilishni, yangi tadbirkorlik tashabbuslari — startaplar — yoshlar, eng avvalo, oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilarining loyihalarini faol qoʻllab-quvvatlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi investitsion va innovatsion gʻoyalarni izlash va amalga oshirish, jahon bozorlarini tahlil qilish, ishlab chiqarilgan mahsulot eksportini moliyalashtirish masalalarida amaliy, moliyaviy va axborot koʻmagi koʻrsatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) chakana bank xizmatlari koʻrsatish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi va tadbirkorlik subyektlariga chakana bank xizmatlari koʻrsatishni rivojlantiradi, mavjud xizmatlarni kengaytirish va takomillashtirish, kredit, moliya, kassa va boshqa bank xizmatlarining yangi shakllarini zamonaviy axborot-kommunikatsion va innovatsion texnologiyalarni keng qoʻllash yoʻli bilan joriy qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetakchi xorijiy banklar va moliya institutlari tomonidan keng qoʻllaniladigan tadbirkorlik subyektlari uchun bank mahsulotlari va xizmatlarining yangi shakllarini ishlab chiqadi va joriy qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi va tadbirkorlar uchun xaridorgir boʻlgan mahsulot va xizmatlarni joriy qilish maqsadida respublikaning moliya institutlari bilan faol hamkorlikni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
butunjahon axborot Internet tarmogʻi imkoniyatlari vositasida onlayn tartibida va plastik kartochkalar orqali bank xizmatlarini amalga oshirish mexanizmini takomillashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chakana bank xizmatlarini rivojlantiradi, kengaytiradi va takomillashtiradi, shuningdek, yetakchi xorijiy banklar va moliya institutlari tomonidan keng qoʻllaniladigan yangi turdagi bank xizmatlari va mahsulotlarini joriy qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika moliya institutlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi, butun jahon axborot Internet tarmogʻi imkoniyatlari vositasida onlayn tartibida va plastik kartochkalar orqali bank xizmatlarini amalga oshirish mexanizmini takomillashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) innovatsion va investitsion faoliyat sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksportga yoʻnaltirilgan va import oʻrnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni tashkil qilish va rivojlantirish uchun milliy va xorijiy valyutada kreditlar berishni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyot tarmoqlariga ilgʻor texnologiyalarni joriy qilish, xomashyoni chuqur qayta ishlash, sanoat korxonalarini modernizatsiyalash va texnologik qayta qurollantirish, respublikaning eksport salohiyatini kengaytirishga qaratilgan loyihalar va dasturlarni moliyalashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
innovatsion tadbirkorlikni joriy qilish, yoshlarning yangi tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
valyuta mablagʻlarini toʻplaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki, xalqaro moliya bozorlariga valyuta mablagʻlarini joylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank, shuningdek, qonunchilik doirasida, xalqaro bank amaliyotiga muvofiq milliy va xalqaro valyutada boshqa bank operatsiyalarini amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Bankning huquqlari va javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Bank oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlaridagi loyihalarni, shu jumladan belgilangan tartibda xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar kiritish yoʻli bilan amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishonchnoma asosida xoʻjalik boshqaruvi organlarida va moliya organlarida tashkilot manfaatlarini himoya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditlanayotgan tashkilotlardan ularning toʻlov qobiliyatini tasdiqlovchi hisobotlar, balans va boshqa hujjatlarni olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank kreditlari ishtirokida amalga oshiriladigan qurilish, obyektlarni texnik qayta qurollantirish va boshqa faoliyat boʻyicha loyiha qarorlarni ekspertizadan oʻtkazishni talab qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kredit shartnomalarida koʻzda tutilgan majburiyatlar buzilganda, notoʻgʻri hisobotlar aniqlanganda kredit berishni toʻxtatish, berilgan kreditlarni muddatidan ilgari undirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aktiv va passiv operatsiyalarni yuritish uchun shartnoma asosida foiz stavkalarini belgilash, shuningdek, koʻrsatilgan xizmatlar uchun komission mukofot miqdorlarini oʻrnatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy mamlakatlarda — respublikaning iqtisodiy sheriklarida belgilangan tartibda vakolatxonalar, filiallar, shuʼba banklar tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlarini depozit sifatida jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yosh, istiqbolli, mutaxassislar hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarining bitiruvchilariga moliyaviy yordam koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiyatlarni, shu jumladan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha, moliyaviy holatidan qatʼi nazar, tashkil qilingan boʻlimlar boʻyicha majburiyatlarni toʻlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Bank oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bob. Bankning mulki va kredit resurslari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Xoʻjalik yuritish huquqi asosida oʻziga tegishli boʻlgan bank mulki pul mablagʻlari va bankka tegishli boʻlgan bino, inshoot, uskuna, transport vositalari hamda boshqa qimmatliliklardan iborat boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bankning koʻchmas mulki Bank kengashi qarori asosida sotilishi, ijaraga berilishi yoki boshqacha tarzda topshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bankning qolgan mulki, shu jumladan majburiyatlarni (Bank oldidagi qarzlarni) toʻlash hisobiga oʻtkazilgan mulk Bank kengashi tomonidan belgilangan tartibda sotilishi, ijaraga berilishi yoki boshqacha tarzda topshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Bankning ustav kapitali 4.321.067.384.252,00 soʻmni (toʻrt trillion uch yuz yigirma bir milliard oltmish yetti million uch yuz sakson toʻrt ming ikki yuz ellik ikki soʻmni) tashkil qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Ustav kapitali maqsadli tushumlar, Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlaridan va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan shakllantiriladi va tegishli qaror bilan oʻzgartirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Bankda bank operatsiyalari boʻyicha ehtimoliy zararlarni qoplash uchun moʻljallangan va sof foydaning olti foizi miqdorida ustav kapitalining ellik foiziga yetgunga qadar har yili ajratiladigan mablagʻlar hisobidan zaxira fondi shakllantiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Bank mulkini sotish va ijaraga berishdan tushgan mablagʻlar Bank ixtiyorida qoladi va ulardan Ustavdagi faoliyatga muvofiq mustaqil foydalanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Bankning kredit resurslari quyidagilar hisobidan shakllanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ustav kapitali, zaxira va boshqa fondlar mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank schyotlaridagi mijozlar mablagʻlari, shu jumladan muddatli omonat va depozitlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa fond va banklarning, shu jumladan xorijiy, xalqaro moliya institutlari, xorijiy mamlakatlar kredit va qarzlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
imzolangan shartnoma va kelishuvlarga muvofiq jalb qilingan tashkilotlar, shu jumladan, xorijiy tashkilotlar mablagʻlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatli qogʻozlar chiqarish natijasida olingan mablagʻlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muddatli va talab qilib olingungacha jalb qilingan fuqarolar omonatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa jalb qilingan mablagʻlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bankning taqsimlanmagan foydasi kreditlash resursi sifatida ishlatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bob. Bank operatsiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Bank qonunchilikka muvofiq kredit, moliya, hisob-kitob, kassa va boshqa bank xizmatlarini milliy va xorijiy valyutada koʻrsatadi, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa davlatlar banklari, kredit va boshqa tashkilotlari bilan korrespondentlik munosabatlari oʻrnatish, eksport, import, nosavdo va boshqa operatsiyalar boʻyicha xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi va shartlari toʻgʻrisida, bank schyotlarini yuritish tartibi toʻgʻrisida, loyihalarni birgalikda amalga oshirish toʻgʻrisida hamda mazkur Ustavda koʻzda tutilgan boshqa operatsiyalarni amalga oshirish toʻgʻrisida shartnomalar tuzadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy va xalqaro banklardan va boshqa tashkilotlardan xalqaro bank amaliyotida qoʻllanadigan shakllarda kredit va qarzlar oladi, shuningdek, olingan kredit va qarzlar boʻyicha Bank veksellari, obligatsiyalari va boshqa majburiyatlari tarzida taʼminot taqdim qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bankning tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi mijozlariga eksportga yoʻnaltirilgan va import oʻrnini bosuvchi ishlab chiqarishlar uchun milliy va xorijiy valyutada kreditlar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
banklarda, shu jumladan xorijiy banklarda pul mablagʻlari operatsiyalarini amalga oshirish va saqlash uchun korrespondentlik schyotlari ochadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
milliy va xalqaro valyutada schyotlar va omonatlarga banklar, xalqaro va boshqa tashkilotlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolaridan, xorijiy fuqarolardan mablagʻlar qabul qiladi va ularni qimmatli qogʻozlar hamda badallarga joylashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi banklari, xorijiy va xalqaro banklar va boshqa moliya institutlari korrespondentlik schyotlarida boʻlgan mablagʻlarni tasarruf etish tartibini, ushbu schyotlarni ochish va yuritish tartibini hamda mablagʻlarni Bank omonatlariga joylashtirish shartlarini shartnoma asosida belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida xorijiy valyutani sotish va sotib olish, boshqa valyuta qimmatliliklarini (cheklar, veksellar, akkreditivlar va shu kabilarni) xarid qilish va sotishni, shuningdek, valyuta qimmatliliklari bilan operatsiyalar va bitimlarni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijda xalqaro bank amaliyotiga muvofiq xorijiy valyutani sotish va sotib olish (diling) hamda boshqa valyuta operatsiyalarini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pul shaklidagi majburiyatlar ijrosini koʻzda tutuvchi uchinchi shaxslar uchun topshiriq, kafolat va boshqa majburiyatlar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlarni yetkazish va xizmatlar koʻrsatishdan kelib chiqadigan talablarga huquqlarni xarid qiladi, bunday talablarni bajarish tavakkalchiligini, ushbu talablar inkassatsiyalarini (faktoringni) qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uskunalar, hisob terminallari, bankomat, transport vositalari va boshqa mulkni xarid qiladi va ijaraga beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mablagʻlar egasi va tasarrufchisining topshirigʻiga koʻra kapital qoʻyilmalarni moliyalashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlov hujjatlari va boshqa qimmatli qogʻozlar chiqaradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat toʻlov hujjatlari va boshqa qimmatli qogʻozlarni sotib oladi, sotadi va saqlaydi, ular bilan boshqa operatsiyalarni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy texnika va texnologiyalarni, kredit va elektron kartochkalarni joriy qilish, Bankni jahon banklararo telekommunikatsiyalar tarmogʻiga ulash yoʻli bilan Bank mijozlariga xizmat koʻrsatish shakllarini takomillashtiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatbaho metallarni schyotlarga va omonatlarga jalb qiladi va joylashtiradi, ularni sotadi, sotib oladi va ham ichki, ham xalqaro bozorda tabiiy qimmatbaho metallar va toshlar bilan boshqa operatsiyalarni bajaradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishontirish operatsiyalarini amalga oshiradi: mablagʻlarni jalb qiladi va joylashtiradi, qimmatli qogʻozlar va boshqa operatsiyalarni mijoz topshirigʻiga koʻra boshqaradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozlar va korrespondent banklar schyotlarini yuritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozlar bilan tuzilgan shartnoma asosida xorijiy valyuta, qimmatbaho metallar, boshqa qimmatliliklarni saqlashga qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank faoliyati bilan bogʻliq maslahat va konsalting xizmatlari koʻrsatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatbaho qogʻozlar bilan savdolarda tuzilgan bitimlar natijalari boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
narx darajasi, qimmatli qogʻozlarga talab va taklifni saqlash uchun market-meyker xizmatlari koʻrsatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy, shu jumladan, bank schyotlariga masofaviy va kontaktsiz xizmatlar koʻrsatishni taʼminlaydigan bank mahsulotlari va texnologiyalarini joriy qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikka muvofiq boshqa bank operatsiyalarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Bankning mijozlar va boshqa hamkorlar bilan munosabatlari shartnoma asosida tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bob. Bank faoliyatini tashkil qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Bank muassisga hisobot beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muassis:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank Ustavini, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank ustav kapitalini oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bankni tugatish va qayta tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni eshitadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Bank kengashi va Bank boshqaruvi Bankning boshqaruv organlari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Bank kengashi Bankning yuqori kollegial boshqaruv organi hisoblanadi, u beshta aʼzodan, shu jumladan raisdan iborat boʻladi. Bank kengashi tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Bank kengashi majlislari yiliga kamida ikki marta oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank kengashi majlisi, zarur hollarda, muassis tashabbusi bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Bank kengashi raisi, Bank kengashining ikki va undan ortiq aʼzolari, Bank boshqaruvi, Bankning ichki audit xizmati rahbari, shuningdek, tashqi auditori tomonidan chaqirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank kengashi qarorlari qatnashadigan aʼzolarning kamida toʻrtdan uch qismi ovoz berganda qabul qilinadi. Bank kengashi majlisida uning har bir aʼzosi bir ovozga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank kengashi majlislari uning roʻyxatdagi tarkibidan kamida yetmish besh foiz aʼzo ishtirok etganda vakolatli sanaladi. Bunda kengash raisining majlisda ishtiroki majburiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank kengashi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga va mazkur Ustavga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank bank kengashiga belgilangan tartibda mukofot toʻlaydi, shuningdek, xizmat safari, vakillik va boshqa xarajatlarni tasdiqlangan biznes-rejaga muvofiq amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Bank kengashi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank faoliyatini (omonatchilar, kreditorlar va muassislar manfaatlarini himoya qilish maqsadida) nazorat qiladi, kreditlash va investitsiyalashning toʻgʻriligini tekshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bankning adekvat kapitallashuvini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank siyosatini shakllantiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank Ustavi, unga qoʻshimcha va oʻzgarishlar loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank ustav kapitalini oʻzgartirish toʻgʻrisida takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank faoliyatining yillik natijalarini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank boshqaruvi taqdimnomasiga koʻra foydani taqsimlash, shuningdek, zararlarni qoplash tartibini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bankning yillik biznes-rejasini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank boshqaruvi aʼzolari tarkibini tasdiqlaydi, boshqaruv raisi va rais oʻrinbosarlari bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditlash, aktivlar va passivlarni boshqarish, investitsiyalarni amalga oshirish, Bank mijozlariga yangi turdagi xizmatlar koʻrsatish sohasidagi Bank siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank boshqaruvi hisobotlarini, ichki audit xizmati rahbarining maʼruzalarini eshitadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank bilan bogʻliq shaxslarga kredit taqdim qilish va kafolatlar berish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qiymati bitim tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda Bank sof aktivlarining oʻn besh foizidan ortiqni tashkil etadigan bitimlar va bir nechta oʻzaro bogʻlangan bitimlar tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikda belgilangan tartibda Bankning koʻchmas mulkini sotish, ijaraga berish va boshqacha tarzda topshirishni amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi (majburiyatlar va qarzlarni toʻlash hisobiga Bankka oʻtgan koʻchmas mulk bundan mustasno);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
majburiyat va qarzlarni toʻlash hisobiga Bank mulkiga oʻtgan mulkni sotish tartibini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
filiallar, vakolatxonalar, shuʼba banklarni (shu jumladan, chet ellarda) tashkil qilish, qayta tashkil qilish va tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, vakolatxonalar, shuʼba banklar ustav va nizomlarini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikka va mazkur Ustavga muvofiq Bank kengashi vakolatlariga kiradigan boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Oʻn bitta aʼzodan, shu jumladan boshqaruvga rahbarlik qiladigan raisdan iborat boʻlgan boshqaruv Bankning ijro etuvchi organi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank boshqaruvi raisi va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank boshqaruvi raisi Bankning yuqori mansabdor shaxsi hisoblanadi. Bankning ushbu Ustavi bilan berilgan vakolatlarga muvofiq Bank faoliyatiga rahbarlik qiladi va Bankka yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank boshqaruvi raisi va uning oʻrinbosarlari bilan bir qatorda, Bankning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari boshqaruv tarkibiga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Bank boshqaruvi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bankning operativ faoliyatini tashkil qiladi va amalga oshiradi, Ustav vazifalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Bank kengashi qarorlari ijrosini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur Ustavga muvofiq Bank kengashida va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida koʻriladigan masalalarni dastlab oʻrganib chiqadi, ular boʻyicha tegishli materiallar, takliflar va qarorlar loyihalarini tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank filiali toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqaruv koʻrib chiqishiga kiritilgan boshqa masalalarni hal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank boshqaruvi valyuta-moliya munosabatlari sohasida Hukumat siyosatini Bank tomonidan amalga oshirish, Bankni rivojlantirish va uning joriy faoliyatiga doir barcha masalalarni kollegiallik asosida va boshqaruv aʼzolari fikrlarini hisobga olgan holda koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank boshqaruvi qarorlari unda qatnashadigan aʼzolarning kamida toʻrtdan uch qismi ular uchun ovoz berganda qabul qilingan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank boshqaruvi majlislari, agar unda boshqaruvning roʻyxat boʻyicha aʼzolarining kamida yetmish besh foizi qatnashsa, vakolatli sanaladi. Majlislarda rais albatta ishtirok etishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Bank boshqaruvi raisi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank faoliyati masalalarini hal qiladi, mazkur Ustavga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Bank kengashi va boshqaruvi vakolatiga tegishli masalalar bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishonchnomasiz Bank nomidan faoliyat yuritadi, barcha respublika tashkilotlari va organlarida Bank manfaatlarini ifodalaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bankning koʻchmas mulkidan tashqari boshqa mulkini tasarruf etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnomalar, shu jumladan, mehnat shartnomalari tuzadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishonchnomalar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mablagʻlarni, shu jumladan xayriya maqsadlari uchun tasarruf etish huquqidan foydalanadi, xizmat safari, vakillik va Bank kengashi aʼzolari va xodimlarning boshqa xarajatlari meʼyorlarini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank, uning filiali va vakolatxonalarining shtat roʻyxatlarini tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat haqini, Bank xodimlarining boshqa daromadlarini toʻlash shakli va miqdorlarini mustaqil belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlarni, tarkibiy boʻlinmalardagi xodimlarni mukofotlash, Bank xodimlarining lavozim yoʻriqnomalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bankning barcha xodimlari uchun bajarish shart boʻlgan buyruqlar chiqaradi va farmoyishlar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mini-banklarni tashkil qilish, shu jumladan ularni samarasiz faoliyati natijalari boʻyicha tugatish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bank faoliyati bilan bogʻliq boshqa masalalarni koʻrib chiqadi va hal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bob. Bank foydasini taqsimlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Bankning sof foydasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga barcha soliqlar va majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin Bank ixtiyorida qoladi va Bank kengashi tomonidan belgilanadigan tartibda ishlatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bob. Bank hisobi va hisoboti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Bankda buxgalteriya hisobi va hisobot Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi. Bank Markaziy bankka Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan hajmda va muddatlarda buxgalteriya balansi, hisobotlar va boshqa materiallarni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Bank yillik balans, foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobotlarni, auditorlik tashkiloti maʼlumotlarning toʻgʻriligini tasdiqlagandan keyin, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan shakllar va muddatlarda eʼlon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Bankning operatsion yili 1-yanvarda boshlanadi va 31-dekabrda tugaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-bob. Bank faoliyatini taftish qilish va tekshirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Bankning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish va tekshirish Bankning ichki audit xizmati, mustaqil auditorlik tashkilotlari, shuningdek, qonunchilikka muvofiq bunga vakolatli nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-bob. Bank faoliyatini toʻxtatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Bank faoliyati qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga binoan toʻxtatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 108-son qaroriga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kengashi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI

Xolmuradov S.R.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Kengash raisi

Bekenov S.X.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari, Kengash raisining oʻrinbosari

Xaydarov A.Y.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

Vafayev Sh.A.

Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqi�t jamgʻarmasining ijrochi direktori

Aminov R.A.

Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 108-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki toʻgʻrisida” 1993-yil 21-yanvardagi 45-son qarorining 1-bandi, shuningdek, qarorga ilova.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining ustav sarmoyasini koʻpaytirish toʻgʻrisida” 1996-yil 31-dekabrdagi 471-son qarorining 3-bandi, shuningdek, qarorga ilova.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Ustav sarmoyasida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan tijorat banklari kengashlari raislarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2000-yil 11-iyuldagi 265-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 19-modda) ilovaning 1-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ustaviga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 3-noyabrdagi 480-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2005-yil 22-fevraldagi 73-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 13-modda) 2-ilovaning 1-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 10-avgustdagi 192-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 41-modda) 1-ilovaning 1-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-son qarori)” 2006-yil 9-noyabrdagi 234-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 85-modda) ilovaning 1-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Ustaviga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini koʻpaytirishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 28-iyuldagi PQ-1166-son qarori)” 2009-yil 28-oktabrdagi 285-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 44-son, 469-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2009-yil 13-noyabrdagi PQ-1227-son qarori)” 2009-yil 28-dekabrdagi 336-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 52-son, 574-modda) ilovaning 1-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda xizmat yengil avtomobillaridan foydalanishni yanada tartibga solish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 26-maydagi 153-son qaroriga 2-ilovaning 61-pozitsiyasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi apparati tuzilmasiga qisman oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 2011-yil 24-oktabrdagi PQ-1630-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” 2012-yil 13-yanvardagi PQ-1686-son qarorlari)” 2012-yil 23-fevraldagi 48-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 2-son, 11-modda) 1-ilovaning 1-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2013-yil 23-yanvardagi 15-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 4-son, 46-modda) 4 va 5-bandlari, shuningdek, qarorga 2-ilova.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kengashi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 6-sentabrdagi 242-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 37-son, 483-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va uning shuʼba tuzilmalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2014-yil 3-martdagi 44-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 15-modda) ilovaning 1-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va uning shuʼba tuzilmalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 26-martdagi 70-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 12-son, 140-modda) ilovaning 1-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2015-yil 3-iyundagi OʻRQ-387-son hamda “Investitsiya va pay fondlari toʻgʻrisida” 2015-yil 25-avgustdagi OʻRQ-392-son qonunlari)” 2015-yil 23-sentabrdagi 274-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 9-son, 84-modda) ilovaning 1-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ustaviga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 18-dekabrdagi 367-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 51-son, 634-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-son qonunlari)” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda) 1-ilovaning 4-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son Farmoni)” 2017-yil 16-avgustdagi 638-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda) 1-ilovaning 68-bandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 30-sentabrdagi 776-son qarori.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 09/18/108/0709-son)