Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Ustaviga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 108-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining kapitallashuv darajasini qoʻllab-quvvatlashni davom ettirish, moliyaviy barqarorligini oshirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan 2017-yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturini moliyalashtirishga doir vazifalarning bajarilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ushbu qarorga muvofiq Bank Ustaviga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi S.R. Xolmurodov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 30-sentabr,
776-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-sentabrdagi 776-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Ustaviga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“13. Bankning Ustav jamgʻarmasi 236 210 000 000,00 (ikki yuz oʻttiz olti milliard ikki yuz oʻn million soʻmni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan toʻlangan mablagʻlar hamda Bankning kapitallashtirilgan foydasi hisobiga Ustav jamgʻarmasini koʻpaytirishga mablagʻlar oʻtkazilgan kundagi Markaziy bank kursi boʻyicha ekvivalentda 451 000 000,00 (toʻrt yuz ellik bir million) AQSh dollarini tashkil qiladi”.
2. 25-bandning oʻn yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bankning filiallarini, vakolatxonalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, ularning nizomlarini tasdiqlaydi”.
3. 26-bandda:
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Bankning xoʻjalik jamiyatlari va unitar korxonalarini tashkil etish, ulushli qatnashish, qayta tashkil etish va tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, ularning ustavlarini tasdiqlaydi”;
toʻqqizinchi — oʻn birinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻninchi — oʻn ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2017-y., 09/17/776/0052)