Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2020 13.11.2017 yildagi PQ-3383-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.08.2020
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2020-yil 1-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki faoliyatini yanada takomillashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishda, amalga oshirilayotgan tarkibiy va iqtisodiy o‘zgartirishlardagi ishtirokini kengaytirish, shuningdek bank faoliyatini tashkil etishning xalqaro standartlarini inobatga olgan holda boshqaruvning zamonaviy uslublarini joriy etish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (keyingi o‘rinlarda — O‘zmilliybank) faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yetakchi chet el banklari va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan, shu jumladan, zamonaviy va xorijiy tajribada keng qo‘llanadigan o‘zaro hisob-kitoblar mexanizmlarini joriy qilish va amalga oshirilayotgan loyihalarni birgalikda moliyalashtirish orqali hamkorlik munosabatlarini faol rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiyot tarmoqlarida ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish, xomashyoni chuqur qayta ishlash, sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish va texnologik qayta jihozlash, respublikaning eksport salohiyatini yanada kengaytirishga yo‘naltirilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada rivojlantirish va xalqaro maydonda bank imidjini oshirish, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda bank vakolatxonalari, filiallari, sho‘ba banklarini tashkil qilish, xorijiy hamkorlar va tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining ishonchini mustahkamlash uchun bank ishini yuritishning ilg‘or tajribasi va amaliyotini faol joriy qilish orqali oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga ko‘maklashish, tadbirkorlik subyektlariga biznesni tashkil qilish, yuritish va kengaytirish borasida amaliy va moliyaviy ko‘mak berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga, shu jumladan yangi investitsion va innovatsion g‘oyalarni topish va amalga oshirish, jahon bozorlarining tahlili, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksportini moliyalashtirish masalalari bo‘yicha bank xizmatlarining barcha turlarini, moliyaviy maslahatlar va axborot ko‘magi ko‘rsatilishini ta’minlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
innovatsion tadbirkorlikning joriy qilinishini, yoshlarning, birinchi navbatda, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarining yangi tadbirkorlik tashabbuslari — “startup” loyihalarini amalga oshirishni faol qo‘llab-quvvatlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) chakana bank xizmatlarini ko‘rsatish sohasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi va tadbirkorlik subyektlariga chakana bank xizmatlari ko‘rsatilishini yanada rivojlantirish, amaldagi kredit, moliyaviy, hisob-kitob, kassa va boshqa chakana bank xizmatlarini, shu jumladan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash orqali kengaytirish va takomillashtirish hamda ularning yangi turlarini joriy qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlari uchun bank mahsulotlari va xizmatlarining, shu jumladan, yetakchi chet el banklari va moliyaviy institutlar tomonidan keng qo‘llanadigan yangi turlarini ishlab chiqish va joriy etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi va tadbirkorlar orasida yuqori talabga ega bo‘lgan mahsulot va xizmatlarni birgalikda joriy qilish uchun respublikaning moliyaviy institutlari bilan faol hamkorlik qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank xizmatlarini real vaqt (onlayn) tartibida va plastik kartochkalar yordamida amalga oshirish imkonini yaratgan holda butunjahon Internet tarmog‘i orqali ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zmilliybank yagona ta’sischisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bo‘lgan, o‘z faoliyatini xo‘jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona sifatida amalga oshiruvchi davlat banki hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zmilliybank ustav kapitali uning ta’sischisi tomonidan belgilanadigan miqdorda shakllantiriladi va ta’sischining tegishli qarorlari bilan o‘zgartirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zmilliybankka quyidagi huquqlar berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi iqtisodiy faoliyat va ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish, buning asosida milliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari eksportini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish hajmlarini oshirish maqsadida respublikamizning iqtisodiy hamkorlari bo‘lgan xorijiy mamlakatlarda bank vakolatxonalari, filiallari, sho‘ba banklarini belgilangan tartibda tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘larini depozit sifatida jalb qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda O‘zmilliybank Ustavining yangi tahririni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli qarorlarning tezkor qabul qilinishini ta’minlash maqsadida O‘zmilliybank Kengashining yangilangan tarkibini, uning funksiya va vazifalarini tubdan qayta ko‘rib chiqqan va a’zolar sonini maqbullashtirgan holda tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zmilliybankning Ustavi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ulushi ustuvor bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2016-yil 17-oktabrdagi PQ-2635-sonli qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bandning uchinchi xatboshisi va 4-banddagi “unitarnogo predpriyatiya “Natsionalniy bank vneshneekonomicheskoy deyatelnosti Respubliki Uzbekistan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-ilovaning 10-bandi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-ilovada:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nomidagi “unitarnogo predpriyatiya “Natsionalniy bank vneshneekonomicheskoy deyatelnosti Respubliki Uzbekistan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Raximov S.B. — predsedatel pravleniya Natsionalnogo banka vneshneekonomicheskoy deyatelnosti” satri chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zmilliybank manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Kuchkarov va O‘zmilliybank boshqaruvi raisi S.R. Xolmuradov zimmalariga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2017-yil 13-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-3383-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2017-y., 07/17/3383/0241-son)