O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY FAOLIYAT MILLIY BANKI USTAVIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 108-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Ustavini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 21-oktabrdagi PF-3151-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 21-yanvardagi 45-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Ustavi 23-bandining to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisining birinchi o‘rinbosari”.
2. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kiritilayotgan o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda Ustavni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 3-noyabr,
480-son