O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ilk rivojlanish markazlari faoliyatini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-330-son qarori ijrosini ta’minlash hamda maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining har bir tuman (shahar)da Ilk rivojlanish markazlari faoliyatini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
2. Quyidagilar:
2025-yilda tashkil etiladigan Ilk rivojlanish markazlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
2026 — 2028-yillarda Ilk rivojlanish markazlarini tashkil etish rejasi 2-ilovaga muvofiq;
Ilk rivojlanish markazlari to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Ilk rivojlanish markazlarining (keyingi o‘rinlarda — markazlar) asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalar uchun maktabgacha ta’lim xizmatlaridan foydalanishda teng imkoniyatlar yaratish;
bolaning jamiyatga moslashishini va ta’lim olishni davom ettirishga tayyorligini ta’minlash;
bolaning yoshi, o‘ziga xos imkoniyatlari, qobiliyatlari hamda ehtiyojlarini inobatga olib, har tomonlama kamol topishini ta’minlash.
4. Belgilansinki:
a) markazlar quvvatiga nisbatan past koeffitsiyentda faoliyat ko‘rsatayotgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, kasbiy ta’lim tashkilotlari va boshqa ijtimoiy soha obyektlarida:
birinchi bosqichda (2025-yil) — 50 ta tuman (shahar)da;
ikkinchi bosqichda (2026 — 2028-yillar) — qolgan tuman (shahar)larda tashkil etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
b) markazlar hududlarning ehtiyojidan kelib chiqib, maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalarni, shu jumladan, birinchi navbatda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning (keyingi o‘rinlarda — ayrim toifadagi oilalar) farzandlarini qamrab oladi;
(4-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
v) 3 — 6 yoshli bolalar uchun “o‘yin guruhi”, 2 — 7 yoshli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun “maxsus maktabgacha ta’lim xizmati” modellari asosida ta’lim-tarbiya beriladi;
g) “o‘yin guruhi” modelini joriy qilish uchun ijtimoiy soha obyektlarining bo‘sh turgan xonalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida tekin foydalanish huquqi asosida markazlarga beriladi.
5. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-avgustdan boshlab ayrim toifadagi oilalar farzandlarini qabul qilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ushbu bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish (kompensatsiya ajratish) tartibini joriy qilsin.
Bunda:
kompensatsiya bola ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovining 40 foizi miqdorida ajratiladi;
kompensatsiya haqiqatda qatnayotgan ayrim toifadagi oilalar farzandlari sonidan kelib chiqib, biroq Maktabgacha va maktab vazirligi bilan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuzilgan bitimda belgilangan o‘rinlarning 15 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismiga ajratiladi;
kompensatsiya oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining hisobvarag‘iga ularga ajratiladigan subsidiyalar bilan birga to‘lab boriladi.
6. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi:
a) ikki hafta muddatda quyidagilarni belgilangan tartibda tasdiqlasin:
markazlarda faoliyat yuritadigan xodim va pedagoglarga qo‘yiladigan malaka talablari;
markazlarda tashkil etiladigan “o‘yin guruhi” modeli asosida ta’lim-tarbiya beriladigan bolalarga qulay sharoit yaratish uchun zarur jihozlarga bo‘lgan texnik talablar;
b) ikki oy muddatda Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator — “UZINFOCOM” MCHJ bilan birgalikda markazlarning “o‘yin guruhi”ga qabul qilingan hamda “maxsus maktabgacha ta’lim xizmati” modeli bo‘yicha tarbiyalanayotgan bolalarning elektron davomatini yuritish uchun “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimida yangi modulni ishga tushirsin;
v) 2025-yil 1-avgustga qadar:
markazlarni o‘quv-uslubiy, didaktik materiallar, badiiy adabiyotlar, rivojlantiruvchi o‘yinlar va o‘yinchoqlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;
markazlarda faoliyat ko‘rsatadigan pedagoglar, tarbiyachilar va boshqa xodimlarning qisqa muddatli malaka oshirish hamda ularni qayta tayyorlash kurslarida o‘qitilishini tashkil etsin;
g) markazlarda tarbiyalanuvchilar, shu jumladan, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ota-onalariga ularning farzandlari bilan samarali aloqa o‘rnatish, turli ko‘nikmalarni rivojlantirish va oiladagi muhitni kuchaytirishga yordam berishga qaratilgan videoroliklar tayyorlasin.
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari:
bir oy muddatda 1-ilovaga muvofiq tuman va shaharlarda markazlar tashkil etiladigan ijtimoiy soha obyektlarida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan texnik talablarga muvofiq mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan zarur shart-sharoitlarni yaratsin;
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari va markazlar xodimlarining ijtimoiy himoya qilinishini, hayoti va sog‘lig‘i muhofaza qilinishini, shuningdek, huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga ko‘maklashsin.
8. Belgilansinki, ushbu qarorning ijrosi bilan bog‘liq xarajatlar 2025-yilda birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi, 2026-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
10. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.B. Maxkamova zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 14-iyul,
439-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-son qaroriga
1-ILOVA
2025-yilda tashkil etiladigan Ilk rivojlanish markazlari
RO‘YXATI

T/r

Hudud nomi

Tuman (shahar) nomi

Manzil

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Chimboy tumani

“Kunshi” MFY Do‘stlik guzari ko‘chasi

Amudaryo tumani

“Olmazor” MFY Barkamol avlod ko‘chasi 25-uy

To‘rtko‘l tumani

“Yaxtilik” MFY Zavq ko‘chasi 4-uy

Andijon viloyati

Andijon tumani

“Yangi To‘lqin” MFY Yetti o‘g‘il ko‘chasi 10-uy

Asaka tumani

“Niyozbotir” MFY Farg‘ona ko‘chasi 21-uy

Izboskan tumani

“Tuyachi” MFY Taxtako‘prik ko‘chasi 1-uy

Oltinko‘l tumani

“Ijtimoyat” MFY Ijtimoyat ko‘chasi 18-uy

Shahrixon tumani

“Abdubiy” MFY Abdubiy ko‘chasi 725-uy

Buxoro viloyati

Vobkent tumani

“Vobkent” MFY A. Donish ko‘chasi 1-uy

G‘ijduvon tumani

“Qo‘rg‘on” MFY Navoiy ko‘chasi

Jondor tumani

“Zarafshon” MFY M. Torobiy ko‘chasi 1-uy

Jizzax viloyati

Sh. Rashidov tumani

“Nonisangil” MFY Navbahor ko‘chasi 36-uy

Jizzax shahri

“Jizzaxlik” MFY Sh. Rashidov ko‘chasi 297-uy

Do‘stlik tumani

“Chinobod” MFY Zarafshon ko‘chasi 1-uy.

Zomin tumani

“Qayirma” MFY Mustaqillik ko‘chasi 79-uy.

Qashqadaryo viloyati

G‘uzor tumani

“Eskibog‘” MFY Tugal qishlog‘i

Koson tumani

“Mash’al” MFY Nasaf ko‘chasi 101-uy

Kitob tumani

“Mustaqillik” MFY Istiqlol ko‘chasi 53-uy

Qamashi tumani

“O‘zbekiston” MFY Iftixor ko‘chasi 5-uy

Chiroqchi tumani

“Zarbdor” MFY 3-uy

Navoiy viloyati

Karmana tumani

“Alisher Navoiy” MFY Navro‘z ko‘chasi 17-uy

Konimex tumani

“Birlik” MFY Bunyodkor ko‘chasi 39-uy

Xatirchi tumani

“Parahun” MFY

Uchquduq tumani

“Navoiy” MFY Xalqlar do‘stligi ko‘chasi 44-uy

Namangan viloyati

Namangan shahri

“Yakkatut” MFY A. Temur ko‘chasi 3-uy

Kosonsoy tumani

“Gulobod” MFY Me’mor ko‘chasi 73-uy

Uychi tumani

“G‘ayrat” MFY A. Temur ko‘chasi

Chust tumani

“Mustaqillik” MFY Mustaqillik ko‘chasi 1-uy

Norin tumani

“Marg‘izor” MFY Semurug‘ ko‘chasi 47-uy

Samarqand viloyati

Ishtixon tumani

“O‘zbekiston” MFY Ishtixon ko‘chasi 3-uy

Pastdarg‘om tumani

“Po‘latchi” MFY To‘maris ko‘chasi 47-uy

Toyloq tumani

“Qo‘rg‘oncha” MFY

Samarqand tumani

“Qaynama” MFY

Oqdaryo tumani

“Mustaqillik” MFY Zarafshon ko‘chasi 81-uy

Sirdaryo viloyati

Sirdaryo tumani

“Yoshlik” MFY O‘zbekiston ko‘chasi 89-uy

Surxondaryo viloyati

Jarqo‘rg‘on tumani

“Qoraqursoq” MFY Obod diyor ko‘chasi 1-uy

Sherobod tumani

“Bahor” MFY B. Nozim ko‘chasi 17-uy

Toshkent viloyati

Bo‘ka tumani

“Do‘stlik” MFY Furqat ko‘chasi 15-uy

Zangiota tumani

“Fayz” MFY TMK ko‘chasi 6-uy

Qibray tumani

“Mehnat” MFY Tarannum ko‘chasi 5-uy

Quyi Chirchiq tumani

“Mashrab” MFY Ibn Sino ko‘chasi 1-uy

Farg‘ona viloyati

Yozyovon tumani

“Bahor” MFY Andijon ko‘chasi 38-uy

Quva tumani

“Damariq” MFY Damariq ko‘chasi 157-uy

Qo‘qon shahri

“Yalang‘ochota” MFY Turkiston ko‘chasi 85a-uy

Xorazm viloyati

Hazorasp tumani

“Pahlavon Mahmud” MFY Erik Gayazov ko‘chasi 10-uy

Yangibozor tumani

“Pahlavon Mahmud” MFY Ziyo maskani ko‘chasi 7-uy

Qo‘shko‘pir tumani

“Chamanzor” MFY Beruniy ko‘chasi 5-uy

Toshkent shahri

Mirobod tumani

Sariko‘l ko‘chasi 24-uy

Shayxontohur tumani

“Gulobod” MFY Gulobod ko‘chasi 101-uy

Yunusobod tumani

“Tiklanish” MFY Gulyor ko‘chasi 3-uy

Izoh. Ushbu ro‘yxatga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishilgan holda o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-son qaroriga
2-ILOVA
2026 — 2028-yillarda Ilk rivojlanish markazlarini tashkil etish
REJASI

T/r

Hudud nomi

Umumiy soni

shundan:

2026-yil

2027-yil

2028-yil

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

14

7

0

7

2.

Andijon viloyati

11

6

1

4

3.

Buxoro viloyati

10

3

0

7

4.

Jizzax viloyati

9

3

0

6

5.

Qashqadaryo viloyati

11

5

0

6

6.

Navoiy viloyati

7

2

2

3

7.

Namangan viloyati

9

0

5

4

8.

Samarqand viloyati

11

0

5

6

9.

Sirdaryo viloyati

10

0

7

3

10.

Surxondaryo viloyati

13

0

7

6

11.

Toshkent viloyati

18

6

9

3

12.

Farg‘ona viloyati

16

10

3

3

13.

Xorazm viloyati

10

2

4

4

14.

Toshkent shahri

9

5

3

1

Jami:

158

49

46

63

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-son qaroriga
3-ILOVA
Ilk rivojlanish markazlari to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Ilk rivojlanish markazlari faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llanadi:
alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar — nogironligi bo‘lganidan yoki bo‘lmaganidan qat’i nazar, oila, pedagoglar, mutaxassislar, jamiyat va davlatning alohida e’tiboriga muhtoj bo‘lgan individual ehtiyojlarga ega bolalar;
Ilk rivojlanish markazlari (keyingi o‘rinlarda — markazlar)davlat tomonidan moliyalashtiriladigan va boshqariladigan, davlat obyektlarining bo‘sh turgan xonalarida maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotining muqobil shakli.
Oldingi tahrirga qarang.
Markazlar “o‘yin guruhi” va “maxsus maktabgacha ta’lim xizmati” modeli asosida faoliyat ko‘rsatib, maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni, birinchi navbatda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlarini qamrab oladi;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
“maxsus maktabgacha ta’lim xizmati” modeli — pedagoglar tomonidan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan oilalarning 2 — 7 yoshli farzandlari uchun yashash xonadoniga borgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish;
“o‘yin guruhi” modeli — 3 — 6 yoshli bolalar uchun Markazlarda tashkil etilgan qisqa muddatli (3,5 — 4 soat) guruh.
3. Markazlar o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
4. Markazlar yuridik shaxs hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va shtampga, mustaqil balansga, budjet va budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.
5. Markazlar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) tomonidan tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
2-bob. Markazlar faoliyatini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish
6. Markazlar Vazirlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda 3 — 6 yoshli bolalarni, xususan, kambag‘allik darajasi yuqori va alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan oilalar farzandlarini qamrab olishni nazarda tutgan holda tashkil etiladi.
7. Markazlar Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq bolalarni tarbiyalashni, ularga qarab turishni, ularni parvarishlashni, sog‘lomlashtirishni, korreksion rivojlantirishni ta’minlaydi.
8. Markazlar quyidagi ikkita model asosida faoliyat ko‘rsatadi:
a) “o‘yin guruhi” modelida markazlar joylashgan obyektda alohida xonalar tashkil etiladi. Bunda:
bir kunda ikki smena faoliyat ko‘rsatadi;
guruh xonalari bolalarning yosh xususiyatlariga mos rivojlantiruvchi muhitni yaratish maqsadida jihozlanadi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladigan qisqa muddatli guruh shaklida 25 — 30 nafar maktabgacha yoshdagi bolalar uchun 3,5 — 4 soat davom etadi;
jami guruhlarning 50 foizi inklyuziv ta’lim guruhi sifatida tashkil etilishi mumkin (ehtiyojga ko‘ra, bir guruhga 3 nafargacha alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar qabul qilinishiga yo‘l qo‘yiladi);
guruhlar yoshga doir toifalar yoki yoshga doir bo‘lmagan toifalar bo‘yicha to‘ldiriladi hamda guruhlarda kunduzgi uyqu tashkil etilmaydi;
b) “maxsus maktabgacha ta’lim xizmati” modelida guruhlar 20 nafargacha tarbiyalanuvchi uchun shakllantiriladi. Bunda:
har bir pedagogning bir kunda 6 tagacha xonadonga tashrif buyurishi hisobga olinadi;
maxsus pedagoglar (tarbiyachi, defektolog (logoped), psixolog) har bir bola uchun individual ta’lim-tarbiya berish dasturini ishlab chiqadi, bolaning o‘rganishiga va sog‘lom rivojlanishiga yordam beradigan tegishli tadbirlarni amalga oshiradi;
maxsus pedagoglarning xonadonlarga tashrifi markazlar direktori tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida amalga oshiriladi;
maxsus pedagoglar tashrif buyurgan xonadonlarda 40 daqiqa bolalar bilan ta’lim-tarbiya faoliyatini olib boradi hamda 20 daqiqa ota-onalar bilan farzandlarining rivojlanishidagi muhim jihatlar bo‘yicha suhbat o‘tkazadi va maslahatlar beradi;
maxsus pedagoglar tashrif buyurgan xonadonlarda amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida hisobot shakllantiradi va tarbiyalanuvchining ota-onasi (qonuniy vakil) tomonidan tasdiqlanadi.
9. Markazlarda bolalarga ta’lim berish va tarbiyalash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuniga muvofiq davlat tilida va boshqa tillarda olib boriladi.
3-bob. Markazlarga bolalarni qabul qilish va undan chiqarish
10. Markazlarga bolalarni qabul qilish Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori bilan belgilangan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunda markazlarga qabul qilinadigan barcha bolalarning boshqa davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida navbatda turgan o‘rni saqlanib qoladi.
11. “Maxsus maktabgacha ta’lim xizmati” modeliga tarbiyalanuvchilar psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar xulosalari asosida bolaning ota-onasi (qonuniy vakili)ning arizasiga muvofiq qabul qilinadi.
Mazkur modelda ta’lim-tarbiya olish jarayonida sog‘lomlashtirilgan bolalar psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarning xulosasiga muvofiq markazlarning “o‘yin guruhi” modeliga yoki navbati kelgan taqdirda, umumiy turdagi davlat (nodavlat) maktabgacha ta’lim tashkilotlariga o‘tkazilishi mumkin.
4-bob. Markazlarda bolalarni sog‘lom ovqatlantirish va ularning salomatligini ta’minlash
12. Markazlarda “o‘yin guruhi” modelida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlantirish gigiyenik talablar bo‘yicha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida belgilangan me’yorlarga muvofiq yengil tamaddi shaklida tashkil etiladi.
13. Markazlarning shtat jadvalida tibbiy hamshira lavozimi shtat birligi nazarda tutiladi.
Tibbiy hamshira hududiy tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari tomonidan biriktirilgan vrach-pediatr yoki umumiy amaliyot shifokori bilan hamkorlikda tarbiyalanuvchilarga tibbiy-sanitariya va profilaktik yordam ko‘rsatadi.
14. Birinchi tibbiy yordam uchun dori vositalari hamda dezinfeksiyalovchi va deratizatsiyalovchi vositalar bilan ta’minlash Davlat budjeti tomonidan ushbu maqsadlarga ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
15. Markazlar xodimlari sog‘liqni saqlash muassasalarida belgilangan tartibda tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari doirasida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar.
5-bob. Markazlarni boshqarish
16. Markazlar tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi huzurida tashkil etiladi.
17. Markazlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan direktor tomonidan boshqariladi.
18. Markazlarga ushbu Nizomga ilova qilingan Markazning namunaviy tuzilmasiga va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining namunaviy shtatlar jadvalidagi me’yorlarga asosan shtat birliklari ajratiladi.
19. Markazlarga pedagog va xodimlar Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan malaka talablari asosida ishga qabul qilinadi.
20. Pedagogik kengash markazlarning boshqaruv organi hisoblanadi.
6-bob. Markazlarni moliyalashtirish
21. Markazlar faoliyati Davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
22. Markazlar tegishli tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining markazlashgan moliya-buxgalteriya xizmati bilan qamrab olinadi hamda ularga umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moliyalashtirish tartibi tatbiq etiladi.
23. Markazlar xodimlariga umumiy turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari (inklyuziv guruhlarga biriktirilgan xodimlarga amaldagi qo‘shimcha haqlar) qo‘llanadi.
24. Markazlarning “maxsus maktabgacha ta’lim xizmati” modeli bo‘yicha jalb qilingan xodimlari uchun qo‘shma turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari uchun belgilangan qo‘shimcha haq to‘lash shartlari tatbiq etiladi.
25. Markazlardan “maxsus maktabgacha ta’lim xizmati” modeli bo‘yicha biriktirilgan maxsus pedagoglarga alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilarning oilasiga tashrifi uchun har oy bazaviy hisoblash miqdorining 1 (bir) baravari miqdorida yo‘lkira xarajati to‘lab boriladi.
Bunda maxsus pedagoglar yashash hududi hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilarning oilalari orasidagi masofa 1,5 kilometrdan kam bo‘lgan taqdirda, yo‘lkira xarajati to‘lab berilmaydi.
26. Markazlarga qabul qilingan barcha tarbiyalanuvchilardan ota-ona to‘lovi undirilmaydi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
27. Mazkur Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
28. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ilk rivojlanish markazlari to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Ilk rivojlanish markazining namunaviy
TUZILMASI

Direktor

Direktor o‘rinbosari

Psixolog

Pedagoglar

“O‘yin guruhi” modeli

“Maxsus maktabgacha ta’lim xizmati” modeli

Defektolog

(logoped)

Tarbiyachi

Tarbiyachi

(maxsus pedagog)

Hamshira

Tarbiyachi yordamchisi

Xo‘jalik bo‘limi

Izoh:
1 ta markaz uchun 1 ta shtat birligi direktor lavozimi, tarbiyalanuvchilar soni 200 nafardan oshganda 1 ta shtat birligi direktor o‘rinbosari lavozimi kiritiladi.
Pedagoglar:
“O‘yin guruhi” modeli uchun quyidagi shtat birliklari belgilanadi:
bitta guruh uchun — 0,5 birlik tarbiyachi va 0,5 birlik tarbiyachi yordamchisi;
ikkita guruh uchun — 0,25 birlik tibbiy hamshira, 0,25 birlik musiqa rahbari, 0,25 birlik til o‘qituvchisi, 0,25 birlik jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, 0,25 birlik psixolog.
“Maxsus maktabgacha ta’lim xizmati” modeli uchun ehtiyojdan kelib chiqqan holda quyidagi shtat birliklari belgilanadi:
bitta guruh uchun — 1 birlik tarbiyachi (maxsus pedagog);
ikkita guruh uchun — 0,5 birlik psixolog (biroq 1 birlikdan ortiq bo‘lmagan holda), 0,5 birlik defektolog (logoped) (biroq 1 birlikdan ortiq bo‘lmagan holda) .
Boshqa xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga belgilangan me’yorlar asosida kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-son qaroriga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 28-martdagi 244-son qarorida:
a) 2-bandning uchinchi xatboshisidagi “Maktabgacha ta’lim vazirligining Maktabgacha” so‘zlari “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Bolalar bog‘chasi” maktabgacha” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning birinchi xatboshisidagi hamda 8-banddagi “Maktabgacha ta’lim vazirligi” so‘zlari “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “maktabgacha ta’lim bo‘limlari” so‘zlari “maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-bandning ikkinchi xatboshisi “ta’lim tashkilotlari” so‘zlaridan keyin “, Ilk rivojlanish markazlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“a” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) tashkilotlar rahbarlari tashkilot quvvati va tarbiyalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning doimiy ravishda, shuningdek, tashkilotning bo‘sh o‘rni haqidagi ma’lumotlarning guruh ochilgan yoki yopilgan, guruh quvvati yoki ta’lim turi o‘zgargan, bola qabul qilingan va tashkilotdan chiqarilgan yoki boshqa guruhga o‘tkazilgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining (keyingi o‘rinlarda — vazirlik) “Bolalar bog‘chasi” maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda — MTBAT) kiritib borilishini ta’minlaydilar”;
“e” kichik banddagi “tashkilotlarida” so‘zi “tashkilotlari, Ilk rivojlanish markazlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-band quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Farzandini davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilinishini istagan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan (chet elda doimiy yashovchi) shaxslar YIDXP orqali o‘rnatilgan tartibda ariza yuboradi”;
11-bandning ikkinchi xatboshisidagi “guruhlariga” so‘zi “guruhlari, Ilk rivojlanish markazlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” so‘zlaridan keyin “, “Kambag‘al oilalar reyestri” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
o‘n beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Imtiyozli ro‘yxatga kiritiladigan, shuningdek, maxsus kontingentga kiruvchi bolalar, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar va “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalarning bolalariga berilgan yo‘llanmalar hamda ularning ustunlik huquqini yoki tegishli kontingentga kirishini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari bolalarni tashkilotga qabul qilish uchun asos hisoblanadi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-maydagi 391-son qarorida:
2-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“inklyuziv ta’lim va tarbiya — bolalarning alohida ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini hamda individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlarni ta’minlaydigan jarayon”;
14-banddagi “Maktabgacha ta’lim vazirligi” so‘zlari “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
17-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
18 va 25-bandlardagi “Maktabgacha ta’lim vazirligi” so‘zlari “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
393, 395-bandlarning ikkinchi xatboshilaridagi hamda 396-bandning uchinchi xatboshisidagi “maktabgacha ta’lim bo‘limi” so‘zlari “maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
43-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“43. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruhlar quyidagi miqdorda to‘ldiriladi:
3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan to‘liq kunlik guruhlarda — kamida 25 nafar, ko‘pi bilan 30 nafar bola;
bolalar qisqa vaqt bo‘ladigan guruhlarda — kamida 15 nafar, ko‘pi bilan 30 nafar bola;
turli yoshdagi guruhlarda — kamida 20 nafar, ko‘pi bilan 25 nafar bola;
bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlarda — ko‘pi bilan 10 nafar bola.
Agar davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan joyda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga borishni xohlovchi maktabgacha yoshdagi bolalar soni 20 nafardan kam bo‘lsa va bu joyda boshqa davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan kelishgan holda kam sonli bolalardan iborat guruhlarni tashkil etishga yo‘l qo‘yiladi.
3 yoshdan katta bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan inklyuziv guruhlar rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarning toifasiga qarab to‘ldiriladi hamda ko‘pi bilan 25 nafar bola, shu jumladan, rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan ko‘pi bilan 3 nafar bolani tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan kelishuvga ko‘ra guruhlarni ularni to‘ldirishning eng ko‘p miqdori oshirilgan holda tashkil etishga yo‘l qo‘yiladi”;
61-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“61. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga Kuzatuv kengashi tomonidan ovoz berish yo‘li orqali tanlangan uch nafar nomzodlar ichidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalarida tashkil etilgan Direktorlar kengashi tomonidan tavsiya etilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori rahbarlik qiladi”;
uchinchi xatboshidagi “maktabgacha ta’limning” so‘zlari “maktabgacha va maktab ta’limining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “maktabgacha ta’lim bo‘limlariga” so‘zlari “maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “Maktabgacha ta’lim vazirligi” so‘zlari “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
69-banddagi “Maktabgacha ta’lim vazirligi” so‘zlari “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 23-bandidagi “Maktabgacha ta’lim vazirligi” so‘zlari “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tizimiga ilg‘or axborot va pedagogika texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 11-iyundagi 487-son qarorining 2-bandi beshinchi xatboshisidagi hamda 8-bandidagi “Maktabgacha ta’lim vazirligi” so‘zlari “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim sohasiga innovatsion yondashuvlarni joriy etish loyihalarini amalga oshirish uchun eksperimental maydonchalarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 19-iyuldagi 605-son qarorida:
“a” kichik banddagi “Maktabgacha ta’lim vazirligiga” so‘zlari “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) eksperimental maktabgacha ta’lim tashkilotlarining direktorlari O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi”;
“d” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) eksperimental maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ishlash uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarning ish haqi miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri tomonidan Ta’lim sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan belgilanadi”.
b) 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “maktabgacha ta’lim vaziriga” so‘zlari “maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “Maktabgacha ta’lim vazirligi” so‘zlari “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 7 va 8-bandlardagi “Maktabgacha ta’lim vazirligining” so‘zlari “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 9-banddagi “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Maktabgacha ta’lim vazirligining” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“mudir” so‘zi “direktor” so‘zi bilan almashtirilsin;
“metodist” so‘zi “direktor o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“mudir” so‘zi “direktor” so‘zi bilan almashtirilsin;
“metodist” so‘zi “direktor o‘rinbosari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“EMIS” so‘zi “Bolalar bog‘chasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash va ekspertizadan o‘tkazish, ularni nashr qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 9-sentabrdagi 746-son qarorida:
a) 2-bandning birinchi xatboshisidagi “Maktabgacha ta’lim vazirligi” so‘zlari “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Maktabgacha ta’lim vazirligi” so‘zlari “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
ishchi organ — O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan Vazirlik huzuridagi respublika tashkilotlari, tizimdagi nashriyotlar va vazirlik muassisligida tashkil etilgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan biri”;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
ekspertlar guruhi — O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlangan Vazirlik huzuridagi respublika tashkilotlarining turli yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etiladigan original maketlarni baholovchi mutaxassislaridan iborat guruh”;
3-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi” so‘zlari “Vazirlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
4-banddagi “fevral oyida” so‘zlari “birinchi chorak yakunida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
13-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligining” so‘zlari “Vazirlik” so‘zi bilan almashtirilsin;
1-bosqichning “Muddatlar” ustunidagi “fevral oyida” so‘zlari “birinchi chorak yakunida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Subyektlar” ustunidagi “Maktabgacha ta’lim vazirligi” so‘zlari “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-sentabrdagi 769-son qarorida:
a) 1-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Maktabgacha ta’lim vazirligining” so‘zlari “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Maktabgacha ta’lim vazirligi” so‘zlari “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 3-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Maktabgacha ta’lim vazirligi” so‘zlari “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga 1-ilovaning 6-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Jamg‘arma umumta’lim muassasasi mehnatga haq to‘lash fondining 15 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda tashkil etiladi. Jamg‘armaning mehnatga haq to‘lash fondiga nisbatan foizlardagi miqdori navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining “Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilanadi”.
8. Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 9-martdagi 132-son qarorida:
a) 2-banddagi “Maktabgacha ta’lim vazirligi” so‘zlari “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bolalar bog‘chasi” maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimi orqali davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari maktabga tayyorlov guruhlarini tamomlagan bolalarga bir yillik maktabga tayyorlovdan o‘tganlik haqida davlat namunasidagi elektron sertifikat beriladi”;
v) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tayyorlov guruhlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonining sifatini nazorat qilsin hamda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan, shuningdek, boshqa tashkilotlarda tashkil etiladigan tayyorlov guruhlari faoliyatini monitoring qilib borsin”;
g) 8-bandning birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 1-ilovaning “Izoh” qismidagi “Maktabgacha ta’lim vazirligi” so‘zlari “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4 va 5-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyat hamda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar) tomonidan har yili may va iyun oylarida hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinmagan bolalarning mavjud kontingenti o‘rganiladi.
Bunday bolalar kontingenti aniqlangan taqdirda, hududiy boshqarmalar tayyorlov guruhlarini tashkil etish to‘g‘risida asoslangan taklif bilan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga murojaat qiladi.
Majburiy tayyorlov guruhi manzili hududdagi mavjud ehtiyojdan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda o‘zgartirilishiga ruxsat beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi taklifni o‘rganib chiqib, bir oy muddatda tayyorlov guruhlarini tashkil etishga qo‘yilgan talablarni hisobga olgan holda hududiy boshqarmalarga tegishli topshiriq beradi”;
5. Tayyorlov guruhlarini tashkil etish to‘g‘risidagi buyruq tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli topshirig‘i kelib tushgan kundan boshlab ikki hafta muddatda qabul qilinadi”;
24-banddagi “Maktabgacha ta’lim vazirligi” so‘zlari “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qarorida:
a) 2-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
2-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 26-maydagi PF-79-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-maydagi 391-son, “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun o‘quv-metodik va didaktik adabiyotlar tayyorlash, tanlash va ekspertizadan o‘tkazish, ularni nashr qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 9-sentabrdagi 746-son, “Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 9-sentabrdagi 754-son qarorlari”;
11-banddagi hamda 14-bandning birinchi xatboshisidagi “Maktabgacha ta’lim vazirligi” so‘zlari “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
15-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
ichki nazorat — davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari hamda maktabgacha ta’limni boshqarish bo‘yicha yuqori turuvchi tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi”;
2-ilovaning 3-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Maktabgacha ta’lim vazirligi” so‘zlari “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-ilovaning 2-bandidagi “Maktabgacha ta’lim vazirligi” so‘zlari “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga 1-ilovaning 9-bandida:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari;”;
oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli ambulator davolanishda bo‘lgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim va tarbiya hamda umumiy o‘rta ta’lim berish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 5-maydagi 234-son qaroriga ilovaning 45-bandi to‘qqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga Mehrli maktabning shtatlar jadvaliga o‘zgartirish kiritish, jumladan, qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish vakolati beriladi. Shuningdek, mazkur organlarga amaldagi qonunchilikda belgilangan tegishli lavozimlar va shtat birliklari kiritiladi”.
12. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarorida:
a) nomidagi “Xalq ta’limi” so‘zlari “Maktab ta’limi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) muqaddimadagi “xalq ta’limi” so‘zlari “maktab ta’limi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 1-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda ta’lim olgan farzandlarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq”;
g) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Belgilansinki, ushbu qarorga:
1-ilovadagi ma’muriy reglamentga muvofiq ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoki O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron xizmatlar portali (keyingi o‘rinlarda — MMTV portali) orqali murojaat qiladilar;
2-ilovadagi ma’muriy reglamentga muvofiq ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxslar YIDXP yoki MMTV portali yoki Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda — DXM) orqali murojaat qiladilar;
3-4-ilovalardagi ma’muriy reglamentlarga muvofiq ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxslar YIDXP yoki DXM orqali murojaat qiladilar;
2 — 4-ilovalarda nazarda tutilgan davlat xizmatlari DXM orqali 2025-yil 1-sentabrdan boshlab ko‘rsatiladi”;
d) 3- va 4-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda:
mazkur qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentlarga muvofiq davlat xizmatlarining YIDXP, MMTV portali va DXM orqali joriy etilishini ta’minlasin;
YIDXP, MMTV portali va DXMda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning ko‘rib chiqilishini kuzatib borishni joriy etsin;
ma’muriy reglamentlarda belgilangan tashkilotlar tomonidan ushbu qaror talablariga rioya etilishi bo‘yicha, shu jumladan, YIDXP, MMTV portali va DXM orqali doimiy nazorat o‘rnatsin”.
4. Belgilab qo‘yilsinki, maktabgacha va maktab ta’limi tizimida davlat xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha elektron dasturni ishga tushirish va keyinchalik qo‘llab-quvvatlash Ta’lim sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi”;
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur Reglament jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoki O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron xizmatlar portali (keyingi o‘rinlarda — MMTV portali) orqali farzandlarini davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining (keyingi o‘rinlarda — umumta’lim maktablari) 1-sinfiga qabul qilish hamda o‘quvchilarni bir umumta’lim maktabidan (sinfdan) boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish tartibini belgilaydi”.
ikkinchi xatboshidagi “XTV” qisqartmasi “MMTV” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
to‘rtinchi xatboshidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Toshkent shahar hamda viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “XTV” qisqartmasi “MMTV” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
4-bandning birinchi xatboshisidagi “Xalq ta’limi” so‘zlari “Maktabgacha va maktab ta’limi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Umumta’lim maktablari tomonidan har yili 1-iyunga qadar 1-sinfga qabul rejasi hamda tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan biriktirilgan mikrohudud bo‘yicha mahallalar, ko‘cha nomlari va uy raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar MMTV portaliga kiritiladi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi) tomonidan har yili 5-iyunga qadar tasdiqlanadi.
Umumta’lim maktablarining qabul rejasi va qabul muddatlariga o‘zgartirish kiritish hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi”;
11 va 12-bandlarning birinchi xatboshilaridagi hamda 13-bandning beshinchi xatboshisidagi “XTV” qisqartmasi “MMTV” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Ariza beruvchi YIDXP yoki MMTV portali orqali so‘rovnomani to‘ldirib, tasdiqlaganidan so‘ng barcha hujjatlar va to‘ldirilgan so‘rovnoma avtomatik tarzda hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga yuboriladi”;
16-bandning birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “xalq ta’limi” so‘zlari “maktabgacha va maktab ta’limi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
23 va 24-bandlardagi “XTV” qisqartmasi “MMTV” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
27-banddagi “15” raqami “31” raqami bilan almashtirilsin;
28-banddagi “XTV” qisqartmasi “MMTV” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “bir kun muddatda” so‘zlari “bir ish kunida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “XTV” qisqartmasi “MMTV” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
32 va 38-bandlardagi, 39-bandning birinchi xatboshisidagi, 40-bandning beshinchi xatboshisidagi, 42, 44 hamda 46-bandlardagi “XTV” qisqartmasi “MMTV” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
49-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“49. Quyidagi hollarda tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari tomonidan o‘qishi ko‘chirilgan o‘quvchilar MMTV portaliga kiritiladi”;
53-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“53. YIDXP yoki MMTV portali orqali ariza beruvchining farzandlarini umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilish hamda o‘quvchilarni bir umumta’lim maktabi (sinf)dan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish bilan bog‘liq murojaatlar hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan ko‘rib chiqiladi”;
1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish hamda o‘quvchilarni bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Bolalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-sinfiga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

Mikrohudud bo‘yicha umumta’lim maktablariga qabul qilish

1-bosqich

Ariza beruvchi

Umumta’lim maktablariga qabul qilish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron xizmatlar portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP yoki MMTV portali) ro‘yxatdan o‘tadi, so‘rovnomani to‘ldiradi va tasdiqlaydi.

Har yili 20-iyundan 31-iyulgacha

2-bosqich

YIDXP yoki MMTV portali

So‘rovnomani hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga yuboradi

Avtomatik tarzda

3-bosqich

Hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi

So‘rovnomani ko‘rib chiqadi va mikrohudud bo‘yicha umumta’lim maktablariga yuboradi yoki sababi ko‘rsatilgan holda qaytaradi.

3 ish kunida

4-bosqich

Ariza beruvchi

1. Mikrohudud bo‘yicha umumta’lim maktablariga farzandi bilan onlayn navbat bo‘yicha murojaat qiladi.

2. Murojaati qaytarilgan ariza beruvchi avvalgi ariza raqamini ko‘rsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qiladi.

Onlayn navbat bo‘yicha

5-bosqich

Umumta’lim maktabi

1. Qabul komissiyasi tomonidan bolalarni umumta’lim maktablariga qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

2. Bolalarning umumta’lim maktablariga qabul qilingani yoki qabul qilishni rad etilgani to‘g‘risidagi ma’lumotni YIDXP yoki MMTV portali orqali ariza beruvchiga yuboradi.

1 ish kunida

6-bosqich

Ariza beruvchi

1. Farzandlari umumta’lim maktablariga qabul qilingani yoki qabul qilish rad etilgani to‘g‘risidagi ma’lumotni YIDXP yoki MMTV portali orqali avtomatik tarzda yuklab oladi.

2. Murojaati rad etilganda, avvalgi ariza raqamini ko‘rsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qiladi.

Avtomatik tarzda

Mikrohududdan tashqaridan umumta’lim maktabiga qabul qilish

7-bosqich

Ariza beruvchi

O‘z xohishiga ko‘ra bo‘sh o‘rinlari mavjud bo‘lgan mikrohududdan tashqaridagi umumta’lim maktablarini tanlaydi.

Har yili 1 — 31 avgust kunlari

8-bosqich

YADXP yoki MMTV portali

Qo‘shimcha bo‘sh o‘rinlar doirasida ariza beruvchini o‘z xohishiga ko‘ra tanlagan mikrohududdan tashqaridagi umumta’lim maktablariga avtomatik ravishda yuboradi.

Avtomatik tarzda

9-bosqich

Ariza beruvchi

Mikrohududdan tashqaridagi umumta’lim maktablariga bolasi bilan onlayn navbati bo‘yicha murojaat qiladi.

Onlayn navbat bo‘yicha

10-bosqich

Umumta’lim maktabi

1. Qabul komissiyasi tomonidan bolalarni mikrohududdan tashqaridagi umumta’lim maktablariga qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

2. Bolalar mikrohududdan tashqaridagi umumta’lim maktablariga qabul qilingani yoki qabul qilishni rad etilgani to‘g‘risidagi ma’lumotni YIDXP yoki MMTV portali orqali ariza beruvchiga yuboradi.

1 ish kunida

11-bosqich

Ariza beruvchi

Farzandi mikrohududdan tashqaridagi umumta’lim maktabiga qabul qilingani yoki qabul qilish rad etilgani to‘g‘risidagi ma’lumotni YIDXP yoki MMTV portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.

Avtomatik tarzda

”;

3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish hamda o‘quvchilarni bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
3-ILOVA
O‘quvchilarni bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Farzandining o‘qishini ko‘chirishga ariza berish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoki Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron xizmatlar portalida (keyingi o‘rinlarda — MMTV portali) ro‘yxatdan o‘tadi, so‘rovnomani to‘ldiradi va tasdiqlaydi.

Har yili 1-avgustdan 25-mayga qadar

2-bosqich

YIDXP yoki MMTV portali

So‘rovnomani umumta’lim maktabiga yuboradi.

Avtomatik tarzda

3-bosqich

Umumta’lim maktabi

1. So‘rovnomani ko‘rib chiqadi va ariza beruvchining farzandi o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berish yoki sababi aniq ko‘rsatilgan holda o‘qishni ko‘chirishni rad etish to‘g‘risida qaror chiqaradi.

2. YIDXP yoki MMTV portali orqali ariza beruvchiga ma’lumot yuboradi.

3 ish kunida

4-bosqich

Ariza beruvchi

1. Farzandining umumta’lim maktablariga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berish yoki sababi aniq ko‘rsatilgan holda o‘qishni ko‘chirishni rad etish to‘g‘risidagi ma’lumotni YIDXP yoki MMTV portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.

2. Farzandining o‘qiyotgan umumta’lim maktabidan tegishli hujjatlarini olib, o‘qishi ko‘chiriladigan umumta’lim maktabiga taqdim etadi.

3 ish kunida

;

nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda ta’lim olgan farzandlarini davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti”;
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur Reglament chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan (chet elda doimiy yashovchi) shaxslardan hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoki O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — MMTV portali) yoxud Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda — DXM) orqali farzandini davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish uchun arizalar olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi”;
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Quyidagilar:
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga davlat xizmati DXM yoki YIDXP yoxud MMTV portali orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari) tomonidan;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga davlat xizmati DXM yoki YIDXP yoxud MMTV portali orqali umumiy o‘rta ta’lim muassasalari tomonidan ko‘rsatiladi”;
3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. DXM, YIDXP, MMTV portali va hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘rtasidagi axborot almashinuvi faqat idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi 31-band bilan to‘ldirilsin:
“31. Davlat xizmati har yili 1-avgustdan 25-mayga qadar ko‘rsatiladi”;
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga davlat xizmati 5-ilovadagi sxemaga muvofiq ko‘rsatiladi”;
2-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2-bob. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi”;
7 va 8-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun ushbu Reglamentning 31-bandida ko‘rsatilgan muddatda DXMga shaxsan kelib murojaat etadi yoki YIDXP yoxud MMTV portalida ro‘yxatdan o‘tadi.
8. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, DXM xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP yoki MMTV portali orqali murojaat etgan taqdirda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda so‘rovnomani ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shaklda to‘ldiradi”;
10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. So‘rovnoma ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng DXM yoki YIDXP yoxud MMTV portali orqali avtomatik tarzda hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalariga yuboriladi.”;
birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “xalq ta’limi” so‘zlari “maktabgacha va maktab ta’limi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi” so‘zlari “umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish shu’basi” so‘zi bilan almashtirilsin;
16-banddagi “xalq ta’limi” so‘zlari “maktabgacha va maktab ta’limi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “XTV” qisqartmasi “MMTV” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Davlat xizmatlari markazi ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga ma’lumotnomani ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda berishi shart.”;
quyidagi mazmundagi 21-bob bilan to‘ldirilsin:
“21-bob. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda ta’lim olgan farzandlarini davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi
191. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun ushbu Reglamentning 31-bandida ko‘rsatilgan muddatda DXMga shaxsan kelib murojaat etadi yoki YIDXP yoxud MMTV portalida ro‘yxatdan o‘tadi.
192. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, DXM xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP yoki MMTV portali orqali murojaat etgan taqdirda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 6-ilovaga muvofiq shaklda so‘rovnomani to‘ldiradi.
193. Ariza beruvchi tomonidan quyidagi hujjatlar skaner qilinib, “pdf” formatida saqlangan nusxasi ilova qilinadi.
O‘quvchining chet elda ta’lim olganini tasdiqlovchi hujjat (davlat nomi, o‘qigan maktabi nomi, o‘qigan yillari, o‘qigan sinflari, o‘rganilgan fanlar va imtihonlarda olingan baholar (ballar) ko‘rsatilgan ma’lumot) va uning davlat tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi;
10-11-sinflarga qabul qilinadigan o‘quvchilar uchun xorijiy davlatda tayanch o‘rta ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatning O‘zbekiston Respublikasida tan olingani to‘g‘risida ma’lumotnoma;
o‘quvchining chet elda ta’lim olganini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmagan taqdirda, Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasining o‘quvchini majburiy ta’limga jalb qilish bo‘yicha qaroridan ko‘chirma.
194. Ariza beruvchi so‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani tasdiqlaydi.
195. So‘rovnoma ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng DXM yoki YIDXP yoxud MMTV portali orqali avtomatik tarzda umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga yuboriladi.
196. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi so‘rovnomani uch ish kunida ko‘rib chiqadi.
197. So‘rovnomani ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra umumiy o‘rta ta’lim muassasasi o‘quvchini qabul qilish yoki sababi aniq ko‘rsatilgan holda qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ma’lumotni DXM yoki YIDXP yoxud MMTV portali orqali ariza beruvchiga yuboradi.
198. Quyidagi hollarda bolani umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga qabul qilish rad etilishi mumkin:
so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilganda;
193-bandda ko‘rsatilgan hujjatlar ilova qilinmaganda;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasida (qabul qilinadigan sinfda) bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lmagan taqdirda.
Boshqa holatlarda o‘quvchini umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga qabul qilish rad etilishi mumkin emas.
199. Ariza beruvchi farzandlarining umumiy o‘rta ta’lim muassasasi qabul qilish yoki sababi ko‘rsatilgan qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ma’lumotni YIDXP yoki MMTV portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
Davlat xizmatlari markazi ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga ma’lumotnomani ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda berishi shart.
1910. Ariza beruvchi uch ish kunida 193-bandda ko‘rsatilgan hujjatlarning va o‘quvchining sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnomaning aslini farzandi qabul qilingan umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga taqdim etadi.
1911. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi tomonidan murojaati rad etilgan ariza beruvchi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilishi mumkin.
1912. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi o‘quvchining chet elda o‘qigan ta’lim dasturi maktabning o‘quv dasturlariga mos kelish-kelmasligini aniqlaydi hamda fanlar bo‘yicha aniqlangan farqlarni joriy yoki navbatdagi o‘quv yilida bartaraf etish choralarini ko‘radi.”;
21-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llanadi”;
1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish uchun arizalar olish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda — DXM)ga shaxsan kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoxud O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — MMTV portali)da ro‘yxatdan o‘tadi, so‘rovnomani to‘ldiradi va tasdiqlaydi.

Har yili 1-avgustdan 25-mayga qadar

2-bosqich

DXM, YIDXP, MMTV portali

So‘rovnomani hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalariga yuboradi.

Avtomatik tarzda

3-bosqich

Hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari

1. Ariza beruvchining so‘rovnoma bo‘yicha hujjatlarini ko‘rib chiqadi.

2. Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

So‘rovnoma tasdiqlangandan so‘ng 7 kun ichida

4-bosqich

Ariza beruvchi, DXM

Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha yo‘llanma berilgani yoki yo‘llanma berishni rad etilgani to‘g‘risidagi ma’lumotni YIDXP yoki MMTV portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.

DXMga ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuborish va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

DXMga ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga ma’lumotnomani ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda beradi.

Qaror qabul qilingandan keyin

”;

3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish uchun arizalar olish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
3-ILOVA
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha yo‘llanma namunasi
”;
quyidagi mazmundagi 5-ilova bilan to‘ldirilsin:
“Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda ta’lim olgan farzandlarini davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda — DXM)ga shaxsan kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoxud O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — MMTV portali)da ro‘yxatdan o‘tadi, so‘rovnomani to‘ldiradi va tasdiqlaydi.

Har yili 1-avgustdan 25-mayga qadar

2-bosqich

DXM, YIDXP, MMTV portali

So‘rovnomani davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga yuboradi.

Avtomatik tarzda

3-bosqich

Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari

1. Ariza beruvchining so‘rovnoma bo‘yicha hujjatlarini ko‘rib chiqadi.

2. O‘quvchini qabul qilish yoki sababi aniq ko‘rsatilgan holda qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ma’lumotni DXM yoki YIDXP yoxud MMTV portali orqali ariza beruvchiga yuboradi.

So‘rovnoma tasdiqlangandan so‘ng 3 ish kunida

4-bosqich

Ariza beruvchi, DXM

Farzandlarining umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga qabul qilish yoki sababi ko‘rsatilgan qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ma’lumotni YIDXP yoki MMTV portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.

DXM ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuborish va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

DXM ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga ma’lumotnomani ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda beradi.

Avtomatik tarzda

”;

quyidagi mazmundagi 6-ilova bilan to‘ldirilsin:
“Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda ta’lim olgan farzandlarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish uchun arizalar olish bo‘yicha
SO‘ROVNOMA

I. Ariza beruvchi to‘g‘risida ma’lumot:

1. Familiyasi:

2. Ismi:

3. Otasining ismi:

4. Fuqaroligi:

5. Yashash uchun ro‘yxatdan o‘tgan manzili:

6. Telefon raqami:

II. Ariza beruvchining farzandi to‘g‘risida ma’lumot:

1. Familiyasi:

2. Ismi:

3. Otasining ismi:

4. Shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari (seriyasi, raqami va JSHSHIR):

5. Tug‘ilgan sanasi (yil, kun, oy):

6. Qabul qilinadigan sinfi:

III. Ilova qilinadigan hujjatlar:

1. O‘quvchining chet elda ta’lim olganini tasdiqlovchi hujjat (davlat nomi, o‘qigan maktabi nomi, o‘qigan yillari, o‘qigan sinflari, o‘rganilgan fanlar va imtihonlarda olingan baholar (ballar) ko‘rsatilgan ma’lumot)ning skaner qilinib, “pdf” formatida saqlangan nusxasi.

2. O‘quvchining chet elda ta’lim olganini tasdiqlovchi hujjat (davlat nomi, o‘qigan maktabi nomi, o‘qigan yillari, o‘qigan sinflari, o‘rganilgan fanlar va imtihonlarda olingan baholar (ballar) ko‘rsatilgan ma’lumot)ning O‘zbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjima qilinib, tasdiqlangan hamda skaner qilinib, “pdf” formatida saqlangan nusxasi.

3. 10 -11-sinflarga qabul qilinadigan o‘quvchilar uchun xorijiy davlatda tayanch o‘rta ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatning O‘zbekiston Respublikasida tan olingani to‘g‘risida ma’lumotnomaning skaner qilinib, “pdf” formatida saqlangan nusxasi.

4. O‘quvchining chet elda ta’lim olganini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmagan taqdirda, Bolalar masalasi bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasining o‘quvchini majburiy ta’limga jalb qilish bo‘yicha qaroridan ko‘chirmaning skaner qilinib, “pdf” formatida saqlangan nusxasi.

”;

1-band “(keyingi o‘rinlarda — YIDXP)” so‘zlaridan keyin “yoki Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda — DXM)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi xatboshi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki DXM” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-band “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki DXM” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
4-band “YIDXP” qisqartmasidan keyin “, DXM” qisqartmasi bilan to‘ldirilsin;
5-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“umumiy o‘rta ta’lim hajmidagi o‘quv dasturlarini umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti asosida 9-sinf doirasida mustaqil o‘zlashtirgan, tayanch o‘rta ta’lim olmagan, tegishli yilda 17 yoshga to‘lgan va undan katta yoshdagi majburiy umumiy o‘rta ta’limga jalb qilinmagan fuqarolar;
umumiy o‘rta ta’lim hajmidagi o‘quv dasturlarini umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti asosida 11-sinf doirasida mustaqil o‘zlashtirgan, umumiy o‘rta ta’lim olmagan, tegishli yilda 19 yoshga to‘lgan va undan katta yoshdagi majburiy umumiy o‘rta ta’limga jalb qilinmagan fuqarolar”;
quyidagi mazmundagi 51-band bilan to‘ldirilsin:
“51. Eksternlar bir vaqtning o‘zida 9-sinf va 11-sinf doirasida eksternat tartibida imtihonlardan o‘tkazilmaydi.
Eksternlar bir vaqtning o‘zida faqat bitta o‘z xohishiga ko‘ra tanlagan eksternat maktabga jalb etiladi.”;
8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Eksternat tartibida imtihon oladigan eksternat maktablar ro‘yxati har yili 1-fevralga qadar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — vazirlik) tomonidan tasdiqlanadi va o‘zining rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi”;
9-banddagi “1-martdan 1-maygacha” so‘zlari “1-fevraldan 1-aprelgacha” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun ushbu Reglamentning 9-bandida ko‘rsatilgan muddatda DXMga shaxsan kelib murojaat etadi yoki YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.”;
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, DXM xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda so‘rovnomani ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shaklda to‘ldiradi.”;
13-band “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki DXM” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi 131-band bilan to‘ldirilsin:
“131. Ariza beruvchi tomonidan o‘z xohishiga ko‘ra DXM yoki YIDXP orqali davlat xizmatidan foydalanishning har qanday bosqichida 1-fevraldan 1-aprelgacha bekor qilinishi mumkin.”;
15-band quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“DXM ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
DXM ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga ma’lumotnomani ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda berishi shart”;
quyidagi mazmundagi 151-band bilan to‘ldirilsin:
“151. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 343-son qaroriga muvofiq eksternat maktablari tomonidan eksternning xohishiga ko‘ra tegishli o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishi uchun aprel — may oylarida pulli ta’lim xizmatlari ko‘rsatilishi mumkin.
Bunda eksternat maktablari tomonidan eksternlarga tegishli o‘quv dasturlari bo‘yicha uslubiy maslahat ko‘rsatiladi.
Eksternlar tegishli o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishi uchun eksternat maktablaridagi kutubxona, sport zali, informatika fani xonasi va maxsus fan xonalaridan dars jarayonlariga xalaqit bermagan holda foydalanishi mumkin.
Eksternat maktablari eksternlarga elektron ta’lim portallaridagi mavjud resurslardan foydalanishiga ko‘maklashadi.”;
16-banddagi “va bu haqida YIDXP orqali ariza beruvchiga xabarnoma yuboriladi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
25-band quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“DXM ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
DXM ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga ma’lumotnomani ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda berishi shart.”;
1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Eksternat tartibida imtihonlar olish uchun arizalar qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Eksternat tartibida imtihonlar olish uchun arizalar qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Eksternat tartibida imtihonga ariza berish uchun Davlat xizmatlari markazi (keyingi o‘rinlarda — DXM)ga shaxsan kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) ro‘yxatdan o‘tadi, so‘rovnomani to‘ldiradi va tasdiqlaydi.

Har yili 1-fevraldan 1-aprelgacha

(shu kuni ham)

2-bosqich

DXM yoki YIDXP

So‘rovnomani eksternat maktablarga yuboradi

Avtomatik tarzda

3-bosqich

Eksternat maktab

1. Ariza beruvchining so‘rovnoma bo‘yicha hujjatlarini ko‘rib chiqadi.

2. Arizaga beruvchiga yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat berish yoki ruxsat berish rad etilgani to‘g‘risidagi ma’lumotni beradi.

2 kun muddatda

4-bosqich

Ariza beruvchi, DXM

1. Yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat berish yoki ruxsat berish rad etilgani to‘g‘risidagi ma’lumotni YIDXP orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.

DXM ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuborish va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

DXM ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga ma’lumotnomani ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda beradi.

Avtomatik tarzda

2. Yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat berilgan ariza beruvchi eksternat tartibidagi yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etadi.

Har yili 15-iyunga qadar

5-bosqich

Eksternat maktab

Eksternat tartibidagi yakuniy davlat attestatsiyasi natijalarini e’lon qiladi.

Imtihon o‘tkazilgandan so‘ng 2 kunda

6-bosqich

Ariza beruvchi, DXM

Eksternat tartibidagi yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotni YIDXP orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.

DXM ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuborish va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

DXM ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga ma’lumotnomani ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda beradi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari e’lon qilingandan so‘ng avtomatik tarzda

”;

2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Eksternat tartibida imtihonlar olish uchun arizalar qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA
Eksternat tartibida imtihonlar olish uchun ariza qabul qilish bo‘yicha
SO‘ROVNOMA

I. Ariza beruvchi to‘g‘risida ma’lumot:

1. Familiyasi:

2. Ismi:

3. Otasining ismi:

4. Pasport (ID karta) ma’lumotlari (seriyasi, raqami):

5. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

6. Tug‘ilgan sanasi (yil, kun, oy):

7. Yashash manzili:

8. Telefon raqami:

9. O‘qigan ta’lim muassasasi (tuman, shahar va maktab raqami yoki nomini ko‘rsatgan holda)*:

10. Tugatgan sinfi:

11. Tugatgan yili:

12. Ta’lim tili:

13. O‘qigan chet tili:

14. Eksternatga ariza berish sinfi (9 yoki 11-sinf):

II. Ilova qilinadigan hujjatlar:

1. Tasdiqlangan baholar (o‘zlashtirish) tabeli yoki maktabning 9-sinfini tamomlamagani to‘g‘risida tasdiqlangan ma’lumotnomaning skaner qilinib, “rdf” formatida saqlangan nusxasi taqdim etiladi (9-sinf doirasida eksternat tartibida imtihonda qatnashish uchun).

2. 9-sinfni tamomlagani to‘g‘risidagi shahodatnoma yoki unga tenglashtirilgan O‘zbekiston Respublikasida tan olingan ta’lim olganlik to‘g‘risida hujjatning skaner qilinib, “rdf” formatida saqlangan nusxasi taqdim etiladi (11-sinf doirasida eksternat tartibida imtihonda qatnashish uchun).

3. 9-sinfdan keyin majburiy o‘rta ta’limni yakunlamagani to‘g‘risida tasdiqlangan ma’lumotnomaning skaner qilinib, “rdf” formatida saqlangan nusxasi taqdim etilishi mumkin (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan nusxa).

”;

1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur Reglament jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoki Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda — DXM) orqali umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma (sertifikat) dublikatini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.”;
2-bandning uchinchi xatboshisi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki DXM” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
3 va 4-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Davlat xizmati DXM yoki YIDXP orqali tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari) tomonidan ko‘rsatiladi”;
4. YIDXP, DXM va tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari o‘rtasidagi axborot almashinuvi faqat idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi”;
7 va 8-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun DXMga shaxsan kelib murojaat etadi yoki YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.
8. Ariza beruvchi yoki uning ishonchli vakili o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, DXM xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa ariza beruvchi yoki uning ishonchli vakili mustaqil ravishda so‘rovnomani ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shaklda to‘ldiradi. Ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda, so‘rovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma nusxasi ilova qilinadi”;
quyidagi mazmundagi 91-band bilan to‘ldirilsin:
“91. Ariza beruvchi tomonidan o‘z xohishiga ko‘ra DXM yoki YIDXP orqali davlat xizmatidan foydalanishning har qanday bosqichida bekor qilinishi mumkin.”;
10 — 12-bandlardagi hamda 16-banddagi “xalq ta’limi” so‘zlari “maktabgacha va maktab ta’limi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “xalq ta’limi” so‘zlari “maktabgacha va maktab ta’limi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Rasmiylashtirilgan dublikat yoki uni berishni rad etish to‘g‘risidagi ma’lumot tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bo‘shlig‘i tomonidan tasdiqlanadi va DXM hamda YIDXP orqali elektron ravishda yuboriladi”;
19-band quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Davlat xizmatlari markazi ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga ma’lumotnomani ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda berishi shart.”;
21-banddagi “xalq ta’limi” so‘zlari “maktabgacha va maktab ta’limi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi rasmiy davlat hujjatlari dublikatini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida davlat namunasidagi rasmiy hujjatlarning dublikatini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

Dublikatni olish uchun Davlat xizmatlari markaziga (keyingi o‘rinlarda — DXM) shaxsan kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) ro‘yxatdan o‘tadi, so‘rovnomani to‘ldiradi va tasdiqlaydi.

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

DXM yoki YIDXP

So‘rovnomani tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlariga yuboradi.

Avtomatik tarzda

3-bosqich

Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari

Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, nodavlat ta’lim tashkilotlariga (keyingi o‘rinlarda — ta’lim tashkilotlari) ko‘rib chiqadi va xulosa tayyorlash uchun yuboradi.

1 ish kunida

4-bosqich

Ta’lim tashkilotlari

So‘rovnomani o‘rganib chiqadi, arxiv hujjatlari asosida dublikat berish yoki berishni rad etish bo‘yicha xulosa tayyorlaydi va tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga yuboradi.

3 ish kunida

(5 ish kuni qo‘shimcha)

5-bosqich

Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari

QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan dublikatni rasmiylashtiradi yoki dublikat berishni rad etish to‘g‘risida ma’lumotni shakllantiradi va tasdiqlaydi va DXM hamda YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.

1 ish kunida

6-bosqich

Ariza beruvchi, DXM

YIDXP orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.

DXM ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuborish va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

DXM ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga ma’lumotnomani ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda beradi.

Avtomatik tarzda

”;

3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi rasmiy davlat hujjatlari dublikatini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
3-ILOVA
Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida davlat namunasidagi rasmiy hujjatning dublikati namunasi
”;
3a-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi rasmiy davlat hujjatlari dublikatini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
3a-ILOVA
Sertifikatning dublikati namunasi
”.
13. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qarorida:
6-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “ish rejimidagi” so‘zlari “ish rejimida ishlaydigan umumiy tipdagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8-bandning sakkizinchi xatboshisi “davlat” so‘zidan oldin “9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
17-bandning “a”, “b” hamda “v” kichik bandlari yettinchi xatboshilari “davlat” so‘zidan oldin “9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
19 va 20-bandlarning yettinchi xatboshilari “davlat” so‘zidan oldin “9 soatlik ish rejimidagi umumiy tipdagi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
24-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining” so‘zlari “tegishli vazirlik va idoralarning” so‘zlari bilan almashtirilsin.
23-band quyidagi mazmundagi “z” va “i” kichik bandlar bilan to‘ldirilsin:
“z) tegishli moliya yilida Davlat budjetida nazarda tutilgan mablag‘lar hajmini hisobga olgan holda oilaviy MTT tashkil etilishi maqsadga muvofiq emas deb topilganda;
i) maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan tez va samarali qamrab olish maqsadida birinchi navbatda qamrov darajasi past bo‘lgan mahallalarda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish”.
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur bandda nazarda tutilmagan hamda boshqa normativ hujjatlarda belgilanmagan asoslarga ko‘ra oilaviy MTT shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun ariza bo‘yicha rad javobi berish taqiqlanadi”.
14. Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish, ularga menejerlik sertifikatini berish va nomzodlarni lavozimga tayinlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2024-yil 28-avgustdagi 531-son qaroriga 1-ilovada:
a) 64-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“64. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar) tashkilot direktori vakant lavozimi uchun “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy apparat kompleksidan hamda Vazirlikning “menejer.uzedu.uz” axborot tizimidan foydalangan holda besh ish kuni muddatga e’lon beradi”;
b) 66-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“66. Kuzatuv kengashi ikki ish kuni davomida tashkilot direktori vakant lavozimiga taqdim etilgan nomzodlarni tanlash yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi va kamida uch nafar nomzodni ovoz berish yo‘li bilan tanlaydi.
Yig‘ilish yakuni bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtiriladi va bayonnoma hamda nomzodlarning hujjatlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlar kengashiga (keyingi o‘rinlarda — Direktorlar kengashi) taqdim etiladi”;
v) quyidagi mazmundagi 661-band bilan to‘ldirilsin:
“661. Direktorlar kengashi tashkilot direktori vakant lavozimiga taqdim etilgan nomzodlarning malaka talablariga mosligini o‘rganadi hamda malaka talablariga mos kelgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazadi. Suhbat natijalariga asosan bir nafar nomzodni vakant lavozimiga tayinlash bo‘yicha hududiy boshqarmaga tavsiya beradi”;
g) 67-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“67. Hududiy boshqarma Direktorlar kengashi tomonidan tanlab olingan nomzod bilan ikki ish kuni ichida mehnat shartnomasi tuzadi hamda tashkilot direktori lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi buyruqni rasmiylashtiradi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)