1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha ta’lim va tarbiya]
Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 319-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/319/0480-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga muvofiq hamda bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 319-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/319/0480-son)
1. Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2018-yil 1-apreldan boshlab amalga kiritilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 319-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/319/0480-son)
2018-yil 1-apreldan boshlab, davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxslar faqat davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladilar;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi bo‘sh joylarning elektron hisobini yuritish, bolalarni tashkilotlarga qabul qilish uchun elektron navbatni shakllantirish va yo‘llanmalarni rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Bolalar bog‘chasi” maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimi tomonidan amalga oshiriladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi quyidagilarni ta’minlasin:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
o‘n kun muddatda — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishgan holda, davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan namunaviy shakllarni, hujjatlar blankalarini hamda boshqa hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
bir hafta muddatda — tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari rasmiy veb-saytlari (sahifalari)ni takomillashtirish, ularda davlat maktabgacha ta’lim muassasalari haqidagi ma’lumotlarni joylashtirish;
2018-yil mobaynida har chorakda kamida bir marta O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda, Davlat xizmatlari markazlari, tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari, davlat maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari ishtirokida, ushbu qaror bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglamentni amalda qo‘llanish samaradorligi va natijadorligi darajasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv seminarlari o‘tkazish.
4. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Maktabgacha ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda 2018-yil 1-aprelgacha bo‘lgan muddatda:
tuman (shahar) davlat maktabgacha ta’lim bo‘limlari, davlat maktabgacha ta’lim muassasalari hamda davlat xizmatlari ko‘rsatishda ishtirok etuvchi boshqa tuzilmalarning YIDXPga ulanishini ta’minlasin;
YIDXPda bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning har bir bosqichida jismoniy shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibotini joriy etsin.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari va boshqa tashkilotlarning ular tomonidan bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning belgilangan tartibini amalga oshirishga doir faoliyati yuzasidan, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Ma’muriy reglament talablari buzilganligi uchun tuman (shahar) davlat maktabgacha ta’lim bo‘limlari va boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy jazo choralarini belgilangan tartibda qo‘llasin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 30-son, 732-modda) bilan tasdiqlangan Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi nizomga 2018-yilning 1-aprelidan boshlab 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Adliya vazirligi rahbarlari ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 28-mart,
244-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qaroriga 1-ILOVA
umumiy turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, Ilk rivojlanish markazlari (otaliqqa olgan tashkilot xodimlarining bolalari uchun kvotalar bundan mustasno);
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
qo‘shma turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari (imkoniyati cheklangan bolalar uchun ajratilgan o‘rinlar bundan mustasno);
davlat oliy ta’lim tashkilotlari huzuridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari (ushbu tashkilotlar xodimlari va talabalarining farzandlari bundan mustasno);
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshisi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
umumiy turdagi davlat idoraviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari (belgilangan kvotalar bo‘yicha);
davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari (ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar va maxsus kontingent bolalari uchun belgilangan kvotalar bo‘yicha).
2. Ushbu Reglamentning amal qilishi bolalarni davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining mobil guruhlariga, maktabga bir yillik bepul majburiy tayyorlov guruhlariga qabul qilishda tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vakolatli organ — tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 380-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son)
davlat-xususiy sheriklik — xususiy investitsiyalarni jalb qilish, resurslarni birlashtirish va xavf-xatarlarni taqsimlash maqsadida davlat sherigi va xususiy sherikning aniq muddatga yuridik rasmiylashtirilgan maktabgacha ta’lim sohasidagi o‘zaro samarali hamkorligi;
ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar — davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga kvota berilgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar, a’zolari nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lgan oilalar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, bolaning ota-onasi kvotalar bo‘yicha hududlarga taqsimlangan ijtimoiy soha xodimlari bo‘lgan oilalar, to‘rt yoki undan ko‘p bolalari bo‘lgan oilalar;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
imtiyozli ro‘yxat — davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega bo‘lgan bolalar ro‘yxati;
maxsus kontingent — davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga kvota berilgan harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining bolalari, maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari va davlat umumta’lim maktablari pedagog xodimlarining bolalari;
otaliq — otaliqqa olingan maktabgacha ta’lim tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq jismoniy yoki yuridik shaxs (otaliq) tomonidan iqtisodiy, moliyaviy, madaniy, ta’lim yoki boshqa beg‘araz tizimli yordam ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat;
tashkilot — davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, shu jumladan, oilaviy turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti;
umumiy ro‘yxat — davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega bo‘lmagan bolalar ro‘yxati.
4. Bolalarni tashkilotga qabul qilish tartibotini amalga oshirishda:
a) tashkilotlar rahbarlari tashkilot quvvati va tarbiyalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning doimiy ravishda, shuningdek, tashkilotning bo‘sh o‘rni haqidagi ma’lumotlarning guruh ochilgan yoki yopilgan, guruh quvvati yoki ta’lim turi o‘zgargan, bola qabul qilingan va tashkilotdan chiqarilgan yoki boshqa guruhga o‘tkazilgan vaqtdan boshlab bir ish kuni ichida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining (keyingi o‘rinlarda — vazirlik) “Bolalar bog‘chasi” maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda — MTBAT) kiritib borilishini ta’minlaydilar;
(4-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
b) davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan axborot bilan birgalikda MTBATga ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar va maxsus kontingent uchun ajratilgan kvotalar joylariga qabul qilingan bolalar haqidagi ma’lumotni kiritadilar;
v) tashkilotlarda bo‘sh joylarning elektron hisobini yuritish, bolalarni tashkilotlarga qabul qilish bo‘yicha elektron navbatni shakllantirish, bolalarni tashkilotlarga qabul qilish, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar va maxsus kontingent uchun ajratilgan kvotalar bo‘yicha yo‘llanmalarni (keyingi o‘rinlarda — yo‘llanma) shakllantirish MTBAT tomonidan avtomatik ravishda amalga oshiriladi;
g) tashkilotlar bolalarni yo‘llanmalar asosida qabul qiladi.
d) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda Falastindan O‘zbekistonga olib kelingan fuqarolar farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga navbatga qo‘yilmagan holda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar guruhlari tomonidan yoki bevosita qonuniy vakillari orqali tegishli tashkilotga murojaat etgan holda joylashtiriladi.
(4-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
e) umumiy turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, Ilk rivojlanish markazlarida ochiladigan inklyuziv ta’lim guruhlarining belgilangan o‘rinlariga (3 tagacha) alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar navbatga qo‘yilmagan holda, psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasi asosida qabul qilinadi.
(4-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
41. Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan shaxslar hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning bolalari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar guruhlari tomonidan ham maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlariga talabnoma kiritish orqali imtiyozli navbatga qo‘yiladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
5. Davlat xizmatlari markazlari, vakolatli organlar va tashkilotlar o‘rtasida axborotlar almashuvi faqat idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik orqali elektron raqamli imzoni qo‘llagan holda amalga oshiriladi.
6. Bolalarni tashkilotga ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha qabul qilinadi.
7. Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi o‘z tizimidagi tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning avtomatik ravishda muntazam yangilanib borilishi uchun o‘z rasmiy veb-saytining MTBAT bilan integratsiyalashuvini ta’minlaydi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 380-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son)
a) har bir tashkilot manzili, uning ixtisoslashuvi, guruhlar soni, tashkilotda guruhlar bo‘yicha (bolalarning yoshi, ta’lim tili va smenasini ko‘rsatgan holda) o‘rinlar soni va bo‘sh o‘rinlarning mavjudligi;
b) bolalarni tashkilotga qabul qilish bo‘yicha navbatga kiritilgan so‘rovnomalar ro‘yxati, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) so‘rovnoma raqami, ariza berilgan sana hamda tashkilotdagi guruhlar bo‘yicha navbat raqami;
v) ushbu Reglamentning 18-bandiga muvofiq bolalarni tashkilotga qabul qilish bo‘yicha navbatga kiritilgan so‘rovnomalar ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda — imtiyozli ro‘yxat), shu jumladan, YIDXPdagi so‘rovnoma raqami, tashkilotdagi guruhlar bo‘yicha navbat raqami.
8. Ota-onalar, ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar), bolalarning yaqin qarindoshlari (bobosi, buvisi, voyaga yetgan akasi yoki opasi) yoki uchinchi shaxslar (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchilar) yo‘llanmalar olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zlari kelib murojaat qiladilar yoki elektron shaklda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun otasi yoki onasi (farzandlikka oluvchisi) mustaqil ravishda YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadilar.
Davlat xizmatidan kompleks tarzda foydalanish uchun Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga tug‘ilishni qayd etish bilan bir vaqtda murojaat qilish mumkin.
Bolani YIDXP orqali tashkilotga navbatga qo‘yish (so‘rovnomadagi telefon raqamini o‘zgartirish) faqat uning otasi yoki onasi (farzandlikka oluvchisi) tomonidan amalga oshiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 380-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son)
Farzandini davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilinishini istagan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan (chet elda doimiy yashovchi) shaxslar YIDXP orqali o‘rnatilgan tartibda ariza yuboradi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
9. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilingan taqdirda, davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda esa, ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil ravishda yoki vakolatli organ xodimlari yordamida, Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligining rasmiy veb-saytida hamda YIDXPda joylashtirilgan ma’lumotdan (mavjud bo‘sh o‘rinlar, so‘rovnomaning navbati, tashkilot manzili va boshqalar) foydalangan holda, ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha to‘ldiradi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 380-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son)
Ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning bolalari hamda maxsus kontingentga kiruvchi bolalarni davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish uchun ariza beruvchilar so‘rovnomani ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha to‘ldiradi;
Ariza beruvchi bolani tashkilotga qabul qilish shartlari, amalga oshiriladigan to‘lovlar, o‘zaro huquq-majburiyatlarni o‘zida aks ettiruvchi ommaviy ofertani tasdiqlaydi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 380-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son)
10. Ariza beruvchilar quyidagi huquqlarga egadirlar:
so‘rovnomada tashkilotning bola uchun to‘g‘ri keladigan yoshdagi bo‘sh o‘rinlarga ega bo‘lgan guruhini (yo‘llanma olish uchun) yoki bo‘sh o‘rinlarga ega bo‘lmagan guruhini (navbatga kiritilishi uchun) ko‘rsatish (tanlash);
bolani tug‘ilgan vaqtdan boshlab tashkilotga navbatga qo‘yish;
bir vaqtda uchtagacha tashkilotga bolani navbatga qo‘yish;
xato kiritilgan ma’lumotlarni tuzatish;
davlat xizmati ko‘rsatilayotgan har qanday bosqichda undan foydalanishni rad etish;
so‘rovnoma yuborilgandan so‘ng uni istalgan vaqtda bekor qilish.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 380-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son)
11. Joriy o‘quv yilining 31-may kuniga qadar yetti yoshga to‘ladigan bolalarning so‘rovnomalari ushbu sanada bekor qilinadi hamda avtomatik ravishda navbatdan chiqariladi.
Bola bir nechta tashkilotga navbatga qo‘yilib, ulardan biriga yo‘llanma shakllangan va bola rasmiylashtirilgan bo‘lsa, boshqa tashkilotlarga navbatga qo‘yish bo‘yicha so‘rovnomalar bekor qilinadi hamda avtomatik ravishda navbatdan chiqariladi, tashkilotning qisqa muddatli guruhlari, Ilk rivojlanish markazlariga qabul qilingan holatlar bundan mustasno.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
12. So‘rovnomaga zarur ma’lumotlarni rasmiylashtirgandan va kiritgandan so‘ng ariza beruvchi uni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchi onlayn tarzda navbatni kuzatishi va YIDXPda xabarnomalarni olishi, shuningdek, tashkilotda bolani qabul qilish uchun ariza berish shartlaridan (YIDXP yoki davlat xizmatlari markazlari orqali) qat’iy nazar, davlat xizmatlari markazlarida murojaat holati to‘g‘risida ma’lumotni bepul olishi mumkin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
13. Bolalarni tashkilotga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati bepul ko‘rsatiladi.
Shu bilan birga, navbat kelganligi va (yoki) navbatdagi holat o‘zgarganligi haqida maxsus raqamga so‘rov yuborish orqali sms-xabar olish imkoniyati yaratiladi.
Bunda har bir kiruvchi SMS-xabar uchun to‘lovlar ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlari orqali ariza yuborganda — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, YIDXP orqali murojaat qilganda — Raqamli texnologiyalar vazirligining Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan belgilangan miqdorda amalga oshiriladi.
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 380-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son)
14. Tashkilotning yopilishi, shuningdek, so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilganligi, shu jumladan, ma’lumotlarning ushbu Reglamentning 7 va 18-bandlarida nazarda tutilgan ma’lumotlarga nomuvofiqligi davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Bunda arizada to‘g‘irlash mumkin bo‘lgan xatolar mavjud bo‘lsa, ularni besh ish kuni ichida to‘g‘rilash uchun ariza beruvchiga imkoniyat beriladi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatishni boshqa asoslarga ko‘ra rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
15. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishni ularni ko‘rsatishning istalgan bosqichida rad etish huquqiga ega.
Ariza beruvchi tomonidan davlat xizmatlaridan foydalanish rad etilgan taqdirda, uning so‘rovnomasi tizim tomonidan avtomatik ravishda ko‘rib chiqilmasdan qoldiriladi va navbatdan chiqariladi. Bunda navbatga turish haqidagi xabarnoma yoki yo‘llanma so‘rovnoma bilan birgalikda bekor qilinadi.
16. Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelgan holda yoki YIDXP orqali murojaat qilinganda, to‘ldirilgan so‘rovnoma avtomatik ravishda MTBATga yuboriladi.
Bunda MTBATda avtomatik ravishda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
tegishli tashkilot va guruhda bo‘sh o‘rin bo‘lganda — yo‘llanma shakllantiriladi;
tegishli tashkilot va guruhda bo‘sh o‘rin bo‘lmaganda — so‘rovnoma tegishlicha umumiy yoki imtiyozli ro‘yxatga kiritiladi hamda xabarnoma shakllantiriladi.
Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligining rasmiy veb-saytida tashkilotlar va guruhlardagi bo‘sh o‘rinlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar doimiy ravishda yangilab boriladi.
(16-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 380-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son)
17. Ushbu Reglamentning 16-bandiga muvofiq yo‘llanmalar MTBATda avtomatik ravishda tashkilotda o‘rinlar bo‘shagan kuni navbatga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning bolalari;
(18-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
“Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning bolalari;
kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning, ichki ishlar va bojxona organlari xodimlarining bolalari;
talabalar va pedagoglarning bolalari;
akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar;
ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar.
Bolalarni imtiyozli ro‘yxat bo‘yicha qabul qilish davlat-xususiy sheriklikka asoslangan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.
Mazkur bandning to‘rtinchi, beshinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi imtiyozli ro‘yxatga kiritilgan, shuningdek, maxsus kontingentga kiruvchi bolalarning hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar bolalarining so‘rovnomalari Davlat xizmatlari markazlariga borgan holda beriladi.
Qolgan imtiyozlar turlari bo‘yicha ariza beruvchi davlat xizmatidan mazkur Reglamentga asosan umumiy tartibda foydalanadi va mazkur imtiyozlarning mavjudligi “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali quyidagi axborot tizimlaridan aniqlanadi:
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimidan;
Ijtimoiy reyestrga kiritilganlar haqidagi ma’lumotlar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidan;
(18-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
“Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollar haqidagi ma’lumotlar “Ayollar daftari” axborot tizimidan;
bolaning otasi yoki onasi talaba ekanligi haqidagi ma’lumotlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining axborot tizimidan;
bolaning otasi yoki onasi pedagog ekanligi haqidagi ma’lumotlar “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan;
bolaning ko‘p bolali oilalar toifasiga mansub ekanligi Adliya vazirligining axborot tizimidan;
akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar hamda ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar haqidagi ma’lumotlar MTBAT tizimidan.
Davlat xizmatlari markazi direktori taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning tekshirilishi va so‘rovnomada ishonchli ma’lumot ko‘rsatilishini nazorat qilish uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ariza beruvchilarda ushbu bandga muvofiq ustunlik huquqining mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumot so‘rovnomada ko‘rsatiladi.
Mazkur bandning to‘rtinchi, beshinchi va sakkizinchi xatboshilaridagi imtiyozli ro‘yxatga kiritilgan, shuningdek, maxsus kontingentga kiruvchi bolalarga berilgan yo‘llanmalar hamda ularning ustunlik huquqini yoki tegishli kontingentga kirishini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari bolalarni tashkilotga qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
Bunda tashkilot rahbari taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning tekshirilishi va MTBAT tizimiga ishonchli ma’lumot kiritilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
181. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun bergan so‘rovnomasidagi telefon raqamini istalgan vaqtda o‘zgartirishi mumkin. Ariza beruvchi so‘rovnomadagi telefon raqamini o‘zgartirish bo‘yicha Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelgan holda yoki YIDXP orqali elektron murojaat qiladi. Bunda so‘rovnomadagi telefon raqami yangi kiritiladigan telefon raqamiga keladigan tasdiqlash kodini kiritish yo‘li bilan o‘zgartiriladi.
(181-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 380-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son)
19. Imtiyozli va umumiy ro‘yxatda turgan so‘rovnomalar bolaning yoshiga mos guruhlardagi bo‘sh o‘rinlar soniga qarab quyidagi tartibda navbatma-navbat shakllantiriladi va yo‘llanmalar beriladi:
agar bolalar egizak bo‘lsa, bir vaqtda egizaklarning so‘rovnomalari (guruhda ikkinchi bolaga bo‘sh o‘rin bo‘lmagan taqdirda, guruhning quvvatini oshirish hisobiga).
(19-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 380-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son)
20. Birinchi marta tarbiyalanuvchilar qabul qilayotgan yangi qurilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli mikrouchastkalardagi hududlarda yashovchi bolalar maktabgacha ta’lim vazirining buyrug‘i asosida ustunlik huquqi bilan qabul qilinadi. Bunda mikrouchastkalarga kirmaydigan hududlardan bolalarni tashkilotga qabul qilish mikrouchastkalarga tegishli hududlardan bolalar qabul qilingandan so‘ng qolgan bo‘sh o‘rinlarga mazkur Reglamentda belgilangan tartibda umumiy va imtiyozli ro‘yxat asosida amalga oshiriladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 380-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son)
21. Ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun vaqtincha yopilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari ta’mirlash davrida vakolatli organ qarori asosida vaqtincha boshqa tashkilotlarga navbatsiz taqsimlanadi. Bunda bolalarni vaqtincha boshqa tashkilotlarga qabul qilish tashkilotdagi bo‘sh o‘rinlar hisobidan amalga oshirilmaydi hamda amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq guruhlardagi bolalarning eng ko‘p sonidan vaqtincha oshishga ruxsat beriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng uning vaqtincha boshqa tashkilotga taqsimlangan tarbiyalanuvchilari ushbu tashkilotga vakolatli organ qarori asosida navbatsiz qabul qilinadi.
Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari umumiy turdagi tashkilotlarga aylantirilganda, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari bo‘lgan bolalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari qarorlari asosida ushbu tashkilotlarga navbatsiz qabul qilinadi.
(21-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 380-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son)
22. MTBAT tomonidan bolalarni tashkilotga joylashtirish bo‘yicha yo‘llanma shakllanganligi haqidagi xabarnomalar tanlangan tashkilotga va ariza beruvchining telefon raqamiga yuboriladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 380-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son)
23. Bolalarni tashkilotga qabul qilish ariza beruvchi xabarnomadagi tasdiq kodini taqdim etgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida tashkilotning buyrug‘ini chiqarish orqali rasmiylashtiriladi.
Bolalarni tashkilotga qabul qilish tashkilotning yoki buyruq rasmiylashtirishda ishtirok etuvchi boshqa idoralarning aybi bilan kechikkanda, yo‘llanma o‘z kuchida qoladi.
Bolalarni tashkilotlarga xabarnomasiz qabul qilish taqiqlanadi, ushbu Reglamentning 20 va 21-bandlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 380-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son)
24. Ariza beruvchi bolalarni tashkilotga qabul qilishni yo‘llanma shakllangandan so‘ng 15 ish kuni mobaynida rasmiylashtirmagan taqdirda, yo‘llanma haqiqiy emas deb hisoblanadi.
25. So‘rovnomada ko‘rsatilgan tashkilot yoki guruh yopilgan taqdirda, Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan so‘rovnoma bekor qilinadi va ariza beruvchi bu haqda xabardor qilinadi.
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 380-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son)
Bunda so‘rovnoma davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali shakllantirilganligidan kelib chiqib, so‘rovnoma bekor qilinganligi to‘g‘risidagi xabar ariza beruvchilarga tegishlicha davlat xizmatlari markazi yoki vakolatli organ tomonidan bir ish kuni mobaynida, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya tizimi orqali yetkaziladi.
26. Davlat xizmatlari markazlari, vakolatli organlar va tashkilotlar o‘z faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan ariza beruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi kerak.
27. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi va uning hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda ushbu Reglament talablarining bajarilishi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 380-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son)
28. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan ariza beruvchi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
29. Ushbu Nizom kuchga kirgunga qadar tashkilotga qabul qilish uchun so‘rovnomasi imtiyozli ro‘yxatga kiritilgan bolalarning imtiyozlari ularga yo‘llanma berilgunga qadar saqlanib qoladi.
Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga
1-ILOVA
Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish ishlarini amalga oshirish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi
Maktabgacha ta’lim axborot tizimi hamda rasmiy veb-saytida o‘z tizimidagi tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning joylashtirilishini va ularning muntazam onlayn tarzda yangilab borilishini ta’minlash
Doimiy ravishda
2-bosqich
Ariza beruvchi
Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qilish yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tish
Xohishiga ko‘ra
3-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
So‘rovnomani maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimiga kiritish
1. 1 soat ichida
2. Avtomatik tarzda
4-bosqich
Maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimi
a) bolaning tashkilotga qabul qilinganligi bo‘yicha yo‘llanma shakllanganligi haqidagi xabarnomani rasmiylashtirish — ko‘rsatilgan tashkilot guruhida bo‘sh joy mavjud bo‘lsa;
b) so‘rovnomani tegishli ravishda umumiy yoki imtiyozli ro‘yxatga kiritish, shuningdek, navbatga qo‘yilganligi haqida xabarnomani rasmiylashtirish — ko‘rsatilgan tashkilot guruhida bo‘sh joy mavjud bo‘lmasa;
v) xabarnomani tanlangan tashkilotga va ariza beruvchining telefon raqamiga yuborish.
Avtomatik tarzda
5-bosqich
Ariza beruvchi
Bolalarni tashkilotga qabul qilish bo‘yicha xabarnomadagi tasdiq kodini tashkilotga taqdim etish.
Xabarnoma shakllangandan so‘ng 15 ish kunida
6-bosqich
Maktabgacha ta’lim tashkiloti
Tasdiq kodi asosida bolani tashkilotga qabul qilish bo‘yicha buyruq chiqarish.
Tasdiq kodi tashkilotga taqdim etilgandan so‘ng 2 ish kunida
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 380-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son)
Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 2-ILOVA
Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SO‘ROVNOMA
I. Ariza beruvchi haqida ma’lumot:
1. Bolaga nisbatan (ota, ona, ularning o‘rnini bosuvchi shaxs, yaqin qarindoshlar (bobosi, buvisi, akasi, opasi va boshqalar) yoki ishonchnoma asosida harakat etuvchi uchinchi shaxs:
2. F.I.O.:
3. Pasport ma’lumotlari (raqami va seriyasi):
4. Manzili:
5. Telefon raqami:
6. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa):
7. Ishonchnomaning rekvizitlari (uchinchi shaxslar uchun):
II. Bola haqidagi ma’lumot:
1. F.I.O.:
2. Tug‘ilgan yili:
3. Tug‘ilish haqida guvohnoma ma’lumotlari (raqami va seriyasi):
4. Bola egizakmi
Ha
Yo‘q
III. Tashkilot haqida ma’lumot:
1. Tashkilot raqami:
1.
2.
3.
2. Guruhi:
IV. Imtiyozli huquq borligi haqida ma’lumotlarva ularni tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud bo‘lsa)
1. I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning bolalari (nogironlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi)
2. Yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar (bitta yoki yolg‘iz ota-onaning vafoti to‘g‘risidagi guvohnoma, ota-ona huquqlaridan mahrum etilganlik to‘g‘risidagi sud qarori nusxalari va boshqalar)
3. “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning bolalari (“Ayollar daftari”ga kiritilganlik holati axborot tizimi tomonidan avtomatik ravishda tekshiriladi)
4. Akalari yoki opalari ushbu tashkilotning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar (qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqning sanasi va raqami)
5. Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning, ichki ishlar va bojxona organlari xodimlarining bolalari (ish joyidan ma’lumotnoma)
6. Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga o‘tkazilayotgan sog‘aygan bolalar (tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning bola sog‘lomligi to‘g‘risidagi xulosasi)
V. Xabar berish tartibi
1. Pochta orqali (pochta manzili)
2. SMS yoki telefon orqali (telefon raqami)
3. Elektron pochta orqali (elektron pochta manzili)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 27-apreldagi 204-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 09/26/204/0421-son)
Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 3-ILOVA
Bolalarni davlat-xususiy sheriklikka asoslangan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun SO‘ROVNOMA
I. Ariza beruvchi haqida ma’lumot:
1. Bolaga nisbatan (ota, ona, ularning o‘rnini bosuvchi shaxs, yaqin qarindoshlar (bobosi, buvisi, akasi, opasi va b.) yoki ishonchnoma asosida harakat etuvchi uchinchi shaxs:
2. F.I.O.:
3. Pasport ma’lumotlari (raqami va seriyasi):
4. Manzili:
5. Telefon raqami:
6. Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa):
7. Ishonchnomaning rekvizitlari (uchinchi shaxslar uchun):
II. Bola haqidagi ma’lumot:
1. F.I.O.:
2. Tug‘ilgan yili:
3. Tug‘ilish haqida guvohnoma ma’lumotlari (raqami va seriyasi):
4. Bola egizakmi
Ha
Yo‘q
III. Tashkilot haqida ma’lumot:
1. Tashkilot raqami:
1.
2.
3.
2. Guruhi:
IV. Ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilaga mansubligi haqida ma’lumotlarva ularni tasdiqlovchi hujjatlar (talab etiladigan hujjatlar)
1. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning bolalari
2.A’zolari nogironligi bo‘lgan shaxslardan iborat bo‘lgan oilalarning bolalari (nogironlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi)
3. Boquvchisini yo‘qotgan oilalarning bolalari (boquvchisini yo‘qotganlik holati axborot tizimi tomonidan avtomatik ravishda tekshiriladi)
4. Bolaning ota-onasi kvotalar bo‘yicha hududlarga taqsimlangan ijtimoiy soha xodimlari bo‘lgan oilalarning bolalari (tibbiyot, madaniyat, fan, ta’lim va sport sohalari vakillarining ish joyidan maxsus kvota asosida boshqa hududga taqsimlanganligi to‘g‘risidagi buyruq nusxasi)
5. To‘rt yoki undan ko‘p bolalari bo‘lgan oilalarning bolalari (tug‘ilganlik haqida guvohnomalarning nusxalari)
V. Maxsus kontingentga mansubligi haqida ma’lumotlar va ularni tasdiqlovchi hujjatlar(talab etiladigan hujjatlar)
1. Harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining bolalari (ish joyidan ma’lumotnoma)
2. Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari va davlat umumta’lim maktablari pedagog xodimlarining bolalari (ish joyidan ma’lumotnoma)
V. Xabar berish tartibi
1. Pochta orqali (pochta manzili)
2. SMS yoki telefon orqali (telefon raqami)
3. Elektron pochta orqali (elektron pochta manzili)
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 27-apreldagi 204-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 09/26/204/0421-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qaroriga 2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 528-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida Nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
“20. Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda beriladigan yo‘llanma asosida amalga oshiriladi”.