1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi;
Maktab ta’limi tizimida davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
a) Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish hamda o‘quvchilarni bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
bolalarni umumta’lim maktablariga o‘qishga joylashtirish hamda o‘quvchilarni bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tish va so‘rovnomani elektron ravishda to‘ldirish tartibi;
mikrohudud doirasida hamda mikrohududdan tashqarida bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-sinfiga qabul qilish tartibi;
bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-sinfiga qabul qilish bo‘yicha qabul komissiyasi tarkibi va uning faoliyatini tashkil etish;
b) Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda ta’lim olgan farzandlarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
v) Eksternat tartibida imtihonlar olish uchun arizalar qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq:
umumiy o‘rta ta’lim hajmidagi o‘quv dasturlarini mustaqil o‘zlashtirgan holda yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazish (eksternat) jarayonida qatnashishi mumkin bo‘lgan fuqarolar toifalari;
davlat xizmatidan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tish, so‘rovnomani elektron ravishda to‘ldirish va tasdiqlash;
ariza beruvchining so‘rovnoma bo‘yicha hujjatlarini ko‘rib chiqish va eksternat tartibida imtihonni o‘tkazish muddatlari;
g) Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi rasmiy davlat hujjatlari dublikatini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 4-ilovaga muvofiq:
davlat xizmatidan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tish;
ariza beruvchi tomonidan so‘rovnomani elektron ravishda to‘ldirish va tasdiqlash;
umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi rasmiy davlat hujjatlari dublikatini rasmiylashtirish yoki dublikat berishni rad etish to‘g‘risidagi ma’lumotni shakllantirish tartibi.
1-ilovadagi ma’muriy reglamentga muvofiq ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoki O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron xizmatlar portali (keyingi o‘rinlarda — MMTV portali) orqali murojaat qiladilar;
2-ilovadagi ma’muriy reglamentga muvofiq ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxslar YIDXP yoki MMTV portali yoki Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda — DXM) orqali murojaat qiladilar;
3-4-ilovalardagi ma’muriy reglamentlarga muvofiq ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxslar YIDXP yoki DXM orqali murojaat qiladilar;
2 — 4-ilovalarda nazarda tutilgan davlat xizmatlari DXM orqali 2025-yil 1-sentabrdan boshlab ko‘rsatiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda:
mazkur qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentlarga muvofiq davlat xizmatlarining YIDXP, MMTV portali va DXM orqali joriy etilishini ta’minlasin;
YIDXP, MMTV portali va DXMda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning ko‘rib chiqilishini kuzatib borishni joriy etsin;
ma’muriy reglamentlarda belgilangan tashkilotlar tomonidan ushbu qaror talablariga rioya etilishi bo‘yicha, shu jumladan, YIDXP, MMTV portali va DXM orqali doimiy nazorat o‘rnatsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
4. Belgilab qo‘yilsinki, maktabgacha va maktab ta’limi tizimida davlat xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha elektron dasturni ishga tushirish va keyinchalik qo‘llab-quvvatlash Ta’lim sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
5. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi rasmiy hujjatlarning davlat namunasini tasdiqlash haqida” 2019-yil 13-maydagi 393-son qaroriga5-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri B.O. Saidov va axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 1-iyun,
295-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qaroriga 1-ILOVA
Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish hamda o‘quvchilarni bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning
1. Mazkur Reglament jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoki O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron xizmatlar portali (keyingi o‘rinlarda — MMTV portali) orqali farzandlarini davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining (keyingi o‘rinlarda — umumta’lim maktablari) 1-sinfiga qabul qilish hamda o‘quvchilarni bir umumta’lim maktabidan (sinfdan) boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
davlat xizmati — YIDXP yoki MMTV portali orqali ariza beruvchining farzandlarini umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilish hamda o‘quvchilarni bir umumta’lim maktabidan (sinfdan) boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
mikrohudud — tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan umumta’lim maktablariga biriktirilgan hudud.
qabul rejasi — biriktirilgan mikrohududdagi maktab yoshidagi bolalar soni, umumta’lim maktabining o‘quvchilar o‘rni (quvvati), pedagoglar bilan ta’minlanganligi va sanitariya talablarini inobatga olgan holda umumta’lim maktabi tomonidan shakllantiriladigan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Toshkent shahar hamda viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadigan reja.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
3. YIDXP, MMTV portali va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi axborot almashinuvi faqat idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
4. Mazkur Reglament talablari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — vazirlik) tizimidagi umumta’lim maktablariga nisbatan qo‘llaniladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Ushbu Reglament boshqa vazirlik va idoralar tizimidagi umumta’lim muassasalari va nodavlat ta’lim tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.
41. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining talabnomasiga asosan Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi va uning hududiy bo‘limlariga joylashtirilgan ayollarning voyaga yetmagan farzandlari eng yaqin hududdagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga joylashtiriladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 705-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/705/1000-son)
5. Vazirlik tomonidan har yili 1-mayga qadar o‘quvchilarni 1-sinfga qabul qilish va bir umumta’lim maktab (sinf)dan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladigan hududlar ro‘yxati tasdiqlanadi va rasmiy veb-saytdagi sahifasida e’lon qilinadi.
Davlat xizmati ko‘rsatiladigan umumta’lim maktablari ro‘yxatini shakllantirishda olis va chekka hududlarda fuqarolarning elektron davlat xizmatlari portalidan foydalanish imkoniyatlari mavjudligi inobatga olinadi.
6. Umumta’lim maktablari tomonidan har yili 1-iyunga qadar 1-sinfga qabul rejasi hamda tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan biriktirilgan mikrohudud bo‘yicha mahallalar, ko‘cha nomlari va uy raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar MMTV portaliga kiritiladi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi) tomonidan har yili 5-iyunga qadar tasdiqlanadi.
Umumta’lim maktablarining qabul rejasi va qabul muddatlariga o‘zgartirish kiritish hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
7. Ariza beruvchining yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan va haqiqatda yashovchi oila farzandlari biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida umumta’lim maktablariga joylashish ta’minlanadi.
Bunda turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan oila farzandlari 1-avgustdan so‘ng mikrohududdan tashqari bo‘sh o‘rinlar bo‘yicha umumta’lim maktabiga qabul qilinadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
8. Umumta’lim maktablarining 1-sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi.
9. Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun ariza beruvchidan yig‘im undirilmaydi.
10. Davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq ko‘rsatiladi.
2-bob. Mikrohudud doirasida bolalarni 1-sinfga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish tartibi
11. Ariza beruvchi har yili 20-iyundan 31-iyulga qadar davlat xizmatidan foydalangan holda bolalarni umumta’lim maktablariga o‘qishga joylashtirish uchun YIDXP yoki MMTV portalida ro‘yxatdan o‘tadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
12. Ariza beruvchi YIDXP yoki MMTV portali orqali mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron ravishda mustaqil to‘ldiradi.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Bunda ariza beruvchi bolalarning ota-onasi o‘rnini bosuvchi shaxslar bo‘lgan taqdirda, ularning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
13. So‘rovnomani quyidagi ketma-ketlik asosida to‘ldiriladi:
qarindoshlik darajasi belgilanadi;
ariza beruvchining shaxsiy ma’lumotlari va yashash manzili “Elektron hukumat” tizimi manzil-ma’lumotlar idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi;
ariza beruvchi tomonidan kiritilgan ma’lumotlar manzil-ma’lumotlar idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olingan yashash manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlardan farqli bo‘lsa, ariza beruvchi yashash manzilidagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga murojaat qilgan holda yashash manziliga aniqlik kiritadi;
(13-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
ariza beruvchi tomonidan manzil-ma’lumotlar idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olingan yashash manzili to‘g‘ri ekanligi yoki yashash manziliga aniqlik kiritilgandan so‘ng YIDXP yoki MMTV portali orqali yashash manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron ravishda mustaqil to‘ldiradi;
(13-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
ariza beruvchining farzandi haqidagi ma’lumotlar to‘ldiriladi;
ta’lim tili tanlanadi;
yashash manzili bo‘yicha mikrohududga biriktirilgan umumta’lim maktabi avtomatik ravishda belgilanadi.
Ariza beruvchining yashash manzili bo‘yicha umumta’lim maktabida tanlagan ta’lim olish tilidagi sinf bo‘lmagan taqdirda, yaqin hududda joylashgan boshqa umumta’lim maktabi mikrohudud sifatida biriktiriladi.
14. Ariza beruvchi so‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani tasdiqlaydi.
15. Ariza beruvchi YIDXP yoki MMTV portali orqali so‘rovnomani to‘ldirib, tasdiqlaganidan so‘ng barcha hujjatlar va to‘ldirilgan so‘rovnoma avtomatik tarzda hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga yuboriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
16. Hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi so‘rovnoma uch ish kunida ko‘rib chiqiladi va mikrohudud bo‘yicha umumta’lim maktabiga yuboriladi yoki sababi ko‘rsatilgan holda qaytariladi. Bu haqida ariza beruvchilarga xabar yuboriladi.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Vazirlik vakili (moderator) so‘rovnomani hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan belgilangan muddatda va mikrohududdagi manzili bo‘yicha umumta’lim maktabiga yuborilganligini nazorat qilib boradi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan murojaati qaytarilgan ariza beruvchi avvalgi ariza raqamini ko‘rsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qiladi.
(16-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
17. Ariza beruvchi farzandi bilan birgalikda murojaati mikrohudud bo‘yicha yuborilgan umumta’lim maktabiga onlayn navbat asosida boradi va bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnomani umumta’lim maktabiga taqdim etadi.
18. Umumta’lim maktablarida bolalarni 1-sinfga qabul qilish bo‘yicha 5 kishidan iborat tarkibda qabul komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — qabul komissiyasi) tuziladi.
Qabul komissiyasi tarkibiga umumta’lim maktabi direktori, direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, maktab psixologi va hamshirasi kiritiladi.
Qabul jarayoni shaffofligini ta’minlash maqsadida umumta’lim maktabi joylashgan hududdagi mahalla vakillari hamda kuzatuv kengashi a’zolari ham jalb etilishi mumkin.
19. Ta’lim boshqa (jumladan, rus) tilda olib boriladigan umumta’lim maktablarida qabul komissiyasi bolalar bilan suhbat jarayonida tanlagan tilda bolaning boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmasiga ega ekanligini o‘rganadi.
Bola tanlagan tilda boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmasiga ega bo‘lmasa, qabul komissiyasi bolani so‘zlashuv ko‘nikmasiga mos sinfga yoki boshqa umumta’lim maktabiga joylashtirish yuzasidan qaror qabul qiladi.
20. Ta’lim boshqa (jumladan, rus) tilda olib boriladigan umumta’lim maktablarida tanlagan tilda bolaning boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmasini baholash bo‘yicha savolnoma vazirlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi hamda umumta’lim maktablari tomonidan har yili 20-iyunga qadar umumta’lim maktabi binosining barcha uchun ko‘rinarli joyiga osib qo‘yiladi.
21. Qabul komissiyasi quyidagi holatlarda bolalarni umumta’lim maktabiga qabul qilishni rad etishi mumkin:
bolaning tibbiy ma’lumotnomasida umumta’lim maktablarida ta’lim olish tavsiya etilmagan bo‘lsa;
tanlagan tilda bola boshlang‘ich so‘zlashuv ko‘nikmasiga ega bo‘lmasa;
so‘rovnomada keltirilgan ma’lumotlar noto‘g‘riligi aniqlansa;
Boshqa holatlarda bolalarni umumta’lim maktablariga qabul qilishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
22. Qabul komissiyasi bir ish kunida bolalarni umumta’lim maktablariga qabul qilish yoki sababi aniq ko‘rsatilgan holda qabul qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
23. Umumta’lim maktablari bolalarni umumta’lim maktablariga qabul qilinganligi yoki sababi aniq ko‘rsatilgan holda qabul qilishni rad etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni YIDXP yoki MMTV portali orqali shu kunning o‘zida ariza beruvchiga yuboradi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
24. Ariza beruvchi farzandlari umumta’lim maktablariga qabul qilinganligi yoki qabul qilish rad etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni YIDXP yoki MMTV portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
25. Umumta’lim maktablari tomonidan murojaati rad etilgan ariza beruvchi avvalgi ariza raqamini ko‘rsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilishi mumkin.
3-bob. Mikrohududdan tashqaridan bolalarni 1-sinfga qo‘shimcha qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi
26. Umumta’lim maktablarining o‘quvchi o‘rni, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlanganligi, sinf xonalarining o‘quv mebellari bilan jihozlanganligidan kelib chiqib, umumta’lim maktablarining bo‘sh o‘rinlariga mikrohududdan tashqaridan qo‘shimcha bolalar qabul qilinishi mumkin.
O‘quvchi o‘rniga nisbatan ta’lim olayotgan o‘quvchilar soni ko‘p bo‘lgan umumta’lim maktablarida mikrohududdan tashqaridan qo‘shimcha bolalar qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
27. Mikrohududdan tashqaridan bolalar 1-sinfga har yili 1 — 31-avgust kunlari qabul qilinadi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
28. YIDXP yoki MMTV portali orqali ariza beruvchi o‘z xohishiga ko‘ra mazkur Reglamentning 27-bandida ko‘rsatilgan muddatlarda mikrohududdan tashqari bo‘sh o‘rinlari mavjud bo‘lgan umumta’lim maktablarini tanlagandan so‘ng so‘rovnoma avtomatik tarzda tanlagan mikrohududdan tashqari bo‘lgan umumta’lim maktablariga yuboriladi.
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Ariza beruvchi murojaat yuborilgan vaqtning o‘zida mikrohududdan tashqarida bo‘lgan umumta’lim maktabiga hujjatlarni topshirish bo‘yicha onlayn navbatga avtomatik qo‘yiladi.
29. Onlayn navbatda belgilangan muddatda ariza beruvchi o‘z farzandi bilan mikrohududdan tashqarida bo‘lgan umumta’lim maktabiga boradi.
30. Mikrohududdan tashqarida bo‘lgan umumta’lim maktabiga qabul mazkur Reglamentning 19 — 21-bandlarida nazarda tutilgan umumta’lim maktabida tuzilgan qabul komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
31. Qabul komissiyasi bir ish kunida bolani mikrohududdan tashqarida bo‘lgan umumta’lim maktabiga qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Mikrohududdan tashqarida bo‘lgan umumta’lim maktabi bolalar umumta’lim maktabiga qabul qilinganligi yoki qabul qilish rad etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni YIDXP yoki MMTV portali orqali shu kunning o‘zida ariza beruvchiga yuboradi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
32. Ariza beruvchi farzandlarining mikrohududdan tashqarida bo‘lgan umumta’lim maktabiga qabul qilinganligi yoki qabul qilish rad etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni YIDXP yoki MMTV portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
33. Mikrohududdan tashqarida bo‘lgan umumta’lim maktabi tomonidan murojaati rad etilgan ariza beruvchi avvalgi ariza raqamini ko‘rsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilishi mumkin.
34. Farzandi mikrohududdan tashqarida bo‘lgan umumta’lim maktabiga qabul qilingan ariza beruvchi uch ish kuni ichida bolaning sog‘ligi to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnomani mikrohudud bo‘yicha umumta’lim maktabidan olib, mikrohududdan tashqarida bo‘lgan umumta’lim maktabiga topshiradi.
35. Mikrohududdan tashqarida bo‘lgan umumta’lim maktabiga qabul qilish rad etilgan va onlayn navbati bo‘yicha mikrohududdan tashqarida bo‘lgan umumta’lim maktabiga o‘z vaqtida kelmagan ariza beruvchining farzandlari ta’lim olish uchun biriktirilgan mikrohudud doirasida umumta’lim maktabiga jalb etiladi.
4-bob. O‘quvchilarni bir umumta’lim maktab (sinf)dan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi
36. Ariza beruvchi o‘z xohishiga ko‘ra o‘quv yili davomida yoki o‘quv yili tugaganidan so‘ng farzandini bir umumta’lim maktabi (sinf)dan boshqasiga o‘tkazishi (keyingi o‘rinlarda — o‘qishini ko‘chirish) mumkin.
37. O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmati mazkur Reglamentga 3-ilovadagi sxemaga muvofiq ko‘rsatiladi.
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmati har yili 1-avgustdan 25-mayga qadar ko‘rsatiladi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 848-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son)
38. Ariza beruvchi farzandining o‘qishini ko‘chirish uchun YIDXP yoki MMTV portalida ro‘yxatdan o‘tadi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
39. Ariza beruvchi YIDXP yoki MMTV portali orqali Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron ravishda mustaqil to‘ldiradi.
(39-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Bunda ariza beruvchi bolalarning ota-onasi o‘rnini bosuvchi shaxslar bo‘lgan taqdirda, ularning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
40. So‘rovnomani quyidagi ketma-ketlikda to‘ldiriladi:
qarindoshlik darajasi belgilanadi;
ariza beruvchining shaxsiy ma’lumotlari va yashash manzili “Elektron hukumat” tizimi manzil-ma’lumotlar idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi;
ariza beruvchi tomonidan kiritilgan ma’lumotlar manzil-ma’lumotlar idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olingan yashash manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlardan farqli bo‘lsa, ariza beruvchi yashash manzilidagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga murojaat qilgan holda yashash manziliga aniqlik kiritadi;
(40-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
ariza beruvchi tomonidan manzil-ma’lumotlar idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olingan yashash manzili to‘g‘ri ekanligi yoki yashash manziliga aniqlik kiritilgandan so‘ng YIDXP yoki MMTV portali orqali yashash manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron ravishda mustaqil to‘ldiradi;
(40-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
ariza beruvchining farzandlari haqidagi ma’lumotlar to‘ldiriladi;
ta’lim tili tanlanadi;
o‘qish ko‘chiriladigan sinf tanlanadi;
o‘qish ko‘chiriladigan umumta’lim maktabi tanlanadi;
o‘qishni ko‘chirish sababi kiritiladi.
41. Ariza beruvchi so‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani tasdiqlaydi.
42. YIDXP yoki MMTV portali orqali ariza beruvchining so‘rovnomasi to‘ldirilib, tasdiqlangandan so‘ng barcha hujjatlar va to‘ldirilgan so‘rovnoma avtomatik tarzda umumta’lim maktabiga yuboriladi va bu haqida ariza beruvchiga xabar yuboriladi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
43. Umumta’lim maktabi so‘rovnomani uch ish kunida ko‘rib chiqadi.
44. So‘rovnomani ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra umumta’lim maktabi o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berish yoki sababi aniq ko‘rsatilgan holda o‘qishni ko‘chirishni rad etish to‘g‘risida qaror chiqaradi va YIDXP yoki MMTV portali orqali ariza beruvchiga ma’lumot yuboradi.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
45. Quyidagi hollarda o‘qishni ko‘chirish rad etilishi mumkin:
umumta’lim maktabida (qabul qilinadigan sinfda) bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lmagan taqdirda;
so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilganda.
Boshqa holatlarda o‘qishni ko‘chirish rad etilishi mumkin emas.
46. Ariza beruvchi farzandlarining umumta’lim maktabiga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berish yoki sababi aniq ko‘rsatilgan holda o‘qishni ko‘chirishni rad etish to‘g‘risidagi ma’lumotni YIDXP yoki MMTV portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
47. Ariza beruvchi uch kun muddatda farzandi o‘qiyotgan umumta’lim maktabidan tegishli hujjatlarni (bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnoma va o‘quvchining baholar (o‘zlashtirish) tabeli asl nusxasini) olib, o‘qishi ko‘chiriladigan umumta’lim maktabiga taqdim etadi.
48. Umumta’lim maktabi tomonidan murojaati rad etilgan ariza beruvchi avvalgi ariza raqamini ko‘rsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilishi mumkin.
49. Quyidagi hollarda tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari tomonidan o‘qishi ko‘chirilgan o‘quvchilar MMTV portaliga kiritiladi:
(49-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasi mavjud bo‘lmagan, internet tarmog‘i yetib bormagan olis va chekka hududlardagi bir umumta’lim maktabi (sinf)dan boshqasiga o‘tkazilgan bo‘lsa;
umumta’lim maktabidan boshqa vazirlik, idoralar tasarrufidagi umumta’lim muassasasi yoki nodavlat ta’lim tashkilotiga o‘tkazilgan bo‘lsa;
boshqa vazirlik, idoralar tasarrufidagi umumta’lim muassasasi va nodavlat ta’lim tashkilotidan umumta’lim maktabiga o‘tkazilgan bo‘lsa.
50. O‘qishni davom ettirish uchun tanlangan umumta’lim maktabiga o‘tkazilgan o‘quvchi o‘n kun ichida sababsiz yoki umumta’lim maktabi rahbariyati va sinf rahbarini xabardor qilmasdan dars mashg‘ulotlariga kelmasa, umumta’lim maktabi direktori bu haqda ota-onalarni, o‘quvchining yashash joyidagi mahalla fuqarolari yig‘inini, bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasini hamda o‘quvchi ilgari ta’lim olgan umumta’lim maktabi direktorini yozma ravishda ogohlantiradi va bir vaqtning o‘zida o‘quvchining darslarga kelmaganligi sabablarini aniqlash va uni dars mashg‘ulotlariga jalb etish choralarini ko‘radi.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/434/0679-son)
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
51. Hududlarda yangi uy-joylarning qurilishi yoki ma’muriy hududiy chegaralarning o‘zgarishi sababli tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan umumta’lim maktablariga biriktirilgan mikrohududlar qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
52. Umumta’lim maktablariga belgilangan qabul rejasi doirasida o‘quvchilar qabul qilingandan so‘ng arizalar qabul qilish avtomatik tarzda to‘xtatiladi.
53. YIDXP yoki MMTV portali orqali ariza beruvchining farzandlarini umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilish hamda o‘quvchilarni bir umumta’lim maktabi (sinf)dan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish bilan bog‘liq murojaatlar hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
54. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan ariza beruvchi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
55. Ushbu Reglamentni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
56. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish hamda o‘quvchilarni bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 1-ILOVA
Bolalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-sinfiga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
Mikrohudud bo‘yicha umumta’lim maktablariga qabul qilish
1-bosqich
Ariza beruvchi
Umumta’lim maktablariga qabul qilish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron xizmatlar portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP yoki MMTV portali) ro‘yxatdan o‘tadi, so‘rovnomani to‘ldiradi va tasdiqlaydi.
Har yili 20-iyundan 31-iyulgacha
2-bosqich
YIDXP yoki MMTV portali
So‘rovnomani hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga yuboradi
Avtomatik tarzda
3-bosqich
Hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi
So‘rovnomani ko‘rib chiqadi va mikrohudud bo‘yicha umumta’lim maktablariga yuboradi yoki sababi ko‘rsatilgan holda qaytaradi.
3 ish kunida
4-bosqich
Ariza beruvchi
1. Mikrohudud bo‘yicha umumta’lim maktablariga farzandi bilan onlayn navbat bo‘yicha murojaat qiladi.
2. Murojaati qaytarilgan ariza beruvchi avvalgi ariza raqamini ko‘rsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qiladi.
Onlayn navbat bo‘yicha
5-bosqich
Umumta’lim maktabi
1. Qabul komissiyasi tomonidan bolalarni umumta’lim maktablariga qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
2. Bolalarning umumta’lim maktablariga qabul qilingani yoki qabul qilishni rad etilgani to‘g‘risidagi ma’lumotni YIDXP yoki MMTV portali orqali ariza beruvchiga yuboradi.
1 ish kunida
6-bosqich
Ariza beruvchi
1. Farzandlari umumta’lim maktablariga qabul qilingani yoki qabul qilish rad etilgani to‘g‘risidagi ma’lumotni YIDXP yoki MMTV portali orqali avtomatik tarzda yuklab oladi.
2. Murojaati rad etilganda, avvalgi ariza raqamini ko‘rsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qiladi.
Avtomatik tarzda
Mikrohududdan tashqaridan umumta’lim maktabiga qabul qilish
7-bosqich
Ariza beruvchi
O‘z xohishiga ko‘ra bo‘sh o‘rinlari mavjud bo‘lgan mikrohududdan tashqaridagi umumta’lim maktablarini tanlaydi.
Har yili 1 — 31 avgust kunlari
8-bosqich
YADXP yoki MMTV portali
Qo‘shimcha bo‘sh o‘rinlar doirasida ariza beruvchini o‘z xohishiga ko‘ra tanlagan mikrohududdan tashqaridagi umumta’lim maktablariga avtomatik ravishda yuboradi.
Avtomatik tarzda
9-bosqich
Ariza beruvchi
Mikrohududdan tashqaridagi umumta’lim maktablariga bolasi bilan onlayn navbati bo‘yicha murojaat qiladi.
Onlayn navbat bo‘yicha
10-bosqich
Umumta’lim maktabi
1. Qabul komissiyasi tomonidan bolalarni mikrohududdan tashqaridagi umumta’lim maktablariga qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
2. Bolalar mikrohududdan tashqaridagi umumta’lim maktablariga qabul qilingani yoki qabul qilishni rad etilgani to‘g‘risidagi ma’lumotni YIDXP yoki MMTV portali orqali ariza beruvchiga yuboradi.
1 ish kunida
11-bosqich
Ariza beruvchi
Farzandi mikrohududdan tashqaridagi umumta’lim maktabiga qabul qilingani yoki qabul qilish rad etilgani to‘g‘risidagi ma’lumotni YIDXP yoki MMTV portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
Avtomatik tarzda
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish hamda o‘quvchilarni bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 2-ILOVA
Bolalarni umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-sinfiga qabul qilish bo‘yicha
SO‘ROVNOMA
I. Ariza beruvchi to‘g‘risida ma’lumot:
1. Qarindoshlik darajasi (ota, ona, ularning o‘rnini bosuvchi shaxs)
2. Familiyasi
3. Ismi
4. Otasining ismi
5. Pasport (ID karta) ma’lumotlari (seriyasi, raqami)
6. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
7. Yashash manzili (Manzil-ma’lumotlar idoralararo integratsiyalashuv platformasidan)
8. Yashash manzili (kiritish orqali)
9. Telefon raqami
II. Ariza beruvchining farzandlari to‘g‘risida ma’lumot:
1. Familiyasi
2. Ismi
3. Otasining ismi
4. Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma (ID karta, pasport) ma’lumotlari (seriyasi, raqami)
5. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
6. Tug‘ilgan sanasi
7. Ta’lim tili
III. Mikrohudud bo‘yicha umumta’lim maktablari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (avtomatik ravishda):
1. Hudud nomi
2. Tuman (shahar) nomi
3. Umumta’lim maktabi (raqami) nomi
IV. Mikrohududdan tashqari umumta’lim maktablari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (tanlash orqali):
1. Hudud nomi
2. Tuman (shahar) nomi
3. Umumta’lim maktabi (raqami) nomi
V. Ilova qilinadigan hujjat
1. Ariza beruvchi o‘quvchining ota-onasi o‘rnini bosuvchi shaxslar bo‘lgan taqdirda ularning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat
Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish hamda o‘quvchilarni bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 3-ILOVA
O‘quvchilarni bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Farzandining o‘qishini ko‘chirishga ariza berish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoki Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron xizmatlar portalida (keyingi o‘rinlarda — MMTV portali) ro‘yxatdan o‘tadi, so‘rovnomani to‘ldiradi va tasdiqlaydi.
Har yili 1-avgustdan 25-mayga qadar
2-bosqich
YIDXP yoki MMTV portali
So‘rovnomani umumta’lim maktabiga yuboradi.
Avtomatik tarzda
3-bosqich
Umumta’lim maktabi
1. So‘rovnomani ko‘rib chiqadi va ariza beruvchining farzandi o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berish yoki sababi aniq ko‘rsatilgan holda o‘qishni ko‘chirishni rad etish to‘g‘risida qaror chiqaradi.
2. YIDXP yoki MMTV portali orqali ariza beruvchiga ma’lumot yuboradi.
3 ish kunida
4-bosqich
Ariza beruvchi
1. Farzandining umumta’lim maktablariga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berish yoki sababi aniq ko‘rsatilgan holda o‘qishni ko‘chirishni rad etish to‘g‘risidagi ma’lumotni YIDXP yoki MMTV portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
2. Farzandining o‘qiyotgan umumta’lim maktabidan tegishli hujjatlarini olib, o‘qishi ko‘chiriladigan umumta’lim maktabiga taqdim etadi.
3 ish kunida
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish hamda o‘quvchilarni bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 4-ILOVA
O‘quvchilarni bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish bo‘yicha
SO‘ROVNOMA
I. Ariza beruvchi to‘g‘risida ma’lumot:
1. Qarindoshlik darajasi (ota, ona, ularning o‘rnini bosuvchi shaxs)
2. Familiyasi
3. Ismi
4. Otasining ismi
5. Pasport (ID karta) ma’lumotlari (seriyasi, raqami)
6. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
7. Yashash manzili (Manzil-ma’lumotlar idoralararo integratsiyalashuv platformasidan)
8. Yashash manzili (kiritish orqali)
9. Telefon raqami
II. Ariza beruvchining farzandlari to‘g‘risida ma’lumot:
1. Familiyasi
2. Ismi
3. Otasining ismi
4. Tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma (ID karta, pasport) ma’lumotlari (seriyasi, raqami)
5. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
6. Tug‘ilgan sanasi
7. Ta’lim tili
8. O‘qish ko‘chiriladigan sinf
III. O‘qishi ko‘chiriladigan umumta’lim maktabi to‘g‘risidagi ma’lumotlar
1. Hudud nomi
2. Tuman (shahar) nomi
3. Umumta’lim maktabi (raqami) nomi
4. O‘qishini ko‘chirish sababi
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qaroriga 2-ILOVA
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda ta’lim olgan farzandlarini davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning
MA’MURIY REGLAMENTI
(2-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
1. Mazkur Reglament chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan (chet elda yashovchi) shaxslardan hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoki O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — MMTV portali) yoxud Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda — DXM) orqali farzandini davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish uchun arizalar olish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga davlat xizmati DXM yoki YIDXP yoxud MMTV portali orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari) tomonidan;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga davlat xizmati DXM yoki YIDXP yoxud MMTV portali orqali umumiy o‘rta ta’lim muassasalari tomonidan ko‘rsatiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
3. DXM, YIDXP, MMTV portali va hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘rtasidagi axborot almashinuvi faqat idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
31. Davlat xizmati har yili 1-avgustdan 25-mayga qadar ko‘rsatiladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
4. Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun ariza beruvchidan yig‘im undirilmaydi.
5. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga davlat xizmati 5-ilovadagi sxemaga muvofiq ko‘rsatiladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
6. Davlat xizmati O‘zbekiston Respublikasi hududida yashab turgan, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmagan va o‘zining xorijiy davlat fuqaroligiga mansubligiga doir dalilga ega bo‘lmagan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
2-bob. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi
(2-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
7. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun ushbu Reglamentning 31-bandida ko‘rsatilgan muddatda DXMga shaxsan kelib murojaat etadi yoki YIDXP yoxud MMTV portalida ro‘yxatdan o‘tadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
8. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, DXM xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP yoki MMTV portali orqali murojaat etgan taqdirda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda so‘rovnomani ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shaklda to‘ldiradi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
9. Ariza beruvchi so‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani tasdiqlaydi.
10. So‘rovnoma ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng DXM yoki YIDXP yoxud MMTV portali orqali avtomatik tarzda hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalariga yuboriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
11. Hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari huzurida Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 5 kishidan iborat quyidagi tarkibdagi Maxsus komissiya (keyingi o‘rinlarda — maxsus komissiya) tuziladi:
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari — maxsus komissiya raisi;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
bosh yuristkonsult, pedagogik-psixologik tashxis faoliyatini tashkil etish shu’basi mudiri va xorijiy tillar bo‘yicha metodist — maxsus komissiya a’zolari;
umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish shu’basi boshlig‘i — maxsus komissiya kotibi.
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
12. Maxsus komissiya o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
13. Maxsus komissiya qarori maxsus komissiya yig‘ilishining bayoni bilan rasmiylashtiriladi.
14. Maxsus komissiyaning yig‘ilishlari ariza beruvchi tomonidan murojaatlar bo‘lganda o‘tkaziladi. Maxsus komissiya raisining tashabbusi bilan yoki zaruratga ko‘ra navbatdan tashqari yig‘ilishlar ham tashkil etilishi mumkin.
15. Maxsus komissiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:
ariza beruvchining so‘rovnomasi hamda hujjatlarini yetti kun muddatda ko‘rib chiqish;
tegishli davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilishga yo‘llanma berish yoki yo‘llanma berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
16. Maxsus komissiya hujjatlarni o‘rganish jarayonida ularga aniqlik kiritish maqsadida hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi nomidan tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga so‘rov xatlari yuborish huquqiga ega.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
17. Ariza beruvchi tomonidan quyidagi hujjatlar ilova qilinmagan taqdirda, davlat xizmatini ko‘rsatish rad etiladi:
o‘rganilgan fanlar va ular bo‘yicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) ko‘rsatilgan ma’lumot haqida hujjat (1-sinfga qabul qilinayotgan bolalar bundan mustasno);
o‘rganilgan fanlar va ular bo‘yicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) ko‘rsatilgan hujjatning O‘zbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjimasi (1-sinfga qabul qilinayotgan bolalar bundan mustasno);
sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy xulosa;
So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
18. Ariza beruvchi maxsus komissiya qaroriga asosan farzandini tegishli davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga qabul qilish bo‘yicha mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi yo‘llanmani yoki yo‘llanma berishni rad etish to‘g‘risidagi ma’lumotni YIDXP yoki MMTV portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
Davlat xizmatlari markazi ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga ma’lumotnomani ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda berishi shart.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
19. Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori ariza beruvchi bilan mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shaklda shartnoma imzolaydi.
21-bob. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda ta’lim olgan farzandlarini davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi
191. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun ushbu Reglamentning 31-bandida ko‘rsatilgan muddatda DXMga shaxsan kelib murojaat etadi yoki YIDXP yoxud MMTV portalida ro‘yxatdan o‘tadi.
192. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, DXM xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP yoki MMTV portali orqali murojaat etgan taqdirda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 6-ilovaga muvofiq shaklda so‘rovnomani to‘ldiradi.
193. Ariza beruvchi tomonidan quyidagi hujjatlar skaner qilinib, “pdf” formatida saqlangan nusxasi ilova qilinadi.
O‘quvchining chet elda ta’lim olganini tasdiqlovchi hujjat (davlat nomi, o‘qigan maktabi nomi, o‘qigan yillari, o‘qigan sinflari, o‘rganilgan fanlar va imtihonlarda olingan baholar (ballar) ko‘rsatilgan ma’lumot) va uning davlat tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi;
10-11-sinflarga qabul qilinadigan o‘quvchilar uchun xorijiy davlatda tayanch o‘rta ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatning O‘zbekiston Respublikasida tan olingani to‘g‘risida ma’lumotnoma;
o‘quvchining chet elda ta’lim olganini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmagan taqdirda, Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasining o‘quvchini majburiy ta’limga jalb qilish bo‘yicha qaroridan ko‘chirma.
194. Ariza beruvchi so‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani tasdiqlaydi.
195. So‘rovnoma ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng DXM yoki YIDXP yoxud MMTV portali orqali avtomatik tarzda umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga yuboriladi.
196. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi so‘rovnomani uch ish kunida ko‘rib chiqadi.
197. So‘rovnomani ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra umumiy o‘rta ta’lim muassasasi o‘quvchini qabul qilish yoki sababi aniq ko‘rsatilgan holda qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ma’lumotni DXM yoki YIDXP yoxud MMTV portali orqali ariza beruvchiga yuboradi.
198. Quyidagi hollarda bolani umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga qabul qilish rad etilishi mumkin:
so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilganda;
193-bandda ko‘rsatilgan hujjatlar ilova qilinmaganda;
umumiy o‘rta ta’lim muassasasida (qabul qilinadigan sinfda) bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lmagan taqdirda.
Boshqa holatlarda o‘quvchini umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga qabul qilish rad etilishi mumkin emas.
199. Ariza beruvchi farzandlarining umumiy o‘rta ta’lim muassasasi qabul qilish yoki sababi ko‘rsatilgan qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ma’lumotni YIDXP yoki MMTV portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
Davlat xizmatlari markazi ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga ma’lumotnomani ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda berishi shart.
1910. Ariza beruvchi uch ish kunida 193-bandda ko‘rsatilgan hujjatlarning va o‘quvchining sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnomaning aslini farzandi qabul qilingan umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga taqdim etadi.
1911. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi tomonidan murojaati rad etilgan ariza beruvchi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilishi mumkin.
1912. Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi o‘quvchining chet elda o‘qigan ta’lim dasturi maktabning o‘quv dasturlariga mos kelish-kelmasligini aniqlaydi hamda fanlar bo‘yicha aniqlangan farqlarni joriy yoki navbatdagi o‘quv yilida bartaraf etish choralarini ko‘radi.
(21-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
20. Ariza beruvchi mazkur davlat xizmatini ko‘rsatishga mas’ul bo‘lgan tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
21. Ushbu Reglamentni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llanadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
22. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish uchun arizalar olish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 1-ILOVA
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda — DXM)ga shaxsan kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoxud O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — MMTV portali)da ro‘yxatdan o‘tadi, so‘rovnomani to‘ldiradi va tasdiqlaydi.
Har yili 1-avgustdan 25-mayga qadar
2-bosqich
DXM, YIDXP, MMTV portali
So‘rovnomani hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalariga yuboradi.
Avtomatik tarzda
3-bosqich
Hududiy maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari
1. Ariza beruvchining so‘rovnoma bo‘yicha hujjatlarini ko‘rib chiqadi.
2. Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
So‘rovnoma tasdiqlangandan so‘ng 7 kun ichida
4-bosqich
Ariza beruvchi, DXM
Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha yo‘llanma berilgani yoki yo‘llanma berishni rad etilgani to‘g‘risidagi ma’lumotni YIDXP yoki MMTV portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
DXMga ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuborish va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
DXMga ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga ma’lumotnomani ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda beradi.
Qaror qabul qilingandan keyin
(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish uchun arizalar olish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 2-ILOVA
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish uchun arizalar olish bo‘yicha
1. O‘rganilgan fanlar va ular bo‘yicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) ko‘rsatilgan ma’lumot haqidagi hujjatni skaner qilinib, rdf formatida saqlangan nusxasi
2. O‘rganilgan fanlar va ular bo‘yicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) ko‘rsatilgan ma’lumot haqidagi hujjatning O‘zbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjima qilib tasdiqlangan hamda skaner qilinib, rdf formatida saqlangan nusxasi
3. O‘quvchining sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy xulosa skaner qilinib, rdf formatida saqlangan nusxasi
4. Ariza beruvchi bolaning ota-onasi o‘rnini bosuvchi shaxslar bo‘lgan taqdirda, ularning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish uchun arizalar olish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 3-ILOVA
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha yo‘llanma namunasi
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish uchun arizalar olish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 4-ILOVA
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini O‘zbekiston Respublikasi davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish bo‘yicha
NAMUNAVIY SHARTNOMA
____________________.
20___ y. “____” _______
___________ viloyati ___________ tumani(shahar) _____-sonli davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasi (keyingi o‘rinlarda — Maktab) nomidan maktab Ustavi asosida faoliyat yuritayotgan muassasa direktori _________ ____________________ bir tomondan, O‘zbekiston Respublikasi davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilinayotgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs (keyingi o‘rinlarda — o‘quvchi) nomidan uning ota-onasi (yoki uning qonuniy vakili) ____________________________ ikkinchi tomondan, yakka tartibda “Tomon” deb ataladi, ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzishdi:
I. Shartnoma predmeti
Maktab va ota-ona hamkorlikda o‘quvchining yoshiga va oldin egallagan bilimiga mutanosib ravishda uni umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari doirasida o‘qitishni o‘z zimmasiga oladi.
II. Tomonlarning huquq va majburiyatlari
2.1. Maktabning huquq va majburiyatlari: 2.1.1. O‘quvchining yoshiga va oldin egallagan bilimiga mutanosib ravishda umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari doirasida o‘qitishni ta’minlash, ularda bilim olish talabini rivojlantirish. 2.1.2. O‘quvchida birlamchi mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish, uni mustaqil ijodiy fikrlashga o‘rgatish, atrof olamga hamda kasb tanlashga ongli ravishda yondashishni tarbiyalash. 2.2.2. O‘quvchini maktab Ustavi, maktabning ichki tartib qoidalari, o‘quv rejasi va dasturlari bilan yozma ravishda tanishtirish. 2.2. Ota-ona va o‘quvchining huquq va majburiyatlari: 2.2.1. O‘qishga kirish uchun maktabga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: ota-onasining uni maktabga qabul qilish to‘g‘risidagi arizasi; o‘qitilgan fanlar va ular bo‘yicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) ko‘rsatilgan ma’lumoti haqidagi hujjatlarning asl nusxalari; sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy xulosa. 2.2.2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlar talablariga rioya qilish, o‘zbek xalqining milliy urf-odatlari hamda an’analarini hurmat qilish, respublikada o‘rnatilgan xorijiy fuqarolarning yashashi hamda harakat qilishi qoidalarini bajarish. 2.2.3. Maktabda o‘rnatilgan ichki tartib-qoidalarga rioya qilish, o‘quv rejasi va dasturida ko‘zda tutilgan barcha turdagi o‘quv topshiriqlarini bajarish, o‘z vaqtida imtihon va sinovlarni topshirish. 2.2.4. Maktab ma’muriyati topshiriqlari hamda buyruqlarini bajarish. 2.2.5. Maktab mulkiga zarar keltirilganda, ularni qoplash. 2.2.6. O‘quvchining yashash manzili va vaqtincha yashash muddati o‘zgarganda, maktab rahbariyatiga ma’lum qilish.
III. Tomonlarning javobgarliklari
3.1. Maktab quyidagi sabablar asosida o‘quvchini o‘quvchilar safidan chiqarishi mumkin: O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini buzganligi uchun; Maktab ustavi va ichki tartib qoidalarga rioya qilmaganligi uchun; O‘quvchining yashash manzili o‘zgarganligi sababli yoki boshqa sabablarga ko‘ra boshqa maktabga ko‘chirilganligi uchun. 3.2. Tomonlar orasida kelishilmovchiliklar yuzaga kelganda, ular o‘zaro hurmat asosida muzokara yo‘li bilan, buning imkoni bo‘lmaganda qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.
IV. Yakunlovchi qoidalar
4.1. Ushbu shartnoma tomonlar imzolagan vaqtdan kuchga kiradi. 4.2. Ushbu shartnomaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish tomonlarning vakillari tomonidan yozma ravishda amalga oshirilib, imzolangandan keyingina haqiqiy hisoblanadi. 4.3. Ushbu shartnoma o‘zbek tilida uch nusxada imzolandi.
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish uchun arizalar olish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda ta’lim olgan farzandlarini davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda — DXM)ga shaxsan kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoxud O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — MMTV portali)da ro‘yxatdan o‘tadi, so‘rovnomani to‘ldiradi va tasdiqlaydi.
Har yili 1-avgustdan 25-mayga qadar
2-bosqich
DXM, YIDXP, MMTV portali
So‘rovnomani davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga yuboradi.
Avtomatik tarzda
3-bosqich
Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari
1. Ariza beruvchining so‘rovnoma bo‘yicha hujjatlarini ko‘rib chiqadi.
2. O‘quvchini qabul qilish yoki sababi aniq ko‘rsatilgan holda qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ma’lumotni DXM yoki YIDXP yoxud MMTV portali orqali ariza beruvchiga yuboradi.
So‘rovnoma tasdiqlangandan so‘ng 3 ish kunida
4-bosqich
Ariza beruvchi, DXM
Farzandlarining umumiy o‘rta ta’lim muassasasiga qabul qilish yoki sababi ko‘rsatilgan qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ma’lumotni YIDXP yoki MMTV portali orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
DXM ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuborish va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
DXM ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga ma’lumotnomani ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda beradi.
Avtomatik tarzda
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish uchun arizalar olish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda ta’lim olgan farzandlarini umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish uchun arizalar olish bo‘yicha
SO‘ROVNOMA
I. Ariza beruvchi to‘g‘risida ma’lumot:
1. Familiyasi:
2. Ismi:
3. Otasining ismi:
4. Fuqaroligi:
5. Yashash uchun ro‘yxatdan o‘tgan manzili:
6. Telefon raqami:
II. Ariza beruvchining farzandi to‘g‘risida ma’lumot:
1. Familiyasi:
2. Ismi:
3. Otasining ismi:
4. Shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari (seriyasi, raqami va JSHSHIR):
5. Tug‘ilgan sanasi (yil, kun, oy):
6. Qabul qilinadigan sinfi:
III. Ilova qilinadigan hujjatlar:
1. O‘quvchining chet elda ta’lim olganini tasdiqlovchi hujjat (davlat nomi, o‘qigan maktabi nomi, o‘qigan yillari, o‘qigan sinflari, o‘rganilgan fanlar va imtihonlarda olingan baholar (ballar) ko‘rsatilgan ma’lumot)ning skaner qilinib, “pdf” formatida saqlangan nusxasi.
2. O‘quvchining chet elda ta’lim olganini tasdiqlovchi hujjat (davlat nomi, o‘qigan maktabi nomi, o‘qigan yillari, o‘qigan sinflari, o‘rganilgan fanlar va imtihonlarda olingan baholar (ballar) ko‘rsatilgan ma’lumot)ning O‘zbekiston Respublikasi davlat tiliga tarjima qilinib, tasdiqlangan hamda skaner qilinib, “pdf” formatida saqlangan nusxasi.
3. 10 -11-sinflarga qabul qilinadigan o‘quvchilar uchun xorijiy davlatda tayanch o‘rta ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatning O‘zbekiston Respublikasida tan olingani to‘g‘risida ma’lumotnomaning skaner qilinib, “pdf” formatida saqlangan nusxasi.
4. O‘quvchining chet elda ta’lim olganini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmagan taqdirda, Bolalar masalasi bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasining o‘quvchini majburiy ta’limga jalb qilish bo‘yicha qaroridan ko‘chirmaning skaner qilinib, “pdf” formatida saqlangan nusxasi.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qaroriga 3-ILOVA
Eksternat tartibida imtihonlar olish uchun arizalar qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning
1. Mazkur Reglament jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoki Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda — DXM) orqali eksternat tartibida imtihonlar olish uchun ariza qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
2. Ushbu reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
davlat xizmati — ariza beruvchiga YIDXP yoki DXM orqali eksternat tartibida imtihonlar olish uchun ariza qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
ekstern — umumiy o‘rta ta’lim hajmidagi o‘quv dasturlarini umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti doirasida mustaqil o‘zlashtirgan hamda yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkaziladigan shaxs;
eksternat — umumiy o‘rta ta’lim hajmidagi o‘quv dasturlarini umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti doirasida mustaqil o‘zlashtirish jarayoni;
eksternat maktab — eksternlarni yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari boshlig‘ining buyrug‘i bilan belgilangan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
eksternat tartibidagi imtihonlar — umumiy o‘rta ta’lim hajmidagi o‘quv dasturlarini umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti doirasida mustaqil o‘zlashtirgan eksternlarni yakuniy davlat attestatsiyadan o‘tkazish jarayoni.
3. Davlat xizmati YIDXP yoki DXM orqali eksternat maktablar tomonidan ko‘rsatiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
4. YIDXP, DXM va eksternat maktablar o‘rtasidagi axborot almashinuvi faqat idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
5. Eksternat tartibida imtihonlarda quyidagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar qatnashishi mumkin:
umumiy o‘rta ta’lim hajmidagi o‘quv dasturlarini umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti asosida 9-sinf doirasida mustaqil o‘zlashtirgan, tayanch o‘rta ta’lim olmagan, tegishli yilda 17 yoshga to‘ladigan va undan katta yoshdagi majburiy umumiy o‘rta ta’limga jalb qilinmagan fuqarolar;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
umumiy o‘rta ta’lim hajmidagi o‘quv dasturlarini umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti asosida 11-sinf doirasida mustaqil o‘zlashtirgan, umumiy o‘rta ta’lim olmagan, tegishli yilda 19 yoshga to‘ladigan va undan katta yoshdagi majburiy umumiy o‘rta ta’limga jalb qilinmagan fuqarolar.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
51. Eksternlar bir vaqtning o‘zida 9-sinf va 11-sinf doirasida eksternat tartibida imtihonlardan o‘tkazilmaydi.
Eksternlar bir vaqtning o‘zida faqat bitta o‘z xohishiga ko‘ra tanlagan eksternat maktabga jalb etiladi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
6. Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun ariza beruvchidan yig‘im undirilmaydi.
7. Davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq ko‘rsatiladi.
8. Eksternat tartibida imtihon oladigan eksternat maktablar ro‘yxati har yili 1-fevralga qadar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — vazirlik) tomonidan tasdiqlanadi va o‘zining rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
9. Ariza beruvchiga davlat xizmatlari har yili 1-fevraldan 1-aprelgacha (shu kuni ham) ko‘rsatiladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
10. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun ushbu Reglamentning 9-bandida ko‘rsatilgan muddatda DXMga shaxsan kelib murojaat etadi yoki YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
11. Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, DXM xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda so‘rovnomani ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shaklda to‘ldiradi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
12. Ariza beruvchi so‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani tasdiqlaydi.
13. Ariza beruvchi so‘rovnomani tasdiqlagandan so‘ng so‘rovnoma YIDXP yoki DXM orqali avtomatik tarzda eksternat maktablarga yuboriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
131. Ariza beruvchi tomonidan o‘z xohishiga ko‘ra DXM yoki YIDXP orqali davlat xizmatidan foydalanishning har qanday bosqichida 1-fevraldan 1-aprelgacha bekor qilinishi mumkin.
(131-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
14. Eksternat maktablar tomonidan ariza beruvchining so‘rovnomasi hamda ilova qilingan hujjatlari ikki kun muddatda ko‘rib chiqiladi.
So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi davlat xizmati ko‘rsatishni rad etishga asos hisoblanadi.
15. Eksternat maktablar tomonidan ariza beruvchining hujjatlari ko‘rib chiqilgandan so‘ng ariza beruvchi yakuniy davlat attestatsiyasiga qo‘yish yoki qo‘yish rad etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni YIDXP orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
DXM ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
DXM ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga ma’lumotnomani ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda berishi shart.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
151. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 343-son qaroriga muvofiq eksternat maktablari tomonidan eksternning xohishiga ko‘ra tegishli o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishi uchun aprel — may oylarida pulli ta’lim xizmatlari ko‘rsatilishi mumkin.
Bunda eksternat maktablari tomonidan eksternlarga tegishli o‘quv dasturlari bo‘yicha uslubiy maslahat ko‘rsatiladi.
Eksternlar tegishli o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishi uchun eksternat maktablaridagi kutubxona, sport zali, informatika fani xonasi va maxsus fan xonalaridan dars jarayonlariga xalaqit bermagan holda foydalanishi mumkin.
Eksternat maktablari eksternlarga elektron ta’lim portallaridagi mavjud resurslardan foydalanishiga ko‘maklashadi.
(151-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
16. Eksternat tartibida imtihon o‘tkazish joyi, sanasi va boshqa shartlari imtihon o‘tkazilishidan 10 kun oldin eksternat maktab binosining barcha uchun ko‘rinarli joyiga osib qo‘yiladi hamda vazirlikning rasmiy veb-saytida hamda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
17. Eksternat tartibidagi imtihon eksternat maktablarida har yili 15-iyunga qadar o‘tkaziladi.
18. Eksternlar yakuniy davlat attestatsiyasidan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasiga muvofiq o‘tkaziladi.
19. Eksternlar qonunchilik hujjatlarida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun belgilangan huquqlarga ega bo‘ladi, yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod bo‘lish huquqi bundan mustasno.
20. Ekstern 9, 11-sinflardagi baholar (o‘zlashtirish) tabeliga asosan yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazilmaydigan fanlardan ijobiy baholangan bo‘lsa, ushbu fanlardan imtihondan ozod etiladi.
21. Eksternning 9, 11-sinflardagi baholar (o‘zlashtirish) tabeli bo‘lmasa, mazkur sinflarda o‘qitiladigan fanlardan imtihon topshiradi, “Chizmachilik”, “Tasviriy san’at”, “Musiqa”, “Texnologiya”, “Jismoniy tarbiya”, “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fanlari bundan mustasno.
22. Uzrsiz sabablarga ko‘ra yakuniy davlat attestatsiyasiga kelmagan eksternlar joriy o‘quv yilida ushbu fandan qayta yakuniy davlat attestatsiyasiga qo‘yilmaydi.
23. Uzrli sabablarga ko‘ra (yakuniy davlat attestatsiyasi davrida kasal bo‘lganda, ko‘rik-tanlov va musobaqalarda ishtirok etish davriga to‘g‘ri kelganda, yaqin qarindoshi vafot etganda) yakuniy davlat attestatsiyasida qatnasha olmagan eksternlar uzrli sababni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni taqdim etgan taqdirda oxirgi yakuniy davlat attestatsiyasidan keyin ikki hafta o‘tgach qayta yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkaziladi.
24. Eksternat maktab yakuniy davlat attestatsiyasi natijalarini yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazilgandan so‘ng 2 kun ichida e’lon qiladi.
25. Ariza beruvchi eksternat tartibidagi imtihon natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotni YIDXP orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
DXM ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
DXM ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga ma’lumotnomani ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda berishi shart.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
26. Ariza beruvchi mazkur davlat xizmatini amalga oshirishda mas’ul bo‘lgan tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
27. Ushbu Reglamentni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
28. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Eksternat tartibida imtihonlar olish uchun arizalar qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 1-ILOVA
Eksternat tartibida imtihonlar olish uchun arizalar qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Eksternat tartibida imtihonga ariza berish uchun Davlat xizmatlari markazi (keyingi o‘rinlarda — DXM)ga shaxsan kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) ro‘yxatdan o‘tadi, so‘rovnomani to‘ldiradi va tasdiqlaydi.
Har yili 1-fevraldan 1-aprelgacha
(shu kuni ham)
2-bosqich
DXM yoki YIDXP
So‘rovnomani eksternat maktablarga yuboradi
Avtomatik tarzda
3-bosqich
Eksternat maktab
1. Ariza beruvchining so‘rovnoma bo‘yicha hujjatlarini ko‘rib chiqadi.
2. Arizaga beruvchiga yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat berish yoki ruxsat berish rad etilgani to‘g‘risidagi ma’lumotni beradi.
2 kun muddatda
4-bosqich
Ariza beruvchi, DXM
1. Yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat berish yoki ruxsat berish rad etilgani to‘g‘risidagi ma’lumotni YIDXP orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
DXM ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuborish va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
DXM ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga ma’lumotnomani ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda beradi.
Avtomatik tarzda
2. Yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat berilgan ariza beruvchi eksternat tartibidagi yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etadi.
Har yili 15-iyunga qadar
5-bosqich
Eksternat maktab
Eksternat tartibidagi yakuniy davlat attestatsiyasi natijalarini e’lon qiladi.
Imtihon o‘tkazilgandan so‘ng 2 kunda
6-bosqich
Ariza beruvchi, DXM
Eksternat tartibidagi yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotni YIDXP orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
DXM ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuborish va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
DXM ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga ma’lumotnomani ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda beradi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari e’lon qilingandan so‘ng avtomatik tarzda
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
4. Pasport (ID karta) ma’lumotlari (seriyasi, raqami):
5. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):
6. Tug‘ilgan sanasi (yil, kun, oy):
7. Yashash manzili:
8. Telefon raqami:
9. O‘qigan ta’lim muassasasi (tuman, shahar va maktab raqami yoki nomini ko‘rsatgan holda)*:
10. Tugatgan sinfi:
11. Tugatgan yili:
12. Ta’lim tili:
13. O‘qigan chet tili:
14. Eksternatga ariza berish sinfi (9 yoki 11-sinf):
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qaroriga 4-ILOVA
Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi rasmiy davlat hujjatlari dublikatini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning
1. Mazkur Reglament jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoki Davlat xizmatlari markazlari (keyingi o‘rinlarda — DXM) orqali umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma (sertifikat) dublikatini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
arxiv hujjatlari — shahodatnomalarni hisobga olish va tarqatish daftari, sinf jurnallari, pedagogik kengash majlisi bayonnomalari daftari, buyruqlar daftari, o‘quvchilar harakati daftari;
davlat xizmati — ariza beruvchilarga YIDXP yoki DXM orqali shahodatnoma (sertifikat) dublikatini berish bo‘yicha davlat xizmati;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
dublikat — shahodatnoma (sertifikat)ni yo‘qotgan yoki familiyasini o‘zgartirgan shaxslarga yoxud shahodatnoma (sertifikat) yaroqsiz holga kelgan, buzilgan hollarda beriladigan hujjat;
ta’lim tashkiloti — davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasasi, nodavlat ta’lim tashkiloti, boshqa vazirlik, idora va tashkilotlarning tizimida bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari;
shahodatnoma (sertifikat) — ta’lim tashkilotini tamomlaganlik to‘g‘risida tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab (maktab-internat)ni tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat.
3. Davlat xizmati DXM yoki YIDXP orqali tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari) tomonidan ko‘rsatiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
4. YIDXP, DXM va tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari o‘rtasidagi axborot almashinuvi faqat idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
5. Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun ariza beruvchidan yig‘im undirilmaydi.
6. Davlat xizmati mazkur Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq ko‘rsatiladi.
7. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun DXMga shaxsan kelib murojaat etadi yoki YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
8. Ariza beruvchi yoki uning ishonchli vakili o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, DXM xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa ariza beruvchi yoki uning ishonchli vakili mustaqil ravishda so‘rovnomani ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shaklda to‘ldiradi. Ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda, so‘rovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma nusxasi ilova qilinadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
9. Ariza beruvchi so‘rovnomaga kiritilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani tasdiqlaydi.
91. Ariza beruvchi tomonidan o‘z xohishiga ko‘ra DXM yoki YIDXP orqali davlat xizmatidan foydalanishning har qanday bosqichida bekor qilinishi mumkin.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
10. Ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangan so‘rovnoma avtomatik tarzda tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga yuboriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
11. Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi so‘rovnoma tushgan vaqtdan boshlab bir ish kuni mobaynida uni ta’lim tashkilotiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
12. Ta’lim tashkiloti tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limidan kelib tushgan so‘rovnomani uch ish kuni mobaynida o‘rganib chiqib, arxiv hujjatlari asosida dublikat berish yoki berishni rad etish bo‘yicha xulosa tayyorlaydi va tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga yuboradi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
13. Xulosada ariza beruvchining o‘qishni tamomlagan yili va ta’lim tashkiloti nomi, o‘zlashtirgan fanlari, shahodatnoma (sertifikat) turi, seriyasi va raqami yoki dublikatni berishni rad etish asosi ko‘rsatiladi.
14. Ariza beruvchi shahodatnoma (sertifikat) olgan ta’lim tashkiloti tugatilgan hollarda, xulosa arxiv hujjatlarini saqlash bo‘yicha mas’ul etib belgilangan tashkilot tomonidan tayyorlanadi.
15. Dublikat berish uchun qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan (ta’lim tashkiloti faoliyati tugatilgan, qayta tashkil etilgan, nomi yoki pochta manzili o‘zgargan, davlat arxivlariga yoki vazirlik va idoralarga qo‘shimcha so‘rov yuborilgan) hollarda, davlat xizmatini ko‘rsatish muddati qo‘shimcha besh ish kuniga uzaytirilishi mumkin.
16. Zaruratga ko‘ra, tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi yoki ta’lim tashkiloti tegishli davlat arxivlariga arxiv hujjatlari bo‘yicha elektron shaklda so‘rov yuboradi.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Davlat arxivlari tomonidan uch ish kuni ichida belgilangan tartibda arxiv hujjatlari to‘g‘risida ma’lumotlar bepul taqdim etiladi.
17. Dublikat berish arxiv hujjatlarida tegishli qaydlar mavjud bo‘lmagan taqdirdagina rad etiladi.
18. Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi ta’lim tashkilotining xulosasi kelib tushgan vaqtdan boshlab bir ish kuni mobaynida mazkur Reglamentga 3 va 3a-ilovalarga muvofiq shakldagi QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan dublikatni rasmiylashtiradi yoki dublikat berishni rad etish to‘g‘risidagi ma’lumotni shakllantiradi.
Rasmiylashtirilgan dublikat yoki uni berishni rad etish to‘g‘risidagi ma’lumot tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bo‘shlig‘i tomonidan tasdiqlanadi va DXM hamda YIDXP orqali elektron ravishda yuboriladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
19. Ariza beruvchi rasmiylashtirilgan dublikat yoki rad etish to‘g‘risidagi ma’lumotni YIDXP orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
Davlat xizmatlari markazi ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga ma’lumotnomani ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda berishi shart.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
20. Rasmiylashtirilgan dublikatda xatoliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, ariza beruvchi belgilangan tartibda ilgari yuborilgan ariza raqamini ko‘rsatish orqali qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Mmurojaat mazkur Reglamentda nazarda tutilgan davlat xizmatini ko‘rsatish uchun belgilangan tartibda qayta ko‘rib chiqiladi.
21. Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari va ta’lim tashkilotlari ushbu Reglament talablariga rioya qilinishi hamda rasmiylashtiriladigan dublikat yoki uni berishni rad etish to‘g‘risidagi ma’lumotda kiritilgan ma’lumotlarning haqiqiyligi va to‘g‘riligi uchun mas’ul hisoblanadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
22. Ushbu Reglamentni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
23. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi rasmiy davlat hujjatlari dublikatini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 1-ILOVA
Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida davlat namunasidagi rasmiy hujjatlarning dublikatini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Dublikatni olish uchun Davlat xizmatlari markaziga (keyingi o‘rinlarda — DXM) shaxsan kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) ro‘yxatdan o‘tadi, so‘rovnomani to‘ldiradi va tasdiqlaydi.
Zaruratga ko‘ra
2-bosqich
DXM yoki YIDXP
So‘rovnomani tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlariga yuboradi.
Avtomatik tarzda
3-bosqich
Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari
Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, nodavlat ta’lim tashkilotlariga (keyingi o‘rinlarda — ta’lim tashkilotlari) ko‘rib chiqadi va xulosa tayyorlash uchun yuboradi.
1 ish kunida
4-bosqich
Ta’lim tashkilotlari
So‘rovnomani o‘rganib chiqadi, arxiv hujjatlari asosida dublikat berish yoki berishni rad etish bo‘yicha xulosa tayyorlaydi va tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga yuboradi.
3 ish kunida
(5 ish kuni qo‘shimcha)
5-bosqich
Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari
QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan dublikatni rasmiylashtiradi yoki dublikat berishni rad etish to‘g‘risida ma’lumotni shakllantiradi va tasdiqlaydi va DXM hamda YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
1 ish kunida
6-bosqich
Ariza beruvchi, DXM
YIDXP orqali avtomatik tarzda tizimdan yuklab oladi.
DXM ma’lumotnoma kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuborish va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
DXM ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga ma’lumotnomani ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda beradi.
Avtomatik tarzda
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi rasmiy davlat hujjatlari dublikatini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 2-ILOVA
Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida davlat namunasidagi rasmiy hujjatlarning dublikatini olish uchun
SO‘ROVNOMA
I. Ariza beruvchi to‘g‘risida ma’lumot:
1. Familiyasi
1.1. Agar familiyasi o‘zgargan bo‘lsa, u haqda ma’lumot kiritiladi
2. Ismi
2.1. Agar ismi o‘zgargan bo‘lsa, u haqda ma’lumot kiritiladi
3. Otasining ismi
3.1. Agar otasining ismi o‘zgargan bo‘lsa, u haqda ma’lumot kiritiladi
4. Pasport (ID karta) ma’lumotlari (seriyasi, raqami)
5. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
6. Tug‘ilgan sanasi
7. Yashash manzili
8. O‘qigan ta’lim tashkiloti (tuman, shahar va maktab raqami yoki nomini ko‘rsatgan holda)
8.1. Ta’lim tashkiloti haqida qo‘shimcha ma’lumot
9. Ta’lim tashkilotini tamomlagan yili
10. Ta’lim bosqichi:
tayanch o‘rta ta’lim (8-sinf, 9-sinf)
umumiy o‘rta ta’lim (10-sinf, 11-sinf)
11. Elektron manzili va telefon raqami
12. Dublikat olish sababi
II. Ilova qilinadigan hujjat
1. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma: (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa)
Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi rasmiy davlat hujjatlari dublikatini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 3-ILOVA
Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida davlat namunasidagi rasmiy hujjatning dublikati namunasi
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi rasmiy davlat hujjatlari dublikatini berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 3a-ILOVA
Sertifikatning dublikati namunasi
(3a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qaroriga 5-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi rasmiy hujjatlarning davlat namunasini tasdiqlash haqida” 2019-yil 13-maydagi 393-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
uchinchi xatboshidagi “attestatning” so‘zi “shahodatnomaning” so‘zi bilan almashtirilsin.
2. 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaning davlat namunasi va uning tavsifi
Tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaning tavsifi
Tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma 210 x 148 mm o‘lchamli, vertikal joylashgan, to‘q havorang (a’lo darajali shahodatnoma to‘q qizil rangli) ko‘rinishga ega. Uning yuza tomonida yuqori qismiga “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI, RESPUBLIKA UZBEKISTAN, REPUBLIC OF UZBEKISTAN”, quyi qismiga “TAYANCN O‘RTA TA’LIM TO‘G‘RISIDA SNANODATNOMA, ATTESTAT O BAZOVOM SREDNEM OBRAZOVANII, CERTIFICATE OF BASIC SECONDARY EDUCATION” a’lo darajali shahodatnomaga “TAYANCN O‘RTA TA’LIM TO‘G‘RISIDA A’LO DARAJALI SNANODATNOMA, ATTESTAT O BAZOVOM SREDNEM OBRAZOVANII S OTLICHIYEM, CERTIFICATE OF BASIC SECONDARY EDUCATION WITN NONOURS” so‘zlari yoziladi va markaziga O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushiriladi.
Shahodatnomaning ichki har ikki varag‘ida: “shahodatnoma” TM, “a’lo darajali shahodatnoma” TM-A harfi va yettita raqamli tartib raqam yoziladi.
yorug‘likda yaxshi ko‘rinadigan “paxta ko‘sagi” ko‘rinishidagi asosiy uch o‘lchovli suv belgisi;
ko‘rinmaydigan tola qizil va yashil tusda, qog‘oz qatlamida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5 — 3 mm, “kiprik” shaklida ultrabinafsha nurlari ostida ko‘rinadi.
Bosma tafsiloti:
Ustki qism:
bosma jarayonida eksklyuziv kimyoviy turg‘un matbaa bo‘yoqlari qo‘llaniladi;
asosiy foni (shahodatnoma — to‘q havorang, a’lo darajali shahodatnoma — to‘q qizil rang) relyef tangir setka shaklidagi rasmdan tashkil topgan;
blankaning o‘ng tomoni markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri chop etiladi, diametri 30 mm;
matn qora rangda chop etiladi.
Ichki qism:
asosiy foni (shahodatnoma — to‘q havorang, a’lo darajali shahodatnoma — to‘q qizil rang) ikki tangir setkadan iborat va xar xil burilish burchaklarida joylashgan ingichka chiziqlarni aks etgan ornamental rasmdan tashkil topgan;
ornamental rasmdagi tanger setkaning birida “REPUBLIC OF UZBEKISTAN” so‘zi takrorlanadigan kichik matnda yozilgan. Nusxa ko‘chirishdan himoya sifatida xizmat qiladi;
blankaning chap tomonida o‘zgaruvchan rangda OVI bo‘yog‘i ishlatilgan ochiq kitob tasviri tushirilgan;
blankaning ikki tomon markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining ko‘rinmaydigan tasviri tushirilgan, diametri 40 mm;
yetti xonali raqam qora fluoressensiya bo‘yog‘ida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarida yashil rangda yorug‘lik sochadi”.
3. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaning davlat namunasi va uning tavsifi
Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaning tavsifi
Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma 210 x 148 mm o‘lchamli, vertikal joylashgan, yashil (kumush medal bilan attestat — kul rang, a’lo darajali oltin medal bilan — oltin sariq rang) rangli ko‘rinishga ega.
Uning yuza tomonida yuqori qismiga “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI, RESPUBLIKA UZBEKISTAN, REPUBLIC OF UZBEKISTAN”, quyi qismiga “UMUMIY O‘RTA TA’LIM TO‘G‘RISIDA SNANODATNOMA, ATTESTAT OB OBSHEM SREDNEM OBRAZOVANII, CERTIFICATE OF GENERAL SECONDARY EDUCATION” a’lo darajali attestatga “UMUMIY O‘RTA TA’LIM TO‘G‘RISIDA A’LO DARAJALI SNANODATNOMA, ATTESTAT OB OBSHEM SREDNEM OBRAZOVANII S OTLICHIYEM, CERTIFICATE OF GENERAL SECONDARY EDUCATION WITN NONOURS” so‘zlari yoziladi va markaziga O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushiriladi.
Shahodatnomaning ichki har ikki varag‘ida: “shahodatnoma” UM, “kumush medal bilan shahodatnoma” UM-K “a’lo darajali oltin medal” UM-O harfi va yettita raqamli tartib raqami yoziladi.
yorug‘likda yaxshi ko‘rinadigan “paxta ko‘sagi” ko‘rinishidagi asosiy uch o‘lchovli suv belgisi;
ko‘rinmaydigan tola qizil va yashil tusda, qog‘oz qatlamida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5 — 3 mm, “kiprik” shaklida ultrabinafsha nurlari ostida ko‘rinadi.
Bosma tafsiloti:
Ustki qism:
bosma jarayonida eksklyuziv kimyoviy turg‘un matbaa bo‘yoqlari qo‘llaniladi;
asosiy foni (shahodatnoma — yashil rang, kumush medal bilan shahodatnoma — kul rang, a’lo darajali oltin medal — oltin sariq rang) relyef tangir setka shaklidagi rasmdan tashkil topgan;
blankaning o‘ng tomoni markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri chop etiladi, diametri 30 mm;
matn qora rangda chop etiladi.
Ichki qism:
asosiy foni (shahodatnoma — yashil rang, kumush medal bilan shahodatnoma — kul rang, a’lo darajali oltin medal — oltin sariq rang) ikki tangir setkadan iborat va xar xil burilish burchaklarida joylashgan ingichka chiziqlarni aks etgan ornamental rasmdan tashkil topgan;
ornamental rasmdagi tanger setkaning birida “REPUBLIC OF UZBEKISTAN” so‘zi takrorlanadigan kichik matnda yozilgan. Nusxa ko‘chirishdan himoya sifatida xizmat qiladi;
blankaning chap tomonida o‘zgaruvchan rangda OVI bo‘yog‘i ishlatilgan ochiq kitob tasviri tushirilgan;
blankaning ikki tomon markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining ko‘rinmaydigan tasviri tushirilgan, diametri 40 mm;
yetti xonali raqam qora fluoressensiya bo‘yog‘ida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarida yashil rangda yorug‘lik sochadi”.
4. 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat namunasi va uning tavsifi
Psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internat) tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikat tavsifi
Psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni (maktab-internatni) tamomlaganlik to‘g‘risida sertifikat 210 x 148 mm o‘lchamli, vertikal joylashgan, binafsha rangli ko‘rinishga ega. Uning yuza tomonida yuqori qismiga “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI, RESPUBLIKA UZBEKISTAN, REPUBLIC OF UZBEKISTAN”, quyi qismiga “SERTIFIKAT, SERTIFIKAT, CERTIFICATE” so‘zlari yoziladi va markaziga O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushiriladi.
Sertifikatning ichki har ikki varag‘ida: S harfi va yettita raqamli tartib raqami yoziladi.
yorug‘likda yaxshi ko‘rinadigan “paxta ko‘sagi” ko‘rinishidagi asosiy uch o‘lchovli suv belgisi;
ko‘rinmaydigan tola qizil va yashil tusda, qog‘oz qatlamida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5 — 3 mm, “kiprik” shaklida ultrabinafsha nurlari ostida ko‘rinadi.
Bosma tafsiloti:
Ustki qism:
bosma jarayonida eksklyuziv kimyoviy turg‘un matbaa bo‘yoqlari qo‘llaniladi;
asosiy foni binafsha rang, relyef tangir setka shaklidagi rasmdan tashkil topgan;
blankning o‘ng tomoni markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri chop etiladi, diametri 30 mm;
matn qora rangda chop etiladi.
Ichki qism:
asosiy foni binafsha rang ikki tangir setkadan iborat va xar xil burilish burchaklarida joylashgan ingichka chiziqlarni aks etgan ornamental rasmdan tashkil topgan;
ornamental rasmdagi tanger setkaning birida “REPUBLIC OF UZBEKISTAN” so‘zi takrorlanadigan kichik matnda yozilgan. Nusxa ko‘chirishdan himoya sifatida xizmat qiladi;
blankaning chap tomonida o‘zgaruvchan rangda OVI bo‘yog‘i ishlatilgan ochiq kitob tasviri tushirilgan;
blankaning ikki tomon markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining ko‘rinmaydigan tasviri tushirilgan, diametri 40 mm;
yetti xonali raqam qora fluoressensiya bo‘yog‘ida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarida yashil rangda yorug‘lik sochadi”.
5. 4-ilova (Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida davlat namunasidagi rasmiy hujjatlarni berish tartibi to‘g‘risidagi nizom)da:
“Tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma O‘zbekiston Respublikasi hududidagi va ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro bitimni imzolagan davlatlar hududidagi akademik litseylarga, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun hujjatlarni topshirish hamda tanlov natijalariga ko‘ra ta’lim olishni davom ettirish huquqini beradi”;
nomidagi “attestat” so‘zi “shahodatnoma” so‘zi bilan almashtirilsin;
1 — 7-pozitsiyalardagi attestat” so‘zi “shahodatnoma” so‘zi bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qaroriga 6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 7-iyundagi 469-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 7-avgustdagi 651-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 295-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 12-avgustdagi 480-son qaroriga 8-ilovaning 15-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qaroriga 4-ilovaning 82-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 25-oktabrdagi 656-son qaroriga 2-ilovaning 10-bandi.