Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Maktabgacha taʼlim sohasiga innovatsion yondashuvlarni joriy etish loyihalarini amalga oshirish uchun eksperimental maydonchalarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Maktabgacha taʼlim tizimiga ilgʻor xorijiy tajriba joriy etilishini taʼminlash, maktabgacha taʼlim sohasida eng yangi metodikalarni moslashtirish va ulardan samarali foydalanish, sogʻlom va har tomonlama kamol topgan bolani voyaga yetkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining:
a) respublikada:
maktabgacha taʼlimni tashkil etish sohasida ilgʻor xorijiy tajribani, maktabgacha yoshdagi bolalarga taʼlim va tarbiya berish sohasida innovatsion usullar va samarali pedagogik amaliyotlarni oʻrganish, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatiga jalb etish va joriy etish boʻyicha ishlarni doimiy asosda tashkil etish;
oʻrganishlar va eksperimentlar yakunlari boʻyicha kompleks loyihani amalga oshirish doirasida ijobiy amaliy yutuqlarni mamlakatning boshqa mintaqalariga yoyishni — maktabgacha taʼlimni boshqarishning zamonaviy standartlarini, yangilangan oʻquv rejalari va dasturlarni ishlab chiqish va joriy etishni, ilgʻor pedagogik axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini taʼlim jarayoniga keng joriy etishni, maktabgacha taʼlim muassasalari uchun takomillashtirilgan oʻquv-metodik, didaktik materiallarni nashr etishga tavsiyalarni ishlab chiqishni nazarda tutuvchi kompleks loyihani (keyingi oʻrinlarda kompleks loyiha deb ataladi) amalga oshirish;
b) Toshkent shahrida quyidagi davlat maktabgacha taʼlim muassasalari:
Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 324-son davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti;
Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 34-son davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti negizida kompleks loyihani amalda roʻyobga chiqarish uchun doimiy ishlaydigan eksperimental maydonchalarni tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar kompleks loyihani amalga oshirish doirasida doimiy bazaviy eksperimental maydonchalar sifatida tanlab olingan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining asosiy vazifalari deb hisoblansin:
maktabgacha yoshdagi bolalarga taʼlim va tarbiya berishni tashkil etish sohasida ilgʻor xorijiy tajribani jalb etish yoʻli bilan respublikada maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishga koʻmaklashish;
kutubxona fondini shakllantirish va maktabgacha taʼlimning mavzuli yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv-metodik va ilmiy-texnik adabiyotlar bilan, shuningdek, maktabgacha taʼlimning xorijiy modellariga moslashtirish boʻyicha metodik qoʻllanmalar bilan muntazam ravishda toʻldirish;
shu jumladan, maktabgacha taʼlim sohasida nazariy ishlanmalarni va ilgʻor xorijiy tajribani taʼlim-tarbiya jarayoniga joriy etish uchun tajriba-eksperimental baza sifatida toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etish orqali respublika maktabgacha taʼlim tizimining yosh istiqbolli ilmiy-pedagog kadrlari malakasini oshirishni tashkil etishga koʻmaklashish;
taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishning ilgʻor xorijiy metodikalarini keng qoʻllash asosida taʼlim faoliyatini amalga oshirish, maxsus treninglar va mavzuli seminarlarni tashkil etish va oʻtkazish;
respublikaning davlat maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachilari va metodistlarini faol jalb etgan holda taʼlim berish va tajriba almashishni tizimli asosda tashkil etish va amalga oshirish uchun tayanch maktabgacha taʼlim tashkilotlari sifatida faoliyat koʻrsatish.
3. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
a) eksperimental maktabgacha taʼlim tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga idoraviy mansub muassasalar hisoblanadi;
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) eksperimental maktabgacha taʼlim tashkilotlarining direktorlari Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
v) eksperimental maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ishlash uchun malakali mutaxassislar, shu jumladan, xorijiy mutaxassislar jalb etiladi;
g) eksperimental maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish ularning ustaviga muvofiq amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
d) eksperimental maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ishlash uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarning ish haqi miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri tomonidan Taʼlim sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan belgilanadi.
(3-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
4. Eksperimental maydonchalar sifatida tanlab olingan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tuzilmalari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziriga eksperimental maydonchalar sifatida tanlab olingan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tuzilmasiga, zarurat boʻlganda, xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
5. Quyidagilar eksperimental maydonchalar sifatida tanlab olingan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro va xorijiy hukumat, xalqaro moliya tashkilotlari, moliyaviy institutlar va boshqa donorlarning grantlari va kreditlari (qarzlari);
Oldingi tahrirga qarang.
shartnoma asosida amalga oshiriladigan, qonunchilikda taqiqlanmagan qoʻshimcha pulli taʼlim-tarbiya xizmatlari koʻrsatishdan olingan daromadlar;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
yuridik va jismoniy shaxslarning — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining xayriya ehsonlari;
Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
eksperimental maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ustavlarini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin, shuningdek, ular belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
eksperimental maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish maqsadida qoʻshimcha investitsiyalarni, shu jumladan, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha kompleks loyihani amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga kirish vizalari konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha kompleks loyihani amalga oshirish doirasida jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik vizalar berilishini va koʻp martalik vizalar uzaytirilishini, shuningdek, vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishi va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha kompleks loyihani amalga oshirish doirasida xorijiy mutaxassislarni respublikaga jalb etishga ruxsatnomalar berilishini (uzaytirilishini), shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga tasdiqnomalar berilishini (uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-iyul,
605-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyuldagi 605-son qaroriga
1-ILOVA
Kompleks loyihani amalga oshirish uchun doimiy bazaviy eksperimental maydoncha sifatida tanlab olingan Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 324-son davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining
TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Direktor

Ish yurituvchi

Oʻquv-tarbiyaviy qism:

Tibbiyot qismi:

Xoʻjalik qismi:

direktor oʻrinbosari — 1 birlik

Vrach-diyetolog — 0,5 birlik

Xoʻjalik qismi
mudiri — 1 birlik

Tarbiyachi — 6 birlik

Hamshira — 1 birlik

Qorovul — 3 birlik

Tarbiyachining
yordamchisi — 5 birlik

Kir yuvuvchi — 1,25 birlik

Defektolog — 1 birlik


Chet tili
oʻqituvchisi — 0,5 birlik

Farrosh — 1 birlik


Jismoniy tarbiya boʻyicha
instruktor — 0,5 birlik

Psixolog — 1 birlik

Bogʻbon — 0,5 birlik

Musiqa xodimi — 1 birlik

Hovli tozaligiga
qarovchi xodim — 1 birlik

Oshpaz — 2 birlik

Xoreograf — 0,5 birlik

Tasviriy sanʼat
oʻqituvchisi — 0,5 birlik

Xodimlarning cheklangan umumiy soni — 30,25 birlik.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyuldagi 605-son qaroriga
2-ILOVA
Kompleks loyihani amalga oshirish uchun doimiy bazaviy eksperimental maydoncha sifatida tanlab olingan Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 34-son davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining
TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Direktor

Ish yurituvchi

Oʻquv-tarbiyaviy qism:

Hamshira — 1 birlik

Xoʻjalik qismi:

direktor oʻrinbosari — 1 birlik

Xoʻjalik qismi mudiri — 1 birlik

Defektolog — 1,75 birlik

Tarbiyachi
(shu jumladan,
bolalarni maktabga
tayyorlash boʻyicha
guruhlar
tarbiyachilari) — 10,5 birlik

Qorovul — 3 birlik

Psixolog — 1,75 birlik

Kir yuvuvchi — 1,5 birlik


Tarbiyachining
yordamchisi — 8 birlik

Farrosh — 2 birlik

Bolalar bogʻchasi markazi:


Chet tili
oʻqituvchisi — 1,25 birlik

Bogʻbon — 1 birlik

Rahbar — 1 birlik


Jismoniy tarbiya
boʻyicha
instruktor — 1,25 birlik

Hovli tozaligiga qarovchi xodim — 1 birlik

IT boʻyicha
mutaxassis — 2 birlik


Musiqa
xodimi — 1,75 birlik

Xoreograf — 1,25 birlik

Oshpaz — 2 birlik

Xodimlarning cheklangan umumiy soni — 46,00 birlik.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2019-y., 09/19/605/3456-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)